O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Soliq ma’muriyatchiligini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga muvofiq soliq to‘lovchilar bilan o‘zaro hamkorlikning zamonaviy raqamli shaklini joriy etish, soliqlar va yig‘imlarni undirishda (to‘lashda) soliq organi va bank tizimi o‘rtasida elektron ma’lumot almashinuvini takomillashtirish hamda nazorat-kassa mashinalari va virtual kassa tizimi qo‘llanilishini yanada takomillashtirish, shuningdek, davlat boji va boshqa yig‘imlarni undirishning yagona tartibini belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Soliq monitoringini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Soliq to‘lovchining bank hisobvaraqlari bilan bog‘liq operatsiyalar bo‘yicha soliq organi va bank tizimi o‘rtasida elektron ma’lumot almashish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat organlari va tashkilotlari tomonidan undirilgan davlat boji va boshqa yig‘imlarning budjet tizimiga tushumlarini hisobga olish tartibi to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq;
(1-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 18-oktabrdagi 548-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.10.2023-y., 09/23/548/0786-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Soliq organlari tomonidan soliq hisobotini shakllantirish va tuzish tartibi to‘g‘risidagi nizom 31-ilovaga muvofiq;
(1-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-apreldagi 154-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.04.2026-y., 09/26/154/0331-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Qishloq xo‘jaligi maqsadlarida ishlatilgan suv hajmi bo‘yicha suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni hisoblash tartibi to‘g‘risidagi nizom 32-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-yanvardagi 32-sonli qaroriga asosan oltinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.01.2025-y., 09/25/32/0700-son)
2. Vazirlar Mahkamasining “Onlayn nazorat-kassa mashinalari va virtual kassa tizimi qo‘llanilishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 23-noyabrdagi 943-son qaroriga 4-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Mazkur o‘zgartirish va qo‘shimchalar 2021-yil 1-martdan e’tiboran kuchga kiradi.
3. Vazirlar Mahkamasining “Umidsiz soliq qarzini hisobdan chiqarish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2012-yil 24-oktabrdagi 307-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va Moliya vazirligi:
mazkur qarorning mazmun-mohiyatini ommaviy axborot vositalarida muntazam va keng yoritsin;
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 20-noyabr,
736-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-noyabrdagi 736-son qaroriga
1-ILOVA
Soliq monitoringini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Ushbu Nizom soliq organlari tomonidan oldingi yil uchun daromadlari yillik moliyaviy hisobot ma’lumotlariga ko‘ra kamida besh milliard so‘mni tashkil etgan yuridik shaxslarda (keyingi o‘rinlarda — soliq to‘lovchi) soliq monitoringini o‘tkazish tartibini belgilaydi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-maydagi 255-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.05.2022-y., 09/22/255/0412-son)
2. Soliq monitoringini o‘tkazish tartibi ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema asosida amalga oshiriladi.
3. Soliq organining vakolatli mansabdor shaxslari va soliq to‘lovchi soliq monitoringi ishtirokchilari hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Soliq monitoringi soliq to‘lovchiga nisbatan ixtiyoriy bo‘lib, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlar soliq boshqarmalari tomonidan, yirik soliq to‘lovchilarga nisbatan esa — Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo soliq inspeksiyasi tomonidan o‘tkaziladi.
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 18-oktabrdagi 548-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.10.2023-y., 09/23/548/0786-son)
2-bob. Soliq monitoringini o‘tkazish to‘g‘risida ariza berish va axborotga doir hamkorlik reglamenti
4. Soliq monitoringini o‘tkazish to‘g‘risida ariza soliq to‘lovchi tomonidan soliq monitoringi o‘tkaziladigan davrdan oldingi yilning 1-iyulidan kechiktirmay hisobda turgan joydagi soliq organiga yozma yoki soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali elektron shaklda ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shaklda taqdim etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Hisobda turgan joydagi soliq organi soliq monitoringini o‘tkazish to‘g‘risidagi arizani va unga ilova qilingan hujjatlarni ariza olingan kundan boshlab 3 kun mobaynida tegishliligi bo‘yicha yuqori turuvchi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlar soliq boshqarmalariga, yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha esa — Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo soliq inspeksiyasiga ko‘rib chiqish uchun yuboradi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 18-oktabrdagi 548-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.10.2023-y., 09/23/548/0786-son)
6. Soliq monitoringini o‘tkazish to‘g‘risidagi arizaga O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining (keyingi o‘rinlarda — Soliq kodeksi) 171-moddasida belgilangan hujjatlar ilova qilinadi.
7. Ariza taqdim etgan soliq to‘lovchi soliq organi tomonidan soliq monitoringini o‘tkazish yoki uni o‘tkazishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilinguniga qadar o‘zining arizasini ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shaklida yozma yoki soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali elektron ariza asosida chaqirib olishi mumkin. Mazkur holatda soliq monitoringini o‘tkazish to‘g‘risida ariza taqdim etilmagan deb hisoblanadi.
8. Soliq monitoringini o‘tkazish to‘g‘risida ariza taqdim etgan yuridik shaxsda bevosita va (yoki) bilvosita ishtirok etadigan hamda bunday ishtirok ulushi 25 foizdan ortiqni tashkil etadigan jismoniy va yuridik shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq shaklda taqdim etiladi.
9. Soliq monitoringida ishtirok etuvchi soliq to‘lovchi va soliq organi o‘rtasida axborotga doir hamkorlik reglament asosida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
10. Axborotga doir hamkorlik reglamentining shaklini va unga doir talablarni Soliq kodeksining 170-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda — Soliq qo‘mitasi) tomonidan tasdiqlanadi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 18-oktabrdagi 548-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.10.2023-y., 09/23/548/0786-son)
11. Soliq monitoringini o‘tkazish chog‘ida axborotga doir hamkorlik quyidagi usullardan biri orqali amalga oshiriladi:
soliq monitoringi ishtirokchisi bo‘lgan soliq to‘lovchining buxgalteriya va soliq hisobini yuritish tizimiga masofadan kirish huquqini soliq organiga berish;
soliq to‘lovchining buxgalteriya hisobi va soliq hisobi ma’lumotlarini o‘z ichiga olgan maxsus saqlash joyi — ma’lumotlarning tahlil vitrinasini nashr etish. Ma’lumotlarning tahlil vitrinasi soliq organiga soliq monitoringi doirasida kerakli ma’lumotlarni, shu jumladan, birlamchi hisob hujjatlarining skanerlangan nusxalarini mustaqil ravishda ko‘rish, tahlil qilish va so‘rab olish imkonini beradi;
soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali ma’lumotlarni yuborish.
3-bob. Soliq monitoringini o‘tkazish
12. Soliq monitoringini o‘tkazish (soliq monitoringini o‘tkazishni rad etish) to‘g‘risida qaror qabul qilgunga qadar soliq organi tomonidan soliq monitoringini o‘tkazish to‘g‘risida arizada soliq to‘lovchi tomonidan ko‘rsatilgan ma’lumotlarning va hujjatlarning (axborotning) to‘liqligi baholab chiqiladi.
13. Soliq monitoringini o‘tkazish yoki o‘tkazishni rad etish to‘g‘risida qaror ariza berilgan yilning 1-noyabriga qadar ushbu Nizomga 5 va 6-ilovalarga muvofiq shakllarda qabul qilinadi.
Soliq monitoringini o‘tkazish (soliq monitoringini o‘tkazishni rad etish) to‘g‘risidagi qaror ustidan soliq to‘lovchi Soliq kodeksining 30-bobida belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
14. Soliq monitoringini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish bosqichida soliq organi tomonidan tushuntirish ishi o‘tkaziladi, uning doirasida soliq to‘lovchiga qonunchilik hujjatlari bilan tasdiqlangan talablar va soliq monitoringini o‘tkazish tartibi tushuntiriladi.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
15. Har bir soliq to‘lovchi faoliyatining va tuzilmasining o‘ziga xos jihatlarini inobatga olgan holda soliq organining mansabdor shaxslari soliq to‘lovchining axborot tizimlari bilan birlamchi tanishib chiqadi, so‘ngra soliq monitoringini o‘tkazish rejasini ishlab chiqadi.
16. Soliq organi rejani ishlab chiqish jarayonida:
ilgari aniqlangan soliq haqidagi qonunlarni buzish holatlari statistikasini tahlil qiladi;
tarmoqning xavflari xaritasini tuzadi;
soliq monitoringini o‘tkazish uchun yo‘nalishlarni belgilaydi.
17. Vakolatli mansabdor shaxslar tomonidan soliq monitoringini o‘tkazish jarayoni quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
real vaqt rejimida soliq to‘lovchining operatsiyalari va hujjatlarini masofadan turib kuzatib borish;
soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha hisob-kitoblarning sintetik va analitik hisobini yuritish tartibini tahlil qilish;
har bir operatsiyaning hujjatli tasdig‘ini tekshirish;
Oldingi tahrirga qarang.
soliq bazasi soliq to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari normalariga muvofiq to‘g‘ri shakllantirilishini nazorat qilish;
(17-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
soliq majburiyatlarining buxgalteriya hisobi va soliq hisobotida o‘z vaqtida, to‘liq va to‘g‘ri aks ettirilganligini, shuningdek, ularning bajarilishini nazorat qilish;
soliq imtiyozlaridan foydalanishning asoslanganligini nazorat qilish.
18. Vakolatli mansabdor shaxs tomonidan soliq monitoringini o‘tkazish chog‘ida har bir soliq to‘lovchi bo‘yicha elektron ishchi jurnal yuritiladi, unda quyidagilar ko‘rsatiladi:
soliq to‘lovchining nomi va identifikatsiya raqami;
soliq monitoringini o‘tkazishning asosi va davri;
soliq monitoringining boshlanishi va yakunlanishi vaqti;
soliq monitoringi ishtirokchilarining vakolatli mansabdor shaxslari lavozimi, familiyasi, ismi, otasining ismi;
soliqlar va yig‘imlarning to‘g‘ri hisoblab chiqarilishini va to‘lanishini (ushlab qolinishi va o‘tkazib berilishini) tahlil qilish va uning natijalari;
aniqlangan tafovutlar va xatoliklar;
hujjatlarni (axborotni) va tushuntirishlarni taqdim etish to‘g‘risida yuborilgan talabnomalar hisobi va ularni bajarish natijalari;
asoslantirilgan fikrlar hisobi va ularni bajarish natijalari.
19. Agar soliq monitoringini o‘tkazish chog‘ida taqdim etilgan hujjatlardagi ma’lumotlar o‘rtasida tafovutlar yoxud soliq to‘lovchi tomonidan taqdim etilgan va soliq organida mavjud bo‘lgan ma’lumotlar o‘rtasida nomuvofiqliklar aniqlansa, soliq organi bu haqda zarur tushuntirishlar berish yoki tegishli tuzatishlar kiritish talabi bilan soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali ushbu Nizomga 7-ilovaga muvofiq tuzilgan shakldagi talabnoma bilan xabar qiladi.
20. Soliq to‘lovchi tomonidan tushuntirishlar talabnoma olingan kundan e’tiboran besh kun mobaynida yozma yoki soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali elektron shaklda taqdim etiladi, o‘n kun mobaynida esa tuzatishlar kiritiladi.
4-bob. Soliq monitoringini o‘tkazish chog‘ida axborotga doir hamkorlikni ta’minlaydigan hujjatlar (axborot), ularni taqdim etish tartibi va muddatlari
21. Soliq organiga taqdim etiladigan va axborotga doir hamkorlikni ta’minlaydigan hujjatlarga (axborotga) quyidagilar kiradi:
hisobvaraqlar ishchi rejasini ilova qilgan holda soliq monitoringi o‘tkaziladigan kalendar yilga buxgalteriya hisobi maqsadi uchun hisob siyosati;
soliq monitoringi o‘tkaziladigan kalendar yilga soliq hisobi maqsadi uchun hisob siyosati;
buxgalteriya hisobi hisobvaraqlari bo‘yicha aylanma — qoldiq qaydnomalari;
buxgalteriya hisobi registrlari, shu jumladan, buxgalteriya hisobi hisobvaraqlaridan soliqlarni va boshqa yig‘imlarni hisoblash bilan bog‘liq operatsiyalarning (hujjatlarning) nomi ko‘rsatilgan batafsil ko‘chirmalar;
soliq hisobining tahliliy registrlari ma’lumotlari;
soliq hisobining registrlari va buxgalteriya hisobi registrlari asosida shakllantiriladigan soliq hisobotlari (hisob — kitoblari) satr ko‘rsatkichlari mazmuni;
agar soliq to‘lovchi ularni tayyorlash majburiyatini olgan bo‘lsa, xalqaro moliyaviy hisobot standartlari talablariga muvofiq tuziladigan moliyaviy hisobot va konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot;
birlamchi hisob hujjatlari;
soliqlar va yig‘imlarning to‘g‘ri hisoblab chiqarilishi (ushlab qolinishi), to‘liq va o‘z vaqtida to‘lanishi (o‘tkazib berilishi) bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa hujjatlar (axborot).
22. Talab qilib olinadigan hujjatlar (axborot) va tushuntirishlar soliq organiga soliq to‘lovchi tomonidan shaxsan yoki uning vakili orqali, buyurtma xat bilan pochta orqali, telekommunikatsiya kanallari, soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali elektron shaklda yuborilishi mumkin.
23. Soliq organiga elektron shaklida taqdim etilayotgan hujjatlarning (axborotning) formatlari:
buxgalteriya hisobi va soliq hisobi registrlari: xls, xlsx, pdf;
birlamchi hisob hujjatlari va boshqa hujjatlar uchun: xls, xlsx, doc, docx, pdf, jpg, gif, jpeg, tif, tiff, xml.
24. Belgilangan formatlar bo‘yicha elektron shaklda tuziladigan, shuningdek, talab qilib olinadigan hujjatlar soliq to‘lovchining elektron raqamli imzosi (keyingi o‘rinlarda — ERI) bilan imzolanadi va soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali soliq organiga yuboriladi.
25. Talab qilib olinadigan hujjatda (axborotda) hujjatlarni (axborotni) taqdim etish to‘g‘risida qabul qilingan talabnomaning rekvizitlari bo‘lishi kerak.
26. Hujjatlarni qog‘ozda taqdim etish soliq to‘lovchi tomonidan tasdiqlangan nusxalar ko‘rinishida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
27. Soliq organiga (mansabdor shaxsga) taqdim etilgan hujjatlar nusxalarining, qonunchilik hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, notarial tasdiqlanishi talab qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
(27-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
28. Axborotga doir hamkorlikni ta’minlaydigan hujjatlar (axborot) quyidagi muddatlarda taqdim etiladi:
hisobvaraqlar ishchi rejasini ilova qilgan holda soliq monitoringi o‘tkaziladigan kalendar yilga buxgalteriya hisobi maqsadi uchun hisob siyosati, soliq monitoringi o‘tkaziladigan kalendar yilga soliq hisobi maqsadi uchun hisob siyosati — soliq monitoringi o‘tkaziladigan yilning 1-apreliga qadar;
buxgalteriya hisobi registrlari — tegishli deklaratsiya (hisob-kitob) taqdim etilgan kundan boshlab bir oy ichida;
buxgalteriya hisobi hisobvaraqlari bo‘yicha aylanma-qoldiq qaydnomalari, soliq hisobining analitik registrlari — foyda solig‘i hisob-kitobi taqdim etilgan kundan boshlab bir oydan kechiktirmay;
soliq deklaratsiyalari (hisob-kitoblari) satrlari ko‘rsatkichlarining mazmuni — soliq deklaratsiyasi (hisob-kitobi) taqdim etilgan kundan boshlab bir oy ichida;
talab qilib olinadigan hujjatlar (axborot) va tushuntirishlarni, shu jumladan, birlamchi hisob hujjatlari va boshqa hujjatlar (axborot), ichki nazorat tizimi (ichki nazorat tizimi mavjud bo‘lganda) ishi natijalaridan iborat bo‘lgan hujjatlarni va ichki nazoratning tegishli tartib-taomili o‘tkazilganini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etish muddati — tegishli talabnoma olingan kundan boshlab besh kun ichida.
29. Hujjatlar (axborot) axborot tizimlariga kirish imkoniyati orqali taqdim etilganda, soliq to‘lovchi soliq monitoringi o‘tkaziladigan butun davr mobaynida hujjatlarga kirish imkoniyatini ta’minlaydi.
30. Hujjatlarning asli bilan tanishish imkoniyatini ta’minlash muddati — soliq organi tomonidan soliq to‘lovchi xabardor qilingan kundan boshlab o‘n kunni tashkil etadi.
31. Soliq monitoringini o‘tkazish davomida soliq organi ilgari tasdiqlangan ko‘chirma nusxalar shaklida taqdim etilgan hujjatlarni talab qilib olishga haqli emas.
5-bob. Hujjatlarni (axborotni) elektron shaklda taqdim etish to‘g‘risida talabnoma yuborish
32. Hujjatlarni (axborotni) telekommunikatsiya aloqa kanallari, soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali elektron ko‘rinishda taqdim etish to‘g‘risida talabnomani yuborish va olish ERIdan majburiy foydalanish sharti bilan amalga oshiriladi.
33. Soliq monitoringining ishtirokchilari hujjatlarni (axborotlarni) hamda talab qilib olinadigan hujjatlarni (axborotni) taqdim etish uchun yuborilgan va qabul qilingan barcha talabnomalarning saqlanishini ta’minlaydilar.
34. Soliq to‘lovchiga hujjatlarni (axborotni) taqdim etish to‘g‘risida talabnomani yuborish sanasi yoki soliq organiga talab qilib olinadigan hujjatni (axborotni) elektron shaklda telekommunikatsiya aloqa kanallari, soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali taqdim etish sanasi bo‘lib jo‘natilgan sanani tasdiqlashda qayd etilgan sana hisoblanadi.
35. Hujjatlarni (axborotni) taqdim etish to‘g‘risida talabnoma, soliq to‘lovchi tomonidan o‘qib chiqilganidan keyin, lekin ushbu talabnoma jo‘natilgan sanadan e’tiboran uch kundan kechiktirmay, soliq to‘lovchi tomonidan olingan deb hisoblanadi.
36. Talab qilib olinadigan hujjat (axborot) ushbu hujjat (axborot) soliq to‘lovchi tomonidan soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali jo‘natilgan kun soliq organi tomonidan olingan deb hisoblanadi.
37. Hujjatlarni (axborotni) taqdim etish to‘g‘risidagi talabnoma soliq to‘lovchi tomonidan quyidagi hollarda qabul qilinmagan deb hisoblanadi:
soliq to‘lovchiga xato yuborilganda;
tasdiqlangan shaklga mos kelmasa;
soliq organi mansabdor shaxsining ERI yo‘q bo‘lganda (muvofiq kelmaganda).
38. Talab qilib olinadigan hujjat (axborot) soliq organi tomonidan quyidagi hollarda qabul qilinmagan deb hisoblanadi:
soliq organiga xato yuborilganda;
tasdiqlangan formatga mos kelmasa;
soliq to‘lovchi vakolatli mansabdor shaxsining ERI yo‘q bo‘lganda (muvofiq kelmaganda).
39. Hujjatlarni (axborotni) taqdim etish to‘g‘risida talabnoma yuborish uchun soliq organining ushbu Nizomga 8-ilovaga muvofiq shaklda rasmiylashtirilgan hujjatlarni (axborotni) talab qilib olish to‘g‘risidagi qarori hisoblanadi.
40. Hujjatlarni (axborotni) taqdim etish to‘g‘risida talabnoma keyingi ish kunidan kechiktirmasdan ushbu Nizomga 9-ilovaga muvofiq shaklda elektron shakllantiriladi, soliq organi vakolatli mansabdor shaxsining ERI bilan imzolanadi va ro‘yxatdan o‘tkazilib, soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali yuboriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
41. Soliq organidan hujjatlarni (axborotni) elektron shaklda taqdim etish to‘g‘risida talabnoma kelib tushganda va talabnomani qabul qilishdan bosh tortish uchun 37-bandda belgilangan asoslar bo‘lmasa, soliq to‘lovchi u olingan kundan e’tiboran bir ish kuni ichida qabul qilinganligini tasdiqlovchi hujjatni rasmiylashtiradi, ERI bilan imzolaydi va soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali soliq organiga yuboradi.
(41-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-iyundagi 400-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.07.2025-y., 09/25/400/0556-son)
Oldingi tahrirga qarang.
42. Hujjatlarni (axborotni) taqdim etish to‘g‘risidagi talabnomani qabul qilishdan bosh tortish uchun 37-bandda belgilangan asoslar mavjud bo‘lsa, soliq to‘lovchi qabul qilishdan bosh tortish to‘g‘risida elektron shaklda xabarnomani shakllantiradi, ERI bilan imzolaydi va soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali soliq organiga yuboradi.
(42-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-iyundagi 400-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.07.2025-y., 09/25/400/0556-son)
43. Qabul qilishni rad etish to‘g‘risidagi xabarnomani olgandan so‘ng soliq organi ushbu xabarnomada ko‘rsatilgan xatoliklarni bartaraf qiladi va hujjatlarni (axborotni) taqdim etish to‘g‘risidagi talabnomani yuborish tartib-taomilini takrorlaydi.
44. Soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali talab qilib olinadigan hujjat (axborot) elektron shaklda yuborilgan kundan keyingi ish kuni davomida soliq to‘lovchi qabul qilinganligi to‘g‘risida tasdiqnoma yoki soliq organining elektron raqamli imzosi bilan imzolangan qabul qilish rad etilganligi to‘g‘risidagi xabarnomani olishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
45. Soliq to‘lovchidan talab qilib olinadigan hujjat (axborot) elektron shaklda olinganda va ko‘rsatilgan hujjatni qabul qilishdan bosh tortish uchun 38-bandda belgilangan asoslar bo‘lmagan taqdirda, soliq organi u olingan paytdan boshlab bir ish kuni ichida qabul qilinganligini tasdiqlovchi hujjatni rasmiylashtiradi, soliq organining vakolatli mansabdor shaxsining ERI bilan imzolaydi va soliq to‘lovchiga yuboradi.
(45-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-iyundagi 400-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.07.2025-y., 09/25/400/0556-son)
Oldingi tahrirga qarang.
46. Talab qilib olinadigan hujjatni (axborotni) qabul qilishdan bosh tortish uchun 38-bandda belgilangan asoslar mavjud bo‘lsa, soliq organi qabul qilish rad etilganligi to‘g‘risida xabarnomani shakllantiradi, soliq organining vakolatli mansabdor shaxsining elektron raqamli imzosi bilan imzolaydi va soliq to‘lovchiga yuboradi.
(46-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-iyundagi 400-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.07.2025-y., 09/25/400/0556-son)
47. Qabul qilishni rad etish to‘g‘risidagi xabarnomani olgandan keyin soliq to‘lovchi ushbu xabarnomada ko‘rsatilgan xatoliklarni bartaraf qiladi va talab qilib olinadigan hujjatni (axborotni) yuborish tartib-taomilini takrorlaydi.
48. Agar talabnomani belgilangan muddatda ijro etish imkoni bo‘lmasa, soliq to‘lovchi talabnoma olingan kundan keyingi ish kuni davomida soliq monitoringini o‘tkazadigan soliq organi mansabdor shaxslarining uni ijro etish imkoni yo‘qligi to‘g‘risida sabablarini hamda u talab qilib olinadigan hujjatlarni (axborotni) va tushuntirishlarni qaysi muddatlar ichida taqdim etishi mumkin bo‘lsa, o‘sha muddatlarni ko‘rsatgan holda yozma yoki soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali elektron shaklida xabardor qiladi.
49. Talab qilib olinadigan hujjatlarni (axborotni) va tushuntirishlarni taqdim etishning imkoni yo‘qligi to‘g‘risida xabarnoma soliq to‘lovchi tomonidan quyidagi hollarda tuzilishi va soliq organiga yuborilishi mumkin:
talab qilib olinadigan hujjatlarni (axborotni) topshirish muddatlarini uzaytirish zarurati bo‘lganda — ushbu Nizomga 10-ilovaga muvofiq shaklda;
talab qilib olinadigan hujjatlar (axborot) yo‘q bo‘lganda — ushbu Nizomga 11-ilovaga muvofiq shaklda;
talab qilib olinadigan hujjatlar (axborot) ilgari taqdim etilganda — ushbu Nizomga 12-ilovaga muvofiq shaklda.
50. Soliq organining rahbari (rahbar o‘rinbosari) mazkur xabarnoma asosida u olingan kundan e’tiboran ikki kun ichida hujjatlarni (axborotni) va tushuntirishlarni taqdim etish muddatlarini uzaytiradi yoki uzaytirishni rad etadi hamda bu haqda alohida qaror chiqaradi.
51. Hujjatlarni (axborotni) va tushuntirishlarni taqdim etish muddatlarini uzaytirish yoki hujjatlarni (axborotni) va tushuntirishlarni taqdim etish muddatlarini uzaytirishni rad etish to‘g‘risidagi qaror ushbu Nizomga 13 va 14-ilovalarga muvofiq shaklda qabul qilinadi.
52. Hujjatlarni (axborotni) va tushuntirishlarni topshirish muddatini uzaytirish to‘g‘risida qaror, shuningdek, hujjatlarni (axborotni) va tushuntirishlarni taqdim etish muddatlarini uzaytirishni rad etish to‘g‘risidagi qaror soliq to‘lovchiga soliq organining vakolatli mansabdor shaxsi tomonidan imzolangan kundan boshlab bir kun ichida soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali yuboriladi.
6-bob. Soliq organining asoslantirilgan fikri
53. Agar taqdim etilgan tushuntirishlar, hujjatlar (axborot) ko‘rib chiqilgandan keyin yoxud ular mavjud bo‘lmaganda, soliq organi soliqlar va yig‘imlar noto‘g‘ri hisoblab chiqarilganligi (ushlab qolinganligi), to‘liq yoki o‘z vaqtida to‘lanmaganligi (o‘tkazib berilmaganligi) to‘g‘risida dalolat beruvchi faktni aniqlasa, soliq organi asoslantirilgan fikrni tuzishi shart.
54. Soliq organining asoslantirilgan fikri soliq organining soliqlar va yig‘imlar to‘g‘ri hisoblab chiqarilganligi (ushlab qolinganligi), to‘liq va o‘z vaqtida to‘langanligi (o‘tkazib berilganligi) masalalariga doir nuqtai nazarini ifodalaydi.
55. Soliq organi soliq monitoringini o‘tkazish chog‘ida o‘z tashabbusiga ko‘ra yoki soliq to‘lovchining so‘roviga binoan asoslantirilgan fikr tuzadi.
56. Asoslantirilgan fikr ushbu Nizomga 15-ilovaga muvofiq shaklda va 16-ilovada keltirilgan talablarga muvofiq tuziladi va soliq organi rahbarining (rahbar o‘rinbosari) imzosi bilan soliq to‘lovchiga yuboriladi.
57. Soliq organining asoslantirilgan fikri soliq to‘lovchiga shaxsan taqdim etilishi mumkin, buyurtma pochta orqali va (yoki) elektron shaklda soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali, u tuzilgan kundan e’tiboran besh kun ichida yuborilishi mumkin.
58. Soliq organining asoslantirilgan fikri soliq monitoringini o‘tkazish muddati tugaguniga qadar kamida uch oy oldin tuzilishi mumkin.
59. Asoslantirilgan fikr taqdim etish to‘g‘risidagi so‘rov mazkur Nizomga 17-ilovaga muvofiq shaklda tuziladi. Soliq to‘lovchi soliq organiga xo‘jalik faoliyatining sodir etilgan faktlari natijalariga ko‘ra soliq monitoringi o‘tkaziladigan davr uchun soliqlar va yig‘imlar to‘g‘ri hisoblab chiqarilganligiga (ushlab qolinganligiga), to‘liq va o‘z vaqtida to‘langanligiga (o‘tkazilganligiga) nisbatan shubhasi yoki noaniqliklar bo‘lganda soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali yuboradi.
60. Soliq organi asoslantirilgan fikrni yuborish muddatini uzaytirish to‘g‘risida tegishli qaror qabul qilingan kundan e’tiboran uch kun ichida soliq to‘lovchiga soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali elektron shaklda xabar qiladi.
61. Soliq to‘lovchi soliq organining asoslantirilgan fikriga roziligi to‘g‘risida shu asoslantirilgan fikrni tuzgan soliq organini mazkur asoslantirilgan fikr bajarilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda bir oy ichida yozma yoki elektron shaklda soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali xabardor qiladi.
62. Soliq to‘lovchi asoslantirilgan fikrni unda soliq organining buxgalteriya (soliq) hisobi va soliq hisoboti yuzasidan bayon etilgan nuqtai-nazarini e’tiborga olish orqali, aniqlashtirilgan soliq hisobotini taqdim etish yo‘li bilan yoki boshqa usulda bajaradi.
63. Soliq to‘lovchi soliq organining asoslantirilgan fikriga rozi bo‘lmagan taqdirda, u olingan kundan e’tiboran bir oy ichida soliq organiga o‘z e’tirozlarini yozma yoki elektron shaklda soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali taqdim etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
64. Mazkur e’tirozlarni olgan soliq organi ular olingan kundan e’tiboran uch kun ichida bu e’tirozlarni o‘zida mavjud bo‘lgan barcha materiallar bilan birga Soliq qo‘mitasiga o‘zaro kelishuv tartib-taomili tashabbusi bilan chiqish uchun yuborishi shart.
(64-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 18-oktabrdagi 548-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.10.2023-y., 09/23/548/0786-son)
65. Soliq organi soliq monitoringi tugagan sanadan e’tiboran ikki oydan kechiktirmay soliq to‘lovchini soliq monitoringini o‘tkazish jarayonida ushbu soliq to‘lovchiga yuborilgan, bajarilmagan asoslantirilgan fikrlar mavjudligi (mavjud emasligi) to‘g‘risida ushbu Nizomga 18-ilovaga muvofiq shaklda soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali xabardor qiladi.
66. Soliq kodeksining 172-moddasiga muvofiq soliq monitoringi muddatidan oldin tugatilgan taqdirda, soliq organi yozma yoki soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali elektron shaklda ushbu Nizomga 19-ilovaga muvofiq shaklda xabarnoma yuboradi.
7-bob. O‘zaro kelishuv tartib-taomili
Oldingi tahrirga qarang.
67. Soliq qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 174-moddasi o‘n beshinchi qismiga muvofiq soliq organi tomonidan taqdim etilgan e’tirozlar va materiallar olinganidan keyin o‘zaro kelishuv tartib-taomilini o‘tkazish tashabbusi bilan chiqadi.
(67-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 18-oktabrdagi 548-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.10.2023-y., 09/23/548/0786-son)
Oldingi tahrirga qarang.
68. O‘zaro kelishuv tartib-taomili soliq organi tomonidan taqdim etilgan e’tirozlar va boshqa materiallar olingan kundan e’tiboran bir oy ichida Soliq qo‘mitasi raisi (rais o‘rinbosari) tomonidan o‘tkaziladi.
(68-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 18-oktabrdagi 548-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.10.2023-y., 09/23/548/0786-son)
69. O‘zaro kelishuv tartib-taomili ishtirokchilari:
asoslantirilgan fikrni tuzgan soliq organi;
e’tirozlarni taqdim etgan soliq to‘lovchi (uning vakili).
Oldingi tahrirga qarang.
70. Soliq qo‘mitasi raisi (rais o‘rinbosari) buyrug‘i bilan o‘zaro kelishuv tartib-taomiliga soliq organlarining tarkibiy bo‘linmalarining vakolatli mansabdor shaxslarining ishtirok etishiga yo‘l qo‘yiladi.
(70-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 18-oktabrdagi 548-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.10.2023-y., 09/23/548/0786-son)
71. O‘zaro kelishuv tartib-taomili o‘tkazilganda bayonnoma tuziladi. Bayonnomada quyidagilar ko‘rsatiladi:
soliq monitoringini o‘tkazish asosi va davri;
o‘zaro kelishuv tartib-taomil o‘tkaziladigan joy va sana;
o‘zaro kelishuv tartib-taomilining boshlanish va tugatilish vaqti;
bayonnoma tuzgan shaxsning lavozimi, familiyasi, ismi, otasining ismi;
uning o‘tkazilishida ishtirok etgan har bir shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi;
soliq monitoringi ishtirokchilari o‘rtasida kelishmovchiliklarni keltirib chiqargan asoslantirilgan fikrning raqami va sanasi;
o‘zaro kelishuv tartib-taomilini o‘tkazish mazmuni va ketma-ketligi;
ish yuritish davomida aniqlangan ish uchun muhim faktlar va holatlar;
o‘zaro kelishuv tartib-taomili natijalari bo‘yicha xotimalar va xulosalar.
72. Bayonnoma o‘zaro kelishuv tartib-taomili qatnashchilari va barcha ishtirok etgan shaxslarga o‘qib eshittiriladi. Mazkur shaxslar bayonnomaga e’tiroz bildirishga yoki bayonnomaga kiritilishi lozim bo‘lgan holatlar haqida o‘z mulohazalarini bildirishga haqlidir.
73. Bayonnoma o‘zaro kelishuv tartib-taomilini o‘tkazish jarayoni qatnashchilari va barcha ishtirok etgan shaxslar tomonidan imzolanadi.
74. O‘zaro kelishuv jarayonini o‘tkazish uchun asos bo‘lgan barcha materiallar bayonnomaga ilova qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
75. O‘zaro kelishuv tartib-taomillari natijalariga ko‘ra Soliq qo‘mitasining raisi (rahbarning o‘rinbosari) asoslantirilgan fikrni o‘zgartirish yoki uni o‘zgarishsiz qoldirish to‘g‘risida bildirishnomani imzolaydi.
(75-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 18-oktabrdagi 548-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.10.2023-y., 09/23/548/0786-son)
Bildirishnoma u tuzilgan kundan e’tiboran uch kun ichida yuridik shaxsga beriladi yoki yuboriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
76. Asoslantirilgan fikr o‘zgartirilganligi yoki o‘zgarishsiz qoldirilganligi to‘g‘risidagi bildirishnoma ushbu Nizomga 20-ilovaga muvofiq shaklda tuziladi va Soliq qo‘mitasi raisi (rais o‘rinbosari) tomonidan imzolanadi.
(76-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 18-oktabrdagi 548-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.10.2023-y., 09/23/548/0786-son)
77. Bildirishnoma, u tuzilgan kundan boshlab uch kun ichida soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali elektron shaklda soliq to‘lovchiga topshiriladi yoki yuboriladi.
78. Soliq to‘lovchiga yozma yoki elektron shaklda yuborilgan so‘rov bo‘yicha soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali so‘ralgan asoslantirilgan fikrni o‘zgartirish yoki uni o‘zgarishsiz qoldirish to‘g‘risidagi qarorning nusxasi taqdim etilishi yoki yuborilishi mumkin.
79. Asoslantirilgan fikrni o‘zgartirish yoki uni o‘zgarishsiz qoldirish to‘g‘risidagi bildirishnoma olingan kundan e’tiboran bir oy ichida soliq to‘lovchi asoslantirilgan fikrni tuzgan soliq organini asoslantirilgan fikrga rozi ekanligi (rozi emasligi) haqida mazkur asoslantirilgan fikr bajarilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni (mavjud bo‘lgan taqdirda) ilova qilgan holda xabardor qiladi.
80. Soliq to‘lovchi o‘zaro kelishuv tartib-taomili natijalariga ko‘ra asoslantirilgan fikrni o‘zgartirish yoki o‘zgarishsiz qoldirish to‘g‘risidagi bildirishnoma bo‘yicha soliq organini asoslantirilgan fikrga rozi ekanligi (rozi emasligi) haqida mazkur asoslantirilgan fikr bajarilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni (ular mavjud bo‘lgan taqdirda) ilova qilgan holda belgilangan muddatda xabardor qilmasa, mazkur soliq to‘lovchiga nisbatan Solik kodeksida belgilangan tartibda soliq nazorati tadbirlari o‘tkaziladi.
81. Soliq to‘lovchi o‘zaro kelishuv tartib-taomili jarayonini foto va videotasvirga tushirishga haqli.
8-bob. Yakunlovchi qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
82. Soliq organlarining ushbu Nizomga rioya etilishini nazorat qilish Soliq qo‘mitasi tomonidan amalga oshiriladi.
(82-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 18-oktabrdagi 548-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.10.2023-y., 09/23/548/0786-son)
Oldingi tahrirga qarang.
83. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
(83-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Soliq monitoringini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
Soliq monitoringini o‘tkazish
SXEMASI
Oldingi tahrirga qarang.

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Soliq to‘lovchi

Xisobda turgan joydagi soliq organiga yozma shaklda (pochta orqali) yoki soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali elektron shaklda belgilangan tartibda ariza taqdim etadi.

Zaruratga ko‘ra (soliq monitoringi o‘tkaziladigan davrdan oldingi yilning 1-iyulidan kechiktirmay)

2-bosqich

Soliq organi

Arizani va unga biriktirilgan hujjatlarni tegishliligi bo‘yicha yuqori turuvchi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlar soliq boshqarmalariga, yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha esa — Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo soliq inspeksiyasiga (YSTBHSI) ko‘rib chiqish uchun yuboradi.

Ariza qabul qilingan kundan boshlab 3 kun mobaynida

3-bosqich

Soliq boshqarmasi, YSTBHSI

1. Ariza va unga ilova qilingan hujjatlarni (axborotni) ko‘rib chiqadi hamda soliq monitoringini o‘tkazish yoki uni o‘tkazishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.

1. Ariza berilgan yilning 1-noyabriga qadar

2. Qabul qilingan qarorni ariza beruvchiga yozma ravishda yoki soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali elektron shaklda yuboradi.

2. Qaror qabul qilingan kundan boshlab 5 kun mobaynida

4-bosqich

Soliq boshqarmasi, YSTBHSI

Soliq monitoringini o‘tkazish jarayonida:

real vaqt rejimida soliq to‘lovchining operatsiyalari va hujjatlarini masofadan turib kuzatib boradi;

soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha hisob-kitoblarning sintetik va analitik hisobini yuritish tartibini tahlil qiladi;

har bir operatsiyaning hujjatli tasdig‘ini tekshiradi;

soliq bazasi soliq to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari normalariga muvofiq to‘g‘ri shakllantirilishini nazorat qiladi;

soliq majburiyatlarining buxgalteriya hisobi va soliq hisobotida o‘z vaqtida, to‘liq va to‘g‘ri aks ettirilganligini, shuningdek, ularning bajarilishini nazorat qiladi;

soliq imtiyozlaridan foydalanishning asoslanganligini nazorat qiladi.

Soliq monitoringini o‘tkazish davrida (soliq monitoringi o‘tkaziladigan yilning 1-yanvaridan keyingi yilning 1-iyuliga qadar)

5-bosqich

Soliq boshqarmasi, YSTBHSI

Soliq monitoringini o‘tkazish davrida yoki monitoring natijasi bo‘yicha taqdim etilgan hujjatlardagi ma’lumotlar o‘rtasida tafovutlar yoxud soliq to‘lovchi tomonidan taqdim etilgan va soliq organida mavjud bo‘lgan ma’lumotlar o‘rtasida nomuvofiqliklar aniqlangan taqdirda, soliq to‘lovchiga ushbu holatlarga tushuntirishlar berish yoki tegishli tuzatishlar kiritish talabi bilan yozma shaklda yoki soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali elektron shaklda talabnoma yuboradi.

Zaruratga ko‘ra

6-bosqich

Soliq to‘lovchi

Soliq organining talabnomasiga binoan:

1. Yozma yoki shaxsiy kabineti orqali elektron shaklda tushuntirishlar taqdim etadi.

1. Talabnoma olingan kundan boshlab besh kun mobaynida

2. Hujjatlarga tegishli tuzatishlar kiritadi.

2. Talabnoma olingan kundan boshlab o‘n kun mobaynida

7-bosqich

1. Soliq to‘lovchi

Soliq boshqarmasi yoki YSTBHSIga soliq monitoringi davrida yoki monitoring natijasi bo‘yicha soliq va yig‘imlarning to‘g‘ri hisoblab chiqilganligiga oid masalalar yuzasidan asoslantirilgan fikrini olish uchun so‘rovnoma yuboradi.

1. Zaruratga ko‘ra

2. Soliq boshqarmasi, YSTBHSI

Soliq to‘lovchining so‘roviga binoan soliq organining asoslantirilgan fikrini tuzadi va yozma ravishda yoki soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali elektron shaklda yuboradi.

2. So‘rov olingan kundan boshlab o‘n besh kun mobaynida. (qo‘shimcha hujjatlar talab qilinsa bir oy muddatda)

8-bosqich

Soliq to‘lovchi

1. Soliq boshqarmasi, YSTBHSIning asoslantirilgan fikriga roziligi to‘g‘risida hamda ushbu asoslantirilgan fikr bajarilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda yozma yoki soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali elektron shaklda xabardor qiladi.

2. Soliq organining asoslantirilgan fikriga rozi bo‘lmagan taqdirda, soliq organiga o‘z e’tirozlarini yozma yoki soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali elektron shaklda taqdim etadi.

Asoslantirilgan fikr olingan kundan boshlab bir oy mobaynida

9-bosqich

Soliq boshqarmasi, YSTBHSI

Soliq to‘lovchining e’tirozlarini o‘zida mavjud bo‘lgan barcha materiallar bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasiga o‘zaro kelishuv tartib-taomili tashabbusi bilan chiqish uchun yuboradi.

E’tirozlar olingan kundan boshlab uch kun mobaynida

10-bosqich

Soliq qo‘mitasi

1. Soliq monitoringini o‘tkazgan Soliq boshqarmasi yoki YSTBHSI tomonidan taqdim etilgan e’tirozlar va boshqa materiallar asosida o‘zaro kelishuv tartib-taomilini o‘tkazadi.

1. Materiallar olingan kundan boshlab bir oy mobaynida

2. Asoslantirilgan fikr o‘zgartirilganligi yoki o‘zgarishsiz qoldirilganligi to‘g‘risidagi bildirishnomani ariza beruvchiga yuboradi.

2. Bildirishnoma tuzilgan kundan boshlab uch kun mobaynida

11-bosqich

Soliq to‘lovchi

Asoslantirilgan fikrni o‘zgartirish yoki uni o‘zgarishsiz qoldirish to‘g‘risidagi bildirishnomaga rozi ekanligi (rozi emasligi) haqida mazkur asoslantirilgan fikr bajarilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni (mavjud bo‘lgan taqdirda) ilova qilgan holda Soliq boshqarmasi yoki YSTBHSIni xabardor qiladi.

Bildirishnoma olingan kundan boshlab bir oy mobaynida

(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 18-oktabrdagi 548-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.10.2023-y., 09/23/548/0786-son)
Soliq monitoringini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
Soliq monitoringini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
3-ILOVA
Soliq monitoringini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
4-ILOVA
Soliq monitoringini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
5-ILOVA
Soliq monitoringini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
6-ILOVA
Soliq monitoringini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
7-ILOVA
Soliq monitoringini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
8-ILOVA
Soliq monitoringini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
9-ILOVA
Soliq monitoringini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
10-ILOVA
Soliq monitoringini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
11-ILOVA
Soliq monitoringini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
12-ILOVA
Soliq monitoringini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
13-ILOVA
Soliq monitoringini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
14-ILOVA
Soliq monitoringini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
15-ILOVA
Soliq monitoringini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
16-ILOVA
Soliq organining asoslantirilgan fikrini tuzishga doir
TALABLAR
1. Ushbu talablar O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining (keyingi o‘rinlarda — Soliq kodeksi) 174-moddasi birinchi qismiga muvofiq soliq organlari tomonidan soliq monitoringini o‘tkazish chog‘ida soliqlar, yig‘imlar to‘g‘ri hisoblab chiqarilganligi (ushlab qolinganligi), to‘liq va o‘z vaqtida to‘langanligi (o‘tkazilganligi) masalalariga doir asoslantirilgan fikrni tuzishga yagona talablarni belgilash maqsadida ishlab chiqilgan.
2. Soliq organining asoslantirilgan fikri (keyingi o‘rinlarda — asoslantirilgan fikr) o‘z tashabbusi ko‘ra yoki soliq to‘lovchining so‘roviga binoan tuziladi.
3. Asoslantirilgan fikr belgilangan shaklda qog‘oz yoki elektron shaklda tuziladi va sahifalari ketma-ket raqamlanadi.
4. Asoslantirilgan fikr uch qismdan, ya’ni kirish, tavsif va yakuniy qismdan iborat bo‘lishi kerak:
1) asoslantirilgan fikrning kirish qismi o‘zida o‘tkaziladigan soliq monitoringi to‘g‘risida umumiy ma’lumotlarni aks ettiradi.
Asoslantirilgan fikrning kirish qismida quyidagilar bo‘lishi kerak:
asoslantirilgan fikrning raqami (asoslantirilgan fikr soliq organida ro‘yxatdan o‘tkazilganda unga beriladi);
soliq monitoringini o‘tkazayotgan soliq organi rahbari (rahbar o‘rinbosari) tomonidan imzolangan sanaga to‘g‘ri keladigan asoslantirilgan fikrning sanasi;
soliq monitoringini o‘tkazish to‘g‘risida soliq organi rahbari (rahbar o‘rinbosari) qarorining sanasi va raqami;
soliq monitoringi o‘tkazilayotgan soliq to‘lovchining to‘liq va qisqartirilgan nomi;
soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami;
boshlanish va tugash sanasi ko‘rsatilgan holda soliq monitoringi o‘tkaziladigan davr;
asoslantirilgan fikrni tuzish uchun asos;
2) soliq organining tashabbusi bilan tuzilgan asoslantirilgan fikrning tavsif qismida tashkilot tomonidan soliq va yig‘imlarning noto‘g‘ri hisoblanganligi (ushlab qolinganligi), to‘liq yoki o‘z vaqtida to‘lanmaganligi (o‘tkazilmaganligi) to‘g‘risida guvohlik beradigan hujjatli tasdiqlangan dalillarning tizimli bayoni aks ettiriladi.
Soliq to‘lovchining so‘roviga binoan tuzilgan asoslantirilgan fikrning tavsif qismida soliq to‘lovchining xo‘jalik faoliyatida sodir etilgan faktlar bayoni, jumladan, soliqlar va yig‘imlar to‘g‘ri hisoblanishi (ushlab qolinishi), to‘liq va o‘z vaqtida to‘lanishi (o‘tkazilishi), tugallangan yoki rejalashtirilgan bitim (operatsiya) yoki jami o‘zaro bog‘liq bitimlar (operatsiyalar), shuningdek, ushbu soliq to‘lovchiga nisbatan soliq monitoringini o‘tkazish davrida soliq to‘lovchining xo‘jalik faoliyatida sodir etilgan boshqa faktlar bo‘yicha masalalar yuzasidan uning nuqtai nazarining, shuningdek, ko‘rsatilgan masalalar bo‘yicha soliq organining nuqtai nazarining muntazam bayoni aks ettiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Soliq organining nuqtai nazarini asoslash uchun asoslantirilgan fikrning tavsif qismida O‘zbekiston Respublikasining soliq to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarining tegishli normalariga havolalar bo‘lishi kerak.
(4-bandning ikkinchi kichik bandi uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
3) Soliq organining tashabbusiga ko‘ra tuzilgan asoslantirilgan fikrning yakuniy qismida soliq monitoringini o‘tkazayotgan soliq organining tashkilot tomonidan soliqlar va yig‘imlar noto‘g‘ri hisoblanganligi (ushlab qolinganligi), to‘liq yoki o‘z vaqtida to‘lamaganligi (o‘tkazilmaganligi) to‘g‘risida guvohlik beradigan aniqlangan faktlar bo‘yicha xulosalari aks ettiriladi.
Soliq to‘lovchining so‘roviga binoan tuzilgan asoslantirilgan fikrning yakuniy qismida soliq monitoringini o‘tkazayotgan soliq organining tugallangan yoki rejalashtirilgan bitim (operatsiya) yoki o‘zaro bog‘liq bitimlar bo‘yicha, shuningdek, soliq to‘lovchining xo‘jalik faoliyatida sodir etilgan faktlar natijalari bo‘yicha ushbu soliq to‘lovchiga nisbatan soliq monitoringini o‘tkazish davri uchun soliqlar va yig‘imlar to‘g‘ri hisoblanishi (ushlab qolinishi), to‘liq va o‘z vaqtida to‘lanishi (o‘tkazilishi) masalalari bo‘yicha xulosalari aks ettiriladi.
5. Asoslantirilgan fikr soliq monitoringini amalga oshirayotgan soliq organining rahbari (rahbar o‘rinbosari) tomonidan imzolanadi.
6. Asoslantirilgan fikr ikki nusxada tuziladi, ulardan biri ushbu asoslantirilgan fikrni tuzgan soliq organida saqlanadi, ikkinchisi soliq to‘lovchiga yuboriladi.
Soliq monitoringini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
17-ILOVA
* Shartnomaning (shartnomalarning) rekvizitlari operatsiyalar (bitimlar) yoki jami o‘zaro aloqador operatsiyalar (bitimlar) sodir etilgan taqdirda ko‘rsatiladi.
** Asoslantirilgan fikrni taqdim etish to‘g‘risida so‘rovga so‘rovda ko‘rsatilgan axborotni tasdiqlaydigan hujjatlarning nusxalari ilova qilinadi.
Soliq monitoringini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
18-ILOVA
Soliq monitoringini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
19-ILOVA
Soliq monitoringini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
20-ILOVA
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-noyabrdagi 736-son qaroriga
2-ILOVA
Soliq to‘lovchining bank hisobvaraqlari bilan bog‘liq operatsiyalar bo‘yicha soliq organi va bank tizimi o‘rtasida elektron ma’lumot almashish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom soliq to‘lovchining soliq qarzdorligini undirishda (to‘lashda) hamda bank hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib turishda (to‘xtatib turishni bekor qilishda) soliq organi va bank tizimi o‘rtasida elektron shaklda ma’lumotlar almashish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizom qoidalari soliq majburiyatiga ega bo‘lgan yuridik shaxslar, chet el yuridik shaxsining O‘zbekiston Respublikasidagi doimiy muassasasi va yakka tartibdagi tadbirkorlarga nisbatan tatbiq etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasi va Markaziy banki qonunchilik hujjatlari bilan yuklatilgan vakolat va vazifalarni bajarish maqsadida boshqa turdagi ma’lumotlarni almashish bo‘yicha hamkorlik qilishga haqli.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 18-oktabrdagi 548-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.10.2023-y., 09/23/548/0786-son)
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
to‘lov topshiriqnomasi — mijozning unga xizmat ko‘rsatuvchi bankka o‘z hisobvarag‘idan topshiriqnomada belgilangan summani mablag‘larni oluvchining hisobvarag‘iga o‘tkazish to‘g‘risidagi topshirig‘i nazarda tutilgan to‘lov hujjati;
inkasso topshiriqnomasi — unda ko‘rsatilgan mablag‘larni to‘lovchining banki hisobvarag‘idan so‘zsiz ravishda hisobdan chiqarish bo‘yicha mablag‘larni oluvchining topshirig‘i nazarda tutilgan to‘lov hujjati;
bank xabarnomasi — soliq to‘lovchining to‘lov topshiriqnomasi va soliq organining inkasso topshiriqnomasi bajarilishi yuzasidan soliq organiga bank tomonidan taqdim etiladigan elektron shakldagi ma’lumot;
majburiyatga ega shaxs — soliqlar bo‘yicha belgilangan muddatda to‘lanmagan qarzdorligi mavjud yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor;
2-son kartoteka — muddatida to‘lanmagan to‘lov hujjatlari hisobi yuritiladigan balansdan tashqari hisobvaraq;
soliq organi qarori — soliq to‘lovchining (soliq agentining) bankdagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib turish va to‘xtatib turishni bekor qilish to‘g‘risida soliq organining qarorlari.
4. Inkasso topshiriqnomasi orqali soliq to‘lovlariga ortiqcha undirilgan pul mablag‘lari uchun soliq organi javobgar hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Banklar qonunchilik hujjatlariga muvofiq soliq organi va bank tizimi o‘rtasidagi ma’lumotlar almashinuvini ta’minlash maqsadida uzatiladigan va qabul qilinadigan ma’lumotlarni Markaziy bank va Soliq qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan texnik hujjatlarga mos holda qabul qilish, qayta ishlash va uzatish bo‘yicha majburiyatni o‘z zimmasiga oladi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 18-oktabrdagi 548-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.10.2023-y., 09/23/548/0786-son)
2-bob. Bank xabarnomalariga qo‘yiladigan talablar
6. Bank tomonidan soliq to‘lovchi hisobvarag‘ida pul mablag‘i yo‘qligi (yetarli emasligi) sababli qabul qilib olingan to‘lov topshiriqnomasi yoki soliq organi inkasso topshiriqnomasining bajarilmaganligi (qisman bajarilganligi) to‘g‘risida elektron ko‘rinishdagi bank xabarnomasi ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq shaklda keyingi kundan kechiktirmay soliq organiga yuboriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
7. Bank tomonidan yuborilgan xabarnoma ma’lumotlari Soliq qo‘mitasi tomonidan soliq to‘lovchi shaxsiy kartochkasining to‘lov topshiriqnomalari yoki inkasso topshiriqnomalari menyusiga avtomatik ravishda yoziladi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 18-oktabrdagi 548-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.10.2023-y., 09/23/548/0786-son)
8. To‘lov yoki inkasso topshiriqnomasi to‘liq ijro qilingan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmagan holda bank tomonidan soliq organiga elektron xabarnoma yuboriladi.
3-bob. To‘lov va inkasso topshiriqnomalari asosida soliqlar va yig‘imlarni undirish (to‘lash) tartibi
9. Soliq to‘lovchilar soliqlar bo‘yicha yuzaga kelgan majburiyatini bajarish uchun o‘zining bank hisobvarag‘ida pul mablag‘i bor-yo‘qligidan qat’iy nazar O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksida (keyingi o‘rinlarda — Soliq kodeksi) belgilangan to‘lov muddatidan kechiktirmasdan to‘lov topshiriqnomasini xizmat ko‘rsatuvchi bankdagi asosiy hisobvarag‘iga taqdim etishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Inkasso topshiriqnomalarining shakli va tarkibi Markaziy bank va Soliq qo‘mitasi o‘rtasida tasdiqlanadigan texnik hujjat bilan belgilanadi.
(9-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 18-oktabrdagi 548-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.10.2023-y., 09/23/548/0786-son)
Oldingi tahrirga qarang.
10. Soliq to‘lovchining soliqlarni to‘lash bo‘yicha to‘lov topshiriqnomasi xizmat ko‘rsatuvchi bankka qog‘oz yoki elektron shaklda, O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki Soliq qo‘mitasining rasmiy veb-saytidagi shaxsiy kabineti orqali elektron shaklda ijro uchun taqdim etiladi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 18-oktabrdagi 548-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.10.2023-y., 09/23/548/0786-son)
11. Soliq to‘lovchining to‘lov topshiriqnomasi faqat soliq organining elektron shakldagi so‘rovnomasi asosida 2-son kartotekadan chaqirib olinishi mumkin. Bunda bank ijrodan olingan to‘lov topshiriqnomasi bo‘yicha shu kunning o‘zida soliq organiga elektron shaklda xabarnomani yuboradi.
12. Soliq organi tomonidan belgilangan shaklda inkasso topshiriqnomasi soliq to‘lovchining asosiy bank hisobvarag‘iga elektron shaklda qo‘yiladi.
13. Soliq to‘lovchi belgilangan to‘lov muddatiga qadar soliqlarni to‘lash uchun to‘lov topshiriqnomasini xizmat ko‘rsatuvchi bankka taqdim etmagan taqdirda, soliq organi tomonidan Soliq kodeksida belgilangan to‘lov muddati tugagach uch ish kunidan kechiktirmasdan inkasso topshiriqnomasi shakllantiriladi va elektron shaklda onlayn rejimida majburiyatga ega shaxsning asosiy hisobvarag‘i ochilgan bankka yuboriladi.
14. Soliq organi tomonidan inkasso topshiriqnomasi bilan bir vaqtning o‘zida soliq majburiyatiga ega shaxsning chet el valyutasidagi talab qilib olguncha depozit hisobvarag‘iga valyuta mablag‘larini sotish uchun elektron topshiriqnoma yuboriladi. Bunda chet el valyutasini sotish bilan bog‘liq xarajatlar shu majburiyatga ega shaxs hisobidan amalga oshiriladi.
15. Soliq to‘lovchining to‘lov topshiriqnomasi yoki soliq organining inkasso topshiriqnomasi bank tomonidan olingan kundan keyingi bir ish kuni ichida, valyuta hisobvaraqlaridan undirishda esa ikki ish kunidan kechiktirmay bajarilishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Qonunchilik hujjatlari talablariga mos kelmaydigan yoki rekvizitlarida xatoliklar mavjud bo‘lgan to‘lov hujjatlarini ijrosiz qoldirish bundan mustasno.
(15-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
16. Soliq to‘lovchining to‘lov topshiriqnomasi yoki soliq organining inkasso topshiriqnomasi uning hisobvarag‘ida pul mablag‘lari yetarli bo‘lmaganligi sababli bajarilmagan (qisman bajarilgan) taqdirda, to‘lov yoki inkasso topshiriqnomasi ijrosi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda soliq to‘lovchining boshqa bank hisobvaraqlaridagi mablag‘lariga qaratiladi.
(16-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Bunda muddatli depozitlarga joylashtirilgan mablag‘lar hisobidan soliq qarzini to‘lov hujjatlari asosida undirish, ularning amal qilish muddati tugagandan keyin amalga oshiriladi.
Muddatli depozit hisobvaraqlariga 2-son kartoteka shakllanganidan keyin tushgan mablag‘lar asosiy hisobvaraqqa o‘tkaziladi va soliq qarzdorliklarini qoplashga yo‘naltiriladi.
17. To‘lov yoki inkasso topshiriqnomalari asosiy talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘ida shakllangan 2-son kartotekadan qisman yoki to‘liq chaqirtirib olingan taqdirda, shu miqdordagi summani muddatli depozit, korporativ kartalar hamda chet el valyutasini sotish to‘g‘risidagi topshiriqnomalar to‘liq yoki qisman chaqirtirib olingan deb hisoblanadi.
18. Soliq organi tomonidan inkasso topshiriqnomasi (soliq to‘lovchining to‘lov topshiriqnomasi) Soliq kodeksida belgilangan tartibda ijrosiz chaqirib olinadi.
19. Soliq organi inkasso topshiriqnomalarini chaqirib olish to‘g‘risida bankka elektron topshiriqnoma yuboradi. Bunda bank soliq organiga inkasso topshiriqnomasini ijrosiz qaytarganligi to‘g‘risida shu kunning o‘zida elektron xabarnoma yuboradi.
4-bob. Soliq to‘lovchining bank hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib turishi tartibi
20. Soliq to‘lovchilarning bankdagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib turishi soliq organi tomonidan ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakldagi qarorga asosan o‘n kundan ko‘p bo‘lmagan muddatga soliq to‘lovchilarning (soliq agentlarining) soliq majburiyatlari bajarilishini ta’minlash uchun Soliq kodeksining 111-moddasida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Agar, soliq organi tomonidan soliq to‘lovchining (soliq agentining) bankdagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarini to‘xtatib turishi to‘g‘risidagi qaror qabul qilingan kundan e’tiboran o‘n kun muddatda sudga iltimosnoma bilan murojaat etilmagan taqdirda, soliq to‘lovchining hisobvaraqalari bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatilishi tijorat banklari tomonidan bekor qilinadi.
Bunda, soliq organi tomonidan sudga yuborilgan iltimosnomaning nusxasi tegishli bankka Soliq organlarining shaxsiy hisobvaraqlarni yuritish tizimi orqali elektron shaklda onlayn yuborilishi shart.
21. Soliq to‘lovchining (soliq agentining) bankdagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib turishi to‘g‘risida soliq organining qarori tegishli bankka Soliq organlarining shaxsiy hisobvaraqlarni yuritish tizimi orqali elektron shaklda onlayn yuboriladi hamda ushbu yuborilgan sana va vaqt bank tomonidan ushbu qaror olingan sana va vaqt deb tushuniladi.
Bir vaqtning o‘zida soliq organi tomonidan soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetiga uning bankdagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalar to‘xtatib turilishi to‘g‘risida ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakldagi xabarnoma buning sabablari ko‘rsatilgan holda yuboriladi.
Agar, soliq to‘lovchining (soliq agentining) bankdagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarini o‘n kundan ko‘p bo‘lmagan muddatga to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qarorni tijorat bankiga yuborish sanasi qonunchilikda belgilangan tartibda dam olish va (yoki) ish kuni bo‘lmagan kun deb e’tirof etiladigan kunga to‘g‘ri kelsa, u holda soliq organi qarorining yuborilgan sana dam olish kunidan va (yoki) ish kuni bo‘lmagan kundan keyingi ish kuni hisoblanadi.
22. Soliq to‘lovchining (soliq agentining) bankdagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib turish to‘g‘risida soliq organining qarori Soliq kodeksining 112-moddasi birinchi qismida belgilangan hollarda va muddatlarda soliq organining ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq shakldagi qaroriga asosan bekor qilinadi.
23. Soliq to‘lovchining (soliq agentining) bankdagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib turishni bekor qilish to‘g‘risidagi qaror Soliq kodeksining 112-moddasiga muvofiq bankka elektron shaklda bunday qaror qabul qilingan kundan keyingi kundan kechiktirmay yuboriladi.
5-bob. Banklar tomonidan soliq organi qarorining bajarilishi
24. Soliq to‘lovchining (soliq agentining) bankdagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib turish to‘g‘risida soliq organining qarori qabul qilinganidan so‘ng soliq to‘lovchining (soliq agentining) nomi va (yoki) uning soliq organining qaroriga muvofiq operatsiyalar to‘xtatib turilgan bankdagi hisobvarag‘i rekvizitlari o‘zgarsa, mazkur qaror bank tomonidan o‘z nomini o‘zgartirgan soliq to‘lovchiga (soliq agentiga) va rekvizitlari o‘zgartirilgan hisobvaraqqa nisbatan ijro etilishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
25. Soliq to‘lovchining (soliq agentining) bankdagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib turish to‘g‘risida soliq organining qarori olinganidan so‘ng banklar ushbu soliq to‘lovchiga (soliq agentiga) yangi hisobvaraqlar, omonatlar va depozitlar ochishga haqli emas, bundan qonunchilik hujjatlariga muvofiq undiruv yo‘l qo‘yilmaydigan hisobvaraqlar mustasno.
(25-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
6-bob. Yakuniy qoida
Oldingi tahrirga qarang.
26. Ushbu Nizom talablariga rioya qilmagan aybdor shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
(26-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Soliq to‘lovchining bank hisobvaraqlari bilan bog‘liq operatsiyalar bo‘yicha soliq organi va bank tizimi o‘rtasida elektron ma’lumot almashish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
Soliq to‘lovchining topshiriqnomasi yoki soliq organi inkasso topshiriqnomasining bajarilmaganligi (qisman bajarilganligi) to‘g‘risida
BANK XABARNOMASI
Soliq to‘lovchining bank hisobvaraqlari bilan bog‘liq operatsiyalar bo‘yicha soliq organi va bank tizimi o‘rtasida elektron ma’lumot almashish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 18-oktabrdagi 548-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.10.2023-y., 09/23/548/0786-son)
Soliq to‘lovchining bank hisobvaraqlari bilan bog‘liq operatsiyalar bo‘yicha soliq organi va bank tizimi o‘rtasida elektron ma’lumot almashish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
3-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 18-oktabrdagi 548-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.10.2023-y., 09/23/548/0786-son)
Soliq to‘lovchining bank hisobvaraqlari bilan bog‘liq operatsiyalar bo‘yicha soliq organi va bank tizimi o‘rtasida elektron ma’lumot almashish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
4-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 18-oktabrdagi 548-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.10.2023-y., 09/23/548/0786-son)
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-noyabrdagi 736-son qaroriga
3-ILOVA
Davlat organlari va tashkilotlari tomonidan undirilgan davlat boji va boshqa yig‘imlarning budjet tizimiga tushumlarini hisobga olish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom “Davlat boji to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 16 va 17-moddalari hamda O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 89-moddasiga muvofiq davlat organlari va tashkilotlari tomonidan undirilgan davlat boji va boshqa yig‘imlarning budjet tizimiga tushumlarini hisobga olish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari tomonidan chet elda undiriladigan konsullik yig‘imlariga, bojxona organlari tomonidan xorijiy davlatlar avtotransport vositalarining O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirganligi va uning hududi orqali tranziti uchun undiriladigan yig‘imlarga tatbiq etilmaydi.
3. Davlat boji va boshqa yig‘imlarni undiradigan davlat organlari va tashkilotlari (keyingi o‘rinlarda — vakolatli organ) davlat boji va boshqa yig‘imlarning to‘g‘ri hisoblab chiqarilishi va to‘liq undirib olinishini ta’minlaydilar, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetiga va vakolatli organlarning budjetdan tashqari jamg‘armalariga o‘z vaqtida o‘tkazilishi ustidan nazoratni amalga oshiradilar.
Bunda Davlat xizmatlari markazlari va O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali davlat xizmatlari ko‘rsatishda davlat xizmati uchun vakolatli organ davlat bojlari va yig‘imlarni undirishga mas’ul hisoblanadi.
2-bob. Davlat boji va boshqa yig‘imlar tushumlari hisobini yuritish, to‘lash va hisobotini taqdim etish
4. Vakolatli organlar davlat boji va boshqa yig‘imlar bo‘yicha tushumlarning hisobini ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq shaklda Davlat boji va boshqa yig‘imlar tushumlarini elektron hisobga olish kitobida yoki billing tizimi orqali yuritadilar. Bunda tushumlarning hisobini yuritish bo‘yicha belgilangan tartibda bosqichma-bosqich billing tizimiga o‘tilgandan so‘ng mazkur kitobni yuritish to‘xtatiladi.
5. Davlat boji va boshqa yig‘imlar tushumlarini elektron hisobga olish kitobi har kuni ish kuni oxirigacha vakolatli organning mas’ul xodimi tomonidan yuritiladi.
6. Davlat boji va boshqa yig‘imlarning har bir tushumi alohida satrga kiritiladi.
7. Davlat boji va boshqa yig‘imlar tushumlarini elektron hisobga olish kitoblari tegishli hisobot yili yakunlangandan keyin besh yil saqlanadi.
8. Davlat boji va boshqa yig‘imlar tushumlarini elektron hisobga olish kitoblariga yozuvlar quyidagi tasdiqlovchi hujjatlar asosida kiritiladi:
davlat boji va boshqa yig‘imlar naqd pulda yoki bank plastik kartalaridan foydalangan holda to‘langanda — bank tomonidan to‘lovchiga beriladigan belgilangan shakldagi kvitansiya yoki to‘lovni amalga oshirgan mansabdor shaxs yoxud vakolatli organning kassasi tomonidan to‘lovchiga beriladigan ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakldagi kvitansiya;
davlat boji va boshqa yig‘imlar naqd pulsiz shaklda to‘langanda — bankning qog‘oz yoki elektron shakldagi to‘lov hujjati.
9. Davlat boji va boshqa yig‘imlar naqd pulsiz o‘tkazilganligiga doir to‘lov topshiriqnomalari, davlat boji va boshqa yig‘imlarni to‘lash uchun pul qabul qilib olinganligi to‘g‘risidagi kvitansiya davlat boji va boshqa yig‘imlarni undiradigan vakolatli organlarda qoladigan tegishli materiallarga qo‘shib qo‘yiladi.
10. Davlat boji va boshqa yig‘imlar to‘lashdan ozod etilgan hollarda Davlat boji va boshqa yig‘imlar tushumlarini hisobga olish kitobiga imtiyozni tasdiqlovchi hujjatlarning nomi, raqami, sanasi va tegishli moddasi to‘g‘risida belgi qo‘yiladi.
11. To‘lovchining davlat boji va boshqa yig‘imlarni naqd pul shaklida to‘laganligi fakti bank tomonidan to‘lovchiga beriladigan belgilangan shakldagi kvitansiya yoki billing sistemasi yordami bilan tasdiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
12. Davlat boji va boshqa yig‘imlarning bir qismi vakolatli organ tasarrufida qoldirilgan taqdirda, davlat boji va boshqa yig‘imlar yagona hisobvarag‘iga o‘tkazilib, keyinchalik O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti hamda vakolatli organ o‘rtasida qonunchilik hujjatlariga muvofiq taqsimlangan holda to‘lanadi.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
13. Davlat boji va boshqa yig‘imlar tushumlari bo‘yicha hisobot vakolatli organlar tomonidan o‘zi joylashgan yerdagi davlat soliq xizmati organlariga yilning har choragida, hisobot choragidan keyingi oyning 10-kunidan kechiktirmasdan taqdim etiladi.
3-bob. Yakunlovchi qoida
Oldingi tahrirga qarang.
14. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Davlat organlari va tashkilotlari tomonidan undirilgan davlat boji va boshqa yig‘imlarlarning budjet tizimiga tushumlarini hisobga olish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
Davlat boji va boshqa yig‘imlar tushumlarini elektron hisobga olish kitobi

_________________________________________

(davlat boji yoki boshqa yig‘imning nomi)

so‘m

T.r

Yuridik shaxsning nomi yoki jismoniy shaxsning F.I.O.

STIR

Davlat boji yoki boshqa yig‘imning hisoblanishi

Davlat boji yoki boshqa yig‘imning to‘lanishi

Davlat boji yoki boshqa yig‘imni to‘lashdan ozod qilinishi (yoki kamaytirilishi)

Davlat boji yoki boshqa yig‘imning qaytarilishiga asos (vakolatli organning hujjati)

yozuv sanasi

stavka miqdori

summasi

tasdiqlovchi hujjat

Summa

Hisobvarag‘i

normativ-huquqiy hujjat nomi, raqami, sanasi va tegishli moddasi

summa

sana

raqami

summa

sana

raqami






Jami

Davlat organlari va tashkilotlari tomonidan undirilgan davlat boji va boshqa yig‘imlarning budjet tizimiga tushumlarini hisobga olish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-noyabrdagi 736-son qaroriga
31-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Soliq organlari tomonidan soliq hisobotini shakllantirish va tuzish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
(31-ilovaning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-apreldagi 154-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.04.2026-y., 09/26/154/0331-son)
1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Ushbu Nizom yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq, yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i, ijtimoiy soliq, qo‘shilgan qiymat solig‘i va aylanmadan olinadigan soliq hisobotini (keyingi o‘rinlarda — soliq hisoboti) soliq organi tomonidan shakllantirish va tuzish tartibini belgilaydi.
(1-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-apreldagi 154-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.04.2026-y., 09/26/154/0331-son)
Mazkur Nizom talablari soliq to‘lovchining tashabbusi bilan yoki soliq tekshiruvlari natijasida qayta aniqlashtirilgan soliq hisobotlarini shakllantirish va taqdim etish holatlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Soliq to‘lovchining tashabbusi bilan yoki soliq tekshiruvlari natijasida qayta aniqlashtirilgan soliq hisobotlarini shakllantirish va taqdim etish tartibi qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
ichki manbalar — soliq to‘lovchilar taqdim etgan soliq va moliyaviy hisobotlar, o‘tkazilgan xronometraj, soliq monitoringi, ko‘zdan kechirish va soliq tekshiruvi natijalariga oid soliq organlarining axborot tizimlarida, shuningdek, elektron hisobvaraq-faktura, onlayn nazorat-kassa texnikasi, elektron to‘lov cheklari, soliq organlarining “E-imtiyoz” dasturi hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalardan olingan ma’lumotlar;
tashqi manbalar — O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi (keyingi o‘rinlarda — Soliq kodeksi) va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq soliq organlariga ma’lumotlar taqdim etish majburiyati yuklangan davlat organlari va boshqa tashkilotlarning ma’lumotlari;
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-apreldagi 154-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.04.2026-y., 09/26/154/0331-son)
soliq organlari tomonidan shakllantirilgan soliq hisoboti — ichki va tashqi manbalar asosida soliq organlari tomonidan avtomatik ravishda shakllantirilgan, joriy soliq davri uchun soliq to‘lovchilar va soliq agentlarining soliq majburiyatlarini aniqlashga asos bo‘lib xizmat qiladigan hujjatlar.
2-bob. Soliq organlari tomonidan soliq hisobotini shakllantirish tartibi
3. Soliq hisobotlarining ko‘rsatkichlari ichki va tashqi manbalar ma’lumotlari asosida soliq turlari kesimida shakllantiriladi.
Bunda mazkur Nizomga ilovada keltirilgan sxemada nazarda tutilgan muddatlarga qadar hisobotni topshirgan soliq to‘lovchilarning shaxsiy kabinetiga qayta shakllantirilgan hisobot yuborilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Ushbu Nizomning 3-bandida ko‘rsatilgan manbalardan tashqari yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq, yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i, ijtimoiy soliq, qo‘shilgan qiymat solig‘i va aylanmadan olinadigan soliq, ularni shakllantirish uchun zarur ko‘rsatkichlar soliq to‘lovchilar tomonidan ularning shaxsiy kabinetlaridagi interaktiv xizmatlar orqali kiritiladigan quyidagi ma’lumotlarni inobatga olgan holda shakllantiriladi:
yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq hisoboti va bo‘nak to‘lovlari ma’lumotnomasi — soliq solinmaydigan, kamaytiruvchi koeffitsiyent qo‘llanadigan, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan obyektlar, obyektning o‘rtacha yillik qoldiq qiymati (qoldiq qiymati) hamda mol-mulkni mustaqil baholash natijalari to‘g‘risidagi;
yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i hisoboti — soliq solinmaydigan, kamaytiruvchi koeffitsiyent qo‘llanadigan va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan yer uchastkalari to‘g‘risidagi;
jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i va ijtimoiy soliq hisoboti — jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, shaxsiy identifikatsiya raqami, lavozimi, rezidentligi, hisoblangan mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlar, mehnat shartnomasi tuzilgan sana, mehnat shartnomasining turi, shakli va holati, ish rejimi (vaqti), ish o‘rni, jismoniy shaxslarga hisoblangan (to‘langan) boshqa daromadlar (dividend va foiz ko‘rinishidagi daromadlardan tashqari) va ularning turlari, imtiyozlar hamda hisoblangan soliq to‘g‘risidagi;
qo‘shilgan qiymat solig‘i hisoboti — hisobga olinadigan qo‘shilgan qiymat solig‘i summasiga tuzatish kiritish bilan bog‘liq ma’lumotlar, soliq imtiyozlaridan foydalanish huquqini beruvchi normativ-huquqiy hujjat turi, raqami va sanasi, shu jumladan, imtiyoz summasi;
aylanmadan olinadigan soliq hisoboti — soliq solishda hisobga olinmaydigan daromadlar, soliq solinadigan bazani kamaytiradigan chegirmalar, shuningdek, soliq imtiyozlaridan foydalanish huquqini beruvchi normativ-huquqiy hujjat turi, raqami va sanasi, shu jumladan, imtiyoz summasi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-apreldagi 154-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.04.2026-y., 09/26/154/0331-son)
Oldingi tahrirga qarang.
41. O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 465-moddasi to‘rtinchi qismini qo‘llash maqsadida aylanmadan olinadigan soliqni hisoblab chiqarishda yakka tartibdagi tadbirkorlar va o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarning to‘lov tashkilotlari raqamli platformalari orqali tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olgan bir milliard so‘mgacha bo‘lgan daromadlari bo‘yicha to‘lov tashkilotlari soliq agenti deb e’tirof etiladi.
42. O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 465-moddasi beshinchi qismini qo‘llash maqsadida aylanmadan olinadigan soliqni hisoblab chiqarishda quyidagilar soliq agenti deb e’tirof etiladi:
yuridik shaxslar — o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarning soliq davrida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish bo‘yicha yuridik shaxslardan olgan bir milliard so‘mgacha bo‘lgan daromadlari bo‘yicha;
mijozlarni izlash bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchi agregator hisoblangan yuridik shaxslar — yengil avtotransport vositasida yo‘lovchilarni shahar, shahar atrofi va shaharlararo tashish hamda buyurtma asosida tovarlarni yetkazib berish (yuk tashish bundan mustasno) xizmatlarini ko‘rsatadigan o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarning ushbu agregatordan foydalanish orqali soliq davrida xizmatlarni ko‘rsatishdan olgan bir milliard so‘mgacha bo‘lgan daromadlari bo‘yicha.
Bunda o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar to‘lashi lozim bo‘lgan aylanmadan olinadigan soliq yuridik shaxslar tomonidan soliq organlarining xabarnomasi asosida to‘lov manbaida ushlab qolinadi.
Ushbu bandning to‘rtinchi xatboshisida ko‘rsatilgan xabarnoma soliq organlarida mavjud bo‘lgan ichki va tashqi manbalar ma’lumotlari asosida soliq organlari tomonidan shakllantiriladi va soliq agenti bo‘lgan yuridik shaxslarga har oyda hisobot davridan keyingi oyning beshinchi kunidan kechiktirmay yuboriladi.
43. Yakka tartibdagi tadbirkorlar va o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar to‘lashi lozim bo‘lgan aylanmadan olinadigan soliqni ushlab qolish zimmasiga yuklangan soliq agentlari uchun soliq hisobotlari har bir yakka tartibdagi tadbirkor yoki o‘zini o‘zi band qilgan shaxs kesimida shakllantiriladi va taqdim etiladi. Bunda hisoblangan va to‘langan soliq hisobi yakka tartibdagi tadbirkor yoki o‘zini o‘zi band qilgan shaxs soliq to‘lovchi sifatida hisobda turgan joydagi soliq organida soliq to‘lovchining shaxsiy hisobvarag‘ida yuritiladi.
(41 — 43-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-apreldagi 154-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.04.2026-y., 09/26/154/0331-son)
5. Soliq hisobotlarida keltirilgan satr ma’lumotlari hamda ichki va tashqi manbalar ma’lumotlari asosida avtomatik tarzda shakllangan ko‘rsatkich raqamlari formula orqali aniqlanadi.
6. Yangi tashkil etilgan yuridik shaxslar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan e’tiboran davlat ro‘yxatidan o‘tkazish chog‘ida tanlagan soliq turidan kelib chiqqan holda, qo‘shilgan qiymat solig‘i yoki aylanmadan olinadigan soliq hisoboti soliq organlari tomonidan shakllantiriladi.
7. Soliq kodeksining 268-moddasiga asosan hisobga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi soliq to‘lovchining tanloviga ko‘ra alohida-alohida usulda va (yoki) mutanosib usulda aniqlanadi.
Bunda soliq hisoboti mutanosib usul bo‘yicha soliq organi tomonidan avtomatik ravishda shakllantiriladi hamda alohida-alohida usulni tanlash va ko‘rsatkichlarni kiritish imkoniyati yaratiladi.
8. Mol-mulk va yer solig‘i bo‘yicha soliq davrida soliq bazasida (hisoblab chiqarilgan soliq summasi) o‘zgarish bo‘lganda yoki soliq bo‘yicha majburiyatlar yuzaga kelganda, shuningdek, yangi mulk huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganda, yuridik shaxslar Soliq kodeksida belgilangan tartibda soliq organiga aniqlashtirilgan soliq hisobotini taqdim etadi.
9. Mol-mulk va yer solig‘i bo‘yicha soliq hisobotlari soliq organlari tomonidan ushbu soliq turlari bo‘yicha soliq to‘lovchilar deb e’tirof etilganlar uchun shakllantiriladi.
3-bob. Soliq organi tomonidan shakllantirilgan soliq hisobotini soliq to‘lovchi tomonidan tasdiqlash tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
10. Soliq hisobotlarini soliq organlari tomonidan shakllantirish, soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetiga yuborish (joylashtirish) ushbu Nizomga ilovadagi sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-apreldagi 154-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.04.2026-y., 09/26/154/0331-son)
Oldingi tahrirga qarang.
11. Soliq to‘lovchi yoki uning vakolatli vakili besh kun ichida, lekin tegishli soliq hisobotini taqdim qilish muddatidan kechiktirmasdan soliq organlari tomonidan shakllantirilgan hamda uning shaxsiy kabinetiga yuborilgan (joylashtirilgan) yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq, yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i, ijtimoiy soliq, qo‘shilgan qiymat solig‘i va aylanmadan olinadigan soliq hisobotlarining to‘g‘riligi va to‘liqligini tasdiqlaydi yoxud e’tirozlari mavjud bo‘lsa, soliq hisobotiga tuzatish kiritadi. Bunda soliq to‘lovchi yoki uning vakolatli vakili tomonidan ushbu soliq hisoboti to‘g‘riligi va to‘liqligi belgilangan muddatda tasdiqlanmaganda yoxud tuzatishlar kiritilmaganda, soliq organlari tomonidan shakllantirilgan hisobotga soliq to‘lovchining roziligini bildiradi.
Soliq organlari tomonidan shakllantirilgan soliq hisoboti bo‘yicha tegishli soliq hisobotini taqdim qilish muddatining so‘nggi kuniga qadar soliq to‘lovchi tuzatish kiritmagan va (yoki) uni tasdiqlamagan taqdirda, ushbu soliq hisobotini taqdim qilish muddati tugagan kun hisobot tuzilgan va taqdim etilgan deb hisoblanadi.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-apreldagi 154-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.04.2026-y., 09/26/154/0331-son)
4-bob. Soliq organlari tomonidan shakllantirilgan soliq hisobotiga o‘zgartirishlar kiritish
12. Soliq organlari tomonidan ushbu Nizomning 3-bandiga asosan shakllantirilgan soliq hisobotida hisoblab chiqarilgan soliq summasining kamayishiga (o‘zgarishiga) olib kelgan holatlar yuzaga kelganda, noto‘g‘ri yoki to‘liq bo‘lmagan ma’lumotlar va (yoki) xatolar aniqlangan, shuningdek, soliq to‘lovchining hisob hujjatlariga ko‘ra soliq solish obyektlari va soliq solish bilan bog‘liq obyektlarda yoki soliq bazasida farq yuzaga kelgan taqdirda, soliq to‘lovchi tomonidan ushbu soliq hisobotiga zarur tuzatishlar kiritiladi va hisobot soliq organlariga taqdim etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
13. Soliq hisobotida ko‘rsatilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligi va to‘liqligi uchun javobgarlik soliq to‘lovchining yoki soliq agentining zimmasiga yuklanadi.
(13-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-apreldagi 154-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.04.2026-y., 09/26/154/0331-son)
Bunda soliq organlari soliq hisobotining shakllantirilishi hamda rasmiylashtirilishi yuzasidan soliq to‘lovchiga batafsil tushuntirish berishi shart.
14. Agar tekshiruvdan oldingi tahlil chog‘ida soliq organlari tomonidan shakllantirilgan soliq hisoboti bilan soliq organidagi yangilangan ma’lumotlar o‘rtasida tafovutlar va (yoki) xatolar aniqlansa, soliq to‘lovchi ushbu soliq hisobotiga zarur tuzatishlarni kiritishi va soliq organlariga aniqlashtirilgan soliq hisobotini yoki aniqlangan tafovutlarning asosnomasini taqdim etishi lozim.
5-bob. Soliq to‘lovchilarning majburiyatlari
Oldingi tahrirga qarang.
15. Soliq to‘lovchilar:
a) ushbu Nizomning 3-bandida nazarda tutilgan manbalardan tashqari shaxsiy kabinetlaridagi interaktiv xizmatlar orqali tegishli hududlarni ko‘rsatgan holda:
yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq bo‘yicha ushbu Nizomning 4-bandi ikkinchi xatboshisida ko‘rsatilgan ma’lumotlarni bo‘nak to‘lovlari ma’lumotnomasini shakllantirish uchun joriy soliq davrining 5-yanvaridan kechiktirmay, soliq hisobotini shakllantirish uchun hisobot davridan keyingi yilning 1-fevral sanasidan;
yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i hisobotini shakllantirish uchun ushbu Nizomning 4-bandi uchinchi xatboshisida ko‘rsatilgan ma’lumotlarni qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar bo‘yicha joriy soliq davrining 5-yanvaridan kechiktirmay, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar bo‘yicha joriy soliq davrining 1-aprelidan;
jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i va ijtimoiy soliq hisobotini shakllantirish uchun ushbu Nizomning 4-bandi to‘rtinchi xatboshisida ko‘rsatilgan ma’lumotlarni hisobot oyidan keyingi oyning o‘ninchi kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo‘yicha esa keyingi yilning 5-fevralidan;
qo‘shilgan qiymat solig‘i hisobotini shakllantirish uchun ushbu Nizomning 4-bandi beshinchi xatboshisida ko‘rsatilgan ma’lumotlarni hisobot oyidan keyingi oyning o‘ninchi kunidan;
aylanmadan olinadigan soliq hisobotini shakllantirish uchun ushbu Nizomning 4-bandi oltinchi xatboshisida ko‘rsatilgan ma’lumotlarni hisobot oyidan keyingi oyning o‘ninchi kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo‘yicha esa keyingi yilning 1-fevralidan kechiktirmay kiritishi lozim;
b) qonunchilik hujjatlarida belgilangan imtiyozlardan foydalanishi uchun soliq imtiyozlarini soliq organlarining axborot tizimlaridan foydalangan holda, soliq imtiyozlarining har bir turiga maxsus identifikatsiya kodi asosida hisobga olishi lozim, tovar (xizmat)larga berilgan imtiyozlar bundan mustasno;
v) soliq organlari tomonidan shakllantirilgan soliq hisobotlari to‘g‘riligi va to‘liqligi bo‘yicha tasdiqlagandan so‘ng ushbu Nizomning 14-bandida nazarda tutilgan holatlar yuzaga kelganda, zarur tuzatishlar kiritmaganliklari uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar hisoblanadi.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-apreldagi 154-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.04.2026-y., 09/26/154/0331-son)
6-bob. Soliq organlari tomonidan shakllantirilgan soliq hisobotini qabul qilish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-apreldagi 154-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.04.2026-y., 09/26/154/0331-son)
17. Soliq to‘lovchilarga soliq organlari tomonidan tuzilgan soliq hisobotlari qabul qilinganligini shaxsiy kabineti orqali aniqlash imkoniyati yaratiladi.
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
18. Soliq organlari soliq to‘lovchilar tomonidan soliqlarning to‘g‘ri hisoblanishi va o‘z muddatlarida to‘lanishining to‘g‘riligini nazorat qiladi.
19. Soliq organlari tomonidan shakllantirilgan soliq hisobotlari ushbu Nizomning 11-bandiga asosan soliq to‘lovchi tomonidan belgilangan muddatlarda tasdiqlash yoki qayta ishlangan soliq hisobotini taqdim etish ta’minlanmagan hollarda, soliq to‘lovchini qonunchilik hujjatlarida belgilangan javobgarlikdan ozod etmaydi.
20. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Soliq organlari tomonidan soliq hisobotini shakllantirish va tuzish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
ILOVA
Soliq organi tomonidan soliq hisobotini shakllantirish va tuzish hamda soliq to‘lovchilar tomonidan soliq hisobotini tasdiqlash
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Soliq turlari

Muddatlar

1-bosqich

Soliq organlari

Ichki va tashqi manbalar, shuningdek,

soliq to‘lovchi tomonidan kiritilgan ma’lumotlarni umumlashtiradi.

Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq

1. Bo‘nak to‘lovlari ma’lumotnomasini shakllantirish uchun joriy soliq davrining 10-yanvaridan kechiktirmay.

2. Soliq hisobotini shakllantirish uchun hisobot davridan keyingi yilning 1-fevral sanasidan kechiktirmay.

Yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i

1. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar bo‘yicha joriy soliq davrining 15-yanvaridan kechiktirmay.

2. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar bo‘yicha joriy soliq davrining 10-aprelidan kechiktirmay.

Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i va ijtimoiy soliq

Hisobot davridan keyingi oyning o‘ninchi kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo‘yicha keyingi yilning 10-fevralidan kechiktirmay.

Qo‘shilgan qiymat solig‘i

Hisobot davridan keyingi oyning o‘n beshinchi kunidan kechiktirmay.

Aylanmadan olinadigan soliq

Hisobot davridan keyingi oyning o‘ninchi kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo‘yicha keyingi yilning 1-fevralidan kechiktirmay.

2-bosqich

Soliq organlari

Soliq hisobotlarini shakllantiradi.

Ushbu Nizomning 1-bandida ko‘rsatilgan soliqlar bo‘yicha

Ma’lumotlar umumlashtirilgandan so‘ng 1 kun ichida.

3-bosqich

Soliq organlari

Shakllantirilgan soliq hisobotini soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetiga yuboradi (joylashtiradi).

Ushbu Nizomning 1-bandida ko‘rsatilgan soliqlar bo‘yicha

Soliq hisobotlarini shakllantirish bilan bir vaqtda.

4-bosqich

Soliq to‘lovchi

Soliq organi tomonidan shakllantirilgan soliq hisobotini tasdiqlaydi yoki unga tuzatish kiritadi.

Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq

1. Bo‘nak to‘lovlari ma’lumotnomasi soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetiga kelib tushgandan (joylashtirilgandan) so‘ng 5 kun ichida, lekin tegishli bo‘nak to‘lovlari bo‘yicha ma’lumotnomani taqdim qilish muddatidan kechiktirmasdan.

2. Soliq hisoboti — hisobot davridan keyingi yilning 1-mart sanasiga qadar.

Yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i

1. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar bo‘yicha hisobot soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetiga kelib tushgandan (joylashtirilgandan) so‘ng 5 kun ichida, lekin tegishli soliq hisobotini taqdim qilish muddatidan kechiktirmasdan.

2. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar bo‘yicha joriy soliq davrining 1-may sanasiga qadar.

Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i va ijtimoiy soliq

Soliq hisoboti soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetiga joylashtirilgandan so‘ng 5 kun ichida, lekin tegishli soliq hisobotini taqdim qilish muddatidan kechiktirmasdan.

Qo‘shilgan qiymat solig‘i

Soliq hisoboti soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetiga joylashtirilgandan so‘ng 5 kun ichida, lekin tegishli soliq hisobotini taqdim qilish muddatidan kechiktirmasdan.

Aylanmadan olinadigan soliq

Soliq hisoboti soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetiga joylashtirilgandan so‘ng 5 kun ichida, lekin tegishli soliq hisobotini taqdim qilish muddatidan kechiktirmasdan.

(ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-apreldagi 154-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.04.2026-y., 09/26/154/0331-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-noyabrdagi 736-son qaroriga
32-ILOVA
Qishloq xo‘jaligi maqsadlarida ishlatilgan suv hajmi bo‘yicha suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni hisoblash tartibi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom soliq organi tomonidan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni sug‘orish va baliq yetishtirish uchun ishlatilgan suv hajmi bo‘yicha suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq hisobotini (keyingi o‘rinlarda — soliq hisoboti) shakllantirish, shu jumladan, dehqon xo‘jaliklari va qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni (keyingi o‘rinlarda — soliq) hisoblash tartibini belgilaydi.
Nizom talablari soliq to‘lovchining tashabbusi bilan yoki soliq tekshiruvlari natijasida qayta aniqlashtirilgan soliq hisobotlarini shakllantirish va taqdim etish holatlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Soliq to‘lovchining tashabbusi bilan yoki soliq tekshiruvlari natijasida qayta aniqlashtirilgan soliq hisobotlarini shakllantirish va taqdim etish tartibi qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
ichki manbalar — soliq to‘lovchilar taqdim etgan soliq va moliyaviy hisobotlar, soliq monitoringi, ko‘zdan kechirish va soliq tekshiruvi natijalariga oid soliq organlarining axborot tizimlaridan, shuningdek, soliq organlarining “E-imtiyoz” dasturi hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalardan olingan ma’lumotlar;
soliq organlari tomonidan shakllantirilgan soliq hisoboti — ichki va tashqi manbalar asosida soliq organlari tomonidan avtomatik ravishda shakllantirilgan, joriy soliq davri uchun soliq to‘lovchilar va soliq agentlarining soliq majburiyatlarini aniqlashga asos bo‘lib xizmat qiladigan hujjatlar;
suv iste’molchilari — o‘z ehtiyojlarini qondirish uchun suv obyektidan yoki suv xo‘jaligi obyektidan suv resurslarini belgilangan tartibda oluvchi yuridik yoki jismoniy shaxslar;
suv iste’moli me’yori (keyingi o‘rinlarda — me’yor) — suv iste’molchilari tomonidan suv resurslaridan suv o‘lchash vositalarisiz foydalanilgan hollarda, ularning ekin maydonlariga ekilgan ekin turlarini sug‘orish uchun suvga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirishga yetarli deb hisoblangan suv hajmi;
suv o‘lchash vositalari — suv iste’molchilari ekin maydonlarining suv kirish nuqtalariga o‘rnatilgan suv sarfini o‘lchash (shuningdek, boshqarish) imkonini beruvchi standart yoki elektron qurilmalar;
tashqi manbalar — O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi (keyingi o‘rinlarda — Soliq kodeksi) va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq soliq organlariga ma’lumotlarni taqdim etish majburiyati yuklangan davlat organlari va boshqa tashkilotlarning ma’lumotlari.
3. Qishloq xo‘jaligi maqsadlarida foydalanilgan suv hajmi bo‘yicha suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema asosida hisoblanadi.
2-bob. Soliq organlariga soliqni hisoblash uchun asos bo‘ladigan ma’lumotlarni taqdim etish tartibi
4. Soliq organlariga soliqni hisoblash uchun asos bo‘ladigan quyidagi ma’lumotlar vazirlik va idoralar tomonidan o‘zaro axborot almashinuvi tizimi, shuningdek, 2025-yil 1-yanvardan boshlab “Suv hisobi” axborot tizimi orqali taqdim etib boriladi, jumladan:
a) “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasalari fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan birgalikda har yili:
qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni sug‘orish va baliq yetishtirish uchun ishlatilgan suv resurslari hajmi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
Oldingi tahrirga qarang.
joriy soliq davrining 10-dekabridan kechiktirmay, yuridik shaxslar tomonidan iste’mol qilingan suv resurslari to‘g‘risida 2-ilovaga muvofiq ma’lumotlar;
(4-band “a” kichik bandining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-iyundagi 400-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.07.2025-y., 09/25/400/0556-son)
hisobot yilidan keyingi yilning 20-yanvaridan kechiktirmasdan, dehqon xo‘jaliklari tomonidan iste’mol qilingan suv resurslari hajmi to‘g‘risida 3-ilova muvofiq ma’lumotlar;
hisobot yilidan keyingi yilning 20-yanvaridan kechiktirmasdan, tadbirkorlik faoliyati va (yoki) daromad olish uchun mo‘ljallangan, yashash uchun mo‘ljallanmagan ko‘chmas mulk obyektlariga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar tomonidan iste’mol qilingan suv resurslari hajmi to‘g‘risida 4-ilovaga muvofiq ma’lumotlar;
hisobot yilining 1-avgustiga qadar qishloq xo‘jaligi ekinlari turlari bo‘yicha belgilangan yillik suv olish limitlari to‘g‘risida 5-ilovaga muvofiq ma’lumotlar;
onlayn suv o‘lchash vositalari asosida aniqlangan suv hajmi to‘g‘risida 2 — 5-ilovalarga muvofiq onlayn shakldagi ma’lumotlar;
hisobot yilining 20-apreliga qadar xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari tomonidan qishloq xo‘jaligi ekinlarining vegetatsiya davri va hisobot yilining 20-oktabriga qadar kuz-qish davri uchun tasdiqlangan suv olish limitlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
b) O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan har yili 6-ilovaga muvofiq:
hisobot yilining 10-mayiga qadar asosiy ekin maydonlariga ekiladigan ekin turlari (paxta, g‘alla, poliz, sabzavot, sholi va boshqalar) to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
hisobot yilining 15-iyuliga qadar takroriy ekin maydonlariga ekiladigan ekin turlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar.
5. Ushbu Nizomning 4-bandida nazarda tutilgan ma’lumotlarni “Suv hisobi” axborot tizimiga kiritish uchun tegishliligi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi va Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda ularning hududiy bo‘linmalari javobgar hisoblanadi.
3-bob. Soliq organlari tomonidan soliq hisobotini shakllantirish tartibi
6. Soliq hisobotlarining ko‘rsatkichlari ichki va tashqi manbalar ma’lumotlari asosida shakllantiriladi.
Bunda mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxemada nazarda tutilgan muddatlarda hisobotni topshirgan soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetiga qayta shakllantirilgan hisobot yuborilmaydi.
7. O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi va Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda ularning hududiy bo‘linmalari tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar soliq organlarining ma’lumotlar bazasida elektron shaklda umumlashtirilib, ushbu ma’lumotlar va O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 445-moddasiga muvofiq suv resurslari uchun soliq stavkalari asosida soliq summasi hisoblanadi.
8. Soliq organlari soliqqa oid ma’lumotlar bazasidan va belgilangan soliq stavkalaridan kelib chiqqan holda, quyidagilar uchun soliq summasini aniqlaydi:
dehqon xo‘jaliklari uchun;
qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar uchun;
tadbirkorlik faoliyati va (yoki) daromad olish uchun mo‘ljallangan, yashash uchun mo‘ljallanmagan ko‘chmas mulk obyektlariga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar uchun;
har yili 1-oktabrga qadar qishloq xo‘jaligi korxonalari uchun — qishloq xo‘jaligi yerlarini sug‘orish va baliq yetishtirish uchun ular tomonidan avvalgi soliq davrida ishlatilgan suv hajmining 70 foizi miqdorida. Bunda avvalgi soliq davrida qishloq xo‘jaligi korxonasi tomonidan ishlatilgan suv hajmi to‘g‘risidagi axborot mavjud bo‘lmaganda, soliq summasi xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari tomonidan tasdiqlangan suv olish limitlari bo‘yicha aniqlanadi;
har yili 15-dekabrga qadar qishloq xo‘jaligi yerlarini sug‘orish va baliq yetishtirish uchun suv resurslaridan foydalangan yuridik shaxslar uchun.
9. Ushbu Nizomning 4-bandida nazarda tutilgan manbalardan tashqari, soliq hisobotlari uchun zarur bo‘ladigan ko‘rsatkichlar soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetidagi interaktiv xizmatlar orqali ham shakllantiriladi.
10. Soliq hisobotlarida keltirilgan satr ma’lumotlari hamda ichki va tashqi manbalar ma’lumotlari asosida avtomatik ravishda shakllantiriladigan ko‘rsatkichlar formula orqali aniqlanadi.
11. Qishloq xo‘jaligi yerlarini sug‘orish va baliq yetishtirish uchun ishlatilgan suv hajmi bo‘yicha suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq hisobotlari soliq organlari tomonidan ushbu soliq turi bo‘yicha soliq to‘lovchilar deb e’tirof etilganlar uchun shakllantiriladi.
12. Iste’mol qilingan suv hajmi hisobini yuritmagan (yuritishdan bosh tortgan) qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi yuridik shaxslar uchun suv solig‘i xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari tomonidan tasdiqlangan limitlarga nisbatan ikki baravar oshirilgan holda hisoblanadi.
4-bob. Soliq organi tomonidan shakllantirilgan soliq hisobotini soliq to‘lovchi tomonidan tasdiqlash tartibi
13. Soliq organlari tomonidan soliq hisobotlarini shakllantirish va ularni soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetiga yuborish ishlari ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
14. Soliq to‘lovchi yoki uning vakolatli vakili soliq organlari tomonidan shakllantirilgan soliq hisobotining to‘g‘riligi va to‘liqligini tasdiqlaydi yoxud e’tirozlari mavjud bo‘lsa, soliq hisobotini qayta ishlaydi va hisobot taqdim etishning oxirgi muddatiga qadar tegishli asoslarni ilova qilgan holda soliq organlariga taqdim etadi.
5-bob. Soliq organlari tomonidan shakllantirilgan soliq hisobotiga o‘zgartirishlar kiritish
15. Soliq organlari tomonidan ushbu Nizomning9-bandiga asosan shakllantirilgan soliq hisobotida hisoblab chiqarilgan soliq summasining o‘zgarishiga olib keladigan holatlar yuzaga kelganda, noto‘g‘ri yoki to‘liq bo‘lmagan ma’lumotlar va(yoki) xatolar aniqlanganda, shuningdek, soliq to‘lovchining hisob hujjatlariga ko‘ra soliqqa tortish obyektlari va soliqqa tortish bilan bog‘liq obyektlarda yoki soliq bazasida farqlar yuzaga kelganda, soliq to‘lovchi tomonidan ushbu soliq hisobotiga zarur tuzatishlar kiritiladi va hisobot soliq organlariga taqdim etiladi.
16. Soliq hisobotida ko‘rsatilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligi uchun javobgarlik soliq to‘lovchi yoki uning vakolatli vakili zimmasiga yuklanadi.
17. Agar soliq organlari tomonidan tekshiruvdan oldin shakllantirilgan soliq hisoboti bilan yangilangan ma’lumotlar o‘rtasida tafovutlar va (yoki) xatolar aniqlansa, soliq to‘lovchi ushbu soliq hisobotiga zarur tuzatishlarni kiritishi hamda soliq organlariga aniqlashtirilgan soliq hisobotini yoki aniqlangan tafovutlarning asosnomasini taqdim etishi lozim.
18. Soliq organlari tomonidan hisoblab chiqarilgan soliq summasi soliq to‘lovchi tomonidan belgilangan muddatda tasdiqlanmaganda yoki rad etilmaganda, xabarnomada ko‘rsatilgan ma’lumotlar to‘g‘riligi va to‘liqligi tasdiqlangan hisoblanadi hamda soliq summasi soliq to‘lovchining shaxsiy hisobvarag‘iga kiritiladi.
6-bob. Soliq to‘lovchining majburiyatlari
19. Soliq to‘lovchi:
qonunchilik hujjatlarida belgilangan soliq imtiyozlaridan foydalanish uchun soliq organining “E-imtiyoz” axborot tizimidan foydalangan holda, soliq imtiyozlarini uning har bir turiga maxsus identifikatsiya kodi asosida hisobga olishi lozim;
ushbu Nizomning 15-bandida nazarda tutilgan holatlar yuzaga kelganda, zarur tuzatishlar kiritmaganligi uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar hisoblanadi.
7-bob. Soliq to‘lovchining huquqlari
20. Soliq to‘lovchi:
soliq organidan va boshqa vakolatli organlardan (ularning vakolatlari doirasida) amaldagi soliqlar to‘g‘risida, soliq to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlaridagi o‘zgarishlar, soliqlarni hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi haqidagi axborotni, soliq hisobotining va arizalarning shakllarini, shuningdek, ularni to‘ldirish tartibi haqida tushuntirishlarni bepul olish;
o‘z soliq majburiyati bajarilishi bo‘yicha soliq organlarida va boshqa vakolatli organlarda mavjud bo‘lgan ma’lumotlarni olish huquqiga ega.
8-bob. Soliq organlari tomonidan shakllantirilgan soliq hisobotini qabul qilish tartibi
21. Soliq organlari tomonidan shakllantirilgan soliq hisobotlari soliq to‘lovchilar tomonidan O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksida soliq hisobotini topshirishning belgilangan muddatidan kechiktirilmagan holda shaxsiy kabinet orqali tasdiqlanishi lozim.
22. Soliq to‘lovchi o‘zining shaxsiy kabineti orqali soliq organlari tomonidan shakllantirilgan soliq hisoboti qabul qilinganligini kuzatishi mumkin.
9-bob. Soliq organlari tomonidan suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni hisoblash tartibi
23. “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasalari fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan birgalikda iste’mol qilingan suv hajmlari bo‘yicha taqdim etgan ma’lumotlar soliq organlarining ma’lumotlar bazasiga kiritiladi va ushbu ma’lumotlarga hamda O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 445-moddasida belgilangan soliq stavkalariga asosan soliq summasi hisoblab chiqiladi.
Hisoblangan soliq summasi bo‘yicha soliq to‘lash to‘g‘risidagi to‘lov xabarnomasi dehqon xo‘jaliklari, shuningdek, qishloq xo‘jaligi yerlariga hamda tadbirkorlik faoliyati va (yoki) daromad olish uchun mo‘ljallangan, yashash uchun mo‘ljallanmagan ko‘chmas mulk obyektlariga ega bo‘lgan jismoniy shaxslarga hisobot davridan keyingi yilning 1-martidan kechiktirilmasdan yuboriladi.
24. Iste’mol qilingan suv hajmi hisobini yuritmagan (yuritishdan bosh tortgan) qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi jismoniy shaxslar uchun suv solig‘i xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari tomonidan tasdiqlangan limitlarga nisbatan ikki baravar oshirilgan holda hisoblanadi.
10-bob. Yakunlovchi qoidalar
25. Soliq organlari soliq hisobotida soliq summalari to‘g‘ri hisoblanganligini va ularning o‘z muddatida to‘lanishini nazorat qiladi.
26. Soliq organlari tomonidan shakllantirilgan soliq hisoboti belgilangan muddatda soliq to‘lovchi tomonidan tasdiqlanmaganda yoki qayta ishlangan soliq hisoboti taqdim etilmaganda, soliq to‘lovchi qonunchilik hujjatlarida belgilangan javobgarlikdan ozod etilmaydi.
27. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Qishloq xo‘jaligi maqsadlarida ishlatilgan suv hajmi bo‘yicha suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni hisoblash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
Qishloq xo‘jaligi maqsadlarida ishlatilgan suv hajmi bo‘yicha suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni hisoblash
SXEMASI
Oldingi tahrirga qarang.

Bosqichlar

 

Subyektlar

 

Tadbirlar

 

Muddatlar

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

1-bosqich

 

Suv xo‘jaligi vazirligi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan birgalikda

 

Soliq organlariga quyidagi ma’lumotlarni taqdim etadi:

 

 

 

 

a) qishloq xo‘jaligi yerlarini sug‘orish va baliq yetishtirish uchun yuridik shaxslar tomonidan foydalanilishi kutilayotgan suv hajmi to‘g‘risida;

 

Har yili joriy soliq davrining 10-dekabridan kechiktirmay

 

 

b) dehqon xo‘jaliklari hamda tadbirkorlik faoliyati va (yoki) daromad olish uchun mo‘ljallangan, yashash uchun mo‘ljallanmagan ko‘chmas mulk obyektlariga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar tomonidan foydalanilgan suv hajmi to‘g‘risida;

 

Hisobot yilidan keyingi yilning 20-yanvaridan kechiktirmasdan

 

 

v) onlayn tartibda ishlaydigan suv uskunalarini o‘rnatgan suv iste’molchilari to‘g‘risida;

 

Onlayn shaklda

 

 

g) xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari tomonidan suv iste’molchilari kesimida tasdiqlangan suv olish limitlari to‘g‘risida;

 

vegetatsiya davri uchun 20-aprelga qadar, kuz-qish davri uchun 20-oktabrga qadar

 

 

d) joriy yilda ekilgan ekin turlari uchun viloyatlar hamda tuman (shahar)lar kesimida belgilangan suv iste’moli me’yorlari va suv olish limitlari to‘g‘risida.

 

Har yili hisobot yilining 1-avgustidan kechiktirmasdan

 

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

 

Soliq organlariga quyidagi ma’lumotlarni taqdim etadi:

 

 

 

 

a) asosiy ekin maydonlariga ekiladigan ekin turlari (paxta, g‘alla, poliz, sabzavot, sholi ekinlari va boshqalar) to‘g‘risida ma’lumotlar;

 

Har yili joriy soliq davrining 10-mayiga qadar

 

 

b) takroriy ekin maydonlariga ekiladigan ekin turlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar.

 

Har yili joriy soliq davrining 15-iyuliga qadar

 

 

 

 

 

 

 

2-bosqich

 

Soliq organlari

 

Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq bo‘yicha quyidagi toifa soliq to‘lovchilar bo‘yicha ichki va tashqi manbalar asosida kelib tushgan ma’lumotlarni umumlashtiradi:

 

 

 

 

a) qishloq xo‘jaligi yerlarini sug‘orish va baliq yetishtirish uchun suvdan foydalangan yuridik shaxslar bo‘yicha;

 

Joriy soliq davrining 12-dekabriga qadar

 

 

b) dehqon xo‘jaliklari, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarga hamda tadbirkorlik faoliyati va (yoki) daromad olish uchun mo‘ljallangan, yashash uchun mo‘ljallanmagan ko‘chmas mulk obyektlariga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar uchun bo‘yicha.

 

Soliq davridan keyingi yilning 25-yanvariga qadar

 

 

 

 

 

 

 

3-bosqich

 

Soliq organlari

 

1. Qishloq xo‘jaligi yerlarini sug‘orish va baliq yetishtirish uchun suv resurslaridan foydalangan yuridik shaxslar bo‘yicha soliq hisobotlarini avtomatik ravishda shakllantiradi.

2. Dehqon xo‘jaliklari, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarga hamda tadbirkorlik faoliyati va (yoki) daromad olish uchun mo‘ljallangan, yashash uchun mo‘ljallanmagan ko‘chmas mulk obyektlariga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar bo‘yicha to‘lov xabarnomasini shakllantiradi.

 

Ma’lumotlar umumlashtirilgandan so‘ng 1 kun muddat ichida

 

 

 

 

 

 

 

4-bosqich

 

Soliq organlari

 

1. Qishloq xo‘jaligi yerlarini sug‘orish va baliq yetishtirish uchun suv resurslaridan foydalangan yuridik shaxslar bo‘yicha shakllantirilgan soliq hisobotini soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetiga yuboradi.

 

Soliq hisobotlari shakllantirilgandan so‘ng 1 kun muddat ichida

 

 

2. Dehqon xo‘jaliklari, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarga hamda tadbirkorlik faoliyati va (yoki) daromad olish uchun mo‘ljallangan, yashash uchun mo‘ljallanmagan ko‘chmas mulk obyektlariga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar bo‘yicha shakllantirilgan to‘lov xabarnomasini soliq to‘lovchiga yetkazadi.

 

Soliq davridan keyingi yilning 1-martiga qadar

 

 

 

 

 

 

 

5-bosqich

 

Soliq to‘lovchi

 

1. Soliq organi shakllantirgan soliq hisobotini tasdiqlaydi.

2. Soliq hisoboti bo‘yicha e’tirozlar bo‘lganda, asoslarni ilova qilgan holda soliq hisobotini qayta ishlaydi va soliq organiga taqdim etadi.

 

Hisobot davrining 15-dekabriga qadar

 

 

 

 

 

 

 

6-bosqich

 

Soliq organlari

 

Belgilangan muddatlarda soliq organlari tomonidan hisoblab chiqilgan soliq summasi soliq to‘lovchi tomonidan tasdiqlanmagan yoki rad etilmagan taqdirda, xabarnomada ko‘rsatilgan ma’lumotlar to‘g‘riligi va to‘liqligi tasdiqlangan hisoblanadi va soliq summasini shaxsiy hisobvarag‘iga kiritadi.

 

Hisobot davrining 15-dekabriga qadar

(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-iyundagi 400-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.07.2025-y., 09/25/400/0556-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Qishloq xo‘jaligi maqsadlarida ishlatilgan suv hajmi bo‘yicha suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni hisoblash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
__________ viloyatida qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan 20___ yilda iste’mol qilingan suv resurslari hajmi to‘g‘risida
MA’LUMOT

T/r

Viloyat nomi

Tuman nomi

STIR / JSHSHIR

Korxona nomi

Manzili

(MFY, ko‘cha, qishloq, ovul nomi)

Yer maydoni

(gektar)

Yillik suv iste’moli limiti

(m.kub)

Haqiqatda iste’mol qilingan suv hajmi

(m.kub)

(8=9+10+11)

Suv resurslarining shakllanish manbalari

(m.kub)

shundan, soliqqa tortiladigan jami suv hajmi

(m.kub) (12=13+14+15)

jumladan, sug‘orishda foydalanilgan suv hajmi

(m.kub)

Limitdan ortiqcha foydalanilgan suv resurslari

(m.kub)

(16=8-7)

shundan

Sho‘r yuvish uchun foydalanilgan suv resurslari

(m.kub)

yer usti manbalari

(kanal, ariq va boshqalar)

yer osti manbalari

kollektor va drenaj tarmog‘idan

Tejaydigan texnologiyalar joriy qilmagan hamda suv o‘lchash uskunalarisiz aniqlangan

Tejaydigan texnologiyalar joriy qilgan hamda suv o‘lchash uskunalari asosida aniqlangan

Tejaydigan texnologiyalar joriy qilgan yoki suv o‘lchash uskunalari asosida aniqlangan

sug‘orish tarmog‘idan

(m.kub)

A

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

12

13

14

15

16

17

18

1.

2.

3.

(2-ilovaning matni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-iyundagi 400-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.07.2025-y., 09/25/400/0556-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Qishloq xo‘jaligi maqsadlarida ishlatilgan suv hajmi bo‘yicha suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni hisoblash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
3-ILOVA
___________ viloyatida dehqon xo‘jaliklari tomonidan 20___ yilda iste’mol qilingan suv resurslari hajmi to‘g‘risida
MA’LUMOT

T/r

Viloyat nomi

Tuman nomi

STIR / JSHSHIR

Kadastr kodi

Dehqon xo‘jaligi nomi

Manzili

(MFY, ko‘cha, qishloq, ovul nomi)

Yer maydoni

(gektar)

Yillik suv iste’moli limiti

(m.kub)

Haqiqatda iste’mol qilingan suv hajmi

(m.kub)

(9=10+11+ 12)

Suv resurslarining shakllanish manbalari

(m.kub)

Shundan, soliqqa tortiladigan jami suv hajmi

(m.kub)

(13=14+15+16)

jumladan, sug‘orishda foydalanilgan suv hajmi

(m.kub)

Limitdan ortiqcha foydalanilgan suv resurslari

(m.kub)

(17=9-8)

shundan

Sho‘r yuvish uchun foydalanilgan suv resurslari

(m.kub)

yer usti manbalari

(kanal, ariq va boshqalar)

yer osti manbalari

kollektor va drenaj tarmog‘idan

Tejaydigan texnologiyalar joriy qilmagan hamda suv o‘lchash uskunalarisiz aniqlangan

Tejaydigan texnologiyalar joriy qilgan hamda suv o‘lchash uskunalari asosida aniqlangan

Tejaydigan texnologiyalar joriy qilgan yoki suv o‘lchash uskunalari asosida aniqlangan

sug‘orish tarmog‘idan

(m.kub)

A

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

12

13

14

15

16

17

18

19

1.

2.

(3-ilovaning matni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-iyundagi 400-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.07.2025-y., 09/25/400/0556-son)
Qishloq xo‘jaligi maqsadlarida ishlatilgan suv hajmi bo‘yicha suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni hisoblash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
4-ILOVA
____________ viloyatida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarga hamda tadbirkorlik faoliyati va (yoki) daromad olish uchun mo‘ljallangan, yashash uchun mo‘ljallanmagan ko‘chmas mulk obyektlariga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar tomonidan 20____ yilda iste’mol qilingan suv resurslari hajmi to‘g‘risida
MA’LUMOT

T/r

Viloyat nomi

Tuman nomi

STIR / JSHSHIR

Kadastr kodi

Dehqon xo‘jaligi nomi

Manzili

(MFY, ko‘cha, qishloq, ovul nomi)

Yer maydoni

(gektar)

Shundan:

Yillik suv iste’moli limiti

(m.kub)

Haqiqatda iste’mol qilingan suv hajmi

(m.kub)

(10 = 11 + 12 + 13 = 14 + 16)

Suv resurslarining shakllanish manbai

(m.kub)

Suv resurslarining iste’mol maqsadi

(m.kub)

Limitdan ortiqcha foydalanilgan suv hajmi

(m.kub)

(18 = 10 - 9)

Suv o‘lchash uskunalaridan

joriy yilda suvni tejaydigan uskunalar asosida sug‘orilgan yer maydoni

(gektar)

yer usti manbalari

(kanal, ariq va boshqalar)

yer osti manbalari

kollektor va drenaj tarmog‘i suvlaridan

ekinlarni sug‘orish uchun

shundan:

sho‘r yuvish

shundan:

suv o‘lchash uskunalari asosida

suv o‘lchash uskunalari asosida

foydalanish boshlangan sana

foydalanish to‘xtatilgan sana

A

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

12

13

14

15

16

17

18

19

20

1.

2.

3.

Qishloq xo‘jaligi maqsadlarida ishlatilgan suv hajmi bo‘yicha suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni hisoblash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
5-ILOVA
____________ viloyatida qishloq xo‘jaligi ekinlari turlari bo‘yicha 20____ yil uchun belgilangan yillik suv olish limitlari to‘g‘risida
MA’LUMOT

T/r

Viloyat nomi

Tuman nomi

1 gektar yer maydoni uchun ekin turlari bo‘yicha yillik suv olish limitlari

paxta

beda

makkajo‘xori

kartoshka va sabzavot

poliz ekinlari

bog‘ va uzumzor

donli ekinlar

dukkakli ekinlar

moyli  ekinlar

gulchilik, manzarali ekinlar

sholi

1.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

2.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

3.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Qishloq xo‘jaligi maqsadlarida ishlatilgan suv hajmi bo‘yicha suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni hisoblash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
6-ILOVA
___________ viloyatida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarga 20____ yil uchun ekilgan asosiy va takroriy ekin turlari to‘g‘risida
MA’LUMOT

T/r

Viloyat nomi

Tuman nomi

Iste’molchi turi

(yuridik shaxs, jismoniy shaxs, dehqon xo‘jaligi)

STIR / JSHSHIR

Subyekt (fuqaro) nomi

Manzili

(MFY, ko‘cha, qishloq, ovul nomi)

Jami yer maydoni

(gektar)

Shundan, joriy yilda ekish rejalashtirilgan ekin turlari yer maydoni

(gektar)

paxta

beda

makkajo‘xori

kartoshka va sabzavot

poliz ekinlari

bog‘ va uzumzor

donli ekinlar

dukkakli ekinlar

moyli ekinlar

gulchilik, manzarali ekinlar

sholi

1.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

2.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

3.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

(32-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-yanvardagi 32-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.01.2025-y., 09/25/32/0700-son)
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-noyabrdagi 736-son qaroriga
4-ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Onlayn nazorat-kassa mashinalari va virtual kassa tizimi qo‘llanilishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 23-noyabrdagi 943-son qaroriga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
o‘n ikkinchi xatboshidan “kunlik” so‘zi chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:
elektron tijorat — Axborot tizimlaridan foydalangan holda amalga oshiriladigan, tovarlarni sotish, ishlarni bajarish va xizmatlar ko‘rsatishga doir tadbirkorlik faoliyati”;
b) 7-bandning o‘n oltinchi — yigirmanchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“xarid uchun to‘lovning qo‘shilgan qiymat solig‘i jami summasi;
to‘lov sanasi va vaqti;
fiskal modulning takrorlanmaydigan raqami;
fiskal belgi;
berilgan kassa chekining haqiqiyligini tekshirish uchun kamida 30x30 millimetr o‘lchamdagi QR-kod.
Operatorga yuboriladigan chekdagi tovarlar va xizmatlar kodlari (ular mavjud bo‘lgan hollarda) xalqaro “GS1” yoki boshqa global tizimlar asosida yuritiladigan raqamlar bilan bir xil bo‘lishi lozim.
Chekda qo‘shimcha ravishda boshqa rekvizitlar ham ko‘rsatilishi mumkin”
v) 15-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Maxsus axborot tizimidagi shaxsiy kabinetlarga foydalanuvchining elektron raqamli imzo kaliti orqali kiriladi. TXKM, uning filiallari yoki sheriklik asosidagi hamkorlari maxsus axborot tizimidan yoki TXKMning maxsus axborot tizimiga bog‘langan dasturiy mahsulotidan o‘zlarining shaxsiy elektron raqamli imzo kaliti orqali foydalanadilar”;
quyidagi mazmundagi ikkinchi-uchinchi xatboshilar qo‘shilsin:
“Ko‘chma savdo faoliyatini amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlari tomonidan onlayn-NKM yoki virtual kassalar o‘zlari ro‘yxatdan o‘tgan joy bo‘yicha tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyalaridan ushbu nizom talablari asosida ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
Agar, tadbirkorlik subyektiga tegishli turg‘un savdo shoxobchasi faoliyati to‘xtatilib, shoxobchada o‘rnatilgan onlayn-NKM yoki virtual kassani ko‘chma savdo obyektlarida qo‘llash zarurati yuzaga kelgan hollarda tadbirkorlik subyekti bu haqida faoliyatini boshlashidan oldin ro‘yxatdan o‘tgan joy bo‘yicha davlat soliq inspeksiyalarini ko‘chma savdoni amalga oshirish joyi va muddatini ko‘rsatgan holda xabardor qiladi”;
ikkinchi — oltinchi xatboshilar tegishlicha to‘rtinchi-sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
beshinchi xatboshidagi “turg‘un shahobcha” so‘zlaridan keyin “(ko‘chma savdo obyekti)” so‘zlari qo‘shilsin,
yettinchi xatboshidagi “turg‘un savdo (xizmat ko‘rsatish) shahobchasi” so‘zlaridan keyin “(ko‘chma savdo obyekti)” so‘zlari qo‘shilsin;
quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi qo‘shilsin:
“Ariza, maxsus axborot tizimida qayd etilgan vaqtdan boshlab davlat soliq xizmati organi xodimi tomonidan sakkiz ish soati ichida ko‘rib chiqiladi va mazkur Nizomning 21-bandi ikkinchi — to‘rtinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan holatlar aniqlanmagan taqdirda qabul qilinadi”;
ikkinchi xatboshi uchinchi xatboshi deb hisoblansin;
e) 33-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:
“Onlayn-NKM va (yoki) virtual kassa TXKM tomonidan sozlangandan yoki zaxiradagi o‘rnatilgandan so‘ng tadbirkorlik subyekti bir ish kuni ichida maxsus kvitansiya daftari asosida amalga oshirilgan savdolar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni onlayn-NKM yoki virtual kassa tizimiga kiritishi lozim”;
j) 45-banddagi “uch” so‘zi “o‘n” so‘zi bilan almashtirilsin;
z) 54-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“54. Operator vakolatli organ bilan birgalikda TXKMga yuklangan vazifalar to‘lik bajarilishini nazorat qilib boradi. TXKMga yuklangan talablar bajarilmagan taqdirda, operator markazga nisbatan qonun hujjatlarida belgilangan choralarni ko‘rish bo‘yicha vakolatli organga taklif kiritadi”;
i) 55-bandga quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi qo‘shilsin:
“Bunda operator tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun to‘lovlar tadbirkorlik subyektlari tomonidan naqd pulda va naqd pulsiz ko‘rinishda amalga oshirilishi mumkin”;
y) Nizomga 1-ilova quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Aholi bilan pulli hisob-kitoblarni amalga oshirishda onlayn nazorat-kassa mashinalari va virtual kassa tizimini qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA

‎‎________________________________‎‎‎‎

‎‎(texnik xizmat ko‘rsatish markazi nomi)‎‎‎

‎‎‎texnik xizmat ko‘rsatish markaziga ‎‎‎

ARIZA
‎ (Onlayn-NKM yoki virtual kassani turg‘un shoxobcha (ko‘chma savdo obyekti) joylashgan joy bo‘yicha davlat soliq xizmati organlarida ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risida)

‎‎‎‎‎‎‎Sizdan, _____________________________________________________________________________________
‎‎‎(shoxobcha (ko‘chma savdo obyekti) manzili)
‎‎manzilida joylashgan,_________________________________________________________________________
(tadbirkorlik subyektining nomi)
‎‎(STIR:________________)ga qarashli,___________________________________________________________
‎‎(amalga oshiriladigan faoliyat turi)‎‎

‎‎savdo shoxobchasida foydalanish uchun, ____________________________________________________ rusumli,
‎ zavod raqami (versiyasi)________________________________________________bo‘lgan onlayn-NKM (virtual
‎ kassa) va __________________________________________________________seriya raqamli fiskal modulni,
‎ _____________________________________________________davlat soliq inspeksiyasida ro‘yxatga qo‘yishda
‎amaliy yordam berishingizni so‘rayman.

‎‎Quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
‎‎‎‎1. Turg‘un shoxobcha (ko‘chma savdo obyekti) mavjudligini tasdiqlaydigan hujjatlarning nusxalari
(bino, inshootning yoki uning qismining ijara shartnomasi yoki kadastr hujjatlari). ‎‎
‎‎2. Turg‘un savdo (xizmat ko‘rsatish) shoxobchasi (ko‘chma savdo obyekti) manzilining xaritadagi
koordinatasi. ‎‎‎‎

__________________________

____________‎‎

_________‎‎

(Tadbirkorlik subyekti rahbarining F.I.O.)‎‎

(imzo)‎‎

(sana)” ‎‎

k) Nizomga 2-ilova quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Aholi bilan pulli hisob-kitoblarni amalga oshirishda onlayn-NKM va (yoki) virtual kassa tizimini qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA

‎‎Onlayn-NKM yoki virtual kassa davlat soliq xizmati organlarida
‎ro‘yxatga olinganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar

Ushbu ro‘yxatga olinganlik to‘g‘risidagi ma’lumot__________________________________________________
‎__________________________________________________________ (STIR: _________________________)ga

‎‎‎‎(tadbirkorlik subyekti nomi)

‎‎tegishli bo‘lgan onlayn-NKM yoki virtual kassa tizimi maxsus axborot tizimida qayd etilganligi to‘g‘risida berildi.

Reyestr raqami‎‎

‎‎Onlayn-NKM yoki virtual kassa nomi

Zavod (seriya yoki litsenziya) raqami‎‎

‎‎Fiskal modul seriya raqami

Onlayn-NKM yoki virtual kassa joylashgan manzil‎‎

‎‎Onlayn-NKM yoki virtual kassaning holati

Sana‎‎

‎‎ ‎‎ ‎‎‎ ‎‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎‎
‎‎ ‎‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎

________________________________________ ‎‎

(m.o‘.) ‎‎

‎‎___________

‎‎____________

‎‎(Davlat soliq xizmati organi rahbari F.I.O.)

‎‎(imzo)

‎‎(sana)

‎‎________________________________________

‎‎‎‎___________

‎‎‎‎____________

‎‎(Ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha mas’ul xodim F.I.O.)

‎‎‎‎(imzo)

‎‎‎‎(sana)”

l) Nizomga 3-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Aholi bilan pulli hisob-kitoblarni amalga oshirishda onlayn nazorat-kassa mashinalari va virtual kassa tizimini qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
3-ILOVA

‎‎_________________________________‎‎‎‎

‎‎(texnik xizmat ko‘rsatish markazi nomi)‎‎‎

‎‎‎‎‎texnik xizmat ko‘rsatish markaziga ‎‎‎

ARIZA
‎ (Onlayn-NKM yoki virtual kassa tizimini turg‘un shoxobcha (ko‘chma savdo obyekti) joylashgan joy bo‘yicha davlat soliq xizmati organlarida ro‘yxatdan chiqarish to‘g‘risida)

‎‎‎‎‎‎‎Sizdan, men faoliyat yuritayotgan_________________________________________________________________

‎‎‎(shoxobcha (ko‘chma savdo obyekti) manzili)‎‎‎‎‎

_________________________________________________________________________‎‎manzilida joylashgan,
‎‎‎_______________________________________________________________________(STIR:____________)ga‎

‎‎‎(tadbirkorlik subyektining nomi)

‎‎qarashli,_________________________________________________________‎‎savdo shoxobchasida foydalanish

‎‎‎‎‎(shoxobcha (ko‘chma savdo obyekti) manzili)‎‎‎

‎‎uchun ___________________________________________________________ rusumli, zavod raqami (versiyasi)
‎____________________________________________________________‎bo‘lgan onlayn-NKM (virtual kassa) va
‎_________________________________________________________________seriya raqamli fiskal modulni,
‎ ___________________________________________________________________davlat soliq inspeksiyasidan
‎‎ ro‘yxatdan chiqarish uchun amaliy yordam berishingizni so‘rayman.
‎ Onlayn-NKM (virtual kassa), __________________________________________________________________
‎davlat soliq inspeksiyasidan ro‘yxatdan chiqarish sababi:_____________________________________________
‎‎______________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________

Quyidagilar ilova qilinadi:
‎‎‎1. Fiskal modul ____ dona.
‎2. Qo‘shimcha hujjatlar.

__________________________

____________‎‎

_________‎‎

(Tadbirkorlik subyekti rahbarining F.I.O.)‎‎

(imzo)‎‎

(sana)”‎

yettinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“texnik jihatdan imkoniyat bo‘lganda, chek ma’lumotlari bilan joylashgan joyi bo‘yicha geolakatsiya (uzunlik va kenglik) ma’lumotlarini operatorga yuborish”;
o‘n birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“24 soat offlayn rejimida ishlagandan so‘ng avtomatik bloklash tizimiga o‘tish”;
o‘n uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“mobil aloqa operatorining internet tarmog‘iga 2G va undan yuqori standartlar asosida, shuningdek, SDMA va Wi-Fi standartlari orqali aloqa tarmog‘iga bog‘lanish imkoniyatining mavjudligi;”;
o‘n sakkizinchi xatboshidagi “ta’minlash imkoniyatining mavjudligi” so‘zlari “ta’minlashi yoki vaqt va sanani operator serveridan olish imkoniyatining mavjudligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi xatboshilar qo‘shilsin:
“Onlayn-NKMga o‘rnatilgan dasturiy mahsulotga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin.
Fiskal ma’lumotlar, shuningdek, ularni operatorga yuborishda o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan taqdirda operator va kiberxavfsizlik markazidan qayta xulosa olinishi shart”;
oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“24 soat offlayn rejimida ishlagandan so‘ng avtomatik bloklash tizimiga o‘tish”;
o‘n uchinchi xatboshidagi “moslashtirish imkoniyatining mavjudligi” so‘zlari “moslashtirishni ta’minlashi yoki vaqt va sanani operator serveridan olish imkoniyatining mavjudligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi xatboshilar qo‘shilsin:
“Virtual kassaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin.
Fiskal ma’lumotlar, shuningdek, ularni operatorga yuborishda o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan taqdirda operator va kiberxavfsizlik markazidan qayta xulosa olinishi shart.
Tovarlarni sotish, ishlarni bajarish va xizmatlarni ko‘rsatishni elektron tijorat orqali amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlari fiskal ma’lumotlarni operatorga uzatishni Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilgan virtual kassa dasturiy mahsuloti orqali amalga oshirishi mumkin”.
a) 3-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Shuningdek, onlayn-NKM va (yoki) virtual kassaga xizmat ko‘rsatishga talab bo‘lgan hududlarda hamda onlayn-NKM yoki virtual kassalar soni o‘ttiztadan ko‘p bo‘lgan tumanlarda TXKM, uning filiali yoki sheriklik asosida hamkorlari ushbu hududda onlayn-NKM va virtual kassalarga texnik xizmat ko‘rsatish shahobchalarini ochishlari shart”;
birinchi xatboshidan “ko‘riklarni qayd etish daftarida hamda” so‘zlari chiqarib tashlansin;
ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
v) 7-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“7. TXKM o‘z faoliyatini amalga oshirish uchun u tomonidan xizmat ko‘rsatiladigan hamda vakolatli organda ro‘yxatga olingan onlayn-NKMlar va virtual kassalarning jami soni:
mingtagacha bo‘lganda O‘zbekiston Respublikasida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravari miqdorida;
mingtadan besh mingtagacha bo‘lganda O‘zbekiston Respublikasida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravari miqdorida;
besh mingtadan o‘n mingtagacha bo‘lganda O‘zbekiston Respublikasida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining besh yuz baravari miqdorida;
o‘n mingtadan ko‘p bo‘lganda O‘zbekiston Respublikasida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining bir ming baravari miqdorida mablag‘larni vakolatli organning maxsus hisob raqamiga zaxiraga qo‘yishi lozim.
Zaxira summasi bank yoki sug‘urta tashkilotlari kafolat xati asosida olti oy ichida shakllantirilishi mumkin.
Zaxira summasi bank kafolat xati asosida tadbirkorlik subyektining o‘z ehtiyojida ham qoldirilishi mumkin.
Banklar va ularning mijozlari o‘rtasidagi munosabatlar qonunchilikda belgilangan tartibda shartnomalar asosida amalga oshiriladi”;
g) 8-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“8. Maxsus hisob raqamiga zaxiraga qo‘yilgan hamda bank kafolat xati asosida tadbirkorlik subyektining o‘z ehtiyojida qoldirilgan mablag‘lar TXKM, uning hududiy filiallari yoki sheriklik asosida hamkorlari tomonidan o‘zi xizmat ko‘rsatayotgan onlayn-NKM va (yoki) virtual kassa dasturiy mahsulotining funksional xususiyatlariga ishlab chiqaruvchi yoki uning vakolatli vakilining ruxsatisiz o‘zgartirish kiritish yoki boshqacha tarzda onlayn-NKM yoki virtual kassani qo‘llash tartibi buzilishi natijasida operatorga, tadbirkorlik subyektiga yoki soliqlar noto‘g‘ri hisoblanishi natijasida davlat budjetiga yetkazilgan zararlarni qoplash uchun ishlatiladi.
Yetkazilgan zararlar ekspertiza xulosasi asosida aniqlanadi.
Yetkazilgan zararlar belgilangan tartibda sud orqali undiriladi.
Zaxira summasi bank kafolat xati asosida tadbirkorlik subyektining o‘z ehtiyojida qoldirilgan taqdirda, TXKM tomonidan yetkazilgan zarar summasi kafolat bergan bankdan undiriladi”;
d) 9-bandga quyidagi mazmundagi xatboshilar qo‘shilsin:
“Shuningdek, tadbirkorlik subyekti bank kafolat xatini muddatidan o‘n kun oldin yangilashi yoki maxsus hisob raqamiga belgilangan miqdorda pul mablag‘larini shakllantirishi lozim.
TXKM Davlat reyestridan chiqarilgan, tadbirkorlik subyekti tugatilgan yoki belgilangan zaxira summasi uchun bank tomonidan kafolat xati taqdim qilingan taqdirda (8-bandga muvofiq qarzdorligi mavjud bo‘lmaganda), zaxiraga qo‘yilgan pul mablag‘lari TXKMning hisob raqamiga qaytariladi.
Bunda TXKM tomonidan zaxira pulining qaytarilishi bo‘yicha vakolatli organga ariza taqdim qiladi.
Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
Davlat reyestridan chiqarilganligi, tadbirkorlik subyekti tugatilganligi to‘g‘risidagi hujjat yoki belgilangan zaxira summasi uchun bank tomonidan berilgan kafolat xati;
Operator va TXKM o‘rtasidagi shartnomaga muvofiq yuklatilgan vazifalar to‘liq bajarilganligi to‘g‘risidagi operatorning xulosasi.
Vakolatli organ olingan ma’lumotlarni besh ish kun ichida o‘rganib chiqib, ariza va ilova qilingan hujjatlar to‘liq va ishonchli bo‘lgan taqdirda, TXKMning zaxiradagi pul mablag‘larini uning hisob raqamiga qaytaradi.
Ariza yoki ilova qilingan hujjatlar to‘liq bo‘lmagan va (yoki) ishonchsiz hujjatlar taqdim etilgan taqdirda, asoslantirilgan kamchiliklar ariza beruvchiga taqdim qilinadi.
Ariza beruvchi kamchiliklarni bartaraf qilgan holda takroran murojaat qilishi mumkin”;
e) 12-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“12. TXKM davlat soliq xizmati organlari binolarida joylashtirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi “Soliq servis” davlat unitar korxonasi bundan mustasno”;
j) quyidagi mazmundagi “181” band qo‘shilsin:
“181. TXKM bir oy mobaynida ishlatilmagan fiskal modullar sonining ishlatilayotgan fiskal modullar soniga nisbatan o‘ttiz foiz miqdoridan ko‘p bo‘lgan qismini operatorga qaytaradi. Bunda operatorining maxsus axborot tizimida TXKMlarga taqdim qilingan va ular tomonidan foydalanuvchilarga berilgan (ishlatilayotgan) fiskal modullar hisobi onlayn tarzda yuritiladi.”;
z) 19-bandning uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“O‘zbekiston Respublikasida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravari miqdoridagi mablag‘ vakolatli organning maxsus hisob raqamida zaxira qilinganligi haqidagi ma’lumot yoki zaxira summasi olti oy ichida shakllantirilishi to‘g‘risida bank yoki sug‘urta tashkilotlarining kafolat xati yoxud yetkazilgan zararlarni qoplash uchun bank tomonidan berilgan kafolat xati;”;
i) 40 va 42-bandlar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
k) Talablarga ilova quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Onlayn-NKM va (yoki) virtual kassalarga texnik xizmat ko‘rsatish markazlarining davlat reyestrini yuritish hamda ularga qo‘yiladigan alohida talablarga
ILOVA

‎‎Davlat soliq qo‘mitasi
‎raisi ______________ga

‎‎ARIZA
‎ (Onlayn-NKM va (yoki) virtual kassaga texnik xizmat ko‘rsatish markazini Davlat reyestriga kiritish to‘g‘risida)

‎‎Sizdan, ____________________________________________________________________________________

(TXKM joylashgan manzil)‎‎

‎‎manzilida joylashgan _________________________________________________________________________

‎‎(tadbirkorlik subyektining nomi)

‎‎(STIR:____________) onlayn-NKM, virtual kassa tizimiga texnik xizmat ko‘rsatish markazini ilovada keltirilgan hujjatlar asosida Davlat reyestriga kiritishingizni so‘rayman.
‎‎Quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
‎‎1. O‘zbekiston Respublikasida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravari miqdoridagi mablag‘ vakolatli organning maxsus hisob raqamida zaxira qilinganligi haqidagi ma’lumot yoki zaxira summasi olti oy ichida shakllantirilishi to‘g‘risida bank yoki sug‘urta tashkilotlarining kafolat xati yoxud yetkazilgan zararlarni qoplash uchun bank tomonidan berilgan kafolat xati;
‎‎2. Onlayn-NKM qurilmasi va (yoki) virtual kassa dasturiy mahsulotining ishlab chiqaruvchisi yoxud uning vakolatli vakili bilan tuzilgan shartnoma nusxasi;
‎‎3. TXKMning faoliyat yuritish joyi bo‘yicha ko‘chmas mulkka yoki undan foydalanishga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjat(lar);
‎‎4. “call-markaz”ga ega ekanligi to‘g‘risidagi ma’lumot;
‎‎5. TXKMda onlayn-NKM qurilmasi va (yoki) virtual kassa dasturiy mahsulotiga kafolatli xizmat ko‘rsatish bo‘yicha malaka sertifikatiga ega bo‘lgan mutaxassis(lar) mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

‎‎Ilova: ___ varaqda.

‎‎____________________________________________

‎‎__________

‎‎__________

‎‎(Tadbirkorlik subyekti rahbarining F.I.O.)

‎‎(imzo)

‎‎(sana)”

a) 8-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“8. Vakolatli organda ro‘yxatga olingan onlayn-NKM va virtual kassa soni:
mingtagacha bo‘lganda O‘zbekiston Respublikasida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravari miqdorida;
mingtadan besh mingtagacha bo‘lganda O‘zbekiston Respublikasida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining besh yuz baravari miqdorida;
besh mingtadan ko‘p bo‘lganda O‘zbekiston Respublikasida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining bir ming baravari miqdorida mablag‘larni vakolatli organning maxsus hisob raqamiga zaxiraga qo‘yishi lozim.
Zaxira summasi bank yoki sug‘urta tashkilotlari kafolat xati asosida olti oy ichida shakllantirilishi mumkin.
Zaxira summasi bank kafolat xati asosida tadbirkorlik subyektining o‘z ehtiyojida ham qoldirilishi mumkin.
Banklar va ularning mijozlari o‘rtasidagi munosabatlar qonunchilikda belgilangan tartibda shartnomalar asosida amalga oshiriladi”;
b) 9-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“9. Maxsus hisob raqamiga zaxiraga qo‘yilgan hamda bank kafolat xati asosida tadbirkorlik subyektining o‘z ehtiyojida qoldirilgan mablag‘lar soliqlar noto‘g‘ri hisoblanishi natijasida davlat budjetiga, operatorga va tadbirkorlik subyektlariga yetkazilgan zararlarni qoplash uchun ishlatiladi.
Yetkazilgan zararlar hamda tadbirkorlik subyektlari va operatorga yuborilgan cheklar o‘rtasidagi nomutanosibliklar ekspertiza xulosasi asosida aniqlanadi.
Yetkazilgan zararlar belgilangan tartibda sud orqali undiriladi.
Zaxira summasi bank kafolat xati asosida tadbirkorlik subyektining o‘z ehtiyojida qoldirilgan taqdirda yetkazilgan zarar summasi kafolat bergan bankdan undiriladi.”;
v) 10-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“10. Onlayn-NKM yoki virtual kassa dasturiy ta’minotini davlat reyestriga kiritgan tijorat tashkiloti zaxiraga qo‘yilgan mablag‘lar summasi ushbu nizomning 8-bandida ko‘rsatilgan miqdordan kamaygan taqdirda, uning yetmayotgan qismi vakolatli organning xabarnomasini olgan kundan e’tiboran o‘n ish kunida vakolatli organning maxsus hisobvarag‘iga tushishini ta’minlaydi.
Onlayn-NKM va (yoki) virtual kassa Davlat reyestridan chiqarilganda, Davlat reyestriga kiritish uchun ariza bergan tadbirkorlik subyekti tugatilganda yoki belgilangan zaxira summasi uchun bank tomonidan kafolat xati taqdim qilingan taqdirda (9-bandga muvofiq qarzdorligi mavjud bo‘lmaganda), zaxiraga qo‘yilgan pul mablag‘lari Davlat reyestriga kiritish uchun ariza bergan tadbirkorlik subyektining hisob raqamiga qaytariladi.
Bunda Davlat reyestriga kiritish uchun ariza bergan tadbirkorlik subyekti zaxira pulining qaytarilishi bo‘yicha vakolatli organga ariza taqdim qiladi.
Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
Davlat reyestridan chiqarilganligi, Davlat reyestriga kiritish uchun ariza bergan tadbirkorlik subyekti tugatilganligi to‘g‘risidagi hujjat yoki belgilangan zaxira summasi uchun bank tomonidan berilgan kafolat xati;
TXKMlar va ishlab chiqaruvchi yoki uning vakolatli vakili o‘rtasidagi shartnomaga muvofiq yuklatilgan vazifalar to‘liq bajarilganligi to‘g‘risidagi TXKMlarning xulosalari.
Vakolatli organ olingan ma’lumotlarni besh ish kun ichida o‘rganib chiqib, ariza va ilova qilingan hujjatlar to‘liq va ishonchli bo‘lgan taqdirda, Davlat reyestriga kiritish uchun ariza bergan tadbirkorlik subyektining zaxiradagi pul mablag‘larini uning hisob raqamiga qaytaradi.
Ariza yoki ilova qilingan hujjatlar to‘liq bo‘lmagan va (yoki) ishonchsiz hujjatlar taqdim etilgan taqdirda, asoslangan kamchiliklarni ariza beruvchiga taqdim qiladi.
Ariza beruvchi kamchiliklarni bartaraf qilgan holda takroran murojaat qilishi mumkin.”;
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“O‘zbekiston Respublikasida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravari miqdoridagi mablag‘ vakolatli organning maxsus hisob raqamiga zaxiraga qo‘yilganligi haqidagi ma’lumot yoki zaxira summasi olti oy ichida shakllantirilishi mumkinligi to‘g‘risida bank yoki sug‘urta tashkilotlarining kafolat xati yoxud yetkazilgan zararlarni qoplash uchun bank tomonidan berilgan kafolat xati”;
o‘n birinchi xatboshidagi “texnik ko‘maklashish markazi” so‘zlari “Kiberxavfsizlik markazi” DUK so‘zlari bilan almashtirilsin;
d) quyidagi muzmundagi 121-band qo‘shilsin:
“121. Onlayn-NKM yoki virtual kassani Davlat reyestriga kiritish to‘g‘risidagi ariza va unga tegishli hujjatlar vakolatli organ tomonidan O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi va “O‘zeltexsanoat” uyushmasiga yuborilgan sanadan e’tiboran besh ish kunida ushbu tashkilotlar Davlat reyestriga kiritish yoki kiritishni rad etish haqidagi xulosani vakolatli organga taqdim etadi”;
e) 16-banddagi “bir oy muddatda” so‘zlari “yigirma ish kunida” so‘zlari bilan almashtirilsin;
j) Nizomga 2-ilova quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“O‘zbekiston Respublikasi hududida qo‘llanishi ruxsat etilgan onlayn nazorat-kassa mashinalari va virtual kassalarning Davlat reyestrini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA

‎‎Davlat soliq qo‘mitasi raisi ________________________ga

‎‎ARIZA
‎ (Onlayn-NKM va (yoki) virtual kassalarning Davlat reyestriga kiritish to‘g‘risida)

‎‎___________________________________________________________________________________________
‎‎‎STIR___________________________________________________________________

‎‎(tadbirkorlik subyekti nomi)

‎‎_____________________________________manzilida joylashgan _________________________________ga

‎‎(yuridik manzili)

‎‎(mulkchilik shakli)

‎‎______________________________________________________ rusumli onlayn-NKM yoki virtual kassaning
‎ ____________________ versiyasini ilovada keltirilgan hujjatlar asosida Davlat reyestriga kiritishingizni so‘rayman.
‎‎Quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
‎‎‎1. O‘zbekiston Respublikasida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravari miqdoridagi mablag‘ vakolatli organning maxsus hisob raqamiga zaxiraga qo‘yilganligi haqidagi ma’lumot yoki zaxira summasi olti oy ichida shakllantirilishi mumkinligi to‘g‘risida bank yoki sug‘urta tashkilotlarining kafolat xati yoxud yetkazilgan zararlarni qoplash uchun bank tomonidan berilgan kafolat xati;
‎‎2. Onlayn-NKM yoki virtual kassa dasturiy mahsulotining texnik va funksional tavsiflariga muvofiqligi yuzasidan operatorning xulosasi;
‎‎3. Shakllantirilgan kassa cheklari namunalari;
‎‎4. Onlayn-NKM yoki virtual kassaning etalon namunasi;
‎‎5. Onlayn-NKM yoki virtual kassaning texnik va funksional tavsiflari batafsil ko‘rsatilgan texnik pasport (yoki unga tenglashtirilgan hujjat) hamda kafolat majburiyatlari;
6. Foydalanish hujjatlari (foydalanuvchi uchun qo‘llanma, o‘rnatish bo‘yicha qo‘llanma va soliq inspektori yo‘riqnomasi);‎‎
‎‎7. Ariza beruvchining ehtiyot qismlar bilan ta’minlash to‘g‘risidagi kafolat xati;
‎‎8. Virtual kassa yoki onlayn-NKM dasturiy mahsulotining mualliflik huquqini tasdiqlovchi hujjat (patent). Bunda hujjat boshqa davlatdan olingan bo‘lsa uning manbasi ko‘rsatiladi;
‎‎9. Virtual kassa yoki onlayn-NKM dasturiy mahsulotiga “Kiberxavfsizlik markazi” DUK tomonidan berilgan ekspertiza xulosasi;
‎‎10. Onlayn-NKMga sertifikatlashtirish organi tomonidan berilgan muvofiqlik sertifikati.
Ilova: __ varaqda.

‎‎______________________________

‎‎‎‎__________

‎‎__________ ‎‎

(Yuridik shaxs mansabdor shaxsining F.I.O.) ‎‎‎

‎‎(imzo)

(sana)‎‎ ‎‎

‎‎Telefon raqami:_____________
‎‎Pochta manzili:_____________”.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.11.2020-y., 09/20/736/1529-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 13.05.2022-y., 09/22/255/0412-son; 20.10.2023-y., 09/23/548/0786-son; 24.01.2025-y., 09/25/32/0700-son; 01.07.2025-y., 09/25/400/0556-son; 09.04.2026-y., 09/26/154/0331-son)