Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
2020 — 2025-yillarga moʻljallangan Oʻzbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi toʻgʻrisida
Moliyaviy sektorni izchil isloh qilish davomida qator chora-tadbirlar amalga oshirildi va natijada ilgʻor bank biznesini yuritish hamda ushbu sektorda raqobat muhitini kuchaytirish uchun zarur huquqiy shart-sharoitlar yaratildi.
Xususan, xalqaro standartlarga muvofiq keladigan va moliyaviy sohaga xorijiy investitsiyalar kiritish uchun jozibador huquqiy muhitni yaratadigan Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi, “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi, “Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida”gi hamda “Toʻlovlar va toʻlov tizimlari toʻgʻrisida”gi yangilangan qonunlari qabul qilindi.
Shu bilan birga, bank sohasidagi hozirgi holat tahlili bank sektorida davlatning yuqori darajadagi aralashuvi, davlat ishtirokidagi banklarda menejment va tavakkalchiliklarni boshqarish sifatining yetarli emasligi, iqtisodiyotda moliyaviy vositachilikning past darajasi kabi bank sektorini iqtisodiy yangilanishlar va jamiyat ehtiyojlariga mos ravishda rivojlantirishga toʻsqinlik qilayotgan qator tizimli muammolar mavjudligini koʻrsatmoqda.
Moliyaviy xizmatlarning ommabopligini oshirish, banklarning hududlarga kirib borishini kengaytirish va barcha aholi punktlarida bir xil turdagi xizmatlar koʻrsatilishini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha choralar koʻrilishi lozim.
Bank tizimiga zamonaviy servis yechimlari asosida axborot texnologiyalarini, moliyaviy texnologiyalarni keng joriy etish, axborot xavfsizligini lozim darajada taʼminlash, shuningdek, moliyaviy xizmatlar koʻrsatishda inson omili taʼsirini kamaytirish boʻyicha tezkor chora-tadbirlar koʻrish talab etilmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-martdagi PF-5953-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturida belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda, shuningdek, xususiy sektor rivojlanishini ragʻbatlantirish, banklarning investitsiyaviy jozibadorligini, bank xizmatlari ommabopligi va sifatini oshirish uchun bank sektorini tubdan transformatsiya qilish maqsadida:
1. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasida bank sektorini isloh qilishning asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:
moliya bozorida teng raqobat sharoitlarini yaratish, kreditlashni faqat bozor shartlari asosida amalga oshirish, banklarning davlat resurslariga qaramligini pasaytirish, bank xizmati koʻrsatishni modernizatsiya qilish, banklarning samarali infratuzilmasini yaratish va faoliyatini avtomatlashtirish, shuningdek, banklar faoliyatiga xos boʻlmagan funksiyalarni bosqichma-bosqich bekor qilish orqali bank tizimining samaradorligini oshirish;
kredit portfeli va tavakkalchiliklarni boshqarish sifatini yaxshilash, kreditlash hajmlarining moʻtadil oʻsishiga amal qilish, muvozanatlashgan makroiqtisodiy siyosat yuritish, korporativ boshqaruvni takomillashtirish va xalqaro amaliy tajribaga ega boʻlgan menejerlarni jalb qilish, moliyaviy tavakkalchiliklarni baholash uchun texnologik yechimlarni tatbiq etish orqali bank tizimining moliyaviy barqarorligini taʼminlash;
davlat ulushi mavjud tijorat banklarini kompleks transformatsiya qilish, bank ishining zamonaviy standartlarini, axborot texnologiyalari va dasturiy mahsulotlarni joriy etish, banklardagi davlat aksiyalari paketini zarur tajriba va bilimga ega boʻlgan investorlarga tanlov asosida sotish, shuningdek, davlat ulushi mavjud tijorat banklari va korxonalarni bir vaqtning oʻzida isloh qilish orqali bank sektorida davlatning ulushini kamaytirish;
yetarli darajada xizmat koʻrsatilmayotgan va zaif qatlamlarda davlat ishtirokini kuchaytirish va manzilli chora-tadbirlarni amalga oshirish, aholi va kichik biznes uchun masofaviy xizmatlarni keng joriy qilish, kamxarj xizmat koʻrsatish nuqtalari tarmogʻini rivojlantirish, shuningdek, respublika yagona moliya tizimining oʻzaro toʻldiruvchi qismi sifatida nobank kredit tashkilotlarining shakllanishi va rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish orqali moliyaviy xizmatlar ommabopligini va sifatini oshirish.
2. Quyidagilar:
2020 — 2025-yillarga moʻljallangan Oʻzbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi 1-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi bank tizimini isloh qilish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. 2020 — 2025-yillarga moʻljallangan Oʻzbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasini amalga oshirish boʻyicha, shu jumladan quyidagilarni nazarda tutuvchi maqsadli koʻrsatkichlar 3-ilovaga muvofiq belgilansin:
bank tizimi aktivlarining umumiy hajmida davlat ulushi boʻlmagan banklar aktivlari ulushini joriy 15 foizdan 2025-yilga kelib 60 foizgacha oshirish;
banklar majburiyatlarining umumiy hajmida banklarning xususiy sektor oldidagi majburiyatlari ulushini joriy 28 foizdan 2025-yil yakuniga 70 foizgacha oshirish;
2025-yilga kelib davlat ulushi mavjud kamida uchta bank kapitallariga zarur tajriba, bilim va obroʻga ega kamida uchta strategik xorijiy investorlarni jalb qilish;
umumiy kreditlash hajmida nobank kredit tashkilotlari ulushini joriy 0,35 foizdan 2025-yilga kelib 4 foizgacha oshirish.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy bankining quyidagilar toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin:
xalqaro moliya institutlari koʻmagida “Ipoteka-bank” ATIB, “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB, “Asaka” ATB, AT “Aloqabank”, “Qishloq qurilish bank” ATB va “Turonbank” ATBdagi davlat ulushlarini bosqichma-bosqich xususiylashtirish, bunda birinchi bosqichda ularni institutsional oʻzgartirishni (faoliyatini transformatsiya qilish), ikkinchi bosqichda esa davlat aksiyalari paketini sotishni nazarda tutish;
bank tizimini isloh qilish davrida aholining moliyaviy xizmatlarga boʻlgan talabini qondirish, investitsiya loyihalarini qoʻllab-quvvatlash mexanizmini (“loyihalar fabrikasi”) keng joriy qilish, bank xizmatlarining hududiy qamrovini taʼminlash maqsadida “Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki” AJ, “Agrobank” ATB va “Mikrokreditbank” ATB ustav kapitallarida davlat ulushini saqlab qolish;
ayrim banklarning faoliyatini diagnostika qilish va moliyaviy ahvolini baholash asosida, meʼyoriy talablaridan hamda ularni qayta tashkil etishning iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligidan kelib chiqqan holda qonun hujjatlariga muvofiq ularni konsolidatsiyalash.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzurida vazirlikning tasdiqlangan shtatlar soni doirasida Davlat ulushiga ega tijorat banklarini transformatsiya qilish va xususiylashtirish boʻyicha loyiha ofisi tashkil etilsin hamda unga quyidagi huquqlar berilsin:
tijorat banklarini transformatsiya qilish va xususiylashtirish jarayonlariga maslahatchi sifatida xalqaro konsultantlarni jalb qilish;
tijorat banklarini transformatsiya qilish va xususiylashtirish masalalarida xalqaro moliya institutlari va salohiyatli xorijiy investorlar bilan muzokaralar olib borish va bitimlar tuzish.
Belgilansinki, Loyiha ofisiga Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining birinchi oʻrinbosari rahbarlik qiladi.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va Moliya vazirligi 2024-yildan kechiktirmay Xalqaro valyuta jamgʻarmasi va Jahon banki dasturi (FSAP) asosida moliyaviy sektor holatini baholashni oʻtkazish choralarni koʻrsin.
7. Vazirliklar, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlari tomonidan banklarning, shu jumladan kredit portfeli va bank aktivlarini shakllantirish bilan bogʻliq tadbirkorlik tavakkalchiliklarini boshqarish faoliyatiga aralashish taqiqlansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi banklar va bank faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilikning banklar faoliyatiga davlat organlarining maʼmuriy aralashuviga yoʻl qoʻymaslik qismi ijro etilishi ustidan nazoratni kuchaytirsin.
Oldingi tahrirga qarang.
71. Belgilansinki, Markaziy bankning faoliyat yuritishini taʼminlovchi oʻz idoraviy boʻysunuvidagi korxona va tashkilotlarning tegishli tuzilmaviy boʻlinmalari Markaziy bank, shuningdek, uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boʻyicha bosh boshqarmalari hududi va binolarida bepul joylashtiriladi.
(71-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 9-iyundagi PF-152-sonli Farmoniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2022-y., 06/22/152/0507-son)
8. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasini boshqarish boʻyicha kengash tarkibiga mustaqil aʼzolarni kiritish orqali uni institutsional jihatdan mustahkamlash choralarini koʻrsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va Moliya vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi “Respublika iqtisodiyotiga toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish mexanizmlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4300-son qaroriga 1-ilovaning 1 — 3-pozitsiyalari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
11. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi M.B. Nurmuratov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2020-yil 12-may,
PF-5992-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-maydagi PF-5992-son Farmoniga
1-ILOVA
2020 — 2025-yillarga moʻljallangan Oʻzbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish
STRATEGIYASI
2020 — 2025-yillarga moʻljallangan Oʻzbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi (keyingi oʻrinlarda — Strategiya) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-martdagi PF-5953-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturiga muvofiq, shuningdek, Jahon bankining mamlakat bank tizimi joriy holatini oʻrganish natijalari boʻyicha asosiy xulosalari va tavsiyalarini inobatga olgan holda ishlab chiqilgan.
Strategiya bank tizimini rivojlantirishning maqsadlari, vazifalari va ustuvor sohalarini, 2020 — 2025-yillarda bank tizimini transformatsiya va isloh qilish yoʻnalishlarini, xorijiy mamlakatlarning moliya sektorini transformatsiya qilish tajribasi asosida va moliyaviy sohadagi jahon tendensiyalarini hisobga olgan holda ehtimoliy yechimlarni izlash yoʻllarini belgilaydi.
I. Bank tizimining joriy holati
Oʻzbekiston Respublikasi bank tizimi bugungi kunda bank xizmatlarining anʼanaviy sohalari — kreditlash, depozit operatsiyalari, hisob-kitob va kassa kabi xizmatlarini koʻrsatuvchi 31 ta tijorat bankidan (keyingi oʻrinlarda — banklar) tashkil topgan.
Mamlakatimiz mustaqilligi davrida banklar davlat ishtirokidagi korxonalarni va davlat rivojlanish dasturlarini imtiyozli foiz stavkalarida moliyalashtirishga faol jalb etgan holda muayyan maqsad va vazifalar uchun tashkil etildi. Natijada imtiyozli kreditlarning bank tizimi umumiy portfelidagi ulushi 60 foizdan koʻproqni tashkil etmoqda.
Bank sektorida davlat ustun mavqega ega — 31 ta bankdan 13 tasining kapitalida davlat ishtiroki mavjud boʻlib, ularning kapitali bank tizimi jami kapitalning 87 foizidan koʻprogʻini, aktivlari esa umumiy aktivlarning 85 foizidan koʻprogʻini tashkil qiladi.
2017-yilda boshlangan bank sektorini isloh qilishning faol bosqichi valyuta bozorini liberallashtirish, bank faoliyatidagi eskirgan cheklovlarni olib tashlash va banklarni ularga xos boʻlmagan funksiyalardan ozod qilish, bank xizmatlari ommabopligini oshirishga qaratildi.
2019-yilda bank tizimida bir qator sifat oʻzgarishlari amalga oshirildi. Xususan:
bank ishining zamonaviy standart va tamoyillariga mos keluvchi yangi tahrirdagi “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi va “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining qabul qilinishi;
Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi ishtirokida investitsiya loyihalarini moliyalashtirish mexanizmlarining isloh qilinishi;
davlat dasturlarini Markaziy bankning asosiy stavkasidan kam boʻlgan stavkalarda kreditlash amaliyotidan voz kechilishi va 2021-yildan kreditlashning bozor shartlariga oʻtilishi;
tadbirkorlikni rivojlantirish davlat maqsadli dasturlari doirasida kreditlashning 3 ta bank — AT Xalq banki, “Agrobank” ATB va “Mikrokreditbank” ATBda jamlanishi;
tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan imtiyozli moliyaviy qoʻllab-quvvatlash mexanizmining Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi orqali tashkil etilishi;
bozor tamoyillari asosida ipoteka kreditlari hisobidan aholini uy-joy bilan taʼminlashning yangi tartibi joriy etilishi;
Jahon banki bilan hamkorlikda tijorat banklari faoliyati ustidan prudensial nazorat mexanizmlari va tartib-taomillarini ularning Bazel qoʻmitasi tamoyillariga mos kelishi nuqtai nazaridan baholashdan oʻtkazilishi.
II. Bank tizimini rivojlantirishdagi qiyinchiliklar va muammolar
Bank sektorida davlatning ustun mavqeyi, banklarning turli davlat dasturlari va korxonalarini moliyalashtirish uchun vositachi sifatida faol jalb qilinishi quyidagi tizimli xatarlar va muammolarga olib keldi:
Jahon bankining “Biznes yuritish” reytingidagi past koʻrsatkichlar — reytingning “Kredit olish” yoʻnalishida Oʻzbekiston 67-oʻrinni egallab turibdi;
yirik tijorat banklarining tarmoqdagi zamonaviy talablarga muvofiq transformatsiya jarayonlarida ortda qolishi, korporativ boshqaruv standartlari, axborot texnologiyalari mahsulotlari, aktivlar va passivlarni boshqarish, mijozlar bilan aloqa qilish boʻyicha zamonaviy usullarni amaliyotga joriy qilishda kechikishi;
davlat ishtirokidagi banklarning ustuvor dasturlar, sektorlar va davlat ulushiga ega korxonalarga bozor stavkalaridan past stavkalarda kreditlar beruvchi anʼanaviy “rivojlantirish banklari” vazifasini qisman bajarishi. Chet el valyutasida uzoq muddatli imtiyozli moliyalashtirishning mavjudligi daromad egri chizigʻining pasayishiga olib kelib, bu, oʻz navbatida, davlat ishtirokidagi korxonalar uchun uzoq muddatli kreditlarning qisqa muddatli kreditlardan koʻra arzonroq boʻlishiga sabab boʻladi va ularning milliy valyutada emas, balki chet el valyutasida qarz olishini ragʻbatlantiradi;
aktivlar va passivlar dollarlashuvining yuqori darajasi mavjudligi, kreditlar va depozitlarning yirik kompaniyalar va iqtisodiyotning alohida sektorlarida jamlanishi banklarni valyuta va kredit xatarlariga, shuningdek, likvidlik xavfiga duchor qiladi. 2020-yil boshida xorijiy valyutada nominallashtirilgan kreditlar jami kreditlar hajmining 48 foizini, chet el valyutasidagi depozitlar va fondlar esa jami depozitlar hajmining 44 foizini tashkil etadi. Davlat ishtirokidagi banklar tomonidan berilgan kreditlar umumiy hajmining 36 foizi 10 ta eng yirik qarz oluvchilar hissasiga toʻgʻri keladi;
banklar biznes-modellarining korporativ mijozlarga xizmat koʻrsatishga yoʻnaltirilganligi, nobank moliya tashkilotlari, innovatsiyalar va axborot tizimlarining sust rivojlanganligi sababli moliyaviy ommaboplikning past darajadaligi. Natijada, boshqa mamlakatlarda jismoniy shaxslar va korporativ mijozlarga ajratilgan kreditlar bir meʼyorda taqsimlangan bir vaqtda, mamlakatimizda jismoniy shaxslarga ajratilgan kreditlar jami kredit portfeli hajmining 19 foizini, korporativ mijozlarga ajratilgan kreditlar esa 81 foizni tashkil etmoqda;
nobank kredit tashkilotlari, shu jumladan mikromoliyalashtirish institutlarining yetarli darajada rivojlanmaganligi. Buning oqibatida faoliyatini endi boshlayotgan tadbirkorlar qatlamini qamrab oladigan, ularning bosqichma-bosqich bank kreditlarini jalb qila oladigan toʻlaqonli biznes darajasigacha “oʻsishiga” imkon yaratuvchi samarali mexanizmlar yaratilmagan.
III. Islohotlarning maqsadlari va ustuvor yoʻnalishlari
Strategiyaning maqsadi zamonaviy bank tizimini shakllantirish, banklarning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish va bank xizmatlarining yangi standartlarini joriy etishga qaratilgan bank tizimida kompleks oʻzgartirishlarni amalga oshirishdan iborat.
Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilishning ustuvor yoʻnalishlari hisoblanadi:
moliya bozorida teng raqobat sharoitlarini yaratish, faqatgina bozor talablari asosida kreditlash, banklarning davlat resurslariga boʻlgan qaramligini kamaytirish, bank xizmatlarini modernizatsiya qilish, samarali infratuzilma yaratish va banklar faoliyatini avtomatlashtirish, shuningdek, banklarning asosiy faoliyat turi bilan bogʻliq boʻlmagan funksiyalarini bosqichma-bosqich bekor qilish orqali bank tizimining samaradorligini oshirish;
kredit portfeli sifati va tavakkalchiliklarni boshqarish sifatini yaxshilash, kreditlash hajmlari oʻsishining moʻtadil darajasiga amal qilish, muvozanatlashgan makroiqtisodiy siyosat yuritish, korporativ boshqaruvni takomillashtirish va xalqaro miqyosda amaliy tajribaga ega boʻlgan menejerlarni jalb qilish, moliyaviy tavakkalchiliklarni baholash uchun texnologik yechimlarni tatbiq etish orqali bank tizimining moliyaviy barqarorligini taʼminlash;
davlat ulushi mavjud boʻlgan tijorat banklarini kompleks transformatsiya qilish, bank ishining zamonaviy standartlarini, axborot texnologiyalarini va dasturiy mahsulotlarni joriy etish, banklardagi davlat aksiyalari paketini zarur tajriba va bilimga ega boʻlgan investorlarga tanlov savdolari asosida sotish, shuningdek, davlat ulushi mavjud boʻlgan tijorat banklari va korxonalarni bir vaqtning oʻzida isloh qilish orqali bank sektorida davlatning ulushini kamaytirish;
yetarli darajada xizmat koʻrsatilmayotgan va zaif qatlamlarda davlat ishtirokini koʻpaytirish va manzilli chora-tadbirlarni amalga oshirish, aholi va kichik biznes uchun masofaviy xizmatlarni keng joriy qilish, kamxarj xizmat koʻrsatish nuqtalari tarmogʻini rivojlantirish, shuningdek, respublikaning yagona moliya tizimidagi oʻzaro toʻldiruvchi qism sifatida nobank kredit tashkilotlarining shakllanishi va rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish orqali moliyaviy xizmatlar ommabopligini va sifatini oshirish.
1. Bank tizimining samaradorligini oshirish
Bank tizimi samaradorligini oshirish tadbirkorlik subyektlari va aholining arzon va sifatli moliyaviy xizmatlarga oʻsib borayotgan ehtiyojlarini taʼminlash uchun iqtisodiy rivojlanishning eng muhim omili hisoblanadi.
Shu munosabat bilan, Strategiya doirasida quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish koʻzda tutilmoqda:
1) ilgʻor xalqaro tajriba va texnologiyalarni jalb qilish hisobiga bank xizmatlari koʻlamini kengaytirish va sifatini oshirish;
2) korporativ boshqaruvning ilgʻor standartlari va tajribasini joriy etish orqali banklarda boshqaruvni takomillashtirish, bank boshqaruvi organlari hisobdorligi va faoliyatining shaffofligini hamda ular tomonidan maʼlumotlarni lozim darajada oshkor etilishini taʼminlash;
3) banklar faoliyatini tijoratlashtirishni oshirish, bank tizimining moliyaviy barqarorligini taʼminlash, shuningdek, pul-kredit siyosati instrumentlarining samaradorligini oshirish uchun subsidiyalangan kredit berishdan voz kechish;
4) tijorat banklarining jamgʻarmalarni investitsiyalarga safarbar qilish hamda ularni moliyaviy va iqtisodiy nuqtai nazardan eng samarali sohalarni moliyalashtirishga yoʻnaltirishni taʼminlovchi moliyaviy vositachi sifatidagi rolini oshirish;
5) strategik xorijiy investorlarni jalb qilish va moliya tizimining xalqaro moliya bozorlariga bosqichma-bosqich integratsiyalashuvini taʼminlash uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish maqsadida bank faoliyatini izchil liberallashtirish va uni eng yaxshi xalqaro amaliyot bilan uygʻunlashtirish;
6) nobank kredit tashkilotlarini, shu jumladan ushbu segmentda raqobatni rivojlantirish, prudensial tartibga solishning tegishli normalarini rivojlantirish orqali, shuningdek, moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini yengillashtirish hisobiga rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish.
2. Bank tizimining moliyaviy barqarorligini taʼminlash
Bank sektorining moliyaviy barqarorligi va bardoshliligi rejalashtirilgan islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirishning hamda biznes va aholining milliy bank tizimiga boʻlgan ishonchini mustahkamlashning asosiy sharti hisoblanadi.
Bank sektori moliyaviy barqarorligini oshirishning strategik maqsadlariga erishish uchun quyidagi tadbirlarni amalga oshirish koʻzda tutilmoqda:
1) kreditlashning oʻsish surʼatlari moʻtadilligini taʼminlash va kredit portfeli sifatini yaxshilash;
2) bank sektori nazoratini takomillashtirish va banklarda tavakkalchiliklarni boshqarishning zamonaviy tizimini tatbiq etish;
3) bank tizimi va iqtisodiyotning real sektoridagi davlat ulushi mavjud korxonalarni oʻzaro muvofiq ravishda isloh qilishni taʼminlash, banklar tomonidan davlat korxonalari va tashkilotlari faoliyatini transformatsiya qilishda tijorat asosida faol ishtirok etish, real sektor va moliya sektoridagi oʻzgarishlar uygʻun tarzda kechishini taʼminlash;
4) banklarning kapitaliga qoʻyiladigan minimal talablarni, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro iqtisodiy tashkilotlarga qoʻshilishi va respublika bank tizimining xalqaro moliya tizimiga integratsiyalashuvini hisobga olgan holda oshirish;
5) eng yaxshi xalqaro tajriba asosida depozitlarni himoyalash tizimini izchillik bilan rivojlantirish.
Koʻrsatib oʻtilgan chora-tadbirlar doirasida quyidagilar banklarning moliyaviy barqarorligini mustahkamlashga xizmat qiladi:
davlat ulushi mavjud korxonalarni boshqarish samaradorligini oshirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarning amalga oshirilishi, jumladan ular doirasida mazkur korxonalarni boshqarish, moliyaviy barqarorligini oshirish va xususiylashtirishning eng maqbul usullari ishlab chiqiladi;
davlat ulushi mavjud banklar aktivlari sifatining mustaqil baholashdan oʻtkazilishi va, shu jumladan harakatsiz kreditlarga amaliy koʻmaklashish orqali ularning kredit portfellari sifatini yaxshilash boʻyicha choralar koʻrilishi;
kredit byurolari faoliyati, shu jumladan ularning maʼlumotlar bazalarini uy-joy kommunal xoʻjalik kompleksi, soliq va pensiya tizimlarining axborot tizimlari bilan integratsiyalash orqali rivojlantirilishi;
bank ishini yuritish, shu jumladan korporativ boshqaruv va mijozlarga xizmat koʻrsatishda ilgʻor xalqaro standartlarni joriy etish tamoyillari asosida moliya sektorining xalqaro integratsiyalashuvi;
Oldingi tahrirga qarang.
nizolarni suddan tashqari hal qilish tartib-taomillari, toʻlovga qobiliyatsizlik, majburiy ijro sohalaridagi qonunchilikni va qarzdorlarning insofsiz harakatlaridan banklarni huquqiy himoya qilishning boshqa choralarini takomillashtirish.
(2-kichik boʻlimning oʻn uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyuldagi PF-109-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.07.2023-y., 06/23/109/0469-son)
3. Bank sektorida davlat ulushini kamaytirish
Tijorat banklarini xususiylashtirish bank tizimini isloh qilishning muhim omili hisoblanadi.
Mazkur vazifani bajarish maqsadida quyidagilar koʻzda tutilmoqda:
1) kredit tashkilotlarini ularga xos boʻlmagan funksiyalarni bajarishdan, shuningdek, ortiqcha yuklamalardan ozod qilish orqali maʼmuriy yukni izchillik bilan bartaraf etish;
2) zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, tijorat banklarining biznes jarayonlarini avtomatlashtirish va masofaviy bank xizmatlari turlarini kengaytirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;
3) bank ishida yetarli darajada tajriba, bilim va obroʻga ega boʻlgan strategik investorlarni jalb qilgan holda, qator tijorat banklarida davlat ulushini kamaytirish;
4) bank tizimini isloh qilish davrida aholining moliyaviy xizmatlarga boʻlgan talabini qondirish, investitsiya loyihalarini qoʻllab-quvvatlash mexanizmi (“loyihalar fabrikasi”)ni joriy qilish, bank xizmatlarining hududiy qamrovini taʼminlash maqsadida bir qancha banklardagi davlat ulushini oʻrta muddatli istiqbolda saqlab qolish;
5) nazorat yuklarini, shu jumladan banklarning regulator va davlat organlari bilan axborot almashinuvini takomillashtirish hamda hisobotlarni shakllantirish jarayonlarini soddalashtirish va avtomatlashtirish orqali ularni taqdim etish bilan bogʻliq boʻlgan yuklarni kamaytirish.
Yirik banklarni xususiylashtirishda asosiy yondashuv ikki bosqichni, shu jumladan 2020-2021-yillarda institutsional oʻzgarishlarni va undan keyingi davrda davlat ulushini strategik investorlarga toʻliq sotishni nazarda tutadi.
Birinchi bosqich davomida banklarni institutsional oʻzgartirish xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikni hamda banklarning moliyaviy holatini chuqur tahlil qilish, mavjud muammolarni aniqlash va tegishli transformatsiya strategiyasini ishlab chiqish uchun xalqaro konsalting kompaniyalarini jalb qilishni nazarda tutadi.
Xalqaro moliya institutlari bilan keng qamrovli hamkorlik korporativ boshqaruv, biznes-strategiya va operatsiyalarga zamonaviy yechimlarni joriy etishga asoslanadi. Bundan tashqari, ularning ishtiroki potensial strategik investorlar uchun ijobiy belgi hisoblanadi.
Davlat ulushiga ega boʻlgan banklarni korporativ transformatsiya qilish jarayoni toʻrtta ustuvor yoʻnalish boʻyicha amalga oshiriladi:
1. Korporativ boshqaruvni takomillashtirish:
bank kuzatuv kengashlariga bank sohasida xalqaro tajribaga ega boʻlgan mustaqil aʼzolarni kiritgan holda, ularning tarkibini yangilash, tijorat banklari boshqaruv organlari oʻrtasida vakolat va majburiyatlarni aniq taqsimlash;
samarali nazorat uchun kuzatuv kengashlari huzurida maxsus qoʻmitalarni tashkil etish;
zamonaviy xalqaro tajriba asosida bank boshqaruvining tashkiliy tuzilmasini qayta koʻrib chiqish, ijro organlari faoliyati sifatini baholash uchun “samaradorlikning eng muhim koʻrsatkichlari”ni belgilash amaliyotini joriy qilish;
moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlariga oʻtish, minoritar aksiyadorlar, mijozlar va boshqa manfaatdor tomonlarga maʼlumotlarning yetarli darajada oshkor etilishini taʼminlash;
2. Bank xizmatlari sifatini oshirish va koʻlamini kengaytirish:
biznes jarayonlarni maqbullashtirish va boshqaruv sifatining xalqaro standartlarini joriy qilish;
tavakkalchiliklarni boshqarish tizimini takomillashtirish orqali kreditlar ajratish jarayonlarini soddalashtirish;
mijozlarga keng koʻlamli xizmatlarni (moliyaviy maslahat, investitsion banking, faktoring, loyihaviy moliyalashtirish, lizing va boshqalar) taklif etish;
3. Zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy qilish:
masofaviy bank xizmatlari, shu jumladan kontaktsiz toʻlovlar soni va qamrovini kengaytirish;
avtomatlashtirilgan skoring tizimi, raqamli identifikatsiyalash va kredit konveyeridan keng foydalanish;
bank maʼlumotlari va tizimlarining axborot xavfsizligini kuchaytirish;
bank sohasidagi yangi konsepsiya va texnologiyalarni joriy qilish (fintex, marketpleys, raqamli bank);
4. Kadrlar salohiyatini oshirish:
kadrlarni boshqarishning korporativ strategiyasini takomillashtirish;
bank kadrlarini uzluksiz oʻqitish tizimini joriy qilish;
har bir xodimning faoliyati natijalarini baholash asosida mehnatga haq toʻlashning zamonaviy tizimlariga oʻtish (KPI, bonus).
Bank tizimidagi kadrlar salohiyatini oshirishda Bank-moliya akademiyasi faoliyatini yangicha tashkil etishga alohida eʼtibor qaratiladi. Bunda, yetakchi xorijiy banklar va konsultantlar bilan hamkorlik qilish asosida uzluksiz taʼlim tizimini tashkil etish, nazariya va amaliyot oʻrtasidagi uzviy aloqani taʼminlash nazarda tutiladi.
Ikkinchi bosqich — davlat ulushini xususiylashtirish banklarning transformatsiyasi muvaffaqiyatli yakunlanganidan soʻng amalga oshiriladi va zarur tajriba, bilim va obroʻga ega boʻlgan strategik investorlarga bank aksiyalarini sotishni nazarda tutadi.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, mazkur Strategiya doirasida quyidagi banklarni transformatsiya qilish va xususiylashtirish koʻzda tutilmoqda:
1) “Ipoteka-bank” ATIB va “Oʻzsanoatqurilishbank” ATBni Xalqaro moliya korporatsiyasining koʻmagida;
2) “Aloqabank” ATBni Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki hamda Osiyo taraqqiyot bankining koʻmagida;
3) “Asaka” ATBni Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining koʻmagida;
4) “Qishloq qurilish bank” ATB va “Turon bank” ATBni xalqaro moliya institutlari va konsalting tashkilotlarini jalb qilish orqali ularni qoʻshib yuborish masalasini koʻrib chiqqan holda.
Mazkur Strategiyani amalga oshirish doirasida AT “Xalq banki” va “Asia Alliance Bank” ATBdagi davlat aksiyalari paketini xorijiy strategik investorlarga sotish koʻzda tutilgan.
Bundan tashqari, AT Xalq bankini xususiylashtirishga tayyorlash jarayonida jamgʻarib boriladigan pensiya tizimini bankdan ajratib olish koʻzda tutilmoqda.
Bank tizimini isloh qilish davrida barcha aholi qatlamlarining moliyaviy xizmatlarga boʻlgan talabini qondirish, bank xizmatlarining hududiy qamrovini taʼminlash maqsadida davlat ishtiroki ustuvor ravishda uchta bankda — “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJ (keyingi oʻrinlarda – Oʻzmilliybank), “Agrobank” ATB va “Mikrokreditbank” ATBda saqlab qolinadi.
Oʻzmilliybank faoliyati ustuvor ravishda strategik korxonalar va investitsiya loyihalariga bozor shartlarida bank xizmatlarini koʻrsatish, shuningdek, keng qamrovli bank mahsulotlarini taqdim etishga qaratilgan tizimli ahamiyatga molik bank sifatida belgilanadi.
Bundan tashqari Oʻzmilliybank xalqaro tajribani inobatga olgan holda, investitsiya loyihalarini ishlab chiqish, koʻrib chiqish, moliyalashtirish va amalga oshirishni qoʻllab-quvvatlashning yagona mexanizmini (“loyihalar fabrikasi”) joriy etish bilan shugʻullanadi.
“Agrobank” ATB va “Mikrokreditbank” ATBning hududlardagi tarmogʻi afzalligini inobatga olgan holda, ularning faoliyati kichik va oʻrta biznesni, qishloq xoʻjaligidagi ishlab chiqaruvchilarni davlat tomonidan kredit orqali qoʻllab-quvvatlashga, hududlarda, shu jumladan moliyaviy xizmatlar koʻrsatish qiyin boʻlgan olis tumanlarda jismoniy shaxslarga xizmat koʻrsatish va kichik tadbirkorlik subyektlarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlashga yoʻnaltiriladi.
Bunda, mazkur banklarda quyidagilarni amalga oshirish nazarda tutilmoqda:
professional kuzatuv kengashlarini shakllantirish, ularga malakali mutaxassislarni jalb qilish;
operatsiyalar va biznes natijalarning samaradorligini kompleks monitoringi tizimini joriy qilish;
tashqi auditorlar va davlat nazorat organlari bilan oʻzaro tizimli hamkorlikni taʼminlash.
Davlat ulushi mavjud boʻlgan ayrim banklarning faoliyatini diagnostika qilish va moliyaviy ahvolini baholash asosida, meʼyoriy talablaridan hamda iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligidan kelib chiqqan holda qonun hujjatlariga muvofiq ularni qayta tashkil etish masalasi koʻrib chiqiladi.
4. Moliyaviy xizmatlarning ommabopligi va sifatini oshirish
Moliyaviy xizmatlarning ommabopligini oshirish aholi va tadbirkorlik subyektlari, shu jumladan, yetarli darajada xizmat koʻrsatilmayotgan segmentlar (kam daromadli jismoniy shaxslar, qishloq aholisi, mikrofirma va kichik korxonalar) uchun bankning bazaviy xizmatlaridan (depozit, kredit va toʻlov xizmatlari) foydalanish imkoniyatini kengaytirishni nazarda tutadi.
Moliyaviy xizmatlar ommabopligini oshirish maqsadida quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish nazarda tutilmoqda:
1) Jahon banki koʻmagi bilan moliyaviy ommaboplikni oshirishning aniq va muvofiqlashtirilgan yoʻnalishlarini belgilovchi Moliyaviy ommaboplikni oshirishning milliy strategiyasini ishlab chiqish va uni amalga oshirish;
2) subsidiyalanadigan kredit dasturlarini yetarlicha xizmat koʻrsatilmayotgan va zaif qatlamlarga yoʻnaltirish hamda subsidiyalarni vaqt boʻyicha cheklash maqsadida davlatning ishtirokini yetarli darajada xizmat koʻrsatilmayotgan segmentlarda jamlash;
Oldingi tahrirga qarang.
3) mavjud boʻshliqlarni toʻldirish maqsadida yaxlit va iqtisodiy samarador moliyaviy vositachilik va mahsulotlar tizimini, jumladan ushbu qatlamlar uchun maqsadli yechimlarni ishlab chiqish imkoniyatiga ega mikromoliya tashkilotlari, lizing, faktoring va moliyaviy texnologik (fintex) kompaniyalar, elektron pul operatorlari, ixtisoslashtirilgan kredit-vositachilarini rivojlantirish.
(III boʻlim 4-kichik boʻlimning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-apreldagi PF-62-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2023-y., 06/23/62/0232-son)
Banklarning hududlardagi ishtiroki bazaviy bank xizmatlari toʻplamini koʻrsatuvchi va koʻp sonli boshqaruv xodimlarini talab qilmaydigan ixcham “bank xizmatlari ofislari” tarmogʻini barcha hududlarda kengaytirgan holda mavjud filiallar tarmogʻini maqbullashtirish, shuningdek, “mobil banking” xizmatlarini keng joriy qilish hisobiga taʼminlanadi.
Moliyaviy xizmatlar ommabopligini oshirish uchun quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish nazarda tutilmoqda:
ayrim banklar kapitalida davlat ulushi mavjudligidan qatʼi nazar banklar faoliyatini amalga oshirish uchun teng sharoitlar yaratish orqali bank sektorida raqobat muhitini taʼminlash;
banklarning yangi, shu jumladan “raqamli banking” tamoyillariga asoslangan biznes-modellarini joriy qilish;
bank xizmatlari koʻrsatishning xalqaro sifat standartlarini qoʻllash;
banklarning operatsion va kapital xarajatlarini optimallashtirish;
birinchi navbatda, yuridik va jismoniy shaxslarning milliy valyutadagi depozitlarini yanada oshirish, shuningdek, banklarning xalqaro kapital bozorlariga chiqishi hisobiga bank tizimiga qoʻshimcha resurslarni jalb qilish;
kichik va oʻrta biznes subyektlariga koʻrsatilayotgan xizmatlarning koʻlami va sifatini, shu jumladan tadbirkorlik subyektlariga axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda xizmat koʻrsatish orqali oshirish;
ipoteka bozorida aholining oshib borayotgan ehtiyojlarini qanoatlantiruvchi tegishli bank va nobank mahsulotlar turini kengaytirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish orqali shahar va qishloq joylarida ipotekani kreditlashni rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar qabul qilish.
IV. Xalqaro reytinglarda Oʻzbekiston bank tizimining mavqeyini oshirish
Iqtisodiy faoliyatning asosiy oʻrinlaridan birini egallar ekan, bank tizimining rivojlanish va samaradorlik darajasi koʻrsatkichlari, qoida tariqasida, turli xalqaro reytinglarga kiritiladi va ularning asosiylaridan biri Jahon bankining “Biznes yuritish” reytingi hisoblanadi.
Kreditlar ommabopligini va mazkur reytingda Oʻzbekistonning mavqeyini oshirish maqsadida 2019-2020-yillarda 4 ta qonun va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2 ta qarori qabul qilindi. Ularga muvofiq:
kreditorlarning huquqiy himoyasini kuchaytirish uchun garov mulkiga qoʻyilgan talablar xalqaro amaliyotga muvofiqlashtirildi;
garov reyestriga yozuv kiritilgan sana undiruv navbatini va kreditorning boshqa kreditorlar va uchinchi shaxslarga nisbatan ustuvor huquqini aniqlash uchun asos hisoblanadi;
undiruvni mol-mulkka (mulkiy huquqqa) qaratishning yagona tartibi belgilandi;
garovni belgilash va undiruvni unga qaratish tartib-taomillari soddalashtirildi;
Oldingi tahrirga qarang.
qarzdor va kreditorga toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqishning har qanday bosqichida kelishuv bitimi tuzish huquqi berildi;
(IV boʻlimning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyuldagi PF-109-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.07.2023-y., 06/23/109/0469-son)
bir turdagi kreditorlar tushunchasi kiritildi.
Qayd etilgan choralar milliy qonunchilikni xalqaro amaliyotga muvofiqlashtirishga, ularni qoʻllash amaliyotini takomillashtirish esa mamlakat reytingini oshirishga xizmat qiladi.
Shu bilan birga, Jahon banki reytingida mazkur Strategiyaning maqsadli koʻrsatkichlariga erishish uchun quyidagilar koʻzda tutilmoqda:
1. Kredit axboroti manbalarini kengaytirish va koʻchmas mulk obyekti toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni kredit reyestrida aks ettirishning yangi mexanizm va vositalarini joriy etish.
2. Qonun hujjatlariga qarz oluvchining qarzini majburiy undirish jarayonida kreditorlarning garov bilan taʼminlangan huquqlarini himoya qilishni takomillashtirishni nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritish.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Personallashtirish agentligi, Soliq qoʻmitasi, Kadastr agentligi, Majburiy ijro byurosi, Adliya vazirligi, shuningdek, kommunal xizmatlar tashkilotlari, sugʻurta kompaniyalari va boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlarning maʼlumotlar bazasi bilan integratsiyalashgan holda qarz oluvchilarning skoring tizimini yanada takomillashtirish.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-80-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2024-y., 06/24/80/0364-son)
V. Nobank moliya institutlarini rivojlantirish
1. Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi
Bank sektorining tijoratlashuvini oshirish, unga xususiy kapitalni jalb qilish va mazkur sektorni bosqichma-bosqich xususiylashtirish boʻyicha vazifalarni amalga oshirish asnosida Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) faoliyatini takomillashtirish masalasi dolzarb ahamiyat kasb etadi.
Hozirgi vaqtda Jamgʻarmaning faoliyati foiz stavkalarini qoplash va kreditlar boʻyicha kafilliklar berish orqali moliyaviy qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan.
Bank sektorini isloh qilish Jamgʻarma faoliyatini takomillashtirish zaruriyatini kuchaytiradi. Xususan, qarz oluvchining garovga qoʻyilgan mol-mulki bilan bir qatorda kafolatlar boʻyicha undirishni koʻzda tutuvchi mahsulotlarni joriy etish boʻyicha ishlar olib boriladi. Bundan tashqari, Jamgʻarma faoliyatining barqarorligini oshirish, shuningdek, kafilliklar boʻyicha tabaqalashtirilgan komissiyalarga bosqichma-bosqich oʻtish uchun moliyaviy model ishlab chiqiladi.
Jamgʻarmaning korporativ boshqaruvi uning kuzatuv kengashida mustaqil aʼzolar, shu jumladan xususiy sektor va/yoki ilmiy doira mutaxassislarining ishtiroki hisobiga kuchaytiriladi.
Jamgʻarmaning moliyaviy hisobotlari auditorlik tekshiruvidan oʻtadi, shaffoflik va hisobdorlikni oshirish maqsadida budjet ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotlar eʼlon qilinadi.
Tavakkalchiliklarni monitoring qilish va boshqarish sohasida Jamgʻarmaning salohiyati kuchaytiriladi, shuningdek, banklar tomonidan kredit ajratish jarayonining maqbulligi va toʻgʻriligini baholash metodologiyasi ishlab chiqiladi.
Jamgʻarmaning tavakkalchiliklarni boshqarish tizimi takomillashtirilishi bilan portfelni kafolatlash va unda kutilayotgan yoʻqotishlar asosida turli vositachilik toʻlovlarini undirish mahsulotlari joriy etiladi.
Jamgʻarma operatsiyalari hajmining yanada kengayishi va bank sektori barqarorligi uchun uning tizimli ahamiyati ortishini hisobga olgan holda, uning faoliyatini samarali prudensial nazorat qilish mexanizmi ishlab chiqiladi.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi
Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — OʻTTJ) respublika moliya tizimida muhim oʻrin egallaydi. 2019-yilda investitsiya loyihalari va dasturlari doirasida OʻTTJga banklar tomonidan qayta moliyalashtiriladigan kreditlarni toʻgʻridan-toʻgʻri berish bilan, bank tizimi orqali uning resurslarini ajratishni cheklash choralari koʻrildi.
Shu munosabat bilan, zarur hollarda, xalqaro moliya institutlari ekspertlari va xorijiy konsultantlarni jalb etgan holda OʻTTJ faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida uni yanada isloh qilish boʻyicha chora-tadbirlar davom ettiriladi.
3. Nobank kredit tashkilotlari
Moliyaviy ommaboplikni oshirish bank sektorini isloh qilish boʻyicha rejalarni muvaffaqiyatli amalga oshirishni taʼminlovchi omil ekanligini hisobga olib, mazkur Strategiya nobank kredit tashkilotlarini (NKT) rivojlantirish boʻyicha tashabbuslarni shakllantirishni ham koʻzda tutadi.
Banklarning ustun mavqeyiga qaramay, ular aholining muayyan qatlamlarini qamrab olmaydi, xususiylashtirish jarayonida va xususiylashtirishdan keyin esa ularning faoliyati yuqori daromadli yirik korxonalar va jismoniy shaxslarga yanada koʻproq qaratilishi mumkin. Bu esa NKT faoliyatini kichik biznes va kam daromadli aholiga xizmat koʻrsatishga qaratgan holda, ularni rivojlantirish zarurligini taqozo etadi.
Shu munosabat bilan, moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishda NKTning rolini oshirish uchun oʻrta muddatli istiqbolda Markaziy bank va boshqa vakolatli organlarning saʼy-harakatlari quyidagilarni nazarda tutadi:
NKTning barqaror rivojlanishini ragʻbatlantirish uchun litsenziyalash tartib-taomillarini soddalashtirish, tavakkalchilik sohalarini mutanosib ravishda tartibga solish va tegishli infratuzilmadan foydalanish imkoniyatini taʼminlash orqali teng sharoitlarni yaratish yoʻli bilan tomonlarning ishtirok etish imkoniyatini yengillashtirishga qaratilgan qulay normativ-huquqiy bazani taʼminlash;
nobank moliya xizmatlariga oid mahsulot takliflari, shakl va turlarini, shu jumladan moliya texnologiyalari sohasida yangi yechimlarni kengaytirish;
tavakkalchilikka yoʻnaltirilgan nazoratni qoʻllash, buxgalteriya hisobi qoidalari va talablariga rioya etilishi nuqtai nazaridan lozim darajada tartibga solish, shuningdek, kredit byurolari bilan oʻzaro hamkorlikni taʼminlash hisobiga prudensial tartibga solishning sifati va qulayligini oshirish;
moliyaviy xizmatlar isteʼmolchilarining huquqlariga rioya etilishi, shu jumladan “masʼuliyatli kreditlash”, xizmatlar qiymati toʻgʻrisida maʼlumotlarning lozim darajada oshkor etilishi, isteʼmolchilar shikoyatlarini koʻrib chiqish mexanizmlarining tartibga solinishi nuqtai nazaridan NKTni tartibga solish;
Oldingi tahrirga qarang.
NKTning toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-tamoillarini kreditorlarning yoʻqotishlarini kamaytirish maqsadida tartibga solish.
(3-kichik boʻlimning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyuldagi PF-109-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.07.2023-y., 06/23/109/0469-son)
VI. Markaziy bank va prudensial nazoratning roli
Kreditlashning yuqori oʻsish surʼatlari saqlanib qolayotgan sharoitda, shuningdek, bank tizimini isloh qilish va xususiylashtirishga tayyorlashda Markaziy bankning bank tizimi regulatori sifatidagi rolini oshirish orqali lozim darajadagi prudensial nazoratning boʻlishi moliya tizimi barqarorligini taʼminlashning muhim sharti hisoblanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan Jahon banki bilan birgalikda banklar faoliyatini prudensial nazorat qilish mexanizmlari va tartib-taomillarining Bazel qoʻmitasi “Banklarni samarali nazorat qilishning asosiy tamoyillari”ga muvofiqligi baholandi.
Baholash natijalaridan kelib chiqib, Markaziy bank tomonidan banklarni tartibga solish va nazorat qilishni takomillashtirish boʻyicha quyidagilarni nazarda tutuvchi chora-tadbirlarni amalga oshiriladi:
davlat ustunlik qilayotgan bank sektoridan xususiy investorlarning roli sezilarli boʻlgan sektorga bir tekis oʻtishni taʼminlash, shuningdek, banklarga nisbatan xalqaro eʼtirof etilgan minimal standartlar va talablarni belgilash uchun normativ va nazorat bazasini qayta koʻrib chiqish, uni Oʻzbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi va “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq nazorat siklining butun spektri boʻyicha isloh qilish;
sektorning barqarorligi va yaxlitligini saqlab qolish uchun aniq, uzoq muddatli, real strategik tashabbuslar va hayotiy biznes rejalarga ega boʻlgan barqaror ishtirokchilarning bozorga kirishini taʼminlash maqsadida banklarni litsenziyalash qoidalarini qayta koʻrib chiqish;
normativ-huquqiy hujjatlarni Bank nazorati boʻyicha Bazel qoʻmitasining tavsiyalarini hisobga olgan holda ishlab chiqish va tasdiqlash;
tizimli ahamiyatga molik banklar uchun kapital buferlarini joriy qilish orqali kredit portfelining haddan ziyod oʻsib ketishini jilovlash;
banklarning shaffofligiga va banklar tomonidan muntazam ravishda chop etiladigan axborotlarga qoʻyilgan talablarni ishlab chiqish;
nazorat faoliyatiga jalb etilgan xodimlarning salohiyatini doimiy va tizimli ravishda oshirish;
muammolarni barvaqt, xatarlar amalda roʻy berishidan oldin bartaraf etish maqsadida, jumladan banklarning oʻzi tomonidan oldini oluvchi choralar koʻrilishini nazarda tutuvchi tezkor tuzatish harakatlarini (barvaqt javob qaytarish choralari) qoʻllash mexanizmini ishlab chiqish;
nazorat jarayonida va maʼlumotlar almashinuvini amalga oshirishda, shuningdek, hisobotlarni shakllantirishda axborot texnologiyalarining rolini kengaytirish,
banklarning asosiy faoliyat turiga xos boʻlmagan funksiyalarini hamda ularning bank faoliyati hisoblanmaydigan faoliyat bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxslarning ustav fondlari (ustav kapitali)da ishtirokini bosqichma-bosqich qisqartirish;
konsolidatsiyalashgan nazoratning normativ bazasini ishlab chiqish (shu jumladan bank guruhlarini aniqlash, guruhlarni identifikatsiyalash, konsolidatsiyalashgan hisobot, konsolidatsiyalashgan asosda prudensial koeffitsiyentlar);
kapitalning yetarliligi va likvidlik koʻrsatkichi talablariga qatʼiy rioya etilishini, shu jumladan mavjud talablarni qayta koʻrib chiqish va ularni Bank nazorati boʻyicha Bazel qoʻmitasining standartlariga muvofiqlashtirish orqali taʼminlash;
korporativ boshqaruv, ichki nazorat va tavakkalchiliklarni boshqarish toʻgʻrisidagi nizomlarni banklar uchun korporativ boshqaruvning umumeʼtirof etilgan tamoyillari va boshqa ilgʻor tajribalarga muvofiqlashtirish maqsadida qayta koʻrib chiqish;
banklarda stress-testlarning ishonchli tizimiga qoʻyiladigan batafsil talablarni ishlab chiqish, uning natijalarini banklar kapitalining yetarlilik koʻrsatkichlarini va likvidliligini rejalashtirishda qoʻllash;
samarali nazorat olib borish uchun hisobotlarga oid keraksiz va eskirgan talablarni kamaytirish hamda hisobotlarni shakllantirish jarayonini avtomatlashtirish orqali hisobot tizimini takomillashtirish;
eng yuqori tavakkalchilikka ega — yirik, tizimli ahamiyatga molik banklar, yuqori yoki yomonlashayotgan tavakkalchilik-profiliga ega va/yoki biznes faoliyati jarayonida tavakkalchiliklarni boshqarish sifati past boʻlgan va yuqori darajadagi ichki tavakkalchiliklarga ega banklarga nisbatan nazoratga oid resurslarni ajratishni nazarda tutuvchi tavakkalchiliklarni boshqarishga asoslangan nazoratga (tavakkalchilikka yoʻnaltirilgan nazorat) oʻtish;
bank faoliyati uzluksizligi va moliyaviy barqarorlik kabi jamiyat manfaatlari himoyasini taʼminlash maqsadida banklarni tartibga solish va sanatsiyalash hamda omonatlarni sugʻurtalashga oid tegishli tizimni joriy qilish;
xalqaro amaliyotga muvofiq turli tavakkalchiliklarni (konsentratsiya va likvidlik xavfi, kredit, operatsion, valyuta tavakkalchiligi va boshqalar) boshqarish boʻyicha qoʻllanmalarni ishlab chiqish.
VII. Moliya vazirligining roli va asosiy vazifalari
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga tijorat banklarida davlat ulushi boʻyicha aksiyador vazifasini yuklagan holda davlat ulushi boʻlgan tijorat banklarini transformatsiya qilish va ularga zamonaviy boshqaruv usullarini joriy etish hamda quyidagi vazifalarni bajarish boʻyicha masʼuliyat yuklatilgan:
tijorat banklarining rivojlanish strategiyasida belgilangan maqsadli vazifalar va moʻljallarning bajarilishini baholash va nazorat qilish, shu jumladan hukumat qarorlariga muvofiq banklarni kapitallashtirishga yoʻnaltirilgan mablagʻlardan foydalanish samaradorligini baholash;
tijorat banklarining kuzatuv kengashlarini kuchaytirish uchun xalqaro konsultantlarni maslahatchi sifatida jalb qilish, shuningdek, tijorat banklarining xalqaro moliya institutlari va konsalting kompaniyalari bilan islohotlarni amalga oshirish va xususiylashtirishga tayyorgarlik doirasidagi oʻzaro hamkorligini muvofiqlashtirish;
moliyaviy samaradorlikka, investitsiya va kredit portfeli sifatiga, shuningdek, depozitlarni jalb qilish sohasidagi faolligiga toʻgʻridan-toʻgʻri bogʻliq boʻlgan ijro etuvchi (boshqaruv) organlarining samaradorligi mezonlarni ishlab chiqish va oʻrnatish.
Moliya vazirligi davlat ulushiga ega boʻlgan banklarni transformatsiya qilish yuzasidan oʻziga taqdim etilgan vakolatlar doirasida quyidagilarni taʼminlaydi:
mazkur Strategiyaning maqsad va vazifalariga muvofiq davlat ulushiga ega boʻlgan banklarni oʻz vaqtida va sifatli transformatsiya qilish hamda ularni xususiylashtirish boʻyicha chora-tadbirlarni izchil amalga oshirish;
banklar ijro etuvchi (boshqaruv) organlari va kuzatuv kengashlari tarkibini, shu jumladan mustaqil aʼzolar bilan kuchaytirish, korporativ boshqaruv standartlariga qoʻyiladigan talablarni oshirish, moliyaviy samaradorlik va tavakkalchiliklarni boshqarish sifati mezonlarini belgilash;
banklarni isloh qilish va xususiylashtirishga qadar tayyorlash jarayonlariga jalb qilish uchun xalqaro moliya institutlari va konsalting kompaniyalari bilan oʻzaro hamkorlik qilish.
Quyidagilar Strategiyani amalga oshirish doirasida Moliya vazirligi tomonidan bajarilishi lozim boʻlgan vazifalar hisoblanadi:
tegishli banklar tomonidan mazkur Strategiya qoidalariga muvofiq ravishda hamda xalqaro moliya institutlari va konsalting kompaniyalari bilan oʻzaro hamkorlikda transformatsiya rejalarini ishlab chiqilishini muvofiqlashtirib borish;
Jamgʻarib boriladigan pensiya tizimi mablagʻlarini samarali boshqarish va foydalanishni taʼminlash;
banklarning transformatsiya jarayonini hamda bazaviy tarmoqlar va davlat ishtirokidagi korxonalarda tarkibiy oʻzgartirishlar kiritishni uzviy amalga oshirish va muvofiqlashtirish choralarini koʻrish.
VIII. Strategiyaning maqsadli koʻrsatkichlari va uni roʻyobga chiqarish ustidan monitoring
Bank sektorini isloh qilish boʻyicha belgilangan maqsadlarga oʻz vaqtida erishilishini va qilingan saʼy-harakatlar muvaffaqiyatini baholash maqsadida mazkur Strategiya quyidagi maqsadli koʻrsatkichlarni oʻz ichiga oladi:
1) bank tizimi aktivlarining jami hajmida davlat ulushi boʻlmagan banklar aktivlari hissasini joriy 15 foizdan 2025-yilga kelib 60 foizgacha oshirish;
2) banklar majburiyatlarining umumiy hajmida xususiy sektor oldidagi majburiyatlar hissasini joriy 28 foizdan 2025-yil yakuniga 70 foizgacha oshirish;
3) 2025-yilga kelib davlat ulushi mavjud kamida uchta bank kapitaliga zarur tajriba, bilim va obroʻga ega boʻlgan kamida uchta strategik xorijiy investorlarni jalb qilish;
4) umumiy kreditlash hajmida nobank kredit tashkilotlari hissasini joriy 0,35 foizdan 2025-yilga kelib 4 foizgacha oshirish.
Strategiyaning amalga oshirilishi ustidan tizimli monitoring olib borish, umumiy muvofiqlashtirish, bank tizimini isloh qilishga toʻsqinlik qiluvchi muammoli masalalarni tezkor koʻrib chiqish va hal etish Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki tomonidan amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-maydagi PF-5992-son Farmoniga
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi bank tizimini isloh qilish boʻyicha 2020 — 2025-yillarga moʻljallangan
“YOʻL XARITASI”
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Chora-tadbirlar

Amalga oshirish mexanizmi

Amalga oshirish shakli

Ijro muddati

Ijro uchun masʼullar

I. Bank sektorini restrukturizatsiya qilish

1.

“Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJ faoliyatini transformatsiya qilish.

1. Bankning kuzatuv kengashi tarkibiga mustaqil aʼzolarni kiritish.

2. Kadrlar siyosati va eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlari (KPI) tizimini tasdiqlash.

3. Xalqaro auditorlik kompaniyalarini jalb qilgan holda mavjud holatni diagnostika qilish va aktivlar sifatini baholash (AQR).

4. Konsultantlarni jalb qilgan holda 2021 — 2023-yillarda bankni transformatsiya qilish dasturini tasdiqlash.

Aksiyadorlar umumiy yigʻilishi qarori

Kuzatuv kengashi qarori

Diagnostika yakunlari boʻyicha hisobot

Kuzatuv kengashi qarori

2020-yil avgust

2020-yil avgust

2020-yil dekabr

2020-yil dekabr

Oʻzmilliybank (Mirsoatov),

Moliya vazirligi (Nasritdinxodjayev)

2.

Oʻzmilliybankning investitsiya loyihalarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha tarkibiy tuzilmasi (“loyihalar fabrikasi”)ni tashkil etish.

1. Xorijiy konsultantlarni jalb qilgan holda “loyihalar fabrikasi” konsepsiyasi va biznes rejasini ishlab chiqish.

2. “Loyihalar fabrikasi” faoliyatini tashkil etish.

“Loyihalar fabrikasi” konsepsiyasi

Chora-tadbirlar kompleksi

2020-yil oktabr

2020-yil dekabr

Oʻzmilliybank (Mirsoatov)

3.

“Agrobank” ATB va “Mikrokreditbank” ATB faoliyatini transformatsiya qilish.

1. Xalqaro auditorlik kompaniyalarini jalb qilgan holda joriy holatni diagnostika qilish va aktivlar sifatini baholash (AQR).

2. Xalqaro konsalting kompaniyalari ishtirokida transformatsiya va bank xizmatlari ommabopligini oshirish dasturlarini ishlab chiqish.

3. Banklarni transformatsiya qilish dasturlarini amalga oshirishga koʻmaklashish maqsadida bank sohasida xalqaro tajribaga ega yuqori malakali ekspertlarni banklar boshqaruvi organlariga jalb qilish.

Diagnostika yakunlari boʻyicha hisobot

Kuzatuv kengashi qarori

Boshqaruv organlari qarori

2020-yil dekabr
 

2020-yil dekabr

2020-yil dekabr

“Agrobank” ATB (Mamatqulov),
“Mikrokreditbank” ATB (Butayev),

Moliya vazirligi (Nasritdinxodjayev)

4.

Shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya tizimi (SHJBPT) mablagʻlarini boshqarishni Moliya vazirligi tasarrufiga oʻtkazish.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini kiritish:

SHJBPT mablagʻlarini boshqarishni Moliya vazirligiga oʻtkazish;

SHJBPT mablagʻlarini yuqori likvidli va kam xatarli aktivlarga investitsiya qilish reglamentlarini joriy qilish.

Normativ-huquqiy hujjat

2020-yil sentabr

Moliya vazirligi (Nasritdinxodjayev),

AT Xalq banki (Salomov)

5.

“Poytaxt bank” AJ va “Oʻzagroeksportbank” ATBning davlat ulushini xususiylashtirish.

1. Banklar faoliyatini diagnostika qilish va moliyaviy holatini baholash

2. Tijorat banklaridagi aksiya paketlarini Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga oʻtkazish.

3. Davlat ulushini xususiylashtirish

Diagnostika natijalari boʻyicha xulosa

Aksiya paketlarini Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga oʻtkazish

Oldi-sotdi shartnomalari

2020-yil iyun


2021-yil oktabr



2021-2022-yillar

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (Ortikov),

OʻTTJ (Vafayev),

Toshkent shahar hokimligi (Artikxodjayev),

Moliya vazirligi (Nasritdinxodjayev)

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (Ortikov).

6.

Banklarni faoliyatiga xos boʻlmagan aktivlar va funksiyalardan bosqichma-bosqich ozod qilish.

1. Banklar tomonidan bajarilayotgan ularning faoliyatiga xos boʻlmagan funksiyalar (soliq agenti, XUJMSHga koʻmaklashish, qarzdorliklar hisobini yuritish va boshqalar)ni batafsil tahlil qilish.

2. Banklar faoliyatiga xos boʻlmagan funksiyalarni bosqichma-bosqich bekor qilish boʻyicha normativ hujjatni ishlab chiqish.

3. Davlat ishtirokida banklarning mol-mulklarini inventarizatsiya qilish va ular faoliyatiga xos boʻlmagan aktivlarni aniqlash hamda ularni sotish choralarini koʻrish.

Tahliliy materiallar

Normativ-huquqiy hujjat

Banklar kuzatuv kengashlari qarorlari

2020-yil iyul

2020-yil sentabr

qabul qilinishiga qarab

Markaziy bank (Zaxidov),
Moliya vazirligi (Nasritdinxodjayev),

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (Bekenov)

7.

Moliyaviy xizmatlar ommabopligini oshirish milliy strategiyasini ishlab chiqish.

1. Jahon banki bilan hamkorlikda loyihaoldi oʻrganishni oʻtkazish.

2. Moliyaviy xizmatlar ommabopliginioshirish milliy strategiyasi loyihasini mutaxassislar, ilmiy xodimlar va ekspertlar hamjamiyati bilan muhokama qilish.

3. Qayta ishlangan Strategiya loyihasini tasdiqlash uchun kiritish.

Jahon banki missiyasi hisoboti

Strategiya loyihasi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi

2020-yil iyun

2020-yil iyun — avgust

2020-yil sentabr

Markaziy bank (Zaxidov),
Moliya vazirligi (Nasritdinxodjayev)

8.

2025-yilga qadar banklar ustav kapitalining eng kam miqdorini 500 mlrd soʻmgacha bosqichma-bosqich oshirish.

“Oʻzbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuniga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni loyihasini banklar ustav kapitalining eng kam miqdorini oshirish reja-jadvalini belgilagan holda ishlab chiqish.

Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi

2022-yil oktabr

Markaziy bank (Nurmuratov)

II. Banklardagi davlat ulushini sotish va banklarning korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish

9.

“Ipoteka bank” ATIBni transformatsiya qilish va undagi davlat ulushini sotish.

1. Xalqaro moliya korporatsiyasi bilan kredit liniyalarini jalb qilish va bankni transformatsiya qilish shartlari boʻyicha kelishuvni imzolash.

2. Bankni uzoq muddatli rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash.

3. Kuzatuv kengashining mustaqil aʼzolar ishtirokidagi yangi tarkibini shakllantirish.

4. XMK ishtirokida tayyorgarlik ishlarini amalga oshirish, potensial investorlarni aniqlash.

5. Davlat ulushini xususiylashtirish.

Kredit shartnomasi

Aksiyadorlar umumiy yigʻilishi qarori

Aksiyadorlar umumiy yigʻilishi qarori

Chora-tadbirlar kompleksi

Oldi-sotdi shartnomasi

2020-yil may-iyun

2020-yil iyul-avgust
2020-yil iyun — avgust



2021-2022-yillar

2022-yil

“Ipoteka-bank” ATIB (Atabayev),
Moliya vazirligi (Nasritdinxodjayev),

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (Bekenov),

OʻTTJ (Vafayev)

10.

“Asaka” ATBni transformatsiya qilish va undagi davlat ulushini sotish.

1. Xalqaro auditorlik kompaniyasi tomonidan bankni baholashni (due diligence) amalga oshirish.

2. “Asaka” ATB va Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YETTB) oʻrtasida bankni kelgusida xususiylashtirishni qoʻllab-quvvatlashni nazarda tutuvchi institutsional transformatsiya qilish boʻyicha kelishuvni imzolash.

3. Bankni transformatsiya qilish dasturi (“yoʻl xaritasi”)ni ishlab chiqish.

4. Transformatsiya dasturini amalga oshirish va bankni xususiylashtirish rejasini tayyorlash.

5. Davlat ulushini xususiylashtirish.

Auditorlik kompaniyasi xulosasi

YETTB bilan kelishuv

Kuzatuv kengashi qarori

Chora-tadbirlar kompleksi

Oldi-sotdi shartnomasi

2020-yil iyun

2020-yil sentabr

2020-yil sentabr — dekabr

2021-2022-yillar

2025-yil

“Asaka” ATB (Saydullayev),
Moliya vazirligi (Nasritdinxodjayev), Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (Bekenov),

OʻTTJ (Vafayev)

11.

“Oʻzsanoatqurilishbank” ATBni transformatsiya qilish va undagi davlat ulushini sotish.

1. XMK va YETTB ishtirokida bankni transformatsiya qilish va xususiylashtirishdan oldingi tayyorgarlik boʻyicha “yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqish va tasdiqlash.

2. XMK va YETTB bilan hamkorlikda bankni transformatsiya qilish jarayonini amalga oshirish va bankni xususiylashtirishga tayyorlash.

3. Davlat ulushini xususiylashtirish.

Kuzatuv kengashi qarori

XMK va YETTB bilan kelishuv

Oldi-sotdi shartnomasi

2020-yil

noyabr

2020 — 2022-yillar

2022 — 2025-yillar

“Oʻzsanoatqurilishbank” ATB (Anaklichev),
Strategik islohotlar agentligi (Vafayev),
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (Bekenov),

OʻTTJ (Vafayev)

12.

“Aloqabank” ATBni transformatsiya qilish va undagi davlat ulushini sotish.

1. YETTB maslahat xizmati uchun xarajatlarni taqsimlash toʻgʻrisidagi kelishuv doirasida “Aloqabank” ATBning joriy holati, faoliyati, jarayonlar va tartib-taomillarni tahlil qilish.

2. YETTB va OTB bilan birgalikda bankni transformatsiya qilish va xususiylashtirishdan oldingi tayyorlash boʻyicha chora-tadbirlar rejasi (“yoʻl xaritasi”)ni ishlab chiqish.

3. “Yoʻl xaritasi”ga muvofiq “Aloqabank” ATBni transformatsiya qilish va xususiylashtirishdan oldingi tayyorlash boʻyicha chora-tadbirlar rejasini amalga oshirish.

4. Davlat ulushini xususiylashtirish.

Auditorlik kompaniyasi bilan shartnoma tuzish

Chora-tadbirlar rejasini tayyorlash (“yoʻl xaritasi”)

Chora-tadbirlar kompleksi

Oldi-sotdi shartnomasi

2020-yil may — avgust

2020-yil sentabr — dekabr

2021-2022-yillar davomida

2022-2025-yillar

“Aloqa bank” ATB (Irisbekova),
Moliya vazirligi (Nasritdinxodjayev),
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (Bekenov),

OʻTTJ (Vafayev)

15.

“Turonbank” ATBni transformatsiya qilish.

1. XMK ekspertlari tomonidan bankni diagnostika qilishni yakunlash.

2. Xalqaro konsultantlar bilan hamkorlikda bankni transformatsiya qilish dasturini ishlab chiqish.

Konsultantlar xulosasi

Kuzatuv kengashi qarori

2020-yil may

2020-yil sentabr

“Turonbank” ATB
(Mirzayev),
Moliya vazirligi (Nasritdinxodjayev),
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (Bekenov),

OʻTTJ (Vafayev)

16.

“Qishloq qurilish bank” ATBni transformatsiya qilish va undagi davlat ulushini sotish.

1. Xalqaro konsultantlar tomonidan bankni diagnostika qilishni yakunlash.

2. Xalqaro konsultantlar bilan hamkorlikda bankni transformatsiya qilish dasturini ishlab chiqish.

Konsultantlar xulosasi

Kuzatuv kengashi qarori

2020-yil may

2020-yil sentabr

“Qishloq qurilish bank” ATB (Muratov),
Moliya vazirligi (Nasritdinxodjayev)

17.

“Turonbank” ATB va “Qishloq qurilish bank” ATBni qoʻshib yuborish masalasini koʻrib chiqish.

1. Banklar faoliyatini diagnostika qilish va moliyaviy holatini baholash natijalarini koʻrib chiqish.

2. Bank faoliyatini qayta tashkil etish rejasini tasdiqlash.

Diagnostika natijalari xulosasi

Aksiyadorlar umumiy yigʻilishi qarorlari

2020-yil iyun

2020-yil sentabr

Moliya vazirligi (Nasritdinxodjayev),
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (Bekenov),

OʻTTJ (Vafayev)

18.

Davlat ulushi ishtirokidagi tijorat banklarining kuzatuv kengashlari tarkibiga mustaqil aʼzolarni jalb qilish.

1. Kuzatuv kengashlarining mustaqil aʼzolari, shu jumladan bank sohasida xalqaro tajribaga ega boʻlgan aʼzolarni tanlash mezonlari va ragʻbatlantirish mexanizmini ishlab chiqish.

2. Kuzatuv kengashlarini mustaqil aʼzolar bilan butlash.

Aksiyadorlar umumiy yigʻilishi qarorlari

Aksiyadorlar umumiy yigʻilishi qarorlari

2020-yil iyun

2020-yil dekabr

Moliya vazirligi (Nasritdinxodjayev)

III. Qonunchilik bazasini takomillashtirish

19.

Nobank kredit tashkilotlarini rivojlantirishning huquqiy bazasini yaratish.

1. Jahon banki bilan hamkorlikda “Nobank kredit tashkilotlari toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasi ishlab chiqish.

2. Qonun loyihasini mutaxassislar, ilmiy xodimlar va ekspertlar hamjamiyati bilan muhokama qilish.

3. Qayta ishlangan loyihani Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi

2020-yil iyul

2020-yil avgust

2020-yil sentabr

Markaziy bank (Zaxidov),

Adliya vazirligi (Davletov)

20.

Nobank moliyalashtirishning yangi biznes-modellarini joriy qilish.

Quyidagilar uchun huquqiy bazani yaratish:

yuqori texnologiyali moliyaviy xizmatlarni taqdim etuvchi kompaniyalar (“fin-tex” kompaniyalar) faoliyatini yoʻlga qoʻyish;

chakana kreditlash subyektlari faoliyatini yoʻlga qoʻyish;

Jismoniy shaxslarni toʻgʻridan-toʻgʻri kreditlash mexanizmlari, kraudfanding va boshqa muqobil instrumentlarni joriy qilish masalalarini oʻrganish.

Normativ-huquqiy hujjat

Yozma axborotnoma

2020-yil sentabr

2020-yil sentabr

Markaziy bank (Zaxidov)

21.

Banklarni sanatsiya qilish mexanizmini ishlab chiqish.

1. Jahon banki ekspertlarini jalb qilish hamda banklarni sanatsiya qilish mexanizmini tashkil etish boʻyicha xorijiy tajribani oʻrganish.

2. XMI ekspertlari bilan hamkorlikda “Banklarni sanatsiyalash toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasini ishlab chiqish.

3. Qonun loyihasini mutaxassislar, ilmiy xodimlar va ekspertlar hamjamiyati bilan muhokama qilish.

4. Loyihani Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Konsultantlar hisoboti

Qonun loyihasi

2021-yil aprel

2021-yil sentabr

tayyorlanishiga qarab

2022-yil

Markaziy bank (Zaxidov),
Moliya vazirligi (Nasritdinxodjayev),
Adliya vazirligi (Davletov)

22.

Qimmatli qogʻozlar bozoridagi bank operatsiyalari boʻyicha qonunchilikni soddalashtirish.

Amaldagi qonun hujjatlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritish:

qimmatli qogʻozlar bozorida banklarning operatsiyalarini faollashtirish;

tijorat banklari tomonidan korporativ obligatsiyalarni chiqarish va joylashtirish hamda boshqa instrumentlar uchun maʼmuriy toʻsiqlarni kamaytirish, bir vaqtning oʻzida nazoratni kuchaytirish;

banklarning qimmatli qogʻozlarini xalqaro kapital bozoriga chiqarish boʻyicha huquqiy bazani yaratish.

Normativ-huquqiy hujjat

2020-yil oktabr

Markaziy bank (Nurmuratov),
Moliya vazirligi (Nasritdinxodjayev)

IV. Moliyaviy sektorni yanada rivojlantirish sohasidagi davlat hamkorligi

23.

Davlat banklari uchun “Davlat korxonalarida korporativ boshqaruv boʻyicha IHTT standartlari”ni qabul qilish.

1. Davlat korxonalarini korporativ boshqarish boʻyicha IHTT standartlarini joriy etish yuzasidan xalqaro tajribani oʻrganish.

2. Davlat ishtirokidagi banklarga korporativ boshqaruv boʻyicha IHTT standartlarini joriy qilish, shu jumladan:

nomzodlarni koʻrsatishning shaffof jarayoni bilan professional kuzatuv kengashini tashkil etish mexanizmlari;

banklar faoliyatini nazorat qilish mexanizmlari;

banklarda maʼlumotlarni oshkor qilish siyosati;

tashqi auditorlar va davlat nazorat organlari bilan hamkorlik qilish;

Kuzatuv kengashlari aʼzolarini ragʻbatlantirish siyosatini ishlab chiqish, malakali mutaxassislarni jalb qilish va qoʻllab-quvvatlash.

Yozma axborotnoma

Normativ-huquqiy hujjat

2020-yil oktabr

Moliya vazirligi (Nasritdinxodjayev),

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (Bekenov)

24.

Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi (TFQDJ)ni kengaytirish va mustahkamlash.

1. TFQDJ faoliyatini kengaytirish va mustahkamlash rejasini ishlab chiqish uchun xalqaro ekspertlarni jalb qilish.

2. TFQDJ faoliyati samaradorligini quyidagilar orqali oshirish:

uning boshqaruv tuzilmasini kuchaytirish va operatsiyalari shaffofligini oshirish;

audit oʻtkazish, tavakkalchiliklarni boshqarish amaliyotini takomillashtirish;

moliyalashtirish modelini ishlab chiqish va hamkor banklarni tanlash uslubiyotini birxillashtirish;

axborot-kommunikatsiya tizimlarini joriy qilish;

garov bilan bir qatorda kafilliklar boʻyicha undiruv mexanizmlarini joriy qilish.

Konsultantlar hisoboti

Normativ-huquqiy hujjat

2020-yil sentabr

2020-yil noyabr

Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi (Qoʻchqorov),

Moliya vazirligi (Nasritdinxodjayev),

Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi

25.

Iqtisodiyotdagi dollarlashuv darajasini kamaytirish choralari.

Banklar aktivlari va passivlari tarkibida dollarlashuv darajasini kamaytirish boʻyicha ragʻbatlantiruvchi va regulyativ chora-tadbirlar qabul qilish, shu jumladan:

banklarning aktivlari va majburiyatlarida xorijiy valyutaning ulushini kamaytirish uchun makroiqtisodiy shart-sharoitlar yaratish;

xorijiy valyutada beriladigan kreditlar turlariga cheklovlar joriy qilish.

Chora-tadbirlar kompleksi

2020-yil noyabr

Markaziy bank (Zaxidov),
tijorat banklari

26.

Banklarning kredit portfeli oʻsishini optimallashtirish va kreditlarning konsentratsiyalashuvi tavakkalchiliklarini kamaytirish.

1.Banklar kredit portfeli oʻsish darajasini optimallashtirish uchun makroiqtisodiy va regulyativ choralarni moslashuvchan tarzda qoʻllash.

2.Bank tizimi yirik qarzdo??arinin? qarz yuklarini tartibga solish, shu jumladan haddan tashqari qarz yukiga ega boʻlgan eng yirik qarzdorlarga kreditlar berish boʻyicha cheklovlarni hamda qarz yukining ruxsat etilgan darajasini belgilash.

Chora-tadbirlar kompleksi

Normativ-huquqiy hujjat

2020-2021-yillar davomida

2020-yil dekabr

Markaziy bank (Zaxidov),
tijorat banklari

27.

Aholi omonatlarini himoyalash tizimini rivojlantirish.

Bank nazorati boʻyicha Bazel qoʻmitasi va Omonatlarni sugʻurtalovchilar xalqaro uyushmasi tomonidan tasdiqlangan “Omonatlarni himoyalashning samarali tizimlari uchun asosiy tamoyillar”ni amaliyotga joriy qilish masalasini koʻrib chiqish.

Yozma axborotnoma loyihasi

2021-yil fevral

Markaziy bank (Zaxidov),

Moliya vazirligi (Nasritdinxodjayev)

28.

Kredit byurolari faoliyatini takomillashtirish.

Kredit byur?lariga quyidagi maʼlumotlarni taqdim etish orqali koʻrsatiladigan xizmatlar hajmi va maʼlumotlar bazasini kengaytirish:

jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi hamda yuridik shaxslar tomonidan toʻlanadigan soliqlar;

uy-joy kommunal xizmatlarini toʻlashda qarzdorlikning mavjudligi;

sud qarorlari, korxonalarni tugatish va tashkil qilish hamda boshqalar.

Chora-tadbirlar kompleksi

2020-yil avgust

Markaziy bank (Zaxidov),
DBQ (Musayev),
Moliya vazirligi (Nasritdinxodjayev),

vazirlik va idoralar

29.

Banklarga nisbatan qoʻllaniladigan xalqaro tan olinganminimal standartlar va talablarni joriy qilish orqali meʼyoriy va nazorat bazalarini qayta koʻrib chiqish.

1. Bazel qoʻmitasining korporativ boshqaruv tamoyillarini Banklarda korporativ boshqaruv toʻgʻrisidagi nizomning yangi tahririga tatbiq qilish.

2. Banklarda stress-testlar oʻtkazish boʻyicha batafsil talablarni ishlab chiqish, shu jumladan stress-testlar natijalarini kapital va likvidlikni rejalashtirishda qoʻllash.

3. Banklarning kapital monandligini baholash boʻyicha ichki jarayonlari (ICAAP), stress-testlar va tavakkalchilik xususiyatlari asosida kapitalga nisbatan tabaqalashtirilgan talablar belgilash.

Markaziy bank boshqaruvi qarori

Markaziy bank boshqaruvi qarori

Markaziy bank boshqaruvi qarori

2020-yil

iyun

2021-yil

2022-yil

Markaziy bank (Zaxidov)

30.

Aniq va uzoq muddatli strategik tashabbusga ega boʻlgan barqaror ishtirokchilarning bozorga kirishini taʼminlash maqsadida banklarni litsenziyalash tartibini qayta koʻrib chiqish.

“Bank faoliyatiga ruxsat berish tartibi va shartlari toʻgʻrisida”gi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash.

Markaziy bank boshqaruvi qarori

2020-yil

iyun

Markaziy bank (Zaxidov)

31.

Bank nazorati boʻyicha Bazel qoʻmitasi tavsiyalarini inobatga olgan holda normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash.

1. Bazel III tavsiyalariga (kapital elementlari, tavakkalchiliklarni qoplash, hisoblash uslubi) muvofiq “Tijorat banklari kapitalining monandligiga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisida”gi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish.

2. “Tijorat banklarida aktivlar sifatini tasniflash va aktivlar boʻyicha ehtimoliy yoʻqotishlarni qoplash uchun zaxiralar shakllantirish hamda ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom”ni Bazel qoʻmitasi tavsiyalari va Moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlari (MHXS-9) talablariga muvofiqlashtirish maqsadida unga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish.

3. Konsolidatsiyalashgan nazorat uchun normativ-huquqiy bazani ishlab chiqish (bank guruhlarini, konsolidatsiyalashgan hisobotni, konsolidatsiyalashgan asosda prudensial normativlarni aniqlash).

Markaziy bank boshqaruvi qarori

Markaziy bank boshqaruvi qarori

 

Markaziy bank boshqaruvi qarori

2020-yil dekabr

2021-yil

 

2022-yil

Markaziy bank (Zaxidov)

32.

Davlat ishtirokidagi banklarning mijozga yoʻnaltirilganlik darajasini oshirish.

1. Aholining keng qatlami va tadbirkorlik subyektlariga moʻljallangan bank xizmatlari koʻlamini, shu jumladan kam xarajatli bank xizmatlari va mahsulotlarini standartlashtirish orqali kengaytirish.

2. Isteʼmolchini qanoatlantirish indeksi (CSI) hamda Isteʼmolchining sodiqligi indeksi (NPS) asosida bank xizmatlari sifatini baholash tizimini joriy qilish.

Chora-tadbirlar kompleksi
 

Markaziy bank boshqaruvi qarori

2020-yil iyun

2020-yil sentabr

Tijorat banklari

Markaziy bank (Zaxidov)

V. Bank faoliyatiga axborot texnologiyalarini joriy etish

33.

Tijorat banklarini AKT-auditidan oʻtkazish.

Tijorat banklarida ishlab turgan avtomatlashtirilgan bank tizimlarini baholash maqsadida AKT-auditini oʻtkazishga malakali kompaniyalarni jalb qilish.

Audit yakunlari boʻyicha xulosa

2020-yil iyul

Tijorat banklari,

Markaziy bank (Abdugafarov),
Moliya vazirligi (Nasritdinxodjayev)

34.

Bank xizmatlarining sifati va tezligini oshirish uchun yangi raqamli mahsulotlarni joriy qilish.

Xalqaro standartlar asosida sinalgan mahsulotlarni taklif qilayotgan yetakchi IT kompaniyalarni ichki bozorga jalb qilish.

Tijorat shartnomalari

2020-yil yakuniga qadar

Tijorat banklari

35.

Potensial tavakkalchiliklarni baholash sifatini oshirish va qarorlar qabul qilish jarayonini optimallashtirish maqsadida davlat ishtirokidagi banklarda kreditlash mexanizmlarini takomillashtirish.

Quyidagilar orqali kreditlar ajratish toʻgʻrisida qaror qabul qilishning samarali mexanizmini joriy etish:

yuqori malakali anderrayterlar guruhlarini tashkil qilish;

xizmat koʻrsatish jarayonlarini optimallashtirish va modulli (“bir xil”) kredit mahsulotlarini joriy qilish hamda ularning bank kredit portfelidagi ulushini oshirish orqali tez va kam xarajatli chakana bank xizmatlari turlarini kengaytirish;

banklarning skoring tizimlarini yanada takomillashtirish.

Tijorat banklari kuzatuv kengashlari qarorlari

2020-yil yakuniga qadar

Tijorat banklari,

Moliya vazirligi (Nasritdinxodjayev)

36.

Qarzdorlarni identifikatsiyalashning zamonaviy tizimlarini joriy etgan holda kreditlash jarayonlarini avtomatlashtirish.

Tijorat banklariga mijozlarni identifikatsiyalashni amalga oshirish uchun Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazining biometrik maʼlumotlar bazasidan foydalanish huquqini berish.

Chora-tadbirlar kompleksi

2020-yil dekabr

DPM (Turaxodjayev)

IIV (Bobojonov), Markaziy bank (Abdugafarov)

37.

Banklarning koʻrsatilayotgan xizmatlari sifatini yaxshilash, operatsion samaradorligini oshirish, shuningdek ularning real moliyaviy holatini baholash uchun ishonchli maʼlumotlarni shakllantirish maqsadida bisnes jarayonlarni avtomatlashtirish.

1. Banklarning axborot tizimlari samaradorligini, ularning mavjud talablarga muvofiqligini tekshirish va ularning zamonaviy mahsulotlarni joriy etish salohiyatini baholash uchun xalqaro konsalting kompaniyalarini jalb qilish.

2. Jalb qilingan xalqaro konsalting kompaniyalari bilan birgalikda banklarning axborot tizimlarini modernizatsiya qilish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqish.

3. Axborotlarni “Big Data” asosida yigʻish, qayta ishlash va tahlil qilish boʻyicha avtomatlashtirilgan tizimni joriy etish.

4. “RegTech” va “SupTech” texnologiyalarini tatbiq etish orqali maʼmuriy va operatsion jarayonlarni avtomatlashtirish va optimallashtirish.

Konsultant

hisoboti

“Yoʻl xaritasi” loyihasi

Markaziy bank boshqaruvi qarori

2020-yil iyun

2020-yil dekabr

2020-2021-yillar

2020-2021-yillar

Moliya vazirligi (Nasritdinxodjayev),

Markaziy bank (Zaxidov),

tijorat banklari

38.

Masofaviy bank xizmatlari koʻrsatish ulushini oshirish maqsadida banklarning operatsion faoliyatida axborot texnologiyalari keng qoʻllanilishini taʼminlash.

1. Xoʻjalik yurituvchi subyektlarining toʻlov xizmatlaridan tunu kun foydalana olishini taʼminlash maqsadida barcha tijorat banklarini 24/7 rejimida ishlovchi banklararo lahzali toʻlovlar tizimiga ulash.

2. Masofaviy bank toʻlovlari hajmini 90 foizgacha oshirish.

Chora-tadbirlar kompleksi

2020-yil may

2020 — 2022-yillar

Markaziy bank (Abdugafarov),

tijorat banklari

VI. Kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish

39.

Markaziy bank xodimlarining salohiyatini oshirish.

1. Har yili xorijiy oʻquv markazlarida (Shveysariya Milliy banki, Rossiya banki, Polsha banki, Koreya banki, Birlashgan Vena instituti va boshqalarning markazlari) Markaziy bankning kamida 150 nafar mutaxassislari malakasini oshirish.

2. Yetakchi universitetlar va oʻquv markazlarining (Kaliforniya universiteti, Yel universiteti, Moskva davlat xalqaro aloqalar instituti, Sberbank korporativ markazi) kamida 15 ta masofaviy oʻqitish shakli dasturlarini, shu jumladan onlayn kurslarini joriy etish.

3. Xorijiy mamlakatlarning (Gruziya, Ukraina, Shveysariya, Chexiya, Armaniston, Rossiya, Janubiy Koreya va boshqalar) markaziy banklarida kamida 30 nafar mutaxassislarning stajirovkasini tashkillashtirish.

4. Bank sektori mutaxassislarining malakasini oshirish maqsadida Markaziy bankning korporativ oʻquv markazida xorijiy ekspertlarni (XVJ, JB, YETTB, OTB, VISA va Mastercard kompaniyalari, auditorlik va konsalting kompaniyalari va boshqalarning ekspertlari) jalb qilgan holda kamida 10 ta (har oy bittadan) trening va seminarlar tashkil qilish.

Xodimlarni oʻqitish rejalarini ishlab chiqish


Xodimlarni oʻqitish rejalarini ishlab chiqish

Ikki tomonlama kelishuv

Korporativ oʻquv markazi oʻquv dasturi

Har yili

2020-yil davomida

2020-yil davomida

2020-yil iyun

Markaziy bank (Zaxidov)

40.

Tijorat banklari xodimlarining salohiyatini oshirish.

1. 2020-yilda tijorat banklari tomonidan banklar faoliyatining eng muhim yoʻnalishlari (loyihaviy moliyalashtirish, risk-menejment, axborot texnologiyalari va boshqalar) boʻyicha 10 ta (har oy bittadan) korporativ mahorat darslari (master-klass) va treninglar tashkil qilish.

2. 2020-yilda Markaziy bankning Korporativ oʻquv markazida xorijiy hamkorlar bilan hamkorlikda tijorat banklari mutaxassislari uchun korporativ boshqaruvning xalqaro tamoyillari, risk-menejment, MHXS va boshqa yoʻnalishlarda 6 ta oʻquv seminarlarini tashkil etish.

3. Muntazam ravishda tijorat banklarining kamida 3-4 nafar xodimini xorijiy va mahalliy OTMning “Biznesni boshqarish magistri” (MBA) dasturlarida oʻqitish.

Korporativ oʻquv markazi oʻquv dasturi
 

Kadrlarni tayyorlash korporativ dasturlari

Kadrlarni tayyorlash korporativ dasturlari

2020-yil davomida

2020-yil davomida

Har yili

Markaziy bank (Zaxidov),
tijorat banklari

41.

Bank-moliya akademiyasini (BMA) rivojlantirish.

1. Gazprombank, RF Sberbanki, MDU qoshidagi Strategik tadqiqotlar markazining oʻquv markazlari va boshqa sheriklar bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish.

2. Yillik kamida 200 nafar talaba kvotasiga ega boʻlgan “Biznesni boshqarish magistri” (MBA) dasturini joriy etish.

3. “Bank ishi” mutaxassisligi boʻyicha bakalavr talabalar oʻqitishni tashkillashtirish (bakalavrlar ulushini 2020-yildagi 5 foizdan
2024-yilga kelib 70 foizgacha bosqichma-bosqich oshirish).

4. Talab eng yuqori boʻlgan yoʻnalishlarda (risk-menejment, korporativ boshqaruv, loyihaviy tahlil va boshqalar) bank sohasi kadrlarining malakasini oshirish uchun 10 ta professional dasturlar ishlab chiqish.

Hamkorlik toʻgʻrisidagi kelishuvlar

Oʻquv dasturi

Oʻquv dasturi

Malaka oshirish kurslari

2020-yil may — dekabr

2022-yil

2020-yil sentabr

2020-yil dekabr

Oʻzmilliybank (Mirsoatov)

Izoh: tijorat banklarini xususiylashtirish muddatlariga transformatsiya chora-tadbirlari va jarayonlarini amalga oshirilishi natijalariga koʻra xalqaro moliya institutlari bilan kelishilgan holda tegishli oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi PF-70-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2025-y., 06/25/70/0375-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-maydagi PF-5992-son Farmoniga
3-ILOVA
2020 — 2025-yillarga moʻljallangan Oʻzbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasini amalga oshirish boʻyicha maqsadli koʻrsatkichlar

T/r

Koʻrsatkichlar nomlanishi

Joriy holati

Maqsad:

2021-yilga

2023-yilga

2025-yilga

1.

Xususiy (davlat ulushi ishtirok etmagan) banklar aktivlarining bank sektori aktivlari umumiy hajmidagi ulushi

15 foiz

17 20 foiz

35 — 40 foiz

60 foiz

2.

Banklarning xususiy sektor oldidagi majburiyatlarining majburiyatlar umumiy hajmidagi ulushi

28 foiz

30 40 foiz

60 foiz

70 foiz

3.

Yetarli tajriba, bilim va obroʻga ega boʻlgan strategik xorijiy investorlarni jalb qilish

-

-

3

3

4.

Depozitlarning banklar majburiyatlariga nisbati

41 foiz

41 45 foiz

45 50 foiz

50 60 foiz

5.

Nobank kredit tashkilotlari aktivlarining kredit tashkilotlari aktivlari umumiy hajmidagi ulushi

0,35 foiz

0,5 0,7 foiz

1 — 1,5 foiz

4 foiz

6.

Xorijiy valyutadagi majburiyatlarning majburiyatlar umumiy hajmidagi ulushi

58 foiz

50 — 55 foiz

45 50 foiz

40 45 foiz

7.

Bank aktivlarining YAIMga nisbati

53 foiz

53-54 foiz

54-55 foiz

55 foizdan koʻp

8.

Bank depozitlarining YAIMga nisbati

18 foiz

19 21 foiz

22 24 foiz

25 27 foiz

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.05.2020-y., 06/20/5992/0581-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.10.2021-y., 06/21/6325/0972-son; 30.12.2021-y., 06/21/42/1224-son, 18.03.2022-y., 06/22/89/0227-son; 10.06.2022-y., 06/22/152/0507-son; 27.04.2023-y., 06/23/62/0232-son; 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son; 13.07.2023-y., 06/23/109/0469-son; 25.05.2024-y., 06/24/80/0364-son; 28.12.2024-y., 06/24/227/1089-son; 22.04.2025-y., 06/25/70/0375-son)