1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.02.00 Agrosanoat ishlab chiqarishning davlat boshqaruvi / 09.14.02.01 Boshqaruv va tartibga solishning umumiy masalalari]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Qishloq xoʻjaligi]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga moʻljallangan strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida
Keyingi yillarda mamlakatimiz qishloq xoʻjaligini isloh qilish, xususan sohada davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish, bozor munosabatlarini keng joriy qilish, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi, qayta ishlovchi va sotuvchi subyektlar oʻrtasidagi munosabatlarning huquqiy asosini mustahkamlash, sohaga investitsiyalarni jalb qilish, resurstejamkor texnologiyalarni joriy etish hamda qishloq hoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarni zamonaviy texnikalar bilan taʼminlash borasida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga, qishloq xoʻjaligini rivojlantirish boʻyicha uzoq muddatga moʻljallangan strategiyaning mavjud emasligi yer va suv resurslaridan samarali foydalanishga, sohaga investitsiyalarni keng jalb etishga, ishlab chiqaruvchilarning yuqori daromad olishiga va mahsulotlar raqobatbardoshligini oshirishga toʻsqinlik qilmoqda.
Ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish, yer va suv munosabatlarini takomillashtirish, qulay agrobiznes muhitini va yuqori qoʻshilgan qiymat zanjirini yaratish, kooperatsiya munosabatlarini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash, sohaga bozor mexanizmlarini, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, shuningdek, ilm-fan yutuqlaridan samarali foydalanish hamda kadrlar salohiyatini oshirish maqsadida:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.01.00 Umumiy qoidalar]
1. Quyidagilar:
xalqaro tashkilotlar va ekspertlar ishtirokida ishlab chiqilgan Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga moʻljallangan strategiyasi (keyingi oʻrinlarda — Strategiya) 1-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga moʻljallangan strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl xarita”si (keyingi oʻrinlarda — “Yoʻl xarita”si) 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.01.00 Umumiy qoidalar;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.02.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilishning boshqaruvi. Yerga oid munosabatlarni tartibga solish yuzasidan davlat organlarining vakolatlari;
3.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.02.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilishni boshqarish va nazorat qilish]
2. Quyidagilar Strategiyani amalga oshirishning ustuvor yoʻnalishlari etib belgilansin:
oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini taʼminlash va isteʼmol ratsionini yaxshilash, talab etiladigan miqdordagi oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirishni nazarda tutuvchi oziq-ovqat xavfsizligi davlat siyosatini ishlab chiqish va joriy etish;
qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini xarid qilish va sotishda bozor tamoyillarini keng joriy etish, sifat nazorati infratuzilmasini rivojlantirish, eksportni ragʻbatlantirish, maqsadli xalqaro bozorlarda raqobatbardosh, yuqori qoʻshilgan qiymatli qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat tovarlari ishlab chiqarishni nazarda tutuvchi qulay agrobiznes muhitini va qoʻshilgan qiymat zanjirini yaratish;
qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat tarmogʻini modernizatsiyalash, diversifikatsiya qilish va barqaror oʻsishini qoʻllab-quvvatlash uchun xususiy investitsiya kapitali oqimini koʻpaytirishni nazarda tutuvchi sohada davlat ishtirokini kamaytirish va investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish mexanizmlarini joriy qilish;
yer va suv resurslari, oʻrmon fondidan oqilona foydalanishni nazarda tutuvchi tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va atrof-muhitni muhofaza qilish tizimini takomillashtirish;
qishloq xoʻjaligida davlat boshqaruvi tuzilmasini restrukturizatsiya qilish va yanada rivojlantirishni nazarda tutuvchi boshqaruvning zamonaviy tizimlarini rivojlantirish;
fermer xoʻjaliklarida mehnat unumdorligini oshirish, mahsulot sifatini yaxshilash, yuqori qoʻshilgan qiymat yaratishga qaratilgan tarmoq dasturlarini ishlab chiqish orqali davlat xarajatlari samaradorligini oshirish va bosqichma-bosqich qayta taqsimlash;
qishloq xoʻjaligida ilmiy-tadqiqot, taʼlim va maslahat xizmatlarining ishlab chiqarish bilan integratsiyalashgan bilim va maʼlumotlarni tarqatishning samarali shakllarini qoʻllashni nazarda tutuvchi ilm-fan, taʼlim, axborot va maslahat xizmatlari tizimini rivojlantirish;
qishloq joylarini muvozanatli va barqaror taraqqiy ettirishga koʻmaklashishni nazarda tutuvchi qishloq hududlarini rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish;
zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etish orqali statistik maʼlumotlarni toʻplash, tahlil qilish va tarqatishning ishonchli uslublarini joriy etishni nazarda tutuvchi tarmoq statistikasining shaffof tizimini yaratish.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.01.00 Umumiy qoidalar]
3. Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga moʻljallangan strategiyasini amalga oshirish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengash (keyingi oʻrinlarda — Muvofiqlashtiruvchi kengash) 3-ilovaga muvofiq tarkibda tasdiqlansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi Muvofiqlashtiruvchi kengashning ishchi organi etib belgilansin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.01.00 Umumiy qoidalar]
4. Muvofiqlashtiruvchi kengash (A.N. Aripov):
Strategiyaning toʻliq, oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini tashkil etsin hamda belgilangan indikatorlarga erishish ustidan doimiy monitoring olib borsin;
bir oy muddatda Strategiyaning har bir asosiy yoʻnalishi boʻyicha malakali mutaxassislardan, shu jumladan xorijiy ekspertlardan iborat tarkibda doimiy ishlovchi ishchi guruhlarini, ularga xalqaro moliya tashkilotlari, xorijiy davlatlar va boshqa donorlar grantlari, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari, shuningdek, qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan ish haqi va boshqa toʻlovlarni belgilagan holda shakllantirsin;
Strategiya va “Yoʻl xaritasi”ni amalga oshirishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalari sifatli va oʻz muddatida ishlab chiqilishi hamda belgilangan tartibda kiritilishini taʼminlasin;
har yili 1-dekabrga qadar joriy yil uchun belgilangan vazifalarning bajarilishini chuqur tahlil etgan holda Strategiyani amalga oshirish yuzasidan kelgusi yilga moʻljallangan chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqilishi va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini tashkil etsin;
(4-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-fevraldagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.02.2024-y., 06/24/36/0130-son)
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.10.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti / 01.10.03.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi]
har chorakda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga Strategiyani amalga oshirish boʻyicha bajarilgan ishlar haqida axborot taqdim etib borsin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.01.00 Umumiy qoidalar]
5. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi bir oy muddatda mazkur Farmonda nazarda tutilgan vazifalarning toʻliq va oʻz muddatlarida bajarilishini taʼminlash maqsadida vazirlik tuzilmasida qoʻshimcha 4 ta shtat birligidan iborat masʼul boshqarma tashkil etsin hamda xorijiy ekspertlar jalb etilishini taʼminlasin.
Xorijiy ekspertlarni jalb etish vazirlikning budjetdan tashqari hamda xalqaro moliya institutlarining grant va texnik koʻmak mablagʻlari hisobidan amalga oshirilishi belgilansin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.01.00 Umumiy qoidalar;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.02.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilishni boshqarish va nazorat qilish]
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-oktabrdagi PQ-4486-son “Suv resurslarini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi huzurida Suv xoʻjaligi sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi tashkil etilganligi hamda unga suv xoʻjaligi sohasida investitsiya loyihalarini amalga oshirish yuklatilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Agrosanoat majmui va oziq-ovqat taʼminoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi mavjud investitsiya loyihalari, loyihalarni amalga oshirish guruhlari, shuningdek, huquqlar, majburiyatlar va shartnomalar saqlab qolingan holda Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi tarkibiga oʻtkazilsin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.01.00 Umumiy qoidalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.01.00 Umumiy qoidalar]
7. Oʻzbekiston Respublikasi davlat budjeti, davlat maqsadli jamgʻarmalari hamda vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalari budjetlari parametrlarida qishloq xoʻjaligi xarajatlari tarkibini diversifikatsiya qilishning maqsadli yoʻnalishlari 4-ilovaga muvofiq belgilansin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.18.00.00 Jamoatchilik nazorati;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.01.00 Umumiy qoidalar]
8. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga:
Strategiyani oʻz vaqtida va samarali ijro etilishi ustidan parlament va jamoatchilik nazoratini oʻrnatish;
amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida vazirlik va idoralar hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimlarining axborotlarini har yili Senat, Qonunchilik palatasi va tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi hamda xalq deputatlari viloyat Kengashlarining majlislarida eshitib borilishini taʼminlash tavsiya etilsin.
(8-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 2-fevraldagi PF-28-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.02.2024-y., 06/24/28/0099-son)
9. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
10. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi va Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda ushbu Farmonning mazmun-mohiyati hamda maqsad va vazifalarini ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini taʼminlasin.
11. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 23-oktabr,
PF-5853-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-oktabrdagi PF-5853-son Farmoniga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga moʻljallangan
strategiyasi
1-bob. Umumiy qoidalar
Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat tarmogʻini istiqbolda barqaror rivojlantirish sohada davlat siyosatini yangicha yondoshuvlar asosida yuritishni talab qilmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga moʻljallangan strategiyasi (keyingi oʻrinlarda — Strategiya) ushbu vazifalarni amalga oshirishga xizmat qiladi.
Mazkur Strategiyaning asosiy maqsadi qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat tarmogʻining raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan islohotlarni yanada chuqurlashtirishda davlat siyosatini tubdan takomillashtirishga yoʻnaltirilgan boʻlib, quyidagi ustuvor yoʻnalishlarni qamrab oladi:
aholining oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash;
qulay agrobiznes muhitini va qoʻshilgan qiymat zanjirini yaratish;
soha boshqaruvida davlat ishtirokini kamaytirish va investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish;
tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va atrof-muhit muhofazasini taʼminlash;
davlat boshqaruvining zamonaviy tizimlarini rivojlantirish;
tarmoqni qoʻllab-quvvatlashga yoʻnaltirilgan davlat xarajatlarini bosqichma-bosqich diversifikatsiya qilish;
qishloq xoʻjaligida ilm-fan, taʼlim, axborot va maslahat xizmatlari tizimini rivojlantirish;
qishloq hududlarini rivojlantirish;
tarmoq statistikasining shaffof tizimini ishlab chiqish.
Qishloq xoʻjaligining rivojlanishi mazkur Strategiyaning 1- va 2-ilovalarida belgilangan asosiy koʻrsatkichlar va indikatorlarga erishishga asoslanadi.
Strategiyani amalga oshirish yoʻnalishlari boʻyicha har yili 1-dekabrga qadar kelgusi yilga moʻljallangan dastur ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
2-bob. Strategiyaning ustuvor yoʻnalishlari
I. Aholining oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash
Oziq-ovqat xavfsizligi keng qamrovli ijtimoiy-iqtisodiy, demografik va ekologik omillarga bogʻliq boʻlib, mamlakat rivojlanishining asosiy tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi.
Oziq-ovqat xavfsizligining toʻrt tarkibiy qismlari (oziq-ovqatning mavjudligi, uni xarid qilish qobiliyati, undan foydalanish va uning barqarorligi) boʻyicha oziq-ovqat xavfsizligining davlat siyosati ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi.
Aholi sonining oʻsishi, yer, suv va energiya resurslariga boʻlgan talabning ortishi, shuningdek, iqlimning keskin oʻzgarishi oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashga taʼsir etuvchi asosiy omillardir.
Soʻnggi yillarda mamlakatimizda oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash boʻyicha bir qator choralar amalga oshirilishi natijasida Oʻzbekiston dunyoda egallagan oʻrnini mustahkamlashga erishdi va bosqichma-bosqich global reytinglarda oʻz mavqeyini yaxshilab oldi. Oʻzbekiston Respublikasi 2018-yilda Global ochlik indeksi boʻyicha 119 mamlakat orasida 52-oʻrinni egallab, 12,1 koʻrsatkich bilan “moʻtadil” darajaga erishdi.
Biroq, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlami uchun oziq-ovqat mahsulotlari taʼminoti barqarorligiga erishish, kam daromadli oilalarning xarid qobiliyatini oshirish, mahsulotlar narxi va miqdori keskin oʻzgarishining oldini olish hal etilishi zarur boʻlgan muammolardan hisoblanadi.
Mazkur ustuvor yoʻnalishning asosiy maqsadi — respublikaning barcha aholisi oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan davlat siyosatini ishlab chiqish va uni samarali amalga oshirishdan iborat.
Ustuvor yoʻnalish aholini barqaror narxlardagi xavfsiz va sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlashga qaratilgan. Bu esa Oʻzbekiston Respublikasining barqaror rivojlanish maqsadlariga (BRM), shu jumladan BMTning 2-BRM “Ochlikka barham berish, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, isteʼmolni yaxshilash va barqaror qishloq xoʻjaligini targʻib qilish”da belgilangan maqsadlarga erishishga xizmat qiladi.
Ushbu maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar belgilanadi:
aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini oziq-ovqat bilan taʼminlash mexanizmlarini takomillashtirish, shuningdek, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarini ijtimoiy obyektlar bilan integratsiyalash;
boshoqli don yetishtirishda davlat intervension xaridlar tizimini joriy qilish, qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlari narxlarini davlat tomonidan tartibga solish mexanizmidan bosqichma-bosqich voz kechish hamda boshoqli donni kvota asosida bozor narxlarida sotib olish mexanizmini joriy etish;
sogʻlom isteʼmol madaniyatini targʻib qilish boʻyicha uzoq muddatli dastur ishlab chiqish;
xalqaro darajada tan olingan uslubiyatlar va ilgʻor tajribalar asosida oziq-ovqat xavfsizligini baholash tizimini joriy qilish hamda doimiy monitoring qilish;
ijtimoiy ahamiyatga ega mahsulot turlari ishlab chiqarishni intensivlashtirishga doir tarmoq dasturlarini ishlab chiqish;
chorvachilikda mahsuldorlikni oshirish, baliq va parranda goʻshti, shuningdek, sut ishlab chiqarishni barqaror intensivlashtirishga qaratilgan tadqiqot ishlarini olib borish.
II. Qulay agrobiznes muhitini va qoʻshilgan qiymat zanjirini yaratish
Qoʻshilgan qiymat zanjirining rivojlanishi qishloq xoʻjaligi raqobatdoshligini taʼminlashning muhim omili hisoblanadi. Mahsulotlarni daladan yakuniy isteʼmolchigacha yetkazib berish, yaʼni yigʻish, tashish, saqlash, qayta ishlash, qadoqlash va sertifikatlash xarajatlarining yuqoriligi qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilari tomonidan olinadigan foydani kamaytiradi.
Oziq-ovqat ishlab chiqarish sanoatining past darajada rivojlanganligi yuqori qoʻshilgan qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini oshirish imkonini cheklamoqda.
Infratuzilmani rivojlantirishga investitsiyalarni jalb etish maqsadida taraqqiy etgan moliyaviy bozorlar, qulay ishbilarmonlik muhiti, shuningdek, ishlab chiqaruvchilarni qoʻllab-quvvatlash va ishlab chiqarish-sotish zanjirlarini rivojlantirishga qaratilgan choralarni koʻrish talab etiladi.
Eksport qilinadigan meva-sabzavotlarning asosiy qismini ishlab chiqaruvchi dehqon xoʻjaliklarida mahsulotlarni qayta ishlash va qadoqlash imkoniyatlari cheklanganligi katta yoʻqotishlarga olib kelmoqda. Shuningdek, narxlarning mavsumiy keskin oʻzgarishi va bozor sharoitlarining barqaror emasligi ham ular faoliyatiga salbiy taʼsir koʻrsatmoqda.
Soʻnggi yillarda kichik ishlab chiqaruvchilar tomonidan turli moliyaviy manbalar, shu jumladan xalqaro moliya institutlarining kreditlari hisobidan zamonaviy omborxonalar va qayta ishlash uskunalari uchun investitsiyalar yoʻnaltirilmoqda. Shunga qaramasdan ular qayta ishlash korxonalari va eksport qiluvchi tashkilotlardan ajralib qolmoqda.
Kichik qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilarini birlashtirishning samarali mexanizmlari toʻliq shakllanmaganligi sababli, ularning faoliyati tarqoqligicha qolmoqda. Bu esa yuqori iqtisodiy koʻrsatkichlarga erishishga toʻsqinlik qilmoqda hamda qoʻshilgan qiymat zanjirlariga birlashish imkonini cheklamoqda.
Taʼkidlash joizki, rivojlangan mamlakatlar (Yevropa Ittifoqi, AQSH, Kanada) bozorlarida kooperativlarning ulushi 40 foizdan oshadi, Oʻzbekistonda esa bu yoʻnalish endigina rivojlanmoqda.
Xalqaro standartlar va sifat talablariga javob beradigan laboratoriyalar, ulgurji bozorlar va logistika markazlari, shuningdek, bojxona va chegara maskanlarida meva-sabzavot mahsulotlarini fitosanitariya nazoratidan oʻtkazish uchun jihozlar yetishmovchiligi kuzatilmoqda.
Bu oʻz navbatida yetishtiriladigan va sotishga chiqariladigan mahsulotlar hajmini oshirish, qoʻshilgan qiymatni koʻpaytirish, eksport geografiyasi va mahsulot turlarining diversifikatsiya qilinishiga toʻsqinlik qilmoqda.
Sanitar va fitosanitar nazorat milliy huquqiy bazasini Jahon savdo tashkiloti talablari va maqsadli tashqi bozorlar standartlari bilan muvofiqligini taʼminlash orqali qishloq xoʻjaligi hamda oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligi va sifatini taʼminlash zarur.
Bundan tashqari, yalpi qishloq xoʻjaligi mahsulotida 70 foizdan ortiq ulushga ega boʻlgan dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari bilan tayyorlov, qayta ishlash va eksportyor korxonalar oʻrtasida oʻzaro hamkorlik munosabatlari yetarli rivojlanmagan.
Agrar sektorning eksport salohiyatini oshirish, qoʻshilgan qiymatga ega mahsulotlar hajmini koʻpaytirish, xalqaro standartlar asosida mahsulotlarni sertifikatlash tizimini keng joriy etish va kooperatsiya munosabatlarini rivojlantirish mazkur ustuvor yoʻnalishning asosiy maqsadi hisoblanadi.
Ushbu maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar belgilanadi:
bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaliklari mutaxassislari uchun qisqa muddatli, shu jumladan, masofaviy treninglar tashkil etish, oʻquv qoʻllanmalarni ishlab chiqish va tarqatish;
milliy karantin va oʻsimliklarni himoya qilish tizimini Jahon savdo tashkilotining Sanitariya va fitosanitariya choralari boʻyicha kelishuvi talablariga moslashtirish;
hayvonlar sogʻligʻini saqlash va chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni nazorat qilishning milliy tizimini Butunjahon hayvonlar sogʻligʻini saqlash tashkiloti (XEB) standartlariga moslashtirish;
ilgʻor xalqaro tajribalar asosida qishloq xoʻjaligida qoʻshilgan qiymat zanjirini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha Innovatsion taʼlim markazini tashkil etish;
xalqaro bozorlarda tan olingan sifat standartlarini (Global G.A.P, Organic, NACCP va boshqalar) joriy etishga koʻmaklashish mexanizmlarini ishlab chiqish;
yetakchi agrar korxonalar bilan qayta aloqa mexanizmlarini ishlab chiqish va joriy etish;
yangi maqsadli eksport bozorlarida muzokaralar olib borish va savdo kelishuvlarini amalga oshirishning ustuvor yoʻnalishlarini belgilash;
mahalliy va maqsadli xalqaro bozorlarda qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlari marketingi va tashish xarajatlarini kamaytirish;
mahalliy oziq-ovqat mahsulotlarini maqsadli eksport bozorlariga chiqarish uchun “Made in Uzbekistan” brendidan foydalanishni kengaytirish imkoniyatlarini baholash;
milliy sifat tizimini takomillashtirish boʻyicha reja ishlab chiqish;
eksport bozorlari toʻgʻrisida maʼlumotlar taqdim etish, eksportga tayyorgarlik, savdo rejimi va savdoni moliyalashtirish boʻyicha maslahat xizmatlarini rivojlantirish;
maqsadli bozorlar toʻgʻrisida maʼlumotlar toʻplash jarayonida, qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlari savdosini ilgari surishda Oʻzbekiston Respublikasi diplomatik vakolatxonalarining rolini oshirish;
oʻsimlik navlari mualliflari huquqlarini (shu jumladan, patent sinovlarini) muhofaza qilish tizimini takomillashtirish;
agrologistika markazlari negizida yagona savdo tizimini (auksion va birja savdolari asosida) joriy etish;
qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini sinash markazi tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlarni takomillashtirish, yangi ekin turlarini saqlash maqsadida Milliy genlar bankini yaratish;
qishloq xoʻjaligini standartlashtirish markazi tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar turlarini takomillashtirish;
paxta xom ashyosi yetishtirish va paxta-toʻqimachilik sohasida bozor mexanizmlarini keng joriy etish;
Oʻsimliklar karantini va himoyasi boʻyicha xalqaro konvensiyaga (IPPC) qoʻshilish;
dehqon xoʻjaliklari faoliyatini kengaytirishni ragʻbatlantirish maqsadida yer uchastkalarini imtiyozli shartlarda ajratish tartibini ishlab chiqish;
xalqaro moliya institutlari mablagʻlarini jalb qilgan holda genetik modifikatsiyalangan ekinlar navlarini sinash uchun maxsus laboratoriya tashkil qilish;
savdo infratuzilmasi va agrologistika markazlari, oziq-ovqat xavfsizligi laboratoriyalari, sanitariya va fitosanitariya tizimi, zarur uskunalar va inventarlar uchun investitsiyalar jalb qilishni yanada ragʻbatlantirish;
oʻsimliklarni himoya qilish boʻyicha xalqaro konvensiya va boshqa xalqaro standartlarga muvofiq pestitsidlarni va pestitsidlarning ruxsat etilgan maksimal miqdorlarini (MRL) roʻyxatga olish, eksport qiluvchilar va ishlab chiqaruvchilarni axborot bilan taʼminlash tizimini takomillashtirish;
urugʻchilik va meva-sabzavotchilik sohasi ilmiy-tadqiqot institutlarining moddiy-texnik bazasini modernizatsiya qilishga xalqaro moliya institutlari grantlari hamda texnik koʻmak mablagʻlarini jalb qilish;
qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari oʻrtasida kooperatsiyani ragʻbatlantirish hamda ularni ichki va tashqi bozorlarda zamonaviy ishlab chiqarish-sotish zanjiriga integratsiya qilish choralarini ishlab chiqish;
qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish va bu sohada xizmat koʻrsatishni muvofiqlashtirish, tezkor qarorlar qabul qilish va tarmoq siyosatini shakllantirish boʻyicha muzokaralarda ishtirok etuvchi birlashmalarni (kooperativlar va boshqalar) tashkil etish;
qishloq xoʻjaligi birlashmalari, fermer va dehqon xoʻjaliklarining qayta ishlash sanoati korxonalari (shu jumladan klasterlar) bilan oʻzaro hamkorligini taʼminlash;
agrar sohada kichik tadbirkorlikni rivojlantirish va faoliyatini diversifikatsiya qilishni qoʻllab-quvvatlash uchun tajriba — sinov tariqasida investitsiyaviy dasturlarni amalga oshirish;
meva-sabzavotchilik va chorvachilik tarmoqlarini baholash natijalariga koʻra (dastlab koʻp yillik maʼlumotlar va bozor tendensiyalari tahlili asosida eksport qilinuvchi asosiy 10 — 15 ta mahsulot turi boʻyicha) eksportni oshirish strategiyasini ishlab chiqish;
oziq-ovqat xavfsizligi va sifatini nazorat qilish tizimini modernizatsiya qilish.
III. Soha boshqaruvida davlat ishtirokini kamaytirish va investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish
Fermerlar uchun resurslar yetkazib berish hamda mahsulotlar ishlab chiqarish va sotishda davlatning bevosita ishtirok etishi sohaga xususiy investitsiyalar jalb qilinishini cheklab qoʻymoqda.
Agrobiznes subyektlariga maslahat xizmatlari koʻrsatish tizimining rivojlanmaganligi, biznesni boshqarish koʻnikmalarining yetishmasligi, agrosanoat majmui va bank sohalarida kadrlar salohiyatining cheklanganligi xalqaro moliya institutlari kredit mablagʻlarini samarali oʻzlashtirilishini cheklamoqda.
Shuningdek, investitsiyalarni boshqarish samaradorligini baholashning mustaqil monitoringi hamda baholash strukturasi, tizimi va mexanizmlari mavjud emas.
Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari tomonidan maqbul qishloq xoʻjaligi va ekologik amaliyot (GAEP), maqbul ishlab chiqarish amaliyoti (GMP) va boshqa standartlarga rioya etilishini ragʻbatlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish lozim.
Qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat tarmogʻini modernizatsiyalash, diversifikatsiyalash va barqaror rivojlanishi uchun xususiy investitsiyalarni jalb etishga koʻmaklashuvchi samarali tizimni yaratish mazkur ustuvor yoʻnalishning asosiy maqsadi boʻlib hisoblanadi.
Ushbu maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar belgilanadi:
ichki bozorda narxlar barqarorligini taʼminlashga qaratilgan boshoqli don intervensiyasini amalga oshirish uchun kerakli boʻlgan hajmdan tashqari davlat xaridlaridan toʻliq voz kechish;
qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarini davlat tomonidan moliyaviy qoʻllab-quvvatlash mexanizmlarini takomillashtirish, shu jumladan, strategik ahamiyatga ega boʻlgan ayrim qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishga ajratilgan tijorat kreditlarining foiz stavkalarini subsidiyalash;
qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat tarmogʻining strategik yoʻnalishlari va ehtiyojlariga mos kreditlash va sugʻurtalash mexanizmini takomillashtirish;
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi faoliyatini takomillashtirish;
(III qismning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-apreldagi PF-95-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.04.2022-y., 06/22/95/0267-son)
qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarini kreditlashda “omborxona guvohnomalari” mexanizmini joriy etish;
Oʻzbekiston Respublikasi tovar xom-ashyo birjasining qishloq xoʻjaligi mahsulotlari savdosi boʻyicha faoliyatini kengaytirish;
qoʻshimcha mexanizmlar va moliyaviy vositalarni joriy etish va bozor ishtirokchilariga teng imkoniyatlar yaratish orqali hamkorlikning shaffof mexanizmini ishlab chiqish;
resurs taʼminoti va xizmat koʻrsatish sohasidagi nostrategik davlat korxonalarini xususiylashtirish orqali resurslar va xizmatlar bozorida raqobatni kuchaytirish;
imtiyozli kredit hisobiga resurslar yetkazib berish va xizmatlar koʻrsatish amaliyotidan voz kechish;
agrosanoat majmui subyektlari oʻrtasida fyuchers shartnomalari asosida ishlashga koʻmaklashish va buni ragʻbatlantirib borish;
yer uchastkalariga boʻlgan ijara huquqi qiymatini bozor narxlarida aniqlash tartibini qayta koʻrib chiqish orqali yer uchastkalariga boʻlgan huquqdan garov taʼminoti sifatida foydalanish mexanizmini takomillashtirish;
xalqaro moliya institutlarining kredit liniyalari maqsadli jalb etilishini taʼminlash maqsadida investitsiya dasturini ishlab chiqish;
tijorat banklari tomonidan dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari uchun kredit resurslarini ajratishni ragʻbatlantirish mexanizmlarini takomillashtirish;
qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtirish tartibini qayta koʻrib chiqish;
qishloq xoʻjaligida intensiv innovatsion texnologiyalarni joriy qilishni ragʻbatlantirish tizimini takomillashtirish.
IV. Tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va atrof-muhit muhofazasini taʼminlash
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan 20,2 mln gektar yerlarning atigi 20,7 foizi sugʻoriladigan yerlar hisoblanadi. Soʻnggi 15 yil mobaynida aholi jon boshiga sugʻoriladigan yerlar 24 foizga (0,23 ga dan 0,16 gacha) kamaygan.
Mazkur holat aholi sonining oʻsishi, suv taʼminoti hajmining qisqarishi va qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarning boshqa yer fondi toifalariga oʻtishi natijasida yuzaga kelgan.
Prognozlarga koʻra, kelgusi 30 yil mobaynida sugʻoriladigan yer maydonlari yana 20 — 25 foizga qisqarishi mumkin.
Yerdan foydalanish huquqining yetarli darajada kafolatlanmaganligi xoʻjaliklarni boshqarish samaradorligini oshirishga toʻsqinlik qilmoqda va investitsiyalarni jalb qilishni cheklamoqda.
Hozirgi vaqtda yer uchastkalarini taqsimlashning hamda yerdan foydalanuvchilar huquqlarini himoya qilishning aniq va shaffof mexanizmlari toʻliq yaratilmagan.
Shuningdek, yer uchastkalarini ikkilamchi ijaraga berish nazarda tutilmaganligi qishloq xoʻjaligi yerlarini nisbatan salohiyatli yerdan foydalanuvchilarga oʻtishiga toʻsqinlik qilmoqda.
Mamlakat suv resurslarining qariyb 80 foizi transchegaraviy suv havzalari hisobiga shakllanadi. Mazkur holat Markaziy Osiyoda, xususan Oʻzbekiston Respublikasida suv resurslarini barqaror boshqarish uchun mintaqaviy hamkorlikning muhimligini belgilaydi. Mamlakatda irrigatsiya tarmoqlarining 70 foizi filtratsiyaga qarshi qoplamaga ega emas, oqibatda suvning bir qismi dalagacha yetkazish jarayonida yoʻqotilmoqda.
Mavjud irrigatsiya infratuzilmasi, nasos stansiyalarining katta qismi 30 — 40 yildan ortiq foydalanilmoqda va rekonstruksiya yoki kapital taʼmirga muhtoj.
Hozirgi vaqtda sugʻoriladigan yerlarning faqatgina 1,7 foizida tomchilatib sugʻorish joriy etilgan.
Dehqonchilikning irrigatsiyaga yuqori darajada bogʻliqligi sababli anʼanaviy sugʻorish uslublarini qoʻllashning davom etayotganligi hamda iqlim oʻzgarishi natijasida qurgʻoqchilikning keskin kuchayishi bilan vaziyat yanada murakkablashishi mumkin.
Jahon resurslari institutining prognoziga koʻra, 2040-yilga borib Oʻzbekiston suv tanqisligi eng yuqori boʻlgan 33 ta mamlakatning biriga aylanadi. Hosildorlikning kamayishi oziq-ovqat xavfsizligi va toʻlov balansi uchun jiddiy salbiy oqibatlarni keltirib chiqaradi, bu esa suv resurslarini barqaror boshqarish va qishloq xoʻjaligi ekinlarini yetishtirishda resurstejamkor texnologiyalarni qoʻllash zaruratini yuzaga keltiradi.
Qishloq xoʻjaligi ehtiyojlari uchun suv yetkazib berish xarajatlarini qoplash mexanizmining mavjud emasligi suv tejovchi texnologiyalarni keng joriy qilishga toʻsqinlik qilmoqda.
Yevropa Ittifoqi Parlamentining suv boʻyicha direktivasiga (2000/60/YEI) mos yangi zamonaviy suv qonunchiligining joriy qilinishi, kelgusida suv siyosatini tartibga soladigan zarur normativ-huquqiy baza ishlab chiqilishini va suv resurslarini boshqarishning uygʻunlashgan uslublari joriy qilinishini taʼminlaydi.
Mamlakat tabiiy resurslarining asosiy tarkibiy qismlaridan biri oʻrmon fondi yerlari boʻlib, 11,1 mln gektarni yoki umumiy maydonning 25 foizini tashkil etadi. Oʻrmon bilan qoplangan maydonlar esa 3,2 mln gektarga (29 foiz) teng.
Soʻnggi yillarda Hukumat tomonidan oʻrmon resurslarini boshqarishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. 2017-yilda Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi tashkil etildi, oʻrmonlar maydonini 2,3 mln gektarga kengaytirish, 12 ta yangi oʻrmon xoʻjaliklarini tashkil etish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash boʻyicha qator chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Shuningdek, Orol dengizining qurigan sathida oʻrmonlar barpo qilish, himoya oʻrmonzorlar maydonlarini kengaytirish, qishloq xoʻjaligi yerlarida shamoldan himoyalovchi yashil yoʻlaklarni koʻpaytirish, mukammal monitoring tizimini yaratish va ekologik taʼlim dasturlarini takomillashtirish ishlari olib borildi.
Shu bilan birga, tabiiy resurslardan nooqilona foydalanish natijasida atrof-muhit va iqlim uchun yuzaga keladigan salbiy oqibatlarni kamaytirishga qaratilgan qishloq xoʻjaligi va qishloq hududlarining barqaror rivojlanishi uchun tabiiy resurslarni samarali boshqarish asosiy ustuvor yoʻnalish boʻlib hisoblanadi.
Mamlakatda minimal agroekologik standartlar mavjud boʻlsada, ularning asosiy qismi eski texnologiyalarga asoslangan. Qishloq xoʻjaligi amaliyotlarini ishlab chiqishda ekologik omillar hisobga olinmaydi.
Agroekologik amaliyotlarni yaxshilash va tabiiy resurslarni muhofaza qilish standartlari va mexanizmlarini ishlab chiqishda ekologik omillarga integratsiya qilish talab etiladi.
Qishloq xoʻjaligini barqaror rivojlantirishda tabiiy resurslardan oqilona va samarali foydalanishni taʼminlash hamda atrof-muhitni muhofaza qilish mazkur ustuvor yoʻnalishning asosiy maqsadi boʻlib hisoblanadi.
Ushbu maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar belgilanadi:
maqbul qishloq xoʻjaligi va ekologik amaliyotni (GAEP) ishlab chiqish va joriy etish;
qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilarga moʻljallangan maqbul qishloq xoʻjaligi va ekologik amaliyot (GAEP) tamoyillariga rioya etish boʻyicha yoʻriqnoma ishlab chiqish;
qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilariga maqbul qishloq xoʻjaligi va ekologik amaliyoti (GAEP), shuningdek, agrar tadbirkorlikka maqbul ishlab chiqarish amaliyoti (GMP) hamda boshqa sifat standartlarini joriy etishga koʻmaklashish choralarini koʻrish;
qishloq xoʻjaligida ekologiya va iqlim uchun xavfsiz amaliyotni targʻib qilish;
Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksiga yerdan foydalanish huquqini himoya qilish mexanizmini takomillashtirish va meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini saqlab qolgan holda dehqon xoʻjaliklari yerlarini vaqtincha foydalanish uchun berish tartibini joriy etish hamda belgilangan tartibda yer uchastkalariga boʻlgan huquqlar bekor qilinganda tutash hududdagi yerdan foydalanuvchilar tomonidan dastlabki rad etish huquqini nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalarni kiritish;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksining 36-moddasi.
2030-yilga qadar bir gektar maydonni sugʻorish uchun ishlatiladigan suv sarfini 20 foizga kamaytirish;
mahalliy suv tejovchi texnologiyalarni ishlab chiqaruvchilar va xaridorlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash mexanizmlarini takomillashtirish;
oʻrmon resurslarini boshqarish sohasida kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini takomillashtirish;
iqlim oʻzgarishi taʼsirini oldini olish boʻyicha harakatlar milliy rejasini qabul qilish;
tuproqni tahlil qilishning mobil laboratoriyalarini xarid qilish orqali tuproq-iqlim sharoitlaridan kelib chiqqan holda oʻgʻitdan foydalanishning samarali amaliyotini joriy etib, tuproq unumdorligini saqlash va oshirish;
qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni hisobga olishning kadastr tizimini takomillashtirish hamda yerdan foydalanish va mulk huquqlarining hisobini yuritish uchun koʻchmas mulkka egalik huquqini hisobga olish tizimi bilan yagona axborot tizimini birlashtirish;
qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarning kadastr bahosini aniqlash tizimini qayta koʻrib chiqish;
suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish;
smart texnologiyalaridan (mini oʻlchov stansiyalari va “aqlli tayoqcha”) foydalangan holda qishloq xoʻjaligida suv bilan taʼminlash xarajatlarini qoplash tartibini ishlab chiqish;
oʻrmon resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish;
oʻrmon resurslarini baholash va uning monitoringini yuritishning zamonaviy usullarini joriy etish;
bozor bahosida oʻrmon resurslarining hisobini yuritishni taʼminlovchi mezonlar va koʻrsatkichlar tizimini ishlab chiqish;
biologik xavfsizlikni taʼminlash, qishloq xoʻjaligida tabiiy resurslar, pestitsidlar va kimyoviy vositalardan foydalanishni nazorat qilish borasida institutsional salohiyatni mustahkamlash;
ekotizim va biotoplarning holatiga qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishining taʼsirini monitoring qilish uchun Maqbul qishloq xoʻjalik va ekologik amaliyot (GAEP) asosida minimal ekologik standartlar va talablarni ishlab chiqish;
qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarning kadastr tizimini rivojlantirish, yer resurslarini boshqarish sohasidagi muassasalarning imkoniyatlari va infratuzilmasini modernizatsiya qilish;
yer va suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish hamda qishloq xoʻjaligiga xususiy investitsiyalarni jalb etish maqsadida sugʻorish sohasida davlat-xususiy sheriklik loyihalarini ishlab chiqish va tajriba sinov tariqasida joriy etish.
V. Davlat boshqaruvining zamonaviy tizimlarini rivojlantirish
Agrosanoat majmuidagi davlat organlarining funksiyalari asosan ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarishga yoʻnaltirilgan va ularning ayrimlari xususiy sektorga oʻtkazilishi mumkin.
Meva-sabzavotchilik va chorvachilik sohalarida sezilarli oʻsish kuzatilishiga qaramasdan, xizmat koʻrsatish infratuzilmasi, moddiy resurslar taʼminoti hamda ilmiy-tadqiqot va taʼlim muassasalarining aksariyat qismi paxta xom-ashyosi va boshoqli don yetishtirishga moʻljallangan.
Xalqaro standart va talablarga javob beradigan zamonaviy va sifatli xizmat koʻrsatish infratuzilmasining yetishmasligi sohadagi muammolarni yanada murakkablashtirmoqda. Bu birinchi navbatda oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi, veterinariya va fitosanitariya bilan bogʻliq davlat xizmatlariga taalluqlidir.
Yangi bozorlarga chiqish uchun ishlab chiqaruvchilar va qayta ishlovchilarga sertifikatsiyalash va maslahat xizmatlarini koʻrsatuvchi xususiy sektorni rivojlantirish zarur.
Bugungi kunda davlat korxonalari tomonidan koʻrsatilayotgan xizmatlar monopol koʻrinishga ega boʻlib, sohaga xususiy investitsiyalarni jalb qilish, resurslar bilan taʼminlash va marketing xizmatlarini koʻrsatishda raqobatni shakllantirishga salbiy taʼsir qilmoqda.
Agrar bozorning ehtiyojlarini qondira oladigan tizimlar, xizmatlar va muvofiqlashtirish mexanizmlarini yaratish orqali mavjud institutsional tuzilmani qayta koʻrib chiqish mazkur ustuvor yoʻnalishning asosiy maqsadi boʻlib hisoblanadi.
Ushbu maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar belgilanadi:
qishloq xoʻjaligi vazirligini funksional baholash (Management Functional Assessment Model — MFAM) va uning natijalari boʻyicha yangi vakolat va faoliyat yoʻnalishlarini belgilash maqsadida vazirlikning tuzilmasi va boʻlinmalari faoliyatini qayta koʻrib chiqish;
Strategiyani amalga oshirishga masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish maqsadida qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat sohasida davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish;
tarmoq vazirlik va idoralar faoliyatining samaradorligini baholash orqali ragʻbatlantirish mexanizmlarini ishlab chiqish hamda boshqaruv xodimlarning strategik va loyiha boshqaruvidagi salohiyatini oshirish;
tarmoqda qoʻshimcha xizmatlarni koʻrsatish maqsadida davlat-xususiy sheriklik modelini rivojlantirish;
sohaning manfaatdor tomonlari (davlat, xususiy va jamoat tashkilotlaridan iborat) forumini tashkil etish;
qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat sohasini rivojlantirish boʻyicha Hukumat va hamkorlar (sohani qoʻllab-quvvatlashga jalb etilgan barcha donorlar va xalqaro moliya institutlari) forumini tashkil etish.
VI. Tarmoqni qoʻllab-quvvatlashga yoʻnaltirilgan davlat xarajatlarini bosqichma-bosqich diversifikatsiya qilish
Hozirgi vaqtda davlatning qishloq xoʻjaligiga sarflanadigan xarajatlarining yalpi ichki mahsulotdagi ulushi (1,68 foiz) Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotiga (IHTT) kirmaydigan (0,62 foiz), oʻrtacha darajadagi daromadli davlatlarga nisbatan qariyb uch baravar va IHTTga aʼzo mamlakatlarga (0,17) nisbatan oʻn baravar koʻpdir.
Shunga qaramasdan, qishloq xoʻjaligida samaradorlik va raqobatbardoshlik hamda ishlab chiqaruvchilarning daromadlari nisbatan pastligicha qolmoqda.
Sohani davlat tomonidan moliyalashtirishning asosiy qismi bevosita irrigatsiya uchun sarflanadi (63 foiz) hamda asosan paxta va boshoqli don yetishtirishni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan. Budjet mablagʻlarining katta qismi nasos stansiyalarining elektr energiyasini qoplash uchun sarflanadi, oqibatda mavjud irrigatsiya va drenaj tizimlarini ekspluatatsiya qilish va saqlash, ularni rivojlantirish va modernizatsiya qilish xarajatlari toʻliq qoplanmayapti.
Hozirgi vaqtda umumiy xizmatlarni qoʻllab-quvvatlashning katta qismi davlat budjetida “boshqalar” xarajat moddasi sifatida aks etadi, bu esa sohada davlat xarajatlarining strategik rejalashtirilishi yoʻqligidan dalolat beradi. Budjet tizimida sohani qoʻllab-quvvatlash uchun xalqaro moliyaviy va kredit dasturlari (3,5 mlrd AQSH dollardan ortiq) va davlatning yirik investitsiya dasturlari yoki strategik rejalashtirish jarayonlari oʻrtasida aloqa mavjud emas.
Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish uchun quyidagi yoʻnalishlardagi davlat dasturlari va xizmatlariga ajratilayotgan budjet mablagʻlari miqdorini qayta koʻrib chiqish hamda moliyalash tizimini takomillashtirish lozim boʻladi:
atrof-muhitni muhofaza qilish, tuproq unumdorligini oshirish va suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish;
oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi, hayvonlar kasalliklariga qarshi kurash, veterinariya va fitosanitariya xizmatlari;
birlashmalarning turli shakllarini qoʻllab-quvvatlash (kooperativlar, klasterlar, ishlab chiqarish birlashmalari);
statistik maʼlumotlarni yigʻish va agrar bozorlar monitoringini yuritish tizimini takomillashtirish, bozor va transport-logistika infratuzilmasini rivojlantirish;
qishloq xoʻjaligi sohasidagi amaliy tadqiqotlar va izlanishlar, taʼlim va bilimlarni tarqatish tizimini rivojlantirish.
Mazkur yoʻnalishning asosiy maqsadi agrar siyosatning yangi ustuvor yoʻnalishlariga muvofiq asosiy davlat xizmatlarini koʻrsatish va tarkibiy oʻzgarishlar dasturlarini amalga oshirishga yoʻnaltiriladigan qishloq xoʻjaligiga ajratilayotgan davlat moliyaviy resurslarini bosqichma-bosqich qayta taqsimlash orqali mablagʻlardan foydalanish samaradorligini oshirish hisoblanadi.
Ushbu maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar belgilanadi:
qishloq xoʻjaligini moliyalashtirish uchun xarajatlar taqsimotini qayta koʻrib chiqib, ilmiy-tadqiqot va tajriba konstruktorlik ishlari va qishloq xoʻjaligi bilimlarini tarqatish tizimi, axborot va maslahat xizmatlari uchun ajratiladigan mablagʻlar hajmini oshirish;
qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat tarmogʻi bilan bogʻliq boʻlgan barcha budjetdan tashqari jamgʻarmalar faoliyatini toʻliq auditdan oʻtkazish va koʻrsatilayotgan xizmatlarni xususiy sektorga berish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish;
oʻrta muddatli budjet dasturlarini samarali amalga oshirish maqsadida xalqaro texnik koʻmak mablagʻlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish boʻyicha dasturlarni joriy etish;
qishloq xoʻjaligi sohasida soliqqa tortish tizimini chuqur tahlil qilish va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilarga soliq yukini kamaytirish boʻyicha aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish.
VII. Qishloq xoʻjaligida ilm-fan, taʼlim, axborot va maslahat xizmatlari tizimini rivojlantirish
Ilmiy-tadqiqot, taʼlim va axborot-maslahat xizmatlarini koʻrsatishni oʻzaro bogʻlaydigan qishloq xoʻjaligiga oid bilim va axborotlarni tarqatish boʻyicha samarali tizimning yoʻqligi sohani ilmiy asosda rivojlantirishdagi eng jiddiy toʻsiqlardan biri boʻlib qolmoqda. Hozirda ilmiy-tadqiqotlar uchun davlat investitsiyalari darajasi qishloq xoʻjaligi umumiy budjetining 0,2 foizini tashkil etadi.
Ilm-fan va ishlab chiqarish oʻrtasidagi oʻzaro aloqalarning samarali mexanizmlari mavjud emasligi davlat tomonidan moliyalashtirilgan ilmiy-tadqiqotlar natijalarini amaliyotga joriy qilishni sezilarli darajada cheklamoqda.
Qishloq xoʻjaligi ekinlari mahalliy navlarining hosildorligi past va tashqi bozor talablariga javob bermaydi. Import qilinadigan qimmat va mahalliy sharoitlarga moslashtirilmagan qishloq xoʻjaligi ekinlari navlariga qaramlik yanada ortib bormoqda.
Taʼlim muassasalarida oʻquv va kasbiy tayyorgarlik kurslari, taʼlim tizimi, shakli va oʻqitish usullari zamon talablariga javob bermaydi. Mehnat bozori talablarini oʻrganish va yangi mutaxassisliklarni joriy etish uchun tarmoqlararo va idoralararo muvofiqlashtirish tizimini yaratish talab etiladi.
Hozirgi vaqtda mamlakatda qishloq xoʻjaligiga oid bilim va axborotlar tarqatish uchun zamonaviy xususiy tuzilmalar mavjud emas.
Qishloq xoʻjaligi, oziq-ovqat taʼminoti, taʼlim, malaka oshirish va axborot-maslahat xizmatlari sohalarida zamonaviy, integratsiyalashgan va moslashuvchan tizimni yaratish mazkur ustuvor yoʻnalishning asosiy maqsadi boʻlib hisoblanadi.
Ushbu maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar belgilanadi:
tarmoq ilmiy-tadqiqot muassasalari faoliyati va ilm-fan sohasini tubdan isloh qilish;
donor tashkilotlar texnik koʻmagida qishloq xoʻjaligi sohasidagi kadrlarning taʼlim va kasbiy tayyorgarlik tizimini isloh qilish;
agrobiznes subyektlari uchun moʻljallangan davlat xizmatlari va tizimlarining kuchli va zaif tomonlarini aniqlash maqsadida mavjud maʼmuriy tizimlarni auditdan oʻtkazish, shuningdek, tarkibiy qayta tuzish va soddalashtirish rejalarini ishlab chiqish;
ekologik xavfsiz uslublar hamda qishloq xoʻjaligi amaliyotlari va texnologiyalari, iqlim oʻzgarishi taʼsirini yumshatish va unga moslashish borasidagi axborot-maslahat xizmatlarini Muvofiqlashtirish markazini tashkil etish;
agrotexnologiyalar boʻyicha axborot-maslahat markazlariga maxsus xodimlarni tayyorlash;
mamlakatning barcha hududlarida davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida axborot-maslahat markazlarini tashkil etish.
VIII. Qishloq hududlarini rivojlantirish
Mamlakat aholisining qariyb 16,4 millioni (jami aholining 49,4 foizi) qishloq hududlarida istiqomat qiladi (2018-y.). Mamlakatda tugʻilish darajasi yuqori (23,3 promille) va shunga mos ravishda qishloq joylarida ortiqcha ishchi kuchi mavjud. 25 yoshgacha boʻlgan odamlar aholining 45,5 foizini, 30 yoshgacha boʻlganlar esa 55 foizdan koʻprogʻini tashkil etadi.
Qishloq hududlarida davlat xizmatlari, shuningdek transport va axborot-kommunikatsiya aloqalari darajasi pastligicha qolmoqda. Hududiy ehtiyojlarni batafsil baholashga asoslangan va raqobat afzalliklarini hisobga olgan holda kompleks strategiya va dasturlarni ishlab chiqish talab etiladi.
Agrar sektorda amalga oshirilayotgan qoʻllab-quvvatlash choralari aksariyat hollarda toʻgʻridan-toʻgʻri fermerlar va boshqa qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilariga yoʻnaltirilgan.
Xorijiy mamlakatlar boʻyicha maʼlumotlar tahlil qilinganida, qishloq hududlarining iqtisodiy taraqqiy etishi qishloq xoʻjaligini rivojlantirish bilan bevosita bogʻliqligi va shundagina muvaffaqiyatga erishilishi, mahallalarning muhim ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etishga yoʻnaltirilgan subsidiyalarga asoslangan islohotlar samarasiz ekanligi kuzatildi.
Iqtisodiyot va sanoat vazirligining muvofiqlashtiruvi ostida amalga oshirilayotgan qishloqlarni rivojlantirish dasturlari, asosan, hududiy iqtisodiy nomutanosiblikni bartaraf etishga qaratilgan boʻlib, yirik shahar markazlari foydasi uchun, qishloq aholisining kichik bir qismi — fermerlar va qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi bilan shugʻullanadigan boshqa tadbirkorlar sektori tomonidan qoʻllab-quvvatlanadi, biroq qishloq mahallalari chetda qolmoqda.
Qishloq hududlarini barqaror rivojlanishini taʼminlash mazkur ustuvor yoʻnalishning asosiy maqsadi boʻlib hisoblanadi.
Ushbu maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar belgilanadi:
qishloq hududlarini rivojlantirish sohasida davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish;
qishloq hududlarini rivojlantirish uchun real ehtiyojlarni batafsil baholashni olib borish;
qishloq mahallalarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash va manfaatlarini himoya qilish hamda qarorlar qabul qilishni nomarkazlashtirish maqsadida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish;
noqishloq xoʻjaligi korxonalarini tashkil etish va rivojlantirish, mahalla fuqarolar yigʻinlarining mavjud imkoniyatlarini safarbar qilish hamda mahalla fuqarolari, agrar tadbirkorlik, fuqarolik jamiyati institutlari va davlat organlari oʻrtasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish uchun grant mablagʻlari va investitsiyalarni jalb etishning shaffof mexanizmini ishlab chiqish va tajriba tariqasida amalga oshirish;
qishloq hududlarini rivojlantirish milliy dasturini ishlab chiqish.
IX. Tarmoq statistikasining shaffof tizimini ishlab chiqish
Qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat tarmogʻida maʼlumot va axborot yigʻish tizimi markazlashtirilgan rejali iqtisodiyot tamoyillari asosida ishlab chiqilgan eskirgan mexanizm va amaliyotga asoslangan.
Ishlab chiqarish hajmi va mehnat unumdorligini baholash natijalari joylardagi haqiqiy holatga mos kelmaydi.
Aniq va ishonchli maʼlumotlarning yetishmasligi yangi normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqilishini, shuningdek, ularning sohaga taʼsirini obyektiv baholash imkonini bermaydi.
Ishonchli marketing maʼlumotlarining yetishmasligi fermerlar va boshqa agrobiznes subyektlari tomonidan biznes rejalarni ishlab chiqishda yoki faoliyatini toʻgʻri rejalashtirishda mavjud va oʻzgaruvchan bozor imkoniyatlaridan foydalanishni sezilarli darajada cheklamoqda.
Qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat tarmogʻi holatini aks ettiruvchi ishonchli statistik maʼlumotlarni yigʻish, qayta ishlash va tarqatish tizimiga investitsiyalarning jalb qilinishi davlat va xususiy sektor rivojlanishiga ijobiy taʼsir koʻrsatadi.
Mazkur ustuvor yoʻnalishning asosiy maqsadi boʻlib, ishonchli statistik maʼlumotlarni toʻplash, taqqoslash va tarqatish tizimini takomillashtirish hisoblanadi.
Ushbu maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar belgilanadi:
qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlari statistikasini rivojlantirishning aniq rejasini qabul qilish;
asosiy turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqarishning iqtisodiy koʻrsatkichlari (xarajat, daromad, foyda, rentabellik) toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yigʻish, taqqoslash va chop etish;
“Aqlli qishloq xoʻjaligi”ni rivojlantirish davlat dasturini ishlab chiqish;
mahsulot yetishtirish samaradorligi, tarmoqlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash, mehnat qonunchiligi, soliqqa tortish, kreditlash va boshqa zarur maʼlumotlarni qamrab olgan fermer xoʻjaligini yuritish maʼlumotnomasini (spravochnik) chop etish;
yirik mahalliy ishlab chiqaruvchilar va qayta ishlovchilar toʻgʻrisida maʼlumot va axborotlar katalogini chop etish;
sohada amalga oshirilgan choralar va erishilgan natijalar hamda davlat siyosatining istiqbolli choralarini oʻzida qamrab olgan qishloq xoʻjaligining yillik hisobotini (Agriculture annual report) chop etish;
qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat sohasida milliy tizim va xizmatlarni rivojlantirish uchun maʼlumotlar almashinuvi platformalarida hamda xalqaro forumlarda faol ishtirok etish;
qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishni (Agriculture census) oʻtkazish;
qishloq xoʻjaligi hayvonlarini identifikatsiyalash, ularning harakatini kuzatish va monitoring qilish tizimini joriy etish.
3-bob. Strategiyani amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar
Strategiya doirasida belgilangan vazifalarni bajarish orqali Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi sohasini 2030-yilgacha rivojlantirishda quyidagi koʻrsatkichlarga erishish nazarda tutiladi:
yer ajratish va uni olib qoʻyishda shaffof tizim yaratiladi, korrupsiya va boshqa subyektiv holatlarning oldi olinadi, yerdan foydalanuvchilar huquqlarini kafolatlaydigan tizim yaratiladi;
yerlarni noqonuniy ajratish, ulardan xoʻjasizlarcha foydalanish holatlari keskin kamayishiga erishiladi;
1,1 mln gektar qishloq xoʻjaligi yerlari oʻzlashtiriladi, 535,6 ming gektar lalmi, yaylov va boshqa yerlardan foydalanish samaradorligi ortadi;
qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar toʻliq xatlovdan oʻtkaziladi;
yer uchastkalariga boʻlgan huquqning haqiqiy bozor narxi shakllanadi, bu huquqdan garov taʼminoti sifatida foydalanish mumkin boʻladi, tadbirkorlar va aholi qoʻlidagi kapital qiymati oʻz oʻzidan ortadi, yer soligʻi solinadigan bazani kengaytirish imkoniyati yaratiladi;
respublika hududlarida sugʻorishning suv tejovchi tizimlaridan foydalanilish maydonlari kengaytiriladi va ushbu tizimlarni joriy qilishni ragʻbatlantirish mexanizmlari takomillashtiriladi;
suv isteʼmolchilari va suv yetkazib beruvchilar oʻrtasida hisob-kitoblar isteʼmol qilingan suvni yetkazib berish uchun qilingan haqiqiy xarajatlar hajmidan kelib chiqqan holda va bozor mexanizmlari asosida amalga oshiriladi;
hududlar ixtisoslashtiriladi, bir joyda bir xil mahsulotlarni yetishtirish, agroinnovatsion gʻoyalarni joriy etish, hosildorlikni oshirish va mahsulot sifatini yaxshilashga sharoit yaratiladi;
paxta xom ashyosi va boshoqli don yetishtirishda davlatning ishtirokidan bosqichma-bosqich voz kechiladi;
paxta xom ashyosi va boshoqli don mahsulotlari yetishtiruvchilari bilan qabul qiluvchilar oʻrtasida mahsulot hajmiga qarab shartnoma tuzish tizimi yoʻlga qoʻyiladi;
yerlarning turiga qarab yuqori hosil beruvchi ekinlar yetishtiruvchilar tomonidan mustaqil joylashtiriladi;
mayda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarni qoʻllab-quvvatlash va yerlardan oqilona foydalanish imkoniyati yaratiladi;
sifatli raqobatbardosh meva va sabzavotlarni ishlab chiqarish, saqlash, chuqur qayta ishlash va eksport oʻsishi barqarorligini taʼminlashga erishiladi;
ilm-fan, taʼlim va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasi amalga oshiriladi;
kadrlar tayyorlashda oliy va oʻrta taʼlim oʻrtasida uzviy aloqadorlik taʼminlanadi;b
ilmiy-tadqiqot muassasalarining moddiy-texnik bazasi yaxshilanadi, laboratoriya jihozlari yangilanadi, xodimlarning malakasi oshiriladi;
qishloq xoʻjaligi yoʻnalishidagi oliy taʼlim muassasalari oʻzini oʻzi moliyalashtirishga oʻtkaziladi;
boshoqli donni birja savdolarida cheklovlarsiz sotilishiga imkon yaratiladi, davlat xaridlari kamaytiriladi;
boshoqli don bozorida intervension mexanizmlar joriy etiladi;
qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining hosildorligi va raqobatbardoshligi ortadi;
qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilariga maqbul qishloq xoʻjaligi va ekologik amaliyoti (GAEP), agrar tadbirkorlikka maqbul ishlab chiqarish amaliyoti (GMP) va boshqa sifat standartlari joriy etiladi;
qishloq xoʻjaligida xizmat koʻrsatishning shaffoflik va raqobatga asoslangan bozor xizmatlari rivojlanadi;
qishloq xoʻjaligida oʻrtacha mehnat unumdorligi 1,7 barobar oshadi;
qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash boʻyicha qoʻshimcha 3,4 mln tonna quvvat yaratiladi;
mahsulotlarni qayta ishlash koʻrsatkichi 30 foizga yetkaziladi (2030-yilga qadar eksport hajmi 20 mlrd AQSH dollariga yetkaziladi).
Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga moʻljallangan strategiyasiga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga moʻljallangan strategiyasini amalga oshirish natijasida erishiladigan
ASOSIY KOʻRSATKICHLAR VA INDIKATORLAR
T/r
Koʻrsatkichlar nomi
Asos (2018-y.)
2021-yilga maqsad
2025-yilga maqsad
2030-yilga maqsad
1.
Qishloq xoʻjaligida qoʻshilgan qiymatning yillik oʻsishi
117,3 trln soʻm
(14 mlrd AQSh doll.)
3%
5%
5%
2.
Qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat tarmogʻida ish oʻrinlari sonining oʻsishi:
Qishloq xoʻjaligi Oziq-ovqat sanoati Toʻqimachilik sanoati
3 671 300
91 420
140 200
2%
3%
3%
1%
4%
4%
1%
5%
5%
3.
Qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlarining eksporti hajmining oshishi
2,3
mlrd AQSH doll.
3,5
mlrd AQSH doll.
10
mlrd AQSH doll.
20
mlrd AQSH doll.
4.
Aholi oʻrtasida toʻyib ovqatlanmaydiganlar ulushi
6,3%
5%
3%
0
5.
Qishloq xoʻjaligida mehnat unumdorligini oshirish (bir nafar ishchiga bir yilda dollarda)
3 960 AQSh doll.
4 300 AQSh doll.
5 200 AQSh doll.
6 500 AQSh doll.
6.
Qishloq xoʻjaligidagi issiqhona gaz chiqindilarini kamaytirish
15 740 gigagramm
(2016-yil)
10%
30%
50%
Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga moʻljallangan strategiyasiga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga moʻljallangan strategiyasini amalga oshirish natijasida ustuvor yoʻnalishlar kesimida erishiladigan
ASOSIY KOʻRSATKICHLAR VA INDIKATORLAR
T/r
Koʻrsatkichlar nomi
Asos (2018-y.)
2021-yilga maqsad
2025-yilga maqsad
2030-yilga maqsad
I. Aholining oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash
1.1
Boshoqli donning oʻrtacha hosildorligini oshirish
43 s/ga
60 s/ga
70 s/ga
75 s/ga
1.2
Sigirlarning oʻrtacha sut mahsuldorligini oshirish
2 320 kg/ bosh
2 700 kg/ bosh
3 100 kg/ bosh
3 500 kg/ bosh
1.3
Umumiy ekin maydonlari tarkibida ozuqa ekinlari maydonlari ulushi
7 %
10 %
12 %
15 %
II. Qulay agrobiznes muhitini va qoʻshilgan qiymat zanjirini yaratish
2.1
Qishloq xoʻjaligi korxonalari va birlashmalari sherikligida ishlab chiqarilgan mahsulotlarning eksportdagi ulushi
2 %
15 %
23 %
30 %
2.2
Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsuloti brendini joriy etish va targʻib qilish
Kam sonli mahsulotlarni qamrab olgan brend
5 ta qoʻshimcha mahsulot qamrab olinadi
20 ta qoʻshimcha mahsulot qamrab olinadi
40 ta qoʻshimcha mahsulot qamrab olinadi
2.3
Jahon bankining global logistika samaradorligi indeksi boʻyicha Oʻzbekiston oʻrnini yaxshilash (Logistics Performance Index)
99-oʻrin
96-oʻrin
(3 punktga koʻtarish)
89-oʻrin
(10 punktga koʻtarish)
79-oʻrin
(20 punktga koʻtarish)
2.4
Umumiy eksport hajmida qayta ishlangan mahsulotlar ulushining oʻsishi
25 %
30 %
35 %
40 %
2.5
Oziq-ovqat va yengil sanoatdagi ishchilarning ulushi (qishloq xoʻjaligidagi ishchilarning umumiy soniga nisbatan foizda)
6 %
10 %
15 %
20 %
III. Soha boshqaruvida davlat ishtirokini kamaytirish va investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish
3.1
Jahon bankining “Qishloq xoʻjaligida biznesni rivojlantirishda koʻmaklashish” (Enabling the Business of Agriculture) indeksi boʻyicha reytingni koʻtarish
Reyting yuritilmaydi
Reyting oʻrnatish
Reytingni 5 ta punktga oshirish
Reytingni 10 ta punktga oshirish
3.2.
Qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat biznesiga jalb etilgan investitsiyalarning umumiy hajmining oʻsishi
650 mln AQSH doll.
20 %
40 %
80 %
IV. Tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va atrof-muhit muhofazasini taʼminlash
4.1
Davlat xaridi uchun mahsulot yetishtiriladigan qishloq xoʻjaligi yerlarining umumiy maydoni
2,5 mln ga
0,9 mln ga
yoʻq
yoʻq
4.2
Maqbul qishloq xoʻjaligi va ekologik amaliyotni qoʻllaydigan hamda xalqaro sifat menedjmenti tizimini joriy etgan fermer xoʻjaliklari soni oshishi
2 %
5 %
10 %
20 %
4.3.
Suv tejovchi texnologiyalar joriy etilgan sugʻoriladigan qishloq xoʻjaligi yerlarining umumiy maydoni kengayishi
1,7 %
10 %
20 %
32 %
4.4
Kuchli shoʻrlangan yerlarning ulushini kamaytirish
45 %
43 %
41 %
37 %
4.5
Oʻrmon bilan qoplangan maydonlarni kengaytirish
3,2 mln ga
20 %
25 %
30 %
4.6
Yongʻoqmevalilar (pista, yongʻoq, bodom) maydonini kengaytirish
11 634 ga
10 %
15 %
18 %
V. Davlat boshqaruvining zamonaviy tizimlarini rivojlantirish
5.1
Tarmoqni muvofiqlashtirish mexanizmlarini ishlab chiqish
Tarmoqni muvofiqlashtirish mexanizmlarini yaratish:
idoralararo
davlat-xususiy
davlatlar va rivojlanish boʻyicha sheriklar
Agrosanoat majmuining holati toʻgʻrisida yillik hisobotni nashr etish (nazorat qilish va baholash tizimlari yordamida)
Agrosanoat majmuining holati toʻgʻrisida yillik hisobotni nashr etish (nazorat qilish va baholash tizimlari yordamida)
Agrosanoat majmuining holati toʻgʻrisida yillik hisobotni nashr etish (nazorat qilish va baholash tizimlari yordamida)
5.2
Tarmoqda davlat boshqaruvi tuzilmalarining funksional taxlilini oʻtkazish
—
Qishloq xoʻjaligi;
veterinariya;
fitosanitariya; oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi; suv xoʻjaligi boʻyicha funksional tahlillar amalga oshiriladi
Hududiy va tuman darajasidagi barcha tegishli boshqaruv tu�ilmalarning funksional tahlillari amalga oshiriladi
Tegishli idoraviy organlarning funksional tahlillari yakunlanadi
5.3
Tarmoqning institutsional islohot rejalarini tasdiqlash va amalga oshirish
-
Qishloq xoʻjaligi;
veterinariya; fitosanitariya;
oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi, suv xoʻjaligi boʻyicha institutsional islohotlar rejalari tasdiqlanadi va amalga oshirish boshlanadi
Institutsional islohotlar rejalari tasdiqlanadi hamda hududlar va tumanlar darajasidagi barcha tegishli boshqaruv tuzilmalarida amalga oshiriladi
Institutsional islohotlar rejalari tasdiqlanadi va barcha tegishli idoraviy tashkilotlarda amalga oshiriladi
5.4
Davlat xizmatlarini rivojlantirishning uzoq muddatli strategiyalarini qabul qilish
Qabul qilinmagan
Veterinariya xizmati;
fitosanitariya xizmati;
oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligixizmati;
maslahat xizmati;
irrigatsiya xizmati boʻyicha strategiyalar qabul qilinadi va amalga oshirish boshlanadi
Davlat xizmatlarini takomillashtirish strategiyalarini amalga oshirishni monitoring qilish va baholash boʻyicha hisobotlarni muntazam ravishda nashr etish
Davlat xizmatlarini takomillashtirish strategiyalarini amalga oshirishni monitoring qilish va baholash boʻyicha hisobotlarni muntazam ravishda nashr etish
5.5
Qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat sohasida davlat korxonalarini xususiylashtirish
Qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat sohasidagi davlat korxonalarini audit qilish
Xususiylashtirish rejasi tasdiqlanadi hamda qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat korxonalaridagi davlat ulushini hususiylashtirish boshlanadi
Xususiylashtirish rejasining kamida 50% bajariladi
Xususiylashtirish rejasi toʻliq amalga oshiriladi
VI. Tarmoqni qoʻllab-quvvatlashga yoʻnaltirilgan davlat xarajatlarini bosqichma-bosqich diversifikatsiya qilish
6.1
Irrigatsiya bilan bogʻliq boʻlmagan qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat tarmogʻi xizmatlariga davlat budjeti xarajatlarini oshirish
Qishloq xoʻjaligi tarmogʻidagi umumiy xarajatlarning 20 %
Qishloq xoʻjaligi tarmogʻidagi umumiy xarajatlarning 30 %
Qishloq xoʻjaligi tarmogʻidagi umumiy xarajatlarning 35 %
Qishloq xoʻjaligi tarmogʻidagi umumiy xarajatlarning 40 %
6.2
Qishloq xoʻjaligi ilmiy-tadqiqotlari uchun davlat budjeti xarajatlarini bosqichma-bosqich oshirish (yalpi qishloq xoʻjaligi mahsulotiga nisbatan foiz hisobida)
0,02 %
0,05 %
0,5 %
1 %
6.3
Oʻrta muddatli budjetni rejalashtirish tizimini joriy etish
2020 — 2022-yillarga moʻljallangan budjet ishlab chiqildi va tasdiqlandi
2020 — 2022-yillarga moʻljallangan budjet amalga oshiriladi
2022 — 2024-yillarga va
2025 — 2027-yillarga moʻljallangan budjetlar amalga oshiriladi
2028 — 2030-yillarga moʻljallangan budjet amalga oshiriladi
VII. Qishloq xoʻjaligida ilm-fan, taʼlim, axborot va maslahat xizmatlari tizimini rivojlantirish
7.1
Qishloq xoʻjaligida fan, taʼlim va ishlab chiqarishni integratsiyalashni muvofiqlashtiruvchi Kengash tashkil etish va ilmiy tadqiqotlarni moliyalashtirishning oʻrta muddatli tizimini joriy etish
—
Ilmiy-tadqiqotlarni moliyalashtirishning 2019 — 2021 yyillarga moʻljallangan oʻrta muddatli budjeti tasdiqlanadi va amalga oshiriladi
Kelgusi uch yillik davr uchunilmiy-tadqiqotlarni moliyalashtirishning oʻrta muddatli budjeti ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi
Kelgusi uch yillik davr uchunilmiy-tadqiqotlarni moliyalashtirishning oʻrta muddatli budjeti ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi
7.2
Agrobiznes sohalarida band boʻlgan oʻquv yurtlari bitiruvchilari sonining oʻsishi
2 180 nafar
10 %
30 %
50 %
7.3
Maslahat va qoʻshimcha xizmatlardan foydalana oladigan fermerlar sonining oʻsishi
51,1 ming nafar
10 %
35 %
50 %
7.4
Bilim tarqatish va axborot-maslahatmarkazlari xizmatlaridanqanoatlantirilgan fermerlar sonining oʻsishi
41,1 ming nafar
20 %
40 %
80 %
VIII. Qishloq hududlarini rivojlantirish
8.1
Qishloq joylarda kichik ishlab chiqaruvchilar (mikrofirmalar) umumiy sonining oʻsishi
129 221
10 %
20 %
30 %
8.2
Qishloq joylarda ayollar tomonidan boshqariladigan ishlab chiqaruvchilar sonining oʻsishi
5 648 ta
10 %
20 %
30 %
8.3
Qishloq joylarda yoshlar tomonidan boshqariladigan mahsulotlar ishlab chiqaruvchilar sonining oʻsishi
11 543
10 %
20 %
30 %
IX. Tarmoq statistikasining shaffof tizimini ishlab chiqish
9.1
Qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat sohasi statistikasidan foydalanish imkoniyati va ishonchliligini oshirish
Toʻliq emas/
ishonchsiz
Maʼlumotlarni toʻplashning yangi tizimlari asosida qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat sohasi statistikasini har yili chop etish
Maʼlumotlarni toʻplashning yangi tizimlari asosida qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat sohasi statistikasini har yili chop etish
Maʼlumotlarni toʻplashning yangi tizimlari asosida qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat sohasi statistikasini har yili chop etish
9.2
Narxlar va tendensiyalar toʻgʻrisida bozor maʼlumotlaridan foydalanish imkoniyatini kengaytirish
Doimiy boʻlmagan / toʻliq emas
Haftalik bozor maʼlumotlari chop etiladi.
Bozor tendensiyalarining oylik va yillik maʼlumotlari
Haftalik bozor maʼlumotlari chop etiladi.
Bozor tendensiyalarining oylik va yillik maʼlumotlari
Haftalik bozor maʼlumotlari chop etiladi.
Bozor tendensiyalarining oylik va yillik maʼlumotlari
9.3
Fermer xoʻjaliklarida mehnat unumdorligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlardan foydalanish imkoniyatini kengaytirish
Doimiy boʻlmagan / toʻliq emas
Fermer xoʻjaliklari maqsadli oʻrganiladi, yalpi daromadi haqidagi maʼlumot chop etiladi
Fermer xoʻjaliklarida mehnat unumdorligining yillik koʻrsatkichlari chop etiladi
Fermer xoʻjaliklarida mehnat unumdorligining yillik koʻrsatkichlari chop etiladi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-oktabrdagi PF-5853-son Farmoniga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga moʻljallangan strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish boʻyicha
Xalqaro darajada tan olingan metodologiyalar va ilgʻor tajribalar asosida oziq-ovqat xavfsizligini baholash tizimini joriy qilish natijalarini doimiy monitoringini olib borish.
Doimiy ravishda
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar
2.
Aholining oziq-ovqat xavfsizligini baholash hamda qishloq joylarni rivojlantirish boʻyicha davlat dasturlari va tadbirlarini ishlab chiqish maqsadida isteʼmol va daromadlarni oʻrganish boʻyicha ijtimoiy soʻrov oʻtkazish.
2021-yil II chorak
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi
3.
Sogʻlom isteʼmol madaniyatini targʻib qilish boʻyicha uzoq muddatli dasturlarni ishlab chiqish.
2021-yil I chorak
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi
4.
Qishloq xoʻjaligi samaradorligini oshirishga va ijtimoiy ahamiyatga ega mahsulot turlarini ishlab chiqarishni intensivlashtirishga doir tarmoq dasturlarini ishlab chiqish.
2022-yil II chorak
Qishloq xoʻjaligi vazirligi
5.
Chorvachilikda mahsuldorlikni oshirish, baliq va parranda goʻshti, shuningdek, sut ishlab chiqarishni barqaror intensivlashtirishga qaratilgan tadqiqot ishlarini olib borish.
2022-yil IV chorak
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi
II. Qulay agrobiznes muhitini va qoʻshilgan qiymat zanjirini yaratish
6.
Xalqaro bozorlarda tan olingan sifat standartlarini (Global G.A.P, Organic, NACCP va boshqalar) joriy etilishiga koʻmaklashish.
Doimiy ravishda
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzstandart” agentligi
7.
Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaliklari mutaxassislari uchun qisqa muddatli, shu jumladan, masofaviy treninglar tashkil etish, oʻquv qoʻllanmalar ishlab chiqish hamda joylarga yetkazilishini taʼminlash.
Doimiy ravishda
Qishloq xoʻjaligi vazirligi,manfaatdor vazirlik va idoralar
8.
Yetakchi qishloq xoʻjaligi korxonalari bilan munosabatlarning samarali mexanizmlarini ishlab chiqish va joriy qilish.
Bunda:
yangi maqsadli eksport bozorlarida muzokaralar oʻtkazish va savdo kelishuvlarini amalga oshirishning ustuvor yoʻnalishlarini belgilash;
xalqaro bozorlarda qishloq xoʻjaligi, oziq-ovqat mahsulotlari marketingi va tashish xarajatlarini kamaytirish;
mahalliy oziq-ovqat mahsulotlarini maqsadli eksport bozorlariga chiqarish uchun “Made in Uzbekistan” brendidan keng foydalanish imkoniyatlarini baholash;
milliy sifat tizimini takomillashtirish boʻyicha batafsil reja ishlab chiqish.
Doimiy ravishda
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi
9.
Eksport bozorlari toʻgʻrisida maʼlumotlar taqdim etish, eksportga tayyorgarlik, savdo rejimi va savdoni moliyalashtirish boʻyicha maslahat xizmatlari faoliyatini rivojlantirish.
Doimiy ravishda
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi
10.
Eksport salohiyati yuqori boʻlgan organik mahsulotlarni nazarda tutgan holda ichki va xalqaro bozorlarga meva-sabzavotchilik hamda chorvachilik mahsulotlarining asosiy tarmoqlarini baholash natijalariga koʻra (dastlab koʻp yillik maʼlumotlar va bozor tendensiyalari tahlili asosida eksport qilinuvchi asosiy 10 — 15 ta mahsulot turiga nisbatan) qishloq xoʻjaligi mahsulotlari eksportini oshirish strategiyasini ishlab chiqish.
2021-yil IV chorak
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi
11.
Mavjud infratuzilmani tahlil qilish asosida oziq-ovqat xavfsizligi hamda sifatini nazorat qilish tizimini tarkibiy oʻzgartirish va modernizatsiya qilish.
2021-yil I chorak
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, “Oʻzstandart” agentligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi
12.
Qishloq joylarda qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash, shuningdek, ichki bozorlarni modernizatsiya qilish bilan shugʻullanadigan tadbirkorlik subyektlarini rivojlantirishni maqsadli qoʻllab-quvvatlash choralarini ishlab chiqish.
2021-yil III chorak
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Moliya vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi
13.
Hududlarning xususiyatlari hamda toʻgʻridan-toʻgʻri savdo toʻplangan joylarni hisobga olgan holda rivojlanishni cheklovchi omillarni batafsil baholash asosida qoʻshilgan qiymat zanjirini rivojlantirish.
2021-yil II chorak
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Transport vazirligi
14.
Barcha tarmoqlarda klasterlarni rivojlantirish va ragʻbatlantirish boʻyicha tadbirlarni aniqlash maqsadida paxta-toʻqimachilik klasterlari faoliyatini baholash.
2021-yil IV chorak
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi, “Oʻzpaxtasanoat” AJ
15.
Muhim eksport bozorlari va ustuvor mahsulotlarga yoʻnaltirilgan qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat bozori monitoringini yuritish tizimiga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy qilish.
Bunda qarorlar qabul qilishda ishlab chiqaruvchilar va qayta ishlovchi korxonalarga koʻmaklashish maqsadida mahsulotlar narxlari toʻgʻrisidagi axborotlarni muntazam ravishda nashr qilib borish nazarda tutiladi.
2021-yil II chorak
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi
16.
Qoʻshimcha qiymat zanjirlarini shakllantirishga qaratilgan qishloq joylardagi startap-tashabbuslar hamda ishlab chiqaruvchilar birlashmalarni qoʻllab-quvvatlash uchun grantlar va imtiyozli kreditlarni taqdim etishni nazarda tutuvchi kichik tadbirkorlikni rivojlantirish va diversifikatsiya qilishni qoʻllab-quvvatlash uchun tajriba sinov tariqasida investitsion dasturlarni amalga oshirish.
2021-yil I chorak
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi
17.
Ikkilamchi ijara va ijara huquqini berish imkoniyatlarini inobatga olgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksiga oʻzgartirish kiritish.
2022-yil I chorak
“Davergeodezkadastr” qoʻmitasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi
18.
Xalqaro moliya institutlari mablagʻlarini jalb qilish orqali genetik modifikatsiyalangan ekinlar va oʻsimliklar navlarini sinash uchun maxsus laboratoriya tashkil qilish.
2022-yil IV chorak
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
19.
Agrologistika markazlari tarmoqlari bazasida yagona savdo tizimini (auksion va birja savdolari asosida) joriy etishda koʻmaklashish.
2022-yil I chorak
Investitsiyalar va tashki savdo vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi
20.
Urugʻchilik va meva-sabzavotchilik bilan bogʻliq ilmiy-tadqiqot institutlarining faoliyatini takomillashtirish, moddiy-texnik bazasini modernizatsiyalash.
2022-yil IV chorak
Qishloq xoʻjaligi vazirligi
21.
Xarajatlarni minimallashtirish va texnik toʻsiqlarni bartaraf etish, mahalliy qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini uzluksiz yetkazib berishni taʼminlash maqsadida savdo infratuzilmasi, agrologistika markazlari, oziq-ovqat xavfsizligi laboratoriyalari, sanitariya va fitosanitariya tizimi, zarur uskunalar hamda inventarlar uchun investitsiyalarni jalb qilishni yanada ragʻbatlantirish.
2025-yil IV chorak
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi, Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi
III. Soha boshqaruvida davlat ishtirokini kamaytirish va investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish
22.
Qishloq xoʻjaligi tarmogʻining xususiy investitsiyalar va imtiyozli kreditlarga boʻlgan talabini baholash natijalari asosida xalqaro moliya institutlarining kredit liniyalarini maqsadli jalb etilishini taʼminlash maqsadida investitsiyaviy dasturlarni ishlab chiqish.
2021-yil IV chorak
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi
23.
Agrosanoat majmuida davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan qoʻshimcha chora-tadbirlarni ishlab chiqish.
2021-yil I chorak
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Moliya vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi
24.
Fermer xoʻjaliklari va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi korxonalar uchun moddiy-texnika resurslari yetkazib berish va xizmatlar koʻrsatish sohasidagi nostrategik davlat korxonalarini xususiylashtirish yoʻli orqali moddiy-texnika resurslari bozorida raqobatni kuchaytirish. Bunda, quyidagilar:
davlat kredit mablagʻlari hisobiga moddiy-texnika resurslari yetkazib berish va xizmatlar koʻrsatish amaliyotidan voz kechish;
agrosanoat majmui subyektlari oʻrtasidagi savdo munosabatlarini barqaror rivojlantirishga koʻmaklashish uchun standartlashtirilgan boʻnak shartnomalarini tajriba sifatida joriy etish nazarda tutilsin.
2021yil III chorak
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi
25.
Moliya vazirligi huzuridagi qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi tomonidan faqatgina tijorat banklari kreditlarining foiz stavkalarini subsidiya qilish tizimiga oʻtish.
2021-yil III chorak
Moliya vazirligi, Markaziy bank, Qishloq xoʻjaligi vazirligi
26.
Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi intensifikatsiya qilishni ragʻbatlantiruvchi qishloq xoʻjaligini qoʻllab-quvvatlash tizimiga toʻliq oʻtilishini taʼminlash.
2022-yil III chorak
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi
27.
Davlat tomonidan qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtirish amaliyotidan voz kechish.
2023-yil I chorak
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi
IV. Tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va atrof-muhit muhofazasini taʼminlash
28.
Tuproqni tahlil qilishning mobil laboratoriyalari faoliyatini kengaytirish orqali tuproq-iqlim sharoitlaridan kelib chiqqan holda oʻgʻitdan foydalanishning samarali tizimini joriy etish, tuproq unumdorligini saqlash va yanada oshirish choralarini koʻrish.
Doimiy ravishda
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, “Davergeodezkadastr” qoʻmitasi
29.
Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksiga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalarni kiritish;
yerdan foydalanish huquqini himoya qilishning dastak va mexanizmlarini belgilab beradigan mavjud barcha normativ-huquqiy hujjatlarni tizimlashtirish;
GAEP standarti va boshqa tegishli meʼyorlar asosida yer uchastkalariga boʻlgan ijara huquqini bekor qilish;
yer uchastkalari ijarasida dastlabki rad etish huquqini kiritish.
2021-yil I chorak
“Davergeodezkadastr” qoʻmitasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi
30.
Yerlarning meliorativ holati va shoʻrlanish darajasini zamonaviy texnologiyalar asosida monitoring qilib borish.
Doimiy ravishda
Suv xoʻjaligi vazirligi, “Davergeodezkadastr” qoʻmitasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi
31.
Yer qiymatini baholashda bozor mexanizmlarini joriy etishni inobatga olgan holda kreditlar va qarz olishda yer uchastkalarining ijara huquqini garov taʼminoti sifatida foydalanish tartibini soddalashtirish.
2020-yil IV chorak
Markaziy bank, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi
32.
Fermerlar uchun yerdan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida yondosh yer uchastkalari sifatida qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni integratsiyalash dasturini tajriba tariqasida amalga oshirish.
2021-yil I chorak
“Davergeodezkadastr” qoʻmitasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi
33.
Yer va suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish hamda qishloq xoʻjaligiga xususiy investitsiyalarni jalb etish maqsadida sugʻorish sohasida davlat-xususiy sheriklik loyihalarini ishlab chiqish hamda tajriba sinov tariqasida joriy etish.
2021-yil I chorak
“Davergeodezkadastr” qoʻmitasi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi
34.
Suv resurslarini boshqarish tizimini qayta koʻrib chiqish.
2021-yil II chorak
Suv xoʻjaligi vazirligi
35.
Maqbul qishloq xoʻjaligi va ekologik amaliyotni (GAEP) joriy etish natijalarini monitoring qilib borish.
Doimiy ravishda
Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, “Davergeodezkadastr” qoʻmitasi
36.
Ilmiy-tadqiqot sohasidagi ustuvor vazifalarga mos ravishda qishloq xoʻjaligi yoʻnalishidagi ilmiy-tadqiqot muassasalari tomonidan kelgusida yerdan foydalanish rejalarini aniqlash uchun baholash ishlarini olib borish asosida ularning yer uchastkalarini maqbullashtirish.
2021-yil IV chorak
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, “Davergeodezkadastr” qoʻmitasi, Fanlar akademiyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar kengashi va viloyatlar hokimliklari
37.
Biologik xavfsizlikni taʼminlash, qishloq xoʻjaligida tabiiy resurslar, pestitsidlar va kimyoviy vositalardan foydalanishni nazorat qilish borasida institutsional salohiyatni mustahkamlash.
2022-yil I chorak
Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi
38.
Ekotizim va biotoplarning holatiga qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishining taʼsirini monitoring qilish uchun Maqbul qishloq xoʻjalik va ekologik amaliyot (GAEP) asosida minimal ekologik standartlar va talablarni ishlab chiqish va joriy etish.
2022-yil II chorak
Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi
40.
Yerdan foydalanish huquqining samarasiz foydalanuvchilardan erkin oʻtishini taʼminlash uchun ikkilamchi bozorni tashkil etish.
2023-yil II chorak
“Davergeodezkadastr” qoʻmitasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi
41.
Davlat siyosati tadbirlarining samaradorligini oshirish va yerga egalik huquqiga asoslangan moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish maqsadida qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarning kadastr tizimini rivojlantirish, yer resurslarini boshqarish sohasidagi muassasalarning imkoniyatlari va infratuzilmasini modernizatsiya qilishga qaratilgan investitsiya dasturini ishlab chiqish.
2023-yil I chorak
“Davergeodezkadastr” qoʻmitasi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi
V. Davlat boshqaruvining zamonaviy tizimlarini rivojlantirish
42.
Qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat bozoridagi oʻzgarishlar hamda tarmoqni isloh qilish va erishilgan natijalar boʻyicha maʼlumotlarni, davlat xizmatlarini onlayn shaklida taqdim etuvchi veb-sahifa yaratish.
2021-yil IV chorak
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Davlat statistika qoʻmitasi
43.
Yosh mutaxassislar orasidan boshqaruv kadrlarini tayyorlash uchun stajirovka va stipendiyalar dasturini joriy etish, unda qishloq xoʻjaligi iqtisodiyoti, agrobiznes menejmenti va marketingi, qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlari bilan savdo-sotiq qilish hamda boshqa shu kabi ustuvor yoʻnalishlarda stipendiyalarni taqdim etish va xodimlar almashinuvining qisqa, oʻrta va uzoq muddatli dasturlarini amalga oshirilishini nazarda tutish.
2021-yil IV chorak
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Yoshlar ittifoqi
44.
Quyidagi yoʻnalishlarda davlat xizmatlarini rivojlantirishning uzoq muddatli strategiyalarini ishlab chiqish:
veterinariya, qishloq xoʻjaligi hayvonlarining sogʻligʻini saqlash va chorvachilikni rivojlantirish;
fitosanitar nazorat va oʻsimliklarni himoya qilish xizmatlari;
oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish xizmatlari;
qishloq xoʻjaligi va agrobiznes sohasida axborot xizmatlari hamda amaliy tadqiqotlar olib borish;
aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini oziq-ovqat bilan taʼminlashni qoʻllab-quvvatlash;
qishloq xoʻjaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanishga koʻmaklashish xizmatlari.
2021-yil IV chorak
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, “Davergeodezkadastr” qoʻmitasi
45.
Tarmoqda muhim qoʻshimcha xizmatlarni koʻrsatish sohasida xususiy sektor yordamida autsorsing amaliyotini joriy etish va samarali davlat-xususiy sheriklik modelini rivojlantirish.
2025-yil III chorak
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Moliya vazirligi
VI. Tarmoqni qoʻllab-quvvatlashga yoʻnaltirilgan davlat xarajatlarini bosqichma-bosqich diversifikatsiya qilish
46.
Oʻrta muddatli budjet dasturlarini samarali amalga oshirish maqsadida xalqaro texnik koʻmak mablagʻlaridan foydalanish imkoniyatlarni oshirish boʻyicha dasturlarni joriy etish.
2021-yil IV chorak
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Moliya vazirligi
47.
Qishloq xoʻjaligi sohasida soliqqa tortish tizimi tahlilini oʻtkazish va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilariga soliq yukini kamaytirish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish.
2021-yil III chorak
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi
48.
Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan kapital qoʻyilma va ichki xoʻjalik xizmatlari hamda tarkibiy oʻzgarishlarni jadallashtirishga qaratilgan imtiyozli kreditlardan boshlab qoʻllab-quvvatlashning kompleks choralarigacha boʻlgan qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilarini toʻgʻridan-toʻgʻri qoʻllab-quvvatlash dastaklari nomenklaturasini kengaytirish.
2021-yil IV chorak
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Moliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi
VII. Qishloq xoʻjaligida ilm-fan, taʼlim, axborot va maslahat xizmatlari tizimini rivojlantirish
49.
Respublika, hududiy va mahalliy miqyosida fermer xoʻjaliklari, agrobiznes uchun bilimlarni tarqatish bilan shugʻullanadigan axborot-maslahat xizmatlarini rivojlantirish. Bunda kuyidagilarni nazarda tutish:
agrar tadbirkorlik subyektlari uchun joriy maslahat xizmatlarini baholash va normativ-huquqiy bazani tahlil qilish;
moliyalashtirish manbalarini diversifikatsiya qilish, shu jumladan, xususiy sektor tomonidan moliyalashtirish imkoniyatlarini kengaytirish;
qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilariga tadqiqotlar natijalarini yetkazish va innovatsiyalarni joriy etishning samarali mexanizmlarini ishlab chiqish.
2021-yil II chorak
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
50.
Mamlakatning barcha hududlarida davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida axborot-maslahat tizimlarini joriy etish.
2021-yil I chorak
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar kengashi va viloyatlar hokimliklari
VIII. Qishloq hududlarini rivojlantirish
51.
“2020 — 2025-yillarda qishloq hududlarini barqaror rivojlantirish Konsepsiyasini” ishlab chiqilishini va amalga oshirilishini monitoringini olib borish.
2020-yil I chorak
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Maktabgacha taʼlim vazirligi, Transport vazirligi, Energetika vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi
IX. Tarmoq statistikasining shaffof tizimini ishlab chiqish
52.
Yirik mahalliy ishlab chiqaruvchilar va qayta ishlovchilar toʻgʻrisida maʼlumot va axborotlar katalogini chop etish.
Har yili
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi
53.
Asosiy turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishning iqtisodiy koʻrsatkichlari (xarajat, daromad, foyda, rentabellik) toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yigʻish, taqqoslash va chop etish.
Har yili
Milliy statistika qoʻmitasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi
54.
Mahsulot yetishtirish samaradorligi, tarmoqlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash, mehnat qonunchiligi, soliqqa tortish, kreditlash va boshqa zarur maʼlumotlarni qamrab olgan fermer xoʻjaligini yuritish maʼlumotnomasini (spravochnik) chop etish.
Har ikki yildabir marotaba
Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Milliy statistika qoʻmitasi
55.
Sohada amalga oshirilgan natijalar hamda davlat siyosatining istiqbolli choralarini oʻzida qamrab olgan qishloq xoʻjaligining yillik hisobotini (Agriculture annual report) chop etish.
Har yili
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Milliy statistika qoʻmitasi
56.
Qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat sohasida milliy tizim va xizmatlarni rivojlantirish uchun maʼlumotlar almashinuvi platformalarida hamda xalqaro forumlarda faol ishtirok etish.
Doimiy ravishda
Milliy statistika qoʻmitasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi
57.
Strategiyani amalga oshirish doirasida fuqarolik jamiyati institutlari va ommaviy axborot vositalari vakillari hamda xalqaro tashkilotlar ekspertlarini keng jalb etgan holda uchrashuvlar, seminarlar, davra suhbatlari va matbuot anjumanlarini tashkil etish.
Doimiy ravishda
Muvofiqlashtiruvchi kengash
59.
Qishloq xoʻjaligi hayvonlarini identifikatsiyalash, ularning harakatini kuzatish va monitoring qilish tizimini joriy etish.
2025-yil III chorak
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi
*Izoh: “Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga moʻljallangan strategiyasi”da 2019-2020-yillarda amalga oshiriladigan vazifalar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga moʻljallangan strategiyasi”da belgilangan vazifalarni 2020-yilda amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorida belgilanmoqda.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentabrdagi PF-173-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.09.2025-y., 06/25/173/0852-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-oktabrdagi PF-5853-son Farmoniga 3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga moʻljallangan strategiyasini amalga oshirish boʻyicha
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Muvofiqlashtiruvchi kengash raisi
2.
A. Vaxabov
—
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchisi, Muvofiqlashtiruvchi kengash raisining oʻrinbosari
3.
J. Xodjayev
—
qishloq xoʻjaligi vaziri, Muvofiqlashtiruvchi kengash raisining oʻrinbosari
4.
B. Xodjayev
—
iqtisodiyot va sanoat vaziri
5.
Sh. Xamrayev
—
suv xoʻjaligi vaziri
6.
S. Umurzakov
—
investitsiyalar va tashqi savdo vaziri
7.
A. Shadmanov
—
sogʻliqni saqlash vaziri
8.
A. Kasimov
—
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi shuʼba mudiri
9.
A. Ergashev
—
moliya vazirining oʻrinbosari
10.
B. Begalov
—
Davlat statistika qoʻmitasi raisi
11.
B. Norqobilov
—
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi raisi
12.
B. Qoʻchqorov
—
Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi
13.
A. Abdullayev
—
Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi raisi
14.
N. Bakirov
—
Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi raisi
15.
M. Esanov
—
Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi boshligʻi
16.
I. Ergashev
—
Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi bosh direktori
17.
D. Sattarov
—
“Oʻzstandart” agentligi bosh direktori
18.
A. Ravshanov
—
Vazirlar Mahkamasi kotibiyat mudiri, Muvofiqlashtiruvchi kengash kotibi
Izoh: Muvofiqlashtiruvchi kengash aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar yoxud zimmasiga tegishli funksiyalar yuklangan shaxslar kiritiladi.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-fevraldagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.02.2024-y., 06/24/36/0130-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-oktabrdagi PF-5853-son Farmoniga 4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi davlat budjeti, davlat maqsadli jamgʻarmalari hamda vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalari budjetlari parametrlarida qishloq xoʻjaligi xarajatlari tarkibini diversifikatsiya qilishning maqsadli yoʻnalishlari
Xarajatlar yoʻnalishlari
2018-yilda umumiy qishloq xoʻjaligi sohasiga ajratilgan mablagʻlarga nisbatan foiz hisobida
Xarajatlar tarkibini diversifikatsiya qilishning maqsadli yoʻnalishlari
Aholining oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash
Oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash maqsadida tuziladigan intervension zaxira
0 %
Xarajatlarning yangi yoʻnalishi
Qulay agrobiznes muhitini va qoʻshilgan qiymat zanjirini yaratish
Paxta xom ashyosi yetishtiruvchilari uchun foiz stavkasini subsidiyalash
9,2 %
Bosqichma-bosqich qisqartirish
Gʻalla yetishtiruvchilar uchun foiz stavkasini subsidiyalash
1,9 %
Bosqichma-bosqich qisqartirish
Urugʻliklar yetishtirish va sifatini nazorat qilish dasturi
0,1 %
Bosqichma-bosqich oshirish
Chorvachilikni rivojlantirish dasturi
0,1 %
Bosqichma-bosqich oshirish
Baliqchilikni rivojlantirish dasturi
0,1 %
Bosqichma-bosqich oshirish
Qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash dasturi
5,4 %
Bosqichma-bosqich qisqartirish
Bogʻdorchilikni rivojlantirish dasturi
0 %
Bosqichma-bosqich oshirish
Agrologistika xizmatlarini rivojlantirish dasturi
0 %
Xarajatlarning yangi yoʻnalishi
Qishloq xoʻjaligi kooperativlari va birlashmalarining boshqa shakllarini rivojlantirish
0 %
Xarajatlarning yangi yoʻnalishi
Soha boshqaruvida davlat ishtirokini kamaytirish va investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish
Qishloq xoʻjaligini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish dasturi
0 %
Xarajatlarning yangi yoʻnalishi
Davlat-xususiy sheriklik rivojlantirish dasturi
0 %
Xarajatlarning yangi yoʻnalishi
Tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va atrof-muhit muhofazasini taʼminlash
Unumdorligi past yer maydonlarida qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini qoʻllab-quvvatlash
1,4 %
Bosqichma-bosqich oshirish
Maqbul qishloq xoʻjaligi va ekologik amaliyotlar
0 %
Xarajatlarning yangi yoʻnalishi
Oʻrmon xoʻjaligini boshqarish va himoya qilish
1 %
Bosqichma-bosqich oshirish
Sugʻorish tizimlaridagi kapital xarajatlari
10,5 %
Bosqichma-bosqich oshirish
Sugʻorish tizimlarini tiklash uchun kapital qoʻyilmalar
7,8 %
Bosqichma-bosqich oshirish
Irrigatsiya tizimlarini boshqarish va ulardan foydalanish
17,5 %
Bosqichma-bosqich oshirish
Sugʻorishda elektr energiya xarajatlari
23 %
Bosqichma-bosqich qisqartirish
Davlat boshqaruvining zamonaviy tizimlarini rivojlantirish
Inspeksiya xizmatlari (qishloq xoʻjaligi, veterinariya, fitosanitariya nazorati, oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi)
0,2 %
Bosqichma-bosqich oshirish
Oʻsimliklar himoyasi xizmati
0,3 %
Bosqichma-bosqich oshirish
Veterinariya xizmati va hayvonlarning sogʻligʻini muhofaza qilish xizmati
3,9 %
Bosqichma-bosqich oshirish
Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi xizmati
0 %
Xarajatlarning yangi yoʻnalishi
Tabiiy ofatlar tavakkalchiliklarini boshqarish
1 %
Bosqichma-bosqich oshirish
Qishloq xoʻjaligida ilm-fan, taʼlim, axborot va maslahat xizmatlari tizimini rivojlantirish
Qishloq xoʻjaligi tadqiqotlari va ishlanmalari
0,5 %
Bosqichma-bosqich oshirish
Qishloq xoʻjaligi taʼlimi
5,9 %
Bosqichma-bosqich oshirish
Qishloq xoʻjaligi bilimlarini tarqatish va maslahat xizmatlari
0 %
Xarajatlarning yangi yoʻnalishi
Qishloq hududlarini rivojlantirish
Qishloq hududlarini rivojlantirish dasturi
0 %
Xarajatlarning yangi yoʻnalishi
Tarmoq statistikasining shaffof tizimini ishlab chiqish
Bozor maʼlumotlari va statistikasi tizimi
0 %
Xarajatlarning yangi yoʻnalishi
Boshqa xarajatlar
10,2 %
Bosqichma-bosqich qisqartirish
Izoh:
1) Muvofiqlashtiruvchi kengash, iqtisodiyotdagi oʻzgarishlardan kelib chiqqan holda, qishloq xoʻjaligi sohasi xarajatlari tarkibiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish vakolatiga ega.
2) Keyingi yillarda, qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat budjeti oʻsishi bilan yalpi ichki mahsulotga nisbatan foiz hisobida bosqichma-bosqich qisqartirilishi koʻzda tutiladi.