1.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.03.00.00 Notariat / 18.03.01.00 Umumiy qoidalar;
2.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.03.00.00 Notariat / 18.03.04.00 Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius]
[TSZ:
1.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Adliya organlari. Notariat. Yuridik xizmat]
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining
buyrugʻi
“Notarius lavozimiga tayinlash boʻyicha tanlov oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 15-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3114-1]
LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 9-fevraldagi 5-mh-sonli “Notariuslikka talabgorlar uchun yagona tanlov oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3773, 11.02.2026-y.) asosan 2026-yil 1-apreldan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasining “Notariat toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 4-yanvardagi 3-mh-son “Notarius lavozimiga tayinlash boʻyicha tanlov oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3114, 2019-yil 4-yanvar) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.01.2019-y., 10/18/3114/2423-son) ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin va bu haqda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boshqarmasi Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.
3. Qonun hujjatlarini tahlil qilish va turkumlash boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” ― “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Oʻzbekistan”da hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilinishini taʼminlasin.
4. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
5. Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilish vazir oʻrinbosari A. Tashkulov zimmasiga yuklansin.
Vazir R. DAVLETOV
Toshkent sh.,
2020-yil 15-iyun,
134-mh-son
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 15-iyundagi 134-mh-son buyrugʻiga ILOVA
“Notarius lavozimiga tayinlash boʻyicha tanlov oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Buyruqning nomi va 1-bandidagi “Notarius lavozimiga tayinlash boʻyicha tanlov” degan soʻzlar “Davlat notarial idorasi notariusini lavozimiga tayinlash boʻyicha tanlov va xususiy notarial faoliyat bilan shugʻullanish huquqini berish boʻyicha malaka imtihonini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
1) nomidagi “Notarius lavozimiga tayinlash boʻyicha tanlov” degan soʻzlar “Davlat notarial idorasi notariusini lavozimiga tayinlash boʻyicha tanlov va xususiy notarial faoliyat bilan shugʻullanish huquqini berish boʻyicha malaka imtihonini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi “Notariat toʻgʻrisida”gi Qonunining 31-moddasiga muvofiq davlat notarial idorasi notariusini lavozimiga tayinlash boʻyicha tanlov va xususiy notarial faoliyat bilan shugʻullanish huquqini berish boʻyicha malaka imtihonini oʻtkazish tartibini belgilaydi.”;
“1. Davlat notarial idorasi notariusini lavozimiga tayinlash boʻyicha tanlov va xususiy notarial faoliyat bilan shugʻullanish huquqini berish boʻyicha malaka imtihoni Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Oliy malaka komissiyasi (bundan buyon matnda komissiya deb yuritiladi) tomonidan oʻtkaziladi.
Davlat notarial idorasi notariusini lavozimiga tayinlash boʻyicha tanlov va xususiy notarial faoliyat bilan shugʻullanish huquqini berish boʻyicha malaka imtihoni oʻtkazishni tashkiliy-texnik jihatdan taʼminlash maqsadida komissiyaning ishchi organi faoliyat yuritadi. Ishchi organning shaxsiy tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Kadrlar boshqarmasi hamda Huquqiy xizmat koʻrsatishni davlat tomonidan tartibga solish boshqarmasining soha boʻyicha masʼul xodimlari orasidan shakllantiriladi va komissiya raisi tomonidan tasdiqlanadi. Ishchi organ oʻz faoliyatini komissiya raisining rahbarligida amalga oshiradi.”;
“2. Davlat notarial idorasi notariusini lavozimiga tayinlash boʻyicha tanlov (bundan buyon matnda tanlov deb yuritiladi) notarius lavozimi boʻsh boʻlgan taqdirda yoki qoʻshimcha (yangi) notarius lavozimi taʼsis etilganda oʻtkaziladi.”;
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Xususiy notarial faoliyat bilan shugʻullanish huquqini berish boʻyicha malaka imtihoni (bundan buyon matnda malaka imtixoni deb yuritiladi) xususiy notarial faoliyat bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenziya (bundan buyon matnda litsenziya deb yuritiladi) olish istagini bildirgan talabgor shaxs tomonidan komissiyaga hujjat topshirilgandan boshlab bir oy ichida oʻtkaziladi.”;
5) 3 va 21-bandlar, 2, 3 va 7-boblarning nomi “Tanlov” degan soʻzdan keyin “yoki malaka imtihoni” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
“6. Tanlovda yoki malaka imtihonida yigirma besh yoshdan kichik boʻlmagan va oltmish besh yoshdan katta boʻlmagan, oliy yuridik maʼlumotga, yuridik mutaxassislik boʻyicha kamida uch yillik ish stajiga ega boʻlgan, shu jumladan notarial idorada kamida bir yil stajirovka oʻtagan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi ishtirok etishi mumkin. Bunda, sudyalik lavozimida kamida besh yil ishlagan yoki notarius yordamchisi yoxud adliya organlarining notarial faoliyatga rahbarlik qilish va ushbu faoliyatni nazorat qilish bilan bogʻliq lavozimlarida kamida uch yil ishlagan shaxslar uchun stajirovkadan oʻtish talab qilinmaydi.
Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, adliya organlarining ishi notariat faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan boshqaruv xodimi yoki advokat sifatida kamida uch yil ishlagan shaxslar, agar ularning vakolatlari tugatilgan paytdan eʼtiboran besh yil oʻtmagan boʻlsa, olti oy muddat stajirovka oʻtaydi.
Quyidagilar tanlov yoki malaka imtihonida ishtirok etishi mumkin emas:
muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxs;
qasddan sodir etgan jinoyati uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxs;
notarius, advokat, tergovchi, surishtiruvchi, prokuror, sudya yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlarning boshqa xodimi sifatidagi vakolatlari oʻz kasbiy faoliyatiga mos kelmaydigan qilmishlar sodir etganligi uchun tugatilgan shaxs uch yil mobaynida.”;
birinchi xatboshidan “(bundan buyon matnda talabgor deb yuritiladi)” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
beshinchi xatboshidagi “nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) toʻgʻrisidagi” degan soʻzlar “tan olinganligi haqidagi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“malaka imtihonini topshirganligi (qayta topshirganligi) haqida hududiy adliya organi huzuridagi malaka komissiyasining qaroridan koʻchirma yoki belgilangan tartibda stajirovka oʻtaganligi haqida maʼlumotnoma.”;
10) quyidagi mazmundagi 71 va 72-bandlar bilan toʻldirilsin:
“71. Malaka imtihonida ishtirok etish istagini bildirgan shaxslar Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-martdagi 156-son qarori bilan tasdiqlangan Xususiy notarial faoliyatni litsenziyalash boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning maʼmuriy reglamentida (bundan buyon matnda Reglament deb yuritiladi) belgilangan tartibda Davlat xizmatlari markazlariga oʻzlari kelgan holda yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qiladilar hamda ularning murojaatlari mazkur Reglamentga asosan koʻrib chiqiladi.
72. Tanlovda yoki malaka imtihonida ishtirok etish istagini bildirgan shaxsdan (bundan buyon matnda talabgor deb yuritiladi) mazkur Nizomda yoki Reglamentda nazarda tutilmagan hujjatlarni taqdim etilishini talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.”;
“9. Tanlov boʻyicha talabgorlar mazkur Nizomning 7-bandida koʻrsatilgan hujjatlarni Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga elektron shaklda, ular qabul qilib olinganligi toʻgʻrisida maʼlum qilgan holda taqdim etadi.”;
12) 10-band “devonxonasiga beradi va” degan soʻzlardan keyin “tanlov boʻyicha” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
13) 11-bandning birinchi xatboshisi “ishchi organ” degan soʻzlardan keyin “tanlov boʻyicha” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
“12. Mazkur Nizomning 11-bandida koʻrsatib oʻtilgan asoslardan biri mavjud boʻlganda masʼul kotib tomonidan ikki ish kuni ichida tanlov boʻyicha talabgorning arizasida koʻrsatilgan elektron pochta manzili boʻyicha mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shaklda xabarnoma yuboriladi.”;
15) 13-band “Hujjatlari qaytarib yuborilgan” degan soʻzlardan keyin “tanlov boʻyicha” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
16) 14-band “Talabgorni tanlovda” degan soʻzlardan keyin “yoki malaka imtihonida” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
17) 15 va 16-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“15. Quyidagi asoslarga koʻra talabgorning tanlovda yoki malaka imtihonida ishtirok etishi rad etiladi:
talabgor mazkur Nizomning 6-bandi talablariga javob bermaganda;
mazkur Nizom 28-bandining oltinchi xatboshisida, 45-bandning birinchi xatboshisida (faqat tanlov boʻyicha talabgor) va 47-bandida nazarda tutilgan hollarda;
hujjatlarda yolgʻon yoki notoʻgʻri maʼlumotlar aniqlanganda.
Talabgorning boshqa asoslarga koʻra tanlovda yoki malaka imtihonida ishtirok etishini rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
16. Talabgorlarning hujjatlarini oʻrganish natijalariga koʻra, ishchi organ tomonidan tegishli ravishda tanlov yoki malaka imtihoni oʻtkazish toʻgʻrisida yoki tanlov oʻtkazishga qayta eʼlon berish toʻgʻrisida xulosa tuziladi va u komissiya raisi tomonidan tasdiqlanadi. Tanlov yoki malaka imtihoni oʻtkazish toʻgʻrisidagi xulosada tanlov yoki malaka imtihoni oʻtkaziladigan sana koʻrsatiladi.”;
“18. Tanlovda ishtirok etishi rad etilgan har bir talabgorga komissiya raisining tegishli xulosasi tasdiqlanganidan keyin bir ish kuni ichida komissiya masʼul kotibi tomonidan arizada koʻrsatilgan elektron pochta manzili boʻyicha mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq shaklda xabarnoma yuboriladi.
Malaka imtihonida ishtirok etishi rad etilgan har bir talabgorga komissiya raisining tegishli xulosasi tasdiqlanganidan keyin bir ish kuni ichida komissiyaning masʼul kotibi tomonidan oʻzi murojaat etgan taqdirda Davlat xizmatlari markaziga yoki elektron tarzda murojaat etgan taqdirda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali mazkur Nizomning 41-ilovasiga muvofiq shaklda xabarnoma yuboriladi.
19. Tanlov yoki malaka imtihoni ularni oʻtkazish boʻyicha tegishli xulosa tasdiqlangan kundan boshlab besh kundan soʻng, lekin oʻn besh kundan kechiktirmay oʻtkaziladi.
Tanlov yoki malaka imtihoni oʻtkaziladigan kun, vaqt va joy haqida u oʻtkaziladigan kundan kamida besh kun oldin tanlov boʻyicha talabgorga uning arizasida koʻrsatilgan elektron pochta manzili orqali mazkur Nizomning 5-ilovasiga muvofiq, malaka imtihoni boʻyicha talabgorga esa, oʻzi murojaat etgan taqdirda Davlat xizmatlari markaziga, elektron tarzda murojaat etgan taqdirda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali mazkur Nizomning 51-ilovasiga muvofiq shakldagi xabarnoma yuboriladi.
20. Tanlov yoki malaka imtihoni oʻtkaziladigan kun, vaqt va joy haqida u oʻtkazilishidan besh kun oldin Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.”;
“22. Komissiyaning bitta majlisida bir nechta tanlovlar yoki bir nechta talabgorlar uchun malaka imtihoni oʻtkazilganda talabgorlar tanlovlarga yoki malaka imtihoniga, qoida tariqasida, 5 tagacha talabgordan iborat guruh shakllantirilib, navbat boʻyicha kiritiladi.
Talabgorlar tanlovga yoki malaka imtihoniga shaxsini tasdiqlovchi hujjatini koʻrsatgan holda qoʻyiladi.”;
“24. Suhbat savollari quyidagi sohalar boʻyicha tuziladi:
davlat va jamiyat qurilishi, ijtimoiy-siyosiy sohadagi islohotlar hamda korrupsiyaga qarshi kurashish;
fuqarolik huquqi;
notariat.
Savollar komissiya raisi va masʼul kotibining imzolari bilan tasdiqlangan boʻlishi lozim.
Savollar Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi va qonun hujjatlariga kiritiladigan oʻzgartirish va qoʻshimchalarni hisobga olgan holda davriy ravishda qayta koʻrib chiqiladi.
25. Komissiya majlisi masʼul kotibi komissiya aʼzolariga tanlovda yoki malaka imtihonida ishtirok etayotgan, shuningdek tanlov yoki malaka imtihoniga kelmagan va unga qoʻyilmagan talabgorlar roʻyxatini oʻqib eshittiradi.
26. Tanlov boʻyicha talabgor komissiyaning bitta majlisi davomida faqat bitta tanlovda ishtirok etishi mumkin.
27. Talabgorlarga savollarga javob berishga tayyorgarlik koʻrishlari uchun 20 daqiqagacha vaqt ajratiladi.
28. Tanlov yoki malaka imtihonini oʻtkazish jarayonida talabgorlarga quyidagilar taqiqlanadi:
aloqa va telekommunikatsiya vositalari (telefon, kompyuter, planshet va boshqalar), kitob hamda shpargalkalardan foydalanish;
boshqa talabgorlar bilan suhbatlashish;
tanlov yoki malaka imtihoni tugamasdan xonadan tashqariga chiqish.
Talabgorning mazkur qoidalarga amal qilmasligi uni tanlovda yoki malaka imtihonida qatnashishdan chetlashtirish uchun asos boʻladi. Ushbu holatda masʼul kotib tomonidan mazkur Nizomning tegishliligiga koʻra 6 yoki 61-ilovasiga muvofiq shakldagi dalolatnoma rasmiylashtiriladi va komissiya aʼzolarining kamida uch nafari tomonidan imzolanadi.
Tanlovda yoki malaka imtihonida qatnashishdan chetlashtirilgan talabgor olti oy davomida keyingi tanlovlar yoki malaka imtihonlariga qoʻyilmaydi.”;
“30. Tanlov yoki malaka imtihoni natijalarini aniqlash uchun komissiyaning har bir aʼzosi boshqa aʼzolardan mustaqil holda mazkur Nizomning tegishliligiga koʻra 7 yoki 71-ilovasiga muvofiq shaklda baholash byulletenida talabgorning savollarga bergan javobini 5 ballik tizimda baholaydi.
Bunda komissiyaning har bir aʼzosi talabgorni quyidagi mezonlarga asosan baholaydi:
berilgan savollarga toʻliq va aniq javob berishi, faoliyat sohasi bilan bogʻliq tizimli bilimlarga ega boʻlishi, ulardan oʻz kasb faoliyatida mustaqil foydalanishni bilishi, ijtimoiy muammolar va jarayonlarni mustaqil tahlil qila olishi ― 5 ball;
berilgan savollarga aniq, biroq toʻliq javob berolmasligi, faoliyat sohasi bilan bogʻliq bilimlarga ega boʻlishi, ulardan oʻz kasb faoliyatida foydalanishni bilishi, ijtimoiy muammolar va jarayonlarni tahlil qila olishi ― 4 ball;
berilgan savollarga toʻliq javob berolmasligi, faoliyat sohasi bilan bogʻliq bilimlarga yetarli darajada ega boʻlishi, ulardan oʻz kasb faoliyatida foydalanishni bilishi ― 3 ball;
berilgan savollarga noaniq javob berishi, faoliyat sohasi bilan bogʻliq bilimlarga ega boʻlishi, ulardan oʻz kasb faoliyatida foydalanishni bilmasligi ― 2 ball;
berilgan savollarga noaniq javob berishi, faoliyat sohasi bilan bogʻliq bilimlarga yetarli darajada ega emasligi ― 1 ball;
berilgan savollarga umuman javob bera olmasligi ― 0 ball.”;
23) 31-banddagi “mazkur Nizomning 8-ilovasiga” degan soʻzlar “mazkur Nizomning tegishliligiga koʻra 8 yoki 81-ilovasiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“32. Tanlov natijasiga koʻra eng koʻp ball olgan talabgor tanlovda gʻolib deb topiladi.
Gʻolib deb topilgan talabgorning umumiy toʻplagan balli tanlovda olinishi mumkin boʻlgan eng yuqori ballning 55 foizidan yuqori boʻlishi lozim.
Tanlovda ishtirok etgan talabgorning toʻplagan balli tanlovda olinishi mumkin boʻlgan eng yuqori ballning 55 foizi yoki undan kam boʻlsa, komissiya tanlov oʻtkazishga qayta eʼlon berish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.”;
“33. Tanlov natijasiga koʻra ballar teng boʻlib qolgan hollarda, tanlov gʻolibi eng koʻp bir xil ball olgan talabgorlar orasidan komissiya aʼzolari tomonidan ovoz berish yoʻli bilan aniqlanadi.”;
26) quyidagi mazmundagi 341-band bilan toʻldirilsin:
“341. Malaka imtihonida talabgorning umumiy toʻplagan balli imtihonda olinishi mumkin boʻlgan eng yuqori ballning 55 foizidan koʻp boʻlganda, u malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan deb topiladi.
Malaka imtihonida ishtirok etgan talabgorning toʻplagan balli imtihonda olinishi mumkin boʻlgan eng yuqori ballning 55 foizi yoki undan kam boʻlsa, talabgor malaka imtihonidan oʻta olmagan deb topiladi.”;
“35. Tanlovda yoki malaka imtihonida ishtirok etib, unda olinishi mumkin boʻlgan eng yuqori ballning 55 foizi yoki undan kam ball toʻplagan talabgor ushbu tanlov yoki malaka imtihoni oʻtkazilgan kundan boshlab olti oy davomida tanlovlarga yoki malaka imtihonlariga qoʻyilmaydi.
36. Tanlov yoki malaka imtihoni yakunlari boʻyicha komissiya qaror qabul qiladi.
Qarorda quyidagilar koʻrsatiladi:
raqami va qabul qilingan sanasi;
ishtirok etgan komissiya aʼzolari roʻyxati;
tanlov yoki malaka imtihoni natijalari;
tanlovda gʻolib deb topilgan yoki malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan, shuningdek tanlov yoki malaka imtihonidan oʻta olmagan talabgorlar roʻyxati;
tanlovda gʻolib deb topilgan yoki malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan talabgorlar tomonidan qasamyod qabul qilinganligi;
komissiya qarori ustidan shikoyat qilish tartibi.
Baholash byulletenlari hamda yigʻma baholash byulleteni komissiya qaroriga ilova qilinadi.
Komissiya qarori rais tomonidan tasdiqlanadi.
37. Talabgorlar tomonidan toʻplangan ballar, ovoz berish natijalari hamda komissiya qarori tanlov yoki malaka imtihoni oʻtkazilgan kunning oʻzida talabgorlarga oʻqib eshittiriladi.
38. Komissiya qarori bir nusxada tuziladi. Tanlovdan yoki malaka imtihonidan soʻng bir ish kuni ichida qarordan koʻchirma tanlov gʻolibi bilan mehnat shartnomasini tuzish va uni notarius lavozimiga tayinlash toʻgʻrisidagi buyruq qabul qilish uchun yoki malaka imtihonidan muvaffaqiyatli oʻtgan talabgorga litsenziya berish uchun hududiy adliya organiga yuboriladi. Qaror tanlov yoki malaka imtihoni boʻyicha yigʻmajildga tikib qoʻyiladi.”;
28) 39-band “Tanlovda gʻolib deb topilgan” degan soʻzlardan keyin “yoki malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
29) 41-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan talabgorning notarius qasamyodini qabul qilishdan bosh tortishi uning litsenziya olishdan voz kechishi deb hisoblanadi.”;
30) 5-bobning nomidagi “Notarius lavozimiga tayinlash” degan soʻzlar “Davlat notarial idorasi notariusi lavozimiga tayinlash va litsenziya berish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
31) 42-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Komissiyaning malaka imtihoni yakunlari boʻyicha qabul qilgan qarori malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan talabgorga litsenziya berishga asos boʻladi.”;
“43. Tanlov gʻolibi bilan mehnat shartnomasini tuzish va uni davlat notarial idorasi notariusi lavozimiga tayinlash tegishli hududiy adliya organining buyrugʻi bilan amalga oshiriladi.
Agar talabgor davlat notarial idorasi notariusining bolani parvarishlash taʼtili davriga uning oʻrnida vaqtincha ushbu lavozimda ishlash uchun tayinlangan boʻlsa, u bilan muddatli mehnat shartnomasi tuziladi va tegishli buyruq chiqariladi.
Tanlov gʻolibi bilan mehnat shartnomasini tuzish va uni davlat notarial idorasi notariusi lavozimiga tayinlash haqidagi buyruq komissiya qaroridan koʻchirma olingan kundan boshlab uch kundan kechiktirmay chiqariladi.
Litsenziya malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan talabgorga Reglamentda belgilangan tartibda beriladi.
44. Davlat notarial idorasi notariusi lavozimiga tayinlangan yoki litsenziya olgan, biroq oxirgi uch yilda notarius, notarius yordamchisi, notarius stajyori yoki notarius kotibi lavozimida ishlamagan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan dastur boʻyicha bir oylik amaliyotni oʻtaydilar.
Amaliyot oʻtash davlat notarial idorasi notariusi lavozimiga tayinlash toʻgʻrisidagi buyruqda yoki litsenziya berish toʻgʻrisidagi qarorda nazarda tutiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Notarial palatasining tegishli hududiy boshqarmasi hamda tegishli hududiy adliya organining kelishuviga asosan soha boʻyicha yetarli tajriba va koʻnikmalarga ega boʻlgan hamda notarius lavozimida kamida uch yil ishlayotgan notarius amaliyot murabbiyi etib belgilanadi.
45. Talabgor tanlovning har qanday bosqichida, shuningdek davlat notarial idorasi notariusi lavozimiga tayinlash toʻgʻrisidagi buyruq qabul qilingunga qadar tanlovda ishtirok etishdan yoki davlat notarial idorasi notariusi lavozimiga tayinlanishdan voz kechishga haqli. Buning uchun talabgor bevosita Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga yoki tegishli hududiy adliya organiga ariza bilan murojaat etishi lozim. Bunday talabgorlar olti oy davomida keyingi tanlovlarga qoʻyilmaydi.
Agar tanlovda gʻolib deb topilgan talabgor tanlov oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun ichida tegishli hududiy adliya organiga mehnat shartnomasini tuzish va davlat notarial idorasi notariusi lavozimiga tayinlanish uchun murojaat qilmasa, bu holat davlat notarial idorasi notariusi lavozimiga tayinlanishdan voz kechish deb hisoblanadi, kelmaganlik sababi uzrli deb topilgan hollar bundan mustasno.”;
33) 6-bobning nomidagi “Tanlovda ishtirok etishdan yoki notarius” degan soʻzlar “Tanlovda yoki malaka imtihonida ishtirok etishdan yohud davlat notarial idorasi notariusi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“47. Agar talabgor tanlovga yoki malaka imtihoniga kelmasa olti oy davomida keyingi tanlovlarga yoki malaka imtihoniga qoʻyilmaydi, kelmaganlik sababi uzrli deb topilgan hollar bundan mustasno.
48. Oʻtkazilgan har bir tanlov yoki malaka imtihoni boʻyicha materiallar, shu jumladan tanlov yoki malaka imtihoni oʻtkazish jarayoni qayd etilgan audio va videoyozuvlar yozilgan saqlash qurilmalari ishchi organning alohida yigʻma jildida tikiladi.
49. Tanlov yoki malaka imtihoni oʻtkazish bilan bogʻliq boʻlgan barcha hujjatlar har bir tanlov yoki malaka imtihoni boʻyicha yigʻma jildlarga tikilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida doimiy saqlanadi.”;
35) 1, 2, 7 va 8-ilovalarning ilova belgisidagi “Notarius lavozimiga tayinlash boʻyicha tanlov” degan soʻzlar “Davlat notarial idorasi notariusini lavozimiga tayinlash boʻyicha tanlov va xususiy notarial faoliyat bilan shugʻullanish huquqini berish boʻyicha malaka imtihonini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
36) 3-ilova mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning 1-ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin;
37) 4-ilova mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning 2-ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin;
38) mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning 3-ilovasiga muvofiq tahrirdagi 41-ilova bilan toʻldirilsin;
39) 5-ilova mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning 4-ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin;
40) mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning 5-ilovasiga muvofiq tahrirdagi 51-ilova bilan toʻldirilsin;
41) 6-ilova mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning 6-ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin;
42) mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning 7-ilovasiga muvofiq tahrirdagi 61-ilova bilan toʻldirilsin;
43) mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning 8-ilovasiga muvofiq tahrirdagi 71-ilova bilan toʻldirilsin;
44) mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning 9-ilovasiga muvofiq tahrirdagi 81-ilova bilan toʻldirilsin.
“Notarius lavozimiga tayinlash boʻyicha tanlov oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga 1-ILOVA
“Davlat notarial idorasi notariusini lavozimiga tayinlash boʻyicha tanlov va xususiy notarial faoliyat bilan shugʻullanish huquqini berish boʻyicha malaka imtihonini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan ____________________________ ________________________________________________________________ notarius
(notarius lavozimiga tanlov oʻtkazilayotgan davlat notarial idorasining nomi)
lavozimiga oʻtkaziladigan tanlovda ishtirok etish uchun taqdim etgan hujjatlaringiz koʻrib chiqildi. ________________________________________________________________________
(hujjatlarni qaytarib yuborish asoslari buzilganligini koʻrsatgan holda sanab oʻtiladi)
_________________________ sababli Davlat notarial idorasi notariusini lavozimiga tayinlash boʻyicha tanlov va xususiy notarial faoliyat bilan shugʻullanish huquqini berish boʻyicha malaka imtihonini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 11-bandiga muvofiq Sizning hujjatlaringiz qaytarib yuborilmoqda.
Mazkur Nizomning 13-bandiga muvofiq ushbu tanlov uchun berilgan eʼlon boʻyicha hujjatlarni taqdim etishning oxirgi sanasi oʻtguniga qadar hujjatlaringizni qayta topshirishingiz mumkin.
Komissiya masʼul kotibi
_________________
_____________________________
(imzo)
(F.I.O.)
”.
“Notarius lavozimiga tayinlash boʻyicha tanlov oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga 2-ILOVA
“Davlat notarial idorasi notariusini lavozimiga tayinlash boʻyicha tanlov va xususiy notarial faoliyat bilan shugʻullanish huquqini berish boʻyicha malaka imtihonini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan ____________________________ ________________________________________________________________ notarius
(notarius lavozimiga tanlov oʻtkazilayotgan davlat notarial idorasining nomi)
lavozimiga oʻtkaziladigan tanlovda ishtirok etish uchun taqdim etgan hujjatlaringiz koʻrib chiqildi. ________________________________________________________________________
_________________________ sababli Davlat notarial idorasi notariusini lavozimiga tayinlash boʻyicha tanlov va xususiy notarial faoliyat bilan shugʻullanish huquqini berish boʻyicha malaka imtihonini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 15-bandiga muvofiq Sizga tanlovda ishtirok etish rad etildi.
Komissiya masʼul kotibi
_________________
_____________________________
(imzo)
(F.I.O.)
”.
“Notarius lavozimiga tayinlash boʻyicha tanlov oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga 3-ILOVA
“Davlat notarial idorasi notariusini lavozimiga tayinlash boʻyicha tanlov va xususiy notarial faoliyat bilan shugʻullanish huquqini berish boʻyicha malaka imtihonini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 41-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan xususiy notarial faoliyat bilan shugʻullanish huquqini berish boʻyicha malaka imtihonida ishtirok etish uchun taqdim etgan hujjatlaringiz koʻrib chiqildi. _________________________________________________________________sababli
(malaka imtihonida ishtirok etishni rad etish sabablari)
Davlat notarial idorasi notariusini lavozimiga tayinlash boʻyicha tanlov va xususiy notarial faoliyat bilan shugʻullanish huquqini berish boʻyicha malaka imtihonini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 15-bandiga muvofiq Sizning malaka imtihonida ishtirok etishingiz rad etildi.
Komissiya masʼul kotibi
_________________
_____________________________
(imzo)
(F.I.O.)
”.
“Notarius lavozimiga tayinlash boʻyicha tanlov oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga 4-ILOVA
“Davlat notarial idorasi notariusini lavozimiga tayinlash boʻyicha tanlov va xususiy notarial faoliyat bilan shugʻullanish huquqini berish boʻyicha malaka imtihonini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 5-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan ____________________________ ________________________________________________________________ notarius
(notarius lavozimiga tanlov oʻtkazilayotgan davlat notarial idorasining nomi)
lavozimiga oʻtkaziladigan tanlovda ishtirok etish uchun taqdim etgan hujjatlaringiz koʻrib chiqildi va Siz tanlovda ishtirok etishingiz mumkin.
Tanlov 20____ yil “_____” ________ kuni soat ___:___ da Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi binosida oʻtkaziladi.
Tanlov kuni kelmasangiz Davlat notarial idorasi notariusini lavozimiga tayinlash boʻyicha tanlov va xususiy notarial faoliyat bilan shugʻullanish huquqini berish boʻyicha malaka imtihonini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 47-bandiga muvofiq keyingi tanlovlarga olti oy davomida qoʻyilmasligingiz toʻgʻrisida ogohlantirilasiz.
Komissiya masʼul kotibi
_________________
_____________________________
(imzo)
(F.I.O.)
”.
“Notarius lavozimiga tayinlash boʻyicha tanlov oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga 5-ILOVA
“Davlat notarial idorasi notariusini lavozimiga tayinlash boʻyicha tanlov va xususiy notarial faoliyat bilan shugʻullanish huquqini berish boʻyicha malaka imtihonini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 51-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan xususiy notarial faoliyat bilan shugʻullanish huquqini berish boʻyicha malaka imtihonida ishtirok etish uchun taqdim etgan hujjatlaringiz koʻrib chiqildi va Siz malaka imtihonida ishtirok etishingiz mumkin.
Malaka imtihoni 20____ yil “_____” ________________ kuni soat ___:___ da Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi binosida oʻtkaziladi.
Malaka imtihoni kuni kelmasangiz Davlat notarial idorasi notariusini lavozimiga tayinlash boʻyicha tanlov va xususiy notarial faoliyat bilan shugʻullanish huquqini berish boʻyicha malaka imtihonini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 47-bandiga muvofiq keyingi malaka imtihonlariga olti oy davomida qoʻyilmasligingiz toʻgʻrisida ogohlantirilasiz.
Komissiya masʼul kotibi
_________________
_____________________________
(imzo)
(F.I.O.)
”.
“Notarius lavozimiga tayinlash boʻyicha tanlov oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga 6-ILOVA
“Davlat notarial idorasi notariusini lavozimiga tayinlash boʻyicha tanlov va xususiy notarial faoliyat bilan shugʻullanish huquqini berish boʻyicha malaka imtihonini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 6-ILOVA
Davlat notarial idorasi notariusi lavozimiga tayinlash boʻyicha tanlovdan chetlashtirish haqida DALOLATNOMA
Toshkent shahri
20__ yil “_____” ____________
Biz, quyida imzo chekuvchilar shuni tasdiqlaymizki, Davlat notarial idorasi notariusini lavozimiga tayinlash boʻyicha tanlov va xususiy notarial faoliyat bilan shugʻullanish huquqini berish boʻyicha malaka imtihonini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 28-bandi talablariga asosan talabgor ________________________________ __________________________________________________ quyidagi sabablarga koʻra
(F.I.O.)
tanlovdan soat _____:_____ da chetlatildi:
uyali telefon, boshqa aloqa va telekommunikatsiya vositalari, kitob hamda shpargalkalardan foydalandi;
boshqa talabgorlar bilan suhbatlashdi;
tanlov tugamasidan xonadan tashqariga chiqdi.
Komissiya aʼzosi
___________________
___________________________
(imzo)
(F.I.O.)
Komissiya aʼzosi
___________________
___________________________
(imzo)
(F.I.O.)
Komissiya aʼzosi
___________________
___________________________
(imzo)
(F.I.O.)
”.
“Notarius lavozimiga tayinlash boʻyicha tanlov oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga 7-ILOVA
“Davlat notarial idorasi notariusini lavozimiga tayinlash boʻyicha tanlov va xususiy notarial faoliyat bilan shugʻullanish huquqini berish boʻyicha malaka imtihonini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 61-ILOVA
Xususiy notarial faoliyat bilan shugʻullanish huquqini berish boʻyicha malaka imtihonidan chetlashtirish haqida DALOLATNOMA
Toshkent shahri
20__ yil “_____” ____________
Biz, quyida imzo chekuvchilar shuni tasdiqlaymizki, Davlat notarial idorasi notariusini lavozimiga tayinlash boʻyicha tanlov va xususiy notarial faoliyat bilan shugʻullanish huquqini berish boʻyicha malaka imtihonini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 28-bandi talablariga asosan talabgor ________________________________ __________________________________________ quyidagi sabablarga koʻra malaka
(F.I.O)
imtihonidan soat _____:_____ da chetlatildi:
uyali telefon, boshqa aloqa va telekommunikatsiya vositalari, kitob hamda shpargalkalardan foydalandi;
boshqa talabgorlar bilan suhbatlashdi;
malaka imtihoni tugamasidan xonadan tashqariga chiqdi.
Komissiya aʼzosi
___________________
____________________________
(imzo)
(F.I.O.)
Komissiya aʼzosi
___________________
____________________________
(imzo)
(F.I.O.)
Komissiya aʼzosi
___________________
____________________________
(imzo)
(F.I.O.)
”.
“Notarius lavozimiga tayinlash boʻyicha tanlov oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga 8-ILOVA
“Davlat notarial idorasi notariusini lavozimiga tayinlash boʻyicha tanlov va xususiy notarial faoliyat bilan shugʻullanish huquqini berish boʻyicha malaka imtihonini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 71-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi
Oliy malaka komissiyasi aʼzosining BAHOLASH BYULLETENI
T/r
Malaka imtihoni boʻyicha talabgorlarning F.I.O.
Qoʻyilgan ball
1.
2.
3.
4.
5.
...
Komissiya aʼzosi
__________________
________________________________
(imzo)
(F.I.O.)
”.
“Notarius lavozimiga tayinlash boʻyicha tanlov oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga 9-ILOVA
“Davlat notarial idorasi notariusini lavozimiga tayinlash boʻyicha tanlov va xususiy notarial faoliyat bilan shugʻullanish huquqini berish boʻyicha malaka imtihonini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 81-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Oliy malaka komissiyasining ____-son majlisi YIGʻMA BAHOLASH BYULLETENI
T/r
Malaka imtihoni boʻyicha talabgorning F.I.O.
Komissiya aʼzolarining F.I.O. va ular tomonidan qoʻyilgan ballar
F.I.O. (ball)
F.I.O. (ball)
F.I.O. (ball)
F.I.O. (ball)
F.I.O. (ball)
F.I.O. (ball)
F.I.O. (ball)
F.I.O. (ball)
F.I.O. (ball)
F.I.O. (ball)
F.I.O. (ball)
1.
2.
3.
...
Komissiya aʼzosi
_______________________
____________________________________
(imzo)
(F.I.O.)
Komissiya aʼzosi
_______________________
____________________________________
(imzo)
(F.I.O.)
Komissiya aʼzosi
_______________________
____________________________________
(imzo)
(F.I.O.)
”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.06.2020-y., 10/20/3114-1/0763-son)