Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 22.07.2022
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
qarori
TOJIKISTON RESPUBLIKASI BILAN ChEGARANI QO‘RIQLASh VAZIFALARINI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI IChKI IShLAR VAZIRLIGI ZIMMASIGA VAQTINChA YuKLASh TO‘G‘RISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Tojikiston Respublikasida ijtimoiy-siyosiy vaziyatning murakkabligi munosabati bilan, chegara rayonlarida jamoat tartibini ta’minlash, jinoyatchilikka qarshi kurashni kuchaytirish, respublikaga jinoiy-bandit unsurlarning suqilib kirishiga, qurol-yarog‘, o‘q-dorilar, narkotik moddalar olib kelinishiga yo‘l qo‘ymaslik hamda O‘zbekistondan moddiy vositalarning kontrabanda yo‘li bilan tashib ketilishining oldini olish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “O‘zbekiston Respublikasining davlat chegarasi to‘g‘risida” Qonun qabul qilingunga qadar chegarani buzuvchilar, jinoiy guruhlar va transportning ehtimol tutilgan harakati yo‘llarida Tojikiston Respublikasi bilan chegarani qo‘riqlash O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi zimmasiga yuklatilsin. Chegarani qo‘riqlash Milliy xavfsizlik kuchlari bilan birgalikda hamda Mudofaa vazirligi bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshirilsin.
2. Surxondaryo, Qashqadaryo, Samarqand, Farg‘ona va Toshkent viloyatlari hokimliklari IIV bo‘linmalarini joylashtirish va ularga yuklatilgan vazifalarning bajarilishi uchun zarur maishiy sharoitlar yaratsinlar.
3. Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida alohida operativ batalon negizida operativ polk tashkil etilsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi IIV ichki qo‘shinlarining Termiz shahridagi operativ polkining tuzilmasi va shtatlari soni tasdiqlansin (1, 2-ilovalar).
5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Istiqbolni belgilash va statistika davlat qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi IIVning tuzilmasidagi o‘zgarishlar munosabati bilan uni mablag‘ bilan ta’minlasinlar, 1992-1993-yillarda Termiz shahrida ikkita 56 kvartirali uy qurilishiga zarur mablag‘lar, shuningdek, harbiy shaharchani qayta qurishga va 30 ta yengil avtomobil sotib olishga 37 mln so‘m ajratsinlar.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1992-yil 5-sentabr,
412-son
Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 5-sentabrdagi 412-son qaroriga
1-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi IIV ichki qo‘shinlarining Termiz shahridagi operativ polki
TUZILIShI

Boshqarma

Qo‘mondonlik
ShTAB‎
Tarbiyaviy va ijtimoiy-huquqiy ishlar bo‘limi
Jangovar tayyorgarlik bo‘limi
Xizmatlar
Moliyaviy qism
Texnikaviy qism
Orqa tomon

Asosiy bo‘limlar‎‎

Patrul bataloni

— 2‎

Moto-o‘qchi batalon

— 1‎

Maxsus vazifani bajaruvchi o‘quv rotasi — 1‎

Ta’minot bo‘linmalari‎‎

Moddiy va texnika ta’minoti rotasi
Aloqa vzvodi
Harakatni tartibga solish va komendantlik xizmati vzvodi‎
Muhandislik-sapyorlik vzvodi
Itlar xizmati mutaxassislari vzvodi
Tibbiy punkt
Klub‎
Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 5-sentabrdagi 412-son qaroriga
2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi IIV ichki qo‘shinlarining Termiz shahridagi operativ polkining
ShTATLARI SONI
— zobitlar

— 105 nafar

— praporshchiklar — 70 nafar
— serjantlar (ulardan belgilangan muddat tugagandan keyin xizmat qilayotganlar) — 152 nafar
— askarlar (ulardan belgilangan muddat tugagandan keyin xizmat qilayotganlar) — 737 nafar
— ishchilar va xizmatchilar — 3 nafar
Jami —1067 nafar