Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarga taʼlim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PF-5712-son Farmoniga muvofiq Oʻzbekistonda inklyuziv taʼlimni rivojlantirish, alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarga taʼlim-tarbiya berish tizimini takomillashtirish hamda ularga koʻrsatiladigan taʼlim xizmatlari sifatini yaxshilash maqsadida:
1. Quyidagilar:
2020 — 2025-yillarda xalq taʼlimi tizimida inklyuziv taʼlimni rivojlantirish konsepsiyasi (keyingi oʻrinlarda — Konsepsiya) 1-ilovaga muvofiq;
2020 — 2025-yillarda xalq taʼlimi tizimida inklyuziv taʼlimni rivojlantirish konsepsiyasini 2020-2021-yillarda amalga oshirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” (keyingi oʻrinlarda – “Yoʻl xaritasi”) 2-ilovaga muvofiq;
Alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar taʼlimini 2025-yilgacha rivojlantirishning maqsadli koʻrsatkichlari (indikatorlari) 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Belgilansinki, Konsepsiya erishilgan natijalar, maqsadli koʻrsatkichlar va tegishli davrga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlardan kelib chiqqan holda 2022-yildan boshlab har yili tasdiqlanadigan alohida “Yoʻl xaritasi” asosida bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.
2. Xalq taʼlimi vazirligi 2021-yildan boshlab har yili 1-dekabrga qadar oʻtayotgan yilning “Yoʻl xaritasi” bajarilishi yakunlarini batafsil oʻrganish asosida keyingi yil uchun “Yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Vazirlar Mahkamasi “Yoʻl xaritalari” hamda maqsadli koʻrsatkichlarning (indikatorlarning) bajarilishi ustidan doimiy monitoring olib borsin hamda yiliga bir marta uning natijalarini Hukumat rayosati majlislarida tanqidiy koʻrib borsin.
3. Belgilab qoʻyilsinki, Konsepsiya ikki bosqichda amalga oshiriladi, jumladan:
a) 2020 — 2022-yillar davomida:
inklyuziv taʼlim tizimi sohasidagi normativ baza takomillashtiriladi;
inklyuziv taʼlim tizimi uchun malakali pedagog kadrlar tayyorlanadi, qayta tayyorlanadi va malakasi oshiriladi;
inklyuziv taʼlim joriy etilgan muassasalarning moddiy-texnika bazasi mustahkamlanadi, ular maxsus moslamalar (koʻtarish qurilmasi, pandus, tutqich va boshqalar), zarur adabiyotlar, metodik qoʻllanmalar, turli kasblarga oʻqitish uchun uskuna va jihozlar bilan taʼminlanadi;
inklyuziv taʼlim sohasiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va innovatsion loyihalar joriy etiladi;
alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarning bilim olish huquqi, inklyuziv oʻqitishning mazmun-mohiyatini tushuntirish orqali aholi oʻrtasida ijobiy ijtimoiy muhit shakllantiriladi;
alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarni kamsitish, ularga salbiy muomalada boʻlishning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshiriladi;
inklyuziv taʼlim tizimi tajriba-sinov tariqasida alohida taʼlim muassasalarining faoliyatiga joriy qilinadi;
b) 2023 — 2025-yillar davomida:
inklyuziv taʼlim tizimi bosqichma-bosqich boshqa umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida joriy qilinadi;
alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan har bir bolaning inklyuziv taʼlim olish huquqini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshiriladi;
inklyuziv taʼlimda oʻqitish usullari takomillashtiriladi hamda taʼlim jarayoniga individuallashtirish tamoyillari bosqichma-bosqich joriy etiladi;
inklyuziv taʼlim jarayonida oʻquvchilarni maʼnaviy-axloqiy tarbiyalashga, ularning jismonan sogʻlom va baquvvat shakllanishiga qaratilgan choralar koʻriladi;
oʻquvchilarning jismoniy va aqliy ehtiyojidan hamda taʼlim muassasalarining geografik joylashuvidan kelib chiqib alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat taʼlim muassasalari (maktab va maktab-internatlar) (keyingi oʻrinlarda — ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari) soni optimallashtiriladi.
4. Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Moliya vazirligining:
a) 2021/2022 oʻquv yilida tajriba-sinov tariqasida:
shaharlarda hamda Toshkent shahrining tumanlarida joylashgan bittadan umumtaʼlim maktablarida inklyuziv taʼlim tizimini joriy qilish;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida joylashgan bittadan umumtaʼlim maktabida alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar uchun boshlangʻich tayanch korreksion sinflarni ochish;
Qashqadaryo, Fargʻona va Xorazm viloyatlarida joylashgan bittadan kasb-hunar maktabida ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarining 9-sinf bitiruvchilari hamda alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan guruhlarni tashkil etish;
b) inklyuziv taʼlim tizimini joriy qilish, boshlangʻich tayanch korreksion sinflarni ochish va ixtisoslashtirilgan guruhlarni tashkil etish natijalarini hisobga olgan holda ijobiy tajribani respublikaning boshqa hududlariga bosqichma-bosqich tatbiq etish;
v) 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab:
ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarida majburiy umumiy oʻrta taʼlimni 11 yillik (intellektual rivojlanishida nuqsonlari boʻlgan bolalar uchun (yordamchi) maktablar, maktab-internatlarda 9 yillik) muddatda amalga oshirish;
ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarining 10-11-sinf (intellektual rivojlanishida nuqsonlari boʻlgan bolalar uchun (yordamchi) maktablar, maktab-internatlarda 8-9-sinf) oʻquvchilarini kasb-hunarga oʻrgatish, ularning qiziqish va qobiliyatlaridan kelib chiqqan holda kelajakda egallaydigan kasblari boʻyicha mehnat faoliyati bilan shugʻullanishlari uchun keng shart-sharoitlar yaratish maqsadida ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarining qisqartirilayotgan oʻquv soatlari doirasida kasbga oʻqitish kurslarini tashkil etish;
g) ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari bitiruvchilariga kasbga oʻqitish kurslarida oʻrgatilgan kasblar boʻyicha sertifikat berish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi kasbga oʻqitish kurslarini tashkil etishda metodik yordam koʻrsatish, oʻquv jarayonini samarali olib borish va malakali professor-oʻqituvchilarni jalb etish uchun tegishli hududdagi professional taʼlim muassasalari hamda “Ishga marhamat” monomarkazlarini ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalariga biriktirsin.
5. Belgilab qoʻyilsinki:
a) 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab:
boshlangʻich tayanch korreksion sinflarda alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarga taʼlim berish moslashtirilgan (adaptiv) oʻquv dasturlari asosida amalga oshiriladi;
alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar uchun inklyuziv taʼlim tizimi joriy qilingan va tayanch korreksion sinflar ochilgan umumtaʼlim maktablarida ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari shtatlarini bosqichma-bosqich maqbullashtirish hisobidan maxsus pedagog shtat birliklari ajratiladi;
alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarning salohiyatini rivojlantirish maqsadida inklyuziv taʼlim tizimi joriy qilingan umumtaʼlim maktablari tomonidan mazkur oʻquvchilar uchun ular va ularning ota-onalari (qonuniy vakillari) ishtirokida individual oʻquv dasturlari ishlab chiqilishi mumkin;
alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarga individual taʼlim dasturlarini oʻzlashtirishda maxsus pedagoglar va tyutorlar (yordamchi pedagog xodimlar) yaqindan koʻmaklashadi;
inklyuziv taʼlim tizimi joriy qilingan umumtaʼlim muassasalariga tyutor (yordamchi pedagog xodim) sifatida tegishli malakaga ega volontyorlar va oliy taʼlim muassasalarining pedagogika yoʻnalishidagi yuqori kurs talabalari pedagogik amaliyot davrida ixtiyoriylik asosida jalb qilinadi;
inklyuziv taʼlim tizimi joriy qilingan va tayanch korreksion sinflar ochilgan umumtaʼlim maktablari Kuzatuv kengashi tarkibiga alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarning ota-onalaridan (ularning qonuniy vakillaridan) biri kiritiladi;
nogironligi boʻlgan shaxslarning ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda professional taʼlim muassasalari uchun umumiy davlat granti asosida qabul koʻrsatkichlarining ikki foizgacha boʻlgan qismi ushbu shaxslarga ajratiladi;
oʻquvchilarga uy sharoitida yakka tartibda taʼlim berayotgan oʻqituvchilar ish haqlarini hisoblash Xalq taʼlimi vazirligi hamda Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan tartib boʻyicha amalga oshiriladi;
b) 2021-yil 1-yanvardan boshlab:
ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarining rahbar xodimlariga mehnatning alohida sharoitlari uchun har oyda toʻlanadigan ustama haqi bazaviy tarif stavkasining 100 foizi miqdorida toʻlanadi;
Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi “Mehribonlik” uylari respublika sogʻlomlashtirish oromgohi rahbari bazaviy tarif stavkasi miqdori “Mehribonlik” uylarining tegishli rahbar xodimi bazaviy tarif stavkasining 90 foiziga, “Mehribonlik” uylari va bolalar shaharchalari psixologlari bazaviy tarif stavkasi miqdori umumtaʼlim maktablari psixologlari bazaviy tarif stavkasiga, “Mehribonlik” uylari va bolalar shaharchalari toʻgarak va musiqa rahbarlari, mehnat va trener yoʻriqchisi bazaviy tarif stavkalari “Barkamol avlod” bolalar maktablarining toʻgarak rahbarlari bazaviy tarif stavkalariga tenglashtiriladi.
6. Oʻquvchilarni kasb-hunarga yoʻnaltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi qoshida uning belgilangan shtat birliklari doirasida “Inklyuziv taʼlim laboratoriyasi” tashkil etilsin.
Inklyuziv taʼlim laboratoriyasining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
umumtaʼlim maktablarida inklyuziv taʼlim uchun shart-sharoitlar yaratish, inklyuziv taʼlim berishning sifati va samaradorligini aniqlash mezonlarini ishlab chiqish hamda ularning bajarilishini nazorat qilish;
inklyuziv taʼlimning metodik taʼminotini (dasturlar, rahbar, pedagog va mutaxassislarga metodik tavsiyalar va boshqalarni) ishlab chiqish hamda takomillashtirib borish;
inklyuziv taʼlimning barcha subyektlari uchun psixologik-pedagogik va ijtimoiy rivojlantirishga yoʻnaltirilgan texnologiyalarni ishlab chiqish va takomillashtirib borish;
inklyuziv sharoitlarda taʼlim oluvchilar uchun psixologik-pedagogik qoʻllab-quvvatlash ishlarini tashkil qilish;
inklyuziv taʼlim boʻyicha ilmiy tadqiqotlarni olib borish, ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganish va amaliyotga tatbiq etish;
inklyuziv taʼlim tizimi joriy qilingan umumtaʼlim muassasalari, ularda taʼlim olayotgan oʻquvchilar toʻgʻrisida maʼlumotlar bazasini yaratish va uni doimiy yangilab borish;
inklyuziv taʼlimni rivojlantirish masalalari boʻyicha ilmiy konferensiyalar va seminarlarni tashkil etish va oʻtkazish.
7. Xalq taʼlimi vazirligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi hamda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi ikki oy muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqsin va amalga oshirilishini taʼminlasin:
alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarning taʼlim olish huquqi va erkinligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash, shuningdek bolalarning madaniyat, sanʼat, sport va boshqa yoʻnalishlarda erishgan yutuqlari toʻgʻrisida targʻibot tadbirlarini oʻtkazish;
inklyuziv taʼlim-tarbiyani matbuot va ijtimoiy tarmoqlarda keng targʻib etish;
alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarga taʼlim-tarbiya berish masalalari boʻyicha ota-onalar uchun onlayn oʻquv kurslarini tashkil etish va video maʼruzalarni ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirish.
8. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Moliya vazirligi boshqa vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2021-yil 1-sentabrga qadar:
pedagogik taʼlim sohasidagi taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklarining tegishli oʻquv dasturlariga inklyuziv taʼlim metodikasi boʻyicha mavzular kiritilishini taʼminlasin;
alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar (shaxslar) toʻsiqsiz harakatlanishi uchun umumiy oʻrta, professional va oliy taʼlim muassasalarining oʻquv binolari hamda talabalar turar joylarida zarur sharoitlar (binolarning kirish qismiga panduslar, tutqichlar va boshqalar) yaratsin;
oʻquv jarayonini tashkil etishda alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarga taʼlim berishda alohida masofaviy oʻqitish elementlaridan (onlayn oʻquv darslari, elektron taʼlim resurslari) keng foydalanilishini taʼminlasin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 11-fevraldagi “Yetim bolalar va ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4185-son qarorining 2-bandi uchinchi xatboshidan “rahbar xodimlari va” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Belgilansinki, mazkur oʻzgartirish 2021-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.
10. Xalq taʼlimi vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaxitov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.A. Musayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2020-yil 13-oktabr,
PQ-4860-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 13-oktabrdagi PQ-4860-son qaroriga
1-ILOVA
2020 — 2025-yillarda xalq taʼlimi tizimida inklyuziv taʼlimni rivojlantirish
konsepsiyasi
1-bob. Umumiy qoidalar
1. 2020 — 2025-yillarda xalq taʼlimi tizimida inklyuziv taʼlimni rivojlantirish konsepsiyasi (keyingi oʻrinlarda — Konsepsiya) alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarni oʻqitish uchun inklyuziv taʼlim tizimini tashkil etish, ularning taʼlim olish huquqini kafolatlash va taʼminlash maqsadida ishlab chiqilgan.
2. Konsepsiya Oʻzbekiston Respublikasida inklyuziv taʼlimni rivojlantirishning maqsadlari, vazifalari, ustuvor yoʻnalishlari, oʻrta va uzoq muddatli istiqboldagi bosqichlarini belgilaydi hamda inklyuziv taʼlimni rivojlantirishga yoʻnaltirilgan dasturlar va kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun asos boʻladi.
2-bob. Oʻzbekistonda inklyuziv taʼlimning joriy holati va mavjud muammolari
3. Bugungi kunda respublika boʻyicha jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolalar uchun jami 86 ta ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarda (keyingi oʻrinlarda — ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari) 21,2 ming nafar, 21 ta sanatoriy turidagi maktab-internatlarda 6,1 ming nafar oʻquvchilar taʼlim-tarbiya oladi. Shuningdek, uzoq muddat davolanishga muhtoj boʻlgan 13,3 ming nafar oʻquvchilar uyda yakka tartibda oʻqitiladi.
2014 — 2016-yillarda Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlikda “Oʻzbekistonda alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar uchun inklyuziv taʼlim” loyihasi amalga oshirildi. Loyiha doirasida:
respublikaning 5 ta hududida tajriba-sinov maydonchalari tashkil etildi;
150 nafardan ortiq tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya va 1,3 ming nafardan ortiq pedagog xodimlar inklyuziv taʼlim xizmatlariga oʻqitildi;
pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish boʻyicha taʼlim muassasalarining oʻquv rejalariga taʼlim tizimiga inklyuziv amaliyotni tatbiq etishga doir 3 ta oʻqitish moduli kiritildi;
2 ming nafardan ortiq alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar va ularning ota-onalariga inklyuziv taʼlim xizmatlari tashkil etildi;
Toshkent, Samarqand, Namangan, Xorazm va Surxondaryo viloyatlarida 5 ta tajriba-resurs markazi hamda 15 ta tajriba maktablari tashkil etilib, ularga 800 nafardan ortiq bolalar qamrab olindi.
Inklyuziv taʼlim tizimini joriy qilish boʻyicha qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi.
Mazkur hujjatlarda jamiyatimizning bir boʻlagi boʻlgan maxsus yordamga muhtoj bolalarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, ularga taʼlim-tarbiya berish, ularning sogʻlom bolalar qatoridan oʻrin olib oʻz qobiliyati, imkoniyatlarini koʻrsata olishiga, maʼnaviy kamol topishiga qaratilgan chora-tadbirlar belgilab berilgan.
Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-sentabrdagi “Xalq taʼlimi tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3931-son qarorida alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarning ijtimoiy kafolatlarini taʼminlovchi chora-tadbirlar samaradorligini yanada oshirish, ularning taʼlim-tarbiya (shu jumladan, inklyuziv taʼlim-tarbiya) olishiga xizmat qiladigan moslashuv muhitini yaratish boʻyicha alohida vazifalar qayd etib oʻtilgan.
Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi PF-5712-son Farmoni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarga koʻrsatiladigan taʼlim xizmatlari sifatini yaxshilash boʻyicha:
alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar taʼlim oladigan taʼlim muassasalari binolariga qoʻyiladigan talablarni ishlab chiqish va tasdiqlash;
alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar oʻqitiladigan taʼlim muassasalarini zarur adabiyotlar, metodik qoʻllanmalar, turli kasblarga oʻqitish uchun uskuna va jihozlar bilan taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarni oʻqitish uchun inklyuziv taʼlim tizimini tashkil etish, umumtaʼlim muassasalarini maxsus moslamalar (koʻtarish qurilmasi, pandus, tutqich va boshqalar), shuningdek tegishli kadrlar (maxsus pedagog, bolalarni ruhiy-pedagogik kuzatish boʻyicha mutaxassislar) bilan taʼminlash;
jamoatchilik oʻrtasida alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarning bilim olish huquqi, inklyuziv oʻqitishning mazmun-mohiyati haqida tushuntirish ishlarini olib borish;
oʻquvchilarning jismoniy va aqliy talab-ehtiyojidan va taʼlim muassasalarining geografik joylashuvidan kelib chiqqan holda alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar oʻqitiladigan taʼlim muassasalarini optimallashtirish;
alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarning moslashishi va integratsiyasi uchun maktab-internatlarni bosqichma-bosqich maxsus jihozlar bilan taʼminlash;
alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan har bir bolaning inklyuziv taʼlim olish huquqini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish kabi vazifalar belgilangan.
Bundan tashqari, “Zamonaviy maktab”larni qurishda ushbu maktablarda alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarni oʻqitish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, ular uchun maxsus infratuzilma boʻlishi va jihozlanishini taʼminlash maqsadida inklyuziv taʼlimni tashkil etish boʻyicha “Zamonaviy maktab”ga qoʻyiladigan meʼyoriy talablar loyihasi ishlab chiqildi.
Kelgusida “Zamonaviy maktab”larni ushbu talablar asosida qurish va rekonstruksiya qilish rejalashtirilgan.
Alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarni sogʻlom bolalar qatorida umumtaʼlim maktablarida oʻqitish amaliyotini rivojlantirish maqsadida ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarida taʼlim olayotgan oʻquvchilarning umumtaʼlim maktablariga integratsiyalashuvi (uygʻunlashtirgan holda taʼlim-tarbiya berish) tajribasi qoʻllanilishi natijasida soʻngi yillarda 500 nafarga yaqin alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan oʻquvchilar umumiy oʻrta taʼlim maktablariga qaytarildi.
Hozirgi kunda 3,2 mingdan ortiq umumiy oʻrta taʼlim maktablarida 13 ming nafarga yaqin oʻquvchilar inklyuziv taʼlim bilan qamrab olingan.
4. Shu bilan birga, Xalq taʼlimi tizimida alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarni oʻqitish uchun inklyuziv taʼlim tizimini tashkil etish, ularning taʼlim olishga boʻlgan teng huquqlarini taʼminlash borasida ayrim boʻshliq va kamchiliklar mavjud, shu jumladan:
a) inklyuziv taʼlimni tashkil etish sohasida:
alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar oʻqitiladigan ayrim taʼlim muassasalarida ular uchun toʻsiqsiz muhit va imkoniyatlar yaratilmagan;
alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar oʻqitiladigan taʼlim muassasalari zarur adabiyotlar, metodik qoʻllanmalar, turli kasblarga oʻqitishga moʻljallangan uskuna va jihozlar bilan toʻliq taʼminlanmagan;
alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarning bilim olish huquqi, inklyuziv taʼlim tizimining mazmun-mohiyati haqida jamoatchilik oʻrtasida tushuntirish ishlarini olib borish yoʻlga qoʻyilmaganligi natijasida ota-onalar alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan farzandlarini umumtaʼlim muassasalarida oʻqitishi mumkinligi haqida yetarli maʼlumotga ega emas;
alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar taʼlim-tarbiyasi uchun qoʻshimcha sharoitlar yaratishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni oʻz ichiga olgan beshta tashabbus amaliyotga tatbiq etilmagan;
alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarni inklyuziv taʼlimga jalb qilish bilan bogʻliq muammolarni hal etish masalalariga mahalliy ijroiya hokimiyati organlari tomonidan yetarli eʼtibor qaratilmayapti;
alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarni taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish jarayonining murakkabligi va shaffof emasligi turli shakldagi korrupsiya holatlariga sabab boʻlmoqda;
b) kadrlarni tayyorlash sohasida:
umumtaʼlim muassasalarida inklyuziv taʼlim tizimi mazmunini sifat jihatidan yangilash talab etilmoqda;
pedagogik kadrlarning kasbiy tayyorgarligi hamda kasbiy malaka darajasi inklyuziv taʼlim uchun yetarli emasligi natijasida alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarga taʼlim berishda qator muammolar yuzaga kelmoqda;
pedagogika yoʻnalishidagi oliy taʼlim muassasalari oʻquv dasturlariga inklyuziv taʼlim berish metodikasiga oid fanlar kiritilmagan;
pedagogika va metodika fanlariga oid darsliklarda inklyuziv taʼlim dasturlari kiritilmaganligi, shuningdek boʻlajak pedagoglarning alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar jalb qilingan taʼlim muassasalarida amaliyot oʻtamayotganligi ularning kasbiy tayyorgarlik sifatiga salbiy taʼsir koʻrsatmoqda;
umumtaʼlim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlari inklyuziv taʼlim haqida yetarli maʼlumotlarga ega emasligi inklyuziv taʼlimni joriy etishning samarasizligiga olib kelmoqda;
malaka oshirish va qayta tayyorlash taʼlim muassasalarida alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar taʼlimi boʻyicha malaka oshirish kurslari tashkil etilmagan, ular faoliyatiga inklyuziv taʼlim boʻyicha zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari joriy qilinmagan;
v) oʻquv jarayonini tashkil etish sohasida:
umumtaʼlim muassasalarida alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarga inklyuziv taʼlim berish metodikasi ishlab chiqilmagan;
alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarga inklyuziv taʼlim berishning sifati va samaradorligini aniqlash mezonlari ishlab chiqilmagan;
alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar taʼlim oladigan taʼlim muassasalari zarur maxsus oʻquv adabiyotlari va metodik-qoʻllanmalar bilan yetarli darajada taʼminlanmagan;
d) inklyuziv taʼlim tizimini moliyalashtirish sohasida:
inklyuziv taʼlimni rivojlantirish uchun yetarli mablagʻlarni samarali va shaffof tizim asosida taqsimlash va foydalanish talab etilmoqda;
alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar uchun oʻquv jihozlari va materiallarini yangilash, maktab binolarida inklyuziv taʼlimni joriy etishga qaratilgan sharoitlar yaratish uchun davlat budjetidan taʼlim muassasalariga yetarli mablagʻlar yoʻnaltirilmayapti.
3-bob. Inklyuziv taʼlim tizimini rivojlantirishning maqsadlari va ustuvor yoʻnalishlari
5. Inklyuziv taʼlim tizimini rivojlantirishning maqsadi — taʼlim olish uchun teng imkoniyatni taʼminlash va barcha bolalarning individual xususiyatlaridan, oldingi taʼlim yutuqlaridan, tili, madaniyati, ota-onalarning ijtimoiy va iqtisodiy holatidan qatʼiy nazar taʼlimda muvaffaqiyatga erishishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishdir.
6. Inklyuziv taʼlim tizimini rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari quyidagilardir:
a) inklyuziv taʼlim tizimi uchun pedagog kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish:
pedagogika yoʻnalishidagi oliy taʼlim muassasalarida inklyuziv taʼlim dasturlarini joriy etish, inklyuziv taʼlim metodikasiga oid oʻquv materiallarini takomillashtirish;
inklyuziv taʼlim berishning zamonaviy nazariyalarini oʻzlashtirish, inklyuziv taʼlim tizimida faoliyat olib borayotgan pedagoglarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazlarini tashkil etish hamda taʼlim berishda shaxsga yoʻnaltirilgan yondashuvlar asoslarini egallashga sharoit yaratish;
oʻqituvchi, oʻquvchi, ota-ona, jamoat tashkilotlari mutaxassislari, keng jamoatchilik uchun inklyuziv taʼlim boʻyicha oʻquv-uslubiy majmualar va ommabop nashrlar yaratish;
inklyuziv taʼlim tizimi joriy etilgan umumtaʼlim muassasalarida oʻqituvchilarning sifat tarkibini, xususan magistrlik darajasiga ega boʻlgan pedagoglar sonini bosqichma-bosqich oshirish;
inklyuziv taʼlimni joriy etishda avvalo chekka hududlarda joylashgan, oʻquvchilar soni kam boʻlgan umumtaʼlim maktablaridagi alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarni oʻqitishga eʼtibor qaratish;
inklyuziv taʼlim sifatini mustaqil baholash tizimini shakllantirish va alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar uchun qoʻshimcha pedagogik taʼlim xizmatlarini yoʻlga qoʻyish;
xalq taʼlimi sohasida rahbar kadrlar tayyorlash boʻyicha standartlashtirilgan dastur ishlab chiqish, ularga inklyuziv taʼlimini amalga oshirish mexanizmlarini koʻzda tutuvchi oʻquv kurslarini kiritish;
masofaviy kurslarni yoʻlga qoʻygan holda, inklyuziv taʼlim tizimi joriy qilingan umumtaʼlim muassasalarida faoliyat olib boruvchi pedagoglarning malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimi samaradorligini kuchaytirish va qamrovini kengaytirish;
pedagogika yoʻnalishidagi oliy taʼlim muassasalarining “Maxsus pedagogika” taʼlim yoʻnalishi boʻyicha qabul parametrlarini oshirish, Xalq taʼlimi vazirligi tavsiyasi asosida pedagog xodimlarga ehtiyoji katta boʻlgan chekka hududlardagi abituriyentlar uchun maqsadli qabul koʻrsatkichlarini belgilash mexanizmini joriy etish;
inklyuziv taʼlim tizimi joriy etilgan umumtaʼlim muassasalarida yosh oʻqituvchilarni, ularning xizmat mavqeyi oʻsishini hisobga olgan holda, kasbiy qoʻllab-quvvatlash va hamkorlikda ishlash mexanizmini takomillashtirish;
alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarga inklyuziv taʼlim-tarbiya berishda innovatsion texnologiyalarni qoʻllash yuzasidan pedagog xodimlar uchun metodik tavsiyalar ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish;
A. Avloniy nomidagi Xalq taʼlimi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti oʻquv dasturlariga inklyuziv taʼlim-tarbiyaga oid maxsus oʻquv dasturlari va mashgʻulotlarini nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritish orqali taʼlim-tarbiya jarayoni samaradorligini oshirish;
b) inklyuziv taʼlimda oʻqitish usullarini takomillashtirish, mazkur jarayonga individuallashtirish tamoyillarini bosqichma-bosqich tatbiq etish:
alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan har bir bolaning inklyuziv taʼlim olishiga boʻlgan huquqini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlar belgilash;
alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarni kamsitish, ularga nisbatan shafqatsiz yoki inson qadr-qimmatini kamsituvchi muomalada boʻlishning oldini olishga qaratilgan mexanizmlarni ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish;
alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarni erta aniqlash va qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish;
bolalarning ehtiyojlarini inobatga olgan holda sifatli taʼlim olishi uchun teng imkoniyatlarga ega boʻlishini hamda qulaylikni taʼminlash boʻyicha davlat kafolatlarining amalga oshirilishini taʼminlovchi tashkiliy-boshqaruv mexanizmlarini yaratish;
alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarni inklyuziv taʼlim tizimi joriy qilingan umumiy oʻrta va professional taʼlim muassasalariga yuborish uchun asos boʻluvchi tibbiy koʻrsatmalar roʻyxatini ishlab chiqish va tasdiqlash;
hududlar imkoniyatlarini inobatga olgan holda inklyuziv taʼlimni rivojlantirish holati va tendensiyalari monitoringini olib borish;
har bir bolaga oʻzining shaxsiy tempiga mos ravishda rivojlanish huquqini taʼminlash;
alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarga ulardagi aqliy yoki jismoniy nuqsonlarning ifodalanganlik darajasidan kelib chiqqan holda umumtaʼlim maktabida tegishli bilimlarni olishiga sharoit yaratish;
inklyuziv taʼlim jarayonida oʻquvchilarda oʻqishga sogʻlom, kuchli va taʼsirchan motivatsiyani shakllantirish hamda kasb tanlash, kasbiy oʻsishini mustaqil rejalashtirish, zamonaviy kasblarni egallash qobiliyatini rivojlantirish;
inklyuziv taʼlim dasturlari asosida zamonaviy darsliklar, oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etgan holda multimedia ilovalarini yaratish;
alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarni kasb-hunarga oʻqitishni takomillashtirish va ushbu yoʻnalishlarda qisqa muddatli kurslarni tashkil etish;
inklyuziv taʼlimning rivojlanishini monitoring qilish hamda amalga oshirilayotgan ishlar natijalarini yoritib borish;
v) inklyuziv taʼlim jarayonida oʻquvchilarni maʼnaviy-axloqiy tarbiyalash, bolaning jismonan sogʻlom va baquvvat shakllanishiga erishish:
inklyuziv taʼlim muassasalarida oʻquvchilar uchun sogʻlom ovqatlanish tamoyillarini ommalashtirish;
alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar uchun sport toʻgaraklarini tashkil qilish;
fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan ota-onalar oʻrtasida inklyuziv taʼlim tizimi toʻgʻrisida tushuntirish ishlarini olib borish;
rivojlangan mamlakatlarning ilgʻor tajribasini oʻrgangan holda inklyuziv taʼlim tizimi joriy qilingan taʼlim muassasalarida oʻquvchilar oʻrtasida zoʻravonlik (bulling)ning oldini olishga qaratilgan dasturlarni joriy etish;
g) alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarga koʻrsatiladigan taʼlim xizmatlari sifatini yaxshilash:
alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar taʼlim oladigan taʼlim muassasalari binolariga qoʻyiladigan talablarni ishlab chiqish va tasdiqlash;
alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar oʻqitiladigan taʼlim muassasalarini zarur adabiyotlar, metodik qoʻllanmalar, turli kasblarga oʻqitishga moʻljallangan uskuna va jihozlar bilan taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
d) inklyuziv taʼlim sohasiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va innovatsion loyihalarni joriy etish:
barcha inklyuziv taʼlim tizimi joriy qilingan taʼlim muassasalarini maʼlumotlarni uzatish boʻyicha yagona tarmoqqa birlashtirish;
taʼlim muassasalarini inklyuziv taʼlimga jalb qilingan oʻquvchilar uchun maxsus jihozlangan kompyuter texnikasi, interaktiv doska, eshitish moslamalari va boshqa jihozlar bilan taʼminlash;
davlat-xususiy sheriklik asosida inklyuziv taʼlim jarayonini avtomatlashtirish boʻyicha axborot tizimini joriy etish, alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar uchun darslik va metodik materiallarning elektron shakllarini eduportal.uz portalida joylashtirish va muntazam yangilab borish;
inklyuziv taʼlimga jalb qilingan bolalar uchun mavjud darslik va oʻquv-uslubiy adabiyotlarni elektron shaklga oʻtkazish;
inklyuziv taʼlim jarayoni uchun multimedia mahsulotlarini ishlab chiqish va ularni qoʻllash jarayonini tizimli tashkil etish;
e) inklyuziv taʼlim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va ularni budjetdan moliyalashtirish samaradorligini oshirish:
ilgʻor xalqaro tajribani hisobga olgan holda inklyuziv taʼlim joriy etilgan muassasalardagi qurilish, rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash ishlarida ilgʻor texnologiyalar va muhandislik yechimlariga tayanish;
xalqaro tajribalardan kelib chiqqan holda, “Zamonaviy maktab” davlat dasturi doirasida umumtaʼlim maktablari uchun inklyuziv taʼlim sharoitlarini hisobga olgan holda qurilish-taʼmirlash ishlarini amalga oshirish;
inklyuziv taʼlim tizimi joriy qilingan umumtaʼlim muassasalarining oʻquv xonalari va laboratoriyalarini zamonaviy mebel, jihozlar, oʻquv-uslubiy materiallar, kompyuter va multimedia texnikalari, videokuzatuv tizimlari bilan jihozlash;
davlat-xususiy sheriklik asosida inklyuziv taʼlim tarmogʻini rivojlantirish hisobiga inklyuziv taʼlim tizimida raqobat muhitini shakllantirish;
nodavlat umumtaʼlim maktablarida inklyuziv taʼlim tizimini joriy qilish amaliyotini kengaytirish;
j) inklyuziv taʼlimga jalb qilingan alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarning taʼlim-tarbiyasi uchun qoʻshimcha sharoitlar yaratishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni oʻz ichiga olgan beshta tashabbusni amaliyotga tatbiq etish:
“Barkamol avlod” bolalar maktablari toʻgaraklarida inklyuziv taʼlim ishtirokchilarining qamrovini oshirish;
alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarni madaniyat va sanʼat muassasalariga keng jalb etish;
alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarni jismoniy tarbiya va sportga jalb etish;
alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar oʻrtasida kompyuter texnologiyalari va Internetdan samarali foydalanishni yoʻlga qoʻyish;
alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar maʼnaviyatini yuksaltirish, ular oʻrtasida kitobxonlikni keng targʻib qilish;
alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan oʻquvchi-qizlarning kasbiy koʻnikmalarini rivojlantirish;
alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarning madaniyat, sanʼat, sport va boshqa yoʻnalishlarda erishgan yutuqlari toʻgʻrisida targʻibot tadbirlarini oʻtkazish.
4-bob. Konsepsiyani amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar
7. Konsepsiya doirasida belgilangan vazifalarni bajarish orqali 2020 — 2025-yillarda xalq taʼlimi tizimida inklyuziv taʼlimni rivojlantirishda quyidagi koʻrsatkichlarga erishish nazarda tutiladi:
alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan shaxslarning rivojlanishi, reabilitatsiyasi, jamiyatga integratsiyalashuvida inklyuziv taʼlimning strategik omil sifatidagi roli tasdiqlanadi;
alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarning taʼlimiy muhiti yaxlitligi mustahkamlanadi, ularning jamiyatga integratsiyasi uchun zarur sharoitlar taʼminlanadi;
davlat, jamiyat, shaxsning inklyuziv taʼlim sohasidagi manfaatlarini muvofiqlashtirish mexanizmlari yaratiladi;
inklyuziv taʼlim tizimining umumiy qulayligi, uzluksizligi, taʼlim sifati, shuningdek oʻquvchilarning rivojlanish darajasi, xususiyatlariga moslashuvchanligi va variativligiga erishiladi;
inklyuziv taʼlim sohasidagi xalqaro munosabatlar doirasida oʻzaro hamkorlik aloqalari mustahkamlanadi;
oʻquvchilar taʼlimiy ehtiyojlarning oʻziga xosligini inobatga olgan holda sifatli taʼlim olishi uchun ular davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlanadi;
inklyuziv taʼlimni bosqichma-bosqich joriy etish orqali alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari optimallashtiriladi, ularda taʼlim olayotgan oʻquvchilarning teng huquqli jamiyat aʼzosi sifatida umumtaʼlim muassasalarida bilim olishi taʼminlanadi;
pedagogik yoʻnalishdagi oliy taʼlim muassasalarida inklyuziv taʼlim dasturlari asosida kadrlar tayyorlash yoʻlga qoʻyiladi;
inklyuziv taʼlim muassasalarining moddiy-texnik bazasi yaxshilanadi;
inklyuziv taʼlim muassasalarining Internet tarmogʻiga toʻliq ulanishi taʼminlanadi;
inklyuziv taʼlim muassasalarida oʻquvchilarni qabul qilish va boshqa taʼlim muassasalariga oʻtkazish uchun davlat xizmatlarini koʻrsatish mexanizmi joriy etiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 13-oktabrdagi PQ-4860-son qaroriga
2-ILOVA

2020 — 2025-yillarda xalq taʼlimi tizimida inklyuziv taʼlimni rivojlantirish konsepsiyasini 2020-2021-yillarda amalga oshirish boʻyicha

“YOʻL XARITASI”

T/r

Tadbirlarning nomlanishi

Amalga oshirish mexanizmi

Moliyalashtirish manbai

Ijro muddatlari

Masʼul ijrochilar

I. Alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarga taʼlim berish sohasidagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish

Umumtaʼlim muassasalarida inklyuziv taʼlim tizimini rivojlantirish, jumladan:

Umumtaʼlim muassasalarida alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarga inklyuziv taʼlim berish toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash;

alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarni inklyuziv taʼlim tizimi joriy qilingan umumiy oʻrta va professional taʼlim muassasalariga yuborishga imkon beruvchi tibbiy koʻrsatmalar roʻyxatini ishlab chiqish va tasdiqlash;

alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarni erta aniqlash va qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish;

xalq taʼlimi tizimidagi tibbiy-psixologik-pedagogik komissiyaning alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarni oʻqitish, tarbiyalash va sogʻlomlashtirishga qaratilgan vazifalarini qayta koʻrib chiqish hamda uning faoliyatini xalqaro talablarga moslashtirish;

alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarni ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalariga qabul qilish tartibini soddalashtirish.

Vazirlar Mahkamasining qarori

2021-yil
1-mayga qadar

Xalq taʼlimi vazirligi
(Sh. Shermatov),
Sogʻliqni saqlash vazirligi
(A. Shadmanov),
Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi
(U. Tashkenbayev),
Moliya vazirligi
(T. Ishmetov),
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
(N. Xusanov),
manfaatdor vazirliklar va idoralar

Oliy taʼlim muassasalarining pedagogika yoʻnalishidagi yuqori kurs talabalarini pedagogik amaliyot davrida ixtiyoriylik asosida tyutor (yordamchi pedagog xodim) sifatida inklyuziv taʼlim tizimi joriy qilingan umumtaʼlim muassasalariga biriktirish tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Inklyuziv taʼlim tizimi joriy etilgan umumtaʼlim muassasalariga tyutor (yordamchi pedagog xodim) sifatida ixtiyoriylik asosida tegishli malakaga ega volontyorlarni jalb qilish.

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Xalq taʼlimi vazirligining qoʻshma buyrugʻi

2021-yil
1-yanvarga qadar

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi
(I. Madjidov),
Xalq taʼlimi vazirligi

(Sh. Shermatov),
manfaatdor vazirliklar va idoralar

Alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar uchun davlat ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari (maktablar, maktab-internatlar) (keyingi oʻrinlarda — ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari) rahbar xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizomni ishlab chiqish.

Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi hamda Xalq taʼlimi vazirligining qoʻshma buyrugʻi

2021-yil
1-yanvarga qadar

Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi
(U. Tashkenbayev),
Xalq taʼlimi vazirligi
(Sh. Shermatov),
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
(N. Xusanov)

Alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar uchun toʻsiqsiz muhit va imkoniyatlarni yaratish maqsadida ular oʻqiyotgan taʼlim muassasalarining binolari va jihozlariga qoʻyiladigan talablarni ishlab chiqish va tasdiqlash.

Idoraviy hujjat

2021-yil
1-martga qadar

Qurilish vazirligi
(B. Zokirov),
Xalq taʼlimi vazirligi
(Sh. Shermatov),
Favqulodda vaziyatlar vazirligi
(A. Qoʻldoshev),
manfaatdor vazirliklar
va idoralar

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari oʻquvchilari uchun kasbga oʻqitish kurslarini tashkil etish va sertifikat berish tartibini ishlab chiqish.

Vazirlar Mahkamasining qarori

2021-yil
1-iyunga qadar

Xalq taʼlimi vazirligi
(Sh. Shermatov),
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi
(I. Madjidov),
Sogʻliqni saqlash vazirligi
(A. Shadmanov),
Bandlik
va mehnat munosabatlari vazirligi
(N. Xusanov)

Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatoriga maxsus pedagog lavozimini kiritish.

Vazirlar Mahkamasining qarori

2021-yil
1-mayga qadar

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
(N. Xusanov),
Xalq taʼlimi vazirligi
(Sh. Shermatov),
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi
(I. Madjidov),
Sogʻliqni saqlash vazirligi
(A. Shadmanov)

Toshkent shahridagi ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari oʻquvchilarining ovqatlanishini autsorsing shartlarida tashkil etish toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash.

Vazirlar Mahkamasining qarori

2021-yil
1-mayga qadar

Xalq taʼlimi vazirligi
(Sh. Shermatov),
Sogʻliqni saqlash vazirligi
(A. Shadmanov),
Moliya vazirligi
(T. Ishmetov)

Davlat umumtaʼlim muassasalarining inklyuziv va tayanch korreksion sinflarida hamda kasb-hunar maktablarning ixtisoslashtirilgan guruhlarida ishlaydigan pedagog kadrlar va tibbiyot xodimlarining mansab yoʻriqnomasi va kasbiy standartlarini qayta koʻrib chiqish hamda ularga inklyuziv taʼlimni joriy qilishga oid vazifalarni kiritish.

Mansab yoʻriqnomasi va kasbiy standart

2021-yil
1-martga qadar

Xalq taʼlimi vazirligi
(Sh. Shermatov),
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi
(I. Madjidov),
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
(N. Xusanov)

Oliy taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari klassifikatorida “Defektologiya” taʼlim yoʻnalishi oʻrniga “Maxsus pedagogika” taʼlim yoʻnalishini kiritish.

Vazirlar Mahkamasining qarori

2021-yil
1-martga qadar

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi
(I. Madjidov),
Iqtisodiy taraqqiyot
va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi

(A. Ortiqov),
Bandlik
va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov)

Oʻquvchilarga uyda yakka tartibda taʼlim berayotgan oʻqituvchilar ish haqlarini hisoblash metodikasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Xalq taʼlimi vazirligi va Moliya vazirligining qoʻshma buyrugʻi

2021-yil
1-yanvarga qadar

Xalq taʼlimi vazirligi
(Sh. Shermatov),
Moliya vazirligi
(T. Ishmetov)

Voyaga yetmagan bolalarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish institutini yanada takomillashtirish. Bunda, shu jumladan:

voyaga yetmagan bolalarning huquqlari buzilishini oldini olishga qaratilgan mexanizmlarni joriy qilish;

voyaga yetmagan bolalarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga doir yagona davlat siyosatini olib borish;

voyaga yetmagan bolalarning huquqlarini taʼminlashga qaratilgan mexanizmlarni kuchaytirish va ularni monitoring qilish tartibini takomillashtirish;

voyaga yetmagan bolalarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda xalqaro standartlarni joriy qilish.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

2020-yil
1-dekabrga qadar

Bola huquqlari boʻyicha vakil
(A. Yunusova),
Bosh prokuratura (S. Ortiqova),
Xalq taʼlimi vazirligi
(Sh. Shermatov),
Maktabgacha taʼlim vazirligi
(A. Shin),
Sogʻliqni saqlash vazirligi
(A. Shadmanov),
Ichki ishlar vazirligi
(P. Bobojonov),
manfaatdor vazirlik va idoralar

II. Alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarga koʻrsatiladigan taʼlim xizmatlari sifatini yaxshilash

Boshlangʻich tayanch korreksion sinflarda oʻqitiladigan alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar uchun namunaviy adaptiv taʼlim dasturlarini ishlab chiqish, ularni keng jamoatchilik muhokamasiga qoʻyish va tasdiqlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil
1-mayga qadar

Xalq taʼlimi vazirligi
(Sh. Shermatov),
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi
(I. Madjidov)

Alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar taʼlim oladigan taʼlim muassasalarini maxsus oʻquv adabiyotlari va metodik-qoʻllanmalar bilan taʼminlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Ajratilgan
davlat budjeti mablagʻlari doirasida

2021-yil
1-avgustga qadar

Xalq taʼlimi vazirligi
(Sh. Shermatov),
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi
(I. Madjidov),
Moliya vazirligi
(T. Ishmetov)

Alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari rahbar va pedagog xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil
1-mayga qadar

Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi
(U. Tashkenbayev),
Xalq taʼlimi vazirligi
(Sh. Shermatov)

Alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarga inklyuziv taʼlim-tarbiya berishda innovatsion texnologiyalarni qoʻllash yuzasidan pedagog xodimlar uchun metodik tavsiyalar ishlab chiqish.

Uslubiy qoʻllanmalar

2021-yil
1-martga qadar

Xalq taʼlimi vazirligi
(Sh. Shermatov),
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi
(I. Madjidov)

A. Avloniy nomidagi Xalq taʼlimi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti oʻquv dasturlariga inklyuziv taʼlim-tarbiyaga oid maxsus oʻquv mashgʻulotlarini nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritish orqali taʼlim-tarbiya jarayoni samaradorligini oshirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil
1-yanvarga qadar

Xalq taʼlimi vazirligi
(Sh. Shermatov),
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi
(I. Madjidov)

Alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar taʼlim oladigan taʼlim muassasalari rahbarlari va pedagog xodimlarining malakasini oshirish.

Jadval asosida

Doimiy ravishda

Xalq taʼlimi vazirligi
(Sh. Shermatov)

Alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar taʼlim oladigan taʼlim muassasalarini malakali mutaxassislar bilan taʼminlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2020/2021 oʻquv yili davomida

Xalq taʼlimi vazirligi
(Sh. Shermatov),
Bandlik
va mehnat munosabatlari vazirligi
(N. Xusanov)

Kasbga oʻqitish kurslari tashkil etiladigan ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarini malakali kadrlar va zarur jihozlar bilan taʼminlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Mahalliy budjet mablagʻlari

2020/2021 oʻquv yili davomida

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari, Xalq taʼlimi vazirligi
(Sh. Shermatov),
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi
(I. Madjidov)

III. Inklyuziv taʼlim tizimini rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, ixtisoslashtirilgan taʼlim
muassasalarining moddiy-texnik bazasini yaxshilash

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarining kirish yoʻlaklari, yotoqxonalari, oʻquv va dam olish xonalari, oshxona hamda muassasaning boshqa muhim joylariga videokuzatuv moslamalarini oʻrnatish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Mahalliy budjet mablagʻlari

2021-yil
1-sentabrga qadar

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari,

Xalq taʼlimi vazirligi
(Sh. Shermatov),
Axborot texnologiyalari
va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
(Sh. Sadikov)

Alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarni kamsitish, ularga nisbatan shafqatsiz yoki inson qadr-qimmatini kamsituvchi muomalada boʻlishning oldini olishga qaratilgan mexanizmlarni ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil
1-sentabrga qadar

Yoshlar ishlari agentligi
(A. Sagdullayev),
Mahalla
va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi
(R. Mamatov),
Xalq taʼlimi vazirligi
(Sh. Shermatov),
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi
(M. Xodjimatov),
Bosh prokuratura
(S. Ortiqova),
Ichki ishlar vazirligi
(Sh. Sobirov)

Taʼlim muassasalarini bitirgan alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarni ish bilan taʼminlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2020-2021-yillar davomida

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
(N. Xusanov),
Yoshlar ishlari agentligi
(A. Sagdullayev),
Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi
(R. Mamatov),
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

Alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarning taʼlim olish huquqi va erkinligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash, shuningdek bolalarning madaniyat, sanʼat, sport va boshqa yoʻnalishlarda erishgan yutuqlari toʻgʻrisida targʻibot tadbirlarini oʻtkazish.

Inklyuziv taʼlim-tarbiyani matbuot va ijtimoiy tarmoqlarda keng targʻib etish.

Ijtimoiy reklama va roliklar, tele-
va radio eshittirishlar, maqolalar

Doimiy ravishda

MTRK (A. Xadjayev),
OʻzA (A. Koʻchimov),
Xalq taʼlimi vazirligi
(Sh. Shermatov),
Mahalla
va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi
(R. Mamatov),
Respublika Maʼnaviyat
va maʼrifat markazi
(M. Xodjimatov)

Manfaatdor vazirlik va idoralarning mutaxassislari hamda inklyuziv taʼlimning bevosita ishtirokchilarini jalb qilgan holda inklyuziv taʼlim muammolariga bagʻishlangan seminarlar va anjumanlar oʻtkazish.

Grafik asosida

Doimiy ravishda

Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov), manfaatdor vazirlik va idoralar

Inklyuziv taʼlim boʻyicha ijobiy xorijiy tajribalarni oʻrganish va xalqaro aloqalarni yoʻlga qoʻyish.

Xorijiy mamlakatlar konferensiyalarida ishtirok etish, kompleks chora-tadbirlar

2020-2021-yillar davomida

Xalq taʼlimi vazirligi
(Sh. Shermatov),
manfaatdor vazirliklar va idoralar

Alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarga taʼlim-tarbiya berish masalalari boʻyicha ota-onalar uchun onlayn oʻquv kurslarini tashkil etish va video maʼruzalarni Xalq taʼlimi vazirligining veb-saytida joylashtirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2020-2021-yillar davomida

Xalq taʼlimi vazirligi
(Sh. Shermatov)

Alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarga umumtaʼlim maktablarida qoʻshimcha taʼlim berishga qaratilgan taʼlim xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha taklif kiritish.

Vazirlar Mahkamasiga tahliliy maʼlumotnoma kiritish

2021-yil
1-yanvar

Xalq taʼlimi vazirligi
(Sh. Shermatov),
Moliya vazirligi
(T. Ishmetov)

Xorijiy mutaxassislar tomonidan ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarida taʼlim olayotgan oʻquvchilarga begʻaraz (xayriya) tibbiy yordam koʻrsatilishini tashkil qilish hamda davolash va jarrohlik amaliyotlarini oʻtkazish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2020/2021 oʻquv yili davomida

Sogʻliqni saqlash vazirligi
(A. Shadmanov),
Xalq taʼlimi vazirligi
(Sh. Shermatov),
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
(L. Kudratov)

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari oʻquvchilarining boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida musiqa, rassomchilik, tasviriy sanʼat, kulolchilik va boshqa toʻgaraklarni ochish hamda ularni amaldagi meʼyorga muvofiq musiqa asboblari bilan taʼminlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Ijrochining budjetdan tashqari mablagʻlari

2020/2021 oʻquv yili davomida

Madaniyat vazirligi
(O. Nazarbekov),
Xalq taʼlimi vazirligi
(Sh. Shermatov),
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarining sport zallarini sport jihozlari va anjomlari hamda davolash-sogʻlomlashtirish asbob-uskunalari bilan taʼminlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Ijrochilarning budjetdan tashqari mablagʻlari

2020/2021 oʻquv yili davomida

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
(D. Nabiyev),
Sogʻliqni saqlash vazirligi
(A. Shadmanov),
Xalq taʼlimi vazirligi
(Sh. Shermatov),
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarida bittadan kompyuter sinf xonalarini zamonaviy kompyuterlar bilan taʼminlash, ularda oʻquvchilarni fikrlashga yoʻnaltiradigan kompyuter oʻyinlari bazasini yaratish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Ijrochilarning budjetdan tashqari mablagʻlari

2020/2021 oʻquv yili davomida

Axborot texnologiyalari
va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
(Sh. Sadikov),
Xalq taʼlimi vazirligi
(Sh. Shermatov),
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarini oʻqishga tavsiya etilgan badiiy adabiyotlar bilan taʼminlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Ijrochining budjetdan tashqari mablagʻlari

2020/2021 oʻquv yili davomida

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi
(A. Xodjayev),
Yozuvchilar uyushmasi
(S. Sayid),
Xalq taʼlimi vazirligi
(Sh. Shermatov),
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarida kasb-hunar oʻrganayotgan qizlarning kasbiy koʻnikmalarini rivojlantirish maqsadida ushbu muassasalarni zarur miqdorda tikuv mashinalari va boshqa anjomlar bilan taʼminlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Ijrochining budjetdan tashqari mablagʻlari

2020/2021 oʻquv yili davomida

Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi
(R. Mamatov),
Xalq taʼlimi vazirligi
(Sh. Shermatov),
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Izoh:

1. Tadbirlarni amalga oshirish shakli oʻzgarishi, ishlab chiqiladigan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar esa huquqiy munosabatlarni tartibga solish predmeti va sohasidan kelib chiqqan holda birlashtirilishi mumkin;

2. Ikki va undan ortiq bandlar birlashtirilganda ushbu bandlar uchun belgilangan eng kech muddat ijro muddati etib belgilanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 13-oktabrdagi PQ-4860-son qaroriga
3-ILOVA
Alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar taʼlimini 2025-yilgacha rivojlantirishning
MAQSADLI KOʻRSATKICHLARI (INDIKATORLARI)

T/r

Maqsadli koʻrsatkichlar

Oʻlchov birligi

Yillik koʻrsatkichlar

Joriy holat

2021-yil

2022-yil

2023-yil

2024-yil

2025-yil

I. Alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarning inklyuziv taʼlimga kengroq qamrab olinishiga erishish

1.

Inklyuziv taʼlim tizimi joriy qilingan umumiy oʻrta taʼlim muassasalari ulushi

Foizda (umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining umumiy soniga nisbatan)

18,4

27

33

39

47

51

2.

Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida inklyuziv taʼlim shartlarida taʼlim olayotgan alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar ulushi

Foizda (alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarning umumiy soniga nisbatan)

16,5

20

24

29

35

40

3.

Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida korreksion sinflarda taʼlim olayotgan alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar ulushi

Foizda (alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarning umumiy soniga nisbatan)

0,4

1,3

2,2

3,1

4

4.

Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarida taʼlim olayotgan bolalar ulushi

Foizda (alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarning umumiy soniga nisbatan)

26,8

25

23

21

19

16

5.

Uyda yakka tartibda taʼlim olayotgan alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar ulushi

Foizda (alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarning umumiy soniga nisbatan)

16,8

15

14

13

12

11

6.

Musiqa, rassomchilik, tasviriy sanʼat, kulolchilik, jismoniy tarbiya va sport, kompyuter, tikuvchilik va boshqa maktabdan tashqari toʻgaraklarga qatnashayotgan alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar ulushi

Foizda (alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarning umumiy soniga nisbatan)

3,9

5,8

6,8

7,9

9,9

12

II. Inklyuziv taʼlim tizimi uchun pedagog kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish

7.

Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarini malakali maxsus pedagoglar bilan taʼminlash

Nafar

31

93

155

217

310

8.

Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarini malakali tyutorlar (yordamchi pedagog xodimlar) bilan taʼminlash

Nafar

31

93

155

217

310

9.

Maxsus pedagoglarning malakasini oshirish va qayta tayyorlash

Foizda (maxsus pedagoglarning umumiy soniga nisbatan)

4,8

10

15

20

30

50

10.

Tyutorlarning malakasini oshirish va qayta tayyorlash

Foizda (tyutorlarning umumiy soniga nisbatan)

4,8

10

15

20

30

50

11.

Alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar taʼlim olayotgan umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining rahbar kadrlari malakasini oshirish va qayta tayyorlash

Foizda (rahbar kadrlarning umumiy soniga nisbatan)

15

26

38

50

60

75

12.

Alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarda oʻrta maxsus maʼlumotli pedagog kadrlar ulushi

Foizda (pedagog kadrlarning umumiy soniga nisbatan)

26,2

20

16

12

8

0

III. Inklyuziv taʼlim tizimi joriy qilingan umumtaʼlim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash

13.

Alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar uchun zarur maxsus jihozlar, oʻquv adabiyotlar va metodik-qoʻllanmalar bilan taʼminlangan umumiy oʻrta taʼlim muassasalari ulushi

Foizda (umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining umumiy soniga nisbatan)

2,4

5

8

Tasdiqlanadigan reja asosida

14.

Alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar uchun zarur maxsus jihozlar bilan taʼminlangan maktabdan tashqari taʼlim muassasalari ulushi

Foizda (maktabdan tashqari taʼlim muassasalarining umumiy soniga nisbatan)

40,5

62

72

81

91

100

15.

Oʻquv jarayonlarini tashkil etishda alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar uchun masofaviy oʻqitish elementlarini joriy qilgan umumiy oʻrta taʼlim muassasalari soni

Soni

250

310

550

1 000

1 500

16.

Tashkil etilgan inklyuziv taʼlimning resurs markazlari soni

Soni

5

14

55

87

144

203

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.10.2020-y., 07/20/4860/1383-son)