1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.12.00 Boshqa birlashmalar, harakatlar, uyushmalar va oʻzga nodavlat notijorat tashkilotlari;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.72.00 (Кучини йукотган) Oliy taʼlim (bakalavriat va magistratura)]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Respublika oliy taʼlim kengashini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2019-yil 8-oktabrdagi PF-5847-son Farmoniga muvofiq, shuningdek, oliy taʼlim tizimida taʼlim sifatini oshirish, sohadagi mavjud normativ-huquqiy bazani takomillashtirish, oliy taʼlim muassasalarining xalqaro nufuzini yanada oshirish va mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda ularning faol ishtirokini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2019-yil 8-oktabrdagi PF-5847-son Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi hamda Oʻzbekiston oliy taʼlim muassasalari rektorlari kengashi negizida nodavlat notijorat tashkilot shaklidagi Respublika oliy taʼlim kengashi (keyingi oʻrinlarda Kengash deb ataladi) tashkil etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar Kengashning faoliyat yoʻnalishlari etib belgilansin:
professor-oʻqituvchilar, talabalar oʻrtasida soʻrovlar oʻtkazish, jamoatchilik va ish beruvchilarning fikrini oʻrganish hamda ilgʻor xorijiy tajriba tahlili asosida oliy taʼlim sifatini oshirish, oʻquv dasturlarini takomillashtirish va zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etish yuzasidan asoslantirilgan takliflar ishlab chiqish;
oliy taʼlimni davlat tomonidan boshqarish tizimi samaradorligini, professor-oʻqituvchilar hamda talabalar uchun yaratilgan sharoitlar va taʼlim berishda qoʻllanilayotgan taʼlim-tarbiya usullarini tizimli tahlil qilib borish;
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyundagi 319-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.06.2022-y., 09/22/319/0504-son)
taʼlim sifatni taʼminlash yuzasidan taʼsirchan jamoatchilik nazoratini oʻrnatish, bu borada ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan yaqindan hamkorlik qilish;
oliy taʼlim muassasalarining faoliyatida shaffoflik va xolislik tamoyillari toʻlaqonli amal qilishini, korrupsiyaga sharoit yaratuvchi omillarning barvaqt oldini olish hamda bartaraf etishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish;
oliy taʼlim tizimida kadrlar tayyorlash, pedagog kadrlarni qayta tayyorlash, malakasini oshirish va ularning ilmiy-innovatsion faoliyatini rivojlantirish boʻyicha ishlarni maqsadli tashkil etish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
oliy taʼlim sohasida xalqaro hamkorlik natijadorligini tizimli tahlil qilib borish, qoʻshma taʼlim dasturlari samaradorligini baholash, hamkorlikning yangi shakllarini rivojlantirish, chet ellik professor-oʻqituvchilar va xorijdagi vatandoshlarni oliy taʼlim tizimiga keng jalb etish boʻyicha asoslantirilgan takliflar ishlab chiqish;
oliy taʼlim muassasalarining milliy va xalqaro reyting koʻrsatkichlarini muntazam ravishda tahlil qilib borish va ularning yillik oʻsish dinamikasini taʼminlash boʻyicha tashkiliy masalalarda koʻmaklashish;
ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganish asosida respublika oliy taʼlim muassasalarining faoliyati samaradorligini baholash va takomillashtirish asoslantirilgan takliflar ishlab chiqish;
respublikadagi barcha oliy taʼlim muassasalari va rektorlarning mustaqil reytingini shakllantirish hamda ularning yillik oʻsish dinamikasini taʼminlash boʻyicha tashkiliy masalalarda koʻmaklashish;
oliy taʼlim muassasalari rektor lavozimlariga munosib nomzodlarni saralash hamda boshqaruv kadrlar zaxiralarini shakllantirish maqsadida “Rektorlar maktabi” tizimini yoʻlga qoʻyish.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyundagi 319-sonli qaroriga asosan xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.06.2022-y., 09/22/319/0504-son)
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyundagi 319-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.06.2022-y., 09/22/319/0504-son)
Respublika oliy taʼlim kengashi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga;
Respublika oliy taʼlim kengashi tarkibi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyundagi 319-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.06.2022-y., 09/22/319/0504-son)
5. Belgilansinki, Kengash yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan nodavlat notijorat tashkiloti hisoblanadi.
oliy taʼlim sohasiga tegishli barcha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tizimida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralar bilan kelishish bilan birga Kengash bilan ham kelishish amaliyoti joriy etiladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyundagi 319-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.06.2022-y., 09/22/319/0504-son)
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, tizimida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralarga Kengash faoliyatini amalga oshirishga koʻmaklashish vazifasi yuklatilsin.
7. Quyidagilar Kengash faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oliy taʼlim muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari;
tizimida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralarning mablagʻlari;
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
(7-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
8. Respublika oliy taʼlim kengashi Toshkent shahar, Mirobod tumani, Temiryoʻlchilar koʻchasi, 1-uy manzilidagi Toshkent davlat transport universiteti binosiga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirilsin.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyundagi 319-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.06.2022-y., 09/22/319/0504-son)
9. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari A.A. Abduxakimov va Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri I.U. Madjidov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyundagi 319-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.06.2022-y., 09/22/319/0504-son)
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 26-dekabrdagi 1037-son qaroriga 2-ILOVA
Respublika oliy taʼlim kengashi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom Respublika oliy taʼlim kengashi (keyingi oʻrinlarda Kengash deb ataladi) maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, vakolatlari va faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
2. Kengash yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan nodavlat notijorat tashkilot hisoblanadi.
Oliy taʼlim sohasiga tegishli barcha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari Kengash bilan kelishiladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyundagi 319-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.06.2022-y., 09/22/319/0504-son)
3. Kengash oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga hamda ushbu Nizomga va boshqa qonunchilik hujjatlariga amal qiladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
4. Kengash tomonidan ishlab chiqilgan tavsiyalar respublikadagi barcha oliy taʼlim muassasalariga (filiallariga), manfaatdor markazlar va tashkilotlarga tatbiq etiladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyundagi 319-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.06.2022-y., 09/22/319/0504-son)
5. Kengash oʻz faoliyatini oshkoralik, kollegiallik, oʻzaro hurmat, teng huquqlilik, jamoatchilik fikrini hisobga olish, ijodiy hamfikrlilik tamoyillari asosida yuritadi.
6. Kengash oʻz nomiga, muhr va shtamplariga hamda belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan roʻyxatdan oʻtgan guvohnomaga, tegishli bankda oʻz milliy va valyuta hisob raqamlariga hamda boshqa oʻz faoliyatini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan atributika va rekvizitlariga ega.
7. Kengashning rasmiy nomi:
oʻzbek tilida — Respublika oliy taʼlim kengashi;
rus tilida — Respublikanskiy sovet visshego obrazovaniya;
ingliz tilida — Republican Nigher Education Council.
8. Kengash kotibiyati joylashgan er: Toshkent shahri, Mirobod tumani, Temiryoʻlchilar koʻchasi 1-uy.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyundagi 319-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.06.2022-y., 09/22/319/0504-son)
2-bob. Kengashning asosiy faoliyat yoʻnalishlari, funksiyalari, huquqlari va majburiyatlari
9. Quyidagilar Kengashining faoliyat yoʻnalishlari hisoblanadi:
professor-oʻqituvchilar, talabalar oʻrtasida soʻrovlar oʻtkazish, jamoatchilik va ish beruvchilarning fikrini oʻrganish hamda ilgʻor xorijiy tajriba tahlili asosida oliy taʼlim sifatini oshirish, oʻquv dasturlarini takomillashtirish va zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etish yuzasidan asoslantirilgan takliflar ishlab chiqish;
oliy taʼlimni davlat tomonidan boshqarish tizimi samaradorligini, professor-oʻqituvchilar hamda talabalar uchun yaratilgan sharoitlar va taʼlim berishda qoʻllanilayotgan taʼlim-tarbiya usullarini tizimli tahlil qilib borish;
(9-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyundagi 319-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.06.2022-y., 09/22/319/0504-son)
taʼlim sifatni taʼminlash yuzasidan taʼsirchan jamoatchilik nazoratini oʻrnatish, bu borada ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan yaqindan hamkorlik qilish;
oliy taʼlim muassasalarining faoliyatida shaffoflik va xolislik tamoyillari toʻlaqonli amal qilishini, korrupsiyaga sharoit yaratuvchi omillarning barvaqt oldini olish hamda bartaraf etishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish;
oliy taʼlim tizimida kadrlar tayyorlash, pedagog kadrlarni qayta tayyorlash, malakasini oshirish va ularning ilmiy-innovatsion faoliyatini rivojlantirish boʻyicha ishlarni maqsadli tashkil etish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
oliy taʼlim sohasida xalqaro hamkorlik natijadorligini tizimli tahlil qilib borish, qoʻshma taʼlim dasturlari samaradorligini baholash, hamkorlikning yangi shakllarini rivojlantirish, chet ellik professor-oʻqituvchilar va xorijdagi vatandoshlarni oliy taʼlim tizimiga keng jalb etish boʻyicha asoslantirilgan takliflar ishlab chiqish;
oliy taʼlim muassasalarining milliy va xalqaro reyting koʻrsatkichlarini muntazam ravishda tahlil qilib borish va ularning yillik oʻsish dinamikasini taʼminlash boʻyicha tashkiliy masalalarda koʻmaklashish;
ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganish asosida respublika oliy taʼlim muassasalarining faoliyati samaradorligini baholash va takomillashtirish asoslantirilgan takliflar ishlab chiqish;
respublikadagi barcha oliy taʼlim muassasalari va rektorlarning mustaqil reytingini shakllantirish hamda ularning yillik oʻsish dinamikasini taʼminlash boʻyicha tashkiliy masalalarda koʻmaklashish;
oliy taʼlim muassasalari rektor lavozimlariga munosib nomzodlarni saralash hamda boshqaruv kadrlar zaxiralarini shakllantirish maqsadida “Rektorlar maktabi” tizimini yoʻlga qoʻyish.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyundagi 319-sonli qaroriga asosan xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.06.2022-y., 09/22/319/0504-son)
10. Kengash oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
respublika, shuningdek xorijiy davlatlarning olimlari, vatandosh olimlar, mutaxassislar va ekspertlarni maslahatlar uchun jalb etadi;
oliy taʼlim muassasalari faoliyatini joyida oʻrganadi, tahlil qiladi, oʻrganish natijalari boʻyicha xulosa va takliflarni oliy taʼlim muassasasi, davlat organlari va tashkilotlariga kiritadi;
oliy taʼlim tizimi faoliyatiga doir masalalar yuzasidan fuqarolar, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining tashabbuslari hamda murojaatlarini koʻrib chiqishda ishtirok etadi, shuningdek, ularning natijalari boʻyicha takliflarni tizimida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralarga kiritadi;
oliy taʼlim sohasidagi mavjud normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi va tizimida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralarga kiritadi;
davlat dasturlari loyihalari, tadbirlar rejalari va oliy taʼlim tizimiga taalluqli, shu jumladan, korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish yuzasidan asoslantirilgan takliflar tayyorlaydi, qabul qilingan dasturlarni amalga oshirishda oʻz vakolatlari doirasida ishtirok etadi;
respublikada amalga oshirilayotgan taʼlim, ilmiy, innovatsion va boshqa ustuvor loyihalarni amalga oshirishda iqtisodiyotning real sektori bilan hamkorlik aloqalarini oʻrnatadi;
hududlarning mehnat resurslariga boʻlgan ehtiyojlaridan kelib chiqib, oliy taʼlim muassasalarida bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklarini oqilona belgilash boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
oliy taʼlim muassasalarida sogʻlom ishchanlik muhitini shakllantirish, qonuniylikni, yuksak huquqiy madaniyat va axloqiylikni taʼminlash, Vatanga sodiqlik ruhini va qonunlarga boʻlgan hurmatni kuchaytirish, ijtimoiy, siyosiy, ruhiy va maʼnaviy-maʼrifiy kamol toptirish, shuningdek, mazkur sohadagi ilmiy-maʼrifiy va oʻquv adabiyotlarini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
respublikada va xorijda keng jamoatchilikni oliy taʼlim faoliyatini isloh qilish boʻyicha amalga oshirilayotgan tizimli chora-tadbirlar haqida muntazam ravishda xabardor qilish hamda mavjud muammolarni hal qilish va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan takliflar tayyorlaydi;
ilmiy-nazariy va ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar, forumlar, koʻrgazmalar, simpozium, treninglar, master-klasslar, “davra suhbatlari” va boshqa tadbirlarni tashkil etadi;
oliy taʼlim muassasalari oʻrtasida infratuzilmalar va intellektual mulk natijalaridan jamoaviy foydalanish boʻyicha bilim va tajribalar almashish maydonini yoʻlga qoʻyadi hamda moddiy-texnik bazani kuchaytirish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqadi;
oliy taʼlim muassasalari faoliyatini ommaviy axborot vositalarida keng yoritish boʻyicha bajarilayotgan ishlarning natijalarini tahlil qilish, ularning samaradorligini oshirish va mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;
Kengashga yuklatilgan vazifalarni bajarishda nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari hamda fuqarolar bilan hamkorlik qiladi.
Kengash qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyundagi 319-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.06.2022-y., 09/22/319/0504-son)
11. Kengash oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Hayʼat majlislari va boshqa tadbirlari toʻgʻrisidagi axborotni oldindan olish hamda mazkur tadbirlarda ishtirok etish;
oliy taʼlim muassasalarining binolari (xonalari) va boshqa obyektlaridan foydalanish samaradorligini oʻrganish;
oliy taʼlim muassasalari rahbarlariga Kengash vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan takliflar kiritish;
respublikadagi barcha oliy taʼlim muassasalari va rektorlarning mustaqil reytingini shakllantirish;
oliy taʼlim muassasalari rektor lavozimlariga boshqaruv kadrlar zaxiralarini shakllantirish va “Rektorlar maktabi” loyihasi bitiruvchilarini boshqaruv lavozimlariga tavsiya etish;
tizimida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralarning taʼlim faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan asoslantirilgan takliflar ishlab chiqish uchun zarur boʻlgan axborot, statistika va boshqa tahliliy materiallarni belgilangan tartibda olish;
oliy taʼlim sohasidagi norma ijodkorligi faoliyatiga, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining muhokamasida jamoatchilik va ekspertlar ishtirokini taʼminlash;
oliy taʼlim muassasalari bakalavriat va magistratura talabalari, doktorantlari hamda professor-oʻqituvchilarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha takliflar kiritish;
tashkilotlar va fuqarolarga oliy taʼlim faoliyati boʻyicha maslahat va axborot xizmatlarini koʻrsatish;
Kengash majlislarida muhokama qilinadigan masalalarni yoritish boʻyicha ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik qilish.
Kengash qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyundagi 319-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.06.2022-y., 09/22/319/0504-son)
jamoatchilik nazorati toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablariga soʻzsiz rioya qiladi;
oʻz faoliyatining natijalari yuzasidan hisobot yuritadi;
jamoatchilik nazoratini amalga oshirish jarayonida olingan axborot, agar bunday axborotni tarqatish qonunchilik hujjatlari bilan cheklangan boʻlsa, maxfiylik tartibotiga rioya qiladi.
Kengash zimmasida qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
3-bob. Kengashning tarkibini shakllantirish va ishini tashkil etish tartibi
13. Kengash rais, rais oʻrinbosari, kotibiyat va Kengash aʼzolaridan iborat tarkibda faoliyat yuritadi.
14. Kengash tarkibiga, qoida tariqasida, oliy taʼlim muassasalari rektorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining aʼzolari, oliy taʼlim tizimida yoki sohalar boʻyicha ishlab chiqarishda yuksak tajribaga ega boʻlgan mutaxassislar, xizmat faoliyatida yuksak natijalarga erishgan mehnat faxriylari, ijodkor va ziyolilar, katta amaliy tajribaga ega obroʻ-eʼtiborli fuqarolar, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari vakillari kiritiladi.
15. Kengash tarkibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Zarur hollarda, majlisda ishtirok etgan Kengash aʼzolarining koʻpchilik ovozi bilan uning tarkibiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
Bunda, Kengash aʼzolari tarkibiga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar haqida ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinishi lozim.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyundagi 319-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.06.2022-y., 09/22/319/0504-son)
16. Quyidagi holatlarda Kengash raisi, rais oʻrinbosari va aʼzolari uning tarkibidan chiqarilishi mumkin:
Kengash tarkibidan chiqish toʻgʻrisida ariza taqdim etganda;
Kengash majlislarida muntazam ravishda ishtirok etmaganda, mazkur Nizomning 12-bandida nazarda tutilgan majburiyatlar bajarilmaganda;
ularga nisbatan chiqarilgan sudning qonuniy hukmi kuchga kirganda;
vafot etganda, shuningdek, sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori asosida;
qonunchilik hujjatlarda nazarda tutilgan boshqa holatlarda.
(16-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
17. Kengash tarkibi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar va unga kiritilgan oʻzgartirishlar ular tasdiqlangan vaqtdan boshlab 5 kun ichida Kengashning rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.
18. Kengash raisi:
Kengash faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi;
Kengash majlislarini chaqiradi va kun tartibini belgilaydi;
Kengash majlislarida raislik qiladi;
Kengash ish rejasini, majlisi bayonnomasini va boshqa hujjatlarini tasdiqlaydi;
Kengash qarorlarining ijrosi ustidan nazoratni taʼminlaydi;
Kengash aʼzolarining zimmasiga yuklatilgan vazifalar bajarilishini muvofiqlashtiradi;
Kengash qarorlarining bajarilishi yuzasidan tizimida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralar bilan hamkorlik qiladi;
Kengash yigʻilishi, kotibiyati hamda Kengashning mazkur nizomda belgilangan maqsadlar doirasida mablagʻ va vositalarini tasarruf qiladi;
Kengash yigʻilishi oldida hisobot beradi.
Kengash raisi Kengashning samarali ishini taʼminlash boʻyicha boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
19. Kengash raisi boʻlmagan taqdirda, uning vakolatlarini Kengash raisining oʻrinbosari bajaradi.
20. Kengash raisining oʻrinbosari:
Kengash raisi boʻlmaganda Kengashning majlislarida raislik qiladi;
Kengash qarorlari ijrosini nazorat qilish boʻyicha ishlarni tashkil etadi;
jismoniy va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qiladi, shuningdek, Kengash faoliyatiga taalluqli murojaatlarni koʻrib chiqish boʻyicha ishlarni tashkil etadi.
Kengash raisi oʻrinbosari Kengashning samarali ishini taʼminlash boʻyicha boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
21. Kengash kotibiyati:
Kengash faoliyatini uslubiy, tashkiliy-huquqiy va tashkiliy-texnik jihatdan taʼminlash masalalarini hal qiladi;
Kengashning navbatdagi majlisiga barcha zarur materiallar oʻz vaqtida tayyorlanishini taʼminlaydi, tizimida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralardan zarur hujjatlar va maʼlumotlarni soʻrab oladi;
kun tartibiga muvofiq Kengash majlislari oʻtkazilishini tashkil etadi;
Kengash oʻtkaziladigan sana, joy va taklif etiladigan shaxslar roʻyxatini Kengash raisi bilan kelishadi;
Kengash aʼzolarini va taklif etilgan shaxslarni Kengash majlisi oʻtkaziladigan joy, sana va vaqt haqida xabardor qiladi;
Kengash qarorlari ijro etilishi ustidan monitoring olib boradi va uning natijalarini Kengash majlisida koʻrib chiqish boʻyicha takliflar kiritadi;
Kengash majlisining bayonnomasini rasmiylashtiradi va tasdiqlangan bayonnomaning Kengash aʼzolari hamda boshqa manfaatdor shaxslarga joʻnatilishini taʼminlaydi.
Kengash kotibiyati Kengashning samarali faoliyat yuritishini taʼminlash boʻyicha boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
22. Kengash aʼzolari oʻz majlislarida koʻrib chiqiladigan masalalarni muhokama qilish va hal qilishda oʻz vakolatini boshqalarga oʻtkazish huquqiga ega emas.
Kengash majlisida ishtirok etish imkoni boʻlmagan holatlarda, uning aʼzosi majlis kun tartibidagi masalalar boʻyicha oʻz fikrini yozma shaklda yuborishi mumkin. Bunda, uning fikri Kengash majlisida koʻrib chiqiladi va ovoz berishda hisobga olinadi.
Kengash aʼzolari:
oʻz zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan tashkil etiladigan Hayʼat majlislarida va boshqa ommaviy tadbirlarda ishtirok etadi;
Kengash ish rejalarining loyihalarini tayyorlashda, ularni Kengashda koʻrib chiqishda va tasdiqlangan ish rejalari bajarilishda faol ishtirok etadi;
tizimida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralar faoliyatining samaradorligini oshirish boʻyicha takliflar va tavsiyalarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda qatnashadi;
oliy taʼlim muassasalari xodimlari, jamoatchilik vakillari bilan uchrashuvlar oʻtkazadi va ularning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini taʼminlash boʻyicha takliflarni Kengashga kiritadi;
Kengash kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan tahliliy materiallar tayyorlashda ishtirok etadi;
Kengash vakolatiga kiradigan masalalar bilan bogʻliq murojaatlarni koʻrib chiqadi va natijalari boʻyicha tegishli hujjatlarni tayyorlashda qatnashadi.
Kengash zimmasiga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshirishda ishtirok etadi.
23. Kengash faoliyatining asosiy masalalari uning majlislarida koʻrib chiqiladi. Kengash majlisi uning ish rejalari asosida har chorakda kamida bir marta chaqiriladi.
24. Kengash majlislariga Kengash aʼzolari boʻlmagan boshqa davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va boshqa fuqarolik jamiyati institutlarining vakillari taklif etilishi mumkin.
25. Kengash majlisi kun tartibining loyihasi kotibiyat tomonidan Kengash aʼzolarining takliflari va Kengash raisining topshirigʻi asosida shakllantiriladi.
26. Kengash majlisini uning raisi olib boradi. Kengash majlisida Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri, uning oʻrinbosarlari va boshqa xodimlar ishtirok etishi mumkin.
27. Kengash majlisi, agar unda Kengash aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi (kvorum) ishtirok etgan taqdirda vakolatli hisoblanadi.
Majlisni oʻtkazish uchun kvorum shakllanmagan taqdirda, Kengashning yangi majlisi oʻtkaziladigan sana eʼlon qilinadi.
28. Kengash qarori majlisda ishtirok etayotgan Kengash aʼzolarining oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
29. Kengashning har bir aʼzosi qabul qilinayotgan qarorlar boʻyicha oʻzining fikrini yozma shaklda ifodalashga haqli. Uning fikri Kengash majlisining bayonnomasiga majburiy tartibda qoʻshib qoʻyiladi.
30. Kengash majlisida qabul qilingan qaror bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. Kengash majlisining bayonnomasi kotibiyat tomonidan imzolanadi, majlisga raislik qiluvchi tomonidan tasdiqlanadi va uch kun muddatda tizimida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralarga, Kengash aʼzolariga hamda manfaatdor shaxslarga yuboriladi.
31. Kengash qarorini tezlik bilan qabul qilish zaruriyati tugʻilganda, uning raisi tashabbusi bilan qaror Kengashning aʼzolari bilan kelishilgan holda soʻrov yoʻli bilan qabul qilinishi mumkin.
Tizimida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralar Kengashning qabul qilgan qaroriga qoʻshilmagan taqdirda, Kengashning qarorini olgan kundan boshlab oʻn kundan kechikmay unga asoslantirilgan eʼtirozini yozma shaklda yuboradi.
32. Kengash kotibiyati Kengash aʼzolari koʻmagida Kengash qarorlari ijrosining borishini oʻrganadi va koʻrib chiqadi, zarur hollarda, Kengashning raisiga tegishli takliflar kiritadi.
4-bob. Oliy taʼlim kengashining tashkiliy tuzilmasi va boshqaruv organlari
33. Kengash yigʻilishi — Kengashning oliy organidir.
Quyidagilar Kengash yigʻilishi:
Kengash faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini belgilaydi;
Kengash tashkiliy tuzilmasini tasdiqlaydi va zarur hollarda unga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritadi;
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyundagi 319-sonli qaroriga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.06.2022-y., 09/22/319/0504-son)
Kengash toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritadi;
Kengash kotibiyati, raisi, raisi oʻrinbosarlarini, taftish komissiyasini saylaydi;
Kengash raisi, rais oʻrinbosarlari va taftish komissiyasining hisobotlarini eshitadi;
Kengash faoliyatini qayta tashkil etish yoki uni tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Kengash yigʻilishi oʻzining vakolatidagi boshqa masalalarni ham koʻrib chiqishi mumkin.
34. Kengash yigʻilishi, odatda kamida har uch oyda bir marotaba kengash kotibiyati tomonidan chaqiriladi.
Navbatdan tashqari Kengash yigʻilishi kotibiyat, taftish komissiyasi yoki Kengashning 1/4 qismidan kam boʻlmagan aʼzolari murojaatiga koʻra, uning vakolatidagi yoki vakolatidan tashqari boʻlgan kechiktirib boʻlmaydigan masalalarni muhokama qilish maqsadida chaqirilishi mumkin.
Kengash aʼzolari Kengash yigʻilishidan kamida ikki kun oldin yozma ravishda ogohlantirilishi zarur.
Ovoz berishda Kengashning har bir aʼzosi bir ovozga ega boʻladi.
Ovoz berish tartibi va shartlari kotibiyat tomonidan belgilanadi.
5-bob. Kengashning mol-mulki va vositalari
35. Kengash Nizomda belgilangan faoliyatini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan yer maydoni, bino va inshootlari, transport vositalari, jihozlari, mulki, moliyaviy va boshqa resurslariga ega boʻlishi mumkin.
Kengash qonunchilik hujjatlariga asosan oʻziga tegishli mulkka oʻz faoliyati doirasidagi maqsad va vazifalarga hamda ularning moʻljallanganligiga mos ravishda egalik qiladi va undan foydalanadi.
(35-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
36. Quyidagilar Kengash faoliyatini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oliy taʼlim muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasidan ajratiladigan mablagʻlar;
tizimida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralarning mablagʻlari;
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
(36-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
6-bob. Kengash taftish komissiyasi
37. Kengash taftish komissiyasi (keyingi oʻrinlarda Taftish komissiyasi deb ataladi) — Kengash tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari va mazkur Nizom talablarini bajarilishini nazorat qiladi. Taftish komissiyasi har yili kamida bir marotaba Kengashning moliyaviy xoʻjalik faoliyatini taftishdan oʻtkazadi. Kengash faoliyatida jiddiy kamchiliklar aniqlangan taqdirda, taftish komissiyasi Kengashning navbatdan tashqari majlisini chaqirish masalasini qoʻyish huquqiga ega.
38. Taftish komissiyasi rais va ikki aʼzodan iborat tarkibda Kengash aʼzolari ichidan besh yil muddatga saylanadi. Taftish komissiyasi aʼzolari bir necha marotaba qayta saylanishi mumkin. Kengash boshqaruvi aʼzolari hamda Kengashda asosiy shtatda faoliyat koʻrsatuvchi xodimlar Taftish komissiyasiga saylanmaydilar.
39. Taftish komissiyasi, oʻz qarorlarini qabul qilishda uning aʼzolaridan kamida ikki nafari ishtirok etgan hollarda vakolatli hisoblanadi. Taftish komissiyasi qarorlari ochiq ovoz berish yoʻli bilan, uning majlisida ishtirok etayotgan aʼzolarining oddiy koʻpchilik ovozi asosida qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlgan hollarda, Taftish komissiyasi raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi. Taftish komissiyasi bayonnomasi uning majlisida ishtirok etayotgan barcha aʼzolar tomonidan imzolanadi.
40. Taftish komissiyasi raisi Kengash va uning boshqaruvi majlislarida maslahat ovozi bilan ishtirok etish huquqiga ega. Kengash va uning boshqaruvi tomonidan Kengash faoliyatining moliyaviy masalalari muhokamasi boʻyicha oʻtkaziladigan majlislarga Taftish komissiyasi raisini taklif etish shart. Bunday majlislarda Taftish komissiyasi raisi hal qiluvchi ovoz huquqiga ega.
41. Kengash boshqaruvining qaroriga koʻra Kengashning moliyaviy-xoʻjalik faoliyati taftishi mustaqil auditorlik tashkilotlari tomonidan ham oʻtkazilishi mumkin.
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
42. Kengash faoliyati haqidagi maʼlumotlar Kengashning rasmiy veb-saytida muntazam ravishda yoritib boriladi.
43. Kengashni qayta tashkil etish va tugatish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(43-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 26-dekabrdagi 1037-son qaroriga 3-ILOVA
Respublika oliy taʼlim kengashi
TARKIBI
1.
O.K. Abduraxmanov
—
Toshkent davlat transport universiteti rektori, Kengash raisi
2.
U.N. Tashkenbayev
—
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻi, Kengash raisi oʻrinbosari
3.
A.A. Xasanov
—
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari, Kengash raisi oʻrinbosari
4.
Sh.X. Daliyev
—
Vazirlar Mahkamasi Taʼlim, sogʻliqni saqlash va sport masalalari kotibiyati Taʼlim tizimini rivojlantirish masalalari shuʼbasining Oliy va oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni rivojlantirish boʻyicha bosh mutaxassisi
5.
K.X. Karimov
—
Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining birinchi oʻrinbosari
6.
U.U. Sharifxodjayev
—
Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari
7.
Sh.U. Turdikulova
—
Oʻzbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vaziri oʻrinbosari
8.
X.U. Umarova
—
Prezident taʼlim muassasalari agentligi direktori
9.
A.Z. Saʼdullayev
—
Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktori
10.
X.Gʻ. Xudayberdiyev
—
Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori oʻrinbosari
11.
S.O. Obidov
—
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish agentligi direktori v.v.b.
12.
B.B. Farmanov
—
Ilm-fan va taʼlim-tarbiyani rivojlantirish “Ziyo Forum” fondi direktori
13.
I.U. Madjidov
—
Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti rektori
14.
R.I. Xalmuradov
—
Samarqand davlat universiteti rektori
15.
A.M. Reymov
—
Qoraqalpoq davlat universiteti rektori
16.
B.Sh. Shermuhammadov
—
Fargʻona davlat universiteti rektori
17.
A.R. Maraximov
—
Termiz davlat universiteti rektori
(3-ilova matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyundagi 319-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.06.2022-y., 09/22/319/0504-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2019-y., 09/19/1037/4227-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.08.2021-y., 09/21/511/0793-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son, 09.06.2022-y., 09/22/319/0504-son)