Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 22.07.2022
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
QIShLOQ XO‘JALIGI MASALALARI BO‘YIChA RESPUBLIKA KENGAShLARINI O‘TKAZISh TO‘G‘RISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Dehqonchilik sanoati kompleksi tarmoqlarida iqtisodiy qayta o‘zgarishlarni chuqurlashtirishning asosiy yo‘nalishlarini ishlab chiqish va qishloq xo‘jaligi xodimlarining 1995-yildagi birinchi navbatdagi vazifalarini belgilab olish maqsadida Vazirlar Maqkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagi muddatlarda respublika kengashlari o‘tkazilsin:
paxtachilik masalalari bo‘yicha — shu yil 14-martda, qatnashuvchilar soni 250 kishi;
g‘allachilik masalalari bo‘yicha (boshoqli don ekinlari, sholi, don uchun makkajo‘xori) — shu yil 15-martda, qatnashuvchilar soni 200 kishi;
chorvachilik masalalari bo‘yicha — shu yil 16-martda, qatnashuvchilar soni 200 kishi;
sabzavotchilik, bog‘dorchilik va uzumchilik masalalari bo‘yicha — shu yil 17-martda, qatnashuvchilar soni 200 kishi.
2. Kengashlarni tayyorlash va o‘tkazish ishlarini tashkil etish uchun ilovaga* muvofiq tarkibda tashkiliy qo‘mita tuzilsin.
* Ilova berilmaydi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jalik vazirligi, “O‘zmevasabzavotuzumsanoat” uyushmasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda bir hafta muddatda dehqonchilik sanoati kompleksi ilg‘orlarini mukofotlash to‘g‘risida takliflar kiritsinlar.
4. Tashkiliy qo‘mita kengashlar qatnashchilarining yetib kelishlari, joylashishlari va jo‘nab ketishlari, ularga tibbiy, savdo hamda madaniy xizmat ko‘rsatishga aloqador barcha masalalarni hal qilgan holda kengashlarning belgilangan muddatlarda o‘tkazilishini ta’minlasin.
5. Kengashlarni o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar qatnashchilar soniga mutanosib ravishda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va “O‘zmevasabzavotuzumsanoat” uyushmasi hisobidan amalga oshirilsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari I. H. Jo‘rabekov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1995-yil 2-mart,
77-son