|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 14.06.2023
|
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining markaziy apparati tuzilmasiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14-iyundagi PF-94-sonli “Ma’muriy islohotlar doirasida transport sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Mamlakatimiz transport tizimida olib borilayotgan islohotlar samaradorligini oshirish, sohada ilg‘or va raqamli texnologiyalarni joriy etish orqali raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining markaziy apparati tuzilmasiga O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining o‘rinbosari lavozimi kiritilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi mazkur qarordan kelib chiqadigan vazifalarni amalga oshirish yuzasidan zarur choralarni ko‘rsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2020-yil 6-may,
PQ-4705-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-maydagi PQ-4705-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-4143-son qaroriga kiritilayotgan o‘zgartirish
2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi markaziy apparati tuzilmasi
Boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni 152 nafar.
* Markaziy apparatning umumiy shtat birligiga kirmaydi”.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.05.2020-y., 07/20/4705/0547-son)