Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar, ularning analoglari va prekursorlarning muomalasi sohasidagi nizomlarni tasdiqlash toʻgʻrisida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 444-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2022-y., 09/22/444/0738-son — 2022-yil 16-noyabrdan kuchga kiradi)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat xizmatlari koʻrsatish milliy tizimini yanada kompleks rivojlantirish choralari haqida” 2019-yil 15-fevraldagi PQ-4193-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki:
a) Oʻzbekiston Respublikasining “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar toʻgʻrisida” 1999-yil 19-avgustdagi 813-I-son Qonuniga muvofiq giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlishi litsenziyalanadigan faoliyat turi hisoblanadi;
b) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini yanada qisqartirish va soddalashtirish, biznes yuritish shart-sharoitlarini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 11-apreldagi PF-5409-son Farmoniga binoan ichki ishlar organlari tomonidan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni tashishga ruxsatnomalar berilishi bekor qilingan;
v) Vazirlar Mahkamasining “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2002-yil 28-iyundagi 236-son qarori bilan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlishi sohasidagi faoliyatini litsenziyalash Sogʻliqni saqlash vazirligi zimmasiga yuklangan;
g) Vazirlar Mahkamasining “Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlishi bilan bogʻliq faoliyatni litsenziyalash toʻgʻrisida” 2003-yil 16-iyuldagi 315-son qaroriga asosan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlash va tashish faqat yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladi, litsenziya olish uchun ular tomonidan Sogʻliqni saqlash vazirligiga ichki ishlar organlarining obyektning texnik talablarga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosasi taqdim etiladi.
2. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 444-sonli qaroriga asosan 2022-yil 16-noyabrdan chiqariladi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2022-y., 09/22/444/0738-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi hududida giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni, ularning analoglarini va prekursorlarni tashish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 444-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2022-y., 09/22/444/0738-son — 2022-yil 16-noyabrdan kuchga kiradi)
3. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari boʻyicha oʻrinbosari, Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov va Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri A.K. Shadmanov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 14-fevral,
85-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 444-sonli qaroriga asosan 2022-yil 16-noyabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2022-y., 09/22/444/0738-son)
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-fevraldagi 85-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi hududida giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni, ularning analoglari va prekursorlarni tashish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
(2-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 444-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2022-y., 09/22/444/0738-son — 2022-yil 16-noyabrdan kuchga kiradi)
1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Ushbu Nizom “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlishi bilan bogʻliq faoliyatni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega boʻlgan yuridik shaxslar tomonidan giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni, ularning analoglari va prekursorlarni tashish tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 444-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2022-y., 09/22/444/0738-son — 2022-yil 16-noyabrdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Ushbu Nizom talablari Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qoʻmitasi organlari va boʻlinmalarining ekspertiza va tezkor-qidiruv faoliyatida, shuningdek, Adliya vazirligining sud-ekspertiza muassasalari faoliyatida foydalaniladigan giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni, ularning analoglari va prekursorlarni tashishga tatbiq etilmaydi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 444-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2022-y., 09/22/444/0738-son — 2022-yil 16-noyabrdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
3. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar, ularning analoglari va prekursorlardan iborat yuklarning yuk joʻnatuvchisi va yukni qabul qilib oluvchisi faqat giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlishi bilan bogʻliq faoliyatni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega boʻlgan yuridik shaxslar boʻlishi mumkin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 444-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2022-y., 09/22/444/0738-son — 2022-yil 16-noyabrdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
4. Giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni, ularning analoglari va prekursorlarni avtomobil, shuningdek, qoʻl yuki bilan havo va temir yoʻl yoʻlovchi transportida tashish giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar, ularning analoglari va prekursorlarning xossalarini biladigan va ular bilan muomala qila oladigan yukni joʻnatuvchi (yukni oluvchi)ning vakili — masʼul shaxsning (keyingi oʻrinlarda tashish uchun masʼul shaxs deb ataladi) majburiy kuzatuvida amalga oshiriladi.
Yuk joʻnatuvchi (yuk oluvchi)ning qaroriga asosan giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni, ularning analoglari va prekursorlarni havo kemasining yuk-bagaj boʻlimlari va temir yoʻl yuk vagonlari bilan (qoʻl yuki sifatida emas) tashish masʼul shaxs kuzatuvida amalga oshirilishi mumkin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 444-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2022-y., 09/22/444/0738-son — 2022-yil 16-noyabrdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
5. Yuk joʻnatuvchi (yuk oluvchi)ning qaroriga asosan giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni, ularning analoglari va prekursorlarni tashish ushbu maqsadlarga ajratiladigan maxsus yuk joʻnatuvchi (yuk oluvchi) xodimlarining qoʻriqlovida amalga oshirilishi mumkin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 444-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2022-y., 09/22/444/0738-son — 2022-yil 16-noyabrdan kuchga kiradi)
6. Tashish uchun masʼul shaxs, qoʻriqlash xodimlari, shuningdek, tashishni amalga oshiruvchi xodimlar, avtotransport vositalarning haydovchilari (avtomobil transportida tashishda) yuk joʻnatuvchi (yuk oluvchi)ning buyrugʻi (farmoyishi) bilan tayinlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni, ularning analoglari va prekursorlarni tashishda yoʻlda boʻlish vaqti 8 soatdan ortiqni tashkil etgan taqdirda ikki nafar tashish uchun masʼul shaxs, ikki nafar qoʻriqlash xodimi, shuningdek, har bir avtotransport vositasiga ikki nafar haydovchi (avtomobil transportida tashishda) ajratilishi tavsiya etiladi.
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 444-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2022-y., 09/22/444/0738-son — 2022-yil 16-noyabrdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
7. Giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni, ularning analoglari va prekursorlarni tashishda tashish uchun masʼul shaxsning yonida yuk joʻnatuvchi yuridik shaxs rahbarining imzosi bilan tasdiqlangan tashilayotgan yuklarning tovar-transport yukxati boʻlishi kerak.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 444-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2022-y., 09/22/444/0738-son — 2022-yil 16-noyabrdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
8. Tashish uchun masʼul shaxs majburiyatlariga quyidagilar kiradi:
qoʻriqlash va kuzatuvni amalga oshirayotgan xodimlarga, avtotransport vositalari haydovchilariga (avtomobil transportida tashishda) giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni, ularning analoglari va prekursorlarni ortish, tashish va tushirishda tashish qoidalari, yukning tavsifi hamda shaxsiy, jamoat va ekologik xavfsizlik choralari toʻgʻrisida yoʻriqnoma berish;
yuk olinadigan joylarda giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar, ularning analoglari va prekursorlar toʻgʻri qadoqlanganligini va ularning markirovkasini, tamgʻalarning butligini tashqi tomondan koʻzdan kechirish va giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni, ularning analoglari va prekursorlarni qabul qilish;
giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar, ularning analoglari va prekursorlar ortilishini, mahkamlanishini va tushirilishini kuzatish;
giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar, ularning analoglari va prekursorlar joʻnatish joyidan yetkazish joyigacha kuzatib borilishini va qoʻriqlanishini taʼminlash, tashish yoʻnalishiga qatʼiy rioya qilish;
giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar, ularning analoglari va prekursorlar joʻnatish joyidan yetkazish joyigacha tashish chogʻida, shuningdek, transport vositalarining toʻxtab turishi davomida xavfsizlik qoidalariga rioya qilish;
qoʻriqlash va tashishni amalga oshiruvchi xodimlarning shaxsiy xavfsizligini, shuningdek, jamoat, ekologik xavfsizlik va giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar, ularning analoglari va prekursorlarning butligini taʼminlash choralariga rioya qilinishi yuzasidan xatti-harakatlariga rahbarlik qilish;
belgilangan joyga kelgandan keyin giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalar, ularning analoglari va prekursorlarni yukni oluvchiga topshirish.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 444-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2022-y., 09/22/444/0738-son — 2022-yil 16-noyabrdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
9. Giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni, ularning analoglari va prekursorlarni shahar yoʻlovchilar transportida qoʻl yuki sifatida, shuningdek, avtomobil transportida shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 444-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2022-y., 09/22/444/0738-son — 2022-yil 16-noyabrdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
2-bob. Giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni, ularning analoglari va prekursorlarni avtomobil transportida tashish
(2-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 444-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2022-y., 09/22/444/0738-son — 2022-yil 16-noyabrdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
10. Giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni, ularning analoglari va prekursorlarni avtomobil transportida tashish giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni tashishga litsenziyaga ega boʻlgan yuridik shaxslar — tashuvchilar (yukni joʻnatuvchilar, yukni oluvchilar) tomonidan amalga oshiriladi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 444-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2022-y., 09/22/444/0738-son — 2022-yil 16-noyabrdan kuchga kiradi)
11. Xavfli yuklar toifasiga kiritilgan prekursorlarni avtomobil transportida tashish Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 16-fevraldagi 35-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida xavfli yuklarni avtomobil transportida tashish qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
12. Tashish uchun masʼul shaxs vazifalarini avtotransport vositasining haydovchisiga yuklash taqiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
3-bob. Giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni, ularning analoglari va prekursorlarni havo transportida tashish
(3-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 444-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2022-y., 09/22/444/0738-son — 2022-yil 16-noyabrdan kuchga kiradi)
1-§. Tashishga qabul qilish
Oldingi tahrirga qarang.
13. Giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni, ularning analoglari va prekursorlarni tashishga qabul qilish va tashish tashuvchi aviakompaniya tomonidan belgilangan qoidalar va standartlar boʻyicha amalga oshiriladi.
Tashish uchun qabul qilinayotgan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar, ularning analoglari va prekursorlar xavfli yuklar toifasiga kirgan taqdirda, ularni tashish uchun qabul qilishda Fuqaro aviatsiyasi xalqaro tashkiloti (IKAO)ning xavfli yuklarni havoda xavfsiz tashish boʻyicha texnik qoʻllanmalari inobatga olinishi lozim.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 444-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2022-y., 09/22/444/0738-son — 2022-yil 16-noyabrdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
14. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar, ularning analoglari va prekursorlar ham yoʻlovchi, ham yuk tashuvchi havo kemalarida tashilishi mumkin. Giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni, ularning analoglari va prekursorlarni doimiy reyslarni bajaruvchi havo kemalarida tashish yuk tashiladigan idishlar uchun majburiy tarzda butun tashish yoʻnalishi boʻylab oldindan joyni band qilish (bronlashtirish) sharti bilan amalga oshiriladi.
(14-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 444-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2022-y., 09/22/444/0738-son — 2022-yil 16-noyabrdan kuchga kiradi)
Xavfli yuklar toifasiga kiruvchi prekursorlarni yoʻlovchi tashuvchi havo kemalarida tashishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
15. Giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni, ularning analoglari va prekursorlarni tashish uchun qabul qilishda ularni shartli ravishda qimmatbaho yuklar toifasiga (VAL) kiritish va bu toifadagi yuklarga taalluqli boʻlgan tashish qoidalari va butligini taʼminlash reglamentini qoʻllash lozim. Tashish uchun qabul qilinayotgan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar, ularning analoglari va prekursorlar xavfli yuklar toifasiga kirgan taqdirda, bu toifadagi yuklama uchun belgilangan tashish qoidalarini ham qoʻllash lozim.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 444-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2022-y., 09/22/444/0738-son — 2022-yil 16-noyabrdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
16. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar, ularning analoglari va prekursorlar tashishga qabul qilinganligi haqidagi yozma xabarlarda giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar, ularning analoglari va prekursorlarning yuk tushirishdagi aniq nomlanishi (kimyoviy formulasi)dan foydalaniladi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 444-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2022-y., 09/22/444/0738-son — 2022-yil 16-noyabrdan kuchga kiradi)
2-§. Tashish hujjatlari, qadoqlash, markirovka
Oldingi tahrirga qarang.
17. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar, ularning analoglari va prekursorlarning qadogʻi ishonchli yopilishi, unda nuqson (shikast)lar boʻlmasligi lozim.
Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar, ularning analoglari va prekursorlar shunday qadoqlangan boʻlishi kerakki, aniq koʻrinib turuvchi tashqi aralashuv izlarini qoldirmasdan ichidagilarni almashtirish yoki olib qoʻyish imkoni boʻlmasligi kerak.
Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar, ularning analoglari va prekursorlarning har bir qadogʻi yukni joʻnatuvchi va tashuvchi tomonidan tamgʻalanadi va tortiladi, qayd etilgan ogʻirlik tashish hujjatlaridagi ogʻirlik bilan solishtiriladi va qadoqqa yopishtiriladigan yuk yorliqlarida koʻrsatiladi.
Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar, ularning analoglari va prekursorlarning har bir qadogʻi ularda nuqson (shikast)lar mavjud emasligi yuzasidan tekshirilgan boʻlishi kerak. Qadoqda nuqsoni (shikastlangan) boʻlgan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar, ularning analoglari va prekursorlar tashish uchun qabul qilinmaydi va darhol aeroport hududidan olib chiqib ketiladi. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar, ularning analoglari va prekursorlarning qadogʻidagi nuqson (shikast)lar haqda ikki nusxada dalolatnoma tuziladi va u yuk joʻnatuvchi tomonidan imzolanadi. Dalolatnomaning bir nusxasi tashuvchida yoki uning vakolatli agentida qoladi, ikkinchi nusxasi esa yuk joʻnatuvchiga beriladi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 444-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2022-y., 09/22/444/0738-son — 2022-yil 16-noyabrdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
18. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar, ularning analoglari va prekursorlardan iborat transfer yukning qadoqlarida nuqson (shikast)lar aniqlanganida transfer punktida (ushbu yoki oʻzga yuk tashuvchining boshqa reysiga qayta yuklashda) yuk qayta tortib koʻriladi, yukning qadogʻi shikastlanganligi toʻgʻrisida ikki nusxada dalolatnoma tuziladi va zaruriyatga qarab yuk qayta qadoqlanadi va yangidan tamgʻalanadi. Dalolatnomaning bir nusxasi giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar, ularning analoglari va prekursorlar bilan birga joʻnatiladigan hujjatlarga ilova qilinadi, ikkinchisi esa — transfer aeroportida qoldiriladi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 444-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2022-y., 09/22/444/0738-son — 2022-yil 16-noyabrdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
19. Giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni, ularning analoglari va prekursorlarni tashish uchun konteyner va qulflanadigan qutilardan foydalanilganda ular quyidagilarni taʼminlashi lozim:
giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni, ularning analoglari va prekursorlarni konteyner (quti)ning tamgʻalangan qismidan aniq koʻrinib turuvchi tashqi aralashuv izlarini qoldirmasdan yoki yuk tashuvchining tamgʻasini buzmasdan chiqarib olish va qaytarib qoʻyish imkonini istisno qilishi;
giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni, ularning analoglari va prekursorlarni joylashtirish uchun foydalaniladigan konteynerning butun maydoni nazorat tartibida koʻzdan kechirish uchun qulay boʻlishini, qulflanadigan quti va konteynerlarda giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar, ularning analoglari va prekursorlarning bir qismi yashirilishi mumkin boʻlgan yashirin joylar boʻlmasligi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 444-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2022-y., 09/22/444/0738-son — 2022-yil 16-noyabrdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
20. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar, ularning analoglari va prekursorlarning tashish hujjatlarini rasmiylashtirishda quyidagi talablar bajarilishi lozim:
(20-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 444-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2022-y., 09/22/444/0738-son — 2022-yil 16-noyabrdan kuchga kiradi)
avia yukxati (nakladnoy)da yuk ichidagilarni “VAL” maxsus ishlov kodi, xavfli yuklar toifasiga kiruvchi prekursorlarni tashishda esa — “Nature and Quantity of Goods” (yukning tavsifi va xususiyati) ustunida xavfli yuklarni ishlov kodlari koʻrsatilgan boʻlishi;
Oldingi tahrirga qarang.
yuk kuzatuv hujjatlarida bir kilogrammning yuzdan bir qismigacha aniqlik bilan oʻlchangan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar, ularning analoglari va prekursorlarning haqiqiy ogʻirligi hamda har bir qadoqning oʻlchamlari koʻrsatilgan boʻlishi;
(20-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 444-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2022-y., 09/22/444/0738-son — 2022-yil 16-noyabrdan kuchga kiradi)
“VAL” maxsus ishlov kodi, xavfli yuklar toifasiga kiruvchi prekursorlarni tashishda esa — xavfli yuklarni ishlov kodlari yuk deklaratsiyasining “Nature of Goods” (yukning tavsifi) ustunida koʻrsatilgan boʻlishi;
yuk haqidagi maʼlumot standart blankaga yoki NOTOS (Special Load Notification to Captain — maxsus yuk toʻgʻrisida havo kemasi komandiriga xabarnoma)ga kiritilishi.
3-§. Tashishni tashkil etish
Oldingi tahrirga qarang.
21. Giyohvandlik vositalariga, psixotrop moddalarga, ularning analoglari va prekursorlarga joʻnatish, transfer qilish va yetkazish punktlarida ularga qayta ishlov berish, ularni ortish va tushirishda haqiqiy qabul qilib olingan yukning miqdori toʻgʻrisidagi maʼlumotlar avia yukxati (nakladnoy) va yuk deklaratsiyasiga kiritilgan yozuvlar bilan solishtirilishi zarur.
Giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni, ularning analoglari va prekursorlar tashuvchi javobgarligiga berilgan vaqtdan boshlab ular ruxsatsiz yaqinlashishdan himoyalangan boʻlishi kerak. Giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni, ularning analoglari va prekursorlarni biror-bir sabablarga koʻra qoʻriqlanadigan hududda joylashtirish imkoni boʻlmaganda, ularning butligini taʼminlash boʻyicha maxsus choralar koʻrilishi lozim.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 444-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2022-y., 09/22/444/0738-son — 2022-yil 16-noyabrdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
22. Giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni, ularning analoglari va prekursorlarni joʻnatish (transfer qilish, yetkazish) aeroportlarida saqlashda maxsus jurnalda quyidagi maʼlumotlar qayd qilinishi kerak:
(22-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 444-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2022-y., 09/22/444/0738-son — 2022-yil 16-noyabrdan kuchga kiradi)
har bir qadoqning tavsifi (oʻlchamlari, ogʻirligi, boshqa farqlovchi xususiyatlari);
Oldingi tahrirga qarang.
giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar, ularning analoglari va prekursorlar qoʻriqlanadigan hududga joylashtirilgan sana va vaqt, yukni ushbu hududga keltirgan va unga kirishga ruxsati boʻlgan shaxslar haqida maʼlumotlar;
(22-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 444-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2022-y., 09/22/444/0738-son — 2022-yil 16-noyabrdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar, ularning analoglari va prekursorlar qoʻriqlanadigan hududdan olib ketilgan sana va vaqt, yukni ushbu hududdan olib ketgan shaxslar haqida maʼlumotlar.
(22-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 444-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2022-y., 09/22/444/0738-son — 2022-yil 16-noyabrdan kuchga kiradi)
Maxsus jurnal yukni joʻnatish (transfer qilish, yetkazish) aeroportining harakat xizmatining boshligʻi yoki shu xizmatning navbatchi dispetcheri tomonidan elektron shaklda yuritiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
23. Joʻnatish jarayonida giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar, ularning analoglari va prekursorlar aeroportga havo kemasi uchishidan 3 soat oldin tamgʻalangan qadoqda keltirilishi va belgilangan tartibda tashuvchining vakolatli shaxslariga topshirilishi, tashuvchi tomonidan ajratilgan qoʻriqlash xizmati va aviatsiya xavfsizligi xizmati xodimlari ishtirokida toʻplanishi va havo kemasi bortiga ortilishi kerak.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 444-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2022-y., 09/22/444/0738-son — 2022-yil 16-noyabrdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
24. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar, ularning analoglari va prekursorlar tashish uchun masʼul shaxsning kuzatuvida tashilganda, ushbu shaxs yoʻlovchi sifatida tashiladi hamda aviatsiya qoidalari bilan belgilangan uchish oldi tekshiruvlardan oʻtkaziladi.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 444-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2022-y., 09/22/444/0738-son — 2022-yil 16-noyabrdan kuchga kiradi)
25. Giyohvandlik vositalari va ularning analoglari havo kemasining yuk-bagaj boʻlimlarida tashilganda, tashish uchun masʼul shaxs yukning havo kemasiga yetkazilishini va undan olib ketilishini kuzatib turishi, yukni ortish va tushirish ishlarini nazorat qilishi, yuk yuklagandan soʻng yuk boʻlinmalari tamgʻalanganligini tekshirishga majbur.
Tashish uchun masʼul shaxs yoʻlovchilar saloniga oxirgi navbatda, giyohvandlik vositalari va ularning analoglari yuk-bagaj boʻlimlariga ortilganidan va barcha boshqa yoʻlovchilar salonga chiqib boʻlganidan soʻng kiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
26. Giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni, ularning analoglari va prekursorlarni qoʻl yuki sifatida havo kemasining yoʻlovchilar salonida tashishda, tashish uchun masʼul shaxs va qoʻriqlash xodimlari giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar, ularning analoglari va prekursorlar bilan birga havo kemasiga boshqa yoʻlovchilardan alohida yetib keladi hamda yoʻlovchilar salonida ular uchun ajratilgan joylarga yoʻlovchilar kirishidan oldin yoki keyin joylashtiriladi.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 444-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2022-y., 09/22/444/0738-son — 2022-yil 16-noyabrdan kuchga kiradi)
4-§. Yuk yetib kelgandan soʻng uni saqlash va berish
Oldingi tahrirga qarang.
27. Yukni oluvchi giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni, ularning analoglari va prekursorlarni qabul qilish uchun yuk joʻnatuvchi koʻrsatgan vaqtda yukni yetkazish aeroportiga yetib kelishi zarur.
Yukni oluvchi yukni yetkazish aeroportiga oʻz vaqtida yetib kelmagan taqdirda, giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar, ularning analoglari va prekursorlar yetib kelganligi haqida yukni oluvchiga xabar berish yuk uni yetkazish aeroportiga yetkazgan havo kemasidan tushirib olinganidan soʻng 3 soat ichida amalga oshirilishi kerak.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 444-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2022-y., 09/22/444/0738-son — 2022-yil 16-noyabrdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
28. Yuk tashuvchi giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni, ularning analoglari va prekursorlarni faqat avia yukxati (nakladnoy)da koʻrsatilgan yuk qabul qiluvchiga, yoxud u tomondan yukni olish vakolatlari berilgan hamda avia yukxati (nakladnoy)da koʻrsatilgan shaxsga topshiradi.
Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar, ularning analoglari va prekursorlarning topshirilishi yukning butligini taʼminlash choralari koʻrilgan holda amalga oshirilishi lozim.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 444-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2022-y., 09/22/444/0738-son — 2022-yil 16-noyabrdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
29. Tashuvchi giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni, ularning analoglari va prekursorlarni avia yukxati (nakladnoy)da koʻrsatilgan barcha shartlar bajarilgandan soʻng qabul qiluvchiga beradi va yuk topshirilganligi faktini yuk qabul qiluvchining avia yukxati (nakladnoy)ning nusxasida qabul qiluvchi imzosi bilan tasdiqlaydi, bular oxirgi tashuvchida yukning qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi tilxat va tashish shartnomasi bajarilganligini tasdiqlovchi dalil sifatida qoladi.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 444-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2022-y., 09/22/444/0738-son — 2022-yil 16-noyabrdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
30. Giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni, ularning analoglari va prekursorlarni surishtiruv, dastlabki tergov yoki sud organlarining talabiga koʻra yoxud yukni oluvchi yoʻqligi sababli huquqni muhofaza qilish organlariga berish giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni, ularning analoglari va prekursorlarni yukni oluvchiga topshirish hisoblanadi, bunda tashuvchi yukni joʻnatuvchiga yoki yukni oluvchiga giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar, ularning analoglari va prekursorlar bunday tarzda topshirilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni hamda yukning bu turda topshirilishi asoslanganligini isbotlovchi hujjatlarni (narsalarning olib qoʻyilganligi, taqdim etilganligi toʻgʻrisidagi surishtiruvchi, tergovchining bayonnomasi, sud majlisining bayonnomasidan qoʻchirma, talab qilib olinmagan yukni topshirish dalolatnomasi) taqdim qiladi.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 444-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2022-y., 09/22/444/0738-son — 2022-yil 16-noyabrdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
31. Agar yukni oluvchi giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar, ularning analoglari va prekursorlar Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan yetkazish punktiga yetib kelganligi toʻgʻrisidagi xabarnoma joʻnatilgandan soʻng yukni talab qilib olmasa, qabul qilishdan bosh tortsa yoki qabul qila olmasa, tashuvchi yukni joʻnatuvchiga giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni, ularning analoglari va prekursorlarni yukni oluvchiga berish imkoni yoʻqligi haqida xabar berishga va yukni joʻnatuvchi giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar, ularning analoglari va prekursorlar boʻyicha qaror qabul qilguniga qadar ularni yukni joʻnatuvchi hisobiga saqlash uchun oʻzida qoldirishga majbur.
(31-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 444-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2022-y., 09/22/444/0738-son — 2022-yil 16-noyabrdan kuchga kiradi)
Yukni oluvchi xabardor qilingan kundan boshlab oʻttiz kun ichida yuk olib ketilmagan va bu yukka nisbatan yuk joʻnatuvchining biror-bir qarori olinmagan boʻlsa, bunday yuk talab qilib olinmagan deb hisoblanadi va huquqni muhofaza qilish organlariga topshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
4-bob. Giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni, ularning analoglari va prekursorlarni temir yoʻl transportida tashish
(4-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 444-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2022-y., 09/22/444/0738-son — 2022-yil 16-noyabrdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
32. Giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni, ularning analoglari va prekursorlarni temir yoʻl transportida tashish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 13-apreldagi 109-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi temir yoʻl transportida yoʻlovchilar, bagaj va yuk bagaj tashish qoidalari hamda ushbu Nizom talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 444-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2022-y., 09/22/444/0738-son — 2022-yil 16-noyabrdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
33. Giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni, ularning analoglari va prekursorlarni temir yoʻl transportida tashishda quyidagi umumiy talablar belgilanadi:
giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni, ularning analoglari va prekursorlarni tashishga tayyorlash boʻyicha;
giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni, ularning analoglari va prekursorlarni tashish uchun foydalaniladigan idish va qadoqlarning yaroqliligi boʻyicha;
giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni, ularning analoglari va prekursorlarni tashishda nazoratni tashkil etish boʻyicha talablar.
Giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni, ularning analoglari va prekursorlarni tashishga qoʻyiladigan talablar yukni joʻnatuvchi, yukni oluvchi, giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni, ularning analoglari va prekursorlarni tashish jarayonida qatnashuvchi temir yoʻl transporti xodimlari, tashish uchun masʼul shaxs, shuningdek, harakatlanuvchi yoʻlovchi va yuk vagonlarini, giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni, ularning analoglari va prekursorlarni tashishda foydalaniladigan konteynerlarni ishlab chiqarish, ularga texnik xizmat koʻrsatish va taʼmirlash bilan shugʻullanuvchi, yukni joʻnatuvchi va yukni oluvchiga transport-ekspeditsiya xizmatlarini koʻrsatuvchi tashkilotlar uchun majburiy hisoblanadi.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 444-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2022-y., 09/22/444/0738-son — 2022-yil 16-noyabrdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
34. Giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni, ularning analoglari va prekursorlarni yuklash meʼyorlari, ularni tashish uchun yoʻlovchi va yuk vagonlarining tipini tanlash, ushbu maqsadlarda ularning texnik va tijorat jihatdan yaroqliligini aniqlash, giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar, ularning analoglari va prekursorlarning vagonlarda mahkamlanishi temir yoʻl ustavi, yuklarni tashish qoidalari, yoʻlovchi va bagajni tashish qoidalari talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 444-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2022-y., 09/22/444/0738-son — 2022-yil 16-noyabrdan kuchga kiradi)
1-§. Tashishga qabul qilish, tashishni tashkil qilish
Oldingi tahrirga qarang.
35. Giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni, ularning analoglari va prekursorlarni tashish uchun taqdim etish faqat umumiy foydalanish joylaridan tashqarida amalga oshiriladi, umumiy hamda umumiy boʻlmagan foydalanish joylarida qabul qilinishi mumkin boʻlgan kichik va konteynerli joʻnatmalar bundan mustasno.
(35-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 444-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2022-y., 09/22/444/0738-son — 2022-yil 16-noyabrdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
36. Giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni, ularning analoglari va prekursorlarni bu turdagi yuklarni yuklash va tushirish uchun tegishli jihozlar va moslamalarga ega boʻlmagan umumiy hamda umumiy boʻlmagan foydalanish joylarida ortish taqiqlanadi.
(36-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 444-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2022-y., 09/22/444/0738-son — 2022-yil 16-noyabrdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
37. Giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni, ularning analoglari va prekursorlarni tashishni ham yoʻlovchi, ham yuk vagonlarida amalga oshirish mumkin. Doimiy reyslar bajaradigan temir yoʻl transportida giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni, ularning analoglari va prekursorlarni tashish butun yoʻnalish boʻyicha tashilayotgan yuklar uchun joylarni oldindan majburiy bronlashtirish sharti bilan amalga oshiriladi.
(37-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 444-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2022-y., 09/22/444/0738-son — 2022-yil 16-noyabrdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
38. “Netto” ogʻirligi (yukning sof ogʻirligi) 1 kilogrammdan, biroq hajmi 1 litrdan ortiq boʻlmagan kichik qadoqlardagi giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni, ularning analoglari va prekursorlarni tashish yuklarni tashish qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
(38-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 444-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2022-y., 09/22/444/0738-son — 2022-yil 16-noyabrdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
39. Yuk joʻnatuvchi tomonidan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar, ularning analoglari va prekursorlar tashishga faqat yuklarni tashish qoidalarida belgilangan joʻnatish turlari bilan, ushbu mahsulot uchun ishlab chiqaruvchining texnik hujjatlarida belgilangan idish va qadoqlarda taqdim etiladi.
(39-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 444-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2022-y., 09/22/444/0738-son — 2022-yil 16-noyabrdan kuchga kiradi)
Xavfli yuklar toifasiga kiritilgan prekursorlar yoʻlovchi poyezdlarda tashilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
40. Psixotrop moddalar, ularning analoglari va prekursorlar yuk vagonlarida tashilganda tashish uchun masʼul shaxs yukning vagonga yetkazilishini va undan olib ketilishini kuzatib turishi, yukni ortish va tushirish ishlarini nazorat qilishi, yuk yuklagandan soʻng yuk boʻlinmalari tamgʻalanganligini tekshirishga majbur.
Tashish uchun masʼul shaxs yoʻlovchi vagoniga oxirgi navbatda, psixotrop moddalar, ularning analoglari va prekursorlar yuk vagoniga ortilganidan hamda barcha boshqa yoʻlovchilar yoʻlovchi vagoniga chiqib boʻlganidan soʻng kiradi.
(40-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 444-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2022-y., 09/22/444/0738-son — 2022-yil 16-noyabrdan kuchga kiradi)
41. Giyohvandlik vositalari va ularning analoglari qoʻl yuki sifatida yoʻlovchi vagonida tashilganda tashish uchun masʼul shaxs poyezd joʻnashidan kamida 2 soat oldin stansiya (vokzal) boshligʻi huzuriga yetib kelishga va qoʻl yuki sifatida tashiladigan yukni taqdim etishga majbur.
Stansiya (vokzal) boshligʻi yuk qadoqning tashqi holatini, zarur boʻlganda esa yukning “brutto” (yukning idishi bilan umumiy) ogʻirligini ham tekshirishi shart.
Tashish uchun masʼul shaxsni poyezdga oʻtkazish xuddi shunday yukni olib oʻtayotgan boshqa yoʻlovchi boʻlmagan taqdirda navbatsiz amalga oshiriladi.
Tashish uchun masʼul shaxsning poyezdga oʻtkazilganligi toʻgʻrisida stansiya (vokzal) boshligʻi poyezd boshligʻi (brigadiri)ni xabardor qilishga hamda bu haqda bildirgi va yoʻl qatnovida belgi qoʻyishga majbur.
42. Giyohvandlik vositalari va ularning analoglarini qoʻl yuki sifatida yoʻlovchi vagonida tashishda tashish uchun masʼul shaxs va qoʻriqlash xodimlariga alohida kupe ajratilishi lozim, bunda kupedagi barcha joylar toʻlangan va yoʻl hujjati (bilet)da kupedagi barcha joylar koʻrsatilgan boʻlishi kerak. Kupedagi joylarning narxi ushbu Nizomning 6-bandiga muvofiq masʼul shaxs va qoʻriqlash xodimlarini tayinlagan yuk joʻnatuvchi (yuk oluvchi) tomonidan qoplanadi.
Bunda tashish uchun masʼul shaxs va qoʻriqlash xodimlari giyohvandlik vositalari va ularning analoglari bilan birga yoʻlovchi poyezdiga boshqa yoʻlovchilardan alohida yetib keladi hamda ular uchun ajratilgan kupega yoʻlovchilar kirishidan oldin yoki keyin joylashtiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
43. Giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni, ularning analoglari va prekursorlarni qoʻl yuki sifatida yoʻlovchi poyezdlarida tashishda bir nafar yoʻlovchi uchun oʻrnatilgan qoʻl yuki normalarida belgilangan miqdordagi giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalarni, ularning analoglari va prekursorlarning tashilishiga ruxsat beriladi.
(43-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 444-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2022-y., 09/22/444/0738-son — 2022-yil 16-noyabrdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
44. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 12-avgustdagi 177-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyatining harbiylashtirilgan qoʻriqlash xizmati naryadlari tomonidan qoʻriqlanishi va kuzatib borilishi kerak boʻlgan yuklar roʻyxatiga kiritilgan giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni, ularning analoglari va prekursorlarni tashishda ular majburiy tartibda yukni joʻnatuvchi (yukni oluvchi) hisobiga “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyatining harbiylashtirilgan qoʻriqlovi bilan taʼminlanadi.
(44-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 444-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2022-y., 09/22/444/0738-son — 2022-yil 16-noyabrdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
45. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar, ularning analoglari va prekursorlar yukni joʻnatuvchi (yukni oluvchi)ning qoʻriqlash xodimlari qoʻriqlovida tashilganda, ushbu xodimlar yukni qoʻriqlash majburiyatlaridan faqat yukning kelgusida “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyatining harbiylashtirilgan qoʻriqlash xizmati qoʻriqlovi ostida temir yoʻl boʻylab tashilishi uchun topshirilgan vaqtdan boshlab ozod etilishlari mumkin.
(45-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 444-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2022-y., 09/22/444/0738-son — 2022-yil 16-noyabrdan kuchga kiradi)
46. Prekursorlarni yuk poyezdi bilan tashishda favqulodda vaziyatlar (avariya, yongʻin, portlash, tabiiy ofat, va shu kabilar) yuzaga kelganda yoki prekursorlarning sizib chiqayotganligi aniqlanganda, poyezd mashinisti yoki uning yordamchisi bu haqda tegishli choralar koʻrish uchun darhol eng yaqin stansiya navbatchisini xabardor qilishga majbur.
Bunday xabarni olgan stansiya boshligʻi, oʻz navbatida, darhol transportda xavfsizlikni taʼminlash ichki ishlar organlarini xabardor qilishi hamda ular bilan hamkorlikda hodisa va uning oqibatlarini birlamchi bartaraf etish, jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam koʻrsatish, yukni qoʻriqlash, yukni oluvchini xabardor qilish, shuningdek, voqea joyiga hodisa va uning oqibatlarini bartaraf etish uchun avariya-qutqaruv brigadalari yetib kelishi boʻyicha kechiktirib boʻlmaydigan tadbirlarning amalga oshirilishini tashkil etishi lozim.
2-§. Ortish va tushirishga qoʻyiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
47. Giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni, ularning analoglari va prekursorlarni ortish va tushirish temir yoʻl ustavi, yuklarni tashish qoidalari va normativ-texnik hujjatlar talablariga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
(47-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 444-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2022-y., 09/22/444/0738-son — 2022-yil 16-noyabrdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
48. Yukni joʻnatuvchi giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni, ularning analoglari va prekursorlarni vagonlar va konteynerlarga ushbu mahsulot uchun belgilangan standart meʼyorlari yoki texnik shartlarda belgilangan normalardan oshmagan holda yuklashi shart.
(48-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 444-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2022-y., 09/22/444/0738-son — 2022-yil 16-noyabrdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
49. Giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni, ularning analoglari va prekursorlarni vagonlar va konteynerlarda, shuningdek, ochiq harakatlanuvchi tarkibdagi maxsus konteynerlarda joylashtirish va mahkamlash yuklarni yuklash va mahkamlash texnik shartlariga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
Yuklarni vagonlar va konteynerlarda mahkamlash uchun foydalaniladigan material tashilayotgan giyohvandlik vositalariga, psixotrop moddalarga, ularning analoglari va prekursorlarga nisbatan inert boʻlishi kerak.
(49-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 444-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2022-y., 09/22/444/0738-son — 2022-yil 16-noyabrdan kuchga kiradi)
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
50. Tashish davomida giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar, ularning analoglari va prekursorlarning yoʻqotilishi yoki talon-toroj qilinishi aniqlanganda yoxud ular joylashtirilgan idishlar va qadoqlarda ruxsatsiz aralashuv izlari topilganda, tashish uchun masʼul shaxs:
(50-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 444-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2022-y., 09/22/444/0738-son — 2022-yil 16-noyabrdan kuchga kiradi)
havo va temir yoʻl transporti bilan tashishda — qoʻnish aeroporti dispetcheri (eng yaqin stansiya navbatchisi)ga va yukni oluvchiga axborot berish hamda hodisani rasmiy qayd etish uchun hodisa haqida darhol havo kemasining ekipaji aʼzosi (poyezd boshligʻi (brigadiri)ni xabardor qilishi;
avtomobil transporti bilan tashishda — hodisa haqida darhol eng yaqin ichki ishlar organi (posti) va yukni oluvchini xabardor qilishi;
yukni qidirib topish va hodisa joyining daxlsizligini taʼminlash choralarini koʻrishi shart.
51. Prekursorlarni tashishda favqulodda vaziyatlar (avariya, yongʻin, portlash, tabiiy ofat va shu kabilar.) yuzaga kelganda yoki prekursorlarning sizib chiqayotganligi aniqlanganda, tashish uchun masʼul shaxs hodisani va uning oqibatlarini birlamchi bartaraf etish, jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam koʻrsatish, avariya-qutqaruv xizmatlarni xabardor qilish hamda ular bilan hodisa joyida hamkorlikda harakat qilish boʻyicha kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlarning amalga oshirilishini taʼminlashi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
52. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
(52-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Qarang: Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 56, 562 – 564-moddalari, Jinoyat kodeksining 127-moddasi, XIX bobi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2020-y., 09/20/85/0168-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son, 15.08.2022-y., 09/22/444/0738-son)