O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Bolalar o‘yinchoqlarining xavfsizligi to‘g‘risidagi texnik reglamentni tasdiqlash haqida
(qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-martdagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.03.2024-y., 09/24/153/0241-son)
“Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq bolalar o‘yinchoqlarining xavfsizligiga qo‘yiladigan yagona talablarni belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
1. Bolalar o‘yinchoqlarining xavfsizligi to‘g‘risidagi texnik reglament ilovaga muvofiq tasdiqlansin va rasman e’lon qilingan kundan boshlab o‘n ikki oy o‘tgandan keyin amalga kiritilsin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-martdagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.03.2024-y., 09/24/153/0241-son)
2. “Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq texnik reglament amalga kiritilgach, standartlashtirish bo‘yicha ularda ko‘rsatilgan mahsulotlar va xizmatlarga doir ilgari qabul qilingan normativ hujjatlar majburiylik xususiyatini yo‘qotishi va belgilangan tartibda ixtiyoriy qo‘llanilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
3. “O‘zstandart” agentligi vakolatli davlat organlari bilan birgalikda ushbu qaror bilan tasdiqlangan texnik reglament amalga kiritilgan kundan boshlab, bolalar o‘yinchoqlarini standartlashtirish bo‘yicha normativ hujjatlarni qo‘llashda majburiylik xususiyatini bekor qilish va ixtiyoriy qo‘llashni ta’minlash yuzasidan belgilangan tartibda choralar ko‘rsin.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-martdagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.03.2024-y., 09/24/153/0241-son)
Oldingi tahrirga qarang.
4. “O‘zstandart” agentligi O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi bilan birgalikda tasdiqlangan ushbu texnik reglamentning maqsadlari, mazmun va mohiyati hamda uni qo‘llash tartibi to‘g‘risida aholi, davlat boshqaruvi organlari, tadbirkorlik faoliyati subyektlari keng xabardor qilinishini ta’minlasin.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-martdagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.03.2024-y., 09/24/153/0241-son)
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — Sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini hamda kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari departamenti boshlig‘i hamda “O‘zstandart” agentligi bosh direktori D.N. Sattarov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 23-iyul,
451-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-iyuldagi 451-son qaroriga
ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Bolalar o‘yinchoqlarining xavfsizligi to‘g‘risida texnik reglament
(ilova nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-martdagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.03.2024-y., 09/24/153/0241-son)
1-bob. Umumiy qoidalar
1-§. Maqsadi va qo‘llash sohasi
Oldingi tahrirga qarang.
1. Ushbu texnik reglament (keyingi o‘rinlarda — Texnik reglament) bolalar o‘yinchoqlari xavfsizligi, bolalar va ularga qarovchi shaxslarning hayotini muhofaza qilish maqsadida ishlab chiqilgan bo‘lib bolalar o‘yinchoqlarini xavfsiz ishlab chiqarish hamda sotish talablarini belgilaydi. Shuningdek, bolalar o‘yinchoqlaridan foydalanish va ularning xavfsizligi xususida iste’molchilarni chalg‘ituvchi harakatlarning oldini oladi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-martdagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.03.2024-y., 09/24/153/0241-son)
2. Texnik reglamentga 1-ilovada keltirilgan bolalar o‘yinchog‘i deb qaralmaydigan mahsulotlarga, shuningdek, shaxsiy buyurtmalar va ko‘rgazma nusxalari sifatida tayyorlangan o‘yinchoqlarga mazkur Texnik reglament talablari tatbiq etilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
21. Mazkur Texnik reglamentga 11-ilovaga muvofiq Majburiy tartibda muvofiqligi baholanishi lozim bo‘lgan bolalar o‘yinchoqlarining ro‘yxatida keltirilgan bolalar o‘yinchoqlari Texnik reglamentni tartibga solish obyektlari hisoblanadi.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 17-fevraldagi 66-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.02.2026-y., 09/26/66/0162-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 22-avgust)
2-§. Atamalar va ta’riflar
3. Mazkur Texnik reglamentda quyidagi atama va ta’riflar qo‘llaniladi:
alangalanish — yong‘in hosil qiluvchi manba ta’sirida alanganing hosil bo‘lishi;
bajaradigan vazifasiga ko‘ra qo‘llanilishi — o‘yinchoqdan ishlab chiqaruvchining o‘yinchoqda yoki ishlatish tartibi qayd qilingan hujjatlarda bajaradigan vazifasiga ko‘ra foydalanish;
bolalar — o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan (voyaga yetmagan) shaxslar;
bolalar o‘yinchog‘i — bolalar o‘ynashi uchun mo‘ljallangan buyum yoki material;
stol usti yig‘ma o‘yinchoq — to‘liq poligrafik usulda tayyorlangan, qo‘shimcha o‘yin elementlari qo‘llanilgan yoki qo‘llanilmagan o‘yinchoq;
ishlab chiqaruvchi — Texnik reglament asosida o‘yinchoqlarni o‘z nomidan xavfsizlik talablariga rioya qilingan holda ishlab chiqarishga mas’ul bo‘lgan va sotishni amalga oshiruvchi yuridik yoki jismoniy shaxs sifatidagi tadbirkor;
kavsharlash — material qismlarini eritilgan qo‘lom bilan bir-biriga ulash;
kimyoviy o‘yinchoq — bolalarning kimyoviy tajribalarni bajarishlari uchun mo‘ljallangan bir yoki bir necha kimyoviy moddalardan va (yoki) kimyoviy reaktivlardan iborat bo‘lgan tajriba uskunalari bilan ta’minlangan yoki tajriba uskunalarisiz kimyoviy to‘plam;
kimyoviy moddalarni o‘z ichiga olgan (kimyoviy tajribalar o‘tkazishga mo‘ljallanmagan) o‘yin to‘plami — gipsli quymalarni ishlab chiqarishga mo‘ljallangan qoliplar; kichik hunarmandchilik ustaxonalarini jihozlashda qo‘llaniladigan sopol materiallar va qotiruvchi emallar; plastifitsitli polivinilxlorid asosidagi massani qoliplovchi to‘plamlar (pechda toblanadigan), badiiy quymalarni hosil qilishda qo‘llaniladigan to‘plamlar; plombalar uchun qo‘llaniladigan to‘plamlar; fotosuratlarni chiqarishda qo‘llaniladigan to‘plamlar; konstruktorlik ishlariga mo‘ljallangan yelimlovchi moddalar, bo‘yoqlar, laklar, aralashtirgichlar va tozalagichlar (eritgichlar) to‘plamlari;
konstruktorlik to‘plami — turli o‘yinchoqlarni yig‘ish uchun mo‘ljallangan, mexanik va (yoki) elektr (elektron) tarkibiy qismlardan iborat bo‘lgan to‘plam;
model-nusxa o‘yinchoq — o‘lchamlari real texnik qurilmaning masshtabi bo‘yicha kichraytilgan nusxasidan iborat bo‘lgan o‘yinchoq;
optik o‘yinchoq — ishlash prinsipi geometrik optika prinsiplaridan foydalanishga asoslangan o‘yinchoq;
o‘yinchoqlar materiali — o‘yinchoq tarkibiga kiruvchi barcha materiallar;
o‘yin to‘plami — bolalarning ijodkorligini oshirishga va qo‘l mehnati ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiluvchi turli predmetlar, materiallar, moddalardan tashkil topgan o‘yinchoq;
foydalanuvchi — o‘yinchoqdan o‘z maqsadiga ko‘ra foydalanuvchi bola va bolaga qarovchi shaxs;
funksional o‘yinchoq — kattalar tomonidan foydalaniladigan buyum yoki qurilmaning ishlashi va uning bajaradigan vazifalariga taqlid qilib yasalgan o‘yinchoq;
xavf — bolaning hamda unga qarovchi shaxsning hayoti va sog‘lig‘iga zarar keltiruvchi sabablar, bu zararlar oqibatlarining ehtimollik darajasi;
elektr o‘yinchoq — biror-bir funksiyasi elektr energiyasi hisobiga ishlovchi o‘yinchoq;
Oldingi tahrirga qarang.
magnitli o‘yinchoq — o‘z tuzilishida bir yoki undan ortiq magnit va (yoki) magnit elementlariga ega bo‘lgan o‘yinchoq;
o‘yinchoqning magnit elementi — o‘yinchoqning bir qismi bo‘lib, unda o‘rnatilgan magnit to‘liq yoki qisman joylashtirilgan magnitni o‘z ichiga olgan qismidir;
funksional magnit — magnit, motorlar, relelar, dinamiklar va boshqa elektr yoki elektron qismlar uchun mo‘ljallangan magnit (agar magnit xususiyatlari o‘yin xususiyatlariga taalluqli bo‘lmasa).
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 17-fevraldagi 66-sonli qaroriga asosan yigirma, yigirma birinchi va yigirma ikkinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.02.2026-y., 09/26/66/0162-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 22-avgust)
2-bob. Xavfsizlik talablari
1-§. Yong‘in xavfsizligi talablari
4. Yumshoq o‘yinchoqlar, karnaval kostumlari va karnaval o‘yinchoq mahsulotlari (masalan, soqollar, mo‘ylovlar, pariklar, niqoblar, tojlar), shunindek, bolalar ichiga joylasha oladigan o‘yinchoqlar yong‘indan himoyalangan bo‘lishi zarur.
5. Tarkibida kimyoviy moddalar mavjud bo‘lgan, lekin kimyoviy tajribalarga aloqasi bo‘lmagan o‘yinlar to‘plami, moddalar aralashtirilganda yonmaydigan, shuningdek, zararli tutun va gazlarni hosil qilmaydigan bo‘lishi zarur.
6. Bolalar o‘yinchog‘ining tarkibi portlash xususiyatga ega bo‘lgan moddalar va materiallardan iborat bo‘lmasligi kerak.
7. Bolalar o‘yinchoqlarining, shuningdek, kimyoviy o‘yinchoqlarning tarkibida:
qizishi, shuningdek, oksidlanuvchi moddalarning birikishi natijasida reaksiyaga kirishib, portlovchi aralashma hosil qilish;
havo bilan aralashishi natijasida alanga yoki portlash xususiyatiga ega bo‘lgan bug‘ni hosil qiluvchi xususiyatga ega bo‘lgan modda yoki reaktivlar bo‘lmasligi kerak.
2-§. Kimyoviy xavfsizlik talablari
8. O‘yinchoqlardan foydalanish vaqtida uning tarkibidagi kimyoviy moddalar foydalanuvchining nafas yo‘liga, terisiga, ko‘zlari va oshqozoni shilliq qavatiga tushishi natijasida sog‘lig‘iga zarar keltirmasligi zarur.
9. Bolalar o‘yinchoqlarida zararli kimyoviy moddalarning tarqalish darajasi va ajralib chiqishi Texnik reglamentga 2-ilovada keltirilgan gigiyenik xavfsizlik talablariga muvofiq bo‘lishi kerak.
10. Kimyoviy tajribalar to‘plami uchun foydalanilmaydigan, tarkibida kimyoviy moddalar bo‘lgan kimyoviy o‘yinchoqlarda va o‘yin to‘plamlarida har bir modda uchun maksimal ruxsat etilgan miqdordan oshmagan taqdirda, ma’lum miqdorda moddalar yoki reaktivlar bo‘lishiga ruxsat etiladi.
3-§. Toksikologik-gigiyenik xavfsizlik ko‘rsatkichlari
11. Bolalar o‘yinchoqlarining gigiyenik xavfsizligi, toksikologik-gigiyenik ko‘rsatkichlari Texnik reglamentga 2-ilovada keltirilgan gigiyenik xavfsizlik talablariga mos bo‘lishi kerak.
4-§. Elektr xavfsizlik talablari
12. Elektr o‘yinchoqlarda, shuningdek, ularning tarkibiy qismining birortasida ham nominal kuchlanish 24 V dan oshmasligi kerak.
13. Bolalar o‘yinchoqlarining elektr energiya bilan tutashtiruvchi yoki tutashish xususiyatiga ega bo‘lgan qismlari, shuningdek, kabellar va simlar elektr toki urishi xavfini bartaraf etish maqsadida izolyatsiyalangan va mexanik himoyalangan bo‘lishi kerak.
14. Elektr toki manbai bilan ishlaydigan bolalar o‘yinchoqlarining elektr ta’minot qismlari elektr tokidan shikastlanishdan himoyalanishi, namlikka chidamlilik, o‘tkazgichlar qobig‘ining elektr qarshiligi, o‘tkazgichlar qobig‘ining elektr mustahkamligi, mexanik mustahkamligi kabi elektr xavfsizlik ko‘rsatkichlari talablariga javob berishi zarur.
15. Radioboshqaruvli, elektr va elektr-texnik o‘yinchoqlarning elektr statik, elektr magnit va elektr maydonlarining kuchlanganlik darajasi Texnik reglamentga 2-ilovada keltirilgan gigiyenik xavfsizlik talablariga muvofiq bo‘lishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
16. Uchuvchi o‘yinchoqlar uchun shnurlar metall bo‘lmagan materialdan tayyorlanishi va dielektrik xususiyatlarga ega bo‘lishi kerak.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 17-fevraldagi 66-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.02.2026-y., 09/26/66/0162-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 22-avgust)
5-§. Radiatsion xavfsizlik talablari
17. Tabiiy materiallardan tayyorlangan bolalar o‘yinchoqlarining radiotsion xavfsizlik (tabiiy radionuklidlarning solishtirma aktiv samaradorligi) ko‘rsatkichlari Texnik reglamentga 2-ilovada keltirilgan gigiyenik talablarga muvofiq bo‘lishi kerak.
6-§. Mikrobiologik xavfsizlik ko‘rsatkichlari
18. Mikrobiologik ko‘rsatkichlar Texnik reglamentga 2-ilovada keltirilgan gigiyenik talablarga muvofiq bo‘lishi zarur.
Oldingi tahrirga qarang.
61-§. Magnit xususiyatlari
181. O‘yinchoqlardagi magnit elementlarining hisoblangan magnit oqimi ko‘rsatkichi 0,5 Tl2 mm2 dan oshmasligi hamda nafas yo‘llariga tushmasligi va yutilmasligi kerak.
(61-paragraf O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 17-fevraldagi 66-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.02.2026-y., 09/26/66/0162-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 22-avgust)
7-§. Qadoqlashga oid xavfsizlik ko‘rsatkichlari
19. Bolalar o‘yinchoqlari alohida yoki bir nechtasi birga qadoqlanadi. Qadoqlash vositasini qo‘llash doirasi ishlab chiqaruvchi tomonidan belgilanadi.
20. Oziq-ovqat mahsulotlarida va (yoki) oziq-ovqat mahsulotlari bilan chakana savdoga chiqarilgan bolalar o‘yinchoqlari o‘zlarining alohida qadoqlariga ega bo‘lishi talab etiladi. Qadoqlar xavfsiz bo‘lishi va o‘lchamlari bolaning bo‘g‘ilib qolishi xavfini yuzaga keltirmasligi kerak.
21. Sotuvdagi qadoqlangan bolalar o‘yinchog‘ining qadoqlari foydalanishga mo‘ljallangan bo‘lsa, u holda qadoqlash vositasi o‘yinchoqning tarkibiy qismi deb qaraladi.
8-§. Tamg‘alashga oid xavfsizlik ko‘rsatkichlari
22. Bolalar o‘yinchoqlarining tamg‘alanishi ishonchli bo‘lishi, tekshiriladigan, aniq, oson o‘qiladigan, ko‘zdan kechirish va identifikatsiya qilish imkonini beradigan bo‘lishi kerak.
23. Tamg‘alash ishlab chiqaruvchi (ishlab chiqaruvchining vakolatli shaxsi) va import qiluvchi tomonidan amalga oshiriladi. Tamg‘alash o‘rni va usuli ishlab chiqaruvchi (ishlab chiqaruvchining vakolatli shaxsi) tomonidan belgilanadi.
24. Tamg‘a quyidagi ma’lumotlardan tashkil topgan bo‘lishi zarur:
bolalar o‘yinchog‘ining nomlanishi;
bolalar o‘yinchog‘ini ishlab chiqargan davlatning nomi;
belgilangan tartibda berilgan muvofiqlik sertifikati bilan tasdiqlangan milliy muvofiqlik belgisi;
ishlab chiqaruvchining va import qiluvchining nomlanishi, ular joylashgan manzillar hamda bog‘lanish uchun boshqa axborotlar;
ishlab chiqaruvchining tovar belgisi (mavjud bo‘lsa);
bolalar o‘yinchoqlarining qanday minimal yoshdagi bolalar uchun mo‘ljallanganligi yoki bolalar yoshini bildiruvchi piktogramma;
asosiy konstruksion materiallar (3 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun) (zarurat tug‘ilganda);
bolalar o‘yinchog‘ini saqlash usullari (agar kerak bo‘lsa);
ishlab chiqarilgan sana (oy, yil);
foydalanish yoki yaroqlilik muddati (ularni tayyorlanishida);
saqlash shartlari (agar kerak bo‘lsa).
25. Bolalar o‘yinchoqlarining turiga qarab tamg‘alariga quyidagilar qo‘shiladi: bolalar o‘yinchoqlari tarkibiy qismlarining to‘liqligi (to‘plamlar uchun), o‘yinchoqdan foydalanish qoidalari, gigiyenik qayta ishlash usullari, o‘yinchoqdan foydalanganda xavfsizlik choralari, ogohlantiruvchi yozuvlar, uni yig‘ish uchun yo‘riqnoma.
26. Ogohlantiruvchi axborotlar Texnik reglamentga 3-ilovada keltirilgan bolalar o‘yinchoqlaridan foydalanishda alohida ehtiyotkorlikni talab qiluvchi normativ ko‘rsatmalarni o‘z ichiga oladi.
27. Bolalar o‘yinchoqlari jamlanmasi bilan birga taqdim qilinadigan tamg‘alash va texnik hujjatlar davlat tilida, eksport uchun mo‘ljallangan o‘yinchoqlar esa eksport qilinayotgan davlat qonunchiligi talablariga mos bo‘lgan holda tayyorlanadi.
9-§. Boshqa xavfsizlik talablari
28. Bolalar o‘yinchog‘i shunday ishlab chiqilishi va tayyorlanishi kerakki, u mo‘ljallangan vazifasining bajarilishida bolalar va ularga qarab turuvchi shaxslarning sog‘lig‘iga va hayoti uchun xavf tug‘dirmasligi shart. Jumladan:
o‘yinchoqning konstruksiyasi tufayli;
qo‘llanilgan materiali tufayli;
konstruksiyasi o‘zgarganda, uning funksiyasini ham, materiali va asosiy tasnifini ham o‘zgartirish talab qilinadigan o‘yinchoqlardan foydalanishda;
o‘yinchoqlardan foydalanish xavfi bolalarning yosh xususiyatiga bog‘liq bo‘lishi kerak.
29. Bolalar o‘yinchoqlarini tayyorlashda foydalaniladigan xomashyo toza (iflos bo‘lmagan), yuqimli kasalliklar bilan bog‘liq bo‘lmagan va mazkur Texnik reglamentga 2-ilovada keltirilgan va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjat talablariga mos bo‘lishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
30. 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan o‘yinchoqlarni tayyorlashda tabiiy mo‘ynadan, tabiiy charmdan, oynadan, chinnidan, bo‘yalgan junli yoki tukli materiallardan (kauchuk, karton va qog‘oz), nam muhitda o‘lchamlari 5 foizdan ko‘proqqa oshadigan predmetlardan hamda ovoz chiqaruvchi bolalar o‘yinchoqlarini ichini to‘ldirishda o‘lchami 3 mm va undan kichik bo‘lgan granulalardan foydalanish mumkin emas.
(30-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 17-fevraldagi 66-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.02.2026-y., 09/26/66/0162-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 22-avgust)
31. 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan o‘yinchoqlarda xavflilik darajasi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda ko‘rsatilgan 1-toifaga mansub bo‘lgan kimyoviy moddalarni qo‘llashga yo‘l qo‘yilmaydi.
32. Bolalar o‘yinchoqlariga ikkilamchi xomashyolar, ya’ni boshqa maqsadlarda ishlatilgan va qayta ishlash natijasida olingan xomashyolarni qo‘llashga yo‘l qo‘yilmaydi. Bolalar o‘yinchoqlarini ishlab chiqarishda o‘z korxonasining chiqindilaridan foydalanishga ruxsat beriladi.
33. Bolalar o‘yinchoqlarining muhofaza-dekorativ yuza qoplamasi nam muhitga, so‘lak va terlash ta’siriga chidamli bo‘lishi kerak.
34. Bolalar o‘yinchoqlari shunday konstruksiyalangan va ishlab chiqarilgan bo‘lishi kerakki, ulardan o‘z vazifasiga ko‘ra foydalanilganda bolalarga va ularni nazorat qilib turgan shaxslarning hayoti va sog‘ligiga xavf tug‘dirmasligi kerak.
35. Bolalar o‘yinchoqlari organoleptik ko‘rsatkichlarining gigiyenik xavfsizligi Texnik reglamentga 2-ilovada keltirilgan talablarga muvofiq bo‘lishi kerak.
36. Bolalar o‘yinchog‘ining fizik va mexanik xususiyatlari. Bolalar o‘yinchog‘i va uning tarkibiy qismlari hamda ularni biriktiruvchi qismlari, undan bajaradigan vazifasiga ko‘ra foydalanilayotganida yuzaga keladigan mexanik zo‘riqishlarga chidamli bo‘lishi, buzilmasligi va o‘z iste’mol xususiyatlarini yo‘qotmasligi kerak.
37. Bolalar o‘yinchog‘ining qirralari, o‘tkir uchlari, qattiq qismlari, prujinalar, mahkamlovchi qismlar, oraliqlar, burchaklar, bugrilar, elektr shnurlari, arqonlari va mahkamlagichlari bolalarga jarohatlanish xavfini tug‘dirmasligi kerak. O‘yinchoqlarning ochiq qirralari o‘tkir bo‘lmasligi yoki u qayrilgan bo‘lishi, yoriqlar bo‘lmasligi, mahkamlangan qismlar bolt va vint rezba uchlari 3 mm dan ko‘p va chuqurligi 0,5 mm dan kam bo‘lmasligi himoya qoplamasi bilan qoplangan bo‘lishi kerak. Konstruktorlar bundan mustasno.
38. Ichi suyuqlik bilan to‘ldirilgan bolalar o‘yinchoqlarining suyuqligi sizilib chiqmasligi zarur.
Oldingi tahrirga qarang.
39. Yog‘ochli o‘yinchoqlar, qog‘oz va kartondan tayyorlangan bolalar o‘yinchoqlarida tugun va qurt tushgan joylari bo‘lmasligi zarur.
(39-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 17-fevraldagi 66-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.02.2026-y., 09/26/66/0162-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 22-avgust)
40. Bolalar o‘yinchog‘ining harakatga keltiruvchi qo‘shimcha qismlar bolaga jarohat olishi xavfini yuzaga keltirmasligi kerak. Harakatga keltiruvchi mexanizmlar qoplamalar bilan yopilgan bo‘lishi lozim.
41. Ikki g‘ildirakli bolalar o‘yinchoqlarining old g‘ildiragi to‘g‘ri harakatlanish chizig‘iga nisbatan har ikki tomonga 90° ±5° ga burilishni ta’minlashi zarur.
42. 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan, bevosita oziq-ovqat mahsulotlariga mahkamlanuvchi o‘yinchoqlar va ularning ajraluvchi qismlari o‘lchami shunday bo‘lishi kerakki, u bolaning yuqori nafas yo‘liga tushib qolish xavfini tug‘dirmasligi kerak.
43. Shaqildoq o‘yinchoqlarning og‘irligi 100 g dan oshmasligi kerak.
44. 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar arg‘imchog‘ida bolalar yiqilishining oldini oluvchi qurilma bo‘lishi va o‘rindiqqa mahkamlangan oyoqlar orasidan o‘tadigan kamar bilan ta’minlangan bo‘lishi zarur.
45. Arg‘imchoqqa o‘rnatilgan himoya kamarlarining (arqon, zanjir va boshqalar) diametri 10 mm dan kam bo‘lishi mumkin emas.
46. Yumshoq o‘yinchoqlarning ichini to‘ldiruvchi materillar tarkibida qattiq yoki o‘tkir begona predmetlar bo‘lmasligi, o‘yinchoqlarning choklari mustahkam bo‘lishi kerak.
47. Bolalar o‘yinchoqlari va ularning tarkibiy qismlari bolada bo‘g‘ilib qolish xavfini yuzaga keltirmasligi kerak.
48. Havo o‘tkazuvchi materiallardan tayyorlangan, bolaning boshini to‘liq yopib turuvchi niqoblar va zarbdan saqlovchi bosh kiyimlar shunday tayyorlanishi kerakki, u havo yetmay qolishi natijasida bolaning bo‘g‘ilib qolish xavfini keltirib chiqarmasligi zarur.
49. Bolalar gavdasini suv yuzasida ushlab turishga mo‘ljallangan bolalar o‘yinchoqlari germetik va mustahkam bo‘lishi zarur.
50. Bolalar ichiga joylashishi mumkin bo‘lgan bolalar o‘yinchoqlarida ichkaridan oson ochiladigan tirqishga, shuningdek, tashqi yuzasida havo almashtiruvchi ventilyatsion tuynukka ega bo‘lishi zarur.
51. Bolalar og‘irligini ko‘taradigan va u bilan harakatlanadigan o‘yinchoqlar, mustahkam va turg‘un bo‘lishi kerak (ikki g‘ildirakli velosipedlardan tashqari).
52. Mexanik yoki elektr uzatmaga ega bo‘lgan, erkin harakatlanish mexanizmi yoki uzatish qutichasining neytral holati bo‘lgan bolalar o‘yinchoqlarida tormozlash qurilmasi bo‘lishi shart. Bolalar og‘irligini ko‘taradigan va g‘ildiragining harakati bolaning qo‘li yoki oyog‘i orqali amalga oshiriladigan yoxud mexanik uzatma orqali elektr yuritma bilan jihozlangan bolalar o‘yinchoqlarini tormozlash qurilmalarsiz ishlab chiqarishga ruxsat etiladi. Zanjirli uzatmaga ega bo‘lgan bolalar o‘yinchoqlari muhofaza qoplamasi bilan jihozlangan bo‘lishi zarur. Tayanch yuzasiga sirpanishni bartaraf etuvchi elementlar o‘rnatilgan bo‘lishi kerak.
53. Bolalar og‘irligini ko‘taradigan va u bilan harakatlanishga mo‘ljallanmagan bolalar o‘yinchoqlari mustahkam va ag‘darilishga turg‘un bo‘lishi kerak.
54. Otuvchi mexanizmli snaryadi kinetik energiyaga ega bo‘lgan o‘yinchoqlar bolalar va (yoki) ularga qarab turuvchi shaxslarga jarohat olish xavfini keltirib chiqarmasligi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
541. Osma belanchaklar chidamli bo‘lishi kerak, uch yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun belanchak o‘rindiqlari bolaning yiqilishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun mo‘ljallangan bo‘lishi kerak.
(541-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 17-fevraldagi 66-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.02.2026-y., 09/26/66/0162-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 22-avgust)
55. 10 yoshgacha bo‘lgan bolalarga mo‘ljallangan konstruktor-yig‘ilmalar va modellarni yig‘ish jarayonida kavsharlashga yo‘l qo‘ymaslik kerak.
56. Tarkibida qizdirish elementi mavjud bo‘lgan o‘yinchoqlarni ishlab chiqarishda quyidagilar ta’minlanishi zarur:
foydalanuvchiga o‘yinchoq yuzasidagi harorat kuyish xavfini keltirib chiqarmasligi zarur;
infraqizil nurlanish integral oqimining jadallik darajasi Texnik reglamentga 2-ilovada keltirilgan gigiyenik xavfsizlik talablariga mos bo‘lishi kerak;
bolalar o‘yinchoqlaridagi suyuqlik, bug‘ yoki gazlar (agar bu o‘yinchoqning ishlashi uchun zarur bo‘lsa) kuyish yoki boshqa shikastlanishga olib kelmasligi uchun harorat yoki bosimning yuqori qiymatiga ega bo‘lmasligi kerak.
57. Titrash manbaiga ega bo‘lgan bolalar o‘yinchoqlaridagi mahalliy titrash darajasi hamda tovush chiqaruvchi o‘yinchoqlardagi jaranglash darajasi Texnik reglamentga 2-ilovada keltirilgan gigiyenik xavfsizlik talablariga muvofiq bo‘lishi kerak.
58. Bolalar uchun shaqildoq o‘yinchoqlar va bolalar og‘zi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqada bo‘luvchi bolalar o‘yinchoqlarining sirtini bo‘yash va rasmlar chizishga ruxsat etilmaydi.
59. Stol usti yig‘ma bolalar o‘yinchoqlarida qo‘llaniladigan tushuntirish matnlari hamda rasmlari aniq bo‘lishi, ular asosiy fondan ajralib turishi kerak.
60. Yig‘iladigan bolalar o‘yinchoqlarining (qo‘g‘irchoq aravachasi, dazmol qilish doskasi, yig‘iladigan stulcha va boshqalar) qisimlari o‘z-o‘zidan bukilishiga va sirpanishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun ular cheklovchi qurilma yoki ilgak bilan ta’minlangan bo‘lishi zarur.
61. Bolalar o‘yinchog‘ining g‘ildiraklari va korpusi yoki uning qismlari (himoya to‘sqichi) orasidagi masofa g‘ildirakning har qanday holatida ham 5 mm dan kam yoki 12 mm dan ko‘p bo‘lishi zarur.
62. Stol usti yig‘ma o‘yinchoqlaridagi qog‘oz va kartonlar quyuq bo‘yoqlar bilan chaplanishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak.
63. Optik bolalar o‘yinchoqlari shunday loyihalanishi va ishlab chiqarilishi kerakki, u bolaning ko‘rish qobiliyati yomonlashuvi xavfini keltirib chiqarmasligi zarur.
64. Svetodiodlardan foydalanib tayyorlangan bolalar o‘yinchoqlari ko‘rish organlariga salbiy ta’sir etmasligi va zararli nurlanishlar hosil qilmasligi kerak.
65. Bolalar o‘yinchoqlarida lazerli nurlanish tizimining har qanday turidan foydalanish taqiqlanadi.
66. Bolalar o‘yinchoqlari ma’naviy-axloqiy, psixologik xavfsizlikni ta’minlashi hamda “ommaviy madaniyat”ni targ‘ib etmasligi lozim.
3-bob. Xavfsizlikka muvofiqlikni ta’minlanish talablari
67. Bolalar o‘yinchoqlarining Texnik reglamentga muvofiqligi quyidagi talablar bajarilishi bilan belgilanadi:
Texnik reglamentga 2-ilovada keltirilgan gigenik xavfsizlik talablari;
bolalar o‘yinchoqlarini tadqiq qilish (sinovdan o‘tkazish) usullari va qoidalari, o‘lchash, shu bilan birga Texnik reglament talablarini qo‘llash va bajarish hamda mahsulotning muvofiqligini baholash (tasdiqlash) uchun zarur bo‘lgan namunalarni tanlash qoidalari texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda keltirilgan.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
4-bob. Bolalar o‘yinchoqlari muvofiqligini baholash
(4-bobning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 17-fevraldagi 66-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.02.2026-y., 09/26/66/0162-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 22-avgust)
68. Bolalar o‘yinchoqlari erkin muomalaga chiqarilishidan oldin mazkur texnik reglament talablariga muvofiqligi tasdiqlanishi lozim.
Bolalar o‘yinchoqlarining muvofiqligini tasdiqlash sertifikatlashtirish shaklida amalga oshiriladi. Sertifikatlashtirish belgilangan tartibda akkreditatsiyadan o‘tgan sertifikatlashtirish organlari tomonidan 1s, 2s 3s sertifikatlashtirish sxemalarini qo‘llagan holda sertifikatlashtirish tartibiga muvofiq amalga oshiriladi.
Sertifikatlashtirish uchun sinashlar Milliy akkreditatsiya tizimi reyestriga kiritilgan sinash laboratoriyalarida amalga oshiriladi.
O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tomonidan tasdiqlanadigan bolalar o‘yinchoqlari xavfsizligi to‘g‘risidagi texnik reglament talablariga rioya etilishini ta’minlaydigan hamda texnik reglamentlarda belgilangan mahsulotning muvofiqligini baholash uchun zarur bo‘lgan, namunalar olish, sinash va o‘lchash usullarini belgilaydigan standartlar ro‘yxatidagi hujjatlar qo‘llanmagan hollarda yoki ushbu hujjatlar bo‘lmaganda, bolalar o‘yinchoqlarining muvofiqligi ushbu texnik reglamentni 68-bandining b) kichik bandiga asosan (1s, 2s, 3s sxemalar) tasdiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Seriyali ishlab chiqarilgan bolalar o‘yinchoqlarini sertifikatlashtirish 1s, 2s sxemalar bo‘yicha amalga oshiriladi. Sertifikatlashtirish uchun bolalar o‘yinchoqlari namunalari sertifikatlashtirish organi yoki uning vakolatli vakili tomonidan tanlanadi. Bolalar o‘yinchoqlari to‘pisini sertifikatlashtirish 3s sxema bo‘yicha amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan bolalar o‘yinchoqlari to‘pisi import qiluvchi yoki ishlab chiqaruvchining vakolatli vakili tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kelingunga qadar sertifikatlashtiriladi. Sertifikatlash uchun bolalar o‘yinchoqlari namunalari sertifikatlashtirish organi tomonidan tanlanadi.
(68-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 17-fevraldagi 66-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.02.2026-y., 09/26/66/0162-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 22-avgust)
a) Bolalar o‘yinchoqlarini sertifikatlashtirishda (1s, 2s, 3s sxemalar) ishlab chiqaruvchi yoki ishlab chiqaruvchining vakolatli vakili, import qiluvchi sertifikatlashtirish organiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
bolalar o‘yinchoqlarini ishlab chiqarish uchun foydalanilgan hujjatlar (1s, 2s sxemalar);
bolalar o‘yinchoqlarining rangli tasvirdagi namunalari;
bolalar o‘yinchoqlarining konstruktorlik yoki texnik xususiyatlari berilgan hujjatlar nusxasi;
xom ashyo, materiallar va butlovchi qismlar, shuningdek, ularni ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
foydalanish bo‘yicha hujjatlari (agar mavjud bo‘lsa);
O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tomonidan tasdiqlanadigan bolalar o‘yinchoqlari xavfsizligi to‘g‘risidagi texnik reglament talablariga rioya etilishini ta’minlaydigan hamda texnik reglamentlarda belgilangan mahsulotning muvofiqligini baholash uchun zarur bo‘lgan, namunalar olish, sinash va o‘lchash usullarini belgilaydigan standartlar;
bolalar o‘yinchoqlarini ishlab chiqarishga sifat menejment tizimi joriy qilinganligini tasdiqlovchi muvofiqlik sertifikati (2s sxema);
Oldingi tahrirga qarang.
shartnoma (yetkazib berish shartnomasi) yoki jo‘natish hujjatlari (bolalar o‘yinchoqlar to‘pisi uchun) (2s sxema).
(68-band “a” kichik bandining to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 17-fevraldagi 66-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.02.2026-y., 09/26/66/0162-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 22-avgust)
Sertifikatlashtirish organi:
bolalar o‘yinchoqlarini identifikatsiya qiladi;
texnik reglament talablarini qo‘llash va bajarish hamda mahsulotning muvofiqligini baholash (tasdiqlash) uchun zarur namunalarni tanlash qoidalari belgilovchi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiqligini tekshirishni tashkil qiladi va sinov bayonnomalarini tahlil qiladi.
Ishlab chiqarish holatini tahlil qiladi (1s sxema).
Oldingi tahrirga qarang.
Seriyali ishlab chiqarilgan bolalar o‘yinchoqlari uchun muvofiqlik sertifikatining amal qilish muddati 3 yilga, bolalar o‘yinchoqlari to‘pisi uchun muvofiqlik sertifikatining amal qilish muddati cheklanmagan vaqtga beriladi.
(68-band “a” kichik bandining o‘n to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 17-fevraldagi 66-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.02.2026-y., 09/26/66/0162-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 22-avgust)
Ishlab chiqaruvchi (ishlab chiqaruvchini vakolatli vakili), import qiluvchi:
bolalar o‘yinchoqlari tamg‘asiga muvofiqlik belgisini joylashtiradi;
muvofiqligi tasdiqlangandan so‘ng quyidagi hujjatlarni shakllantiradi:
ushbu texnik reglamentning 68-bandi a) kichik bandida keltirilgan hujjatlarni;
sinash bayonnomalarini;
ishlab chiqarish holatining tahlili natijalarini;
muvofiqlik sertifikatini.
Sertifikatlashtirish organi sertifikatlangan bolalar o‘yinchoqlari ustidan inspeksiya nazoratini quyidagi tadbirlar orqali amalga oshiradi:
namunalarni belgilangan tartibda akkreditatsiyadan o‘tgan sinov laboratoriyasida (markazda) sinovdan o‘tkazish va (yoki) ishlab chiqarish holatini tahlil qilish (1s sxema);
namunalarni belgilangan tartibda akkreditatsiyadan o‘tgan sinov laboratoriyasida (markazda) sinovdan o‘tkazish va ishlab chiqarish obyektini sifat menejmenti tizimini sertifikatlashtirgan sertifikatlashtirish organi tomonidan o‘tkazilgan inspeksiya nazorati natijalarini tahlil qilish (2s sxema).
b) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tomonidan tasdiqlanadigan bolalar o‘yinchoqlari xavfsizligi to‘g‘risidagi texnik reglament talablariga rioya etilishini ta’minlaydigan standartlashtirishga doir hamda mahsulotlarning namunalarini olish, sinov va o‘lchov usullarini belgilovchi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar ro‘yxatidagi hujjatlar qo‘llanilmagan hollarda yoki ushbu hujjatlar bo‘lmaganda (1s, 2s, 3s sxemalar):
ishlab chiqaruvchi (ishlab chiqaruvchining vakolatli vakili), import qiluvchi bolalar o‘yinchoqlari ushbu texnik reglamentning xavfsizlik talablariga muvofiqligini tasdiqlovchi quyidagi hujjatlar to‘plamini sertifikatlashtirish organiga taqdim etadi:
bolalar o‘yinchoqlarini ishlab chiqarishda foydalanilgan hujjat (1s, 2s sxemalar);
bolalar o‘yinchoqlarining rangli tasvirdagi namunalari;
bolalar o‘yinchoqlarining konstruktorlik yoki texnik xususiyatlari berilgan hujjatlar nusxasi;
foydalanish bo‘yicha hujjatlar (agar mavjud bo‘lsa);
xom ashyo, materiallar va butlovchi qismlar, shuningdek, ularni ishlab chiqaruvchi va import qiluvchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlar (1s, 2s sxemalar);
ushbu texnik reglamentning xavfsizlik talablariga muvofiqligini tasdiqlovchi qabul qilingan texnik yechimlarning tavsifi va xatarlarni baholash hujjatlari;
bolalar o‘yinchoqlarini ishlab chiqarishga sifat menejment tizimi joriy qilinganligini tasdiqlovchi muvofiqlik sertifikati (2s sxema);
Oldingi tahrirga qarang.
shartnoma (yetkazib berish shartnomasi) yoki jo‘natish hujjatlari (bolalar o‘yinchoqlar to‘pisi uchun) (3s sxema).
(68-band “b” kichik bandining o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 17-fevraldagi 66-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.02.2026-y., 09/26/66/0162-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 22-avgust)
69. Sertifikatlashtirish organi:
Bolalar o‘yinchoqlarini identifikatsiya qiladi;
bolalar o‘yinchoqlarini mazkur texnik reglament talablariga muvofiqligi yuzasidan sertifikatlashtiradi. Bunda sertifikatlashtirish organi:
ushbu texnik reglamentning xavfsizlik talablaridan kelib chiqib, sertifikatlashtirilayotgan bolalar o‘yinchoqlari uchun aniq xavfsizlik talablarini aniqlaydi;
ishlab chiqaruvchi tomonidan amalga oshirilgan ushbu texnik reglamentlarning xavfsizlik talablari bajarilishini tasdiqlovchi qabul qilingan texnik yechimlarni tahlil qilish va xatarlarni baholashni amalga oshiradi;
o‘yinchoqlarning muvofiqligini tasdiqlash uchun Texnik reglament talablarini qo‘llash va bajarish hamda mahsulotning muvofiqligini baholash (tasdiqlash) uchun zarur bo‘lgan namunalarni tanlash qoidalarini belgilovchi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar ro‘yxatidan ushbu belgilangan aniq xavfsizlik talablarini aniqlash uchun sinov usullari standarilarini aniqlaydi;
sinovlar o‘tkazilishini tashkil etadi va sinash bayonnomalarini tahlil qiladi;
ishlab chiqarish holatini tahlil qiladi (1s sxema).
Oldingi tahrirga qarang.
Seriyali ishlab chiqarilgan bolalar o‘yinchoqlari uchun muvofiqlik sertifikatining amal qilish muddati 3 yilga, bolalar o‘yinchoqlari to‘pisi uchun muvofiqlik sertifikatining amal qilishi cheklanmagan muddatga beriladi.
(69-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 17-fevraldagi 66-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.02.2026-y., 09/26/66/0162-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 22-avgust)
Ishlab chiqaruvchi (ishlab chiqaruvchining vakolatli vakili), import qiluvchi:
bolalar o‘yinchoqlari tamg‘asiga muvofiqlik belgisini joylashtiradi;
muvofiqligi tasdiqlangandan so‘ng quyidagi hujjatlarni shakllantiradi:
ushbu texnik reglamentning 69-bandida keltirilgan hujjatlarni;
sinash bayonnomalarini;
ishlab chiqarish holati tahlili natijalarini;
muvofiqlik sertifikatini.
Sertifikatlashtirish organi sertifikatlangan bolalar o‘yinchoqlari ustidan inspeksiya nazoratini quyidagi tadbirlar orqali amalga oshiradi:
namunalarni belgilangan tartibda akkreditatsiyadan o‘tgan sinov laboratoriyasida (markazda) sinovdan o‘tkazish va (yoki) ishlab chiqarish holatini tahlil qilish (1s sxema);
namunalarni belgilangan tartibda akkreditatsiyadan o‘tgan sinov laboratoriyasida (markazda) sinovdan o‘tkazish va ishlab chiqarish obyektini sifat menejmenti tizimini sertifikatlashtirgan sertifikatlashtirish organ tomonidan o‘tkazilgan audit natijalarini tahlil qilish (2s sxema).
70. Bolalar o‘yinchoqlariga tegishli hujjatlar to‘plami ishlab chiqaruvchilar tomonidan bolalar o‘yinchoqlarining ishlab chiqarilishi to‘xtatilgan (bekor qilingan) kundan, bolalar o‘yinchoqlarini import qiluvchilar tomonidan so‘nggi mahsulot sotilgan kundan boshlab kamida 10 yil davomida saqlanishi kerak.
(4-bob O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-martdagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.03.2024-y., 09/24/153/0241-son)
5-bob. O‘tish davri
71. Texnik reglament amalga kiritilgan paytdan boshlab, O‘zbekiston Respublikasi hududida amalda bo‘lgan va bolalar o‘yinchog‘i mahsulotlariga xavfsizlik talablarini belgilaydigan, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar Texnik reglamentga muvofiqlashtirilguniga qadar Texnik reglamentga zid bo‘lmagan qismlari yuzasidan qo‘llaniladi.
6-bob. Texnik reglament talablariga rioya etilishi bo‘yicha davlat nazorati
Oldingi tahrirga qarang.
72. Texnik reglament talablariga rioya qilish bo‘yicha davlat nazoratini O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va uning hududiy organlari, shuningdek, boshqa maxsus vakolatli davlat organlari tomonidan o‘z vakolatlari doirasida amalga oshiradi.
(72-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-martdagi 114-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 09/22/114/0209-son)
73. Texnik reglament talablariga muvofiq bo‘lmagan bolalar o‘yinchog‘i mahsulotlarining muomalaga chiqarilishining oldini olish davlat nazoratini amalga oshiruvchi vakolatli organlar tomonidan konun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
7-bob. Texnik reglament talablari buzilganligi uchun javobgarlik
Oldingi tahrirga qarang.
74. Texnik reglament talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
(74-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Bolalar o‘yinchoqlarining xavfsizligi to‘g‘risidagi texnik reglamentga
1-ilova
(1-ilovaning belgisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 17-fevraldagi 66-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.02.2026-y., 09/26/66/0162-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 22-avgust)
Bolalar o‘yinchog‘i deb qaralmaydigan mahsulotlar
RO‘YXATI
1. Archa o‘yinchoqlari, sun’iy archalar va ularga tegishli elektr girlyandlar.
2. 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarga mo‘ljallanmagan, kolleksiya uchun to‘plangan masshtabli modellar.
3. Bolalarning o‘yin maydonlari jihozlari.
4. Sport inventarlari, shu jumladan suv ostida qo‘llaniladiganlari ham.
5. 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarga mo‘ljallanmagan folklyor va dekorativ o‘yinchoqlar.
6. Jamoat joylarida umumiy foydalanishga mo‘ljallangan “professional” o‘yinchoqlar.
7. O‘yin avtomatlari.
8. 500 dan ziyod detallardan iborat bo‘lgan murakkab bosh qotirmalar.
9. Pnevmatik qurol.
10. Otuvchi qurilmalar va katapultlar.
11. Metall uchli otiluvchi snaryadlar.
12. O‘yinchoqlarni tarmoqdan ta’minlovchi transformatorlar, akkumulyatorlarning zaryadlovchi qurilmalari, o‘yinchoqlar bilan birga yetkaziluvchilar ham.
13. Kattalar nazoratida o‘quv jarayonida foydalaniladigan, qizdiruvchi elementlari bo‘lgan buyumlar.
14. 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan ichki yonuv dvigatelli transport vositalari.
15. Bug‘ dvigatelli o‘yinchoq mashinalar.
16. Umumiy foydalaniladigan yo‘llarda harakatlanishga mo‘ljallangan velosipedlar.
17. Nominal kuchlanishi 24 V dan yuqori kuchlanishda ishlaydigan o‘yinlar va o‘yinchoqlar.
18. O‘qotar qurollarning aniq nusxalari.
19. Bolalar uchun bijuteriyalar.
20. Suzish uchun moslamalar (masalan, qo‘lga kiyiladigan dam berilgan manjetlar).
21. Himoya vositalari (suzish uchun ko‘zoynaklar, quyoshdan himoyalovchi ko‘zoynaklar, velosipedchining va skeytbordchining shlemlari).
22. Rezina shnur yordamida uchiriladigan o‘yinchoqlar.
23. Tortilmagan holatida uzunligi 1 200 mm dan oshadigan kamonlar.
24. Lateks, rezina va silikonli elastomerdan bolalar uchun tayyorlangan sanitar-gigiyenik buyumlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Bolalar o‘yinchoqlarining xavfsizligi to‘g‘risidagi texnik reglamentga
11-ilova
Majburiy tartibda muvofiqligi baholanishi lozim bo‘lgan bolalar o‘yinchoqlarining
RO‘YXATI

T/r

Mahsulotlar turi nomi

TIF TN kodi

Bolalar o‘yinchoqlarining nomi

1.

Bolalar uchun plastilin

3407 00 000 0

2.

Bolalar to‘plari

9503 00 990 9

3.

Bayramlar, karnavallar yoki boshqa ko‘ngilochar mahsulotlar, jumladan, fokuslar va hazil-huzul ko‘rsatish uchun buyumlar

9505 10 100 0,

9505 10 900 0,

9505 90 000 0

4.

Uch g‘ildirakli velosipedlar, samokatlar, pedalli avtomobillar va boshqa g‘ildirakli o‘yinchoqlar; qo‘g‘irchoqlar uchun aravachalar

9503 00 100 1,

9503 00 100 9

5.

Faqat odamlarni ifodalaydigan qo‘g‘irchoqlar, ularning qismlari va jihozlari

9503 00 210 0,

9503 00 290 0

6.

Elektr poyezdlari (relslari bilan), svetoforlar va ularning boshqa jihozlari; modellarni kichraytirilgan o‘lchamda yig‘ish uchun elementlar to‘plamlari

9503 00 300 0

7.

Konstruktorlik to‘plamlari

9503 00 350 0,

9503 00 390 0

8.

Hayvonlar yoki boshqa mavjudotlarni ifodalaydigan o‘yinchoqlar, shuningdek, yumshoq o‘yinchoqlar

9503 00 410 0,

9503 00 490 0

9.

O‘yinchoq shaklidagi qurilma va ularning musiqaviy asboblari

9503 00 550 0

10.

Boshqotirmalar

9503 00 610 0,

9503 00 690 0

11.

Qadoqlangan to‘plamdagi o‘yinchoqlar

9503 00 700 0

12.

Motorga ega o‘yinchoq va modellar

9503 00 750 0,

9503 00 790 0

13.

Elektron o‘yinchoqlar, ko‘ngilochar mahsulotlar, stol yoki xona o‘yinlari

9504 90 800 9

14.

Qurol shaklidagi o‘yinchoq

9503 00 810 0

15.

Metalldan quyilgan kichik modellar

9503 00 850 0

16.

Plastmassadan tayyorlangan o‘yinchoq va modellar

9503 00 950 0

17.

Bolalar bino ichida yoki ochiq havoda foydalanadigan o‘yin uchun balandligi ko‘pi bilan 120 cm, kengligi ko‘pi bilan 185 cm, uzunligi ko‘pi bilan 185 cm bo‘lgan gazlama va plastmassa yoki metall (quvur yoki prujinali) karkasli chodirlar, hayvonlar, multiplikatsiya personajlari, transport vositalari, geometrik shakllar (masalan, piramida, konus, kub, kesik piramida) ko‘rinishida

9503 00 990 1

18.

Bir necha turdagi (kombinatsiya) materiallardan yasalgan va yuqoridagi mezonlarga to‘g‘ri kelmaydigan o‘yinchoqlar

9503 00 990 9

19.

Musobaqali o‘yinlar uchun elektron poyga avtomobillari to‘plamlari

9504 90 100 0

(11-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 17-fevraldagi 66-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.02.2026-y., 09/26/66/0162-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 22-avgust)
Oldingi tahrirga qarang.
Bolalar o‘yinchoqlarining xavfsizligi to‘g‘risidagi texnik reglamentga
2-ilova
(2-ilovaning belgisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 17-fevraldagi 66-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.02.2026-y., 09/26/66/0162-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 22-avgust)
Bolalar o‘yinchoqlarining gigiyenik xavfsizligiga qo‘yiladigan talablar
1. Bolalar o‘yinchoqlarining gigiyenik xavfsizligiga qo‘yiladigan talablar quyidagilardan iborat:
organoleptik ko‘rsatkichlar (hidi, yoqimsiz ta’mi);
fizik omillar (tovush darajasi, elektro statik maydon kuchlanganligining darajasi, elektr magnit maydon kuchlanganligining darajasi, radiochastota diapazoni, elektr magnit maydon kuchlanganligi darajasi, infraqizil nurlanish integral oqimining intensivlik darajasi, mahalliy titrash darajasi, tabiiy radionuklidlarning aktivligi solishtirma samaradorligi);
sanitar-kimyoviy ko‘rsatkichlar (namuna muhitida zararli kimyoviy moddalar tarqalishi, matriallar kimyovi tarkibini aniqlash bilan bog‘liq bo‘lgan ro‘yxat va bolalar o‘yinchog‘idan ajralib chiqadigan zararli kimyoviy moddalar me’yori);
toksikologik-gigiyenik ko‘rsatkichlar (shilliq qatlamda qichishish hosil qilishi, toksiklik ko‘rsatkichi);
bundan tashqari, bolalar o‘yinchoqlari tarkibida bo‘lishi taqiqlangan va konsentratsiyasi bolalar o‘yinchog‘ida yoki uning tarkibiy qismlarida 100 mg/kg dan oshsa, bolalar o‘yinchoqlarining tamg‘alarida ko‘rsatilishi lozim bo‘lgan allergiya chaqiruvchi aromatizatorlar ro‘yxati;
mikrobiologik ko‘rsatkichlar.
Agar bolalar o‘yinchog‘i gigenik xavfsizlikka tekshirilayotganida nazorat qilinadigan birorta ko‘rsatkichi mos kelmasligi tasdiqlangan taqdirda, bolalar o‘yinchog‘i bo‘yicha bundan keyingi har qanday tadqiqotlar to‘xtatiladi.
2. Organoleptik ko‘rsatkichlar:
tabiiy sharoitda va suvli muhitda bolalar o‘yinchog‘i hidi intensivligi:
1 yoshgacha bo‘lgan bolalarga mo‘ljallangan o‘yinchoqlarda 1 balldan oshmasligi kerak;
1 yoshdan katta bo‘lgan bolalar uchun bu ko‘rsatkich 2 balldan oshmasligi kerak;
suvli muhitda hidining namunaviy intensivligi 3 yoshdan katta bolalar uchun bolalar o‘yinchoqlarida 2 balldan oshmasligi kerak;
3 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan o‘yinchoqlarda va og‘iz bo‘shlig‘i bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqada bo‘luvchi bolalar o‘yinchoqlarida hosil bo‘ladigan yoqimsiz ta’mning intensivligi 1 balldan oshmasligi kerak.
3. Fizik omillar:
a) ovoz chiqaruvchi bolalar o‘yinchoqlarining tovushlari ekvivalentlik darajasi (sport o‘yinlari modellaridan tashqari) quyidagi qiymatlarga teng bo‘lishi talab etiladi:
3 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun — 60 dBA (dBA — akustik detsibel);
3 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun — 65 dBA dan yuqori bo‘lmasligi kerak;
6 yoshdan katta bolalar uchun — 70 dBA dan yuqori bo‘lmasligi kerak;
b) impulsli tovush chiqaruvchi bolalar o‘yinchoqlaridan boshqa ochiq havoda o‘ynaladigan bolalar o‘yinchoqlari tovushining ekvivalentlik darajasi 75 dBA dan yuqori bo‘lmasligi kerak;
v) bolalar o‘yinchoqlari tovushining eng yuqori darajasi quyida keltirilgan ko‘rsatkichlarga muvofiq bo‘lishi kerak:
3 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun — 70 dBA dan yuqori bo‘lmasligi;
3 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun — 75 dBA dan yuqori bo‘lmasligi;
6 yoshdan katta bolalar uchun — 80 dBA dan yuqori bo‘lmasligi;
ochiq havoda o‘ynaladigan bolalar o‘yinchoqlari tovushning eng yuqori darajasi 85 dBA dan yuqori bo‘lmasligi kerak;
impulsli tovush chiqaruvchi bolalar o‘yinchoqlarining eng yuqori tovush chiqarish darajasi 90 dBA dan oshmasligi kerak;
g) bolalar o‘yinchoqlari yuzasidagi elektr statik maydon kuchlanganligi darajasi 15 kV/m dan oshmasligi kerak;
d) radio boshqaruvli, elektron va elektrotexnik bolalar o‘yinchoqlari tarqatadigan elektr magnit maydonlarining kuchlanganlik darajasi, chastota oralig‘i:
0,3 kHz dan 300 kHz gacha oraliqda o‘zgarganda 25 V/m dan;
0,3 MHz dan 3 MHz gacha oraliqda o‘zgarganda 15 V/m dan;
3 MHz dan 30 MHz gacha oraliqda o‘zgarganda 10 V/m dan;
30 MHz dan 300 MHz gacha oraliqda o‘zgarganda 3V/m dan;
0,3 dan 300 GHz gacha oraliqda o‘zgarganda 10 µW/cm2 dan oshmasligi kerak.
e) bolalar o‘yinchog‘ida sanoat chastotali (50 Hz) elektr toki hosil qiladigan maydonning kuchlanganlik darajasi 0,5 kV/m dan oshmasligi kerak;
yo) infraqizil nurlanish integral oqimining intensivlik darajasi 100 W/m2 dan oshmasligi kerak;
j) tebranish manbaiga ega bo‘lgan o‘yinchoqlarda o‘rtacha geometrik oktavalar oralig‘idagi 8 Hz va 16 Hz chastotalar uchun mahalliy tebranish darajasi 63 dB dan oshmasligi kerak, 69 dB bo‘lganda — 31,5 Hz, 75 dB bo‘lganda — 63 Hz, 81 dB bo‘lganda — 125 Hz, 87 dB bo‘lganda — 250 Hz, 93 dB bo‘lganda — 500 Hz, 99 dB bo‘lganda — 1000 Hz chastotalarga ega bo‘ladi. Tebranish tezlanishining to‘g‘rilangan darajasi 66 dB dan oshmasligi kerak;
z) tabiiy materiallardagi tabiiy radionuklidlarning va bolalarning ijodiy o‘yinlarining jamlanmalari tarkibiga kiruvchi, ulardan tayyorlangan mahsulotlarning solishtirma samaradorlik darajasi 370 Bq/kg dan oshmasligi kerak.
4. Sanitar-kimyoviy ko‘rsatkichlar:
a) bolalar o‘yinchoqlarida namunali (suvli, havoli) muhitda zararli kimyoviy moddalarning tarqalish darajasi 1a-jadvalda va namunaviy muhitda 1b-jadvalda keltirilgan me’yorlardan oshib ketmasligi zarur;
1a-jadval
Namunali (suvli, havoli) muhitda zararli kimyoviy moddalarning tarqalish darajasi

Materiallar, mahsulotlarning nomlanishi

Aniqlanadigan zararli moddaning nomlanishi

Tarqalish darajasi

Suvli muhit (mg/dm3), yuqori bo‘lmagan

Havoli muhit (mg/m3), yuqori bo‘lmagan

Akrilonitril butadiyenstirolli plastiklar

α-metilstirol

0,1

0,04

akrilonitril

0,02

0,03

benzaldegid

0,003

0,04

benzol

0,01

0,1

ksilollar (izomerlari qorishmasi)

0,05

0,2

stirol

0,01

0,002

toluol

0,5

0,6

etilbenzol

0,01

0,02

formaldegid

0,1

0,003*

Stirolning sopolimerlari va prostirol

atsetaldegid

0,2

0,01

atseton

0,1

0,35

benzaldegid

0,003

0,04

benzol

0,01

0,1

butadiyen

0,05

1,0

ksilollar (izomerlar qorishmasi)

0,05

0,2

kumol (izopropilbenzol)

0,1

0,014

metilmetakrilat

0,25

0,01

butil spirti

0,5

0,1

metil spirti

0,2

0,5

stirol

0,01

0,002

toluol

0,5

0,6

formaldegid

0,1

0,003*

etilbenzol

0,01

0,02

Poliolefinlar asosidagi xom ashyo

atsetaldegid

0,2

0,01

atseton

0,1

0,35

geksan

0,1

geksen

0,085

geptan

0,1

gepten

0,065

izopropil spirti

0,1

0,6

butil spirti

0,5

0,1

izobutil spirti

0,5

0,1

metil spirti

0,2

0,5

propil spirti

0,1

0,3

formaldegid

0,1

0,003*

etilatsetat

0,1

0,1

Vinilatsetat asosidagi polimerlar

atsetaldegid

0,2

0,01

vinilatsetat

0,2

0,15

geksan

0,1

geptan

0,1

formaldegid

0,1

0,003*

Polivinilxloridlar

atsetaldegid

0,2

0,01

atseton

0,1

0,35

benzol

0,01

0,1

vinilxlorid

0,01

0,01

dibutilftalat**

ruxsat etilmaydi

ruxsat etilmaydi

dimetilftalat

0,3

0,007

dioktilftalat

2,0

0,02

dietilftalat

3,0

0,01

butil spirti

0,5

0,1

izobutil spirti

0,5

0,1

zopropil spirti

0,1

0,6

metil spirti

0,2

0,5

propil spirti

0,1

0,3

toluol

0,5

0,6

fenol***

0,05

0,003

fenollarningumumiy yig‘indisi***

0,1

rux

1,0

qalay

2,0

Poliuretanlar

atsetaldegid

0,2

0,01

atseton

0,1

0,35

benzol

0,01

0,1

butilatsetat

0,1

0,1

izopropil spirti

0,1

0,6

metil spirti

0,2

0,5

propil spirti

0,1

0,3

toluol

0,5

0,6

formaldegid

0,1

0,003*

etilatsetat

0,1

0,1

etilenglikol

1,0

1,0

Poliamidlar

benzol

0,01

0,1

geksametilendiamin

0,01

0,001

e-kaprolaktam

0,5

0,06

metil spirti

0,2

0,5

fenol***

0,05

0,003

fenollarningumumiy yig‘indisi***

0,1

Poliakrilat

akrilonitril

0,02

0,03

geksan

0,1

geptan

0,1

metilmetakrilat

0,25

0,01

Poliefirlar asosidagi xom ashyolar

atsetaldegid

0,2

0,01

Atseton

0,1

0,35

metilatsetat

0,1

0,07

metil spirti

0,2

0,5

propil spirti

0,1

0,3

fenol***

0,05

0,003

fenollarning umumiy yig‘indisi***

0,1

formaldegid

0,1

0,003*

Tereftal kislota asosidagi polietilen tereflat va sopolimerlar

atsetaldegid

0,2

0,01

atseton

0,1

0,35

dimetiltereftalat

1,5

0,01

butil spirti

0,5

0,1

izobutil spirti

0,5

0,1

metil spirti

0,2

0,5

formaldegid

0,1

0,003*

etilenglikol

1,0

1,0

Polikarbonat

difinelolpropan

0,01

0,04

metilenxlorid

7,5

fenol***

0,05

0,003

fenollarning umumiy yig‘indisi***

0,1

xlorbenzol

0,02

0,1

Fenoplastlar vaaminoplastlar

atsetaldegid

0,2

0,01

fenol***

0,05

0,003

fenollarning umumiy yig‘indisi***

0,1

formaldegid

0,1

0,003*

Epoksid smolalar asosidagi polmerxom ashyolar

atsetaldegid

0,2

0,01

fenol***

0,05

0,003

fenollarning umumiy yig‘indisi***

0,1

formaldegid

0,1

0,003*

epixlorgidrin

0,1

0,2

Parafinlar va mumlar

atsetaldegid

0,2

0,01

atseton

0,1

0,35

benzapiren**

ruxsat etilmaydi

ruxsat etilmaydi

geksan

0,1

geptan

0,1

butil spirti

0,5

0,1

metil spirti

0,2

0,5

toluol

0,5

0,6

formaldegid

0,1

0,003*

Rezinalateksli kompozitsiyalar

agidol 2

2,0

agidol 40

1,0

akrilonitril

0,02

0,03

altaks

0,4

atsetofenon

0,1

0,003

benzapiren**

ruxsat etilmaydi

ruxsat etilmaydi

vulkatsit (etilfenilditiokarbamat sink)

1,0

dimetilditiokarbamat sink (simat)

0,6

dietilditiokarbamat sink (etilsimat)

0,5

agidol 2

2,0

agidol 40

1,0

akrilonitril

0,02

0,03

altaks

0,4

atsetofenon

0,1

0,003

kaptaks(2merkaptobenztiazol)

0,4

stirol (vinilbenzol)

0,01

0,002

sulfenamid S (siklogeksil-2-benztiazolsulfenamid)

0,4

tiuram D (tetrametiltiuram disulfid)

0,5

tiuram E(tetraetiltiuram disulfid)

0,5

rux

1,0

Silikonlar

atsetaldegid

0,2

0,01

benzol

0,01

0,1

butil spirti

0,5

0,1

metil spirti

0,2

0,5

fenol***

0,05

0,003

fenollarning umumiy yig‘indisi***

0,1

formaldegid

0,1

0,003*

Qog‘oz, karton

atsetaldegid

0,2

0,01

atseton

0,1

0,35

benzol

0,01

0,1

butilatsetat

0,1

0,1

ksilollar (izomerlar qorishmasi)

0,05

0,2

butil spirti

0,5

0,1

izobutil spirti

0,5

0,1

metil spirti

0,2

0,5

izopropil spirti

0,1

0,6

toluol

0,5

0,6

formaldegid

0,1

0,003*

etilatsetat

0,1

0,1

rux

1,0

Yog‘och

atsetaldegid

0,2

0,01

butil spirti

0,5

0,1

izobutil spirti

0,5

0,1

metil spirti

0,2

0,5

izopropil spirti

0,1

0,6

fenol***

0,05

0,003

fenollarning umumiy yig‘indisi***

0,1

formaldegid

0,1

0,003*

Sopol, oyna

aluminiy

0,5

bor

0,5

rux

1,0

titan

0,1

Sun’iy mo‘yna, to‘qimachilik materiallari

akrilonitril

0,02

0,03

atseton

0,1

0,35

benzol

0,01

0,1

vinilatsetat

0,2

0,15

metil spirti

0,2

0,5

toluol

0,5

0,6

fenol***

0,05

0,003

fenollarning umumiy yig‘indisi***

0,1

formaldegid

50 mkg/g

0,003*

Bo‘yoqlar, qalamlar, flomasterlar, guash, plastilin va shunga o‘xshash mahsulotlar

fenol***

0,05

0,003

fenollarning umumiy yig‘indisi***

0,1

formaldegid

0,1

0,003*

Po‘lat

temir

0,3

marganets

0,1

xrom (Cr 3+)

jamlangan

xrom (Cr 6+)

0,100

nikel

0,1

mis

1,0

Qalayli bronza

mis

1,0

rux

1,0

nikel

0,1

qalay

2,0

qo‘rg‘oshin

0,03

Aluminiy qotishmalari

aluminiy

0,5

marganets

0,1

temir

0,3

mis

1,0

rux

1,0

Qo‘rg‘oshin-kumushli qotishmalar

qo‘rg‘oshin

0,03

kadmiy

0,001

kumush

0,05

* Me’yorlar atrof-muhit havosi fonining ifloslanishini hisobga olinmagan holat uchun keltirilgan.
** Sanitar-kimyoviy ko‘rsatkichlar, nazorat uchun qo‘llaniladigan o‘lchashlar metodikasiga ko‘ra, keltirilgan zaharli moddalarning pastki chegarasidagi me’yoriy qiymatidan ko‘p bo‘lishiga ruxsat etilmaydi.
*** O‘zaro bir-birini almashtiruvchi ko‘rsatkichlar.
1b-jadval
Namunali muhitda zararli kimyoviy moddalarning tarqalish darajasi

Material, mahsulotning nomlanishi

Aniqlanadigan zararli moddalarning nomlanishi

Ruxsat etilgan tarqalish darajasi

(namunaviy muhit (mg/dm3) gacha)

1. Akrilonitril butadiyenstirolli plastiklar.

2. Stirolning sopolimerlari va prostirol.

3. Poliolefinlar asosidagi materiallar.

4. Vinilatsetat asosidagi polimerlar.

5. Polivinilxloridlar.

6. Poliuretanlar.

7. Poliamidlar.

8. Poliakrilat.

9. Poliefirlar asosidagi materiallar.

10. Tereftalli kislotalar asosidagi polietilen tereftalat va sopolimerlar.

12. Polikarbonat.

13. Fenoplastlar va aminoplastlar.

14. Epoksid smolalar asosidagi polmer.

15. Materiallari.

16. Parafinlar va mumlar.

17. Rezina-lateksli kompozitsiyalar (qo‘rg‘oshin bundan mustasno).

18. Silikonlar.

19. Qog‘oz va karton.

20. Yog‘och.

21. Sopol va oyna.

22. Sun’iy mo‘yna va to‘qimachilik materiallari.

23. Bo‘yoqlar, qalamlar, flomasterlar.

24. Guash, plastilin va shunga o‘xshash mahsulotlar.

qo‘rgoshin

90

simob

25 (har kilogramda)

simob

60 (har qanday o‘yinchoq materiallarida)

kadmiy

50 (har kilogramda)

kadmiy

75 (har qanday o‘yinchoq materiallarida)

xrom

25 (har kilogramda)

xrom

60 (har qanday o‘yinchoq materiallarida)

mishyak

25

bariy

250 (har kilogramda)

bariy

1000 (har qanday o‘yinchoq materiallarida)

Eslatma.
Distillangan suv, sanitar-kimyoviy tadqiqotlarni olib borish uchun majburiy namunaviy muhit hisoblanadi.
Uch yoshdan katta bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan yumshoq va yog‘och o‘yinchoqlar, qo‘g‘irchoqlarning kiyimlari, bolalarni harakatlantirish uchun va ichiga sig‘diruvchi yoki ko‘taruvchi katta o‘lchamdagi o‘yinchoqlarda zaharli moddalarning tarqalish darajasi havoli (ochiq) namunaviy muhitda aniqlanadi.
b) Namunaviy muhitda (tuzli kislotada), bolalar o‘yinchog‘ining materiallaridan ajralib chiqadigan zararli moddalar 1-v jadvalda keltirilgan me’yorlardan oshib ketmasligi kerak;
1v-jadval
Bolalar o‘yinchog‘ining materiallaridan ajralib chiqadigan zararli moddalar me’yorlari ro‘yxati

Aniqlanadigan zararli kimyoviy moddalarning nomlanishi

Tarqalish darajasi

Bolalar o‘yinchog‘ining 1 kg tashkil etuvchi har qanday materiallaridan ajralib chiqadigan zararli moddalar miqdori, mg

Bolalar o‘yinchog‘ining 1 kg ni tashkil etuvchi massasidan va barmoq bilan surtiladigan bo‘yoqlaridan ajralib chiqadigan zararli moddalar miqdori, mg

surma

60

60

qo‘rg‘oshin

90

90

simob

60

25

kadmiy

75

50

xrom

60

25

mishyak

25

25

bariy

1000

250

selen

500

500

5. Toksikologik-gigiyenik ko‘rsatkichlar:
uch yoshgacha bo‘lgan bolalarga mo‘ljallangan, shuningdek, funksional xususiyatidan kelib chiqqan holda, bola og‘iz bo‘shlig‘i bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqada bo‘ladigan bolalar o‘yinchoqlari bola og‘iz bo‘shlig‘i shilliq pardasiga yallig‘lantiruvchi ta’sir ko‘rsatmasligi kerak;
bolalar o‘yinchoqlarida suvli muhitda (distirlangan muhitda) aniqlanadigan mahalliy teri qichishish ko‘rsatkichlari kuzatilmasligi yoki toksiklik ko‘rsatkichi suvli muhitda — 70 foizdan 120 foizgacha, havoli muhitda — 80 foizdan 120 foizgacha bo‘lishi kerak;
6. Bolalar o‘yinchoqlarida 2-jadvalda keltirilgan allergiya chaqiruvchi aromatizatorlar bo‘lishi taqiqlanadi.
2-jadval
Bolalar o‘yinchoqlarida bo‘lishi taqiqlangan allergiya chaqiruvchi aromatizatorlar ro‘yxati

Nomlanishi

CAS raqami

qora andiz moyi

9767635-2

allilizotiotsianat

57-06-7

benzil sianiti

140-29-4

4-tretbutilfenol

98-54-4

mari efir moyi

8006-993

siklamenol

4756-198 7

dietilmaleat

141-05-9

digidrokumarin

119-84-6

2,4-digidroksi-3-metilbenzaldegid

6248-200

3,7-dimetil-2-okten-1-ol (6,7-digidrogeraniol)

4060748-5

4,6-dimetil-8-tretbutilkumarin

1787434-9

dimetilsitrakonat

617-54-9

7,11-dimetil-4,6,10-dodekatriyen-3-on

2665196-7

6,10-dimetil-3,5,9-undekatriyen-2-on

141-10-6

difenilamin

122-39-4

etilakrilat

140-88-5

oddiy anjir bargi

6891652-9

trans-2-geptenal

1882955-5

trans-2-geksenaldietilatsetal

6774630-9

trans-2-geksenaldimetilatsetal

1831883-7

gidroabietanol

1339393-6

4-etoksifenol

622-62-8

6-izopropildekagidronaftalin-2-ol

3413199-2

7-metoksikumarin

531-59-9

4-metoksifenol

150-76-5

4-(p-metoksifenil)-3-buten-2-on

943-88-4

1-(p-metoksifenil)-1-penten-3-on

104-27-8

metil-trans-2-butenoat

623-43-8

6-metilkumarin

92-48-8

7-metilkumarin

2445-832

5-metil-2,3-geksandion

1370686-0

kostus ildizi moyi

8023-88-9

7-etoksi-4-metilkumarin

87-05-8

geksagidrokumarin

700-82-3

tozalanmagan peruan balzam (myroxylon pereirae (royle) klotzsch)

8007-00-9

2-pentilidensiklogeksanon

2567740-1

3,6,10-trimetil-3,5,9-undekatriyen-2-on

1117-415

tizmagul verbena moyi

8024-12-2

4-tretbutil-3-metoksi-2,6-dinitrotoluol

83-66-9

4-fenil-3-buten-2-on

122-57-6

amilsinnamal

122-40-7

2-pentil-3-fenilprop-2-yen-1-ol

101-85-9

benzil spirti

100-51-6

benzilsalitsilat

118-58-1

stiron (3-fenil-2-propen-1-ol)

104-54-1

sinnamal

104-55-2

sitral

5392-405

kumarin

91-64-5

evgenol

97-53-0

geraniol

106-24-1

gidroksitsitronellal

107-75-5

gidroksimetilpentilsiklogeksenkarboksialdegid

31906-04-4

izoevgenol

97-54-1

evernia prunastri

90028-68-5

pseudevernia furfuracea

90028-67-4

Bundan tashqari, 3-jadvalda keltirilgan allergiya chaqiruvchi aromatizatorlarning konsentratsiyasi o‘yinchoqda yoki uning tarkibiy qismlarida 100 mg/kg dan oshsa, ularning nomlari bolalar o‘yinchoqlari tamg‘alarida ko‘rsatilishi lozim.
3-jadval
Konsentratsiyasi bolalar o‘yinchog‘ida yoki uning tarkibiy qismlarida 100 mg/kg dan oshsa, bolalar o‘yinchoqlarining tamg‘alarida ko‘rsatilishi lozim bo‘lgan allergiya chaqiruvchi aromatizatorlar ro‘yxati

Nomlanishi

CAS raqami

Arpabodiyon spirti

105-13-5

Benzilbenzoat

120-51-4

Benzilsinnamat

103-41-3

Sitronellol

106-22-9

Farnezol

4602-84-0

Geksilsinnamal

101-86-0

Lilial

80-54-6

d-limonen

5989-27-5

Linalool

78-70-6

Metilgeptinkarbonat

111-12-6

3-metil-4-(2.6,6-trimetil-2-siklogeksen 1-il)-3-buten-2-on

127-51-5

7. Bir yoshgacha bolalarga mo‘ljallangan o‘yinchoqlarni tashkil qiluvchi massasida va barmoqlar bilan surtiluvchi bo‘yoqlar tarkibida mikrobiologik ko‘rsatkichlar 4-jadvalda keltirilgan me’yorlarga muvofiq bo‘lishi kerak.
4-jadval
O‘yinchoqlarning mikorobiologik ko‘rsatkichlari

O‘yinchoqlarning nomlanishi

Mikroorganizmlarning umumiy soni (mezofillar, aeroblarva fakultativ anaeroblar),

KOYE*

Xamirturushlar, xamirturushga o‘xshash, zamburug‘lar,

o‘yinchoqlarning
1 g ida

(1 sm2, 1 sm3)

Enterobakteriyalar oilasidagi bakteriyalar, o‘yinchoqlarning

1 g ida (1 sm2, 1 sm3)

Patogen stafilokokklar, o‘yinchoqlarning
1 g ida

(1 sm2, 1 sm3)

Psevdomonas aeroginoza o‘yinchoqlarning
1 g
ida (1 sm2,
1 sm3)

1 yoshgacha bo‘lgan bolalarga mo‘ljallangan ichi to‘ldirilgan o‘yinchoqlarni tashkil qiluvchi massasida va barmoqlar bilan surtiluvchi bo‘yoqlarda

102gacha

mavjud emas

mavjud emas

mavjud emas

mavjud emas

* Bakteriyalar zanjirini shakillantirish birligi.
Oldingi tahrirga qarang.
Bolalar o‘yinchoqlarining xavfsizligi to‘g‘risidagi texnik reglamentga
3-ilova
(3-ilovaning belgisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 17-fevraldagi 66-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.02.2026-y., 09/26/66/0162-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 22-avgust)
Xavflilik darajasi yuqori bo‘lgan bolalar o‘yinchoqlaridan foydalanish xavflari va ularning me’yorlari haqidagi axborotlarga qo‘yiladigan talablar
Bolalar uchun va (yoki) ularga qarab turuvchi shahslar uchun eng ko‘p xavf tug‘diruvchi bolalar o‘yinchoqlari, ulardan foydalanishda yuzaga keladigan xavflar va ularni bartaraf etish choralari haqida axborotlar bilan ta’minlanishi kerak.
1. Uch yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallanmagan bolalar o‘yinchoqlariga yosh guruhi ko‘rsatilgan, taqiqlovchi shartli grafik belgi qo‘yilgan bo‘lishi kerak. 1-rasmda shartli grafik belgining tasviri keltirilgan.
Shartli grafik belgi quyidagi elementlardan tashkil topgan bo‘ladi:
aylana va ichida kesishuvchi qizil yoki qora rangli chiziq;
aylana foni — oq rangda;
bolalar o‘yinchog‘ining yosh guruhiga mo‘ljallanmaganligi matni qora siyohda yozilgan va bolaning yuz konturi qora rangda chizilgan bo‘ladi. Shartli grafik belgining minimal diametri 10 mm dan kam bo‘lmasligi kerak.
2. Osma arg‘imchoqlar, sirpanib uchiladigan yasama tepalik xalqalar, trapetsiyalardan foydalanish hujjatlari.
Arqonlar va shunga o‘xshash bolalar o‘yinchoqlaridan foydalanish hujjatlarida tarkibiy qismlarini to‘g‘ri yig‘ilishiga qo‘yiladigan talablarning bajarilishi ularning noto‘g‘ri yig‘ilishida yuzaga keladigan xavfning oshishiga va texnik xizmat ko‘rsatishning buzilishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan holatlar ko‘rsatiladi.
3. Funksional bolalar o‘yinchoqlarida yoki uning qadoqlovchi qismida “Diqqat! Bevosita faqat kattalar nazorati ostida foydalanilsin!” degan ogohlantiruvchi yozuv bo‘lishi kerak.
Foydalanish hujjatlarida ogohlantiruvchi choralar va ko‘rsatmalar bo‘lishi shart, ularning bajarilmasligi bolalar o‘yinchoqlaridan foydalanuvchilarni xavf ostida qoldiradi.
Foydalanish hujjatlarida bolalar o‘yinchoqlarini bolalar qo‘li yetmaydigan joylarda saqlash haqida ko‘rsatma bo‘lishi shart.
4. Kimyoviy bolalar o‘yinchoqlaridan foydalanish to‘g‘risidagi hujjatlarda xavfli moddalar va reaktivlarning mavjudligi va ularning iste’molchi tomonidan qo‘llanilishi xavfidan kelib chiqqan holda, xavfsizlik choralarini ko‘rish to‘g‘risida ko‘rsatmalar berilishi kerak. Foydalanish hujjatlarida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish to‘g‘risida axborot berilishi, shuningdek, qanday yoshdagi bolalarga mo‘ljallanganligi to‘g‘risidagi ko‘rsatma ham bo‘lishi kerak.
Kimyoviy bolalar o‘yinchog‘ining qadoqlovchi qismida “Diqqat! Faqat yoshdan katta bo‘lgan bolalar uchun! Bevosita kattalar nazorati ostida foydalanilsin!” deb yozib qo‘yiladi. Bolaning yoshini ishlab chiqaruvchi ko‘rsatadi.
5. Oziq-ovqat mahsuloti qadoqlangan idishga bolalar o‘yinchog‘i joylashtirilgan bo‘lsa, u holda qadoqlangan idishga “Ichida o‘yinchoq bor” degan ogohlantiruvchi yozuv yozib qo‘yilgan bo‘lishi shart.
6. Rolikli konkilar va skeytbordlar bolalar o‘yinchoqlari sifatida sotuvga chiqarilganida, ularda “Diqqat! Himoya vositalarini kiyib olish tavsiya etiladi!” degan ogohlantiruvchi yorlig‘i bo‘lishi kerak.
7. Bunday bolalar o‘yinchoqlaridan foydalanish uchun ma’lum ko‘nikmalarga ega bo‘lish talab etiladi. Foydalanish hujjatlarida yiqilishi yoki urilib ketishi natijasida jarohat olishdan saqlanish maqsadida bolalar o‘yinchog‘idan ehtiyotkorlik bilan foydalanish to‘g‘risida, shuningdek, himoya vositalaridan (himoya shlemlaridan, qo‘lqoplardan, tizza himoyalagichlaridan, tirsaklarni himoyalovchi qalqonchalardan va boshqalar.) foydalanish bo‘yicha ko‘rsatmalar bo‘lishi talab etiladi.
8. Suv o‘yinlari uchun foydalaniladigan bolalar o‘yinchoqlarida “Diqqat! Sayoz suv havzalarida faqat kattalar nazorati ostida foydalaniladi!” degan yozuv matni qo‘yilishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
9. Iste’molchi qadog‘ida va (yoki) magnit o‘yinchoqlarni ekspluatatsiya qilish bo‘yicha yo‘riqnomada, elektr yoki elektron o‘yinchoq detallarida funksional magnitlar bo‘lgan o‘yinchoqlardan tashqari, quyidagi mazmundagi ogohlantiruvchi yozuv ko‘rsatilishi kerak:
Diqqat! Diqqat! Unda bo‘sh magnitlar va magnit elementlari mavjud. Faqat kattalarning bevosita nazorati ostida foydalaning. Agar magnit va magnit elementlari yutib yuborilgan bo‘lsa, tez tibbiy yordamga murojaat qiling!.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 17-fevraldagi 66-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.02.2026-y., 09/26/66/0162-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 22-avgust)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.07.2020-y., 09/20/451/1096-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 09/22/114/0209-son, Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 26.03.2024-y., 09/24/153/0241-son; 21.02.2026-y., 09/26/66/0162-son)