Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Elektron hukumat tizimini yanada rivojlantirish, shuningdek, davlat organlari va tashkilotlarining oʻz faoliyati boʻyicha jamoatchilik oldida elektron hisobot berishi tartibini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha harakatlar strategiyasini “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi toʻgʻrisida” 2020-yil 2-martdagi PF-5953-son Farmoniga muvofiq elektron hukumatning axborot tizimlari va resurslarining yagona reyestrini yuritish, yagona identifikatorlar, maʼlumotnomalar va tasniflagichlar roʻyxatlarini shakllantirish, maʼlumotlarni boshqarish axborot tizimini joriy qilish orqali elektron hukumat tizimini yanada rivojlantirish, shuningdek, davlat organlari va tashkilotlarining oʻz faoliyati boʻyicha jamoatchilik oldida elektron hisobot berishi tartibini joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha harakatlar strategiyasini “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida” 2020-yil 2-martdagi PF-5953-son Farmoniga muvofiq:
Elektron hukumatning axborot tizimlari va resurslari yagona reyestri (keyingi oʻrinlarda — yagona reyestr) axborot tizimini;
davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlari va resurslarida qoʻllanilishi majburiy boʻlgan elektron hukumatning yagona identifikatorlari, maʼlumotnomalar va tasniflagichlar roʻyxatlari axborot tizimini modernizatsiya qilish;
davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlari va maʼlumotlar bazalarini integratsiya qilish orqali mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini tahlil qilish, kelgusida prognozlashtirish imkonini beruvchi “Maʼlumotlarni boshqarish” axborot tizimini joriy qilish boʻyicha choralar koʻrilayotganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Belgilansinki:
Oldingi tahrirga qarang.
yagona reyestrga vazirliklar, qoʻmitalar, agentliklar, inspeksiyalar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda ustav kapitalida 50 foiz va undan ortiq davlat ulushi boʻlgan xoʻjalik birlashmalari (keyingi oʻrinlarda — davlat organlari va tashkilotlari)ning axborot tizimlari va axborot resurslari (keyingi oʻrinlarda — axborot tizimlari) kiritiladi;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Oldingi tahrirga qarang.
davlat organlari va tashkilotlari tomonidan ishlab chiqilgan axborot tizimlari va maʼlumotlar bazalari Raqamli texnologiyalar vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik) hamda “Kiberxavfsizlik markazi” DUK tomonidan taqdim etilgan ijobiy xulosa asosidagina amaliyotga joriy etilishi mumkin;
Vazirlik hamda “Kiberxavfsizlik markazi” DUKning ijobiy xulosalarini olmasdan turib davlat organlari va tashkilotlari oʻzlari tomonidan ishlab chiqilgan axborot tizimlarini va maʼlumotlar bazalarini amaliyotga joriy etishi taqiqlanadi;
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-martdagi 107-sonli qaroriga asosan uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.03.2023-y., 09/23/107/0146-son)
davlat organlari va tashkilotlariga yagona reyestrga kiritilgan axborot tizimlarining funksional vazifalarini takrorlaydigan axborot tizimlarini ishlab chiqish va foydalanish taqiqlanadi. Bunda, yagona reyestrga kiritilgan axborot tizimiga nisbatan tezkor, qulay, samarali, kamxarj va xavfsiz foydalanish imkonini beradigan boshqa axborot tizimlarini ishlab chiqish va foydalanishga, istisno tariqasida, faqat raqamli iqtisodiyot va elektron hukumat sohasidagi vakolatli organning xulosasiga muvofiq ruxsat berilishi mumkin;
davlat organlari va tashkilotlari idoralararo elektron hamkorlik qilishda elektron hukumatning maʼlumotnomalari, klassifikatorlari va yagona identifikatorlaridan foydalanishga majburdirlar.
3. Quyidagilar:
Elektron hukumatning axborot tizimlari va resurslari yagona reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga;
Elektron hukumatning maʼlumotnomalar va klassifikatorlar registrini shakllantirish va yuritish hamda yagona identifikatorlardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga;
“Maʼlumotlarni boshqarish” axborot tizimi orqali davlat organlari va tashkilotlari maʼlumotlarini yigʻish, qayta ishlash va tahlil qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga;
Elektron hukumatning idoralararo axborot tizimlarini ishlab chiqish va joriy etish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Belgilab qoʻyilsinki:
2020-yil 1-sentabrdan boshlab davlat boshqaruvi organlari, ularning hududiy boʻlinmalari, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, tuman (shahar)lar hokimliklari tomonidan oʻz faoliyati boʻyicha jamoatchilik oldida elektron hisobot berish tartibi joriy etiladi;
mazkur tartib ushbu bandning ikkinchi xatboshisida nazarda tutilmagan davlat organlari va tashkilotlari uchun tavsiyaviy tusga ega hisoblanadi.
Davlat organlari va tashkilotlarining oʻz faoliyati boʻyicha jamoatchilik oldida elektron hisobot berishi tartibi toʻgʻrisida nizom 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Vazirlik va “Kiberxavfsizlik markazi” davlat unitar korxonasi bilan birgalikda:
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-martdagi 107-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.03.2023-y., 09/23/107/0146-son)
2020-yil 1-oktabrga qadar yagona reyestrni yaratish va “Elektron hukumatning maʼlumotnomalar va klassifikatorlar registri” axborot tizimini modernizatsiya qilish boʻyicha texnik hujjatlarning ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini;
2021-yil 1-yanvarga qadar yagona reyestr va “Elektron hukumatning maʼlumotnomalar va klassifikatorlar registri” axborot tizimining amaliyotga joriy etilishini taʼminlasin.
6. Belgilansinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Vazirlik yagona reyestr va “Elektron hukumatning maʼlumotnomalar va klassifikatorlar registri” axborot tizimlarining egasi hisoblanadi va texnik faoliyat koʻrsatishini taʼminlaydi;
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-martdagi 107-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.03.2023-y., 09/23/107/0146-son)
yagona reyestrni yaratish, “Elektron hukumatning maʼlumotnomalar va klassifikatorlar registri” axborot tizimini modernizatsiya qilish hamda keyinchalik texnik qoʻllab-quvvatlash bilan bogʻliq xarajatlar Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maxsus hisobvaragʻi mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi;
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi “Maʼlumotlarni boshqarish” axborot tizimini ishlab chiqish va joriy etish boʻyicha buyurtmachi hisoblanadi;
“Maʼlumotlarni boshqarish” axborot tizimini ishlab chiqish va joriy etish bilan bogʻliq xarajatlar Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasi, Xalqaro valyuta jamgʻarmasi va xalqaro moliya institutlari grantlari hisobiga, axborot tizimini qoʻllab-quvvatlash hamda takomillashtirish esa — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladi.
7. Davlat organlari va tashkilotlari:
Oldingi tahrirga qarang.
a) 2020-yil 1-avgustga qadar yagona reyestrda axborot tizimlarini roʻyxatdan oʻtkazish va maʼlumotlarni kiritishga masʼul boʻlgan shaxsni belgilasinlar hamda masʼul shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Vazirlikka kiritsinlar;
(7-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-martdagi 107-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.03.2023-y., 09/23/107/0146-son)
Oldingi tahrirga qarang.
b) 2020-yil 15-avgustga qadar Vazirlik va “Kiberxavfsizlik markazi” davlat unitar korxonasi bilan kelishgan holda quyidagilarni nazarda tutuvchi “yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar:
(7-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-martdagi 107-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.03.2023-y., 09/23/107/0146-son)
“Elektron hukumatning maʼlumotnomalar va klassifikatorlar registri” axborot tizimi bilan integratsiya qilinishini inobatga olgan holda oʻzlarining axborot tizimlarini takomillashtirish boʻyicha tashkiliy va texnik choralarni koʻrish;
amaldagi axborot tizimlarini roʻyxatdan oʻtkazish va ular boʻyicha maʼlumotlar doimiy yangilab turilishini inobatga olgan holda ularni yagona reyestrga kiritish;
“Elektron hukumatning maʼlumotnomalar va klassifikatorlar registri” axborot tizimini shakllantirish doirasidagi xabar va maʼlumotlarning doimiy dolzarbligini taʼminlash.
Oldingi tahrirga qarang.
8. Vazirlik davlat organlari va tashkilotlarining barcha axborot tizimlari yagona reyestrga kiritilishining muntazam ravishda monitoringi olib borilishini taʼminlasin.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-martdagi 107-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.03.2023-y., 09/23/107/0146-son)
Oldingi tahrirga qarang.
9. Vazirlik hamda “Kiberxavfsizlik markazi” DUK tegishlicha davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlarini yaratish va joriy etish boʻyicha loyiha-texnik hujjatlarining Yagona reyestr orqali ekspertizadan oʻtkazilishini hamda axborot xavfsizligi talablariga muvofiqligi boʻyicha ekspertizadan oʻtkazilishini taʼminlasin.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-martdagi 107-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.03.2023-y., 09/23/107/0146-son)
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — Vazirlar Mahkamasining IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti boshligʻi O.M. Umarov hamda Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh.M. Sadikov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 16-iyul,
444-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-iyuldagi 444-son qaroriga
1-ILOVA
Elektron hukumatning axborot tizimlari va resurslari yagona reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Elektron hukumatning axborot tizimlari va resurslari yagona reyestrini shakllantirish va yuritish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
axborot resursi — axborot tizimi tarkibidagi elektron shakldagi axborot, maʼlumotlar banki, maʼlumotlar bazasi;
axborot tizimi — axborotlarni toʻplash, saqlash, qidirish, ishlash va ulardan foydalanishga imkon beradigan davlat axborot resurslari, axborot texnologiyalari va aloqa vositalarining tashkiliy jihatdan tartibga solingan yigʻindisi;
Oldingi tahrirga qarang.
davlat organlari va tashkilotlari — vazirliklar, qoʻmitalar, agentliklar, inspeksiyalar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda ustav kapitalida 50 foiz va undan ortiq davlat ulushi boʻlgan xoʻjalik birlashmalari;
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Elektron hukumatning axborot tizimlari va resurslari yagona reyestri (keyingi oʻrinlarda — yagona reyestr) — idoralararo va idoraviy axborot tizimlari hamda axborot resurslari roʻyxati hamda ular haqidagi axborotni oʻz ichiga olgan, internet jahon axborot tarmogʻidagi ochiq va umumiy foydalanilishi mumkin boʻlgan axborot resursi;
yagona reyestr operatori (keyingi oʻrinlarda — operator) — yagona reyestrdan foydalanishni va uning faoliyatini nazorat qiluvchi, shu jumladan, maʼlumotlar bazalarida joylashgan axborotni qayta ishlovchi yuridik shaxs;
Oldingi tahrirga qarang.
postmonitoring — davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimi va resursi joriy etilgandan keyingi davrda undan foydalanish samaradorligi ustidan tizimli monitoring yuritish.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-dekabrdagi 688-sonli qaroriga asosan yettinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/688/0996-son)
Oldingi tahrirga qarang.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasi yagona reyestrning operatori hisoblanadi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-dekabrdagi 688-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/688/0996-son)
4. Quyidagilar yagona reyestrni shakllantirish va yuritishning asosiy vazifalari hisoblanadi:
davlat organlari va tashkilotlarining idoralararo va idoraviy axborot tizimlari, axborot resurslari, maʼlumotlar bazalari va dasturiy mahsulotlarining hisobini yuritish, ularni yaratish boʻyicha loyihalar amalga oshirilishi monitoringini olib borish;
davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlarida elektron hukumatning yagona identifikatorlari, maʼlumotnomalari va klassifikatorlaridan foydalanilishi monitoringini olib borish;
davlat organlari va tashkilotlari axborot tizimlarining oʻzaro elektron hamkorligini tashkil etishga qulaylik yaratish, axborot tizimlari funksional vazifalari takrorlanishining oldini olish va ularni ishlab chiqish boʻyicha ortiqcha xarajatlarini qisqartirish.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlarini va joriy etish boʻyicha loyiha-texnik hujjatlarini majburiy ekspertizadan oʻtkazish hamda yagona reyestrga kiritish majburiy tartibda amalga oshiriladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-martdagi 107-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.03.2023-y., 09/23/107/0146-son)
6. Axborot tizimlarini yagona reyestrga kiritish va undan chiqarish bepul asosda amalga oshiriladi.
7. Yagona reyestr quyidagi tuzilishga ega:
a) axborot tizimlari pasportlarini joylashtirish, saqlash, yuritish va ularga kirish uchun moʻljallangan axborot tizimlarining hisobi quyi tizimi;
b) davlat organlari va tashkilotlari axborot tizimlari pasportlarining toʻldirilishi monitoringini taʼminlashga moʻljallangan tahlil qilish va monitoring quyi tizimi;
v) yagona reyestr va boshqa (tashqi) axborot tizimlari integratsiyasini taʼminlash, shuningdek, manfaatdor tashkilotlar va fuqarolarning davlat organlarini axborotlashtirish holati toʻgʻrisidagi axborotga ochiq kirishlarini taʼminlash uchun moʻljallangan axborot hamkorligi quyi tizimi.
2-bob. Yagona reyestrga kirish imkoniyatini taqdim etish
8. Davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari yagona reyestrga maʼlumotlarni oʻz vaqtida kiritib borish boʻyicha masʼul mansabdor shaxsni tayinlaydi.
Masʼul shaxs axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish maxsus boʻlinmasining rahbari yoki maxsus boʻlinma mavjud boʻlmagan holda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish boʻyicha javobgar mutaxassis boʻlishi mumkin.
Masʼul shaxs yagona reyestrga kiritilayotgan maʼlumotlarning ishonchliligi va toʻliqliligi uchun javobgardir.
9. Davlat organlari va tashkilotlarining masʼul shaxslariga yagona reyestrga kirish imkoniyatini taqdim etish operator tomonidan amalga oshiriladi.
10. Davlat organlari va tashkilotlarining masʼul shaxslari yagona reyestrdan foydalanishni yagona reyestrdagi shaxsiy kabineti orqali amalga oshiradi.
11. Davlat organlari va tashkilotlari yagona reyestr shaxsiy kabinetiga kirishga ruxsat olishlari uchun operatorga xat koʻrinishida yagona reyestrda shaxsiy kabinet ochish toʻgʻrisida soʻrov yuboradi.
12. Operator ikki ish kuni davomida yagona reyestrda shaxsiy kabinetni roʻyxatdan oʻtkazadi va login hamda parolni tegishli davlat organlari va tashkilotlariga xat koʻrinishida yoʻllaydi.
3-bob. Yagona reyestrni shakllantirish va yuritish
13. Yagona reyestrga axborot tizimlarini kiritish ushbu tizimlarning mulkdori yoki egasi hisoblangan davlat organlari va tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi.
14. Davlat sirlari mavjud axborot tizimlari yagona reyestrga kiritilmaydi.
15. Yagona reyestrga davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni kiritib borish axborot tizimlarini yaratish, ulardan foydalanish, takomillashtirish va foydalanishdan chiqarishning barcha bosqichlarida amalga oshiriladi.
16. Yagona reyestrda axborot tizimlarini roʻyxatdan oʻtkazish ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq axborot tizimining joriy holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni kiritish orqali elektron ariza yuborish koʻrinishida amalga oshiriladi.
17. Elektron hukumatning axborot tizimlari va resurslari yagona reyestrini shakllantirish va yuritish ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq sxema asosida amalga oshiriladi.
18. Davlat organlari va tashkilotlari tomonidan axborot tizimlarini yagona reyestrga kiritish, axborot tizimlarini yaratishni boshlash bosqichida (qaror qabul qilinganidan keyin) boshlanadi.
19. Quyidagi turdagi axborot tizimlari yagona reyestrda roʻyxatdan oʻtkaziladi:
davlat organlarining asosiy vazifalari va funksiyalari bajarilishi qoʻllab-quvvatlanishini taʼminlovchi tranzaksion va hisobga olish tizimlari;
davlat organlari axborot tizimlari oʻrtasidagi idoralararo elektron hamkorlik tizimlari;
davlat organlari faoliyatida maʼmuriy va tartibga solish jarayonlarini qoʻllab-quvvatlashni taʼminlovchi resurslarni boshqarish tizimlari;
xoʻjalik birlashmalari va tashkilotlarda moliyaviy-xoʻjalik faoliyatini va texnik-ishlab chiqarish jarayonlarini yuritish tizimlari;
davlat organlarining asosiy vazifalari va funksiyalari bajarilishi natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yigʻish, qayta ishlash, saqlash va tahlil qilishni taʼminlovchi axborot-tahlil tizimlari;
elektron hujjat aylanishi tizimlari;
hujjatlarning elektron arxivlarini boshqarish tizimlari;
foydalanishni boshqarish tizimlari (shu jumladan, infratuzilma komponentlarini boshqarish tizimlari);
internet jahon axborot tarmogʻi yoki aloqaning boshqa usullari orqali davlat organlari elektron davlat xizmatlarini koʻrsatishni taʼminlovchi yuridik va jismoniy shaxslar bilan oʻzaro hamkorlik tizimlari, shu jumladan, portallar.
Oldingi tahrirga qarang.
20. Davlat organlari va tashkilotlarining yagona reyestrdagi shaxsiy kabinetlari orqali axborot tizimlarini kiritish hamda axborot tizimlari pasportlari maʼlumotlarini oʻzgartirish (yangilash), shuningdek, loyiha-texnik hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish:
(20-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-martdagi 107-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.03.2023-y., 09/23/107/0146-son)
axborot tizimlarini yaratish (takomillashtirish) boʻyicha tegishli hujjatlar qabul qilingandan;
texnik-loyiha hujjatlari tasdiqlash va ekspertiza oʻtkazishga kiritilgandan;
axborot tizimlarini yaratish (takomillashtirish) boʻyicha ijrochi (ishlab chiquvchi) aniqlangandan;
axborot tizimlari qabul qilingandan va ishga tushirilgandan;
axborot tizimlarini takomillashtirish tugatilgandan;
axborot tizimini foydalanishdan chiqarish toʻgʻrisida qaror qabul qilingandan besh ish kunidan kechikmay amalga oshiriladi.
21. Axborot tizimlarini yagona reyestrga kiritish toʻgʻrisida ariza taqdim etilgan kundan boshlab operator tomonidan uch ish kuni mobaynida koʻrib chiqiladi, soʻngra davlat organlari va tashkilotlarining yagona reyestrdagi shaxsiy kabinetiga ushbu axborot tizimini yagona reyestrga kiritish yoki kiritishni rad etish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar joʻnatiladi.
22. Axborot tizimlarini yagona reyestrga kiritishni rad etish quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
arizada xatolar yoki notoʻgʻri maʼlumotlar mavjudligi aniqlanganida;
ariza toʻliq toʻldirilmaganida;
yagona reyestrga kiritilgan axborot tizimlarining funksional vazifalarini takrorlashi aniqlanganida.
Axborot tizimlarining funksional vazifalari takrorlanishini aniqlash operator tomonidan axborot tizimining pasportida keltirilgan maʼlumotlar yoki davlat organlari va tashkilotlaridan olingan maʼlumotlar asosida amalga oshiriladi.
Boshqa asoslarga koʻra axborot tizimlarini yagona reyestrga kiritishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
23. Kamchiliklar bartaraf etilgan taqdirda, axborot tizimini yagona reyestrga kiritish uchun ariza besh ish kunidan kechiktirmasdan qaytadan kiritiladi.
Bunda, arizani qayta koʻrib chiqish operator tomonidan ikki ish kuni mobaynida amalga oshiriladi. Yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar bartaraf etilgan taqdirda, operator axborot tizimini yagona reyestrga kiritadi.
24. Yagona reyestrda maʼlumotlarni joylashtirishga masʼul shaxs arizani toʻldirganda, axborot tizimi pasportiga oʻzgartirish kiritganda yoki chiqarib tashlaganda uni elektron raqamli imzo bilan imzolaydi.
25. Yagona reyestrga axborot tizimi kiritilganda unga noyob/oʻziga xos (unikal) indentifikatsiya raqami biriktiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(26-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-martdagi 107-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.03.2023-y., 09/23/107/0146-son)
26. Operator tomonidan aniqlangan nomuvofiqliklar roʻyxatini oʻz ichiga olgan elektron hujjat koʻrinishidagi xabarnoma shakllantiriladi hamda operator vakolatli shaxsining elektron raqamli imzosi bilan imzolangan holda yagona reyestrdagi davlat organlari va tashkilotlarining shaxsiy kabinetlariga joʻnatiladi.
4-bob. Axborot tizimini yagona reyestrdan chiqarish
27. Davlat organlari va tashkilotlarining masʼul shaxslari operatorning yagona reyestrga kiritiluvchi axborot tizimlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlariga aniqlik kiritish boʻyicha soʻroviga binoan qoʻshimcha axborotni taqdim etishlari shart.
Soʻrovga binoan maʼlumotlarni davlat organlari va tashkilotlari tomonidan taqdim etish rad etilgan taqdirda, operator tegishli axborot tizimini yagona reyestrdan chiqarish huquqiga ega.
28. Axborot tizimlarini yagona reyestrdan chiqarish davlat organlari va tashkilotlarining yagona reyestrdagi shaxsiy kabinetlari orqali yuborgan arizasi asosida amalga oshiriladi.
Bunda davlat organlari va tashkilotlari yagona reyestrga kiritilgan axborot tizimlarining faoliyatini toʻxtatish asoslari va sabablarini koʻrsatadi.
29. Axborot tizimlari faoliyati toʻxtatilgandan soʻng uning pasporti “foydalanishdan chiqarilgan” maqomini oladi va yagona reyestrning tegishli boʻlimiga oʻtkaziladi.
30. Axborot tizimlarining yagona reyestrdan chiqarilganligi toʻgʻrisidagi xabarlar operator tomonidan davlat organlari va tashkilotlarining yagona reyestrdagi shaxsiy kabinetlariga yuboriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
5-bob. Axborot tizimlaridan foydalanish monitoringi va postmonitoringi
(5-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-dekabrdagi 688-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/688/0996-son)
31. Davlat organlari va tashkilotlarining roʻyxatdan oʻtgan axborot tizimlari hisobini yuritish operator tomonidan amalga oshiriladi.
32. Davlat organlari va tashkilotlarida foydalanilayotgan va shakllantirilayotgan axborot tizimlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tayyorlashda operator ularga metodik yordam koʻrsatadi.
Oldingi tahrirga qarang.
33. Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi Operator bilan birgalikda yagona reyestrda axborot tizimlari pasportlarining va unga tegishli boshqa loyiha-texnik hujjatlar sifatli toʻldirilishi ustidan monitoring hamda ulardan kelgusida foydalanish samaradorligi ustidan tizimli postmonitoringni amalga oshiradi.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-dekabrdagi 688-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/688/0996-son)
6-bob. Yakunlovchi qoida
34. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Elektron hukumatning axborot tizimlari va resurslari yagona reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Elektron hukumatning axborot tizimlari va resurslari yagona reyestrida yuritiladigan axborot tizimlari va resurslarining
PASPORTI

T/r

Koʻrsatkich nomi

Tavsifi

I. Umumiy maʼlumotlar

1.

Nomi (toʻliq va qisqa)

2.

Tashabbuskor (buyurtmachi)

3.

Tashkilotning yuridik manzili

4.

Loyihani amalga oshirish uchun masʼul shaxslar (F.I.O, telefon raqami, elektron pochta manzili)

5.

Yaratish (xarid qilish), takomillashtirish uchun asos (normativ-huquqiy hujjatning raqami va sanasi)

6.

Maqsadi, vazifasi va qoʻllanilish soxasi

7.

Topshiriqqa muvofiq amalga oshirish muddati

II. Asosiy texnik xususiyatlar haqida maʼlumot

8.

Loyiha-texnik hujjatni ishlab chiquvchi (tasdiqlovchi hujjat va ishlab chiquvchi nomi)

9.

Elektron shaklga oʻtkaziluvchi xizmatlar roʻyxati (mavjud boʻlsa)

10.

Axborot tizimining asosiy quyi tizimlari

11.

Boshqa axborot tizimlari bilan oʻzaro hamkorligi (mavjud boʻlsa, davlat tashkiloti, axborot tizimi va uzatiladigan axborotlar nomi)

12.

Foydalaniladigan klassifikatorlar va maʼlumotnomalar (taqdim etuvchi davlat tashkiloti koʻrsatiladi)

13.

Maʼlumotlar bazalarida foydalaniladigan yagona identifikatorlar

14.

Loyiha-texnik hujjat ekspertizadan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida maʼlumot (tasdiqlovchi hujjat va sana)

III. Ishlab chiqish, foydalanish va foydalanishdan chiqarish toʻgʻrisida maʼlumot

15.

Axborot tizimini ishlab chiquvchi
(ishlab chiquvchi nomi, ishlab chiqish jarayonining boshlanishi va tugashini tasdiqlovchi hujjat)

16.

Axborot tizimini ishlab chiqish

17.

Axborot tizimining axborot xavfsizligi hamda texnik topshiriq talablariga muvofiqligi yuzasidan “Kiberxavfsizlik markazi” DUK ekspertizasi (tasdiqlovchi hujjat va sana)

18.

Axborot tizimini qabul qilish (tasdiqlovchi hujjat va sana)

19.

Ishga tushirish (tasdiqlovchi hujjat va sana)

20.

Ishlab chiqish (xarid qilish), takomillashtirish xarajatlari

21.

Texnik qoʻllab-quvvatlash xarajatlari

22.

Axborot tizimini takomillashtirish (tasdiqlovchi hujjat va sana)

23.

Foydalanishdan chiqarish (tasdiqlovchi hujjat va sana, oʻrnini bosuvchi axborot tizimi)

IV. Server qurilmalarining texnik koʻrsatkichlari toʻgʻrisida asosiy maʼlumotlar

24.

Server qurilmasini joylashtirish (manzil)

25.

Server kuchlamasi (protsessor, tezkor xotira, xotira)

26.

Operatsion tizim (turi va nomi)

27.

Maʼlumotlar bazalarini boshqarish tizimi (turi va nomi)

28.

Amaliy dasturiy taʼminot (nomi)

29.

Himoya vositasi (turi va nomi)

30.

Uzluksiz taʼminot tizimi (turi va nomi)

Oldingi tahrirga qarang.
Izoh. Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi yagona reyestrda yuritiladigan axborot tizimlari va resurslarining pasportiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish huquqiga ega.
(1-ilova izoxi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-martdagi 107-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.03.2023-y., 09/23/107/0146-son)
Elektron hukumatning axborot tizimlari va resurslari yagona reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Elektron hukumatning axborot tizimlari va resurslari yagona reyestrini shakllantirish va yuritish
SXEMASI
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-martdagi 107-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.03.2023-y., 09/23/107/0146-son)
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-iyuldagi 444-son qaroriga
2-ILOVA
Elektron hukumatning maʼlumotnomalar va klassifikatorlar registrini shakllantirish va yuritish hamda yagona identifikatorlardan foydalanish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom elektron hukumatning maʼlumotnomalar va klassifikatorlar registrini shakllantirish va yuritish hamda yagona identifikatorlardan foydalanish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Oldingi tahrirga qarang.
davlat organlari va tashkilotlari — vazirliklar va idoralar hamda ustav kapitalida 50 foiz va undan ortiq davlat ulushi boʻlgan xoʻjalik birlashmalari;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 22-iyuldagi 439-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2024-y., 09/24/439/0543-son)
maʼlumotnoma — axborot tizimlarini yaratishda va ishlatishda foydalaniladigan, bitta mavzu bilan birlashtirilgan va bir xil tuzilishga ega boʻlgan, har bir elementi kod va nom bilan tavsiflanadigan maʼlumot va maʼlumotlarning tizimli roʻyxatini ifodalovchi hujjat;
maʼlumotnomalar va klassifikatorlar registri (keyingi oʻrinlarda — registr) — maʼlumotlar va klassifikatorlarni qoʻllab-quvvatlash, shu jumladan, ularni shakllantirish, saqlash va mashinada oʻqiydigan koʻrinishda qoʻllash uchun moʻljallangan axborot tizimi;
maʼlumotnomalar va klassifikatorlar registri operatori (keyingi oʻrinlarda — operator) — registrdan foydalanish va uning faoliyatini nazorat qiluvchi, shu jumladan, maʼlumotlar bazalarida joylashgan axborotni qayta ishlovchi yuridik shaxs.
klassifikator — axborot tizimlarini yaratish va ishlatishda foydalaniladigan, sinf, guruh va tur boʻyicha oʻxshashlik yoki farq boʻyicha uning boʻlinmasiga muvofiq axborot va axborotlarni ajratuvchi hujjat;
yagona identifikatorlar — har bir jismoniy va yuridik shaxsga, kadastr va koʻchmas mulk obyektlariga, geografik va boshqa obyektlarga beriladigan, ularni elektron hukumatda identifikatsiyalash imkonini beruvchi noyob kodlar.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasi maʼlumotnomalar va klassifikatorlar registri operatori hisoblanadi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-dekabrdagi 688-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/688/0996-son)
4. Registrga maʼlumotnomalarni va klassifikatorlarni kiritish, shakllantirish va yuritish, shuningdek, ulardan foydalanish bepul tarzda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari axborot tizimlarida, idoralararo elektron hamkorlik qilishda “Raqamli hukumat” tizimining yagona identifikatorlari hamda maʼlumotnomalar va tasniflagichlar registri axborot tizimida joylashtirilgan yagona umumdavlat maʼlumotnomalari va tasniflagichlaridan foydalanishlari shart.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-dekabrdagi 688-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/688/0996-son)
2-bob. Registrning asosiy vazifalari
6. Quyidagilar Registrning asosiy vazifalari hisoblanadi:
davlat boshqaruvi tizimida qoʻllaniladigan maʼlumotnomalar va klassifikatorlarning markazlashtirilgan manbaini yaratish;
davlat organlari axborot tizimlarini integratsiyalashda ularning mosligini taʼminlash;
davlat axborot tizimlarida mavjud boʻlgan maʼlumotlarning taqqoslanishini taʼminlash, shuningdek, uning toʻliqligi, ishonchliligi, dolzarbligi va sifatini oshirish.
7. Koʻrsatilgan maqsadlarga erishish uchun Registr quyidagi vazifalarni bajaradi:
maʼlumotnomalar va klassifikatorlarning tuzilmasi va maʼlumotlarini shakllantirish uchun instrumental vositalarni taqdim etish;
avvalgi tuzatishlar (versiyalar)ni koʻrish imkoniyati bilan maʼlumotnomalar va klassifikatorlarning tarkibi va maʼlumotlaridagi oʻzgarishlarning jarayonini kuzatish;
tegishli veb-xizmatlar yordamida maʼlumotnomalar va klassifikatorlarni mashina oʻqiydigan shaklda taqdim etish;
Registrdagi maʼlumotnomalar va klassifikatorlarning tuzilmasi yoki maʼlumotlari oʻzgartirilganda bildirishnomalarni (xabarnomalarni) shakllantirish.
3-bob. Registrdagi maʼlumotnomalar va klassifikatorlarning tasnifi
8. Registrdagi maʼlumotnomalar va klassifikatorlar qoʻllanilishi sohasiga qarab quyidagilarga boʻlinadi:
xalqaro klassifikatorlar;
davlatlararo klassifikatorlar;
umummilliy klassifikatorlar;
sohaviy maʼlumotnomalar va klassifikatorlar;
boshqa maʼlumotnomalar va klassifikatorlar.
9. Registrdagi maxfiylik darajasiga qarab maʼlumotnomalar va klassifikatorlar ochiq va foydalanish cheklanganga boʻlinadi.
Ochiq maʼlumotnomalar va klassifikatorlar registr veb-saytida joylashtiriladi.
4-bob. Registrni shakllantirish va yuritish tartibi
10. Registrda mazkur Nizomga 1-ilovada keltirilgan maʼlumotnoma yoki klassifikatorlar ularni shakllantirish va yuritishga masʼul boʻlgan davlat organlari va tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi.
11. Elektron hukumatning maʼlumotnomalar va klassifikatorlar registrida davlat organlarining masʼul shaxslarini roʻyxatdan oʻtkazish hamda yangi maʼlumotnomalar va klassifikatorlarni kiritish ushbu Nizomga 2-ilova bilan tasdiqlangan bosqichlarga muvofiq amalga oshiriladi.
12. Davlat organlari belgilangan tartibda Registrda maʼlumotnoma va klassifikatorlarni joylashtirish va yuritishga masʼul boʻlgan xodimlarini belgilaydilar, ularni “Elektron hukumat” tizimi foydalanuvchilarini identifikatsiyalashning yagona axborot tizimida (id.gov.uz) roʻyxatdan oʻtkazadilar.
13. Masʼul xodimlari foydalanishlari uchun davlat organining shaxsiy kabinetini roʻyxatdan oʻtkazish maqsadida davlat organlari operatorga xat koʻrinishida soʻrov yuboradi.
14. Operator 3 ish kuni davomida davlat organi tomonidan belgilangan masʼul xodimlar uchun Registrda tegishli maʼlumotnoma va klassifikatorlarni joylashtirish va yuritish uchun mazkur davlat organining administratori maqomini yaratadi.
15. Davlat organlarining masʼul xodimi tomonidan Registrdagi tegishli maʼlumotnoma va klassifikatorlar shaxsiy kabinet orqali muntazam ravishda yuritib (yangilab) boriladi.
16. Registrga yangi maʼlumotnoma yoki klassifikatorlarni qoʻshish operatorga shaxsiy kabinet orqali soʻrovni yuborish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
17. Registrga yangi maʼlumotnoma yoki klassifikatorlarni qoʻshish toʻgʻrisidagi soʻrovda quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
maʼlumotnoma yoki klassifikatorlar nomi;
tuzilishi;
maʼlumotlar roʻyxati;
maʼlumotlardan foydalanadigan davlat organlari roʻyxati;
maʼlumotnoma yoki klassifikatorlar tasdiqlangan normativ-huquqiy hujjat toʻgʻrisida maʼlumot.
18. Operator davlat organining soʻroviga asosan soʻrovni qabul qilingan kundan boshlab 3 ish kuni mobaynida yangi maʼlumotnoma yoki klassifikatorlarni Registrda joylashtirish maqsadga muvofiqligi (muvofiq emasligi) yuzasidan koʻrib chiqadi.
19. Operator soʻrovni koʻrib chiqqanidan soʻng 2 ish kuni mobaynida Registrda yangi maʼlumotnoma yoki klassifikatorlar joylashtirilgani yoki joylashtirish rad etilgani (asosini koʻrsatgan holda) toʻgʻrisida tegishli davlat organining shaxsiy kabinetiga maʼlumot yuboradi.
20. Maʼlumotnoma yoki klassifikatorlarni Registrga kiritishni rad etish quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
soʻrovda xatolar yoki notoʻgʻri maʼlumotlar mavjudligi aniqlanganida;
taklif etilayotgan maʼlumotnoma yoki klassifikator dolzarb emas deb aniqlanganda;
taklif etilayotgan maʼlumotnoma va klassifikator asosan boshqa davlat organi tomonidan yuritilishi aniqlanganda.
Boshqa asoslarga koʻra maʼlumotnoma yoki klassifikatorlarni Registrga kiritishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
21. Registrdagi maʼlumotnoma yoki klassifikatorlar tuzilishi jihatidan noyob kod va maydonlar roʻyxatidan (ularning formati va uzunligini koʻrsatuvchi), shuningdek, tegishli maʼlumotlardan iborat.
22. Registrdagi maʼlumotnoma yoki klassifikatorlarni masʼul davlat organi tomonidan oʻzgartirish tegishli normativ-huquqiy hujjatlar, davlat va xalqaro standartlar yoki boshqa normativ hujjatlar asosida amalga oshiriladi.
23. Maʼlumotnoma va klassifikatorlarni Registga kiritish va yangilab borish Registrini yuritish uchun masʼul boʻlgan davlat organlari tomonidan ikki xil usulda amalga oshiriladi:
qoʻlda — davlat organining Registrdagi shaxsiy kabineti orqali;
avtomatlashtirilgan tarzda — Registrning tegishli veb-servislari vositasida davlat organlarining axborot tizimlari orqali.
24. Registrdagi davlat organiga tegishli maʼlumotnoma va klassifikatorlarning avtomatlashtirilgan tarzda veb-servislar orqali yuritilishini yoʻlga qoʻyilishi davlat organining murojaatiga asosan tegishli davlat organi va operatorning mutaxassislari tomonidan hamkorlikda amalga oshiriladi.
25. Registrda yuritiladigan maʼlumotnoma va klassifikatorlar Oʻz DSt 6.01.1:2007 “Oʻzbekiston Respublikasining texnik-iqtisodiy va ijtimoiy axborotini tasniflash va kodlashning yagona tizimi. Asosiy nizom” va Oʻz DSt 6.01.2:2007 “Oʻzbekiston Respublikasining texnik-iqtisodiy va ijtimoiy axborotini tasniflash va kodlashning yagona tizimi. Tasniflagichlarni ishlab chiqish va yuritish tartibi” Oʻzbekiston Respublikasining davlat standartlari talablariga muvofiq boʻlishi talab etiladi.
26. Registrda joylashtirilgan maʼlumotnomalar va klassifikatorlar davlat tilida taqdim etilishi kerak. Registrda maʼlumotnomalar va klassifikatorlarning boshqa tillarda ekvivalent yoki qisqartirilgan versiyalari boʻlishi mumkin.
5-bob. Registrda keltirilgan maʼlumotnoma va klassifikatorlardan foydalanish tartibi
27. Registrda keltirilgan maʼlumotnoma va klassifikatorlardan foydalanish — ularni davlat axborot tizimlariga kiritish jarayonidir.
28. Davlat axborot tizimlarini Registrga ulash davlat organlari tomonidan Registrning tegishli veb-xizmatlari orqali amalga oshiriladi.
29. Davlat axborot tizimlarini Registrga ulash tartibi va texnik talablari operator tomonidan ishlab chiqiladi va Registr veb-saytida joylashtiriladi.
6-bob. Yagona identifikatorlardan foydalanish tartibi
30. Mazkur Nizomga 3-ilova bilan tasdiqlangan elektron hukumatning yagona identifikatorlari davlat organlari va tashkilotlari axborot tizimlari va resurslarida qoʻllanilishi majburiydir.
31. Davlat organlari va tashkilotlari oʻzlarining axborot tizimlari va resurslarida yagona identifikatorlardan foydalanishlari elektron hukumatning axborot tizimlari bilan elektron hamkorlik qilishi orqali amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
32. Alohida hollarda Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan tegishli yoʻnalishlarda maxsus oʻziga xos identifikatorlar belgilanishi mumkin.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-martdagi 107-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.03.2023-y., 09/23/107/0146-son)
7-bob. Yakunlovchi qoida
33. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Elektron hukumatning maʼlumotnomalar va klassifikatorlar registrini shakllantirish va yuritish hamda yagona identifikatorlardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Elektron hukumatning maʼlumotnomalar va klassifikatorlar registrini yuritishga oid maʼlumotnoma va klassifikatorlar
ROʻYXATI
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Maʼlumotnoma/klassifikator

Maʼlumotnoma/klassifikator turi

Maʼlumotnoma/klassifikatorlar tavsifi

Markaziy bank

1.

Valyutalar klassifikatori

Xalqaro klassifikatorlar

Muomaladagi valyutalar va valyuta qiymatlari tasniflash obyekti hisoblanadi.

2.

“Oʻzbekiston Respublikasi banklari” maʼlumotnomasi

Tarmoq maʼlumotnoma/klassifikatorlari

Davlat va tijorat banklari va ularning boʻlinmalari tasniflash obyekti hisoblanadi.

3.

“Oʻzbekiston Respublikasi banklari filiallari” maʼlumotnomasi

Tarmoq maʼlumotnoma/klassifikatorlari

Oʻzbekiston Respublikasi davlat va tijorat banklarining filiallari tasniflash obyekti hisoblanadi.

4.

“Oʻzbekiston Respublikasi nobank kredit tashkilotlari” maʼlumotnomasi

Tarmoq maʼlumotnoma/klassifikatorlari

Oʻzbekiston Respublikasi nobank kredit tashkilotlari va ularning boʻlinmalari tasniflash obyekti boʻlib hisoblanadi.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi

5.

“Jahon mamlakatlari” klassifikatorlari

Xalqaro klassifikatorlar

Jahon mamlakatlari tasniflash obyekti hisoblanadi.

6.

Tashqi iqtisodiy faoliyatning tovar nomenklaturasi

Davlatlararo klassifikatorlar

Bojxona organlari va tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari tomonidan bojxona operatsiyalarini oʻtkazish maqsadidagi tovarlar tasniflash obyekti hisoblanadi.

7.

Yuk bojxona deklaratsiyasini toʻldirishda foydalaniladigan hujjatlar va axborot turlari klassifikatori

Tarmoq maʼlumotnoma/klassifikatorlari

Yuk bojxona deklaratsiyasini toʻldirishda foydalaniladigan hujjatlar va maʼlumotlar tasniflash obyekti hisoblanadi.

8.

Transport turlari klassifikatori

Tarmoq maʼlumotnoma/klassifikatorlari

Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasidagi nazorat punktiga yetkazib berish uchun tovarlar yuklanishi lozim boʻlgan transport vositalari tasniflash obyekti hisoblanadi.

9.

Tovarlar harakatining oʻziga xos xususiyatlari klassifikatori

Tarmoq maʼlumotnoma/klassifikatorlari

Tovarlar harakati turlari tasniflash obyekti hisoblanadi.

10.

Afzallik, imtiyozlar va bojxona toʻlovlarining boshqa xususiyatlari klassifikatori

Tarmoq maʼlumotnoma/klassifikatorlari

Afzallik, imtiyozlar va bojxona toʻlovlarining boshqa xususiyatlari tasniflash obyekti hisoblanadi.

11.

Bojxona toʻlovlari klassifikatori

Tarmoq maʼlumotnoma/klassifikatorlari

Bojxona toʻlovlari, shu jumladan, bojxona rasmiylashtiruvi uchun bojxona toʻlovlari tasniflash obyekti hisoblanadi.

12.

Bojxona postlari klassifikatori

Tarmoq maʼlumotnoma/klassifikatorlari

Oʻzbekiston Respublikasining bojxona postlari tasniflash obyekti hisoblanadi.

13.

Bojxona rejimlari klassifikatori

Tarmoq maʼlumotnoma/klassifikatorlari

Bojxona rejimlari tasniflash obyekti hisoblanadi.

14.

Yetkazib berish shartlari klassifikatori

Tarmoq maʼlumotnoma/klassifikatorlari

Tovarlarni yetkazib berish shartlari tasniflash obyekti hisoblanadi.

15.

Bitim tabiatining klassifikatori

Tarmoq maʼlumotnoma/klassifikatorlari

Statistik hisob va hisobotlarda qoʻllaniladigan operatsiyalar tasniflash obyekti hisoblanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi

16.

Millatlar klassifikatori

Xalqaro klassifikatorlar

Fuqarolarning millati tasniflash obyekti hisoblanadi.

17.

Oʻzbekiston Respublikasi tashkiliy-huquqiy shakllari klassifikatori

Umumdavlat klassifikatorlar

Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonunlarida belgilangan tashkiliy-huquqiy shakllar tasniflash obyekti hisoblanadi.

18.

Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha mahsulotlar (tovarlar, ishlar, xizmatlar) klassifikatori

Umumdavlat klassifikatorlar

Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha mahsulotlar (tovarlar, ishlar, xizmatlar) tasniflash obyekti hisoblanadi.

19.

Umumdavlat iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha klassifikatori

Umumdavlat klassifikatorlar

Iqtisodiy faoliyatning birliklarini (alohida korxonalar yoki korxonalar guruhlarini) tasniflashga moʻljallangan.

20.

Umumdavlat iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha klassifikatori (2-tahrir)

Umumdavlat klassifikatorlar

Iqtisodiy faoliyatning birliklarini (alohida korxonalar yoki korxonalar guruhlarini) tasniflashga moʻljallangan.

21.

Davlat boshqaruvi organlari va hoʻjalik boshqaruv organlarini belgilash tizimi

Boshqa maʼlumotnoma/klassifikatorlar

Davlat boshqaruvi organlari va xoʻjalik birlashmalarini tasniflashga moʻljallangan.

22.

Maʼmuriy-hududiy tuzilma obyektlari maʼlumotlari toʻplami

Umumdavlat klassifikatorlar

Viloyatlar, shaharlar va tumanlarni tasniflash uchun moʻljallangan.

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi

23.

Oʻlchov birliklari klassifikatori

Umumdavlat klassifikatorlar

Oʻlchov birliklari tasniflash obyekti hisoblanadi.

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

24.

Oliy taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari klassifikatori

Umumdavlat klassifikatorlar

Oliy taʼlimning bakalavriat va magistratura bosqichlarini tasniflashga moʻljallangan.

25.

Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimida tayyorlash yoʻnalishlari, kasblar va mutaxassisliklar klassifikatori

Umumdavlat klassifikatorlar

Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimida tayyorlash yoʻnalishlari, kasblari va mutaxassisliklarini tasniflashga moʻljallangan.

Adliya vazirligi

26.

Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik tarmoqlarining umumhuquqiy klassifikatori

Tarmoq maʼlumotnoma/klassifikatorlari

Qonunchilik tarmoqlarini tasniflash uchun moʻljallangan.

261.

Tovar va xizmatlarning xalqaro klassifikatori

Xalqaro klassifikatorlar

Tovar va xizmatlarni tasniflash uchun moʻljallangan.

262.

Xalqaro patent klassifikatori

Xalqaro patent klassifikatori

Xalqaro patent klassifikatori.

263.

Sanoat namunalarining xalqaro klassifikatori

Sanoat namunalarining xalqaro klassifikatori

Sanoat namunalarining xalqaro klassifikatori.

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

27.

Xodimlarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatori

Umumdavlat klassifikatorlar

Xodimlarning asosiy lavozimlari va ishchilarning kasblarini tizimlashtirish, ishchilarning malaka toifalari va xodimlar lavozimlari toifalarini belgilash uchun moʻljallangan.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qoʻmitasi

28.

Soliq qoʻmitasining tuman inspeksiyalari kodlari

Tarmoq maʼlumotnoma/klassifikatorlari

Soliq qoʻmitasining tuman inspeksiyalari tasniflash obyekti hisoblanadi.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi

32.

Manzillar maʼlumotnomasi

Boshqa maʼlumotnoma/klassifikatorlar

Viloyatlar, tumanlar, shaharlar, koʻchalar va boshqa obyektlarni tizimlashtirishga moʻljallangan.

Raqamli texnologiyalar vazirligi

33.

Davlat axborot resurslari va axborot tizimlari klassifikatori

Boshqa maʼlumotnoma/klassifikatorlar

Davlat organlarining axborot resurslari va axborot tizimlarini tasniflashga moʻljallangan.

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

34.

Yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanish turlari va kapital qurilish obyektlarining yagona klassifikatori

Tarmoq maʼlumotnoma / klassifikatorlari

Yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanish turlari va kapital qurilish obyektlarini tasniflashga moʻljallangan.

Izoh. Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi mazkur roʻyxatga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish huquqiga ega.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-oktabrdagi 627-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son)
Elektron hukumatning maʼlumotnomalar va klassifikatorlar registrini shakllantirish va yuritish hamda yagona identifikatorlardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Elektron hukumatning maʼlumotnomalar va klassifikatorlar registrida davlat organlarining masʼul shaxslarini roʻyxatdan oʻtkazish hamda yangi maʼlumotnomalar va klassifikatorlarni kiritish
BOSQICHLARI
Elektron hukumatning maʼlumotnomalar va klassifikatorlar registrini shakllantirish va yuritish hamda yagona identifikatorlardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Elektron hukumatning yagona identifikatorlari
ROʻYXATI
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Identifikatsiya qilish obyekti

Identifikator

Personallashtirish agentligi

1.

Jismoniy shaxs

Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR)

Soliq qoʻmitasi

2.

Yuridik shaxs

Soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR)

Kadastr agentligi

3.

Koʻchmas mulk obyekti

Kadastr raqami

4.

Manzil

Geografik kod

Ichki ishlar vazirligi

5.

Transport vositasi

Transport vositasining identifikatsiya raqami (VIN)

Izoh. Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi mazkur roʻyxatga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish huquqiga ega.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 22-iyuldagi 439-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2024-y., 09/24/439/0543-son)
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-iyuldagi 444-son qaroriga
3-ILOVA
“Maʼlumotlarni boshqarish” axborot tizimi orqali davlat organlari va tashkilotlari maʼlumotlarini yigʻish, qayta ishlash va tahlil qilish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom “Maʼlumotlarni boshqarish” axborot tizimi orqali davlat organlari va tashkilotlari maʼlumotlarini yigʻish, qayta ishlash va tahlil qilish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
axborot resursi — axborot tizimi tarkibidagi elektron shakldagi axborot, maʼlumotlar banki, maʼlumotlar bazasi;
axborot tizimlari — idoralararo va idoraviy axborot tizimlari va axborot resurslari hamda boshqa dasturiy mahsulotlar;
Oldingi tahrirga qarang.
davlat organlari va tashkilotlari — vazirliklar, qoʻmitalar, agentliklar, inspeksiyalar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda ustav kapitalida 50 foiz va undan ortiq davlat ulushi boʻlgan xoʻjalik birlashmalari;
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
“Maʼlumotlarni boshqarish” axborot tizimi — davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlari va axborot resurslarini integratsiya qilish orqali mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini tahlil qilish, kelgusida prognozlashtirish imkonini beruvchi, “Big Data” arxitekturasi va “Business Intelligence” texnologiyalarini qoʻllash asosida katta hajmdagi maʼlumotlarni qayta ishlash va boshqarish axborot tizimi;
“Maʼlumotlarni boshqarish” axborot tizimi operatori (keyingi oʻrinlarda — operator) — maʼlumotlarni boshqarish axborot tizimidan foydalanishni va uning faoliyatini nazorat qiluvchi, texnik qoʻllab-quvvatlovchi, shu jumladan, maʼlumotlar bazalarida joylashgan axborotni qayta ishlovchi, belgilangan tartibda oʻtkazilgan tender (tanlov) savdolarida gʻolib deb topilgan yuridik shaxs;
Oldingi tahrirga qarang.
“Maʼlumotlarni boshqarish” axborot tizimi foydalanuvchilari — Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi koʻrsatmasiga muvofiq operator tomonidan “Maʼlumotlarni boshqarish” axborot tizimidan foydalanish huquqi berilgan barcha davlat organlari va tashkilotlari.
(2-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-martdagi 107-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.03.2023-y., 09/23/107/0146-son)
Oldingi tahrirga qarang.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi “Maʼlumotlarni boshqarish” axborot tizimini ishlab chiqish va joriy etish loyihasi buyurtmachisi hisoblanadi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-martdagi 107-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.03.2023-y., 09/23/107/0146-son)
4. Quyidagilar “Maʼlumotlarni boshqarish” axborot tizimining asosiy vazifalari hisoblanadi:
davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati bilan bogʻliq mavjud va kelgusida ishlab chiqiladigan barcha axborot tizimlari va maʼlumotlar bazalarini yagona integratsiyalashgan tizimga birlashtirish – integratsiya qilish;
davlat organlari va tashkilotlaridan olinayotgan maʼlumotlardagi (raqamlardagi) tafovutlarni bartaraf etish maqsadida bir turdagi maʼlumotlar toʻplami va axborotning yagona manbadan olingan holda shakllantirilishini taʼminlash;
davlat organlari va tashkilotlaridan olinadigan mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini tahlil qilish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni onlayn ravishda avtomatik shaklda umumlashtirish, tahlil qilish va kelgusida prognozlash;
davlat organlari va tashkilotlari tomonidan taqdim etiladigan statistik hisobotlar va maʼlumotlarning ishonchliligi, haqqoniyligi va dolzarbligini oshirish;
davlat organlari va tashkilotlaridan maʼlumotlarni tezkor yigʻish va real vaqt rejimida mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi holati monitoringi olib borilishi va tahlil qilinishini taʼminlash;
Hukumat, jumladan davlat organlari va tashkilotlariga real vaqt rejimida tezkor va sifatli maʼlumotlarga ega boʻlish imkoniyatini taqdim etish.
5. “Maʼlumotlarni boshqarish” axborot tizimini ishlab chiqish va joriy etish bilan bogʻliq xarajatlar Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasi, Xalqaro valyuta jamgʻarmasi va xalqaro moliya institutlari grantlari hisobiga, axborot tizimini qoʻllab-quvvatlash hamda takomillashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladi.
2-bob. “Maʼlumotlarni boshqarish” axborot tizimidan foydalanish
6. “Maʼlumotlarni boshqarish” axborot tizimiga maʼlumotlarni taqdim etish tartibi har bir davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlari va axborot resurslaridan kelib chiqib, ularni “Maʼlumotlarni boshqarish” axborot tizimiga integratsiya qilish boʻyicha ishlab chiqiladigan texnologik yoʻriqnomalar bilan belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Texnologik yoʻriqnomalar Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan kelishgan holda “Maʼlumotlarni boshqarish” axborot tizimiga integratsiya qilinadigan axborot tizimi yoki axborot resursi egasi boʻlgan davlat organi yoki tashkiloti tomonidan tasdiqlanadi.
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-martdagi 107-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.03.2023-y., 09/23/107/0146-son)
7. “Maʼlumotlarni boshqarish” axborot tizimi uchun kerakli yagona maʼlumotnomalar va klassifikatorlar “Elektron hukumatning maʼlumotnomalar va klassifikatorlar registri” axborot tizimida yuritiladi.
Bunda, davlat organlari va tashkilotlari oʻzlarining axborot tizimlarida va axborot resurslarida “Elektron hukumatning maʼlumotnomalar va klassifikatorlar registri” axborot tizimida joylashtirilgan maʼlumotnoma va klassifikatorlardan foydalanishlari shart.
8. “Maʼlumotlarni boshqarish” axborot tizimidan barcha davlat organlari va tashkilotlari bepul asosda foydalanadilar.
9. Davlat organlari va tashkilotlari “Maʼlumotlarni boshqarish” axborot tizimidan belgilangan tartibda Elektron hukumatning idoralararo maʼlumotlar uzatish tarmogʻiga ulanish orqali foydalanadilar.
10. “Maʼlumotlarni boshqarish” axborot tizimi foydalanuvchilarining vazifalari quyidagilardan iborat:
Oldingi tahrirga qarang.
a) Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi:
(10-band “a” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-martdagi 107-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.03.2023-y., 09/23/107/0146-son)
“Maʼlumotlarni boshqarish” axborot tizimiga egalik qiladi, uning uzluksiz faoliyat koʻrsatishini taʼminlaydi, iqtisodiy tahlil va prognozlashtirish ishlarida keng foydalanadi;
“Maʼlumotlarni boshqarish” axborot tizimida ishtirok etuvchi davlat organlari va tashkilotlari, jamlanadigan hamda tahlil etiladigan maʼlumotlar roʻyxatini shakllantiradi va ularni taqdim etish davriyligini belgilaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
b) Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi “Maʼlumotlarni boshqarish” axborot tizimida foydalanish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni:
(10-band “b” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-oktabrdagi 627-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son)
davlat organlari va tashkilotlarining ochiq maʼlumotlar toʻplamlari roʻyxatiga kiritadi va ularning belgilangan tartibda yangilab borilishini muvofiqlashtiradi;
davlat statistikasi ishlari dasturi doirasida shakllantiriladigan statistik va tahliliy maʼlumotlarni jamlanma holatda va egasi mavhumlashtirilgan tarzda taqdim etadi;
davlat organlari va tashkilotlari bilan birgalikda boshqarish uchun zarur boʻlgan iqtisodiy-statistika tasniflagichlarni ishlab chiqadi va tatbiq etadi;
Oldingi tahrirga qarang.
v) Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi:
(10-band “v” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-martdagi 107-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.03.2023-y., 09/23/107/0146-son)
“Maʼlumotlarni boshqarish” axborot tizimining elektron hukumat axborot tizimlari, davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlari va axborot resurslari bilan integratsiyasini taʼminlashda hamda idoralararo elektron hamkorlik samarali tashkil etilishida koʻmaklashadi;
“Maʼlumotlarni boshqarish” axborot tizimini Oʻzbekiston Respublikasining Ochiq maʼlumotlar portaliga integratsiya qiladi va uzluksiz ishlab turishini taʼminlaydi;
g) davlat organlari va tashkilotlari:
“Maʼlumotlarni boshqarish” axborot tizimiga jamlanishi belgilangan maʼlumotlarni belgilangan roʻyxatga va muddatlarga muvofiq elektron hamkorlik orqali taqdim etadilar yoxud tizimga doimiy ravishda kiritishni taʼminlaydilar;
taqdim etilayotgan maʼlumotlarning ishonchliligi, haqqoniyligi va dolzarbligini taʼminlaydilar.
3-bob. “Maʼlumotlarni boshqarish” axborot tizimi orqali davlat organlari va tashkilotlari maʼlumotlarini yigʻish, qayta ishlash va tahlil qilish
11. “Maʼlumotlarni boshqarish” axborot tizimi orqali davlat organlari va tashkilotlari maʼlumotlarini yigʻish, qayta ishlash va tahlil qilish ushbu Nizomga ilovaga muvofiq sxema asosida amalga oshiriladi.
12. Davlat organlari va tashkilotlari oʻzlarining axborot tizimlari va maʼlumotlar bazalarida mavjud boʻlgan maʼlumotlar xatlovdan oʻtkazilishini taʼminlaydilar.
Oldingi tahrirga qarang.
13. Davlat organlari va tashkilotlari “Maʼlumotlarni boshqarish” axborot tizimida jamlanishi lozim boʻlgan maʼlumotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi soʻroviga asosan taqdim etilishini taʼminlaydilar.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-martdagi 107-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.03.2023-y., 09/23/107/0146-son)
Oldingi tahrirga qarang.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi, Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan hamkorlikda “Maʼlumotlarni boshqarish” axborot tizimida yuritiladigan maʼlumotlar toʻplamini bir turdagi axborotlar yagona manbadan olinishini belgilagan holda shakllantiradi hamda tasdiqlaydi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-oktabrdagi 627-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son)
Oldingi tahrirga qarang.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi “Maʼlumotlarni boshqarish” axborot tizimi bilan idoralararo elektron hamkorlik qilish talablarini ishlab chiqish orqali davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlari va maʼlumotlar bazalari bilan elektron hamkorlik bosqichma-bosqich amalga oshirilishini taʼminlaydi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-martdagi 107-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.03.2023-y., 09/23/107/0146-son)
Oldingi tahrirga qarang.
16. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi davlat organlari va tashkilotlari bilan birgalikda tasdiqlangan maʼlumotlar toʻplami asosida maʼlumotlarni yigʻish va tahlil qilishni “Maʼlumotlarni boshqarish” axborot tizimida amalga oshiradi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-martdagi 107-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.03.2023-y., 09/23/107/0146-son)
Oldingi tahrirga qarang.
17. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi Raqamli texnologiyalar vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi bilan birgalikda mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini tahlil qilish borasidagi hisobotlarni “Maʼlumotlarni boshqarish” axborot tizimida shakllantirish va real vaqt rejimida olish choralarini koʻradi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-oktabrdagi 627-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son)
4-bob. “Maʼlumotlarni boshqarish” axborot tizimi foydalanuvchilarining majburiyatlari
18. Davlat organlari va tashkilotlari “Maʼlumotlarni boshqarish” axborot tizimiga:
jamlanishi belgilangan maʼlumotlarni belgilangan roʻyxatga va muddatlarga muvofiq elektron hamkorlik orqali taqdim etishga yoxud tizimga doimiy ravishda kiritishga;
taqdim etilayotgan maʼlumotlarning dolzarbligi, ishonchliligi va haqqoniyligini taʼminlashga majburdirlar.
Oldingi tahrirga qarang.
19. Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi “Maʼlumotlarni boshqarish” axborot tizimining uzluksiz ishlab turishini doimiy muvofiqlashtirib borishga majburdir.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-martdagi 107-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.03.2023-y., 09/23/107/0146-son)
Oldingi tahrirga qarang.
20. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi “Maʼlumotlarni boshqarish” axborot tizimiga egalik qiladi, uning uzluksiz faoliyat koʻrsatishini taʼminlaydi, iqtisodiy tahlil va prognozlashtirish ishlarida keng foydalanadi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-martdagi 107-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.03.2023-y., 09/23/107/0146-son)
5-bob. Yakunlovchi qoida
21. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Oldingi tahrirga qarang.
“Maʼlumotlarni boshqarish” axborot tizimi orqali davlat organlari va tashkilotlari maʼlumotlarini yigʻish, qayta ishlash va tahlil qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
“Maʼlumotlarni boshqarish” axborot tizimi orqali davlat organlari va tashkilotlari maʼlumotlarini yigʻish, qayta ishlash va tahlil qilish
SXEMASI
Oldingi tahrirga qarang.

Bosqichlar

Masʼullar

Chora-tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Davlat organlari va tashkilotlari, Iqtisodiyot va moliya vazirligi

1. Oʻzlarining axborot tizimlari va maʼlumotlar bazalarida mavjud boʻlgan maʼlumotlar xatlovdan oʻtkazilishini taʼminlash.

Ikki hafta muddatda

2. Iqtisodiyot va moliya vazirligi soʻroviga asosan “Maʼlumotlarni boshqarish” axborot tizimida jamlanishi lozim boʻlgan maʼlumotlarni taqdim etish.

Bir oy muddatda

2-bosqich

Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Milliy statistika qoʻmitasi, Raqamli texnologiyalar vazirligi

“Maʼlumotlarni boshqarish” axborot tizimida yuritiladigan maʼlumotlar toʻplamini shakllantirish va tasdiqlash.

Bunda bir turdagi axborotlarni aniqlash va ular yagona manbadan olinishini belgilash.

Ikki oy muddatda

3-bosqich

Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, operator

1. “Maʼlumotlarni boshqarish” axborot tizimi bilan idoralararo elektron hamkorlik qilish talablarini ishlab chiqish.

Uch oy muddatda

2. “Maʼlumotlarni boshqarish” axborot tizimini ishlab chiqish.

2021-yil aprel

3. “Maʼlumotlarni boshqarish” axborot tizimining vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining axborot tizimlari va maʼlumotlar bazalari bilan elektron hamkorligini bosqichma-bosqich taʼminlash.

2021-yil iyul

4-bosqich

Iqtisodiyot va moliya vazirligi, davlat organlari va tashkilotlari

Tasdiqlangan maʼlumotlar toʻplami asosida maʼlumotlarni yigʻish va tahlil qilishni “Maʼlumotlarni boshqarish” axborot tizimida amalga oshirish.

Doimo

5-bosqich

Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Milliy statistika qoʻmitasi, operator

Mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini tahlil qilish borasidagi hisobotlarni “Maʼlumotlarni boshqarish” axborot tizimida shakllantirish va real vaqt rejimida olish choralarini koʻrish.

Doimo

(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-oktabrdagi 627-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son)
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-iyuldagi 444-son qaroriga
4-ILOVA
Elektron hukumatning idoralararo axborot tizimlarini ishlab chiqish va joriy etish boʻyicha
“YOʻL XARITASI”

T/r

Tadbir nomi

Amalga oshirish mexanizmi/shakli

Bajarish muddati

Ijro uchun masʼullar

I. Elektron hukumatning axborot tizimlari va resurslari yagona reyestri axborot tizimini ishlab chiqish va joriy etish

1.

Elektron hukumatning axborot tizimlari va resurslari yagona reyestri (keyingi oʻrinlarda — Yagona reyestr)da davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlari va resurslari haqidagi maʼlumotlarni kiritishga masʼul boʻlgan shaxslarni belgilash.

1.1. Davlat organlari va tashkilotlarida Yagona reyestrni yuritishga masʼul shaxsni tayinlash boʻyicha idoraviy hujjatni qabul qilish.

1.2. Masʼul shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga kiritish.

2020-yil
30-iyul

2020-yil
1-avgust

Davlat organlari va tashkilotlari,

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,

Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi davlat muassasasi

2.

Yagona reyestrni yaratish boʻyicha texnik hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash.

2.1. Yagona reyestrni yaratish boʻyicha texnik topshiriqni ishlab chiqish.

2.2. Texnik topshiriqni belgilangan tartibda ekspertizadan oʻtkazish va tasdiqlash.

2020-yil
25-sentabr

2020-yil
1-oktabr

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,

Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi,

Kiberxavfsizlik markazi DUK,

Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi davlat muassasasi

3.

Yagona reyestrni amaliyotga joriy etish.

3.1. Yagona reyestr axborot tizimini ishlab chiqish.

3.2. Yagona reyestr axborot tizimining test sinov ishlarini amalga oshirish va amaliyotga joriy etish.

2020-yil
20-dekabr

2021-yil
1-yanvar

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,

“Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasi, Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi,

Kiberxavfsizlik markazi DUK

4.

Davlat organlari va tashkilotlarida mavjud axborot tizimlarini xatlovdan oʻtkazish va yagona reyestrda ularning pasportlarini toʻldirish.

4.1. Elektron hukumatning maʼlumotnomalar va klassifikatorlar registrini shakllantirish va yuritish hamda yagona identifikatorlardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga asosan mavjud axborot tizimlarini xatlovdan oʻtkazish.

4.2. Mavjud axborot tizimlari Yagona reyestrga kiritilishini taʼminlash.

4.3. Davlat organlari va tashkilotlarining barcha axborot tizimlari Yagona reyestrga kiritilishi monitoringini olib borish.

2020-yil
20-noyabr


2020-yil
1-dekabr


muntazam ravishda

Davlat organlari va tashkilotlari



Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat boʻyicha davlat in?peksiyasi,

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,

Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi davlat muassasasi

II. Elektron hukumatning maʼlumotnomalar va klassifikatorlar registri axborot tizimini modernizatsiya qilish

5.

“Elektron hukumatning maʼlumotnomalar va klassifikatorlar registri” axborot tizimini modernizatsiya qilish boʻyicha texnik hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash.

5.1. Elektron hukumatning maʼlumotnomalar va klassifikatorlar registri axborot tizimini modernizatsiya qilish boʻyicha texnik topshiriqni ishlab chiqish.

5.2. Texnik topshiriqni belgilangan tartibda ekspertizadan oʻtkazish va tasdiqlash.

2020-yil
25-iyul

2020-yil
1-avgust

Axborot texnologiyalari
va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,

Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi davlat muassasasi

6.

Elektron hukumatning maʼlumotnomalar va klassifikatorlar registri axborot tizimini amaliyotga joriy etish.

6.1. Elektron hukumatning maʼlumotnomalar va klassifikatorlar registri axborot tizimini ishlab chiqish.

6.2. Elektron hukumatning maʼlumotnomalar va klassifikatorlar registri axborot tizimini test sinov ishlarini amalga oshirish va amaliyotga joriy etish.

2020-yil
20-noyabr

2020-yil
1-dekabr

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,

Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi davlat muassasasi, davlat organlari va tashkilotlari

7.

Quyidagilarni nazarada tutuvchi yoʻl xaritasini ishlab chiqish va tasdiqlash:

“Elektron hukumatning maʼlumotnomalar va klassifikatorlar registri” axborot tizimi bilan integratsiya qilinishini inobatga olgan holda oʻzlarining axborot tizimlarini takomillashtirish boʻyicha tashkiliy va texnik choralarni koʻrish;

amaldagi axborot tizimlarini roʻyxatdan oʻtkazish va ular boʻyicha maʼlumotlar doimiy yangilab turilishini inobatga olgan holda ularni Yagona reyestrga kiritish;

“Elektron hukumatning maʼlumotnomalar va klassifikatorlar registri” axborot tizimini shakllantirish doirasidagi xabar va maʼlumotlarning doimiy dolzarbligini taʼminlash.

7.1. “Yoʻl xaritasi” loyihasini ishlab chiqish va Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi va “Kiberxavfsizlik markazi” DUK bilan kelishish va tasdiqlash.

7.2. Yoʻl xaritasida belgilangan vazifalar oʻz muddatida va sifatli bajarilishini taʼminlash.

2020-yil
15-avgust



Belgilangan muddatlarda

Davlat organlari va tashkilotlari,

Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi davlat muassasasi,

Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi,

Kiberxavfsizlik markazi DUK

III. “Maʼlumotlarni boshqarish” axborot tizimini ishlab chiqish va joriy etish

8.

“Maʼlumotlarni boshqarish” axborot tizimini ishlab chiqish va joriy qilish boʻyicha ishlarni muvofiqlashtiruvchi idoralararo ishchi guruh (keyingi oʻrinlarda — ishchi guruh) tashkil etish.

8.1. Manfaatdor vazirliklar va idoralarning masʼul xodimlari ishtirokida Idoralararo ishchi guruh tarkibini shakllantirish.

8.2. Ishchi guruh vazifalarini belgilash hamda idoraviy hujjat bilan tasdiqlash.

Ikki hafta muddatda

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi,

Davlat statistika qoʻmitasi, Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi davlat muassasasi,

manfaatdor vazirliklar va

idoralar

9.

Davlat boshqaruvi organlari faoliyatida maʼlumotlarni boshqarish (jamlash va qayta ishlash) tizimlari hamda ular orqali mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini tahlil qilish borasida “Big Data” arxitekturasi va “Business Intelligence” texnologiyalari asosida katta hajmdagi maʼlumotlarni qayta ishlash va boshqarish boʻyicha mahalliy va ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganish.

9.1. Tahliliy hisobot tayyorlash.

9.2. “Maʼlumotlarni boshqarish” axborot tizimini ishlab chiqishning dasturiy-texnik jihatlari boʻyicha takliflar tayyorlash.

2020-yil
15-avgust

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi,

ishchi guruh

10.

“Maʼlumotlarni boshqarish” axborot tizimining texnik hujjatlari va tizimni ishlab chiqish boʻyicha tender (tanlov) savdolari oʻtkazish.

10.1. Tender (tanlov) savdolarini belgilangan tartibda oʻtkazish

10.2. Tender (tanlov) savdolarining gʻolibi (keyingi oʻrinlarda — operator) bilan “Maʼlumotlarni boshqarish” axborot tizimining texnik hujjatlari va tizimini ishlab chiqish boʻyicha shartnoma imzolash.

2020-yil

1 sentabr

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi,

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

11.

“Maʼlumotlarni boshqarish” axborot tiziminingtexnik hujjatlarini (loyiha pasporti, loyiha konsepsiyasi, texnik topshirigʻi) ishlab chiqish, ekspertizadan oʻtkazish va tasdiqlash.

11.1. Axborot tizimni ishlab chiqish boʻyicha loyiha pasporti va konsepsiyani ishlab chiqish hamda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan kelishish.

11.2. Ishlab chiqilgan loyiha pasporti va konsepsiyani vakolatli organga ekspertizaga kiritish.

11.3. Loyiha tyexnik topshirigʻini ishlab chiqish va manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan kelishish.

11.4. Ishlab chiqilgan loyiha tyexnik topshirigʻini vakolatli organga ekspertizaga kiritish.

2020-yil
18
sentabr

2020-yil
20 sentabr
2020-yil
1
0 oktyabr

2020-yil
1
0 oktyabr

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi,

Davlat statistika qoʻmitasi,

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi davlat muassasasi,

operator, ishchi guruh

12.

“Maʼlumotlarni boshqarish” axborot tizimida jamlanishi lozim boʻlgan maʼlumotlar toʻplamini shakllantirish.

12.1. Axborot tizimida jamlanishi lozim boʻlgan maʼlumotlar roʻyxatini shakllantirish (taqdim etuvchi idora, taqdim etish shakli va davriyligi va h.k.) va tasdiqlanishini taʼminlash.

2020-yil

1 sentabr

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi,

Davlat statistika qoʻmitasi, Axborot texnoloyalari va kommuni?atsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi davlat muassasasi,

davlat organlari va tashkilotlari,ishchi guruh

13.

Maʼlumotnoma, klassifikator va boshqa standartlarni takomillashtirish.

13.1. Ilgʻor xorij tajribasi asosida xalqaro standartlarga muvofiq maʼlumotnoma va klassifikatorlarni qayta koʻrib chiqish va ularni amaliyotda bosqichma-bosqich qoʻllash.

2020-yil
1-dekabr

Davlat statistika qoʻmitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi,

Moliya vazirligi,

Davlat soliq qoʻmitasi,

davlat organlari va tashkilotlari

14.

“Maʼlumotlarni boshqarish” axborot tizimi doirasida maʼlumotlarni taqdim etuvchi davlat idoralari axborot tizimlarida foydalaniladigan maʼlumotlar va tasniflagichlarni birxillashtirish.

Bunda, Elektron hukumat tizimining yagona identifikatorlari hamda “Elektron hukumatning maʼlumotnomalar va klassifikatorlar registri” axborot tizimidagi maʼlumotnomalari va klassifikatorlardan foydalanishni tashkil etish.

14.1. Axborot tizimlari va maʼlumotlar bazasida foydalaniladigan yagona identifikatorlar, maʼlumotnomalar va klassifikatorlarni xatlovdan oʻtkazish va uning natijasi boʻyicha “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasiga axborot kiritish.

14.2. Taqdim etilgan maʼlumotlar asosida “Elektron hukumatning maʼlumotnomalar va klassifikatorlar registri” axborot tizimida yangi maʼlumotnoma va klassifikatorlarni joylashtirishni tashkil etish.

14.3. “Elektron hukumatning maʼlumotnomalar va klassifikatorlar registri” axborot tizimi orqali Elektron hukumat tizimining maʼlumotnoma va klassifikatorlaridan foydalanishni taʼminlash.

2020-yil
20-avgust





2020-yil

10 sentabr

2020-yil oktabr-noyabr

Davlat organlari va tashkilotlari



Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi davlat muassasasi,

davlat organlari va tashkilotlari

Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi davlat muassasasi,

davlat organlari va tashkilotlari

15.

“Maʼlumotlarni boshqarish” axborot tizimi doirasida real sektor subyektlari va keng jamoatchilikni iqtisodiy rivojlanish tendensiyalari holatidan xabardor qilish axborot platformasini joriy etish.

15.1. Ilgʻor xorij tajribasi asosida real sektor subyektlari va keng jamoatchilikni iqtisodiy rivojlanish tendensiyalari holatidan xabardor qilish axborot platformasini joriy etish.

15.2. Axborot platformasida tegishli maʼlumot va sharhlarning eʼlon qilib borilishini yoʻlga qoʻyish.

2020-yil

20-dekabr

Iqtisodiy taraqqiyot
va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi,

Moliya vazirligi,

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,

Davlat statistika qoʻmitasi,

Markaziy bank,

operator

16.

“Maʼlumotlarni boshqarish” axborot tizimini ishlab chiqish va davlat boshqaruv organlari hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari axborot tizimlari bilan integratsiya qilish.

16.1. Axborot tizimini ishlab chiqish.

16.2. Axborot tizimini davlat idoralari va tashkilotlari axborot tizimlari bilan integratsiya qilish boʻyicha texnologik yoʻriqnomalarini ishlab chiqish.

16.3. Texnologik yoʻriqnomalar asosida axborot tizimlari oʻrtasida maʼlumotlar almashinuvini tashkil etish.

2021-yil
aprel

2021-yil fevral-mart

2021-yil

aprel-may

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi,

Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi davlat muassasasi,

Davlat statistika qoʻmitasi,

davlat organlari va tashkilotlari,

operator

17.

“Maʼlumotlarni boshqarish” axborot tizimini sinov tarzida ishga tushirish va ishtirokchilarini bosqichma-bosqich tizimga ulash.

17.1. Sinovda ishtirok etuvchi davlat organlari va tashkilotlarining masʼul xodimlarini belgilash.

17.2. Masʼul xodimlarni tizimdan foydalanish boʻyicha oʻqitishni tashkil etish.

17.3. Sinov tariqasida ishtirok etuvchi davlat organlari va tashkilotlarini Axborot tizimiga ulash.

17.4. Axborot tizimi ishini sinovdan oʻtkazish va ish jarayonida yuzaga kelgan kamchiliklarni bartaraf etish.

2021-yil
iyun

2021-yil
iyul

alohida grafik asosida

2021-yil davomida

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi,

operator,

Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi davlat muassasasi,

davlat organlari va tashkilotlari

18.

“Maʼlumotlarni boshqarish” axborot tizimining sifatli va uzluksiz faoliyat koʻrsatishini taʼminlash.

18.1. Axborot tizimini texnik qoʻllab-quvvatlash boʻyicha ishlarni doimiy ravishda taʼminlash.

18.2. Axborot tizimini muntazam takomillashtirib borish va modernizatsiya qilish.

Tizim ishga tushirilganidan soʻng doimiy ravishda

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi,

Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi davlat muassasasi,

operator

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-iyuldagi 444-son qaroriga
5-ILOVA
Davlat organlari va tashkilotlarining oʻz faoliyati yuzasidan jamoatchilik oldida elektron hisobot berishi tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom davlat organlari va tashkilotlarining oʻz faoliyati yuzasidan jamoatchilik oldida elektron hisobot berishi tartibini belgilaydi.
2. Davlat boshqaruvi organlari, ularning hududiy boʻlinmalari, shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, tuman (shahar)lar hokimliklari (keyingi oʻrinlarda — davlat organlari va tashkilotlari) tomonidan oʻz faoliyati yuzasidan yarim yillik va yil yakuni boʻyicha jamoatchilik oldida elektron hisobot (keyingi oʻrinlarda — hisobot) taqdim etiladi.
Ushbu Nizom qoidalari mazkur Nizomning 2-bandida nazarda tutilmagan davlat organlari va tashkilotlari uchun tavsiyaviy xususiyatga egadir.
3. Hisobot:
davlat organlari va tashkilotlarining internet jahon axborot tarmogʻidagi rasmiy veb-saytida, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda, mobil messenjerlardagi rasmiy sahifalarda joylashtirilib, hisobot haqidagi xabarnoma markaziy (hududiy) bosma ommaviy axborot vositalarida va internet jahon axborot tarmogʻida eʼlon qilinganidan soʻng;
davlat organlari va tashkilotlarining internet jahon axborot tarmogʻidagi rasmiy veb-sayti va ular birinchi rahbarlarining ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlari orqali brifing va matbuot konferensiyalari koʻrinishida onlayn translyatsiyalarni tashkil etish yoʻli bilan;
davlat organlari va tashkilotining bevosita birinchi rahbari yoki uning vazifasini bajaruvchi boshqa mansabdor shaxs (keyingi oʻrinlarda — tashkilot rahbari) tomonidan taqdim etiladi.
4. Hisobotni tayyorlash va taqdim etish boʻyicha tashkiliy-texnik, axborot-tahliliy va boshqa chora-tadbirlarni amalga oshirish davlat organlari va tashkilotlarining axborot xizmatlari (matbuot xizmatlari, jamoatchilik bilan aloqalar xizmatlari) (keyingi oʻrinlarda — axborot xizmati) tomonidan taʼminlanadi.
5. Hisobot mazkur Nizomga ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq quyidagi uch bosqichda tashkil etiladi:
1-bosqich — hisobotni davlat organi va tashkilotining internet jahon axborot tarmogʻidagi rasmiy veb-saytida, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda, mobil messenjerlardagi rasmiy sahifalarda joylashtirish;
2-bosqich — hisobot haqidagi xabarnomani markaziy (hududiy) bosma ommaviy axborot vositalarida va internet jahon axborot tarmogʻida eʼlon qilish;
3-bosqich — hisobotni bevosita taqdim etish maqsadida internet jahon axborot tarmogʻidagi rasmiy veb-saytda hamda ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlar orqali brifing, matbuot konferensiyalarining onlayn translyatsiyalarni tashkil etish va uning natijalarini tahlil qilish.
6. Hisobot “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasida koʻrsatilgan maʼlumotlar bilan bir qatorda:
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, shuningdek, boshqa qonun hujjatlarini bajarish doirasida amalga oshirilgan chora-tadbirlar;
davlat organlari va tashkilotlariga tegishli qonun hujjatlari bilan yuklatilgan asosiy vazifalar va funksiyalarning bajarilishi holati;
bajarilayotgan asosiy vazifalar va funksiyalar, shuningdek, topshiriqlarning davlat organi va tashkilotining faoliyati samaradorligi koʻrsatkichlari (indikatorlari)da belgilangan mezonlarga muvofiqligi;
davlat organlari va tashkilotlari faoliyatida huquqni qoʻllash amaliyotining holati;
davlat organlari va tashkilotlari faoliyatida oʻtkazilgan maʼmuriy islohotlarning samaradorligi koʻrsatkichlari;
maʼmuriy tartib-taomillar va davlat xizmatlarini koʻrsatish sohasidagi faoliyati;
oʻtgan hisobot davrida tegishli maʼmuriy hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish sohasida amalga oshirilgan chora-tadbirlar va erishilgan koʻrsatkichlar, hududni yanada rivojlantirish sohasidagi vazifalar va asosiy yoʻnalishlar;
hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini belgilash borasida mahalliy budjetlar loyihalarini shakllantirish jarayoni;
faoliyati bilan bogʻliq aholining muammoli masalalari va ularni hal qilish yoʻllari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olishi kerak.
2-bob. Hisobotni internet jahon axborot tarmogʻida joylashtirish tartibi
7. Davlat organlari va tashkilotlarining rahbarlari buyrugʻi bilan axborot xizmati yoki boshqa xodim hisobotni internet jahon axborot tarmogʻida joylashtirish hamda uni taqdim etish toʻgʻrisidagi xabarnomani markaziy (hududiy) bosma ommaviy axborot vositalarida va Internet jahon axborot tarmogʻida eʼlon qilish, shuningdek, ularning translyatsiyalarini tashkil etish uchun masʼul etib tayinlanadi.
8. Davlat organlari va tashkilotlari hisobotni yarim yillik va yil yakunlangan kundan eʼtiboran 10 kun muddatda oʻzlarining internet jahon axborot tarmogʻidagi rasmiy sahifalarida joylashtiradi.
Internet jahon axborot tarmogʻidagi rasmiy veb-saytda va ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlarda joylashtirilgan hisobotlardagi maʼlumotlarga ularni tasdiqlovchi tegishli hujjatlar ilova qilinishi shart.
9. Hisobot davlat tilida taqdim etilishi kerak, bunda hisobotlar davlat tili bilan birgalikda boshqa tillardagi versiyalarga ham ega boʻlishi mumkin.
10. Hisobot jamoatchilikka tushunarli shaklda, oddiy va ravon tilda taqdim etilishi lozim.
11. Joylashtirilgan hisobotdan foydalanish erkin va bepul boʻlishi kerak. Har bir hisobotning joylashtirilgan sanasi koʻrsatilishi lozim.
12. Davlat organi yoki tashkilotining internet jahon axborot tarmogʻidagi rasmiy veb-saytiga joylashtirilgan maʼlumotlar haqqoniy va ishonchli boʻlishi kerak. Tashkilot rahbari ushbu maʼlumotlarning haqqoniyligi va ishonchliligi uchun shaxsan javobgardir.
13. Internet jahon axborot tarmogʻidagi rasmiy veb-saytga joylashtiriladigan maʼlumotlar brifing yoki matbuot konferensiyasi orqali taqdim etilgan hisobotlar bilan oʻzaro muvofiq boʻlishi kerak.
14. Hisobotlarda xizmat doirasida foydalanishga taalluqli va qonun hujjatlari bilan eʼlon qilish va tarqatish taqiqlangan boshqa axborotlar boʻlmasligi kerak.
15. Davlat organlari va tashkilotlari oʻz rasmiy veb-saytlarida joylashtirilgan hisobotlarning yoʻq qilinishi, toʻsib qoʻyilishi, buzib talqin qilinishi, qalbakilashtirilishining hamda boshqa shakllardagi ruxsatsiz aralashuvlarning oldini olish boʻyicha tegishli muhofaza chora-tadbirlarini koʻrishi kerak.
3-bob. Brifing, matbuot konferensiyasi oʻtkazilishini eʼlon qilish va ularning onlayn translyatsiyasini tashkil etish tartibi
16. Tashkilot rahbari hisobot davri (yarim yillik va yillik) yakunlangan kundan eʼtiboran 30 kun muddatda brifing, matbuot konferensiyasining onlayn translyatsiyasini tashkil etish yoʻli bilan jamoatchilik oldida hisobot berishi kerak.
17. Brifing, matbuot konferensiyasining onlayn translyatsiyasi oʻtkazilishi haqidagi xabarnoma markaziy (hududiy) bosma ommaviy axborot vositalarida, davlat organlari va tashkilotlarining internet jahon axborot tarmogʻidagi rasmiy veb-saytlarida hamda ijtimoiy tarmoqlarda, mobil messenjerlardagi akkauntlarda tadbir rejalashtirilayotgan kundan kamida 10 kun oldin eʼlon qilinadi.
18. Brifing, matbuot konferensiyasining onlayn translyatsiyasi oʻtkazilishi haqidagi xabarnomada:
hisobot beruvchi rahbarning, shuningdek, hisobotda ishtirok etadigan boshqa mansabdor shaxslarning familiyasi, ismi va otasining ismi;
brifing yoki matbuot konferensiyasining mavzusi;
tadbir oʻtishi rejalashtirilgan sana va boshlanish vaqti;
tadbirni oʻtkazish uchun masʼul axborot xizmati xodimining familiyasi, ismi va otasining ismi hamda uning xizmat telefoni raqamlari;
fuqarolar bilan oʻzaro aloqani amalga oshirish, maslahat berish va axborot taqdim etish uchun moʻljallangan respublika (hudud) doirasida yagona qisqa raqam boʻyicha hamma foydalanishi mumkin boʻlgan “tezkor aloqa”ning telefon raqamlari;
tashkil etilayotgan hisobot yuzasidan jamoatchilik tomonidan savollar va takliflar yuborilishi usullari koʻrsatiladi.
19. Axborot xizmati hisobot tadbiri oʻtkazilishidan boʻlgan bir oy oldin davlat organlari va tashkilotlarining elektron manziliga, rasmiy veb-saytiga, ijtimoiy tarmogʻiga, mobil messenjeriga tushgan savol va takliflarni umumlashtirish, tahlil qilish va mavzular boʻyicha taqsimlash ishlarini tashkil qiladi.
20. Brifing yoki matbuot konferensiyasi davomida tashkilot rahbarining hisoboti mazkur Nizomning 6-bandida nazarda tutilgan maʼlumotlarni qamrab olgan boʻlishi lozim.
21. Brifing va matbuot konferensiyalari faqat ish kunlari, qoida tariqasida, soat 11.00 dan soat 14.00 ga qadar boʻlgan vaqt oraligʻida tashkilotning internet jahon axborot tarmogʻidagi rasmiy veb-saytida va ijtimoiy tarmoqlar va mobil messenjerlardagi akkauntlarda onlayn translyatsiya qilish yoʻli bilan oʻtkaziladi va ularning davomiyligi 60 minutdan oshmasligi kerak.
22. Hududda, mamlakatda yoki xorijiy davlatlarda sodir boʻlgan muhim voqealar sababli brifinglar yoki matbuot konferensiyalari oʻtkazish zarurati paydo boʻlgan hollarda bunday tadbirlar matbuot xizmatlari tomonidan tashkilot rahbari bilan kelishgan holda tezkor ravishda tashkil etiladi.
23. Rasman xabar qilingan brifinglar yoki matbuot konferensiyalari bekor qilingan hollarda axborot xizmati tadbirning tasdiqlangan oʻtkazish vaqtidan kamida 48 soat oldin jamoatchilik vakillarini bu haqida xabardor qilishi kerak.
24. Brifing, matbuot konferensiyasining onlayn translyatsiyasi vaqtida va undan soʻng jismoniy va yuridik shaxslardan tushgan savollar, izohlar, takliflar hamda eʼtirozlar koʻrib chiqilishi hamda ular yuzasidan batafsil tushuntirishlar 5 kun muddatda taqdim etilishi lozim.
25. Hisobot tadbiri oʻtkazilgandan soʻng davlat organi yoki tashkiloti tomonidan 10 kun ichida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga uning natijalari toʻgʻrisida maʼlumot beriladi.
Davlat organlari va tashkilotlari hududiy boʻlinmalarining hisobotlari yuqori turuvchi organga taqdim etiladi.
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
26. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi davlat organlari va tashkilotlari tomonidan mazkur Nizomga amal qilinishi boʻyicha doimiy monitoring olib boradi hamda hisobotlar tahlilini yuritadi.
27. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Davlat organlari va tashkilotlarining oʻz faoliyati yuzasidan jamoatchilik oldida elektron hisobot berishi tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Davlat organlari va tashkilotlarining oʻz faoliyati yuzasidan jamoatchilik oldida elektron hisobot berishi

Bosqichlar

Masʼullar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

(Hisobotni internet jahon axborot tarmogʻida joylashtirish)

Davlat organlari va tashkilotlari

1. Hisobotni internet jahon axborot tarmogʻida joylashtirish, uni taqdim etish toʻgʻrisidagi xabarnomani markaziy (hududiy) bosma ommaviy axborot vositalarida va internet jahon axborot tarmogʻida eʼlon qilish, shuningdek, ularning translyatsiyalarini tashkil etish uchun masʼul xodimni tayinlaydi.

2. Masʼul xodim hisobotni tashkilotning internet jahon axborot tarmogʻidagi rasmiy veb-saytida, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda, mobil messenjerlardagi rasmiy sahifalarida joylashtiradi.

Yarim yillik va yil yakunlangan kundan eʼtiboran
10 kun muddatda


2-bosqich

(Hisobot haqidagi xabarnomani internet jahon axborot tarmogʻida eʼlon qilish)

Davlat organlari va tashkilotlari

Hisobot haqidagi xabarnomani markaziy (hududiy) bosma ommaviy axborot vositalarida va internet jahon axborot tarmogʻida eʼlon qiladi.

Hisobot rejalashtiri-layotgan kundan kamida
10 kun oldin


3-bosqich

(Hisobot oʻtkazilishini tashkil etish va uning natijalarini tahlil qilish)

Davlat organlari va tashkilotlari

1. Hisobotni bevosita taqdim etish maqsadida internet jahon axborot tarmogʻidagi rasmiy veb-saytda hamda ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlar orqali brifing, matbuot konferensiyalarining onlayn translyatsiyalarini tashkil etadi.

2. Hisobot vaqtida va undan soʻng jismoniy va yuridik shaxslardan tushgan savollar, izohlar, takliflar hamda eʼtirozlarni koʻrib chiqadi va ular yuzasidan batafsil tushuntirishlar beradi.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga hisobot natijalari toʻgʻrisida maʼlumot beradi.

Belgilangan muddatlarda

Hisobot tadbiri tugagan kundan boshlab
5 kun muddatda

Hisobot tadbiri oʻtkazilgandan soʻng 10 kun mobaynida

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.07.2020-y., 09/20/444/1077-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2022-y., 09/22/324/0510-son; 14.03.2023-y., 09/23/107/0146-son; 29.12.2023-y., 09/23/688/0996-son; 24.07.2024-y., 09/24/439/0543-son; 02.10.2024-y., 09/24/614/0768-son; 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son; 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)