Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 04.11.2025
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Umumiy oʻrta taʼlim maktablarida harbiy-vatanparvarlik sinflari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-fevraldagi 75-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2023-y., 09/23/75/0100-son)
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-noyabrdagi 688-sonli “Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik rahbari va “Jasorat maktablari” faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-noyabrdagi PQ-3392-son qaroriga muvofiq, oʻsib kelayotgan yosh avlodni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda ona Vatanga sadoqat va uning mustaqilligini himoya qilish boʻyicha burch tuygʻusini shakllantirish, harbiy xizmatga hurmat tuygʻularini singdirish, shuningdek, respublika oliy va oliy harbiy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun yetarli bilimga ega boʻlgan iqtidorli yoshlarni tizimli ravishda tayyorlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-noyabrdagi PQ-3392-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan hamda 1-ilovada koʻrsatilgan umumiy oʻrta taʼlim va ixtisoslashtirilgan maktablardagi ixtisoslashtirilgan sinflar bundan buyon harbiy-vatanparvarlik sinflari sifatida faoliyat yuritadi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-fevraldagi 75-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2023-y., 09/23/75/0100-son)
2. Umumiy oʻrta taʼlim maktablarining harbiy-vatanparvarlik sinflari toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-fevraldagi 75-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2023-y., 09/23/75/0100-son)
3. Belgilab qoʻyilsinki:
maktablarning harbiy-vatanparvarlik sinflarida oʻqish muddati besh yildan (7 — 11-sinflar) iborat boʻladi;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-fevraldagi 75-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2023-y., 09/23/75/0100-son)
2020-2021 oʻquv yilidan boshlab harbiy-vatanparvarlik sinflariga 6-sinfni bitirgan 30 nafar oʻquvchi qabul qilinadi;
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-fevraldagi 75-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2023-y., 09/23/75/0100-son)
harbiy-vatanparvarlik sinflari uchun zarur boʻladigan maxsus sport jihozlari, oʻquv maqsadlariga moʻljallangan qurol-aslaha va harbiy-texnik mulk namunalari va parametrlari Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tomonidan ishlab chiqiladi;
(3-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-fevraldagi 75-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2023-y., 09/23/75/0100-son)
harbiy-vatanparvarlik sinflarida oʻquv mashgʻulotlarini tashkil etish uchun zarur sharoitlar yaratish hamda maxsus harbiy-texnik va qurol-aslahalardan foydalanish boʻyicha amaliy mashgʻulotlar Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi va Milliy gvardiyasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(3-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-fevraldagi 75-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2023-y., 09/23/75/0100-son)
4. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi va Milliy gvardiyasiga:
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-fevraldagi 75-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2023-y., 09/23/75/0100-son)
a) harbiy-vatanparvarlik sinflariga oʻquvchilarni qabul qilish jarayonlari tashkil etilishi va oʻtkazilishini qatʼiy nazoratga olish;
(4-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-fevraldagi 75-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2023-y., 09/23/75/0100-son)
b) oʻquvchilar, ularning ota-onalari yoki oʻrnini bosuvchi shaxslar, jamoatchilik oʻrtasida harbiy-vatanparvarlik sinflariga oʻquvchilarni qabul qilish tartibi, ulardagi taʼlim-tarbiya jarayoni haqida tushuntirish ishlarini olib borish;
(4-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-fevraldagi 75-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2023-y., 09/23/75/0100-son)
v) harbiy-vatanparvarlik sinflariga oʻquvchilar qabuli yuzasidan maktablarda qabul komissiyasi tashkil etilishini va ularning belgilangan tartibda faoliyat yuritishini taʼminlash;
(4-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-fevraldagi 75-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2023-y., 09/23/75/0100-son)
g) har yili 1-avgustga qadar qabul jarayonlari uchun jismoniy tayyorgarlik topshiriqlarini tayyorlash va test sinovlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish;
d) harbiy-vatanparvarlik sinflari uchun oʻquv reja va dasturlarini zamonaviy talablar asosida takomillashtirish, ayrim fanlarning chuqur oʻqitilishini joriy etish bilan birga oʻquvchilarning qoʻshimcha ravishda mustaqil bilim olishlari uchun yetarli sharoitlar yaratish;
(4-bandning “d” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-fevraldagi 75-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2023-y., 09/23/75/0100-son)
e) Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda harbiy-vatanparvarlik sinflari oʻquvchilarining hududlardagi tarixiy obidalar, muzeylar, ziyoratgohlar va diqqatga sazovor joylarga muntazam tashriflarini uyushtirish;
(4-bandning “e” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-fevraldagi 75-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2023-y., 09/23/75/0100-son)
j) Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda:
harbiy-vatanparvarlik sinflari oʻquv-tarbiya jarayoniga oʻqitishning zamonaviy ilgʻor uslub va shakllarini, yangi pedagogik va axborot kommunikatsiya texnologiyalarini, oʻquvchilarning oʻquv, psixologik va jismoniy yuklamalarini optimallashtirishni hisobga olgan holda taʼlim-tarbiyaning samarali shakllari va usullarini joriy etish;
belgilangan tartibda harbiy-vatanparvarlik sinflarini yuqori tezlikdagi Internet jahon axborot tarmogʻiga toʻliq ulash va oʻquvchilarning undan doimiy ravishda foydalanishlarini taʼminlash;
(4-bandning “j” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-fevraldagi 75-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2023-y., 09/23/75/0100-son)
z) harbiy-vatanparvarlik sinflari oʻquvchilarining intellektual, jismoniy va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga moʻljallangan turli toʻgaraklar, qiziqishlari boʻyicha klublar, seksiyalar, shu jumladan, sport seksiyalarini tashkil etish vazifalari yuklatilsin.
(4-bandning “z” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-fevraldagi 75-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2023-y., 09/23/75/0100-son)
5. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi mazkur qarorning qabul qilinishi munosabati bilan talab etiladigan mablagʻlarni 2020-yildan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining parametrlari doirasida ajratilishini taʼminlasin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-fevraldagi 75-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2023-y., 09/23/75/0100-son)
6. Belgilansinki, mazkur qarorda nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlar har yili Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar, Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari, xalqaro moliya tashkilotlari, xorijiy davlatlar va boshqa donorlar kreditlari (qarzlar), grantlari, shuningdek qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-fevraldagi 75-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2023-y., 09/23/75/0100-son)
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vaziri Sh.X. Shermatov va Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻmondoni R.M. Djurayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 17-aprel,
237-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 17-apreldagi 237-son qaroriga
1-ILOVA
Harbiy-vatanparvarlik sinflari mavjud boʻlgan umumiy oʻrta taʼlim maktablarining
ROʻYXATI

T/r

Umumiy oʻrta taʼlim maktablarning manzili

Umumiy oʻrta taʼlim maktablarning nomi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

1.

Nukus shahri

44-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi

2.

Chimboy tumani

36-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi

3.

Xoʻjayli tumani

15-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi

4.

Toʻrtkoʻl tumani

18-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi

Andijon viloyati

5.

Andijon shahri

35-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi

6.

Boʻston tumani

48-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi

7.

Jalaquduq tumani

49-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi

8.

Xoʻjaobod tumani

23-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi

Buxoro viloyati

9.

Buxoro shahri

35-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi

10.

Kogon shahri

9-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi

11.

Qorovulbozor tumani

1-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi

12.

Qorakoʻl tumani

15-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi

Jizzax viloyati

13.

Jizzax shahri

22-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi

14.

Arnasoy tumani

22-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi

15.

Baxmal tumani

1-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi

16.

Zomin tumani

60-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi

Qashqadaryo viloyati

17.

Qarshi shahri

45-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi

18.

Nishon tumani

35-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi

19.

Gʻuzor tumani

53-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi

20.

Shahrisabz tumani

83-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi

Navoiy viloyati

21.

Navoiy shahri

1-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi

22.

Zarafshon shahri

1-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi

23.

Xatirchi tumani

65-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi

24.

Karmana tumani

10-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi

Namangan viloyati

25.

Namangan shahri

58-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi

26.

Uchqoʻrgʻon tumani

2-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi

27.

Pop tumani

1-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi

28.

Chortoq tumani

9-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi

Samarqand viloyati

29.

Samarqand shahri

1-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi

30.

Samarqand shahri

43-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi

31.

Kattaqoʻrgʻon shahri

11-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi

32.

Oqdaryo tumani

45-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi

Sirdaryo viloyati

33.

Guliston shahri

16-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi

34.

Sayxunobod tumani

41-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi

35.

Xovos tumani

1-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi

36.

Guliston tumani

27-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi

Surxondaryo viloyati

37.

Termiz shahri

17-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi

38.

Oltinsoy tumani

2-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi

39.

Uzun tumani

4-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi

40.

Muzrobod tumani

8-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi

Fargʻona viloyati

41.

Fargʻona shahri

6-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi

42.

Qoʻqon shahri

33-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi

43.

Oltiariq tumani

14-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi

44.

Beshariq tumani

15-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi

Xorazm viloyati

45.

Urganch shahri

24-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi

46.

Gurlan tumani

42-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi

47.

Yangiariq tumani

37-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi

48.

Shovot tumani

53-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi

Toshkent viloyati

49.

Chirchiq shahri

10-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi

50.

Bekobod shahri

9-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi

51.

Parkent tumani

5-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi

52.

Oqqoʻrgʻon tumani

49-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi

Toshkent shahri

53.

Yashnobod tumani

161-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi

54.

Yakkasaroy tumani

172-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi

55.

Yunusobod tumani

58-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi

56.

Olmazor tumani

326-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi

(1-ilova matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-fevraldagi 75-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2023-y., 09/23/75/0100-son)
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 17-apreldagi 237-son qaroriga
2-ILOVA
Umumiy oʻrta taʼlim maktablarning harbiy-vatanparvarlik sinflari toʻgʻrisida
nizom
(2-ilova nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-fevraldagi 75-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2023-y., 09/23/75/0100-son)
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom umumiy oʻrta taʼlim maktablaridagi (keyingi oʻrinlarda — maktablar) harbiy-vatanparvarlik sinflarining maqsadi va asosiy vazifalarini, harbiy-vatanparvarlik sinflariga oʻquvchilarni qabul qilish va oʻqishdan chetlatish, oʻquv-tarbiya jarayonini tashkil etish tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-fevraldagi 75-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2023-y., 09/23/75/0100-son)
2. Harbiy-vatanparvarlik sinflarida taʼlim jarayoni umumiy oʻrta taʼlimning davlat taʼlim standartlariga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi) tomonidan ishlab chiqilgan va Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi (keyingi oʻrinlarda — Milliy gvardiya) bilan kelishilgan holda tasdiqlangan oʻquv rejasi va oʻquv dasturlari asosida tashkil etiladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-fevraldagi 75-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2023-y., 09/23/75/0100-son)
2-bob. Harbiy-vatanparvarlik sinflarining maqsadi va asosiy vazifalari
(2-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-fevraldagi 75-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2023-y., 09/23/75/0100-son)
3. Umumiy oʻrta taʼlim fanlari doirasida harbiy-vatanparvarlik yoʻnalishi boʻyicha oʻquvchilarning chuqur taʼlim olishini taʼminlash harbiy-vatanparvarlik sinflarining maqsadi hisoblanadi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-fevraldagi 75-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2023-y., 09/23/75/0100-son)
4. Harbiy-vatanparvarlik sinflarining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-fevraldagi 75-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2023-y., 09/23/75/0100-son)
yuksak maʼnaviy-axloqiy fazilatlarga va vatanparvarlik tuygʻusiga ega intellektual rivojlangan yoshlarni tarbiyalash;
ona Vatan kelajagi uchun oʻziga masʼuliyatni oladigan, Vatan shaʼnini himoya qilishga tayyor, mustahkam qarash va qatʼiy fuqarolik pozitsiyasiga ega oʻquvchi-yoshlarni tayyorlash;
oʻquvchilarda harbiy burch va harbiy xizmatni ado etishda zarur boʻladigan professional harbiy va ijodiy koʻnikmalarni shakllantirish;
taʼlim oluvchilarni “Temurbeklar maktablari” harbiy-akademik litseylari va Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti hamda boshqa oliy harbiy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishi uchun maqsadli va chuqurlashtirilgan holda tayyorlash.
(4-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-avgustdagi 500-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.08.2021-y., 09/21/500/0767-son)
3-bob. Harbiy-vatanparvarlik sinflariga oʻquvchilarni qabul qilish va oʻqishdan chetlatish tartibi
(3-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-fevraldagi 75-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2023-y., 09/23/75/0100-son)
5. Harbiy-vatanparvarlik sinflariga maktablarning 6-sinfini muvaffaqiyatli yakunlagan, chuqurlashtirib oʻqitish belgilangan oʻquv fanlaridan muayyan qobiliyatini koʻrsata olgan oʻgʻil va qiz bolalar (keyingi oʻrinlarda — nomzod) tanlov natijalari asosida qabul qilinadi.
Harbiy-vatanparvarlik sinflariga nomzodlarni tanlab olish va oʻqishga qabul qilish mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema asosida amalga oshiriladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-fevraldagi 75-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2023-y., 09/23/75/0100-son)
6. Harbiy-vatanparvarlik sinflari tashkil etilgan maktablarning rahbariyati har yili 1-iyunga qadar tanlov haqida ommaviy axborot vositalarida eʼlon beradi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-fevraldagi 75-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2023-y., 09/23/75/0100-son)
7. Harbiy-vatanparvarlik sinflari tashkil etilgan maktablarda hujjatlarni qabul qilish, rasmiylashtirish, jismoniy tayyorgarlik boʻyicha sinovlar oʻtkazish, test sinovini oʻtkazish uchun tegishli hujjatlarni tayyorlash hamda ota-onalarning murojaatlarini koʻrib chiqish maqsadida qabul komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — qabul komissiyasi) tuziladi.
(7-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-fevraldagi 75-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2023-y., 09/23/75/0100-son)
Qabul komissiyasi tarkibi 7 nafardan kam boʻlmagan toq miqdorda tashkil etilib, uning tarkibiga harbiy-vatanparvarlik sinflari tashkil etilgan maktab direktori, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalari vakillari, maktab oʻqituvchilari hamda Milliy gvardiya hududiy boʻlinmalarining masʼul vakili kiritiladi.
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-fevraldagi 75-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2023-y., 09/23/75/0100-son)
Harbiy-vatanparvarlik sinflari tashkil etilgan maktab direktori komissiya raisi hisoblanadi.
(7-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-fevraldagi 75-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2023-y., 09/23/75/0100-son)
8. Nomzodlarning harbiy-vatanparvarlik sinflariga kirish uchun tegishli hujjatlari 1 — 20-iyul kunlari qabul qilinadi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-fevraldagi 75-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2023-y., 09/23/75/0100-son)
9. Harbiy-vatanparvarlik sinflariga nomzodlar qabuli boʻyicha maʼlumotlar Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan 21-iyulga qadar umumlashtirilib, Milliy gvardiyaga maʼlumot uchun taqdim etiladi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-fevraldagi 75-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2023-y., 09/23/75/0100-son)
10. Tanlovda ishtirok etish uchun nomzodlardan quyidagi hujjatlar qabul qilinadi:
harbiy-vatanparvarlik sinflari tashkil etilgan maktab direktori nomiga ariza;
(10-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-fevraldagi 75-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2023-y., 09/23/75/0100-son)
tugʻilganlik haqidagi guvohnomaning nusxasi;
086-U shakl boʻyicha tibbiy maʼlumotnoma;
psixonevrologik, silga qarshi va teri-tanosil kasalliklari dispanserlari, elektrokardiografiya tekshiruvi (EKG) boʻyicha tibbiy maʼlumotnomalar;
3x4 hajmdagi 6 ta fotosurat;
fanlarni oʻzlashtirishi toʻgʻrisida oʻqish joyidan direktor tomonidan tasdiqlangan maʼlumotnoma;
oʻqish joyidan tavsifnoma;
jismoniy tarbiya va sport yoʻnalishi boʻyicha oʻquvchining erishgan yutuqlarini tasdiqlovchi hujjatidan (faxriy yorliq, sertifikat, diplom kabi, agar ular mavjud boʻlsa) koʻchirma.
11. Harbiy-vatanparvarlik sinflariga kirish uchun jismoniy tayyorgarlik sinovlari 21-iyul — 5-avgust, tegishli fanlar yoʻnalishi boʻyicha test sinovlari 15 — 25-avgust kunlari oraligʻida oʻtkaziladi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-fevraldagi 75-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2023-y., 09/23/75/0100-son)
12. Qabul komissiyasi tomonidan tasdiqlangan jadval asosida murojaat qiluvchilarga maslahat berib boriladi.
13. Harbiy-vatanparvarlik sinflariga tegishli fanlar boʻyicha test sinovlari hamda jismoniy tayyorgarlik sinovlari qabul komissiyasi tomonidan oʻtkaziladi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-fevraldagi 75-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2023-y., 09/23/75/0100-son)
14. Test sinovi hamda jismoniy tayyorgarlik sinovi materiallari va metodikasi yetakchi mutaxassislarni jalb etgan holda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan shakllantiriladi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-fevraldagi 75-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2023-y., 09/23/75/0100-son)
15. Harbiy-vatanparvarlik sinflariga qabul qilish boʻyicha tanlov teng huquqlilik va qabul qilishning yagona qoidalari asosida amalga oshiriladi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-fevraldagi 75-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2023-y., 09/23/75/0100-son)
16. Jismoniy tayyorgarlik boʻyicha sinovda umumiy oʻrta taʼlimning 6-sinflar oʻquv dasturi doirasida har bir nomzodga 5 tadan jismoniy mashqlar beriladi. Jismoniy tayyorgarlik boʻyicha sinov 100 ballik tizimda mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq baholanadi.
Yakunlari boʻyicha 70 va undan yuqori ball toʻplagan nomzodlar test sinovlariga qoʻyiladi.
17. Jismoniy tayyorgarlik sinovlariga kelmagan nomzodlar uchun qoʻshimcha sinovlar oʻtkazilmaydi.
18. Nomzodlar uch tildan — oʻzbek, qoraqalpoq va rus tillaridan birini shaxsan tanlagan holda umumiy oʻrta taʼlimning davlat taʼlim standartlari doirasida test sinovlari topshiradilar.
19. Test sinovlariga belgilangan muddatda kelmagan nomzodlar uchun takroriy test sinovlari oʻtkazilmaydi.
20. Test sinovlarini oʻtkazish sanasi, joyi va vaqti qabul komissiyasi tomonidan belgilanadi.
21. Test topshiriqlari umumiy oʻrta taʼlim fanlariga qoʻyilgan (5-6-sinflar kesimida) davlat taʼlim standartlariga muvofiq tuziladi.
Test topshiriqlari kitobida har bir fan (tarix, matematika, ona tili) uchun 10 ta topshiriq belgilanadi. Umumiy 100 ballik tizimda baholanadi. Tarix fanidan bitta toʻgʻri javobga 4 ball, matematika va ona tili fanlaridan bitta toʻgʻri javobga 3 ball qoʻyiladi.
Nomzodga test topshiriqlarini bajarish boʻyicha har bir savol uchun 3 daqiqa vaqt beriladi.
Javoblar varaqasini toʻldirish uchun nomzodga belgilangan vaqt meʼyoridan tashqari qoʻshimcha 10 daqiqa vaqt ajratiladi.
22. Jismoniy tarbiya va sport yoʻnalishida respublika va xalqaro miqyosda muvaffaqiyatga erishgan oʻquvchilarning jismoniy tayyorgarlik natijalariga maksimal ballning 25 foizi miqdorida qoʻshimcha ball qoʻshiladi.
23. Nomzodlarning tanlovdagi koʻrsatkichlari teng boʻlib qolgan hollarda quyidagilar imtiyozga ega boʻladi:
ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar;
sport yoʻnalishida viloyat, respublika va xalqaro miqyosda yutuqlarga erishgan oʻquvchilar;
kam taʼminlangan oilalarning farzandlari.
Mazkur band boʻyicha koʻrsatkichlar teng boʻlib qolganda jismoniy tayyorgarlikdan qoʻshimcha sinov oʻtkazilishi mumkin.
24. Jismoniy tayyorgarlik va test sinovlarini topshirgan nomzodlar orasidan ballar yigʻindisi boʻyicha ketma-ketlikda kamayish tartibida 30 nafari qabul qilinadi.
25. Tanlovning yakuniy natijalari 25-avgust kuni qabul komissiyasi tomonidan harbiy-vatanparvarlik sinflari tashkil etilgan maktablarning eʼlonlar taxtasiga osib qoʻyiladi.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-fevraldagi 75-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2023-y., 09/23/75/0100-son)
26. Tanlovdan oʻtmagan nomzodlarning hujjatlari ota-onalariga qaytarib berilmaydi.
27. Tanlovni oʻtkazish jarayonidan norozi boʻlgan nomzodlar va ularning ota-onalari yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar amaldagi qonunchilikka muvofiq murojaat etishlari mumkin.
28. Tanlovdan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlar 30-avgustga qadar harbiy-vatanparvarlik sinflari tashkil etilgan maktab direktori buyrugʻi asosida oʻquvchilar safiga kiritiladi.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-fevraldagi 75-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2023-y., 09/23/75/0100-son)
29. Harbiy-vatanparvarlik sinflari tashkil etilgan maktabning ustavida belgilangan ichki tartib-qoidalarni buzgan hamda qoniqarsiz oʻzlashtirishga ega oʻquvchilar tuman (shahar) hokimliklari huzuridagi voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha komissiyalar bilan kelishilgan holda pedagogik kengash qarori asosida avval oʻqigan sinfi yoki maktabiga (oʻquvchining yashash joyi oʻzgargan taqdirda hududdagi boshqa maktabga) qaytarib yuboriladi.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-fevraldagi 75-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2023-y., 09/23/75/0100-son)
30. Harbiy-vatanparvarlik sinflari tashkil etilgan maktabda boʻshab qolgan oʻrinlarga tanlovda ishtirok etib, lekin qabul qilinmay qolgan oʻquvchilar ballar reytingi boʻyicha ketma-ketlikda qabul qilinadi.
(30-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-fevraldagi 75-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2023-y., 09/23/75/0100-son)
Agar oʻquvchining ota-onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslardan rad javobi olinsa, ballar reytingi boʻyicha navbatdagi yuqori ball toʻplagan oʻquvchi chaqirib olinadi.
Mazkur bandda belgilangan talablar faqatgina harbiy-vatanparvarlik sinflari tashkil etilgan maktablarning 7-sinfi oʻquv yilining birinchi yarim yilligi boʻyicha qoʻllaniladi.
(30-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-fevraldagi 75-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2023-y., 09/23/75/0100-son)
31. Harbiy-vatanparvarlik sinflarining 10-sinfiga oʻtish davrida oʻquvchilar soni 30 nafardan kamayganida (“Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseylari, akademik litseylar yoki kasb-hunar kollejlariga oʻqishga qabul qilinish hisobiga) qolgan boʻsh oʻrinlar uchun qoʻshimcha tanlov oʻtkazilishi mumkin.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-fevraldagi 75-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2023-y., 09/23/75/0100-son)
32. Harbiy-vatanparvarlik sinflarining 10-sinfi uchun boʻsh oʻrinlarga tanlov oʻtkazish, 7-sinflar uchun tanlov oʻtkazish tartibi va muddatlariga muvofiq oʻtkaziladi.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-fevraldagi 75-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2023-y., 09/23/75/0100-son)
4-bob. Harbiy-vatanparvarlik sinflarida oʻquv-tarbiya jarayonini tashkil etish
(4-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-fevraldagi 75-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2023-y., 09/23/75/0100-son)
33. Harbiy-vatanparvarlik sinflarida taʼlim 7 — 11-sinflarda kunduzgi taʼlim shaklida amalga oshiriladi. Taʼlim oʻzbek, qoraqalpoq va rus tillarida olib boriladi.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-fevraldagi 75-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2023-y., 09/23/75/0100-son)
34. Harbiy-vatanparvarlik sinflarida oʻquv-tarbiya jarayoni umumiy oʻrta taʼlimning davlat taʼlim standartlari talablari asosida tashkil qilinadi.
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-fevraldagi 75-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2023-y., 09/23/75/0100-son)
35. Harbiy-vatanparvarlik sinflarida oʻquvchilar bilan dars va darsdan tashqari mashgʻulotlar oʻtkazishda turli zamonaviy shakllar va usullardan, jumladan oʻqitilayotgan fanlar boʻyicha fakultativ va toʻgarak mashgʻulotlari hamda oʻquvchilarni Vatanga sadoqat va muhabbat ruhida tarbiyalash tadbirlaridan foydalaniladi.
(35-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-fevraldagi 75-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2023-y., 09/23/75/0100-son)
36. Harbiy-vatanparvarlik sinflari oʻquvchilari uchun oʻqish, dam olish va turli tadbirlarni qoʻshib olib borishga qaratilgan kun tartibi tuziladi.
(36-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-fevraldagi 75-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2023-y., 09/23/75/0100-son)
37. Oʻquv yili yakuni boʻyicha tarix, matematika, ona tili fanlaridan qoniqarsiz natija koʻrsatgan harbiy-vatanparvarlik sinflarining oʻquvchilari maktab pedagogik kengashi qarori bilan maktabning umumiy sinflariga oʻqishni davom ettirish uchun oʻtkaziladi.
(37-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-fevraldagi 75-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2023-y., 09/23/75/0100-son)
38. Oʻquvchilarning ota-onalari yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarning (keyingi oʻrinlarda — ota-onalar) ehtiyojidan kelib chiqib, harbiy-vatanparvarlik sinflarining oʻquvchilarini darsdan tashqari mashgʻulotlarga toʻliq jalb etilishiga qoʻshimcha sharoitlar yaratish maqsadida shartnoma asosida kuzatuv kengashlari tomonidan oʻquvchilarni sogʻlom ovqatlantirish tashkil etilishi mumkin.
(38-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-fevraldagi 75-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2023-y., 09/23/75/0100-son)
39. Harbiy-vatanparvarlik sinflarida oʻquvchilar soni (har bir sinfda) 30 nafardan oshmasligi lozim.
(39-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-fevraldagi 75-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2023-y., 09/23/75/0100-son)
40. Harbiy-vatanparvarlik sinflarining 9-sinfini yakunlagan oʻquvchilarga umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisida shahodatnoma, 11-sinfini tamomlagan oʻquvchilarga umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisida attestat beriladi.
(40-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-fevraldagi 75-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2023-y., 09/23/75/0100-son)
41. Harbiy-vatanparvarlik sinflarini yakunlaganlik toʻgʻrisida shahodatnoma (attestat) boshqa taʼlim muassasalariga kirishda qoʻshimcha imtiyoz bermaydi.
(41-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-fevraldagi 75-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2023-y., 09/23/75/0100-son)
5-bob. Harbiy-vatanparvarlik sinflaridagi oʻquv-tarbiya jarayoni ishtirokchilari
(5-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-fevraldagi 75-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2023-y., 09/23/75/0100-son)
42. Harbiy-vatanparvarlik sinflaridagi oʻquv-tarbiya jarayoni ishtirokchilariga quyidagilar kiradi:
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi;
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi;
harbiy-vatanparvarlik sinflari tashkil etilgan maktablar direktorlari;
harbiy-vatanparvarlik sinflarida dars berayotgan pedagoglar.
(42-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-fevraldagi 75-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2023-y., 09/23/75/0100-son)
43. Oliy maʼlumotli, taʼlim muassasalari oʻqituvchilariga qoʻyiladigan malaka talablariga javob beruvchi, yuksak axloqiy sifatlarga ega boʻlgan shaxslar harbiy-vatanparvarlik sinflarida pedagogik faoliyat bilan shugʻullanish huquqiga egadirlar.
Sud hukmi asosida pedagogik faoliyat bilan shugʻullanish man etilgan shaxslarga harbiy-vatanparvarlik sinflarida ushbu faoliyatni yuritishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
(43-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-fevraldagi 75-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2023-y., 09/23/75/0100-son)
44. Harbiy-vatanparvarlik sinflarida dars berayotgan pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(44-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-fevraldagi 75-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2023-y., 09/23/75/0100-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan Maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
45. Harbiy-vatanparvarlik sinflari mavjud umumiy oʻrta taʼlim muassasalari xodimlari mehnatiga haq toʻlash Vazirlar Mahkamasining “Xalq taʼlimi xodimlari mehnatiga haq toʻlashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2005-yil 21-dekabrdagi 275-son qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
Maktab rahbariyati harbiy-vatanparvarlik sinflari oʻquvchilarining qonunchilik hujjatlarida belgilangan oʻqish va dam olish sharoitlariga rioya etishi yuzasidan javob beradi.
(45-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-fevraldagi 75-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2023-y., 09/23/75/0100-son)
46. Maktab direktori harbiy-vatanparvarlik sinflari faoliyatini nazorat qiladi, oʻquvchilarning sifatli oʻqitilishi va tarbiyalanishi, oʻquv rejalari va oʻquv dasturlarining bajarilishi, harbiy-vatanparvarlik sinfining oʻquv-metodik va moliya-xoʻjalik faoliyatining zarur darajada amalga oshirilishi yuzasidan javob beradi.
(46-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-fevraldagi 75-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2023-y., 09/23/75/0100-son)
47. Quyidagilar Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining vazifalari hisoblanadi:
Milliy gvardiya bilan birgalikda harbiy-vatanparvarlik sinflariga oʻquvchilar qabulini tashkil etish;
Milliy gvardiya bilan kelishilgan holda, davlat taʼlim standartlariga muvofiq harbiy-vatanparvarlik sinflari uchun oʻquv reja va oʻquv dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash;
pedagog kadrlarning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashni tashkil etish;
oʻquv-tarbiya jarayonini sifatli tashkil etish, ilgʻor pedagogik va axborot texnologiyalarini taʼlim dasturlari hamda oʻquv-tarbiya jarayoniga samarali joriy etish boʻyicha amaliy ilmiy-metodik yordam koʻrsatish;
oʻquv, oʻquv-metodik adabiyotlar va koʻrgazmali qoʻllanmalar ishlab chiqish, nashr etish hamda harbiy-vatanparvarlik sinflarini ular bilan taʼminlashni tashkil etish;
oʻquvchilarni harbiy-vatanparvarlik, huquqiy, maʼnaviy-axloqiy va estetik tarbiyalashni taʼminlaydigan kompleks maʼnaviy-maʼrifiy hamda tarbiyaviy ishlarni tashkil etish va amalga oshirish;
Milliy gvardiya bilan hamkorlikda harbiy-vatanparvarlik sinflari oʻquvchilarini aniq maqsadni koʻzlagan holda kasbga yoʻnaltirish;
Milliy gvardiya taʼlim muassasalari bilan oʻzaro samarali hamkorlik qilishni tashkil etish va nazorat qilish;
harbiy-vatanparvarlik sinflari mavjud maktablarni oʻqitishning zamonaviy texnik vositalari, kompyuter texnikasi va tegishli oʻquv-laboratoriya asbob-uskunalari bilan jihozlash;
harbiy-vatanparvarlik sinflari mavjud maktablarning maʼmuriy, moliyaviy va xoʻjalik faoliyatini, shuningdek moddiy-texnik taʼminotini belgilangan tartibda muvofiqlashtirish va nazorat qilish;
Milliy gvardiya va Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi bilan hamkorlikda harbiy-vatanparvarlik sinflari mavjud maktablarning oʻquvchilari oʻrtasida “Yosh gvardiyachilar” tanlovi (harbiy sport musobaqalari), aniq fanlar, ijtimoiy-gumanitar va chet tili fanlari boʻyicha viktorinalar oʻtkazish;
yakuniy davlat attestatsiyasini tashkil etish va harbiy-vatanparvarlik sinflari bitiruvchilariga shahodatnoma (attestat)lar berish.
(47-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-fevraldagi 75-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2023-y., 09/23/75/0100-son)
48. Quyidagilar Milliy gvardiyaning vazifalari hisoblanadi:
oʻquv-tarbiya jarayonini sifatli tashkil etishda, harbiy mavzudagi ilgʻor pedagogik va axborot texnologiyalarini taʼlim dasturlariga va oʻquv jarayoniga joriy etishda amaliy metodik yordam koʻrsatish;
chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik fani dasturiga muvofiq harbiy-vatanparvarlik sinflarini harbiy-muhandislik asbob-uskunalari va kimyoviy muhofaza vositalari, harbiy mavzudagi oʻquv va koʻrgazmali qoʻllanmalar bilan taʼminlash;
(48-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-fevraldagi 75-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2023-y., 09/23/75/0100-son)
harbiy-vatanparvarlik sinflari oʻquvchilari bilan Milliy gvardiya taʼlim muassasalari va harbiy boʻlinmalari bazalarida oʻq otish, maxsus tayyorgarlik boʻyicha (shu jumladan, dala sharoitlarida ham) amaliy mashgʻulotlarni tashkil etish va oʻtkazishga koʻmaklashish;
(48-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-fevraldagi 75-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2023-y., 09/23/75/0100-son)
harbiy-vatanparvarlik sinflari oʻqituvchilarining kasbiy mahoratini oshirib borish maqsadida harbiy-vatanparvarlik sinflari mavjud maktablarni Milliy gvardiya harbiy boʻlinmalariga biriktirish;
(48-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-fevraldagi 75-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2023-y., 09/23/75/0100-son)
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi bilan birgalikda chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik fani dasturini takomillashtirish;
(48-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-fevraldagi 75-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2023-y., 09/23/75/0100-son)
harbiy-vatanparvarlik sinflariga oʻquvchilarni qabul qilish, bitiruvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasi jarayonlarida qatnashish.
(48-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-fevraldagi 75-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2023-y., 09/23/75/0100-son)
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
49. Harbiy-vatanparvarlik sinflari mavjud maktablarning faoliyatini moliyalashtirish qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
(49-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-fevraldagi 75-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2023-y., 09/23/75/0100-son)
50. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javob beradilar.
Umumiy oʻrta taʼlim maktablarining harbiy-vatanparvarlik sinflari toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Harbiy-vatanparvarlik sinflariga nomzodlarni tanlab olish va oʻqishga qabul qilish
SXEMASI

Bosqichlar

Ijrochilar

Tadbirlar

Bajarish muddati

I bosqich

Maktab direktori

Harbiy-vatanparvarlik sinflariga tanlov haqida ommaviy axborot vositalarida eʼlon beradi.

1-iyunga qadar

II bosqich

Qabul komissiyasi

Nomzodlarning hujjatlarini qabul qiladi.

1 — 20-iyul

III bosqich

Qabul komissiyasi

1. Jismoniy tayyorgarlik sinovlarini oʻtkazadi.

2. Test sinovlarini oʻtkazadi.

1. 21-iyul —

5-avgust

2. 15 — 25-avgust

IV bosqich

Qabul komissiyasi

Kirish imtihonlarining yakuniy natijalarini eʼlon qiladi.

25-avgustga qadar

V bosqich

Maktab direktori

Nomzodlarning harbiy-vatanparvarlik sinfi oʻquvchilari safiga qabul qilinishi toʻgʻrisida buyr?q chiqaradi.

30-avgustga qadar

(1-ilova matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-fevraldagi 75-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2023-y., 09/23/75/0100-son)
Umumiy oʻrta taʼlim maktablarining harbiy-vatanparvarlik sinflari toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
(ilova belgisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-fevraldagi 75-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2023-y., 09/23/75/0100-son)
Jismoniy tayyorgarlik boʻyicha sinov natijalarini baholash
MEZONLARI

T/r

Sinov mashqlari

Natijalari va ballar

Oʻgʻil bolalar

Qiz bolalar

20

15

10

5

20

15

10

5

1.

60 metrga yugurish, soniya

10,0

10,5

11,0

11,5

10,3

10,8

11,3

11,8

2.

Yugurib kelib uzunlikka sakrash, sm

340

310

270

280

310

270

230

250

3.

1000 metrga yugurish, daqiqa

4,10

4,30

5,0

5,50

5,40

6,10

6,40

7,00

4.

Toʻpni uloqtirish, metr

36

30

21

15

23

18

15

12

5.

Baland turnikda tortilish, marta

6

4

3

2

-

-

-

-

6.

Gardishni 1 daqiqagacha belda aylantirish, marta

-

-

-

-

65

55

40

30

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2020-y., 09/20/237/0462-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.08.2021-y., 09/21/500/0767-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 23.02.2023-y., 09/23/75/0100-son)