1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.20.00.00 Banklar va kredit tashkilotlarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Bank va kredit faoliyatini litsenziyalash. Ruxsat berish tartib-taomillari]
[TSZ:
1.Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar]
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
“O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” unitar korxonasini aksiyadorlik jamiyati shaklida qayta tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-oktabrdagi PQ-4487-son “O‘zbekiston Respublikasi bank sektorining moliyaviy barqarorligini oshirishga oid birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” unitar korxonasi faoliyatida zamonaviy umume’tirof etilgan korporativ boshqaruv tamoyillarini joriy etish maqsadida:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.20.00.00 Banklar va kredit tashkilotlarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Bank va kredit faoliyatini litsenziyalash. Ruxsat berish tartib-taomillari]
1. Moliya vazirligi hamda Davlat aktivlarini boshqarish agentligining unitar korxona shaklidagi “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki”ni (keyingi o‘rinlarda — O‘zmilliybank) “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” aksiyadorlik jamiyati shaklida (keyingi o‘rinlarda — “Milliy bank” AJ) qayta tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
2. Belgilab qo‘yilsinki:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.02.00.00 Moliya va iqtisod sohasidagi boshqaruv;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamg‘armalari / 07.07.02.03 Yo‘l va boshqa davlat jamg‘armalari]
Moliya vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi davlat nomidan “Milliy bank” AJning ta’sischisi hisoblanadi;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.02.00 Yuridik shaxslarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatiga olish]
yangi tashkil etilayotgan “Milliy bank” AJ ustav kapitali keyinchalik qonunda belgilangan tartibda oshirilgan holda 1-ilovaga muvofiq hajmda va ulushlarda shakllantiriladi;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari]
“Milliy bank” AJ qayta tashkil etilayotgan O‘zmilliybankning huquqlari majburiyatlari va shartnomalari, shu jumladan, xalqaro shartnomalari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.01.00 Umumiy masalalar]
3. Quyidagilar “Milliy bank” AJ faoliyatining asosiy vazifalari va yo‘nalishlari etib belgilansin:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.06 Kreditlashning boshqa turlari]
xorijiy kredit liniyalari, xalqaro kapital bozoridagi resurslar, xorijiy investorlar mablag‘larini jalb qilish orqali iqtisodiyotning ustuvor sektorlarida yirik investitsion loyihalarni faol ravishda kreditlash;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.12.00 Innovatsiya. Innovatsion faoliyat. Innovatsion infratuzilma]
xizmat ko‘rsatish sifati va tezkorligini oshirish uchun innovatsion moliyaviy mahsulotlarni joriy etish;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.09.00 Tadbirkorlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va huquqlarini himoya qilish]
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga bank xizmatlarini, shuningdek, tashqi iqtisodiy faoliyat masalalarida moliyaviy maslahatlar berish va axborot ko‘magini ko‘rsatish;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.01.00 Umumiy masalalar]
aholiga chakana bank xizmatlari ko‘rsatishni rivojlantirish, shu jumladan axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda bank xizmatlarining yangi turlarini joriy etish;
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urtani moliyalashtirish / 06.03.06.00 Moliyalashtirishning boshqa manbalari]
birinchi navbatda milliy valyutadagi uzoq muddatli mablag‘larni safarbar qilish hisobiga bank faoliyatini moliyalashtirish manbalarini diversifikatsiya qilish;
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.04.00.00 Milliy iqtisodni himoya qilish borasida davlatning chora-tadbirlari / 10.04.03.00 Eksportni qullab-quvvatlash]
savdo-eksport moliyalashtirish biznesi mahsulotlarini rivojlantirish va uning geografiyasini kengaytirish, shuningdek, respublikaning eksport salohiyatini rivojlantirish dasturlarini qo‘llab-quvvatlash, eksport qiluvchilarga konsalting xizmatlarini taqdim etish;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.08.00 Banklarning qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalari]
korporativ mijozlarga investitsion banking, jumladan ichki va tashqi bozorlarda qimmatli qog‘ozlarni chiqarish va joylashtirish xizmatlarini ko‘rsatish.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.02.00.00 Moliya va iqtisod sohasidagi boshqaruv]
4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.02.00 Majburiyatlarning bajarilishini ta’minlash / 03.10.02.05 Kafolat]
“Milliy bank” AJ bilan birgalikda ikki oy muddatda qayta tashkil etiladigan O‘zmilliybankning qarzdor va kreditorlari majburiyatlari bo‘yicha berilgan davlat kafolatlarini qayta rasmiylashtirsin;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari]
Kuzatuv kengashining asosiy vazifalari va funksiyalarini belgilagan holda uning tarkibini “Milliy bank” AJning aksiyadorlar umumiy yig‘ilishiga tasdiqlash uchun kiritsin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.01.00 Umumiy masalalar]
5. O‘zmilliybank ikki oy muddatda:
a) O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda, jumladan quyidagilarni:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.20.00.00 Banklar va kredit tashkilotlarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Bank va kredit faoliyatini litsenziyalash. Ruxsat berish tartib-taomillari]
O‘zmilliybankni qayta tashkil etishga tayyorlash bo‘yicha komissiyani tuzish;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.02.00.00 Moliya va iqtisod sohasidagi boshqaruv]
tegishli topshirish dalolatnomasini tayyorlab, O‘zmilliybank aktivlari va majburiyatlarini ularga nisbatan baholash amalga oshirilmagan holda xatlovdan o‘tkazishni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar amalga oshirilishini;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.20.00.00 Banklar va kredit tashkilotlarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Bank va kredit faoliyatini litsenziyalash. Ruxsat berish tartib-taomillari]
b) mol-mulkning mavjud hujjatlari, litsenziya va ruxsatnomalarini qayta rasmiylashtirishni;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari]
v) MCHJ “NBU INVEST GROUP” investitsiya kompaniyasi negizida moliyaviy bozorlarda, jumladan bankning daromadi chegarasida xo‘jalik subyektlari ustav fondida (100 foizgacha) ishtirok etish orqali investitsion loyihalarni amalga oshirishda ishtirokini kengaytirishni nazarda tutgan holda “NBU INVEST GROUP” aksiyadorlik jamiyatini tashkil etishni;
g) quyidagilarni:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.20.00.00 Banklar va kredit tashkilotlarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Bank va kredit faoliyatini litsenziyalash. Ruxsat berish tartib-taomillari]
“Milliy bank” AJning tashkiliy tuzilmasi va Ustavi;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.02.00 Yuridik shaxslarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatiga olish]
xalqaro konsultantlarni jalb qilgan holda “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJning 2020 — 2023-yillarga mo‘ljallangan rivojlanish strategiyasi ishlab chiqilishi va aksiyadorlar umumiy yig‘ilishida tasdiqlanishini ta’minlasin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Ma’muriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.07.00 Boshqa ruxsat beruvchi va ro‘yxatga olish tartiblari]
6. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki “Milliy bank” AJ Ustavining belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilishini ta’minlasin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.02.00.00 Moliya va iqtisod sohasidagi boshqaruv]
7. O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va O‘zmilliybankning:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.01.00 Umumiy masalalar]
a) O‘zmilliybankning xo‘jalik jamiyatlari ustav fondidagi aksiyalar va ulushlar shaklidagi ayrim asosiy faoliyat turi bilan bog‘liq bo‘lmagan aktivlarini 2-ilovaga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga berish;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari]
b) O‘zmilliybank va “NBU INVEST GROUP” AJning xo‘jalik jamiyatlari ustav fondidagi aksiyalar va ulushlar shaklidagi boshqa asosiy faoliyat turi bilan bog‘liq bo‘lmagan aktivlarini:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.20.00.00 Banklar va kredit tashkilotlarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Bank va kredit faoliyatini litsenziyalash. Ruxsat berish tartib-taomillari]
baholash narxini 10 foizga bosqichma-bosqich kamaytirish mexanizmini qo‘llab, biroq ular bozor narxining 50 foizidan pasaytirmagan holda hamda ikki oy davomida o‘tkazilgan savdolar natijasida investorlar tomonidan qiziqish bo‘lmagan taqdirda, ularning nominal qiymatidan pasaytirmagan holda;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.05.00 Imtiyozli kreditlash]
sotib olish to‘lovlarini birdan yoki bo‘lib-bo‘lib (aksiyalardan tashqari) 7 yilgacha sotib olish summasining qoldig‘i uchun foiz hisoblamasdan, shuningdek, sotib olish summasi to‘liq to‘lanmagunga qadar obyektni tasarrufdan chiqarish va uchinchi shaxslarga (tijorat banki — sotuvchi bundan mustasno) garovga (ipoteka) berish huquqisiz amalga oshirish orqali sotish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.29.00.00 Buxgalteriya hisobi. Moliyaviy hisobot / 07.29.06.00 Inventarizatsiya qilish va qayta baholash, qayta baholash, hisobdan chiqarish]
8. O‘zmilliybank Kengashi ilgari zaxiralari yaratilgan hamda so‘ndirish manbalari mavjud bo‘lmagan balansdan tashqari aktivlarni belgilangan tartibda hisobdan chiqarsin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Ma’muriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.07.00 Boshqa ruxsat beruvchi va ro‘yxatga olish tartiblari]
9. O‘zbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi yig‘imlar undirilmasdan “Milliy bank” AJning aksiyalari belgilangan tartibda chiqarilishi va birlamchi chiqarilgan aksiyalar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlasin.
[OKOZ:
1.21.00.00.00 O‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.02.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari]
10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-martdagi “2017 — 2019-yillar davrida dehqon bozorlarini rekonstruksiya qilish va ularning hududida zamonaviy savdo majmualari qurish dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PQ-2853-son qarorining 9-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
11. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
12. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi R.A. G‘ulomov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 30-noyabr,
PQ-4540-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-noyabrdagi PQ-4540-son qaroriga 1-ILOVA
“O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJning ustav kapitalini shakllantirish
MANBALARI
T/r
Aksionerlar nomi
Ustav kapitali (01.11.2019-yil holatiga)
Ustav kapitalini shakllantirish uchun yo‘naltiriladigan mablag‘lar
O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi**
435,2
10,07%
6 338,1
6 773,3
58,49%
Hammasi:
4 321,0
100%
7 260,2
11 581,2
100%
Izoh:
*Moliya vazirligining ulushi 3 885,8 mlrd. so‘m miqdoridagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ulushining o‘tkazilishi hisobiga shakllantiriladi.
922,1 mlrd so‘m miqdoridagi aksiyalarga obuna bo‘lish bo‘yicha o‘tgan yillarning taqsimlanmagan foydasi va depoziti “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” UK Kengashining qarori asosida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ulushini kapitalizatsiya qilish uchun yo‘naltiriladi va keyinchalik Moliya vazirligining ulushi sifatida o‘tkaziladi. “Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJning 2019-yil yakuni bo‘yicha sof foydasi belgilangan tartibda bank ustav kapitalida aksionerlar ulushini oshirish uchun yo‘naltiriladi.
**O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi ulushini shakllantirish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-oktabrdagi PQ-4487-son qaroriga muvofiq amalga oshiriladi. Ulushning yakuniy summasi bitim tuzilgan sanadagi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining kursi bo‘yicha belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-noyabrdagi PQ-4540-son qaroriga 2-ILOVA
Aksiyalar paketi (ulushlari) O‘zmilliybankka tegishli bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlari
RO‘YXATI
T/r
Xo‘jalik jamiyatining nomi
Balans narxi
(ekv. mln so‘m)
Ulush miqdori (foiz)
1.
“Taxiatash-don” AJ
0,3
0,01
2.
“Qurilish lizing” MCHJ
290,6
5,3
3.
“O‘zinterimpeks” AJ
524,1
4
4.
“Markazsanoateksport” AJ
550
4
5.
“O‘zprommashimpeks” AJ
1 232,8
3,8
6.
“O‘zmarkazimpeks” AJ
530,7
4
7.
“O‘zmed-lizing” AJ
408,9
20
8.
“Chotqol” MCHJ
10
12,5
9.
“Elsis savdo” AJ
14,8
2,2
10.
“Agrotexservis” MCHJ
629
15
11.
“O‘zavializing” MCHJ
10 214,1
26,5
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2019-y., 07/19/4540/4093-son)