1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.07.00 Atom energetikasi;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.32.00 (Кучини йукотган) Malaka oshirish. Qayta tayyorlash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim;
2.Iqtisodiyot / Energetika]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasining Yadro-energetika dasturi uchun kadrlar salohiyatini rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasida 2018-yilda mamlakat atom energetikasini umumiy energetika balansiga kiritish, undan kamida 60 yil davomida xavfsiz foydalanishni taʼminlagan holda respublika hududida atom elektr stansiyasi barpo etishni nazarda tutuvchi yadro-energetika dasturini amalga oshirishga start berildi.
Oʻzbekiston atom energiyasidan tinchlik yoʻlida foydalanish sohasida ilmiy bazaga ega. Xususan, respublikamizda tadqiqot yadro reaktoridan foydalangan holda ilmiy izlanishlar 1959-yildan beri olib borilmoqda.
Atom energetikasini rivojlantirish boʻyicha xalqaro tajribani hamda Xalqaro atom energiyasi agentligi tavsiyalarini hisobga olgan holda atom energiyasidan foydalanish sohasida malakali kadrlarni tayyorlash milliy yadroviy infratuzilmaning gʻoyat muhim elementlaridan biri hisoblanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-fevraldagi “2019 — 2029-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida atom energetikasini rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PQ-4165-son qarorini ijro etish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi yadro-energetika dasturini atom energiyasidan xavfsiz foydalanish talablariga javob beradigan malakali kadrlar bilan oʻz vaqtida va toʻlaqonli taʼminlash maqsadida:
1. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.11.00 Transport, aloqa va energetika obyektlari qurilishi]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-iyuldagi “Oʻzbekiston Respublikasida atom energetikasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5484-son Farmoniga muvofiq Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universitetida “Atom yadrosi va elementar zarralar fizikasi, tezlashtiruvchi texnika”, “Yadro fizikasi va yadro texnologiyalari (qoʻllash sohalari boʻyicha)”, shuningdek, Samarqand davlat universitetida “Atom yadrosi va elementar zarralar fizikasi, tezlashtiruvchi texnika” yangi magistratura mutaxassisliklari ochildi;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.07.00 Atom energetikasi]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-iyuldagi “Toshkent shahrida “MMFI” milliy tadqiqot yadro universiteti” federal davlat avtonom oliy taʼlim muassasasining filialini tashkil etish va uning faoliyatini tashkillashtirish toʻgʻrisida”gi PQ-3875-son qaroriga muvofiq Toshkent shahrida atom sohasi uchun kadrlar tayyorlashda tayanch oliy taʼlim muassasasi hisoblanuvchi “MMFI” milliy tadqiqot yadro universiteti” federal davlat avtonom oliy taʼlim muassasasining (Rossiya Federatsiyasi) filiali tashkil etilib, “Yadro energetikasi va issiqlik fizikasi”, “Yadro fizikasi va texnologiyasi”, “Issiqlik energetikasi va issiqlik texnikasi”, “Elektr energetikasi va elektr texnikasi” yoʻnalishlari boʻyicha talabalarni oʻqitish yoʻlga qoʻyildi;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.01.00 Umumiy qoidalar]
Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining “Issiqlik texnikasining nazariy asoslari” kafedrasi “Issiqlik energiyasi va atom elektr stansiyalari” kafedrasiga aylantirildi, uning negizida “Energetika (atom energetikasi)” mutaxassisligi boʻyicha talabalarni oʻqitish tashkil etildi;
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.07.00 Atom energetikasi]
2018-yil 19-oktabr kuni Toshkent shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energiyasi agentligi (keyingi oʻrinlarda — “Oʻzatom” agentligi) va “Rosatom” davlat korporatsiyasi (Rossiya Federatsiyasi) oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi atom energetikasi sohasida kadrlarni oʻqitish va tayyorlashda hamkorlik qilish toʻgʻrisida Oʻzaro anglashuv memorandumi imzolandi, unga koʻra 2018/2019 oʻquv yilidan boshlab “MMFI” milliy tadqiqot yadro universiteti” federal davlat avtonom oliy taʼlim muassasasida (Rossiya Federatsiyasi) Oʻzbekiston Respublikasi talabalarini oʻqitish boshlandi.
(1-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-79-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2024-y., 06/24/79/0363-son)
2. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasining Yadro-energetika dasturi uchun kadrlar salohiyatini rivojlantirishning asosiy tamoyillari etib belgilansin:
atom energiyasidan foydalanishda xavfsizlikning soʻzsiz ustuvorligi;
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.02.00 Elektr taʼminoti]
atom elektr stansiyasi (keyingi oʻrinlarda — AES) barpo etish va undan foydalanishda ishtirok etuvchi tashkilotlar xodimlarining yuqori darajadagi xavfsizlik madaniyatini doimiy ravishda taʼminlab borish;
tegishli lavozim uchun talab qilingan malaka va tajribaga ega boshqaruv, muhandislik, operativ va taʼmirlash xodimlarining AESda ishlashiga ruxsat berishni taʼminlash;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish]
Xalqaro atom energiyasi agentligi (keyingi oʻrinlarda — MAGATE) tavsiyalariga va eng yaxshi xalqaro amaliyotga asoslangan holda kadrlar tayyorlashga tizimli yondashish;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish]
kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish uzluksizligi, tayyorlov dasturlari atom energiyasidan foydalanish obyektlari hayotiy davrining joriy bosqichlariga, atom energiyasidan foydalanish xavfsizligini davlat tomonidan tartibga soluvchi maxsus vakolatli organning xavfsizlik talablariga mosligini taʼminlash.
3. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasining Yadro-energetika dasturi uchun kadrlar salohiyatini rivojlantirish strategiyasi (keyingi oʻrinlarda — Strategiya) 1-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasining Yadro-energetika dasturi uchun kadrlar salohiyatini rivojlantirish strategiyasini amalga oshirish boʻyicha harakatlar rejasi (keyingi oʻrinlarda — Harakatlar rejasi) 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.02.00 Sanoat sohasidagi boshqaruv / 09.10.02.02 Sanoat sohasida boshqaruv]
“Oʻzatom” agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi, Fanlar akademiyasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Harakatlar rejasida belgilangan tadbirlarning oʻz vaqtida va toʻliq bajarilishini taʼminlasin.
(3-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-79-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2024-y., 06/24/79/0363-son)
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurtani moliyalashtirish / 06.03.04.00 Budjetdan moliyalashtirish]
4. Belgilansinki, Strategiyada va Harakatlar rejasida nazarda tutilgan vazifalar va tadbirlarni amalga oshirish “Oʻzatom” agentligi va yadro-energetika dasturida ishtirok etuvchi boshqa vazirlik va idoralarning asoslantirilgan hisob-kitoblariga binoan Oʻzbekiston Respublikasi davlat budjeti, budjetdan tashqari jamgʻarmalar mablagʻlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.10.00 Ijtimoiy jamgʻarmalar]
5. Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish boʻyicha “El-yurt umidi” jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — “El-yurt umidi” jamgʻarmasi):
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-noyabrdagi PF-3-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2021-y., 06/21/3/1037-son)
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.01.00 Umumiy qoidalar]
“Oʻzatom” agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Fanlar akademiyasi bilan birgalikda 2020-yil va keyingi yillar uchun Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi uchun Davlat budjetida nazarda tutilgan maqsadli mablagʻlar, “Oʻzatom” agentligining budjetdan tashqari mablagʻlari va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga xorijda kadrlar malakasini oshirish va stajirovka qilish, shuningdek, xorijiy oliy taʼlim va ilmiy tashkilotlarning magistratura, aspirantura va doktoranturasida yosh mutaxassislarni oʻqitish maqsadli koʻrsatkichlarini tuzishda yadro-energetika dasturida ishtirok etuvchi vazirliklar va idoralarning kadrlarga boʻlgan ehtiyojini hisobga olsin;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-79-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2024-y., 06/24/79/0363-son)
[OKOZ:
1.20.00.00.00 Kadrlar masalalari, mukofotlar, faxriy unvonlar, esdalik nishonlar, faxriy yorliqlar bilan taqdirlash, amnistiya va afv etish masalalari hamda fuqarolik berish boʻyicha individual aktlar / 20.01.00.00 Lavozimga tayinlash, ishdan boʻshatish boʻyicha qarorlar]
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va “Oʻzatom” agentligi bilan birgalikda atom energiyasidan foydalanish sohasining malakali va yuqori malakali mutaxassislari boʻlgan vatandoshlarimizni yadro-energetika dasturida ishtirok etuvchi vazirliklar va idoralarning rahbar lavozimlariga jalb qilish boʻyicha zarur chora-tadbirlarni muntazam koʻrib borsin.
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.05.00.00 Mehnat intizomi / 05.05.03.00 Mehnatni ragʻbatlantirish. Turlari va qoʻllash tartibi]
6. “Oʻzatom” agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining “MMFI” milliy tadqiqot yadro universiteti” federal davlat avtonom oliy taʼlim muassasasining Toshkent shahridagi filialini moddiy-texnik taʼminlash boʻyicha xarajatlarni qoʻshimcha moliyalashtirish, shuningdek, uning xodimlarini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti, budjetdan tashqari jamgʻarmalar mablagʻlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga moliyalashtirish bilan bir qatorda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energiyasi agentligining Atom energetikasini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga moddiy ragʻbatlantirish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-79-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2024-y., 06/24/79/0363-son)
7. Quyidagilarga:
Oʻzbekiston Respublikasi energetika vaziri A.S. Sultanov zimmasiga — Strategiya va Harakatlar rejasini amalga oshirishda vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar faoliyatini samarali tashkil etish va muvofiqlashtirish;
Oʻzbekiston Respublikasi energetika vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzatom” agentligining bosh direktori J.T. Mirzamahmudov, vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar rahbarlari zimmasiga — Strategiya va Harakatlar rejasida nazarda tutilgan tadbirlarni oʻz vaqtida bajarish yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.19.00 Ommaviy axborot vositalari (radio, televideniye va boshqalar) (shuningdek, 12.03.09.00.ga qarang)]
8. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi va Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi ommaviy axborot vositalarida ushbu qarorning maqsad va vazifalarini, shuningdek, Strategiya va Harakatlar rejasini amalga oshirish jarayonini yoritish boʻyicha maqolalar va mavzuga doir telekoʻrsatuvlar tashkil etsin.
9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 16-oktabr,
PQ-4492-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 16-oktabrdagi PQ-4492-son qaroriga 1-ILOVA
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar]
Oʻzbekiston Respublikasining Yadro-energetika dasturi uchun kadrlar salohiyatini rivojlantirish
STRATEGIYASI
1-bob. Umumiy qoidalar
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.07.00 Atom energetikasi]
Birinchi atom elektr stansiyasini (keyingi oʻrinlarda — AES) barpo etish Oʻzbekiston Respublikasida energetikani rivojlantirishning strategik yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.01.00 Oldi-sotdi / 03.11.01.06 Energiya bilan taʼminlash shartnomasi]
Atom energiyasidan foydalanish obyektlari hayotiy davrining barcha bosqichlarida xavfsizlik taʼminlangan taqdirda, ekologik toza energiya turi hisoblanadi. Bu, shu jumladan AES xodimlarining, yadro-energetika dasturini amalga oshirishga jalb etilgan nazorat organlari, vazirliklar va idoralar xodimlarining yuksak malakasi va xavfsizlik madaniyati orqali taʼminlanadi.
AES qurilishini 2022-yilda boshlash rejalashtirilmoqda. Birinchi energiya blokini 2028-yilda, ikkinchi energiya blokini esa 2030-yilda foydalanishga topshirish moʻljallangan.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar]
Oʻzbekiston Respublikasining yadro-energetika dasturini kadr resurslari bilan taʼminlash uchun atom energiyasidan foydalanish sohasida kadrlar tayyorlashning samarali milliy tizimini shakllantirish zarur, bu esa Atom energiyasi xalqaro agentligining Milliy yadro infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha tavsiyalariga mos keladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish]
Yadro energetikasi dasturi uchun kadrlar tayyorlash milliy tizimini yaratish vazifalarini kompleks hal qilish lozim, chunki atom sohasini rivojlantirish nafaqat AESni ekspluatatsiya qilishda, balki qurilish, energetika, materialshunoslik, taʼlim, ilm-fan, texnika, tibbiyot kabi oʻzaro bogʻlangan yoʻnalishlarda kadrlar tayyorlashni ham talab qiladi.
2-bob. Oʻzbekiston Respublikasining Yadro-energetika dasturi uchun kadrlar salohiyatini rivojlantirish strategiyasi maqsad va vazifalari
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.02.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish borasida davlat organlari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining vakolatlari]
AES barpo etish va xavfsiz ekspluatatsiya qilish, AESning butun hayotiy davri mobaynida yadroviy va radiatsiyaviy xavfsizlikni, AES xodimlari, aholi va atrof muhit xavfsizligini taʼminlash uchun zarur boʻlgan bilim va koʻnikmalar olishni taʼminlaydigan Oʻzbekiston Respublikasi atom energetikasi sohasi kadrlarini kompleks tayyorlash tizimini yaratish va kelgusida uning samaradorligini qoʻllab-quvvatlash Oʻzbekiston Respublikasining Yadro-energetika dasturi uchun kadrlar salohiyatini rivojlantirish strategiyasi (keyingi oʻrinlarda — Strategiya)ning maqsadi hisoblanadi.
Strategiya maqsadiga erishish uchun quyidagi asosiy vazifalar hal etilishini taʼminlash zarur:
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.05 Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim]
atom energetikasini xavfsiz rivojlantirish talablariga muvofiq va eng yaxshi xalqaro tajribani hisobga olgan holda maktab taʼlimidan boshlab oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlimgacha barcha bosqichlarni oʻz ichiga oladigan atom sohasi uchun kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini va malaka oshirish tizimini yaratish;
yadro-energetika dasturi uchun kadrlar salohiyatini rivojlantirishning normativ-huquqiy bazasini takomillashtirish;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish]
Oʻzbekiston Respublikasi yadro-energetika dasturi uchun kadrlar tayyorlashga davlat buyurtmasini shakllantirish;
milliy yadro-energetika dasturining tayanch oliy taʼlim muassasasi sifatida “MMFI” milliy tadqiqot yadro universiteti” federal davlat avtonom taʼlim muassasasining Toshkent shahridagi filiali (keyingi oʻrinlarda — “MMFI” milliy tadqiqot yadro universitetining Toshkent shahridagi filiali) faoliyatini rivojlantirish;
yangi taʼlim muassasalari tashkil etish, mavjud taʼlim muassasalarining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish va taʼlim dasturlari hamda oʻquv metodikalarini takomillashtirish;
[OKOZ:
1.20.00.00.00 Kadrlar masalalari, mukofotlar, faxriy unvonlar, esdalik nishonlar, faxriy yorliqlar bilan taqdirlash, amnistiya va afv etish masalalari hamda fuqarolik berish boʻyicha individual aktlar / 20.01.00.00 Lavozimga tayinlash, ishdan boʻshatish boʻyicha qarorlar]
Atom energiyasi xalqaro agentligi (keyingi oʻrinlarda — MAGATE) tavsiyalariga muvofiq ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot xodimlari sifatli tayyorlanishi, qayta tayyorlanishi va malaka oshirishini taʼminlash, shuningdek, mehnat faoliyati atom energiyasidan foydalanish obyektlari xavfsizligiga taʼsir koʻrsatadigan xodimlar malakasini uzluksiz qoʻllab-quvvatlash uchun shart-sharoitlar yaratish;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash]
atom energiyasidan foydalanishda xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi maxsus vakolatli organ, milliy yadro-energetika dasturini amalga oshirishga jalb etilgan boshqa davlat organlari va tashkilotlari mutaxassislarini jadal tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.07.00 Ilmiy tadqiqotlar]
yadro fizikasi, yadro tibbiyoti, radiokimyo, radiatsiya xavfsizligi, energetika, materialshunoslik, hayot faoliyatini taʼminlash xavfsizligi, gidrogeologiya, meteorologiya, ekologiya va boshqa sohalarda professor-oʻqituvchilar tarkibini hamda ilmiy xodimlarni tayyorlash;
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.04.00.00 Mehnat staji / 06.04.01.00 Umumiy qoidalar]
atom sohasiga xodimlarning professional-texnik bilimlarini baholashning samarali tizimini va ish haqi miqdori xodimning malakasi, sohadagi ish staji hamda ish beruvchi tashkilot va umuman soha faoliyati samaradorligining muhim koʻrsatkichlariga qoʻshadigan amaldagi real hissasiga bogʻliqligini nazarda tutuvchi moddiy ragʻbatlantirish tizimini joriy etish;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.04.00.00 Kafolatlar va kompensatsiyalar / 05.04.01.00 Jamiyat manfaatlariga doir harakatlar uchun kafolatlar]
atom sohasiga xodimlar uchun sohada ishlash obroʻsini va jozibadorligini oshiradigan kafolatlar, kompensatsiyalar va ijtimoiy dasturlar tizimini joriy etish;
AES xavfsizligi va qonun hujjatlari talablari bajarilishi nuqtai nazaridan kadrlar zaxirasini yaratishga va atom energetikasi tashkilotlarining oʻta muhim lavozimlarida izchillikni taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish]
yadro-energetika dasturi uchun kadrlar tayyorlash sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish.
3-bob. Strategiyaning asosiy yoʻnalishlari
Oʻzbekiston Respublikasining yadro-energetika dasturi uchun kadrlar salohiyatini rivojlantirish uzoq muddatga moʻljallangan istiqboldagi maqsadli vazifalardan kelib chiqqan holda quyidagi asosiy yoʻnalishlarga muvofiq amalga oshiriladi:
atom energetikasi kadrlar salohiyatini rivojlantirishning normativ-huquqiy bazasini takomillashtirish;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish]
kadrlar tayyorlashga davlat buyurtmasini shakllantirish;
“MMFI” milliy tadqiqot yadro universitetining Toshkent shahridagi filiali faoliyatini rivojlantirish;
taʼlim muassasalarini rivojlantirish;
AESni ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot xodimlarini tayyorlash;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.04.00 Ilmiy xodimlar, ilmiy muassasalar mutaxassislari (maqom, attestatsiya, ilmiy daraja va unvonlar)]
atom energiyasidan foydalanishda xavfsizlikni taʼminlashni davlat tomonidan tartibga solish sohasidagi organlar mutaxassislarini tayyorlash;
atom energiyasidan foydalanish sohasida davlat boshqaruvi organlari mutaxassislarini tayyorlash;
professor-oʻqituvchilar tarkibi va ilmiy xodimlarni tayyorlash;
kadrlar zaxirasini yaratish va atom energetikasining oʻta muhim lavozimlarida izchillikni taʼminlash;
kadrlar tayyorlash asosida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish.
§1. Atom energetikasi kadrlar salohiyatini rivojlantirishning normativ-huquqiy bazasini takomillashtirish
Atom energetikasi kadrlar salohiyatini rivojlantirishning normativ-huquqiy bazasini takomillashtirish maqsadida quyidagi tadbirlarni amalga oshirish zarur:
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.09.00.00 Ijtimoiy muhofazaga muhtoj xodimlar mehnatini tartibga solishning qoʻshimcha kafolatlari va xususiyatlari / 05.09.04.00 Ishni taʼlim bilan birga qoʻshib olib borayotgan xodimlar uchun imtiyozlar]
Oliy taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari klassifikatoriga, shuningdek, Professional taʼlim yoʻnalishlari, mutaxassisliklari va kasblari klassifikatoriga atom energiyasidan foydalanish sohasidagi yangi yoʻnalishlar va taʼlim mutaxassisliklarini kiritish;
referent AES tashkiliy tuzilmasi va shtat jadvalidan kelib chiqqan holda Xizmatchilar asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatoriga yangi lavozimlar kiritish;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.10.00.00 Ayrim toifadagi xodimlarning mehnatini (xizmatini) tartibga solishning xususiyatlari / 05.10.02.00 Fan va taʼlim (ayrim xodimlar xizmati) sohasidagi mehnatni tartibga solishning xususiyatlari]
atom energiyasidan foydalanish sohasidagi davlat taʼlim standartlarini, shu jumladan referent AES uchun xodimlar tayyorlashda foydalanilgan yadro texnologiyalarini yetkazib beruvchi tomonidan taklif etiladigan taʼlim standartlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish;
atom energiyasidan foydalanish sohasida faoliyat olib boradigan ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar va yuridik shaxslar xodimlariga atom energiyasidan foydalanish sohasida ish olib borish huquqi uchun ruxsatnomalar berish tartibini tasdiqlash;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.01.00 Umumiy qoidalar]
atom energiyasidan foydalanish sohasida faoliyat olib boradigan ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar va yuridik shaxslarning xodimlariga nisbatan malaka talablarini tasdiqlash;
atom energiyasidan foydalanish sohasida faoliyat olib boradigan ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar va yuridik shaxslarning bajaradigan faoliyatiga qarab atom energiyasidan foydalanish sohasida ish olib borish huquqi uchun ruxsatnomalar olishi kerak boʻlgan xodimlari lavozimlari roʻyxatini tasdiqlash;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.03.00 Taʼlim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish]
AESning ekspluatatsiya qiluvchi xodimlari bilimlarini tekshirish va attestatsiyadan oʻtkazish tartib-taomilini tashkil etish boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish;
atom energiyasidan foydalanish sohasida kadrlar tayyorlovchi, qayta tayyorlovchi, malakasini oshiruvchi taʼlim muassasalarining atom energiyasidan foydalanish sohasida kadrlar tayyorlash uchun litsenziyalar (ruxsatnomalar) olish va ularni akkreditatsiyadan oʻtkazish tartibini tasdiqlash;
yadro qurilmalari va (yoki) saqlash punktlari xodimlarining ayrim toifalari, shuningdek, mazkur obyektlarda nazorat funksiyalarini amalga oshiruvchi atom energiyasidan foydalanish xavfsizligini davlat tomonidan tartibga soluvchi maxsus vakolatli organ xodimlarining mehnat sharoitlarining va ijtimoiy-maishiy taʼminoti xususiyatlarini tartibga soluvchi normalarni tasdiqlash;
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.14.00 Davlat organlarining nodavlat notijorat tashkilotlari bilan hamkorligi]
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksida nazarda tutilgan majburiyatlar va huquqlarga nisbatan atom energiyasidan foydalanish obyektlarida mehnat intizomining kuchaytirilgan talablarini belgilovchi ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotning mehnat va ishlab chiqarish intizomi toʻgʻrisidagi ustavni tasdiqlash.
§2. Kadrlar tayyorlash uchun davlat buyurtmasini shakllantirish
Oʻzbekiston Respublikasining yadro-energetika dasturi uchun kadrlar tayyorlashga davlat buyurtmasini oʻz vaqtida shakllantirish maqsadida quyidagi tadbirlarni amalga oshirish zarur:
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish]
yadro-energetika dasturi uchun kadrlarga boʻlgan ehtiyojni aniqlash, shu jumladan quyidagi toifadagi mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash uchun mutaxassisliklar (ixtisosliklar) roʻyxatini belgilash:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.08.00 Mehnat shartnomasi (kontrakt)ni tuzish. Ishga qabul qilish vaqtida dastlabki sinov]
a) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energiyasi agentligi qoshidagi AES qurilishi direksiyasining AES qurilishini qoʻllab-quvvatlash, shu jumladan loyihani boshqarish, ish sifatini nazorat qilish va ishlarni qabul qilib olishni amalga oshiruvchi xodimlari;
(“a” kichik band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-79-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2024-y., 06/24/79/0363-son)
b) AESning ekspluatatsiya qiluvchi (operativ va taʼmirlash) xodimlari;
v) atom energiyasidan foydalanish sohasida xavfsizlik masalalarini davlat tomonidan boshqarish va tartibga solish organlari xodimlari;
1.20.00.00.00 Kadrlar masalalari, mukofotlar, faxriy unvonlar, esdalik nishonlar, faxriy yorliqlar bilan taqdirlash, amnistiya va afv etish masalalari hamda fuqarolik berish boʻyicha individual aktlar / 20.01.00.00 Lavozimga tayinlash, ishdan boʻshatish boʻyicha qarorlar]
g) tayyorlangan xodimlar malakasini taʼminlab turadigan va yangi kadrlarni oʻqitadigan ilmiy tashkilotlar va taʼlim muassasalari xodimlari;
(2-paragrafning “g” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-noyabrdagi PF-3-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2021-y., 06/21/3/1037-son)
d) AES qurishda ishtirok etadigan va AESni ekspluatatsiya qilishni qoʻllab-quvvatlaydigan boshqa tashkilotlar xodimlari;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish]
mutaxassislarning lavozim majburiyatlarini bajarishga kasbiy tayyorligi mezonlarini aniqlash va ularni ushbu majburiyatlarni bajarishga tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.05.00 Davlat taʼlim muassasalari va tashkilotlari]
oʻz malakasi va professional tajribasiga koʻra atom sohasini kadrlar bilan toʻldiruvchi zaxira manbalariga kiradigan davlat organlari mutaxassislari, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida band boʻlgan mutaxassislar, taʼlim muassasalari bitiruvchilari doirasini belgilash;
kasbiy tayyorligini, bilim va tajriba darajasini hisobga olib, mutaxassislar tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirishning yillik hajmlarini belgilash.
§3. “MMFI” milliy tadqiqot yadro universiteti”ning Toshkent shahridagi filiali faoliyatini rivojlantirish
“MMFI” milliy tadqiqot yadro universiteti”ning Toshkent shahridagi filiali faoliyatini rivojlantirish maqsadida quyidagi tadbirlarni amalga oshirish zarur:
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.09.00 Ilmiy tekshirish muassasalarining moddiy-texnik bazasi]
atom tarmogʻi uchun kadrlar tayyorlash sohasida tayanch oliy taʼlim muassasasi sifatida “MMFI” milliy tadqiqot yadro universiteti”ning Toshkent shahridagi filialini moddiy-texnik taʼminlash va faoliyatini qoʻllab-quvvatlash;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.04.00 Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va texnik qayta jihozlash]
oʻquv jarayonini, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzuridagi Yadro fizikasi institutining oʻquv-amaliy laboratoriyalarini laboratoriya va oʻquv-laboratoriya uskunalari, maketlar va tahliliy trenajyorlar bilan jihozlash;
“MMFI” milliy tadqiqot yadro universiteti”ning Toshkent shahridagi filialiga yuqori malakali professor-oʻqituvchilar tarkibini jalb qilish;
bakalavrlar tayyorlash yoʻnalishlarini kengaytirish;
magistratura ochish;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.05 Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim]
oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlimni tashkil etish;
atom sohasi xodimlari malakasini oshirishning tarmoq markazi faoliyatini tashkil etish.
§4. Taʼlim muassasalarini rivojlantirish
Atom sohasida kadrlarni sifatli tayyorlash uzluksiz tizimini taʼminlash uchun taʼlim muassasalarni rivojlantirish maqsadida quyidagi tadbirlarni amalga oshirish zarur:
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish]
Milliy yadro-energetika dasturi uchun kadrlar tayyorlashga jalb etilgan taʼlim va ilmiy muassasalarning moddiy-texnik va oʻquv-laboratoriya bazasini modernizatsiyalash dasturini ishlab chiqish, tasdiqlash va amalga oshirish;
Jizzax viloyatida AES joylashadigan asosiy maydon tanlanishini hisobga olib, AESning ekspluatatsiya qiluvchi xodimlarini tayyorlashga eʼtibor bergan holda Jizzax politexnika institutida kadrlar tayyorlash yoʻnalishlarini kengaytirish;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.13.00 Mavjud korxona, bino, inshootlarni kapital taʼmirlash, texnik qayta jihozlash, kengaytirish va rekonstruksiyalash]
AES binolari va inshootlari majmuasi tarkibida oʻquv-mashgʻulot markazi (keyingi oʻrinlarda — oʻquv-mashgʻulot markazi) barpo etish va foydalanishga topshirish;
oʻquv-mashgʻulot markazida ishlash uchun oʻqituvchilar va instruktorlarni tayyorlash, ularning malakasini doimiy qoʻllab-quvvatlashni, shu jumladan xorijda tashkil etish;
Jizzax viloyatida “Oʻzatom” agentligi vasiyligi hamda qoʻllab-quvvatlashi bilan aniq va tabiiy fanlar chuqur oʻrgatiladigan ixtisoslashtirilgan maktab-internat tashkil etish;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.07.00 Atom energetikasi]
atom energetikasi, yadro texnologiyalari hamda yadro yoqilgʻisi, ishlatib boʻlingan yadro yoqilgʻisi va radioaktiv chiqindilar bilan ishlash boʻyicha maxsus oʻquv va ilmiy-ommabop adabiyotlar tayyorlash va chop etish, shuningdek, barcha darajadagi taʼlim jarayonlarining axborot-metodik taʼminotini ishlab chiqish.
§5. AESni ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot xodimlarini tayyorlash
Ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot xodimlarini tayyorlash vaqt boʻyicha AES hayotiy davrining toʻrtta bosqichiga boʻlingan:
1) barpo etish;
2) foydalanishga topshirish;
3) ekspluatatsiya qilish;
4) foydalanishdan chiqarish.
Ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot xodimlari toʻrtta asosiy yoʻnalish boʻyicha tayyorlanadi:
1) oliy rahbar xodimlar;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.05.00 Tugallangan obyektlarni ekspluatatsiyaga qabul qilish]
2) ekspluatatsiya (operativ va taʼmirlash) xodimlari;
3) yordamchi texnik xodimlar;
4) maʼmuriy-boshqaruv xodimlari.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish]
AESning oliy rahbar xodimlari tegishli malakaga, ish stajiga ega boʻlgan va atom energiyasidan foydalanish obyektini boshqarish uchun zarur boshqa talablarga javob beradigan ekspluatatsiya qiluvchi xodimlar orasidan yakka tartibdagi rivojlanish rejalari boʻyicha malakasini oshirish orqali tayyorlanadi.
Ekspluatatsiya qiluvchi va yordamchi texnik xodimlar toʻrt bosqichda tayyorlanadi:
1) AESdagi aniq lavozim uchun talab etiladigan bazaviy taʼlim;
2) oʻquv-mashgʻulot markazida nazariy tayyorlash;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.08.00 Radioeshittirish va televideniyening texnik vositalari]
3) oʻquv-mashgʻulot markazida maketlar, trenajyorlar va oʻqitishning boshqa texnik vositalarini qoʻllagan holda amaliy tayyorlash;
4) AESdagi ish joyida amaliyot oʻtash.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish]
AESning maʼmuriy-boshqaruv xodimlari oʻquv-mashgʻulot markazida malakasini oshirish va nazariy tayyorgarlikdan oʻtkazish orqali tayyorlanadi.
AES barpo etiladigan va foydalanishga topshiriladigan davrda ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot xodimlarini tayyorlashni rejalashtirish uchun:
[OKOZ:
1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.06.00.00 Harbiy kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash / 15.06.06.00 Fuqarolarni harbiy-texnik mutaxassisliklar boʻyicha tayyorlashni amalga oshiradigan jamoat tashkilotlari]
vaqt davomida rivojlanish davrlarini (2020, 2022, 2024, 2026, 2028-yillarda) hisobga olgan holda ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotning tashkiliy tuzilmasi va shtat jadvali tegishli tahrirlari ishlab chiqiladi hamda tasdiqlanadi;
ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotning amaldagi tashkiliy tuzilmasi va uni rivojlantirish rejalari asosida nomzodlarni tayyorlash uchun malakali saralab olish grafiklari, xodimlarni oʻqitish grafiklari va qabul qilish grafiklari ishlab chiqiladi;
ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot xodimlarini tayyorlash dasturi potensial ishtirokchilarining boʻlajak ish joyi uchun oʻrnatilgan maxsus talablarga muvofiqligi mezonlari ishlab chiqiladi;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash]
oʻz malakasiga koʻra atom sohasini kadrlar bilan toʻldiruvchi zaxira manbalariga kiradigan, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida band boʻlgan mutaxassislar, taʼlim muassasalari bitiruvchilari doirasi belgilanadi.
Birinchi AESni foydalanishga topshirish uchun zarur boʻlgan ekspluatatsiya qiluvchi xodimlarni tayyorlash Oʻzbekiston Respublikasi hududida atom elektr stansiyasini qurishda hamkorlik qilish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Rossiya Federatsiyasi Hukumati oʻrtasida 2018-yil 7-sentabrda tuzilgan bitim (keyingi oʻrinlarda — Hukumatlararo bitim) doirasida amalga oshiriladi.
Hukumatlararo bitim tatbiq etilmaydigan AES xodimlari davlat taʼlim muassasalari kuchi bilan yoki kontrakt asosida tayyorlanadi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.06.00.00 Baholash faoliyati / 09.06.03.00 Baholovchining malaka sertifikati]
AESning ekspluatatsiya qiluvchi xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish jarayonida va atom energiyasidan foydalanish sohasida ish bajarish uchun ruxsatnomalar berishda qoʻllaniladigan malaka talablari va muvofiqlik mezonlari atom energiyasidan foydalanishda xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi organ tomonidan tasdiqlanadi.
AESni ekspluatatsiya qilish davrida xodimlar malakasi, bilimi va koʻnikmalarini talab darajasida taʼminlab turish oʻquv-mashgʻulot markazida, shuningdek, zarur hollarda, ixtisoslashgan milliy va xorijiy taʼlim muassasalarida amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.04.00 Ilmiy xodimlar, ilmiy muassasalar mutaxassislari (maqom, attestatsiya, ilmiy daraja va unvonlar)]
Ekspluatatsiya qiluvchi xodimlarning bilimi Atom energiyasidan foydalanishda xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi maxsus vakolatli organ tomonidan belgilangan muddatlarda tekshirilib turiladi (attestatsiyadan oʻtkaziladi).
§6. Atom energiyasidan foydalanishda xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi organlar mutaxassislarini tayyorlash
Atom energiyasidan foydalanishda xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi organlarning mutaxassislari uchta asosiy yoʻnalish boʻyicha tayyorlanadi:
1) atom energiyasidan foydalanishda xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi maxsus vakolatli organ (keyingi oʻrinlarda — regulator) mutaxassislari;
2) yadro va radiatsiya xavfsizligi sohasi ekspertlari;
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.08.00 Aholining sanitariya-epidemiologik sogʻlomligi / 14.01.08.02 Sanitariya va gigiyena meʼyorlari hamda qoidalari]
3) atom energiyasidan foydalanish obyektlarida nazorat faoliyatini amalga oshiruvchi sanoat, yongʻin, ekologik xavfsizlik, sanitariya-epidemiologiya xavfsizligi, jismoniy himoya qilish va mehnatni muhofaza qilish sohasidagi davlat nazorati organlari mutaxassislari.
Regulator mutaxassislar uchta bosqichda tayyorlanadi:
1) muayyan lavozim uchun talab qilinadigan bazaviy maʼlumot;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.02.00 Radiatsiyaviy xavfsizlik (shuningdek, 16.04.07.00ga qarang)]
2) yadro va radiatsiya xavfsizligi boʻyicha, shu jumladan oʻquv-mashgʻulot markazida tayyorlash, qayta tayyorlash yoki malaka oshirish;
3) ishlab turgan AESlarda amaliyot oʻtash.
Yadro va radiatsiya xavfsizligi sohasi ekspertlarini tayyorlash tegishli oliy taʼlim olish, shuningdek, zarur hollarda yadro va radiatsiya xavfsizligi boʻyicha tayyorlash, qayta tayyorlash yoki malaka oshirish orqali amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.05.00 Yongʻin xavfsizligi]
Atom energiyasidan foydalanish obyektlarida nazorat faoliyatini amalga oshiruvchi sanoat, yongʻin, ekologik xavfsizlik, sanitariya-epidemiologiya xavfsizligi, jismoniy himoya qilish va mehnatni muhofaza qilish sohasidagi davlat nazorati organlari mutaxassislarini tayyorlash, shu jumladan oʻquv-mashgʻulot markazida malakasini oshirish orqali amalga oshiriladi.
regulator tashkiliy tuzilmasi va uni rivojlantirish rejalari asosida nomzodlarni tayyorlash uchun malakali saralab olish grafiklari, mutaxassislarni oʻqitish grafiklari va ishga qabul qilish grafiklari ishlab chiqiladi;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.04.00 Ilmiy xodimlar, ilmiy muassasalar mutaxassislari (maqom, attestatsiya, ilmiy daraja va unvonlar)]
regulator mutaxassislarini tayyorlash dasturining potensial ishtirokchilarini boʻlajak ish joyi uchun oʻrnatilgan maxsus talablarga muvofiqligi mezonlari ishlab chiqiladi;
oʻz malakasiga koʻra regulatorning kadrlar tarkibini shakllantiruvchi zaxira manbalariga kiradigan, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida band boʻlgan mutaxassislar, taʼlim muassasalari bitiruvchilarining doirasi belgilanadi.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.01.00 Xoʻjalik faoliyatida atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash (shuningdek, 16.04.09.00ga qarang) / 11.02.01.01 Sanoatda atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash]
atom energiyasidan foydalanish obyektlarida nazorat faoliyatini amalga oshiruvchi sanoat, yongʻin, ekologik xavfsizlik, sanitariya-epidemiologiya xavfsizligi, jismoniy himoya qilish va mehnatni muhofaza qilish sohasidagi regulator va davlat nazorati organlari mutaxassislari malakasi, bilimi va koʻnikmalarini talab darajasida taʼminlab turish ixtisoslashgan milliy va xorijiy taʼlim muassasalarida, shu jumladan, zarur hollarda, oʻquv-mashgʻulot markazida olib borilishi mumkin. Bunda mazkur organlar mutaxassislarining bilimi belgilangan tartibda tekshirilishi (attestatsiyadan oʻtkazilishi) lozim.
§7. Atom energiyasidan foydalanish sohasidagi davlat boshqaruvi organlari mutaxassislarini tayyorlash
Atom energiyasidan foydalanish sohasidagi davlat boshqaruvi organlari mutaxassislari ikki toifaga boʻlinadi:
1) atom energiyasidan foydalanish sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organi (keyingi oʻrinlarda — davlat boshqaruvi vakolatli organi) mutaxassislari;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.09.00.00 Davlat fuqarolik xizmati]
2) atom energiyasidan foydalanish sohasida alohida vakolatlarga ega boʻlgan davlat boshqaruvi organlari mutaxassislari.
Davlat boshqaruvi vakolatli organi mutaxassislari ikki bosqichda tayyorlanadi:
1) muayyan lavozim uchun talab qilinadigan bazaviy maʼlumot;
2) atom energiyasidan foydalanish sohasida, shu jumladan oʻquv-mashgʻulot markazida tayyorlash, qayta tayyorlash yoki malaka oshirish.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash]
Atom energiyasidan foydalanish sohasida alohida vakolatlarga ega davlat boshqaruvi organlari mutaxassislari, shu jumladan oʻquv-mashgʻulot markazida malaka oshirish orqali tayyorlanadi.
Davlat boshqaruvi vakolatli organi xodimlarini tayyorlashni rejalashtirish uchun:
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.09.00 Maʼlum bir mutaxassislik boʻyicha xodimlarga qoʻyiladigan talablar. Kvalifikatsiya tavsiflari]
davlat boshqaruvi vakolatli organi tashkiliy tuzilmasi asosida nomzodlarni tayyorlash uchun malakali saralab olish grafiklari, mutaxassislarni oʻqitish grafiklari va ishga qabul qilish grafiklari ishlab chiqiladi;
davlat boshqaruvi vakolatli organi mutaxassislarini tayyorlash dasturining potensial ishtirokchilarini boʻlajak ish joyi uchun oʻrnatilgan maxsus talablarga muvofiqlik mezonlari ishlab chiqiladi;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.05.00 Davlat taʼlim muassasalari va tashkilotlari]
oʻz malakasiga koʻra davlat boshqaruvi vakolatli organi kadrlar tarkibini shakllantiruvchi zaxira manbalariga kiradigan, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida band boʻlgan mutaxassislar, taʼlim muassasalari bitiruvchilari doirasi belgilanadi.
Davlat boshqaruvi vakolatli organi va atom energiyasi sohasida alohida vakolatlarga ega davlat boshqaruvi organlari mutaxassislari malakasi, bilimi va koʻnikmalarini talab darajasida taʼminlab turish ixtisoslashgan milliy va xorijiy taʼlim muassasalarida, shu jumladan, zarur hollarda, oʻquv-mashgʻulot markazida amalga oshirilishi mumkin.
§8. Professor-oʻqituvchilar tarkibini hamda ilmiy xodimlarni tayyorlash
Atom energiyasidan foydalanish sohasida oliy malakali kadrlarni tayyorlash quyidagi maqsadlarda amalga oshiriladi:
taʼlim muassasalarini professor-oʻqituvchilar tarkibi bilan hamda ilmiy tashkilotlarni ushbu sohadagi ilmiy xodimlar bilan taʼminlash;
(8-paragrafning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-noyabrdagi PF-3-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2021-y., 06/21/3/1037-son)
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.02.00 Tibbiyot muassasalari va xodimlari / 14.01.02.02 Tibbiyot muassasalarining ilmiy-tadqiqot va taʼlim faoliyati]
atom energiyasidan foydalanishning noenergetik yoʻnalishlarini rivojlantirish maqsadida yadro fizikasi, yadro tibbiyoti, radiatsiya xavfsizligi, hayot faoliyatini taʼminlash xavfsizligi, materialshunoslik, gidrogeologiya, meteorologiya va boshqa sohalarda kadrlar tayyorlash.
§9. Kadrlar zaxirasini yaratish va atom energetikasining oʻta muhim lavozimlarida izchillikni taʼminlash
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish]
AES xavfsizligi nuqtai nazaridan oʻta muhim lavozimlarda izchillikni taʼminlash va qonun hujjatlari talablarini bajarish uchun ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot turli boshqaruv tajribasiga ega mutaxassislar (test sinovlariga koʻra talablarga mos deb topilgan oliy taʼlim muassasalarining yuqori kurslari talabalari, energetika korxonalarining tajribali xodimlari, boshqaruvchilar va boshqa malakali mutaxassislar) uchun kadrlar zaxirasini rivojlantirish dasturini ishlab chiqadi hamda amalga oshiradi.
Yadro-energetika dasturini amalga oshirishda ishtirok etuvchi vazirliklar, idoralar va tashkilotlar kadrlar zaxirasini yaratish va rivojlantirish boʻyicha oʻz rejalarini hamda boʻlinmalar va alohida lavozimlar kesimida eng istiqbolli kadrlarni aniqlash va ularning malakasini oshirishga doir tadbirlarni ishlab chiqadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.04.00 Ilmiy xodimlar, ilmiy muassasalar mutaxassislari (maqom, attestatsiya, ilmiy daraja va unvonlar)]
Atom sohasining malakali va tajribali xodimlari yosh mutaxassislarga ham professional asosda, ham xavfsizlik madaniyati va soha qadriyatlarini rivojlantirish borasida zarur bilim va koʻnikmalarni oʻzlashtirishda koʻmaklashishini nazarda tutuvchi “ustoz-shogird” tizimini tashkil etish kadrlar zaxirasini rivojlantirish dasturining majburiy tarkibiy qismi boʻlishi lozim.
§10 Kadrlar tayyorlash sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish
Kadrlar tayyorlash sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish maqsadida quyidagilarda ishtirok etish boʻyicha texnikaviy hamkorlik dasturi doirasida MAGATE bilan oʻzaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish zarur:
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.05.00 Ilmiy va loyiha muassasalari]
“Oʻzbekiston Respublikasida atom elektr stansiyasi va tadqiqot reaktori qurish boʻyicha loyihani amalga oshirish uchun kadrlar salohiyatini va milliy yadro infratuzilmasini rivojlantirish” UZB2018004 milliy loyihasi doirasidagi oʻquv tadbirlari;
texnologiyalarni yetkazib beruvchi tomonidan tashkil etiladigan mintaqalararo oʻquv loyihalari;
MAGATE shafeligida tashkil etiladigan xalqaro konferensiyalar, seminarlar va kengashlar.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish]
Kadrlar tayyorlash, shu jumladan tajriba almashish, oʻquv seminarlari va treninglarni, shu jumladan kontrakt asosida tashkil etish va oʻtkazish masalalari boʻyicha xorijiy va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik quyidagilar bilan birgalikda amalga oshiriladi:
“Rosatom” Davlat korporatsiyasi tayanch oliy oʻquv yurtlari konsorsiumiga kiruvchi taʼlim muassasalari (Rossiya Federatsiyasi);
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.13.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini tartibga solish]
“Rosatom” texnik akademiyasi” qoʻshimcha kasb-hunar taʼlimi avtonom notijorat tashkiloti (Rossiya Federatsiyasi);
“Rosatom” korporativ akademiyasi” avtonom notijorat tashkiloti (Rossiya Federatsiyasi);
Jahon yadro uyushmasi huzuridagi Jahon yadro universiteti (Buyuk Britaniya);
AESni ekspluatatsiya qiluvchi va oʻquv-mashgʻulot majmualari hamda maxsus trenajyorlarga ega boʻlgan xorijiy tashkilotlar.
4-bob. Strategiyani amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar
Strategiyani amalga oshirish:
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish]
xodimlarni tayyorlash va mustaqil ishlashiga ruxsat berishdagi oʻziga xoslikni hisobga olib, AESni kadrlar bilan taʼminlash masalalari boʻyicha normativ-huquqiy bazani takomillashtirish;
AESni sifatli barpo etish va xavfsiz ekspluatatsiya qilishni, yadroviy va radiatsiya xavfsizligini, xodimlar, aholi va atrof muhit xavfsizligini taʼminlash uchun kadrlar tayyorlashni yoʻlga qoʻyish;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.01.00 Umumiy qoidalar]
AESni sifatli barpo etish va xavfsiz ekspluatatsiya qilish uchun respublikaning atom energetikasi sohasini oliy va kasb-hunar maʼlumotga ega mutaxassislar, oliy malakali ilmiy xodimlar, tegishli mutaxassisliklar va ixtisosliklar boʻyicha professional-texnik maʼlumotga ega xodimlar bilan taʼminlash;
atom sohasi, shu jumladan atom energiyasidan foydalanishda xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi maxsus vakolatli organ uchun kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni taʼminlash;
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish]
yadro-energetika dasturi uchun kadrlar tayyorlovchi taʼlim muassasalari va ilmiy tashkilotlarda taʼlim jarayonini samarali ilmiy-metodik, normativ-texnik va oʻquv-dasturiy qoʻllab-quvvatlashni taʼminlash;
(4-bobning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-noyabrdagi PF-3-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2021-y., 06/21/3/1037-son)
zamonaviy oʻquv va ilmiy-laboratoriya bazasini yaratish, yadro-energetika dasturi uchun kadrlar tayyorlovchi taʼlim muassasalari va ilmiy tashkilotlarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash;
(4-bobning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-noyabrdagi PF-3-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2021-y., 06/21/3/1037-son)
oliy va kasb-hunar taʼlimi muassasalarining oʻqituvchilari va ishlab chiqarish taʼlimi ustalarining kasbiy bilim darajasini oshirish;
kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirish maqsadida moliyaviy mablagʻlardan samarali foydalanishni taʼminlash imkonini beradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 16-oktabrdagi PQ-4492-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasining Yadro-energetika dasturi uchun kadrlar salohiyatini rivojlantirish strategiyasini amalga oshirish boʻyicha
HARAKATLAR REJASI
T/r
Tadbirlar nomi
Amalga oshirish mexanizmi
Moliyalashtirish manbalari
Ijro muddatlari
Masʼul ijrochilar
I. Atom energiyasidan foydalanish sohasida mutaxassislarni oʻqitishning normativ-huquqiy bazasini takomillashtirish va ularni atom sohasiga biriktirish
1.
Oliy taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari klassifikatoriga, shuningdek, Professional taʼlim yoʻnalishlari, mutaxassisliklari va kasblari klassifikatoriga atom energiyasidan foydalanish sohasidagi yangi taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklarini kiritish.
1. Atom energetikasi sohasida kadrlar tayyorlash boʻyicha xorijiy tajribani oʻrganish.
2. Klassifikatorlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish.
—
2020-yil
aprel
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Madjidov),
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (Muxitdinov),
“Oʻzatom” agentligi (Mirzamaxmudov),
Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi (Gulyamov),
Fanlar akademiyasi (Yuldashev)
2.
Atom elektr stansiyasining (keyingi oʻrinlarda — AES) tashkiliy tuzilmasi va shtat jadvalidan kelib chiqqan holda Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatoriga yangi lavozimlar kiritish.
Klassifikatorga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va kiritish.
—
2020-yil
dekabr
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (Muxitdinov),
“Oʻzatom” agentligi (Mirzamaxmudov)
Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi (Gulyamov),
Fanlar akademiyasi (Yuldashev),
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Madjidov)
3.
Atom energiyasi obyektlarini ishlatish uchun kerakli kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish faoliyati bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenziya taqdim qilish tartibini tasdiqlash.
Litsenziya berish tartibini tasdiqlash boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va kiritish.
—
2019-yil
dekabr
Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi (Gulyamov),
Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (Tashkenbayev),
“Oʻzstandart” agentligi (Sattarov),
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Madjidov),
“Oʻzatom” agentligi (Mirzamaxmudov),
Fanlar akademiyasi (Yuldashev)
4.
Atom energiyasidan foydalanish sohasidagi davlat taʼlim standartlarini, shu jumladan yadro texnologiyalarini yetkazib beruvchining amaldagi standartlarini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish.
1. Atom energiyasidan foydalanish sohasidagi davlat taʼlim standartlari loyihalarini ishlab chiqish va tasdiqlash.
2. Tasdiqlangan davlat taʼlim standartlari asosida oʻquv rejalari va dasturlarini ishlab chiqish.
—
2020-yil
iyun
2020-yil
avgust
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Madjidov),
“Oʻzstandart” agentligi (Sattorov),
“Oʻzatom” agentligi (Mirzamaxmudov),
Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi (Gulyamov)
5.
Atom energiyasidan foydalanish sohasida ish olib borish huquqi uchun ruxsatnoma berish tartibini tasdiqlash.
1. Hukumatning tegishli qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish.
2. Yadroviy qurilmalar, saqlash punktlari xodimlari va atom energiyasidan foydalanish sohasida faoliyat olib boruvchi yuridik shaxslar atom energiyasidan foydalanish sohasida ish olib borish huquqi uchun ruxsatnomalar olishi zarur boʻlgan ish turlari roʻyxatini shakllantirish.
3. Bajaradigan faoliyatiga qarab atom energiyasidan foydalanish sohasida ish olib borish huquqi uchun ruxsatnomalar olishi lozim boʻlgan xodimlar lavozimlari roʻyxatini shakllantirish.
—
2020-yil
iyun
Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi (Gulyamov),
“Oʻzatom” agentligi (Mirzamaxmudov),
Fanlar akademiyasi (Yuldashev),
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Madjidov)
6.
Xalqaro atom energiyasi agentligi (keyingi oʻrinlarda — MAGATE) tavsiyalarini hisobga olgan holda AES obyektlaridan foydalanish uchun kadrlarga qoʻyiladigan zarur malakaviy talablarni tasdiqlash.
Kadrlarga qoʻyiladigan malakaviy talablar boʻyicha idoraviy normativ hujjatni ishlab chiqish va tasdiqlash.
—
2021-yil dekabr
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (Muxitdinov), Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi (Gulyamov),
“Oʻzatom” agentligi (Mirzamaxmudov)
7.
AESning operativ va taʼmirlash xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibini tasdiqlash.
Attestatsiyadan oʻtkazish tartib-taomillarini tasdiqlash boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va kiritish.
—
2021-yil
dekabr
Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi (Gulyamov),
“Oʻzatom” agentligi (Mirzamaxmudov),
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (Muxitdinov)
8.
Yadro qurilmalari va (yoki) saqlash punktlari xodimlari ayrim toifalarining, shuningdek, ushbu obyektlarda nazorat funksiyalarini amalga oshiruvchi atom energiyasidan foydalanish xavfsizligini davlat tomonidan tartibga soluvchi organ xodimlarining mehnat sharoitlarining va ijtimoiy-maishiy taʼminoti xususiyatlarini tasdiqlash maqsadida mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish.
Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va kiritish.
—
2021-yil
iyun
“Oʻzatom” agentligi (Mirzamaxmudov),
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (Muxitdinov),
Moliya vazirligi (Ishmetov),
Fanlar akademiyasi (Yuldashev),
Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi (Gulyamov)
II. Atom energiyasidan foydalanish sohasida mutaxassislar, oliy malakali ilmiy xodimlar va ishchi kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish uchun davlat buyurtmasini shakllantirish
9.
Yadroviy texnologiyalar yetkazib beruvchisi bilan AES tashkiliy tuzilmasi va shtat jadvalini kelishish.
1. AES qurilishi boʻyicha asosiy Kontraktning kadrlar tayyorlashga doir tegishli ilovalarini muhokama qilish.
2. AESning tashkiliy tuzilmasi va shtat jadvalini kelishish.
3. Oliy va kasb-hunar maʼlumotga ega mutaxassislar, oliy malakali ilmiy xodimlar va ishchilar tayyorlash uchun mutaxassisliklar (ixtisosliklar) roʻyxatini belgilash.
4. AES qurilishi boʻyicha Kontraktni imzolash.
—
2019-yil
dekabr
“Oʻzatom” agentligi (Mirzamaxmudov)
10.
Yadro-energetika dasturida ishtirok etuvchi tashkilotlarning qisqa va uzoq muddatli davrda kadrlarga boʻlgan ehtiyojini shakllantirish.
Kadrlarga boʻlgan ehtiyojni qisqa va uzoq muddatli davr uchun hisoblab, “Oʻzatom” agentligiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligiga axborot taqdim etish.
—
2019-yil
dekabr
“Oʻzatom” agentligi (Mirzamaxmudov),
Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi (Gulyamov),
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Madjidov), Fanlar akademiyasi (Yuldashev),
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Xodjayev),
yadro-energetika dasturida ishtirok etuvchi vazirliklar, idoralar va tashkilotlar
11.
Yadro-energetika dasturini amalga oshirish yillari boʻyicha oliy va kasb-hunar maʼlumotga ega mutaxassislar hamda ishchilarni tayyorlash (qayta tayyorlash) milliy rejasini tasdiqlash.
1. Oʻzbekiston Respublikasining yadro-energetika dasturi uchun kadrlar tayyorlash milliy rejasini ishlab chiqish.
2. Xodimlar toifalarini va kadrlar tayyorlash maqsadli koʻrsatkichlarini belgilash.
3. Milliy rejani tasdiqlash.
—
2020-yil
mart
“Oʻzatom” agentligi (Mirzamaxmudov)
12.
Yadro-energetika dasturini amalga oshirish yillari boʻyicha mutaxassislarni tayyorlashning belgilangan maqsadli koʻrsatkichlariga muvofiq taʼlim muassasalariga qabul kvotalarini tasdiqlash.
Kvotalarni tasdiqlashni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va kiritish.
—
har yili avgust oyiga qadar
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Xodjayev),
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Madjidov),
yadro-energetika dasturida ishtirok etuvchi vazirliklar, idoralar va tashkilotlar
13.
Oliy taʼlim, oliy taʼlimdan keyingi taʼlim va qoʻshimcha kasb-hunar taʼlimi sohasida, shuningdek, ilm-fanning atom sohasi manfaatlari yoʻlidagi faoliyatini muvofiqlashtirish maqsadida oliy taʼlim muassasalari hamjamiyatini — “Oʻzatom” agentligi tayanch oliy taʼlim muassasalari konsorsiumini tashkil etish.
1. Yadro-energetika dasturini amalga oshirish uchun kadrlar tayyorlashda ishtirok etadigan taʼlim va ilmiy tadqiqot muassasalar roʻyxatini belgilash.
2. “Oʻzatom” agentligi tayanch oliy taʼlim muassasalari konsorsiumi toʻgʻrisidagi nizomni va ushbu hamjamiyatning ish rejasini ishlab chiqish hamda tasdiqlash.
—
2020-yil sentabr
“Oʻzatom” agentligi (Mirzamaxmudov),
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Madjidov),
Fanlar akademiyasi (Yuldashev)
III. Atom energiyasidan foydalanish sohasida kadrlar tayyorlashda ishtirok etadigan yangi taʼlim muassasalarini tashkil etish, taʼlim va ilmiy muassasalarning moddiy-texnika va oʻquv-laboratoriya bazasini rivojlantirish
14.
“MMFI” milliy tadqiqot yadro universitetining Toshkent shahridagi filiali (keyingi oʻrinlarda — “MMFI” filiali) faoliyatini rivojlantirish.
1. “MMFI” filiali negizida kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash oʻquv markazini tashkil etish.
2. Oʻquv markazi murabbiylarini saralab olish va qayta tayyorlash.
3. Oʻquv markazi normativ hujjatlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.
4. Bakalavrlar tayyorlash yoʻnalishlarini kengaytirish.
5. Magistratura yoʻnalishlarini ochish.
6. Oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni tashkil qilish.
Oʻzbekiston Respublikasi
Atom energetikasini rivojlantirish jamgʻarmasi
Grafik asosida
“Oʻzatom” agentligi (Mirzamaxmudov),
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Madjidov)
15.
AES joylashgan hududda aniq va tabiiy fanlar chuqur oʻrgatiladigan ixtisoslashgan maktab-internat tashkil etish.
1. Jizzax viloyatidagi taʼlim muassasalari holatini va taʼlim sifati koʻrsatkichlarini oʻrganish.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga quyidagi masalalar boʻyicha takliflar tayyorlash:
birinchi AES joylashgan hududda ixtisoslashgan maktab-internat tashkil etish;
3. Jizzax shahrida 2020-yilda tashkil etiladigan “Prezident maktabi” bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish orqali STEM taʼlim elementlarini va oʻquvchilarni saralab olish tizimini bosqichma-bosqich joriy etish.
Xalq taʼlimini rivojlantirish jamgʻarmasi,
Atom energetikasini rivojlantirish jamgʻarmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari
2019-yil
noyabr
2020-yil
sentabrdan boshlab
Xalq taʼlimi vazirligi (Shermatov),
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashti-rilgan maktablarni rivojlantirish agentligi (Boboxujayev),
“Oʻzatom” agentligi (Mirzamaxmudov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Madjidov),
Jizzax viloyati hokimligi (Soliyev)
16.
AES joylashgan hududda Oʻquv-mashgʻulot markazi (keyingi oʻrinlarda — OʻMM) barpo etish va foydalanishga topshirish.
1.OʻMM barpo etish va foydalanishga topshirish grafigini tasdiqlash.
2.Obyektni barpo etish va foydalanishga topshirishni taʼminlash.
3.OʻMM instruktorlarini tanlab olish va ularni, shu jumladan xorijda qayta tayyorlash.
4.OʻMM normativ hujjatlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.
AESni qurish kontrakti doirasida
2026-yil
dekabr
“Oʻzatom” agentligi (Mirzamaxmudov),
Atom elektr stansiyasi qurilishi direksiyasi (Amanov)
17.
Jizzax politexnika instituti faoliyatini rivojlantirish.
1. AES joylashgan maydon hududida atom energetikasi tarmogʻini va unga oʻzaro bogʻliq tarmoqlarni rivojlantirish ehtiyojlaridan kelib chiqib, Jizzax politexnika institutining mutaxassisliklari roʻyxatini va kadrlar tayyorlash yoʻnalishlarini kengaytirish.
2. Tanlangan yoʻnalishlar boʻyicha xorijiy universitetlar bilan qoʻshma taʼlim dasturlarini tashkil etish.
Institutning budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari
2020-yil
aprel
2020-yil
avgust
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Madjidov),
Jizzax politexnika instituti (Usmankulov)
18.
AES uchun suvning radiokimyoviy sifatini nazorat qiluvchi kadrlarni tayyorlash maqsadida “Radiokimyo” yoʻnalishida yangi taʼlim ixtisosligini tashkil etish.
1.Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti kimyo fakultetining “Tabiiy birikmalar kimyosi” kafedrasida “Radiokimyo” yoʻnalishini tashkil etish;
2. Laboratoriya uskunalarini xarid qilish va kafedrani jihozlash.
3. Laboratoriya uskunalaridan foydalanishni metodik qoʻllab-quvvatlash.
Universitetning budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari
2020-yil
aprel
2020-yil
avgust
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Madjidov),
Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti (Marahimov)
19.
“Oʻzatom” agentligi tayanch oliy taʼlim muassasalari konsorsiumi taʼlim va ilmiy muassasalari moddiy-texnika va oʻquv-laboratoriya bazasini yaratish hamda modernizatsiya qilish.
1. Oʻquv va ilmiy laboratoriyalar moddiy-texnika bazasini modernizatsiya qilish, oliy taʼlim muassasalarini zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlash boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish.
2. “Oʻzatom” agentligi tayanch oliy taʼlim muassasalari konsorsiumi oliy taʼlimni boshqarish axborot tizimini joriy etish.
3. “Oʻzatom” agentligi tayanch oliy taʼlim muassasalari konsorsiumi uchun “MMFI” milliy tadqiqot yadro universitetining Toshkent shahridagi filiali qoshida doim yangilab turiladigan maʼlumotlar bazasiga va elektron kutubxonaga ega zamonaviy Axborot-resurs markazini tashkil etish.
4. Nucleus, Web of Science, Scopus kabi texnik va ilmiy axborotlarning ilmiy-taʼlim maʼlumotlar bazasidan foydalanish tizimini joriy etish.
Atom energetikasini rivojlantirish jamgʻarmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti va budjetdan tashqari jamgʻarmalar mablagʻlari
doimiy ravishda
2021-yil avgust
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Madjidov),
“Oʻzatom” agentligi (Mirzamaxmudov)
20.
“Hayot faoliyati xavfsizligi” va “Atrof-muhitni muhofaza qilish” yoʻnalishlari boʻyicha kadrlar tayyorlanadigan respublikaning tegishli taʼlim muassasalarini maxsus laboratoriya uskunalari bilan jihozlash.
1. Maxsus laboratoriya uskunalari roʻyxatini ishlab chiqish va kelishish.
2. Laboratoriya uskunalarini xarid qilish va jihozlash.
3. Laboratoriya uskunalaridan foydalanishni metodik qoʻllab-quvvatlash.
Oliy taʼlimni rivojlantirish jamgʻarmasi, oliy taʼlim muassasalarining budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari, Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti va budjetdan tashqari jamgʻarmalar mablagʻlari
2020-yil avgust
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Madjidov),
“Oʻzstandart” agentligi (Sattarov)
21.
“Oʻzatom” agentligi tayanch oliy taʼlim muassasalari konsorsiumi ehtiyoji uchun xorijiy oʻquv adabiyotlari tizimli ravishda chop etilishini tashkillashtirish, taʼlim jarayonining oʻquv-metodik taʼminotini ishlab chiqish.
1. Oʻquv va oʻquv-metodik adabiyotlarni chop etishga tayyorlaydigan boʻlinma tashkil etish.
2. Xorijiy adabiyotlar roʻyxatini shakllantirish, ularni xarid qilish, chop etish va tarqatish tartibi toʻgʻrisidagi nizom loyihasini ishlab chiqish.
Oliy taʼlimni rivojlantirish jamgʻarmasi,
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti va budjetdan tashqari jamgʻarmalar mablagʻlari
2020-yil avgust
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Madjidov), Fanlar akademiyasi (Yuldashev), “Oʻzatom” agentligi (Mirzamaxmudov)
IV. AESni ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot xodimlarini tayyorlash
22.
AESni qurish va foydalanishga topshirish davrlarida ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot xodimlarini tayyorlashni rejalashtirish.
1.Ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot tashkiliy tuzilmasini va shtat jadvalining tegishli tahririni ishlab chiqish hamda tasdiqlash.
2.Nomzodlarni tayyorlash uchun malakali tanlab olish jadvallarini, oʻqitish jadvalini ishlab chiqish.
3.Ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot xodimlarini tayyorlash dasturi salohiyatli ishtirokchilarini ish joyi uchun oʻrnatilgan maxsus talablarga muvofiqligi mezonlarini ishlab chiqish.
har yili
2020 — 2030-yillar
har yili
dekabr oyigacha
2022-yil may
“Oʻzatom” agentligi (Mirzamaxmudov)
Atom elektr stansiyasi qurilishi direksiyasi (Amanov)
23.
AESni ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotning rahbar, ekspluatatsiya (operativ va taʼmirlash), yordamchi (texnik) va maʼmuriy-boshqaruv xodimlariniMAGATE tavsiyalariga muvofiq tayyorlash.
1.Ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotdagi salohiyatli xodimlarining bazaviy taʼlim olishini tashkil etish.
2.Ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot xodimlarida AESni mustaqil boshqarish kompetensiyasini shakllantirish maqsadida zamonaviy keng koʻlamli trenajyorlar va mashgʻulot markazlaridan foydalangan holda ularni maxsus tarzda tarzda tayyorlashni tashkil etish.
3.AESdagi ish joyida amaliyot oʻtashni tashkil etish.
AES qurilishi boʻyicha kontrakt doirasida, Atom energetikasini rivojlantirish jamgʻarmasi
2025-yil
dekabr
“Oʻzatom” agentligi (Mirzamaxmudov)
Atom elektr stansiyasi qurilishi direksiyasi (Amanov)
24.
Kadrlar zaxirasini saralab olish va tayyorlash tizimini ishlab chiqish hamda joriy etish.
1.Xalq xoʻjaligining turli tarmoqlarida band boʻlgan mutaxassislar, oʻz malakasiga koʻra atom sohasini kadrlar bilan toʻldirish manbalariga kiradigan taʼlim muassasalari bitiruvchilari doirasini belgilash.
2.Oʻta muhim lavozimlarda rivojlantirish modul dasturlarini ishlab chiqish hamda lavozimda koʻtarilish va rotatsiya bilan samaradorlik koʻrsatkichlari oʻrtasida oʻzaro bogʻliqligini taʼminlash.
3.Oʻta muhim lavozimlar uchun nomzodlarning boshqaruv salohiyati samaradorligini baholash kompleks tizimini ishlab chiqish.
4.Oʻta muhim lavozimlar uchun kadrlar zaxirasini shakllantirish uchun tavsiyalar tayyorlash.
—
2022-yildan boshlab doimiy ravishda
“Oʻzatom” agentligi (Mirzamaxmudov)
Atom elektr stansiyasi qurilishi direksiyasi (Amanov)
25.
AES xavfsizligi nuqtai nazaridan oʻta muhim lavozimlarda izchillikni taʼminlash.
1.Turli yoʻnalishda boshqaruv tajribasiga ega boʻlgan mutaxassislar (oliy taʼlim muassasalarining yuqori kurs talabalari, energetika korxonalarining tajribali xodimlari, boshqaruvchilar va test yakunlari boʻyicha tegishli talablarga mos deb topiladigan boshqa malakali mutaxassislar) uchun Kadrlar zaxirasini rivojlantirish dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash.
2.Ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotning Kadrlar zaxirasini rivojlantirish dasturi ijrosini taʼminlash.
—
2020-yil yanvar
“Oʻzatom” agentligi (Mirzamaxmudov)
Atom elektr stansiyasi qurilishi direksiyasi (Amanov)
V. Atom energiyasidan foydalanish sohasida xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga solish organlari va davlat boshqaruvi organlari, yadro-energetika dasturida ishtirok etadigan oʻzaro bogʻliq tarmoqlar tashkilotlari uchun kadrlar tayyorlash
26.
Atom energiyasidan foydalanish sohasida xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi maxsus vakolatli organ xodimlarini tayyorlash.
1. Xodimlar tayyorlash grafigini ishlab chiqish va tasdiqlash.
2. Xodimlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni taʼminlash.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari, Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasining budjetdan tashqari mablagʻlari
2019-yil dekabr
grafik asosida
Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi (Gulyamov)
27.
Atom energiyasidan foydalanish sohasida davlat boshqaruvi organlari xodimlarini tayyorlash.
1. Nomzodlarni tayyorlash uchun malakali saralab olish grafiklarini, mutaxassislarni oʻqitish grafiklarini va ishga qabul qilish grafiklarini ishlab chiqish hamda tasdiqlash.
2. Tasdiqlangan oʻqitish grafiklari va ishga qabul qilish grafiklari asosida nomzodlarni tayyorlash uchun malakali saralab olishni, mutaxassislarni ishga qabul qilishni tashkil etish.
Vazirlik va idoralarning oʻz mablagʻlari, Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti va budjetdan tashqari jamgʻarmalar mablagʻlari
2019-yil dekabr
grafik asosida
Energetika vazirligi (Sultonov), Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shodmonov), FVV (Moʻminov), Davlat ekologiya qoʻmitasi (Qoʻchqorov), “Oʻzatom” agentligi (Mirzamaxmudov),
Fanlar akademiyasi (Yuldashev), tegishli vazirliklar va idoralar
28.
OʻMMda atom energiyasidan foydalanish sohasida xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi organlar va davlat boshqaruvi organlari, yadro-energetika dasturida ishtirok etadigan oʻzaro bogʻliq tarmoqlarning tashkilotlari mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini lozim darajada taʼminlash.
1. Xodimlarni tayyorlash grafigini ishlab chiqish va tasdiqlash.
2. OʻMMda qayta tayyorlash va malaka oshirishni tashkil etish.
Vazirlik va idoralarning oʻz mablagʻlari, Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti va budjetdan tashqari jamgʻarmalar mablagʻlari
2019-yil dekabr
grafik asosida
Davlat ekologiya qoʻmitasi (Qoʻchqorov), IIV (Bobojonov), FVV (Moʻminov), Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shodmonov), Mudofaa vazirligi (Kurbanov), Milliy gvardiya (Toshmatov), Qurilish vazirligi (Zokirov), tegishli vazirliklar va idoralar
29.
Taʼlim muassasalarini professor-oʻqituvchilar tarkibi bilan hamda ilmiy-tadqiqot muassasalarini ushbu sohadagi ilmiy xodimlar bilan taʼminlash uchun atom energiyasidan tinchlik yoʻlida foydalanish sohasida oliy malakali kadrlarni tayyorlash.
1. Atom energetikasi yoʻnalishlari boʻyicha ixtisoslashtirilgan ilmiy kengashlar tashkil etish.
2. Atom energiyasidan tinchlik yoʻlida foydalanish sohasidagi falsafa doktorlarini (PhD) va fan doktorlarini (DSc) tayyorlash uchun kvotalar ajratish.
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti va budjetdan tashqari jamgʻarmalar mablagʻlari
2020-yildan boshlab
Oliy attestatsiya komissiyasi (Yusupov),
Innovatsion rivojlantirish vazirligi (Abdurahmonov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Madjidov),
Fanlar akademiyasi (Yuldashev)
30.
OʻMM instruktorlari va ixtisoslashgan oliy taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilar tarkibining malakasini oshirishni tashkil etish.
1. Ixtisoslashgan oliy taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilar tarkibining malakasini tizimli ravishda oshirish grafigini ishlab chiqish hamda tasdiqlash.
2. “Rosatom” texnik akademiyasi”, Jahon yadro universiteti va boshqalar bilan malaka oshirish boʻyicha shartnomalar tayyorlash va imzolash.
Vazirlik va idoralarning oʻz mablagʻlari, Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti va budjetdan tashqari jamgʻarmalar mablagʻlari
2027-yil sentabrdan boshlab
“Oʻzatom” agentligi (Mirzamaxmudov),
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi (Bekmurodov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Madjidov),
Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shodmonov),
Fanlar akademiyasi (Yuldashev)
31.
Yadro fizikasi, yadro tibbiyoti, radiokimyo, radiatsiya xavfsizligi, hayot faoliyatini taʼminlash xavfsizligi, meteorologiya, gidrogeologiya, materialshunoslik va boshqa noenergetik yoʻnalishlarda kadrlar tayyorlash.
1. Qisqa va uzoq muddatli davrlarda kadrlarga boʻlgan ehtiyojlarni hisoblab chiqish.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga kadrlarga boʻlgan ehtiyoji toʻgʻrisida axborot taqdim etish.
3. Kadrlar tayyorlashni tashkil etish.
Vazirlik va idoralarning oʻz mablagʻlari, Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti va budjetdan tashqari jamgʻarmalar mablagʻlari
2020-yil iyun
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Madjidov),
Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shodmonov),
Fanlar akademiyasi (Yuldashev),
Qurilish vazirligi (Zokirov),
“Oʻzatom” agentligi (Mirzamaxmudov),
Moliya vazirligi (Ishmetov)
VI. Respublikaning atom sohasi uchun kadrlar tayyorlash boʻyicha xalqaro hamkorlik
32.
Texnik hamkorlik dasturi doirasida MAGATE bilan hamkorlik qilish.
1. Maqsadli oʻqitish boʻyicha ehtiyojlarni shakllantirish (oʻqitish mavzulari va ishtirokchilar roʻyxati).
2. Soʻrov tayyorlash va MAGATE kotibiyatiga yuborish.
3. MAGATE bilan birgalikda tadbirlar rejasini kelishish.
Vazirlik va idoralarning oʻz mablagʻlari, Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti va budjetdan tashqari jamgʻarmalar mablagʻlari
doimiy ravishda kelishuvlar asosida
Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi (Gulyamov), “Oʻzatom” agentligi (Mirzamaxmudov),
Fanlar akademiyasi (Yuldashev), tegishli vazirliklar va idoralar
33.
Kadrlar tayyorlash, xususan, tajriba almashish, oʻquv seminarlari va treninglarini, shu jumladan shartnoma asosida tashkil qilish va oʻtkazish masalalari boʻyicha xorijiy va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilish.
1. Xodimlarni xorijda oʻqitish grafigini ishlab chiqish va tasdiqlash.
2. Quyidagi taʼlim muassasalari bilan yadro energetikasi uchun xodimlar tayyorlash boʻyicha shartnomani kelishish va imzolash:
“Rosatom” davlat korporatsiyasi (Rossiya Federatsiyasi) tayanch oliy taʼlim muassasalari konsorsiumiga kiradigan taʼlim muassasalari;
“Rosatom” texnik akademiyasi”ning (Rossiya Federatsiyasi) qoʻshimcha kasb-hunar taʼlimi avtonom notijorat tashkiloti;
Jahon yadro uyushmasi (Buyuk Britaniya) huzuridagi Jahon yadro universiteti;
AESni ekspluatatsiya qiluvchi va oʻquv-mashgʻulot majmualariga hamda maxsus trenajyorlarga ega xorijiy tashkilotlar.
Oʻz mablagʻlari, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari, tegishli jamgʻarmalar mablagʻlari
2020-yil oktabr
grafik asosida
Davlat ekologiya qoʻmitasi (Qoʻchqorov), IIV (Bobojonov), FVV (Moʻminov), Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shodmonov), Mudofaa vazirligi (Kurbanov), Milliy gvardiya (Toshmatov), Qurilish vazirligi (Zokirov), tegishli vazirliklar va idoralar
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2019-y., 07/19/4492/3930-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2021-y., 06/21/3/1037-son; 25.05.2024-y., 06/24/79/0363-son)