1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.05.00 Mahsulot sifati. Standartlashtirish. Sertifikatlashtirish. Metrologiya. Tovarlar markirovkasi. Aksizlar (shuningdek, 09.07.00.00ga qarang)]
Mahsulotlarni identifikatsiya vositalari yordamida markirovkalash va kelgusida kuzatish tartibini bosqichma-bosqich joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 833-sonli “Ayrim turdagi mahsulotlarni majburiy raqamli markirovkalash tizimi bosqichma-bosqich joriy etilishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Respublikaga alohida turdagi mahsulotlar noqonuniy olib kirilishining oldini olish, ularni ishlab chiqarish, sotish va hisobga olish mexanizmlarini takomillashtirish, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar yig‘iluvchanligi oshirilishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va Rossiya Federatsiyasining “Istiqbolli texnologiyalarni rivojlantirish markazi” mas’uliyati cheklangan jamiyati (“Sentr razvitiya perspektivnix texnologiy”) o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasida ayrim turdagi mahsulotlarni raqamli markirovkalash va ularni kuzatish imkoniyatini ta’minlash tizimini joriy etish loyihalarini amalga oshirishda sa’y-harakatlarni birlashtirish va ko‘maklashish nazarda tutilgan o‘zaro anglashuv va hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2019-yil dekabr oyidan boshlab mahalliy ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchilar uchun mahsulotlarni identifikatsiya vositalari yordamida markirovkalash va kelgusida kuzatish tartibini bosqichma-bosqich joriy etish bo‘yicha tajriba loyihasini (keyingi o‘rinlarda tajriba loyihasi deb ataladi) amalga oshirish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
3. Tajriba loyihasini amalga oshirish doirasida O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi:
tajriba loyihasi ishtirokchilarining, shuningdek identifikatsiya vositalari yordamida markirovkalanadigan va kelgusida kuzatiladigan mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi va import qiluvchi tadbirkorlik subyektlarining tarkibi aniqlanishi;
tajriba loyihasi ishga tushirilishini va kelgusida monitoring qilinishini, uslubiy qo‘llab-quvvatlanishini, shuningdek, tajriba loyihasi ishtirokchilari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik tashkil etilishini;
tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida, shu jumladan ommaviy axborot vositalari orqali mahsulotlarni identifikatsiya vositalari yordamida markirovkalash va kelgusida kuzatish imkoniyatini yaratish tizimini joriy etish va ishlatish bo‘yicha keng tushuntirish ishlari olib borilishini ta’minlasin.
4. Belgilansinki, tadbirkorlik subyektlarining tajriba loyihasini amalga oshirishda ixtiyoriy ishtiroki ularni qonunchilikda belgilangan majburiy ravishda aksiz markalari bilan markalash hamda davlat tilida markirovka qilish tartiblariga rioya etishdan ozod etmaydi.
5. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining respublikaga asosiy eksportchi mamlakatlarning mahsulotlarni markirovkalash borasida tajribasini o‘rgangan holda, tajriba loyihasi belgilangan muddatda ishga tushirilishini ta’minlash maqsadida “Istiqbolli texnologiyalarni rivojlantirish markazi” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan ta’sis etilgan “CRPT TURON” mas’uliyati cheklangan jamiyatini mahsulotlarni markirovkalash va kuzatish axborot tizimining (keyingi o‘rinlarda axborot tizimi deb ataladi) operatori etib tayinlash hamda operatorga beg‘araz asosda:
axborot tizimidan foydalanish imkoniyatini ta’minlash, manfaatdor vazirlik va idoralarning axborot tizimi bilan tajriba loyihasini amalga oshirishga doir o‘zaro axborot almashinuvini yo‘lga qo‘yish;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining yagona axborot-resurs bazasiga axborot tizimining ishlashi uchun zarur bo‘lgan server, telekommunikatsiya va boshqa asbob-uskunalarni o‘rnatish va ishga tushirish;
mahsulotlari identifikatsiya vositalari yordamida markirovkalanadigan va kelgusida kuzatiladigan tadbirkorlik subyektlarining hududida zarur markirovkalash, server, telekommunikatsiya va boshqa asbob-uskunalarni o‘rnatish hamda sozlash, kelgusida ularni axborot tizimiga ulash vazifasini yuklash to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
6. Quyidagilar:
Identifikatsiya vositalari bilan markirovkalanadigan va kelgusida kuzatiladigan mahsulotlar ro‘yxati 1-ilovaga muvofiq;
Sigaretalarni markirovkalash va kuzatish bo‘yicha tajriba loyihasini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi vaqtincha nizom 2-ilovaga muvofiq;
Alkogol mahsulotlarini markirovkalash va kuzatish bo‘yicha tajriba loyihasini amalga oshirish tartibi to‘g‘risida vaqtincha nizom 3-ilovaga muvofiq;
Sigaretalarni markirovkalash va kelgusida kuzatish tajriba loyihasini amalga oshirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar rejasi 4-ilovaga muvofiq;
Alkogol mahsulotlarni markirovkalash va kelgusida kuzatish tajriba loyihasini amalga oshirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar rejasi 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 2020-yil 1-iyulga qadar:
identifikatsiya vositalari bilan markirovkalash va kelgusida kuzatiladigan mahsulotlar ro‘yxatini bosqichma-bosqich kengaytirish, bunda birinchi navbatda dori vositalari va tibbiy buyumlarni markirovkalash tizimi bilan qamrab olish;
umumjahon standartlari va xalqaro tajribani inobatga olgan holda, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzurida ishlab chiqarilgan va import qilingan mahsulotlar elektron bazasini yaratishni nazarda tutuvchi tajriba loyihasini amalga oshirish natijalari asosida axborot va mahsulotlarni identifikatsiya vositalari bilan markirovkalash va kelgusida kuzatish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasida mahsulotlarni identifikatsiya vositalari yordamida markirovkalash va kelgusida kuzatish tartibini bosqichma-bosqich joriy etish bo‘yicha tajriba loyihasi boshlanganligi haqida xorijiy davlatlar xabardor qilinishini ta’minlasin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — moliya vaziri J.A. Ko‘chqorov va O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisi B.A. Musayev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 23-noyabr,
944-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-noyabrdagi 944-son qaroriga 1-ILOVA
Identifikatsiya vositalari bilan markirovkalanadigan va kelgusida kuzatiladigan mahsulotlar
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-noyabrdagi 944-son qaroriga 2-ILOVA
Sigaretalarni markirovkalash va kuzatish bo‘yicha tajriba loyihasini amalga oshirish tartibi to‘g‘risida
VAQTINChA NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Vaqtincha nizom O‘zbekiston Respublikasi hududida muomalada bo‘lgan sigaretalarni identifikatsiya vositalari bilan markirovkalash va kelgusida kuzatish bo‘yicha tajriba loyihasini (keyingi o‘rinlarda tajriba loyihasi deb ataladi) amalga oshirishda harakatlar tartibi va ketma-ketligini belgilaydi.
2. Quyidagilar tajriba loyihasining maqsadlari hisoblanadi:
a) mahsulotlarning aslligini tasdiqlash;
O‘zbekiston Respublikasi hududiga sigaretalarni noqonuniy olib kirilishi, ishlab chiqarilishi va muomalada bo‘lishiga qarshi kurashish;
sigaretalarni olib kirish, ishlab chiqarish va muomalaga kiritish bo‘yicha qonunchilikda nazarda tutilmagan sxemalardan foydalanishni istisno etish maqsadida sigaretalar muomalasi subyektlarining o‘zaro hamkorligini ta’minlash;
sigaretalar muomalasining hisobini yuritish tartib-taomillarini standartlashtirish va unifikatsiyalashni ta’minlash maqsadida identifikatsiya vositalari bilan sigaretalarni markirovkalash va kelgusida kuzatish mexanizmlarining to‘liqligi, samaradorligi, natijadorligi va yetarliligini aprobatsiya qilish;
b) sigaretalarni aksiz markasi bilan markirovkalashdan voz kechilishini inobatga olib, sigaretalarni identifikatsiya vositalari bilan markirovalash va kelgusida kuzatish majburiy tizimiga o‘tish maqsadga muvofiqligini aniqlash.
3. Mazkur Vaqtincha nizomda quyidagi qisqartma so‘zlar va tushunchalardan foydalaniladi:
tajriba loyihasi — sigaretalarni identifikatsiya vositalari bilan markirovkalash va kuzatish bo‘yicha tajriba loyihasi;
administrator — mahsulotlarni markirovkalash va kuzatish axborot tizimini ishlab chiquvchi, joriy etuvchi va unga xizmat ko‘rsatuvchi, sigaretalarni markirovkalash va kuzatish ta’minlanishi uchun zarur barcha tarkibiy qismlarni o‘rnatuvchi va sozlovchi, shuningdek, fiskal ma’lumotlar operatori vazifalarini bajaruvchi mas’ul shaxs;
MMK AT — mahsulotlarni identifikatsiya vositalari bilan markirovkalash va kuzatish, monitoring qilish, ishlab chiqarish va ularning aylanishini dasturiy ta’minlash maqsadida Administrator tomonidan ishlab chiqilgan mahsulotlarni markirovkalash va kuzatish axborot tizimi;
sigaretalar muomalasi monitoringi — MMK ATda ro‘yxatdan o‘tgan sigaretalar muomalasi subyektlarining ma’lumotlari asosida sigaretalar aylanishi va ishlab chiqarilishini tahlil qilish;
sigaretalar o‘ramini markirovkalash — iste’mol, guruh va transport o‘ramida identifikatsiya vositalarini aks ettirish va sigaretalar ishlab chiqarilishi va aylanishining barcha bosqichlarida ular to‘g‘risida MMK ATda aniq ma’lumot berish;
identifikatsiya vositalari — tajriba loyihasi doirasida sigaretalar o‘ramiga tushirish uchun shakllantiriladigan shtrixli kod ko‘rinishidagi mashina o‘qiydigan markirovkalash kodi;
sigaretalarning iste’mol o‘rami — mahsulotni birlamchi o‘rash va pirovard iste’molchiga sotish uchun mo‘ljallangan o‘ram;
sigaretalarning guruh o‘rami — polimer plenka yoki qog‘oz bilan o‘ralgan yoki qog‘oz lenta bilan bog‘langan muayyan miqdordagi iste’mol o‘ramlarini birlashtirgan o‘ram. Guruh o‘ramini pirovard iste’molchiga sotishga ruxsat etiladi;
sigaretalarning transport o‘rami — iste’mol va (yoki) guruh o‘ramiga o‘ralgan yoki xuddi shunday transport o‘ramiga o‘ralgan sigaretalarni saqlash va tashish, shuningdek, joyini o‘zgartirishda uni shikastlanishdan himoya qilishni ta’minlash uchun mo‘ljallangan va mustaqil logistika birligini hosil qiladigan o‘ram;
mahsulot kodi — mahsulot hamda mahsulot guruhlariga mahsulot ishlab chiqaruvchilar tomonidan ishlab chiqariladigan sigaretalarning turini aniqlaydigan axborot resursida mahsulotlar muomalasi ishtirokchilari tomonidan tavsiflanganda beriladigan GS1 assotsiatsiyasi mahsulot nomenklaturasi bo‘yicha logistika birliklari hisob kodi;
identifikatsiya kodi — mahsulot nusxasining noyob raqamini o‘z ichiga olgan belgilar ketma-ketligi;
tekshiruv kodi — taqlid himoyasi vositalaridan foydalangan holda mahsulot kodi va identifikatsiya kodi ma’lumotlari asosida shakllanadigan ramziy ketma-ketlik. Tasdiqlash kodi kriptografik algoritmlar asosida tuziladi va kriptografik kalit identifikatorini o‘z ichiga oladi;
markirovkalash kodi — iste’mol, guruh va transport o‘ramini identifikatsiya qilish uchun ishlatiladigan mahsulot kodi, identifikatsiya kodi va tekshiruv kodi jamlanmasi;
agregirlash — sigareta o‘ramlarini guruh o‘rami va/yoki transport o‘ramiga birlashtirish, bunda o‘ram tarkibidagi har bir sigareta o‘ramining identifikatsiya kodi hamda shakllantirilgan guruh va transport o‘rami identifikatsiya kodi o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik saqlanib qoladi, sigaretalarning harakatlanishini mahsulotni kuzatish zanjiri bo‘ylab shakllantiriladigan guruh va/yoki transport o‘ramini ochish zaruratisiz kuzatish maqsadida guruh va/yoki transport o‘ramiga tegishli identifikatsiya vositasi tushiriladi.
Agregirlash har qanday darajadagi ma’lumotni qo‘shish imkoniyatini nazarda tutadi:
birinchi darajada agregirlash — iste’mol o‘ramlarini, masalan sigareta pachkasini guruh o‘ramiga (blok) birlashtirish;
ikkinchi darajada agregirlash — iste’mol yoki guruh o‘ramini mahsulot o‘ramiga, masalan, banderol yoki qutiga birlashtirish;
uchinchi darajada agregirlash — transport o‘ramini yanada yuqori boshqa transport o‘ramiga, masalan, palleta yoki konteynerga birlashtirish;
turkumlashtirish — iste’mol va/yoki guruh va/yoki transport o‘ramini markirovkalash kodini yaratish jarayoni;
ASCII — (American standard code for information interchange) — axborotni kodlash usuli bo‘lib, unda bosma va nobosma belgilar tegishli raqamli kodlarga mos keladi;
GS1 — hisob yuritishni standartlashtirish va logistika birliklarini shtrixli kodlash bo‘yicha xalqaro tashkilot;
GTIN — (Global Trade Item Number) mahsulot birligining global identifikatsiya raqami. GS1 tomonidan ishlab chiqilgan va qo‘llab-quvvatlanadigan, GS1 standartlari bilan belgilangan qoidalarga muvofiq GS1 milliy tashkiloti tomonidan mahsulotlar va/yoki mahsulotlar guruhiga qo‘llanadigan, xalqaro iqtisodiy makonda aniq identifikatsiya qilish uchun mahsulot va/yoki mahsulotlar guruhiga mashina tomonidan o‘qila oladigan shtrixli kod shaklida kiritiladigan logistik birliklarning hisobini yuritadigan xalqaro kod.
AI = ‘**’ — GS1 standartida nazarda tutilgan qo‘llash identifikator atributi;
GS1-128 — tashkilotlar o‘rtasida yuk haqida ma’lumotni uzatish uchun mo‘ljallangan GS1 standartlashtirish bo‘yicha global tashkilotning shtrixli kod formati;
DataMatrix — to‘g‘ri to‘rtburchak yoki kvadrat guruhga kvadrat shaklida tushiriladigan oq-qora elementlar yoki turli yorqinlikdagi elementlardan iborat ikki o‘lchamli matritsali shtrixli kod. Matn yoki boshqa shakldagi ma’lumotlarni kodlash uchun mo‘ljallangan;
GS1-DataMatrix — DataMatrix ikki o‘lchamli matritsali shtrixli kodning GS1 tomonidan standartlashtirilgan amalga oshirilishi;
DataMatrix ESS200 — xatolarning oldini olish va zarar yetgan axborotni tiklash texnologiyasidan foydalanadigan DataMatrix turkumi.
DataMatrix ECC 200 kod tarkibidagi axborotning 30 foizigacha zarar yetgan taqdirda, kodlangan axborotning butun ketma-ketligini tiklash imkonini beradi. Ikki o‘lchamli shtrixli kodning mazkur versiyasida xato paydo bo‘lishi chastotasi 10 million skanerlangan belgiga 1 tadan kam.
TIF TN kodlari — Tashqi iqtisodiy faoliyat mahsulot nomenklaturasi kodlari;
IFUK — iqtisodiy faoliyat turlarining umumiy klassifikatori;
ishtirokchilar reyestri — tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiradigan, o‘z xohishi bilan tajriba loyihasida ishtirok etish istagini bildirgan shaxslar ro‘yxati;
Mahsulotlar reyestri — markirovkalanishi lozim bo‘lgan sigaretalar reyestri bo‘lib, unda sigareta nomlarining har bir mahsulot pozitsiyasi bo‘yicha axborot, GS1 standarti bo‘yicha mahsulot kodi, TIF TN bo‘yicha mahsulotlar guruhi kodi, IFUK bo‘yicha mahsulot kodi jamlanadi;
IV reyestri — identifikatsiya vositalari reyestri;
STIR — soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami;
Fiskal ma’lumotlar operatori — savdo operatsiyalarida va/yoki xizmat ko‘rsatishda onlayn nazorat-kassa mashinalari yordamida amalga oshirilgan soliq organlariga pul hisob-kitoblari to‘g‘risida ma’lumotlar soliq organlariga tezkor yetkazilishini ta’minlovchi yuridik shaxs;
elektron hujjat — axborot elektron raqamli shaklda taqdim etilgan va elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan hujjat;
onlayn nazorat-kassa mashinalari — fiskal modulga bog‘lanish imkoniyatiga ega bo‘lgan, fiskal hujjatlarni hosil qiluvchi, fiskal hujjatlarni O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasiga real vaqt rejimida uzatishni ta’minlovchi va qog‘ozda chop etuvchi elektron hisoblash mashinalari, boshqa qurilmalar va ularning komplekslari.
4. Quyidagilar tajriba loyihasining ishtirokchilari hisoblanadi:
a) O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda Qo‘mita deb ataladi);
b) quyidagi sigaretalar muomalasi subyektlari:
sigareta ishlab chiqaruvchilar;
sigaretalar bilan ulgurji savdo qiluvchi tashkilotlar;
sigaretalar bilan chakana savdo qiluvchi tashkilotlar;
O‘zbekiston Respublikasi xududiga sigareta import qiluvchilar;
v) “CRPT TURON” MChJ — MMK AT ishlab chiquvchisi va administratori.
g) fiskal ma’lumotlar operatori.
Tajriba loyihasini amalga oshirish jarayonida mazkur ro‘yxatga aniqlik kiritilishi mumkin.
5. Sigaretalar muomalasi subyektlari tajriba loyihasida ixtiyoriy ravishda ishtirok etadilar.
Tajriba loyihasida ishtirok etish uchun sigaretalar muomalasi subyektlari mahsulotlarni markirovkalash va kuzatish axborot tizimiga ariza beradilar. Ishtirok etish uchun arizalarni qabul qilish tajriba loyihasini amalga oshirish boshlanishi bilan cheklanmaydi.
6. Sigaretalarni identifikatsiya vositalari bilan markirovkalash va kelgusida kuzatish ushbu Vaqtincha nizomning ilovasiga muvofiq sxema asosida amalga oshiriladi.
7. Tajriba loyihasida ishtirok etish uchun sigaretalar muomalasi subyekti quyidagi shart-sharoitlarni ta’minlaydi:
a) sigareta ishlab chiqaruvchisi va import qiluvchisi:
elektron raqamli imzo mavjud bo‘lishi;
aloqa kanallari bo‘yicha MMK ATga ulangan, markirovka kodini olish borasida Administrator bilan avtomatik ravishda o‘zaro ulanish imkonini beradigan apparat-dasturiy majmuasi bor bo‘lishi. Apparat-dasturiy majmuasi barcha ishtirokchilarga Administrator tomonida tajriba loyihasi amalga oshiriladigan davrga bepul beriladi (shartnoma asosida mas’ul saqlash uchun beriladi);
taraflar mahsulot ishlab chiqarish bo‘yich asbob-uskunaga, shuningdek, markirovkalash, server, telekommunikatsiya va boshqa asbob-uskunalarga qasddan zarar yetkazganlik uchun javobgar bo‘ladilar;
elektron hujjat yaratish va ularni elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash, shuningdek, MMK AT bilan o‘zaro hamkorlik qilish uchun zarur hujjatlarni qabul qilish (shu jumladan, markirovkalash kodlarini, markirovkalash kodlaridan foydalanish to‘g‘risida ma’lumotlar, mahsulot yuk xati) so‘rash imkoniyatiga ega kompyuter tizimi bor bo‘lishi;
identifikatsiya vositalari bilan markirovkalash uchun zarur markirovkalash, server, telekommunikatsiya va boshqa asbob-uskuna bor bo‘lishi va u kelgusida axborot tizimiga ulanishi;
b) sigaretalar bilan ulgurji va chakana savdo qiluvchi tashkilotlar:
elektron raqamli imzo bor bo‘lishi;
elektron hujjat yaratish va ularni elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash, MMK ATdan, shu jumladan shaxsiy kabinet orqali ishlaganda zarur hujjatlarni qabul qilish imkoniyatiga ega kompyuter tizimi bor bo‘lishi;
onlayn nazorat-kassa mashinalari yoki virtual kassa bilan ulangan, axborot tizimiga ulangan identifikatsiya vositalarini skanerlaydigan va aniqlaydigan vositalar bor bo‘lishi.
3-bob. Ma’lumotlarni qayd qilish, o‘zgartirish va aniqlashtirish, shuningdek, ishtirokchini tajriba loyihasidan chiqarish
8. Ma’lumotlarni Ishtirokchilar reyestriga kiritish uchun tajriba loyihasida ishtirok etish istagini bildirgan sigaretalar muomalasi subyekti arizani quyidagi ma’lumotlar bilan aloqa kanallari bo‘yicha Administratorga yuboradi yoki MMK AT saytida shakllantiradi:
a) sigaretalar ishlab chiqaruvchi va import qiluvchi:
tajriba loyihasi ishtirokchisining nomi;
tajriba loyihasi ishtirokchisining STIRi;
sigaretalar ishlab chiqarish va saqlash bo‘yicha tegishli faoliyat olib boriladigan ishlab chiqarish maydonlarining, shuningdek, omborxonalarning manzillari;
elektron pochta manzili;
b) sigaretalar bilan ulgurji va chakana savdo qiluvchi tashkilot:
tajriba loyihasi ishtirokchisining nomi;
tajriba loyihasi ishtirokchisining STIRi;
sigaretalarni saqlash va sotish bo‘yicha tegishli faoliyat olib boriladigan savdo joylari va omborxonalarning manzillari;
elektron pochta manzili;
tegishli savdo maydonchalarida o‘rnatilgan onlayn nazorat-kassa mashinalarining yoki virtual kassalarning ro‘yxatdan o‘tish raqamlari.
Ushbu arizalarda sigaretalar muomalasi ishtirokchilari qo‘shimcha ravishda boshqa ma’lumotlarni ko‘rsatish huquqiga ega.
9. Ariza mazkur Vaqtincha nizomga muvofiq belgilangan talablarga javob bergan taqdirda:
a) Administrator ariza olingandan keyin 2 (ikki) soatdan ko‘p bo‘lmagan vaqt ichida:
sigaretalar muomalasi subyektini ishtirokchilar reyestriga kiritilgani va uning uchun shaxsiy kabinet ochilganidan xabardor qiladi.
Xabarnomada tajriba loyihasi ishtirokchisi — sigaretalar muomalasi subyekti to‘g‘risida ma’lumotlarga berilgan ro‘yxat raqami ko‘rsatiladi;
b) Tajriba loyihasi ishtirokchisi — sigaretalar muomalasi subyekti nomidan ish ko‘rish vakolatiga ega shaxs O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksiga muvofiq tajriba loyihasining ishtirokchisi — sigaretalar muomalasi subyektlari nomidan elektron hujjatlarni imzolash va (yoki) ularni MMK ATga yuborish huquqiga ega boshqa shaxslar to‘g‘risida axborotni, shuningdek, ushbu shaxslarga rasmiylashtirilgan elektron raqamli imzolarning sertifikatlarini shaxsiy kabinetda shakllantiradi va Ishtirokchilar reyestrida ro‘yxatdan o‘tkazadi.
10. Sigaretalar muomalasi subyektini tajriba loyihasining ishtirokchisi sifatida rad etish uchun mazkur bobda belgilangan talablarga mos kelmaydigan ma’lumotlar ko‘rsatilishi va (yoki) zarur ma’lumotlar taqdim etilmasligi asos bo‘ladi.
Sigaretalar muomalasi subyekti ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etish to‘g‘risidagi qaror yuzasidan yuqori organga yoki sudga shikoyat qilishi mumkin.
11. Ishtirokchilar reyestridagi ma’lumotlarni o‘zgartirish tajriba loyihasi ishtirokchilari — sigaretalar muomalasi subyektlarini ro‘yxatga olish uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
12. Tajriba loyihasi ishtirokchisi — sigaretalar muomalasi subyektini Ishtirokchilar reyestridan o‘chirish Administrator tomonidan tajriba loyihasi ishtirokchisi — sigaretalar muomalasi subyekti shaxsiy kabinet orqali bergan ariza asosida ariza olinganidan keyin 24 (yigirma to‘rt) soat ichida amalga oshiriladi.
4-bob. Sigaretalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ro‘yxatdan o‘tkazish
13. Sigaretalar to‘g‘risida ma’lumotlarni Mahsulotlar reyestriga kiritish uchun tajriba loyihasi ishtirokchisi — sigaretalar ishlab chiqaruvchi yoki import qiluvchi Administrator nomiga quyidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan arizani aloqa kanallari orqali yuboradi yoki MMK AT saytida shakllantiradi:
sigaretalarning nomi;
mahsulot kodlari, GS1 — 128 shtrixli kodi, shuningdek, o‘ram turiga qarab mahsulot kodlari;
sigaretalar o‘rami turi.
14. Arizada ko‘rsatilgan ma’lumotlar mazkur Vaqtincha nizomning 13-bandida ko‘rsatilgan talablarga mos bo‘lgan taqdirda, Administrator arizani olgan paytidan real vaqt rejimida:
arizada ko‘rsatilgan ma’lumotlarni Mahsulotlar reyestriga kiritadi;
tajriba loyihasining ishtirokchisi — sigaretalar ishlab chiqaruvchi yoki import qiluvchini Mahsulotlar reyestriga kiritilganligi to‘g‘risida xabardor qiladi.
15. Xabarnomada Mahsulotlar reyestrida sigaretalar to‘g‘risida ma’lumotlarga berilgan ro‘yxat raqami ko‘rsatiladi.
16. Mahsulotlar reyestridagi sigaretalar to‘g‘risida ma’lumotlarni o‘zgartirish va ushbu ma’lumotlarni reyestrdan o‘chirish sigaretalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar Mahsulotlar reyestriga qaysi tartibda kiritilgan bo‘lsa, o‘sha tartibda amalga oshiriladi.
5-bob. Sigaretalarni markirovkalash qoidalari
17. Sigaretalar muomalasi ishtirokchilari sigaretalarni markirovkalashni mustaqil amalga oshiradilar va mazkur Vaqtincha nizomga muvofiq MMK ATga ma’lumotlar taqdim etadilar.
Tajriba loyihasini amalga oshirish davrida sigaretalarni identifikatsiyalash vositalari bilan markirovkalash va kelgusida kuzatish bo‘yicha texnik va dasturiy jihatlar bilan bog‘liq xarajatlar Administrator hisobidan qoplanadi.
18. Sigaretalarni markirovkalash quyidagicha amalga oshiriladi:
a) ishlab chiqaruvchi identifikatsiya vositasini o‘ramga ishlab chiqarish liniyasida bevosita yopishtiriladigan asosiy etiketka yoki kontretiketka dizaynida maxsus ajratilgan (5x5 millimetrdan kam bo‘lmagan) joyga texnik moslama yordamida tushiradi;
b) import qiluvchi O‘zbekiston Respublikasi hududiga sigaretalarni olib kirishda markirovkalashni quyidagi usullar bilan amalga oshirishi mumkin:
ishlab chiqaruvchi bilan kelishilgan holda — DataMatrix kodini o‘ramga ishlab chiqarish liniyasida bevosita yopishtiriladigan asosiy etiketka yoki kontretiketka dizaynida maxsus ajratilgan (5x5 millimetrdan kam bo‘lmagan) joyga texnik moslama yordamida tushirish;
ishlab chiqaruvchi bilan kelishilgan holda DataMatrix kodi tushirilgan stikerni yopishtirish yo‘li bilan;
DataMatrix kodi tushirilgan stikyerlarni bojxona omborida erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtirilguncha mustaqil yopishtirish usuli bilan.
19. Ishlab chiqaruvchining o‘z xohishiga yoki import qiluvchining xohishiga ko‘ra, identifikatsiya vositasi guruh va transport o‘ramining oldi yoki yon tomoniga tushiriladi.
20. Identifikatsiya vositasini o‘ramga tushirish usulini va buning uchun foydalaniladigan asbob-uskunani tanlashda cheklov ko‘zda tutilmaydi.
6-bob. Markirovkalash uchun kod berish
21. Markirovkalash kodini olish uchun tajriba loyihasi ishtirokchisi — sigareta ishlab chiqaruvchi yoki import qiluvchi Administratorga aloqa kanallari bo‘yicha Mahsulotlar reyestriga kiritilgan sigaretalarni markirovkalash kodini olish uchun quyidagi ma’lumotlar kiritilgan talabnoma yuboradi:
mazkur Vaqtincha nizomning 13-bandiga muvofiq Mahsulotlar reyestriga kiritishda ko‘rsatilgan sigaretalarning mahsulot kodi;
so‘ralayotgan markirovkalash kodlar soni;
o‘ram turi: iste’mol, guruh, transport;
ishlab chiqarish sanasi, vaqti va joyi to‘g‘risida qo‘shimcha ma’lumotlar.
22. Talabnomada ko‘rsatilgan ma’lumotlar mazkur Vaqtincha nizomning 17-bandida ko‘rsatilgan talablarga mos bo‘lgan taqdirda, Administrator talabnoma olingan vaqtdan boshlab real vaqt rejimida:
zarur miqdordagi markirovkalash kodlarini turkumlashtiradi;
tajriba loyihasi ishtirokchisi — sigaretalar ishlab chiqaruvchi yoki import qiluvchiga mazkur kodlar ro‘yxatini beradi;
berilgan markirovkalash kodlar to‘g‘risida ma’lumotlarni IV reyestriga kiritadi.
Mazkur bandning birinchi qismi sigareta import qiluvchilarga aksiz solig‘i to‘langanidan va belgilangan namunadagi aksiz markalari sotib olinganidan so‘ng tatbiq qilinadi.
23. Tajriba loyihasi ishtirokchisi — sigaretalar ishlab chiqaruvchi yoki import qiluvchi real vaqt rejimida:
a) markirovkalash kodlari ro‘yxati olingan vaqtdan boshlab:
Mazkur Vaqtincha nizom 10-bobining 45-bandi talablariga muvofiq markirovkalash kodlarini identifikatsiya vositalariga aylantiradi;
b) markirovkalash kodlari olingan vaqtdan boshlab identifikatsiya vositalari sigaretalar o‘ramiga tushirilishini ta’minlaydi;
v) identifikatsiya vositalari sigaretalar o‘ramiga tushirilganidan so‘ng MMK ATga markirovkalash kodlaridan foydalanganlik to‘g‘risida quyidagi ma’lumotlarni yo‘naltiradi:
mahsulot kodi;
identifikatsiya kodi;
markirovkalash sanasi va vaqti;
tushirilgan identifikatsiya vositalari to‘g‘risida ma’lumotlar.
24. Tajriba loyihasi ishtirokchisi — sigaretalar ishlab chiqaruvchi yoki import qiluvchiga tekshiruv kodlarini axborot resurslarida tekshiruv kodlarini o‘z ichiga olgan markirovkalash kodlaridan foydalanganlik to‘g‘risidagi ma’lumotlar MMK ATga yuborilganidan keyin 24 (yigirma to‘rt) soatdan ko‘p muddatda saqlash man etiladi.
25. Administrator tajriba loyihasi ishtirokchisi — sigaretalar ishlab chiqaruvchi yoki import qiluvchidan mazkur Vaqtincha nizomning 23-bandi “v” kichik bandida ko‘zda tutilgan ma’lumotlarni olganidan so‘ng real vaqt rejimida IV reyestrida markirovkalash kodlari va identifikatsiya vositalarining tegishli maqomi aks ettirilishini, shuningdek, tajriba loyihasi ishtirokchilari ushbu ma’lumotlardan foydalana olishini ta’minlaydi.
7-bob. Sigaretalarni agregirlash, ularni ishlab chiqarish va aylanishini tajriba loyihasi doirasida monitoring qilish
26. Tajriba loyihasi ishtirokchisi — sigaretalar ishlab chiqaruvchi yoki import qiluvchi sigaretalarni agregirlashni amalga oshiradi, shundan so‘ng real vaqt rejimida MMK AT orqali Administratorni avtomatik ravishda bu haqida ogohlantiradi, bunda mahsulot kodlari va yangi guruh va transport o‘ramlari, shuningdek, mahsulotlar va o‘ramlar kodlari, shu jumladan oldingi daraja (masalan, paleta to‘planayotganda uning tarkibiga kirgan qutilar ro‘yxati ko‘rsatiladi) o‘ramlari kodlari identifikatsiyasi to‘g‘risida ma’lumotlarni taqdim etadi.
27. Administrator ma’lumotlarni olganidan so‘ng ular IV reyestrida aks ettirilishini real vaqt rejimida ta’minlaydi.
28. Tajriba loyihasida ishtirok etayotgan sigaretalar muomalaga kiritilishi va harakati monitoringini Qo‘mita Administrator tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar asosida amalga oshiradi.
29. Sigaretalar muomalaga kiritilishi va harakati monitoringini amalga oshirish maqsadida:
a) sigaretalar tajriba loyihasi ishtirokchisi — sigaretalar ishlab chiqaruvchi yoki import qiluvchi o‘rtasida topshirilayotganda (qabul qilinayotganda) mulkchilik huquqi o‘tishini yoki mahsulot realizatsiyaga berilayotganini tasdiqlovchi birlamchi hujjat asosida bitim taraflari:
sigaretalarni topshirish (qabul qilish) to‘g‘risidagi yuk xati shaklida xabarnomalarni shakllantiradi;
mazkur xabarnomalarni ikkala tarafning vakolatli vakillari tomonidan imzolatadilar;
topshirish (qabul qilish) to‘g‘risida xabarnomani va birlamchi hujjatning elektron nusxasini MMK ATga yuboradi, shuningdek, ma’lumotlarni elektron hisob-varaq fakturalardagi ma’lumotlar bilan birlashtiradi.
Bunda topshirish (qabul qilish) to‘g‘risidagi xabarnomani sigaretalarga egalik huquqi bitta tajriba loyihasi ishtirokchisi — sigaretalar ishlab chiqaruvchi yoki import qiluvchidan boshqasiga o‘tganidan keyin 72 soat ichida (bayram va dam olish kunlaridan tashqari), ammo mazkur mahsulotga egalik huquqi oluvchidan uchinchi shaxslarga o‘tgan vaqtdan kechiktirmay yuboriladi.
b) topshirish (qabul qilish) to‘g‘risidagi xabarnomani olganda Administrator real vaqt rejimida egalik huquqi bitta tajriba loyihasi ishtirokchisi — sigaretalar ishlab chiqaruvchi yoki import qiluvchidan boshqasiga o‘tganligini IV reyestrida xabarnomadagi barcha ma’lumotlar bilan birga aks ettiradi.
8-bob. Sigaretalarni muomalaga kiritish va chiqarish, shuningdek, ularni monitoring qilish
30. O‘zbekiston Respublikasi hududiga boshqa davlatlardan import qilinadigan sigaretalarni muomalaga kiritish quyidagicha amalga oshiriladi:
a) tajriba loyihasi ishtirokchisi — sigareta import qiluvchi:
import qilinayotgan mahsulotni Erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtiradi;
bojxona taomiliga joylashtirgandan so‘ng mahsulotlarga deklaratsiyada ko‘rsatilgan mahsulotlarni chiqarish to‘g‘risidagi quyidagi ma’lumotlarni Administratorga beradi:
mahsulotlarning nomlari va transport o‘ramlarini markirovkalash kodlari;
mahsulotlarning kelib chiqish mamlakati kodi.
b) mazkur bandning “a” kichik bandida nazarda tutilgan ma’lumotlar kelib tushganidan so‘ng Administrator real vaqt rejimida IV reyestrida mazkur mahsulot muomalaga kiritilganini aks ettiradi.
31. Ko‘mita Administrator taqdim etadigan ma’lumotlar asosida sigaretalar muomaladan chiqarilganini monitoring qiladi.
Sigaretalar muomaladan chiqarilganini monitoring qilish maqsadida:
a) ulgurji savdo tashkiloti sigaretalarni onlayn nazorat-kassa mashinasi yo‘q bo‘lgan chakana savdo tashkilotlariga sotgan taqdirda, tajriba loyihasi ishtirokchisi — ulgurji savdo tashkiloti sotilayotgan sigaretalar o‘ramiga tushirilgan identifikatsiya vositasini onlayn nazorat-kassa mashinasiga ulangan texnik vosita yordamida skanerlaydi va aniqlaydi;
ulgurji savdoni amalga oshirish chog‘ida tajriba loyihasi ishtirokchisi — ulgurji savdo tashkiloti sotilayotgan sigaretalar o‘ramiga tushirilgan identifikatsiya vositasini onlayn nazorat-kassa mashinasiga ulangan, qonunchilikda belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan texnik vosita yordamida skanerlaydi va aniqlaydi;
Mahsulot kodlari va Identifikatsiya kodlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar onlayn nazorat-kassa mashinasida shakllanadigan fiskal hujjatiga kiritiladi;
b) sigaretalarni sotilgan vaqtdan boshlab fiskal ma’lumotlar operatori — real vaqt rejimida sotilgan har bir birlik bo‘yicha nazorat — kassa mashinasida ro‘yxatga olish raqami, sotilgan sana, sotish narxi, mahsulot kodi va identifikatsiya kodi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni MMK ATga uzatadi. Texnik jihatdan imkoniyat bo‘lmagan taqdirda, ma’lumotlar 24 soat ichida yetkazilishi lozim;
v) Administrator fiskal ma’lumotlar operatoridan olingan ma’lumotlar asosida identifikatsiya vositalari bilan markirovkalangan sigaretalar muomaladan chiqarilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni real vaqt rejimida IV reyestrida aks ettiradi.
32. Sigaretalar chakana savdodan farq qiladigan asoslar bo‘yicha muomaladan chiqarilganda (hisobdan o‘chirilganda), mazkur mahsulotni hisobdan o‘chirayotgan tajriba loyihasi ishtirokchisi — sigaretalar muomalasi subyekti MMK ATga sigaretalar muomaladan chiqarilganligi to‘g‘risida quyidagi ma’lumotlardan iborat xabarnomani yuboradi:
muomaladan chiqarilayotgan mahsulotning mahsulot kodlari va identifikatsiya kodlari;
mahsulot chiqarilganligi rasmiylashtirilgan hujjatning nomi, sanasi va raqami;
sigaretalarni muomaladan chiqarish amalga oshirilgan maydon manzili;
sigaretalarni muomaladan chiqarish sabablari.
33. Muomalaga kiritilgan sigaretalar monitoringi iste’molchi tomonidan quyidagilar orqali amalga oshiriladi:
mobil uskuna orqali — sigareta o‘ramiga tushirilgan identifikatsiya vositasini skanerlagan holda;
Administrator taqdim etadigan bepul mobil ilova orqali — identifikatsiya vositasi mazmunini MMK ATga yuborgan holda.
34. Administrator sigaretalar ishlab chiqarilgan joy va sigaretalar o‘rami ayni paytda qayerdaligi va uning maqomi to‘g‘risidagi ma’lumotlar sigaretalar iste’molchisiga yetkazilishini ta’minlaydi.
Agar iste’molchi Administratordan olingan ma’lumotlar bilan mahsulot to‘g‘risidagi haqiqiy ma’lumotlar o‘rtasida tavofut borligini aniqlasa, mobil ilova orqali MMK ATga xabar yuboradi.
9-bob. Tajriba loyihasi ishtirokchilari o‘rtasida axborot sohasida hamkorlikni ta’minlash
35. Tajriba loyihasini amalga oshirish va axborot sohasida hamkorlikni ta’minlash doirasida Administrator quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
ishtirokchilar reyestrini yuritadi;
Mahsulotlar reyestrini yuritadi;
IV reyestrini yuritadi;
tajriba loyihasi ishtirokchilariga ularning vakolatlari doirasida reyestrlardagi ma’lumotlarni taqdim etadi;
sigaretalar iste’molchilariga sigaretalarning iste’mol o‘ramining identifikatsiya vositasi mazmuni hamda ishlab chiqarish va muomala jarayonida uning maqomi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etadi.
36. Tajriba loyihasi ishtirokchilarining Administrator bilan o‘zaro hamkorligi elektron raqamli imzo bilan imzolangan elektron hujjatlar almashish orqali amalga oshiriladi.
37. Elektron hujjat almashish aloqa kanallari, MMK ATda tajriba loyihasi ishtirokchisi uchun ochilgan shaxsiy kabinet maxsus axborot servisiga murojaat qilish orqali ham amalga oshiriladi.
38. Elektron hujjatlardagi, shu jumladan tajriba loyihasi ishtirokchilari — sigaretalar muomalasi subyektlari tomonidan shaxsiy kabinetda shakllantirilgan ma’lumotlarning muvofiqligi MMK AT vositalari bilan avtomatik ravishda tekshiriladi.
39. Tajriba loyihasi ishtirokchilari noto‘g‘ri ma’lumot bergan taqdirda, Administrator tajriba loyihasi ishtirokchisi — sigaretalar muomalasi subyektiga aniqlangan kamchilik ko‘rsatilgan xabarnoma yuboradi.
40. Tajriba loyihasi ishtirokchilari — sigaretalar muomalasi subyektlari to‘g‘ri ma’lumot bergan taqdirda, Administrator tajriba loyihasi ishtirokchisi — sigaretalar muomalasi subyektiga ma’lumotlar MMK ATga kiritilganligi to‘g‘risida xabarnoma yuboradi.
41. Mazkur bobda tilga olingan xabarnomalar real vaqt rejimida Administrator tomonidan tajriba loyihasi ishtirokchisi — sigaretalar muomalasi subyektiga yuboriladi, agar mazkur Vaqtincha nizomning 4-bobida xabarnoma yuborish uchun boshqa muddat ko‘rsatilgan bo‘lmasa.
42. Xabarnoma Administratorning elektron raqamli imzosi bilan imzolanadi.
10-bob. Markirovkalash kodiga kiritiladigan ma’lumotlar tarkibi, mahsulot o‘ramidagi identifikatsiya kodini shakllantirish va uni tushirish tartibi
43. Markirovkalash kodi mazmuniga quyidagi talablar qo‘yiladi:
a) iste’mol o‘rami uchun markirovkalash kodi uch guruh ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi:
birinchi guruh 14 (o‘n to‘rtta) raqamdan iborat bo‘lib, tegishli GS1 mahsulot nomenklaturasi bo‘yicha mahsulot kodini o‘z ichiga oladi (birinchi 0 raqami va 13 ta raqam GS1 kodi):
ikkinchi guruh 7 (yettita) belgidan (raqamlar, lotin alifbosining katta va kichkina harflari va maxsus belgilar) iborat bo‘lib, sigaretalar o‘ramining identifikatsiya kodini o‘z ichiga olgan;
uchinchi guruh 8 (sakkizta) belgidan (raqamlar, lotin alifbosining katta va kichkina harflari va maxsus belgilar) iborat bo‘lib, tekshiruv kodini o‘z ichiga olgan;
b) guruh o‘rami uchun markirovkalash kodi GS1 standartiga mos, bir necha majburiy ma’lumotlar guruhini, shuningdek, sigaretalar ishlab chiqaruvchisining xohishiga ko‘ra ixtiyoriy miqdorda qo‘shimcha ma’lumotlar guruhini o‘z ichiga oladi. Majburiy ma’lumotlar guruhi GS1 standartida ko‘zda tutilgan quyidagi belgilar bilan identifikatsiya qilinadi:
birinchi guruhdagi majburiy ma’lumotlar AI = ‘01’qo‘llash kodi bilan identifikatsiya qilinadi va o‘z guruh o‘ramining GTIN (14 ta raqam) belgisini o‘z ichiga oladi;
ikkinchi guruhdagi majburiy ma’lumotlar AI = ‘21’ qo‘llash kodi bilan identifikatsiya qilinadi va guruh o‘ramining identifikatsiya kodini (7 ta belgi) o‘z ichiga oladi;
uchinchi guruhdagi majburiy ma’lumotlar AI = ‘93’ qo‘llash kodi bilan identifikatsiya qilinadi va tekshiruv kodini (8 ta belgi) o‘z ichiga oladi;
v) transport o‘rami uchun markirovkalash kodi GS1-128 standartiga mos;
g) identifikatsiya kodi, tekshiruv kodi va tekshiruv kaliti identifikatorida foydalanish mumkin bo‘lgan belgilar mazkur qatorda keltirilgan:ABCDEFGNIJKLMNOPQRSTUVWXYZabcdefghijklmnopqrstuvwxyz0123456789 !"%&’*+-./_,:;=<>?.
44. Markirovkalash kodini identifikatsiya vositasiga aylantirish iste’mol, guruh yoki transport o‘ramini to‘plovchi tajriba loyihasi ishtirokchisi — sigaretalar ishlab chiqaruvchi yoki import qiluvchi tomonidan amalga oshiriladi.
45. Identifikatsiya vositalarini taqdim etish shakli quyidagi variantlar ichidan tanlanadi:
iste’mol o‘ramining identifikatsiya vositasi DataMatrix shaklidagi ikki o‘lchamli shtrixli kod ko‘rinishida tasvirlanadi;
guruh o‘ramining identifikatsiya vositasi GS1-DataMatrix shaklidagi ikki o‘lchamli shtrixli kod ko‘rinishida tasvirlanadi;
transport o‘ramining identifikatsiya vositasi GS1-128 shaklidagi bir o‘lchamli shtrixli kod ko‘rinishida tasvirlanadi.
46. Shtrixli kod shaklidagi identifikatsiya vositalari quyidagi talablarga javob beradi:
a) iste’mol va guruh o‘rami uchun 0,3 millimetrdan, transport o‘rami uchun — 2 millimetrdan kam bo‘lmagan hajmli moduldan foydalaniladi;
b) identifikatsiya vositalarini tanlash orqali soxtalashtirish ehtimoli o‘n mingtadan bir darajasidan kam bo‘lishi kerak;
v) MMK AT muomaladan chiqarilgan mahsulot o‘ramiga tushirilgan kodning takror turkumlashtirilishiga yo‘l qo‘ymaydi;
g) xatolarni topish va tuzatish funksiyasi DataMatrix ESS200ga teng yoki undan yuqori bo‘lishi kerak.
47. Sigareta ishlab chiqaruvchilar yoki import qiluvchilar identifikatsiya vositalarini bevosita iste’mol, guruh va transport o‘ramiga yoki quyidagi tarzda o‘ramga yopishtiriladigan etiketkaga tushiradi:
a) iste’mol o‘ramiga identifikatsiya vositasi yon tarafning past qismiga tushiriladi;
b) guruh o‘ramiga identifikatsiya vositasini yon tomonga tushirish tavsiya etiladi;
v) transport o‘ramiga identifikatsiya vositasini old yoki yon tomonga tushirish tavsiya etiladi.
O‘ramga identifikatsiya vositasini tushirish usulini va ushbu maqsadda foydalaniladigan asbob-uskunani tanlashda cheklov ko‘zda tutilmagan.
48. Iste’mol, guruh va transport o‘ramiga identifikatsiya vositasini tushirish sifatiga qo‘yiladigan talablar:
a) ISO/IEC 15415 standartiga muvofiq “S” sifat toifasi yoki undan yuqori darajada tushirish;
b) ESS-200 xatolarni tuzatish usulidan foydalangan holda muhrlab tushirish;
v) ASCII kodlashtirish usulidan foydalanish;
g) iste’mol va guruh o‘rami uchun hajmi 0,254 millimetrdan kam bo‘lmagan modul qo‘llaniladi;
d) identifikatsiya vositalarini tanlash orqali soxtalashtirish ehtimoli o‘n mingtadan bir darajasidan kam bo‘lishi kerak;
e) xatolarni topish va tuzatish funksiyasi DataMatrix ESS200ga teng yoki undan yuqori bo‘lishi kerak;
j) shtrixli kod Data Matrix belgilari spetsifikatsiyasiga mos bo‘lishi kerak.
49. O‘qish uskunasi ISO/IEC 15415 standartiga muvofiq tushirilgan markirovkalash kodlarini, shu jumladan mazkur Vaqtincha nizomning ushbu bobida ko‘rsatilgan parametrlarni o‘qish imkonini beradi.
11-bob. MMK AT reyestrlari, talabnomalar va ma’lumotlar mazmunini tuzatish
50. Mahsulot ro‘yxatiga o‘zgartirishlar kiritish uchun tajriba loyihasi ishtirokchisi — sigaretalar ishlab chiqaruvchisi yoki import qiluvchisi ishlab chiqarilayotgan, import qilinayotgan sigaretalar yoki ularning o‘ramlari haqida Administratorga aniqlashtiruvchi ma’lumotlar yo‘llaydi.
51. Taqdim qilingan aniqlashtiruvchi ma’lumotlarning mazkur Vaqtincha nizomning o‘rnatilgan talablariga javob berishiga muvofiq holda Administrator real vaqt rejimida:
mahsulotlar ro‘yxatiga o‘zgartirishlar kiritadi;
aniqlashtiruvchi ma’lumotlarni olgan vaqtdan boshlab tajriba loyihasi ishtirokchisini — sigaretalar ishlab chiqaruvchisi, import qiluvchisini xabardor qiladi.
52. Ro‘yxatdan pozitsiyani istisno qilish zarurati yuzaga kelganda (masalan, ushbu pozitsiya sigaretalarga tegishli bo‘lmagan holda), mazkur pozitsiyani kiritgan tajriba loyihasi ishtirokchisi — sigaretalar ishlab chiqaruvchisi, import qiluvchisi ilgari ro‘yxatga olingan sigaretalar mahsulotlar ro‘yxatidan istisno qilinishi to‘g‘risida Administratorga ma’lumot yo‘llaydi.
53. Ushbu ma’lumotlarning mazkur Vaqtincha nizom bilan o‘rnatilgan talablarga mos kelishi holda Administrator real vaqt rejimida:
Mahsulotlar ro‘yxatiga o‘zgartirishlar kiritadi;
aniqlashtiruvchi ma’lumotlarni olgan vaqtdan boshlab tajriba loyihasi ishtirokchisini xabardor qiladi.
54. Markirovka kodini olish uchun ilgari taqdim qilingan buyurtmanomaga o‘zgartirish kiritish uchun tajriba loyihasi ishtirokchisi — sigaretalar ishlab chiqaruvchisi yoki ularni import qiluvchisi Administratorga aniqlashtiruvchi ma’lumotlar yo‘llaydi.
Ilgari taqdim qilingan buyurtmanomaga o‘zgartirish kiritish faqat tajriba loyihasi ishtirokchisi — sigaretalar ishlab chiqaruvchisi yoki ularni import qiluvchisiga yo‘llagan buyurtmanomasi bo‘yicha kodlar ro‘yxatini taqdim qilish va ularni IV ro‘yxatiga kiritishdan oldin ruxsat etiladi.
55. Mazkur ma’lumotlarning ushbu Vaqtincha nizomning belgilangan talablariga javob berishiga qarab Administrator:
oldingi buyurtmanomani bekor qiladi;
tajriba loyihasi ishtirokchisidan olingan, aniqlashtirishlarga mos keladigan markirovka kodlarini unga taqdim qiladi.
56. Tajriba loyihasi ishtirokchisi — sigaretalar ishlab chiqaruvchi yoki ularni import qiluvchi tomonidan amalga oshirilgan agregatsiya to‘g‘risidagi ma’lumotlarni markirovka kodlaridan foydalanish haiqdagi ma’lumotlarni aniqlashtirish uchun ko‘zda tutilgan tartibda aniqlashtiriladi.
57. Sigaretalarni tajriba loyihasining bir ishtirokchisidan — sigaretalar aylanishi subyektidan boshqasiga topshirilganda, topshirilgan va olingan mahsulot tarkibi bo‘yicha kelishmovchilik yuzaga kelganda, quyidagi harakatlar amalga oshiriladi:
sigaretalarni qabul qilib oluvchi tajriba loyixasi ishtirokchisi — sigaretalar aylanishi subyekti sigaretalarni qabo‘l qilishni amalga oshiradi, Administratorga sigaretalarni topshirish (qabul qilib olish) to‘g‘risida topshiruvchi tomonning elektron imzosi bilan imzolangan xabarnoma yo‘llaydi;
bitim tomonlari bo‘lgan tajriba loyihasi ishtirokchilari — sigaretalar aylanishi subyektlari sigaretalarni topshirish (qabul qilib olish) to‘g‘risida ma’lumotlarni aniqlashtirish to‘g‘risida xabarnomani shakllantiradi, ikkala tomonning vakolatli vakillari tomonidan imzolanadi va ular Administratorga mahsulot haqida quyidagi ma’lumotlarga ega bo‘lgan xabarnoma yo‘llaydi:
topshiruvchi tomonning STIRi;
qabul qiluvchi tomonning STIRi;
sigaretalarni topshirish (qabul qilib olish) va amalda qabul qilib olinganligi to‘g‘risidagi xabarnomada ko‘rsatilgan identifikatsiya vositalari tarkibida bo‘lgan mahsulotlar kodlari va identifikatsiya kodlari ro‘yxati;
birlamchi hujjatlar rekvizitlari.
Administrator ma’lumotlarni aniqlashtirish to‘g‘risidagi xabarnomani olgandan boshlab 4 (to‘rt) soat davomida olingan xabarnomalardagi barcha ma’lumotlarni ko‘rsatgan holda, sigaretalarga mol-mulk huquqining tajriba loyihasining bir ishtirokchisidan boshqasiga o‘tishini IV ro‘yxatida aks ettiradi.
58. Sigaretalarni tajriba loyihasining bir ishtirokchisidan — sigaretalar aylanishi subyektidan boshqasiga topshirish davomida topshirilgan va olingan mahsulot tarkibi bo‘yicha kelishmovchiliklar yuzaga kelgan holda va bunda qabul qiluvchi topshiruvchi tomonidan o‘zgargan birlamchi hujjatlar kelishini kutib o‘tirmasdan, sigaretalarni keyingi realizatsiyasini amalga oshirish zarurati vujudga kelganda, ma’lumotlarni aniqlashtirish uchun quyidagi harakatlar amalga oshiriladi:
a) sigaretalarni qabul qilib olishni amalga oshiruvchi tajriba loyihasi ishtirokchisi — sigaretalar aylanishi subyekti Administratorga topshiruvchi elektron imzosi bilan imzolangan sigaretalarni topshirish (qabul qilib olish) to‘g‘risida xabarnoma, shuningdek, o‘zining elektron imzosi bilan imzolangan sigaretalarni uzatish davomida aniqlanlangan nomuvofiqliklar haqida xabarnomalarni yo‘llaydi;
sigaretalarni topshirish davomida aniqlangan nomuvofiqliklar to‘g‘risidagi xabarnoma topshirilgan (qabul qilib olingan) sigaretalar to‘g‘risida quyidagi ma’lumotlarga ega:
topshiruvchining STIRi;
qabul qiluvchining STIRi;
qabul qilib olingan sigaretalar o‘ramlari (upakovkalari) uchun identifikatsiya vositalaridagi mahsulotlar kodlari va identifikatsiya kodlari ro‘yxati;
sotib olingan mahsulot narxi;
qabul qilib olish sanasi;
birlamchi hujjatlar rekvizitlari.
b) Nomuvofiqliklari aniqlangan sigaretalarni topshirish to‘g‘risidagi xabarnomani olgan Administrator real vaqt rejimida, olingan xabarnomalardagi barcha ma’lumotlarni ko‘rsatgan holda, sigaretalarga mol-mulk huquqining tajriba loyihasining bir ishtirokchisidan — sigaretalar aylanishining subyektidan boshqasiga o‘tishini IV ro‘yxatida aks ettiradi;
v) bitim tomonlari bo‘lgan tajriba loyihasi ishtirokchilari — sigaretalar aylanishi subyektlari sigaretalarni topshirish (qabul qilib olish) to‘g‘risida ma’lumotlarni aniqlashtiradi va bu haqida xabarnomani shakllantiradi, ko‘rsatilgan xabarnomani ikkala tomon vakolatli vakillari tomonidan imzolaydi va uni Administratorga yo‘llaydi;
g) ma’lumotlarning aniqlashtirilishi to‘g‘risida xabarnomani olishi bilan Administrator real vaqt rejimida olingan xabarnomalardagi barcha ma’lumotlarni ko‘rsatgan holda, sigaretalarga mol-mulk huquqining tajriba loyihasining bir ishtirokchisidan — sigaretalar aylanishining subyektidan boshqasiga o‘tishini IV ro‘yxatida aks ettiradi.
59. Sigaretalarni ishlab chiqarish haqidagi xabarnomada nomuvofiqliklar aniqlangan holda, tajriba loyihasi ishtirokchisi — sigaretalarni import qiluvchi tarkibida aniqlangan nomuvofiqliklari bo‘lgan sigaretalarning ishlab chiqarilishi to‘g‘risida imzolangan, quyidagi ma’lumotlarga ega bo‘lgan xabarnomani shakllantiradi va Administratorga yo‘llaydi:
sigaretalarni import qiluvchining STIRi;
topshirilgan (qabul qilib olingan) sigaretalar o‘ramlari uchun identifikatsiya vositalarida qayd qilingan mahsulot kodlari va identifikatsiya kodlari ro‘yxati;
nomuvofiqliklari aniqlangan mahsulotlar uchun mahsulot kodlari va identifikatsiya kodlari ro‘yxati;
mazkur mahsulot ishlab chiqarilgan va sigaretalarni import qiluvchi tomonidan ro‘yxatga olingan maydonchaning manzili;
sigaretalarni import qiluvchi tomonidan ro‘yxatga olingan mazkur mahsulot joylashtirilgan maydonchaning manzili;
sigaretalar ishlab chiqarilgan sana;
bojxona deklaratsiyasi rekvizitlari.
60. Sigaretalarni muomalaga takroriy kiritish uchun (chakana savdo bo‘g‘inida aylanish ishtirokchisi bo‘lgan tajriba loyihasi ishtirokchisi — sigaretalar aylanishi subyekti realizatsiya uchun sigaretalarni boshqa chakana savdo bo‘g‘inida aylanish ishtirokchisidan sotib olgan holda) quyidagi harakatlar amalga oshiriladi:
a) tajriba loyihasi ishtirokchisi — sigaretalar aylanishining qabul qilib oluvchi tomoni sigaretalarni sotib olgan vaqtdan boshlab 72 (yetmish ikki) soatdan ortmagan, lekin mazkur mahsulotga mol-mulk huquqining qabul qiluvchidan uchinchi shaxslarga o‘tish vaqtidan kech qolmagan muddatda Administratorga chakana savdo doirasida realizatsiyasidan so‘ng sigaretalarning qayta tiklanishi to‘g‘risida xabarnoma yo‘llaydi, uning tarkibida sigaretalar to‘g‘risida quyidagi ma’lumotlar qayd qilingan:
topshiruvchining STIRi;
qabul qiluvchining STIRi;
topshirilgan (qabul qilib olingan) sigaretalar o‘ramlari uchun identifikatsiya vositalari tarkibidagi mahsulot kodlari va identifikatsiya kodlari ro‘yxati;
sotish (sotib olish) narxlari;
topshirish (qabul qilib olish) sanasi;
sigaretalarning sotib olinishini tasdiqlovchi onlayn nazorat-kassa mashinasi nazorat chiptasining rekvizitlari va zarur bo‘lganda boshqa hujjat rekvizitlari;
b) chakana savdoda realizatsiya qilingan sigaretalarning aylanishda qayta tiklanishi to‘g‘risida xabarnomani olgandan so‘ng Administrator xabarnomadagi barcha ma’lumotlarni ko‘rsatgan holda, sigaretalar aylanishda qayta tiklanilishi va unga mol-mulk huquqining o‘tishini 4 (to‘rt) soat davomida IV ro‘yxatida aks ettiradi.
61. Markirovka kodlarini hisobdan chiqarish to‘g‘risida Administratorga oldin taqdim qilingan ma’lumotlarni tuzatish yoki bekor qilish uchun quyidagi harakatlar amalga oshiriladi:
a) tajriba loyihasi ishtirokchisi — sigaretalar aylanishining subyekti aloqa kanallari orqali yoki MMK AT sahifasidan foydalangan holda, Administratorga oldin tuzatish yoki bekor qilish to‘g‘risida yo‘llangan ishtirokchilar ro‘yxatiga kiritilgan markirovka kodlarini hisobdan chiqarish ma’lumotlarni aniqlashtiruvchi ma’lumotlarni yo‘llaydi, unda sigaretalar hisobdan chiqarilganligi to‘g‘risidagi habarnomadagi sigaretalar to‘g‘risda ma’lumotlar, shuningdek, tuzatilayotgan (bekor qilinayotgan) xabarnomaning rekvizitlari hamda zarur bo‘lganda, ko‘rsatilgan xabarnomaning butunlay bekor qilinishi belgisi ko‘rsatilgan bo‘ladi;
b) Administrator, aniqlashtiruvchi ma’lumotlarning mazkur Vaqtincha nizomda belgilangan talablariga javob bergan holda, real vaqt rejimida:
mahsulot ro‘yxatiga o‘zgartirish kiritadi;
aniqlashtiruvchi ma’lumotlarni olgan vaqtdan boshlab ishtirokchini bu to‘g‘rida xabardor qiladi.
62. Qayta sortlashni aniqlash to‘g‘risida ma’lumotlarni aks ettirish uchun quyidagi harakatlar amalga oshiriladi:
a) Tajriba loyihasi ishtirokchisi — sigaretalar aylanishining subyekti kamomad va yoki ortiqcha sanalgan aniqlangan markirovka kodlari ko‘rsatilgan holda, sigaretalar markirovkasi kodlari egasi to‘g‘risida ma’lumotlarni aniqlashtirish to‘g‘risida xabarnomani shakllantiradi va Administratorga yo‘llaydi, unda quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:
tajriba loyihasi ishtirokchisining STIRi;
topilgan (yo‘q bo‘lgan) sigaretalar o‘ramlari uchun identifikatsiya vositalarida ko‘rsatilgan mahsulot kodlari va identifikatsiya kodlari ro‘yxati;
birlamchi hujjat rekvizitlari;
b) Administrator aniqlashtiruvchi ma’lumotlarning mazkur Vaqtincha nizomda belgilangan talablarga javob bergan holda, real vaqt rejimida:
IV ro‘yxatiga o‘zgartirishlar kiritadi;
aniqlashtiruvchi ma’lumotlarni olgan vaqtdan boshlab 2 (ikki) soatdan ortmagan muddat davomida ishtirokchini bu to‘g‘rida xabardor qiladi;
markirovka kodlari topilganlarning egasi sifatida IV ro‘yxatida qayd qilingan Tajriba loyihasi ishtirokchisini — sigaretalar aylanishining subyektini ma’lumotlar aniqlashtirilishi to‘g‘risida xabardor qiladi.
63. Chakana savdo doirasida markirovka kodlari oldin aylanishdan chiqarilgan bo‘lsa, IV ro‘yxatiga ular bo‘yicha aniqlashtirish kiritishga ruxsat etilmaydi.
12-bob. Administrator tomonidan tajriba loyihasi ishtirokchilariga qo‘shimcha xizmatlar ko‘rsatish mexanizmi
64. Tajriba loyihasi ishtirokchilariga — sigaretalar aylanishining subyektlariga yuklatiladigan vazifalarning samarali bajarilishi maqsadida Administrator tajriba loyihasi ishtirokchisi — sigaretalar aylanishining subyektiga uning talabiga ko‘ra, ro‘yxatlarda aks ettirilgan ular to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim qiladi.
65. Talabnomada tajriba loyihasi ishtirokchisi — sigaretalar aylanishining subyekti shakllangan hisobot turi va mazkur hisobotni tuzish parametrlarini ko‘rsatadi.
66. Administrator tajriba loyihasi ishtirokchisi — sigaretalar aylanishining subyekti to‘g‘risida quyidagi ma’lumotlarga ega bo‘lgan hisobotlarning shakllantirilishini ta’minlaydi:
a) iste’molchilik, guruhlarga tegishli va transportga tegishli, shu jumladan agregatlar tarkibidagi sigaretalar o‘ramlari ro‘yxati:
tajriba loyihasi ishtirokchisining omborxonasiga olib kelingan;
tajriba loyihasi ishtirokchisi — sigaretalar aylanishining subyekti tomonidan tajriba loyihasining boshqa ishtirokchilari — sigaretalar aylanishining boshqa subyektlariga o‘tkazilgan;
tajriba loyihasi ishtirokchisi — sigaretalar aylanishining subyekti tomonidan aylanishdan chiqarilgan;
tajriba loyihasi ishtirokchisi — sigaretalar aylanishining subyekti omborxonasida bo‘lgan.
b) sigaretalar aniq o‘ramlarining harakat qilish tarixi.
v) tajriba loyihasi ishtirokchisi — sigaretalar aylanishing subyekti tayyorlagan sigaretalarni topshirish to‘g‘risidagi xabarnomasida noto‘g‘ri ma’lumotlar bor yoki yo‘qligi;
g) tajriba loyihasi ishtirokchisi — sigaretalar aylanishining subyekti tomonidan Administratorga yo‘llagan hujjatlar ro‘yxati va mazmuni.
13-bob. Qo‘mitaning Administrator bilan o‘zaro axborot hamkorligi
67. Tajriba loyihasi ishtirokchilariga, shu jumladan Qo‘mitaga MMK AT tarkibidagi ma’lumotlarni taqdim qilish, shuningdek, ular tomonidan bunday ma’lumotlarni olish shaxsiy kabinet hamda elektron hujjatlar almashinishi orqali amalga oshiriladi.
Tajriba loyihasining har bir ishtirokchisi — sigaretalar aylanishining subyekti, amaldagi qonunchilik doirasida o‘z tomonidan MMK ATga yo‘llagan birlamchi axborotni hamda Administrator tomonidan umumlashtirilgan va boshqa ishtirokchilardan olingan ma’lumotlarni olishi mumkin.
68. Qo‘mita tuzilayotgan shartnomalarga muvofiq Adminstratordan tahliliy va statistik hisobotlarni oladi:
a) Administrator Qo‘mitaga MMK ATga kirish, shaxsiy kabinet orqali tizimda mavjud ma’lumotlarni ko‘rib chiqish imkoniyatini, shuningdek, .x1s (Microsoft Exse1) fayl formatdagi ma’lumotlarni yuklab olish imkoniyatini ta’minlab beradi;
b) Administrator ma’lumotlar (axborotlar) bilan almashish imkoniyatini ta’minlaydi. Ko‘rsatilgan ma’lumotlar (axborotlar) tarkibi, tartibi, shakli (formati) va ularni taqdim qilish muddatlari Administrator va Qo‘mita o‘zaro axborot hamkorligi bayonlari bilan belgilanadi;
v) Administrator Qo‘mita yo‘llagan ma’lumotlarni MMK ATga joylashtirilishini ta’minlaydi.
69. Ko‘rsatilgan ma’lumotlar (axborotlar) tarkibi, tartibi, shakli (formati) va ularni taqdim qilish muddatlari Administrator va Qo‘mita o‘rtasidagi o‘zaro axborot hamkorligi bayonlari bilan belgilanadi.
Sigaretalarni markirovkalash va kuzatish bo‘yicha tajriba loyihasini amalga oshirish tartibi to‘g‘risida vaqtincha nizomga ILOVA
Sigaretalarni markirovkalash va kuzatish bo‘yicha tajriba loyihasini amalga oshirish
SXEMASI
Subyektlar
Tadbirlar
Ijro muddati
1-bosqich. Subyektni ro‘yxatdan o‘tkazish
Tajriba loyihasi ishtirokchisi
Zarur ma’lumotlar ko‘rsatilgan arizani Administratorga aloqa kanallari orqali yuboradi yoki uni tovarlarni markirovkalash va kuzatib borish axborot tizimining veb-saytida (keyingi o‘rinlardi MMK AT deb ataladi) shakllantiradi.
Real vaqt rejimida
Administrator
Agar ariza Vaqtincha nizomda belgilangan talablarga muvofiq bo‘lsa:
subyektni ishtirokchilar reyestriga kiritadi;
ishtirokchi uchun shaxsiy kabinet ochadi;
subyektga ishtirokchilar reyestriga kiritilgani va shaxsiy kabinet ochilgani to‘g‘risida xabar beradi. Xabarnomada, shuningdek, ishtirokchilar reyestridagi tajriba loyihasi ishtirokchilari to‘g‘risidagi ma’lumotlarga berilgan ro‘yxatdan o‘tish raqamlari ko‘rsatiladi.
Ariza olingan vaqtdan boshlab 2 (ikki) soatdan ko‘p bo‘lmagan muddatda
Administrator
Vaqtincha nizom talablariga javob bermaydigan ma’lumot yuborilganda va/yoki zarur ma’lumotlar taqdim etilmagan taqdirda, subyektni ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etadi.
Ariza olingan vaqtdan boshlab 2 (ikki) soatdan ko‘p bo‘lmagan muddatda
2-b?sqich. Sigaretalarni qayd qilish
Tajriba loyihasi ishtirokchisi
Zarur ma’lumotlar ko‘rsatilgan holda sigaretalarni qayd etish bo‘yicha arizani Administratorga aloqa kanallari orqali yuboradi yoki uni MMK AT veb-saytida shakllantiradi.
Real vaqt rejimida
Administrator
Arizada ko‘rsatilgan ma’lumotlar Vaqtincha nizom talablariga muvofiq bo‘lgan taqdirda:
arizada keltirilgan ma’lumotlarni mahsulot reyestriga kiritadi;
tajriba loyihasi ishtirokchisini sigareta mahsulotlar reyestriga kiritilganligi to‘g‘risida xabardor qiladi.
Real vaqt rejimida
3-bosqich. (Markirovkalash uchun kodlarni taqdim etish)
Tajriba loyihasi ishtirokchisi
Mahsulotlar reyestriga kiritilgan sigaretalarni markirovkalash uchun kodlarni olishga Administratorga aloqa kanallari orqali buyurtmanoma yuboradi.
Real vaqt rejimida
Administrator
Agar buyurtmada ko‘rsatilgan ma’lumotlar Vaqtincha nizom talablariga muvofiq bo‘lsa:
kerakli miqdordagi markirovkalash kodlarini seriyalashtiradi;
tajriba loyihasi ishtirokchisi — ishlab chiqaruvchi yoki sigaretalarni import qiluvchiga ushbu kodlarning ro‘yxatini taqdim etadi;
taqdim etilgan kodlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni AT reyestriga kiritadi.
Real vaqt rejimida
Tajriba loyihasi ishtirokchisi
Administratorga ro‘yxatdagi kodlar olinganligi to‘g‘risidagi tasdiqni yuboradi.
Markirovka kodlari ro‘yxati olingan vaqtdan boshlab real vaqt rejimida
Identifikatsiyalash vositasi sigareta qutilarida qo‘llanilishini ta’minlaydi.
MMK ATga markirovkalash kodlaridan foydalanilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yuboradi (mahsulot kodi, identifikatsiya kodi, markirovkalash sanasi va vaqti, qo‘llanilgan identifikatsiya vositalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar).
Sigareta qutilarida identifikatsiyalash vositalari qo‘llanilgandan so‘ng
4-bosqich. Sigaretalarni ishlab chiqarish va aylanishini monitoring qilish
Tajriba loyihasi ishtirokchisi (ishlab chiqaruvchi)
Sigaretalar agregatsiyasini amalga oshiradi .
Real vaqt rejimida
MMK AT orqali avtomatik rejimda Administratorga mahsulot kodlari hamda yangi guruh va transport paketlarini identifikatsiyalash, shuningdek, mahsulot va qadoqlash kodlari ro‘yxati, shu jumladan avvalgi darajadagi qadoqlar (masalan, paletlarni tuzishda, uning tarkibiga kiruvchi qutilar ro‘yxati ko‘rsatiladi) to‘g‘risidagi ma’lumotlar bo‘yicha xabar beradi.
Real vaqt rejimida
a) mulkka egalik huquqi o‘tkazilganligini yoki tovarlarni sotish uchun berilganligini tasdiqlovchi birlamchi hujjat asosida sigaretalar muomalasi subyektlari — tajriba loyihasi ishtirokchilari o‘rtasida sigaretalarni topshirish (qabul qilish) vaqtida bitim taraflari:
sigaretalarni topshirish (qabul qilish) to‘g‘risida tovar yo‘llanma varaqasi shaklida bildirishnoma tuzadi;
tomonlarning vakolatli shaxslari tomonidan ko‘rsatilgan bildirishnoma imzolanadi;
topshirish (qabul qilish) to‘g‘risida bildirishnoma va birlamchi hujjatning elektron nusxasini MMK ATga yuboradi, shuningdek, ma’lumotni elektron hisob-varaq faktura ma’lumotlari bilan integratsiyalashtiradi.
Sigaretaga egalik huquqi o‘tgandan so‘ng 72 (yetmish ikki) soatdan ko‘p bo‘lmagan muddatda
Tajriba loyihasi ishtirokchisi (import qiluvchi)
Import qilinayotgan tovarlarni erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtiradi.
Real vaqt rejimida
Erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtirilgandan keyin, Administratorga tovarlar deklaratsiyasida ko‘rsatilgan tovarlarni chiqarish to‘g‘risida quyidagi ma’lumotlarni taqdim etadi:
bojxona organi kodi;
tovar deklaratsiyasini ro‘yxatdan o‘tkazish sanasi;
tovar deklaratsiyasini ro‘yxatdan o‘tkazish raqami;
TIF TN kodlari;
transport qadoqlarining markirovka kodi va tovar nomi;
tovarning kelib chiqish mamlakati kodi.
Real vaqt rejimida
Administrator
ma’lumotlarni olgandan keyin ularni MMK AT reyestrida aks etilishini ta’minlaydi.
Real vaqt rejimida
5-bosqich. Sigaretalarni muomaladan chiqarish
Tajriba loyihasi ishtirokchisi
Ulgurji tashkilot sigaretalarni onlayn — kassa apparatlari mavjud bo‘lmagan chakana tashkilotlarga sotayotgan hollarda, tajriba loyihasining ishtirokchisi — ulgurji savdo tashkiloti sotiladigan sigareta qadoqlarida qo‘llanilgan identifikatsiyalash vositasini onlayn-kassa apparatlari bilan birlashtirilgan texnik vositalar yordamida skanerlaydi va taniydi.
Real vaqt rejimida
Tajriba loyihasi ishtirokchisi
Mahsulot kodi va identifikatsiya kodi to‘g‘risidagi ma’lumotlar onlayn-kassa apparati orqali shakllantirilgan “kassa cheki” fiskal hujjatga kiritiladi.
Real vaqt rejimida
Fiskal ma’lumotlar operatori
Nazorat kassa chekidagi sotilgan har bir birlik bo‘yicha nazorat kassa mashinasining ro‘yxatga olingan raqami, sotilgan sana, sotish narxi, mahsulot kodi va tarkibidagi identifikatsiya kodi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni MMK ATga uzatadi. Onlayn-kassa apparati ishlamay qolishi hollari bundan mustasno.
Sigareta sotilgan vaqtdan boshlab bir sutkadan kech qolmagan muddatda
Administrator
Fiskal ma’lumotlar operatoridan olingan ma’lumotlarga muvofiq identifikatsiyalash vositasi bilan markirovkalangan sigaretalarning muomaladan chiqishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni AT reyestrida aks ettiriladi.
Real vaqt rejimida
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-noyabrdagi 944-son qaroriga 3-ILOVA
Alkogol mahsulotlarini markirovkalash va kuzatish bo‘yicha tajriba loyihasini amalga oshirish tartibi to‘g‘risida
VAQTINChA NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Vaqtincha nizom O‘zbekiston Respublikasi hududida muomalada bo‘lgan alkogol mahsulotlarini identifikatsiya vositalari bilan markirovkalash va kelgusida kuzatish bo‘yicha tajriba loyihasini (keyingi o‘rinlarda tajriba loyihasi deb ataladi) amalga oshirishda harakatlar tartibi va ketma-ketligini belgilaydi.
2. Quyidagilar tajriba loyihasining maqsadlari hisoblanadi:
a) mahsulotning aslligini tasdiqlash;
O‘zbekiston Respublikasi hududiga alkogol mahsulotlarining noqonuniy olib kirilishi, ishlab chiqarilishi va muomalada bo‘lishiga qarshi kurashish;
alkogol mahsulotlarini olib kirish, ishlab chiqarish va muomalaga kiritish bo‘yicha qonunchilikda nazarda tutilmagan sxemalardan foydalanishni istisno etish maqsadida alkogol mahsulotlari muomalasi subyektlarining o‘zaro hamkorligini ta’minlash;
alkogol mahsulotlarining hisobini yuritish tartib-taomillarini standartlashtirish va unifikatsiyalashni ta’minlash maqsadida identifikatsiya vositalari bilan alkogol mahsulotlarini markirovkalash va kuzatish mexanizmlarining to‘liqligi, samaradorligi, natijadorligi va yetarliligini aprobatsiya qilish;
b) alkogol mahsulotlarini aksiz markasi bilan markirovkalashdan voz kechilishini inobatga olib, alkogol mahsulotlarini identifikatsiya vositalari bilan markirovalash majburiy tizimiga o‘tish maqsadga muvofiqligini aniqlash.
3. Mazkur Vaqtincha nizomda quyidagi qisqartma so‘zlar va tushunchalardan foydalaniladi:
tajriba loyihasi — alkogol mahsulotlarini identifikatsiya vositalari bilan markirovkalash va kuzatish bo‘yicha tajriba loyihasi;
administrator — mahsulotlarini markirovkalash va kuzatish axborot tizimini ishlab chiquvchi, joriy etuvchi va unga xizmat ko‘rsatuvchi, alkogol mahsulotlarini markirovkalash va kuzatish ta’minlanishi uchun zarur barcha tarkibiy qismlarni o‘rnatuvchi va sozlovchi, shuningdek, fiskal ma’lumotlar operatori vazifalarini bajaruvchi mas’ul shaxs;
MMK AT — mahsulotlarini identifikatsiya vositalari bilan markirovkalash va kuzatish, monitoring qilish, ishlab chiqarish va ularning aylanishini dasturiy ta’minlash maqsadida Administrator tomonidan ishlab chiqilgan mahsulotlarini markirovkalash va kuzatish axborot tizimi;
alkogol mahsulotlari — oziq-ovqat xomashyosi va (yoki) spirtdan tarkib topgan oziq-ovqat mahsulotlaridan tayyorlangan, etil spirtidan foydalangan holda ishlab chiqarilgan, etil spirtining miqdori bir yarim foizdan ko‘p bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari, O‘zbekiston Respublikasining sog‘liqni saqlash sohasidagi qonun hujjatlariga muvofiq dori vositalari sifatida ro‘yxatdan o‘tgan tibbiyotga mo‘ljallangan spirtdan tarkib topgan mahsulotlari bundan mustasno;
alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi — litsenziyada ko‘rsatilgan manzilda hajmlari cheklanmagan holda omborxonalardan alkogol mahsulotlarini berish;
alkogol mahsulotlarining chakana savdosi — tijorat zali bilan jihozlangan statsionar xonalarda va fiskal xotirali onlayn nazorat-kassa mashinasi bilan jihozlangan restoranlar, barlar va kafelar hududida amalga oshiriladigan keyinchalik iste’mol qilish yoki notijorat maqsadlarda foydalanishga mo‘ljallangan alkogol mahsulotlarini sotish;
alkogol mahsulotlarining muomalasi — O‘zbekiston Respublikasi hududiga mahsulotlarini olib kirish, saqlash, tashish, olish va topshirish, shu jumladan ularni O‘zbekiston Respublikasi hududida sotib olish va realizatsiya qilish (sotish);
alkogol mahsulotlarini muomaladan chiqarish — belgilangan alkogol mahsulotlarini yakuniy iste’molchiga (yuridik shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar, jismoniy shaxslarga) sotish, markalangan alkogol mahsulotlarini yo‘q qilish (buzish, yo‘qotish), O‘zbekiston Respublikasidan tashqaridagi markalangan alkogol mahsulotlarini sotish (eksport qilish);
mahsulot muomalasi ishtirokchilari — O‘zbekiston Respublikasi hududida alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish va muomalasi bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar;
alkogol mahsulotlari muomalasini monitoring qilish — mazkur Vaqtincha nizomga muvofiq MMK ATda alkogol mahsulotlari muomalasi ishtirokchilari tomonidan ro‘yxatga olingan ma’lumotlar asosida alkogol mahsulotlari muomalasi va ishlab chiqarishni tahlil qilish;
alkogol mahsulotlari ro‘yxati — TIF TN: 2203000100, 2204 — 2208 kodlari bo‘yicha markirovkalash lozim bo‘lgan alkogol mahsuloti;
Mahsulot kodi — mahsulot hamda mahsulot guruhlariga ular alkogol mahsulot ishlab chiqaruvchilari tomonidan ishlab chiqariladigan alkogol mahsulotlarining turini aniqlaydigan axborot resursida mahsulotlari muomalasi ishtirokchilari tomonidan tavsiflanganda beriladigan GS1 assotsiatsiyasi mahsulot nomenklaturasi bo‘yicha logistika birliklari hisobi kodi;
identifikatsiya kodi — mahsulot nusxasining noyob raqamini o‘z ichiga olgan belgilar ketma-ketligi;
tekshiruv kodi — taqlid himoyasi vositalaridan foydalangan holda mahsulot kodi va identifikatsiya kodi ma’lumotlari asosida shakllanadigan ramziy ketma-ketlik. Tasdiqlash kodi kriptografik algoritmlar asosida tuziladi va kriptografik kalit identifikatorini o‘z ichiga oladi;
markirovkalash kodi — iste’mol, guruh va transport o‘ramini identifikatsiya qilish uchun ishlatiladigan mahsulot kodi, identifikatsiya kodi va tekshiruv kodi jamlanmasi;
identifikatsiya vositasi — shtrixli kod sifatida taqdim etilgan mashina o‘qiladigan shaklda yoki radio chastotali tamg‘ada yozilgan yoki avtomatik identifikatsiya qilishning boshqa vositasi (texnologiyasi) yordamida taqdim etilgan noyob belgilar ketma-ketligi;
turkumlashtirish — iste’mol mahsulotlari va/yoki guruh va/yoki transport qadoqlarini markirovkalash kodlarini generatsiya qilish jarayoni;
iste’mol idishlarini belgilash — mazkur Vaqtincha nizomga muvofiq holda iste’mol idishi, guruh va transport qadog‘iga IFni qo‘yish, va alkogol mahsulotlari ishlab chiqarish va muomalasining barcha bosqichlarida ular haqida ishonchli ma’lumotlarni MMK ATga taqdim etish;
alkogol mahsulotlarining iste’mol idishi — yakuniy iste’molchiga sotish uchun mo‘ljallangan tayyor mahsulotni to‘ldirish uchun mo‘ljallangan idish;
alkogol mahsulotlarining guruh qadog‘i — bir nechta iste’molchi idishlarini birlashtirgan qadog‘i. Guruh qadog‘i yakuniy iste’molchiga sotish uchun ruxsat etiladi;
alkogol mahsulotlarining transport qadog‘i — alkogol mahsulotlarini ko‘chirishda zarar yetkazishdan himoya qilish maqsadida saqlash va tashish uchun ishlatiladigan va mustaqil logistika birligini shakllantiradigan guruh qadog‘iga qo‘shilgan alkogol mahsulotlarini birlashtiradigan qadog‘i;
agregirlash — alkogol mahsulotlarining mahsulot o‘tkazuvchanlik zanjiri bo‘ylab harakatlanishni ochish zaruratisiz kuzatib borishni ta’minlash maqsadida tegishli identifikatsiya qilish vositasini qo‘llash orqali mahsulot kodi o‘zaro bog‘liqligi haqida axborotni saqlagan holda alkogol mahsulotlarining iste’mol qadoqlarini transport mahsulotiga birlashtirish.
Agregirlash har qanday joylashtirish darajasiga ega bo‘lish imkoniyatini o‘z ichiga oladi:
birinchi darajali agregirlash — iste’mol qadoqlarini transport qadog‘iga masalan, qutiga birlashtirish;
ikkinchi darajali agregirlash — transport qadoqlarini yuqori darajada turuvchi boshqa transport qadog‘iga, masalan, pallet yoki konteynerga birlashtirish;
ASCII (American standard code for information interchange) — bosma va bosma bo‘lmagan belgilar raqamli kodlarga mos keladigan ma’lumotni kodlash usuli;
DataMatrix — to‘rtburchak yoki kvadrat guruhga joylashtirilgan kvadrat shaklida qo‘llaniladigan qora va oq elementlari yoki bir necha xil yoriqlik darajalaridagi elementlarni o‘zida namoyon etgan ikki o‘lchovli matritsali shtrixli kod. Matn yoki boshqa turdagi ma’lumotlarni kodlash uchun mo‘ljallangan;
DataMatrix ESS200 — DataMatrix versiyasi xatolarni oldini olish va buzilgan ma’lumotlarni tiklash texnologiyasidan foydalanadi. ECC200 kod 30% gacha buzilishiga ega bo‘lgan holda kodlangan ma’lumotlarning butun ketma-ketligini tiklash imkonini beradi. Ikki o‘lchovli shtrix kodining ushbu versiyasi 10 million skaner qilingan belgilar uchun 1 dan kamroq xato tezligiga ega;
GS1 — hisob yuritishni standartlashtirish va logistika birliklarini shtrixli kodlash bo‘yicha xalqaro tashkilot;
GS1-DataMatrix — DataMatrix ikki o‘lchovli matritsali shtrix kodini amalga oshirishga mo‘ljallangan standartlashtirilgan GS1;
GS1-128 — korxonalar o‘rtasida yuk haqida ma’lumot berish uchun mo‘ljallangan GS1 standartlashtirish bo‘yicha global tashkilotning shtrix kodi formati.
AI = ‘**’ — GS1 standartida nazarda tutilgan qo‘llash identifikator atributi;
GTIN — (Global Trade Item Number) mahsulot birligining global identifikatsiya raqami. GS1 tomonidan ishlab chiqilgan va qo‘llab-quvvatlanadigan, GS1 standartlari bilan belgilangan qoidalarga muvofiq GS1 milliy tashkiloti tomonidan mahsulotlari va/yoki mahsulotlari guruhiga qo‘llanadigan, xalqaro iqtisodiy makonda aniq identifikatsiya qilish uchun mahsulot va/yoki mahsulotlari guruhiga mashina tomonidan o‘qila oladigan shtrixli kod shaklida kiritiladigan logistik birliklarning hisobini yuritadigan xalqaro kod.
STIR — soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami;
TIF TN kodlari — tashqi iqtisodiy faoliyat mahsulot nomenklaturasi kodlari;
IFUK — iqtisodiy faoliyat turlarining umumiy klassifikatori;
Fiskal ma’lumotlar operatori — savdo operatsiyalarida va/yoki xizmat ko‘rsatishda onlayn nazorat-kassa mashinalari yordamida amalga oshirilgan soliq organlariga pul hisob-kitoblari to‘g‘risida ma’lumotlar soliq organlariga tezkor yetkazilishini ta’minlovchi yuridik shaxs;
IV reyestri — identifikatsiya vositalari reyestri;
onlayn nazorat-kassa mashinalari — fiskal modulga bog‘lanish imkoniyatiga ega bo‘lgan, fiskal hujjatlarni hosil qiluvchi, fiskal hujjatlarni O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasiga real vaqt rejimida uzatishni ta’minlovchi va qog‘ozda chop etuvchi elektron hisoblash mashinalari, boshqa qurilmalar va ularning komplekslari.
shaxsiy kabinet — tajriba loyihasi ishtirokchisiga taqdim etiladigan MMK ATmaxsus axborot xizmati;
elektron hujjat (EH) — axborot elektron raqamli shaklda taqdim etilgan va elektron raqamli imzo orqali tasdiqlangan hujjat;
elektron raqamli imzo (ERI) — elektron raqamli imzo vositalari tomonidan yaratilgan va elektron hujjatning ishonchliligini, uning taa’lluqligi va o‘zgarmasligini tasdiqlovchi elektron raqamli belgilar to‘plami;
mahsulot hisobvarag‘i — mahsulotlari muomalasini nazorat qilish uchun mo‘ljallangan va mahsulotlarini sotish va qabul qilish, shuningdek, mol-mulkka egalik huquqini berish bo‘yicha operatsiyalarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan jo‘natuvchidan qabul qluvchiga boradigan barcha yo‘llardagi mahsulotlarini kuzatib boruvchi hujjat;
elektron mahsulot hisobvarag‘i — elektron hujjat shaklida taqdim etiladigan hisobvarag‘i;
apparat-dasturiy majmuasi — muayyan turdagi vazifalarni echish uchun birgalikda ishlatiladigan dasturiy ta’minot va texnik vositalar to‘plami.
4. Qo‘yidagilar tajriba loyihasi ishtirokchilari hisoblanadi:
a) O‘zbekiston Respublikasi davlat soliq qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda — Qo‘mita deb ataladi);
b) alkogol mahsulotlari muomalasi ishtirokchilari:
ishlab chiqaruvchilar;
import qiluvchilar;
ulgurji savdo tashkilotlari;
chakana savdo tashkilotlari.
v) “CRPT TURON” MChJ — MMK AT ishlab chiquvchi va administratori.
g) fiskal ma’lumotlarning operatori.
Bunda tajriba loyihasini amalga oshirish jarayonida ushbu ro‘yxatga aniqlik kiritilishi mumkin.
5. Alkogol mahsulotlari muomalasi ishtirokchilari tajriba loyihasida ixtiyoriy ravishda ishtirok etadilar.
Tajriba loyihasida ishtirok etish uchun alkogol mahsulotlari muomalasi ishtirokchilari MMK ATga ariza topshiradilar. Ishtirok etish uchun ariza qabul qilish tajriba loyihasini amalga oshirish boshlanishi bilan chegaralanmaydi.
6. Alkogol mahsulotlarini identifikatsiya vositalari bilan markirovkalash va kelgusida kuzatish, ushbu Vaqtincha nizomning ilovasiga muvofiq sxema asosida amalga oshiriladi.
2-bob. Alkogol mahsulotlari muomalasi ishtirokchilariga qo‘yiladigan talablar
7. Tajriba loyihasida ishtirok etish uchun alkogol mahsulotlari muomalasi ishtirokchilari quyidagi shartlarni ta’minlaydilar:
a) alkogol mahsulotlari shlab chiqaruvchisi va import qiluvchi:
elektron raqamli imzo mavjudligi;
aloqa kanallari bo‘yicha MMK ATga ulangan, markirovka kodini olish borasida Administrator bilan avtomatik ravishda o‘zaro ulanish imkonini beradigan apparat-dasturiy majmuasi bor bo‘lishi. Apparat-dasturiy majmuasi barcha ishtirokchilarga Administrator tomonida tajriba loyihasi amalga oshiriladigan davrga evazsiz beriladi (shartnoma asosida mas’ul saqlash uchun beriladi);
taraflar mahsulot ishlab chiqarish bo‘yich asbob-uskunaga, shuningdek, markirovkalash, server, telekommunikatsiya va boshqa asbob-uskunalarga qasddan zarar yetkazganlik uchun javobgar bo‘ladilar;
elektron hujjat yaratish va ularni elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash, shuningdek, MMK AT bilan o‘zaro hamkorlik qilish uchun zarur hujjatlarni qabul qilish (shu jumladan, markirovkalash kodlarini, markirovkalash kodlaridan foydalanish to‘g‘risida ma’lumotlar, mahsulot yuk xati) so‘rash imkoniyatiga ega kompyuter tizimi bor bo‘lishi;
identifikatsiya vositalari bilan markirovkalash uchun zarur markirovkalash, server, telekommunikatsiya va boshqa asbob-uskuna bor bo‘lishi va u kelgusida axborot tizimiga ulanishi;
b) alkogol mahsulotlari ulgurji va chakana savdosini tashkil etish:
elektron raqamli imzo mavjudligi;
elektron hujjatlarni shakllantirish va ularni elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash, shuningdek, MMK AT bilan zarur hujjatlarni qabul qilish, shu jumladan shaxsiy kabinet orqali ishlaganda zarur hujjatlarni qabul qilish imkoniyatiga ega kompyuter tizimi bor bo‘lishi;
onlayn nazorat-kassa mashinalari yoki virtual kassa bilan ulangan, axborot tizimiga ulangan identifikatsiya vositalarini skanerlaydigan va aniqlaydigan vositalar bor bo‘lishi.
3-bob. Tajriba loyihasi ishtirokchisi ma’lumotlarini ro‘yxatga olish, o‘zgartirish va aniqlashtirish, shuningdek, tajriba loyihasidan chiqarib tashlash
8. Ishtirokchilar reyestriga kiritish uchun alkogol mahsulotlari muomalasi ishtirokchisi Administratorga quyidagi arizalarni aloqa kanallari orqali yuboradi yoki uni MMK ATda faoliyat turiga qarab shakllantiradi:
a) tajriba loyihasi ishtirokchisi — quyidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan alkogol mahuslotlarni ishlab chiqaruvchi va import qiluvchi:
tajriba loyihasida qatnashgan ishtirokchining nomi;
tajriba loyihasi ishtirokchisining STIRi;
alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish va saqlash bo‘yicha tegishli faoliyat olib boriladigan ishlab chiqarish maydonlarining, shuningdek, omborxonalarning manzillari;
elektron pochta manzili.
b) tajriba loyihasi ishtirokchisi — quyidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan alkogol mahsulotlarining ulgurji va chakana savdosi bilan shugullanuvchi tashkilotlari:
tajriba loyihasida qatnashgan ishtirokchining nomi;
tajriba loyihasi ishtirokchisining STIRi;
alkogol mahsulotlarini saqlash va sotish bo‘yicha tegishli faoliyat olib boriladigan savdo joylari va omborxonalarning manzillari;
elektron pochta manzili.
tegishli savdo maydonchalarida o‘rnatilgan onlayn nazorat-kassa mashinalarining yoki virtual kassalarning ro‘yxatdan o‘tish raqamlari;
Ushbu arizalarda alkogol mahsulotlari muomalasi ishtirokchilari qo‘shimcha ravishda boshqa ma’lumotlarni ko‘rsatish huquqiga ega.
9. Ariza mazkur Vaqtincha nizomning 7-bandiga muvofiq hollarda, administrator arizani real vaqt rejimida olgan paytdan boshlab:
alkogol mahsulotlari muomalasi ishtirokchisini ishtirokchilar reyestriga qo‘shadi;
ishtirokchi uchun shaxsiy kabinetni ochadi;
alkogol mahsulotlari muomalasi ishtirokchini ishtirokchilar reyestriga kiritilganligi va shaxsiy kabinetni ochganligi haqida xabardor qiladi.
Xabarnomada tajriba loyihasi ishtirokchisi — ishtirokchilar reyestrida alkogol mahsulotlari muomalasining ishtirokchisi haqida ma’lumotga berilgan ro‘yxatga olish raqamlari ko‘rsatiladi.
10. Tajriba loyihasi ishtirokchisi shaxsiy kabinetda ishtirokchilar reyestrida uning nomidan elektron hujjatlarni imzolash va (yoki) ularni MMK ATga yuborish huquqiga ega bo‘lgan boshqa shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, shuningdek, ushbu shaxslar nomiga rasmiylashtirilgan elektron raqamli imzo sertifikatlarini shakllantiradi va ruyxatdan o‘tkazadi.
11. Alkogol mahsulotlari muomalasi subyektini tajriba loyihasi ishtirokchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etish uchun ushbu bobda belgilangan talablarga javob bermaydigan ma’lumotlar va (yoki) zarur ma’lumotlarni taqdim etmaslik asos bo‘ladi.
Alkogol mahsulotlari muomalasi subyekti yuqori turuvchi organga yoki sudga ro‘yxatdan o‘tishni rad etish to‘g‘risidagi qarorlar ustidan shikoyat qilishga haqlidir.
12. Ishtirokchilar reyestrida ma’lumotlarni o‘zgartirish ishtirokchiga alkogol mahsulotlari muomalasi ishtirokchisini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun belgilangan mazkur Vaqtincha Nizomga muvofiq holda amalga oshiriladi.
13. Administrator bunday ariza topshirilgandan so‘ng 24 (yigirma to‘rt) soat ichida shaxsiy kabinet orqali taqdim etilgan arizaga ko‘ra, alkogol mahsulotlari muomalasi ishtirokchini ishtirokchilar reyestridan chiqarib tashlaydi.
4-bob. Alkogol mahsulotlari haqida ma’lumotlarni ro‘yxatdan o‘tkazish
14. Alkogol mahsulotlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni mahsulotlari reyestriga kiritish uchun alkogol mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi yoki import qiluvchi Administratorga aloqa kanallari orqali quyidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan alkogol mahsulotlarini ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risida arizani yuboradi yoki MMK ATda shakllantiradi:
alkogol mahsulotlari nomi;
mahsulotning kodlari, GS1 — 128 shtrix kodi, shuningdek, iste’mol idish turiga muvofiq bo‘lgan mahsulot kodlari;
alkogol mahsulotlarining iste’mol idish turi.
15. Arizada ko‘rsatilgan ma’lumotlar mazkur Vaqtincha Nizomning 14-bandida belgilangan talablarga muvofiq bo‘lgan taqdirda, Administrator arizani real vaqt rejimida olgan paytdan boshlab:
arizada ko‘rsatilgan ma’lumotlarni mahsulotlari reyestriga qo‘shadi;
alkogol mahsulotlari ishlab chiqaruvchisini yoki import qiluvchini mahsulotlari reyestriga kiritish haqida xabardor qiladi.
16. Xabarnomada mahsulotlari reyestrida ro‘yxatga olingan alkogol mahsulotlariga qo‘yilgan ro‘yxatga olish raqamlari ko‘rsatiladi.
17. Mahsulotlari reyestrida alkogol mahsulotlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘zgartirish va ushbu ma’lumotlarni ro‘yxatga olishdan chiqarib tashlash alkogol mahsulotlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni mahsulotlari reyestriga kiritish bilan bir xil ketma-ketlikda amalga oshiriladi.
5-bob. Alkogol mahsulotlarini markirovkalash qoidalari
18. Alkogol mahsulotlari muomalasining ishtirokchilari mustaqil ravishda alkogol mahsulotlarini markirovkalashni amalga oshiradilar va MMK ATga mazkur Vaqtincha Nizomga muvofiq ma’lumotlarni taqdim etadilar.
Tajriba loyihasini amalga oshirish davrida alkogol mahsulotlarini identifikatsiyalash vositalari bilan markirovkalash va ularning keyingi kuzatilishi bo‘yicha texnik va dasturiy jihatlari bilan bog‘liq xarajatlar administrator hisobidan qoplanadi.
19. Alkogol ichimliklarini markirovkalashni quyidagicha amalga oshiriladi:
a) ishlab chiqaruvchi bevosita ishlab chiqarish liniyasida iste’mol idishiga (masalan, shisha) yopishtirilgan oldi yorliq yoki orqa yorliq dizayni uchun maxsus ajratilgan (14x14 millimetrdan kam bo‘lmagan) maydonga texnik qurilma yordamida identifikatsiya qilish vositasini qayd etadi;
b) import qiluvchi O‘zbekiston Respublikasi hududiga alkogol mahsulotlarini olib kirishda markirovkalashni quyidagi usullar bilan amalga oshirishi mumkin:
ishlab chiqaruvchi bilan kelishilgan holda — bevosita ishlab chiqarish liniyasida iste’molchi idishiga yopishtirilgan oldi yorliq yoki orqa yorliq dizayni uchun maxsus ajratilgan (14x14 millimetrdan kam bo‘lmagan) maydonga texnik qurilma yordamida DataMatrix kodini qo‘yish yo‘li bilan;
ishlab chiqaruvchi bilan kelishilgan holda iste’mol idishiga DataMatrix kodi bilan stikerni yopishtirish yo‘li bilan;
mahsulotni bojxona amali ostiga joylashtirgunga qadar bojxona omborida ularda DataMatrix kodli holda mustaqil ishlab chiqilgan stikyerlarni yopishtiradi.
20. Identifikatsiya qilish vositasi mahsulotlarini yig‘ishni soddalashtirish qulayligi uchun ishlab chiqaruvchi yoki import qiluvchining xohishiga ko‘ra, yuz yoki yon qismiga guruh va transport qadog‘iga qo‘yiladi.
21. Identifikatsiya qilish vositasini qadog‘iga va ushbu maqsadlar uchun ishlatiladigan uskunalarga qo‘yish usulini tanlashda cheklovlar nazarda tutilmaydi.
6-bob. Alkogol mahsulotlarini markirovkalash uchun kodlarni taqdim etish
22. Identifikatsiya qilish vositalari Administratordan quyidagi yo‘llar bilan olinishi mumkin:
keyinchalik identifikatsiya qilish vositasiga aylantiriladigan va alkogol mahsulotlari muomalasi ishtirokchilari tomonidan mustaqil ravishda qo‘yiladigan markirovkalash kodini olish orqali;
bosma shaklda (identifikatsiya qilish vositasidan iborat bo‘lgan va keyinchalik mahsulotga qo‘yish uchun mo‘ljallangan yorliq tayyorlash xizmatini olish uchun muomala ishtirokchisiga murojaat qilganda).
23. Alkogol mahsulotlarini markirovkalash uchun kodlar ishlab chiqaruvchi yoki alkogol mahsulotlarini import qiluvchi tomonidan aloqa kanallari orqali Administratorga mahsulotlari reyestriga kiritilgan alkogol mahsulotlarini markirovkalash uchun kodlarni olish uchun quyidagi mazmundagi arizani yuborish yoki MMK ATda shakllantirish yo‘li bilan oladi:
Mahsulotlari reyestriga kiritilganda alkogol mahsulotlariga berilgan mahsulot kodlari;
talab qilingan markirovkalash kodlarning soni;
qadoq turi: iste’mol, guruh, transport idishi;
ishlab chiqarish sanasi, vaqti va joyi haqida qo‘shimcha ma’lumot (agar mavjud bo‘lsa).
24. Arizada ko‘rsatilgan ma’lumotlar mazkur Vaqtincha Nizomda belgilangan talablarga muvofiq bo‘lgan holda arizani real vaqt rejimida olgan paytdan e’tiboran:
kerakli miqdordagi markirovkalash kodlarini turkumlashtiradi;
tajriba loyihasi ishtirokchiga — alkogol mahsulotlari ishlab chiqaruvchi yoki mport qiluvchiga ushbu kodlarning ro‘yxatini taqdim etadi;
identifikatsiya qilish vositalar reyestriga berilgan markirovkalash kodlar haqida ma’lumotni o‘z ichiga oladi.
Mazkur band birinchi qismining amal qilishi aksiz solig‘i to‘langanidan va belgilangan namunadagi aksiz markalari sotib olinganidan keyin alkogol mahsulotlarini import qiluvchilarga amal qiladi.
25. Tajriba loyihasi ishtirokchisi — alkogol mahsulotlari ishlab chiqaruvchi real vaqt rejimida:
a) markirovkalash kodlari ro‘yxatini olgan paytdan boshlab Administratorga ro‘yxatdagi markirovkalash kodlarni olish to‘g‘risidagi tasdiqni yuboradi;
b) markirovkalash kodlarini olgan paytdan boshlab alkogol mahsulotlari iste’mol idishiga identifikatsiya qilish vositalarini qo‘yishni ta’minlaydi;
v) alkogol mahsulotlari iste’mol idishiga identifikatsiya qilish vositalari qo‘yilgandan so‘ng, markirovkalash kodlaridan foydalanish to‘g‘risidagi quyidagi ma’lumotlarni MMK ATga (identifikatsiya qilish vositalarini faollashtirish maqsadida) yuboradi:
mahsulot kodi;
identifikatsiya kodi;
markirovkalash sanasi va vaqti;
qo‘yilgan identifikatsiya qilish vositalari haqida ma’lumot.
26. Tajriba loyihasi ishtirokchisi — alkogol mahsulotlarini import qiluvchi davlatlardan mahsulotlarini import qilishda:
markirovkalash kodlari olingan kundan boshlab 30 (o‘ttiz) ish kunidan oshmaydigan muddatda MMK ATga yorliq kodlaridan foydalanish haqida quyidagi ma’lumotlarni (identifikatsiya qilish vositalarini faollashtirish maqsadida) yuboradi:
markirovkalash kodi;
markirovkalash sanasi va vaqti;
qo‘yilgan identifikatsiya qilish vositalar va/yoki tizimda tegishli bildirishnomani joylashtirish orqali sababni ko‘rsatgan holda identifikatsiya qilish vositasini ishlab chiqa olmasligi haqida ma’lumot.
27. Administrator tajriba loyihasi ishtirokchisi — alkogol mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi yoki import qiluvchidan mazkur Vaqtincha nizomning 18-bandida nazarda tutilgan ma’lumotlar olingandan keyin real vaqt rejimida identifikatsiya qilish vositalari reyestrida tegishli markirovkalash kodlari va identifikatsiya qilish vositalarining makomini aks ettirishni, shuningdek, ushbu ma’lumotlarning tajriba loyihasi ishtirokchilari undan foydalana olishligini ta’minlaydi.
7-bob. Alkogol mahsulotlarini agregirlash, ularni ishlab chiqarish monitoringi va tajriba loyihasi doirasidagi muomalasi
28. Alkogol mahsulotlari muomalasi ishtirokchisi eksport qiluvchi mamlakat hududida ham, mahsulotlarini O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilgandan keyin ham alkogol mahsulotlarini agregirlashi mumkin (masalan, o‘z omborida), uning yakunida Administratorni xabardor qiladi, shu bilan identifikatsiya qilish vositasini, shu jumladan guruh identifikatsiya qilish vositalarini faollashtiradi.
29. Tajriba loyihasi ishtirokchisi — ishlab chiqaruvchi yoki import qiluvchi alkogol mahsulotlarini yig‘adi, uning yakunida 72 (yetmish ikki) soat ichida MMK ATorqali avtomatik ravishda Administratorni quyidagi ma’lumotlarni taqdim etgan holda xabardor qiladi:
alkogol mahsulotlari muomalasi ishtirokchilari reyestrida ishtirokchining ro‘yxatga olish raqami;
transport qadog‘ining markirovkalash kodlari ro‘yxati;
alkogol mahsulotlari bo‘yicha yig‘ilgan markirovkalash kodlari ro‘yxati;
agregirlash sanasi.
30. Transport qadog‘ini qayta shakllantirish (qayta agregirlash) operatsiyasini amalga oshiruvchi alkogol mahsulotlari muomalasi ishtirokchilari MMK ATga quyidagi ma’lumotlarni taqdim etadilar:
transport qadog‘ini qayta shakllantirish (qayta agregirlash)ni amalga oshirgan alkogol mahsulotlari muomalasi ishtirokchilari reyestrida ishtirokchining ro‘yxatga olish raqami;
qayta shakllantirish lozim bo‘lgan transport qadoqlarining markirovkalash kodlari ro‘yxati. Bunda Tizimda qayta shakllangan transport qadog‘ining mahsulot kodi yo‘q qilinadi, lekin unda mavjud bo‘lgan mahsulotlarining markirovkalash kodlari muomalada qoladi.
31. Mahsulotni transport qadog‘i doirasida olib tashlash, olib qo‘yish operatsiyalarini amalga oshiruvchi mahsulot muomalasi ishtirokchilari MMK ATga quyidagi ma’lumotlarni yetkazib beradi:
alkogol mahsulotlari muomalasi ishtirokchilari reyestrida muomala ishtirokchini ro‘yxatga olish raqami;
transformatsiya qilinishi lozim bo‘lgan mahsulotlari, transport qadoqlarining markirovkalash kodlari ro‘yxati;
transformatsiya operatsiyasi turi (olib qo‘yish, olib tashlash).
32. Iste’mol idishini boshqa transport qadog‘iga olib qo‘yish hollarida, olib qo‘yiladigan mahsulotning tegishli markirovkalash kodlari ro‘yxati, shuningdek, olib qo‘yilgan transport qadog‘ining mahsulot kodi ko‘rsatiladi.
33. Administrator real vaqt rejimida ma’lumotni olgandan so‘ng ularni identifikatsiya qilish vositalari reyestrida aks ettirilishini ta’minlaydi.
34. Tajriba loyihasida ishtirok etgan alkogol mahsulotlarining muomalasiga va muomalasiga kiritilishini monitoring qilish Qo‘mita tomonidan MMK ATorqali amalga oshiriladi.
35. Alkogol mahsulotlari muomalasiga kiritish harakatini monitoring qilish maqsadida:
a) mulkchilik huquqining o‘tishini yoki mahsulotni sotish uchun berishni tasdiqlovchi asosiy hujjat mazmuni asosida alkogol mahsulotlari muomalasi ishtirokchilari o‘rtasida alkogol mahsulotlarini berish (qabul qilish) da bitim tomonlari:
alkogol mahsulotlarini berish (qabul qilish) to‘g‘risidagi mahsulot hisobvarag‘i shaklida xabarnomani hosil qiladi;
har ikki tomonning vakolatli vakillari ham ushbu xabarni imzolaydi;
MMK ATga birlamchi hujjatni berish (qabul qilish) haqida xabarnomani va elektron nusxasini yuboradi, shuningdek, elektron hisob-varaq faktura ma’lumotlarini birlashtiradi;
b) bunda real vaqt rejimida berish (qabul qilish) haqida habarnoma habarnomada aks ettirilgan alkogol mahsulotlariga bo‘lgan mulk huquqi alkogol mahsulotlari muomalasining bir ishtirokchidan boshqasiga o‘tgan paytdan e’tiboran, lekin ushbu mahsulotga egalik huquqini oluvchidan uchinchi shaxslarga berish paytidan kechiktirmagan holda yuboriladi;
v) Administrator real vaqt rejimida berish (qabul qilish) to‘g‘risidagi xabarnoma olinganida identifikatsiya qilish vositalari reyestrida xabarnomadagi barcha ma’lumotlarni ko‘rsatgan holda, alkogol mahsulotiga bo‘lgan mulk huquqini bir muomala ishtirokchidan boshqasiga o‘tish holatini aks ettiradi.
8-bob. Alkogol mahsulotlarini muomalasiga kiritish, uning muomalasidan chiqib ketishi va jarayonni kuzatish
36. O‘zbekiston Respublikasi hududiga import qilinadigan alkogol mahsulotlari uni muomalaga kiritish quyidagicha amalga oshiriladi:
a) tajriba loyihasi ishtirokchisi — alkogol mahsulotlari import qiluvchi:
import qilinadigan mahsulotni ichki iste’mol uchun bojxona amaliyoti ostiga qo‘yadi;
mahsulotlari deklaratsiyasi chiqarilgandan so‘ng Administratorga mahsulotlari ko‘rsatilgan markirovkalash kodlari va mahsulotlari deklaratsiyasi raqami haqida ma’lumot beradi;
mahsulotlari deklaratsiyasi chiqarilgandan so‘ng 14 (o‘n to‘rt) kun ichida Administratorga muomalaga kiritish lozim bo‘lgan markirovkalash kodlari (olib kirilgan mahsulotlarini haqiqiy ro‘yxatga olingandan keyin) va/yoki tegishli xabarnomani Tizimda joylashtirish orqali sababini ko‘rsatgan holda identifikatsiya qilish vositalarini muomalaga kiritish imkoniyati yo‘qligi haqida ma’lumotni beradi;
b) Administrator mazkur bandning “a” kichik bandida nazarda tutilgan ma’lumotlar kelib tushgandan keyin real vaqt rejimida identifikatsiya qilish vositalari reyestrida ushbu mahsulotni muomalaga kiritish holatini aks ettiradi.
37. Tajriba loyihasida ishtirok etgan alkogol mahsulotlari muomalasini monitoring qilish Qo‘mita tomonidan Administrator beradigan ma’lumotlar asosida amalga oshiriladi.
38. Alkogol mahsulotlarini muomaladan chiqarishni monitoring qilish maqsadida:
a) ulgurji savdo tashkiloti onlayn nazorat-kassa mashinalariga ega bo‘lmagan chakana savdo tashkilotlariga alkogol mahsulotlarini sotayotgan hollarda, tajriba loyihasi ishtirokchisi — sotilayotgan alkogol mahsulotlari qadoqlariga ulgurji savdo tashkiloti onlayn nazorat-kassa mashinalari bilan bog‘langan texnik vositalar yordamida qo‘yilgan identifikatsiya qilish vositasini skaner qiladi va taniydi.
Chakana savdoni amalga oshirgan holda alkogol mahsulotlari muomalasi ishtirokchisi alkogol mahsulotlari qadog‘i (iste’mol yoki guruh qadog‘i)ga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tgan onlayn nazorat-kassa mashinalari bilan bog‘langan texnik vositalar yordamida qo‘yilgan identifikatsiya qilish vositasini skaner qiladi va taniydi.
Mahsulot kodi va identifikatsiya kodi haqidagi ma’lumotlar onlayn nazorat-kassa mashinasi tomonidan shakllanadigan fiskal hujjatga kiritiladi;
b) alkogol mahsulotlari sotilgan vaqtdan boshlab fiskal ma’lumotlar operatori — real vaqt rejimida sotilgan har bir birlik bo‘yicha nazorat-kassa mashinasida ro‘yxatga olish raqami, sotilgan sana, sotish narxi, mahsulot kodi va identifikatsiya kodi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni MMK ATga uzatadi. Texnik jihatdan imkoniyat bo‘lmagan taqdirda, ma’lumotlar 24 (yigirma to‘rt) soat ichida yetkazilishi lozim;
v) Administrator real vaqt rejimida identifikatsiya qilish vositalar reyestrida operatordan olingan fiskal ma’lumotlarga muvofiq identifikatsiya qilish vositasi bilan markalangan belgilangan alkogol mahsulotlarining muomalasidan chiqib ketishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni aks ettiradi.
39. Alkogol mahsulotlari chakana narxda sotilishi (hisobdan chiqarilishi)dan farqli ularoq boshqa asoslar bo‘yicha muomalasidan chiqqan hollarda, mazkur mahsulotni hisobdan chiqaruvchi alkogol mahsulotlari muomalasi ishtirokchisi MMK ATga quyidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan alkogol mahsulotlarining muomaladan chiqib ketishi to‘g‘risida xabarnomani taqdim etadi:
alkogol mahsulotlarining muomalasidan chiqayotgan mahsulot kodlari va identifikatsiya qilish kodlari;
alkogol mahsulotlarining muomalasidan chiqib ketish rasmiylashtirilgan hujjatning nomi, sanasi va raqami;
alkogol mahsulotlarini muomaladan chiqib ketish amalga oshiriladigan maydonning manzili;
alkogol mahsulotlarining muomalasidan chiqib ketishining sababi.
40. Muomalaga kiritilgan alkogol mahsulotlari monitoringi iste’molchi tomonidan quyidagilar yordamida amalga oshiriladi:
iste’molchi qadog‘iga qo‘yilgan identifikatsiya qilish vositalarini skaner qilish yo‘li bilan iste’molchilarning texnik qurilmalariga (mobil qurilmalariga) o‘rnatilgan mobil ilovalar orqali;
mobil ilovalar orqali, u Administrator tomonidan ishlab chiqiladi va taqdim etiladi.
41. Administrator alkogol mahsulotlari iste’molchisiga ishlab chiqarish joyi va hozirgi vaqtda alkogol mahsulotlarini qadoqlash holati, uning maqomi haqida ma’lumot beradi.
42. Iste’molchi tomonidan xarid qilingan alkogol mahsulotlarining Administratordan olingan mahsulot haqidagi haqiqiy ma’lumotlariga nomuvofiqligi aniqlangan taqdirda, iste’molchi mobil ilova orqali MMK ATga xabarnoma yuboradi.
9-bob. Tajriba loyihasi ishtirokchilarining o‘zaro axborot hamkorligini ta’minlash
43. Tajriba loyihasini amalga oshirish va axborot o‘zaro hamkorligini ta’minlash doirasida Administrator quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:
ishtirokchilar reyestrini yuritish;
mahsulotlari reyestrini yuritish;
identifikatsiya qilish vositalar reyestrini yuritish;
tajriba loyihasi ishtirokchilariga ularning vakolatlari doirasida reyestrlardagi ma’lumotlar taqdim etish;
alkogol mahsulotlari iste’molchilariga alkogol mahsulotlari va ularning maqomini identifikatsiya qilish vositasining mazmuni haqida axborot beradi.
44. Tajriba loyihasi ishtirokchilarining Administrator bilan o‘zaro hamkorligi elektron raqamli imzo bilan imzolangan elektron hujjatlarni almashish orqali amalga oshiriladi.
45. Elektron hujjatlar almashinuvi aloqa kanallari orqali va shaxsiy kabinet orqali MMK ATyordamida amalga oshiriladi.
46. Elektron hujjatlardagi ma’lumotlarning, shu jumladan alkogol mahsulotlari muomalasining ishtirokchilari tomonidan shakllantirilgan ma’lumotlarning muvofiqligi MMK ATorqali avtomatik ravishda tekshiriladi.
47. Tajriba loyihasi ishtirokchilari tomonidan noto‘g‘ri ma’lumotga ega bo‘lgan elektron hujjat taqdim etilgan taqdirda, Administrator alkogol mahsulotlari muomalasi ishtirokchisiga aniqlangan nomuvofiqliklar ko‘rsatilgan holda xabarnoma yuboradi.
48. Alkogol mahsulotlari muomala ishtirokchilari tomonidan to‘g‘ri ma’lumotga ega bo‘lgan elektron hujjat taqdim etilgan taqdirda, Administrator alkogol mahsulotlari muomalasi ishtirokchisiga ma’lumotlarning MMK ATkiritilganligi to‘g‘risida xabar yuboradi.
49. Mazkur Vaqtincha nizomning 4-bobida xabarnomani yuborishning boshqa muddati ko‘rsatilmagan bo‘lsa, ushbu bo‘limda ko‘rsatilgan habarnomalar Administrator tomonidan alkogol mahsulotlari muomalasi ishtirokchisiga hujjat olingan kundan boshlab 2 (ikki) soat ichida avtomatik ravishda yuboriladi.
50. Habarnomalar Administratorning elektron raqamli imzosi bilan imzolanadi.
10-bob. Markirovkalash kodiga kiritilgan ma’lumotlarning tarkibi, alkogol mahsulotlari iste’mol idishlariga identifikatsiya qilish vositalarini shakllantirish va qo‘yish
51. Markirovkalash kodi tarkibida quyidagi talablar qo‘yiladi:
a) iste’mol qadog‘i uchun markirovkalash kodi uchta ma’lumot guruhini o‘z ichiga oladi:
birinchi guruh 14 (o‘n to‘rt) raqamdan iborat bo‘lib, identifikatsiya raqami (birinchi raqam 0 va 13 raqam GS1 kodi)ni o‘z ichiga oladi;
ikkinchi guruh 7 (yetti) belgi (raqamlar, lotin alifbosining kichik va katta harflari), shuningdek, maxsus belgilardan iborat bo‘lib, alkogol mahsulotlari iste’mol idishlarini identifikatsiya qilish kodini o‘z ichiga oladi;
uchinchi guruh 8 (sakkizta) belgi (raqamlar, lotin alifbosining kichik va katta harflari), shuningdek, maxsus belgilardan iborat bo‘lib, tekshiruv kodini o‘z ichiga oladi;
b) guruh qadog‘i uchun markirovkalash kodi GS1 standartiga mos keladi, bir nechta majburiy ma’lumotlar guruhlarini, shuningdek, alkogol mahsulotlari ishlab chiqaruvchisi ixtiyoriga ko‘ra kiritilayotgan qo‘shimcha ma’lumotlar guruhlarining ixtiyoriy sonini o‘z ichiga oladi. Majburiy ma’lumotlar guruhlari GS1 standartida nazarda tutilgan quyidagi atributlar bilan identifikatsiya qilinadi:
majburiy ma’lumotlarning birinchi guruhi AI = ‘01’ qo‘llash kodi bilan identifikatsiya qilinadi va o‘z guruh qadog‘ining GTIN (14 raqam)ni o‘z ichiga oladi;
majburiy ma’lumotlarning ikkinchi guruhi AI = ‘21’ qo‘llash kodi bilan identifikatsiya qilinadi va guruh qadog‘ining identifikatsiya kodi (7 ta belgi)ni o‘z ichiga oladi;
majburiy ma’lumotlarning uchinchi guruhi AI = ‘93’ qo‘llash kodi bilan identifikatsiya qilinadi va tekshiruv kodi (8 ta belgi)ni o‘z ichiga oladi;
v) transport mahsuloti uchun markirovkalash kodi GS1-128 standartiga mos keladi;
g) identifikatsiya kodida, tekshiruv kodida va tekshiruv kalitining identifikatorida foydalanishga ruxsat berilgan belgilar ABCDEFGNIJKLMNOPQRSTUVWXYZabcdefghijklmnopqrstuvwxyz0123456789 !"%&’*+-./_,:;=<>? qatorida keltirilgan.
52. Markirovkalash kodini identifikatsiya qilish vositasiga aylantirish tajriba loyihasi ishtirokchisi — iste’molchi guruhi yoki transport qadog‘ini yig‘uvchi alkogol mahsulotlari ishlab chiqaruvchi yoki import qiluvchi tomonidan amalga oshiriladi.
53. Identifikatsiya qilish vositasini taqdim etish shakli quyidagi variantlardan tanlanadi:
iste’mol idishlarini identiftikatsiya qilish vositasi DataMatrix shaklida ikki o‘lchovli shtrixli kod bilan ifodalanadi;
guruh qadog‘ini identifikatsiya qilish vositasi GS1-DataMatrix shaklida ikki o‘lchovli shtrixli kod bilan ifodalanadi;
transport qadog‘ini identifikatsiya qilish vositasi GS1-128 shaklida bir o‘lchamli shtrixli kod bilan ifodalanadi.
54. Shtrixli kod shaklida identifikatsiya qilish vositalari quyidagi talablarga javob beradi:
a) iste’mol qadog‘i va guruh qadog‘i uchun kamida 0,3 millimetrli, transport qadog‘i uchun — kamida 2 millimetrli modul qo‘llaniladi;
b) identifikatsiya vositalarini tanlash yo‘li bilan soxtalashtirish ehtimoli juda kichik va har qanday holatda o‘n mingdan bir qismidan kamroq;
v) MMK AT muomaladan chiqarilmagan mahsulotlari qadog‘iga qo‘yilgan kodni takror turkumlashtirishga ruxsat bermaydi;
g) xatolarni aniqlash va tuzatish funksiyasi DataMatrix ESS200 teng yoki undan yuqori bo‘ladi.
55. Iste’mol, guruh va transport qadog‘iga identifikatsiya qilish vositalarini qo‘yish sifatiga qo‘yiladigan talablar:
a) ISO/IEC 15415 standartiga muvofiq C yoki undan yuqori sifat darajasi bilan qo‘yish;
b) ESS-200 xatolarni tuzatish usulidan foydalangan holda muhr bilan qo‘yish;
v) ASCII kodlashdan foydalanish.
56. O‘qish uchun uskuna ISO/IYEC 15415 standartiga muvofiq qo‘yilgan markirovkalash kodlarini, shu jumladan ushbu bo‘limda ko‘rsatilgan parametrlarni o‘qish imkonini beradi.
11-bob. MMK ATda reyestr, ariza va ma’lumotlarni tuzatish
57. Mahsulotlari reyestriga o‘zgartirish kiritish uchun tajriba loyihasi ishtirokchisi — alkogol mahsulotlari ishlab chiqaruvchisi yoki import qiluvchi Administratorga ishlab chiqarilayotgan, import qilinadigan alkogol mahsulotlari yoki ularning qadoqlari to‘g‘risida aniqlashtiruvchi ma’lumotlarni yuboradi.
58. Administrator mazkur Vaqtincha nizom talablariga muvofiq taqdim etilgan, aniqlovchi ma’lumotlarga rioya qilgan holda:
mahsulotlari reyestriga o‘zgartirishlar kiritadi;
real vaqt rejimida aniqlashtiruvchi ma’lumot olingan paytdan boshlab, bu haqda tajriba loyihasi ishtirokchisi — alkogol mahsulotlari ishlab chiqaruvchisi yoki import qiluvchini xabardor qiladi.
59. Mahsulotlari reyestridan pozitsiyasini olib tashlash zarurati tug‘ilgan taqdirda (masalan, bunday pozitsiya alkogol mahsulotlari bilan bog‘liq bo‘lmasa), tajriba loyihasi ishtirokchisi — ushbu pozitsiyani qo‘shgan alkogol mahsulotlari ishlab chiqaruvchisi yoki import qiluvchi Administratorga mahsulotlari reyestridan ilgari ro‘yxatdan o‘tgan alkogol mahsulotlarini chiqarib tashlash haqida ma’lumot yuboradi.
60. Administrator mahsulotlar reyestridan pozitsiyalarni real vaqt rejimida chiqarib tashlash to‘g‘risidagi ma’lumotlar muvofiq bo‘lgan taqdirda:
mahsulotlari reyestriga o‘zgartirishlar kiritadi;
aniqlashtiruvchi ma’lumot olingan paytdan boshlab tajriba loyihasi ishtirokchisini xabardor qiladi.
61. Markirovkalash kodlarini olish uchun ilgari berilgan arizaga o‘zgartirishlar kiritish uchun tajriba loyihasi ishtirokchisi — alkogol mahsulotlari ishlab chiqaruvchisi yoki import qiluvchi Administratorga aniqlashtiruvchi ma’lumotni yuboradi.
Ilgari berilgan arizaga o‘zgartirishlar kiritish tajriba loyihasi ishtirokchisi — alkogol mahsulotlari ishlab chiqaruvchisi yoki import qiluvchiga topshirilgan ariza bo‘yicha kodlar ro‘yxati taqdim etilgunga va ularni identifikatsiya qilish vositalar reyestriga kiritgunga qadar ruxsat beriladi.
62. Markirovkalash kodlarini olish uchun ilgari topshirilgan arizaga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi ma’lumotlar muvofiq bo‘lsa, Administrator:
dastlabki arizani bekor qiladi;
tajriba loyihasi ishtirokchisiga — alkogol mahsulotlari ishlab chiqaruvchisi yoki import qiluvchiga undan olingan aniqlashtirishlarga muvofiq holda markirovkalash kodlarini beradi.
63. Tajriba loyihasi ishtirokchisi — alkogol mahsulotlari ishlab chiqaruvchi yoki import qiluvchi tomonidan agregirlash amalga oshirilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar mazkur Vaqtincha nizomga muvofiq holda amalga oshiriladi.
64. Alkogol mahsulotlarini alkogol mahsulotlari muomalasining bir ishtirokchisidan boshqa ishtirokchiga berish paytida berilgan va olingan mahsulotlarining tarkibi to‘g‘risida kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda axborotni aniqlashtirish uchun quyidagi harakatlar amalga oshiriladi:
a) alkogol mahsulotlarini qabul qiluvchi alkogol mahsulotlari muomalasining ishtirokchisi Administratorga beruvchi tomonning elektron raqamli imzosi bilan imzolangan alkogol mahsulotlarini berish (qabul qilish) to‘g‘risida xabarnoma yuboradi;
b) bitim tomonlari bo‘lgan alkogol mahsulotlari muomalasining ishtirokchilari alkogol mahsulotlarini berish (qabul qilish) to‘g‘risidagi ma’lumotlarni aniqlashtirish to‘g‘risida habarnomani shakllantiradi, har ikki tomonning vakolatli vakillari tomonidan imzolanadi va Administratorga mahsulot haqida quyidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan xabarnoma yuboradi:
berayotgan tomonning STIRi;
qabul qiluvchi tomonning STIRi;
alkogol mahsulotlarini berish (qabul qilish) va haqiqatda qabul qilish to‘g‘risida habarnomada ko‘rsatilgan identifikatsiya qilish vositalarida mavjud markirovkalash kodlari va identifikatsiya kodlari ro‘yxati;
birlamchi hujjatlarning rekvizitlari;
v) Administrator real vaqt rejimida ma’lumotlarni aniqlashtirish to‘g‘risida xabarnoma olganida, identifikatsiya qilish vositalari reyestrida olingan xabarnomalardagi barcha ma’lumotlarni tajriba loyihasining bir ishtirokchisidan boshqasiga mulk huquqi o‘tayotganlik holatini aks ettiradi.
65. Alkogol mahsulotlari muomalasining bir ishtirokchisi tomonidan ikkinchi ishtirokchiga berish paytida berilgan va qabul qilingan mahsulotlari tarkibi borasida kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda, shu jumladan qabul qiluvchi tomonda dastlabki hujjatni olishni kutmasdan turib keyinchalik alkogol mahsulotlarini sotishni amalga oshirish zarurati yuzaga kelgan taqdirda berayotgan tomon ma’lumotlarni aniqlashtirish uchun quyidagi harakatlarni amalga oshiradi:
a) tajriba loyihasi ishtirokchisi — alkogol mahsulotlarini qabul qilishni amalga oshiruvchi alkogol mahsulotlari muomalasi ishtirokchisi Administratorga elektron raqamli imzosi bilan imzolangan alkogol mahsulotlarini berish (qabul qilish) to‘g‘risida xabar beradi hamda o‘z elektron raqamli imzosi bilan imzolangan alkogol mahsulotlarini berishda aniqlangan nomuvofiqliklar to‘g‘risida xabarnoma yuboradi;
aniqlangan nomuvofiqliklarni ko‘rsatgan holda alkogol mahsulotlarini berish to‘g‘risidagi habarnoma quyidagi berilgan (qabul qilingan) alkogol mahsulotlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi:
beruvchi tomonning STIRi;
qabul qiluvchi tomonning STIRi;
qabul qilingan alkogol mahsulotlari uchun identifikatsiyalash vositalarida mavjud bo‘lgan markirovkalash kodlari va identifikatsiya kodlari ro‘yxati;
sotib olish narxi;
qabul qilingan sana;
birlamchi hujjatlarning rekvizitlari.
b) Administrator aniqlangan nomuvofiqliklar mavjud bo‘lgan alkogol mahsulotlarini berish to‘g‘risida xabarnomani olganda, real vaqt rejimida identifikatsiya qilish reyestrida qabul qilingan xabarnomalardagi barcha ma’lumotlarni ko‘rsatgan holda alkogol mahsulotlari muomalasining bir ishtirokchisidan boshqasiga alkogol mahsulotlariga bo‘lgan mulk huquqining o‘tishini aks ettiradi;
v) bitim tomonlari bo‘lgan alkogol mahsulotlari muomalasining ishtirokchisi alkogol mahsulotlarini berish (qabul qilish) to‘g‘risidagi ma’lumotlarni aniqlashtirish to‘g‘risidagi xabarnoma shakllantiradi, har ikki tomonning vakolatli vakillari tomonidan ushbu xabarni imzolaydi va uni Administratorga yuboradi;
g) Administrator real vaqt rejimida berish (qabul qilish) to‘g‘risidagi xabarnoma olinganida identifikatsiya qilish vositalari reyestrida xabarnomadagi barcha ma’lumotlarni ko‘rsatgan holda alkogol mahsulotiga bo‘lgan mulk huquqini bir ishtirokchidan boshqasiga o‘tish holatini aks ettiradi.
Administrator ma’lumotlarini aniqlashtirish to‘g‘risidagi xabarnoma olinganida, real vaqt rejimida identifikatsiya qilish vositalar reyestrida xabarnomadagi barcha ma’lumotlarni ko‘rsatgan holda alkogol mahsulotiga bo‘lgan mulk huquqini bir muomala ishtirokchidan boshqasiga o‘tish holatini aks ettiradi.
66. Alkogol mahsulotlari chiqarilganligi to‘g‘risidagi xabarnomada nomuvofiqlik aniqlangan taqdirda, alkogol mahsulotlarini import qiluvchi alkogol mahsulotlari muomalasi ishtirokchisi Administratorga quyidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan aniqlangan nomuvofiqliklar aks ettirilgan alkogol mahsulotlari chiqarilganligi to‘g‘risidagi imzolangan xabarnomani yuboradi:
alkogol mahsulotlarini import qiluvchining STIRi;
berilgan (qabul qilingan) alkogol mahsulotlari va/yoki mahsulotlari qadoqlari uchun identifikatsiya qilish vositalarida mavjud bo‘lgan mahsulot kodlari va identifikatsiya kodlari ro‘yxati;
nomuvofiqliklar aniqlangan markirovkalash kodlari va identifikatsiya kodlari ro‘yxati;
ushbu mahsulot ishlab chiqarilgan maydonning manzili;
alkogol mahsulotlarini import qiluvchi ro‘yxatdan o‘tgan va muomala ishtirokchisining mazkur mahsulot joylashtirilgan maydonining manzili;
alkogol mahsulot ishlab chiqarilgan sana;
mahsulotlari deklaratsiyasi rekvizitlari.
67. Alkogol mahsulotlarini muomalaga qayta kiritish uchun (agar alkogol mahsulotlari muomalasi ishtirokchisi chakana bo‘g‘indagi mahsulot muomala ishtirokchisi bo‘la turib, alkogol mahsulotini keyinchalik sotish uchun chakana bo‘g‘indagi boshqa ishtirokchidan sotib olgan bo‘lsa) quyidagi harakatlar amalga oshiriladi:
a) alkogol mahsulotlari muomalasi ishtirokchisi (qabul qiluvchi tomon):
real vaqt rejimida alkogol mahsulotlari sotib olingan kundan boshlab, lekin ushbu mahsulotga bo‘lgan mulkiy huquq oluvchidan uchinchi shaxslarga o‘tish paytidan kechiktirmay, Administratorga alkogol mahsulotlari haqida quyidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan, chakana sotishdan keyin alkogol mahsulotlari muomalasini tiklash to‘g‘risidagi xabarnomani yuboradi:
beruvchi tomonning STIRi;
qabul qiluvchi tomonning STIRi;
alkogol mahsulotlarining berilgan (qabul qilingan) qadoqlar uchun identifikatsiya qilish vositalarida mavjud bo‘lgan mahsulotlari identifikatsiya raqamlari va identifikatsiya kodlari ro‘yxati;
sotish (sotib olish) narxi;
berish (qabul qilish) sanasi;
fiskal hujjatning — alkogol mahsulotlari sotib olish faktini tasdiqlovchi onlayn nazorat-kassa mashinasi chekining rekvizitlari va zarurat tug‘ilganda boshqa hujjatning rekvizitlari;
b) Administrator chakana sotishdan keyin alkogol mahsulotlarini muomalasi qayta tiklash to‘g‘risidagi xabarnoma olganidan keyin 4 (to‘rt) soat ichida identifikatsiya qilish vositalari reyestrida barcha ma’lumotlarni ko‘rsatgan holda xabarnomada mavjud alkogol mahsulotini muomalada tiklash va unga bo‘lgan mulk huquqlarining o‘tishi holatini aks ettiradi.
68. Administratorga oldindan taqdim etilgan markirovkalash kodlarini hisobdan chiqarish to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘g‘rilash va bekor qilish uchun quyidagi harakatlar amalga oshiriladi:
a) alkogol mahsulotlari muomalasining ishtirokchisi Administratorga aloqa kanallari orqali yoki MMK ATyordamida alkogol mahsulotlarini olib tashlash to‘g‘risidagi xabarnomadagi alkogol mahsulotlari haqida bir xil ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan identifikatsiya qilish vositalar reyestriga kiritilgan markirovkalash kodlarini hisobdan chiqarish to‘g‘risidagi ilgari taqdim etilgan ma’lumotlarni to‘g‘rilash yoki bekor qilish uchun aniqlashtiruvchi ma’lumotlar, shuningdek, to‘g‘rilanayotgan (bekor qilinadigan) xabarnomaning rekvizitlari;
b) Administrator aniqlashtiriladigan ma’lumotlar mazkur Vaqtincha nizomda belgilangan talablariga muvofiq bo‘lsa:
identifikatsiya qilish vositalari reyestriga o‘zgartirishlar kiritadi;
aniqlashtiradigan ma’lumotlar olingan kundan boshlab, real vaqt rejimida ishtirokchini bu haqda xabardor qiladi.
69. Qayta tiklashni aniqlash to‘g‘risidagi ma’lumotlarni aks ettirish uchun quyidagi harakatlar amalga oshiriladi:
a) alkogol mahsulotlari muomalasining ishtirokchisi Administratorga alkogol mahsulotlarini markirovkalash kodining egasi haqidagi ma’lumotni aniqlashtirish to‘g‘risida quyidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan kamchilik va ortiqcha deb hisoblangan aniqlangan markirovkalash kodlarini ko‘rsatuvchi xabarnomani shakllantiradi va yuboradi:
tajriba loyihasi ishtirokchisining STIRi;
alkogol mahsulotlari iste’mol idishining aniqlangan (yo‘q bo‘lgan) birliklari uchun identifikatsiya qilish vositalarida mavjud bo‘lgan markirovkalash kodlari va identifikatsiya kodlari ro‘yxati;
dastlabki hujjatning rekvizitlari.
b) Administrator, ma’lumotlar o‘rnatilgan talablarga javob bersa, mazkur Vaqtincha nizomga muvofiq:
identifikatsiya qilish vositalari reyestriga o‘zgartirishlar kiritadi;
aniqlashtiruvchi ma’lumotlar olingan paytdan boshlab, real vaqt rejimida ishtirokchiga bunday o‘zgarishlar haqida xabar beradi;
alkogol mahsulotlari muomalasi ishtirokchisiga amalga oshirilgan aniqlashtirish ishlari haqida xabar beradi.
70. Chakana sotish doirasida identifikatsiya qilish vositalar reyestriga ilgari muomalasidan chiqarilgan markirovkalash kodlari bo‘yicha aniqlik kiritishga yo‘l qo‘yilmaydi.
12-bob. Administrator tomonidan tajriba loyihasi ishtirokchilariga qo‘shimcha xizmat ko‘rsatish
71. Tajriba loyihasi ishtirokchilariga MMK ATdagi ma’lumotlarni taqdim etish, shuningdek, bunday ma’lumotlarni olish ham shaxsiy kabinetda, ham elektron hujjatlarni almashish orqali amalga oshiriladi.
72. Alkogol mahsulotlari muomalasining har bir ishtirokchisi MMK ATga berilgan asosiy ma’lumotni va Administratorning amaldagi qonunchilik doirasida boshqa ishtirokchilardan olingan ma’lumotlarni umumlashtirish natijasida olingan shaxsiy bo‘lmagan ma’lumotlarni olish huquqiga ega.
73. Mazkur Vaqtincha nizomda nazarda tutilgan funksiyalarni samarali ijro etishni ta’minlash uchun Administrator alkogol mahsulotlari muomalasining ishtirokchisiga uning so‘roviga binoan reyestrlarda aks ettirilgan ma’lumotlarni taqdim etadi.
74. Alkogol mahsulotlari muomalasining ishtirokchisi so‘rovda rasmiylashtirilgan hisobotning turi va ushbu hisobotning shakllanishi parametrlarini ko‘rsatadi.
75. Administrator alkogol mahsulotlari muomalasi ishtirokchilari to‘g‘risidagi quyidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan hisobotlarni shakllantirishni ta’minlaydi:
a) alkogol mahsulotlari, shu jumladan agregatlar tarkibidagi iste’mol, guruh va transport qadoqlarining ro‘yxati:
tajriba loyihasi ishtirokchisi omboriga kelib tushgan;
alkogol mahsulotlari muomalasining ishtirokchisi tomonidan alkogol mahsulotlari muomalasining boshqa ishtirokchilariga berilgan;
alkogol mahsulotlari muomalasining ishtirokchisi tomonidan muomaladan chiqarilgan;
alkogol mahsulotlari muomalasi ishtirokchisi omborida joylashgan qadoqlari.
b) alkogol mahsulotlarining muayyan qadoqlalar harakati tarixi;
v) alkogol mahsulotlari muomalasining ishtirokchisi tomonidan tayyorlangan alkogol mahsulotlarini berish to‘g‘risidagi xabarnomada noto‘g‘ri ma’lumotlarning mavjudligi va yo‘qligi;
g) alkogol mahsulotlari muomalasining ishtirokchisi tomonidan Administratorga topshirilgan hujjatlar ro‘yxati va mazmuni.
13-bob. Qo‘mitaning Administrator bilan axborot o‘zaro hamkorligi
76. Tajriba loyihasi ishtirokchilariga, shu jumladan Qo‘mitaga, MMK ATdagi ma’lumotlarni taqdim etish, shuningdek, bunday ma’lumotlarni olish shaxsiy kabinetda ham, elektron hujjatlarni almashish orqali ham amalga oshiriladi.
Tajriba loyihasining har bir ishtirokchisi — alkogol mahsulotlari muomalasining subyekti u tomonidan MMK ATga berilgan dastlabki ma’lumotlarni hamda Administratorning amaldagi qonunchilik doirasida boshqa ishtirokchilardan olingan ma’lumotlarni umumlashtirish yo‘li bilan olingan shaxsiy bo‘lmagan ma’lumotlarni olishi mumkin.
77. Qo‘mita tuzilgan shartnomalarga muvofiq Administratordan tahliliy va statistik hisobotlarni oladi:
a) Administrator Qo‘mitaga shaxsiy kabinet orqali tizimda mavjud bo‘lgan ma’lumotlarni ko‘rish, shuningdek, ma’lumotlarni .x1s (Microsoft Exse1) formatda yuklab olish imkoniyati bilan MMK ATdan foydalanishni tayminlaydi.
b) Administrator ma’lumot (axborot) almashish imkoniyatini beradi. Ko‘rsatilgan ma’lumotlar (axborotlar) tarkibi, ularni taqdim etish tartibi, shakli (formati) va muddatlari Administrator va Qo‘mita o‘rtasidagi axborot o‘zaro hamkorligi bayonnomalari bilan belgilanadi;
v) Administrator Qo‘mita tomonidan beriladigan MMK ATdagi ma’lumotlarni joylashtirishni ta’minlaydi.
78. Ko‘rsatilgan ma’lumotlar (axborotlar) tarkibi, ularni taqdim etish tartibi, shakli (formati) va muddatlari Administrator va Qo‘mita o‘rtasida axborot o‘zaro hamkorligi bayonnomalari bilan belgilanadi.
Alkogol mahsulotlarini markalash va kuzatish bo‘yicha tajriba loyihasini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi vaqtincha nizomga ILOVA
Alkogol mahsulotlarini markirovkalash va kuzatish bo‘yicha tajriba loyihasini amalga oshirish bo‘yicha
SXEMASI
Subyektlar
Tadbirlar
Ijro muddati
1-bosqich. Subyektni ro‘yxatdan o‘tkazish
Tajriba loyihasi ishtirokchisi
Zarur ma’lumotlar ko‘rsatilgan arizani Administratorga aloqa kanallari orqali yuboradi yoki uni tovarlarni markirovkalash va kuzatib borish axborot tizimining veb-saytida (keyingi o‘rinlarda MMK AT) shakllantiradi.
Real vaqt rejimida
Administrator
Agar ariza vaqtincha nizomda belgilangan talablarga muvofiq bo‘lsa:
subyektni ishtirokchilar reyestriga kiritadi;
ishtirokchi uchun shaxsiy kabinet ochadi;
subyektga ishtirokchilar reyestriga kiritilgani va shaxsiy kabinet ochilgani to‘g‘risida xabar beradi. Xabarnomada, shuningdek, ishtirokchilar reyestridagi tajriba loyihasi ishtirokchilari to‘g‘risidagi ma’lumotlarga berilgan ro‘yxatdan o‘tish raqamlari ko‘rsatiladi.
Ariza olingan vaqtdan boshlab 2 (ikki) soatdan ko‘p bo‘lmagan muddatda
Administrator
Vaqtincha nizom talablariga javob bermaydigan ma’lumot yuborilganda va/yoki zarur ma’lumotlar taqdim etilmagan taqdirda, subyektni ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etadi.
Ariza olingan vaqtdan boshlab 2 (ikki) soatdan ko‘p bo‘lmagan muddatda
2-bosqich. Alkogol ma?sulotlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ro‘yxatdan o‘tkazish
Tajriba loyihasi ishtirokchisi
Zarur ma’lumotlar ko‘rsatilgan holda alkogol mahsulotlarni qayd etish bo‘yicha arizani Administratorga aloqa kanallari orqali yuboradi yoki uni MMK AT veb-saytida shakllantiradi
Real vaqt rejimida
Administrator
Arizada ko‘rsatilgan ma’lumotlar Vaqtincha nizom talablariga muvofiq bo‘lgan taqdirda:
arizada keltirilgan ma’lumotlarni mahsulot reyestriga kiritadi;
tajriba loyihasi ishtirokchisini alkogol mahsulotlari mahsulotlar reyestriga kiritilganligi to‘g‘risida xabardor qiladi.
Real vaqt rejimida
3-bosqich. Markirovkalash uchun kodlarni taqdim etish
Tajriba loyihasi ishtirokchisi
Mahsulotlar reyestriga kiritilgan alkogol mahsulotlarini markirovkalash uchun kodlarni olishga Administratorga aloqa kanallari �rqali quyidagi axborotni o‘z ichiga olgan buyurtmani yuboradi:
Mahsulot reyestriga kiritilganida alkogol mahsulotlariga berilgan mahsulot identifikatsiya raqami;
talab qilingan kodlar soni;
sana, vaqti va ishlab chiqarilgan joyi to‘g‘risida qo‘shimcha ma’lumotlar (mavjud bo‘lsa)
Real vaqt rejimida
Administrator
Agar buyurtmada ko‘rsatilgan ma’lumotlar vaqtincha nizom talablariga muvofiq bo‘lsa:
kerakli miqdordagi markirovkalash kodlarini seriyalashtiradi;
tajriba loyihasi ishtirokchisi — ishlab chiqaruvchi yoki alkogol mahsulotlari import qiluvchiga ushbu kodlarning ro‘yxatini taqdim etadi;
taqdim etilgan kodlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni AT reyestriga kiritadi.
Real vaqt rejimida
Tajriba loyihasi ishtirokchisi
Administratorga ro‘yxatdagi kodlar olinganligi to‘g‘risidagi tasdiqni yuboradi.
Markirovka kodlari ro‘yxati olingan vaqtdan boshlab real vaqt rejimida
Alkogol mahsulotlarining iste’mol qadog‘ida identifikatsiya vositalarini qo‘llanilishini ta’minlaydi.
MMK ATga markirovkalash kodlaridan foydalanish to‘g‘risidagi ma’lumotni yuboradi (mahsulot kodi, identifikatsiya kodi, markirovkalash sanasi va vaqti, qo‘llaniladigan identifikatsiya vositalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar).
Alkogol mahsulotlarining iste’mol konteynyerlarida identifikatsiyalash vositalarini qo‘llanilganidan so‘ng
4-bosqich. Alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularning muomalasini monitoring qilish
Tajriba loyihasi ishtirokchisi (ishlab chiqaruvchi)
Alkogol mahsulotlari eksport qiluvchi mamlakat hududida hamda tovar O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilgandan keyin agregatsiya qilinadi.
Real vaqt rejimida
MMK AT orqali avtomatik rejimda Administratorga mahsulot kodlari, yangi guruh va transport paketlarini identifikatsiyalash, shuningdek, mahsulot va qadoqlash kodlari ro‘yxati, shu jumladan avvalgi darajadagi qadoqlar (masalan, palletlarni tuzishda, uning tarkibiga kiruvchi qutilar ro‘yxati ko‘rsatiladi) to‘g‘risidagi ma’lumotlar bo‘yicha xabar beradi.
Real vaqt rejimida
Mulkka egalik huquqi o‘tkazilganligini yoki tovarlarni sotish uchun berilganligini tasdiqlovchi birlamchi hujjat asosida tajriba loyihasi ishtirokchilari o‘rtasida alkogol mahsulotlar berish (qabul qilish) vaqtida bitim taraflari:
alkogol mahsulotlarni topshirish (qabul qilish) to‘g‘risida tovar yo‘llanma varaqasi shaklida bildirishnoma tuzadi;
tomonlarning vakolatli shaxslari tomonidan ko‘rsatilgan bildirishnoma imzolanadi;
topshirish (qabul qilish) to‘g‘risida bildirishnoma va birlamchi hujjatning elektron nusxasini MMK ATga yuboradi, shuningdek, ma’lumotni elektron hisob-varaq faktura ma’lumotlari bilan integratsiyalashtiradi.
Alkogol mahsulotlarga egalik huquqi o‘tgandan so‘ng 72 (yetmish ikki) soatdan ko‘p bo‘lmagan muddatda
Tajriba loyihasi ishtirokchisi
(import qiluvchi)
Import qilinayotgan tovarlarni erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtiradi.
Real vaqt rejimida
Erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtirilgandan keyin Administratorga tovarlar deklaratsiyasida ko‘rsatilgan tovarlarni chiqarish to‘g‘risida quyidagi ma’lumotlarni taqdim etadi:
bojxona organi kodi;
tovar deklaratsiyasini ro‘yxatdan o‘tkazish sanasi;
tovar deklaratsiyasini ro‘yxatdan o‘tkazish raqami;
TIF TN kodlari;
transport qadoqlarining markirovka kodi va tovar nomi;
tovarning kelib chiqish mamlakati kodi.
Administrator
Ma’lumotlarni olgandan keyin ularni AT reyestrida aks etilishini ta’minlaydi.
Real vaqt rejimida
5-bosqich. Alkogol mahsulotlarini muomaladan chiqarish
Tajriba loyihasi ishtirokchisi
Ulgurji tashkilot alkogol mahsulotlarini onlayn — kassa apparatlari mavjud bo‘lmagan chakana tashkilotlarga sotayotgan hollarda, tajriba loyihasining ishtirokchisi — ulgurji savdo tashkiloti sotiladigan alkogol mahsulotlari qadoqlarida qo‘llanilgan identifikatsiyalash vositasini onlayn-kassa apparatlari bilan birlashtirilgan texnik vositalar yordamida skanerlaydi va taniydi.
Real vaqt rejimida
Tajriba loyihasi ishtirokchisi
Chakana savdoni amalga oshirishda tajriba loyihasining ishtirokchisi sotiladigan alkogol ma�sulotlarining iste’mol qadoqlarida qo‘llanilgan identifikatsiyalash vositasini qonunda belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tgan onlayn-kassa apparatlari bilan birlashtirilgan texnik vositalar yordamida skanerlaydi va taniydi.
Real vaqt rejimida
Tajriba loyihasi ishtirokchisi
Mahsulot kodi va identifikatsiya kodi to‘g‘risidagi ma’lumotlar onlayn-kassa apparati orqali shakllantirilgan “kassa cheki” fiskal hujjatga kiritiladi.
Real vaqt rejimida
Fiskal ma’lumotlar operatori
Nazorat kassa chekidagi sotilgan har bir birlik bo‘yicha nazorat kassa mashinasining ro‘yxatga olingan raqami, sotilgan sana, sotish narxi, mahsulot kodi va tarkibidagi identifikatsiya kodi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni MMK ATga uzatadi. Onlayn-kassa apparati ishlamay qolishi hollari bundan mustasno.
Alkogol mahsulotlarga realizatsiya qilingandan so‘ng 24 (yigirma to‘rt) soatdan ko‘p bo‘lmagan muddatda
Adm?nistrator
Fiskal ma’lumotlar operatoridan olingan ma’lumotlarga muvofiq identifikatsiyalash vositasi bilan markirovkalangan alkogol mahsulotlarning muomaladan chiqishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni AT reyestrida aks ettiriladi
Real vaqt rejimida
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-noyabrdagi 944-son qaroriga 4-ILOVA
Sigaretalarni markirovkalash va kelgusida kuzatish tajriba loyihasini amalga oshirish bo‘yicha
AMALIY ChORA-TADBIRLAR REJASI
T/r
Chora-tadbirning nomi
Amalga oshirish mexanizmi
Amalga oshirish muddati
Mas’ul ijrochilar
1. Sigaretalarni markirovkalash bo‘yicha metodologik tajriba bazasini yaratish
1.1
Tajriba loyihasini amalga oshirish bo‘yicha ishchi guruh tuzish.
Tajriba loyihasini amalga oshirish bo‘yicha ishchi guruh tarkibini kelishish va tasdiqlash.
2019-yil dekabr
Davlat soliq qo‘mitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar, “CRPT TURON” MChJ, tajriba loyihasi ishtirokchilari
1.2.
Hujjatlarning shakllari va formatlarini tasdiqlash.
Sigaretalarni muomalasi subyektlariga kiradigan tajriba loyihasi ishtirokchilarining MMK AT bilan o‘zaro aloqadorligi foydalaniladigan elektron hujjatlarning shakllari va formatlarini, shuningdek, ushbu hujjatlarni to‘ldirish qoidalari, tekshirish qoidalari va shu bilan birga foydalaniladigan ma’lumotnomalarni ishlab chiqish va tasdiqlash.
2019-yil dekabr
Davlat soliq qo‘mitasi manfaatdor vazirlik va idoralar, “CRPT TURON” MChJ
2. Ishtirokchilarni tajriba loyihasini amalga oshirishga tayyorlash tartibi
2.1.
Ishtirokchilar tarkibini aniqlash.
Tajr�ba loyihasi ishtirokchilarining tarkibini aniqlash.
2019-yil dekabr
Davlat soliq qo‘mitasi
2.2.
Ishtirokchilar bilan yig‘ilishlar o‘tkazish.
Tajriba loyihasini amalga oshirish mexanizmlari bilan tanishtirish maqsadida tajriba loyihasi ishtirokchilari bilan yig‘ilishlar tashkil etish.
2019-yil dekabr
Davlat soliq qo‘mitasi
2.3.
Sigaretalarni sotish mexanizmlarini o‘rganish.
Ishlab chiqaruvchilar, tarqatuvchilar va chakana savdo qiluvchilarning mavjud ishlab chiqarish, logistika va axborot tizimlarini o‘rganish.
2019-yil dekabr
“CRPT TURON” MChJ Davlat soliq qo‘mitasi
Import qiluvchilar, tarqatuvchilar va chakana savdo qiluvchilarning mavjud ishlab chiqarish, logistika va axborot tizimlarini o‘rganish.
2019-yil dekabr
“CRPT TURON” MChJ, Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Moliya vazirligi
2.4.
Tajriba loyihasi ishtirokchilarini o‘qitish.
Tajriba loyihasini amalga oshirish bo‘yicha seminar va o‘quv treninglar tashkil etish.
2019-yil dekabr
“CRPT TURON” MChJ, Davlat soliq qo‘mitasi
3. Tajriba loyihasini boshlash uchun texnik tayyorgarlik
3.1.
Tajriba loyihasini ishga tushirish uchun infratuzilmani tayyorlash.
Tajriba loyihasini ishga tushirish uchun infratuzilmani tayyorlash, operator maydonida zarur identifikatsiya qilish vositalari komponentlarini o‘rnatish, MMK AT ni sozlash va ishga tushirish.
2019-yil dekabr
“CRPT TURON” MChJ
3.2
Ishtirokchilar maydonlarida zarur identifikatsiya qilish vositalarni o‘rnatish.
Tajriba loyihasining ishtirokchilari maydonida zarur identifikatsiya qilish vositalari komponentlarini o‘rnatish va MMK ATga ulanishini ta’minlash.
2019-yil dekabr
“CRPT TURON” MChJ, tajriba loyihasi ishtirokchilari
4. Tajriba loyihasini ishga tushirish
4.1
Tajriba loyihasini ishga tushirish.
Tajriba loyihasining har bir bosqichini boshlash, mahsulotlarni identifikatsiya vositalari yordamida markirovkalash va kelgusida kuzatish mexanizmlarini yo‘lga qo‘yish.
2020-yil yanvar
Davlat soliq qo‘mitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar, “CRPT TURON” MChJ, tajriba loyihasi ishtirokchilari
4.2.
Tajriba loyihasi ishtirokchilarini ro‘yxatdan o‘tkazish.
Tajriba loyihasi ishtirokchilarini identifikatsiya qilish vositalarida ro‘yxatga olish (ishlab chiqaruvchilar, ulgurji sotuvchilar, chakana sotuvchilar).
2019-yil dekabr
“CRPT TURON” MChJ, tajriba loyihasi ishtirokchilari
4.3.
Identifikatsiya qilish vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish.
Tajriba loyihasi davomida ishlab chiqarish yoki muomalasi amalga oshiriladigan sigaretalarnini (sigareta turini) identifikatsiya qilish vositalarida ro‘yxatdan o‘tkazish.
2019-yil dekabr
“CRPT TURON” MChJ, tajriba loyihasi ishtirokchilari
5. Sigaretalarni ishlab chiqaruvchilari tomonidan mahsulotlarni markirovkalash va kelgusida kuzatish mexanizmlarini sinov tarzda bosqichma-bosqich amalga oshirish
5.1.
Ishlab chiqariladigan sigaretalarni ro‘yxatdan o‘tkazish.
Tajriba loyihasi davomida ishlab chiqariladigan sigaretalarni (sigareta tovarlarni) MMK ATda ro‘yxatdan o‘tkazish.
Zaruriyatga ko‘ra
5.2.
Mahsulotlarni markirovkalash mexanizmini sinov tarzda o‘tkazish.
Ishlab chiqaruvchilar tomonidan mahsulotlarni identifikatsiya qilish vositalari orqali markirovkalash mexanizmini sinov tarzda o‘tkazish.
2019-yil dekabr
“CRPT TURON” MChJ tajriba loyihasi ishtirokchilari
5.3.
Sigaretalarni ishlab chiqaruvchilardan ulgurji savdo tashkilotlariga yetkazish va chakana sav�o tashkilotlari o‘rtasida taqsimlashni sinov tarzda o‘tkazish.
Sigaretalarni ishlab chiqaruvchilari ulgurji bo‘g‘in muomalasi ishtirokchilari bilan birgalikda sigaretalarni ishlab chiqaruvchilardan ulgurji savdo tashkilotlariga berish va chakana savdo tashkilotlari o‘rtasid? taqsimlashni sinov tarzda o‘tkazish.
2019-yil dekabr
“CRPT TURON” MChJ tajriba loyihasi ishtirokchilari
6. Sigaretalarni import qiluvchilari tomonidan mahsulotlarni markirovkalash va kelgusida kuzatish mexanizmlarini sinov tarzda bosqichma-bosqich amalga oshirish
6.1.
Import qilingan sigaretalarni yorliqlash jarayoni va usullarini aniqlash.
Respublika hududiga import qilinayotgan sigaretalarni yorliqlash jarayonini va usullarini o‘rganish.
2020-yil fevral
Davla� soliq qo‘mitasi, “CRPT TURON” MChJ, tajriba loyihasi ishtirokchilari
6.2.
Import qilinadigan sigaretalarni ro‘yxatdan o‘tkazish.
Tajriba loyihasi davomida import qilinadigan sigaretalarni (sigareta tovarlarni) MMK ATda ro‘yxatdan o‘tkazish.
2020-yil fevral
“CRPT TURON” MChJ, tajriba loyihasi ishtirokchilari
6.3..
Sigaretalarni markirovkalash mexanizmini sinov tarzda o‘tkazish.
Tajriba loyihasi ishtirokchilari — sigaretalarni import qiluvchilari tomonidan identifikatsiya qilish vositalari orqali sigaretalarni markirovkalash mexanizmini sinov tarzda o‘tkazish.
2020-yil fevral
“CRPT TURON” MChJ, tajriba loyihasi ishtirokchilari
6.4.
Import qilingan sigaretalarni ulgurji va chakana savdo tashkilotlari o‘rtasida taqsimlashni sinov tarzda o‘tkazish.
Tajriba loyihasi ishtirokchilari-sigaretalarni import qiluvchilari va ulgurji bo‘g‘in muomalasi ishtirokchilari bilan birgalikda sigaretalarni ulgurji savdo tashkilotlariga berish va chakana savdo tashkilotlari o‘rtasida taqsimlashni sinov tarzda o‘tkazish.
2020-yil fevral
“CRPT TURON” MChJ, tajriba loyihasi ishtirokchilari
7. Ulgurji va chakana bo‘g‘in muomalasining ishtirokchilari tomonidan mahsulotlarni iste’molchilarga yetkazish mexanizmlarini sinov tarzda bosqichma-bosqich amalga oshirish
7.1.
Sigaretalarni iste’molchilarga yetkazish mexanizmini sinov tarzda o‘tkazish.
Ulgurji va chakana bo‘g‘in muomalasining ishtirokchilari tomonidan sigaretalarni iste’molchilarga yetkazish mexanizmini sinov tarzda o‘tkazish.
2019-yil dekabr
“CRPT TURON” MChJ, tajriba loyihasi ishtirokchilari
7.2.
NKM tizimini tajriba loyihasi talablariga mos keltirish.
Fiskal ma’lumotlar operatori va NKM texnik xizmat ko‘rsatish markazlari tomonidan ishlatiladigan NKM modellari va axborot tizimlarini Tajriba loyihasi talablariga mos kelishini o‘rganish va zarur vaziyatlarida to‘g‘irlashini ta’minlash.
2019-yil dekabr
Fiskal ma’lumotlar operatori, Onlayn nazorat-kassa mashinalariga texnik xizmat ko‘rsatish markazlari, Davlat soliq qo‘mitasi
7.3.
Sigaretalarni muomaladan chiqarish mexanizmini sinov tarzda amalga oshirish.
Chakana bo‘g‘in muomalasi ishtirokchilari tomonidan sigaretalarni muomaladan chiqarish mexanizmini sinov tarzda o‘tkazish.
2019-yil dekabr
“CRPT TURON” MChJ, tajriba loyihasi ishtirokchilari
7.4.
Tajriba loyihasi yuzasidan dastlabki natijalarini bo‘yicha uchrashuv o‘tkazish.
Tajriba loyihasi ishtirokchilari bilan sigaretalarni markirovkalash tizimining dastlabki natijalarini sarhisob qilish maqsadida uchrashuv o‘tkazish.
2020-yil yanvar
Davlat soliq qo‘mitasi “CRPT TURON” MChJ, tajriba loyihasi ishtirokchilari
8. Tajriba loyihasini sarhisob qilish
8.1.
Tajriba loyihasi natijalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazish.
Tajriba loyihasi ishtirokchilari bilan tajriba loyihasi natijalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazish.
2020-yil may
Davlat soliq qo‘mitasi, “CRPT TURON” MChJ, tajriba loyihasi ishtirokchilari
8.2.
Tajriba loyihasi natijalari yuzasidan hisobotni Vazirlar Mahqamasiga yuborish.
Sigaretalarni markirovkalash tizimining tajriba loyihasi natijalari haqida Vazirlar Mahqamasiga ma’lumot yuborish.
2020-yil 30-iyun kuniga qadar
Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-noyabrdagi 944-son qaroriga 5-ILOVA
Alkogol mahsulotlarni markirovkalash va kelgusida kuzatish tajriba loyihasini amalga oshirish bo‘yicha
AMALIY ChORA-TADBIRLAR REJASI
T/r
Chora-tadbirning nomi
Amalga oshirish mexanizmi
Amalga oshirish muddati
Mas’ul ijrochilar
1. Alkogol mahsulotlarni markirovkalash bo‘yicha metodologik tajriba bazasini yaratish
1.1
Tajriba loyihasini amalga oshirish bo‘yicha ishchi guruh tuzish.
Tajriba loyihasini amalga oshirish bo‘yicha ishchi guruh tarkibini kelishish va tasdiqlash.
2019-yil dekabr
Davlat soliq qo‘mitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar, “CRPT TURON” MChJ, tajriba loyihasi ishtirokchilari
1.2.
Hujjatlarning shakllari va formatlarini tasdiqlash.
Alkogol mahsulotlari muomalasi subyektlariga kiradigan tajriba loyihasi ishtirokchilarining MMK AT bilan o‘zaro aloqadorligi foydalaniladigan elektron hujjatlarning shakllari va formatlarini, shuningdek, ushbu hujjatlarni to‘ldirish qoidalari, tekshirish qoidalari va shu bilan birga foydalaniladigan ma’lumotnomalarni ishlab chiqish va tasdiqlash.
2019-yil dekabr
Davlat soliq qo‘mitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar, “CRPT TURON” MChJ
2. Ishtirokchilarni tajriba loyihasini amalga oshirishga tayyorlash tartibi
2.1.
Ishtirokchilar tarkibini aniqlash.
Tajriba loyihasi ishtirokchilarining tarkibini aniqlash.
2019-yil dekabr
Davlat soliq qo‘mitasi
2.2.
Ishtirokchilar bilan yig‘ilishlar o‘tkazish.
Tajriba loyihasini amalga oshirish mexanizmlari bilan tanishtirish maqsadida tajriba loyihasi ishtirokchilari bilan yig‘ilishlar tashkil etish.
Ishlab chiqaruvchilar, tarqatuvchilar va chakana savdo qiluvchilarning mavjud ishlab chiqarish, logistika va axborot tizimlarini o‘rganish.
2019-yil dekabr
“CRPT TURON” MChJ, Davlat soliq qo‘mitasi
Import qiluvchilar, tarqatuvchilar va chakana savdo qiluvchilarning mavjud ishlab chiqarish, logistika va axborot tizimlarini o‘rganish.
2019-yil dekabr
“CRPT TURON” MChJ, Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Moliya vazirligi
2.4.
Tajriba loyihasi ishtirokchilarini o‘qitish.
Tajriba loyihasini amalga oshirish bo‘yicha seminar va o‘quv treninglar tashkil etish.
2019-yil dekabr
“CRPT TURON” MChJ , Davlat soliq qo‘mitasi
3. Tajriba loyihasini boshlash uchun texnik tayyorgarlik
3.1.
Tajriba loyihasini ishga tushirish uchun infratuzilmani tayyorlash.
Tajriba loyihasini ishga tushirish uchun infratuzilmani tayyorlash, operator maydonida zarur identifikatsiya qilish vositalari komponentlarini o‘rnatish, MMK AT ni sozlash va ishga tushirish.
2019-yil dekabr
“CRPT TURON” MChJ
3.2
Ishtirokchilar maydonlarida zarur identifikatsiya qilish vositalarni o‘rnatish.
Tajriba loyihasining ishtirokchilari maydonida zarur identifikatsiya qilish vositalari komponentlarini o‘rnatish va MMK ATga ulanishini ta’minlash.
2019-yil dekabr
“CRPT TURON” MChJ, tajriba loyihasi ishtirokchilari
4. Tajriba loyihasini ishga tushirish
4.1
Tajriba loyihasini ishga tushirish.
Tajriba loyihasining har bir bosqichini boshlash, mahsulotlarni identifikatsiya vositalari yordamida markirovkalash va kelgusida kuzatish mexanizmlarini yo‘lga qo‘yish.
2020-yil yanvar
Davlat soliq qo‘mitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar, “CRPT TURON” MChJ, tajriba loyihasi ishtirokchilari
4.2.
Tajriba loyihasi ishtirokchilarini ro‘yxatdan o‘tkazish.
Tajriba loyihasi ishtirokchilarini identifikatsiya qilish vositalarida ro‘yxatga olish (ishlab chiqaruvchilar, ulgurji sotuvchilar, chakana sotuvchilar).
2019-yil dekabr
“CRPT TURON” MChJ, tajriba loyihasi ishtirokchilari
4.3.
Identifikatsiya qilish vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish.
Tajriba loyihasi davomida ishlab chiqarish yoki muomalasi amalga oshiriladigan alkogol mahsulotlarni (alkogol mahsulotlarni turlarini) identifikatsiya qilish vositalarida ro‘yxatdan o‘tkazish.
2019-yil dekabr
“CRPT TURON” MChJ, tajriba loyihasi ishtirokchilari
5. Alkogol mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilari tomonidan mahsulotlarni markirovkalash va kelgusida kuzatish mexanizmlarini sinov tarzda bosqichma-bosqich amalga oshirish
5.1.
Ishlab chiqariladigan alkogol mahsulotlarni ro‘yxatdan o‘tkazish.
Tajriba loyihasi davomida ishlab chiqariladigan alkogol mahsulotlarni MMK ATda ro‘yxatdan o‘tkazish.
5.2.
Mahsulotlarni markirovkalash mexanizmini sinov tarzda o‘tkazish.
Ishlab chiqaruvchilar tomonidan alkogol mahsulotlarni identifikatsiya qilish vositalari orqali markirovkalash mexanizmini sinov tarzda o‘tkazish.
2019-yil dekabr
“CRPT TURON” MChJ, tajriba loyihasi ishtirokchilari
5.3.
Alkogol mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilardan ulgurji savdo tashkilotlariga yetkazish va chakana savdo tashkilotlari o‘rtasida taqsimlashni sinov tarzda o‘tkazish.
Alkogol mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilari ulgurji bo‘g‘in muomalasi ishtirokchilari bilan birgalikda alkogol mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilardan ulgurji savdo tashkilotlariga berish va chakana savdo tashkilotlari o‘rtasida taqsimlashni sinov tarzda o‘tkazish.
2019-yil dekabr
“CRPT TURON” MChJ, tajriba loyihasi ishtirokchilari
6. Alkogol mahsulotlarni import qiluvchilari tomonidan mahsulotlarni markirovkalash va kelgusida kuzatish mexanizmlarini sinov tarzda bosqichma-bosqich amalga oshirish
6.1.
Import qilingan alkogol mahsulotlarni yorliqlash jarayoni va usullarini aniqlash.
Respublika hududiga import qilinayotgan alkogol mahsulotlarni yorliqlash jarayonini va usullarini o‘rganish.
2020-yil fevral
Davlat soliq qo‘mitasi, “CRPT TURON” MChJ, tajriba loyihasi ishtirokchilari
6.2.
Import qilinadigan alkogol mahsulotlarni ro‘yxatdan o‘tkazish.
Tajriba loyihasi davomida import qilinadigan alkogol mahsulotlarni (alkogol tovarlarini) MMK ATda ro‘yxatdan o‘tkazish.
2020-yil fevral
“CRPT TURON” MChJ, t�jriba loyihasi ishtirokchilari
6.3..
Alkogol mahsulotlarni markirovkalash mexanizmini sinov tarzda o‘tkazish.
Tajriba loyihasi ishtirokchilari — alkogol mahsulotlarni import qiluvchilari tomonidan identifikatsiya qilish vositalari orqali alkogol mahsulotlarni markirovkalash mexanizmini sinov tarzda o‘tkazish.
2020-yil fevral
“CRPT TURON” MChJ, tajriba loyihasi ishtirokchilari
6.4.
Import qilingan alkogol mahsulotlarni ulgurji va chakana savdo tashkilotlari o‘rtasida taqsimlashni sinov tarzda o‘tkazish.
Tajriba loyihasi ishtirokchilari- alkogol mahsulotlarni import qiluvchilari va ulgurji bo‘g‘in muomalasi ishtirokchilari bilan birgalikda alkogol mahsulotlarni ulgurji savdo tashkilotlariga berish va chakana savdo tashkilotlari o‘rtasida taqsimlashni sinov tarzda o‘tkazish.
2020-yil fevral
“CRPT TURON” MChJ, tajriba loyihasi ishtirokchilari
7. Ulgurji va chakana bo‘g‘in muomalasining ishtirokchilari tomonidan alkogol mahsulotlarni iste’molchilarga yetkazish mexanizmlarini sinov tarzda bosqichma-bosqich amalga oshirish
7.1.
Alkogol mahsulotlarni iste’molchilarga yetkazish mexanizmini sinov tarzda o‘tkazish.
Ulgurji va chakana bo‘g‘in muomalasining ishtirokchilari tomonidan Alkogol mahsulotlarni iste’molchilarga yetkazish mexanizmini sinov tarzda o‘tkazish.
2019-yil dekabr
“CRPT TURON” MChJ, tajriba loyihasi ishtirokchilari
7.2.
NKM tizimini tajriba loyihasi talablariga mos keltirish.
Fiskal ma’lumotlar operatori va NKM texnik xizmat ko‘rsatish markazlari tomonidan ishlatiladigan NKM modellari va axborot tizimlarini tajriba loyihasi talablariga mos kelishini o‘rganish va zarur vaziyatlarida to‘g‘irlashini ta’minlash.
2019-yil dekabr
Fiskal ma’lumotlar operatori, Onlayn nazorat-kassa mashinalariga texnik xizmat ko‘rsatish markazlari, Davlat soliq qo‘mitasi
7.3.
Alkogol mahsulotlarni muomaladan chiqarish mexanizmini sinov tarzda amalga oshirish.
Chakana bo‘g‘in muomalasi ishtirokchilari tomonidan alkogol mahsulotlarni muomaladan chiqarish mexanizmini sinov tarzda o‘tkazish.
2019-yil dekabr
“CRPT TURON” MChJ tajriba loyihasi ishtirokchilari
7.4.
Tajriba loyihasi yuzasidan dastlabki natijalarini bo‘yicha uchrashuv o‘tkazish.
Tajriba loyihasi ishtirokchilari bilan alkogol mahsulotlarni markirovkalash tizimining dastlabki natijalarini sarhisob qilish maqsadida uchrashuv o‘tkazish.
2020-yil yanvar
Davlat soliq qo‘mitasi, “CRPT TURON” MChJ, tajriba loyihasi ishtirokchilari
8. Tajriba loyihasini sarhisob qilish
8.1.
Tajriba loyihasi natijalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazish.
Tajriba loyihasi ishtirokchilari bilan tajriba loyihasi natijalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazish.
2020-yil may
Davlat soliq qo‘mitasi, “CRPT TURON” MChJ, tajriba loyihasi ishtirokchilari
8.2.
Tajriba loyihasi natijalari yuzasidan hisobotni Vazirlar Mahqamasiga yuborish.
Alkogol mahsulotlarni markirovkalash tizimining tajriba loyihasi natijalari haqida Vazirlar Mahqamasiga ma’lumot yuborish.
2020-yil 30-iyun kuniga qadar
Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.11.2019-y., 09/19/944/4067-son)