Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 01.01.2026
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Sport-taʼlim muassasalarining trener-oʻqituvchilari va yoʻriqchi-uslubchilariga malaka toifalarini berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-avgustdagi 500-sonli “Jismoniy tarbiya-sport tashkilotlarining trener-oʻqituvchilari va yoʻriqchi-uslubchilari hamda sport hakamlariga malaka toifalarini berish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2026-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat xizmatlari koʻrsatish milliy tizimini yanada kompleks rivojlantirish choralari haqida” 2019-yil 15-fevraldagi PQ-4193-son qaroriga muvofiq hamda sport-taʼlim muassasalarining trener-oʻqituvchilari va yoʻriqchi-metodistlariga malaka toifalarini berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Sport-taʼlim muassasalarining trener-oʻqituvchilari va yoʻriqchi-uslubchilariga malaka toifalarini berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
birinchi — jismoniy shaxslarga davlat xizmatlari markazlari orqali sport-taʼlim muassasalarining trener-oʻqituvchilari va yoʻriqchi-uslubchilariga malaka toifalarini berish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatish tartibini belgilash;
ikkinchi — sport-taʼlim muassasalarining trener-oʻqituvchilari va yoʻriqchi-uslubchilariga malaka toifalarini berish ishlarini amalga oshirish;
uchinchi — sport-taʼlim muassasalarining trener-oʻqituvchilari va yoʻriqchi-uslubchilariga malaka toifalari berish boʻyicha mezonlarni tasdiqlash;
toʻrtinchi — sport-taʼlim muassasalarining trener-oʻqituvchilari va yoʻriqchi-uslubchilariga malaka toifalarini berishda tan olinadigan nufuzli sport musobaqalarini belgilash;
beshinchi — sport-taʼlim muassasalarining trener-oʻqituvchilari va yoʻriqchi-uslubchilariga malaka toifalarini berish boʻyicha malaka komissiyasini tashkil etish va uning faoliyatini belgilash.
2. Belgilansinki, ushbu qaror bilan tasdiqlangan maʼmuriy reglamentga muvofiq koʻrsatiladigan davlat xizmatidan foydalanish uchun jismoniy shaxslar faqat davlat xizmatlari markazlari yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda YIDXP deb ataladi) orqali murojaat qiladilar.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi bilan birgalikda bir oy muddatda davlat xizmatlari markazlarining xodimlari ishtirokida ushbu qaror bilan tasdiqlangan maʼmuriy reglamentni amalda qoʻllashning samaradorligi va amalda qoʻllanilishi natijadorligi darajasini oshirishga yoʻnaltirilgan oʻquv seminarlari tashkil etilishi va oʻtkazilishini taʼminlasin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi “Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi” DUK Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi bilan birgalikda:
Sport-taʼlim muassasalarining trener-oʻqituvchilari va yoʻriqchi-uslubchilariga malaka toifalarini berish boʻyicha davlat xizmati YIDXP orqali amalga oshirilishini taʼminlasin;
YIDXPda davlat xizmatlari koʻrsatilishining har bir bosqichida murojaatlarning koʻrib chiqilishini kuzatib borish tartibini joriy etsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi bilan birgalikda YIDXPda davlat xizmatlari koʻrsatilishining har bir bosqichida murojaatlarning koʻrib chiqilishini kuzatib borish tartibini joriy etsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi:
davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan davlat xizmatlari koʻrsatilishining belgilangan tartibi bajarilishi yuzasidan ular faoliyati boʻyicha, shu jumladan, YIDXP orqali doimiy nazorat oʻrnatsin;
ushbu qaror bilan tasdiqlangan maʼmuriy reglamentning talablarini buzganlik uchun davlat organlari va boshqa tashkilotlar mansabdor shaxslariga nisbatan belgilangan tartibda maʼmuriy jazolarni qoʻllasin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi A.A. Abduxakimov, Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri R.Q. Davletov hamda Oʻzbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vaziri D.X. Nabiyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 3-mart,
118-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 3-martdagi 118-son qaroriga
ILOVA
Sport-taʼlim muassasalarining trener-oʻqituvchilari va yoʻriqchi-uslubchilariga malaka toifalarini berish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning
MAʼMURIY REGLAMENTI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Reglament jismoniy shaxslarga (keyingi oʻrinlarda ariza beruvchilar deb ataladi) davlat xizmatlari markazlari orqali sport-taʼlim muassasalarining trener-oʻqituvchilari va yoʻriqchi-uslubchilariga malaka toifalarini berish boʻyicha davlat xizmati (keyingi oʻrinlarda davlat xizmati deb ataladi) koʻrsatish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Reglamentda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
trener-oʻqituvchi — sport-taʼlim muassasalari, shu jumladan, ixtisoslashtirilgan sport-taʼlim muassasalarida muayyan sport turi boʻyicha taʼlim dasturi asosida bevosita taʼlim beruvchi va sportchilarni tayyorlovchi mutaxassis;
yoʻriqchi-uslubchi — sport-taʼlim muassasalari, shu jumladan, ixtisoslashtirilgan sport-taʼlim muassasalarida tashkiliy, tarbiyaviy, sogʻlomlashtirish va oʻquv-uslubiy ishlarni tashkil etuvchi va amalga oshiruvchi mutaxassis.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Davlat xizmati davlat xizmatlari markazlari yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda YIDXP deb ataladi) orqali Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar sport boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda vakolatli organ deb ataladi) tomonidan koʻrsatiladi.
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
Ushbu Reglament “Xalqaro toifali trener” malaka toifasini berishga nisbatan tatbiq etilmaydi.
4. Trener-oʻqituvchilarga quyidagi malaka toifalari beriladi:
ikkinchi toifali trener;
birinchi toifali trener;
oliy toifali trener.
5. Yoʻriqchi-uslubchilarga quyidagi malaka toifalari beriladi:
ikkinchi toifali yoʻriqchi-uslubchi;
birinchi toifali yoʻriqchi-uslubchi;
oliy toifali yoʻriqchi-uslubchi.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Ikkinchi va birinchi toifali trener hamda ikkinchi va birinchi toifali yoʻriqchi-uslubchi malaka toifalari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar sport boshqarmalari tomonidan beriladi.
“Oliy toifali trener” va “Oliy toifali yoʻriqchi-uslubchi” malaka toifalari Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligi tomonidan beriladi.
Trener-oʻqituvchilar va yoʻriqchi-uslubchilarga berilgan malaka toifalari ularga tabaqalashtirilgan tarzda haq toʻlash uchun asos boʻladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
7. Davlat xizmatlari markazlari va vakolatli organ oʻrtasidagi axborot almashinuvi elektron raqamli imzoni (keyingi oʻrinlarda ERI deb ataladi) majburiy tartibda qoʻllash orqali faqat idoralararo oʻzaro elektron bogʻlanish yordamida amalga oshiriladi.
8. Davlat xizmati koʻrsatish ushbu Reglamentga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
2-bob. Davlat xizmati koʻrsatish tartibi
1-§. Murojaatlarni shakllantirish va yuborish
9. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanish uchun davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat qiladi yoki davlat xizmatlaridan elektron tarzda foydalanish uchun YIDXPda roʻyxatdan oʻtadi.
10. Ariza beruvchi oʻzi kelib murojaat qilgan taqdirda davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi nomidan, YIDXP orqali murojaat qilgan taqdirda esa, mustaqil ravishda ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq shakldagi tegishli soʻrovnomani elektron ravishda toʻldiradi.
Soʻrovnomaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
a) trener-oʻqituvchilar malaka toifalarini olish uchun:
shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxasi;
tayyorlagan sportchisining musobaqalarda erishgan natijalarini tasdiqlovchi hujjatlar (musobaqa bayonnomasi va diplom nusxalari);
sportchi trener-oʻqituvchiga biriktirilganligini tasdiqlovchi maʼlumotnoma;
b) yoʻriqchi-uslubchilar malaka toifalarini olish uchun:
shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxasi;
yoʻriqchi-uslubchi faoliyatini amalga oshirish uchun nashr etilgan uslubiy qoʻllanma(lar) nusxasi.
Ariza beruvchilardan ushbu bandda koʻrsatilmagan maʼlumotlarni hamda boshqa hujjatlarni talab qilish qatʼiyan taqiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
11. Zarur maʼlumotlar soʻrovnomaga kiritilgandan soʻng ariza beruvchi maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshiradi va imzolarni identifikatsiya qilishning tegishli vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo, Mobil-ID va boshqalar) bilan tasdiqlaydi.
Ariza beruvchi YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda, soʻrovnomani ERI bilan tasdiqlash talab etilmaydi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 541-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2022-y., 09/22/541/0859-son)
12. Davlat xizmati koʻrsatilgani uchun quyidagi miqdorda toʻlovlar undiriladi:
ariza koʻrib chiqish uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi miqdorida;
malaka komissiyasini oʻtkazish uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari miqdorida.
Davlat xizmatini olish uchun YIDXP orqali murojaat qilinganda ushbu bandda koʻrsatilgan toʻlovlar summasining 90 foizi undiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida roʻyxatga olingan yoki “Kambagʻal oilalar reyestri” axborot modulining sariq toifasiga kiritilgan oilalarning aʼzolariga, shuningdek, I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga mazkur bandning ikkinchi-uchinchi xatboshilarida belgilangan yigʻimning 50 foizi miqdorida, “Kambagʻal oilalar reyestri” axborot modulining qizil toifasiga kiritilgan oilalarning aʼzolariga belgilangan yigʻimning 75 foizi miqdorida chegirma qoʻllaniladi.
(12-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 18-iyundagi 378-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.06.2025-y., 09/25/378/0518-son)
“Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sport ustozi” yoki “Qoraqalpogʻiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sport ustozi” unvoniga, jismoniy tarbiya va sport sohasida ilmiy darajaga ega boʻlgan shaxslar haq toʻlashdan ozod etiladi.
Davlat xizmati koʻrsatilgani uchun toʻlov toʻlanganligini tasdiqlash axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali amalga oshiriladi.
13. Toʻlovlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
ariza koʻrib chiqish uchun toʻlov summasining:
a) Davlat xizmatlari markazlariga oʻzi kelib murojaat qilganda:
20 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisob raqamiga oʻtkaziladi;
qolgan mablagʻlar:
Oldingi tahrirga qarang.
ikkinchi va birinchi toifali trener hamda ikkinchi va birinchi toifali yoʻriqchi-uslubchi malaka toifalari uchun — toʻliq ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar sport boshqarmalarining maxsus hisob raqamiga oʻtkaziladi;
(13-band “a” kichik bandining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
Oldingi tahrirga qarang.
oliy toifali trener va oliy toifali yoʻriqchi-uslubchi malaka toifalari uchun — toʻliq ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligining maxsus hisob raqamiga oʻtkaziladi.
(13-band “a” kichik bandining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
b) YIDXP orqali murojaat qilinganda:
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisob raqamiga oʻtkaziladi;
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi “Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi” DUKning maxsus hisob raqamiga oʻtkaziladi;
qolgan mablagʻlar:
Oldingi tahrirga qarang.
ikkinchi va birinchi toifali trener hamda ikkinchi va birinchi toifali yoʻriqchi-uslubchi malaka toifalari uchun — toʻliq ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar sport boshqarmalarining maxsus hisob raqamiga oʻtkaziladi;
(13-band “b” kichik bandining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
Oldingi tahrirga qarang.
oliy toifali trener va oliy toifali yoʻriqchi-uslubchi malaka toifalari uchun — toʻliq ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligining maxsus hisob raqamiga oʻtkaziladi;
(13-band “b” kichik bandining oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
malaka komissiyasini oʻtkazish uchun toʻlov toʻliq miqdorda vakolatli organning maxsus hisob raqamiga oʻtkaziladi.
14. Ariza beruvchi tomonidan arizada haqiqiy boʻlmagan, soxta va notoʻgʻri maʼlumotlar koʻrsatilishi, shuningdek, davlat xizmatlari koʻrsatish uchun yigʻimni toʻlamaslik davlat xizmati koʻrsatishni rad etish uchun asos boʻlib hisoblanadi, bundan murojaat qilingan vaqtda maʼlumotlar qayta toʻgʻrilangan holatlar mustasno.
Davlat xizmatlari koʻrsatishni boshqa asoslar boʻyicha rad etish taqiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ariza beruvchi malaka toifalarini berish rad etilishi toʻgʻrisidagi qaror, shuningdek, malaka toifalarini beruvchi organ mansabdor shaxsining xatti-harakati (harakatsizligi) ustidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.
(14-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
15. Ariza beruvchilar davlat xizmatlaridan foydalanishdan uni koʻrsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega. Ariza beruvchi davlat xizmatlaridan foydalanishdan bosh tortganda uning soʻrovnomasi koʻrilmasdan qoldiriladi.
Bunda ariza koʻrib chiqilganligi uchun toʻlangan toʻlov summasi qaytarilmaydi.
Ariza beruvchining nomzodini komissiyadan oʻtkazish uchun toʻlangan toʻlov summasi ariza beruvchining yozma murojaatiga asosan toʻligʻicha vakolatli organ tomonidan ariza beruvchiga qaytariladi.
Bundan ariza beruvchi malaka komissiyasidan muvaffaqiyatli oʻta olmagan holatlar mustasno.
16. Ariza beruvchi Davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat qilganda, uning soʻrovnomasi Markaz xodimi tomonidan toʻldirilib, ariza beruvchi tomonidan tasdiqlangandan soʻng, barcha hujjatlar 10 daqiqa mobaynida vakolatli organga elektron shaklda yuboriladi. YIDXP orqali murojaat qilinganda esa soʻrovnoma avtomatik tarzda vakolatli organga yuboriladi.
2-§. Malaka toifalarini berish tartibi
17. Malaka toifalari 5 yil muddatga beriladi. Ushbu muddat oʻtgandan soʻng trener-oʻqituvchilar va yoʻriqchi-uslubchilar oʻz malaka toifalarini belgilangan tartibda qaytadan tasdiqlatishi shart.
“Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sport ustozi” unvoniga ega boʻlgan shaxslarga malaka toifalari cheklanmagan muddatga beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Malaka toifalari qonunchilik hujjatlariga muvofiq ijodiy taʼtil olinganda ijodiy taʼtil muddatiga, shuningdek, yoshga doir pensiyaga chiqish muddatiga bir yil qolganda bir yil muddatga uzaytiriladi.
(17-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Malaka toifalari qaytadan tasdiqlangunga qadar trener-oʻqituvchilar va yoʻriqchi-uslubchilarga ish haqi mutaxassis lavozimi boʻyicha toʻlanadi.
18. Malaka toifalarining amal qilish muddati tugashidan qoidaga koʻra ikki oy oldin ariza beruvchilar ushbu Reglamentga muvofiq qayta murojaat qiladilar.
19. Trener-oʻqituvchilarga malaka toifalari Olimpiya, Paralimpiya va Osiyo, Paraosiyo oʻyinlari, Jahon va Osiyo chempionatlari va kuboklari, turli xalqaro sport musobaqalari, Oʻzbekiston Respublikasi chempionati, kubogi boʻyicha beriladi.
Malaka toifalarini berishda tan olinadigan nufuzli sport musobaqalari ushbu Reglamentga 3-ilovaga muvofiq belgilanadi.
20. Sportchilarni keyingi sport mahoratini oshirish guruhlariga bergan trener-oʻqituvchilar ushbu sportchilarning natijalari boʻyicha tegishli malaka toifalarini olishga haqli. Bunda ushbu trener-oʻqituvchi daʼvogarlik qilayotgan malaka toifasidan oldingi malaka toifasi mezonlariga toʻgʻri keladigan natijalarga erishgan sportchilarga ega boʻlishi shart. Bu sportchilar erishgan natijalar boʻyicha trener-oʻqituvchi faqat bir marta malaka toifasi olishi mumkin.
21. Vakolatli organning masʼul xodimi soʻrovnoma va zarur hujjatlar tushgan kuni kerakli hujjatlarni tegishli malaka toifasini berish yoki tegishli malaka toifasini berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish uchun vakolatli organning malaka toifalarini berish boʻyicha komissiyasiga (keyingi oʻrinlarda Malaka komissiyasi deb ataladi) kiritadi.
22. Soʻrovnoma va hujjatlarda notoʻgʻri maʼlumotlar koʻrsatilishi, shuningdek, malaka komissiyasini oʻtkazish uchun toʻlovni toʻlamaslik malaka toifasini berishning rad etilishi uchun asos hisoblanadi.
Malaka toifasi berilishini boshqa asoslarga binoan rad etish qatʼiyan taqiqlanadi. Malaka toifalari ushbu Reglamentga 4, 5 va 6-ilovalarda nazarda tutilgan mezonlarga muvofiq beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
23. Vakolatli organ 3 ish kun ichida taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan malaka toifasini berish yoki malaka toifasini berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish uchun malaka komissiyasiga kiritadi va malaka komissiyasining qarorini tayyorlaydi. Malaka toifasini berish toʻgʻrisidagi qaror yoki asoslangan rad javobi rasmiylashtirilgan kuni masʼul shaxsning ERIsi bilan tasdiqlangan holda davlat xizmatlari markaziga (oʻzi kelgan holda murojaat qilinganda) yoki ariza beruvchiga (elektron tarzda murojaat qilinganda) YIDXP orqali elektron tarzda yuboriladi.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-dekabrdagi 774-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2021-y., 09/21/774/1198-son)
24. Davlat xizmatlari markaziga elektron tarzda malaka toifasini berish toʻgʻrisidagi qaror yoki asoslantirilgan rad javobi tushgandan soʻng davlat xizmatlari markazi 10 daqiqa mobaynida uni ariza beruvchining elektron manziliga (mavjud boʻlsa) yuboradi va ariza beruvchini bu haqda axborot-kommunikatsiya tizimi (telefon raqami) orqali xabardor qiladi. Davlat xizmatlari markazi ariza beruvchi oʻzi kelib murojaat qilgan taqdirda, ariza beruvchining soʻroviga asosan unga elektron shaklda qaror yoki asoslangan rad javobini yoki qogʻoz shaklida muhr bosib berishi mumkin.
3-§. Malaka toifalarini berish boʻyicha malaka komissiyasi
Oldingi tahrirga qarang.
25. Trener-oʻqituvchilar va yoʻriqchi-uslubchilarga malaka toifalarini berish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligi huzurida aʼzolari bir yil muddatga tayinlanadigan malaka komissiyasi tashkil etiladi.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
Oldingi tahrirga qarang.
26. Oʻzbekiston Respublikasi sport vazirining oʻrinbosari malaka komissiyasining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar sport boshqarmalari boshliqlarining oʻrinbosari — malaka komissiyasining raisi hisoblanadi. Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar sport boshqarmalari, sport federatsiyalari (uyushmalari), sport maktablarining rahbarlari hamda vakillari malaka komissiyasiga aʼzo sifatida kiritiladi.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
27. Malaka komissiyasi uning aʼzolarining uchdan ikki qismi qatnashgan taqdirda vakolatli hisoblanadi.
Malaka komissiyasi aʼzolariga quyidagi talablar qoʻyiladi:
oliy maʼlumotga ega boʻlish;
jismoniy tarbiya va sport sohasida kamida 5 yillik ish tajribasiga ega boʻlish;
jismoniy tarbiya va sport sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar bazasi bilan yaxshi tanish boʻlish.
28. Malaka komissiyasi raisi va aʼzolari quyidagi hollarda komissiya tarkibidan muddatidan oldin chiqarilishi mumkin:
oʻz arizasiga koʻra;
u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan taqdirda;
zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarishda aniqlangan qoida buzishlari boʻlganda;
vafot etgan taqdirda.
29. Malaka komissiyasi qarorlari ochiq ovoz berish yoʻli bilan qabul qilinadi. Komissiya qarori yigʻilishda ishtirok etgan aʼzolarning koʻpchiligi ovoz bergan taqdirda, qabul qilingan hisoblanadi. Ovozlar teng boʻlgan taqdirda, komissiya raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi. Malaka komissiyasi aʼzosi boʻlgan mutaxassisning hujjatlari komissiyada koʻrilganda komissiya aʼzosi boʻlgan mutaxassisning ovozi hisobga olinmaydi.
30. Malaka komissiyasining yigʻilishlari har oyning uchinchi oʻn kunligida oʻtkaziladi. Komissiyaning navbatdan tashqari yigʻilishlari quyidagi hollarda rais tomonidan chaqiriladi:
yangi oʻquv yili boshlanishi bilan bogʻliq boʻlgan hollarda;
taqdim etilgan hujjatlar yigʻilib qolganda.
31. Malaka komissiyasi qarori bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi va rais hamda yigʻilishda ishtirok etgan aʼzolar tomonidan imzolanadi.
“Xalqaro toifali trener” malaka toifasini olgan trener-oʻqituvchilarning hisobi vakolatli organ tomonidan yuritiladi hamda malaka toifasini berish boʻyicha barcha hujjatlar ikki yil mobaynida saqlanib, tegishli arxiv muassasalariga topshiriladi.
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
32. Davlat xizmatlari markazlari va vakolatli organ oʻz faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan maʼlumotlarning sir saqlanishini taʼminlaydi.
33. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi, uning hududiy boshqarmalari va davlat xizmatlari markazlari ushbu Reglament talablari ijrosi boʻyicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyati ustidan doimiy nazorat qiladilar va monitoring olib boradilar.
Oldingi tahrirga qarang.
34. Ariza beruvchilar davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishlari mumkin.
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
35. Ushbu Reglament talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
(35-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Sport-taʼlim muassasalarining trener-oʻqituvchilari va yoʻriqchi-uslubchilariga malaka toifalarini berish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
1-ILOVA
Sport-taʼlim muassasalarining trener-oʻqituvchilari va yoʻriqchi-uslubchilariga malaka toifalarini berish ishlarini amalga oshirish
SXEMASI
Oldingi tahrirga qarang.

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddati

1-bosqich

Ariza beruvchi

1. Davlat xizmatlari markazlariga oʻzi kelgan holda murojaat qilish yoki elektron tarzda davlat xizmatlaridan foydalanish uchun YIDXPda roʻyxatdan oʻtadi.

1. Xohishiga qoʻra

2. Davlat xizmati koʻrsatgani uchun belgilangan yigʻimlarni toʻlaydi.

2. Murojaat qilinganda

2-bosqich

1. Davlat xizmatlari markazi

Ikkinchi va birinchi toifali trener hamda ikkinchi va birinchi toifali yoʻriqchi-uslubchi malaka toifalarini berish boʻyicha soʻrovnoma va unga ilova qilingan hujjatlarni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sport vazirligi, viloyatlar hamda Toshkent shahar sport boshqarmalariga yuboradi.

1. Soʻrovnoma toʻldirilgandan keyin 10 daqiqa ichida

2. Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

“Oliy toifali trener” va “Oliy toifali yoʻriqchi-uslubchi” malaka toifalarini berish boʻyicha soʻrovnoma va unga ilova qilingan hujjatlarni Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligiga yuboradi.

2. Avtomatik tarzda

3-bosqich

Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sport vazirligi, viloyatlar hamda Toshkent shahar sport boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda vakolatli organ deb ataladi)

1. Soʻrovnoma va ilova qilingan hujjatlarni koʻrib chiqadi.

2. QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan malaka toifasini berish yoki malaka toifasi berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish uchun malaka komissiyasiga kiritadi.

1 ish kuni mobaynida

4-bosqich

Malaka komissiyasi

QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan malaka toifasini berish yoki malaka toifasi berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi va vakolatli organga kiritadi.

Har oyning uchinchi oʻn kunligida

5-bosqich

Vakolatli organ

Malaka komissiyasining qarori asosida QR-kodli (matrik shtrixli kod) malaka toifasini rasmiylashtiradi hamda tegishli davlat xizmatlari markaziga yoki (oʻzi kelib murojaat qilgan taqdirda) ariza beruvchiga (YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda) elektron tarzda yuboradi.

Hujjatlar qabul qilingan kundan boshlab 5 ish kuni mobaynida

6-bosqich

Davlat xizmatlari markazi

1. Malaka toifasi tushgandan soʻng uni ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi va ariza beruvchini bu haqda axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi.

1. 10 daqiqa ichida

2. Oʻzi kelib murojaat qilganda guvohnomani elektron tarzda yoki qogʻoz shaklida ariza beruvchiga taqdim etadi.

2. Ariza beruvchining soʻroviga koʻra

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
Sport-taʼlim muassasalarining trener-oʻqituvchilari va yoʻriqchi-uslubchilariga malaka toifalarini berish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
2-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.

1-SHAKL

__________________
(sana)

__________________
(raqam)

Sport-taʼlim muassasalarining trener-oʻqituvchilariga malaka toifalariniberish uchun
SOʻROVNOMA

II toifa

I toifa

Oliy toifa

I. Ariza beruvchi toʻgʻrisida maʼlumotlar:

1. F.I.O.:

2. Pasport maʼlumotlari (seriyasi, raqami, sanasi, kim tomonidan berilgan):

3. Yashash manzili:

4. Elektron manzili (mavjud boʻlsa):

5. Telefon raqami:

6. Ariza beruvchining sport turi:

II. Ilova qilinadigan hujjatlar:

1. Tayyorlagan sportchisining musobaqalarda erishgan natijalarini tasdiqlovchi hujjatlar (musobaqa bayonnomasi, diplom nusxasi);

2. Sportchi trener-oʻqituvchiga biriktirilganligini tasdiqlovchi maʼlumotnoma;


2-SHAKL

__________________
(sana)

__________________
(raqam)

Sport-taʼlim muassasalarining yoʻriqchi-uslubchilariga malaka toifalarini berish uchun
SOʻROVNOMA

II toifa

I toifa

Oliy toifa

I. Ariza beruvchi toʻgʻrisida maʼlumotlar:

1. F.I.O.:

2. Pasport maʼlumotlari (seriyasi, raqami, sanasi, kim tomonidan berilgan):

3. Yashash manzili:

4. Elektron manzili (mavjud boʻlsa):

5. Telefon raqami:

6. Ariza beruvchining sport turi:

II. Ilova qilinadigan hujjatlar:

1. Yoʻriqchi-uslubchi faoliyatini amalga oshirish uchun nashr etilgan uslubiy qoʻllanma(lar) nusxasi (mavjud boʻlsa):

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son — 2022-yil 1-martrdan kuchga kiradi)
Sport-taʼlim muassasalarining trener-oʻqituvchilari va yoʻriqchi-uslubchilariga malaka toifalarini berish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
3-ILOVA
Malaka toifalarini olishda tan olinadigan nufuzli sport
musobaqalari
Oldingi tahrirga qarang.
Nufuzli sport musobaqalariga xalqaro tashkilotlar tomonidan tashkil etiladigan kompleks musobaqalar (Olimpiya, Paralimpiya, Maxsus olimpiya, Surdolimpiya, Osiyo, Paraosiyo oʻyinlari va boshqalar), jahon, Osiyo, Markaziy Osiyo chempionatlari va kuboklari hamda xalqaro musobaqalari, xorijiy davlatlar va qitʼalarning ochiq chempionatlari kiradi. Bunda:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
1. Olimpiya, Paralimpiya oʻyinlarining nufuzi Xalqaro Olimpiya qoʻmitasi tomonidan belgilanadi.
2. Olimpiya, Paralimpiya oʻyinlari dasturiga kiritilgan sport turlari boʻyicha Jahon yoki Osiyo chempionati va kubogining nufuzi tegishli xalqaro sport federatsiyasi (uyushmasi) tomonidan belgilanadi.
3. Olimpiya, Paralimpiya oʻyinlari dasturiga kiritilmagan sport turlari boʻyicha Jahon chempionati va kubogining nufuzi ushbu sport musobaqalarida kamida 20 ta mamlakatning vakillari va (yoki) terma jamoalari qatnashgan taqdirda tan olinadi, Osiyo chempionati va kubogining nufuzi esa, ushbu sport musobaqalarida kamida 10 ta mamlakatning vakillari va (yoki) terma jamoalari qatnashgan taqdirda tan olinadi.
4. Xalqaro sport musobaqalarining nufuzi sport turlari boʻyicha tegishli xalqaro sport federatsiyalari (uyushmalari) tomonidan roʻyxatga olingan xalqaro sport musobaqalari boʻyicha tan olinadi. Bunda ushbu sport musobaqalarida kamida 6 ta mamlakatning vakillari va (yoki) terma jamoalari qatnashgan boʻlishi kerak.
5. Oʻzbekiston Respublikasi chempionati, kubogi nufuzi ushbu sport musobaqalarining xalqaro va respublika miqyosidagi sport hamda ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasiga kiritilishi bilan belgilanadi.
Sport-taʼlim muassasalarining trener-oʻqituvchilari va yoʻriqchi-uslubchilariga malaka toifalarini berish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
4-ILOVA
Trener-oʻqituvchilarning ish natijalarini baholash
MEZONLARI

Trener-oʻqituvchi tomonidan tayyorlangan sportchilarning sport musobaqalarida erishgan natijasi boʻyicha:

Sport musobaqasining nomi

Sportchilar soni*

(kamida)

Sportchi tomonidan sport musobaqasida egallangan oʻrin (erishgan natijasi)**

oliy toifa

birinchi toifa

ikkinchi
toifa

Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlari

1

1 10

11 20

ishtirok
etgan boʻlishi kifoya

Jahon chempionati va kubogi

1

1 6

7 10

11 20

Yoshlar va oʻsmirlar oʻrtasida Jahon chempionati va (yoki) kubogi

1

1 3

4 6

7 10

Osiyo, Paraosiyo oʻyinlari

1

1 6

7 10

10 14

Osiyo chempionati va kubogi

1

1 3

4 6

7 10

Yoshlar va oʻsmirlar oʻrtasida Osiyo chempionati va (yoki) kubogi

1

1-2

3 5

6 8

Xalqaro sport musobaqalari

2

1

2-3

4 6

Oʻzbekiston Respublikasi chempionati yoki kubogi

2

1 3

4 6

Yoshlar va oʻsmirlar oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi chempionati yoki kubogi

2

1

2-3

* Trener-oʻqituvchiga tegishli malaka toifasini berish uchun u tomonidan sport musobaqasida qatnashish uchun tayyorlanishi lozim boʻlgan sportchilar soni.
** Sportchining sport musobaqasida egallashi lozim boʻlgan oʻrni (erishgan natijasi).
“Oliy toifali trener” malaka toifasini berishda trener-oʻqituvchi tomonidan tayyorlangan sportchilarning Oʻzbekiston Respublikasi chempionati yoki kubogi hamda Yoshlar va oʻsmirlar oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi chempionati yoki kubogida egallagan oʻrni koʻrsatkich sifatida inobatga olinmaydi.
Ushbu jadvalda koʻrsatilgan sport musobaqalarining nufuzi Sport-taʼlim muassasalarining trener-oʻqituvchilari va yoʻriqchi-uslubchilariga malaka toifalarini berish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatish maʼmuriy reglamentga 3-ilovaga muvofiq aniqlanadi.
Sport-taʼlim muassasalarining trener-oʻqituvchilari va yoʻriqchi-uslubchilariga malaka toifalarini berish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
5-ILOVA
Trener-oʻqituvchilarning ish natijalarini baholash
MEZONLARI
Oldingi tahrirga qarang.

Trener-oʻqituvchining Oʻzbekiston Respublikasining sport terma jamoalarini shakllantirish hamda sport zaxirasini

tayyorlashda qoʻshgan hissasi boʻyicha:

Terma jamoalar va sport zaxirasi

Tayyorlangan sportchilar soni*

birinchi toifa

ikkinchi toifa

Sportchilarni Oʻzbekiston Respublikasining sport terma jamoasi nomzodligiga tayyorlash (asosiy)

2

1

Sportchilarni Oʻzbekiston Respublikasining sport terma jamoasi nomzodligiga tayyorlash (zaxira)

3

2

Sportchilarni Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sport terma jamoalari nomzodligiga tayyorlash (asosiy)

3

2

Sportchilarni Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sport terma jamoalari nomzodligiga tayyorlash (zaxira)

4

3

Sportchilarni oliy mahorat sport maktabiga kirish uchun tayyorlash

3

1

Sportchilarni Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlariga kirish uchun tayyorlash

4

2

Sportchilarni oliy sport mahorati bosqichigacha tayyorlash

4

2

Sportchilarni sport mahoratini takomillashtirish bosqichigacha tayyorlash

2

1

Sportchilarni boshlangʻich tayyorgarlik bosqichidan oʻquv-mashq bosqichiga tayyorlash

2

* Trener-oʻqituvchiga tegishli malaka toifasini berish uchun u tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining sport terma jamoalarini shakllantirish hamda sport zaxirasini yaratish uchun tayyorlashi lozim boʻlgan sportchilar soni. Bunda “Oliy toifali trener” malaka toifasini berishda ushbu koʻrsatkichlar inobatga olinmaydi.
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 30-dekabrdagi 731-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2022-y., 09/22/731/1141-son)
Sport-taʼlim muassasalarining trener-oʻqituvchilari va yoʻriqchi-uslubchilariga malaka toifalarini berish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
6-ILOVA
Yoʻriqchi-uslubchilarning ish natijalarini baholash
MEZONLARI
Oldingi tahrirga qarang.

Tashkilotlar, ish xususiyatlari

Ish staji (yil)*

oliy toifa

birinchi toifa

ikkinchi toifa

Jismoniy tarbiya va sport sohasidagi rahbarlik lavozimidagi hamda tashkiliy-uslubiy ishlari:

Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligida

5

3

2

Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasida

5

3

2

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar sport boshqarmalarida

7

4

3

Respublika darajasidagi sport federatsiyalari (uyushmalari)da

5

3

2

Hududiy sport federatsiyalari (uyushmalari)da

7

5

3

Respublika darajasidagi jismoniy tarbiya-sport jamiyatlarida

7

4

3

Hududiy jismoniy tarbiya-sport jamiyatlarida

10

6

4

Bevosita rahbarlik lavozimidagi ishlari:

Oliy sport mahorat maktabi, oliy mahorat sport maktabi, Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi, ixtisoslashtirilgan sport maktablarida

6

5

4

Sport maktablarida

7

5

3

Ilmiy-tadqiqot institutlari va oliy taʼlim muassasalarida jismoniy tarbiya va sport sohasidagi faoliyati:

Ilmiy unvon yoki ilmiy darajaga ega boʻlgan holda

7

4

2

Ilmiy unvon va ilmiy darajaga ega boʻlmagan holda

10

7

4

* Ish stajini hisoblashda tegishli ishda (lavozimda) toʻliq ishlangan yillar hisobga olinadi.
Yoʻriqchi-uslubchining ish natijalarini baholashda uning ish stajidan qatʼi nazar, Ixtisoslashtirilgan muvofiqlashtiruvchi uslubiy Kengash tomonidan ruxsat berilgan holda jismoniy tarbiya va sport sohasida yakka mualliflikda chop etgan uslubiy qoʻllanmalari hisobga olinadi. Bunda “Oliy toifali yoʻriqchi-uslubchi” malaka toifasini olish uchun kamida 1 ta uslubiy qoʻllanma chop etilgan boʻlishi lozim.
(6-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.03.2020-y., 09/20/118/0249-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2021-y., 09/21/774/1198-son, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son, 29.09.2022-y., 09/22/541/0859-son; 31.12.2022-y., 09/22/731/1141-son; 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son; 19.06.2025-y., 09/25/378/0518-son)