|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 19.04.1994
|
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY KENGAShINING “KORXONALAR (TAShKILOTLARNING MAXSUS RUXSATNOMALAR (LITSENZIYALAR) ASOSIDAGINA ShUGʻULLANIShGA HAQLI BOʻLGAN FAOLIYAT TURLARINING ROʻYXATI HAQIDA” 1992-YIL 14-YANVARDAGI QARORI
Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 19-apreldagi 215-sonli “Faoliyatning ayrim turlari bilan shugʻullanish uchun maxsus ruxsatnomalar (litsenziyalar) berish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 17-iyundagi 290-sonli qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining Oʻzbekiston farmatsevtika sanoati (“Oʻzfarmsanoat”) davlat-aksionerlik konsernining tavsiyasi boʻyicha farmakologik vositalarni ishlab chiqarishni tashkil qilish boʻyicha korxonalar (tashkilotlar)ga litsenziyalar berish huquqi dorivor vositalarning sifatini nazorat qilish Davlat komissiyasiga berilgan.
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992-yil 14-yanvardagi qarori amal qilish va ijro etish uchun qabul qilinsin, unda:
a) maxsus ruxsatnomalar (litsenziyalar) asosidagina shugʻullanishga haqli boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi korxonalar (tashkilotlar) faoliyat turlarining roʻyxati tasdiqlangan (ilova qilinadi);
b) belgilandiki, korxona (tashkilot) roʻyxatga kiritilgan faoliyat turlari bilan tegishli ruxsatnoma (litsenziyasiz shugʻullangan hollarda u ushbu faoliyatdan olgan barcha daromadni mahalliy budjetga oʻtkazadi va noqonuniy olingan daromad miqdorida jarima toʻlaydi. Bunday korxona tashkilotning faoliyati hakamlik sudining qarori bilan toʻxtatib qoʻyilishi mumkin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992-yil 14-yanvardagi qarori bilan tasdiqlangan, korxona (tashkilotlar)ga roʻyxatda nazarda tutilgan faoliyat turlari bilan shugʻullanish uchun huquq beradigan maxsus ruxsatnoma (litsenziyalar berish tartibi toʻgʻrisidagi ilova qilinayotgan Nizom tasdiqlansin.
Belgilansinki, litsenziyalar berish huquqiga faqat davlat boshqaruv organlari egadirlar.
Respublika hududida joylashgan va koʻrsatilgan faoliyat turlari bilan shugʻullanuvchi barcha korxonalar va tashkilotlar, mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, 1992-yilning 1-avgustigacha ilova qilingan Nizomda nazarda tutilgan tartibda litsenziyalarni rasmiylashtiradilar.
3. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Oʻzbekiston SSR territoriyasida kooperativ va yakka tartibdagi mehnat faoliyatining baʼzi turlarini taqiqlash toʻgʻrisida” 1989-yil 5-oktabrdagi 325-son qarori (OʻzSSR QT, 1989-y., 10-son, 27-modda) 1-bandining beshinchi, oʻn birinchi, yigirma sakkizinchi va yigirma toʻqqizinchi xatboshlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining tarmoq boʻlimlari va tegishli davlat boshqaruv organlari rahbarlariga yuklatilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1992-yil 21-may,
240-son
Korxonalarga (tashkilotlarga) faoliyatning alohida turlari bilan shugʻullanish huquqini beradigan maxsus ruxsatnomalar (litsenziyalar) berish tartibi toʻgʻrisida
NI3OM
1. Mazkur Nizom mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalarga (tashkilotlarga) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992-yil 14-yanvardagi qarori bilan tasdiqlangan roʻyxat boʻyicha faoliyatning alohida turlari bilan shugʻullanish huquqini berish uchun maxsus ruxsatnomalar (litsenziyalar) taqdim etish tartibini yoʻnaltirib turadi.
2. Maxsus ruxsatnomalar (litsenziyalar) berishga quyidagi davlat organlari vakolatlidirlar:
Oldingi tahrirga qarang.
|
Faoliyat turlari |
Organning nomi |
| Qurol-yarogʻ va unga oʻq-dorilar, himoya vositalari, harbiy texnika, ehtiyot qismlar, agar ular boshqa tarmoqlarda foydalanilmasa, ularga butlovchi elementlar va priborlar, shuningdek, ularni ishlab chiqarish uchun maxsus materiallar va maxsus asbob-uskunalarni ishlab chiqish, ishlab chiqarish, tuzatish va sotish | Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi |
| Portlovchi moddalar va ular qoʻllangan mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotish | Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi (mudofaa ehtiyojlari uchun), Oʻzbekiston Respublikasi Sanoatda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish va konchilik nazorati davlat qoʻmitasi (xalq xoʻjaligi ehtiyojlari uchun) |
| Jangovar zaharlovchi moddalar va ulardan himoyalanish vositalarini ishlab chiqarish va sotish | Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi |
| Raketa-kosmik komplekslar, aloqa tizimlari va ularni boshqarish vositalarini ishlab chiqish, ishlab chiqarish, tuzatish va sotish | Vazirlar Mahkamasi |
| Uranni va boshqa boʻlinuvchi materiallarni qazib olish hamda ulardan tayyorlangan buyumlarni ishlab chiqarish, transportda tashish, qayta ishlash, koʻmish va sotish | Vazirlar Mahkamasi |
| Yagona energetika tizimiga ulanadigan doimiy elektr stansiyalarda elektr energiyasi ishlab chiqarish | Oʻzbekiston Respublikasi Energetika va elektrlashtirish vazirligi |
| Portlash xavfi boʻlgan va zaharli moddalarni transportda tashish | Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi “(mudofaa ehtiyojlari uchun), Oʻzbekiston Respublikasi Sanoatda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish va konchilik nazorati davlat qoʻmitasi (xalq xoʻjaligi ehtiyojlari uchun) |
| Boʻshab qolgan harbiy-texnika vositalarini tugatish (yoʻq qilish, foydali maqsadda ishlatish, koʻmish) va qayta ishlash | Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi |
| Harbiy mahsulotlarni namoyish etish va reklama qilish | Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi |
| Ov va sportga oid oʻq otadigan qurollarni va ular uchun oʻq-dorilarni, shuningdek, sovuq qurollar (pichoqlarning milliy turlaridan boshqa) ishlab chiqarish, tuzatish va sotish | Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi |
| Neft va gazni qazib chiqarish, qayta ishlash hamda sotish | Vazirlar Mahkamasi |
| Qimmatbaho va nodir metallar, qimmatbaho toshlar qazib olish | Vazirlar Mahkamasi |
| Tarkibida qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar boʻlgan ikkilamchi resurslar va chiqindilarni tayyorlash va qayta ishlash | Vazirlar Mahkamasi |
| Qimmatbaho metallar va toshlardan zargarlik buyumlari tayyorlash | Vazirlar Mahkamasi |
| Radioaktiv moddalar va izotoplardan foydalangan holda rentgen asbob-uskunalari, priborlar va jihozlarni ishlash, ishlab chiqarish va sotish | Vazirlar Mahkamasi |
| Atom energetikasi obyektlarini (asbob-uskunalar, tizimlar va apparaturalarni), magistral truboprovodlar, koʻpriklar, tunnellarni, shuningdek, mudofaa obyektlarini loyihalash, qurish-montaj qilish, ishlatish va tuzatish | Vazirlar Mahkamasi, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining mudofaa obyektlari qismi |
| Oʻta xavfli obyektlar va potensial xatarli korxonalarni qurish va ishlatish, ular uchun asbob-uskunalar,nazorat qilish va avariyaga qarshi himoya tizimlarini tayyorlash | Oʻzbekiston Respublikasi Sanoatda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish va konchilik nazorati qoʻmitasi |
| Yoʻlovchilar va yuklarni tashish: | |
| temir yoʻl transporti bilan | Oʻrta Osiyo temir yoʻl boshqarmasi |
| havo transporti bilan | Vazirlar Mahkamasi |
| dengiz transporti bilan | Arizachining turar joyidagi hokimliklar |
| Yuklar va yoʻlovchilarni avtomobillarda xalqaro (MDH mamlakatlari hududidan tashqarida) tashishlar | Oʻzbekiston Avtomobil transporti davlat aksionerlik korporatsiyasi |
| Xazina va bank biletlari,tangalar,orden va medallar ishlab chiqarish | Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki |
| Qimmatdor qogʻozlar (aksiyalar, obligatsiyalar va hokazolar) ishlab chiqarish | Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi |
| Pochta toʻlov belgilarini ishlab chiqarish | Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi |
| Magistral va xalqaro aloqa liniyalarini loyihalash, qurish va ishlatish | Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi |
| Topografiya-geodeziya va kartografiya ishlarini bajarish | Vazirlar Mahkamasi huzuridagi geodeziya va kartografiya boshqarmasi |
| Metrologiya asbob-uskunalarni ishlab chiqarish va sotish | Oʻzbekiston Davlat standartlash, metrologiya va sertifikatsiyalash markazi |
| Shifrlash texnikasini ishlab chiqarish, tuzatish, sotish va ishlatish | Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati |
| Tarkibida narkotik moddalar boʻlgan ekinlarni ekish, oʻstirish va sotish | Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi |
| Narkotik moddalarni ishlab chiqarish va sotish | Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi |
| Farmakologiya preparatlarini ishlab chiqarish va sotish | Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi |
| Qimorxonalar tashkil etish | Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi |
| Loteriya oʻyinlarini oʻtkazish | Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi |
| Qurilish loyihalarini ekspertiza qilish | Oʻzbekiston Respublikasi Davlat qurilish ishlari qoʻmitasi |
| Birja faoliyati — birjada brokerlik oʻrinlariga ega boʻlgan va quyidagilar bilan aʼmollarni amalga oshiruvchi brokerlik va dilerlik idoralari birja faoliyatining boshqa qatnashchilari | |
| qimmatdor qogʻozlar bilan | Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi |
| valyuta bilan | Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki |
| koʻchmas mulklar bilan | Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va xususiylashtirish qoʻmitasi |
| intellektual mulk bilan | Oʻzbekiston Respublikasi Fan va texnika davlat qoʻmitasi |
| Vositachilik faoliyati (birjadan tashqari), shu jumladan, savdo-vositachilik va savdo-xarid faoliyati | Arizachining turar joyidagi hokimliklar |
| Yongʻinga qarshi avtomatika, qoʻriqlash, yongʻin va qoʻriqlash-yongʻin signalizatsiyasi vositalarini loyihalash ,tuzatish, montaj qilish,ularga texnika xizmati koʻrsatish | Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi |
| Tibbiy yordam koʻrsatish | Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi |
| Sogʻlomlashtirish va boshqa bolalar, oʻsmirlar va yoshlar lagyerlarini tashkil etish | Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi |
| Attorlik va pardoz-andoz buyumlari, maishiy kimyo mollari tayyorlash | Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi |
| Davlat tasarrufidan chiqarilishi va xususiylashtirilishi kerak boʻlgan mol-mulkning qiymatini va tarkibini dastlabki baholash, mulkchilik shaklini oʻzgartirish bilan bogʻliq hujjatlarni tayyorlashga doir ishlar | Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va xususiylashtirish qoʻmitasi |
| Auditorlik faoliyati | Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi |
| Fuqarolarga va yuridik shaxslarga huquqiy yordam koʻrsatish bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish | Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi |
| Badiiy va xronikal-hujjatli, ilmiy-ommabop, manzarali, multiplikatsion kinovideofilmlar va dasturlar ishlab chiqarish | Oʻzbekiston Respublikasi Davlat kinokompaniyasi |
| Kinovideo dasturlarni koʻpaytirish, dublyaj qilish, sotish | Oʻzbekiston Respublikasi Davlat kinokompaniyasi |
| Kinovideo mahsulotlarini ijaraga berish, namoyish etish va koʻrsatish | Oʻzbekiston Respublikasi Davlat kinokompaniyasi |
| Kinoga olish ishlarini va boshqa kinovideo faoliyatni tashkil etish boʻyicha xizmatlar, shu jumladan, vositachilik xizmati koʻrsatish | Oʻzbekiston Respublikasi Davlat kinokompaniyasi |
| Ishlab chiqarish, uy-joy-xoʻjalik va qishloq xoʻjaligi maqsadlaridagi binolar qurilishi uchun loyihalash va muhandislik-texnikaviy qidiruv ishlari | Oʻzbekiston Respublikasi Davlat qurilish ishlari qoʻmitasi |
| Balandliklarda sanoat alpinizmi uslubida taʼmirlash, qurilish-montaj ishlarini bajarish | Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Favqulodda vaziyatlar boʻyicha komissiyasi huzuridagi respublika tez harakat qilish koʻp profilli markazi |
(jadval Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 27-dekabrdagi 610-sonli qarori tahririda)
Vazirlar Mahkamasi zarur hollarda litsenziya berish uchun tegishli boshqaruv organlari orqali oʻz huquqini oʻtkaza oladi.
Roʻyxatda koʻrsatilgan faoliyat turlarining har bir guruhi boʻyicha alohida litsenziya rasmiylashtiriladi.
3. Maxsus ruxsatnoma (litsenziya) 1-ilovaga muvofiq forma boʻyicha beriladi.
4. Litsenziya olish uchun litsenziya berishga vakil qilingan organga quyidagi hujjatlarni taqdim etish zarur:
ariza (2-ilova)
taʼsis hujjatlari yoki ularning tasdiqlangan nusxalari;
litsenziya berganlik uchun pul toʻlanganligi toʻgʻrisidagi hujjatlar;
litsenziya berish uchun vakil qilingan tegishli davlat boshqaruv organlari tomonidan belgilanadigan boshqa hujjatlar.
Hujjatlarni koʻrib chiqish va litsenziya berish toʻgʻrisidagi masalani hal etish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash uchun litsenziya berish vakolatiga ega boʻlgan organ hisobiga arizachi tomonidan ikki ming soʻm miqdorida pul oʻtkaziladi.
5. Litsenziya berganlik uchun quyidagi miqdorlarda davlat poshlinasi toʻlanadi:
korxonalar va tashkilotlar uchun — 8 ming soʻm;
ishlovchilarning kamida 50 foizini, nogironlar, urush, Qurolli Kuchlar faxriylari yoki pensiya yoshiga yetganlar (pensionyerlar) tashkil qiladigan korxonalar va tashkilotlar uchun, shuningdek, kichik korxonalar uchun — 4 ming soʻm.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992-yil 14-yanvardagi qarori bilan koʻzda tutilgan faoliyat turlari bilan shugʻullanuvchi davlat korxonalari va tashkilotlariga ular uchun davlat hokimiyati va boshqaruv organlari tomonidan belgilangan ishlab chiqarish ixtisosiga muvofiq litsenziyalar ariza berilgan vaqtdan boshlab 15 kun muddatda, yigʻim va davlat poshlinasi toʻlamasdan, beriladi.
Sogʻliqni saqlash organlari, tibbiy yordam koʻrsatuvchi hamda sogʻlomlashtirish va boshqa bolalar, oʻsmirlar va yoshlar lagyerlarini tashkil etish faoliyatini tekin amalga oshiruvchi boshqa muassasalar davlat poshlinasi toʻlashdan ozod etiladilar.
Toʻlangan davlat poshlinasi:
litsenziyalar davlat boshqaruvining respublika organlari tomonidan berilganda — respublika budjetiga;
litsenziyalar hokimliklar tomonidan berilganda — tegishli mahalliy budjetga oʻtkaziladi.
6. Litsenziya berish (bermaslik) haqidagi qaror toʻgʻri rasmiylashtirilgan hujjatlar olingan kundan boshlab 30 kundan kechikmasdan qabul qilinadi.
Litsenziya berish uchun vakil qilingan organ tegishli ravishda rasmiylashtirilmagan, shuningdek, amaldagi qonunchilik talablariga va mazkur Nizomga muvofiq kelmagan hujjatlar topshirilgan hollarda litsenziyalar berishni rad etish huquqiga egadir.
Boshqa sabablarga koʻra, shu jumladan, maqsadga muvofiq boʻlmagan sabablarga koʻra litsenziyalar berishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Litsenziya berishni rad etish haqidagi qaror asoslangan boʻlishi va ariza beruvchiga yozma shaklda yuborilishi kerak.
Hujjatlar ariza beruvchi tomonidan qayta rasmiylashtirilgan taqdirda ular 15 kun muddat ichida takroran koʻrib chiqiladi.
7. Litsenziya berish uchun vakil qilingan organ zarur hollarda tegishli xulosalarni tayyorlash uchun mehnat shartnomalari boʻyicha haq toʻlagan holda ekspertlarni jalb qilish huquqiga egadir.
8. Litsenziya besh yil muddatga beriladi. Ariza beruvchining asosli iltimosi boʻyicha litsenziyaning amal qilish muddati, belgilangan miqdorda tegishli poshlina toʻlangan holda, yana shuncha muddatga uzaytirilishi mumkin. Litsenziya muddatini uzaytirish yozma shaklda tasdiqlanadi.
9. Faoliyat koʻrsatish uchun berilgan litsenziya uni bergan organ tomonidan quyidagi holatlarda bekor qilinishi mumkin:
a) agar litsenziya olish uchun taqdim etilgan materiallarda haqiqatga toʻgʻri kelmaydigan maʼlumotlar mavjudligi aniqlansa;
b) agar korxona (tashkilot) tomonidan faoliyat koʻrsatish uchun litsenziyada berilgan shartlar bajarilmasa;
v) Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan boshqa hollarda.
10. Tegishli faoliyat turi uchun berilgan litsenziyani bekor qilish uchun asoslar aniqlangan taqdirda litsenziyani bergan organ korxona, tashkilotga buzilishlarni bartaraf etish toʻgʻrisida yozma koʻrsatma beradi.
Agar korxona, tashkilot yozma koʻrsatma olgandan soʻng 30 kun muddat ichida faoliyat uchun berilgan litsenziyani bekor qilishga asos boʻladigan buzilishlarni bartaraf etmasa, litsenziya bergan organ uni bekor qiladi va tegishli faoliyat toʻxtatilishi kerak boʻlgan muddatni tayinlaydi.
11. Litsenziya bergan organ 3 kun muddat ichida faoliyat koʻrsatish uchun berilgan litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisidagi qaror nusxasini korxonaga, tashkilotga va roʻyxatdan oʻtkazilgan joydagi hokimliklarga joʻnatadi.
12. Korxona, tashkilot faoliyat koʻrsatish uchun berilgan litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisidagi qaror nusxasini olgandan soʻng 30 kun muddat ichida qarorni bekor qilish va zararni undirish uchun sudga murojaat qilish huquqiga egadir.
13. Ariza beruvchi litsenziya bermaslik yoki uning amal qilishini toʻxtatish toʻgʻrisidagi qaror yuzasidan respublika sudlariga yoki hakamlik sudlariga shikoyat qilish huquqiga egadir.
1-ilova
|
__________________________________________________________________________________________________ | ||||
|
(Litsenziya berish uchun vakil qilingan vazirlik (idora) ning nomi) | ||||
|
| ||||
| Shahar | | | |
Berilgan kun |
| Shu haqda berildiki, _________________________________________________________________________________ | ||||
| __________________________________________________________________________________________________ | ||||
|
(ariza beruvchining nomi) | ||||
| __________________________________________________________________________________________________ | ||||
|
____________________________________________________________________ olish huquqiga ega boʻldi. | ||||
|
(faoliyat turining nomi) | ||||
|
|
|
| ||
2-ilova
| | ____________________________________________ |
| |
(Litsenziya berish uchun vakil qilingan |
|
________________________________________________________________________________________________ | |
| ______________________________________________________________________ huquqiga ega boʻlish | |
|
(faoliyat turining nomi) | |
|
| |
| 1. Ariza beruvchining nomi | |
| 2. Pochta manzilgohi ________________________________________________________________________________ | |
| telefon _____________, telefaks _______________, teleks _____________________ | |
| 3. Arizaga ilova qilinadigan hujjatlar roʻyxati | |
|
|
|