Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 01.01.2025
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Eksport faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-dekabrdagi PF-228-sonli “Eksportni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlarining Jahon savdo tashkiloti bitimlariga muvofiqlashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan 2025-yil 1-yanvardan o‘z kuchini yo‘qotadi.
So‘nggi yillarda tadbirkorlik subyektlarining eksport faoliyatini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirishga doimiy e’tibor qaratilmoqda.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzurida Eksportni rag‘batlantirish agentligi tashkil etilib, eksport hajmini oshirish uchun eksport qiluvchi korxonalarga moliyaviy ko‘mak berish mexanizmlari yaratildi.
Jahon bozorlarida raqobat keskinlashib borayotgan sharoit mahsulotlar eksporti hajmini oshirish orqali yangi bozorlarga kirib borish va an’anaviy bozorlarda o‘z o‘rnini mustahkamlash uchun eksport qiluvchilarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashni yanada kengaytirish zaruriyatini yuzaga keltirmoqda.
Eksport faoliyatini qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish, shuningdek 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 24-maydagi PQ-4337-son “Eksport faoliyatini moliyalashtirish va sug‘urta himoyasi mexanizmlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaroriga muvofiq joriy etilgan mahsulotlarni eksport qilishda, shuningdek qayta ishlash mahsulotlarini “reeksport” bojxona rejimida olib chiqishda tashish xarajatlarini 50 foizigacha miqdorda kompensatsiya qilishga subsidiyalar taqdim etish mexanizmi mahsulotlarni avtomobil va havo transportida eksportga tashishga ham tatbiq etilsin.
(1-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-apreldagi PF-115-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.04.2022-y., 06/22/115/0344-son)
Eksport qilishda avtomobil, temir yo‘l va havo transportida tashish xarajatlarining bir qismi kompensatsiya qilinadigan mahsulotlar ro‘yxati 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Eksport va investitsiyalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasiga (S.U. Umurzakov) (keyingi o‘rinlarda — Hukumat komissiyasi) eksport qilishda transport xarajatlarining bir qismini kompensatsiya qilish uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan subsidiyalar taqdim etiladigan mahsulotlar ro‘yxatiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, subsidiyalar taqdim etish shartlari va miqdorlarini belgilash hamda tartibini tasdiqlash, shuningdek, mahsulot turi, hajmi va eksport yo‘nalishiga qarab subsidiyaning qat’iy miqdorlarini belgilash vakolati berilsin.
Hukumat komissiyasi bir hafta muddatda mahalliy eksport qiluvchi korxonalar (ularning vakolatli vakillari)ga mahsulotlarni eksport qilishda, shu jumladan 2020-yil 1-apreldan buyon amalga oshirilgan eksport bo‘yicha avtomobil, havo va temir yo‘l transportida tashish xarajatlarini qisman kompensatsiya qilishga subsidiyalar taqdim etish tartibini tasdiqlasin.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 21-oktabrdagi PF-6091-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.10.2020-y., 06/20/6091/1399-son)
3. O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan eksport operatsiyalari bo‘yicha olib o‘tilayotgan tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirishda jismoniy va yuridik shaxslarga nisbatan joriy qilingan barcha turdagi majburiy to‘lovlar va ijro hujjatlari bo‘yicha qarzdorligi mavjudligini tekshirish amaliyoti 2021-yil 1-yanvarga qadar bekor qilinsin.
4. Belgilansinki, eksport qiluvchilar garov sifatida sug‘urta xizmatlaridan foydalanganda sug‘urta mukofotini qoplashga O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni rag‘batlantirish agentligi tomonidan kompensatsiyalar taqdim etiladi.
5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Eksportni rag‘batlantirish agentligining xarajatlari uchun asoslangan hisob-kitoblar bo‘yicha 2020-yil uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan zarur mablag‘lar ajratsin va 2021-yildan har yili zarur budjet mablag‘larini nazarda tutsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 2-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritilsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bir oy muddatda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2020-yil 7-may,
PQ-4707-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-maydagi PQ-4707-son qaroriga
1-ILOVA
Eksport qilishda avtomobil, temir yo‘l va havo transportida tashish xarajatlarining bir qismi kompensatsiya qilinadigan mahsulotlar
RO‘YXATI

T/r

Mahsulot nomi

Mahsulotning TIF TN kodi

1.

Parranda tuxumi, uy parrandasi go‘shti va qo‘shimcha ozuqabop mahsulotlari*

0407, 0207

2.

Pomidorlar

0702000001 — 0702000009

3.

Sarimsoq

0703200000

4.

Gulkaram

0704100000

5.

Salatlar (latuk, aysberg, radicho, oaklif, lollo-rossa va boshqalar)

0705

6.

Bodringlar

0707000501 — 0707000509

7.

Ko‘katlar

0709400000, 0709700000, 0709991000, 0709999000

8.

Shirin qalampir ho‘l yoki muzlatilgan

0709601000, 0710805100

9.

Achchiq qalampir

0709609900

10.

Muzlatilgan sabzavotlar

0710809500

11.

Kovul

0711907000

12.

Quritilgan sabzavotlar

0712909000

13.

Yong‘oq

0802310000, 0802320000

14.

Bodom

0802111000, 0802119000, 0802121000, 0802129000

15.

Limon

0805501000

16.

Uzum

0806101000, 0806109000

17.

Mayiz

0806203000, 0806209000

18.

Tarvuz

0807110000

19.

Qovun

0807190000

20.

Olma

0808108001 — 0808108004

21.

Nok

0808309000

22.

O‘rik

0809100000

23.

Gilos

0809290000

24.

Nektarin

0809301000

25.

Shaftoli

0809309000

26.

Olxo‘ri

0809400500

27.

Olcha

0809210000, 0811907500

28.

Xurmo

0810700000

29.

Anor

0810907500

30.

Muzlatilgan yoki konservalangan mevalar

0811, 0811907500, 0811908000, 0811909500, 0812902500

31.

Quritilgan mevalar

0813100000, 0813200000, 0813300000, 0813401000, 0813403000, 0813409500, 0813501500, 0813501900, 0813509100, 0813509900

32.

Quritilgan, maydalangan va yanchilgan qalampir

0904110000, 0904120000, 0904211000, 0904219000, 0904220000

33.

Yeryong‘oq

1202, 1202410000, 1202420000

34.

Tabiiy uzum vinolari

2204101100, 2204219700, 2204219800, 2204299501, 2204299508, 2204299601, 2204299701, 2204299708, 2204299709, 2204299801, 2204299809, 2204309800

35.

Konyak distillyati

2208208900

36.

Tarkibida antibiotiklar bo‘lgan penitsillinlar, dori vositalari

3004100001, 3004100006, 3004200001, 3004200002

37.

Gulqog‘ozlar va shunga o‘xshash devor qoplamalari

4814200000

38.

Gazlama

5208-5212

39.

To‘qima gilamlar

5702 42 900 0, 5701101000, 5701 90 100 0, 5702 41 900 0, 5703 10 000 0

40.

Linoleum

5904100000

41.

Trikotaj mato**

60

42.

Tikuv-trikotaj mahsulotlari

61 — 63

43.

Suv o‘tkazmaydigan poyabzal

6401921000, 6401929000, 6401990000

44.

Poyabzal

6403200000, 6403400000, 6403911600, 6403999100, 6403999600, 6404199000, 6404209000, 6405100000, 6405209100, 6405209900, 6405901000

45.

Shlak paxta, mineral paxta va boshqalar

6806100008, 6806209000, 6806900000

46.

Tosh yotqizish uchun plitalar

6907219001, 6907229003, 6907229009, 6907239003

47.

Keramikadan yasalgan pardozlash buyumlari

6907409003, 6907409009

48.

Oshxona idishlari va boshqalar

6912001000, 6912002100, 6912002300, 6912002500, 6912002900, 6912005000, 6912008100, 6912008900, 6912009000

49.

Shisha tola

7019199009, 7019310000, 7019390009, 7019510000, 7019590000, 7019900009

50.

Shisha idishlar

7010901000, 7010904100, 7010904300, 7010904500, 7010905300, 7010907100, 7010907900

51.

Qalpoqlar yoki ventilyatsiyali shkaflar

8414600000

52.

Kir yuvish mashinalari

8450120000

53.

Akkumulyatorlar

8507102003

54.

Transformatorlar

8504210000, 8504221000, 8504229000, 8504230000, 8504312900, 8504318009, 8504330000, 8504340000, 8504403009, 8504405500, 8504408200, 8504408800, 8504409000, 8504509500, 8504901800, 8504909900

55.

Chang yutgichlar

8508190001

56.

Taqsimlagichlar, o‘t oldirish g‘altaklari

8511400008

57.

Elektr uskunalar

8511500009

58.

Elektr yoritish va signalizatsiya uskunalari

8512200001, 8512200009

59.

Pechlar va kameralar

8514900000

60.

Elektr suv isitgichlar, mikroto‘lqinli pechlar, pechlar, elektr plitalar va h.k.

8516108000, 8516500000, 8516601010, 8516601090, 8516607000, 8516609000

61.

Ovozni qabul qilish va uzatish uchun apparatura, televizion aloqani qabul qilish uchun apparatura

8517620009, 8528722001

62.

Kommutatsiya uchun elektr apparatura

8535900000

63.

Pultlar, panellar, konsollar va boshqalar

8537109900, 8537209100

64.

Diodlar

8541100009

65.

O‘ralgan va izolyatsiyalangan simlar, o‘t oldirish svechalari uchun simlar to‘plami, elektr o‘tkazgichlar

8544111000, 8544300008, 8544499101, 8544499109, 8544499309, 8544499500, 8544609009

66.

O‘tirish uchun mebel

9401610000, 9401690000, 9401903000

67.

O‘yinchoqlar

9503001000, 9503003500, 9503007000, 9503009500

68.

Gigiyena vositalari

9619008101

* Import qiluvchi mamlakatdan qat’iy nazar.
** Transportda tashish xarajatlarining bir qismini kompensatsiya qilish 2022-yil 1-yanvargacha amal qiladi.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 14-iyundagi PQ-5146-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.06.2021-y., 07/21/5146/0555-son)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-maydagi PQ-4707-son qaroriga
2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan
o‘zgartirishlar va qo‘shimcha
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-maydagi “Qurilish materiallari sanoatini jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4335-son qarori 4-bandining “a” kichik bandidan ““O‘zstandart” agentligining asoslantirilgan hisob-kitoblariga muvofiq” so‘zlari chiqarib tashlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 24-maydagi “Eksport faoliyatini moliyalashtirish va sug‘urta himoyasi mexanizmlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4337-son qarorida:
birinchi xatboshi “ilovadagi ro‘yxatga muvofiq mahsulotlarni eksport qilishda temir yo‘l transportida” so‘zlari “avtomobil, temir yo‘l va havo transportida” so‘zlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshi “tatbiq etilmaydi,” so‘zlaridan keyin “Afg‘oniston Islom Respublikasiga eksport qilinadigan mahsulotlar va” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
to‘rtinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
b) ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-iyuldagi “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash va oziq-ovqat sanoatini yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4406-son qarori 7-bandining “a” kichik bandidan “O‘zstandart” agentligining asoslantirilgan hisob-kitoblariga muvofiq” so‘zlari chiqarib tashlansin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 11-dekabrdagi “Meva-sabzavotchilik va uzumchilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish, sohada qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4549-son qaroriga ilovaning 4-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-yanvardagi “Chorvachilik tarmog‘ini davlat tomonidan ko‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4576-son qaroriga 2-ilovaning 1-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.05.2020-y., 07/20/4707/0545-son, 26.06.2020-y., 07/20/4759/0970-son, 22.10.2020-y., 06/20/6091/1399-son, 31.10.2020-y., 06/20/6098/1432-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.06.2021-y., 07/21/5146/0555-son, 26.04.2022-y., 06/22/115/0344-son)