1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ijtimoiy sugʻurta, ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy himoya]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Aholiga taqdim etilayotgan elektron davlat xizmatlarini koʻrsatishda shaxsni tasdiqlash tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Doimiy propiska qilish hamda turgan joyi boʻyicha hisobga olish tartibini isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 22-apreldagi PF-5984-son Farmonida va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 28-apreldagi PQ-4699-son qarorida belgilangan topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazining quyidagi qoʻshimcha imkoniyatlar yaratilishini nazarda tutuvchi “Elektron hukumat” tizimi foydalanuvchilarini identifikatsiyalashning yagona axborot tizimini (keyingi oʻrinlarda — identifikatsiya tizimi) 2020-2021-yillarda, shu jumladan, davlat-xususiy sheriklik asosida bosqichma-bosqich modernizatsiya qilish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin:
jismoniy va yuridik shaxslarni elektron raqamli imzo, mobil telefon raqamlari, masofadan turib biometrik identifikatsiyalash (Face-ID va boshqalar) uchun sunʼiy intellekt texnologiyalarini qoʻllash hamda boshqa maʼlumotlar asosida roʻyxatga olish hamda boshqa maʼlumotlar asosida roʻyxatga olish, identifikatsiyalash, autentifikatsiyalash va avtorizatsiyalash imkoniyatlarini yaratish;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 31-iyuldagi 475-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.07.2021-y., 09/21/475/0737-son)
davlat organlari, banklar, moliya hamda boshqa subyektlar tomonidan elektron xizmatlar koʻrsatish jarayonida jismoniy va yuridik shaxslarni masofaviy identifikatsiyalash (autentifikatsiyalash) imkoniyatlarini yaratish.
2. Quyidagilar:
“Elektron hukumat” tizimi foydalanuvchilarini identifikatsiyalashning yagona axborot tizimi arxitekturasi 1-ilovaga muvofiq;
“Elektron hukumat” tizimi foydalanuvchilarini identifikatsiyalashning yagona axborot tizimini modernizatsiya qilish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi 2-ilovaga muvofiq;
Idoralararo elektron hamkorlik orqali identifikatsiya tizimiga taqdim etiladigan maʼlumotlar roʻyxati 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Belgilansinki:
identifikatsiya tizimi jismoniy va yuridik shaxslarni identifikatsiyalashning rasmiy maʼlumotlar manbai hisoblanadi va u orqali olingan maʼlumotlar davlat organlari, banklar, moliya va boshqa xizmatlardan foydalanuvchi shaxslarni masofaviy identifikatsiya (autentifikatsiya) qilishning asosi hisoblanadi;
identifikatsiya tizimini modernizatsiya qilish, joriy etish va qoʻllab-quvvatlash bilan bogʻliq xarajatlar, shuningdek, loyiha-texnik hujjatlarni ishlab chiqish va server qurilmalarini xarid qilish xarajatlarini moliyalashtirish elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishga ajratiladigan mablagʻlar doirasida Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hamda qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi;
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-dekabrdagi 688-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/688/0996-son)
identifikatsiya tizimi orqali shaxslarni identifikatsiyalash (autentifikatsiyalash) xizmatlari davlat tashkilotlari, shu jumladan, mahalliy davlat hokimiyati organlariga bepul, boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlarga belgilangan tartibda tuziladigan shartnomaga muvofiq pullik asosida koʻrsatiladi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi:
a) ikki oy muddatda:
“Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq mobil aloqa operatorlariga real vaqt rejimida jismoniy shaxslar — abonentlarning pasport maʼlumotlari asosida jismoniy shaxslarning shaxsiy identifikatsiya raqamini (keyingi oʻrinlarda — JShShIR) taqdim etish boʻyicha elektron veb-servis ishga tushirilishini;
idoralararo elektron hamkorlikni tashkil etish orqali mobil aloqa operatorlariga oʻzlari kiritgan JShShIRni tekshirish (toʻgʻriligini tasdiqlash) imkoniyati yaratilishini;
b) 2021-yil 1-sentabrga qadar qonun hujjatlariga muvofiq identifikatsiya tizimiga biometrik pasport maʼlumotlar bazasi maʼlumotlaridan, shu jumladan, jismoniy shaxslarning suratlaridan foydalanish imkoniyati yaratilishini taʼminlasin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi mobil aloqa operatorlari bilan birgalikda axborot xavfsizligini taʼminlash choralarini koʻrgan holda 2021-yil 1-iyuldan:
a) mobil aloqa operatorlarining axborot tizimlarida jismoniy shaxs boʻlgan yangi va amaldagi abonentlarga JShShIR joriy etilishi va yuritilishini;
b) mobil aloqa operatorlarining axborot tizimlari va elektron hukumatning idoralararo integratsiyalashgan platformasi oʻrtasida real vaqt rejimida jismoniy shaxslar toʻgʻrisidagi quyidagi maʼlumotlarni taqdim etish boʻyicha idoralararo elektron hamkorlik yoʻlga qoʻyilishini taʼminlasin:
abonentning JShShIR boʻyicha — abonentning telefon raqami;
abonentning telefon raqami boʻyicha — abonentning JShShIR.
6. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq 2021-yil 1-yanvardan 1-noyabrga qadar Toshkent shahrida tajriba-sinov tarzida Oʻzbekiston Respublikasida ID-karta koʻrinishidagi shaxsni tasdiqlovchi hujjat berishda jismoniy shaxslarga elektron davlat xizmatlaridan foydalanishda qulayliklar yaratish maqsadida:
shaxsni elektron tasdiqlash imkoniyatini beruvchi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining elektron raqamli imzo kalitlari va sertifikatlari avtomatik ravishda shakllantiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi 2021-yil 1-dekabrga qadar tajriba-sinov natijalari boʻyicha ushbu tartiblarni respublikaning barcha hududlarida joriy etishning maqsadga muvofiqligi yuzasidan asoslangan takliflar tayyorlanishi va Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini taʼminlasin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Ichki ishlar vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi Yangi texnologiyalar ilmiy-axborot markazi axborot tizimini:
2021-yil 1-yanvarga qadar Oʻzbekiston Respublikasida ID-karta tizimi bilan integratsiya qilish boʻyicha tashkiliy-texnik choralar amalga oshirilishini;
identifikatsiya tizimida shaxsga doir haqiqiy maʼlumotlar asosida roʻyxatdan oʻtgan (avtorizatsiya qilingan) foydalanuvchilarga elektron raqamli imzo kalitlari va sertifikatlarini masofaviy berish maqsadida Identifikatsiya tizimi bilan integratsiya qilish boʻyicha tashkiliy-texnik choralar amalga oshirilishini taʼminlasin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish boʻyicha moliyaviy choralar ishlab chiquvchi guruhning (FATF) talablaridan kelib chiqqan holda tijorat banklari tomonidan moliyaviy xizmatlar koʻrsatilishida identifikatsiya tizimi imkoniyatlaridan foydalanishga oid idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish tavsiya etilsin.
9. Belgilansinki, identifikatsiya tizimi doirasida muayyan jismoniy shaxsga taalluqli boʻlgan yoki uni identifikatsiya qilish imkonini beradigan shaxsga doir maʼlumotlarni uchinchi shaxslarga taqdim etish, ularga ishlov berish va foydalanish “Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq amalga oshiriladi.
10. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
elektron hukumat xizmatlari haqida axborot berish va xabardor qilish tizimi orqali yuborilgan elektron shakldagi maʼlumot va (yoki) xabarnoma, shuningdek, boshqa elektron hujjatlar qogʻoz hujjatga tenglashtiriladi va u bilan bir xil yuridik kuchga ega;
elektron hukumat xizmatlari haqida axborot berish va xabardor qilish tizimi orqali elektron shaklda yuborilgan elektron hujjat, maʼlumot va (yoki) xabarnoma ushbu tizimning tegishli foydalanuvchisiga kelib tushgan vaqtdan boshlab qabul qilingan hisoblanadi.
11. Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 17-dekabrdagi 365-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2015-y., 50-son, 628-modda) bilan tasdiqlangan “Elektron hukumat” tizimi foydalanuvchilarini identifikatsiyalashning yagona axborot tizimi toʻgʻrisidagi nizomga4-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti boshligʻi O.M. Umarov hamda Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh.M. Sadikov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 30-oktabr,
679-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-oktabrdagi 679-son qaroriga 1-ILOVA
“Elektron hukumat” tizimi foydalanuvchilarini identifikatsiyalashning yagona axborot tizimi
(1-ilova matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 31-iyuldagi 475-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.07.2021-y., 09/21/475/0737-son)
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-oktabrdagi 679-son qaroriga 2-ILOVA
“Elektron hukumat” tizimi foydalanuvchilarini identifikatsiyalashning yagona axborot tizimini modernizatsiya qilish boʻyicha
ChORA-TADBIRLAR REJASI
T/r
Chora-tadbir nomi
Amalga oshirish mexanizmi
Ijro muddati
Masʼul ijrochi
“Elektron hukumat” tizimi foydalanuvchilarini identifikatsiyalashning yagona axborot tizimini (keyingi oʻrinlarda — identifikatsiya tizimi) modernizatsiya qilish boʻyicha loyiha-texnik hujjatlarni ishlab chiqish.
1. Loyiha pasporti, konsepsiyasi va texnik topshirigʻini ishlab chiqish va tasdiqlash.
2020-yil dekabr
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, “Kiberxavfsizlik markazi” DUK, manfaatdor vazirlik va idoralar
2. Loyihaning texnik topshirigʻini belgilangan tartibda ekspertizadan oʻtkazish.
2021-yil yanvar
Identifikatsiya tizimini modernizatsiya qilish hamda shaxslarni identifikatsiya qilishning bazaviy usullarini joriy etish.
1. Identifikatsiya tizimini modernizatsiya qilish boʻyicha texnik ishlarni amalga oshirish.
2021-yil fevral
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
2. Shaxslarni identifikatsiya (autentifikatsiya) qilish boʻyicha bazaviy usullarni joriy etilishini nazarda tutuvchi tizimosti modulini ishlab chiqish va joriy etish.
2021-yil mart
Shaxslarni mobil telefon raqamlari orqali identifikatsiyalash imkoniyatini yaratish.
1. Identifikatsiya tizimining shaxslarni mobil telefon raqamlari orqali identifikatsiyalash tizimosti modulini ishlab chiqish.
2021-yil may
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, mobil aloqa operatorlari
2. Identifikatsiya tizimini elektron hukumat hamda mobil aloqa operatorlarining axborot tizimlari oʻrtasida elektron hamkorlikni yoʻlga qoʻyish.
2021-yil iyun
Shaxslarni biometriya maʼlumotlari orqali identifikatsiyalash imkoniyatini yaratish.
1. Identifikatsiya tizimining jismoniy shaxslarning biometriya maʼlumotlari asosida identifikatsiyalash tizimosti modulini ishlab chiqish.
2021-yil avgust
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi
2. Identifikatsiya tizimini elektron hukumat hamda Davlat personallashtirish markazining axborot tizimlari oʻrtasida elektron hamkorlikni yoʻlga qoʻyish.
2021-yil sentyabr
Aholi va tadbirkorlik subyektlariga axborot xizmatlarini, jumladan xabardor qilish xarakteridagi maʼlumotlarni taqdim etuvchi “Elektron hukumat” xizmatlari haqida axborot berish va xabardor qilish imkoniyatini yaratish.
1. Aholi va tadbirkorlik subyektlariga axborot xizmatlarini, jumladan xabardor qilish xarakteridagi maʼlumotlarni taqdim etuvchi davlat organlari va tashkilotlarning roʻyxatini shakllantirish.
2020 yil 10 noyabr
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar
2. Identifikatsiya tizimi negizida “Elektron hukumat” xizmatlari haqida axborot berish va xabardor qilish tizimosti modulini ishlab chiqish.
2020 yil 10dekabr
3. “Elektron hukumat” xizmatlari haqida axborot berish va xabardor qilish tizimi bilan davlat organlari va tashkilotlarning axborot tizimlarini integratsiya qilish.
2021 yil 1-fevral
Mobil aloqa operatorlariga real vaqt rejimida jismoniy shaxs boʻlgan abonentlarning pasport maʼlumotlari asosida JShShIR taqdim etish boʻyicha elektron veb-servisni ishga tushirish va uzluksiz ishlashini taʼminlash.
1. “Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni talablariga muvofiq mobil aloqa operatorlariga real vaqt rejimida jismoniy shaxslar-abonentlarning pasport maʼlumotlari asosida jismoniy shaxslarning shaxsiy identifikatsiya raqamini taqdim etish boʻyicha elektron veb-servis (keyingi oʻrinlarda — veb-servis)ni ishga tushirish.
2. Idoralararo elektron hamkorlikni tashkil etish orqali mobil aloqa operatorlariga oʻzlari kiritgan JShShIRni tekshirish (toʻgʻriligini tasdiqlash) imkoniyatini yaratish.
2021yil 1yanvar
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish m�rkazi,
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
Mobil aloqa operatorlarining axborot tizimlarida jismoniy shaxs boʻlgan yangi va amaldagi abonentlariga JShShIR joriy etish va doimiy yuritish.
Mobil aloqa operatorlarining axborot tizimlarida jismoniy shaxs boʻlgan yangi va amaldagi abonentlariga JShShIR joriy etilishi va yuritilishini taʼminlash.
2020-yil
1-dekabrdan boshlab muntazam ravishda
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,
mobil aloqa operatorlari
Masofadan turib elektron davlat xizmatlaridan keng foydalanishni yoʻlga qoʻyish maqsadida identifikatsiya tizimida jismoniy shaxsning hisobga olish yozuvini (akkaunt) yaratish, qayta tiklash va tasdiqlash imkoniyatlarini yaratish.
Davlat xizmatlari markazlari hamda pochta boʻlimlari orqali identifikatsiya tizimi foydalanuvchilarini identifikatsiyalashning yagona axborot tizimida jismoniy shaxsning hisobga olish yozuvini (akkaunt) yaratish, qayta tiklash va tasdiqlash mexanizmini joriy etish.
2021-yil 1-fevral
Axborot texnologiyalari vazirligi, Adliya vazirligi
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-oktabrdagi 679-son qaroriga 3-ILOVA
Idoralararo elektron hamkorlik orqali “Elektron hukumat” tizimi foydalanuvchilarini identifikatsiyalashning yagona axborot tizimiga taqdim etiladigan maʼlumotlar
ROʻYXATI
T/r
Taqdim etiladigan maʼlumotlar
Maʼlumotlarni taqdim etadigan davlat organi
Maʼlumotlarni taqdim etish sharti
Idoralararo elektron hamkorlikni ishga tushirish muddati
1.
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining biometrik maʼlumotlari (davlat tili va mavjud boʻlsa boshqa tillarda F.I.O., tugʻilgan sanasi, JShShIR, pasport seriyasi va raqami, biometrik pasportga bogʻlangan raqamli rasmi, tugʻilgan joyi, jinsi, millati, fuqaroligi, fuqarolik holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (oʻlim holati toʻgʻrisidagi yozuvning mavjud yoki mavjud emasligi), hujjat taqdim etilgan joy, hujjat amal qilishining boshlanish va tugash sanasi).
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi
Ichki ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi
Quyidagi kombinatsiyalarga ega boʻlgan yagona soʻrovlarga asosan:
Pasport seriyasi va raqami, tugʻilgan sanasi;
JShShIR;
JShShIR, pasport seriyasi va raqami.
Identifikatsiya tizimi foydalanuvchilari maʼlumotlarini doimiy yangilab borish.
2020-yil 10-noyabr
Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasiga ega boʻlgan xorijiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning shaxsga doir maʼlumotlari (davlat tili va mavjud boʻlsa boshqa tillarda F.I.O., tugʻilgan sanasi, JShShIR, yashash guvohnomasi seriyasi va raqami, tugʻilgan joyi, jinsi, millati, fuqaroligi, fuqarolik holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (oʻlim holati toʻgʻrisidagi yozuvning mavjud yoki mavjud emasligi), hujjat taqdim etilgan joy, hujjatning amal qilish boshlanish va tugash sanasi, yashash guvohnomasiga bogʻlangan raqamli rasmi).
Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasiga ega boʻlmagan xorijiy fuqarolarning shaxsga doir maʼlumotlari (F.I.O., tugʻilgan sanasi, JShShIR, chet el guvohnomasi seriyasi va raqami, tugʻilgan joyi, jinsi, millati, fuqaroligi, hujjatning amal qilish boshlanish va tugash sanasi).
Quyidagi kombinatsiyalarga ega boʻlgan yagona soʻrovlarga asosan:
Yashash guvohnomasi seriyasi va raqami, tugʻilgan sanasi;
JShShIR;
JShShIR, yashash guvohnomasi seriyasi va raqami.
Identifikatsiya tizimi foydalanuvchilari maʼlumotlarini doimiy yangilab borish.
Quyidagi kombinatsiyalarga ega boʻlgan yagona soʻrovlarga asosan:
Chet el guvohnomasi seriyasi va raqami, tugʻilgan sanasi;
JShShIR;
JShShIR, chet el guvohnomasi seriyasi va raqami.
2020-yil 10-noyabr
2021-yil 1-yanvar
2.
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasiga ega boʻlgan xorijiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning doimiy va vaqtinchalik turar joy manzili toʻgʻrisidagi maʼlumot.
Ichki ishlar vazirligi
Quyidagi kombinatsiyalarga ega boʻlgan yagona soʻrovlarga asosan:
Pasport (yashash guvohnomasi) seriyasi va raqami;
JShShIR.
Identifikatsiya tizimi foydalanuvchilari maʼlumotlarini doimiy yangilab borish.
2020-yil 10-noyabr
3.
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasiga ega boʻlgan xorijiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning STIRlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
Davlat soliq qoʻmitasi
JShShIR yoki pasport (yashash guvohnomasi) seriyasi va raqami boʻyicha yagona soʻrovga asosan.
2020-yil 10-noyabr
4.
Shaxsning joriy ish joyi, shuningdek lavozimi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (F.I.O., JShShIR, ish joyi, ish beruvchining STIRi, lavozimi, ishga qabul, boshqa lavozimga oʻtkazish toʻgʻrisidagi buyruq rekvizitlari va boshqalar).
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
JShShIR boʻyicha yagona soʻrovga asosan.
Identifikatsiya tizimi foydalanuvchilari maʼlumotlarini doimiy yangilab borish.
2020-yil 10-noyabr
5.
Mobil aloqa operatorining jismoniy shaxs boʻlgan abonenti haqida maʼlumot (shaxsiy maʼlumotlar, JShShIR, abonentning mobil telefon raqami va boshqalar).
Mobil aloqa operatorlari
Quyidagi kombinatsiyalarga ega boʻlgan yagona soʻrovlarga asosan:
1. Abonentning JShShIR;
2. Abonentning telefon raqami.
Identifikatsiya tizimi foydalanuvchilari maʼlumotlarini doimiy yangilab borish.
2020-yil 10-noyabr
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-oktabrdagi 679-son qaroriga 4-ILOVA
Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 17-dekabrdagi 365-son qarori bilan tasdiqlangan “Elektron hukumat” tizimi foydalanuvchilarini identifikatsiyalashning yagona axborot tizimi toʻgʻrisidagi nizomga kiritiladigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
“2. Jismoniy va yuridik shaxslarning (keyingi oʻrinlarda foydalanuvchilar deb ataladi) “Elektron hukumat” tizimi doirasida idoralararo elektron hamkorlik orqali interaktiv davlat xizmatlarini hamda bank, moliya va boshqa subyektlarning xizmatlarini koʻrsatish identifikatsiyalashning yagona tizimi yordamida amalga oshiriladi”.
3. 4-bandning beshinchi xatboshisi “davlat xizmatlari koʻrsatishda” soʻzlaridan keyin “bank moliya va boshqa subyektlarning xizmatlari” soʻzlari qoʻshilsin.
4. 5-bandda: quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi qoʻshilsin:
“bank, moliya va boshqa subyektlar axborot tizimlarini identifikatsiyalashning yagona tizimi bilan integratsiyalashuviga koʻmaklashish”;
“18. Muayyan jismoniy shaxsga taalluqli boʻlgan yoki uni identifikatsiya qilish imkonini beradigan shaxsga doir maʼlumotlarni uchinchi shaxslarga taqdim etish Oʻzbekiston Respublikasining “Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq amalga oshiriladi”.
9. Quyidagi mazmundagi 191-band qoʻshilsin:
“191. Identifikatsiyalashning yagona tizimi orqali shaxslarni identifikatsiyalash (autentifikatsiyalash) xizmatlari davlat xizmatlari koʻrsatuvchi vakolatli organlarga bepul asosda, qolgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarga oʻrnatilgan tartibda toʻlov-shartnoma asosida koʻrsatiladi”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-y., 09/20/679/1444-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.07.2021-y., 09/21/475/0737-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 29.12.2023-y., 09/23/688/0996-son)