Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ““Elektron hukumat” tizimi doirasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish sifatini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 21-maydagi PQ-4328-son qarori)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ““Elektron hukumat” tizimi doirasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish sifatini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”2019-yil 21-maydagi PQ-4328-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Telekommunikatsiyalar, IT-texnologiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, axborot xavfsizligini taʼminlash masalalari kotibiyatiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 14-yanvar,
24-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-yanvardagi 24-son qaroriga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/80/0154-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/80/0154-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son)
5. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-yanvardagi 17-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 1-son, 6-modda) bilan tasdiqlangan Ozonni buzuvchi moddalarni va tarkibida ular mavjud boʻlgan mahsulotlarni Oʻzbekiston Respublikasiga import qilishga va Oʻzbekiston Respublikasidan eksport qilishga ruxsat berish tartib-tamoyillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 22-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“22. Ruxsatnoma berish haqidagi arizani koʻrib chiqish uchun yigʻim summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
a) arizachi ruxsatnoma olish haqidagi arizani Yagona portal orqali berganda yigʻim summasining:
11,25 foizi — “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi” DUKning vakolatli bankdagi maxsus hisob raqamiga oʻtkaziladi;
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamgʻarmasi shaxsiy hisob raqamiga oʻtkaziladi;
qolgan qismi Davlat ekologiya qoʻmitasi yoki uning hududiy boʻlinmasini rivojlantirish Jamgʻarmasining budjetdan tashqari mablagʻlar boʻyicha gʻaznachilik hisob raqamlariga oʻtkaziladi;
b) davlat xizmatlari markazlariga kelish tartibida murojaat qilinganda toʻlanadigan yigʻim summasining 20 foizi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamgʻarmasi shaxsiy hisob raqamiga oʻtkaziladi.
Arizachi ruxsatnoma berish haqidagi arizasidan voz kechganda – yigʻim summasi qaytarilmaydi”;
b) 38-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“38. Arizachi tomonidan ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish yoki dublikatini berish haqidagi ariza berilgan taqdirda, qayta rasmiylashtirish yoki dublikat berish haqidagi arizani koʻrib chiqish uchun yigʻim summasi:
a) Yagona portal orqali murojaat qilinganda yigʻim summasining:
11,25 foizi — “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi” DUKning vakolatli bankdagi maxsus hisob raqamiga oʻtkaziladi;
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamgʻarmasi shaxsiy hisob raqamiga oʻtkaziladi;
qolgan qismi Davlat ekologiya qoʻmitasi yoki uning hududiy boʻlinmasini rivojlantirish jamgʻarmasining budjetdan tashqari mablagʻlar boʻyicha gʻaznachilik hisob raqamlariga oʻtkaziladi;
b) davlat xizmatlari markazlariga kelib murojaat qilinganda yigʻim summasining:
20 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamgʻarmasi shaxsiy hisob raqamiga oʻtkaziladi;
qolgan qismi Davlat ekologiya qoʻmitasi yoki uning hududiy boʻlinmasini rivojlantirish jamgʻarmasining budjetdan tashqari mablagʻlar boʻyicha gʻaznachilik hisob raqamlariga oʻtkaziladi”.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/80/0154-son)
7. Vazirlar Mahkamasining “Tabiatdan foydalanish sohasida davlat xizmatlari koʻrsatishning ayrim maʼmuriy reglamentlarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2018-yil 31-martdagi 255-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 3-son, 72-modda):
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan chiqariladi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/86/0160-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan chiqariladi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/86/0160-son)
v) 3-ilovaning 11-bandi “b” kichik bandi uchinchi xatboshidagi “10” raqami “11,25” raqami bilan almashtirilsin.
8. Vazirlar Mahkamasining “Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentlarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2018-yil 31-martdagi 256-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 3-son, 73-modda):
Oldingi tahrirga qarang.
(8-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 31-avgustdagi 555-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-yanvardan chiqariladi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.08.2021-y., 09/21/555/0848-son)
11-bandning birinchi xatboshisidagi “eng kam oylik ish haqining” soʻzlari “bazaviy hisoblash miqdorining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
12-bandning “b” kichik bandi uchinchi xatboshidagi “10” raqami “11,25” raqami bilan almashtirilsin;
11-bandning birinchi xatboshisidagi “eng kam oylik ish haqining” soʻzlari “bazaviy hisoblash miqdorining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
12-bandning “b” kichik bandi uchinchi xatboshidagi “10” raqami “11,25” raqami bilan almashtirilsin;
11-bandning birinchi xatboshisidagi “ eng kam oylik ish haqining” soʻzlari “ bazaviy hisoblash miqdorining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
12-bandning “b” kichik bandi uchinchi xatboshidagi “10” raqami “11,25” raqami bilan almashtirilsin;
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi 200-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.04.2022-y., 09/22/200/0327-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son)
12. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-maydagi 408-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 5-son, 133-modda) bilan tasdiqlangan Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha nodavlat taʼlim xizmatlari koʻrsatish faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 9-bandning “b” kichik bandi uchinchi xatboshisidagi “10” raqami “11,25” raqami bilan almashtirilsin;
b) 30-bandning “b” kichik bandda:
uchinchi xatboshidagi “10” raqami “11,25” raqami bilan almashtirilsin.
toʻrtinchi xatboshidagi “25” raqami “28,125” raqami bilan almashtirilsin.
13. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 507-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 7-son, 167-modda) bilan tasdiqlangan Jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish va sport inshootlari pasportini rasmiylashtirish va berish uchun arizani koʻrib chiqish boʻyicha yigʻim miqdorining izohi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Izoh. Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qilinganda belgilangan summaning 90 foizi miqdorida yigʻim undiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qilinganda yigʻimning 11,25 foizi — “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi” DUKning vakolatli bankdagi maxsus hisob raqamiga oʻtkaziladi, yigʻimning 10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisob raqamiga oʻtkaziladi.
Davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilinganda yigʻimning 20 foizi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisob raqamiga oʻtkaziladi”.
14. Vazirlar Mahkamasining “Ichki ishlar organlari sohasida davlat xizmatlari koʻrsatishning ayrim maʼmuriy reglamentlarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2018-yil 4-oktabrdagi 797-son qarorida:
a) 1-ilovaning 10-bandi “b” kichik bandida:
uchinchi xatboshidagi “10” raqami “11,25” raqami bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshidagi “25” raqami “28,125” raqami bilan almashtirilsin;
b) 2-ilovaning 11-bandi “b” kichik bandida:
uchinchi xatboshisidagi “10” raqami “11,25” raqami bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshisidagi “25” raqami “28,125” raqami bilan almashtirilsin.
15. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-martdagi 244-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2019-y., 3-son, 46-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasiga xorijdan ishchi kuchini jalb qilish va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 14-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“14. Ariza koʻrib chiqqanlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida yigʻim undiriladi.
YIDXP orqali murojaat qilinganda, ushbu bandning birinchi xatboshida koʻrsatilgan yigʻim summasining 90 foizi miqdorida yigʻim undiriladi.
Arizani koʻrib chiqish uchun yigʻim toʻlanganligi axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali tasdiqlanadi.
Arizani koʻrib chiqish uchun yigʻimlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
a) YIDXP orqali murojaat qilinganda yigʻim summasining:
11,25 foizi — “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi” DUKning vakolatli bankdagi maxsus hisob raqamiga oʻtkaziladi;
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisob raqamiga oʻtkaziladi;
qolgan qismi Agentlikning bank hisob raqamiga oʻtkaziladi;
b) davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilinganda yigʻim summasining:
20 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi budjetdan tashqari jamgʻarmaning shaxsiy hisob raqamiga oʻtkaziladi;
qolgan qismi Agentlikning bank hisob raqamiga oʻtkaziladi”;
b) 30-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“30. Ariza koʻrib chiqilganligi uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida yigʻim undiriladi.
YIDXP orqali murojaat qilinganda, ushbu bandning birinchi xatboshida koʻrsatilgan yigʻim summasining 90 foizi miqdorida yigʻim undiriladi.
Ariza koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim toʻlanganligi axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali tasdiqlanadi.
Ariza koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
a) YIDXP orqali murojaat qilinganda yigʻim summasining:
11,25 foizi — “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi” DUKning vakolatli bankdagi maxsus hisob raqamiga oʻtkaziladi;
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisob raqamiga oʻtkaziladi;
qolgan qismi Agentlikning bank hisob raqamiga oʻtkaziladi;
b) davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilinganda yigʻim summasining:
20 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisob raqamiga oʻtkaziladi;
qolgan qismi Agentlikning bank hisob raqamiga oʻtkaziladi”;
v) 47-band quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“YIDXP orqali murojaat qilinganda, ushbu bandning birinchi xatboshida koʻrsatilgan yigʻim summasining 90 foizi miqdorida yigʻim undiriladi”;
g) 48-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“48. Qayta rasmiylashtirilgan ruxsatnoma va (yoki) tasdiqnomani berish, shuningdek, ruxsatnoma va (yoki) tasdiqnoma dublikatini berish uchun yigʻim summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
a) YIDXP orqali murojaat qilinganda yigʻim summasining:
11,25 foizi — “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi” DUKning vakolatli bankdagi maxsus hisob raqamiga oʻtkaziladi;
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisob raqamiga oʻtkaziladi;
qolgan qismi Agentlikning bank hisob raqamiga oʻtkaziladi.
b) davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilinganda yigʻim summasining:
20 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisob raqamiga oʻtkaziladi;
qolgan qismi Agentlikning bank hisob raqamiga oʻtkaziladi”.
16. Vazirlar Mahkamasining “Qurilish sohasida ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash va akkreditatsiya qilish toʻgʻrisida” 2019-yil 7-maydagi 381-son qarorida:
Oldingi tahrirga qarang.
(16-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan chiqariladi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/80/0154-son)
11-bandning “b” kichik bandi uchinchi xatboshisidagi “10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining” soʻzlari “11,25 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi” DUKning vakolatli bankdagi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
17-bandning “b” kichik bandi uchinchi xatboshidagi “10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining” soʻzlari “11,25 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi” DUKning vakolatli bankdagi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
17. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-iyuldagi 620-son qarori bilan tasdiqlangan Xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish tartibi haqidagi nizomning 6-bandi “b” kichik bandi uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“11,25 foizi — “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi” DUKning vakolatli bankdagi maxsus hisob raqamiga oʻtkaziladi;
50,625 foizi — Davlat inspeksiyasining hisob raqamiga oʻtkaziladi”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.01.2020-y., 09/20/24/0053-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.08.2021-y., 09/21/555/0848-son; 22.02.2022-y., 09/22/80/0154-son; 22.02.2022-y., 09/22/86/0160-son; 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son; 20.04.2022-y., 09/22/200/0327-son)