Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 22.07.2022
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI FUQAROLARI VA ChET ELLIKLAR UChUN ChET EL PASPORTLARI VA BOShQA KELISh-KETISh HUJJATLARINI RASMIYLAShTIRIShGA DOIR KONSULLIK XIZMATLARIGA HAQ TO‘LASh TO‘G‘RISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Moliya vazirligining 1992-yil 1-sentabrdan boshlab O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va xorijiylar uchun kelish-ketish hujjatlarini rasmiylashtirish bo‘yicha konsullik xizmatlariga haq to‘lashning yangi tariflarini joriy etish haqidagi taklifi qabul qilinsin.
2. Belgilansinki, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan ko‘rsatiladigan barcha xizmat turlaridan tushadigan mablag‘lardan Vazirlik tomonidan o‘z moddiy-texnika bazasini rivojlantirish, mijozlar, inventar va idoraviy ashyolar sotib olish, joriy va asosli tuzatish, shuningdek, konsullik xizmatini mustahkamlash maqsadida foydalaniladi.
 LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 19-avgustdagi 423-sonli “Xorijiy valyutadagi davlat bojlari, yig‘imlar hamda soliq bo‘lmagan boshqa to‘lovlar stavkalari to‘g‘risida”gi qarori bilan 2-band valyuta mablag‘lariga nisbatan o‘z kuchini yo‘qotgan.
3. Xodimlari chet el xizmat safariga yuboriladigan budjet tashkilotlari ularning ketish hujjatlarini rasmiylashtirish bo‘yicha xizmatlarga haq to‘lashdan ozod qilinsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga va Moliya vazirligiga kelgusida zarur hollarda konsullik yig‘imlari va xizmatlari tarifiga o‘zgartishlar kiritishga ruxsat etilsin.
 LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 19-avgustdagi 423-sonli “Xorijiy valyutadagi davlat bojlari, yig‘imlar hamda soliq bo‘lmagan boshqa to‘lovlar stavkalari to‘g‘risida”gi qarori bilan 4-band valyuta mablag‘lariga nisbatan o‘z kuchini yo‘qotgan.
5. Mazkur qarorning amalda joriy etilishi bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 15-apreldagi 98-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1992-yil 21-avgust,
390-son
Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 21-avgustdagi 390-son qaroriga
ILOVA
XORIJIY MAMLAKATLARGA XIZMAT IShLARI BILAN SAFARGA YuBORILADIGAN XODIMLAR UChUN ChET EL PASPORTLARI VA BOShQA KETISh HUJJATLARINI RASMIYLAShTIRISh BO‘YIChA XIZMAT HAQI
TARIFI
(so‘m hisobida)
1.‎ Talabnomalarni qabul qilish, ro‘yxatdan o‘tkazish chet el pasportlari va viza anketalarini rasmiylashtirish bo‘yicha konsultatsiyalar 100‎
2.‎ Chet el pasportlarini (diplomatik pasportlardan tashqari) rasmiylashtirish 1000‎
3.‎ Xorijiy elchixonalarning anketalarini to‘ldirish va boshqa dastlabki hujjatlarni rasmiylashtirish 100‎
4.‎ Chet el pasportining amal qilish muddatini uzaytirish, bolalarni yozib qo‘yish (chiqarish) 100‎
5.‎ “ _____________ gacha ketiladi” ruxsat yozuvini qo‘yish 100‎
a) ikki marta 200‎
b) uch marta va undan ortiq 300‎
6.‎ Viza berish haqida chet el elchixonasiga xatlar (notalar) yozish va mashinkada yozib berish, hujjatlarni solishtirish, konvertlash, elchixonaga jo‘natish, viza olish, vizaning to‘g‘ri rasmiylashtirilganligini tekshirish, shuningdek, xorijiy kelish (tranzit) vizasining amal qilish muddatini uzaytirish 300‎
7.‎ Anketani chet tilga tarjima qilish (1 bet uchun) 50‎
8.‎ Ishlarni shoshilinch ravishda rasmiylashtirish (hujjatlarni topshirish muddatlarining buzilishi):
a) hujjatlarni Tashqi ishlar vazirligiga topshirish muddatlarining buzilishi tarif stavka�i 100 foiz ko‘payadi
b) hujjatlarni chet el elchixonasiga topshirish muddatlarining buzilishi tarif stavkasi 200 foiz ko‘payadi
9.‎ Korxonalar va tashkilotlarga konsultatsiya xizmati, O‘zbekiston Respublikasiga keluvchi xorijiy fuqarolarga vizalarni rasmiylashtirishda vakillarning yo‘l-yo‘riq ko‘rsatishi 240‎
10.‎ Viza olishni tezlatish bilan bog‘liq masalalarni hal etish uchun chet el konsullik muassasalariga murojaat qilish 180‎
11.‎ Tashkilotlarning talabnomalari bo‘yicha xorijiy fuqarolar uchun bir martalik kelish-ketish vizalarini rasmiylashtirish va olish
12.‎ Tashkilotlarning talabnomalari bo‘yicha xorijiy fuqarolar uchun ko‘p martalik kelish-ketish vizalarini rasmiylashtirish, olish va uni uzaytirish:
a) 2-3-martalik vizalar 200‎
b) 6 oylik 250‎
v) bir yillik 300‎
13.‎ Chet elliklarning shoshilinch ravishda kelish bo‘yicha talabnomalarini tarif stavkasi ko‘rib chiqish va ishlab chiqish tarif stavkasi 100 foiz ko‘payadi
14.‎ O‘zbekiston Respublikasi davlat muassasalari orqali akkreditatsiya qilinmagan xorijiy fuqarolar uchun muddati o‘tgan vizani uzaytirish:
a) 3 kungacha 15 AQSh dollari
b) 3 kundan 10 kungacha 30 AQSh dollari
v) 10 kundan ortiq 45 AQSh dollari
15.‎ Imzolarni tasdiqlashni legallashtirish uchun konsullik yig‘imi 75‎
16.‎ “Toshkent” aeroportida vizalarni rasmiylashtirish bo‘yicha xizmatlar haqi tarifi:
a) tranzit vizasini rasmiylashtirish
6 soatgacha — 10 AQSh dollari

”‎

12 soatgacha — 15 AQSh dollari

”‎

24 soatgacha — 20 AQSh dollari

”‎

72 soatgacha — 25 AQSh dollari
b) kelish-ketish vizasini rasmiylashtirish
7 kunlik muddatgacha

30 AQSh dollari

40 AQSh dollari

50 AQSh dollari

v) vizani uzaytirish 12 soatgacha — 5 AQSh dollari

”‎

24 sotagacha — 10 AQSh dollari

”‎

48 soatgacha —15 AQSh dollari

”‎

72 soatgacha — 20 AQSh dollari

”‎

7 kungacha — 25 AQSh dollari

”‎

15 kungacha — 30 AQSh dollari

30 kungacha — 40 AQSh dollari
 LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 19-avgustdagi 423-sonli “Xorijiy valyutadagi davlat bojlari, yig‘imlar hamda soliq bo‘lmagan boshqa to‘lovlar stavkalari to‘g‘risida”gi qarori bilan 16-band qisman o‘z kuchini yo‘qotgan.