1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.02.00.00 Axborot va axborotlashtirish sohasida boshqaruv. Elektron hukumat / 12.02.01.00 Axborotlashtirishni boshqarish organlari]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ommaviy axborot vositalari. Noshirlik faoliyati.]
buyrugʻi
Davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmati rahbarini lavozimga tayinlashni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi yoki uning hududiy boshqarmalari bilan kelishish, ularni attestatsiyadan oʻtkazish hamda ish samaradorligini baholash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 3-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3187]
LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazi direktorining 2026-yil 13-yanvardagi 70-sonli “Davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmati rahbarlarini attestatsiyadan oʻtkazish hamda ularning faoliyat samaradorligini baholash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3760, 22.01.2026-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-iyundagi PQ-4366-son “Ommaviy axborot vositalari mustaqilligini taʼminlash hamda davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari faoliyatini rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmati rahbarini lavozimga tayinlashni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi yoki uning hududiy boshqarmalari bilan kelishish, ularni attestatsiyadan oʻtkazish hamda ish samaradorligini baholash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Direktor v.b. K. ALLAMJONOV
Toshkent sh.,
2019-yil 26-avgust,
324-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktorining 2019-yil 26-avgustdagi 324-son buyrugʻiga ILOVA
Davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmati rahbarini lavozimga tayinlashni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi yoki uning hududiy boshqarmalari bilan kelishish, ularni attestatsiyadan oʻtkazish hamda ish samaradorligini baholash tartibi toʻgʻrisidagi
NIZOM
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.09.00 Ommaviy axborot vositalaridagi axborot (shuningdek, 13.03.19.00.ga qarang)]
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-iyundagi PQ-4366-son “Ommaviy axborot vositalari mustaqilligini taʼminlash hamda davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari faoliyatini rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining axborot xizmati rahbarlarini (bundan buyon matnda axborot xizmati rahbari deb yuritiladi) lavozimga tayinlash masalasini tegishlicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi yoki Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmalari bilan kelishish, shuningdek ularni attestatsiyadan oʻtkazish hamda axborot xizmati rahbarlarining ish samaradorligini baholash tartibini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Agentlik — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi;
hududiy boshqarmalar — Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmalari;
davlat organlari va tashkilotlari — davlat hokimiyati organlari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda respublika ahamiyatiga molik idora, muassasa va tashkilotlar.
(1-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktorining 2019-yil 17-dekabrdagi 445-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3187-1, 16.01.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2020-y., 10/20/3187-1/0057-son)
2. Respublika darajasidagi davlat organlari va tashkilotlari, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari axborot xizmati rahbarlari Agentlik bilan kelishilgan holda, hududiy davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmati rahbarlari hududiy boshqarmalar bilan kelishilgan holda lavozimiga tayinlanadi hamda ular tomonidan attestatsiyadan oʻtkaziladi.
Davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari rahbarlarini attestatsiyadan oʻtkazish bevosita mazkur davlat organlari va tashkilotlariga proaktiv shaklda davlat xizmatini koʻrsatish tarzida amalga oshiriladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktorining 2025-yil 14-yanvardagi 252-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3187-2, 06.02.2025-y.) asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.02.2025-y., 10/25/3187-2/0110-son)
2-bob. Davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmati rahbarini lavozimga tayinlash masalasini kelishish
3. Davlat organlari va tashkilotlarining axborot xizmati rahbari lavozimiga tayinlashga taqdim etilgan nomzodlarni (bundan buyon matnda nomzod deb yuritiladi) Agentlik yoki uning hududiy boshqarmalari bilan kelishish ularning tavsiya etilgan lavozimga layoqatini va kasbiga munosibligini aniqlash maqsadida amalga oshiriladi.
4. Davlat organlari va tashkilotlari tomonidan axborot xizmati rahbarini lavozimga tayinlash masalasini kelishish uchun bir yoki undan ortiq nomzod tavsiya etilishi mumkin.
5. Davlat organlari va tashkilotlari nomzodni lavozimga tayinlash masalasini kelishish uchun Agentlik yoki uning hududiy boshqarmalariga quyidagi hujjatlarni elektron shaklda taqdim etadi:
davlat organi va tashkiloti rahbarining nomzodni lavozimga tavsiya etish toʻgʻrisidagi taqdimnomasi;
nomzodning anketasi;
oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi diplomning yoxud xorijiy taʼlim muassasasida olingan oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjatni tan olish toʻgʻrisida guvohnomaning nusxasi;
Axborot xizmati rahbari lavozimiga kelishish uchun bir yoki undan ortiq nomzodlar tavsiya etilganda, mazkur bandda nazarda tutilgan hujjatlar har bir nomzod uchun alohida taqdim etiladi.
6. Mazkur Nizomning 5-bandida nazarda tutilgan hujjatlar elektron imzo bilan tasdiqlangan yoki “PDF” (portable document format) formatida skaner qilingan holda joʻnatiladi.
7. Davlat organlari va tashkilotlari tomonidan taqdim etilgan hujjatlar qaytarib berilmaydi.
8. Axborot xizmati rahbarini lavozimga tayinlashni kelishish masalasini koʻrib chiqishda nomzod bilan axborot xizmatlari faoliyati sohasiga doir suhbat oʻtkaziladi.
9. Suhbat tegishlicha Agentlik va uning hududiy boshqarmalarida tashkil etiladigan komissiyalar tomonidan oʻtkaziladi, bunda komissiya tarkibi Agentlikda direktor tomonidan, hududiy boshqarmalarda esa boshqarma boshliqlari tomonidan kamida besh kishidan iborat tarkibda tasdiqlanadi.
10. Agentlikda direktorning soha boʻyicha masʼul oʻrinbosari, hududiy boshqarmalarda boshqarma boshliqlari komissiya raisi hisoblanadi.
11. Komissiyalar faoliyatini tashkil qilish boʻyicha tashkiliy masalalar ishchi organ tomonidan amalga oshiriladi. Agentlikning Axborot xizmatlari faoliyatini tashkil qilish va muvofiqlashtirish boshqarmasi, hududiy boshqarmalarda axborot xizmatlari faoliyatini tashkil qilish va muvofiqlashtirish sektori tegishli komissiyalarning ishchi organi hisoblanadi.
12. Axborot xizmati rahbarini lavozimga tayinlashni kelishish davlat organlari va tashkilotlari tomonidan mazkur Nizomning 5-bandida koʻrsatilgan hujjatlar Agentlik yoki uning hududiy boshqarmalariga kelib tushgan sanadan boshlab oʻn besh kun ichida amalga oshiriladi.
13. Ishchi organ tomonidan hujjatlarni koʻrib chiqish jarayonida kamchiliklar aniqlanmasa, nomzodni tavsiya etgan davlat organi va tashkilotiga suhbat oʻtkazilishidan kamida besh kun oldin suhbat oʻtkaziladigan kun, vaqti va joyi haqida xabar beriladi.
14. Davlat organlari va tashkilotlari tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda kamchiliklar mavjudligi aniqlangan taqdirda, ular Agentlik yoki uning hududiy boshqarmalariga kelib tushgan sanadan boshlab besh kuni ichida ishchi organ tomonidan kamchiliklar koʻrsatilgan holda nomzodni tavsiya etgan davlat organi va tashkilotiga xabar yuboriladi.
Bunda, davlat organlari va tashkilotlari kamchiliklarni bartaraf etgan holda takroran ushbu Nizomning 5-bandida koʻrsatilgan hujjatlarni taqdim qilishlari zarur.
15. Komissiya ishida aʼzolarning kamida yarmi ishtirok etgan taqdirda, vakolatli hisoblanadi.
16. Suhbat nomzod bilan uning kasbiy faoliyatiga bogʻliq boʻlgan qonunchilik sohalari, axborot xizmatlariga oid masalalar, davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqligi, davlat va jamiyat oʻrtasida muloqotni shakllantirish va takomillashtirishda keng jamoatchilik nazoratini oʻrnatish, zamonaviy axborot maydonida kechayotgan tendensiyalarga oid tahliliy yondashuv kabi masalalar boʻyicha oʻtkaziladi.
17. Suhbat natijalari mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shakldagi suhbat oʻtkazish varaqasida aks ettiriladi.
18. Komissiya suhbat natijalari yuzasidan nomzodni suhbatdan oʻtgan yoki oʻtmagan deb topish haqida qaror qabul qiladi. Mazkur qaror komissiya aʼzolarining oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlib qolgan taqdirda, komissiya raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
19. Komissiya qarorlari yuzasidan yuqori turuvchi organga yoki sudga shikoyat qilinishi mumkin.
20. Suhbatga kela olmaydigan nomzodlar suhbat boshlangunga qadar komissiyaning ishchi organini xabardor qilishlari lozim. Bunda nomzodlar komissiyaning navbatdagi yigʻilishida suhbatga qoʻyiladi.
21. Suhbat natijalariga koʻra nomzodning suhbatdan oʻtganligi yoki oʻtmaganligi holati boʻyicha ishchi organ ikki ish kuni ichida nomzodni tavsiya etgan davlat organi va tashkilotini xabardor qiladi.
22. Suhbatdan oʻta olmagan nomzodlar bir oydan soʻng qayta tavsiya etilishi mumkin.
23. Suhbatning shaffofligi va xolisligini taʼminlash maqsadida, uni oʻtkazish jarayoni uzluksiz ravishda videoyozuvga (ovozli) tushiriladi, videotasvir Agentlik va hududiy boshqarmalarda uch yil mobaynida saqlanadi.
24. Axborot xizmati rahbari lavozimidan ozod etilganda, davlat organi va tashkiloti oʻn ish kuni muddatida Agentlik yoki uning hududiy boshqarmalarini xabardor qiladi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.17.00 Attestatsiya (xodimlarni) (shuningdek, 13.02.04.00 va 13.01.16.00ga qarang)]
3-bob. Davlat organlari va tashkilotlari axborot rahbarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi
25. Davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmati rahbarlari tegishli ravishda Agentlik va uning hududiy boshqarmalarida har uch yilda bir marotaba attestatsiyadan oʻtadi. Bunda, davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari rahbarlarini ular ishlayotgan tashkilot tomonidan boshqa turdagi attestatsiyalardan oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Birinchi marta lavozimga tayinlangan axborot xizmati rahbari lavozimga tayinlangan yilida, biroq lavozimda kamida uch oy ishlaganidan keyin attestatsiyadan oʻtadi.
Attestatsiyadan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnomaga ega boʻlgan shaxslar mazkur guvohnomaning amal qilish muddati tugashiga qadar ikki oylik muddat ichida attestatsiyadan oʻtish kerak.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktorining 2025-yil 14-yanvardagi 252-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3187-2, 06.02.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.02.2025-y., 10/25/3187-2/0110-son)
26. Axborot xizmati rahbarini attestatsiyadan oʻtkazish uchun mazkur Nizomning 9 — 11-bandlariga muvofiq tartibda attestatsiya komissiyasi tashkil etiladi.
Attestatsiya komissiyalari tarkibiga davlat organlari va tashkilotlari, muassasalar vakillari ham kiritilishi, shuningdek hududiy boshqarmalaridagi attestatsiya komissiyalari tarkibiga Agentlik vakillari kiritilishi mumkin.
27. Attestatsiya komissiyasi raisi:
attestatsiya komissiyasi majlislarida raislik qiladi;
attestatsiyani oʻtkazish joyi va muddatlarini belgilaydi;
attestatsiyadan oʻtuvchilarning roʻyxat boʻyicha tarkibini belgilaydi;
attestatsiyani oʻtkazish boʻyicha boshqa tashkiliy masalalarni hal qiladi.
Attestatsiya komissiyasi raisi boʻlmagan taqdirda uning vazifasini rais oʻrinbosari bajaradi.
28. Attestatsiya komissiyasining ishchi organi:
attestatsiyani oʻtkazish jadvalini tuzadi va uni tasdiqlash uchun attestatsiya komissiyasi raisiga taqdim etadi;
attestatsiyadan oʻtuvchilarning anketalarini shakllantiradi va tayyorlaydi;
attestatsiyani oʻtkazish sanasi, vaqti va joyi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni attestatsiya komissiyasi aʼzolariga hamda attestatsiyadan oʻtuvchilarga yetkazadi;
attestatsiya komissiyasi faoliyatini tashkil etishga doir boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
29. Attestatsiya komissiyasi ishida aʼzolarning kamida yarmi ishtirok etgan taqdirda, vakolatli hisoblanadi.
30. Attestatsiya komissiyasining qarorlari, uning aʼzolarining oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlib qolgan taqdirda, komissiya raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
31. Davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmati rahbarini attestatsiyadan oʻtkazishi uchun Agentlik yoki uning hududiy boshqarmalariga xat yuboradi. Xatga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shakldagi attestatsiyadan oʻtuvchining anketasi.
Taqdim etilgan hujjatlar qaytarib berilmaydi.
32. Davlat organlari va tashkilotlari tomonidan taqdim etilgan hujjatlar mazkur Nizomning 31-bandiga muvofiq boʻlganda, attestatsiya komissiyasining ishchi organi tomonidan oʻn ish kuni ichida koʻrib chiqiladi, bunda attestatsiya oʻtkazilishidan kamida besh ish kuni oldin attestatsiyani oʻtkazish sanasi, vaqti va joyi toʻgʻrisida davlat organlari va tashkilotlari xabardor qilinishi lozim.
Davlat organlari va tashkilotlari tomonidan taqdim etilgan hujjatlar mazkur Nizomning 31-bandiga muvofiq boʻlganda, attestatsiya ular taqdim etilgan kundan boshlab ikki oy mobaynida oʻtkaziladi.
33. Attestatsiyaga kela olmaydigan attestatsiyadan oʻtuvchilar attestatsiya boshlangunga qadar attestatsiya komissiyasining ishchi organini xabardor qilishlari lozim. Bunda attestatsiyadan oʻtuvchilar attestatsiya komissiyasining navbatdagi yigʻilishiga qoʻyiladi.
34. Attestatsiyadan oʻtuvchi bilan uning kasbiy faoliyatiga bogʻliq boʻlgan qonunchilik sohasi, shu jumladan axborot xizmatlari faoliyati sohasiga doir suhbat oʻtkaziladi.
Suhbat jarayonida berilgan savollar va attestatsiyadan oʻtuvchining javoblari, suhbat natijalari mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shakldagi suhbat oʻtkazish varaqasida aks ettiriladi.
Attestatsiyada beriladigan savollar roʻyxati Agentlik direktori tomonidan tasdiqlanadi hamda Agentlikning rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.
35. Attestatsiya komissiyasi attestatsiyadan oʻtuvchining bilimlari va ish tajribasini hisobga olib:
attestatsiyadan oʻtuvchini attestatsiyadan oʻtgan deb topish va unga attestatsiyadan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnomani berish haqida;
attestatsiyadan oʻtuvchini attestatsiyadan oʻtmagan deb topish va unga attestatsiyadan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnomani berishni rad etish haqida qaror qabul qiladi.
36. Attestatsiya natijalari ovoz berish jarayoni tamom boʻlgandan keyin darhol eʼlon qilinadi.
37. Attestatsiya natijalari boʻyicha bayonnoma rasmiylashtiriladi.
38. Attestatsiya shaffofligi va xolisligini taʼminlash maqsadida, uni oʻtkazish jarayoni uzluksiz ravishda videoyozuvga (ovozli) tushiriladi, videotasvir Agentlik va hududiy boshqarmalarda uch yil mobaynida saqlanadi.
39. Attestatsiyadan oʻtgan deb topilgan axborot xizmati rahbariga attestatsiyadan oʻtgandan keyin ikki kun muddatda mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shaklda attestatsiyadan oʻtganlik toʻgʻrisida guvohnoma beriladi.
40. Attestatsiyadan oʻtganlik toʻgʻrisida guvohnoma blankalari qatʼiy hisobot beriladigan hujjatlar hisoblanadi, himoyalanganlik darajasiga, hisobga olish seriyasiga va tartib raqamiga ega boʻladi. Guvohnomalarni hisobga olish Agentlik tomonidan amalga oshiriladi.
41. Axborot xizmati rahbari attestatsiyadan oʻtmagan deb topilganda davlat organi va tashkiloti mazkur xodimni takroran attestatsiyadan oʻtkazish uchun attestatsiya oʻtkazilgan kundan kamida uch oy oʻtgach murojaat qilishi mumkin.
42. Attestatsiya komissiyalarining qarorlari yuzasidan yuqori turuvchi organga yoki sudga shikoyat qilinishi mumkin.
43. Attestatsiyadan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnomani qayta rasmiylashtirish axborot xizmati rahbarining familiyasi, ismi yoki otasining ismi oʻzgargan taqdirda, uning arizasi asosida amalga oshiriladi.
Attestatsiyadan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma qayta rasmiylashtirilgunga qadar axborot xizmati rahbari oʻz faoliyatini ilgari berilgan guvohnoma asosida amalga oshiradi.
44. Qayta rasmiylashtirish paytida attestatsiyadan oʻtganlik toʻgʻrisidagi yangi guvohnoma beriladi, ushbu guvohnomada oldingi guvohnomada koʻrsatilgan amal qilish muddati qayd etilgan boʻlishi lozim, bunda attestatsiyadan oʻtganlik toʻgʻrisida oldin berilgan guvohnoma bekor qilinadi.
45. Attestatsiyadan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma yoʻqolgan yoki yaroqsiz holga kelgan taqdirda, axborot xizmati rahbarining arizasiga koʻra, oʻn ish kuni ichida uning dublikati beriladi.
46. Dublikatni berishda axborot xizmati rahbariga Agentlik va uning hududiy boshqarmalari tomonidan “DUBLIKAT” belgisi qoʻyilgan attestatsiyadan oʻtganlik toʻgʻrisidagi yangi guvohnoma beriladi, ushbu guvohnomada oldingi guvohnomada koʻrsatilgan amal qilish muddati qayd etilgan boʻlishi kerak.
47. Attestatsiyadan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma qayta rasmiylashtirilishi va dublikati berilishi uchun attestatsiyadan oʻtish talab qilinmaydi.
4-bob. Davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmati rahbarlarining ish samaradorligini baholash
48. Agentlik davlat organlari va tashkilotlarining axborot xizmati rahbarlarining ish samaradorligini mazkur Nizomning 4-ilovasida keltirilgan mezonlar asosida baholaydi hamda ularning reytingini yuritadi.
49. Axborot xizmati rahbarlarining ish samaradorligini baholash uchun Agentlik direktorining buyrugʻi asosida baholash komissiyasi (bundan buyon matnda komissiya deb yuritiladi) tuziladi.
Komissiya tarkibi kamida besh kishidan iborat boʻladi. Komissiya qarorlari majlisda ishtirok etayotgan Komissiya aʼzolarining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlib qolgan taqdirda, komissiya raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
50. Komissiya qarorlari uning aʼzolarining kamida yarmi ishtirok etgan taqdirda, vakolatli hisoblanadi.
51. Komissiya majlisi natijasida axborot xizmati rahbarlarining ish samaradorligini baholash haqida qaror qabul qilinadi va bayonnoma tuziladi.
52. Axborot xizmati rahbarlarining ish samaradorligini baholash uchun axborot xizmati rahbarlari tomonidan Agentlik yoki uning hududiy boshqarmalariga mazkur Nizomning 4-ilovasida keltirilgan mezonlar boʻyicha maʼlumot taqdim etiladi.
53. Komissiya ushbu Nizomning 4-ilovasida keltirilgan mezonlar boʻyicha taqdim etilgan maʼlumotlar asosida har yili 20-yanvarga va 20-iyulga qadar axborot xizmati rahbarlarining ish samaradorligini baholaydi va ularning reytingini tuzadi.
54. Axborot xizmati rahbarlarining ish samaradorligini baholash natijasida toʻplangan ballarning umumiy yigʻindisi asosida quyidagicha eʼtirof etiladi:
koʻrsatkich miqdori 55 ballgacha boʻlsa — past darajada;
koʻrsatkich miqdori 56 balldan 71 ballgacha boʻlsa — qoniqarli darajada;
koʻrsatkich miqdori 72 balldan 85 ballgacha boʻlsa — oʻrta darajada;
koʻrsatkich miqdori 86 balldan 100 ballgacha boʻlsa — yuqori darajada.
55. Axborot xizmati rahbarlari reytingi axborot xizmati rahbari tomonidan toʻplangan ballarining umumiy yigʻindisidan kelib chiqib, hududlar kesimida Komissiya tomonidan tasdiqlangan jadval koʻrinishida tuziladi.
56. Agentlik axborot xizmati rahbarlari reytingini reyting tuzilgan paytdan eʼtiboran uch ish kuni ichida oʻzining rasmiy veb-saytida joylashtiradi.
57. Komissiyaning qarorlari yuzasidan yuqori turuvchi organga yoki sudga shikoyat qilinishi mumkin.
5-bob. Yakuniy qoidalar
58. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
(58-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
59. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan kelishilgan.
Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sh. KUDBIYEV
2019-yil 26-avgust
Kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi Q. RAFIKOV
2019-yil 26-avgust
Davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmati rahbarini lavozimga tayinlashni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi yoki uning hududiy boshqarmalari bilan kelishish, ularni attestatsiyadan oʻtkazish hamda ish samaradorligini baholash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
SUHBAT OʻTKAZISH VARAQASI
1. Familiyasi, ismi, otasining ismi _____________________________________________________________
2. Tugʻilgan yili (sanasi) ______________________________________________________________________
5. Umumiy ish staji ____, shu jumladan jurnalistika, axborot xizmatida_______________________________
6. Boshqa maʼlumotlar: ________________________________________________________________________ ___________________________________________________________________________________________
7. Nomzodga berilgan savollar va ularning javoblari:
10. Suhbat oʻtkazilgan sana: _____________________________________________________________________
11. Oʻtkazilgan suhbat natijalari boʻyicha xulosa:_____________________________________________ _______________________________________________________________________________
Komissiya raisi
_______________________________________
(F.I.O., imzo)
Komissiya raisining oʻrinbosari
_______________________________________
(F.I.O., imzo)
Komissiya aʼzolari:
1. _____________________________________
(F.I.O., imzo)
2. _____________________________________
(F.I.O., imzo)
3. _____________________________________
(F.I.O., imzo)
Ishchi organ masʼul xodimi
_______________________________________
(F.I.O., imzo)
Suhbat varaqasi bilan tanishdim:
_______________________________________
(nomzodning F.I.O., sana va imzosi)
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktorining 2025-yil 14-yanvardagi 252-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3187-2, 06.02.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.02.2025-y., 10/25/3187-2/0110-son)
Davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmati rahbarini lavozimga tayinlashni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi yoki uning hududiy boshqarmalari bilan kelishish, ularni attestatsiyadan oʻtkazish hamda ish samaradorligini baholash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Attestatsiyadan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnomani olish uchun attestatsiyadan oʻtuvchining ANKETASI
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktorining 2025-yil 14-yanvardagi 252-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3187-2, 06.02.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.02.2025-y., 10/25/3187-2/0110-son)
Davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmati rahbarini lavozimga tayinlashni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi yoki uning hududiy boshqarmalari bilan kelishish, ularni attestatsiyadan oʻtkazish hamda ish samaradorligini baholash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Axborot xizmat rahbari attestatsiyadan oʻtganligi haqida GUVOHNOMA
______________________________ da attestatsiyadan oʻtganligi tasdiqlanadi.
Guvohnoma _________________________ gacha amal qiladi.
(yil, kun va oy)
Attestatsiya komissiyasi raisi:
__________
_______________________________________
(imzo)
(familiyasi, ismi, otasining ismi)
M.Oʻ.
Davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmati rahbarini lavozimga tayinlashni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi yoki uning hududiy boshqarmalari bilan kelishish, ularni attestatsiyadan oʻtkazish hamda ish samaradorligini baholash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
Axborot xizmati rahbarining faoliyati samaradorligini
Matbuot anjumanlari, brifinglar, press-turlar, taqdimotlar va boshqa tadbirlar (press-tadbirlar) soni
1.
6 va undan ortiq press-tadbir
10
5 ta press-tadbir
8
4 ta press-tadbir
6
3 ta press-tadbir
4
2 va undan kam press-tadbir
0
Ijtimoiy tarmoqlarda onlayn efirlar soni
2.
6 va undan ortiq onlayn efir
10
5 ta onlayn efir
8
4 ta onlayn efir
6
3 ta onlayn efir
4
2 va undan kam onlayn efir
0
AXBOROT XIZMATI RAHBARI ISH FAOLIYATI SIFATI
Matbuot anjumanlarida, brifinglar va boshqa press-tadbirlarda rahbarlarning ishtiroki***
3.
rahbar ishtirok etsa
10
rahbarning birinchi oʻrinbosari ishtirok etsa
8
rahbarning oʻrinbosari ishtirok etsa
6
rahbarlar ishtirok etmasa
0
Axborotni yetkazib berish shakli (har oyda bir martadan kam boʻlmagan holda)
4.
infografika tarzida
10
foto, video shaklida
8
matn shaklida
6
axborot eʼlon qilinmasa
0
AXBOROT XIZMATI RAHBARI ISH FAOLIYATI SAMARADORLIGI
Axborotning qamrov miqyosi
5.
radio/televideniye, gazeta, ijtimoiy tarmoqlar, messenjerlar va veb-saytda eʼlon qilinishi
10
faqat ijtimoiy tarmoqlar, messenjerlar va veb-saytda eʼlon qilinishi
8
faqat radio/televideniye va gazetada eʼlon qilinishi
6
radio, televideniye, gazeta, ijtimoiy tarmoqlar, messenjerlar yoki veb-saytda eʼlon qilinishi
4
axborot eʼlon qilinmasa
0
Sohaga oid muammolarni yoritish
6.
birinchi manba sifatida yoritish
10
eʼlon qilingan tanqidiy materialga munosabat bildirish
5
birinchi manba sifatida yoritmasa yoki eʼlon qilingan tanqidiy materialga munosabat bildirmasa
0
Tanqidiy materiallarga munosabat bildirishning tezkorligi
7.
Tanqidiy material eʼlon qilingan vaqtdan boshlab 5 soat ichida
10
Tanqidiy material eʼlon qilingan vaqtdan boshlab 12 soat ichida
8
Tanqidiy material eʼlon qilingan vaqtdan boshlab 24 soat ichida
4
Tanqidiy material eʼlon qilingan vaqtdan boshlab 24 soatdan keyin
0
Tadbirlar haqidagi axborotlarning rasmiy veb-sayt, messenjerlar va ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qilinishi tezkorligi
8.
tadbir yakunlangandan keyin 1 soat ichida
10
tadbir yakunlangandan keyin 5 soat ichida
8
tadbir yakunlangandan keyin 12 soat ichida
4
tadbir yakunlangandan keyin 12 soatdan keyin
0
Rahbar yoki axborot xizmati rahbarining muayyaan axborot voqeligi munosabati bilan rasmiy bayonot berishi
9.
video formatida
10
matn shaklida
5
bayonot berilmasa
0
Xorijiy ommaviy axborot vositalarida materiallar eʼlon qilinishi
10.
tashkilot faoliyati haqida xorijiy ommaviy axborot vositalarida materiallar eʼlon qilinsa
10
tashkilot faoliyati haqida xorijiy ommaviy axborot vositalarida materiallar eʼlon qilinmasa
0
Yondashilgan meʼzonlar soni
10
Umumiy ball (D1+D2+D3+D4+D5+D6+D7+D8+D9+D10)
100
* Jami 100 ball, har bir mezon 10 balldan baholanadi.
** Ushbu ustunda hisoblash natijasida aniqlangan ballar koʻrsatiladi.
*** Yuqoriroq lavozimdagi shaxs ishtirok etganligi uchun ball beriladi (masalan, birinchi rahbar ishtirok esa 10 ball beriladi, uning oʻrinbosarlari yoki boshqa xodim ishtirok etganligidan qatʼiy nazar).
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.10.2019-y., 10/19/3187/3846-son; 16.01.2020-y., 10/20/3187-1/0057-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 07.02.2025-y., 10/25/3187-2/0110-son)