Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 27.02.2023
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
2019-yil uchun Davlat statistika ishlari dasturiga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-fevraldagi 80-sonli “2023-yil uchun Statistika dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida” 2019-yil 12-iyuldagi PF-5765-son Farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat boshqaruvining ochiqligi va shaffofligini taʼminlash hamda mamlakatning statistika salohiyatini oshirish yuzasidan qoʻshimcha chora­tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 9-apreldagi PQ-4273-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 5-fevraldagi 91-son qarori bilan tasdiqlangan 2019-yil uchun Davlat statistika ishlari dasturiga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ushbu qarorga kiritilgan oʻzgartirishlarga muvofiq 2019-yil uchun Davlat statistika ishlari dasturida nazarda tutilgan davlat statistika ishlarining bajarilishi uchun qoʻshimcha mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti mablagʻlari hisobidan ajratilishini taʼminlasin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi raisi B.A. Begalov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 7-dekabr,
975-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-dekabrdagi 975-son qaroriga
ILOVA
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 5-fevraldagi 91-son qarori bilan tasdiqlangan 2019-yil uchun Davlat statistika ishlari dasturiga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
1. “Statistika ishlarini bajarish qiymati (ming soʻm)” ustunida:
a) I boʻlimdagi “61 312 195,4” raqami “74 380 760,2” raqami bilan;
1-kichik boʻlimdagi “5 306 528,4” raqami “6 437 603,7” raqami bilan;
2-kichik boʻlimdagi “9 255 196,8” raqami “11 227 922,4” raqami bilan;
3-kichik boʻlimdagi “14 397 163,6” raqami “17 465 888,6” raqami bilan;
4-kichik boʻlimdagi “5 492 539,2” raqami “6 663 262,3” raqami bilan;
5-kichik boʻlimdagi “3 532 197,3” raqami “4 285 077,7” raqami bilan;
6-kichik boʻlimdagi “3 197 106,6” raqami “3 878 563,1” raqami bilan;
7-kichik boʻlimdagi “3 585 870,0” raqami “4 350 190,6” raqami bilan;
8-kichik boʻlimdagi “5 909 732,7” raqami “7 169 379,7” raqami bilan;
9-kichik boʻlimdagi “6 326 288,3” raqami “7 674 723,3” raqami bilan;
10-kichik boʻlimdagi “4 309 572,5” raqami “5 228 148,8” raqami bilan almashtirilsin;
b) II boʻlimdagi “11 879 581,0” raqami “14 411 688,6” raqami bilan almashtirilsin;
v) III boʻlimdagi “2 828 949,6” raqami “3 431 934,2” raqami bilan almashtirilsin.
2. “Jami dastur boʻyicha: 76 020 726,0*” soʻzlari “Jami dastur boʻyicha: 92 224 383,0*” soʻzlari bilan almashtirilsin.
3. II boʻlimning 1-kichik boʻlimiga quyidagi mazmundagi 191-pozitsiya qoʻshilsin:

191

Davlat organlari va tashkilotlarining ochiq maʼlumotlar toʻplamlari roʻyxatini shakllantirish, yuritish va yangilash hamda tegishli axborotlarning Oʻzbekiston Respublikasi Ochiq maʼlumotlar portalida oʻz vaqtida aks ettirilishi boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtirish

maxsus dastur boʻyicha

yil davomida

.

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.12.2019-y., 09/19/975/4124-son)