1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.07.00 Sport inshootlari va jihozlari]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Jismoniy tarbiya va sport]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
2020 — 2024-yillarda respublikada bolalar va oʻsmirlar sport maktablari, umumtaʼlim maktablarida sport obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash hamda ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Jamiyatimizda sogʻlom turmush tarzini shakllantirish, aholi, ayniqsa, yosh avlodning jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shugʻullanishi uchun zamon talablariga mos shart-sharoitlar hamda infratuzilmani yaratish, jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shugʻullanish orqali yoshlarda oʻz irodasi, kuchi, imkoniyatlariga boʻlgan ishonchni mustahkamlash, mardlik, vatanparvarlik va Vatanga sadoqat tuygʻularini kamol toptirish, shuningdek, yoshlar orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish ishlarini tizimli tashkil etish, mamlakatning xalqaro sport maydonlarida munosib ishtirok etishini taʼminlash va jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirishga yoʻnaltirilgan keng koʻlamli ishlar izchil amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga, respublikamizning chekka hududlarida bolalar va oʻsmirlar sport maktablarining moddiy-texnika bazasi zamonaviy standartlarga asosan tashkil etilmaganligi, umumtaʼlim maktablarida sport infratuzilmasi toʻliq shakllantirilmaganligi, faoliyat yuritayotgan sport taʼlim muassasalarida tizimli muammolar va kamchiliklar saqlanib qolayotganligi mazkur jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantirish sohasida davlat siyosatini samarali olib borish va mavjud sport komplekslari salohiyatidan toʻliq foydalanish imkoniyatini bermayapti. Xususan:
birinchidan, mavjud bolalar va oʻsmirlar sport maktablarining soni oʻtgan davrlarda maqbullashtirilishi respublikamizda, ayniqsa, chekka hududlarda bolalar va aholini ommaviy sport bilan qamrab olishga oʻz salbiy taʼsirini koʻrsatmoqda;
ikkinchidan, sport inshootlari mavjud talabdan va aholining real joylashishidan kelib chiqib joylashtirilmaganligi, aksariyat sport inshootlari infratuzilmasining jismonan va maʼnan eskirganligi, sport jihozlari bilan toʻliq taʼminlanmaganligi ularda amalga oshirilayotgan ishlarning natijadorligini toʻliq taʼminlamayapti;
uchinchidan, xalqaro standartlarga javob beradigan loyihalash tizimi hamda sifatli mahalliy sport jihozlari va anjomlarini imkoniyatlardan kelib chiqib ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilmaganligi mazkur yoʻnalishdagi harakatlarni qoʻllab-quvvatlashning taʼsirchan mexanizmini joriy etish imkonini bermayapti;
toʻrtinchidan, barpo etilayotgan sport inshootlarining loyihalari zamonaviy standartlarga muvofiq hamda mamlakat iqlim sharoiti inobatga olinmagan holda ishlab chiqilganligi, qurilish-montaj ishlarida mehnat sarfi va materiallar ortiqcha sarflanishiga, foydalanish davrida saqlash xarajatlari oshib ketishiga va qisqa muddatlarda taʼmirtalab ahvolga tushib qolishiga sabab boʻlmoqda;
beshinchidan, umumtaʼlim maktablari sport zallari bilan toʻliq taʼminlanmaganligi jismoniy tarbiya oʻquv darslarini malakali oʻtkazishga, sport seksiyalari va toʻgaraklari faoliyatini muntazam ravishda tashkil etishga, oʻquvchilarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishga imkoniyatni chegaralamoqda;
oltinchidan, sport inshootlarining xalqaro standartlarga javob beradigan sifatli hamda zamonaviy sport jihozlari va anjomlari bilan taʼminlanmaganligi milliy terma jamoalar tarkibini yuqori malakali sportchilar bilan toʻldirish hamda sport zaxirasini shakllantirish ishlarini ortga surmoqda.
2017 ― 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirilishiga oid Davlat dasturida hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 5 ta muhim tashabbusida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan Xalq taʼlimi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda ishlab chiqilgan quyidagilarni nazarda tutuvchi 2020 — 2024-yillarda respublikada bolalar va oʻsmirlar sport maktablari, umumtaʼlim maktablarida sport obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash hamda ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash davlat dasturining (keyingi oʻrinlarda Dastur deb ataladi):
a) 2020 ― 2022-yillar mobaynida amalga oshiriladigan:
bolalar va oʻsmirlar sport maktablarida quriladigan, rekonstruksiya qilinadigan va kapital taʼmirlanadigan sport obyektlarining asosiy parametrlari 1-ilovaga muvofiq;
umumtaʼlim maktablarining zamonaviy sport zallarini qurish va rekonstruksiya qilishning asosiy parametrlari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin;
b) 2023-2024-yillar mobaynida amalga oshiriladigan chora-tadbirlarni tasdiqlash boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarori loyihasi 2022-yil 1-oktabrga qadar Vazirlar Mahkamasiga kiritilsin.
2. Quyidagilar Dasturning asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:
aholining barcha qatlamlarini sport bilan muntazam ravishda shugʻullanishga jalb etish, yoshlar sport taʼlimi sifatini oshirish, barcha hududlarda, ayniqsa, qishloq va chekka hududlarda bolalar sporti obyektlari tarmogʻini kengaytirish orqali jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish;
yuksak maʼnaviyatli, keng dunyoqarashga ega boʻlgan fidoyi, vatanparvar yoshlarni tarbiyalash, ularning jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shugʻullanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, aholi oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini shakllantirish, yashash hududidan qatʼi nazar barcha oʻquvchi-yoshlarni ijtimoiy muhofaza qilish va iqtidorini qoʻllab-quvvatlash;
jismoniy tarbiya va sport sohasining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, zamonaviy sport komplekslari qurish, ularni zamonaviy sport anjomlari bilan jihozlash, mazkur sohada xususiy sektorni rivojlantirish;
xalqaro ilgʻor tajribadan foydalanib xorijiy mutaxassislar va tashkilotlarni jalb etgan holda yuqori tejamkorlik, innovatsion texnologiyalarga asoslangan loyihalash va qurilish-montaj ishlari tizimini joriy qilish;
mavjud oʻquv-metodik, moddiy-texnik bazani har tomonlama mustahkamlash va takomillashtirish, taʼlim jarayoniga sportchilar tayyorlashning sifat jihatidan yangi darajasini taʼminlaydigan zamonaviy jihozlar va texnik vositalarni joriy etish.
3. Quyidagilar Dasturni moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
a) bolalar va oʻsmirlar sport maktablarini:
qurish, rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash qismi boʻyicha ― Oʻzbekiston Respublikasining Investitsiya dasturi doirasida nazarda tutiladigan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari;
jihozlash (qayta jihozlash) qismi boʻyicha ― Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari;
b) umumtaʼlim maktablarida zamonaviy sport zallarini qurish, rekonstruksiya qilish va ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash qismi boʻyicha ― Oʻzbekiston Respublikasining Investitsiya dasturi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari mahalliy budjetlari mablagʻlari;
xorijiy kreditlar va grantlar, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari, shuningdek, qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
(3-band “b” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
qurish, rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash ishlari boʻyicha buyurtmachi etib ― Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Sport obyektlari infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha injiniring kompaniyasi” davlat unitar korxonasi;
(4-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-avgustdagi 481-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.08.2020-y., 09/20/481/1169-son)
jihozlash (qoʻshimcha jihozlash) boʻyicha buyurtmachi etib ― Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi;
b) umumtaʼlim maktablarida sport zallarini:
qurish va rekonstruksiya qilish ishlari boʻyicha buyurtmachi etib — Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi “Xalq taʼlimi sohasida loyiha hujjatlariga texnik topshiriqlarni ishlab chiqish va qurilish obyektlari sifati monitoringini olib borish boʻyicha injiniring kompaniyasi” davlat unitar korxonasi va uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boʻyicha filiallari;
jihozlash (qoʻshimcha jihozlash) ishlari boʻyicha buyurtmachi etib ― Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi belgilansin.
Bunda, jismoniy tarbiya va sport obyektlarini hamda umumtaʼlim maktablarining sport zallari boʻyicha texnik topshiriqlarni ishlab chiqish, qurilish obyektlari monitoringini olib borish uchun tegishlicha Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Xalq taʼlimi vazirligi masʼul hisoblanadi.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda mazkur qaror bilan quriladigan, rekonstruksiya qilinadigan va kapital taʼmirlanadigan bolalar va oʻsmirlar sport maktablari va umumtaʼlim maktablarining sport zallarini jihozlash ishlari har yili bolalar va oʻsmirlar sport maktablari va umumtaʼlim maktablarini jihozlash (qoʻshimcha jihozlash) manzilli dasturlarini shakllantirishda inobatga olinishini va belgilangan tartibda tasdiqlanishini taʼminlasinlar.
Belgilab qoʻyilsinki, har yili bolalar va oʻsmirlar sport maktablari va umumtaʼlim muassasalarini jihozlash (qoʻshimcha jihozlash) manzilli dasturlarini shakllantirishda har bir taʼlim muassasasining moddiy-texnika jihatidan amalda taʼminlanganligi holati hisobga olinadi.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2020-yilda va kelgusi yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda mazkur qaror bilan budjetdan ajratilishi nazarda tutilgan tadbirlarni moliyalashtirish uchun zarur mablagʻlar yoʻnaltirilishini taʼminlasin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi:
Xalq taʼlimi vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi bilan birgalikda 2020 ― 2022-yillar uchun Oʻzbekiston Respublikasining Investitsiya dasturlari loyihalarini shakllantirishda mazkur qarorga muvofiq sport obyektlarini belgilangan tartibda kiritilishini taʼminlasin;
Qurilish vazirligi bilan birgalikda 2019-yil 1-oktabrga qadar xalqaro tajriba va mamlakatning tabiiy-iqlim sharoitlarini hisobga olib, turli xil sport oʻyinlariga moslashuvchan (transformer), ekologik toza materiallar va energiyaning muqobil manbalaridan foydalanib hamda ilgʻor texnologiyalar va muhandislik yechimlarini qoʻllagan holda bolalar va oʻsmirlar sport maktablari namunaviy loyihalarini qayta koʻrib chiqsin va joriy etsin.
8. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi:
mazkur qarorga muvofiq obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash ishlari boʻyicha loyiha-smeta hujjatlari belgilangan tartibda ishlab chiqilishini hamda vakolatli ekspertiza organlari tomonidan belgilangan tartibda ekspertizadan oʻtkazilishini taʼminlasinlar.
Belgilansinki, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari rahbarlariga Dastur doirasida oʻz vaqtida, sifatli, zamonaviy talablar hamda mablagʻlar tejamkorligi tamoyillari asosida qurilish-montaj ishlari amalga oshirilishi, sport obyektlaridan samarali foydalanish, ularning yil davomida uzluksiz faoliyat yuritishini taʼminlash, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash borasida shaxsiy javobgarlik yuklatiladi.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari A.A. Abduhakimov, jismoniy tarbiya va sport vaziri D.X. Nabiyev va xalq taʼlimi vaziri Sh.X. Shermatov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 31-iyul,
637-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 31-iyuldagi 637-son qaroriga 1-ILOVA
2020 — 2022-yillarda bolalar va oʻsmirlar sport maktablarida quriladigan, rekonstruksiya qilinadigan va kapital taʼmirlanadigan sport obyektlarining
ASOSIY PARAMETRLARI
(mln. soʻm)
T/r
Hududlar nomi
Jami
shu jumladan:
Obyektlar soni
Summasi
2020-yil
2021-yil
2022-yil
Obyektlar soni
Summasi
Obyektlar soni
Summasi
Obyektlar soni
Summasi
Jami:
178
1 148 700
46
321 600,0
52
379 400,0
80
447 700,0
1.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi
15
66 100
6
18 000,0
5
20 100,0
4
28 000,0
2.
Andijon viloyati
17
99 000
3
29 000,0
6
32 000,0
8
38 000,0
3.
Buxoro viloyati
12
85 000
4
17 000,0
3
30 000,0
5
38 000,0
4.
Jizzax viloyati
11
48 200
4
15 000,0
2
15 200,0
5
18 000,0
5.
Qashqadaryo viloyati
10
104 100
3
31 000,0
5
33 100,0
2
40 000,0
6.
Navoiy viloyati
9
52 000
2
12 000,0
3
15 000,0
4
25 000,0
7.
Namangan viloyati
16
75 900
6
24 200,0
4
26 000,0
6
25 700,0
8.
Samarq�nd viloyati
18
112 600
4
33 100,0
5
37 000,0
9
42 500,0
9.
Surxondaryo viloyati
10
97 000
3
23 500,0
5
34 000,0
2
39 500,0
10.
Sirdaryo viloyati
9
55 500
1
13 000,0
2
19 500,0
6
23 000,0
11.
Toshkent viloyati
17
96 000
2
30 000,0
3
26 000,0
12
40 000,0
12.
Fargʻona viloyati
12
98 100
2
31 600,0
4
38 500,0
6
28 000,0
13.
Xorazm viloyati
8
72 200
3
19 200,0
2
24 000,0
3
29 000,0
14.
Toshkent shahar
14
87 000
3
25 000,0
3
29 000,0
8
33 000,0
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 31-iyuldagi 637-son qaroriga 2-ILOVA
2020 — 2022-yillarda umumtaʼlim maktablarining zamonaviy sport zallarini qurish va rekonstruksiya qilishning
ASOSIY PARAMETRLARI
T/r
Hududlar nomi
Ishlar turi
Jami soni
shu jumladan:
2020-yil
shundan:
2021-yil
shundan:
2022-yil
shundan:
9x18
12x24
9x18
12x24
18x30
9x18
12x24
Jami:
Jami
141
46
11
35
58
13
43
2
37
3
34
Yangi qurilish
52
18
6
12
11
11
23
1
22
Rekonstruksiya
89
28
5
23
47
13
32
2
14
2
12
1.
QoraqalpogʻistonRespublikasi
Jami
12
7
5
2
1
0
1
0
4
1
3
Yangi qurilish
12
7
5
2
1
1
4
1
3
Rekonstruksiya
2.
Andijon viloyati
Jami
22
10
10
7
0
7
0
5
1
4
Yangi qurilish
3
1
1
1
1
1
1
Rekonstruksiya
19
9
9
6
6
4
1
3
3.
Buxoro viloyati
Jami
9
2
1
1
7
7
Yangi qurilish
2
2
2
Rekonstruksiya
7
2
1
1
5
5
4.
Jizzax viloyati
Jami
7
3
1
2
1
1
3
3
Yangi qurilish
5
1
1
1
1
3
3
Rekonstruksiya
2
2
2
5.
Qashqadaryo viloyati
Jami
2
1
1
1
1
Yangi qurilish
Rekonstruksiya
2
1
1
1
1
6.
Navoiy viloyati
Jami
3
1
1
2
2
Yangi qurilish
2
1
1
1
1
Rekonstruksiya
1
1
1
7.
Namangan viloyati
Jami
11
10
4
6
1
1
Yangi qurilish
Rekonstruksiya
11
10
4
6
1
1
8.
Samarqand viloyati
Jami
21
10
2
8
5
5
6
6
Yangi qurilish
4
1
1
3
3
Rekonstruksiya
17
9
2
7
5
5
3
3
9.
Surxondaryo viloyati
Jami
3
1
1
2
2
Yangi qurilish
1
1
1
Rekonstruksiya
2
1
1
1
1
10.
Sirdaryo viloyati
Jami
6
2
1
1
4
3
1
Yangi qurilish
1
1
1
Rekonstruksiya
5
2
1
1
3
3
11.
Toshkent viloyati
Jami
10
4
1
3
3
1
2
3
3
Yangi qurilish
5
1
1
1
1
3
3
Rekonstruksiya
5
3
1
2
2
1
1
12.
Fargʻona viloyati
Jami
23
5
5
12
4
6
2
6
1
5
Yangi qurilish
8
5
5
3
3
Rekonstruksiya
15
12
4
6
2
3
1
2
13.
Xorazm viloyati
Jami
8
2
2
3
3
3
3
Yangi qurilish
6
2
2
2
2
2
2
Rekonstruksiya
2
1
1
1
1
14.
Toshkent shahar
Jami
4
2
2
2
2
Yangi qurilish
3
1
1
2
2
Rekonstruksiya
1
1
1
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.08.2019-y., 09/19/637/3498-son; 13.08.2020-y., 09/20/481/1169-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)