Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi PrezidentIning “Tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda mamuriy tartib-taomillarni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 23-apreldagi PQ-4297-son qarori)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda maʼmuriy tartib-taomillarni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 23-apreldagi PQ-4297-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Vazirlik va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari E.M. Gʻaniyev zimmasiga yuklansin
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 18-sentabr,
787-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-sentabrdagi 787-son qaroriga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 16-fevraldagi 75-sonli qaroriga asosan 2021-yil 1-maydan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.02.2021-y., 09/21/75/0121-son)
2. Vazirlar Mahkamasining “Mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibotini soddalashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2004-yil 6-iyuldagi 318-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2004-y., 27-son, 315-modda) 1-ilovada:
a) 7-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“7. Sanitariya-epidemiologiya xulosasini olish uchun ariza beruvchi davlat sanitariya nazoratining hududiy organiga qonunchilikda belgilangan tartibda tasdiqlangan shakldagi ariza bilan murojaat qiladi.
Oziq-ovqat ishlab chiqaruvchilar arizaga texnologik yoʻriqnoma va retseptura ilova qiladi”;
b) 14-bandga quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi qoʻshilsin:
“Aynan bir xil tovarlarga bir tashqi savdo shartnomasi (kontrakti) doirasida sanitariya-epidemiologiya xulosasi bir kalendar yilidan oshmagan muddatga bir marotaba beriladi”;
beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Chetdan olib kelinayotgan mahsulotni sertifikatlashtirish uchun mahsulotni markirovka qilish namunasi (mahsulot toʻgʻrisida axborot) taqdim etiladi.”;
“Sertifikatlashtirish maqsadida” soʻzlari “Ishlab chiqarilayotgan mahsulotni sertifikatlashtirish maqsadida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshidagi “sertifikatlashtirish organi” soʻzlaridan keyin “ishlab chiqarilayotgan mahsulotni” soʻzlari qoʻshilsin;
ikkinchi xatboshidagi “sertifikatlashtirish organi” soʻzlaridan keyin “ishlab chiqarilayotgan mahsulotga” soʻzlari qoʻshilsin;
e) 24-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Chetdan olib kelinayotgan mahsulotning zarur normativ hujjati yoki texnik tasnifnomalar mavjud boʻlmasa, mazkur mahsulotni sertifikatlash mahsulotning ana shunday turlariga xos hujjatlar boʻyicha amalga oshiriladi”;
j) 26-bandga quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi qoʻshilsin:
“Aynan bir xil tovarlarga bir tashqi savdo shartnomasi (kontrakti) doirasida muvofiqlik sertifikati bir kalendar yilidan oshmagan muddatga bir marotaba taqdim etiladi”.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-maydagi 325-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2025-y., 09/25/325/0460-son)
4. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 17-noyabrdagi 305-son qarori bilan tasdiqlangan “Bir darcha” tamoyili boʻyicha eksportga yetkazib berishlar bilan bogʻliq tartibotlarni amalga oshirish mexanizmi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomda:
“v” kichik bandining beshinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
oltinchi xatboshi beshinchi xatboshi deb hisoblansin;
“g” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“g) sanitariya-epidemiologiya xulosasini olish uchun (Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi) sertifikatni rasmiylashtirish xizmatlari uchun toʻlovlar toʻgʻrisidagi toʻlov hujjati”;
b) 11-bandning uchinchi xatboshiga “, oʻrov varagʻi bundan mustasno” soʻzlari qoʻshilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 4-oktabrdagi 630-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/630/0793-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 10-apreldagi 148-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.04.2023-y., 09/23/148/0205-son)
7. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-sentabrdagi 742-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlarni davlat mulkini boshqarish boʻyicha vakolatli organga topshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 2-bandi oltinchi xatboshidagi “va oʻrov” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-dekabrdagi 774-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2021-y., 09/21/774/1198-son)
9. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi hududini oʻsimliklar karantinidagi zararli organizmlardan himoya qilish va oʻsimliklar karantini sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2018-yil 29-yanvardagi 65-son qarorida:
a) 1-ilovaning 29-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“29. Oʻsimliklar karantini nazoratidagi mahsulotlar tranzit tarzida Oʻzbekiston Respublikasi hududidan yopiq yoki izotermik, tashishga yaroqli va plombalangan vagonlarda, avtofurgonlarda, avtorefrejerator yoki konteynerlarda Bojxona tranzit rejimi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq hamda oʻsimliklar karantini nazoratidagi mahsulotlarni ochmasdan transport birligiga dalolatnoma berilgandan soʻng olib oʻtiladi.
Oʻsimliklar karantini nazoratidagi mahsulotlarni ochmasdan transport birligiga dalolatnoma berish uchun haq undirilmaydi.”;
17-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“17. Karantin ruxsatnomasini berish yoki berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror ariza beruvchilar tomonidan ariza Inspeksiyaga kelib tushgan kundan boshlab besh ish kuni davomida qabul qilinadi va bu haqidagi tegishli hujjatni ariza beruvchilarga berish (yuborish) yoki bunday hujjatni berish rad etilganligi toʻgʻrisida Inspeksiya uni yozma shaklda, shu jumladan axborot tizimi orqali elektron shaklda xabardor qilishi shart”;
“Bajarish muddati” ustunining 2-bosqichidagi “Yetti ish kun davomida. Qaror qabul qilingan sanadan eʼtiboran bir ish kunidan kechiktirmay” soʻzlari “Besh ish kun davomida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
9-bandning sakkizinchi xatboshidagi “kamida 30 kun avval” soʻzlari “oldin istalgan vaqtda” soʻzlari bilan almashtirilsin.
17-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“17. Fitosanitar sertifikatini berish yoki berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror ariza beruvchilar tomonidan ariza kelib tushgan kundan boshlab besh ish kuni davomida qabul qilinadi va bu haqidagi tegishli hujjatni ariza beruvchilarga berish (yuborish) yoki bunday hujjatni berish rad etilganligi toʻgʻrisida hududiy inspeksiya uni yozma shaklda, shu jumladan axborot tizimi orqali elektron shaklda xabardor qilishi shart.”;
“Bajarish muddati” ustunining 1-bosqichidagi “kamida 30 kun qolganda” soʻzlari “oldin istalgan vaqtda” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Bajarish muddati” ustunining 2-bosqichidagi “Yetti ish kun davomida. Qaror qabul qilingan sanadan eʼtiboran bir ish kunidan kechiktirmay” soʻzlari “Besh ish kun davomida” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.09.2019-y., 09/19/787/3770-son; 17.02.2021-y., 09/21/75/0121-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2021-y., 09/21/774/1198-son; 11.04.2023-y., 09/23/148/0205-son; 08.10.2024-y., 09/24/630/0793-son; 22.05.2025-y., 09/25/325/0460-son)