|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 17.03.2004
|
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“OʻZBEKKINO” DAVLAT AKSIONERLIK KOMPANIYASINI TAShKIL ETISh VA UNING FAOLIYATI MASALALARI TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 17-martdagi 126-sonli “Oʻzbekkino” Milliy agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekkino” davlat-aksionerlik kompaniyasini tuzish toʻgʻrisida” 1996-yil 29-apreldagi PF-1427-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Viloyatlar va Toshkent shahar kinolashtirish va kino-video prokat boshqarmalari negizida “Kino-video” hududiy aksionerlik birlashmalari tuzilsin, “Kino-video” hududiy aksionerlik birlashmasining namunaviy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Belgilansinki, “Kino-video” hududiy aksionerlik birlashmalari:
aksionerlik jamiyatlarini va boshqa tashkiliy-huquqiy shakllardagi korxonalarni aksiyalashtirish prinsiplari asosida ixtiyoriy ravishda birlashtiradi, ularga berilgan funksiyalarni bajarish yuzasidan oʻz muassislari oldida javob beradi;
oʻz faoliyati toʻgʻrisida viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga hisob beradi hamda muassis huquqlari bilan “Oʻzbekkino” davlat-aksionerlik kompaniyasi tarkibiga kiradi. “Kino-video” hududiy aksionerlik birlashmalari raislari hokimlarning tavsiyalariga koʻra muassislar yigʻilishi tomonidan saylanadilar va “Oʻzbekkino” davlat-aksionerlik kompaniyasi boshqaruvi tomonidan tasdiqlanadilar.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi kinolashtirish va kino-video-prokat boshqarmasi hamda “Qoraqalpoqfilm” kinostudiyasi negizida “Qoraqalpoqkino” davlat-aksionerlik kompaniyasi tashkil etilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 4-dekabrdagi 448-son qarori bilan Oʻzbekiston davlat kinokompaniyasiga 1996-yilga 450 korxona va tashkilotni xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish yuzasidan topshiriq belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi va “Oʻzbekkino” Davlat-aksionerlik kompaniyasi 1996-yil davomida “Oʻzbekfilm” kinostudiyasi, “Oʻzkinoxronika” kinostudiyasi, “Oʻzbekiston Respublikasi video markazi” ishlab chiqarish-ijodiy birlashmasi, “Oʻzbekkinodetal” zavodi, A. Navoiy nomidagi Sanʼat saroyi, kino-video xizmati koʻrsatish shahar va tuman boʻlinmalarini ochiq turdagi aksionerlik jamiyatlarga aylantirishga oid tashkiliy tadbirlarni amalga oshirsinlar.
Belgilansinki, koʻrsatib oʻtilgan tashkilotlarni aksionerlik jamiyatlariga aylantirishda aksiyalar:
Oldingi tahrirga qarang.
“Oʻzbekfilm” va “Oʻzkinoxronika” kinostudiyalari boʻyicha aksiyalarning 51 foizi davlat ixtiyorida qoladi.
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 17-apreldagi 185-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 7-8-son, 61-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning beshinchi va oltinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 30-iyundagi 272-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan)
3. “Oʻzbekkino” davlat-aksionerlik kompaniyasi tarkibiga kiruvchi birlashmalar va korxonalar roʻyxati, ularning xoʻjalik mustaqilligi va yuridik shaxs huquqlari saqlab qolingan holda, 2 va 2a-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
4. Belgilansinki, “Oʻzbekkino” davlat-aksionerlik kompaniyasining dastlabki ustav fondi kompaniya tarkibiga kiruvchi birlashmalar, korxonalar va tashkilotlarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish natijasida tashkil etiladigan aksionerlik jamiyatlari (birlashmalari) aksiyalarining davlatga tegishli aksiyalarining 60 foizi, shuningdek boshqa manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarning, shu jumladan xorijiy yuridik va jismoniy shaxslarning paylari hisobiga tashkil topadi.
“Oʻzkino-videoijara” korxonasi, Kinematografchilar uyi, “Doʻrmon” ijod uyi, Kino sanʼati muzeyi, “Oʻzkinotextaʼminot” firmasi mol-mulki qiymati davlat ulushi sifatida “Oʻzbekkino” davlat-aksionerlik kompaniyasining ustav fondi tarkibiga kiritilsin.
5. Belgilab qoʻyilsinki, “Oʻzbekkino” davlat-aksionerlik kompaniyasi:
“Oʻzdavkinokompaniya” va Oʻzbekiston Kinematografchilar uyushmasi ilgari qabul qilgan majburiyatlar, tuzgan shartnomalar, kontraktlar va ularga tegishli mol-mulk yuzasidan ularning huquqiy vorisi hisoblanadi;
oʻz faoliyati toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisob beradi;
kompaniya tarkibiga kiruvchi aksionerlik birlashmalari va jamiyatlari aksiyalarining davlatga tegishli ulushini trast shartnomalari asosida boshqaradi;
milliy kino va videofondni tashkil etadi va saqlash sharoitlarini taʼminlaydi;
mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, kino qurilmalarida, kino-video teatrlarida, videosalonlarda va boshqa zallarda ommaviy ravishda tijorat va notijorat yoʻli bilan namoyish qilish, sotish, prokatga va ijaraga berish, videotekalar va prokatga berish punktlari orqali tarqatish maqsadlarida nusxa koʻpaytirish uchun moʻljallangan badiiy, hujjatli, ilmiy-ommabop, oʻquv, multiplikatsion kino va videofilmlar roʻyxatini yuritadi.
6. Belgilab qoʻyilsinki, “Oʻzbekkino” davlat-aksionerlik kompaniyasi muassislari vakillaridan iborat boʻlgan Kompaniya kengashi “Oʻzbekkino” davlat-aksionerlik kompaniyasini boshqarishning yuqori organi hisoblanadi, u doimiy ishlovchi ijro etuvchi organ Kompaniya boshqaruvini saylaydi.
“Oʻzbekino” davlat-aksionerlik kompaniyasining raisi ayni vaqtda Kompaniya kengashi va boshqaruvining raisi hisoblanadi.
7. Muassislarning “Oʻzbekkino” davlat-aksionerlik kompaniyasi ijro etuvchi apparati xodimlarining cheklangan sonini 40 nafardan iborat etib belgilash (xizmat koʻrsatuvchi xodimlardan tashqari) haqidagi taklifiga rozilik berilsin va uning tuzilmasi 3 va 3a-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Belgilansinki:
“Oʻzbekkino” davlat-aksionerlik kompaniyasi va uning “Kino-video” hududiy aksionerlik birlashmalari ijro etuvchi apparati xarajatlari 2000-yilgacha davlat budjeti hisobidan amalga oshiriladi;
“Oʻzbekkino” davlat-aksionerlik kompaniyasining rais, kompaniya raisining birinchi oʻrinbosari va ikki nafar oʻrinbosaridan iborat rahbariyati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayinlanadi.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi:
“Oʻzbekkino” davlat-aksionerlik kompaniyasiga davlat mulkini xususiylashtirishdan tushgan mablagʻlardan 20 mln soʻm miqdorida begʻaraz moliyaviy yordam ajratsin;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda madaniyat va kino obyektlarini, asosiy faoliyat sohasini oʻzgartirmasdan saqlab qolishga va ulardan maqsadli foydalanishga oid zarur choralar koʻrsin.
9. “Oʻzbekkino” davlat-aksionerlik kompaniyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:
ikki hafta muddatda kompaniya Nizomini ishlab chiqsinlar va belgilangan tartibda tasdiqlasinlar:
bir oy muddatda “Kino-video” hududiy aksionerlik birlashmasi toʻgʻrisidagi namunaviy Nizomni ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar;
“Isteʼmolchilarning huquqlarini muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ikki oy muddatda aholiga kino-video xizmati koʻrsatish qoidalarini ishlab chiqsinlar va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, Davlat mulki qoʻmitasi korxonalarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayoniga investorlarni, shu jumladan chet el investorlarini jalb etishda, shuningdek chet el investorlarini jalb etgan holda kinoplyonka fabrikasi qurilishiga texnik-iqtisodiy asoslashlarni ishlab chiqishda “Oʻzbekkino” davlat-aksionerlik kompaniyasiga koʻmaklashsinlar.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 6 badiiy, 40 qismli hujjatli, ilmiy-ommabop va multiplikatsion filmlar, 8 ta “Zumrasha”, “Qoraqalpogʻiston” kinojurnallarini yaratish, jahon kinosining 20 nomdagi eng sara namunalarini xarid qilish, nusxalashtirish va dublyaj qilishga, shuningdek kinotarmogʻi tashkilotlariga ajratiladigan har yillik dotatsiyalarni 2000-yilgacha saqlab qolsin.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Madaniyat ishlari vazirligi va Aloqa vazirligi “Oʻzbekkino” davlat-aksionerlik kompaniyasi uchun 1996 — 2000-yillarda kontrakt-shartnoma asosida kadrlar tayyorlashni taʼminlasinlar.
“Oʻzbekkino” davlat-aksionerlik kompaniyasi Vazirlar Mahkamasiga 1996 — 2000-yillarda eng iqtidorli yoshlar vakillarini ilgʻor xorijiy kino akademiyalar va oʻquv markazlariga oʻqish va malaka oshirish uchun yuborish toʻgʻrisida bir oy muddatda takliflar kiritsin.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi “Oʻzbekkino” davlat-aksionerlik kompaniyasiga 4 ta yengil avtomashina xarajatlariga limit ajratsin.
14. Toshkent shahar hokimligi va Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi bir oy muddatda Toshkent shahar, Chilonzor koʻchasi, 2a-uyda joylashgan binolar majmuini balansdan “Oʻzbekkino” davlat-aksionerlik kompaniyasi balansiga oʻtkazsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat matbuot qoʻmitasi Madaniyat ishlari vazirligining Respublika ilmiy-uslubiyat markazini Toshkent shahar, Navoiy koʻchasi, 30-uydagi ilgari “Oʻzdavkinokompaniya” egallab turgan xonalarga joylashtirsin.
15. “Oʻzbekkino” davlat-aksionerlik kompaniyasi Toshkent shahri, Oʻzbekiston koʻchasidagi 98-uyga joylashtirilsin.
16. Oʻzbekiston Respublikasining quyidagi qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin:
Vazirlar Mahkamasining “Tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada erkinlashtirish va takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1995-yil 25-iyuldagi 287-son qaroriga 6-ilovaning 2-bandidagi “kino va video mahsulotlari” soʻzlari olib tashlansin va quyidagi mazmundagi band bilan toʻldirilsin: “Kino va video mahsulotlarini import va eksport qilish” “Oʻzbekkino” davlat-aksionerlik kompaniyasi”;
Oldingi tahrirga qarang.
(16-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 28-iyundagi 236-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2002-y., 11-12-son, 97-modda)
17. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat kinokompaniyasi (“Oʻzdavkinokompaniya”) faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 1992-yil 6-maydagi 224-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
18. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari S.S. Saidqosimov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1996-yil 12-iyul,
247-son
“Kino-video” hududiy aksionerlik birlashmasining
NAMUNAVIY TUZILMASI
Birlashma xodimlarining taxminiy soni:
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Andijon, Samarqand, Toshkent, Fargʻona viloyatlari, Toshkent shahri — 12 — 15 kishi.
2. Xorazm, Sirdaryo, Surxondaryo, Namangan, Navoiy, Qashqadaryo, Jizzax, Buxoro viloyatlari — 10 — 12 kishi.
“Oʻzbekkino” davlat-aksionerlik kompaniyasi tarkibiga kiruvchi birlashmalar, korxonalar va tashkilotlar
ROʻYXATI
I. HUDUDIY AKSIONERLIK BIRLAShMALARI
“Qoraqalpoqkino” DAK, shu j., “Qoraqalpoqfilm” kinostudiyasi
“Andijonkino-video” AB
“Buxorokino-video” AB
“Jizzaxkino-video” AB
“Qashqadaryokino-video” AB
“Navoiykino-video” AB
“Namangankino-video” AB
“Samarqandkino-video” AB
“Sirdaryokino-video” AB
“Surxondaryokino-video” AB
“Toshkentviloyatkino-video” AB
“Fargʻonakino-video” AB
“Xorazmkino-video” AB
“Toshkentshaharkino-video” AB
II. AKSIONERLIK JAMIYATLARIGA AYLANTIRILADIGAN KORXONALAR
“Oʻzbekfilm” kinostudiyasi
“Oʻzkinoxronika” kinostudiyasi
“Oʻzbekiston Respublikasi videomarkazi” ishlab chiqarish ijodiy birlashmasi
A. Navoiy nomidagi Sanʼat saroyi
“Oʻzbekkinodetal” zavodi
III. IJODIY BIRLAShMALAR
“Vatan”
“Yulduz”
“Inson”
“Dostonfilm”
EYIB “5-studiyasi”
“Shod”
“Imon”
IV. DAVLAT KORXONALARI VA TAShKILOTLARI
Kinematografchilar uyi
“Doʻrmon” ijodiy uyi
Kino sanʼati muzeyi
“Oʻzkino-videoijara” korxonasi
“Oʻzkinotextaʼminot” firmasi
“Buyuk Amir Temur” filmini yaratish bosh direksiyasi
Xoʻjalik hisobidagi “Meʼmor” kinostudiyasi
Xoʻjalik hisobidagi “Samarqandfilm” ijodiy ishlab chiqarish birlashmasi
“Oʻzbekkino” davlat-aksionerlik kompaniyasining
TUZILMASI
“Oʻzbekkino” DAK tizimi boʻyicha jami umumiy xodimlar soni — 6464 shu jumladan, MBX — 337
Budjetdan taʼminlanadigan xodimlar soni — 174 shu jumladan, MBX — 164
Xoʻjalik hisobidagi tashkilotlar boʻyicha umumiy xodimlar soni — 6290 shu jumladan, MBX — 173
“Oʻzbekkino” davlat-aksionerlik kompaniyasi
TUZILMASI
Rahbariyat
Kino-video dasturlarni tuzish, muvofiqlashtirish va kino-video faoliyatini litsenziyalash boshqarmasi
Iqtisodiyot, moliyalashtirish va buxgalteriya hisoboti boshqarmasi
Marketing, moddiy-texnika resurslari, transport va qurilish boshqarmasi
Aksiyalashtirish va qimmatli qogʻozlar boshqarmasi
Badiiy, hujjatli, ilmiy-ommabop kino-video filmlarni prognoz qilish, shakllantirish va tematik rejalashtirish boshqarmasi
Jamoat tashkilotlari bilan aloqalar, reklama-axborot va noshirlik faoliyati boʻlimi
Xalqaro aloqalar va kinofestivallar boʻlimi
Yuridik xizmat
Ishlar boshqarmasi
“Oʻzbekkino” davlat-aksionerlik kompaniyasi ijro etuvchi apparati
TUZILMASI
JAMI: 40 kishi (qoʻriqlash va binolarga xizmat koʻrsatish xodimlaridan tashqari)
(Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1996-y., 7-son, 20-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2002-y., 11-12-son, 97-modda; 2003-y., 7-8-son, 61-modda)