Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Ilmiy darajali kadrlarni tayyorlash jarayonlarining shaffofligini taʼminlash va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
“Ilm-fan va ilmiy faoliyat toʻgʻrisida”gi hamda “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonunlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida” 2020-yil 2-martdagi PF-5953-son Farmoni ijrosini taʼminlash, oliy taʼlimdan keyingi taʼlim va mazkur tizimga raqamli texnologiyalarni keng joriy etish orqali oliy taʼlimdan keyingi taʼlim jarayonlarining shaffofligini taʼminlash va samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim tizimida 2020-yil uchun qabul kvotalari boʻyicha buyurtmalarni shakllantirish, hujjatlarni topshirish va roʻyxatga olish jarayonlari raqamlashtirilgani va maxsus veb-sayt orqali tajriba tariqasida samarali amalga oshirilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining maxsus veb-sayt negizida oliy taʼlimdan keyingi taʼlim tizimida qabul kvotalari boʻyicha buyurtmalarni shakllantirish, hujjatlarni topshirish va roʻyxatga olish, faoliyat samaradorligi monitoringini olib borishni Oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni muvofiqlashtirishning yagona elektron tizimida (keyingi oʻrinlarda — Yagona elektron tizim) amalga oshirish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
3. Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim institutlari mavjud tashkilotlar tomonidan Yagona elektron tizim orqali quyidagilar amalga oshirilishi belgilansin:
a) 2021-yil 1-yanvardan boshlab:
stajyor-tadqiqotchi, izlanuvchi, ilmiy rahbar va konsultantlarga doir maʼlumotlar bankini shakllantirish, stajyor-tadqiqotchi va izlanuvchilarning yakka tartibdagi rejasidagi ishlar bajarilishini qayd etish;
oliy taʼlimdan keyingi taʼlim institutlarining samaradorligi monitoringini olib borish, tegishli hisobotlar va tahliliy maʼlumotlarni shakllantirish;
b) 2021-yil 1-martdan boshlab:
stajyor-tadqiqotchilik, tayanch doktorantura, doktoranturada oʻqish uchun qabul kvotalari boʻyicha buyurtmanoma shakllantirish;
oliy taʼlimdan keyingi taʼlim institutlarida oʻqish uchun talabgorlarni (keyingi oʻrinlarda — talabgorlar) roʻyxatga olish.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi:
Davlat soliq qoʻmitasi, Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan hamkorlikda Yagona elektron tizimdan foydalanuvchi tashkilotlarni belgilangan tartibda elektron raqamli imzo bilan taʼminlash;
2021-yil 1-martga qadar Yagona elektron tizimda barcha izlanuvchilarning roʻyxatga olinishi, oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni amalga oshiruvchi ilmiy tashkilot va taʼlim muassasalari, vazirlik va idoralar hamda ulardagi Yagona elektron tizimda ishlashga masʼul xodimlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning ushbu tizimga toʻliq kiritilishini taʼminlash;
vazirlik, idora, ilmiy tashkilot va taʼlim muassasalari xodimlari uchun Yagona elektron tizim orqali ishlash tartibini tushuntirish boʻyicha tanishtiruv seminarlarini media mahsulotlardan foydalangan holda tizimli asosda oʻtkazish;
oliy taʼlimdan keyingi taʼlim tizimida bajariladigan barcha jarayonlarning doimiy monitoringini, shuningdek Yagona elektron tizim orqali olib borish choralarini koʻrsin.
5. Yagona elektron tizimdan foydalanish doirasida quyidagilar masʼul tashkilotlarning asosiy vazifalari etib belgilansin:
a) Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi:
vazirliklar, idoralar, ilmiy tashkilot va taʼlim muassasalarining Yagona elektron tizimdan samarali foydalanishlarini taʼminlash, shuningdek undan foydalanish boʻyicha uslubiy jihatdan rahbarlik qilish;
vazirliklar, idoralar, ilmiy tashkilot va taʼlim muassasalari tomonidan ushbu qarorning 4-bandida koʻrsatilgan tadbirlarning amalga oshirilishini doimiy monitoringini yuritish;
oliy taʼlimdan keyingi taʼlim tizimida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllagan holda innovatsion ish uslublarini yanada keng joriy etish boʻyicha takliflar tayyorlash;
vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa davlat organlari va tashkilotlarning ushbu tizimdan foydalanish jarayonida kelib tushgan takliflarini hisobga olgan holda Yagona elektron tizimni takomillashtirib borish va modernizatsiya qilish;
Yagona elektron tizimning sifatli va uzluksiz faoliyat koʻrsatishini taʼminlash;
Yagona elektron tizimni texnik qoʻllab-quvvatlash boʻyicha ishlarni doimiy ravishda oʻtkazib borilishni taʼminlash;
Oldingi tahrirga qarang.
b) Kiberxavfsizlik markazi — qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda Yagona elektron tizimning axborot xavfsizligini taʼminlash;
(5-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
v) vazirlik va idoralar:
belgilangan tartibda va muddatlarda oliy taʼlimdan keyingi taʼlim institutlari faoliyatiga doir maʼlumotlarni Yagona elektron tizim orqali elektron muhitga toʻlaqonli oʻtkazish boʻyicha tezkor tashkiliy va texnik chora-tadbirlarni amalga oshirish;
tizimidagi ilmiy tashkilot va taʼlim muassasalarida oliy taʼlimdan keyingi taʼlim institutlari faoliyatiga doir maʼlumotlarni Yagona elektron tizimda elektron shaklga oʻtkazilishini va saqlanishini taʼminlash;
Yagona elektron tizim orqali oliy taʼlimdan keyingi taʼlim tizimiga doir hujjat almashish, maʼlumot va hisobotlarni koʻrib chiqish hamda tasdiqlash uchun belgilangan tartib va muddatlarga qatʼiy amal qilish;
g) oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni amalga oshiruvchi ilmiy tashkilotlar va taʼlim muassasalari (keyingi oʻrinlarda — ilmiy tashkilot va taʼlim muassasalari):
talabgorlar, stajyor-tadqiqotchilar, izlanuvchilar, ilmiy rahbar va ilmiy konsultantlar boʻyicha maʼlumotlarning aniqligi va toʻgʻriligini taʼminlash;
oliy taʼlimdan keyingi taʼlim uchun qabul kvotasi boʻyicha takliflarni shakllantirish, talabgorlardan hujjatlarni qabul qilish va qabul ishlarini tashkil etish, izlanuvchilar, ilmiy rahbar va ilmiy konsultantlarga doir maʼlumotlarni elektron koʻrinishda saqlash jarayonida Yagona elektron tizimidan foydalanish.
6. Quyidagilar:
Stajyor-tadqiqotchilik, tayanch doktorantura, doktoranturaga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga oʻqitish uchun qabul kvotasi boʻyicha buyurtmanomani shakllantirish sxemasi 1-ilovaga muvofiq;
Stajyor-tadqiqotchilik, tayanch doktorantura, doktoranturada oʻqish uchun talabgorlarni roʻyxatga olish, oʻqishga qabul qilish va izlanuvchilarning oʻqishini tashkil etish sxemasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
7. Belgilansinki, Yagona elektron tizimning uzluksiz faoliyat koʻrsatishi, unga texnik xizmat koʻrsatish va qoʻllab-quvvatlash, shuningdek uning funksional imkoniyatlarini yanada takomillashtirish bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining yillik xarajatlar smetasi doirasida moliyalashtiriladi.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Yagona elektron tizimni joriy etishning manzilli jadvalini ishlab chiqib, tasdiqlasinlar.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Yagona elektron tizimning uzluksiz faoliyat koʻrsatishi, unga texnik xizmat koʻrsatish va qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, uning funksional imkoniyatlarini yanada takomillashtirish bilan bogʻliq xarajatlarni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining asoslangan hisob-kitoblariga muvofiq uning yillik smetasida qoʻshimcha ajratilishini taʼminlasin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi, Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasining vazirlik va idoralar bilan birgalikda Ilmiy nashrlar boʻyicha milliy bazaning (keyingi oʻrinlarda — Milliy baza) elektron platformasini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
11. Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bilan hamkorlikda 2021-yil yakuniga qadar Milliy bazaga respublikada nashr qilingan ilmiy jurnallardagi maqolalarning elektron shaklidagi matnlari kiritilishini taʼminlasin.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Fanlar akademiyasi, vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2021-yil 1-iyunga qadar Milliy bazaga kiritiladigan ilmiy nashrlarda iqtiboslikni hisoblash usuli boʻyicha asoslangan takliflarni belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Matematika taʼlimi va fanlarini yanada rivojlantirishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining V.I. Romanovskiy nomidagi Matematika instituti faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 9-iyuldagi PQ-4387-son qarorining 8-bandiga muvofiq stajyor-tadqiqotchilik instituti (keyingi oʻrinlarda — stajyor-tadqiqotchilik instituti) tashkil etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
14. Belgilansinki:
stajyor-tadqiqotchilik instituti oliy taʼlimdan keyingi taʼlim institutiga tayyorgarlik bosqichi hisoblanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
stajyor-tadqiqotchilik institutiga oʻqishga qabul qilish Vazirlar Mahkamasining “Oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 22-maydagi 304-son qarori asosida oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni amalga oshiruvchi ilmiy tashkilot va taʼlim muassasalarida tashkil etilgan qabul komissiyasi tomonidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tanlov asosida amalga oshiriladi;
(14-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
stajyor-tadqiqotchilik institutiga oʻqishga talabgorlarni tanlab olish suhbat natijalariga koʻra amalga oshiriladi;
stajyor-tadqiqotchilik institutida oʻqish bir yilgacha davom etadi;
stajyor-tadqiqotchilik institutini bitirganlar mazkur bosqichga qayta qabul qilinmaydi.
15. Stajyor-tadqiqotchilarga stipendiya va ularga biriktirilgan ilmiy rahbarlarning mehnatiga haq toʻlash quyidagi tartibda amalga oshirilishi belgilansin:
stajyor-tadqiqotchilik institutiga qabul qilinganlarga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan Vazirlar Mahkamasining “Ilmiy xodimlar mehnatini yanada ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2009-yil 18-avgustdagi 233-son qaroriga muvofiq stajyor-tadqiqotchi lavozim maoshining bazaviy miqdoriga tenglashtirilgan miqdorda stipendiya toʻlanadi;
taʼlim muassasasida ilmiy rahbarlar tomonidan stajyor-tadqiqotchi bilan olib borilgan ish umumiy oʻquv yuklamasiga kiritiladi va qonunchilikda belgilangan tartibda har bir stajyor-tadqiqotchi uchun bir yilda 75 soat hajmida har oyda toʻlanadi;
ilmiy tashkilotda ilmiy rahbarlar stajyor-tadqiqotchilar har oyda oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazganlik uchun mehnatga soatbay haq toʻlashning qonunchilikda belgilangan tartibida har bir stajyor-tadqiqotchi uchun bir yilda 75 soat hisobida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan “Fan” sohasiga ajratilgan mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi PQ-471-son qaroriga asosan 2023-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.01.2023-y., 07/23/471/0001-son)
17. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 3-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
18. Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
19. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti boshligʻi O.M. Umarov hamda Oʻzbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vaziri I.Yu. Abdurahmonov zimmasiga yuklatilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 6-noyabr,
696-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi 696-son qaroriga
1-ILOVA
Stajyor-tadqiqotchilik, tayanch doktorantura, doktoranturaga Oʻzbekiston Respublikasi davlat budjet mablagʻlari hisobiga oʻqitish uchun qabul kvotasi boʻyicha buyurtmanomani shakllantirish
SXEMASI

Bosqichlar

Masʼullar

Amalga oshirish mexanizmlari

Muddatlar

1-bosqich

Ilmiy tashkilot va taʼlim muassasalari

1. Yagona elektron bazada keyingi yildagi qabul miqdori boʻyicha taklifni ishlab chiqish uchun zarur maʼlumotlarni toʻliq kiritish.

2. Soʻralayotgan qabul kvotasi yuqori turuvchi tashkilotga belgilangan tartibda Yagona elektron tizim orqali elektron raqamli imzodan foydalangan holda elektron shaklda kelishish uchun yuborish.

20-aprel


1-may


2-bosqich

Tizimida ilmiy tashkilot va taʼlim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralar

1. Tegishli ilmiy tashkilot va taʼlim muassasasidan kelgan takliflarni elektron shaklda Yagona elektron tizim orqali qabul qilish.

2. Takliflarni koʻrib chiqish va natijalarni elektron imzo bilan tasdiqlash yoki qayta ishlash uchun tegishli ilmiy tashkilot yoki taʼlim muassasasiga qaytarish.

3. Innovatsion rivojlanish vazirligiga ilmiy darajali kadrlarga boʻlgan ehtiyojlar, amaldagi oliy taʼlimdan keyingi taʼlim institutlarining samaradorligi, taʼlim olayotgan stajyor-tadqiqotchilar, doktorantlar va mustaqil izlanuvchilar kontingenti, ilmiy rahbarlar va ilmiy konsultantlarning samarali ishlari, shuningdek, bitta ilmiy rahbar va bitta ilmiy konsultantga biriktiriladigan izlanuvchilar va stajyor tadqiqotchilar sonidan kelib chiqib, attestatsiyadan oʻtgan yoʻnalishlar boʻyicha stajyor-tadqiqotchilikka, tayanch doktoranturaga, doktoranturaga qabul kvotasiga asoslangan takliflar bilan murojaat qilish.

2-may


15-may


1-iyungacha


3-bosqich

Tizimida ilmiy tashkilot va taʼlim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralar

Tegishli ilmiy tashkilot va taʼlim muassasalari tomonidan qabul kvotasi boʻyicha asoslangan takliflarni Yagona elektron tizim orqali Moliya vazirligi va Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi bilan kelishish uchun Innovatsion rivojlanish vazirligiga yuborish.

10-iyungacha


4-bosqich

Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi

Qabul kvotasi boʻyicha asoslangan takliflarni budjet parametrlari asosida koʻrib chiqib Innovatsion rivojlanish vazirligiga Yagona elektron tizim orqali yuborish.

1-avgust


5-bosqich

Innovatsion rivojlanish vazirligi,

tasarrufida ilmiy tashkilot va taʼlim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralar bilan qatʼiy ravishda kelishgan holda

Ilmiy tashkilot va taʼlim muassasalari kesimida akkreditatsiyadan oʻtgan ixtisosliklar boʻyicha oliy taʼlimdan keyingi taʼlim institutlarining samaradorlik koʻrsatkichlariga asosan qabul kvotasini tasdiqdash.

20-avgustgacha

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi 696-son qaroriga
2-ILOVA
Stajyor-tadqiqotchilik, tayanch doktorantura, doktoranturada oʻqish uchun talabgorlarni roʻyxatga olish, oʻqishga qabul qilish va izlanuvchilarning oʻqishini tashkil etish
SXEMASI

Bosqich

Masʼullar

Amalga oshirish mexanizmi

Muddatlar


1-bosqich

Ilmiy tashkilot va taʼlim muassasalari

1. Ommaviy axborot vositalarida qabul kvotalariga muvofiq oʻqish uchun talabgorlarning hujjatlarini qabul qilish toʻgʻrisida eʼlon berish.

2. Yagona elektron tizim orqali hujjatlarni qabul qilib oluvchi masʼullarni belgilash.

1-sentabr


15-sentabr


2-bosqich

Oʻqish uchun talabgorlari

Yagona elektron tizimda roʻyxatdan oʻtish uchun tegishli maʼlumotlarni kiritish va hujjatlarning elektron nusxasini yuklash.

10-oktabrga qadar


3-bosqich

Ilmiy tashkilot va taʼlim muassasalari

1. Yagona elektron tizimga oʻqish uchun talabgorlar tomonidan kiritilgan tegishli maʼlumotlar va yuklangan hujjatlarni belgilangan tartibda koʻrib chiqish va qabul qilinganini tasdiqlash.

2. Oʻqish uchun talabgorlarning imtihon va suhbatni oʻtkazish grafigini toʻldirish va elektron raqamli imzo (ERI) bilan tasdiqlash.

15-oktabrga qadar



25-oktabr


4-bosqich

Ilmiy tashkilot vataʼlim muassasalari

Oʻqish uchun talabgorlarning imtihon va suhbat natijalarini Yagona elektron tizimga kiritish.

1 — 25-noyabr


5-bosqich

Ilmiy tashkilot va taʼlim muassasalari

1. Kollegial organning oʻqishga qabul qilinganlar toʻgʻrisida qaror asosida Yagona elektron tizimdagi har bir talabgor boʻyicha maʼlumotlarni toʻldirish.

2. Oʻqishga qabul qilganlar boʻyicha Kollegial organ qarori va tashkilot rahbarining buyruq nusxasini Yagona elektron tizimga yuklash.

3. Stajyor-tadqiqotchilik, tayanch doktorantura va/yoki doktoranturada oʻqishga qabul qilinganlar, ularning tasdiqlangan mavzulari, ilmiy rahbarlari yoki konsultantlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Yagona elektron tizimga yuklash.

2-dekabr


5-dekabr


15-dekabr


6-bosqich

Stajyor-tadqiqotchi va izlanuvchilar hamda ularning ilmiy rahbarlari/ konsultantlari

Yagona elektron tizimda dissertatsiya ishini tayyorlashning yakka tartibdagi rejasini ishlab chiqish va tasdiqlashga kiritish.

31-yanvar


7-bosqich

Ilmiy tashkilot va taʼlim muassasalari

Stajyor-tadqiqotchi va izlanuvchilarning yakka tartibdagi rejasini Yagona elektron tizimda ERI bilan tasdiqlash.

1-fevral

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi 696-son qaroriga
3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim va oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2012-yil 28-dekabrdagi 365-son qarorining nomidagi “Oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim” soʻzlari “Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 22-maydagi 304-son qarorida:
a) nomidagi “oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim” soʻzlari “oliy taʼlimdan keyingi taʼlim” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlimga” soʻzlari “oliy taʼlimdan keyingi taʼlimga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
uchinchi va toʻrtinchi xatboshilardagi “oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim” soʻzlari “oliy taʼlimdan keyingi taʼlim” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 4-banddagi “oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim” soʻzlari “oliy taʼlimdan keyingi taʼlim” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) 5-banddagi “Taʼlim va ilm-fan masalalari axborot-tahlil departamenti” soʻzlari “IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti” soʻzlari bilan almashtirilsin;
d) 1-ilovaning matnida:
nomidagi “Oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlimga” soʻzlari “Oliy taʼlimdan keyingi taʼlimga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
1, 2 va 3-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Ushbu Oliy taʼlimdan keyingi taʼlimga qoʻyiladigan davlat talablari (keyingi oʻrinlarda Davlat talablari deb ataladi) oliy taʼlimdan keyingi taʼlim tizimiga majburiy talablarni, shuningdek umumiy qabul qilingan xalqaro standartlarni hisobga olgan holda falsafa doktori (Doctor of Philosophy (keyingi oʻrinlarda PhD deb ataladi) va fan doktori (Doctor of Science (keyingi oʻrinlarda DSc deb ataladi) ilmiy darajalari izlanuvchilarining dissertatsiya ishi mazmuniga va sifatiga qoʻyiladigan talablarni belgilaydi.
2. Davlat talablari oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni amalga oshiruvchi ilmiy tashkilot va taʼlim muassasalari uchun majburiydir.
3. Ushbu Davlat talablarida quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
oliy taʼlimdan keyingi taʼlim — doktorlik dissertatsiyasini tayyorlash va himoya qilish maqsadida mutaxassislikni chuqur oʻrganishni va ilmiy izlanishlar olib borishni nazarda tutadigan tayanch doktorantura, doktorantura va mustaqil izlanuvchanlik asosida ilmiy darajaga ega ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashni taʼminlaydigan taʼlim turi;
oliy taʼlimdan keyingi taʼlim instituti — ilmiy tashkilot yoki taʼlim muassasalarida tayanch doktorantura, doktorantura yoki mustaqil izlanuvchilik shakllaridagi oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni amalga oshirish tizimi;
stajyor-tadqiqotchilik — ishlab chiqarishdan ajralgan holda tegishli ixtisoslik boʻyicha ilmiy va ilmiy-ijodiy izlanishlarni olib borish va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun izlanuvchini tayyorlash shakli;
tayanch doktorantura — falsafa doktori (Doctor of Philosophy (PhD) ilmiy darajasiga daʼvogar izlanuvchilar uchun ishlab chiqarishdan ajralgan holda tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosligi boʻyicha oliy taʼlimdan keyingi taʼlim shakli;
doktorantura — fan doktori (Doctor of Science (DSc) ilmiy darajasiga daʼvogar izlanuvchilar uchun ishlab chiqarishdan ajralgan holda tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosligi boʻyicha oliy taʼlimdan keyingi taʼlim shakli;
mustaqil izlanuvchilik — falsafa doktori (Doctor of Philosophy (PhD) yoki fan doktori (Doctor of Science (DSc) ilmiy darajalariga daʼvogar izlanuvchilar uchun ishlab chiqarishdan ajralmagan holda tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosligi boʻyicha oliy taʼlimdan keyingi taʼlim shakli;
stajyor-tadqiqotchi — ilmiy tashkilot yoki taʼlim muassasalariga stajyor-tadqiqotchilikka belgilangan tartibda qabul qilingan shaxs;
doktorant — ilmiy tashkilot yoki taʼlim muassasalariga tayanch doktorantura yoki doktoranturaga belgilangan tartibda qabul qilingan shaxs;
mustaqil izlanuvchi — ilmiy tashkilot yoki taʼlim muassasalarida mustaqil izlanuvchilikka belgilangan tartibda qabul qilingan shaxs;
izlanuvchi — falsafa doktori (PhD) yoki fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun doktorlik dissertatsiyasini tayyorlayotgan shaxs;
oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni muvofiqlashtirishning yagona elektron tizimi (keyingi oʻrinlarda — Yagona elektron tizim) — oliy taʼlimdan keyingi taʼlim institutlariga qabul qilish, stajyor-tadqiqotchi va izlanuvchilarning yakka tartibdagi rejalari bajarilishi boʻyicha hisobotlarni shakllantirish boʻyicha hujjatlarning elektron almashinuvini tashkil etishga moʻljallangan axborot tizimi”;
2-bobning nomidagi “Oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim” soʻzlari “Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim” soʻzlari bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshidagi “Oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim” soʻzlari “Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi qoʻshilsin:
“Stajyor-tadqiqotchilik instituti oliy taʼlimdan keyingi taʼlim institutiga tayyorgarlik bosqichi hisoblanadi”;
birinchi xatboshidagi “Oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim” soʻzlari “Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi qoʻshilsin:
“Stajyor-tadqiqotchilik institutiga oʻqish bir yilgacha davom etadi”;
6-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“6. Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim institutini tashkil etish va faoliyat koʻrsatishi uchun ilmiy tashkilot va taʼlim muassasalar doimiy faoliyat koʻrsatadigan muvofiqlashtiruvchi-kollegial organga (ilmiy kengash, kengash, ilmiy-texnikaviy kengash, ilmiy-muvofiqlashtiruvchi kengash va boshqa shakllarda) (keyingi oʻrinlarda Kollegial organ deb ataladi) ega boʻlishi lozim”;
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“7. Stajyor-tadqiqotchilik, tayanch doktoranturaga va doktoranturaga qabul qilish ilmiy tashkilot yoki taʼlim muassasalari tashkil etadigan qabul komissiyalar tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tanlov asosida amalga oshiriladi”;
uchinchi xatboshidagi “Mustaqil” soʻzi “Stajyor-tadqiqotchilik va mustaqil” soʻzlari bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshidagi “Oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim” soʻzlari “Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasida investitsiya vizasiga ega boʻlgan xorijiy investorlar hamda ularning oila aʼzolari Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun nazarda tutilgan shartlarda oliy taʼlimdan keyingi taʼlim institutlariga oʻqishga kirishga va taʼlim olishga haqlidir”;
3-bobning nomidagi “Oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim” soʻzlari “Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi 101-band qoʻshilsin:
“101. Stajyor-tadqiqotchilikka kiruvchi shaxslar magistr darajasi yoki klinik ordinatura (tibbiyot fanlari uchun), yoki oliy maʼlumot (1997-yilgacha olingan mutaxassislik dasturlari boʻyicha) toʻgʻrisidagi diplomga ega boʻlishi lozim”;
11-band chiqarib tashlansin;
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“12. Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim institutiga qabul qilinadigan talabgorlarning tayanch mutaxassisligi oliy taʼlimdan keyingi taʼlim institutidagi ixtisoslik tegishli boʻlgan fan tarmogʻiga muvofiq boʻlishi kerak”;
ikkinchi xatboshida “Oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim” soʻzlari “Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim” soʻzlari bilan almashtirilsin;
13-banddagi “Doktorant” soʻzi “Stajyor-tadqiqotchi, doktorant” soʻzlari bilan almashtirilsin;
4-bobning nomidagi “Oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim” soʻzlari “Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim” soʻzlari bilan almashtirilsin;
14-banddagi “Oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim” soʻzlari “Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim” soʻzlari bilan almashtirilsin.
15-bandning ikkinchi xatboshisidagi “falsafa” soʻzi “stajyor-tadqiqotchi va falsafa” soʻzlari bilan almashtirilsin;
e) 2-ilovaning matnida:
nomidagi “Oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim” soʻzlari “Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim” soʻzlari bilan almashtirilsin;
1-banddagi “oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim” soʻzlari “oliy taʼlimdan keyingi taʼlim” soʻzlari bilan almashtirilsin;
2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
oliy taʼlimdan keyingi taʼlim — doktorlik dissertatsiyasini tayyorlash va himoya qilish maqsadida mutaxassislikni chuqur oʻrganishni va ilmiy izlanishlar olib borishni nazarda tutadigan tayanch doktorantura, doktorantura va mustaqil izlanuvchanlik asosida ilmiy darajaga ega ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashni taʼminlaydigan taʼlim turi;
oliy taʼlimdan keyingi taʼlim instituti — ilmiy tashkilot yoki taʼlim muassasalarida tayanch doktorantura, doktorantura yoki mustaqil izlanuvchilik shakllaridagi oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni amalga oshirish tizimi;
stajyor-tadqiqotchilik — ishlab chiqarishdan ajralgan holda tegishli ixtisoslik boʻyicha ilmiy va ilmiy-ijodiy izlanishlarni olib borish va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun izlanuvchini tayyorlash shakli;
tayanch doktorantura — falsafa doktori (Doctor of Philosophy (PhD) ilmiy darajasiga daʼvogar izlanuvchilar uchun ishlab chiqarishdan ajralgan holda tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosligi boʻyicha oliy taʼlimdan keyingi taʼlim shakli;
doktorantura — fan doktori (Doctor of Science (DSc) ilmiy darajasiga daʼvogar izlanuvchilar uchun ishlab chiqarishdan ajralgan holda tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosligi boʻyicha oliy taʼlimdan keyingi taʼlim shakli;
mustaqil izlanuvchilik — falsafa doktori (Doctor of Philosophy (PhD) yoki fan doktori (Doctor of Science (DSc) ilmiy darajalariga daʼvogar izlanuvchilar uchun ishlab chiqarishdan ajralmagan holda tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosligi boʻyicha oliy taʼlimdan keyingi taʼlim shakli;
stajyor-tadqiqotchi — ilmiy tashkilot yoki taʼlim muassasalariga stajyor-tadqiqotchilikka belgilangan tartibda qabul qilingan shaxs;
doktorant — ilmiy tashkilot yoki taʼlim muassasalariga tayanch doktorantura yoki doktoranturaga belgilangan tartibda qabul qilingan shaxs;
mustaqil izlanuvchi — ilmiy tashkilot yoki taʼlim muassasalariga mustaqil izlanuvchilikka belgilangan tartibda qabul qilingan shaxs;
izlanuvchi — falsafa doktori (PhD) yoki fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun doktorlik dissertatsiyasini tayyorlayotgan shaxs.
oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni muvofiqlashtirishning yagona elektron tizimi (keyingi oʻrinlarda — Yagona elektron tizim) — oliy taʼlimdan keyingi taʼlim institutlariga qabul qilish, stajyor-tadqiqotchi va izlanuvchilarning yakka tartibdagi rejalari bajarilishi boʻyicha hisobotlarni shakllantirish boʻyicha hujjatlarning elektron almashinuvini tashkil etishga moʻljallangan axborot tizimi”.
birinchi xatboshidagi “Oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim” soʻzlari “Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi qoʻshilsin:
“Stajyor-tadqiqotchilik instituti oliy taʼlimdan keyingi taʼlim institutiga tayyorgarlik bosqichi hisoblanadi”;
4-banddagi “Oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim instituti yetakchi OTM va ITM” soʻzlari “Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim instituti ilmiy tashkilot va taʼlim muassasalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
birinchi va ikkinchi xatboshilardagi “oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim” soʻzlari “oliy taʼlimdan keyingi taʼlim” soʻzlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasida investitsiya vizasiga ega boʻlgan xorijiy investorlar hamda ularning oila aʼzolari Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun nazarda tutilgan shartlarda oliy taʼlimdan keyingi taʼlim institutlariga oʻqishga kirishga va taʼlim olishga haqli”;
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“6. Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim institutiga qabul qilinayotgan magistr yoxud klinik ordinaturaga (tibbiyot fanlari uchun) yoki mutaxassislik dasturlari boʻyicha (1997-yilgacha) olingan oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi diplomga ega boʻlish, fan nomzodi, falsafa doktori (PhD) yoki unga tenglashtirilgan xorijiy mamlakatlarda ilmiy darajaga ega boʻlganlar mutaxassisligi oliy taʼlimdan keyingi taʼlim ixtisosligi tegishli boʻlgan fan sohasiga muvofiq boʻlishi shart. Fan sohalari mos kelmaganda yoki oliy taʼlimdan keyingi taʼlimda fanning turdosh sohalari boʻyicha olish rejalashtirilganda talabgorlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi (keyingi oʻrinlarda OAK deb ataladi) belgilagan fanlar boʻyicha qoʻshimcha imtihonlar topshirishi lozim”;
ikkinchi xatboshidagi “oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim” soʻzlari “oliy taʼlimdan keyingi taʼlim”soʻzi bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshidagi “maslahatchilarga” soʻzi “konsultantlarga” soʻzi bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “maslahatchini” soʻzi “konsultantni” soʻzi bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“8. Fan doktori bir vaqtning oʻzida uchtadan koʻp boʻlmagan izlanuvchilarga ilmiy rahbar va konsultant boʻlishi mumkin. Soʻnggi uch yilda izlanuvchilari oʻz vaqtida himoya qilgan ilmiy rahbar va ilmiy konsultantlarga ilmiy tashkilot yoki taʼlim muassasalarining kollegial organi xulosasi asosida beshtadan koʻp boʻlmagan izlanuvchilar biriktirilishi mumkin”;
ikkinchi xatboshidagi “maslahatchi” soʻzi “konsultant” soʻzi bilan almashtirilsin;
2-bobning nomidagi “Oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim” soʻzlari “Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim” soʻzlari bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshidagi “OTM va ITM” soʻzlari “Ilmiy tashkilot va taʼlim muassasalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi va toʻrtinchi xatboshilardagi “oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim” soʻzlari “oliy taʼlimdan keyingi taʼlim” soʻzlari bilan almashtirilsin;
10 va 11-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“10. Tizimida ilmiy tashkilot va taʼlim muassasalari boʻlgan vazirlik, idora va tashkilotlar murojaat tushgan va barcha zarur hujjatlar taqdim etilgan sanadan boshlab bir oy muddatda oliy taʼlimdan keyingi taʼlim institutini ochish yoki ochishni rad etish toʻgʻrisida kollegial organ qarorini qabul qiladilar. Qabul qilingan qaror oʻn kun muddatda tegishli ilmiy tashkilot va taʼlim muassasalariga yuboriladi.
Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim institutini ochish toʻgʻrisidagi qarorning nusxasi axborot uchun OAK, Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligiga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasiga yuboriladi.
Oʻzlarida oliy taʼlimdan keyingi taʼlim institutlari ochilgan ilmiy tashkilotlar va taʼlim muassasalari ham mustaqil izlanuvchilik tartibida oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlashi mumkin.
11. Ilmiy tashkilot yoki taʼlim muassasalaridagi oliy taʼlimdan keyingi taʼlim institutlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi”;
12-banddagi “OTM va ITM” soʻzlari “ilmiy tashkilot va taʼlim muassasasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
3-bobning nomidagi “Oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim” soʻzlari “Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim” soʻzlari bilan almashtirilsin;
13-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Tizimida ilmiy tashkilot yoki taʼlim muassasalari boʻlgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar har yili 1-iyungacha boʻlgan muddatda Yagona elektron tizim orqali elektron shaklda Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligiga ilmiy darajali kadrlarga boʻlgan ehtiyojlar, amaldagi oliy taʼlimdan keyingi taʼlim institutlarining samaradorligi, taʼlim olayotgan stajyor-tadqiqotchilar, doktorantlar va mustaqil izlanuvchilar kontingenti, ilmiy rahbarlar va ilmiy konsultantlarning samarali ishlari, shuningdek, mazkur Nizomda belgilangan bitta ilmiy rahbar va bitta ilmiy konsultantga biriktiriladigan izlanuvchilar va stajyor tadqiqotchilar sonidan kelib chiqib, keyingi yildan boshlab attestatsiyadan oʻtgan yoʻnalishlar boʻyicha stajyor-tadqiqotchilikka, tayanch doktoranturaga, doktoranturaga qabul kvotasi boʻyicha asoslangan takliflar bilan murojaat qiladilar”;
14-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“14. Tizimida ilmiy tashkilot va taʼlim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralar tegishli ilmiy tashkilot va taʼlim muassasalari tomonidan qabul kvotasi boʻyicha asoslangan takliflarni har yili 10-iyungacha Yagona elektron tizim orqali Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi bilan kelishish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligiga yuborilishini taʼminlaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi qabul kvotasi boʻyicha asoslangan takliflarni budjet parametrlari asosida koʻrib chiqib har yili 1-avgustga qadar Innovatsion rivojlanish vazirligiga Yagona elektron tizim orqali yuboriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tizimida ilmiy tashkilot va taʼlim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralar bilan qatʼiy ravishda kelishgan holda har yili 20-avgustga qadar ilmiy tashkilot va taʼlim muassasalari kesimida akkredetatsiyadan oʻtgan ixtisosliklar boʻyicha oliy taʼlimdan keyingi taʼlim institutlarining samaradorlik koʻrsatkichlariga asosan qabul kvotasini tasdiqlaydi.
Qabul kvotasi miqdorini ilmiy tashkilotlar va taʼlim muassasalari kesimida taqsimlashda Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi va tizimida ilmiy tashkilot va taʼlim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralar oʻrtasida kelishmovchilik yuzaga kelgan taqdirda tegishli vazirlik yoki idora tizimidagi ilmiy tashkilot va taʼlim muassasalari uchun qabul kvotasi miqdorini belgilash Vazirlar Mahkamasining IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamentining koʻrsatmasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Ilmiy tashkilot va taʼlim muassasalari vazirlik va idora tomonidan budjet mablagʻlari hisobidan ajratilgan kvotalardan tashqari ehtiyoj boʻlgan yoʻnalishlariga izlanuvchining toʻlov-kontrakt mablagʻlari hisobidan qoʻshimcha qabul kvotasini shakllantirishi mumkin. Toʻlov-kontrakt summasi ilmiy tashkilot va taʼlim muassasalari tegishli boʻysunuvidagi vazirlik, idora va tashkilot tomonidan belgilanadi”;
birinchi xatboshidagi “OTM va ITMlar” soʻzlari “Ilmiy tashkilot va taʼlim muassasalar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Hujjatlar ilmiy tashkilot va taʼlim muassasalari qabul komissiyasi tomonidan 15-sentabrdan 15-oktabrgacha boʻlgan davrda Yagona elektron tizim orqali qabul qilinadi”;
quyidagi mazmundagi 151-band qoʻshilsin:
“151. Stajyor-tadqiqotchilikka kiruvchi shaxslar magistr darajasi yoki klinik ordinatura (tibbiyot fanlari uchun), yoki oliy maʼlumot (mutaxassislik dasturlari boʻyicha 1997-yilgacha) toʻgʻrisidagi diplomga ega boʻlishi lozim”;
17-banddagi “OTM va ITMlarda” soʻzlari “ilmiy tashkilot va taʼlim muassasalarda” soʻzlari bilan almashtirilsin;
18-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“18. Stajyor-tadqiqotchilik va tayanch doktoranturada oʻqishga talabgorlar ilmiy tashkilot yoki taʼlim muassasalariga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar”;
20-bandning birinchi xatboshisidagi “OTM yoki ITMlarda” soʻzlari “ilmiy tashkilot yoki taʼlim muassasalarda” soʻzlari bilan almashtirilsin;
21-band chiqarib tashlansin;
ikkinchi xatboshidagi “OTM yoki ITMning” soʻzlari “ilmiy tashkilot yoki taʼlim muassasasining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “Doktoranturada” soʻzi “Stajyor-tadqiqotchilik va doktoranturada” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi qoʻshilsin:
“Barcha sohalar shu jumladan, fizika-matematika va texnika fanlari boʻyicha oliy taʼlimdan keyingi taʼlim institutlariga qabul qilishda tegishli fan yoʻnalishlarida milliy sertifikatga ega boʻlgan talabgor mutaxassislik fani boʻyicha imtihondan ozod etiladi va unga mutaxassislik fani uchun belgilangan maksimal ball beriladi”;
birinchi xatboshidagi “Tayanch” soʻzi “Stajyor-tadqiqotchilik, tayanch” soʻzlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshisida “talabgorlarning” soʻzidan keyin “stajyor-tadqiqotchilikka,” soʻzlari qoʻshilsin;
birinchi xatboshidagi “tayanch” soʻzidan oldin “stajyor-tadqiqotchilik va” soʻzlari qoʻshilsin;
toʻrtinchi xatboshida “OAK roʻyxatiga muvofiq” soʻzlari “tegishli” soʻzi bilan almashtirilsin;
25-bandning birinchi xatboshisidagi “Doktoranturada” soʻzi “Stajyor-tadqiqotchilik va doktoranturada” soʻzlari bilan almashtirilsin;
26-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“26. Stajyor-tadqiqotchilik, tayanch doktorantura va doktoranturaga oʻqishga qabul qilish ilmiy tashkilot yoki taʼlim muassasasi rahbari buyrugʻi bilan har yili 5-dekabrgacha amalga oshiriladi. Bunda stajyor-tadqiqotchilik, tayanch doktorantura va doktoranturada taʼlim olish keyingi yilning 1-yanvaridan boshlanadi”;
birinchi xatboshidagi “Tayanch” soʻzi “Stajyor-tadqiqotchilik, tayanch” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “OTM yoki ITM” soʻzlari “ilmiy tashkilot yoki taʼlim muassasasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “joriy yilning 15-dekabrigacha Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi va OAKga taqdim etiladi” soʻzlari “15-dekabrigacha Yagona elektron tizimga kiritiladi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
28-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“28. Stajyor-tadqiqotchi va doktorant ilmiy rahbar va konsultant (konsultant tayinlangan holatlarda) bilan birgalikda yakka tartibdagi rejasini ishlab chiqadi. Yakka tartibdagi reja stajyor-tadqiqotchilik, tayanch doktoranturaga yoki doktoranturaga oʻqishga qabul qilingandan keyin bir oyda Kollegial organ qarori bilan tasdiqlanadi va Yagona elektron tizimga yuklanadi”;
30-bandning ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“stajyor-tadqiqotchilikda — tahsil oluvchi shaxslarga stajyor-tadqiqotchi lavozim maoshining bazaviy miqdoriga tenglashtirilgan miqdorda stipendiya toʻlanadi;
tayanch doktoranturada — tahsil oluvchi shaxslarga ilmiy darajaga yoki ilmiy unvonga ega boʻlmagan (2 yilgacha ilmiy faoliyat tajribasiga ega boʻlgan) kichik ilmiy xodim lavozim maoshining bazaviy miqdoriga tenglashtirilgan miqdorda stipendiya toʻlanadi;
doktoranturada tahsil oluvchi shaxslarga fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga yoki ilmiy unvonga ega boʻlgan yetakchi ilmiy xodim lavozim maoshining bazaviy miqdoriga tenglashtirilgan miqdorda stipendiya toʻlanadi”;
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“31. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan stajyor-tadqiqotchilik, tayanch doktorantura va doktoranturaga oʻqishga qabul qilish boʻyicha tasdiqlangan kvotalarini hisobga olgan holda tayyorlangan xarajatlar smetasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti xarajatlar parametrlarida belgilangan tartibda taʼlim muassasasi uchun — “Taʼlim” sohasi boʻyicha va ilmiy tashkilot uchun — “Fan” sohasi boʻyicha zarur mablagʻlar ajratishni nazarda tutadi”;
32-bandda “taqdirda” soʻzidan keyin “stajyor-tadqiqotchilik,” soʻzlari qoʻshilsin;
33-banddagi “Oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim” soʻzlari “Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim” soʻzlari bilan almashtirilsin;
34 va 35-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“34. Falsafa doktori (PhD) yoki fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan doktorlik dissertatsiyasini oʻqish muddati tamom boʻlishidan oldin himoya qilganlarga, shuningdek ularning ilmiy rahbarlari va konsultantlariga muassasa rahbarining buyrugʻi bilan oʻqish muddatining qolgan davri (muddati) uchun koʻzda tutilgan tegishincha stipendiyaning hamda doktorant bilan olib borilgan ish uchun toʻlovning jami miqdori hajmida tegishli diplom taqdim etilgan kundan boshlab koʻpi bilan 20 kun muddatda bir martalik beriladigan mukofot toʻlanadi.
35. Taʼlim muassasasida ilmiy rahbarlar va konsultantlar tomonidan doktorant bilan olib borilgan ish umumiy oʻquv yuklamasiga kiritiladi va qonunchilikda belgilangan tartibda har bir stajyor-tadqiqotchi uchun 75 soat va doktorant uchun bir yilda 100 soat hajmida har oyda toʻlanadi.
OHTMda ilmiy rahbarlar va konsultantlarga ish haqi toʻlovi tizimida OHTM mavjud boʻlgan vazirlik va idoralar tomonidan belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda amalga oshiriladi.
Ilmiy tashkilotda ilmiy rahbarlar va konsultantlarning doktorantlar bilan mehnatiga haq toʻlash har oyda oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazganlik uchun mehnatga soatbay haq toʻlashning qonunchilikda belgilangan tartibida har bir stajyor-tadqiqotchi uchun 75 soat va doktorant uchun bir yilda 100 soat hisobida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan “Fan” sohasiga ajratilgan mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi.
Xorijiy fuqarolar yoki fuqaroligi boʻlmagan, shuningdek, toʻlov-kontrakt asosida qabul qilingan doktorantlarning ilmiy rahbarlari va konsultantlarning mehnatiga haq toʻlash oʻqitish uchun kelib tushadigan mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi”;
36-banddagi “Tayanch” soʻzi “Stajyor-tadqiqotchilik, tayanch” soʻzlari bilan almashtirilsin;
37-banddagi “oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlimni” soʻzlari “oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni” soʻzlari bilan almashtirilsin;
4-bobning nomidagi “oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlimni” soʻzlari “oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni” soʻzlari bilan almashtirilsin;
38-bandning toʻrtinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.
40-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“40. Ilmiy tashkilot va taʼlim muassasalari talabgorlarning mustaqil izlanuvchilikka hujjatlarini qabul qilish yil davomida amalga oshiriladi”;
41-bandning birinchi xatboshisidagi “OTM yoki ITMga” soʻzlari “ilmiy tashkilot yoki taʼlim muassasasiga Yagona elektron tizim orqali” soʻzlari bilan almashtirilsin;
42-banddagi “OTM yoki ITMning” soʻzlari “ilmiy tashkilot yoki taʼlim muassasasining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
43-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mustaqil izlanuvchilikka talabgorlarni tanlab olish har chorakning uchinchi oyigacha boʻlgan muddatda ixtisoslik boʻyicha suhbat natijalari va ilmiy tashkilot yoki taʼlim muassasasidagi qabul komissiyasining tegishli xulosasi boʻyicha amalga oshiriladi”;
44-banddagi “OTM yoki ITM” soʻzlari “ilmiy tashkilot yoki taʼlim muassasasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
45-bandning birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mustaqil izlanuvchilikka qabul qilish toʻgʻrisidagi buyruq tegishli ilmiy tashkilot va taʼlim muassasa tomonidan buyruq qabul qilinganidan soʻng 5 kun davomida Yagona elektron tizimga kiritiladi”;
birinchi xatboshidagi “shaxsiy” soʻzi “yakka tartibdagi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi tahrirdagi xatboshi qoʻshilsin:
“Mustaqil izlanuvchining yakka tartibdagi rejasi tegishli ilmiy tashkilot yoki taʼlim muassasasi tomonidan Yagona elektron tizimga yuklanadi”;
47-banddagi “tayyorlagan” soʻzi “rasmiylashtirgan” soʻzi bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshidagi “OTM yoki ITMda” soʻzlari “ilmiy tashkilot yoki taʼlim muassasasida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “OTMda” soʻzi “Taʼlim muassasasida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
49-banddagi “OTM yoki ITMda” soʻzlari “ilmiy tashkilot yoki taʼlim muassasasida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
5-bobning nomidagi “Oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim” soʻzlari “Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim” soʻzlari bilan almashtirilsin;
50-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“50. Xorijiy fuqarolarni va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni oliy taʼlimdan keyingi taʼlim institutlariga qabul qilish va oʻqitish qonun hujjatlari va (yoki) Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq oliy taʼlimdan keyingi taʼlimga qabul kvotalaridan tashqari toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasida investitsiya vizasiga ega boʻlgan xorijiy investorlar hamda ularning oila aʼzolari Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun nazarda tutilgan shartlarda oliy taʼlimdan keyingi taʼlim institutlariga oʻqishga kirishga va taʼlim olishga haqlidir”;
51-banddagi “oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlimni” soʻzlari “oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni” soʻzlari bilan almashtirilsin;
birinchi va ikkinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“52. Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, tizimda oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni amalga oshiruvchi ilmiy tashkilotlar va taʼlim muassasalariga ega vazirliklar, idoralar va tashkilotlar bilan birgalikda izlanuvchilar faoliyatining samaradorligi boʻyicha har yili kamida 1-marta monitoring olib boradilar;
Joylarga chiqqan holda monitoringni olib borish uchun ishchi guruh tuziladi, uning tarkibi tizimida ilmiy tashkilot va taʼlim muassasalari mavjud boʻlgan tegishli vazirlik, idora va tashkilotlar xodimlari tarkibidan shakllantiriladi”;
ikkinchi xatboshidagi “shaxsiy” soʻzi “yakka tartibdagi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshida “OAK roʻyxatida koʻrsatilgan tarmoq ilmiy” soʻzlari “tegishli” soʻzlari bilan almashtirilsin;
yettinchi xatboshidagi “OTM yoki ITMda” soʻzlari “ilmiy tashkilot yoki taʼlim muassasasida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “OAK roʻyxatida koʻrsatilgan tarmoq ilmiy” soʻzlari “tegishli” soʻzi bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshisidagi “OAK roʻyxatida koʻrsatilgan tarmoq ilmiy” soʻzlari “tegishli” soʻzlari bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshidagi “OTM yoki ITMda” soʻzlari “ilmiy tashkilot yoki taʼlim muassasasida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
oltinchi xatboshidagi “shaxsiy” soʻzi “yakka tartibdagi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “OAK talablariga” soʻzlari “belgilangan talablarga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshidagi “OTM yoki ITMda” soʻzlari “ilmiy tashkilot yoki taʼlim muassasasida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “shaxsiy” soʻzi “yakka tartibdagi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshidagi “OAK roʻyxatida koʻrsatilgan” soʻzlari “tegishli” soʻzi bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“tegishli jurnallarda dissertatsiya mavzusi boʻyicha hisobot davrida chop etilgan kamida toʻrtta ilmiy maqola eʼlon qilinganligi (jumladan bittasi xorijda)”;
yettinchi xatboshidagi “shaxsiy” soʻzi “yakka tartibdagi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“tegishli jurnallarda dissertatsiya mavzusi boʻyicha hisobot davrida chop etilgan kamida uchta ilmiy maqola eʼlon qilinganligi”;
beshinchi xatboshidagi “OTM yoki ITM” soʻzlari “ilmiy tashkilot yoki taʼlim muassasasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
birinchi va ikkinchi xatboshilardagi “Shaxsiy” soʻzi “Yakka tartibdagi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “OTM yoki ITMning” soʻzlari “ilmiy tashkilot yoki taʼlim muassasasining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshidagi “Shaxsiy ish” soʻzi “Yakka tartibdagi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
57-bandning birinchi xatboshisidagi “shaxsiy” soʻzi “yakka tartibdagi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
7-bobning nomidagi “Oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim” soʻzlari “Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim” soʻzlari bilan almashtirilsin;
58-banddagi “oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim” soʻzlari “oliy taʼlimdan keyingi taʼlim” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Oldingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-avgustdagi 498-sonli qaroriga asosan 3-bandning oʻz kuchini yoʻqotish sanasi — 2025-yil 7-noyabr — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.08.2025-y., 09/25/498/0698-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-avgustdagi 498-sonli qaroriga asosan 4-bandning oʻz kuchini yoʻqotish sanasi — 2025-yil 7-noyabr — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.08.2025-y., 09/25/498/0698-son)
5. Vazirlar Mahkamasining “Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni maqsadli tayyorlash tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2019-yil 19-iyuldagi 606-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni maqsadli tayyorlash tartibi toʻgʻrisida nizomda:
a) 13-banddagi “oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim” soʻzlari “oliy taʼlimdan keyingi taʼlim” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 14 va 21-bandlardagi “Oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim” soʻzlari “Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) Nizom ilovasidagi “oliy taʼlim yoki ilmiy-tadqiqot muassasasi” soʻzlari “taʼlim muassasasi va ilmiy tashkilot” soʻzlari bilan almashtirilsin.
6. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-fevraldagi 74-son qarori bilan tasdiqlangan Binar (ikkitalik) dissertatsiya himoyasi tizimi asosida fan doktori (DSc) va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalarini berish tartibi toʻgʻrisida nizomning 9-bandidagi “oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlimning” soʻzlari “oliy taʼlimdan keyingi taʼlimning” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.11.2020-y., 09/20/696/1481-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son, 01.01.2023-y., 07/23/471/0001-son; 06.08.2025-y., 09/25/498/0698-son)