Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 11.04.2000
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
qarori
IFLOSLANTIRUVChI MODDALARNI TABIIY MUHITGA NORMATIVDAN ORTIQChA ChIQARGANLIK (TAShLAGANLIK) VA ChIQINDILARNI JOYLAShTIRGANLIK UChUN TO‘LOVLARNI JORIY QILISh TO‘G‘RISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 11-apreldagi 140-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish hamda ularning ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan..
Tabiatni muhofaza qilish faoliyatini boshqarishning iqtisodiy usullariga o‘tish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasining O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Adliya vazirligi va O‘zbekistonning taraqqiyot istiqbolini belgilash qo‘mitasi bilan kelishilgan 1992-yil 1-iyuldan boshlab tabiiy muhitga ifloslantiruvchi moddalarni normativdan ortiqcha chiqarganlik (tashlaganlik) va chiqindilarni joylashtirganlik uchun to‘lovlar joriy qilish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
2. Ifloslantiruvchi moddalarni tabiiy muhitga chiqarganlik (tashlaganlik) va chiqindilarni joylashtirganlik uchun to‘lovlarning vaqtinchalik normativlari, shuningdek, ularni 1, 2, 3, 4-ilovalarga muvofiq qo‘llash tartibi tasdiqlansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi to‘lov normativlarini va ularni qo‘llash tartibini takomillashtirish bo‘yicha zarur ishlarni amalga oshirsin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1992-yil 29-iyun,
303-son
Vazirlar Mahkamasining
1992-yil 29-iyundagi 303-son qaroriga
1-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi hududida ifloslantiruvchi moddalarni atmosfera havosiga chiqarganlik uchun
TO‘LOVLARNING VAQTINChALIK NORMATIVLARI

Ifloslantiruvchi moddalarning nomi

Ifloslantiruvchi moddani atmosferaga chiqarganlik uchun to‘lov normativi (so‘m)

I. Ifloslantirishning ko‘chmas manbalari

Azot ikki oksidi 60
Azot oksidi 40‎
Akrilonitril 80
Akrolen 80
Benzoyli aldegid (benzoldigid) 60
Moyli aldegid 160‎
Alyuminiy oksidi 60
Ammiak 60
Ammoniy nitrat (ammiakli selitra) 8
Ammoniy sulfat 12‎
Ammoniy xlorid 24
Ammofos 12
Maleinli angidrid (bug‘lar, aerozol) 48
Olgingugurtli angidrid (oltingugurt gazi, oltingugurt ikki oksidi) 48‎
Sirka angidridi 80
Fosfor angidridi 48
Ftal angidridi (bug‘lar, aerozol) 24
Anilin 80‎
Atsetaldegid 240
Atseton 6,86
Atsetilen 1,60
Atsetofenon 800‎
Bariy karbonat angidrid (bariyga aylantirib hisoblaganda) 600
Oqsil-mineral qo‘shimcha 24000
Oqsil-vitamin konsentrati changi oqsili 2400‎
Benz (a)piren (3.4 benzpiren) 24000000
Benzin (neftli, tarkibida oltingugurt kam bo‘lgani, uglerodga aylantirib hisoblaganda)
‎1,60‎
Slanetsli benzin (uglerodga aylantirib hisoblaganda) 48
Benzol 24
Gidroliz ligninidan olinadigan bio-kuchaytirgich 1,2‎
1.3 Butadiyen (divinil) ‎

2,4‎

Butan 0,012‎
Butilatsetat 24‎
Vanadiy besh oksidi 1200
Xlorli vinil 480
Xlorli vodorod (tuzli kislota) 12
Sianli vodorod (sinil kislota) 240
Natriy volframi (volframga aylantirib hisoblaganda) 24
Geksan 0,04‎
Ko‘mir kislotasi diamidi (karbamid, mochevina) 12‎
Dimetilamin 480‎
2.4 — Dinitro — 2-ftor-butilfenol (dinoseb, gebutoks) ‎480
o-Dixlorbenzol 80
Temir oksidi (temirga aylantirib hisoblaganda) 60
Slanetsli kul 24‎
Issiqlik elektr stansiyalari ko‘miri kuli (tarkibida 35 40% kalsiy oksidi bor, dispersiyaligi 3 mkm gacha va undan past, kamida 97%)
‎120
Izopropil 2,1
Kaprolaktam (bug‘lar, aerozol) 40
Azot kislotasi 16
Bor kislotasi 120‎
Metakril kislota 240‎
Sulfat kislota 24
Sirka kislotasi 40‎
o-fosfor kislota 120
Metall kobalti, xlorid kobalti 2400
Sulfat kislotali kobalt (kobaltga aylantirib hisoblaganda) 6000
o-Krezol 85,71‎
m, p-Krezol 120
Dioksid amorfli kremniy (aerosid 175) 120
Ksilol 12

Magniy oksidi

48‎
Magniy xlorat 8
Elektr stansiyalarining mazut kuli (vanadiyga aylantirib hisoblaganda) 1200
Marganets, marganets oks�di va boshqa birikmalar (marganets besh oksidga aylantirib hisoblaganda)
‎2400
Mis oksidi, xlorli mis (misga aylantirib hisoblaganda) 1200‎
Oltingugurtli mis, sulfat kislotali, xlorli (misga aylantirib hisoblaganda) 2400
Metan 0,05
Metilatsetat 34,29
Metilmerkaptan 266667‎
Akril kislota metil efiri (metilakrilat) 240
Disulfid molibdeni (molibdenga aylantirib hisoblaganda) 24
Etilenglikol monoizobutil efiri (butilsellozv) 8
Monoetanolamin 240‎
Monoetilamin 240
Margimush, margimush angidrit va boshqa noorganikbirikmalar (margimushga aylantirib hisoblaganda)
‎800
Gidooksidli natriy (kaustik soda, o‘yuvchi natriy) 240
Karbonat natriy (kalsinitsiyalangan soda) 60‎
Silikat natriy (kremnikisliy natriy) ‎

8‎

Natriy sulfat, sulfit, sulfit-sulfat tuzlar 24
Tripolifosfat natriy 4,8
Nikel, eriydigan tuzlar (nikelga aylantirib hisoblaganda) 12000
Sulfat kislotali nikel, nikel oksidi (nikelga aylantirib hisoblaganda) 2400‎
Nitrobenzol 300
Ozon 80
Dioksid qalay, oksid, sulfat (qalayga aylantirib hisoblaganda) 120
Xloridli qalay (qalayga aylantirib hisoblaganda) 48‎
Ammoniy paramolibdat (molibdenga aylantirib hisoblaganda) 24‎
Pentan 0,096
Piridin 30
Alyumosilikatlar changi (modifikatsiya qilinmagan tabiiy tseolitlar) 120
Aminoqatlamlar changi 60
Sement bilan fosfogipsdan tayyorlangan biriktiruvchi gips changi (noorganik) 4,80
Aralash ozuqa, suyak va go‘sht-suyak uni gardi (oqsilga aylantirib hisoblaganda) 240
Mo‘yna (jun, momiq) gardi 80
Tarkibida 70% dan ortiq ikki oksidli kremniy (dinas va boshqalar) mavjud bo‘lgan noorganik chang 48
Tarkibida 20% dan 70% gacha ikki oksidli kremniy (shamot, sement va boshqalar) mavjud bo‘lgan noorganik chang
‎24‎
Tarkibida kamida 20 % ikki oksidli kremniy (dolomit va boshqalar) mavjud bo‘lgan noorganik chang 16
Polimetilmetakrilat changi 24
Shisha tola, shisha plastik materiallar changi 40
Rezol tipidagi fenolformaldegid qatron changi 60‎
Paxta gardi 48
Sement ishlab chiqarish changi (tarkibida 60% dan ortiq kalsiy oksidi va 20% dan ortiq dioksid kremniy mavjud bo‘lgan)
‎120
A markali yog‘och spirti eritgichi (atsetono efirli) 20
E markali yog‘och spirti eritgichi (atsotono efirli) 34,29‎
AMR-3 mebel eritgichi 26,67
Simob va uning birikmalari 8000
Qurum 48‎
Qo‘rg‘oshin, qo‘rg‘oshin atsetati, qo‘rg‘oshin oksidi va boshka birikmalar, tetroetilqo‘rg‘oshindan tashqari (qo‘rg‘oshinga aylantirib hisoblaganda)
‎8000‎
Oltingugurtli qo‘rg‘oshin (qo‘rg‘oshinga aylantirib hisoblaganda) 1411,77
Elementar oltingugurt 34,29
Serovodorod 300
Serouglerod 480‎
“Lotos”, “Oka”, “Era” tipidagi sintetik kir yuvish vositalari 80
“Bio-S” sintetik kir yuvish vositasi 240
Solvent-nafta 12
Butil spirti, izobutilli 24‎
Izopropil spirti 4
Metil spirti 4
Tetragidrofuril spirti 24
Furil spirti 240‎
Etil spirti 0,48
Stirol 1200
Tetragidrofuran 12
Tetraxloretilen (perxloretilen) 40‎
Tetraetilqo‘rg‘oshin 400000
1, 2, 3-Tiadiazonil-5-№1 — fenilmochevina (dropp) 12
Toluol 4
Trixloretilen 2,40‎
Trietilamin 17,14
Uayt-spirit 2,40
S12 S19 chegarali uglevodorodlar (jami organik uglerodgaaylantirib hisoblaganda RPK-265P va boshqa eritgichlr) 240‎

To‘rt xlorli uglerod

3,43‎
Uglerod oksidi 0,80‎
Fenol‎ 800‎
Slanetsli fenollar 342,84‎
Formaldegid‎ 800‎
Formamid‎ 80‎
Gazsimon ftorli birikmalar (ftorga aylantirib hisoblaganda ftorli vodorod, to‘rt ftorli kremniy) 480‎
Yaxshi eriydigan noorganik ftorli birikmalar (natriy ftorid) 240
Yomon eriydigan noorganik ftorli birikmalar (alyuminiy ftorid, kalsiy ftorid, natriy geksaftoralyuminat)
‎80‎
Furan‎ 240‎
Furfurol‎ 48‎
Xlor‎ 80‎
m-Xloranilin‎ 240‎
Xlorobenzol‎ 24‎
Olti valentli xrom (xrom oksidiga aylantirib hisoblaganda) 1600‎
Uch valentli xromli birikmalar (Sch 3+ ga aylantirib hisoblaganda) 240‎
Siklogeksan‎ 1,71‎
Rux oksidi (ruxga aylantirib hisoblaganda) 48‎
Rux stearati (ruxga aylantirib hisoblaganda) 480‎
Rux sulfati (ruxga aylantirib hisoblaganda) 300‎
Epixlorgidrin‎ 12‎
Etil xloristiy ‎ 12‎
Etilatsetat‎ 24‎
Etilen ‎ 0,80‎
Etilen oksidi ‎

80‎

II. Ifloslantiruvchi ko‘chma manbalar

Azot oksidlari 21‎
Uglerod oksidi 0,30‎
Qurum 17‎
Oltingugurtli gaz 17‎
Uglevodorodlar 0,60‎
Izoh: O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasining qaroriga ko‘ra ifloslantiruvchi moddalar ro‘yxatiga tuzatishlar kiritilishi mumkin
Vazirlar Mahkamasining
1992-yil 29-iyundagi 303-son qaroriga
2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi hududida suv obyektlariga ifloslantiruvchi moddalar tashlanganligi uchun
TO‘LOVLARNING VAQTINChALIK NORMATIVLARI


‎Ingrediyentning nomi

Ochiq suv manbalariga 1 tonna ifloslantiruvchi modda tashlaganligi uchun
‎to‘lov normativi (so‘m)

Baliq xo‘jaligidagi qiymati

Xo‘jalik ichimlik suv va
‎madaniy-maishiy sohadagi qiymati
Ammoniy azot 1024‎
Nitrit azot 20000‎
Nitrat azot 44‎
Ammiak (azot bo‘yicha) 8000‎ 200‎
Akril kislota 800‎
Anilin‎ 4000000‎ 4000‎
Alyuminiy ‎ 40000‎
Atseton ‎ 8000‎
Antmo (zaharli ximikat) 160000‎
Atsetonitril‎ 560‎
To‘la BPK 132‎
Benzol‎ 800‎ 800‎
Berilliy‎ 2000000‎
Butanol‎ 13320‎
Butifos‎ 1333200‎
Muallaq moddalar (fonga — 0,75) 12‎
Vanadiy‎ 4000‎
Volfram‎ 500000‎ 4000‎
Uch valentli vismut 800‎
Besh valentli vismut 4000‎
Dietil efir 1332‎
Dimetil formamid 1600‎
Texnik DDT 4000‎
Temir (fondan) 800‎
Kalsiy‎ 2‎ 2,2‎
Kaprolaktam‎ 400‎
Karbamid‎ 5,2‎
Kadmiy‎ 80000‎ 4000‎
Ksilol‎ 8000‎
Kaliy� 8‎
Karbofos‎ 8000‎
Kislorod ‎ 1600‎ 100‎
Kobalt ‎ 40000‎ 4000‎
Qora bo‘yoq 800‎
Molibden (ion)‎ 333200‎ 800‎
Metanol‎ 4000‎ 132‎
Minerallashish 0,4‎ 0,4‎
Margimush 8000‎ 8000‎
Mis (fondan) 400000‎ 400‎
Magniy ‎ 10‎
Solyar moyi 40000‎
Engil issiq moy 4000‎
Mochevina 4,8 ‎ 4,8‎
Natriy tiosulfat ‎ 160‎
Neft va neft mahsulotlari 80000‎
Nitrat ammoniy 50000‎
Nikel ‎ 40000‎ 4000‎
Nitrobenzol ‎ 40000‎
OYoK (oksidlangan yog‘li kislotalar) 1600 ‎
Rodanidlar 2668‎ 4000‎
Simob ‎ 80000‎
Sulfatlar 4‎ 0,8‎
SPAV ‎ 4000‎ 800‎
Stirol ‎ 4000‎
Oltingugurt 40‎
Serouglerod‎ 400‎ 400‎
Surma‎ 8000‎
Stronsiy‎ 200‎
Selen‎ 400000‎
Qo‘rg‘oshin 13320‎ 40000‎
Skipidar‎ 2000‎
Sulema‎ 4000000‎
Titan‎ 4000‎
Tellur (fonga) 14280‎ 40000‎
Sirka kislota 40000‎
Toluol‎ 800‎ 800‎
Fenol‎ 400000‎ 400000‎
Formaldegidlar 1600‎ 8000‎
Ftoridlar 8000‎
Fozalon‎ ots.‎ 400000‎
Umumiy fosfor 4000‎
Ftor-ion (fonga) 8000‎ 268‎
Furfurol ‎ 400‎ 400‎
Uch valentli xrom 800‎ 800‎
Olti valentli xrom 400000‎ 4000‎
Xlor (qoldiq) 268‎ 268‎
Natriy xlorat 20‎
Xloridlar 1,2‎ 1,2‎
Xlorbenzol ‎ 400000‎ 20000‎
Rux 40000‎ 400‎
Sianidlar 8000‎ 4000‎
Siklogeksan‎ 40000‎ 4000‎
Etilbenzol‎ 400000‎
Etilen‎ 200‎
Izoh; 1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasining qaroriga ko‘ra ifloslantiruvchi moddalar ro‘yxatiga tuzatishlar kiritilishi mumkin.
2. Oqova suvlar relyefga chiqarilganligi uchun to‘lov normativlari ifloslanish toifasi va qaytarib bo‘lmaydigan nobudgarchiliklar hisobga olingan holda O‘zbekiston Respublikasi suv resurslari qiymatidan kelib chiqib belgilanadi.
Vazirlar Mahkamasining
1992-yil 29-iyundagi 303-son qaroriga
3-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi hududida chiqindilarni joylashtirganlik uchun
TO‘LOVLARNING VAQTINChALIK NORMATIVLARI

Chiqindilarning turlari

1 tonna chiqindini joylashtirganlik uchun to‘lovlar normativi (so‘m)
Ikkilamchi xomashyo hisoblangan chiqindilar:
shu jumladan:
Yog‘och-taxta chiqindilari, 1 kub. m uchun 7‎
Kul va kul-toshqol chiqindilari 2‎
Qog‘oz chiqindilari 94‎
Ikkilamchi to‘qimachilik materiallari 360‎
Ishlatilgan neft mahsulotlari 100‎
Stekloboy ‎ 20‎
Poliamid ko‘p bo‘lgan ikkilamchi polimer xomashyo 600‎
polietilenli 160‎
polivinilxloridli 280‎
polistirolli 250‎

Vulkanizatsiya qilinmagan rezina chiqindilar

180‎
Vulkanizatsiya qilingan xomashyo 58‎

Rezina to‘qimalar chiqindisi

180‎

Kompozitsiyali to‘ldirgich (poyabzal ishlab

chiqarish va ikkilamchi to‘qimachilik

chiqindilari)


‎102‎
Eskirgan shinalar 39‎
Metallurgiya ishlab chiqarishi toshqollari:
domna toshqollari 3‎‎
po‘lat eritish toshqollari 1‎
ferroqotishma toshqollari 2‎
Fosfogips‎
I sort 4‎
II sort 0,50‎

Ishlatilgan qoplovchi aralashmalar

3‎
Ikkilamchi xomashyo hisoblanmagan chiqindilar:
I klass z�harli favqulodda xavfli 370‎
II klass zaharli yuqori darajada xavfli 185‎
III klass zaharli — o‘rtacha xavfli 111‎
IV klass zaharli kam xavfli 37‎
Zaharli emas 10‎
Vazirlar Mahkamasining
1992-yil 29-iyundagi 303-son qaroriga
4-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi hududida ifloslantiruvchi moddalarni tabiiy muhitga normativdan ortiqcha chiqarganlik(tashlaganlik) va chiqindilarni joylashtirganlik uchun to‘lovlarning vaqtinchalik normativlarini qo‘llash
TARTIBI
1. Mazkur Tartib respublikada tabiatni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish ishiga iqtisodiy mexanizmni bosqichma-bosqich joriy etish qoidasidan kelib chiqib, ifloslantiruvchi moddalarni tabiiy muhitga yo‘l qo‘yish mumkin bo‘lganidan ortiqcha chiqarganlik, ya’ni normativdan ortiqcha chiqarganlik (tashlaganlik) uchun, idoraviy bo‘ysunishidan, mulkchilik va xo‘jalik faoliyatini tashkil etish shakllaridan qat’i nazar, sanoat, transport, qurilish va boshqa davlat, kooperativ hamda jamoat korxonalari va muassasalari (keyingi o‘rinlarda — tabiatdan foydalanuvchilar)dan vaqtinchalik normativlar bo‘yicha to‘lov undirib olishni nazarda tutadi.
2. Ifloslantiruvchi moddalarni tabiiy muhitga chiqarish (tashlash) va joylashtirish normativlari va limitlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni Muhofaza qilish qo‘mitasi organlari tomonidan belgilanadi va tasdiqlanadi.
3. Ifloslantiruvchi moddalar chiqindilarini normativdan ortiqcha chiqarganlik (tashlaganlik) va joylashtirganlik uchun to‘lovlar hisob-kitobi tabiatdan foydalanuvchi tomonidan bajariladi hamda kelishish uchun tabiatni muhofaza qilish mahalliy organlariga taqdim etiladi.
4. Ifloslantiruvchi moddalar chiqindilarini normativdan ortiqcha chiqarganlik (tashlaganlik) va joylashtirganlik uchun to‘lov 1, 2, 3-ilovalarga muvofiq chiqindilarni chiqarganlik (tashlaganlik), joylashtirganlik uchun to‘lovlarning tegishli vaqtinchalik normativlarini ifloslantiruvchi moddalar chiqindilarini chiqarish (tashlash), joylashtirish haqiqiy massasining chiqindilarni chiqarish (tashlash), joylashtirishning belgilangan cheklangan yo‘l qo‘yilishidan oshgan miqdoriga va ularning ortiqchaliligi uchun to‘lovlarning karraligi koeffitsiyentiga ko‘paytirish sifatida hisoblab chiqiladi. To‘lov miqdori O‘zbekiston Respublikasi hududida narxlarning oshishiga muvofiq indeksatsiya qilinishi kerak.
Ifloslantiruvchi moddalar chiqindilarining yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan chegaraviy chiqarish (tashlash), joylashtirishdan oshganligi uchun to‘lovning necha karraligi koeffitsiyenti chiqindilarni chiqarish (tashlash), joylashtirish haqiqiy massasining ularning belgilangan normativi (limiti)ga nisbati sifatida aniqlanadi.
Ifloslantiruvchi moddalar chiqindilari atmosferaga, suv obyektlari va relyefga avariya vaqtida zalp bilan chiqarilgan (tashlangan)da, shuningdek, joylashtirilganda aybdor hisoblangan tabiatdan foydalanuvchilardan har 1 tonna zararli modda uchun o‘n karra miqdorda to‘lov undirib olinadi. Ifloslantiruvchi moddalar massasi qoidalarning buzilishi yuz bergan paytdan uning bartaraf etilishigacha bo‘lgan vaqt uchun hisob-kitob qilish yoki instrumental o‘lchash yo‘li bilan aniqlanadi.
5. Ifloslantiruvchi moddalar chiqindilari normativdan ortiqcha chiqarilganligi (tashlanganligi), joylashtirilganligi uchun undirib olinadigan mablag‘lar tabiatdan foydalanuvchilar tomonidan banklarning tegishli muassasalariga O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasining tabiatni muhofaza qilish mahalliy organlari schyotiga o‘tkaziladi hamda ulardan bu fondlar to‘g‘risidagi nizomga muvofiq tabiatni muhofaza qilish tadbirlarini o‘tkazishda foydalaniladi.
Qayd etilgan to‘lovlar tabiatdan foydalanuvchilar tomonidan hisobot choragidan keyingi oy davomida har chorakda amalga oshiriladi.
Mablag‘lar o‘z vaqtida o‘tkazilmagan taqdirda muddati o‘tkazib yuborilgan har bir kun uchun to‘lovlar summasining 0,1 foizi miqdorida penya undiriladi.
6. Ifloslantiruvchi moddalar chiqindilarini normativdan ortiqcha chiqarganlik (tashlaganlik), joylashtirganligi uchun to‘lov tabiatdan foydalanuvchi tasarrufida qoladigan foyda (daromad) hisobidan amalga oshiriladi.
Foyda (daromad) yetarli bo‘lmagan yoki tabiatdan foydalanuvchi zarar ko‘rib ishlagan hollarda qayd etilgan to‘lovlar tabiatni muhofaza qilish organlarining xulosasiga ko‘ra “O‘zbekiston Respublikasida korxonalar to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 12-moddasiga asosan, uning tasarrufida bo‘lgan barcha mavjud mablag‘lar hisobiga amalga oshiriladi. Bu mablag‘larga nisbatan amaldagi qonunchilikka muvofiq jazo qo‘llanilishi mumkin.
Tabiatdan foydalanuvchi to‘lovlarni to‘lashdan bosh tortgan taqdirda ularni hamda penyalarni undirib olish hakamlik sudi orqali majburiy tartibda amalga oshiriladi.
Ifloslantiruvchi moddalar chiqindilari o‘z bilganicha (tegishli ruxsatnomalar rasmiylashtirilmasdan) chiqarilgan (tashlangan), joylashtirilgan hollar aniqlanganda, aybdor shaxslarga jarima sanksiyalari solingan holda, tabiatdan foydalanuvchilardan normativdan ortiqcha sifatida chiqindilarning butun massasi uchun to‘lov undirib olinadi.
Ifloslantiruvchi moddalar chiqindilari chiqarilganligi (tashlanganligi), joylashtirilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar yashirilgan yoki buzib ko‘rsatilgan hollarda aybdorlar O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq javob beradilar.
7. O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasining mahalliy organlari bilan kelishgan holda ishlab chiqarishni to‘xtatmasdan ifloslantiruvchi moddalar chiqindilarini chiqarish (tashlash), joylashtirishning qisqa muddatli oshishiga olib keluvchi texnologik yoki tabiatni muhofaza qilish tadbirlari o‘tkazilgan davrda to‘lov undirilmaydi.
Tabiatdan foydalanuvchi tomonidan ifloslantiruvchi moddalar chiqindilarini normativdan ortiqcha chiqarganlik (tashlaganlik), joylashtirganlik uchun to‘lov to‘lanishi ularni tabiatni muhofaza qilish tadbirlarini bajarishdan, tabiiy resurslardan oqilona foydalanishdan va faoliyat xarakteri va chiqarilayotgan mahsulotdan qat’i nazar, tabiatni muhofaza qilish qonunchiligiga rioya qilishdan ozod qilmaydi, chunki to‘lanayotgan to‘lov ular tabiiy muhitga yetkazayotgan zararga muqobil bo‘lmaydi.
8. To‘lovlarning to‘g‘ri o‘tkazilishi, o‘z vaqtida to‘lanishi hamda mazkur Tartibga rioya qilinishi uchun javobgarlik tabiatdan foydalanuvchilarga — to‘lov to‘lovchilarga va ularning mansabdor shaxslariga yuklatiladi.
9. To‘lovlar summasining o‘tkazilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi organlari tomonidan amalga oshiriladi.