1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ommaviy axborot vositalari. Noshirlik faoliyati.]
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-maydagi “Madaniyat va san’at sohasining jamiyat hayotidagi o‘rni va ta’sirini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6000-son Farmoniga muvofiq:
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.02.00 Madaniyat sohasida boshqaruv. Madaniyat sohasida faoliyatni amalga oshirishni litsenziyalash]
1. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi (keyingi o‘rinlarda — Madaniyat vazirligi) faoliyatining samaradorligini oshirish maqsadida:
“Axborot va kompyuter texnologiyalari markazi” davlat muassasasi “Yosh ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash markazi” davlat muassasasi etib qayta nomlansin;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-fevraldagi PQ-112-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.02.2022-y., 07/22/112/0099-son)
Madaniyat va san’at ko‘rgazmasi hamda Yoshlar madaniyat va san’at markazi tugatilsin, ularning budjetdan moliyalashtiriladigan shtat birliklari, balansida bo‘lgan binolar hamda boshqa moddiy-texnika vositalari Madaniyat vazirligiga o‘tkazilsin;
Madaniy meros agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) va uning barcha hududiy boshqarmalari tuzilmasida tegishlicha yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan Badiiy ekspertiza boshqarmasi hamda badiiy ekspertiza bo‘limlari tashkil etilsin;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.02.00.00 Moliya va iqtisod sohasidagi boshqaruv;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamg‘armalari / 07.07.02.04 Vazirlik va idoralar jamg‘armalari]
Madaniyat vazirligi huzuridagi Badiiy ekspertiza boshqarmasi, uning hududiy bo‘limlari tugatilsin, ularning mavjud shtat birliklari hamda mol-mulklari moliyalashtirishning amaldagi tartibini saqlab qolgan holda tegishlicha Agentlik hamda uning hududiy boshqarmalariga, pul mablag‘lari esa — Agentlikning budjetdan tashqari Madaniy meros jamg‘armasiga o‘tkazilsin;
Madaniyat vazirligi huzuridagi “Madaniy meros ta’mirlash-tiklash” davlat unitar korxonasi hamda Agentlik huzuridagi “Meros chashmasi” davlat unitar korxonasi tugatilsin, ularga xo‘jalik yuritish, operativ boshqaruv va doimiy foydalanish huquqi bilan tegishli bo‘lgan binolar hamda boshqa moddiy-texnika vositalari belgilangan tartibda Madaniy meros ilmiy-tadqiqot institutiga o‘tkazilsin;
(1-bandning to‘rtinchi — oltinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-yanvardagi PF-52-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2022-y., 06/22/52/0029-son)
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.09.00 Ma’muriy va ijtimoiy-madaniy obyektlarni qurish;
2.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.02.00 Madaniyat sohasida boshqaruv. Madaniyat sohasida faoliyatni amalga oshirishni litsenziyalash]
Markazlashtirilgan investitsiyalar hisobiga moliyalashtiriladigan obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, kapital va joriy ta’mirlash bo‘yicha buyurtmachi xizmatining nomi Madaniyat vazirligi huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi etib qayta nomlansin;
“Guliston” va “Teatr” jurnallari tahririyatlari yagona tahririyatga birlashtirilsin.
(1-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-fevraldagi PQ-112-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.02.2022-y., 07/22/112/0099-son)
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.05.00 Madaniy meros obyektlaridan foydalanish va ularni muhofaza qilish]
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.05.00 Budjet tashkilotlari va muassasalarini moliyalashtirish;
3.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamg‘armalari / 07.07.02.04 Vazirlik va idoralar jamg‘armalari]
Agentlik va uning hududiy boshqarmalari faoliyati 2021-yil 1-yanvardan boshlab O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
(2-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-yanvardagi PF-52-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2022-y., 06/22/52/0029-son)
(3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-yanvardagi PF-52-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2022-y., 06/22/52/0029-son)
3. Moddiy madaniy meros obyektlariga egalik qiluvchi va ulardan foydalanuvchi davlat organlari va boshqa yuridik shaxslar rahbarlari hamda jismoniy shaxslar zimmasiga moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish hamda ulardan oqilona foydalanishni ta’minlash bo‘yicha shaxsiy javobgarlik yuklansin.
4. Belgilab qo‘yilsinki:
Departament va uning tegishli hududiy boshqarmalari tegishincha tugatilayotgan Badiiy ekspertiza boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlarining huquqlari va majburiyatlari bo‘yicha vorisi hisoblanadi;
Departament va uning hududiy boshqarmalari tarkibidagi Badiiy ekspertiza boshqarmasi va badiiy ekspertiza bo‘limlari boshliqlari o‘z lavozimiga ko‘ra tegishincha Departament va uning hududiy boshqarmalari boshliqlarining o‘rinbosari hisoblanadi;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.01.00 Umumiy masalalar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.05.00 Budjet tashkilotlari va muassasalarini moliyalashtirish]
Departament va uning hududiy boshqarmalari tarkibidagi Badiiy ekspertiza boshqarmasi va badiiy ekspertiza bo‘limlarining shtat birliklari tugatilayotgan Badiiy ekspertiza boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlarining shtat birliklari hamda O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladigan qo‘shimcha shtat birliklarini ajratish orqali shakllantiriladi;
madaniy boyliklarni badiiy ekspertizadan o‘tkazganlik uchun maxsus yig‘imlar Departamentning Madaniy meros jamg‘armasiga yo‘naltiriladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.03.00 Milliy madaniy meros]
5. Madaniy meros ilmiy-tadqiqot institutiga (keyingi o‘rinlarda — Institut) qonun hujjatlari talablariga rioya qilgan holda, arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini yaratish, geodeziya va kartografiya faoliyati, moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlarini asrashga doir faoliyat turlarini tegishli litsenziyalarni olmasdan amalga oshirish huquqi berilsin.
Belgilansinki:
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.03.00 Ilmiy muassasalarni va ilmiy faoliyatni moliyalashtirish]
Institut fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarning davlat ilmiy-texnikaviy dasturlarida nazarda tutilgan mablag‘lar, o‘z faoliyatidan olgan mablag‘lari, xalqaro moliya institutlari va boshqa tashkilotlarning grantlari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.02.00 Yuridik shaxslarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatiga olish]
Institut tugatilayotgan “Madaniy meros ta’mirlash-tiklash” va “Meros chashmasi” davlat unitar korxonalarining huquqlari va majburiyatlari bo‘yicha vorisi hisoblanadi, xodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomalari bo‘yicha majburiyatlar bundan mustasno.
6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekistonga oid xorijdagi madaniy boyliklarni tadqiq etish markazi mavjud shtat birliklari va moddiy-texnika bazasi bilan to‘liq hajmda, moliyalashtirish, mehnatga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirishning amaldagi tartibini saqlab qolgan holda Madaniyat vazirligi tizimiga o‘tkazilsin.
Madaniyat vazirligi 2020-yil 1-sentabrga qadar Madaniyat vazirligi huzuridagi O‘zbekistonga oid xorijdagi madaniy boyliklarni tadqiq etish markazi faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi PF-214-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 06/23/214/0984-son)
8. O‘zbekiston Respublikasida milliy madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash 4-ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etilsin, quyidagilar uning asosiy vazifalari etib belgilansin:
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.02.00 Madaniyat sohasida boshqaruv. Madaniyat sohasida faoliyatni amalga oshirishni litsenziyalash]
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-maydagi “Madaniyat va san’at sohasining jamiyat hayotidagi o‘rni va ta’sirini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6000-son Farmonida belgilangan chora-tadbirlarning o‘z vaqtida, to‘liq hajmda va samarali amalga oshirilishini ta’minlash;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 28-noyabrdagi PQ-4038-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida milliy madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasi va uni amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” hamda mazkur qarorning ijrosini ta’minlashda mas’ul vazirlik va idoralarning faoliyatini samarali tashkil etish hamda muvofiqlashtirish, aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish choralarini ko‘rish;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.03.00 Vazirlar Mahkamasi faoliyatini tashkil etish]
mazkur bandda nazarda tutilgan normativ-huquqiy hujjatlar ijrosining doimiy monitoringi va tahlilini olib borish hamda ularning natijalari yuzasidan har chorakda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga axborot va asoslantirilgan takliflar kiritib borish.
9. Madaniyat vazirligi:
a) ikki hafta muddatda:
ushbu qaror talablaridan kelib chiqqan holda O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri o‘rinbosarlarining ular mas’ul bo‘lgan aniq yo‘nalish va vazifalarni nazarda tutuvchi funksional vazifalarini tasdiqlasin;
hududiy madaniyat boshqarmalari tuzilmalarida xodimlarning mazkur qaror bilan belgilangan cheklangan soni doirasida moddiy madaniy meros obyektlaridan oqilona foydalanish va muhofaza qilish bo‘limlarini tashkil etsin;
b) bir oy muddatda:
ushbu qaror talablaridan kelib chiqib, Madaniyat vazirligi markaziy apparati va yangi tuzilgan bo‘linmalarni zimmasiga yuklatilgan vazifalarning samarali bajarilishini yuqori professional darajada ta’minlashga qodir bo‘lgan malakali mutaxassislar bilan to‘ldirish choralarini ko‘rsin;
Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Madaniyat vazirligi tizimidagi tashkilotlar tomonidan ko‘rsatiladigan konsert-tomosha xizmatlarining tariflarini shakllantirish tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
v) ikki oy muddatda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda Vazirlar Mahkamasiga:
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.04.00 Ilmiy xodimlar, ilmiy muassasalar mutaxassislari (maqom, attestatsiya, ilmiy daraja va unvonlar);
2.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.05.00 Ilmiy va loyiha muassasalari;
3.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.03.00 Milliy madaniy meros]
Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi;
Departament faoliyatini takomillashtirish va barqaror ravishda moliyalashtirish, xodimlari mehnatini moddiy rag‘batlantirishni kuchaytirish, shu jumladan ularga xizmat qilgan umumiy ish staji, ilmiy unvon va darajaga ega bo‘lgani uchun ustamalar belgilash, moddiy-texnika bazasini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risidagi;
Madaniy boyliklarni realizatsiya qilish faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tishning xabardor qilish tartibi to‘g‘risidagi qaror loyihalarini kiritsin;
g) uch oy muddatda Ommaviy-madaniy va konsert-tomosha tadbirlarining kalendar rejalarini shakllantirish va tasdiqlash tartibi to‘g‘risidagi nizom hamda Konsert-tomosha faoliyatini litsenziyalash bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti loyihalarini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Quyidagilar Madaniyat vazirligining budjetdan tashqari jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish manbalari etib belgilansin:
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urtani moliyalashtirish / 06.03.04.00 Budjetdan moliyalashtirish]
Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar;
vazirlik tizimidagi davlat korxonalarining foydasidan davlat ulushi bo‘yicha belgilangan miqdorda dividentlar to‘langandan so‘ng qolgan mablag‘ning 15 foizi;
teatrlar, sirk va konsert-tomosha muassasalari tomonidan tashkil etiladigan madaniy tadbirlarni o‘tkazishdan olinadigan foydaning 10 foizi;
Jamg‘armaning vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘larini depozitlarga joylashtirishdan olinadigan daromadlar;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.05.00 Davlat-xususiy sheriklik]
davlat-xususiy sheriklik asosida olinadigan daromadlarning taqsimlanishidan tushgan mablag‘lar;
vazirlik tashabbusi bilan vazirlik tizim tashkilotlari tomonidan tashkil etiladigan konsert-tomosha tadbirlari, spektakllar, shou dasturlar va boshqa tadbirlardan tushadigan mablag‘lar;
vazirlik tasarrufidagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasining budjetdan tashqari hisob raqamidan ajratiladigan mablag‘lar;
xalqaro moliya tashkilotlari, xorijiy davlatlar va boshqa donorlarning kreditlari, grantlari va texnik ko‘maklashish mablag‘lari;
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urtani moliyalashtirish / 06.03.06.00 Moliyalashtirishning boshqa manbalari]
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
(91-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-fevraldagi PQ-112-sonli qaroriga asosan ikkinchi — o‘n birinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.02.2022-y., 07/22/112/0099-son)
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamg‘armalari / 07.07.02.04 Vazirlik va idoralar jamg‘armalari]
Belgilansinki, Madaniyat vazirligining budjetdan tashqari jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish va undan foydalanish tartibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Madaniyat vazirligi 2022-yil 15-fevralga qadar Madaniyat vazirligining budjetdan tashqari jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
(91-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-yanvardagi PF-52-sonli Farmoniga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2022-y., 06/22/52/0029-son)
10. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga madaniyat va san’at muassasalarida Bilet operatsiyalari yagona elektron tizimi ishlab chiqilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
(10-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-yanvardagi PF-52-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2022-y., 06/22/52/0029-son)
Madaniyat vazirligi:
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.04.00 Madaniy meros obyektlari;
2.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.15.00 Muzey ishi va ko‘rgazma faoliyati]
bir oy muddatda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan kelishgan holda Ommaviy tashrif buyuriladigan moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari va muzeylar ro‘yxatini tasdiqlasin;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.05.00 Davlat-xususiy sheriklik]
2021-yil 1-iyulga qadar o‘z tizimidagi teatrlarning kirib-chiqish joylarida teatrlarning o‘z mablag‘lari va Madaniyat vazirligining budjetdan tashqari mablag‘lari hamda tadbirkorlik subyektlarining davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida jalb qilinadigan mablag‘lari hisobiga elektron turniketlar yoki tashrif buyuruvchilarni avtomatik hisobga olishga mo‘ljallangan boshqa moslamalar o‘rnatilishi va ularning Bilet operatsiyalari yagona elektron tizimiga integratsiya qilinishini ta’minlasin.
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.05.00.00 Mehnat intizomi / 05.05.03.00 Mehnatni rag‘batlantirish. Turlari va qo‘llash tartibi]
11. Davlat xizmatchilari uchun mehnatga haq to‘lashning yagona tizimi joriy etilguniga qadar Madaniyat vazirligi xodimlari uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar hisobidan moddiy rag‘batlantirishning quyidagi turlari joriy etilsin:
Madaniyat vazirligi markaziy apparati xodimlariga ko‘p yillik mehnati uchun rag‘batlantirish koeffitsiyentini hisobga olgan holda, lavozim maoshiga belgilangan koeffitsiyentlarda quyidagi hajmlarda har oyda qo‘shimcha pul to‘lash: 1 yildan 5 yilgacha — 0,3; 5 yildan 10 yilgacha — 0,6; 10 yildan 15 yilgacha — 0,9; 15 yildan ortiq — 1,2;
hududiy madaniyat boshqarmalari, tuman va shahar madaniyat bo‘limlari xodimlariga ko‘p yillik mehnati uchun rag‘batlantirish koeffitsiyentini hisobga olgan holda, lavozim maoshiga belgilangan koeffitsiyentlarda quyidagi hajmlarda har oyda qo‘shimcha pul to‘lash: 1 yildan 5 yilgacha — 0,1; 5 yildan 10 yilgacha — 0,2; 10 yildan 15 yilgacha — 0,3; 15 yildan ortiq — 0,4;
2022-yil 1-yanvardan boshlab Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan Madaniyat vazirligi markaziy apparati xodimlarining Yagona tarif setkasi bo‘yicha mehnatga haq to‘lashning tasdiqlangan razryadlariga muvofiq lavozim maoshini belgilashda tarif koeffitsiyenti — 1,4 baravarga, hududiy madaniyat boshqarmalarida — 1,2 baravarga oshirilgan miqdorda qo‘llaniladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamg‘armalari / 07.07.02.04 Vazirlik va idoralar jamg‘armalari]
Bunda Madaniyat vazirligi, hududiy madaniyat boshqarmalari, tuman va shahar madaniyat bo‘limlari xodimlarini Madaniyat vazirligining budjetdan tashqari jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qo‘shimcha rag‘batlantirish ular faoliyatining natijadorligi (KPI) va erishilgan yutuqlarga qarab amalga oshiriladi.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-yanvardagi PF-52-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2022-y., 06/22/52/0029-son)
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-yanvardagi PF-52-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2022-y., 06/22/52/0029-son)
[OKOZ:
1.21.00.00.00 O‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.02.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari;
2.21.00.00.00 O‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
13. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 5-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
[OKOZ:
1.21.00.00.00 O‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.02.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari]
14. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 14-sentabrdagi “Toshkent shahrida barpo etilgan madaniyat va san’at ko‘rgazmasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-467-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
15. Madaniyat vazirligi manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
16. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaxitov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.A. Musayev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi PF-214-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 06/23/214/0984-son)
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi PF-214-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 06/23/214/0984-son)
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi PF-214-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 06/23/214/0984-son)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-maydagi PQ-4730-son qaroriga 4-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasida milliy madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash
TARKIBI
B.A. Musayev
—
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Muvofiqlashtiruvchi kengash raisi
O.A. Nazarbekov
—
O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri, Muvofiqlashtiruvchi kengash raisi o‘rinbosari
R.T. Mamatov
—
O‘zbekiston Respublikasi mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri
A.V. Shin
—
O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vaziri
Sh.X. Shermatov
—
O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vaziri
I.U. Majidov
—
O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vaziri
N.F. Arziyev
—
O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari
Sh.Sh. Sharaxmetov
—
O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining o‘rinbosari
K.B. Akilova
—
O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirining o‘rinbosari — Madaniy meros departamenti boshlig‘i
A.U. Akkulov
—
O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari
F.F. Abduxolikov
—
“O‘zbekkino” Milliy agentligi bosh direktori
D.M. Saidjonov
—
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari
S.N. Babaxodjayev
—
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi direktori
B.S. Yuldashev
—
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti
A.V. Nuridinov
—
O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi
lavozimiga ko‘ra
—
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi O‘zbekistonga oid xorijdagi madaniy boyliklarni tadqiq etish markazi direktori
S.S. Sayidov
—
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi
R. Abdullayev
—
O‘zbekiston Kompozitorlar va bastakorlar uyushmasi raisi
Yo. Axmedov
—
O‘zbekiston Teatr arboblari uyushmasi raisi
lavozimiga ko‘ra
—
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari
lavozimiga ko‘ra
—
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi kotibiyat mudiri, Muvofiqlashtiruvchi kengash kotibi
Izoh:
Muvofiqlashtiruvchi kengash a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.
Muvofiqlashtiruvchi kengash ishiga kelishilgan holda boshqa vazirliklar, idoralar, xo‘jalik jamiyatlari va fuqarolik jamiyati institutlari rahbarlari va mutaxassislari jalb qilinishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-maydagi PQ-4730-son qaroriga 5-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 4-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2015-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi PQ-2270-son qaroriga 35-ilovaning rus tilidagi matnidagi izohning 1-bandi “detey iz maloobespechennix semey” so‘zlaridan keyin “i detey s ogranichennimi vozmojnostyami” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-2778-son qarorida:
“O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Respublika madaniyat muassasalari faoliyatini tashkil etish ilmiy-metodik markazining tuzilmasi 7-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziriga, zarur hollarda, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Respublika madaniyat muassasalari faoliyatini tashkil etish ilmiy-metodik markazining tuzilmasiga xodimlarning belgilangan umumiy cheklangan soni va mehnatga haq to‘lash jamg‘armasi doirasida o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin”;
v) 1 — 6 va 8-ilovalar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-avgustdagi “O‘zbekiston Badiiy akademiyasi faoliyatini rivojlantirish va yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3219-son qarorining 3-bandi uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasiga mustaqillik yillarida yaratilgan, yuksak badiiy qiymatga ega bo‘lgan tasviriy va amaliy san’at asarlarini sotib olish uchun har yili O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan 2 milliard so‘m mablag‘ ajratish to‘g‘risidagi taklif ma’qullansin”.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzurida Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-3325-son qarorining rus tilidagi matnida 1-ilovaning 3-banddagi “Sredstva AO “Uzsharobsanoat”, yejegodno videlyayemie v poryadke blagotvoritelnosti po sobstvennoy initsiative” so‘zlari “Sredstva Gosudarstvennogo budjeta Respubliki Uzbekistan, yejegodno videlyayemie” so‘zlari bilan almashtirilsin.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-yanvardagi PF-52-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2022-y., 06/22/52/0029-son)
6. Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 3-sentabrdagi 414-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 9-son, 51-modda) bilan tasdiqlangan Budjet tashkilotlarini xarajatlarini moliyalashtirish (to‘lash) tartibining 29-bandi ikkinchi va uchinchi xatboshilari “budjet tashkilotlarida” so‘zlaridan keyin “O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tizimidagi madaniyat markazlarida” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.
7. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-fevraldagi 75-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalari quyidagi mazmundagi 141-band bilan to‘ldirilsin:
“141. Sotuvchi O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqilishi mumkin bo‘lmagan madaniy boyliklarni sotish vaqtida bu boyliklarning O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqilishi mumkin emasligi to‘g‘risida xaridorni yozma ravishda ogohlantirishi shart”.
8. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-iyundagi “Davlat madaniyat muassasalari va davlat arxivlari xodimlari mehnatiga haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirishning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash haqida”gi 458-son qarorining rus tilidagi matnida:
a) 6-ilova quyidagi mazmundagi izoh bilan to‘ldirilsin:
imeyushego uchenuyu stepen doktora nauk ili doktora nauk (Doctor of Science) ili priravnennie k ney drugiye uchenie stepeni zarubejnix stran — ustanavlivayutsya s primeneniyem povishayushego koeffitsiyenta 2,5;
imeyushego uchenuyu stepen kandidata nauk ili doktora filosofii (Ph.D) ili priravnennie k ney drugiye uchenie stepeni zarubejnix stran — ustanavlivayutsya s primeneniyem povishayushego koeffitsiyenta 2”;
b) 7-ilovaning izoh qismi quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
“imeyushego uchenuyu stepen doktora nauk ili doktora nauk (Doctor of Science) ili priravnennie k ney drugiye uchenie stepeni zarubejnix stran — ustanavlivayutsya s primeneniyem povishayushego koeffitsiyenta 2,5;
imeyushego uchenuyu stepen kandidata nauk ili doktora filosofii (Ph.D) ili priravnennie k ney drugiye uchenie stepeni zarubejnix stran — ustanavlivayutsya s primeneniyem povishayushego koeffitsiyenta 2”.
Izoh: 3, 4 va 8-bandlar 2021-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.05.2020-y., 07/20/4730/0670-son; 10.04.2021-y., 07/21/5070/0315-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2022-y., 06/22/52/0029-son; 03.02.2022-y., 07/22/112/0099-son; 29.12.2023-y., 06/23/214/0984-son)