O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasining Davlat qarziga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha kafolat jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida
(qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-oktabrdagi 558-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.10.2023-y., 09/23/558/0795-son)
Ilg‘or xalqaro tajriba asosida davlat qarziga o‘z vaqtida, to‘liq va kafolatli xizmat ko‘rsatilishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
1. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasining yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan Davlat qarziga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha kafolat jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Kafolat jamg‘armasi) tashkil etilsin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-oktabrdagi 558-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.10.2023-y., 09/23/558/0795-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasining Davlat qarziga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha kafolat jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
(2-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-oktabrdagi 558-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.10.2023-y., 09/23/558/0795-son)
Kafolat jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish manbalari hamda ulardan foydalanish yo‘nalishlarini belgilash;
davlat qarzi hisobiga moliyalashtirilgan loyiha va dasturlar bo‘yicha qarzdor tashkilotlar yoki qayta moliyalashtiruvchi banklar o‘z qarz to‘lovlarini vaqtida va to‘liq amalga oshirmagan holatlarda mazkur qarzdorlikni qarzdor tashkilotlardan undirish sharti bilan Kafolat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplash;
Kafolat jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga qarzdorliknn qoplash va Kafolat jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga qoplangan mablag‘larni qarzdordan undirish tartibi;
Kafolat jamg‘armasining bo‘sh turgan mablag‘larini vaqtincha depozitga joylashtirish, chet el valyutasini sotish va sotib olish hamda yuqori likvidli qimmatli qog‘ozlarga investitsiya qilish orqali samarali boshqarish;
Kafolat jamg‘armasi mablag‘larining hisobi va hisobotini yuritish.
3. Belgilansinki:
davlat qarzi hisobiga moliyalashtirilgan loyiha va dasturlar bo‘yicha qarzdor tashkilotlar yoki qayta moliyalashtiruvchi banklar o‘z qarz to‘lovlarini vaqtida va to‘liq amalga oshirmagan holatlarda mazkur qarzdorlik, birinchi navbatda Kafolat jamg‘armasi mablag‘lari, Kafolat jamg‘armasi mablag‘lari yetarli bo‘lmagan taqdirda esa O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga qoplanadi;
Kafolat jamg‘armasi mablag‘lari va O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga qoplangan qarzdorlik, hisoblangan penya va jarima to‘lovlari qarzdor tashkilotlar yoki qayta moliyalashtiruvchi banklar tomonidan mos ravishda Kafolat jamg‘armasi yoki O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga qaytariladi.
4. Davlat qarzi hisobiga moliyalashtirilgan loyiha va dasturlar bo‘yicha qarzdor tashkilotlar yoki qayta moliyalashtiruvchi banklar:
har yili keyingi moliya yili uchun shakllantiriladigan biznes reja yoki xarajatlar smetalarida qarz to‘lovlari bilan bog‘liq xarajatlarni majburiy ravishda nazarda tutsin;
qarzlarni o‘z vaqtida to‘lash maqsadida qo‘shimcha daromad manbalarini aniqlashtirib borsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 2020-yil 15-noyabrga qadar ushbu qaror mazmunidan kelib chiqib O‘zbekiston Respublikasi Budjet kodeksiga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo‘chqorov va O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziri T.A. Ishmetov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 21-sentabr,
573-son

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 21-sentabrdagi 573-son qaroriga

1-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasining Davlat qarziga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha kafolat jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risida
nizom
(ilova nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-oktabrdagi 558-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.10.2023-y., 09/23/558/0795-son)
1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda — G‘aznachilik) Davlat qarziga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha kafolat jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Kafolat jamg‘armasi) mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-oktabrdagi 558-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.10.2023-y., 09/23/558/0795-son)
2. Kafolat jamg‘armasi davlat qarziga o‘z vaqtida, to‘liq va kafolatli xizmat ko‘rsatishni ta’minlash maqsadida tuziladi.
Kafolat jamg‘armasi daromadlari va xarajatlari O‘zbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan budjeti tarkibiga kiritiladi.
3. Kafolat jamg‘armasi yuridik shaxs hisoblanmaydi va uning mablag‘lari milliy va chet el valyutasida shaxsiy g‘azna hisobvaraqlarida jamlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Davlat qarzi hisobiga moliyalashtiriladigan dasturlar O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi (keyingi o‘rinlarda — Iqtisodiyot va moliya vazirligi) tomonidan suveren xalqaro obligatsiyalar chiqarish, budjetni qo‘llab-quvvatlash dasturlarini amalga oshirish va boshqa dasturlarni o‘z ichiga oladi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-oktabrdagi 558-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.10.2023-y., 09/23/558/0795-son)
5. Davlat qarzi hisobiga moliyalashtiriladigan loyihalar davlat tashkilotlari va boshqa tashkilotlar tomonidan ishlab chiqiladi va ushbu qarz ularning o‘z mablag‘lari yoki O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga qoplanishi nazarda tutilgan loyihalarni o‘z ichiga oladi.
Oldingi tahrirga qarang.
6. O‘zbekiston Respublikasining davlat kafolati uchun to‘lovlar (keyingi o‘rinlarda — taqdirlash puli) kreditni qaytarish jadvaliga muvofiq foiz hisoblash davri mobaynida kredit bo‘yicha qarzdorlikning kunlik qoldig‘idan kamida yillik 0,5 % miqdorida hisoblanib, yig‘ib boriladi hamda foizlar va asosiy qarz to‘lanadigan tegishli sanalarda (to‘lov kunidan oldin amalga oshirilgan to‘lovlar ham) “O‘zbekiston Respublikasi valyuta birjasi” AJ savdo sessiyalarida belgilangan joriy kurs bo‘yicha teng miqdorda so‘mda to‘lanadi.
To‘lash manbai Davlat budjeti mablag‘lari bo‘lgan kreditlar bo‘yicha taqdirlash puli undirilmaydi.
Taqdirlash pulini to‘lash uch bank ish kunidan ortiq muddat mobaynida kechiktirilgan taqdirda, qarz oluvchilar tomonidan muddati o‘tkazib yuborilgan summaga qo‘shimcha ravishda har bir kechiktirilgan kun uchun muddati o‘tkazib yuborilgan qarz summasining 0,1 foizi miqdorida penya to‘lanadi, biroq bunda penyaning umumiy summasi kafolat uchun hisoblangan to‘lov miqdorining 50 foizidan oshib ketmasligi lozim.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 63-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/63/0106-son)
Oldingi tahrirga qarang.
7. O‘zbekiston Respublikasi nomidan chet el valyutasida jalb qilingan kreditlarni (qarzlarni) qaytadan kreditlashda kredit (qarz) bo‘yicha xizmat ko‘rsatish yuzasidan ehtimoldagi tavakkalchiliklarni qoplash maqsadida foydalanish uchun qayta kreditlanadigan bitimlarda Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan jalb qilinayotgan kredit (qarz) stavkasining 50 foizidan oshmaydigan miqdorda O‘zbekiston Respublikasi marjasi (keyingi o‘rinlarda — marja) belgilanadi.
(7-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-oktabrdagi 558-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.10.2023-y., 09/23/558/0795-son)
To‘lash manbai Davlat budjeti mablag‘lari bo‘lgan qayta kreditlanadigan bitimlarda marja belgilanmaydi.
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasining hujjatlariga muvofiq taqdirlash puli va (yoki) marjadan to‘liq yoki qisman ozod qilish bo‘yicha imtiyoz berilishi mumkin.
2-bob. Kafolat jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish
9. Quyidagilar Kafolat jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish manbalari hisoblanadi:
a) jalb etiladigan kreditlar (qarzlar) bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining davlat kafolatlari berilganligi uchun undiriladigan taqdirlash puli;
b) O‘zbekiston Respublikasi nomidan chet el valyutasida jalb qilinadigan va shu valyutada kayta kreditlanadigan bitimlardagi kredit (qarz) bo‘yicha qarzdorlik to‘liq to‘langan taqdirda, kredit (qarz) bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi marjasining foydalanilmay qolgan summasiga teng miqdorda O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetidan o‘tkaziladigan mablag‘lar;
v) O‘zbekiston Respublikasi nomidan chet el valyutasida jalb qilinadigan va milliy valyuta, shuningdek, chet el valyutasida qayta kreditlanadigan bitimlar bo‘yicha to‘lov muddatlarining talablari to‘liq bajarilmaganda muddati o‘tgan qarzdorliklar (asosiy qarz, foiz, marja va boshqa to‘lovlar) yuzasidan hisoblangan va to‘langan (undirilgan) penyalar (shu bilan birgalikda jarimalar);
Oldingi tahrirga qarang.
g) O‘zbekiston Respublikasi nomidan tuziladigan barcha turdagi halqaro va mahalliy qarz bitimlarida, qayta kreditlash bitimlarida, Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan chet el valyutasida mablag‘larni depozitga qo‘yish, ssuda va kredit liniyalarini ajratish hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi oldidagi boshqa majburiyatlar bo‘yicha shartnomalarda belgilangan moliyaviy shartlar va talablarning (kovenantlar) buzilishi holatlari aniqlanganda undiriladigan to‘lovlar;
(9-bandning “g” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-oktabrdagi 558-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.10.2023-y., 09/23/558/0795-son)
d) O‘zbekiston Respublikasi nomidan xorijdan mablag‘ jalb qilish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi nomidan shartnomalar tuzish huquqiga ega bo‘lgan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yoki ular vakolat bergan organ tomonidan chet el valyutasida jalb qilinadigan yoki milliy valyutada qayta kreditlanadigan bitimlarda kreditlarning foiz to‘lovlari o‘rtasidagi ijobiy farqdan tushadigan tushumlar;
Oldingi tahrirga qarang.
e) Iqtisodiyot va moliya vazirligida vaqtincha bo‘sh turgan xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat moliya tashkilotlaridan jalb qilingan qarzlarni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va tijorat banklariga belgilangan tartibda depozitga joylashtirishdan olinadigan daromadlar;
(9-bandning “e” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-oktabrdagi 558-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.10.2023-y., 09/23/558/0795-son)
j) O‘zbekiston Respublikasining xalqaro obligatsiyalarini joylashtirishdan tushgan mablag‘larni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va tijorat banklariga belgilangan tartibda depozitga joylashtirishdan olinadigan foiz to‘lovlari o‘rtasidagi ijobiy farq bo‘yicha daromadlar;
z) qayta kreditlash shartnomalariga asosan qarzdorlar tomonidan qaytarilgan mablag‘larning davlat tashqi qarzi to‘lovlaridan ortib qolgan qismini kelgusida davlat tashqi qarzi to‘lovlari uchun zaxira sifatida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va tijorat banklariga belgilangan tartibda depozitga joylashtirishdan olinadigan daromadlar;
i) Kafolat jamg‘armasining vaqtincha bo‘sh turgan milliy va chet el valyutasidagi mablag‘larini O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va tijorat banklariga belgilangan tartibda depozitga joylashtirishdan hamda yuqori likvidli qimmatli qog‘ozlarga investitsiya qilishdan olinadigan daromadlar;
Oldingi tahrirga qarang.
k) O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetiga tushadigan O‘zbekiston Respublikasining xalqaro obligatsiyalarini joylashtirishdan tushgan mablag‘larni depozitga joylashtirish, kredit liniyasi ochish va budjet ssudasini ajratishdan foiz tarzida to‘lanadigan daromadlardan olingan foyda solig‘i miqdorida O‘zbekiston Respublikasi respublika budjeti daromadlarini ushbu summaga kamaytirgan holda o‘tkaziladigan ajratmalar;
(9-bandning “k” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi PQ-73-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 07/21/73/1227-son)
Oldingi tahrirga qarang.
l) O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetiga tushadigan yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqning (noruda foydali qazilmalardan tashqari) prognozdan orttirib bajarilgan qismining 50 foizi miqdorida, lekin yillik jami 150 mlrd. so‘mdan ko‘p bo‘lmagan miqdorda O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetidan ajratmalar;
(9-bandning “l” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi PQ-73-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 07/21/73/1227-son)
Oldingi tahrirga qarang.
m) qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar;
(9-bandning “m” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
n) davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitim muvaffaqiyatli rasmiylashtirilganligi uchun tender g‘olibidan yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar ishtirokchisidan undiriladigan bir martalik to‘lovlarning 50 foizi miqdoridagi ajratmalar;
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 509-sonli qaroriga asosan “n” kichik band bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/509/0784-son)
Oldingi tahrirga qarang.
o) O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan ajratiladigan mablag‘lar.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-oktabrdagi 558-sonli qaroriga asosan “o” kichik band bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.10.2023-y., 09/23/558/0795-son)
3-bob. Kafolat jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish
10. Kafolat jamg‘armasi mablag‘laridan quyidagi maqsadlar uchun foydalaniladi:
a) qarzdor tashkilotlar davlat qarzi bo‘yicha to‘lovlarni o‘z vaqtida va to‘liq amalga oshirmagan holatlarda qarzdor tashkilotlar tomonidan qayta qoplash sharti bilan qarz to‘lovlarini amalga oshirish;
b) O‘zbekiston Respublikasi nomidan chet el valyutasida jalb qilingan davlat tashqi qarz mablag‘larini milliy valyuta hamda chet el valyutasida amalga oshiriladigan loyihalarni moliyalashtirish natijasida yuzaga keladigan valyuta kursi xatarlarining oldini olish uchun. Bunda chet el valyutasida jalb qilingan va milliy valyuta hamda chet el valyutasida berilgan kreditlarning foiz to‘lovlari o‘rtasidagi ijobiy farq Kafolat jamg‘armasida jamlanadi va valyuta kursi o‘zgarishi ta’sirida yuzaga keladigan tafovutlar ushbu mablag‘lar hisobiga qoplanadi;
v) chet el valyutasini sotish va sotib olish;
Oldingi tahrirga qarang.
g) davlat sherigining aybi bilan davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitim doirasida davlat-xususiy sheriklik loyihasi bo‘yicha yuzaga kelgan zararlarni qoplash;
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 509-sonli qaroriga asosan “g” kichik band bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/509/0784-son)
Oldingi tahrirga qarang.
d) O‘zbekiston Respublikasining xalqaro obligatsiyalarini joylashtirishdan tushgan mablag‘larni depozitga joylashtirish, kredit liniyasi ochish va budjet ssudasini ajratishdan foiz tarzida olinadigan daromadlar va obligatsiyaning tashqi kupon foiz to‘lovi o‘rtasida yuzaga keladigan salbiy farqni qoplash;
e) qarzdor tashkilotlar tomonidan qayta kreditlash shartnomalariga muvofiq majburiyatlar to‘liq amalga oshirilgandan so‘ng davlat qarzi to‘lovlarining yetishmagan qismini to‘lash. Shuningdek, davlat qarzi bilan bog‘liq yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan boshqa turli to‘lovlar ham jamg‘arma mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishi mumkin;
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 63-sonli qaroriga asosan “d” va “e” kichik bandlar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/63/0106-son)
Oldingi tahrirga qarang.
j) davlat-xususiy sheriklik loyihalaridan yuzaga keladigan davlatning shartli majburiyatlari bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-oktabrdagi 558-sonli qaroriga asosan “j” kichik band bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.10.2023-y., 09/23/558/0795-son)
11. Kafolat jamg‘armasi mablag‘laridan mazkur Nizomning 10-bandida nazarda tutilmagan boshqa maqsadlar uchun foydalanish taqiqlanadi.
4-bob. Kafolat jamg‘armasi mablag‘larini boshqarish
12. Davlat qarzi hisobiga moliyalashtirilgan loyiha va dasturlar bo‘yicha qarzdor tashkilotlar yoki qayta moliyalashtiruvchi banklar o‘z qarz to‘lovlarini vaqtida va to‘liq amalga oshirmagan holatlarda mazkur qarzdorlik, birinchi navbatda, Kafolat jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga, Kafolat jamg‘armasi mablag‘lari yetmagan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘laridan qaytariladi.
13. Kafolat jamg‘armasining joriy moliya yilida foydalanilmagan mablag‘lari moliya yili oxirida O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetiga olib qo‘yilmaydi va ulardan keyingi yillarda foydalaniladi.
14. Kafolat jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga davlat tashqi qarzi uchun amalga oshirilgan to‘lovdan so‘ng bir bank ish kuni mobaynida G‘aznachilik tomonidan qarzdor tashkilot(lar)ga amalga oshirilgan to‘lov va qarzlarni qaytarish bo‘yicha xabarnoma jo‘natiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
15. Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan qarzdor tashkilot o‘rtasida tuzilgan qayta kreditlash shartnomalarida boshqa muddat belgilanmagan bo‘lsa, qarzdor tashkilotning qarzdorligi Kafolat jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga to‘langan kundan boshlab Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan qarzdor tashkilotning asosiy bank hisobvaraqlariga inkasso topshiriqnomalari qo‘yiladi. Inkasso topshiriqnomalari qonunchilik hujjatlari talablari asosida bajariladi.
(15-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-oktabrdagi 558-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.10.2023-y., 09/23/558/0795-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi amaldagi qarzdor tashkilotlarning qarzdorligini mahalliy budjetlarning qo‘shimcha daromadlari yoki boshqa sherik qarzdorlar mablag‘lari hisobiga undirib olish bo‘yicha qonunchilik hujjatlari doirasida choralar ko‘radi.
(15-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-oktabrdagi 558-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.10.2023-y., 09/23/558/0795-son)
Qarzdor tashkilotlardan to‘lovlar 30 kalendar kun davomida to‘liq qaytarilmagan taqdirda, mazkur to‘lanmagan qarzdorlik va unga hisoblangan penyalar hamda qo‘llanilgan jarimalar sud tartibida undiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
16. Qarzdor tashkilotlarning qarzdorligi Kafolat jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga to‘lanishidan qati nazar, qarzdor tashkilotning qayta kreditlash shartnomalariga muvofiq Iqtisodiyot va moliya vazirligi oldidagi majburiyatlari o‘z kuchida qoladi hamda o‘z vaqtida qoplanmagan muddati o‘tgan qarzdorliklar uchun shartnoma shartlari bo‘yicha penyalar va jarimalar qo‘llanilanadi.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-oktabrdagi 558-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.10.2023-y., 09/23/558/0795-son)

5-bob. Kafolat jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish yuzasidan hisob va hisobot

17. Kafolat jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish hisobi G‘aznachilik tomonidan yuritiladi va choraklik, yarim yillik hamda yillik hisobotlar tuziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
18. G‘aznachilik Kafolat jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish to‘g‘risidagi hisobotni Iqtisodiyot va moliya vazirligiga taqdim etadi.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-oktabrdagi 558-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.10.2023-y., 09/23/558/0795-son)

6-bob. Yakunlovchi qoidalar

Oldingi tahrirga qarang.
19. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
20. Ushbu Nizomni amalga oshirishda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal qilinadi.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 21-sentabrdagi 573-son qaroriga

2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan
O‘ZGARTIRIShLAR
1. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 8-yanvardagi 7-son qarori bilan tasdiqlangan Jalb etiladigan xorijiy kreditlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi kafolatlari berilganligi uchun to‘lov undirish tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
a) 2-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“2. O‘zbekiston Respublikasining kafolati ostida jalb etiladigan xorijiy kreditlar bo‘yicha qarz oluvchilardan (subqarz oluvchilardan) tushadigan taqdirlash puli O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligi huzuridagi Kafolat jamg‘armasi daromadlarini shakllantirish manbalari sifatida hisobga olinadi va Kafolat jamg‘armasining chet el va milliy valyutadagi ochilgan shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga o‘tkaziladi”;
b) 4-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“4. O‘zbekiston Respublikasining kafolatlari uchun to‘lovlar qarzlarning qoldiq summasiga kamida yillik 0,5 foiz miqdorida belgilanadi.
To‘lash manbai Davlat budjeti mablag‘lari bo‘lgan kreditlar bo‘yicha taqdirlash puli undirilmaydi.”;
v) 8-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“8. Qarz oluvchilar (subqarz oluvchilar) tomonidan to‘langan taqdirlash puli qaytarilmaydi va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligi huzuridagi Kafolat jamg‘armasi tasarrufida qoladi”.
2. Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 10-iyuldagi 189-son qarori bilan tasdiqlangan Qishloq joylarda namunaviy loyihalar bo‘yicha yakka tartibdagi uy-joy qurilishi doirasida Islom taraqqiyot bankining jalb etilgan moliyaviy mablag‘laridan foydalanish, ularga xizmat ko‘rsatish va ularni qaytarish tartibi to‘g‘risidagi nizomida:
a) 27 va 30-bandlar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
b) Nizomga ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Qishloq joylarda namunaviy loyihalar bo‘yicha yakka tartibdagi uy-joy qurilishi” loyihasi doirasida Islom taraqqiyot bankining moliyaviy mablag‘larini, shu jumladan, ustama haqi qaytarilishi
SXEMASI

T/R

Ko‘rsatkichlar nomi

Qarzning qaytarilishi

O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti mablag‘lari hisobiga

Ishtirok etuvchi tijorat banklari mablag‘lari hisobiga

(Qishloq qurilish bank bilan tuzilgan Islom taraqqiyot banki moliyaviy mablag‘lariga xizmat ko‘rsatish va qaytarish haqidagi shartnomaga asosan asosiy qarz va foizlar bo‘yicha tushumlar hisobiga)

1.

Qishloq joylarda namunaviy loyihalar bo‘yicha yakka tartibdagi uy-joy qurish uchun ajratilgan mablag‘lar, shu jumladan, ustama haqi xarajatlari

100%

Qarzni qaytarishda vujudga keladigan valyuta kursinining o‘zgarishi bilan bog‘liq xarajatlar, shu jumladan, ustama haqi xarajatlari

100%

2.

Suv ta’minoti va kirish avtomobil yo‘llari qurilishi uchun sarflangan moliyalashtirish xarajatlari, shu jumladan, ustama haqi xarajatlari

100%

3.

Loyihani amalga oshirish bo‘limini moliyalashtirish bilan bog‘liq xarajatlar, shu jumladan, ustama haqi xarajatlari

100%

”.

3. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq joylarda namunaviy loyihalar bo‘yicha yakka tartibdagi uy-joy qurilishi doirasida Islom taraqqiyot bankining jalb etilgan moliyaviy mablag‘laridan foydalanish, ularga xizmat ko‘rsatish va ularni qaytarish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish haqida” 2018-yil 6-fevraldagi 79-son qaroriga ilovaning 4 va 5-bandlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.

(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.09.2020-y., 09/20/573/1306-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/509/0784-son, 30.12.2021-y., 07/21/73/1227-son; 08.02.2022-y., 09/22/63/0106-son, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 24.10.2023-y., 09/23/558/0795-son)