Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
2017 — 2021-yillarda Xorazm viloyati va Xiva shahrining turizm salohiyatini kompleks rivojlantirish Dasturi toʻgʻrisida
Xiva shahri va butun Xorazm hududi haqli ravishda YUNESKO va jahon tadqiqotlar hamjamiyati tomonidan insoniyat tamadduni paydo boʻlgan makon, eng qadimgi tarixiy-madaniy markazlar qatorida tan olingan.
Xorazm oʻzining noyob meʼmoriy obidalari bilan mashhur. Ayniqsa, Xiva shahrining “ochiq osmon ostidagi muzey” sifatidagi xususiyati, shuningdek, Xorazm viloyati hududida joylashgan 250 ta meʼmoriy, tarixiy, madaniy va sanʼat obidalari diqqatga sazovordir. Insoniyatning bebaho merosi — Xiva shahrining qadimiy qismi — “Ichan qalʼa” YUNESKOning Butunjahon madaniy merosi roʻyxatiga kiritilgan.
Oʻzbekistonning milliy turizm salohiyatini kompleks targʻib qilish doirasida har yili Xorazm viloyati va Xiva shahrining turizm-maʼrifiy salohiyatini yetakchi xorijiy ommaviy axborot vositalarida, jumladan VVS, NHK, Euronews, Discovery Network International va boshqa telekanallar tarmoqlarida maqsadli reklama va targʻib qilish boʻyicha muntazam ravishda chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.
Bugungi kunda Xorazm viloyati va Xiva shahrining turizm salohiyatini targʻib qilish, shuningdek zamonaviy turizm infratuzilmasini barpo etish, turistlarga qulay shart-sharoitlar yaratishda turizm sohasidagi vakolatli boshqaruv organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan bir qatorda Xorazm viloyatidagi 22 ta turizm faoliyati subyektlari va 52 ta mehmonxonalar ham shugʻullanmoqda.
Shu bilan birga, tan olish kerakki, joriy bosqichda hududning mavjud turizm salohiyati yetarli darajada samarali foydalanilmasdan qolmoqda. Xorazm viloyati va Xiva shahrining yangilangan, zamonaviy qiyofasini yaratish, shahar va transport infratuzilmasini takomillashtirish, Yevropa, Osiy va MDH mamlakatlaridan tashrif buyurishi koʻpayib borayotgan turistlar oqimiga keng xizmatlar turi va yuqori sifatli xizmatlar taklif eta oladigan turizm faoliyati subyektlari, zamonaviy mehmonxonalar sonini koʻpaytirish, xorijiy ommaviy axborot vositalari va turoperitorlari vakillariga maqsadli tanishtiruv turlarini tashkil etish boʻyicha amalga oshirilayotgan choralarni davom ettirish, shuningdek turizm sohasida kadrlar tayyorlashda zamonaviy yondashuv talab etilmoqda.
Xorazm viloyati va Xiva shahrining turizm salohiyatidan foydalanish samaradorligini yanada rivojlantirish va oshirish, Xiva shahrining noyob tarixiy-madaniy va meʼmoriy obidalari, shu jumladan ochiq osmon ostidagi “Ichan qalʼa” qalʼa shaharcha-muzeyi hududidagi yodgorliklar bilan turistlarni keng tanishtirish maqsadida eng qulay shart-sharoitlar bilan taʼminlash, hududlarning zamonaviy turizm infratuzilmasini jadal rivojlantirish va koʻrsatilayotgan turizm, mehmonxona va transport xizmatlari sifatini takomillashtirish, ichki turizmni faollashtirish, turizm sohasi uchun kadrlar tayyorlashni tubdan yaxshilash, shuningdek yangi ish oʻrinlari yaratish va aholi daromadlari oʻsishini ragʻbatlantirish maqsadida:
1. 2017 — 2021-yillarda Xorazm viloyati va Xiva shahrining turizm salohiyatini kompleks rivojlantirish dasturi (keyingi oʻrinlarda Dastur deb ataladi) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin va quyidagi muhim yoʻnalishlar boʻyicha Dasturning samarali amalga oshirilishi taminlansin:
turistlarni doimiy ravishda qabul qilish uchun qoʻshimcha qulay shart-sharoitlar yaratish, shu jumladan Toshkent-Samarqand-Buxoro-Xiva yoʻnalishi boʻyicha turizm markazlarini ulovchi temir yoʻl qurilishi va Xiva shahrida zamonaviy vokzal bunyod etilishi, Yevropa, Osiyo va MDH mamlakatlaridan charter qatnovlarini tashkil etish, Italiya, Fransiya va boshqa Yevropa mamlakatlaridan Urganch shahri aeroportiga doimiy qatnovlar sonini koʻpaytirish, Urganch-Xiva yoʻnalishidagi alohida obyektlarda yuqori qulaylikka ega boʻlgan turizm toifasidagi avtobuslar bilan qatnovlarni joriy etish orqali Xorazm viloyati va Xiva shahrining turizm infratuzilmasini rivojlantirish;
turistlar oqimini koʻpaytirishga va ularning hududda boʻlish muddatlarini uzaytirishga imkon beruvchi taqdim etilayotgan xizmatlar sifatini va turizm yoʻnalishlarini takomillashtirish. shu jumladan Amudaryo daryosining qirgʻoq hududlarida ekzotik turizmning yangi turlarini tashkil etish. Xazorasp qalʼasi negizida 600 oʻrinli ochiq amfiteatr, hunarmandlar rastasi va doʻkonlarni qamrab oluvchi sharqiy bozor qurilishi asosida turizm kompleksini tashkil etish, “Ichan qalʼa” kompleksining Karvonsaroy negizida zamonaviy mehmonxona va koʻngilochar kompleksini qurish, Xiva shahridagi turizm namoyishi obyektlarida oʻzbek xalqining boy tarixiy-madaniy merosi va milliy anʼanalarini namoyishini taʼminlovchi madaniy, koʻngilochar va milliy sport tadbirlarini oʻtkazish joriy etilishini nazarda tutuvchi xizmatlarni takomillashtirish;
Xorazm viloyatining turizm salohiyati va Xiva shahrining brendini insoniyat tamaddunining qadimiy tarixiy-madaniy markazlaridan biri sifatida MDH mamlakatlarining markaziy teleradiokanallarida hamda yetakchi xorijiy telekanallarda, butunjahon Internet axborot tarmogʻi va ijtimoiy tarmoqlarda keng reklama kampaniyasini oʻtkazish, xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari va turoperatorlar uchun tanishtiruv turlarini tashkil etish, shuningdek “Xorazm madaniyati kuni”, “Xorazm vohasining xalq raqslari”, “Xorazm qovuni” kabi turli mavzulardagi festivallar oʻtkazish, Paxlavon Mahmud xotirasiga bagʻishlab respublika hududlari va xorijiy mamlakatlar mehmonlari ishtirokida kurash, sambo va dzyudo sport turlari boʻyicha xalqaro musobaqalar tashkil etish orqali targʻib qilish;
xorijiy va milliy valyutani qabul qilish boʻyicha bankomatlar va terminallar tarmogʻini kengaytirish va doimiy faoliyat yurituvchi komsheks koʻngilochar dasturlarini yaratish, turistlarga xizmat koʻrsatish boʻyicha qoʻshimcha infratuzilma obyektlarining holatini yaxshilash va moddiy-texnika bazasini mustahkamlashni koʻzda tutgan holda sifatli turizm xizmatlarini koʻrsatish;
Urganch va Xiva shaharlaridagi kasb-hunar kollejlari, Urganch davlat. universitetida mehmonxona va turoperatorlik faoliyatida ingliz tili savodxonligiga ega mutaxassislarni tayyorlovchi qisqa muddatli kurslar tashkil etish orqali turizm sohasida mutaxassislar tayyorlash. qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini takomillashtirish. ushbu jarayonga Fransiya, Ispaniya, Turkiya va boshqa turizm sanoati rivojlangan mamlakatlarining ixtisosli taʼlim muassasalari yetakchi maslahatchilari va mutaxassislarini jalb etish;
2017 — 2021-yillarda turizm xizmatlari eksporti hajmini 2,3 barobar, turistlar sonini esa 2,1 barobarga oshishini taʼminlash.
2. 2017 — 2021-yillarda Xorazm viloyati va Xiva shahrining turizm salohiyatini kompleks rivojlantirish Dasturi ijrosi yuzasidan nazoratni taʼminlash boʻyicha 2-ilovaga muvofiq tarkibda Ishchi guruh (keyingi oʻrinlarda Ishchi guruh deb ataladi) tashkil etilsin.
Ishchi gypyh (R.S. Azimov):
Dasturga kiritilgan chora-tadbirlarning davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan belgilangan muddatlarda amalga oshirilishini nazorat qilsin va muvofiqlashtirsin;
Dasturga kiritilgan chora-tadbirlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish boʻyicha “yoʻl xaritalari”ni bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin:
Dasturga kiritilgan loyihalarni moliyalashtirish maqsadida xorijiy investitsiyalar, donor mamlakatlarning kredit va grant mablagʻlari hamda xalqaro moliya institutlarini jalb etish choralarini koʻrsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Ishchi guruhning asoslangan takliflari asosida, Dastur parametrlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish huquqi berilsin.
3. Xorazm viloyati hokimligi Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda Xiva shahrini loyihalashtirishning batafsil rejasini ishlab chiqsin va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika arxitektura-shaharsozlik kengashiga koʻrib chiqish uchun belgilangan tartibda taqdim etsin. Bunda shahar va “Ichan qalʼa” hududining tashqi va ichki qismlarini jahon talablariga mos, zamonaviy turizm markaziga aylantirish maqsadida kompleks restavratsiya va tiklash ishlarini amalga oshirishni, shuningdek Dasturga kiritilgan boshqa chora-tadbirlarni bajarishni nazarda tutsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika arxitektura-shaharsozlik kengashi (B.I. Zakirov) Xorazm viloyatining alohida qoʻriqlanadigan tarixiy-madaniy hududlari — Xiva shahrining “Ichan qalʼa” qalʼa shaharchasi va uning qoʻriqlanma hududlarida, uning Butunjahon madaniy merosi roʻyxatiga kiritilgan noyob obyekt ekanligini hisobga olib qurilish, taʼmirlash-tiklash va boshqa ishlarni amalga oshirishda Butunjahon madaniy va tabiiy merosini himoya qilish Konvensiyasi (Parij, 1972-y.) normalari hamda YUNESKO Butunjahon merosi Markazining tavsiyalariga muvofiq minimal aralashuv yuzasidan zarur choralar koʻrishga alohida eʼtibor qaratsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Xorazm viloyati hokimligi bilan birgalikda — uch oy muddatda Xorazm viloyatining tarixiy-madaniy meros obyektlarini xatlovdan oʻtkazsin hamda 2017 — 2021-yillarda Xiva shahri va Xorazm viloyatining tarixiy-madaniy meros obyektlari holatini yaxshilash, restavratsiya qilish boʻyicha takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi Dasturga kiritilgan tadbirlar doirasida:
qurilayotgan va rekonstruksiya qilinayotgan obyektlarning loyiha-smeta hujjatlari va olib borilayotgan qurilish-montaj ishlarining sifati yuzasidan davlat arxitektura-qurilish nazoratini amalga oshirib, shaharsozlik normalari va qoidalariga qatiy rioya etgan holda davlat ekspertizasidan oʻtkazilishini taʼminlasin;
Xorazm viloyati hokimligi bilan birgalikda — noqonuniy qurilish hamda ajratilgan yer maydonlaridan maqsadsiz foydalanilishiga yoʻl qoʻyilmasligi yuzasidan qatʼiy nazorat oʻrnatsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi Tashqi ishlar vazirligi va Xorazm viloyati hokimligi bilan birgalikda Xiva shahrining brendini ishlab chiqish, 2017 — 2021-yillar mobaynida xususan, Yevropa, Osiyo, Yaqin Sharq hamda MDH davlatlarida keng reklama kampaniyalarini, shu jumladan eng ommabop xorijiy axborot vositalarida, butunjahon Internet axborot tarmogʻida ham tashkil etgan holda Xiva shahri va Xorazm viloyatiga turistlar oqimini oshirish boʻyicha zarur amaliy-tashkiliy choralar koʻrsin.
7. Loyiha tashabbuskorlari va tadbirkorlik subyektlarining oʻz mablagʻlari, bank kreditlari, xalqaro moliya institutlari va donor mamlakatlarning kredit va grant mablagʻlari, homiylik xayriyalari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar mablagʻlari ushbu qarorda nazarda tutilgan va Dasturga kiritilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishda moliyalashtirish manbalari etib belgilansnn.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi har yilgi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda 2017 — 2021-yillar davrida Dasturga kiritilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun zarur mablagʻlar ajratilishini nazarda tutsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi Xorazm viloyati hokimligi va Dasturga kiritilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun masʼul davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda boshqa tashkilotlar bilan birgalikda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan maʼlumotlarni Ishchi guruhga har chorakda taqdim etib borsin.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 4-may,
PQ-2953-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 4-maydagi PQ-2953-son qaroriga
1-ILOVA
2017 — 2021-yillarda Xorazm viloyati va Xiva shahrining turizm salohiyatini kompleks rivojlantirish
DASTURI

T/r

Tadbir nomi

Amalga oshirish muddatlari

Hisob-kitob qiymati

Moliyalashtirish manbalari

Masʼul ijrochilar

I. XIVA ShAHRI VA XORAZM VILOYATINING TURIZM INFRATUZILMASINI RIVOJLANTIRISh

1.

Toshkent-Samarqand-Buxoro-Xiva yoʻnalishi boʻylab asosiy turistik markazlarini bogʻlovchi temir yoʻl liniyasi hamda Xiva shahrida zamonaviy vokzal qurish.

2017-2018-yillar

loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ,

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti,

Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi mablagʻlari

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi,
vazirlik va idoralar

2.

Xiva shahriga chet ellik turistlarni jalb qilish uchun Yevropa, Osiyo va MDH davlatlaridan charter reyslarini tashkil qilish, shuningdek, Urganch shahriga Italiya, Fransiya va boshqa Yevropa mamlakatlaridan muntazam reyslar sonini koʻpaytirish.

2017 — 2021yillar

-

“Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK,
Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi

3.

Samarqand-Urganch, Buxoro-Urganch, Fargʻona-Urganch yoʻnalishlari boʻylab yangi ichki aviareyslar ochish masalasini ishlab chiqish va tegishli takliflar kiritish.

2017-yil avgust

-

“Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK,
Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi

4.

Urganch va Xiva shaharlariga uyushgan turistik guruhlar uchun turistik tashkilotlarga 15 foizdan kam boʻlmagan miqdorda temir yoʻl chiptalariga chegirmalar tizimini joriy etish.

2017-yil iyundan boshlab

-

“Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK,
Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi

5.

Uyushgan turistik guruhlarga Urganch va Xiva shaharlariga aviareyslar uchun turistik tashkilotlarga moslashuvchan chegirmalar tizimini taqdim etish masalasini koʻrib chiqish.

2017-yil iyun

-

“Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK,
Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi

6.

Xiva shahrida Urganch-Xiva yoʻnalishi boʻylab bir vaqtda 15 ta mikroavtobus, 4 ta trolleybus va 20 ta yengil avtomashinalar toʻxtashi uchun oxirgi bekat sifatida maxsus avtoturargoh tashkil qilish.

2018-yil sentyabr

loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq

Ijrochilar mablagʻlari, tijorat banklari kreditlari

Xorazm viloyati hokimligi, loyiha tashabbus?orlari, tijorat banklari

7.

Urganch-Xiva yoʻnalishi boʻylab joylashgan obyektlarda transport xizmatlarini koʻrsatuvchi maxsus transport tashkilotini tashkil etish, unda:

Urganch-Xiva yoʻnalishida alohida obyektlar boʻyicha yoʻlga qoʻygan holda 10 ta yangi turistik klassidagi avtobuslar, shu jumladan 4 ta ikki qavatli avtobuslarni sotib olish;

“Dishan qalʼa” va “Ichan qalʼa” davlat muzey-qoʻriqxona (keyingi oʻrinlarda — “Ichan qalʼa” majmuasi) boʻyicha ekskursiyalar tashkil etish uchun 4 ta elektrmobillar xarid qilish;

Avtotransport vositalarini texnik xizmat koʻrsatish punktini yaratishni nazarda tutish.

2018-yil may

2 211,0 mln soʻm

Tijorat banklari kreditlari

Xorazm viloyati va Urganch tumani hokimligi,
Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi

8.

Turistik koʻrgazma obyektlariga olib boradigan umumiy uzunligi 8,9 km boʻlgan yoʻllarni qurish va kapital taʼmirlashni taʼminlash, shu jumladan:

3,0 km ichki xoʻjalik yoʻllarini (4r 158 Urganch-Xiva yoʻlining 23,5 kilometrdagi “Gouk-koʻl” koʻlining atrofi);

0,5 km ichki xoʻjalik yoʻllarini (4r 164 Xonqa-Yangiariq-Chirchiq-Xiva yoʻlining 22 kilometrdagi “Shayx Muxtor Valiy” majmuasiga kirish yoʻli);

0,5 km ichki xoʻjalik yoʻllarini (4r 265 Xiva Kompressor yoʻlining 6,0 kilometrdagi “Bogʻi shamol” obyektiga kirish yoʻli);

“Ichan qalʼa” majmuasining tashqi perimetri boʻylab avtomobil yoʻlining 4,9 km.ni sugʻorish, tashqi yoritish, piyodalar oʻtish joylari va koʻkalamzorlashtirishni ishlarini taʼminlash.

2017 — 2019-yillar

loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq

Respublika yoʻl jamgʻarmasi,
Xorazm viloyati hokimligi,
Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari

Xorazm viloyati hokimligi, Respublika yoʻl jamgʻarmasi,

Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi

9.

Suv sifatini xalqaro standartlar darajasida taʼminlaydigan zamonaviy tozalash inshootlarini qurgan holda Urganch va Xiva shaharlarida ichimlik suvini tozalash boʻyicha loyihalarni amalga oshirish toʻgʻrisida takliflar kiritish va moliyalashtirish manbalarini aniqlash.

2017-yil sentyabr

loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq

Ijrochilar mablagʻlari, XMI grantlari

Xorazm viloyati hokimligi, Iqtisodiyot vazirligi,
Moliya vazirligi

10.

2017 — 2021-yillar mobaynida turizm xizmatlari eksportini 2,3 baravarga (hajmini 131,4 million dollarga yetkazgan holda), shuningdek,h turistlar sonini — 2,1 baravar (129,7 ming kishi)gaoshirishni taʼminlash.

2017 — 2021-yillar

-

-

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi,
Xorazm viloyati hokimligi,
vazirlik va idoralar

II. TURISTIK MARShRUTLAR VA XIZMATLARNI TAKOMILLAShTIRISh

11.

Toshkent-Samarqand-Buxoro-Xiva yoʻnalishi boʻyicha MDH mamlakatlari turistlarini yil boʻyi jalb qilish ishlarini faollashtirish, bundatransport turidan qatʼiy nazar marshrutlar yoʻnalishlari boʻyicha chiptalarni sotib olishda imtiyozlar berish.

2017-yil iyundan boshlab

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi,
“Oʻzbekisto� havo yoʻllari” MAK,
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ,
Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi

12.

Xiva tumanida ekzotik turizmning yangi turlarini tashkillashtirishda turistik subyektlariga koʻmaklashish: tuyada sayr qilish, ?oʻl zonalariga sayyohat qilish, koʻllarda baliq ovlash, tabiat qoʻynida dam olish va boshqalar.

doimiy ravishda

-

Ijrochilar mablagʻlari

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi,
Xorazm viloyati hokimligi,
turistik faoliyat subyektlari

13.

Turistik mavsumda Xiva shahridagi “Ichan qalʼa” majmuasi va boshqa turistik koʻrgazma obyektlarida madaniy-koʻngilochar tadbirlarni (milliy raqslar, folklor va estrada guruhlarining konsert chiqishlari, oʻzbek xalqining urf-odatlari va anʼanalari haqida teatrlashtirilgan tarixiy tomoshalar va filmlar namoyishi, milliy liboslar namoyishi, milliy s�ort oʻyinlarini oʻtkazish, tungi ekskursiyalar, tabiat qoʻynida kechki ovqatlarni oʻtkazish) tashkil qilish.

doimiy ravishda

-

Ijrochilar mablagʻlari

Xorazm viloyati hokimligi, Madaniyat vazirligi,
Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi,
Sport davlat qoʻmitasi,
Miliiy teleradiokompaniyasi

14.

Xiva shahri va qadimiy Xorazm brendi ostida suvenir mahsulotlari va maxsus oʻralgan qadoqlarini ishlab chiqarish va sotish boʻyicha korxona tashkil etish toʻgʻrisida takliflarsh kiritish, bunda suvenir mahsulotlarini ishlab chiqarishni tashkil etishgabank kreditlarini taqdim etish.

2017-yil avgust

-

Ijrochilar mablagʻlari

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi,
Xorazm viloyati hokimligi, tijorat banklari

15.

Turistik mavsum susaygan davrda eshlar uchun ekskursiyalar, ish beruvchi va kasaba uyushmalari mablagʻlari hisobidan jamoaviy shartnomalar va bitimlar asosida turli tashkilot xodimlari va keksalar uchun ekskursiyalar tashkil etish orqali Xiva shahrida ichki turimzni rivojlantirish.

iyul-avgust,
noyabr — fevral,

2017 — 2021-yillar

-

Ijrochilar va Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari

Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi,
“Mahalla” jamgʻarmasi, “Nuroniy” jamgʻarmasi,
Oliy taʼlim vazirligi,
Xalq taʼlim vazirligi,

“Kamolot” YIH,
Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi

16.

Umumiy ovqatlanish k�rxonalarida foydalaniladigan mahsulotlar va oziq-ovqat texnologiyalari sifati ustidan nazoratni taʼminlash va kuchaytirish.

doimiy ravishda

-

Ijrochilar mablagʻlari

Xorazm viloyati hokimligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston oshpazlar uyushmasi

17.

Urganch-Xiva yoʻli boʻylab mahalliy aholining turmush tarzi bilan turistlarni tanishtirish uchun turistik marshrutlarni tashkil qilish, shu jumladan:

trassaning 11 km da Shixmashxad qishlogʻi hududidagi namunaviy uylari;

trassaning 18 km da “Xudoybergan-ota” fermer xoʻjaligi negizidagi bogʻdorchiligi;

trassaning 20 km da kulolchilik va temirchilik ustaxonasi misolida.

2018-yil avgust

160,0 mln soʻm

Ijrochilar mablagʻlari

Xorazm viloyati hokimligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi,
turistik faoliyat subyektlari,
“Hunarmand” uyushmasi

18.

Hazorasp tumanidagi “Hazorasp qalʼa” qalʼasi negizida quyidagilarni oʻz ichiga olgan turizm majmuasini tashkil qilish:

qalʼaning tashqi devor yonida 600 oʻrinli ochiq amfiteatr qurish va majmua atrofini aylanib chiqish uchun yoʻlovchilar marshrutini tashkil qilish;

umumiy ovqatlanish korxonalari, hunarmandlar rastalari va doʻkonlar tashkil etgan holda anʼanaviy sharq bozorini qurish;

qalʼa devori yonidan oqadigan kanal va mavjud koʻlni obodonlashtirish.

2019-yil mart

3 000,0 mln soʻm

Ijrochilar mablagʻlari

Xorazm viloyati hokimligi, Madaniyat vazirligi,
Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi,
tadbirkorlik subyektlari, tijorat banklari

19.

“Ichan qalʼa” majmuasining Karvonsaroy negizida zamonaviy mehmonxona va koʻngilochar kompleksini tashkil etish uchun belgilangan tartibda xorijiy investorlarni jalb etishni taʼminlash, bunda arxitekturaga aralashishni minimal darajaga keltirish boʻyicha zarur choralarni koʻrish.

2018-yil sentyabr

Xorijiy investorlar mablagʻlari

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi,
Xorazm viloyati hokimligi, Madaniyat vazirligi,

“Davarxitekqurilish”qoʻmitasi

20.

Hunarmandlar doʻkonlari, umumiy ovqatlanish korxonalari, doʻkonlar va boshqa zarur infratuzilmalarni tashkil etgan holda turistlarning Shovot tumanidagi “Yusuf Hamadoniy” maqbarasini ziyorat qilish uchun sharoitlar yaratish.

2018-yil may

1 100,0 mln soʻm

Ijrochilar mablagʻlari

Xorazm viloyati hokimligi,
Din ishlari qoʻmitasi, “Hunarmand” uyushmasi

21.

Shovot tumanidagi “Katqalʼa” qalʼasi hududi boʻylab piyoda marshrutini tashkillashtirish, qalʼa atrofidagi ochiq drenaj tizimlarini obodonlashtirish va holatini yaxshilash hamda umumiy ovqatlanish korxonalari va doʻkonlar tashkil qilish.

2018-yil aprel

300,0 mln soʻm

Ijrochilar mablagʻlari

Xorazm viloyati hokimligi, turistik faoliyat subyektlari

22.

Xiva shahri Mustaqillik koʻchasida 80 va 120 oʻrinli ikkita restoran qurish.

2018-yil sentyabr

1 800,0 mln soʻm

Ijrochilar mablagʻlari, tijorat banklari kreditlari

Xorazm viloyati hokimligi, “Davarxitekqurilish” qoʻmitasi,
tijorat banklari

23.

Bogʻot-Urganch yoʻnalishida joylashadigan 20 oʻrinli yoʻl boʻyi motelini barpo qilish.

2018-yil sentyabr

350,0 mln soʻm

Ijrochilar mablagʻlari, tijorat banklari kreditlari

Xorazm viloyati va Bogʻot tumani hokimliklari,
tijorat banklari

24.

Xiva shahrida turistlar oqimiga moʻljallangan zamonaviy 3 va 4 yulduzli mehmonxonalar, doʻkonlar, restoranlar, kafe va boshqa infratuzilma obyektlarini joylashtirigan holda toʻrtta koʻcha barpo qilish.

2019-yil mart

loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq

Ijrochilar mablagʻlari

Xorazm viloyati hokimligi, “Davarxitekqurilish” qoʻmitasi,
Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi

25.

“Ichan qalʼa” majmuasiga asosiy kirish yoʻlini ochish uchun “Polvon darvoza” darvozasi hududini obodonlashtirish, bunda tugatiladigan paxta punktini oʻrniga Xiva shahri yaqinidagi bozorni qayta joylashtirishni taʼminlash va paxta punkti hududini tozalash, kirish yoʻllarini ochish, avtomashinalar toʻxtash joylari va boshqa infratuzilmalarni yaratish choralarini koʻrish.

2018-yil sentyabr

loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq

Ijrochilar mablagʻlari

Xorazm viloyati hokimligi, Madaniyat vazirligi, “Davarxitekqurilish” qoʻmitasi,

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi

26.

Xiva shahrida turistlar uchun kechki boʻsh vaqtlarinimaroqli oʻtishi uchun bouling klublari, karaoke barlar, qahvaxonalar, Yevropa, Xitoy, Yaponiya, Koreya oshxonasi restoranlari va boshqa inshootlarni ochish.

2017 — 2021

yillar

Ijrochilar mablagʻlari

Xorazm viloyati hokimligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi,
tadbirkorlik subyektlari

27.

Davlat soliq qoʻmitasi viloyat boshqarmasining sobiq binosidan mehmonxona sifatida foydalanish uchun qayta taʼmirlash boʻyicha takliflar kiritish.

2017-yil sentyabr

loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq

Ijrochilar mablagʻlari

Xorazm viloyati hokimligi, tijorat banklari,
tadbirkorlik subyektlari

28.

Xayriya jamgʻarmalari hisobidan 2017-2018-yillarda Fargʻona vodiysi va boshqa hududlarning umumiy oʻrta maktablar, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari oʻquvchilari, oliy taʼlim muassasasi talabalari, shuningdek, yoshi ulugʻ keksalarni Xiva shahri boʻylab aylantirishni tashkil etish va ularni Pop-Toshkent-Samarqand-Buxoro-Xiva yagona marshruti boʻyicha mehmonxonalarga joylashtirish.

2017-2018

yillar

-

Xayriya jamgʻarmalari mablagʻlari

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi,
Xalq taʼlim vazirligi,

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi,
“Mahalla” jamgʻarmasi, “Nuroniy” jamgʻarmasi, vazirlik va idoralar

29.

“Shovot” nazorat-oʻtish punktida turistlar uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, jumladan, umumiy ovqatlanish korxonalari, sanitariya-gigiyena punktlari, dam olish xonalari, avtotransport toʻxtash joylari, doʻkonlar barpo etish.

2018-yil avgust

500,0 mln soʻm

Ijrochilar mablagʻlari

Xorazm viloyati va Shovot tumani hokimliklari, tijorat banklari

30.

Yangibozor va Urganch tumanlarining Amudaryo qirgʻogʻi hududida ekoturizm obyektlarini yaratish, ularni turistik yoʻnalishlariga kiritish.

2018-yil iyun

loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq

Ijrochilar mablagʻlari

Xorazm viloyati, Yangibozor va Urganch tumanlari hokimliklari,

Ekologiya davlat qoʻmitasi,

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi,
tijorat banklari,
tadbirkorlik subyektlari

III. HUDUDNING TURISTLIK SALOHIYATINI YUKSALTIRISh

31.

Xorijiy telekanallarda, shu jumladan Rossiyaning markaziy telekanallarida Xorazm viloyatining turistik salohiyatini keng reklama kampaniyasini oʻtkazish maqsadida Xorazm viloyati va Xiva shahri toʻgʻrisida videoroliklar ishlash.

2018-yil yanvar

-

Ijrochilar mablagʻlari

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, TIV,
Milliy teleradiokompaniya, Xorazm viloyati hokimligi

32.

Xiva shahri va Xorazm viloyati brendlarini yanada ommalashtirish choralarini amalga oshirish, bunda Xorazm viloyatining ramzi tushirilgan reklama futb?lkalari va boshqa toʻqimachilik mahsulotlari hamda taqinchoqlar ishlab chiqarish, milliy buyumlar va suvenirlar ishlab chiqarishni tashkil etish.

2017-yil sentyabrdan boshlabdoimiy ravishda

-

Ijrochilar mablagʻlari

Xorazm viloyati hokimligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, “Hunarmand” uyushmasi,
“Xiva sopoli” MChJ

33.

“Xorazm madaniyat kunlari”,”Xorazm vohasining milliy raqslari” festivallari, qoʻgʻirchoq festivali, Xorazm qovunlari festivali va boshqa festivallarni tashkil etish, unda respublika hududlaridan, shuningdek, xorijiy davlatlardan mehmonlarni taklif etish.

Har yili

tasdiqlangan grafik asosida

-

Ijrochilar mablagʻlari

Xorazm viloyati hokimligi, Madaniyat vazirligi, TIV, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi

34.

Pahlavon Mahmud xotirasiga bagʻishlangan kurash, sambo va dzyudo boʻyicha har yili oʻtkaziladigan xalqaro musobaqalarni tashkil etish va musobaqa doirasida Xorazm Maʼmun akademiyasi binosida seminar-treninglarni oʻtkazish.

Har yili avgustda

-

Ijrochilar mablagʻlari

Xorazm viloyati hokimligi, Davlat sport qoʻmitasi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi

35.

Xiva shahri va Xorazm viloyatining diqqatga sazovor joylari toʻgʻrisida batafsil maʼlumotni ommabop elektron xaritalarga joylashtirish, mintaqaning turistik salohiyatini ommabop ijtimoiy tarmoqlarda hamda butunjahon Internet tarmogʻida martabasini oshirish.

2017-yil avgust

-

Ijrochilar mablagʻlari

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi,

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi

36.

Xiva shahrida matematikasohasidagi soʻnggi yutuqlar va tendensiyalarni muhokama qilish uchun ikki yilda bir marta jahonningyetakchi olimlari va Oʻzbekiston olimlari ishtirokida matematika boʻyicha xalqaro konferensiya oʻtkazish, ushbu yoʻnalishdagi eng yaxshi ilmiy ishi uchun belgilangan tartibda kelishuv boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti nomidan beriladigan Al-Xorazmiy nomidagi mukofotni topshirish boʻyicha takliflar kiritish.

2017-yil sentyabr

-

Ijrochilar mablagʻlari

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi,
Fanlar akademiyasi,

Xalq taʼlim vazirligi

37.

Xorij mamlakatlaridagi xalqaro turistik koʻrgazma va yarmarkalardagi “Oʻzbekiston” yagona milliy stendida Xorazm viloyati ustalari va hunarmandlari, turistlik tashkilotlari hamda mehmonxonalarining faol ishtirok etishi.

2017-yil iyundan boshlab, doimiy ravishda

-

Ijrochilar mablagʻlari

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, TIV, Xorazm viloyati hokimligi, turistik faoliyat subyektlari

38.

Xorijiy ommaviy axborot vositalari va chet el turoperatorlari vakillari uchun mintaqada vaqti-vaqti bilan axborot sayohatlarini tashkil etish.

2017-yil maydan boshlab, doimiy ravishda

-

Ijrochilar mablagʻlari

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, TIV,
Xorazm viloyati hokimligi

39.

“Uzbekistan.travel” portalida Xorazm viloyatining turistik salohiyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tizimli ravishda t�qdim etish.

2017-yil iyundan boshlab, doimiy ravishda

-

Ijrochilar mablagʻlari

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi,
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi

40.

BMTning Jahon turizm tashkiloti (YNVTO)va boshqa salohiyatlixalqaro hamkorlar bilan Xiva shahrida Ipa? yoʻli yoʻnalishi boʻyicha turistlar tashrif buyuradigan eng mashhurjoylaridan biri sifatida shaharni namoyish etuvchi xalqaro tadbir oʻtkazish masalasini birgalikda ishlab chiqish.

2017-yil oktyabr

-

Ijrochilar mablagʻlari

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, TIV,
Xorazm viloyati hokimligi

41.

Har yili oʻtkaziladigan xalqaro turistik koʻrgazma va yarmarkalarida, xususan Oʻzbekiston xalqaro turistik koʻrgazmasi va Toshkent xalqaro turistik yarmarkasida mintaqaning turistik salohiyati keng namoyish etish.

aprel, may, yillik asosida

-

Ijrochilar mablagʻlari

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi,
Xorazm viloyati hokimligi,
turistik faoliyat subyektlari

42.

Samarqand viloyati va Toshkent shahri hamda xorijiy davlatlarning yirik turoperatorlarini jalb qilish orqali Xorazm viloyatida turistik tashkilotlar yaratish.

2017 — 2021

yillar

-

Ijrochilar mablagʻlari

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, TIV,
turistik faoliyat subyektlari

IV. TURISTLARGA XIZMAT QILUVChI YoNDOSh INFRATUZILMA OBYEKTLARI HOLATINI YaXShILASh

43.

“Ota darvoza”darvozasi atrofida yagona mehmonxona-koʻngilochar kompleksiniyaratish masalasini belgilangan tartibda ishlab chiqish hamda ekskursiyaviydam olish va koʻngilochar dasturlarni namoyish etuvchi (“Ichan qalʼa” majmuasi fonida lazer shousi, tomoshalar koʻrsatish va konsert dasturlari) 500 oʻringa moʻljallanganamfiteatr qurish.

2018-yil avgust

1 500,0 mln soʻm

Ijrochilar mablagʻlari, tijorat banklari kreditlari

Xorazm viloyati hokimligi, Madaniyat vazirligi,

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, “Toshshaharnur” DUK

44.

Samarqanddagi “Registon” majmuasi misolida Xiva shahriga qoʻshimcha turistik marshrutlar tashkil qilish maqsadida “Ichan qalʼa” majmuasining tarixiy obyektlari atrofida lazer shousi va hududni zamonaviy yoritish tizimlarini tashkillashtirish.

2018-yil avgust

loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq

Ijrochilar mablagʻlari

Xorazm viloyati hokimligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, “Toshshaharnur” DUK

45.

Urganch shahrining Xalqaro aeroportidagi axborot kiosklarining uzluksiz ishlashi va Urganch shahrining temir yoʻl vokzalidagiaxborot kioski ishini tashkil etish orqali turistlargazarur maʼlumotlar olishlarini taʼminlash.

doimiy ravishda

Ijrochilar mablagʻlari

“Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ,
Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi,
turistik faoliyat subyektlari

46.

“Nurullaboy” kompleksi hovlisida badiiy galereya, Qabullaruyi, amfiteatr, hunarmandlar markazi, milliy uslubdagi restoran tashkil etgan holda turistik koʻrgazmasi obyektlarini yaratish.

2018-yil sentyabr

loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq

Ijrochilar mablagʻlari

Oʻzbekiston Milliy banki, Xorazm viloyati hokimligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi,
Madaniyat vazirligi, “Hunarmand” uyushmasi

47.

Gʻovuk koʻli atrofidagi hududni obodonlashtirish va milliy liboslar namoyishi, oʻyinlar va raqslar, milliy taomlar va boshqa konsert dasturlarini tashkillashtirishni nazarda tutuvchi istirohat bogʻini yaratish hamda ekologik turlar tashkil etish.

2018-yil

loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq

Mahalliy budjet va ijrochilar mablagʻlari

Xorazm viloyati hokimligi,

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi,

Madaniyat vazirligi,

Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi

48.

Xiva tumanining markaziy qismini elektr energiyasi va tabiiy gaz bilan uzluksiz taʼminlash, shuningdek muqobil energiya manbalarini joriy etish.

doimiy ravishda

loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq

Ijrochilar mablagʻlari

Xorazm viloyati hokimligi, “Oʻzbekenergo” AJ,
“Oʻztransgaz” AK

49.

“Ichan qalʼa”majmuasi atrofida yer osti drenajlarini tiklash, shu jumladan toʻrtta drenajni kapital taʼmirlash.

2018-yil oktyabr

loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq

Ijrochilar vaOrolboʻyi mintaqasini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari

Xorazm viloyati hokimligi,

Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi,

“Davarxitekqurilish” qoʻmitasi,

Madaniyat vazirligi

50.

Urganch va Xiva shaharlarida vaboshqa tumanmarkazlarida zamonaviy talablar va standartlarga javob beradigan sanitariya-gigiyena punktlarini qurgan holda hududni sanitariya tozalash tizimini tashkil etish, shuningdek termitlar bilan kurashish.

2017-2018-yillar

loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq

Ijrochilar mablagʻlari

Xorazm viloyati, shahar va tuman hokimliklari,

“Davarxitekqurilish” qoʻmitasi,
Sogʻliqni saqlash vazirligi,
vazirlik va idoralar

52.

Turistlar joylashgan joylarda Wi-Fizonalarini yaratish.

2017-yil dekabr

-

Ijrochilar mablagʻlari

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi

53.

“Ichan qalʼa” majmuasiga kirish joyida chet ellik turistlar uchun xorijiy va milliy valyutani qabul qiluvchi bankomat va terminallar oʻrnatish (Visa Card, Master Card, American Express, China Union Payva boshqalar).

2017-yil avgust

65,0 mln soʻm

Ijrochilar mablagʻlari

Xorazm viloyati hokimligi, Markaziy bank,
Madaniyat vazirligi,
Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi,
tijorat banklari,
“Hunarmand” uyushmasi

54.

“Ichan qalʼa” majmuasi hududida tibbiyot punkti va dorixona faoliyatini tashkil etish.

2017-yil sentyabr

100,0 mln soʻm

Ijrochilar mablagʻlari

Xorazm viloyati hokimligi, Madaniyat vazirligi,
Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi,
Sogʻliqni saqlash vazirligi

55.

Xiva shahri va Xorazm viloyatining asosiy turistik joylariga olib boruvchi yoʻllarda ingliz va rus tillarida yoʻl koʻrsatish va maʼlumot belgilarini oʻrnatish.

2017-yil sentyabr

140,0 mln soʻm

Ijrochilar mablagʻlari

Xorazm viloyati hokimligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, IIV, manfaatdor vazirlik, idora va tashkilotlar

56.

“Yoshlar koʻli” kompleksi va “Ichan qalʼa” majmuasi tashqarisida velosipedlar, roliklar va segvey (segvay)larning ijara punktlari va maxsus yoʻlaklar yaratish.

2018-yil mart

Ijrochilar mablagʻlari

Xorazm viloyati hokimligi, Madaniyat vazirligi,
“Kamolot” YIH,
tadbirkorlik subyektlari

V. TURIZM SOHASIDA MUTAXASSISLAR TAYYORLASh, QAYTA TAYYORLASh VA MALAKASINI OShIRIShNI TAShKIL ETISh

57.

Urganch davlat universitetining turizm va iqtisodiyot fakulteti negizida chet tillarni biladigan ekskursiya yetakchisini professional tayyorlash markazini tashkil etish.

2017-yil oktyabr

Ijrochilar mablagʻlari

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi,
Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi,
Xorazm viloyati hokimligi, Urganch davlat universiteti

58.

Xorijiy mutaxassislarni qisqa muddatli kurslarda dars berish uchun jalb qilish hisobiga Urganch va Xiva shaharlaridagi kasb-hunar kollejlarida va Urganch davlat universitetida chet tillari, mehmonxona va turopeatorlik faoliyati boʻyicha mutaxassislar tayyorlashni takomillashtirish, shuningdek, Xorazm viloyatining turizm salohiyatini rivojlantirish boʻyicha takliflar tayyorlash uchun turizm sanoati rivojlangan Fransiya, Ispaniya, Turkiya va boshqa mamlakatlardan yetakchi maslahatchilarni jalb qilish.

2017-yil iyuldan boshlab doimiy ravishda

-

Ijrochilar mablagʻlari,

XMI grantlari

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi,

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi,

Xorazm viloyati hokimligi

59.

Urganch davlat universiteti Turizm va iqtisodiyot fakultetining yuqori ilmiy natijalarga ega boʻlgan talabalari tomonidan xorijiy mamlakatlarning yetakchi ixtisoslashgan taʼlim muassasalarida stajirovka oʻtashiga koʻmaklashish, shuningdek Urganch davlat universitetiga turizm sohasidagi xorijiy mutaxassislar va ekspertlarni ishlash uchun jalb etish.

2017-yil sentyabrdan boshlab

-

Ijrochilar mablagʻlari,

XMI grantlari

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, TIV,
Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi,
Urganch davlat universiteti

60.

“Turizm sohasidagi kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash boʻyicha respublika mark�zi” DUK Xorazm filiali negizida turizm tashkilotlari mutaxassislari va gid-ekskursovodlarni xorijiy tillarga, shu jumladan koreys, yapon tillariga, shuningdek mehmonxona va turoperatorlik faoliyatiga oʻqitishni tashkil etish.

2017-yil maydan boshlab doimiy ravishda

-

Ijrochilar mablagʻlari

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi,
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi,
Xorazm viloyati hokimligi

61.

Urganch davlat universitetida koreys va xitoy tillaridan gid-tarjimonlar tayyorlash boʻyicha kurslar tashkil qilish.

2017-yil sentyabrdan boshlab doimiy ravishda

-

Ijrochilar mablagʻlari

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi,
Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi,
Urganch davlat universiteti

62.

Xorazm viloyatinda Turizmni rivojlantirish jamgʻarmasini tashkil etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish va kiritish hamda moliyalashtirish manbalarini aniqlash.

2017-yil iyun

-

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi,
Moliya vazirligi,
Iqtisodiyot vazirligi,
Xorazm viloyati hokimligi, Xiva shahri hokimligi,
tijorat banklari

63.

Aholi va turistlar oʻrtasida maxsus yutuqli lotereya tashkil etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish va kiritish.

2017-yil iyun

-

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi,
Moliya vazirligi,
manfaatdor vazirlik va idoralar

Jami:

11 226,0

mln soʻm

Izoh:
1. Hisob-kitob qiymati loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish natijalariga koʻra aniqlashtirilishi lozim.
2. Ushbu qaror va dasturlarning bajarilishini nazorat va monitoring qilinishini tashkil etish Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi tomonidan taʼminlanadi.
 LexUZ sharhi
1-ilova norasmiy tarjima.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 4-maydagi PQ-2953-son qaroriga
2-ILOVA
2017 — 2021-yillarda Xorazm viloyati va Xiva shahrining turizm salohiyatini kompleks rivojlantirish Dasturi ijrosi yuzasidan nazoratni taʼminlash boʻyicha Ishchi guruh
tarkibi

R.S. Azimov

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, Ishchi guruh rahbari

A.K. Sharapov

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi, Ishchi guruh rahbari oʻrinbosari

P.R. Bobojonov

Xorazm viloyati hokimi, Ishchi guruh rahbari oʻrinbosari

M.M. Muratov

madaniyat vaziri

S.X. Bekenov

iqtisodiyot vazirining birinchi oʻrinbosari

J.A. Vaxabov

tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari

A.X. Abdullayev

Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi raisi

R.A. Gulyamov

Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi

lavozimi boʻyicha

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi

lavozimi boʻyicha

Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari

B.M. Mirusmanov

Davlat statistika qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari

A.A. Yuldashev

Davlat soliq qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari

S.S. Xodjayev

Markaziy bank raisining birinchi oʻrinbosari

E.E. Tursunov

moliya vazirining oʻrinbosari

R.M. Ergashev

ichki ishlar vazirining oʻrinbosari

N.J. Bakirov

qishloq va suv xoʻjaligi vazirining oʻrinbosari

V.V. Ismailov

Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshligʻi

X.M. Mirzaxidov

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi

K.M. Rafikov

Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi

V.N. Tyan

“Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK bosh direktori

A.S. Shukurov

“Oʻzbekiston temir yllari” AJ boshqaruvi raisining birinchi oʻrinbosari

A.E. Shayxov

Savdo-sanoat palatasi raisi

M.K. Sapayev

Xorazm viloyati hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari, Ishchi guruh masʼul kotibi

Izoh. Ishchi guruh aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
 LexUZ sharhi
2-ilova norasmiy tarjima.