|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 08.08.2021
|
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Qarori
Lombardlar tomonidan faoliyat va operatsiyalarni amalga oshirish qoidalariga o‘zgartirishlar kiritish haqida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 3-oktabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 1290-3]
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 2-apreldagi 5/10-sonli “Mikrokredit tashkilotlari va lombardlar faoliyatini muvofiqlashtirish va tartibga solish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 3300, 07.05.2021-y.) asosan 2021-yil 8-avgustdan o‘z kuchini yo‘qotadi.
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Konuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-maydagi PF-5723-son “Mehnatga haq to‘lash, pensiyalar va boshqa to‘lovlar miqdorlarini aniqlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-maydagi 399-son “Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan ishlashga ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasi berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2003-yil 22-sentabrdagi 23/4-son qarori (ro‘yxat raqami 1290, 2003-yil 10-dekabr) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-y., 23-son) bilan tasdiqlangan Lombardlar tomonidan faoliyat va operatsiyalarni amalga oshirish qoidalariga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2019-yil 14-sentabr,
22/8-son
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 14-sentabrdagi 22/8-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Lombardlar tomonidan faoliyat va operatsiyalarni amalga oshirish qoidalariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
1. 3-bandda:
ikkinchi xatboshidagi “faoliyatni” degan so‘z “ishlarni” degan so‘z bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “operatsiyalarning” degan so‘z “ishlarning” degan so‘z bilan almashtirilsin;
2. 2-ilovadagi “eng kam ish haqining” degan so‘zlar “bazaviy hisoblash miqdorining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.10.2019-y., 10/19/1290-3/3853-son)