O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Neft va gaz geologiya-qidiruv ishlarini tashkil etish va olib borish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-iyuldagi “Aholi va iqtisodiyotni energiya resurslari bilan barqaror ta’minlash, neft-gaz tarmog‘ini moliyaviy sog‘lomlashtirish va uning boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4388-son qaroriga muvofiq, shuningdek, uglevodorod xom ashyosi uchun geologiya-qidiruv ishlari samaradorligi va natijadorligini yanada oshirish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va “O‘zbekneftgaz” AJning O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasiga (keyingi o‘rinlarda — Davlat geologiya qo‘mitasi) quyidagi funksiyalarni topshirish to‘g‘risidagi takliflari qabul qilinsin:
yangi uglevodorod xom ashyosi konlarini ochish uchun neft va gaz istiqbolli tuzilmalarini aniqlash va tayyorlashga qaratilgan ilmiy-tadqiqot, regional geologik-tasvirlash, geofizik va burg‘ulash ishlarini olib borish;
respublika uglevodorod xom ashyosi zaxiralarini jadal rivojlantirish va qayta tiklash, yangi uglevodorod xom ashyo konlarini ochishni ta’minlashga yo‘naltirilgan geologiya-qidiruv ishlari samaradorligi va natijadorligini oshirish ishlarini tashkillashtirish.
“O‘zbekneftgaz” AJ 2019-yil yakuniga qadar Davlat geologiya qo‘mitasiga ilmiy-tadqiqot va geofizik ishlarini olib borishning amaldagi loyihalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni hamda barcha mavjud istiqbolli maydonlar, investitsiya bloklari va uglevodorod xom ashyosi konlari bo‘yicha fond va boshqa materiallarni taqdim etsin.
2. Belgilab qo‘yilsinki:
2020-yildan boshlab, neft va gaz mineral-xom ashyo bazasini rivojlantirish va qayta tiklash yillik davlat dasturlari Davlat geologiya qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi;
neft va gaz mineral-xom ashyo bazasini rivojlantirish va qayta tiklash yillik davlat dasturlari doirasida yetakchi xorijiy konsalting kompaniyalari va mutaxassislarini jalb etgan holda, geologiya-qidiruv ishlarini tashkil qilishning xalqaro standartlarini tatbiq etish choralari amalga oshiriladi;
neft va gaz bo‘yicha ilmiy-tadqiqot, regional geologik-tasvirlash, geofizik va burg‘ulash ishlari hamda zamonaviy uskunalar, ilmiy hajmdor texnologiyalar, dasturiy mahsulotlar, maxsus va avtotransport texnikalari bilan jihozlash choralari neft va gaz mineral-xom ashyo bazasini rivojlantirish va qayta tiklash yillik davlat dasturlarida ko‘zda tutiladi va O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan Davlat geologiya qo‘mitasining asoslangan hisob-kitoblari asosida moliyalashtiriladi;
neft va gaz mineral-xom ashyo bazasini rivojlantirish va qayta tiklash yillik davlat dasturlari doirasida O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga burg‘ulanib, qurilishi yakunlangan quduqlar ularni Davlat geologiya qo‘mitasi va uning tashkilotlari tomonidan yer qa’ridan muayyan foydalanuvchilarga berilguniga qadar soliqqa tortish obyekti hisoblanmaydi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, Moliya vazirligi va Davlat geologiya qo‘mitasining “O‘zbekneftgaz” AJ va “O‘zburg‘uneftgaz” AJning “O‘zbekgeofizika” AJ hamda “Neft va gaz konlari geologiyasi va qidiruvi instituti” AJning ustav kapitallaridagi ulushlarini Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) o‘tkazish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Moliya vazirligi, Agentlik va Davlat geologiya qo‘mitasi bilan birgalikda 2020-yilning 1-iyuliga qadar geologiya-qidiruv xizmatlari sohasi va ushbu tarmoqdagi raqobat darajasini o‘rgangan holda 1-ilovaga muvofiq Davlat geologiya qo‘mitasi tarkibiga kiruvchi davlat korxonalarini Agentlikka aksiyador (ta’sischi va ishtirokchi) huquqini berish orqali qayta tashkil etishni ta’minlasin.
Davlat geologiya qo‘mitasi Agentlik va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda bir hafta muddatda har bir davlat korxonasini qayta tashkil etish bo‘yicha tadbirlar rejasini ularning aniq muddatlari va mas’ul ijrochilarini ko‘rsatgan holda ishlab chiqsin, tasdiqlasin hamda amalga oshirilishini ta’minlasin.
Belgilansinki, “O‘zbekgeofizika” AJ, “Neft va gaz konlari geologiyasi va qidiruvi instituti” AJ hamda qayta tashkil etilayotgan davlat korxonalari o‘z faoliyatini Davlat geologiya qo‘mitasining tashkiliy tuzilmasi tarkibida amalga oshiradi.
4. Quyidagilar belgilansin:
“O‘zbekneftgaz” AJ va “O‘zburg‘uneftgaz” AJning “O‘zbekgeofizika” AJ hamda “Neft va gaz konlari geologiyasi va qidiruvi instituti” AJning ustav kapitallaridagi ulushlarining Agentlikka berilishi balans qiymatida “O‘zbekneftgaz” AJ ustav kapitalidagi davlat ulushi kamaytirilishi hisobiga amalga oshiriladi;
ushbu qarorga asosan bir tashkilotdan boshqa tashkilotga berilayotgan va qabul qilinayotgan mulklar, mulkiy huquqlar shu jumladan aksiyalar va ustav kapitallaridagi ulushlar barcha soliq turlari bo‘yicha soliqqa tortish obyekti hisoblanmaydi;
“O‘zbekgeofizika” AJ hamda “Neft va gaz konlari geologiyasi va qidiruvi instituti” AJ aksiyalari Agentlik egaligiga o‘tishi yangi sotib olingan aksiyalar paketi deb hisoblanmaydi;
“O‘zbekneftgaz” AJ va uning tarkibiga kiruvchi tashkilotlarning “O‘zbekgeofizika” AJ hamda “Neft va gaz konlari geologiyasi va qidiruvi instituti” AJ bilan amaldagi shartnomalar bo‘yicha huquq va majburiyatlari saqlanib qolinadi.
5. Davlat geologiya qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan:
Davlat geologiya qo‘mitasi tomonidan bajariladigan 2020-2021-yillarda yer qa’rini uglevodorod xom ashyosiga geologik o‘rganish ishlarining asosiy parametrlari 2-ilovaga muvofiq;
“O‘zbekgeofizika” AJ hamda “Neft va gaz konlari geologiyasi va qidiruvi instituti” AJ moddiy-texnik bazasini modernizatsiyalash va mustahkamlash uchun sotib olinadigan zamonaviy geofizik, laboratoriya va boshqa qurilmalar, dasturiy mahsulotlar, maxsus va avtotransport texnikalari ro‘yxati 3-ilovaga* muvofiq;
* 3-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Mineral-xom ashyo, jumladan neft va gaz bazasini rivojlantirish va qayta tiklash bo‘yicha faoliyatni bosqichma-bosqich isloh qilish va tijoratlashtirish yo‘li bilan geologiya-qidiruv ishlarini tashkil etish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” 4-ilovaga muvofiq ma’qullansin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2020-yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida Davlat geologiya qo‘mitasiga har yili tasdiqlanadigan mineral-xom ashyo bazasini (shu jumladan neft va gazni) rivojlantirish va qayta tiklash davlat dasturlariga muvofiq, shuningdek, ushbu qaror bilan topshirilayotgan funksiyalarni hisobga olgan holda mablag‘ ajratilishini nazarda tutsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 4-maydagi “2017 — 2021-yillarda yer osti suvlari zaxiralaridan oqilona foydalanishni nazorat qilish va hisobga olishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2954-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi mineral-xom ashyo bazasini rivojlantirish strategiyasi amalga oshirilishini muvofiqlashtirish bo‘yicha Ishchi guruh zimmasiga (keyingi o‘rinlarda — Ishchi guruh) ushbu qarordan kelib chiqadigan topshiriq va chora-tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish borasidagi ishlarni muvofiqlashtirish vazifasi yuklatilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
8. Amaldagi loyihalar doirasida ilgari boshlangan parametrik va izlov quduqlarini burg‘ulash ishlarini tugatish sharti bilan uglevodorod xom ashyosi uchun geologiya-qidiruv ishlarini ruxsatnoma olmagan holda olib borish huquqi “O‘zbekneftgaz” AJda saqlab qolinsin.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-apreldagi PQ-5083-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.04.2021-y., 07/21/5083/0371-son)
9. Davlat geologiya qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda “O‘zbekneftgaz” AJ bilan birgalikda uch oy muddatda:
2020 — 2025-yillarda uglevodorod zaxiralarini ko‘paytirishning maqsadli ko‘rsatkichlarini;
to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar natijasi bo‘yicha “O‘zbekneftgaz” AJga yer qa’ridan foydalanish huquqini beruvchi tegishli litsenziyani taqdim etgan holda, neft va gaz geologiya-qidiruv ishlari doirasida u tomonidan quduqlarni burg‘ulash ishlari amalga oshiriladigan istiqbolli tuzilmalar va uglevodorod konlarining ro‘yxatini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
10. Quyidagilarga:
“O‘zbekneftgaz” AJga Neft va gaz mineral-xom ashyo bazasini rivojlantirish va qayta tiklash davlat dasturi doirasida avval boshlangan loyihalar bo‘yicha “O‘zbekgeofizika” AJ hamda “Neft va gaz konlari geologiyasi va qidiruvi instituti” AJ bilan ilmiy-tadqiqot, tematik, geofizik va laboratoriya ishlarini bajarish yuzasidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar tuzishga;
“O‘zbekneftgaz” AJ, Davlat geologiya qo‘mitasi va ularning tarkibiga kiruvchi tashkilotlarga, shu jumladan aksiyadorlik jamiyati sifatida qayta tashkil etilayotgan davlat korxonalariga 2021-yilning oxiriga qadar geologiya-qidiruv va qo‘shimcha ishlarni bajaruvchi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi mineral-xom ashyo bazasini rivojlantirish va qayta tiklash yillik davlat dasturlari doirasida tender savdolarisiz tanlov o‘tkazish yo‘li bilan davlat xaridlarini amalga oshiruvchi pudratchilarni aniqlashga ruxsat berilsin.
11. Xorijiy investorlar tomonidan “O‘zbekneftgaz” AJ bilan ilgari tuzilgan kelishuvlar doirasida keyinchalik Davlat geologiya qo‘mitasi bilan yer qa’rini geologik o‘rganish bo‘yicha hamkorlikni davom ettirish maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida qaror qabul qilish uchun taqdim etilgan materiallar o‘rganiladigan investitsiya bloklari ro‘yxati 5-ilovaga muvofiq ma’qullansin.
Belgilab qo‘yilsinki:
xorijiy investorlar bilan kelishuvlar muddati tugaganidan so‘ng investitsiya bloklari va istiqbolli uchastkalar Davlat geologiya qo‘mitasi tasarrufiga o‘tadi;
investitsiya bloklari chegaralari va maydonlari Davlat geologiya qo‘mitasi tasarrufiga o‘tganidan so‘ng investorlarni jalb etish jarayonini optimallashtirish uchun bir yil ichida qayta ko‘rib chiqiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
12. Quyidagi mexanizm joriy etilsin, unga muvofiq:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 24-maydagi “Strategik muhim turdagi qattiq foydali qazilma konlarini geologik o‘rganish va o‘zlashtirishga xorijiy investitsiyalar jalb qilishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3000-son qarorida ko‘rsatilgan strategik foydali qazilma turlari mavjud yer qa’ri uchastkalarini foydalanishga topshirish ruxsatnomalarni berish shaffofligini ta’minlovchi auksion savdolar asosida belgilangan tartibda “Litsenziya” axborot tizimi orqali amalga oshiriladi. Bunda ruxsatnomani olish uchun ariza va unga ilova qilingan hujjatlar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ham berilishi mumkin;
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-son qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi to‘g‘risida yagona nizomning 10-ilovasi.
(12-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-apreldagi PQ-5083-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.04.2021-y., 07/21/5083/0371-son)
Oldingi tahrirga qarang.
strategik foydali qazilma turlariga ega yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqining boshlang‘ich bahosi geologik tadqiqot uchun ― imzo bonusi stavkasi miqdorida, qazib chiqarish uchun ― tijorat topilma bonusi stavkasi miqdorida qonunchilikda o‘rnatilgan tartibda belgilanadi;
(12-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-iyundagi PF-6010-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.06.2020-y., 06/20/6010/0776-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-martdagi 133-son qarori bilan tasdiqlangan Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun ruxsatnomalar berish tartibi to‘g‘risidagi nizom.
strategik foydali qazilma turlariga ega yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi realizatsiyasidan tushgan mablag‘lar auksion savdolarini tashkillashtirishga ketgan xarajatlar chegirilgandan keyin, o‘rnatilgan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga yo‘naltiriladi;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘larning ishlatilganligi hamda erishilgan natijalar to‘g‘risidagi Davlat geologiya qo‘mitasining hisoboti har yili O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga taqdim etiladi;
xalqaro tashkilotlar va moliya institutlarining texnik ko‘magi, auditorlar va mustaqil maslahatchilarni jalb etgan holda, shaffof tartib-taomillar asosida tender hujjatlarini tayyorlash va savdolarni tashkillashtirish, investitsion geologik obyektlarni baholash yo‘li bilan strategik turdagi foydali qazilmalarni qazib chiqarishga doir investitsiya bitimlarini tuzish amaliyoti qo‘llaniladi.
Davlat geologiya qo‘mitasi tasdiqlangan mineral-xom ashyo bazasini (jumladan neft va gazni) rivojlantirish va qayta tiklash davlat dasturlari bo‘yicha ishlarni moliyalashtirish uchun Davlat geologiya qo‘mitasiga ajratiladigan yillik mablag‘lar doirasida yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqining boshlang‘ich qiymatini baholash bo‘yicha xizmatlar haqi to‘lovi uchun zarur mablag‘larni nazarda tutsin.
13. Belgilab qo‘yilsinki, Davlat geologiya qo‘mitasi:
Ishchi guruhning ishchi organi va ilmiy-tadqiqot va geofizik ishlar, shuningdek, barcha istiqbolli uchastkalar, investitsiya bloklari va uglevodorod xom ashyosi konlari bo‘yicha amaldagi loyihalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning egasi hisoblanadi;
“O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalardan tashqari, salohiyatli xorijiy investorlar ishtirokida neft va gaz istiqbolli tuzilmalarini geologik o‘rganish sohasida investitsiya loyihalarini amalga oshirish va muvofiqlashtirish uchun mas’ul ijrochi organ hisoblanadi;
neft va gaz geologiya-qidiruv ishlarini olib borayotgan yer qa’ri foydalanuvchilari uchun umuman respublika mineral-xom ashyo bazasini mutanosib rivojlantirish va qayta tiklashni ta’minlashni hisobga olgan holda uglevodorod xom ashyo zaxiralarini ko‘paytirish bo‘yicha vazifalarni belgilaydi.
14. Belgilansinki, yer qa’rini geologik o‘rganish, foydalanish va uni muhofaza qilish, shuningdek, konchilik munosabatlarini boshqarish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari Davlat geologiya qo‘mitasi bilan kelishilishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-iyuldagi PF-116-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2023-y., 06/23/116/0579-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-iyuldagi PF-116-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2023-y., 06/23/116/0579-son)
17. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-martdagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3578-son qarorida:
10-bandning uchinchi xatboshisi, shuningdek, 5-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
11-banddagi “339” va “92” raqamlari tegishincha “391” va “107” raqamlari bilan almashtirilsin.
18. Davlat geologiya qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
19. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov va O‘zbekiston Respublikasi energetika vaziri A.S. Sultanov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 18-noyabr,
PQ-4522-son

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 18-noyabrdagi PQ-4522-son qaroriga

1-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi tarkibiga kiruvchi qayta tashkil etiladigan korxonalar
RO‘YXATI

T/r

Korxonalarning nomi*

1.

“Qizilqumgeologiya” DK

2.

“Samarqandgeologiya” DK

3.

“Urankamyobmetgeologiya” DK

4.

“Toshkentgeologiya” DK

5.

“Hisorgeologiya” DK

6.

“Regional geologik-tasvirlash ekspeditsiyasi” DK*

7.

“Markaziy geologiya-geofizika ekspeditsiyasi” DK*

8.

“Surxongeologiya” DK

9.

“O‘zbekgidrogeologiya” DK

Izoh. O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi tarkibiga kiruvchi qayta tashkil etiladigan korxonalar uning tashkiliy tuzilmasida qoladi;
* 2020-yildan “Markaziy geologiya-geofizika ekspeditsiyasi” DK va “Regional geologik-tasvirlash ekspeditsiyasi” DKlarni birlashtirish yo‘li bilan “Regionalgeologiya” DK tashkil etiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 18-noyabrdagi PQ-4522-son qaroriga

2-ILOVA

O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi tomonidan 2020-2021-yillarda yer qa’rini uglevodorod xom ashyosiga geologik o‘rganish ishlarining
asosiy parametrlari

T/r

Ishlarning nomi

O‘lchov birligi

2020-y.

2021-y.

Jami

Jami, shu jumladan:

mlrd so‘m

1 463

1 571

3 034

1.

Geofizik ishlar

mlrd so‘m

602

710

1 312

2D seysmik-qidiruv

ming pog.km

9,1

9

18,1

mlrd so‘m

172

201

373

3D seysmik-qidiruv

ming km2

1,7

2

3,7

mlrd so‘m

79

107

186

uskunalar xarid qilish

mlrd so‘m

351

402

753

shulardan TTJ kreditini qoplash uchun

mlrd so‘m

4

15

19

2.

Burg‘ulash ishlari

ming pog.m

65

65

130

mlrd so‘m

838

840

1 678

3.

Ilmiy-tadqiqot ishlari,

shu jumladan:

mlrd so‘m

23

21

44

uskunalar xarid qilish

mlrd so‘m

10

10

20

4.

Struktura tayyorlash

dona

16

16

32

5.

Istiqbolli resurslar (S3)

mln t.sh.yo.

47

53

100

Izoh. Mablag‘lar miqdori mineral-xom ashyo bazasini rivojlantirish va qayta tiklash bo‘yicha yillik davlat dasturlari doirasida aniqlashtiriladi va loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish hamda ekspertizadan o‘tkazish, shuningdek, tender (konkurs) savdolari natijalari asosida belgilanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 18-noyabrdagi PQ-4522-son qaroriga

4-ILOVA

Mineral-xom ashyo, jumladan neft va gaz bazasini rivojlantirish va qayta tiklash borasidagi faoliyatni bosqichma-bosqich isloh qilish va tijoratlashtirish yo‘li bilan geologiya-qidiruv ishlarini tashkil etish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha
“YO‘L XARITASI”

T/r

Chora-tadbirlar

Amalga oshirish mexanizmi va bajarish muddatlari

Mas’ullar

ijro uchun

nazorat uchun

I. Tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar

1.

“O‘zbekneftgaz” AJning quyidagi funksiyalarini O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasiga (keyingi o‘rinlarda — Davlat geologiya qo‘mitasi) berish:

yangi uglevodorod xom ashyosi konlarini ochish uchun istiqbolli neft va gaz tuzilmalarini aniqlash va tayyorlash bilan ilmiy-tadqiqotlar, regional geologik-tasvirlash, geofizik va burg‘ulash ishlarini olib borish;

respublikaning uglevodorod xom ashyo zaxiralarini jadal rivojlantirish va qayta tiklash ishlarini tashkil etish, yangi uglevodorod xom ashyosi konlarini ochishni ta’minlashga qaratilgan geologiya-qidiruv ishlari samaradorligi va natijadorligini oshirish.

1. Mazkur qarorga muvofiq Davlat geologiya qo‘mitasiga o‘tkaziladigan funksiya va vazifalarni hisobga olgan holda Davlat geologiya qo‘mitasi to‘g‘risidagi yangilangan nizomni ishlab chiqish va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritish.

2020-yil yanvar.

2. Neft va gaz istiqbolli maydonlari ulushini oshirish, istiqbolli va prognoz resurslarining o‘sish parametrlarini aniqlashni hisobga olgan holda mineral-xom ashyo bazasini rivojlantirish va qayta tiklashning yillik davlat dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

3. Ilmiy-tadqiqot, regional geologik-tasvirlash, geofizik va burg‘ulash ishlarini bajarish yuzasidan shartnomalar tuzishni tashkillashtirish.

4. Korxonalarning kuzatuv kengashlariga xalqaro konsultantlar/ekspertlarni jalb qilish hamda geologiya-qidiruv ishlab chiqarishida zamonaviy boshqaruv usullari va texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish.

5. Davlat dasturlari doirasida ilmiy-tadqiqotlar, regional geologik-tasvirlash, geofizik va burg‘ulash ishlarini olib borish orqali yangi uglevodorod xom ashyosi konlarini topish uchun istiqbolli neft va gaz tuzilmalarini aniqlash va tayyorlash, shuningdek, ularning samaradorligi va natijadorligini oshirish.

2020-yil yanvardan, grafik bo‘yicha.

Davlat geologiya qo‘mitasi (Sh. Alimov, A. Kadirxodjayev),

Energetika vazirligi (S. Saidaxmedov),

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi

(L. Yevdokimov),

Moliya vazirligi
(B. Abdinazarov),

“O‘zbekgeofizika” AJ (A. Tashkulov),

“Neft va gaz konlari geologiyasi va qidiruvi instituti” AJ (G. Abdullayev)

Davlat geologiya qo‘mitasi (B. Islamov),

Moliya vazirligi

(T. Ishmetov),

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi

(U. Karimov),

Vazirlar Mahkamasi

(A. Ortiqov)

2.

2019-yil oxirigacha ilmiy-tadqiqot va geofizika ishlarini olib borish bo‘yicha amaldagi loyihalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, shuningdek, istiqbolli uglevodorod xom ashyosi uchastkalari, investitsion bloklar va konlar to‘g‘risidagi barcha mavjud fondlar va boshqa materiallarni hamda ma’lumotlar bazalarini “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan Davlat geologiya qo‘mitasiga topshirish.

1. Amaldagi loyihalar, shuningdek, fonddagi, arxivdagi va boshqa materiallar bo‘yicha taqdim etilayotgan axborotlarni xatlovdan o‘tkazish hamda ro‘yxatini tayyorlash.

2. Istiqbolli uchastkalar, investitsion bloklar va uglevodorod xom ashyo konlari bo‘yicha tayyorlangan ma’lumotlarni, shuningdek, barcha fonddagi va boshqa materiallarni hamda ma’lumotlar bazalarini Davlat geologiya qo‘mitasiga belgilangan tartibda taqdim qilish.

2019-yil dekabr.

“O‘zbekneftgaz” AJ (K. Tuxtayev),

Davlat geologiya qo‘mitasi (Sh. Alimov)

Energetika vazirligi

(U. Israilov),

Davlat geologiya qo‘mitasi (B. Islamov)

3.

2020-yildan boshlab neft va gazning mineral-xom ashyo bazasini rivojlantirish va qayta tiklash bo‘yicha yillik davlat dasturlarini shakllantirish va tasdiqlashning yangi tartibini belgilash.

1. Mineral-xom ashyo bazasini, shu jumladan neft va gazni rivojlantirish va qayta tiklash bo‘yicha davlat dasturlarini shakllantirish va amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi yangilangan nizomni ishlab chiqish va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritish.

2020-yil fevral.

2. Har yilgi davlat dasturlarida quyidagilarni nazarda tut�sh:

a) obyektlarni o‘rganish jarayonida masofadan turib zondlashning zamonaviy usullari, geofizik va analitik texnologiyalarni, shuningdek, mehnatni tashkil qilish tizimini maqsadli rivojlantirish va keng joriy etish choralarini ko‘rish, shu jumladan:

eng yangi dasturiy mahsulotlar va yuqori samarali geofizik uskunalarni qo‘llash;

xalqaro sertifikatlangan laboratoriyalarni jihozlash;

ishlab chiqarish va mehnatni muhofaza qilishning sifat tizimini tashkil etish (ISO, OHSAS standartlari);

b) neft va gaz sohasidagi xalqaro amaliyotga asoslangan holda mutaxassislarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish.

2020-yil yanvardan.

Davlat geologiya qo‘mitasi (Sh. Alimov, A. Kadirxodjayev),

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi

(L. Yevdokimov),

Moliya vazirligi (B. Abdinazarov),

Energetika vazirligi

(S. Saidaxmedov)

Davlat geologiya qo‘mitasi (N. Muratov,

A. Rustamov),

“O‘zbekgeofizika” AJ (A. Tashkulov),

“Neft va gaz konlari geologiyasi va qidiruvi instituti” AJ (G. Abdullayev)

Davlat geologiya qo‘mitasi (B. Islamov),

Moliya vazirligi

(T. Ishmetov),

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi

(U. Karimov),

Energetika vazirligi

(U. Israilov)

4.

“O‘zbekgeofizika” AJ va “Neft va gaz konlari geologiyasi va qidiruvi instituti” AJ ustav kapitallaridagi “O‘zbekneftgaz” AJ va “O‘zburneftgaz” AJning ulushlarini O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) berish.

1. Kuzatuv kengashi va Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishini tashkil etish bilan undagi ulushlarni Agentlikka berish masalasini ko‘rib chiqish va qaror qabul qilish.

2019-yil dekabr.

2. “O‘zbekneftgaz” AJ ustav kapitalidagi davlat ulushining kamayishi hisobiga jamiyat ulushlarini berish bo‘yicha Agentlik va “O‘zbekneftgaz” AJ o‘rtasida shartnomalar imzolash, shuningdek, ustav va ta’sis hujjatlarini qayta ro‘yxatdan o‘tkazish.

3. Jamiyatlar kuzatuv kengashining yangi tarkibini tasdiqlash va yuklanadigan vazifalarga muvofiq ularning samarali faoliyatini tashkil etish.

2020-yil yanvar.

“O‘zbekneftgaz” AJ (U. Ashurov),

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

(A. Miraliyev),

“O‘zbekgeofizika” AJ (A. Tashkulov),

“Neft va gaz konlari geologiyasi va qidiruvi instituti” AJ (G. Abdullayev)

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

(S. Bekenov),

“O‘zbekneftgaz” AJ

(B. Sidikov)

5.

Foydali qazilmalarning qattiq turlariga oid hududiy va geologik-geofizik ishlarni boshqarish tuzilmasini takomillashtirish.

“Markaziy geologiya-geofizika ekspeditsiyasi” DKni “Regional geologik-tasvirlash ekspeditsiyasi” DK tarkibiga qo‘shish va uning nomini “Regionalgeologiya” DK etib o‘zgartirish.

2020-yil yanvar.

Davlat geologiya qo‘mitasi

(Sh. Alimov)

Davlat geologiya qo‘mitasi (B. Islamov),

Vazirlar Mahkamasi

(A. Ortiqov)

6.

Davlat geologiya qo‘mitasi tarkibidagi geologiya-qidiruv korxonalarini geologiya-qidiruv xizmatlar sohasini va ushbu sohadagi raqobat muhitini o‘rganish asosida Agentlik tasarrufiga o‘tkazish orqali qayta tashkil etish.

1. Korxonalarning geologiya-qidiruv sohasidagi xizmat ko‘rsatish darajasini va raqobat muhitini chuqur tahlil qilish.

2019-yil dekabr.

2. O‘rganish natijasida, har bir geologiya-qidiruv yo‘nalishidagi korxonaning “yo‘l xaritalari”ni tasdiqlashni o‘z ichiga olgan holda qayta tashkil etish masalasi bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish.

3. Davlat ulushlarini Agentlikka berish orqali Davlat geologiya qo‘mitasi davlat korxonalarini aksiyadorlik jamiyatlari etib qayta tashkil etishni ta’minlash.

4. Qayta tashkil etilayotgan har bir aksiyadorlik jamiyatida vazirliklar va idoralarning ushbu yo‘nalishdagi yuqori malakali mutaxassislaridan, shuningdek, xalqaro ekspertlardan tarkib topgan kuzatuv kengashlarini tashkil etish.

5. Korxonalarning samarali ishlashini tashkil etish va ularning Davlat geologiya qo‘mitasi markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari bilan o‘zaro hamkorligini ta’minlash.

2020-yil iyul.

Davlat geologiya qo‘mitasi (Sh. Alimov,

A. Kadirxodjayev),

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

(A. Miraliyev),

Moliya vazirligi

(B. Abdinazarov),

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi

(L. Yevdokimov),

Energetika vazirligi

(S. Saidaxmedov)

Davlat geologiya qo‘mitasi
(B. Islamov),

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi (N. Sharipov),

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (S. Bekenov),

Moliya vazirligi (T. Ishmetov),

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi

(U. Karimov),

Energetika vazirligi

(U. Israilov)

7.

Quyidagilarni amalga oshirgan holda Davlat geologiya qo‘mitasi tomonidan geologiya-qidiruv ishlarini tashkil etish tizimini samarali boshqarishni ta’minlash:

ilmiy-tadqiqot va geofizik ishlarni, shuningdek, barcha istiqbolli uchastkalar, investitsiya bloklari
va uglevodorod xom ashyosi mavjud konlarda olib borilayotgan amaldagi loyihalarni muvofiqlashtirish;

umuman respublikaning mineral-xom ashyo bazasini mutanosib ravishda rivojlantirish va qayta tiklashni hisobga olgan holda neft va gaz sohasida geologiya-qidiruv ishlarini olib boruvchi yer qa’ridan foydalanuvchilar uchun uglevodorod xom ashyo zaxiralarini ko‘paytirish bo‘yicha vazifalarni belgilash.

1. Davlat geologiya qo‘mitasining Ilmiy-texnik kengashida geologiya-qidiruv loyihalari uchun materiallarni o‘z vaqtida va sifatli himoya qilgan holda tayyorlanishini ta’minlash.

Har chorakda kamida bir marta.

2. Amaldagi loyihalar bo‘yicha ilmiy-tadqiqot va geofizik ishlar, shuningdek, barcha istiqbolli uchastkalar, investitsiya bloklari va uglevodorod xom ashyosi mavjud konlari bo‘yicha hisobotlarni tinglash.

Har chorakda.

3. Neft va gaz sohasida geologiya-qidiruv ishlarini olib boradigan barcha yer qa’ri foydalanuvchilarini aniqlash, har yili ular bilan uglevodorod zaxiralarining o‘sish hajmini muvofiqlashtirish, shuningdek, respublikaning mineral-xom ashyo bazasini mutanosib ravishda rivojlantirish va qayta tiklashni hisobga olgan holda tegishli vazifalarni belgilash.

Har yili, dekabr.

Davlat geologiya qo‘mitasi (Sh. Alimov),

“O‘zbekgeofizika” AJ (A. Tashkulov),

“Neft va gaz konlari geologiyasi va qidiruvi instituti” AJ (G. Abdullayev)

Davlat geologiya qo‘mitasi (B. Islamov),

Vazirlar Mahkamasi

(A. Ortiqov)

8.

Davlat geologiya qo‘mitasining markaziy apparati tuzilmasida neft va gaz sohasida geologiya-qidiruv ishlarini tashkil etishni muvofiqlashtirish maqsadida tegishli boshqarmalarni tuzish.

1. Davlat geologiya qo‘mitasining markaziy apparatida yangi boshqarmalarni tashkil etish to‘g‘risidagi buyruqni qabul qilish, shu jumladan:

neft va gaz geologiyasi boshqarmasi;

neft va gaz uchun burg‘ulash ishlarini tashkil etish boshqarmasi;

xarid ishlarini tashkil etish boshqarmasi.

2019-yil dekabr.

2. Quyidagilarni ishlab chiqish va tasdiqlash:

yangi tashkil etilgan bo‘linmalar va lavozimlarni hisobga olgan holda Davlat geologiya qo‘mitasi markaziy apparatining yangi shtat jadvalini;

yangi tashkil etilayotgan boshqarmalar to‘g‘risidagi nizomni.

2020-yil yanvar.

3. Yangi tuzilgan boshqarmalarni malakali mutaxassislar bilan butlashni ta’minlash.

2020-yil mart.

Davlat geologiya qo‘mitasi

(Sh. Alimov)

Davlat geologiya qo‘mitasi (B. Islamov),

Vazirlar Mahkamasi

(A. Ortiqov)

II. Geologiya-qidiruv ishlarining samarali tashkil etilishini ta’minlash

9.

2020-2021-yillarda uglevodorod xom ashyosi uchun yer qa’rini geologik jihatdan o‘rganish bo‘yicha ishlarning asosiy parametrlarini so‘zsiz bajarishni ta’minlash.

1. 2020 va 2021-yillarda davlat dasturlari doirasida har bir loyiha uchun aniq muddatlar ko‘rsatilgan holda tarmoq grafiklarini ishlab chiqish va tasdiqlash hamda quyidagilarni tashkil etish:

neft va gaz uchun geologiya-qidiruv ishlarini bajarishga doir geologik topshiriqlar hamda loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va tasdiqlash;

geologiya-qidiruv ishlarini olib borish bilan birga prognoz va istiqbolli neft va gaz resurslarini hisoblash;

geologiya-qidiruv ishlari natijalari to‘g‘risidagi hisobotlarni taqdim etish.

2020-yil yanvar.

2. 2020 va 2021-yillardagi dasturlarga muvofiq hududlarda keng miqyosli regional izlanishlar olib borish, shuningdek, prognoz va istiqbolli neft va gaz resurslarini ko‘paytirish bo‘yicha maqsadli ishlarni tashkil qilish va bajarish.

Tasdiqlangan grafiklarga muvofiq.

Davlat geologiya qo‘mitasi (Sh. Alimov),

“O‘zbekneftgaz” AJ

(B. Sidikov)

Davlat geologiya qo‘mitasi (B. Islamov),

Energetika vazirligi

(U. Israilov)

10.

Neft va gaz bo‘yicha geologik tadqiqotlarni amalga oshirishda zamonaviy axborot dasturlari
va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini (AKT) tatbiq etish va geologik ma’lumotlarni raqamlashtirish.

1. Neft va gaz bo‘yicha yer qa’ri geologik tadqiqotlarini olib borishda zamonaviy axborot dasturlari va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq etish bo‘yicha harakatlar rejasini ishlab chiqish.

2020-yil fevral.

2. Geologik tadqiqot ishlari jarayoniga tatbiq qilinishi tavsiya etiladigan dasturiy mahsulotlar va jihozlarning ro‘yxatini belgilash, shuningdek, zarur xarid jarayonlarini amalga oshirish.

2020-yil martdan.

3. Jahon standartlari asosida neft
va gaz geologik ma’lumotlarini raqamlashtirish bo‘yicha xalqaro tajribani joriy qilish va ularni raqamlashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish.

Doimiy ravishda.

Davlat geologiya qo‘mitasi (Sh. Alimov, A. Kadirxodjayev),

“O‘zbekneftgaz” AJ (K. Tuxtayev),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(O. Umarov)

Davlat geologiya qo‘mitasi (B. Islamov),

“O‘zbekneftgaz”

AJ (B. Sidikov),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(Sh. Sadikov)

11.

Neft va gaz uchun quduqlarni burg‘ulashda yer osti qatlam suvlarini majburiy sinovdan o‘tkazish amaliyotini kiritish, shuningdek ularning xususiyatlarini o‘rganish va tarkibidagi qimmatbaho komponentlardan foydalanish uchun ularni ajratib olish imkoniyatlarini baholash.

1. Neft va gaz uchun quduqlarni burg‘ulash jarayonida yer osti qatlam suvlarini sinashda uslubiy tavsiyalar
va talablarni tahlil qilish.

2020-yil may.

2. Yer osti qatlam suvlarini majburiy sinovdan o‘tkazish bo‘yicha uslubiy tavsiyalar va talablarga zarur hollarda qo‘shimchalar kiritish.

2020-yil iyun.

3. Chuqur joylashgan gorizontlardagi qatlam suvlari xossalarini o‘rganish va tarkibidagi qimmatbaho komponentlarni keyinchalik foydalanish uchun ajratib olish imkoniyatlarini baholashda Davlat geologiya qo‘mitasining ixtisoslashgan tashkilotlarida ularni sinash va tahlil qilish bo‘yicha ilmiy-amaliy yo‘nalishlarni rivojlantirish.

Doimiy ravishda.

Davlat geologiya qo‘mitasi (Sh. Alimov, A. Kadirxodjayev)

“Neft va gaz konlari geologiyasi va qidiruvi instituti” AJ (G. Abdullayev)

Davlat geologiya qo‘mitasi (B. Islamov),

Vazirlar Mahkamasi

(A. Ortiqov, Sh. Samatov)

12.

“O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan salohiyatli chet el investorlari bilan ilgari imzolangan shartnomalar doirasida yangi investitsiya loyihalari ilgari surilishini e’tiborga olgan holda tizimli ravishda investitsiya obyektlari portfelini shakllantirish (jumladan geologik va boshqa ma’lumotlar) va ular to‘g‘risida salohiyatli xorijiy investorlarni xabardor qilish.

1. Xorijiy investorlar tomonidan investitsiya bloklari bo‘yicha taqdim etilgan materiallarni o‘rganishni tezlashtirish va yer qa’rini geologik jihatdan o‘rganish bo‘yicha hamkorlik qilishni davom ettirish maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida qarorlar qabul qilish.

Tasdiqlangan jadvallarga muvofiq.

2. Investitsiyalarni jalb qilish maqsadida neft va gaz uchun ustuvor geologik obyektlar ro‘yxatini ishlab chiqish.

2020-yil mart.

3. Taqdimot materiallari, geologik va boshqa ma’lumotlar (grafik ilovalar va tahliliy ma’lumotlar) bilan investitsiya obyektlari portfelini tayyorlash.

2020-yil may.

4. Davlat geologiya qo‘mitasining rasmiy veb-saytida taqdimot materiallari bilan birga investitsion takliflar portfelini joylashtirish hamda ularni boshqa rasmiy usullarda tarqatish, shu jumladan salohiyatli investorlarni jalb qilish maqsadida chet ellarda o‘tkaziladigan biznes tadbirlarda qatnashish va “road-show” taqdimotlarini o‘tkazish.

Doimiy ravishda.

Davlat geologiya qo‘mitasi (A. Kadirxodjayev),

“Neft va gaz konlari geologiyasi va qidiruvi instituti”

(G. Abdullayev)

Davlat geologiya qo‘mitasi (B. Islamov),

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (L. Kudratov)

13.

“O‘zbekneftgaz” AJning resurs bazasini, shu jumladan istiqbolli strukturalari va uglevodorod konlarining resurslar bazasini, shuningdek, umuman 2020 — 2025-yillarda �glevodorod zaxiralarini o‘stirishning maqsadli ko‘rsatkichlarini aniqlash.

1. “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan neft va gaz uchun geologiya-qidiruv ishlari doirasida quduqlarni burg‘ulash davomida istiqbolli strukturalar va uglevodorod konlarini tahlil qilish va ro‘yxatini tuzish.

2. Mavjud va salohiyatli yer qa’ridan foydalanuvchilar nuqtai nazaridan 2020 — 2025-yillarga mo‘ljallangan uglevodorod zaxiralarini o‘stirishning maqsadli ko‘rsatkichlarini yig‘ish va umumlashtirish.

2020-yil fevral.

3. 2020 — 2025-yillarga mo‘ljallangan uglevodorod zaxiralarini o‘stirishning maqsadli ko‘rsatkichlari va tegishli obyektlar ro‘yxatini ishlab chiqish hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritish.

2020-yil mart.

Davlat geologiya qo‘mitasi (Sh. Alimov),

“O‘zbekneftgaz” AJ (K. Tuxtayev), Energetika vazirligi (S. Saidaxmedov),

“Neft va gaz konlari geologiyasi va qidiruvi instituti” AJ (G. Abdullayev)

Davlat geologiya qo‘mitasi (B. Islamov),

“O‘zbekneftgaz” AJ (B. Sidikov),

Energetika vazirligi (U. Israilov),

Vazirlar Mahkamasi

(A. Ortiqov,
Sh. Samatov)

III. Geologiya-qidiruv ishlarini tashkillashtirishni modernizatsiya qilish va moliyalashtirishni ta’minlash.

14.

“O‘zbekgeofizika” AJ va “Neft va gaz konlari geologiyasi va qidiruvi instituti” AJni modernizatsiya qilish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlashni ta’minlash.

1. Zamonaviy geofizika, laboratoriya va boshqa uskunalarni, dasturiy mahsulotlar, maxsus va avtotransport texnikalari ro‘yxatini shakllantirish va sotib olish uchun zarur mablag‘larni aniqlagan holda davlat dasturlariga kiritish.

2019-yil dekabr, keyinchalik har yili.

2. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUKda texnika va uskunalarni sotib olish uchun texnik vazifalarni ishlab chiqish va kelishish.

Har yili, I chorak.

3. Tegishli shartnomalarni tuzish, texnika va uskunalarni tayyorlash va yetkazib berish.

Shartnomalarda ko‘zda tutilgan muddatlarda.

Davlat geologiya qo‘mitasi (Sh. Alimov),

“O‘zbekgeofizika” AJ (A. Tashkulov),

“Neft va gaz konlari geologiyasi va qidiruvi instituti”

AJ (G. Abdullayev)

Davlat geologiya qo‘mitasi (B. Islamov),

Vazirlar Mahkamasi

(A. Ortiqov)

15.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lardan Davlat geologiya qo‘mitasining maqsadli foydalanishini ta’minlash va samarali geologik natijalarga erishish.

1. Olingan natijalar va davlat dasturlarini amalga oshirish doirasida mablag‘lardan foydalanish bo‘yicha tahliliy ma’lumotlarni tayyorlash.

Har chorakda.

2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga, Vazirlar Mahkamasiga va Moliya vazirligiga O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lardan foydalanish va erishilgan geologik natijalar to‘g‘risida hisobot taqdim etish.

Har yili.

Davlat geologiya qo‘mitasi (Sh. Alimov,

A. Kadirxodjayev, A. Rustamov),

Moliya vazirligi

(B. Abdinazarov)

Davlat geologiya qo‘mitasi (B. Islamov),

Moliya vazirligi

(T. Ishmetov)

16.

Neft va gaz mineral-xom ashyo bazasini rivojlantirish va qayta tiklash yillik davlat dasturlari doirasida O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga burg‘ulanib, qurilishi yakunlangan quduqlarni Davlat geologiya qo‘mitasi va uning tashkilotlari tomonidan yer qa’ridan muayyan foydalanuvchilarga berilguniga qadar soliqqa tortish obyektidan chiqarish.

Yillik davlat dasturlari doirasida O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga burg‘ulanib, qurilishi yakunlangan quduqlar Davlat geologiya qo‘mitasi va uning tashkilotlari tomonidan yer qa’ridan muayyan foydalanuvchilarga berilguniga qadar soliqlar va to‘lovlarni bekor qilishni amaliyotda qo‘llash.

2020-yil yanvardan.

Davlat geologiya qo‘mitasi (Sh. Alimov),

Moliya vazirligi

(X. Mustafoyev),

Davlat soliq qo‘mitasi
(A. Fayzibayev)

Davlat geologiya qo‘mitasi (B. Islamov),

Moliya vazirligi

(D. Sultanov),

Davlat soliq qo‘mitasi
(B. Musayev)

IV. Xodimlarni boshqarish samaradorligini va kadrlar malakasini oshirishga doir tadbirlar

17.

Iqtidorli yosh mutaxassislarni oliy ta’lim muassasalarida o‘qitish hamda mahalliy va xorijiy ixtisoslashgan kompaniyalarda malaka oshirish, seminarlarda va xalqaro tadbirlarda ishtirok etish, treninglar o‘tash orqali kadrlar malakasini oshirish.

1. Keyinchalik malakasini oshirish bo‘yicha ishlarni tashkillashtirish maqsadida mutaxassislarni, birinchi navbatda yosh istiqbolli kadrlarni aniqlash.

2020-yil fevral.

2. Mutaxassislar malakasini oshirish chora-tadbirlari va jadvalini ishlab chiqish hamda tasdiqlash.

2020-yil mart.

3. Mahalliy va xorijiy ixtisoslashgan kompaniyalar seminarlarida va xalqaro tadbirlarda ishtirok etish, treninglar o‘tash, oliy ta’lim muassasalarida o‘qitish orqali kadrlar malakasini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish.

2020-yil davomida, keyinchalik doimiy.

Davlat geologiya qo‘mitasi (A. Kadirxodjayev),

“O‘zbekgeofizika”

AJ (A. Tashkulov),

“Neft va gaz konlari geologiyasi va qidiruvi instituti” AJ (G. Abdullayev)

Davlat geologiya qo‘mitasi (B. Islamov)

18.

Xodimlarni rag‘batlantirish darajasini yanada oshirish va mehnatga haq to‘lashning tegishli tizimini joriy etish.

Sohaning malakali xodimlarini rag‘batlantirish, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot muassasalarining tegishli lavozimlari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirish shartlarini ilmiy-tadqiqot institutlari ilmiy xodimlariga nisbatan joriy etish choralarini ko‘rish.

2020-yil yanvardan boshlab.

Davlat geologiya qo‘mitasi (Sh. Alimov), “Neft va gaz konlari geologiyasi va qidiruvi instituti” AJ (G. Abdullayev)

Davlat geologiya qo‘mitasi (B. Islamov)

19.

Geologiya sohasi mutaxassislarini korporativ boshqarish ko‘nikmalari bo‘yicha o‘qitish.

1. Korporativ boshqaruv tizimida mutaxassislarning malakasini oshirish bo‘yicha ishlarni keyinchalik tashkil etish uchun ularni aniqlash.

2020-yil yanvar.

2. Tegishli shartnomalar tuzish va mutaxassislarni sertifikat bergan holda o‘qitish.

2020-yil fevraldan boshlab.

Davlat geologiya qo‘mitasi (Sh. Alimov)

Davlat geologiya qo‘mitasi (B. Islamov), Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (S. Bekenov)

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 18-noyabrdagi PQ-4522-son qaroriga

5-ILOVA

Xorijiy investorlar tomonidan “O‘zbekneftgaz” AJ bilan ilgari tuzilgan kelishuvlar doirasida keyinchalik O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi bilan yer qa’rini geologik o‘rganish bo‘yicha hamkorlikni davom ettirish maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida qaror qabul qilish uchun taqdim etilgan materiallar o‘rganiladigan investitsiya bloklari
ro‘yxati

T/r

Investitsiya bloklari nomi

Xorijiy kompaniyalar nomi

O‘rganib chiqish va hamkorlik bo‘yicha takliflar berilishini yakunlash muddati

1. Ustyurt hududi

Samsko-Kosbuloq

“Socar” (Ozarbayjon), “British Petroleum” (Buyuk Britaniya)

2019-yil noyabr

Boyterak

Orol dengizi akvatoriyasi

Sharqiy Surgil

“Total” (Fransiya), “Novatek” (Rossiya), “Mubadala” (BAA)

2019-yil dekabr

Ag‘in

Nasambek

Orol dengizi

“Total” (Fransiya), “Novatek” (Rossiya)

2019-yil dekabr

Uzunkuyi

“ONGC” (Hindiston), “Mubadala” (BAA), “Gazprom” (Rossiya)

2020-yil yanvar

Kossor

“Gazprom” (Rossiya), “Mubadala” (BAA), “Total” (Fransiya)

2020-yil yanvar

Molabaur

“Mubadala” (BAA)

2019-yil dekabr

2. Buxoro-Xiva hududi

Xorazm

“Novatek” (Rossiya), “Mubadala” (BAA)

2019-yil dekabr

Meshekli-Tuzkoy

“Total” (Fransiya)

2019-yil dekabr

Chegara-Tagman

“Gazprom” (Rossiya)

2020-yil yanvar

Xodjiqazg‘an

“Condor Petroleum” (Kanada)

2019-yil dekabr

Toyloq

3. Farg‘ona hududi

Chust-Pop

“Mubadala” (BAA)

2019-yil dekabr

Namangan-Tergachi

“Jogmeg” (Yaponiya), “Sinopec” (Xitoy)

2019-yil dekabr

Qoradjida-Gumxona

“Tatneft”, “Zarubejneft” (Rossiya)

2020-yil mart

Chinobod

“Gazprom” (Rossiya), “ONGC” (Hindiston)

2019-yil dekabr

Mingbuloq

“Tatneft”, “Zarubejneft” (Rossiya)

2020-yil mart

4. Surxondaryo hududi

Sharqiy Surxon

“ONGC” (Hindiston), “Petromaruz” (Rossiya)

2019-yil dekabr

5. Markaziy-Qizilqum hududi

Akbuget

“Lukoyl” (Rossiya)

2020-yil iyun

Beshbuloq

Toshquduq

6. Sirdaryo hududi

O‘rta Sirdaryo

“ONGC” (Hindiston)

2019-yil dekabr

Toshkent oldi

“Tatneft” (Rossiya)

2019-yil noyabr

Aydarko‘l

“Mubadala” (BAA)

2019-yil dekabr

Oldingi tahrirga qarang.
(6-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-iyuldagi PF-116-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2023-y., 06/23/116/0579-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.11.2019-y., 07/19/4522/4031-son; 18.06.2020-y., 06/20/6010/0776-son; 22.04.2021-y., 07/21/5083/0371-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2023-y., 06/23/116/0579-son)