Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Oʻzbekiston Respublikasining maʼmuriy-hududiy tuzilishi toʻgʻrisida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2020-yil 19-mayda qabul qilingan
Senat tomonidan 2020-yil 7-avgustda maʼqullangan
Senat tomonidan 2020-yil 7-avgustda maʼqullangan
1-bob. Umumiy qoidalar
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonunning maqsadi Oʻzbekiston Respublikasining maʼmuriy-hududiy tuzilishi sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining maʼmuriy-hududiy tuzilishi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari
Oʻzbekiston Respublikasining maʼmuriy-hududiy tuzilishi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
3-modda. Asosiy tushunchalar
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
viloyat boʻysunuvidagi shaharlar (Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻysunuvidagi shaharlar) — aholisining soni, qoida tariqasida, kamida oʻttiz ming kishi boʻlgan, muhim maʼmuriy ahamiyatga, rivojlangan infratuzilmaga ega, shuningdek istiqbolli iqtisodiy va madaniy markazlar boʻlgan aholi punktlari;
maʼmuriy-hududiy tuzilish — Oʻzbekiston Respublikasi hududini maʼmuriy-hududiy birliklarga boʻlish;
maʼmuriy-hududiy tuzilish masalalari — maʼmuriy-hududiy birliklarni tuzish, tugatish va ularning chegaralarini oʻzgartirish, maʼmuriy-hududiy birliklarning maʼmuriy markazlarini belgilash va koʻchirish, maʼmuriy-hududiy birliklarning boʻysunuvini oʻzgartirish;
respublika boʻysunuvidagi shaharlar — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari bilan aniqlanishi mumkin boʻlgan, strategik ahamiyatga, yirik sanoat korxonalariga va rivojlangan infratuzilmaga ega, shuningdek istiqbolli iqtisodiy va madaniy markazlar boʻlgan aholi punktlari;
tuman boʻysunuvidagi shaharlar — aholisining soni, qoida tariqasida, kamida yetti ming kishi boʻlgan, sanoat korxonalariga va rivojlangan infratuzilmaga ega boʻlgan aholi punktlari;
tumanlar — viloyatlar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi tarkibidagi, qoida tariqasida, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar va ovullardan iborat boʻlgan maʼmuriy hududiy birliklar;
chegara chizigʻining tavsifi — chegara chizigʻining yoʻnalishi va maʼmuriy-hududiy birlik chegaralarining kartografik chizmasida koʻrsatilgan, chegara chizigʻini burilish nuqtalarining koordinatalari, shuningdek joyning tegishli topografik elementlari bilan bogʻlaydigan chegara nuqtalari oʻrtasidagi masofa koʻrsatilgan holda, chegara chizigʻining oʻtish tavsifini oʻz ichiga olgan asosiy hujjat;
shaharlardagi tumanlar — shaharlarning maʼmuriy-hududiy birlik maqomidagi, aholisining soni, qoida tariqasida, kamida yigirma ming kishi boʻlgan, fuqarolar yigʻinlaridan (mahallalardan) iborat boʻlgan qismi;
shaharchalar — aholisining soni, qoida tariqasida, kamida ikki ming kishi boʻlgan, sanoat korxonalari, temir yoʻl stansiyalari va boshqa muhim obyektlar yaqinida joylashgan, fuqarolar yigʻinlaridan (mahallalardan) iborat boʻlgan aholi punktlari;
Oʻzbekiston Respublikasining maʼmuriy-hududiy birliklari — viloyatlar, tumanlar, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar, ovullar, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasi;
qishloqlar va ovullar — tumanlar hududida joylashgan, fuqarolar yigʻinlaridan (mahallalardan) iborat boʻlgan aholi punktlari.
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining maʼmuriy-hududiy tuzilishi sohasidagi asosiy prinsiplar
Oʻzbekiston Respublikasining maʼmuriy-hududiy tuzilishi sohasidagi asosiy prinsiplar quyidagilardan iborat:
Oʻzbekiston Respublikasi hududining yaxlitligi va boʻlinmasligi;
qonuniylik;
maʼmuriy-hududiy birliklardagi davlat boshqaruvining samaradorligi;
maʼmuriy-hududiy birliklarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirilishi.
5-modda. Oʻzbekiston Respublikasi maʼmuriy-hududiy tuzilishining tarkibiy qismlari
Oʻzbekiston Respublikasi viloyatlar, tumanlar, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar, ovullardan, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasidan iborat.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 83-moddasi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi tumanlar, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar va ovullardan iborat.
Viloyatlar tumanlardan, shuningdek viloyat va tuman boʻysunuvidagi shaharlardan, shaharchalar, qishloqlar hamda ovullardan iborat. Viloyat boʻysunuvidagi shaharlar doirasida ham tumanlar tashkil qilinishi mumkin.
Viloyatlarning maʼmuriy-hududiy chegaralari doirasida respublika boʻysunuvidagi shaharlar boʻlishi mumkin.
Toshkent shahri tumanlardan iborat.
2-bob. Oʻzbekiston Respublikasining maʼmuriy-hududiy tuzilishi sohasini davlat tomonidan tartibga solish
6-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Oʻzbekiston Respublikasining maʼmuriy-hududiy tuzilishi sohasidagi vakolatlari
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari oʻz vakolatlari doirasida:
Oʻzbekiston Respublikasining maʼmuriy-hududiy tuzilishi masalalariga doir qarorlar qabul qiladi;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Oʻzbekiston Respublikasining maʼmuriy-hududiy tuzilishi masalalariga doir takliflarini koʻrib chiqadi;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining Qoraqalpogʻiston Respublikasining maʼmuriy-hududiy tuzilishi masalalariga doir takliflarini kelishadi.
Oʻzbekiston Respublikasining maʼmuriy-hududiy tuzilishi masalalarini koʻrib chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari tomonidan ularning reglamentlari asosida amalga oshiriladi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasi.
7-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Oʻzbekiston Respublikasining maʼmuriy-hududiy tuzilishi sohasidagi vakolatlari
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi oʻz vakolatlari doirasida:
Oʻzbekiston Respublikasining maʼmuriy-hududiy tuzilishi masalalariga doir takliflar tayyorlaydi;
Oʻzbekiston Respublikasining maʼmuriy-hududiy tuzilishi masalalariga doir takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga koʻrib chiqish uchun kiritadi;
viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining Oʻzbekiston Respublikasining maʼmuriy-hududiy tuzilishi masalalari boʻyicha iltimosnomalarini koʻrib chiqadi;
Oʻzbekiston Respublikasining maʼmuriy-hududiy tuzilishi masalalari boʻyicha komissiya tashkil etadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
8-modda. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining Qoraqalpogʻiston Respublikasining maʼmuriy-hududiy tuzilishi sohasidagi vakolatlari
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi oʻz vakolatlari doirasida:
Qoraqalpogʻiston Respublikasining maʼmuriy-hududiy tuzilishi masalalariga doir qarorlar qabul qiladi;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining Qoraqalpogʻiston Respublikasining maʼmuriy-hududiy tuzilishi masalalariga doir takliflarini koʻrib chiqadi;
Qoraqalpogʻiston Respublikasining maʼmuriy-hududiy tuzilishi masalalariga doir takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga koʻrib chiqish uchun kiritadi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasining maʼmuriy-hududiy tuzilishi masalalarini koʻrib chiqish Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi tomonidan uning Reglamenti asosida amalga oshiriladi.
9-modda. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining Qoraqalpogʻiston Respublikasining maʼmuriy-hududiy tuzilishi sohasidagi vakolatlari
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi oʻz vakolatlari doirasida:
Qoraqalpogʻiston Respublikasining maʼmuriy-hududiy tuzilishi masalalariga doir takliflar tayyorlaydi;
tumanlar va shaharlar hokimlarining Qoraqalpogʻiston Respublikasining maʼmuriy-hududiy tuzilishi masalalari boʻyicha iltimosnomalarini koʻrib chiqadi;
Qoraqalpogʻiston Respublikasining maʼmuriy-hududiy tuzilishi masalalariga doir takliflarni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesiga koʻrib chiqish uchun kiritadi;
Qoraqalpogʻiston Respublikasining maʼmuriy-hududiy tuzilishi masalalari boʻyicha komissiya tashkil etadi.
10-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining maʼmuriy-hududiy tuzilish sohasidagi vakolatlari
Xalq deputatlari viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar (Qoraqalpogʻiston Respublikasi tumanlari va shaharlari) Kengashlari oʻz vakolatlari doirasida maʼmuriy-hududiy tuzilish masalalariga doir qarorlar qabul qiladi. Xalq deputatlari viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar (Qoraqalpogʻiston Respublikasi tumanlari va shaharlari) Kengashlari tomonidan maʼmuriy-hududiy tuzilish masalalariga doir qarorlar qabul qilish tartibi ularning reglamentlarida belgilanadi.
Viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar (Qoraqalpogʻiston Respublikasi tumanlar va shaharlar) hokimlari oʻz vakolatlari doirasida:
maʼmuriy-hududiy tuzilish masalalari boʻyicha iltimosnomalar kiritadi;
maʼmuriy-hududiy tuzilish masalalari boʻyicha komissiyalar tashkil etadi;
maʼmuriy-hududiy tuzilish masalalari boʻyicha iltimosnomalarning davlat ekspertizasidan oʻtkazilishini taʼminlaydi;
maʼmuriy-hududiy birliklarning chegaralovchi marza belgilari oʻrnatilishini taʼminlaydi.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
11-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining Oʻzbekiston Respublikasining maʼmuriy-hududiy tuzilishi sohasidagi vakolatlari
(11-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 5-maydagi OʻRQ-1062-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 03/25/1062/0410-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi oʻz vakolatlari doirasida:
(11-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 5-maydagi OʻRQ-1062-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 03/25/1062/0410-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining topshirigʻiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasining maʼmuriy-hududiy tuzilishi masalalariga doir hujjatlarni, shu jumladan xaritalar va chegaralar chizigʻi tavsifini tayyorlaydi, chegaralar nuqtalari koordinatalarining katalogini tuzadi;
maʼmuriy-hududiy birliklar chegaralarining nizoli uchastkalariga aniqlik kiritish boʻyicha takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
maʼmuriy-hududiy birliklar chegaralarini kelishib olish uchun xaritalar tayyorlaydi;
nashr qilinadigan (tarqatiladigan) xaritalarda maʼmuriy-hududiy birliklar chegaralarining toʻgʻri aks ettirilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Maʼmuriy-hududiy birliklarning davlat reyestrini yuritish tartibini ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi hamda uni yuritadi;
maʼmuriy-hududiy birliklarning navbatchi xaritalarini tayyorlash tartibini va ularga doir talablarni tasdiqlaydi hamda navbatchi xaritalarni yuritadi;
maʼmuriy-hududiy birliklarning qoʻshni chegaralari koʻrsatilgan xaritalarni kelishib olish uchun tayyorlaydi;
maʼmuriy-hududiy birliklarning chegaralarini joyida marza belgilari bilan belgilash boʻyicha yer tuzish, geodeziya va kartografiya ishlarini bajaradi.
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-fevraldagi 66-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi toʻgʻrisidagi nizomning 12-bandi.
3-bob. Maʼmuriy-hududiy tuzilish masalalari boʻyicha komissiyalar faoliyatini tashkil etish tartibi
12-modda. Oʻzbekiston Respublikasining maʼmuriy-hududiy tuzilishi masalalari boʻyicha komissiyalar
Maʼmuriy-hududiy tuzilish masalalari boʻyicha komissiyalar (bundan buyon matnda komissiya deb yuritiladi) maʼmuriy-hududiy tuzilish masalalari yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining takliflarini hamda viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar (Qoraqalpogʻiston Respublikasi tumanlari va shaharlari) hokimlarining iltimosnomalarini koʻrib chiqish hamda davlat ekspertizasidan oʻtkazish maqsadida tashkil etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tashkil etiladigan komissiya tarkibiga Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi rahbarlari kiritiladi.
(12-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 5-maydagi OʻRQ-1062-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 03/25/1062/0410-son)
Koʻrib chiqiladigan masalalar mazmuniga qarab, komissiyalar tarkibiga davlat hokimiyati organlarining, davlat boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslari, shuningdek fuqarolik jamiyati institutlarining vakillari ham kiritilishi mumkin.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar (Qoraqalpogʻiston Respublikasi tumanlari va shaharlari) hokimlari tomonidan tashkil etiladigan komissiyalar tarkibiga koʻrib chiqiladigan masalalar mazmuniga qarab, davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari tegishli hududiy boʻlinmalarining mansabdor shaxslari, shuningdek fuqarolik jamiyati institutlarining vakillari kiritilishi mumkin.
Komissiyalarning ishlash va ularning faoliyatini tugatish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
13-modda. Komissiyalarning asosiy vazifalari
Komissiyalarning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
tegishli hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasini va demografik koʻrsatkichlarini hisobga olgan holda, maʼmuriy-hududiy tuzilish masalalariga doir takliflar va iltimosnomalarni, shuningdek takliflar va iltimosnomalar tegishli hududlarni kompleks rivojlantirishning istiqbolli rejalariga muvofiqligini davlat ekspertizasidan oʻtkazish;
maʼmuriy-hududiy tuzilish masalalarini hal qilishda hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi hisobga olinishini taʼminlash;
maʼmuriy-hududiy tuzilish masalalarini hal qilishda xizmat mavqeyini suiisteʼmol qilish va boshqa huquqbuzarliklar holatlarining oldini olish;
maʼmuriy-hududiy tuzilish masalalarini koʻrib chiqishda asossiz qarorlar qabul qilinishiga yoʻl qoʻymaslik.
14-modda. Komissiyaning xulosasi
Komissiya maʼmuriy-hududiy tuzilish masalalari boʻyicha kelib tushgan taklifni yoki iltimosnomani bir oy ichida koʻrib chiqadi. Komissiya koʻrib chiqish va davlat ekspertizasi yakunlariga koʻra xulosa tayyorlaydi.
Komissiyaning xulosasida maʼmuriy-hududiy tuzilish masalalariga doir takliflarning yoki iltimosnomalarning asoslantirilganligi tahlili tegishli hududning ijtimoiy-iqtisodiy koʻrsatkichlarini, joriy va istiqboldagi demografik koʻrsatkichlarini, shuningdek kompleks rivojlantirishning istiqbolli rejalarini hisobga olgan holda aks ettirilishi kerak.
Alohida hollarda xulosani tayyorlash muddati komissiyani tashkil etgan davlat organlarining qarori bilan bir oydan koʻp boʻlmagan muddatga uzaytirilishi mumkin.
Komissiyaning ijobiy xulosasi maʼmuriy-hududiy tuzilish masalalari boʻyicha qaror qabul qilishga vakolatli boʻlgan davlat organiga taqdim etiladi.
Salbiy xulosa chiqarilgan taqdirda, taqdim etilgan materiallar maʼmuriy-hududiy tuzilish masalalari boʻyicha taklif yoki iltimosnoma tayyorlagan davlat organiga maromiga yetkazish uchun qaytariladi.
Oldingi tahrirga qarang.
15-modda. Maʼmuriy-hududiy birliklarning davlat reyestri
Maʼmuriy-hududiy birliklarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi tomonidan ularni Maʼmuriy-hududiy birliklarning davlat reyestriga kiritish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Maʼmuriy-hududiy tuzilish masalalari boʻyicha takliflar yoki iltimosnomalar taqdim etgan davlat organlari vakolatli davlat organlari tomonidan ijobiy qaror qabul qilinganidan keyin oʻn ish kuni ichida tegishli hujjatlarni Maʼmuriy-hududiy birliklarning davlat reyestriga kiritish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligiga kiritishi shart.
Maʼmuriy-hududiy birliklarning davlat reyestri quyidagilar toʻgʻrisidagi axborotni oʻz ichiga oladi:
maʼmuriy-hududiy birliklarning toifalari va nomlari;
obyektni maʼmuriy-hududiy belgilashning tizimli kodi (maʼmuriy-hududiy birlikning mansubligini aniqlovchi kod);
maʼmuriy-hududiy birliklarning maʼmuriy markazlari;
maʼmuriy-hududiy birliklarning tavsiflari va kartografik chizmalari;
maʼmuriy-hududiy birliklarni tuzish, tugatish va ularning chegaralarini oʻzgartirish, maʼmuriy-hududiy birliklarning maʼmuriy markazlarini belgilash va koʻchirish, maʼmuriy-hududiy birliklar boʻysunuvini oʻzgartirish sanalari;
maʼmuriy-hududiy birlik tarkibiga kiruvchi maʼmuriy-hududiy birliklarning obyektni maʼmuriy-hududiy belgilashning tizimli kodi koʻrsatilgan roʻyxati;
maʼmuriy-hududiy birlik tarkibiga kiruvchi maʼmuriy-hududiy birliklarning roʻyxati;
maʼmuriy-hududiy birlikning muayyan maʼmuriy-hududiy birlik tarkibiga mansubligi;
maʼmuriy-hududiy birliklar maydoni va ularning hududida yashaydigan aholi soni (aholini oxirgi roʻyxatga olish maʼlumotlari boʻyicha).
(15-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 5-maydagi OʻRQ-1062-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 03/25/1062/0410-son)
4-bob. Maʼmuriy-hududiy birliklarni tuzish va tugatish
16-modda. Viloyatlarni tuzish va tugatish
Viloyatlarni tuzish va tugatish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
viloyatni tuzish yoki tugatish zarurligi va maqsadga muvofiqligi asoslantirilgan taklif;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining va Senatining qarorlari loyihalari;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tashkil etilgan komissiya xulosasi;
viloyat chegaralarining va viloyat tarkibiga hududlari oʻtkazilayotgan maʼmuriy-hududiy birliklar chegaralarining kartografik chizmasi hamda viloyat chegaralari chizigʻining tavsifi (viloyatni tuzish toʻgʻrisidagi taklifga ilova qilinadi);
tarkibiga tugatilayotgan viloyat hududi oʻtkazilayotgan maʼmuriy-hududiy birliklar chegaralarining kartografik chizmasi va maʼmuriy-hududiy birliklar chegaralari chizigʻining tavsifi (viloyatni tugatish toʻgʻrisidagi taklifga ilova qilinadi);
viloyatni tuzish yoki tugatish bilan bogʻliq tegishli hisob-kitoblar va xarajatlarni moliyalashtirish manbalari.
17-modda. Respublika boʻysunuvidagi shaharlarni tuzish va tugatish
Respublika boʻysunuvidagi shaharlarni tuzish va tugatish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
respublika boʻysunuvidagi shaharni tuzish yoki tugatish zarurligi va maqsadga muvofiqligi asoslantirilgan taklif;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining va Senatining qarorlari loyihalari;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tashkil etilgan komissiya xulosasi;
respublika boʻysunuvidagi shahar chegaralarining va respublika boʻysunuvidagi shahar tarkibiga hududlari oʻtkazilayotgan maʼmuriy-hududiy birliklar chegaralarining kartografik chizmasi hamda respublika boʻysunuvidagi shahar chegaralari chizigʻining tavsifi (respublika boʻysunuvidagi shaharni tuzish toʻgʻrisidagi taklifga ilova qilinadi);
tarkibiga tugatilayotgan respublika boʻysunuvidagi shahar hududi oʻtkazilayotgan maʼmuriy-hududiy birliklar chegaralarining kartografik chizmasi va maʼmuriy-hududiy birliklar chegaralari chizigʻining tavsifi (respublika boʻysunuvidagi shaharni tugatish toʻgʻrisidagi taklifga ilova qilinadi);
respublika boʻysunuvidagi shaharni tuzish yoki tugatish bilan bogʻliq tegishli hisob-kitoblar va xarajatlarni moliyalashtirish manbalari.
18-modda. Viloyat va tuman boʻysunuvidagi shaharlarni, viloyatlar tumanlarini, Toshkent shahar tumanlarini va viloyat boʻysunuvidagi shaharlar tumanlarini tuzish hamda tugatish
Viloyat va tuman boʻysunuvidagi shaharlarni, viloyatlar tumanlarini, Toshkent shahar tumanlarini va viloyat boʻysunuvidagi shaharlar tumanlarini tuzish hamda tugatish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan tegishli viloyatlar hokimlarining, Toshkent shahri tumanlariga nisbatan esa — Toshkent shahar hokimining iltimosnomalari asosida amalga oshiriladi.
Tegishli viloyat yoki Toshkent shahar hokimi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
tegishli shahar yoki tumanni tuzish yoki tugatish zarurligi va maqsadga muvofiqligi asoslantirilgan iltimosnoma;
tegishli shahar yoki tumanni tuzish yoki tugatish masalasi boʻyicha viloyat xalq deputatlari Kengashining qarorini, Toshkent shahri tumaniga nisbatan esa — xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining qarori;
viloyat yoki Toshkent shahar hokimi tomonidan tashkil etilgan komissiya xulosasi;
shahar yoki tuman chegaralarining va shahar yoki tuman tarkibiga hududlari oʻtkazilayotgan maʼmuriy-hududiy birliklar chegaralarining kartografik chizmasi hamda shahar yoki tuman chegaralari chizigʻining tavsifi (shahar yoki tumanni tuzish toʻgʻrisidagi taklifga ilova qilinadi);
tarkibiga tugatilayotgan shahar yoki tuman hududi oʻtkazilayotgan maʼmuriy-hududiy birliklar chegaralarining kartografik chizmasi va maʼmuriy-hududiy birliklar chegaralari chizigʻining tavsifi (shahar yoki tumanni tugatish toʻgʻrisidagi taklifga ilova qilinadi);
shahar yoki tumanni tuzish yoki tugatish bilan bogʻliq tegishli hisob-kitoblar va xarajatlarni moliyalashtirish manbalari.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tegishli viloyat yoki Toshkent shahar hokimining shahar yoki tumanni tuzish yoki tugatish haqidagi iltimosnomasini iltimosnoma kelib tushganidan keyin oʻttiz kun ichida koʻrib chiqadi va uni maʼqullaydi yoki rad etadi.
Tegishli viloyat yoki Toshkent shahar hokimining shahar yoki tumanni tuzish yoki tugatish haqidagi iltimosnomasi maʼqullangan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi shahar yoki tumanni tuzish yoki tugatish toʻgʻrisidagi taklifni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining va Senatining qarorlari loyihalarini oʻn kun ichida tayyorlaydi hamda ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan hujjatlar bilan birga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga koʻrib chiqish uchun kiritadi.
19-modda. Qoraqalpogʻiston Respublikasida tumanlarni, Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻysunuvidagi shaharlarni va shaharlarda tumanlarni tuzish hamda tugatish
Qoraqalpogʻiston Respublikasida tumanlarni, Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻysunuvidagi shaharlarni va shaharlarda tumanlarni tuzish va tugatish Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining taklifiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining roziligi bilan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi tomonidan amalga oshiriladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
tegishli tuman yoki shaharni tuzish yoki tugatish zarurligi va maqsadga muvofiqligi asoslantirilgan taklif;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi tomonidan tashkil etilgan komissiya xulosasi;
tuman yoki shahar chegaralarining va tuman yoki shahar tarkibiga hududlari oʻtkazilayotgan maʼmuriy-hududiy birliklar chegaralarining kartografik chizmasi hamda tuman yoki shahar chegaralari chizigʻining tavsifi (tuman yoki shaharni tuzish toʻgʻrisidagi taklifga ilova qilinadi);
tarkibiga tugatilayotgan tuman yoki shahar hududi oʻtkazilayotgan maʼmuriy-hududiy birliklar chegaralarining kartografik chizmasi va maʼmuriy-hududiy birliklar chegaralari chizigʻining tavsifi (tuman yoki shaharni tugatish toʻgʻrisidagi taklifga ilova qilinadi);
tuman yoki shaharni tuzish yoki tugatish bilan bogʻliq tegishli hisob-kitoblar va xarajatlarni moliyalashtirish manbalari.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi raisi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining tegishli tuman yoki shaharni tuzish yoki tugatish toʻgʻrisidagi taklifi kelib tushgandan keyin oʻn kun ichida uni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Prezidiumining qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga tuman yoki shaharni tuzish yoki tugatishga rozilik berish masalasini koʻrib chiqish uchun yuboradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari oʻttiz kun ichida ushbu masalani koʻrib chiqadi va tuman yoki shaharni tuzish yoki tugatishga rozilik berish masalasi boʻyicha qarorlar qabul qiladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining tuman yoki shaharni tuzish yoki tugatishga rozilik berish toʻgʻrisidagi qarorlari kelib tushgandan keyin oʻn kun ichida tuman yoki shaharni tuzish yoki tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
20-modda. Shaharchalarni, qishloqlarni va ovullarni tuzish hamda tugatish
Shaharchalarni, qishloqlarni va ovullarni tuzish hamda tugatish tegishli tumanlar hokimlarining iltimosnomalari asosida xalq deputatlari viloyat Kengashi tomonidan amalga oshiriladi.
Tegishli tuman hokimi xalq deputatlari viloyat Kengashiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
shaharcha, qishloq yoki ovulni tuzish yoki tugatish zarurligi va maqsadga muvofiqligi asoslantirilgan iltimosnoma;
tegishli tuman xalq deputatlari Kengashining shaharcha, qishloq yoki ovulni tuzish yoki tugatish masalasiga doir qarori;
tuman hokimi tomonidan tashkil etilgan komissiya xulosasi;
shaharcha, qishloq yoki ovul chegaralarining va shaharcha, qishloq yoki ovul tarkibiga hududlari oʻtkazilayotgan maʼmuriy-hududiy birliklar chegaralarining kartografik chizmasi hamda shaharcha, qishloq yoki ovul chegaralari chizigʻining tavsifi (shaharcha, qishloq yoki ovulni tuzish toʻgʻrisidagi taklifga ilova qilinadi);
tarkibiga tugatilayotgan shaharcha, qishloq yoki ovul hududi oʻtkazilayotgan maʼmuriy-hududiy birliklar chegaralarining kartografik chizmasi va maʼmuriy-hududiy birliklar chegaralari chizigʻining tavsifi (shaharcha, qishloq yoki ovulni tugatish toʻgʻrisidagi taklifga ilova qilinadi);
shaharcha, qishloq yoki ovulni tuzish yoki tugatish bilan bogʻliq tegishli hisob-kitoblar va xarajatlarni moliyalashtirish manbalari.
Xalq deputatlari viloyat Kengashi tegishli tuman hokimining shaharcha, qishloq yoki ovulni tuzish yoki tugatish haqidagi iltimosnomasini iltimosnoma kelib tushganidan keyin oʻttiz kun ichida koʻrib chiqadi va uni maʼqullash yoki rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
21-modda. Qoraqalpogʻiston Respublikasida tuman boʻysunuvidagi shaharlarni, shaharchalarni, qishloqlarni va ovullarni tuzish hamda tugatish
Qoraqalpogʻiston Respublikasida tuman boʻysunuvidagi shaharlarni, shaharchalarni, qishloqlarni va ovullarni tuzish hamda tugatish Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining taklifiga koʻra Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi tomonidan tegishli tumanlar hokimlarining iltimosnomalari asosida amalga oshiriladi.
Tegishli tuman hokimi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
shahar, shaharcha, qishloq yoki ovulni tuzish yoki tugatish zarurligi va maqsadga muvofiqligi asoslantirilgan iltimosnoma;
xalq deputatlari tuman Kengashining shahar, shaharcha, qishloq yoki ovulni tuzish yoki tugatish masalasiga doir qarori;
tuman hokimi tomonidan tashkil etilgan komissiya xulosasi;
shahar, shaharcha, qishloq yoki ovul chegaralarining va shahar, shaharcha, qishloq yoki ovul tarkibiga hududlari oʻtkazilayotgan maʼmuriy-hududiy birliklar chegaralarining kartografik chizmasi hamda shahar, shaharcha, qishloq yoki ovul chegaralari chizigʻining tavsifi (shahar, shaharchani, qishloqni, ovulni tuzish toʻgʻrisidagi taklifga ilova qilinadi);
tarkibiga tugatilayotgan shahar, shaharcha, qishloq yoki ovul hududi oʻtkazilayotgan maʼmuriy-hududiy birliklar chegaralarining kartografik chizmasi va maʼmuriy-hududiy birliklar chegaralari chizigʻining tavsifi (shahar, shaharcha, qishloq yoki ovulni tugatish toʻgʻrisidagi taklifga ilova qilinadi);
shahar, shaharcha, qishloq yoki ovulni tuzish yoki tugatish bilan bogʻliq tegishli hisob-kitoblar va xarajatlarni moliyalashtirish manbalari.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi tegishli tuman hokimining shahar, shaharcha, qishloq yoki ovulni tuzish yoki tugatish haqidagi iltimosnomasini iltimosnoma kelib tushganidan keyin oʻttiz kun ichida koʻrib chiqadi va uni maʼqullaydi yoki rad etadi.
Tegishli tuman hokimining shahar, shaharcha, qishloq yoki ovulni tuzish yoki tugatish haqidagi iltimosnomasi maʼqullangan taqdirda, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi tuman boʻysunuvidagi shahar, shaharcha, qishloq yoki ovulni tuzish yoki tugatish toʻgʻrisidagi taklifni oʻn kun ichida tayyorlaydi hamda ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan hujjatlar bilan birga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesiga koʻrib chiqish uchun kiritadi.
5-bob. Oʻzbekiston Respublikasi maʼmuriy-hududiy birliklarining chegaralarini oʻzgartirish
22-modda. Qoraqalpogʻiston Respublikasining chegaralarini oʻzgartirish
Qoraqalpogʻiston Respublikasining chegaralari faqat uning roziligi bilan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining qarori asosida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan oʻzgartirilishi mumkin.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasi.
23-modda. Viloyatlarning va Toshkent shahrining chegaralarini oʻzgartirish
Viloyatlarning va Toshkent shahrining chegaralarini oʻzgartirish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan amalga oshiriladi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
viloyatlarning yoki Toshkent shahrining chegaralarini oʻzgartirish zarurligi hamda maqsadga muvofiqligi asoslantirilgan taklif;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining va Senatining qarorlari loyihalari;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tashkil etilgan komissiya xulosasi;
viloyat yoki Toshkent shahri chegaralarining hamda viloyatning yoki Toshkent shahrining chegaralari oʻzgarishi munosabati bilan chegaralari oʻzgartirilayotgan maʼmuriy-hududiy birliklar chegaralarining kartografik chizmasi hamda viloyat yoki Toshkent shahri chegaralari chizigʻining tavsifi;
viloyatning yoki Toshkent shahrining chegaralarini oʻzgartirish bilan bogʻliq tegishli hisob-kitoblarni va xarajatlarni moliyalashtirish manbalari.
24-modda. Respublika boʻysunuvidagi shaharlar chegaralarini oʻzgartirish
Respublika boʻysunuvidagi shaharlar chegaralarini oʻzgartirish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan amalga oshiriladi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
respublika boʻysunuvidagi shahar chegaralarini oʻzgartirish zarurligi va maqsadga muvofiqligi asoslantirilgan taklif;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining va Senatining qarorlari loyihalari;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tashkil etilgan komissiya xulosasi;
respublika boʻysunuvidagi shahar chegaralarining va respublika boʻysunuvidagi shahar chegaralarining oʻzgarishi munosabati bilan chegaralari oʻzgartirilayotgan maʼmuriy-hududiy birliklar chegaralarining kartografik chizmasi hamda respublika boʻysunuvidagi shahar chegaralari chizigʻining tavsifi;
respublika boʻysunuvidagi shaharning chegaralarini oʻzgartirish bilan bogʻliq tegishli hisob-kitoblar va xarajatlarni moliyalashtirish manbalari.
25-modda. Viloyat yoki tuman boʻysunuvidagi shaharlarning, viloyatlar tumanlarining, Toshkent shahri tumanlarining va viloyat boʻysunuvidagi shaharlar tumanlarining chegaralarini oʻzgartirish
Viloyat yoki tuman boʻysunuvidagi shaharlarning, viloyatlar tumanlarining, Toshkent shahri tumanlarining va viloyat boʻysunuvidagi shaharlar tumanlarining chegaralarini oʻzgartirish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan tegishli viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining iltimosnomalari asosida amalga oshiriladi.
Tegishli viloyat yoki Toshkent shahar hokimi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
tegishli shahar yoki tumanning chegaralarini oʻzgartirish zarurligi va maqsadga muvofiqligi asoslantirilgan iltimosnoma;
tegishli viloyat yoki Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashining shahar yoki tumanning chegaralarini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqish haqidagi qarori;
tegishli viloyat yoki Toshkent shahar hokimi tomonidan tashkil etilgan komissiya xulosasi;
shahar yoki tuman chegaralarining va shahar yoki tumanning chegaralari oʻzgarishi munosabati bilan chegaralari oʻzgartirilayotgan maʼmuriy-hududiy birliklar chegaralarining kartografik chizmasi hamda shahar yoki tuman chegaralari chizigʻining tavsifi;
shahar yoki tumanning chegaralarini oʻzgartirish bilan bogʻliq tegishli hisob-kitoblar va xarajatlarni moliyalashtirish manbalari.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tegishli viloyat yoki Toshkent shahar hokimining shahar yoki tumanning chegaralarini oʻzgartirish haqidagi iltimosnomasini iltimosnoma kelib tushganidan keyin oʻttiz kun ichida koʻrib chiqadi va uni maʼqullaydi yoki rad etadi.
Tegishli viloyat yoki Toshkent shahar hokimining iltimosnomasi maʼqullangan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi shahar yoki tumanning chegaralarini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi taklifni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining va Senatining qarorlari loyihalarini oʻn kun ichida tayyorlaydi va ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan hujjatlar bilan birga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga koʻrib chiqish uchun kiritadi.
26-modda. Qoraqalpogʻiston Respublikasida tumanlarning, Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻysunuvidagi shaharlarning va shaharlarda tumanlarning chegaralarini oʻzgartirish
Qoraqalpogʻiston Respublikasida tumanlarning, Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻysunuvidagi shaharlarning va shaharlarda tumanlarning chegaralarini oʻzgartirish Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining taklifiga koʻra Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi tomonidan tegishli tumanlar va shaharlar hokimlarining iltimosnomalari asosida amalga oshiriladi.
Tegishli tuman yoki shahar hokimi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
tegishli tuman yoki shaharning chegaralarini oʻzgartirish zarurligi va maqsadga muvofiqligi asoslantirilgan iltimosnoma;
tegishli tuman yoki shahar xalq deputatlari Kengashining tuman yoki shaharning chegaralarini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqish haqidagi qarori;
tuman yoki shahar hokimi tomonidan tashkil etilgan komissiya xulosasi;
tuman yoki shaharning chegaralari oʻzgarishi munosabati bilan chegaralari oʻzgartirilayotgan maʼmuriy-hududiy birliklar chegaralarining kartografik chizmasi hamda tuman yoki shahar chegaralari chizigʻining tavsifi;
tuman yoki shaharning chegaralarini oʻzgartirish bilan bogʻliq tegishli hisob-kitoblar va xarajatlarni moliyalashtirish manbalari.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi tegishli tuman yoki shahar hokimining tuman yoki shaharning chegaralarini oʻzgartirish haqidagi iltimosnomasini iltimosnoma kelib tushganidan keyin oʻttiz kun ichida koʻrib chiqadi va uni maʼqullaydi yoki rad etadi.
Tegishli tuman yoki shahar hokimining tuman yoki shaharning chegaralarini oʻzgartirish haqidagi iltimosnomasi maʼqullangan taqdirda, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi tuman yoki shaharning chegaralarini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi taklifni oʻn kun ichida tayyorlaydi va ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan hujjatlar bilan birga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesiga koʻrib chiqish uchun kiritadi.
27-modda. Shaharchalarning, qishloqlarning va ovullarning chegaralarini oʻzgartirish
Shaharchalarning, qishloqlarning va ovullarning chegaralarini oʻzgartirish xalq deputatlari viloyat Kengashlari tomonidan tegishli tumanlar hokimlarining iltimosnomalari asosida amalga oshiriladi.
Tegishli tuman hokimi xalq deputatlari viloyat Kengashiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
shaharcha, qishloq yoki ovulning chegaralarini oʻzgartirish zarurligi va maqsadga muvofiqligi asoslantirilgan iltimosnoma;
tegishli tuman xalq deputatlari Kengashining shaharcha, qishloq yoki ovulning chegaralarini oʻzgartirish masalasiga doir qarori;
tuman hokimi tomonidan tashkil etilgan komissiya xulosasi;
shaharcha, qishloq yoki ovul chegaralarining va shaharcha, qishloq yoki ovulning chegaralari oʻzgarishi munosabati bilan chegaralari oʻzgartirilayotgan maʼmuriy-hududiy birliklar chegaralarining kartografik chizmasi hamda shaharcha, qishloq yoki ovul chegaralari chizigʻining tavsifi;
shaharcha, qishloq yoki ovulning chegaralarini oʻzgartirish bilan bogʻliq tegishli hisob-kitoblar va xarajatlarni moliyalashtirish manbalari.
Xalq deputatlari viloyat Kengashi tegishli tuman hokimining shaharcha, qishloq yoki ovulning chegaralarini oʻzgartirish haqidagi iltimosnomasini iltimosnoma kelib tushganidan keyin oʻttiz kun ichida koʻrib chiqadi va uni maʼqullaydi yoki rad etadi.
28-modda. Qoraqalpogʻiston Respublikasida tuman boʻysunuvidagi shaharlar, shaharchalar, qishloqlar
Qoraqalpogʻiston Respublikasida tuman boʻysunuvidagi shaharlar, shaharchalar, qishloqlar va ovullarning chegaralarini oʻzgartirish Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining taklifiga koʻra Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi tomonidan tegishli tumanlar hokimlarining iltimosnomalari asosida amalga oshiriladi.
Tegishli tuman hokimi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
shahar, shaharcha, qishloq yoki ovulning chegaralarini oʻzgartirish zarurligi va maqsadga muvofiqligi asoslantirilgan iltimosnoma;
tegishli tuman xalq deputatlari Kengashining shahar, shaharcha, qishloq yoki ovulning chegaralarini oʻzgartirish masalasiga doir qarori;
tuman hokimi tomonidan tashkil etilgan komissiya xulosasi;
shahar, shaharcha, qishloq yoki ovul chegaralarining va shahar, shaharcha, qishloq yoki ovulning chegaralari oʻzgarishi munosabati bilan chegaralari oʻzgartirilayotgan maʼmuriy-hududiy birliklar chegaralarining kartografik chizmasi hamda shahar, shaharcha, qishloq yoki ovul chegaralari chizigʻining tavsifi;
shahar, shaharcha, qishloq yoki ovulning chegaralarini oʻzgartirish bilan bogʻliq tegishli hisob-kitoblar va xarajatlarni moliyalashtirish manbalari.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi tegishli tuman hokimining shahar, shaharcha, qishloq yoki ovulning chegaralarini oʻzgartirish haqidagi iltimosnomasini iltimosnoma kelib tushganidan keyin oʻttiz kun ichida koʻrib chiqadi va uni maʼqullaydi yoki rad etadi.
Tegishli tuman hokimining shahar, shaharcha, qishloq yoki ovulning chegaralarini oʻzgartirish haqidagi iltimosnomasi maʼqullangan taqdirda, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi shahar, shaharcha, qishloq yoki ovulning chegaralarini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi taklifni oʻn kun ichida tayyorlaydi va ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan hujjatlar bilan birga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesiga koʻrib chiqish uchun kiritadi.
6-bob. Maʼmuriy-hududiy birliklarning maʼmuriy markazlarini belgilash va koʻchirish
29-modda. Qoraqalpogʻiston Respublikasining poytaxtini belgilash va koʻchirish
Qoraqalpogʻiston Respublikasining poytaxtini belgilash va koʻchirish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining roziligi bilan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi tomonidan amalga oshiriladi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Qoraqalpogʻiston Respublikasining poytaxtini belgilash yoki koʻchirish zarurligi va maqsadga muvofiqligi asoslantirilgan taklif;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi tomonidan tashkil etilgan komissiya xulosasi;
Qoraqalpogʻiston Respublikasining poytaxtini belgilash yoki koʻchirish bilan bogʻliq tegishli hisob-kitoblar va xarajatlarni moliyalashtirish manbalari.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi raisi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining Qoraqalpogʻiston Respublikasining poytaxtini belgilash yoki koʻchirish toʻgʻrisidagi taklifi kelib tushgandan keyin oʻn kun ichida uni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Prezidiumining qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga Qoraqalpogʻiston Respublikasining poytaxtini belgilash yoki koʻchirishga rozilik berish masalasini koʻrib chiqish uchun yuboradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari oʻttiz kun ichida ushbu masalani koʻrib chiqadi va Qoraqalpogʻiston Respublikasining poytaxtini belgilash yoki koʻchirishga rozilik berish masalasi boʻyicha qarorlar qabul qiladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Qoraqalpogʻiston Respublikasining poytaxtini belgilash yoki koʻchirishga rozilik berish toʻgʻrisidagi qarorlari kelib tushgandan keyin oʻn kun ichida Qoraqalpogʻiston Respublikasining poytaxtini belgilash yoki koʻchirish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
30-modda. Viloyatlarning maʼmuriy markazlarini belgilash va koʻchirish
Viloyatlarning maʼmuriy markazlarini belgilash va koʻchirish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan tegishli viloyatlar hokimlarining iltimosnomalari asosida amalga oshiriladi.
Tegishli viloyat hokimi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
viloyatning maʼmuriy markazini belgilash yoki koʻchirish zarurligi va maqsadga muvofiqligi asoslantirilgan iltimosnoma;
tegishli viloyat xalq deputatlari Kengashining viloyat maʼmuriy markazini belgilash yoki koʻchirish masalasiga doir qarori;
tegishli viloyat hokimi tomonidan tashkil etilgan komissiya xulosasi;
viloyatning maʼmuriy markazini belgilash yoki koʻchirish bilan bogʻliq tegishli hisob-kitoblar va xarajatlarni moliyalashtirish manbalari.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tegishli viloyat hokimining viloyat maʼmuriy markazini belgilash yoki koʻchirish haqidagi iltimosnomasini iltimosnoma kelib tushganidan keyin oʻttiz kun ichida koʻrib chiqadi va uni maʼqullaydi yoki rad etadi.
Tegishli viloyat hokimining viloyat maʼmuriy markazini belgilash yoki koʻchirish haqidagi iltimosnomasi maʼqullangan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi viloyatning maʼmuriy markazini belgilash yoki koʻchirish haqidagi taklifni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining va Senatining qarorlari loyihalarini oʻn kun ichida tayyorlaydi hamda ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan hujjatlar bilan birga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga koʻrib chiqish uchun kiritadi.
31-modda. Viloyat tumanlarining maʼmuriy markazlarini belgilash va koʻchirish
Viloyat tumanlarining maʼmuriy markazlarini belgilash va koʻchirish xalq deputatlari viloyat Kengashi tomonidan tegishli tumanlar hokimlarining iltimosnomalari asosida amalga oshiriladi.
Tegishli tuman hokimi xalq deputatlari viloyat Kengashiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
tumanning maʼmuriy markazini belgilash yoki koʻchirish zarurligi va maqsadga muvofiqligi asoslantirilgan iltimosnoma;
tegishli tuman xalq deputatlari Kengashining tumanning maʼmuriy markazini belgilash yoki koʻchirish masalasiga doir qarori;
tuman hokimi tomonidan tashkil etilgan komissiya xulosasi;
tumanning maʼmuriy markazini belgilash yoki koʻchirish bilan bogʻliq tegishli hisob-kitoblar va xarajatlarni moliyalashtirish manbalari.
Xalq deputatlari viloyat Kengashi tegishli tuman hokimining tuman maʼmuriy markazini belgilash yoki koʻchirish haqidagi iltimosnomasini iltimosnoma kelib tushganidan keyin oʻttiz kun ichida koʻrib chiqadi va uni maʼqullash yoki rad etish haqida qaror qabul qiladi.
32-modda. Qoraqalpogʻiston Respublikasida tumanlarning maʼmuriy markazlarini belgilash va koʻchirish
Qoraqalpogʻiston Respublikasida tumanlarning maʼmuriy markazlarini belgilash va koʻchirish Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining taklifiga koʻra Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi tomonidan tegishli tumanlar hokimlarining iltimosnomalari asosida amalga oshiriladi.
Tegishli tuman hokimi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
tumanning maʼmuriy markazini belgilash yoki koʻchirish zarurligi va maqsadga muvofiqligi asoslantirilgan iltimosnoma;
xalq deputatlari tuman Kengashining tuman maʼmuriy markazini belgilash yoki koʻchirish masalasiga doir qarori;
tuman hokimi tomonidan tashkil etilgan komissiya xulosasi;
tumanning maʼmuriy markazini belgilash yoki koʻchirish bilan bogʻliq tegishli hisob-kitoblar va xarajatlarni moliyalashtirish manbalari.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi tegishli tuman hokimining tuman maʼmuriy markazini belgilash yoki koʻchirish haqidagi iltimosnomasini iltimosnoma kelib tushganidan keyin oʻttiz kun ichida koʻrib chiqadi va uni maʼqullaydi yoki rad etadi.
Tegishli tuman hokimining tuman maʼmuriy markazini belgilash yoki koʻchirish haqidagi iltimosnomasi maʼqullangan taqdirda, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi tumanning maʼmuriy markazini belgilash yoki koʻchirish haqidagi taklifni oʻn kun ichida tayyorlaydi va ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan hujjatlar bilan birga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesiga koʻrib chiqish uchun kiritadi.
7-bob. Maʼmuriy-hududiy birliklar boʻysunuvini oʻzgartirish
33-modda. Shaharlarni respublika boʻysunuvidagi shaharlar toifasiga kiritish
Shaharlarni respublika boʻysunuvidagi shaharlar toifasiga kiritish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan amalga oshiriladi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
shaharni respublika boʻysunuvidagi shaharlar toifasiga kiritish zarurligi va maqsadga muvofiqligi asoslantirilgan taklif;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining va Senatining qarorlari loyihalari;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tashkil etilgan komissiya xulosasi;
shaharni respublika boʻysunuvidagi shaharlar toifasiga kiritish bilan bogʻliq tegishli hisob-kitoblar va xarajatlarni moliyalashtirish manbalari.
34-modda. Shaharlarni viloyat boʻysunuvidagi shaharlar toifasiga kiritish
Shaharlarni viloyat boʻysunuvidagi shaharlar toifasiga kiritish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan tegishli viloyatlar hokimlarining iltimosnomalari asosida amalga oshiriladi.
Tegishli viloyat hokimi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
shaharni viloyat boʻysunuvidagi shaharlar toifasiga kiritish zarurligi va maqsadga muvofiqligi asoslantirilgan iltimosnoma;
xalq deputatlari viloyat Kengashining shaharni viloyat boʻysunuvidagi shaharlar toifasiga kiritish masalasiga doir qarori;
viloyat hokimi tomonidan tashkil etilgan komissiya xulosasi;
shaharni viloyat boʻysunuvidagi shaharlar toifasiga kiritish bilan bogʻliq tegishli hisob-kitoblar va xarajatlarni moliyalashtirish manbalari.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tegishli viloyat hokimining shaharni viloyat boʻysunuvidagi shaharlar toifasiga kiritish haqidagi iltimosnomasini iltimosnoma kelib tushganidan keyin oʻttiz kun ichida koʻrib chiqadi va uni maʼqullaydi yoki rad etadi.
Viloyat hokimining shaharni viloyat boʻysunuvidagi shaharlar toifasiga kiritish haqidagi iltimosnomasi maʼqullangan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi shaharni viloyat boʻysunuvidagi shaharlar toifasiga kiritish haqidagi taklifni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining va Senatining qarorlari loyihalarini oʻn kun ichida tayyorlaydi hamda ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan hujjatlar bilan birga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga koʻrib chiqish uchun kiritadi.
35-modda. Qoraqalpogʻiston Respublikasining tuman boʻysunuvidagi shaharlarini Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻysunuvidagi shaharlar toifasiga kiritish
Qoraqalpogʻiston Respublikasining tuman boʻysunuvidagi shaharlarini Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻysunuvidagi shaharlar toifasiga kiritish Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining taklifiga koʻra Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi tomonidan amalga oshiriladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
tuman boʻysunuvidagi shaharni Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻysunuvidagi shaharlar toifasiga kiritish zarurligi va maqsadga muvofiqligi asoslantirilgan taklif;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi tomonidan tashkil etilgan komissiya xulosasi;
tuman boʻysunuvidagi shaharni Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻysunuvidagi shaharlar toifasiga kiritish bilan bogʻliq tegishli hisob-kitoblar va xarajatlarni moliyalashtirish manbalari.
36-modda. Shaharchalarni tuman boʻysunuvidagi shaharlar toifasiga kiritish
Shaharchalarni tuman boʻysunuvidagi shaharlar toifasiga kiritish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan tegishli viloyatlar hokimlarining iltimosnomalari asosida amalga oshiriladi.
Tegishli viloyat hokimi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
shaharchani tuman boʻysunuvidagi shaharlar toifasiga kiritish zarurligi va maqsadga muvofiqligi asoslantirilgan iltimosnoma;
xalq deputatlari viloyat Kengashining shaharchani tuman boʻysunuvidagi shaharlar turkumiga kiritish masalasiga doir qarori;
viloyat hokimi tomonidan tashkil etilgan komissiya xulosasi;
shaharchani tuman boʻysunuvidagi shaharlar toifasiga kiritish bilan bogʻliq tegishli hisob-kitoblar va xarajatlarni moliyalashtirish manbalari.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tegishli viloyat hokimining shaharchani tuman boʻysunuvidagi shaharlar toifasiga kiritish haqidagi iltimosnomasini iltimosnoma kelib tushganidan keyin oʻttiz kun ichida koʻrib chiqadi va uni maʼqullaydi yoki rad etadi.
Tegishli viloyat hokimining shaharchani tuman boʻysunuvidagi shaharlar toifasiga kiritish haqidagi iltimosnomasi maʼqullangan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi shaharchani tuman boʻysunuvidagi shaharlar toifasiga kiritish haqidagi taklifni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining va Senatining qarorlari loyihalarini oʻn kun ichida tayyorlaydi hamda ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan hujjatlar bilan birga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga koʻrib chiqish uchun kiritadi.
37-modda. Qoraqalpogʻiston Respublikasining shaharchalarini tuman boʻysunuvidagi shaharlar toifasiga kiritish
Qoraqalpogʻiston Respublikasining shaharchalarini tuman boʻysunuvidagi shaharlar toifasiga kiritish Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining taklifiga koʻra Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi tomonidan tegishli tumanlar hokimlarining iltimosnomalari asosida amalga oshiriladi.
Tegishli tuman hokimi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
shaharchani tuman boʻysunuvidagi shaharlar toifasiga kiritish zarurligi va maqsadga muvofiqligi asoslantirilgan iltimosnoma;
tegishli tuman xalq deputatlari Kengashining shaharchalarni tuman boʻysunuvidagi shaharlar toifasiga kiritish masalasiga doir qarori;
tuman hokimi tomonidan tashkil etilgan komissiya xulosasi;
shaharchani tuman boʻysunuvidagi shaharlar toifasiga kiritish bilan bogʻliq tegishli hisob-kitoblar va xarajatlarni moliyalashtirish manbalari.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi tegishli tuman hokimining shaharchani tuman boʻysunuvidagi shaharlar toifasiga kiritish haqidagi iltimosnomasini iltimosnoma kelib tushganidan keyin oʻttiz kun ichida koʻrib chiqadi va uni maʼqullaydi yoki rad etadi.
Tegishli tuman hokimining shaharchani tuman boʻysunuvidagi shaharlar toifasiga kiritish haqidagi iltimosnomasi maʼqullangan taqdirda, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi shaharchani tuman boʻysunuvidagi shaharlar toifasiga kiritish toʻgʻrisidagi taklifni oʻn kun ichida tayyorlaydi va ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan hujjatlar bilan birga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesiga koʻrib chiqish uchun kiritadi.
38-modda. Qishloqlar va ovullarni shaharchalar toifasiga kiritish
Qishloqlar va ovullarni shaharchalar toifasiga kiritish xalq deputatlari viloyat Kengashi tomonidan tegishli tumanlar hokimlarining iltimosnomalari asosida amalga oshiriladi.
Tegishli tuman hokimi xalq deputatlari viloyat Kengashiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
qishloqni yoki ovulni shaharchalar toifasiga kiritish zarurligi va maqsadga muvofiqligi asoslantirilgan iltimosnoma;
tegishli tuman xalq deputatlari Kengashining qishloqlar va ovullarni shaharchalar toifasiga kiritish masalasiga doir qarori;
tuman hokimi tomonidan tashkil etilgan komissiya xulosasi;
qishloqni yoki ovulni shaharchalar toifasiga kiritish bilan bogʻliq tegishli hisob-kitoblar va xarajatlarni moliyalashtirish manbalari.
Xalq deputatlari viloyat Kengashi tegishli tuman hokimining qishloq yoki ovulni shaharchalar toifasiga kiritish haqidagi iltimosnomasini iltimosnoma kelib tushganidan keyin oʻttiz kun ichida koʻrib chiqadi va uni maʼqullash yoki rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
39-modda. Qoraqalpogʻiston Respublikasining qishloqlari va ovullarini shaharchalar toifasiga kiritish
Qoraqalpogʻiston Respublikasining qishloqlari va ovullarini shaharchalar toifasiga kiritish Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining taklifiga koʻra Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi tomonidan tegishli tumanlar hokimlarining iltimosnomalari asosida amalga oshiriladi.
Tegishli tuman hokimi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
qishloqni yoki ovulni shaharchalar toifasiga kiritish zarurligi va maqsadga muvofiqligi asoslantirilgan iltimosnoma;
tegishli tuman xalq deputatlari Kengashining qishloqlar va ovullarni shaharchalar toifasiga kiritish masalasiga doir qarori;
tuman hokimi tomonidan tashkil etilgan komissiya xulosasi;
qishloqni yoki ovulni shaharchalar toifasiga kiritish bilan bogʻliq tegishli hisob-kitoblar va xarajatlarni moliyalashtirish manbalari.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi tegishli tuman hokimining qishloqni yoki ovulni shaharchalar toifasiga kiritish haqidagi iltimosnomasini iltimosnoma kelib tushganidan keyin oʻttiz kun ichida koʻrib chiqadi va uni maʼqullaydi yoki rad etadi.
Tegishli tuman hokimining qishloqni yoki ovulni shaharchalar toifasiga kiritish haqidagi iltimosnomasi maʼqullangan taqdirda, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi qishloqni yoki ovulni shaharchalar toifasiga kiritish haqidagi taklifni oʻn kun ichida tayyorlaydi va ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan hujjatlar bilan birga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesiga koʻrib chiqish uchun kiritadi.
8-bob. Yakunlovchi qoidalar
40-modda. Maʼmuriy-hududiy tuzilish sohasidagi ishlarni moliyalashtirish
Maʼmuriy-hududiy tuzilish sohasidagi ishlarni moliyalashtirish Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
401-modda. Maʼmuriy-hududiy tuzilish masalalari hal etilayotganda saylov okruglarining chegaralarini oʻzgartirish
Maʼmuriy-hududiy birlik tashkil etilgan, tugatilgan yoki uning chegaralari oʻzgartirilgan taqdirda uning hududida joylashgan saylov okruglarini tegishli maʼmuriy-hududiy birlik tarkibiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi masala koʻrib chiqiladi.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan hollarda saylov okruglarini oʻtkazish bilan bogʻliq masalalar maʼmuriy-hududiy birliklarni tashkil etish, tugatish yoki ularning chegaralarini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi takliflar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari koʻrib chiqishi uchun kiritilguniga qadar, qonunchilikda belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi.
(401-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 16-iyundagi OʻRQ-779-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.06.2022-y., 03/22/779/0528-son)
41-modda. Maʼmuriy-hududiy tuzilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
Maʼmuriy-hududiy tuzilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
42-modda. Nizolarni hal etish
Maʼmuriy-hududiy tuzilish sohasidagi nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
43-modda. Maʼmuriy-hududiy tuzilish masalalarini hal etishda yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash
Maʼmuriy-hududiy tuzilish masalalarini hal etishda yuridik yoki jismoniy shaxslarning mol-mulkiga yetkazilgan zararning oʻrni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qoplanishi kerak.
44-modda. Ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish
Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin:
1) Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 30-avgustda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasida maʼmuriy-hududiy tuzilish masalalarini hal etish tartibi toʻgʻrisida”gi 276-I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 139-modda);
2) Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi 714-II-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2005-yil, № 1, 18-modda) 34-bandi;
3) Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 12-oktabrda qabul qilingan “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish haqida”gi OʻRQ-304-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2011-yil, № 10, 274-modda) 3-moddasi;
4) Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 13-iyunda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-436-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2017-yil, № 6, 300-modda) 16-moddasi.
45-modda. Ushbu Qonunning ijrosini, yetkazilishini, mohiyati va ahamiyati tushuntirilishini taʼminlash
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
(45-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 5-maydagi OʻRQ-1062-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 03/25/1062/0410-son)
46-modda. Qonun hujjatlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
47-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2020-yil 28-avgust,
OʻRQ-635-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2020-y., 03/20/635/1237-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 03/21/708/0799-son; 16.06.2022-y., 03/22/779/0528-son; 05.05.2025-y., 03/25/1062/0410-son)