Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining
Qarori
Muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan harbiy xizmatchilarga Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun tavsiyanomalar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 31-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3215]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-iyuldagi PF-5759-son “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi Farmoni va 2012-yil 31-maydagi PQ-1765-son “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni oʻtab boʻlgan fuqarolarga imtiyozlar tizimini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati va Milliy gvardiyasi qaror qiladi:
1. Muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan harbiy xizmatchilarga Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun tavsiyanomalar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Mudofaa vaziri B. KURBANOV
Toshkent sh.,
2019-yil 30-dekabr,
46-son
Ichki ishlar vaziri P. BOBOJONOV
Toshkent sh.,
2019-yil 30-dekabr,
105-son
Favqulodda vaziyatlar vaziri v.b. T. XUDAYBERGANOV
Toshkent sh.,
2019-yil 30-dekabr,
36-son
Davlat xavfsizlik xizmati raisi A. AZIZOV
Toshkent sh.,
2019-yil 30-dekabr,
39-son
Milliy gvardiya qoʻmondoni B. TASHMATOV
Toshkent sh.,
2019-yil 30-dekabr,
35-son
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati va Milliy gvardiyasining 2019-yil 30-dekabrdagi 46, 105, 36, 39 va 35-son qaroriga
ILOVA
Muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan harbiy xizmatchilarga Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun tavsiyanomalar berish tartibi toʻgʻrisidagi
NIZOM
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 31-maydagi PQ-1765-son “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni oʻtab boʻlgan fuqarolarga imtiyozlar tizimini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan harbiy xizmatchilarga Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun tavsiyanomalar (bundan buyon matnda tavsiyanoma deb yuritiladi) berish tartibini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Tavsiyanomalar Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni oʻtab boʻlgan, jangovar va maʼnaviy-maʼrifiy tayyorgarlik boʻyicha yuksak natijalarga erishgan, zaruriy bilim saviyasiga ega, namunali harbiy intizomini namoyon etgan eng munosib harbiy xizmatchilarga beriladi.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni oʻtab, tavsiyanomaga ega boʻlgan fuqarolar quyidagilarga:
respublikaning oliy harbiy taʼlim muassasalaridagi tegishli taʼlim yoʻnalishlariga oʻqishga kirishda test sinovlari natijalariga koʻra oʻzlari toʻplagan ballarining 50 foizi miqdorida qoʻshimcha ball shaklidagi imtiyozga;
respublikaning oliy taʼlim muassasalari (oliy harbiy taʼlim muassasalari bundan mustasno) bakalavriatiga oʻqishga kirish uchun oliy taʼlim muassasalariga qabul parametrlaridan tashqari ajratiladigan alohida qabul koʻrsatkichlari doirasida tanlovda ishtirok etish huquqiga ega boʻladilar.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni oʻtagan fuqarolarga berilgan tavsiyanomalar, ular berilgan sanadan boshlab uch yil mobaynida amal qiladi.
2-bob. Jangovar va maʼnaviy-maʼrifiy tayyorgarlik natijalari uchun ballarni hisoblash
4. Guruh (boʻlinma) komandirlari tomonidan oʻquv yili dasturi asosida muddatli harbiy xizmatchilarning jangovar va maʼnaviy-maʼrifiy tayyorgarlik natijalari boʻyicha reyting koʻrsatkichlari yuritiladi.
5. Muddatli harbiy xizmatchilarning jangovar va maʼnaviy-maʼrifiy tayyorgarlik natijalari boʻyicha reyting koʻrsatkichlari ularga oʻquv fanlaridan qoʻyilgan baholarning oʻrtacha koʻrsatkichini hisoblash orqali aniqlanadi.
6. Oʻquv fanlaridan qoʻyilgan baholarning oʻrtacha koʻrsatkichi butun oʻquv yili davomida jangovar va maʼnaviy-maʼrifiy tayyorgarlik jurnallarida qayd qilib boriladi.
7. Jangovar va maʼnaviy-maʼrifiy tayyorgarlik jurnallarida muddatli harbiy xizmatchiga oʻquv fanlaridan qoʻyilgan baholar uning yakuniy oʻrtacha koʻrsatkichini hisoblab chiqarish uchun asos boʻladi.
8. Jangovar va maʼnaviy-maʼrifiy tayyorgarlik jurnallarida qayd qilingan baholar mazkur Nizomning tegishliligiga koʻra 1 va 2-ilovalariga muvofiq shakllardagi jadvallarga kiritiladi hamda oʻquv fanlarining qoʻyilgan bahoning oylik yoki yillik (yakuniy) oʻrtacha koʻrsatkichi hisoblab chiqariladi.
Bunda, barcha oʻquv fanlaridan qoʻyilgan baholar yigʻindisi oʻtilgan oʻquv fanlarining soniga boʻlinadi. Masalan, agar muddatli harbiy xizmatchi oy davomida otish tayyorgarligi mashgʻulotlarida 4 baho, taktik tayyorgarlik mashgʻulotlarida 5 baho, maʼnaviy-maʼrifiy tayyorgarlik mashgʻulotlarida 4 baho olgan boʻlsa, oʻrtacha koʻrsatkich quyidagicha hisoblanadi: 4+5+4=13; 13:3=4,3.
9. Oʻquv yili yakunida test sinovlari oʻtkazilishidan oldin harbiy qism shaxsiy tarkibi roʻyxatida boʻlgan hamda oʻquv fanlaridan qoʻyilgan baholarning yakuniy oʻrtacha koʻrsatkichi 4,0 dan yuqori boʻlgan muddatli harbiy xizmatchilarga ball beriladi.
Bunda, oʻquv fanlaridan qoʻyilgan baholarning yakuniy oʻrtacha koʻrsatkichi 4,0 dan yuqori boʻlgan muddatli harbiy xizmatchilarga quyidagi tartibda ball beriladi:
4,0 dan 4,3 gacha — 10 ball;
4,4 dan 4,7 gacha — 15 ball;
4,8 dan 5,0 gacha — 20 ball.
10. Oʻquv fanlaridan qoʻyilgan baholarning yakuniy oʻrtacha koʻrsatkichi 4,0 dan past boʻlgan muddatli harbiy xizmatchiga ball berilmaydi.
11. Oʻquv fanlaridan qoʻyilgan baholarning yakuniy oʻrtacha koʻrsatkichi uchun berilgan ballar mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shakldagi Reyting natijalarining yigʻma jadvaliga kiritiladi.
12. Oy yakunlari boʻyicha har oyda muddatli harbiy xizmatchilarning oʻquv fanlaridan qayd etgan koʻrsatkichlari umumlashtirilib, mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq pasayib borish tartibida tuziladigan Reyting natijalarining oylik jadvali rasmiylashtiriladi hamda vzvod (boʻlinma) komandirlarining oʻrinbosarlari bilan kelishilgan holda har oyning toʻrtinchi payshanba kuni batalon (batalonga tenglashtirilgan boʻlinma) komandiriga taqdim etiladi. Reyting natijalarining oylik jadvali muddatli harbiy xizmatchilar xizmat muddatini oʻtab boʻlganidan keyin besh yil davomida saqlanadi.
13. Batalon komandiri vzvod (boʻlinma) komandirlari tomonidan taqdim qilingan muddatli harbiy xizmatchilarning reytingi haqidagi maʼlumotlarni umumlashtirishni tashkillashtirib, mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq Oʻrtacha koʻrsatkichlar reyting jadvalini rasmiylashtiradi va batalon komandirining oʻrinbosarlari bilan kelishgan holda har oyning toʻrtinchi juma kuni harbiy qism komandiriga taqdim etadi. Oʻrtacha koʻrsatkichlar reyting jadvali muddatli harbiy xizmatchilar xizmat muddatini oʻtab boʻlganidan keyin besh yil davomida saqlanadi.
14. Harbiy qism komandiri butun oʻquv yili davomida muddatli harbiy xizmatchilar reyting natijalarining oylik monitoringi olib borilishini taʼminlashi lozim.
15. Jangovar va maʼnaviy-maʼrifiy tayyorgarlik jurnallari muddatli harbiy xizmatchilarning baholari qayd etib boriladigan asosiy hujjat hisoblanadi hamda ularga oʻzgartirishlar kiritilmasligi va but holatda saqlanishi uchun guruh (boʻlinma) komandirlari masʼul boʻladi.
Ushbu jurnallarning toʻgʻri yuritilishi va baholarning haqqoniyligini tekshirib borish maqsadida har oyda bir marta vzvod (boʻlinma), batalon komandiri va uning oʻrinbosarlari tomonidan oʻrganish tadbirlari oʻtkaziladi. Oʻrganish natijalari unda ishtirok etgan shaxslar tomonidan imzolangan holda tegishli jurnallarga qayd etib boriladi.
3-bob. Namunali harbiy intizom uchun ballarni hisoblash
16. Har bir harbiy qismdagi harbiy intizom holati xolisona qayd etib borilishi zarur. Namunali harbiy intizom uchun harbiy xizmatchilarga ballarni chiqarishda xolisona qaror qabul qilish masʼuliyati guruh, vzvod, batalon va harbiy qism komandirlarining zimmasiga yuklanadi.
17. Agar muddatli harbiy xizmatchi Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Intizom nizomida koʻzda tutilgan tartibda namunali harbiy intizom uchun ragʻbatlantirilsa (oldin berilgan intizomiy taʼzirni bekor qilish hollari bundan mustasno), harbiy qism komandiri tomonidan unga qoʻshimcha 10 ball qoʻyiladi.
18. Muddatli harbiy xizmat davomida necha marta ragʻbatlantirilganidan qatʼi nazar, muddatli harbiy xizmatchilarga namunali harbiy intizomi uchun 10 balldan ortiq ball qoʻyilmaydi.
Namunali harbiy intizom uchun beriladigan ball mazkur Nizomning 3-ilovasi tegishli ustuniga kiritiladi.
19. Muddatli harbiy xizmatchilarning barcha ragʻbatlantirilishlari harbiy qism komandirlarining buyruqlari bilan eʼlon qilinadi.
Har bir muddatli harbiy xizmatchini ragʻbatlantirish masalasi uning jangovar va maʼnaviy-maʼrifiy tayyorgarlik koʻrsatkichlarini inobatga olgan holda bevosita harbiy xizmatchi komandirining bergan tavsiyasiga asosan koʻrib chiqiladi.
20. Muddatli harbiy xizmatchi uchun berilgan ragʻbatlantirishlar haqidagi maʼlumotlar uning xizmat varaqasiga qayd etib boriladi.
21. Test sinovlari oʻtkazilishidan besh kun oldin mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shaklda Reyting natijalarining yigʻma jadvali tuziladi. Reyting natijalarining yigʻma jadvali bevosita komandirlar, komandir oʻrinbosarlari tomonidan imzolanadi hamda harbiy qism komandiri tomonidan tasdiqlanadi.
22. Reyting natijalarining yigʻma jadvali harbiy qism komandiri tomonidan tasdiqlanganidan soʻng berilgan ragʻbatlantirishlar uchun ball qoʻyilmaydi.
23. Reyting natijalari yigʻma jadvalining nusxasi harbiy qism komandirining birinchi oʻrinbosari — shtab boshligʻi (unga tenglashtirilgan shaxs) tomonidan imzolanadi va harbiy qismning gerbli muhri bilan tasdiqlanadi hamda test sinovlari boshlanishidan uch kun oldin boʻlinmalarda koʻrinadigan joyga ilib qoʻyiladi.
24. Reyting natijalarining yigʻma jadvali muddatli harbiy xizmatchilar xizmat muddatini oʻtab boʻlganidan keyin besh yil davomida saqlanadi.
4-bob. Test sinovlarini oʻtkazish
25. Muddatli harbiy xizmatchilar tomonidan jangovar va maʼnaviy-maʼrifiy tayyorgarlik dasturlarining oʻzlashtirganligini yakuniy baholash, shuningdek ularning bilim darajasini tekshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi (bundan buyon matnda DTM deb yuritiladi) tomonidan har bir harbiy qismda test sinovlari oʻtkaziladi.
Test sinovlariga barcha muddatli harbiy xizmatchilar kiritiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
26. Test sinovlarini oʻtkazish muddati tegishli vazirliklar va idoralar tomonidan DTM bilan kelishilgan holda belgilanadi.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 12-fevraldagi 6-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3495, 12.02.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.02.2024-y., 10/24/3495/0122-son)
Oldingi tahrirga qarang.
27. Test sinovlari oʻtkazilishidan bir oy avval tegishli vazirliklar va idoralar tomonidan DTM bilan hamkorlikda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining qoʻshin turlaridagi jangovar-xizmat vazifalarning xususiyatlarini inobatga olgan holda muddatli harbiy xizmatchilarning tayyorgarlik dasturlariga mos namunadagi test savollari tuziladi.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 12-fevraldagi 6-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3495, 12.02.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.02.2024-y., 10/24/3495/0122-son)
Oldingi tahrirga qarang.
28. Matematika va fizika fanlari boʻyicha hamda mantiqiy test savollari DTM tomonidan tegishli vazirliklar va idoralar ishtirokida umumtaʼlim va oʻrta maxsus taʼlim muassasalaridagi oʻquv dasturlarini inobatga olgan holda tuziladi.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 12-fevraldagi 6-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3495, 12.02.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.02.2024-y., 10/24/3495/0122-son)
Oldingi tahrirga qarang.
29. Test savollari muddatli harbiy xizmatchilarning jangovar va maʼnaviy-maʼrifiy tayyorgarlik dasturlaridagi oʻzgarishlarni inobatga olgan holda har yili tegishli vazirliklar va idoralar tomonidan DTM bilan hamkorlikda qaytadan koʻrib chiqilishi lozim.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 12-fevraldagi 6-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3495, 12.02.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.02.2024-y., 10/24/3495/0122-son)
30. Muddatli harbiy xizmatchilar uchun moʻljallangan test savollarining umumiy soni 100 ta boʻlib, ularning 40 tasi — jangovar tayyorgarlik, 20 tasi — maʼnaviy-maʼrifiy tayyorgarlik, 10 tasi — matematika fani, 10 tasi — fizika fani boʻyicha test savollaridan, shuningdek qolgan 20 tasi — mantiqiy test savollaridan iborat boʻladi.
Har bir toʻgʻri javob uchun: jangovar tayyorgarlik boʻyicha — 1,2 ball, maʼnaviy-maʼrifiy tayyorgarlik boʻyicha — 1,1 ball, matematika boʻyicha — 1 ball, fizika boʻyicha — 1 ball, mantiqiy savollar boʻyicha — 1 ball beriladi.
31. Test sinovlarini oʻtkazishning umumiy vaqti 3 soatni tashkil etadi. Bunda, test sinovi uchun 2 soat 30 daqiqa, javoblar varaqasini toʻldirish uchun 30 daqiqa ajratiladi.
32. DTMdan test sinovlarining natijalari haqida rasmiy maʼlumotlar olinganidan soʻng, har bir harbiy qismda test sinovlarining natijalari va muddatli harbiy xizmatchilarning harbiy xizmat mobaynida toʻplagan ballari koʻrsatilgan, mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq shakldagi Yakuniy jadval tuziladi.
Yakuniy jadval toʻplangan ballarning pasayib borish tartibida tuziladi hamda muddatli harbiy xizmatchilar xizmat muddatini oʻtab boʻlganidan keyin besh yil davomida saqlanadi.
33. Yakuniy jadval nusxasi harbiy qism komandirining birinchi oʻrinbosari — shtab boshligʻi (unga tenglashtirilgan shaxs) tomonidan imzolanadi va harbiy qismning gerbli muhri bilan tasdiqlanadi hamda DTMdan olingan test natijalariga oid rasmiy hujjatlarning nusxalari bilan birgalikda koʻrinadigan joyga ilib qoʻyiladi.
34. Harbiy qismlarning saf boʻlimida mazkur Nizomning 1 — 4-ilovalariga muvofiq shaklda tuzilgan jadvallar roʻyxatga olinadi va ularning qatʼiy hisobi yuritiladi.
5-bob. Tavsiyanomalarni berish
35. Tavsiyanoma berish toʻgʻrisidagi yakuniy qarorni qabul qilish maqsadida guruh (boʻlinma), batalon, vzvod komandirlari, shuningdek harbiy qism komandiri va uning oʻrinbosarlari hamda muddatli harbiy xizmatchilar ishtirokida yakuniy yigʻilish oʻtkaziladi. Yakuniy yigʻilish davomida har bir muddatli harbiy xizmatchining xizmat faoliyati baholanadi, test sinovlarining natijalari, namunali harbiy intizomi va oʻquv fanlaridan qoʻyilgan yakuniy oʻrtacha koʻrsatkichi uchun berilgan ballarining (agar mavjud boʻlsa) umumiy yigʻindisi jamlanadi hamda muddatli harbiy xizmatchilarga eʼlon qilinadi.
36. Yakuniy yigʻilish natijalari bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi va harbiy qism komandiri tomonidan tasdiqlanadi.
Muddatli harbiy xizmatchiga tavsiyanoma berish toʻgʻrisida xolisona qaror qabul qilish masʼuliyati shaxsan harbiy qism komandirining zimmasiga yuklanadi.
37. Beriladigan tavsiyanomalarning umumiy soni harbiy qism shaxsiy tarkibi roʻyxatida boʻlgan muddatli harbiy xizmatchilar sonining 40 foizidan oshmasligi kerak, mazkur bandning ikkinchi xatboshisida koʻrsatilgan hollar bundan mustasno.
Bir nechta harbiy xizmatchilar teng miqdorda ball toʻplashi natijasida 40 foizli cheklovga amal qilishning imkoni boʻlmagan taqdirda ballarning pasayib borish tartibi boʻyicha cheklov doirasiga kirishi lozim boʻlgan oxirgi muddatli harbiy xizmatchi bilan teng miqdorda ball toʻplagan harbiy xizmatchilarning barchasiga tavsiyanoma berilishi lozim.
38. Xizmat mobaynida Davlat mukofotlari bilan taqdirlangan muddatli harbiy xizmatchilar test sinovlarining natijalaridan qatʼi nazar tavsiyanoma olish huquqiga ega boʻladi.
39. Muddatli harbiy xizmatni oʻtash mobaynida qoʻpol intizomiy xatti-harakatlar sodir etgan muddatli harbiy xizmatchilarga, agar ular boʻyicha xizmat surishtiruvlari oʻtkazilgan va harbiy qism komandirlarining tegishli buyruqlari mavjud boʻlsa, toʻplagan yakuniy ballari miqdoridan qatʼi nazar tavsiyanoma berilmaydi.
40. Harbiy qism komandirining tavsiyanoma berilgan muddatli harbiy xizmatchini harbiy qism shaxsiy tarkibi roʻyxatidan chiqarish toʻgʻrisidagi buyrugʻi quyidagi mazmundagi band bilan toʻldiriladi:
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 31-maydagi PQ-1765-son “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni oʻtab boʻlgan fuqarolarga imtiyozlar tizimini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz harbiy burchini vijdonan ado etgan _____________ga Oʻzbekiston Respublikasi oliy harbiy taʼlim muassasalaridagi tegishli taʼlim yoʻnalishlariga oʻqishga kirishda test sinovlari natijalariga koʻra oʻzi toʻplagan ballining 50 foizi miqdorida qoʻshimcha ball shaklidagi imtiyoz, shuningdek oliy taʼlim muassasalari (oliy harbiy taʼlim muassasalari bundan mustasno) bakalavriatiga oʻqishga kirishi uchun tegishli oʻquv yiliga tasdiqlanadigan oliy taʼlim muassasalariga qabul parametrlaridan tashqari alohida qabul koʻrsatkichlari doirasida tanlovda ishtirok etish huquqini beruvchi tavsiyanoma berildi.”.
41. Harbiy guvohnomaning “Alohida qaydlar” boʻlimiga quyidagi mazmundagi jumla yozib qoʻyiladi:
“Oʻzbekiston Respublikasi oliy harbiy taʼlim muassasalaridagi tegishli taʼlim yoʻnalishlariga oʻqishga kirishda test sinovlari natijalariga koʻra oʻzi toʻplagan ballining 50 foizi miqdorida qoʻshimcha ball shaklidagi imtiyozga, shuningdek oliy taʼlim muassasalari (oliy harbiy taʼlim muassasalari bundan mustasno) bakalavriatiga oʻqishga kirishi uchun tegishli oʻquv yilida tasdiqlanadigan oliy taʼlim muassasalariga qabul parametrlaridan tashqari alohida qabul koʻrsatkichlari doirasida tanlovda ishtirok etish huquqiga ega boʻlish uchun 20 __ yil “___” ______ kuni ___ seriyali, ______ raqamli tavsiyanoma berildi.”.
42. Tavsiyanoma harbiy xizmatdan rezervga boʻshatilayotgan muddatli harbiy xizmatchiga tantanali ravishda topshiriladi.
43. Tavsiyanoma blankasi qatʼiy hisobda turuvchi hujjat hisoblanib, hisobga olish seriyasi va raqami hamda himoyalanganlik darajasiga ega boʻladi. Tavsiyanoma blankalari mazkur Nizomning 5-ilovasiga muvofiq shaklda “Davlat belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasida bosmaxona usulida tayyorlanadi.
44. Tavsiyanoma blankalarining hisobini yuritish va ularning butligini taʼminlash hamda ulardan maqsadli foydalanish masʼuliyati harbiy qism komandirlarining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar boʻyicha (soha yoʻnalishi boʻyicha) oʻrinbosarlari zimmasiga yuklatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
45. Har yili mart-aprel oylarida muddatli harbiy xizmatchilarga berilgan tavsiyanomalar soni, ularning seriya va raqamlari koʻrsatilgan hisobotlar, shuningdek tavsiyanomalarni olgan harbiy xizmatchilar roʻyxati va yakuniy yigʻilishi bayonnomalarining nusxalari vazirlik va idoralarning tegishli boʻlinmalariga taqdim etiladi.
(45-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 12-fevraldagi 6-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3495, 12.02.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.02.2024-y., 10/24/3495/0122-son)
46. Muddatli harbiy xizmatchiga berilgan tavsiyanomalarning koreshoklari harbiy qism arxivida besh yil davomida saqlanadi.
47. Tavsiyanoma egasining arizasiga asosan yoʻqolgan yoki yaroqsiz holga kelgan tavsiyanoma oʻrniga harbiy qism komandirining buyrugʻiga binoan uning dublikati beriladi. Tavsiyanoma egasi tavsiyanomani yoʻqotganligi haqida davriy nashrda eʼlon qilishi hamda harbiy qismga nashr nusxasini taqdim qilishi kerak. Yaroqsiz holga kelgan tavsiyanoma harbiy qismga qaytarilishi va oʻrnatilgan tartibda yoʻq qilinishi zarur.
48. Tavsiyanomaning yuqori oʻng burchagida “Dublikat” degan shartli yozuv boʻlgan yangi blankada, asl nusxasida (koreshokda) koʻrsatilgan maʼlumotlar kiritilgan holda rasmiylashtiriladi. Dublikatning orqa tomoniga “20__ yil “___” __________da berilgan _____-sonli tavsiyanoma oʻrniga berilgan” degan soʻzlar yoziladi va harbiy qism gerbli muhri bilan tasdiqlanadi.
6-bob. Yakuniy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
49. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradi.
(49-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 312 –– 315-moddalari, Jinoyat kodeksining XV bobi.
50. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi bilan kelishilgan.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktori M. KARIMOV
2019-yil 25-dekabr
Muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan harbiy xizmatchilarga oʻzbekiston respublikasi oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun tavsiyanomalar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA

Reyting natijalarining oylik

JADVALI

20__/__ oʻquv yilining ________ oyi uchun

qism: “___________”_____ guruhi

T.r

Harbiy xizmatchining F.I.O. va harbiy unvoni

Oʻquv fanlarining nomi

20__ yilning _____ oyi uchun oʻrtacha koʻrsatkich

Otish tayyorgarligi

Taktik tayyorgarlik

Umumharbiy nizomlar

Maʼnaviy-maʼrifiy tayyorgarlik

1

2

3

4

5

1.

2.

3.

“___” ___________komandiri____________________________________

(F.I.O.)

Oldingi tahrirga qarang.
Izoh: 1 — 4-ustunlarga vazirliklar va idoralarning xizmat faoliyatidan kelib chiqqan holda oʻquv fanlarining nomi kiritiladi. Oʻquv fanlarining soni oʻquv yili dasturidan kelib chiqib belgilanadi. 5-ustunda barcha oʻquv fanlaridan olingan baholar koʻrsatkichlarining umumiy yigʻindisi hamda oʻrtacha qiymati kiritiladi.
(1-ilovaning izohi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 12-fevraldagi 6-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3495, 12.02.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.02.2024-y., 10/24/3495/0122-son)
Muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan harbiy xizmatchilarga oʻzbekiston respublikasi oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun tavsiyanomalar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA

Oʻrtacha koʻrsatkichlar reyting
JADVALI

________ bataloni, _________ vzvodi

20__/__ oʻquv yili

T/r

F.I.O.

20__ yilning______oyi

20__ yilning______oyi

20__ yilning______oyi

20__ yilning______oyi

20__ yilning______oyi

20__ yilning______oyi

20__ yilning______oyi

20__ yilning______oyi

20__ yilning______oyi

20__ yilning______oyi

Oʻrtacha koʻrsatkich

Oʻrtacha koʻrsatkich

Oʻrtacha koʻrsatkich

Oʻrtacha koʻrsatkich

Oʻrtacha koʻrsatkich

Oʻrtacha koʻrsatkich

Oʻrtacha koʻrsatkich

Oʻrtacha koʻrsatkich

Oʻrtacha koʻrsatkich

Oʻrtacha koʻrsatkich

Yakuniy

oʻrtacha koʻrsatkich

1.

2.

3.

Koʻrsatkichlar toʻgʻriligini tasdiqlayman

_______

(imzo)

-vzvod komandiri

__________

(harbiy unvon, F.I.O.)

_______

(imzo)

-vzvod komandiri

__________

(harbiy unvon, F.I.O.)

_______

(imzo)

-vzvod komandiri

__________

(harbiy unvon, F.I.O.)

_______

(imzo)

-vzvod komandiri

__________

(harbiy unvon, F.I.O.)

_______

(imzo)

-vzvod komandiri

__________

(harbiy unvon, F.I.O.)

_______

(imzo)

-vzvod komandiri

__________

(harbiy unvon, F.I.O.)

_______

(imzo)

-vzvod komandiri

__________

(harbiy unvon, F.I.O.)

_______

(imzo)

-vzvod komandiri

__________

(harbiy unvon, F.I.O.)

_______

(imzo)

-vzvod komandiri

__________

(harbiy unvon, F.I.O.)

_______

(imzo)

-vzvod komandiri

__________

(harbiy unvon, F.I.O.)

1. “20__ yilning ______ oyi” ustuniga mazkur Nizom 1-ilovasining 5-ustunidagi tegishli koʻrsatkichlar kiritiladi.
2. “Yakuniy oʻrtacha koʻrsatkich” ustuniga jadvaldagi “Oʻrtacha koʻrsatkich” ustunida keltirilgan koʻrsatkichlarning umumiy oʻrtacha qiymati kiritiladi.
Muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan harbiy xizmatchilarga oʻzbekiston respublikasi oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun tavsiyanomalar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA

“TASDIQLAYMAN”
‎_______-harbiy qism
‎komandiri

Reyting natijalarining yigʻma
‎JADVALI

20__/__ oʻquv yili

________________________________________

20 ___ yil “___” ____________

(boʻlinma nomi)

T.r.

Harbiy unvoni

‏F.I.O.

Oʻquv fanlaridan qoʻyilgan yakuniy oʻrtacha koʻrsatkichi va qoʻshimcha ball miqdori‎‎

Namunali harbiy intizom uchun ball

Umumiy ball miqdori

Oʻquv fanlaridan qoʻyilgan yakuniy oʻrtacha koʻrsatkichi

Qoʻshimcha ball miqdori

Kim tomonidan ragʻbatlantirilgan (buyruq soni)‎‎

Ball miqdori‎‎

1.‎

‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎

2.‎

‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎
Harbiy qism komandirining birinchi oʻrinbosari — shtab boshligʻi _____________‎‎ Harbiy qism komandirining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar boʻyicha oʻrinbosari ________ Harbiy qism komandirining jangovar tayyorgarlik boʻyicha oʻrinbosari __________

(imzo)

(imzo)

(imzo)
Harbiy qism komandirining Harbiy qism komandirining Batalon (vzvod) komandiri __________
front orti boʻyicha oʻrinbosari __________ qurollanish boʻyicha oʻrinbosari __________ (imzo)
(imzo) (imzo)
Oldingi tahrirga qarang.
Izoh: Mansabdor shaxslarning lavozimlari nomlanishi tegishli vazirliklar va idoralar harbiy qismlari va muassasalarining shtat tuzilishiga koʻra toʻldiriladi.
(3-ilovaning izohi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 12-fevraldagi 6-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3495, 12.02.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.02.2024-y., 10/24/3495/0122-son)
Muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan harbiy xizmatchilarga oʻzbekiston respublikasi oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun tavsiyanomalar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA

“TASDIQLAYMAN” ______-harbiy qism komandiri

20 ___ yil “___” ____________

‎‎_____________________ muddatli harbiy xizmatni oʻtash davrida muddatli harbiy xizmatchilar

(boʻlinma nomi)

bilan oʻtkazilgan test sinovlarining natijalari va toʻplangan ballarning
‎YAKUNIY JADVALI

T/r

Harbiy unvoni

F.I.O.

Javob varaqasi raqami

Test sinovlari natijalari

Test sinovlari natijalari boʻyicha umumiy ballar

Mazkur Nizomning 3-ilovasidagi umumiy ball miqdori

Toʻplangan ballarning umumiy miqdori

Toʻgʻri javoblar umumiy soni

Shu bilan birga‎‎

jangovar tayyorgarlik boʻyicha‎‎

maʼnaviy-maʼrifiy tayyorgarlik boʻyicha

matematika fanidan

fizika fanidan

mantiqiy testlar boʻyicha

Toʻgʻri javoblar soni‎‎

Ballar miqdori‎‎

Toʻgʻri javoblar soni

Ballar miqdori

Toʻgʻri javoblar soni

Ballar miqdori

Toʻgʻri javoblar soni

Ballar miqdori

Toʻgʻri javoblar soni

Ballar miqdori

1.‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎
2.‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎
Harbiy qism komandirining birinchi oʻrinbosari — shtab boshligʻi __________‎‎ Harbiy qism komandirining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar boʻyicha oʻrinbosari __________ Harbiy qism komandirining jangovar tayyorgarlik boʻyicha oʻrinbosari __________

(imzo)

(imzo) (imzo)
Harbiy qism komandirining Harbiy qism komandirining Batalon (vzvod) komandiri __________
front orti boʻyicha oʻrinbosari __________ qurollanish boʻyicha oʻrinbosari __________

(imzo)

(imzo)

(imzo)

Muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan harbiy xizmatchilarga oʻzbekiston respublikasi oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun tavsiyanomalar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
5-ILOVA
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.01.2020-y., 10/20/3215/0119-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 13.02.2024-y., 10/24/3495/0122-son)