Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 07.08.2024
O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasining
qoidalari
Jamoat binolari va inshootlari
 LexUZ sharhi
Mazkur qoidalar O‘zbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirining 2024-yil 2-apreldagi 01/2-7-sonli “SHNQ 2.08.02-23 “Jamoat binolari va inshootlari” shaharsozlik normalari va qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘iga (hisob raqami 249, 06.05.2024-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Shaharsozlik normalari va qoidalari
SHNQ 2.08.02-09*
1. NORMATIV MANBALAR
SHNQ 2.07.01-03* — Shaharsozlik. Shahar va qishloq aholi punktlari hududlarini rivojlantirish va qurilishini rejalashtirish.
SHNQ 2.07.04-06 — Qishloq xo‘jaligi korxonalari hududlarining me’moriy rejalashtirilishini tashkil etish.
SHNQ 2.01.02-04 — Bino va inshootlarning yong‘in xavfsizligi.
SHNQ 2.08.01-05 — Turar joy binolari.
SHNQ 2.07.02-07 — Insonlarning hayoti va faoliyati muhitini nogironlar ehtiyojini va aholining kam harakatlanuvchi guruhlarini hisobga olgan xolda loyihalash.
SHNQ 2.08.07-09 — Jismoniy va aqliy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun maxsus o‘quv-tarbiyaviy muassasalar.
SHNQ 2.08.04-04* — Ma’muriy binolar.
SHNQ 2.08.03-09 — Sanatoriylar.
QMQ 2.08.05-97* — Davolov muassasalari sifatida moslashtiriladigan bino va inshoatlar.
QMQ 2.08.06-97 — Sanitariya-epidemiologiya stansiyalar.
QMQ 2.01.01-94 — Loyihalash uchun klimatik va fizikaviy-geologik ma’lumotlar.
QMQ 2.01.11-97 — Hududlar, bino va inshootlarning xavfli geologik jarayonlardan muhandislik himoyasi. Loyihalashtirishning asosiy nizomlari.
QMQ 2.01.17-95 — Favqulodda holatlar va fuqaro muhofazasi. Texnik-muhandislik chora-tadbirlari.
QMQ 2.01.03-96 — Zilzilaviy hududlarda qurilish.
QMQ 2.01.05-98 — Tabiiy va sun’iy yoritish.
QMQ 2.01.04-97* — Qurilish issiqlik texnikasi.
QMQ 2.01.08-96 — Shovqindan himoya.
QMQ 2.01.07-96 — Yuklar va ta’sirlar.
QMQ 2.01.18-2000* — Binolar va inshootlarni isitish, ventilyatsiya, konditsiyalashtirish uchun energiya sarfi me’yorlari.
QMQ 2.04.16-96 — Quyosh nuridan issiq suv ta’minlash qurilmalari
QMQ 2.04.01-98* — Binolar ichki vodoprovodi va kanalizatsiyasi.
QMQ 2.04.05-97* — Isitish, ventilyatsiya va konditsiyalashtirish.
QMQ 2.04.08-96* — Gaz ta’minoti. Loyiha me’yorlari.
QMQ 2.04.17-98 — Turar-joy va jamoat binolarining elektr jihozlari.
QMQ 2.04.20-98 — Turar — joy va jamoat binolari muhandislik uskunalarining aloqa, signalizatsiya va dispetcherlashtirish qurilmalari.
QMQ 2.04.09-07 — Bino va inshootlarning yong‘in avtomatikasi
QMQ 2. 03.13-97 — Pollar.
QMQ 2.03.10-95* — Tomlar va tomqoplamalar.
QMQ 3.05.01-97 — Ichki sanitariya va texnik tizimlari.
QMQ 3.03-01-98 — Yuk ko‘taruvchi va to‘suvchi konstruksiyalar.
SHNQ 2.01.19-09 — Portlabyonish va yong‘in xavfi bo‘yicha xonalar, binolar va tashqi qurilmalarning kategoriyasini aniqlash
GOST 25772-83* — Zinapoyalar, balkonlar va tomlarning po‘latli to‘siqlari. Umumiy texnik talablar
RD 34.21.122-87 — Bino va inshootlarning yashinqaytargich qurilmalari bo‘yicha nizom.
SanPiN № 0231-07 — Davolash — profilaktika muassasalarining loyihalanishi, qurilishi va ekspluatatsiyasining sanitar qoidalari.
SanPiN № 0241-07 — O‘zbekiston Respublikasida bolalar maktabgacha tarbiya muassasalarining qurilmasi va saqlanishining sanitar talablari
SanPiN № 0266-09 — Turar-joy va jamoat binolari, bola va katta yoshdagi nogiron va kam harakatlanuvchi aholi foydalanuvchi turar-joy tuzilmalari loyihalanishlarining sanitar normalari.
2. UMUMIY TALABLAR
2.1. Jamoat binolari va inshootlarining yangi qurilishi va rekonstruksiya qilinishi ushbu hujjat talablariga va boshqa O‘zbekiston Respublikasida amal qiladigan qurilish loyihasi normalariga asoslanib ishlab chiqilgan loyihalar asosida amalga oshirilishi shart. Loyihalash normalari insonlarning xavfsizligi va sog‘lig‘i himoyasi, bino va inshootlardan yuqori sifatli funksional foydalanish darajasining oshirilishi, ularning uzoq saqlanishi va ta’mirlanishga yaroqligi, energiya tejamkorligi, hamda atrof muhitning himoya qilinishi tadbirlarining ta’minlashiga qaratilgan.
2.2. Jamoat binolari va inshootlarining yer maydoniga joylashuvi va rejalanishi, SHNQ 2.07.01 talablari doirasida, qurilish loyihasi bo‘yicha amalga oshirilishi shart. Qishloq joylarda jamoat binolari va inshootlarini loyihalashda qo‘shimcha SHNQ 2.07.04 talablari ham hisobga olinishi kerak.
2.3. Bino va inshootlarni loyihalashda QMQ 2.01.01 ga (loyihalash uchun iqlimiy va fizika-geologik shartlar) asoslangan O‘zbekiston Respublikasi hududi qurilish-iqlimiy zonalarining tabiiy-iqlim sharoitlari hisobga olinishi zarur. SHNQ 2.08.01 da O‘zbekiston ma’muriy tumanlari bo‘yicha qurilish-iqlim zonasi va zona osti hududlari keltirilgan.
I qurilish-iqlim zonada-ekstremal sharoitli yarim dasht va dashtli hududlarda asosiy xonalarni ortiqcha quyosh ta’siridan va qizib ketishidan, yozda qizigan shamol va qishda sovuq shamol ta’siridan effektiv himoyalashni ta’minlash zarur; ichki muhitni noqulay tashqi ta’sirlardan maksimal himoyalashni ta’minlovchi bino va inshootlarning kompakt kompozitsion-rejali yechimlarini qo‘llash, effektiv quyosh va changli shamollardan himoyalovchi qurilmalarni qo‘llash, hamda xonalarda qulay mikroklimat hosil qiladigan texnik vositalarni qo‘llash usullari taklif etiladi.
II qurilish-iqlim zonada-voha va tog‘oldi hududlarda bino va inshootlarning kompozitsion-rejali yechimlari qulay tabiiy-iqlim sharoitlaridan maksimal to‘liq foydalanishga qaratilgan bo‘lishi, asosiy xonalarni ortiqcha quyosh ta’siri va qizib ketishidan himoyalovchi (soyabon, xonalarni shamollatuvchi) qulay ochiq maydonli joylar bilan bog‘lanishi hisoblariga ta’minlanishi shart.
III qurilish-iqlim zonada-cho‘zilib ketadigan sovuq qishli tog‘lik hududlarda kompakt kompozitsion-rejali yechimlari, avvalom bor, bino xonalarining qish mavsumida issiqligini ta’minlashga qaratilishi kerak.
2.4. Bino va inshootlarning kompozitsion-rejali yechimi, ularning qavati, bino va bloklarning bo‘y ko‘lami, bloklarni joylashtirish variantlari kompleks talablarni hisobga olgan holda, jumladan bino va inshootlarni xavfli geologik jarayonlardan, zilzila va yong‘in xavflaridan (QMQ 2.01.11, QMQ 2.01.03, SHNQ 2.01.02 va boshq. asosan) himoyasini ta’minlash bilan aniqlanishi shart.
Jamoat bino va inshootlarining qavatliligi funksional-tipologik talablar, zilzila va yong‘in xavfsizligini ta’minlovchi talablar (ushbu normalarning 2.20 bandiga asosan binolar konstruksiyasining olovbardoshligi e’tiborga olingan holda) hisobga olinib belgilanadi; asosiy ommaviy bino turlari bo‘yicha qavatlik 1-jadvalda berilgan.

1-jadval

№№

t/b

Bino turlari

Qavatlik

(ko‘pi bilan)

1

2

3

1.

Hamma turdagi bolalar bog‘cha-yaslilari; boshlang‘ich va kam komplektlashgan maktablar; bolalar bog‘chalari-boshlang‘ich maktablar

2

2.

Umumta’lim maktablar, internat-maktab o‘quv korpuslari, o‘rta-maxsus o‘quv yurtlari — akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari, maktabdan tashqi muassasalar

3

3.

Maxsus maktablar va jismoniy va aqliy rivojlanishi zaif bolalarning internat-maktablari

2

4.

Maktab internatlarining yotoq korpuslari, bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlarining yotoq korpuslari

2

5.

Nogironlar va qariyalar uchun ijtimoiy markazlar, bolalar ijtimoiy markazlari, bolalar uylari, internat uylar

2

6.

Davolash muassasalarining(kasalxona) statsionarlari

3

7.

Bolalar va o‘smirlar uchun sanatoriya yotoq korpuslari

3

8.

Ambulatoriya-poliklinika muassasalari

3

9.

Mahalla boshqaruvi va mikrotuman uy-joydan foydalanish tashkiloti muassasalari

2

10.

Savdo tashkilotlari, umumiy ovqatlanish, ommaviy maishiy xizmat binolari (noyob toifali binolardan tashqari)

3

Eslatma: 1. Qavatlik QMQ 2.01.03 ga asosan hudud zilzilaviyligi hisobga olingan holda aniqlanadi. Jadvalda berilmagan bino va inshootlar loyihalanishida qavatlik ushbu normaning keyingi matnlaridagi talablari bo‘yicha aniqlanadi.
2. Maxsuslashgan bolalar o‘quv-tarbiyaviy muassasalari, bolalar bog‘chalari va ko‘r, nafas olish a’zolari xasta bolalar uchun maktab-internatlar bir-ikki qavatlik qilib loyihalanadi (qavatlikni aniq qilib loyiha topshirig‘ida beriladi).
3. Mavsumiy inshootlar 1-2 qavatlik bo‘lishi shart; bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlarining yotoq pavilonlari bir qavatlik bo‘lishi shart.
2.5. Jamoat binosining xonalari balandligi pol sathidan ship sathigacha 3.0 m dan kam bo‘lmasligi kerak.
Har-xil vazifali zallar, auditoriyalar, laboratoriyalar, sportzallar, manejlar va boshqa xonalarning balandligi funksional-texnologik jarayonlarni va ushbu loyihalash normalari matnlarida keltirilgan texnologik asos va talablarga asosan, jihozlarning gabaritlarini hisobga olgan holda belgilanadi.
Jamoat xonalarining sig‘diraolishlik miqdori 30 kishidan oshmaganda, hamda turar-joy binolari hajmida qurilgan xizmat ko‘rsatish muassasalari, jumladan do‘konlar, kafelar xonalarining balandligi 2.8 m bo‘lishi mumkin.
Hammom va o‘rni 100 va undan ortiq hammom-sog‘lomlantirish majmualari asosiy xonalarining balandligi 3.3 m dan, kir yuvish va kimyoviy tozalash ishlab chiqarish xonalarining balandligi 3.6 m dan kam bo‘lmasligi darkor.
Kishilar doimiy ravishda bo‘lmaydigan ayrim ikkinchi darajali xonalar, shu qatori binoning hajmiy-rejaviy yechimiga monand yo‘laklar va o‘tish yo‘laklari xonalarining balandligini kamaytirishga yo‘l qo‘yiladi, lekin 2.2 m dan past bo‘lmasligi kerak.
Ilova: 1. Qiya shipli yoki balandligi bo‘yicha har xil qismli (pog‘onali) xonalar balandligining eng kichik joyi 2.5 m dan kam bo‘lmasligi shart.
2. Insonlar doimiy ravishda bo‘lmaydigan, mo‘ljallanishi texnikaviy bo‘lgan xonalarning balandligi 1.9 m bo‘lishi mumkin.
2.6. Texnik qavatlarning balandligi (jumladan texnik yerpolosti ham) har bir konkret holatda muhandislik jihozlarining gabaritlariga asoslanib va ulardan foydalanish sharoitlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi. Jihozlarga qarash va ta’mirlash yo‘laklarida balandlik konstruksiyaning pastga chiqib turgan sathigacha 1.8 m dan kam bo‘lmasligi shart. Texnik qavatda yoki yerpolostida balandlikni 1.6 m qilib olish faqat u xonalarda yonmaydigan, izolyatsiya ashyosi o‘ralgan, qoplamali quvuro‘tkazgich muhandislik tarmoqlari joylashgandagina ruxsat etiladi.
2.7. Bino ostini kesib o‘tuvchi transport yo‘lagi kengligi (konstruksiya tashqi sathlari oralig‘i) 3.5 m dan, balandligi 4.25 m dan kam bo‘lmasligi kerak; ushbu talab avtotransportga, yong‘in mashinalariga mo‘ljallanmagan yo‘laklarga tatbiq etilmaydi.
2.8. Binoga kiraverishdagi xona pol sathi kiraverish tashqi yo‘lak sathidan 0.15 m dan kam bo‘lmagan balandlikda bo‘lishi kerak. Bu balandlikni kamaytirishga xonaga yong‘ingarchilik tushmasligi uchun maxsus himoya vositalari qo‘llanilgandagina yo‘l qo‘yiladi.
2.9. Bino va inshootlarning umumiy, foydali va hisobiy maydonlari, qurilish hajmi, qurilma maydoni miqdorlarini hisoblash qoidalari majburiy 3-ilovada keltirilgan.
2.10. Barcha jamoat binolari va inshootlarida, mulkdorlik shaklidan qat’iy nazar, nogironlar kreslo-kolyaskada qulay kirib-chiqishlari uchun qiya yo‘lakchalar, hamda nogironlarning qulay foydalanishlari uchun boshqa tadbirlar SHNQ 2.07.02 ga asosan ko‘zda tutilishi shart (ko‘targich qurilmalar, maxsus jihozlangan hojatxonalar va boshqalar).
2.11. Yerto‘la va sokol qavatida joylashtirishga ruxsat etilgan xonalarning ro‘yxati majburiy 4-ilovada keltirilgan. Yerto‘lani ikki va undan ortiq qavatli qilib qurish taqiqlangan.
Poli otmostkadan pastga hisoblanganda 0.5 m dan oshmagan sokol qavatda, yashash, bolalar uchun jamoat va o‘quv, davolov muassasalarining asosiy xonalaridan tashqari (ya’ni, palatali bo‘limlar, vrach kabineti, davolovchi xona, operatsiya xonasi), barcha xonalarni joylashtirish mumkin.
2.12. Fuqaro himoyasi xonalarining gabaritlari va joylashtirilishi QMQ 2.01.17 talablariga muvofiq tuzilgan loyiha topshirig‘i bo‘yicha belgilanadi.
2.13. Bino hajmidagi individual issiqlik punktlarini (IIP) alohida kirish joyi bor xonalarga yoki xona havosi iqlimini mo‘tadil qiluvchi va shamollatuvchi uskunalar o‘rnatilgan xonalarga joylashtirish zarur. Xonada shipdan pastga chiqib turuvchi konstruksiyagacha 1.8 m dan kam bo‘lmagan balandlik bo‘lishi shart.
2.14. Shamollatish kameralari, nasos joylashtirilgan xonalar (yong‘inga qarshi qo‘yilgan nasosxonalardan va avtomat yong‘ino‘chirgichlar uchun nasosxonalardan tashqari), issiqlik punktlari, mashina bo‘limlari va boshqa shovqin va vibratsiya beradigan jihozli xonalar insonlar doimiy bo‘ladigan xonalarga yonbosh qilib, tepasiga yoki pastiga joylashtirilishiga ruxsat etilmaydi, shular qatori tomosha va repititsiya zallari, o‘quv xonalari, vrach kabinetlari, operatsiya xonalari ham yuqoridagilar jumlasidandir.
2.15. Bino va uning xonalariga, yerto‘la va tom bo‘g‘otiga jinoiy maqsadda va boshqa maqsadlarda begonalarning kirishini cheklash uchun nigohiy va texnik nazorat o‘rnatish nazarda tutiladi; loyiha topshirig‘i asosida kuchaytirilgan to‘siq konstruksiyalari, maxsus oyna va eshik konstruksiyalari va boshqa tadbirlar qo‘llaniladi.
Bunda shuni nazarda tutish kerakki, qo‘llanilgan kirishni cheklash va mulkni qo‘riqlash tadbirlari yong‘in va boshqa favqulodda sodir bo‘ladigan hodisalarda odamlarni evakuatsiya qilish sharoitini yomonlashtirmasligi kerak.
Odamlar doimo faoliyat ko‘rsatadigan xonalardagi oynalarda reshetkali qurilmalar o‘rnatilishiga (barcha qavatlarda) yo‘l qo‘yilmaydi, maxsus asoslangan va loyiha topshirig‘i bo‘yicha ash’yoviy qadriyatlarni (mulkni) saqlaydigan va insonlar doimo bo‘lmaydigan xonalar bundan mustasno.
2.16. Qimmatli buyumlarni tajovuzdan saqlash maqsadida va loyiha topshirig‘i ma’lumotiga asosan loyihalashda har xil qo‘riqlash va signal beradigan, texnik nazorat vositalari, maxsus devor, peregorodka, eshik, oblitsovkalar, himoya ashyolari va boshqalar hisobga olinadi.
2.17. Yo‘l qo‘yiladigan shovqin darajasi, xonalarning shovqindan himoyasini ta’minlab berish QMQ 2.01.08 talablariga mos bo‘lishi shart.
2.18. Binolarning (inshootlarning) tom usti, shuningdek foydalanishdagilarining ta’miri ham, QMQ 2.03.10-95* talablariga mos loyihalanishi darkor.
Binoning balandligi yer sathidan tom tepa qirrasigacha 10 m va undan yuqori bo‘lsa tomda qor tutqich moslamalari nazarda tutilishi kerak.
2.19. Jamoat binolarida, ularning tom bo‘g‘otida, ajratilgan bloklarida binoning asosiy jamoaviy muassasalik faoliyatidan boshqa obyektlarni (aloqa obyektlari, transport, ishlab chiqarish va kommunal tashkilotlarini, boshqalarni) joylashtirish masalasi muassasa asosiy faoliyati yo‘nalishidagi vazirlik, qo‘mita yoki idoralar normativ aktlariga asosan aniqlanadi. Shunday obyektlar joylashtirilgan taqdirda, bino uchun sanitar normalarda o‘rnatilgan, zararli moddalar konsentratsiyasi va ushbu jamoat binosida, hamda yaqin atofidagi qurilmalarda nurlanish darajasi me’yorlardan oshib ketmaslikni ta’minlash shart.
Bino hajmidagi, hajmiga kirib turadigan old qismidagi, jumladan yer osti garaj-to‘xtab turish joyi qurilmalarini loyihalash yuqoridagi talablarni hisobga olgan holda, amaldagi sanitar, yong‘in xavfsizligi va avtoulovlarga xizmat qilish korxonalarini loyihalash normalari talablarini bajargan holda amalga oshiriladi.
Garaj-to‘xtab turish joyi qurilmalarini davolovchi muassasa, bolalarning maktabgacha, maktab va ijtimoiy muassasalari, hamda o‘rta maxsus o‘quv yurtlari-akademik litsey va kasb-hunar kollejlari binolarining yerto‘la yoki sokol qavatlariga joylashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Yong‘in xavfsizligi
2.20. Jamoat binolari va inshootlari va ulardagi insonlarning yong‘indan xavfsizligi, SHNQ 2.01.02 talablariga mos, bino va inshootlarning faoliyati yo‘nalishi bo‘yicha yong‘in xavfi klassifikatsiyasiga asosan ta’minlanishi darkor (majburiy 1-ilovaga qarang). Yong‘in haqida va boshqa favqulodda sharoitlarni ma’lum qilish muhandislik tizimlari SHNQ 2.04.09 talablariga mos nazarda tutilishi shart.
Binolarning olovbardoshlik darajasi va qavatiga bog‘liq 1-tipli REI 150 yong‘inga qarshi devor oralig‘idagi qavat maydoni 2-jadval ko‘rsatkichlariga asosan qabul qilinishi kerak (savdo va maishiy xizmat korxonalaridan tashqari); maishiy xizmat korxonalari uchun ko‘rsatkichlar 3-jadval bo‘yicha qabul qilinadi; savdo korxonalari uchun 4-jadval bo‘yicha qabul qilinadi.

2-jadval

Olovbardoshlik darajasi

Binoning konstruktiv yong‘in xavfliligi klassi

Qavatlarning yuqori chegaraviy soni

Qavatlar hisobi bo‘yicha yong‘inga qarshi devorlar oralig‘idagi ruxsat etilgan qavat maydoni, m2

1-q.

2-q.

3 — 5-q.

6 — 9-q.

10 — 16-q.

I

II

II

III

III

IV

IV

IV

SO

SO

S1

SO

S1

SO

S1

S2, S3

16

16

9

5

4

2

2

2

6000

6000

5000

3000

2000

2000

2000

1200

5000

4000

3000

2000

1400

1400

1400

800

5000

4000

2000

1200

800

-

-

-

5000

4000

1200

-

-

-

-

-

2500

2200

-*

-

-

-

-

-

* Jadvaldagi chiziqcha ma’nosi — ushbu olovbardoshlik darajasidagi bino ko‘rsatilgan qavat soniga ega bo‘la olmaydi.
Eslatma: 1. Ushbu jadvalda keltirilgandan farqli, ko‘rsatkichlarning boshqa birikmalarida qavat maydoni va balandligini ushbu toifadagi binolar uchun eng kam miqdorlilari bo‘yicha qabul qilish darkor.
2. Olovbardoshlik darajasi I va II bo‘lgan avtomat o‘t o‘chirgich uskunasi bor binolarda yong‘inga qarshi devorlar oralig‘i maydonini, ikki baravardan oshmaslik sharti bilan, oshirilishiga ruxsat etiladi.
Tutash qavatlar qoplamasida ochiq tuynuklar bo‘lsa qavatlar maydonlari yig‘indisi 2-jadvaldagi maydon miqdoridan oshmasligi shart.
3. Ikki qavatlik olovbardoshlik IV darajasidagi binolarda yuk ko‘taruvchi konstruksiyalar elementlarining olovbardoshlik me’yori R 45 dan kam bo‘lmasligi kerak.
4. Bir qavatli, maydoni bo‘yicha bino maydonining 15 % kam ikki qavatlik qismi bor, binolarning yong‘inga qarshi devorlari oralig‘i maydoni bir qavatlik binolar maydonidek qabul qilinadi.
5. Bino old qismiga qurilgan soyabon, peshayvon, tim, hamda alohida yong‘inga qarshi devorlar bilan ajratilgan bino va inshootlarning xizmat va boshqa xonalarining olovbardoshlik darajasi asosiy binoning olovbardoshlik darajasidan bir pog‘ona past qilib qabul qilinishiga yo‘l qo‘yiladi.
6. Vokzal binolarida yong‘inga qarshi devorlar o‘rniga, 0.5 m masofada joylashgan ikki ipli va 1 m to‘siq uzinligiga 1l/s dan kam bo‘lmagan suv quyilishi jadalligini ta’minlab beruvchi, osma suv-drencher to‘siqlari qurilmasi nazarda tutilishiga ruxsat etiladi (ishlash vaqti 1 soatdan kam bo‘lmagan).
7. Yong‘inga qarshi I darajali aerovokzal binolarida yong‘inga qarshi devorlar oralig‘i maydoni 10000 m² oshirilishi mumkin, agarda yerto‘la yoki sokol qavatlarda yonuvchi ashyolar saqlanadigan omborxona, omborcha va boshqa xonalar joylashmagan bo‘lsa (xodimlarning kiyim-kechagi va yuki kameralaridan tashqari). Bu xolda yerto‘lada yoki sokol qavatida joylashgan hojatxonalari bilan 1-qavat aloqasi ochiq zinapoyalar orqali, xodimlarning kiyim-kechak va yuk kameralari esa alohida yopiq zinapoyalar orqali amalga oshiriladi. Yorto‘ladagi saqlash kameralarini (avtomat bo‘limchalar bilan jihozlanmaganlaridan tashqari) va kiyim-kechak xonalarini boshqa xonalardan I tipli E1 45 yong‘inga qarshi peregorodkalar va avtomat yong‘ino‘chirgich qurilmalari bilan, komanda-dispetcher punktlari esa yong‘inga qarshi peregorodkalar bilan ajratilishi kerak.
8. Avtomat yong‘in o‘chirgich qurilmalari bilan jihozlangan aerovokzal binolarida yong‘inga qarshi devorlar oraliq maydoni chegaralanmaydi.
9. Agarda loyihalashda 2-jadvaldagi chegaralangan maydonlar qiymatidan katta gabaritli xonalar va zallar, shu qatori tomoshagox, sport-ko‘rsatuv, ko‘rgazma, sport manejlari, yopiq suv havzalar va sirpanchiq uchiladigan zallar (tomoshabinlar bo‘lsa-bo‘lmasa), yopiq o‘q otuvchi zonali tir zallar va shunga o‘xshash boshqa xonalar qiymati katta bo‘lsa yong‘inga qarshi devorlar ushbu xonalar bilan yondosh xonalar orasiga qo‘yiladi. Dahliz va foye xonalarida maydon o‘sha jadvaldagi chegara qiymatdan katta bo‘lsa yong‘inga qarshi devorlar o‘rniga yong‘inga qarshi 2-tipli YEI 15 bo‘lgan shaffof oynali peregorodkalar qo‘yiladi.

3-jadval

Binoning olovbardoshlik darajasi

Konstruktiv yong‘in xavfi klassi

Qavatlarning eng katta soni

Qavatlik bo‘yicha yong‘inga qarshi devorlar oralig‘i qavat maydoni, m2.

I, II

SO, S1

5

3500

II

S1

5

2500

III

SO

2

2000

III

S1

2

1000

IV

S2; SZ

1

500

Eslatma: olovbardoshlik darajasi I va II bo‘lgan avtomat o‘t o‘chirgich uskunasi bor binolarda yong‘inga qarshi devorlar oralig‘i maydonini ikki baravar oshirish mumkin.

4-jadval

Binoning olovbardoshlik darajasi

Qavatlarning eng katta soni

Yong‘inga qarshi devorlar oralig‘i qavat maydoni, m2.

Bir qavatlik

Ikki qavatlik

3 — 5 qavatlik

I, II

5

3500

3000

2500

III

2

2000

1000

-

IV

1

500

-

-

Eslatma: 1. III olovbardoshlilik darajali oziq-ovqat va “Supermarket” yoki “Universam” tipidagi magazinlardagi yong‘inga qarshi 1 tipli REI 150 devorlarining oralig‘i qavat maydonini, savdo zalini boshqa xonalardan 2-tipli REI 45 yong‘inga qarshi devorlar bilan ajratgan holda, ikki baravarga oshirishga ruxsat etiladi.
2. Olovbardoshlik darajasi I va II bo‘lgan avtomat o‘t o‘chirgich uskunasi bor binolarda yong‘inga qarshi devorlar oralig‘i maydonini, ikki baravardan oshmaslik sharti bilan, oshirishga ruxsat etiladi.
3. Olovbardoshlik darajasi I va II bo‘lgan magazinlarning omborxonasi, xizmat, maishiy va texnik xonalari yuqori qavatlarda joylashtirilgan hollarda bino balandligini bir qavatga oshirish mumkin.
2.21. Binolar (korpuslar) oralig‘idagi o‘tish yo‘laklari to‘suvchi konstruksiyalarining olovbardoshligi chegaralari asosiy bino (korpus) nikiga mos bo‘lishi shart.
Yer osti piyoda va kommunikatsiya tunnelari KO yong‘in xavfi klassiga ega bo‘lishi shart. Bino devorlarining o‘tish joyi, tunnellarga qo‘shiladigan joyidagi yong‘in xavfi klassi KO, olovardoshlik chegarasi REI 120 bo‘lishi kerak. Ushbu devorlardagi o‘tish joyiga va tunnellarga o‘tuvchi eshiklar yong‘inga qarshi 2-tipli EI 30 bo‘lishi darkor.
Foydalanishdagi tom usti qoplamasi, tom usti va ochiq terrassa, balkon, zinapoya tashqi to‘siqlari NG guruhi ashyolaridan nazarda tutilishi zarur.
2.22. I, II va III olovbardoshlik darajasidagi binolarda yuk ko‘taruvchi elementlarning talab qilinadigan olovbardoshlik chegarasini ta’minlash uchun konstruktiv yong‘indan himoyalanuvni qo‘llash kerak: betonlash, suvoqlash, yuz qismini qoplash, qoplama, yong‘indan himoyalovchi tarkiblar, bo‘yoqlar, chaplov va boshqalar.
2.23. Boloxonali binolar uchun bino balandligini aniqlashda boloxona qavati ham hisobga olinadi (SHNQ 2.01.02 talablarini hisobga olgan holda).
I, II, III olovbardoshlik darajasidagi binolarda boloxona qavati uchun nolli yong‘in tarqalishidagi REI 45 dan kam bo‘lmagan olovbardoshlik chegarasidagi yuk ko‘taruvchi qurilish konstruksiyalari qabul qilinishiga ruxsat etiladi, yong‘inga qarshi, pastki qavatni yopib turadigan, qoplama esa 2-tipli REI 60 bo‘lishi zarur. Bunda boloxona qavati, bino qavatlari soni qandayligidan qat’iy nazar, yong‘inga qarshi 2-tipli REI 45 bo‘lgan devorlari bor, bo‘linmalarga ajratilishi kerak, ushbu yong‘inga qarshi devorlar oralig‘i maydoni: I va II olovbardoshlik darajasidagi binolar uchun — 2000 m2 dan oshmasligi, III olovbardoshlik darajasidagi binolar uchun — 1400 m2 dan oshmasligi kerak. Agar boloxona qavatida avtomat yong‘in o‘chirgich qurilmasi bo‘lsa ushbu maydon oshirilishi mumkin, lekin 1.2 baravardan ko‘pga emas.
2.24. Yerto‘la va sokol qavatlarining ustki qoplamasi REI 60 dan kam bo‘lmagan olovbardoshlik chegarasida bo‘lishi kerak.
Binoning yerto‘la va sokol qavatlari EI 45 dan kam bo‘lmagan olovbardoshlik chegarasida yong‘inga qarshi devor yoki peregorodkalar bilan bo‘lingan bo‘lishi kerak. Bo‘lingan qism maydoni 700 m2 dan katta bo‘lmasligi, avtomat yong‘ino‘chirgich bilan jihozlangan yerto‘lalarda esa 900 m2 dan oshmasligi darkor.
Poli 0.5 m dan oshgan chuqurlikdagi yerto‘la va sokol qavatlarining har bir bo‘lingan qismida ikkitadan kam bo‘lmagan avariya holati uchun tashqi tuynuklar — kichik xandaq qurilmasi o‘rnatilgan o‘lchami 0,75x1,5 m dan kam bo‘lmagan deraza (chiqish) lar nazarda tutilishi zarur.
Yerto‘la va sokol qavatlarida mexanik uzatmali tutunyo‘qotgich qurilmasi bor bo‘lsada, bu avariya holati uchun har bir bo‘lingan qismga tuynuk qilinishini bekor qilolmaydi (fuqaro himoyasi tashkilotlarining topshiriqlarida ta’kidlaganlari mustasno).
SHNQ 2.01.02 ga mos holda, texnik yerpolostida muhandislik tarmog‘i o‘tkazilgan bo‘lsa avariya holati uchun tashqariga chiqadigan xandaq qurilmasi bor eshik, deraza (yoki lyuklar) bo‘lishi shart.
2.25. Auditoriya, majlislar, konferensiyalar va tomoshabinlar zallarini 5-jadval ko‘rsatkichlariga mos holda qavatlarga joylashtirish zarur. O‘qitishga mo‘ljallangan binolarning majlislar zallari, ma’ruza auditoriyalarini ikkinchi qavatdan balandlikda bo‘lmagan qavatlarga joylashtirish shart. Majlislar zallari, ma’ruza auditoriyalari tepa qoplamasi yong‘inga qarshiligi 2-tipli REI 60 bo‘lishi kerak.
Polida nishablik yoki zinasimonliligi bor auditoriya yoki zallar joylashtirilishining yuqori chegaraviy qavatini aniqlashda pol sathining otmetkasi birinchi qatordagi o‘rindiqlar sathi bo‘yicha qabul qilinadi.

5-jadval

Binoning olovbardoshlik darajasi

Konstruktiv yong‘in xavfi klassi

Zalda o‘rindiqlar soni

Joylashtirilishining yuqori chegaraviy qavati

I,II

SO, S1

SO, S1

SO, S1

do 300

sv.300 do 600

sv. 600

9

5

3

III

III

III

III

IV

SO

SO

S1

S2

S2-SZ

do 300

sv. 300 do 600

do 500

“ 300

“ 100

3

2

1

1

1

2.26. Tarkibida joylashtirilishi bo‘yicha 50 nafardan ortiq bolalar bog‘chasi va boshlang‘ich sinflar maktabi bor uyushgan o‘quv-tarbiya binolarida hamda joylashtirilishi bo‘yicha 25 nafardan ko‘p, lekin 50 nafardan kam bolalar bog‘chasining xonalari maktab xonalaridan (xodimlar turar-joy xonalaridan ham) olovbardoshligi EI 45 dan kam bo‘lmagan yong‘inga qarshi devor yoki peregorodkalar va olovbardoshligi chegarasi REI 60 dan kam bo‘lmagan tepaqoplamalar bilan ajratilgan bo‘lishi kerak; bolalar bog‘chasi va maktab xonalaridan evakuatsiya yo‘laklari ushbu loyihalash normalarining 2.131 va 2.132 bandlari bo‘yicha qabul qilinadi.
Uyushgan o‘quv-tarbiya binolarining olovbardoshligi darajasi 2.29 bandi talablari bo‘yicha o‘rnatiladi, bunda yong‘inga qarshi devor bilan ajratilgan bolalar maktabgacha muassasalari va umumta’lim maktablarida binoning har bir qismidagi o‘rinlar hisobga olinadi.
O‘quv-tarbiya muassasasi binosining old qismiga quriladigan turar-joy blokining (xodimlar uchun) olovbardoshlik darajasi asosiy binoning olovbardoshlik darajasidan kam bo‘lmasligi shart.
2.27. Bolalar muassasasining sayl qilishga mo‘ljallab qurilgan old ayvon yoki terras qismi olovbardoshlik darajasi asosiy binonikidek bo‘lishi kerak.
2.28. Bolalar maktabgacha muassasasining devorlari, panelli devorlari uchun qo‘llaniladigan issiqlik ushlovchi ashyolar sifatida noorganik ashyolar qo‘llanilishi kerak; polimer issiqlik ushlovchi ashyolar qo‘llanilganida ular 50 mm qalinlikdagi monolit beton himoya qavati bilan qoplanishi zarur.
2.29. Bolalar maktabgacha muassasasining binosi barcha tiplari (sog‘lomlantirish va maxsuslashtirilganlari bilan), umumta’lim maktablar va maktab-internatlar, maktab qoshidagi internatlar, maxsuslashgan maktab-internatlar va maishiy bolalar muassasalari (bolalar uyi, yosh bolalar uyi), akademlitseylar, kasb-hunar kollejlari, maktabdan tashqari muassasalarning olovbardoshlik darajasi II dan kam bo‘lmasligi shart, ruxsat etilgan qavatliligi 1-jadvalda ko‘rsatilgan.
Bir qavatli 100 o‘ringacha bolalar maktabgacha muassasalar va 630 o‘rindan ko‘p bo‘lmagan ikki qavatli maktablar uchun olovbardoshlik darajasi III bo‘lgan binolarni loyihalashga ruxsat etiladi; Qishloq turar-joy hududlarida bir qavatli, sig‘diraolishlik miqdori 200 o‘quvchigacha bo‘lgan maktablar uchun olovbardoshlik darajasi — IV.
Eslatma: Bolalarning jismoniy va aqliy rivojlanishida nuqsonlari bor maxsuslashtirilgan maktabgacha muassasalar va maxsuslashtirilgan maktab-internatlar (“tiklantiruvchi” tipdagi muassasalar deb ham aytiladi) SHNQ 2.08.07 ning talablarini hisobga olgan holda loyihalanishi shart.
2.30. Normalangan qavatlik chegarasida o‘quv binolariga qo‘shimcha ustki qavat, shu qatori boloxona qavati qurish binoning texnik holatini hisobga olgan holda ruxsat etiladi. Qo‘shimcha tarzda qurilgan boloxona qavatida o‘quv xonalari, hamda maktab internatlarining yotoq xonalarini joylashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
2.31. O‘quv-tarbiya va o‘qitish yo‘nalishidagi binolarda yerto‘la va boloxona qavatlarining, mos ravishda, tepa va pastki qavat qoplamalari, hamda zal xonalarining pastki qavat qoplamasining yong‘inga qarshi olovbardoshlik chegarasi REI 60 bo‘lishi shart.
2.32. Bir bino tarkibidagi internat-maktabning yotoq (turar-joy) bloki yoki maxsuslashtirilgan internat-maktablarda o‘quv turar-joy seksiyasi maktab-internatning boshqa xonalaridan 2-tipli REI 45 bo‘lgan yong‘inga qarshi devorlar yoki 1-tipli EI 45 bo‘lgan peregorodkalar bilan ajratish lozim.
2.33. Bolalar maktabgacha muassasalari, maktablar va internat-maktablarning hamma tiplari binolarida, internat va bolalar ijtimoiy muassasalari, bolalar maktabdan tashqari sog‘lomlashtirish muassasalari va sanatoriyalari binolarida, akadem litsey va kasb-hunar kollejlari binolarida sauna (quruq parli hammom) joylashtirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
2.34. Oliy o‘quv yurti binolari olovbardoshlikning II darajasidan kam bo‘lmasligi shart. O‘quv-laboratoriya korpuslari 4 qavatdan yuqori bo‘lmagan holda loyihalanishi lozim. Rektorat ma’muriy binolarini 9 qavatgacha loyihalashga ruxsat etiladi.
2.35. Davolov va ambulatoriya-poliklinika muassasalari, dispanserlar, barcha tipli kasalxona-statsionarlarni olovbardoshlik II darajasidan kam bo‘lmagan va 3 qavatdan yuqori bo‘lmagan qilib loyihalash shart (maxsuslashtirilgan muassasalar uchun qavatlik loyiha topshirig‘iga asosan o‘rnatiladi).
Bolalar uchun kasalxonalarning palata bo‘limlarining joylashtirilishi 2-qavatdan balandda bo‘lmasligi kerak.
Qishloq aholi punktlari uchun III olovbardoshlik darajasidagi ambulatoriya-poliklinikalarga mo‘ljallangan binolar loyihalanishi mumkin.
2.36. Ambulatoriya-poliklinikalar muassasalarining davolashga mo‘ljallangan xonalari, hamda dori ishlab chiqaruvchi aptekalar (medpunkt, hamda tayyor dori savdosi bilan shug‘ullanuvchi aptekalar xonalari bundan mustasno) boshqa yo‘nalishga mo‘ljallangan binolarda joylashtirilsa 1-tipli REI 150 bo‘lgan yong‘inga qarshi devorlar bilan boshqa xonalardan ajratilib ulardan tashqariga alohida chiqadigan joy nazarda tutilishi darkor.
2.37. Sanatoriyalar, sanatoriya — profilaktoriyalar, kurortdagi mehmonxonalar va pansionatlarning binolari olovbardoshlik darajasi II kam bo‘lmasligi shart. Olovbardoshlik darajasi II bo‘lgan kattalar uchun sanatoriyalarning turar-joy (yotoq) korpuslari 5 qavatdan yuqori, sig‘diraolishlik miqdori 500 o‘rindan ko‘p, bolalar sanatoriyasining yotoq korpuslari 3 qavatdan yuqori, sig‘diraolishlik miqdori 300 o‘rindan ko‘p bo‘lmasliklari zarur.
Yong‘inbardoshlik darajasi I va II bo‘lgan kurort mehmonxonalari binosini 9 qavat balandlikkacha va sig‘diraolishlik miqdori 1000 o‘rinligacha loyihalash mumkin.
Pansionatlarning — dam olish uylari, yil davomida faoliyat ko‘rsatadigan turistik bazalar — turar-joy korpuslari olovbardoshlik darajasi II va sig‘diraolishlik miqdori 500 o‘ringacha 5 qavatdan baland bo‘lmagan holda nazarda tutilishini lozim.
Sig‘diraolishlik miqdori 150 o‘rindan ko‘p bo‘lmagan kattalar uchun 2 qavatlik sanatoriya va dam olish muassasalarining konstruksiyalarini olovbardoshlik darajasi III qilib qo‘llashga ruxsat etiladi. Sig‘diraolishlik miqdori 50 o‘rindan ko‘p bo‘lmagan bir qavatlik dam olish muassasasi va turizm korpuslari uchun olovbardoshlik darajasi IV qilib qo‘llashga ruxsat etiladi.
Mavsumiy faoliyat olib boradigan dam olish muassasalarining binolari — dam olish bazalari, turistik bazalar, baliq ovlovchilar va ov qiluvchilar bazalari va shu kabi boshqalar bir-ikki qavatlik qilib loyihalanishi shart.
2.38. Sanatoriyalarning, dam olish va turizm muassasalarining binolari yotoq xonalari xizmat ko‘rsatishga, davolash, madaniy-ommaviy va ma’muriy-xo‘jalikka belgilangan xonalardan REI 150 bo‘lgan yong‘inga qarshi devorlar bilan ajratilishi lozim.
Yozgi xonalar — yopiq ayvon va balkonlar tutun bo‘lmaydigan yong‘indan bexavotir zonalar sifatida foydalaniladi.
Bolali oilalar uchun yotoq xonalarni 3-qavatdan yuqori bo‘lmagan alohida evakuatsiya uchun zinapoya katagi bo‘lgan alohida seksiya yoki bloklarga joylashtirish shart.
Bolalar sanatoriyasining yotoq korpuslarida yotoq xonasi oldiga yozgi xonalarni joylashtirmaslik kerak; yozgi xonalar umumiy tipli bo‘lib, xollar yoki mehmonxonalar oldiga joylashtiriladi.
2.39. Mavsumdan tashqari bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlarining binolaridan kattalarning dam olish bazasi sifatida foydalaniladigan bo‘lsa ularni loyihalashda olovbardoshlik darajasi III dan kam va 2 qavatdan yuqori bo‘lmasliklari shart. Yotoq xonalari alohida korpuslarga (yoki alohida bloklarga) joylashtirilishi kerak. 2 qavatli yotoq korpuslarining (bloklarining) olovbardoshlik darajasi II lik bo‘lganda sig‘diraolishlik miqdori 150 o‘rindan ko‘p bo‘lmasligi shart; III darajalik bo‘lganda — 100 o‘rindan oshmaslik kerak. Yotoq xonalari 30 — 35 o‘rinlik qilib, tashqariga evakuatsiya chiqish joylari ta’minlangan holda, turar-joy blok-seksiyalariga guruhlanishi shart. Blok-setsiyalar 2-tipli REI 45 yong‘inga qarshi devorlar yoki 1-tipli EI 45 peregorodkalar bilan ajratilishi zarur.
Bolalar yotoq xonalari qoshida yozgi xonalar nazarda tutilmaydi.
Yozgi sog‘lomlantirish oromgohlarining yotoq pavilonlarini olovbardoshlik darajasi IV bir qavatlik qilib loyihalanishiga ruxsat etiladi; har bir pavilon sig‘diraolishlik miqdori, qoida bo‘yicha, 50 o‘rindan oshmasligi shart.
2.40. Yopiq sport inshootlarining olovbardoshlik darajasi, qoida bo‘yicha, II dan kam bo‘lmasligi kerak.
Ikkinchi qavatda faqat yordamchi xonalarni joylashtirib olovbardoshlik darajasi III bir va ikki qavatlik korpuslar loyihalanishi mumkin. Har qanday holatda yordamchi xonalar zal xonalaridan 1-tipli REI 150 yong‘inga qarshi devorlar bilan ajratilishi shart.
2.41. Olovbardoshlik darajasi I va II bo‘lgan, tomoshabinlar o‘rinlari bor sport korpuslarining tomoshabinlar uchun ko‘chmas va vaqtinchalik o‘rindiqlarining sig‘diraolishlik miqdorlari yig‘indisi (zalning qiyofasini o‘zgartirilishligi bilan) chegaralanmaydi; olovbardoshlik darajasi III bir qavatlik korpuslarda tomoshabinlarning o‘rindiqlari yig‘indisi 600 dan oshmasligi zarur.
2.42. Sig‘diraolishlik miqdori 300 tomoshabindan ortiq yopiq sport inshootlarining ko‘chmas tribunalari yuk ko‘taruvchi konstruksiyalari yonmas ashyolardan bajarilishi shart. Tribunalarning yuk ko‘taruvchi konstruksiyalari olovbardoshlik darajasi R 45 dan kam bo‘lmasligi kerak. Sig‘diraolishlik miqdori 300 tomoshabindan kam tribunalarning ko‘chmas konstruksiyalari G1 dan yuqori bo‘lmagan yonuvchi ashyolardan qabul qilinishi mumkin. O‘zgartiriladigan tribunalarning, jumladan surilma, sig‘diraolishlik miqdoridan qat’iy nazar olovbardoshlik darajasi R 45 dan kam bo‘lmasligi shart.
Keltirilgan talablar tomosha zalining — arenaning poli ustiga qo‘yiladigan vaqtinchalik tomoshabinlar o‘rindiqlariga tatbiq etilmaydi. Yopiq sport inshoatlarida tomoshabinlar o‘tirishi uchun vaqtinchalik o‘rindiqlarning ag‘anab ketish yoki surilish holatlari yo‘qotilishi shart.
Har qanday sig‘diraolishlik miqdoridagi ochiq va yopiq sport inshootlarining tribunalaridagi o‘tirgichlarini G1, G2 guruhidagi yonuvchan ashyolardan bajarilishiga ruxsat etiladi, lekin yonishida zaharli moddalar ajralib chiqarmaydiganlari; ashyolar T1 guruhiga (kategoriyasiga) taalluqli bo‘lishi shart.
Sport-tomosha zallarida estrada qismining yog‘och poli qoplamasiga himoya tarkibli ishlov berish yo‘li bilan yonuvchanlikni G1 yoki G2 guruhiga yetkazish kerak.
2.43. Har qanday sig‘diraolishlik miqdoridagi ochiq sport va tomosha inshootlarining tribuna osti qismiga yordamchi xonalar ikki va undan ortiq qavatlarda joylashtirilsa tribunaning olovbardoshlik darajasi II dan kam bo‘lmasligi darkor, bir qavatlik qilib joylashtirilganda esa olovbardoshlik darajasi III bo‘lishiga ruxsat etiladi.
Ochiq sport va tomosha inshootlarining tribunalari qatorlari soni 20 dan ortiq bo‘lganda tribuna osti qismi foydalanilmasa yuk ko‘taruvchi konstruksiyalari yonmas ashyolardan olovbardoshlik darajasi REI 45 dan kam bo‘lmagan holda bajarilishi shart.
Qatorlar soni 20 dan kam bo‘lgan holda osti foydalanilmaydigan ochiq tribunalar uchun olovbardoshlik darajasi IV bo‘lishi nazarda tutilishiga ruxsat etiladi.
2.44. Yopiq va ochiq sport inshootlarining tribunalari ostidagi xonalar tribunadan yong‘inga qarshi to‘siqlar — olovbardoshlik darajasi REI 45 dan kam bo‘lmagan qoplamalar, o‘zaro olovbardoshlik darajasi 1-tipli EI 45 dan kam bo‘lmagan peregorodkalar bilan ajratilishi shart, bunda peregorodkalardagi eshiklar o‘zi zich yopilib qoluvchan bo‘lishi kerak (yonuvchan ashyolardan ruxsat etiladi).
Tribunalar ostida tir uchun o‘q-dorilar omborxonasini, hamda yonuvchan ashyolarning omborxonalarini joylashtirish taqiqlanadi (inventar va tomoshabinlar o‘rindiqlari omborxonalaridan tashqari).
Ochiq va yopiq sport inshootlarining tribuna ostiga o‘q otadigan tir joylashtirilishi mumkin, bunda qurol-yarog‘ saqlash xonasi va qurol-yarog‘ ustaxonalarini boshqa xonalardan yong‘inga qarshi 2-tipli REI 45 devorlar va 3-tipli REI 45 bo‘lgan tepa qoplamalar bilan ajratilishi shart.
2.45. Tomoshbinlar zali bor madaniy-tomosha binolari 6-jadval ko‘rsatkichlariga mos ravishda loyihalanishi kerak. Ikki va undan ortiq tomoshabinlar zali bor madaniy-tomosha binolari olovbardoshlik darajasi II dan kam bo‘lmasligi darkor.
III va IV olovbardoshlik darajalaridagi binolarning qo‘llanilishi qishloq joylardagi klub muassasalari uchun ruxsat etiladi.
Olovbardoshlik darajasi II bo‘lgan yozgi kinokonsert zallarida tomoshabinlarning o‘rinlari soni normalanmaydi, olovbardoshlik darajasi III bo‘lgan holatda o‘rinlarning soni 800 dan ko‘p bo‘lmasligi shart.

6-jadval

Binolar, inshootlar

Olovbardoshlik darajasi

Qavatlilikning yuqori soni

Zalning eng katta sig‘diraolishlik miqdori, o‘rinlar

Yil davomida faoliyat ko‘rsatuvchi kinoteatrlar

I, II

III

normalanmaydi

2

600 va ko‘proq

500

Klublar

I, II

III

IV

normalanmaydi

2 (zal — 1)

1

600 va ko‘proq

500

200

Teatrlar

I, II

normalanmaydi

normalanmaydi

Eslatma: 1. Olovbardoshlik darajasi III bo‘lgan binolarda, olovbardoshlik va olov tarqalishi chegaralari olovbardoshlik darajasi II bo‘lgan binolar uchun talab qilinadigan, yog‘och konstruksiyali tepa qoplama, devorlar, ustunlar, zinapoyalar va qavatlar ora qoplamalari bor, 1-qavatga joylashtiriladigan tomoshabinlar zalining sig‘diraolishlik miqdori 600 o‘rindan ko‘p bo‘lmasligi shart.
2. Yil davomida faoliyat ko‘rsatadigan kinoteatrga ochiq maydonli mavsumiy faoliyat ko‘rsatadigan qismi blokirovka qilib qurilganda (olovbardoshlik darajalari farqli) ular orasiga yong‘inga qarshi 2-tipli REI 45 bo‘lgan devor qilinishi darkor.
2.46. Tomoshagoh binolarda tomoshabinlar zalini va foyeni 2-qavatga joylashtirilsa ostki qavatlararo qoplama yong‘inga qarshi 2-tipli REI 60 bo‘lishi kerak. Olovbardoshlik darajasi III va IV lik yerto‘la va sokol qavatlarining tepa qoplamasi yong‘inga qarshi 2-tipli REI 60 bo‘lishi shart.
2.47. Olovbardoshlik darajasi III bo‘lgan binolarda tomoshabinlar zalining tepasidagi bo‘g‘ot bo‘shlig‘i qolgan bo‘shliqlardan yong‘inga qarshi REI 45 devorlari yoki EI 45 bo‘lgan peregorodkalar bilan ajratilishi kerak.
2.48. Teatr, hamda sahnali (15x7,5 m; 18x9 m; 21x12 m va ko‘proq) klublarning sahna va tomoshabinlar zali tepa qoplamasi (fermalar, to‘sinlar, to‘shamalar va boshqa shunga o‘xshashlar) NG guruhidagi ashyolardan tayyorlanishi shart.
2.49. Ko‘rgazma majmualarining texnologik xizmat ko‘rsatish xonalari tomoshagoh qismidan olovbardoshlik chegaralari EI 45 dan va qavatlararo qoplamasi REI 45 dan kam bo‘lmagan yong‘inga qarshi to‘siqlar bilan ajratilishi zarur (sahna qavatlararo qoplamasi maydoni chegarasida joylashgan sahnani yorituvchi xonalardan tashqari).
2.50. Sahna plansheti yuk ko‘taruvchi elementlari NG guruhidagi ashyolardan bo‘lishi kerak. Ushbu elementlarga nastil sifatida yog‘och ashyosi qo‘llanilsa, shuningdek panjarali dor va ishchi galereyalarning nastillaridagisi uchun ham, olovdan himoya tarkiblar bilan yog‘ochga ishlov (shimdirish) berib, ular yonuvchanligi bo‘yicha G1 va G2 guruhlari tarkibiga keltirilishi kerak.
2.51. Tomoshabinlar zali balkonlari, amfiteatr va parter tepasida kerakli nishabni yoki zinasimon polni hosil qiladigan yonmas yuk ko‘taruvchi konstruksiyalarning ustiga quriladigan sinch NG guruhidagi ashyolardan bo‘lishi shart.
Ustqurilishi tepa bo‘shliqlari 100 m2 dan ortiq bo‘lmagan maydonli bo‘laklarga diafragmalar bilan ajratilgan bo‘lishi kerak; bo‘shliq 1.2 m dan yuqori bo‘lsa diafragmalarda kirib ko‘rish uchun joylar nazarda tutilishi kerak.
2.52. Tomoshabinlar zali tepasidagi osma shiplar sinchlari va sinchlarni to‘ldiruvchi ashyolar, sig‘diraolishlik miqdori 800 o‘rindan ko‘p sahnali klublar, teatr zallari, yopiq sport inshootlarining shipi va devorlari ust qoplamasining ushlovchi katak-katak o‘rnatiluvchi reykalari NG guruhidagi ashyolardan bajarilishi kerak; sig‘diraolishlik miqdori 800 dan kam o‘rinli bo‘lsa G1 guruhidagi ashyolar qo‘llanilishi mumkin.
Yoppasiga qilingan osma shiplardagi ovozkuchaytirgichlar, yoritgichlar va boshqa uskunalar uchun qoldirilgan teshiklar tepasi, olovbardoshlik darajasi EI 30 bo‘lgan, yonmas qopqoqlar bilan himoyalanishi shart.
2.53. Tomoshabinlar zallarining tepasida xonalar joylashtirilsa, qavatlararo qoplamaning yuk ko‘taruvchi konstruksiyalari (ferma, to‘sin va boshqalar) olovbardoshlik chegarasi REI 60 dan kam bo‘lmagan NG guruhidagi yonmaydigan ashyolardan bo‘lgan nastil bilan tepa va ostki qismlari himoyalanishi shart.
Tomoshabinlar zalining tepa qoplamasi gabaritida joylashgan sahnani yoritib turuvchi xonalar yong‘inga qarshi 1-tipli REI 45 bo‘lgan peregorodkali bo‘lishi kerak.
2.54. Tomoshabinlar zallarida yumshoq o‘rindiqlar, stullar, skameykalar yoki ulardan tarkib topgan bo‘g‘inlarning (12 o‘ringa mo‘ljallangan balkon va lojalardan tashqari) polga mahkamlanishi uchun moslamasi nazarda tutilishi zarur. Tomoshabinlar uchun arena-zal polida ko‘chuvchan o‘rindiqlar surilmasligi, ag‘anab ketmasligini oldini oladigan moslamalar nazarda tutilishi kerak.
2.55. Riproyeksion xonalaridan sahnaga yoki aryersahnasiga, agar kinoproyektor o‘rnatilgan bo‘lsa kinoproyeksion, apparat va yorug‘likproyeksion xonalaridan tomoshabin zallariga deraza va teshiklar olovbardoshlik chegarasi EI 15 dan kam bo‘lmagan shtor yoki qopqoqlar bilan himoyalangan bo‘lishi shart.
Dinamik proyeksiya uchun jihozlangan yorug‘likproyeksion xonasi deraza va teshiklari toblangan oyna bilan himoyalangan bo‘lishi kerak.
Cho‘g‘lanma lampali kinoproyektorlar bilan jihozlangan kinoproyeksion xonalarini, devorlari, peregorodkalari, qavatlararo qoplamalari va tepa qoplamalari qiyinyonuvchan ashyoli NG va G1 guruhidagi olovbardoshlik chegarasi REI 45 dan kam bo‘lmagan, olovbardoshligi IV darajali binolar old qurilmalarida joylashtirilishiga ruxsat etiladi.
2.56. Tomoshabinlar zali bilan chuqurlikdagi kolosnikali sahna orasiga 1-tipli REI 150 bo‘lgan yong‘inga qarshi devor (yoki maxsus yong‘inga qarshi qurilma) nazarda tutilishi kerak.
2.57. Sig‘diraolishlik miqdori 800 o‘rin va undan ko‘p bo‘lgan zallarda sahnaning qurilish portali eshik o‘rni olovbardoshlik chegarasi EI 60 (1 soat) dan kam bo‘lmagan yong‘inga qarshi darparda bilan himoyalangan bo‘lishi shart.
Darparda issiqlik himoyasi yonmaydigan zaharli moddalar chiqarmaydigan ashyolardan bo‘lishi kerak. Yong‘inga qarshi darpardalar qurilmasiga qo‘yilgan talablar 12-majburiy ilovada keltirilgan.
2.58. Yong‘inga qarshi devorlarda tryum va sahna plansheti sathida bo‘lgan eshik o‘rinlar, hamda tryum va sahnaga kolosnika zinapoyalaridan chiqadigan joylar (yong‘inga qarshi darparda bo‘lgani holda) 1-tipli tambur — shlyuzlar bilan himoyalanishi zarur.
2.59. Omborxonalar va omborchalar, ustaxonalar va stanok va hajmli dekoratsiyalarni yig‘uvchi xonalar, yong‘inga qarshi darpardalarning lebedkasi va tutun lyuklari xonalari, chang haydovchi kameralar, shamollatish kameralari, akkumulyator xonalari, transformator podstansiyalari 1-tipli REI 45 bo‘lgan yong‘inga qarshi peregorodkali, 3-tipli REI 45 bo‘lgan oraliq qoplamali, olovbardoshlik chegarasi EI 30 bo‘lgan eshikli bo‘lishi shart.
Ko‘rsatilib o‘tilgan xonalarni tomoshabinlar zali va sahna plansheti tag qismlariga joylashtirishga ruxsat etilmaydi, faqat o‘ralgan dekoratsiyalar seyflari, yong‘inga qarshi darpardalar lebyodkasi va tutun lyuklari, yog‘ to‘ldirilmagan ko‘tarib-tushirgich qurilmalari bundan mustasno.
Seyfning eshik o‘rni olovbardoshlik chegarasi EI 60 dan kam bo‘lmagan shitlar bilan himoyalanishi kerak.
Sahna tomonidan va karmonlardan dekoratsiya omborxonalarining eshik o‘rinlarida 1-tipli EI 60V bo‘lgan yong‘inga qarshi eshiklar (yoki darvozalar), kolesnika zinapoyalaridan esa 2-tipli EI 30 bo‘lgan eshiklar ko‘zda tutilishi shart.
2.60. Orkestr chuqurligidagi to‘suvchi konstruksiyalar yong‘inga qarshi bo‘lishi kerak (peregorodkalar — 2-tipli EI 15, oraliq tepa qoplamasi — 3-tipli REI 4).
Orkestr chuqurligida otdelka va pol nastili uchun qo‘llaniladigan yog‘ochga olovdan himoya tarkiblar bilan, 2.50 bandi talablarini hisobga olgan holda, ishlov berilishi kerak
2.61. Tutun lyukli sahnalar tepa qoplamasini o‘rnatishda 12-majburiy ilovada keltirilgan talablarni hisobga olish zarur.
Tutun lyuklari ustiga qurilmalar NG guruhidagi yonmas, klapanlari esa G1 guruhidagi qiyin yonuvchan ashyolardan bo‘lishi kerak. Ust qurilmalari tutun lyuklarini shamoldan saqlab turishni ta’minlashlari kerak.
2.62. Yong‘in post-dispetcherligi xonasini tabiiy yorug‘lik tushadigan qilib loyihalash kerak va sahna plansheti (estrada) sathida, yoki bir qavat pastda tashqariga chiqish yaqinida yoki tashqariga chiqaradigan zinapoya yaqinida joylashtirish kerak.
Yong‘in va xo‘jalik nasosi xonasini, avtomatik yong‘ino‘chirgich stansiyasini yonma-yon yoki yong‘in post-dispetcherligi xonasi ostiga joylashtirib, ular orasida qulay aloqani va tashqariga chiqishni ta’minlash kerak.
2.63. Teatr va klub asosiy binolarida ustaxona va boshqa ishlab-chiqarish xonalarini, hamda rezerv omborxonalarni joylashtirilishida ularni boshqa xonalardan olovbardoshlik chegarasi REI 150 bo‘lgan yong‘inga qarshi devorlar bilan ajratish shart.
2.64. Kutubxona va arxiv binolarini olovbardoshlik darajasi II dan kam bo‘lmagan 5 qavatdan oshmagan holda loyihalash kerak.
Kutubxonalarning kitoblar saqlanadigan va arxivlarning hujjatlar saqlanadigan xonalarini 600 m2 maydondan oshirmay yong‘inga qarshi peregorodkalari EI 45 bo‘lgan holda qismlarga bo‘lib, har bir qismdan ikkitadan kam bo‘lmagan evakuatsiya chiqishlari qoldirilishi kerak; chiqish eshiklari 2-tipli EI 30 bo‘lgan yong‘inga qarshi bo‘lishi kerak.
Nodir va noyob nashrlar saqlanadigan xonalar boshqa xonalardan olovbardoshlik chegarasi REI 150 bo‘lgan yong‘inga qarshi devor va oraliq tepa qoplamalari bilan ajratilishi shart.
2.65. Kutubxonalar, arxivlar, omborxonalar va 36 m2 dan oshiq maydonli omborchalarda derazalar bo‘lmasa xona pol maydonining 0.2 % idan kam bo‘lmagan maydonli so‘rib chiqaruvchi, har bir qavatda avtomat va masofadagi uzatmali klapanlari bor kanallar ko‘zda tutilishi zarur. Tutun chiqarib tashlovchi klapanlardan eng uzoq xona nuqtasigacha masofa 20 m dan oshmasligi kerak. So‘rib chiqaruvchi kanallar KMK 2.04.05 talablariga mos bo‘lishi shart.
2.66. Loyiha tashkilotlarining maket yasash ustaxonalari to‘suvchi konstruksiyalari olovbardoshlik chegarasi EI 60 dan kam bo‘lmagan yonmas ashyolardan bo‘lishi kerak.
Bo‘yash xonalari derazalari har bir 1 m3 xona hajmiga 0,03 m2 dan kam bo‘lmagan maydonli bo‘lishi lozim.
2.67. Boshqa vazifaga mo‘ljallangan binolarda joylashgan, savdo maydoni 100 m2 dan ko‘p do‘konlarni boshqa tashkilot va xonalardan yong‘inga qarshi 2-tipli REI 45 bo‘lgan devorlar va 2-tipli REI 60 bo‘lgan tepa oraqoplamalar bilan ajratish kerak.
Do‘konlarni boshqa vazifali binolarda joylashtirilganda, ko‘p funksiyali binolarda savdo zaliga umumiy dahlizdan kiraverish eshik o‘rinlarida o‘zi yopilib qoladigan eshiklar ko‘zda tutilishiga ruxsat etiladi, bunda alohida evakuatsiya chiqish joylari joylashtirilgan bo‘lishi kerak (umumiy dahlizdan chiqish joyini hisobga olmagan holda).
2.68. Tabiiy shamollanuvchi va yorug‘lik tushuvchi bo‘lmagan savdo zallari tutun chiqargich qurilmalari bilan ta’minlangan bo‘lishi shart.
2.69. Tez yonuvchan ashyolar, hamda yonuvchan suyuqliklar (yog‘lar, bo‘yoqlar, eritgichlar va shunga o‘xshashlar) bilan savdo qiluvchi do‘konlar bir qavatlik alohida joylashgan binolarga joylashtirilishi kerak. Bu binolarda boshqa do‘konlarni va maishiy xizmat tashkilotlarini, alohida kirish joylari tashkil etilishi va yong‘inga qarshi 1-tipli REI 15 bo‘lgan devor va 1-tipli REI 150 tepa oraliqqoplamalari bo‘lishi sharti bilan, joylashtirilishiga yo‘l qo‘yiladi.
2.70. Do‘konlarning savdo zallari yordamchi xonalardan yong‘inga qarshi peregorodkalar bilan ajratilishi, peregorodkalarning joylashuv o‘rni savdo zalini kelajakda katalashtirilishi hisobga olingan holda aniqlanishi darkor. Savdo zalini omborcha xonalaridan yong‘inga qarshi peregorodka bilan ajratmaslikka, agarda u yerda yonmas, upakovka qilinmagan tovarlar saqlansa, ruxsat etiladi.
2.71. Yonuvchan tovar va yonuvchan upkovkali tovarlar omborchalari, qoida bo‘yicha, binoning tashqi devoriga tutash qilib, ularni 250 m2 va oshiq maydonli savdo zallaridan yong‘inga qarshi 1-tipli EI 45 peregorodkalar bilan ajratgan holda joylashtiriladi.
Omborcha xonalar 700 m2 maydondan oshmagan qismlarga ajratilishi zarur, qismlar orasida to‘rsimon yoki shipga yetkazilmagan EI 15 li peregorodkalar bilan ajratilishi mumkin; bu holda tutun chiqargich butun hamma qismga ko‘zda tutiladi. Qismlararo peregorodkalar 1-tipli EI 45, yong‘in xavfi konstruksiya klassi KO bo‘lishi kerak.
Maydoni 50 m2 dan ko‘p bo‘lgan omborchalar xonasidan tutun chiqargich deraza yoki maxsus shaxtalar orqali amalga oshirilishi nazarda tutiladi.
Maydoni 50 m2 dan kam bo‘lgan, yo‘lakka chiqish joyi bor, omborchalar xonasidan tutun chiqargich yo‘lakda joylashgan deraza orqali amalga oshirishga ruxsat etiladi. Yuk tushuruvchi xonalarga tutash, eshik yoki derazasi bilan bog‘langan, omborcha xonalaridan tutun chiqargich ko‘zda tutilishi talab etilmaydi.
2.72. Yong‘in va portlash xavfi bor ashyolar, hamda rentgen plyonkalari va boshqa tez yonuvchan ashyolar (suyuqliklar) saqlanishi uchun olovbardoshlik darajasi II dan kam bo‘lmagan alohida binolar ko‘zda tutilishi shart.
Tez yonuvchan ashyolar va yonuvchan suyuqliklar saqlanadigan tovarlar omborchalari derazasi bor tashqi devorlarga tutash va boshqa xonalardan 1-tipli olovbardoshlik chegarasi EI 45 bo‘lgan yong‘inga qarshi peregorodkalar va 3-tipli REI 45 bo‘lgan tepa oraqoplamalari bilan ajratilgan, u yerga kirish tambur-shlyuz orqali bo‘lishi nazarda tutilgan bo‘lishi kerak.
2.73. Yonuvchan ashyolarni saqlash uchun foydalaniladigan ikki va undan ko‘p qavatli yerto‘la bo‘limlarining har bir seksiya yoki qismlarida, hamda 50 m2 dan ko‘p maydonli alohida xonalarida old xandaqli deraza yoki o‘zaro qavatlarda bog‘lanmagan tutun chiqargich shaxtalar (shaxta o‘lchamlari hisob bo‘yicha) o‘rnatilishi zarur.
Tutun chiqargich shaxtalarini yoki har xil qavatlarning old xandagi konstruksiyalarini blokirovka qilib o‘rnatilsa, yondosh shaxtalarning peregorodkalari EI 60 (1 soat) dan kam bo‘lmagan olovbardoshlik chegarali bo‘lishi shart.
2.74. Sokol va yerto‘la qavatlarda joylashtirilgan madaniy-maishiy yo‘nalishga mo‘ljallangan barcha xonalar (jumladan ovqatlanish va savdo, madaniy dam olish va jismoniy tarbiya — mashq qilish bilan shug‘ullanuvchi korxonalar xonalari va boshqalar) old xandaqli derazalari (ushbu normalarning 2.24 bandiga asosan) va mustaqil blokdan tashqariga chiquvchi joylari bo‘lishi shart.
2.75. Savdo markazlari yoki boshqa yo‘nalishga mo‘ljallangan jamoat binolari tarkibida joylashtirilgan maydoni 200 m2 dan ko‘p maishiy xizmat ko‘rsatuvchi korxonalarni boshqa xonalardan 2-tipli REI 45 yong‘inga qarshi devorlar va 2-tipli REI 60 tepa oraqoplamalar bilan ajratish shart.
Maishiy xizmat korxonalarining boshqa muassasalar bilan birlashmasi bo‘lgan holatlarda umumiy dahliz yoki mijozlar uchun kutish joyi hududchalari ko‘zda tutilishiga ruxsat etiladi, bunda asosiy xonalarga kirish eshiklari o‘zi yopiluvchan bo‘lishi shart.
Tez yonuvchan moddalar qo‘llovchi maishiy xizmat korxonalarini (sartaroshxona, go‘zallik uylari, maydoni 300 m2 gacha bo‘lgan soat tuzatish ustaxonalari, maydoni 60 m2 gacha bo‘lgan kir yuvish va kimyoviy tozalash qabulxonalari punktlari, maydoni 200 m2 gacha bo‘lgan poyafzal tuzatish va rasm olish ustaxonalari bulardan mustasno) boshqa yo‘nalishga mo‘ljallangan jamoat binolarida joylashtirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Eslatma: Ta’mirlash ustaxonalarini, kir yuvish va kimyoviy tozalash binolarini loyihalashda qo‘shimcha, ishlab chiqarish binolariga qo‘yiladigan normativ talablar hisobga olinishi kerak.
2.76. Aholidan ikkilamchi xomashyoni qabul qilib oluvchi punktlarni alohida binolarda (pavilonlarda) yoki maishiy xizmat korxonalari binolari old qurilma-bloklarda (ta’mirlash ustaxonalari, kimyoviy tozalash, kir yuvish binolari) joylashtirilishi darkor.
2.77. Hammom va sig‘diraolishlik miqdori 20 o‘rindan oshiq hammomli sog‘lomlantirish majmualari binolarining olovbardoshligi III darajadan kam bo‘lmasligi shart.
Yerto‘lalarda, 2.33 bandda ko‘rsatilgan binolarda, statsionarlarning (kasalxonalarning) palata korpuslarida, tomoshabinlar uchun tribunalar ostki qismida, hamda 100 odamdan ko‘p joylashgan xonalarning ostiga yoki ularga tutash qilib saunalar joylashtirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Quriq issiqlik (saunalar) beradigan hammomlarning bino ichiga kiritilib qurilgan xonalari olovbardoshlik darajasi I va II bo‘lgan jismoniy tarbiya -sog‘lomlantirish va sport yo‘nalishlariga mo‘ljallangan, mehmonxonalar, maishiy xizmat korxonalarining birinchi va sokol qavatlarida joylashtirilishi mumkin.
Bino ichiga kiritilib quriladigan saunalarni joylashtirishda quyidagi talablar bajarilishi zarur:
bug‘xona hajmi 8 m3 kam, 24 m3 ko‘p bo‘lmasligi;
sauna xonalari majmuasi I tipli EI 45 bo‘lgan yong‘inga qarshi peregorodkalar va 3-tipli REI 45 bo‘lgan tepa oraqoplamalari bilan ajratilishi;
sauna xonalari majmuasi xonalaridan alohida tashqariga evakuatsiya chiqish joyi bo‘lishi;
8 soat tinimsiz ishlatilganidan so‘ng o‘chirilgach to‘liq soviydigan va avtomat himoyali zavodda ishlab chiqarilgan pechka jihozi bo‘lishi;
pechka-elektrtosh boshqaruv pultini bug‘xona oldidagi quruq xonaga joylashtirilishi, kabel tarmog‘i himoyasi issiqqa chidamli va bug‘xona ruxsat etilgan maksimal issiqligiga hisoblangan (110 °C dan oshmagan) bo‘lishi;
elektrtosh jihozidan bug‘xona devori qoplamasigacha 20 sm kam bo‘lmasligi, elektrtosh jihozi tepasi ship ostiga yonmas issiqlik himoyasi shiti o‘rnatilishi, shit bilan ship obshivkasi orasi masofasi 5 sm dan kam bo‘lmasligi;
bug‘xona poli bilan eshigi osti qismida 30 mm dan kam bo‘lmagan oraliq bo‘lishi;
bug‘xonani perimetri bo‘yicha ichki suvquvuriga ulangan, bug‘xonaga kiraverishda boshqariladigan “perforirovan”li quruqquvur drencherli qurilmasi bilan jihozlashtirilishi;
bug‘xonani ignabargli tilog‘och daraxti toifasidagi yog‘och bilan qoplanishi, serelim daraxtlarining yog‘ochini qo‘llashga yo‘l qo‘ymaslik;
bug‘xonani, yechinish, dam olish, massaj xonalari bilan birga tutun xabarini beruvchi jihoz bilan ta’minlashlari shart.
2.78. Bolalar maktabgacha muassasalarida, bolalar uylarida, bolalar sanatoriyalarida, internat-maktablarda (maktablar qoshidagi internatlarda) ijtimoiy muassasalarning va davolovchi statsionarlarning turar-joy korpuslarida, mehmonxonalarda arxivlarning saqlaydigan xonasi, kutubxonalarning kitob saqlaydigan xonalari, yonuvchan ashyolar saqlaydigan omborchalari, yonuvchan ashyolar qo‘llaydigan ustaxonalari, elektrshit xonalari, shamollatish kameralari, boshqa yong‘in xavfi bor texnik xonalari eshiklarining olovbardoshlik darajasi EI 30 dan kam bo‘lmasligi shart.
2.79. Turar-joy (yotoqxona) va o‘quv xonalari, madaniy-ma’rifat va davolov-sog‘lomlashtirishga mo‘ljallangan xonalari tagi va ustiga yuqori yong‘in yuki bor xonalarni joylashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi; yonuvchan ashyolarni saqlash uchun yoki qayta ishlash uchun ustaxonalar, omborcha xonalarini tomoshabinlar va aktivlar zallari ostiga, bolalar muassasalari va maktablar, internat-maktablarning yotoq korpuslari va maktablar qoshidagi internatlar, nogironlar va qariyalar uchun ijtimoiy markazlar, davolov muassasalari statsionarlari, sanatoriyalarning yotoq korpuslari va dam olish muassasalari binolarining yerto‘la va sokol qavatlariga joylashtirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
2.80. Bir vaqtning o‘zida 50 dan ortiq kishiga mo‘ljallangan xonalarning ostki qismida V kategoriyali ishlab chiqarish xonalari va omborxonalar joylashtirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi, shu jumladan omborchalar, ustaxonalar, laboratoriyalar (o‘quv laboratoriyalaridan tashqari), yog‘ to‘ldirilgan jihozli transformator podstansiyalari va boshqalar.
2.81. Avtomatik yong‘in o‘chirgich qurilmalari nazarda tutilgan olovbardoshlik darajasi I-II bo‘lgan jamoat binolarida 9 qavat balandligigacha (tepasigacha) bo‘lgan ichki yopiq hovli-atrium qurilishiga, ichki ochiq zinapoyalarga qo‘yiladigan talablarga monand (ushbu normalarning 2.101 bandiga asosan), ruxsat etiladi.
Tutun chiqargich fonarlarining ochiq kesimi maydoni hisob bo‘yicha aniqlanadi.
Loyihada yuqori yoritgichlar fonarlari seksiyalarining avtomat va masofadan ochilishi ko‘zda tutilishi kerak. Fonarlar seksiyalarining ochilishini masofadan boshqarish yong‘in posti yoki birinchi qavatda joylashgan bino bo‘yicha navbatchining xonalaridan amalga oshirilishi darkor.
Dahliz yoki atrium tepa qoplamasi oynali bo‘lsa sinib tushishidan himoya nazarda tutilishi darkor.
2.82. Keng korpusli, yopiq atriumli va maydoni 600 m2 gacha ichki ochiq yorug‘lik aeratsiyali hovlisi bor binolarda kompozitsion-rejaviy yechimlar qo‘llanilganda yong‘in o‘chirguvchi mashinalarning o‘t o‘chirishi uchun bino tashqi har bir tomonidagi mashina yo‘laklaridan bino har qaysi xonasiga kira olish sharoitini ta’minlash kerak, bunda binoning fasad qismiga yong‘in o‘chirguvchi mashinaga ulash uchun chiqarilgan patrubkali yong‘inga qarshi suvquvuri ko‘zda tutilishi kerak. Bino devorlarining bir yo‘nalishi bo‘yicha mashina kirish yo‘laklari orasidagi masofa 60 m dan oshmasligi shart.
Binolarning ichki hovlisiga, jumladan maydoni 600 m2 dan oshiq atriumlarga yong‘in o‘chirguvchi mashina kirishi uchun yo‘laklar ko‘zda tutilishi kerak.
2.83. Balandligi 4 qavat va undan ortiq binolarda eshiklarga, framugalarga (eshiklarda, peregorodkalarda va devorlarda, zinapoya katagi devorlarini hisobga olgan holda) va peregorodkalarga shaffof yorug‘lik o‘tkazuvchi qismlar sifatida, olovbardoshlik chegarasi YEI 15 dan kam bo‘lmaslikni ta’minlovchi, toblangan yoki armaturali oyna va oynabloklar qo‘llanilishi kerak. Balandligi 4 qavatdan kam bo‘lmagan binolarda shaffof yorug‘lik o‘tkazuvchi qismlar turi chegaralanmaydi.
Balandligi 4 qavatdan ortiq binolarda zinapoya katagi eshiklari, umumiy yo‘lakka olib boruvchi lift xollari va tambur-shlyuz eshiklari shaffof qismlarsiz yoki armaturali oyna qismlaridan iborat bo‘lishi kerak.
2.84. G1-G4 guruhidagi ashyolardan bo‘lgan ikki tomonga suriladigan peregorodkalarning ikki yuzasi, olovbardoshlik chegarasi EI 30 ni ta’minlaydigan yonmas NG guruhidagi ashyolari bilan himoyalanishi shart.
2.85. Jamoat binolari va inshoatlarining interyeri otdelkasida polimer ashyolardan qo‘llash uchun, foydalanishda yong‘in xavfsizligini hisobga olgan holda, O‘zR davlat sanitar nazorati ruxsatini olish shart.
2.86. Bolalar maktabgacha muassasalarining musiqa va jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanish zallarining va evakuatsiya yo‘laklarining devor va shiplari NG guruhidagi yonmas ashyolardan bo‘lishi kerak; boshqa xonalarda pardozlash G1 guruhidagi yonuvchan ashyolardan bo‘lishi mumkin.
2.87. O‘rindiqlari soni 1500 tagacha bo‘lgan yopiq sport zallarining, faollar zallarining, tomoshabinlar zallarining, konfrens-zallarning, sig‘draolishlik miqdori 50 va undan ortiq auditoriyalarning, hamda olovbardoshlik darajasi I va II bo‘lgan chakana savdo korxonalarining binolari xonalaridagi devor va shiplarining otdelkasi NG va G1 guruhidagi ashyolardan ko‘zda tutilishi shart.
O‘rindiqlar soni 1500 dan ko‘p zallarda, kutubxona va arxivlarning saqlash, arxivlarda xizmat kataloglari va ro‘yxat xonalarida pardoz NG guruhidagi yonmas ashyolardan bo‘lishi kerak.
Musiqa teatri zallarida (sig‘draolishlik miqdoridan qat’iy nazar) devor va shiplarning bezaki yonmas yoki qiyin yonuvchan NG va G1 guruhlaridagi ashyolardan bo‘lishi shart.
2.88. Yorto‘lada yoki sokol qavatlarda, hamda tribuna osti qismlarga joylashtirilgan o‘q otar galereyalar va tirlarning o‘q yong‘inli zonalari devor va shiplarining obshivkasi uchun NG va G1 guruhidagi ashyolar qo‘llanishi kerak.
2.89. Yo‘laklar, foyelar, dahlizlar, zinapoya katagi va boshqa evakuatsiya yo‘llarining shipi, devorlari va poli otdelkasi SHNQ 2.01.02 bo‘yicha parametrlarga (ko‘rsatkichlarga) mos bo‘lishi kerak. Yengil alanga olib ko‘p miqdorda tutaydigan va yonganda xavfli zaharli moddalar chiqaradigan pol qoplamalari qo‘llanishiga yo‘l qo‘yilmaydi. O‘zR Sog‘liqni saqlash vazirligi va yong‘in xavfsizligi organlari tomonidan ruxsat etilgan ashyolar va qoplamalar qo‘llanilishi shart.
Sig‘imi 800 o‘ringacha bo‘lgan tomosha zallarida pollarga gilamli qoplamalarni shunday ashyolardan qo‘llash kerakki, ularning tavsifi bo‘yicha SHNQ 2.01.02 asosan yong‘in xavfliligi: G2 (asta yonuvchan), V2 (asta o‘t oluvchan), RP2 (kuchsiz atrofga tarqaluvchan), D2 (asta tutovchan qobiliyati bor) va T2 (asta-sekin yonishda xavfli zaharli moddalar chiqaruvchan) guruhlaridagilardan yuqori bo‘lmasin. Bunda gilamli qoplamalarning osti yonmas NG guruhidagi ashyolardan bo‘lishi shart.
Evakuatsiya yo‘llari
2.90. Evakuatsiya yo‘llari — gorizontal va tik joylashgan (ichki yo‘laklar, galereyalar, zinapoyalar), tashqariga chiqish joylari, jumladan avariya paytida chiqiladigan, SHNQ 2.01.02 va ushbu normalar talablariga javob berishi shart. Evakuatsiya yo‘llari liftlarni va eskalatorlarni, hamda SHNQ 2.01.02. sanab o‘tilgan hududchalarni o‘z ichiga olmaydi.
Evakuatsiya yo‘llari QMQ 2.01.05 ga asosan yoritiladigan va asosiy elektr ta’minoti o‘chirilganda 1 soatdan kam bo‘lmagan vaqtda yorug‘lik chiqarib yo‘nalish ko‘rsatuvchi jihozlar bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak.
2.91. Binoga kirish oldi joyi, qoida bo‘yicha, atmosfera yomg‘irgarchiliklaridan himoyalangan, kirish maydonchasi gorizontal, sirpanib ketish holati bo‘lmaydigan, suv tushish panjarasi kichik katakli (katak o‘lchamlari 1.5 smdan oshmagan), panjara sathi maydoncha poli sathi bilan bir xil darajada bo‘lishi kerak.
Bino qanotining tashqi zinapoyalariga (yoki ularning qismlariga) balandligi 0.8-0.9 m yon qo‘l ushlagich to‘siqlari o‘rnatilishi kerak (to‘siqlar turi aniq sharoitdan kelib chiqqan holda qabul qilinadi). Nogironlarning kreslo-aravachasi bilan kirishlari uchun SHNQ 2.07.02 asosan qo‘l ushlagich to‘siqlari bilan panduslar ko‘zda tutilishi shart.
Bino qanoti ochiq zinapoyalari kengligi 2.5 m dan oshiq bo‘lsa qo‘shimcha ajratuvchi qo‘l ushlagichlar o‘rnatilishi darkor.
Binoga asosiy kirish joyi eshigi oldidagi maydoncha va asosiy kirish joyi tamburi, qoida bo‘yicha, 2,2x1,8 m dan kam bo‘lmasligi kerak; binodan chiqish evakuatsiya joyi maydonchasi 1,6x1,6 m dan kam bo‘lmasligi darkor (SHNK 2.07.02 ga asosan nogironlarning kirishlari uchun talablarni hisobga olgan holda).
2.92. Zinapoya katagida joylashtiriladigan ichki zinapoyalar qurilmasi (1 tip) va ochiq (2 tip) SHNQ 2.01.02 talablariga javob berishi kerak (jumladan evakuatsiya yo‘laklaridagi zinapoyalarning qiyaligi, chiqish kengligi va pog‘onalari balandligi, boshqalari). Zinapoya marshida har xil balandlik va kenglikdagi pog‘onalarni qo‘llash mumkin emas.
Qiyshiq chiziqli asosiy zinapoyalar qo‘llanilishiga ruxsat etiladi, ammo burilishdagi pog‘onalarning tor qismi chiqish kengligining eng kam miqdori 22 sm dan kam bo‘lmasligi shart.
Evakuatsiya yo‘laklarida chiqib qolgan joylar va zina 3 ta pog‘onadan kam o‘rnatiladigan (yoki 0.45 m dan) balandliklarning bo‘lishiga ruxsat etilmaydi. Balandliklarning kam bo‘lgan holatlarida pandus ko‘zda tutilishi kerak (2.94 bandiga asosan).
Zinapoya gorizontal maydonchalari orasidagi bitta marshda 3 tadan kam bo‘lmagan va 16 tadan oshmagan pog‘onalarda ko‘tarilish ko‘zda tutilishiga ruxsat etiladi (qiyshiq chiziqli zinapoyalar bundan mustasno). Bittagina marshli yoki 3 marshli zinapoyaning 1-qavat sathidagi bitta marshida 18 dan ko‘p bo‘lmagan pog‘onalarda ko‘tarilish ko‘zda tutilishi mumkin.
2.93. Zinapoyalarning marshlari va maydonchalarining balandligi 0.8-0.9 m (maktabgacha bolalar muassasalarining binolarida 0.5 m, maktab binolarida 0.6-0.7 m) bo‘lgan to‘siq va qo‘l ushlagichlari bo‘lishi kerak.
Maktabgacha bolalar muassasalari, maktablar va birinchi sinflar joylashgan internat-maktab o‘quv ko‘rpuslarida zinapoyalarning qo‘l ushlagich va to‘siqlari quyidagi talablarga javob berishi kerak:
bolalar foydalanadigan zinapoyalar to‘siqlarining balandligi 1.2 m dan kam bo‘lmasligi, aqliy rivojlanishida nuqsoni bor bolalar uchun muassasalarda to‘siqlar 1.8 m yoki butunlay yopiq 1.5 m bo‘lishi kerak.
zinapoyalar to‘sig‘ining tik elementlari oraliq bo‘shlig‘i 0.1 m dan katta bo‘lmasli kerak (gorizontal oraliq bo‘shliqlarga bo‘lishga yo‘l qo‘yilmaydi).
Ochiq va yopiq sport inshoatlarining tribunalarida zinapoya, o‘tish yo‘laklari va lyuklarining hisobiy kengligi 2.5 m dan ko‘p bo‘lsa 0.9 m balandlikdan kam bo‘lmagan ajratib turuvchi qo‘l ushlagichlar ko‘zda tutilishi kerak. Lyuk va zinapoyalarning hisobiy kengligi 2.5 m gacha bo‘lsa ajratib turuvchi qo‘lushlagichlar talab etilmaydi.
2.94. Yer usti qavatlarida zinapoyalar marshining qiyaligi 1:2 dan oshmasligi zarur (sport inshoatlarining tribuna zinapoyalari bundan mustasno).
Insonlarning evakuatsiyasiga mo‘ljallanmagan yorto‘la va sokol qavatlariga olib tushuvchi, tom bo‘g‘otiga olib chiquvchi, hamda yer usti qavatlaridagi zinapoyalar marshining qiyaligini 1:1.5 qilib olishga ruxsat etiladi.
SHNQ 2.07.02 bo‘yicha nogironlarning kreslo-aravachada yurish yo‘laklariga qo‘yiladigan talablardan kelib chiqib bino, inshoat ichidagi va tashqarisidagi odamlar harakati yo‘laklarida ko‘za tutiladigan panduslarning qiyaligi, qoida bo‘yicha, 1:12 dan 1:10 oraliqlarida bo‘lishi shart.
Eslatma: Alohida hollarda talab etilgan qiyalikni ta’minlash mumkin bo‘lmay qolsa panduslarning qiyaligini bino ichida 1:6, tashqarisida 1:8 qilib olishga yo‘l qo‘yiladi.
2.95. Ichki yo‘lakdan zinapoya katagiga evakuatsiyada chiqish joyi kengligi, hamda zinapoya marshlarining kengligi ushbu joylarning har 1 m chiqish kengligidan (eshikning) evakuatsiya qilinayotgan odamlarning chiqish soni hisobi va olovbardoshlik darajasi bo‘yicha o‘rnatiladi (Klassi F 2.1 bo‘lgan tomoshabinlar zallari bor va tomoshabinlar uchun o‘rindiqlari bor sport zallarining binolari bundan mustasno):

I, II olovbardoshlik darajasi

165 kishi/daqiqa dan oshmagan.;

III -''-

115 -''- dan oshmagan;

IV -''-

80 -''- dan oshmagan.

2.96. Zinapoya marshi kengligi eng ko‘p odami bor qavatdan zinapoyaga chiqish joyi kengligidan kam bo‘lmasligi va quyidagi miqdorlardan kam bo‘lmasligi shart:
1,35 m — F1 klassidagi binolarda, odamlar eng ko‘p bo‘ladigan qavatda ularning soni 100 nafardan oshmaydigan binolarda, hamda sig‘diraolishlik miqdoridan qat’iy nazar, klub, kinoteatr, davolash va o‘quv muassasalarining binolarida;
1,2 m — boshqa binolarda, hamda klub, kinoteatr, davolash muassasalari binolarining bloklaridagi keluvchilarga (jumladan tomoshabinlar va kasallarga) mo‘ljallanmagan xonalarga olib boruvchi zinapoyalari uchun;
0,9 m — bir vaqtda keluvchilar soni 5 nafardan oshmagan xonalarga olib boruvchi zinapoyalar uchun (bir kishili xonalarga olib boruvchi zinapoyalar uchun 0.7 m bo‘lishi mumkin).
Kasalxonalar (statsionarlar), oliy ta’lim muassasalarining o‘quv korpuslarida (ma’ruza auditoriyalari, laboratoriyalarda) zinapoyalar marshining kengligi, qoida bo‘yicha, 1.5 m dan kam bo‘lmasligi shart.
Zinapoya maydonchasi kengligi marshi kengligidan kam bo‘lmasligi, oraliq maydonchasining marsh yo‘nalishidagi kengligi 1 m dan kam bo‘lmasligi darkor.
Eslatma: Jamoat binolari va inshoatlarining asosiy zinapoyalari kengligi funksional va me’moriy-kompozitsion masalalarni hisobga olgan holda o‘rnatiladi.
2.97. Ochiq va yopiq sport inshoatlarining tribunalari zinapoyalari qiyaligi 1:1.6 dan oshmasligi, 0.9 m balandlikda qo‘l ushlagich (yoki boshqa o‘xshash qurilma) o‘rnatilgan bo‘lsa 1:1.4 qiyalik ruxsat etiladi.
Sport inshoatlarining evakuatsiya yo‘laklarida lyuklarda zinapoya va ko‘tarilish pog‘onalari bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
2.98. Odamlarni evakuatsiya qilishga mo‘ljallangan zinapoya katagida, jumladan yer ustki, sokol va yerto‘la qavatlarida, yerto‘la yoki sokol qavatlaridan alohida tashqariga, bir qavat balandligida I-tipli EI 45 bo‘lgan yopiq yong‘inga qarshi peregorodka bilan ajratilgan, chiqish joylari ko‘zda tutilishi shart.
Yerto‘la yoki sokol qavati bilan birinchi qavat aloqasi uchun mo‘ljallangan, birinchi qavatning yo‘lagiga, xolliga yoki dahliziga olib chiqadigan, alohida zinapoyalar odamlarni yerto‘la yoki sokol qavatidan evakuatsiya qilishni hisoblashda e’tiborga olinmaydi.
Agarda zinapoya yerto‘la yoki sokol qavatidan birinchi qavat dahliziga olib chiqsa, binoning barcha yer ustki zinapoyalaridan, ushbu dahlizga chiqishdan tashqari, tashqariga to‘g‘ridan to‘g‘ri chiqadigan joyi bo‘lishi shart.
2.99. Evakuatsiya yo‘llarida vintsimon zinapoyalar, yugirib chiqadigan pog‘onalar, hamda qirqimsimon zinapoya maydonchalari qo‘llanilishi mumkin emas. Evakuatsiya yo‘llarida ochiq zinapoyalar, jumladan qiyshiq chiziqli zinapoyalar qo‘llanilsa SHNK 2.01.02 talablariga mos bo‘lishi kerak (davolash va ambulatoriya-poliklinika yo‘nalishiga mo‘ljallangan binolardagidan tashqari).
2.100. Zinapoya kataklari, qoida bo‘yicha, tashqi devorlardan tabiiy yorug‘lik tushib turadiganli bo‘lishi kerak (yerto‘la va tomosha ko‘rsatadigan binolardagi kolosnikali zinapoyalar bundan mustasno), sun’iy yoritish QMQ 2.01.05 ga asosan ko‘zda tutiladi.
L1 va L2 zinapoya kataklarining yorug‘lik darchasi maydoni 2.143 bandi talablariga mos bo‘lishi kerak.
Tepa zenitdan yorug‘ tushuvchi zinapoya kataklari — L2 ni olovbardoshlik darajasi I va II bo‘lgan 2 qavatli binolarning umumiy zinapoya kataklari sonining 50% idan oshmaydigan, 3 qavatli binolarda zinapoya marshlari oralig‘ining bo‘shlig‘i 1.5 m dan kam bo‘lmagan hollarda qo‘llanilishi mumkin. Bu holda, yong‘in bo‘lganda fonarlar avtomat ochilib ketishligi ko‘zda tutilishi shart.
Vokzal binolarida, evakuatsiya uchun mo‘ljallangan, 50% va undan ortiq zinapoya kataklari tashqi devorlar derazasidan tushuvchi yorug‘likli bo‘lishi kerak.
N1, N2 va N3 “yong‘in tutunidan holi” zinapoya kataklari SHNQ 2.01.02 va ushbu loyihalash normalarining 2.139-2.140 bandlari talablarini hisobga olgan holda qo‘llaniladi.
Eslatma: SHNK 2.01.02 ga asosan F2, F3 va F4 klassli binolarda zinapoyalarning 50% igacha tabiiy yorug‘lik tushmaydigan, yong‘in paytida havo beriladigan N2 yoki N3 tipli zinapoya kataklari qo‘llanilishi mumkin.
2.101. Olovbardoshlik darajasi I va II bo‘lgan 9 qavatligacha binolarning ichki bitta zinapoyasi binoning hamma balandligi bo‘yicha ochiq bo‘lishi mumkin, sharti shuki u joylashgan xona ichki yo‘laklardan va boshqa xonalardan yong‘inga qarshi EI 45 tipli peregorodkalar bilan ajratilgan bo‘lishi kerak.
Binoning hammasida avtomat yong‘in o‘chirgich qurilmalari o‘rnatilsa ochiq zinapoya xonalari ichki yo‘laklardan va boshqa xonalardan ajratilmasligi mumkin.
Davolash muassasalarining statsionarlarida ochiq zinapoyalar odamlarning yong‘in paytida evakuatsiya qilish hisob-kitobida nazarga olinmaydi.
Olovbardoshlik darajasi I — III bo‘lgan binolarda dahlizdan ikkinchi qavatgacha ichki zinapoya ochiq bo‘lishi mumkin, agarda dahliz ichki yo‘laklardan va boshqa xonalardan yong‘inga qarshi EI 45 bo‘lgan oddiy eshikli peregorodkalar bilan va REI 45 bo‘lgan yong‘inga qarshi tepa oraliqqoplamalari bilan ajratilgan bo‘lsa.
Olovbardoshlik darajasi I va II bo‘lgan chakana savdo va umumovqatlanish korxonalarining binolarida birinchi qavatdan ikkinchi qavatgacha yoki sokol qavatidan birinchi qavatgacha zinapoyalar ochiq bo‘lishi mumkin, dahliz bo‘lmagan hollarda ham. Bunda chakana savdo korxonalarining ushbu zinapoyalari (yoki panduslari) savdo zaliga keluvchilarning 50% uchun evakuatsiya yo‘llari hisob-kitobida nazarda tutilishi mumkin, qolgan keluvchilar uchun ikkitadan kam bo‘lmagan yopiq zinapoyalar katagi nazarda tutilishi shart.
Ochiq zinapoyaning (yoki pandusning) uzunligi polning eng uzoq nuqtasidan evakuatsiya chiqish joyigacha bo‘lgan masofaga kiritiladi, lekin uning maydoni asosiy evakuatsiya o‘tish yo‘laklarining maydoniga qo‘shilmaydi.
Teatrlarning tomoshabinlar xonalari kompleksida ikkitadan ko‘p bo‘lmagan zinapoyalar ochiq bo‘lishi mumkin, biroq qolgan (ikkitadan kam bo‘lmagan) zinapoyalar yopiq zinapoya katakli bo‘lishi shart.
Ochiq zinapoyalar, evakuatsiyaga mo‘ljallangan, dahliz poli sathidan keyingi qavat poli sathigacha hisobga olinadi. Keyingi qavatlarda tomoshabinlar xonalari kompleksidan yopiq zinapoyalar katagiga xolis evakuatsiya o‘tish yo‘llari ko‘zda tutilishi zarur.
Jamoat binolarining xonalaridan, o‘rnatilgan yo‘nalishidan qat’iy nazar, (tomoshabinlar va o‘quv zallaridan, auditoriyalardan, o‘quv, savdo xonalaridan va boshqalardan, yonuvchan ashyolar omborchalari va ustaxonalardan tashqari) chiqish joylarining bittasi to‘g‘ridan to‘g‘ri dahlizga, ochiq zinapoyaga tutash qavatlardagi xollga yoki foyega bo‘lishi mumkin.
Sokol yoki yerto‘la qavatlarida foye, kiyim-kechak almashtirish xonasi, chekish xonasi va hojatxonalar joylashtirilsa sokol yoki yerto‘la qavatlaridan birinchi qavatga ochiq zinapoyalar ko‘zda tutilishi mumkin.
2.102. Klub binolarida evakuatsiya uchun mo‘ljallangan zinapoya kataklaridan to‘g‘ridan to‘g‘ri yoki dahliz orqali tashqariga chiqish joylari nazarda tutilishi kerak. Bunda dahliz orqali evakuatsiya qilinishga bittadan ortiq bo‘lmagan, tashqariga to‘g‘ridan to‘g‘ri chiqish joyi yo‘q zinapoya katagidan ruxsat etiladi.
2.103. Teatr binolarida tomoshabinlar xonalarining majmuasida ikkitadan kam bo‘lmagan zinapoya va ikkita — sahnaning xizmat xonalarining majmuasida tabiiy yoritishli, bo‘g‘otga yoki tom tepasiga chiqadigan joyi bor, yopiq zinapoya kataklari, hamda ikkita kolosnikova zinapoyalari ko‘zda tutilishi zarur.
2.104. Bir yoki tutash xonalarda (peregorodka bilan ajratilmagan bo‘lsa) pollarning sathi m dan ortiq farq qilsa tepa qism perimetri bo‘yicha odamlarning yiqilib tushish ehtimolini oldini oladigan to‘siq nazarda tutilishi shart (balandligi 0.8 m kam bo‘lmagan yoki boshqa qurilma); ko‘rsatilgan talab tomoshabinlar zaliga qaragan sahna plansheti tomoniga tatbiq etilmaydi.
2.105. Evakuatsiya yo‘li kengligi hisob-kitobini qilishda maktablar, internat-maktablar va internatlarning binolari qavatiga bir vaqtda keladigan odamlarning eng ko‘p soni ushbu qavatda xonalarning (o‘quv xonalari, zal xonalari, mehnatga o‘qituvchi ustaxonalar, boshqa xonalar) umumiy sig‘imidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
2.106. Ichki yo‘laklar (rekreatsiya uchun yo‘laklardan tashqari) kengligi, qoida bo‘yicha, 1.8 m dan kam bo‘lmasligi shart (SHNQ 2.07.02 talablarini hisobga olgan holda). O‘quv xonalari oldi rekreatsiya yo‘laklari, kutish joylari bor yo‘laklar, tez tib yordami qabul qilish bo‘limlari yo‘laklari kengligi 2.4 m dan kam bo‘lmasligi kerak. O‘quv binolarida rekreatsiya yo‘laklarining ikki tomonida o‘quv xonalari joylashgan bo‘lsa yo‘lak kengligi, qoida bo‘yicha, 2.6 m dan kam bo‘lmasligi (maktablarda 2.8 m) shart; o‘quv xonalari bir tomonlama joylashganda rekreatsiya yo‘lagi kengligi 2.2 m.
Eslatma: 1. Xizmat xonalari (keluvchilari yo‘q) bloklarida yo‘lak uzunligi 30 m gacha bo‘lsa yo‘lak kengligi 1.6 m olinishiga ruxsat etiladi.
Xususiy byuro va ofislarda yo‘lak uzunligi 10 m gacha bo‘lsa yo‘lak kengligi 1.2 m olinishi mumkin.
2. Davolov muassasalarining ichki yo‘laklari kengligi 3.44 — bandda berilgan.
2.107. Xonalardan chiqish eshiklari kengligi 0.9 m dan kam bo‘lmasligi kerak. O‘quv xonalarining eshigi tashqariga — ichki yo‘lakka ochilishi shart.
O‘zgartirilib turiladigan peregorodkalar bilan qismlarga bo‘linadigan xonalarning loyihalanishida evakuatsiya chiqish joylarini har bir qismda nazarda tutish kerak.
2.108. Har xil hajmli tomoshabinlar o‘rindiqlarisiz zallarning har qaysi nuqtasidan eng yaqin evakuatsiya chiqish joyigacha eng uzoq masofa 7-jadval bo‘yicha aniqlanadi. Asosiy evakuatsiya o‘tish yo‘llarini umumiy o‘tish yo‘llari bilan qo‘shilgan holatlarda uning kengligi qo‘shilayotgan o‘tish yo‘llarining yig‘indisidan kam bo‘lmasligi shart.

7-jadval

Zallarning mo‘ljallangan yo‘nalishi

Binoning olovbardoshlik darajasi

Masofa, m da, zallar hajmi, ming m3 hisobida, zaruriy vaqt qiymatlari, daqiqada


5 gacha

5 dan yuqori 10 gacha

10 dan yuqori

1

2

3

4

5

1. Keluvchilar uchun kutish zallari, kassa old xonalari, ko‘rgazma zallari, raqs zallari, dam olish zallari va boshqalar

I,II

III, IV

30/2,0

20/1,5

45/3,0

30/2,0

55/3,5

-

2. Har bir asosiy o‘tish yo‘li maydoni undan har bir evakuatsiya qilinayotgan kishiga 0,2 m2 hisobidan kam bo‘lmagan ovqatlanish, o‘quv zallari

I,II

III, IV

65/2,0

45/1,5

-

-

-

-

3. Savdo zallari asosiy evakuatsiya o‘tish yo‘li zal maydonining % ini tashkil qilganda:

25 dan kam bo‘lmagan

I, II

III, IV

50/1,5

35/1,0

65/2,0

45/1,5

80/2,5

-

25 dan kam

I, II

III, IV

25/1,5

15/1,0

30/2,0

20/1,5

35/2,5

-

2.109. Evakuatsiya yo‘llari bo‘yicha jamoat binolarining eng uzoqda joylashgan xonalarining (hojatxona, yuz-qo‘l yuvish xonasi, chekish xonasi, dushxona va boshqa odamlar doimo bo‘lmaydigan xizmat ko‘rsatuvchi xonalar bundan mustasno) eshiklaridan, bolalar maktabgacha muassasalarida — guruh yacheykasidan chiqish joyidan tashqariga chiqish yoki zinapoya katagiga kirish joyigacha masofalar 8-jadvalda ko‘rsatilganlardan katta bo‘lmasligi shart.
Boshi berk yo‘lakka yoki xollga chiqadigan xonalarning sig‘diraolishlik miqdori 80 kishidan oshmasligi kerak.
Olovbardoshlik darajasi I — III bo‘lgan maktab va o‘rta maxsus bilim yurtlarining boshi berk yo‘lakka yoki xollga chiqadigan xonalarining sig‘diraolishlik miqdorini 125 kishigacha qabul qilinishi mumkin. Bu holda eng uzoqda joylashgan xonalarning eshigidan zinapoya katagiga kirish joyigacha bo‘lgan masofa 100 m dan oshmasligi zarur.

8-jadval

Binoning olovbardoshlik darajasi

Masofa, m da, evakuatsiya paytida odamlar oqimining zichligi*, kishi hisobida chel/m2



2 gacha

2 dan ko‘p 3 gacha

3 dan ko‘p 4 gacha

4 dan ko‘p 5 gacha

5 dan ko‘p

1

2

3

4

5

6

I — III

IV

A. Zinapoya kataklari yoki tashqariga chiqish joylari oralig‘laridagi

60

50

40

35

20

40

35

30

25

15

I — III

IV

B. Boshi berk yo‘lakka yoki xollga chiqadigan xonalardan

30

25

20

15

10

20

15

15

10

7

* Xonadan evakuatsiya qilinuvchilar sonini evakuatsiya yo‘lidagi ichki yo‘lak maydoniga nisbati.
Eslatma: masofa quyidagi binolar uchun qabul qilinishi kerak: bolalar maktabgacha muassasalarini 6 — ustun bo‘yicha; maktab va o‘rta-maxsus bilim yurtlarini 3-ustun; mehmonxonalarni 4 — ustun; davolash muassasalarining statsionarlarini 5 — ustun; boshqa jamoat binolarining yo‘lagida odamlar oqimi zichligi loyiha bo‘yicha aniqlanadi.
2.110. O‘rindiqsiz tomoshabinlar zallaridan evakuatsiya chiqish joylari (eshiklari) kengligi evakuatsiya qilinuvchilarning 1 daqiqada chiqish joyidan o‘tish soni bo‘yicha 9-jadvalga mos, lekin 50 kishidan ortiq sig‘diraolishlik miqdori bo‘lgan zallarda 1.2 m dan kam bo‘lmasligi zarur.

9-jadval

Zallarning mo‘ljallangan yo‘nalishi

Binoning olovbardoshlik darajasi

Zallarda, hajmi ming m3 hisobida, 1 m kenglikdagi evakuatsiya chiqish joyi (eshigi) dan o‘tuvchi odamlarning soni, vaqtning zaruriy miqdorida, daqiqa,.

5 gacha

5 dan ko‘p 10 gacha

10 dan ko‘p

1. Savdo zallari — asosiy evakuatsiya o‘tish yo‘llari maydoni zal maydonining — 25% i va undan ko‘p, ovqatlanish va o‘quv zallari — har bir asosiy o‘tish joyida 5 kishi/m2 oqim zichligida




I,II

III, IV

165/1,5

115/1,0

220/2,0

155/1,5

275/2,5

-

2. Savdo zallari — asosiy evakuatsiya o‘tish yo‘llari maydoni zal maydonining — 25% dan kam, bo‘lak zallar

I,II

III, IV

75/1,5

50/1,0

100/2,0

70/1,5

125/2,5

-

Eslatma: Ovqatlanish va o‘quv zallari sig‘diraolishlik miqdori zallardagi o‘rindiqlar soni bo‘yicha, savdo zallarida esa 1 nafar keluvchi-xaridorga hisobiy maydon hisobga olinib ushbu normalarning 2.112 bandiga mos aniqlanadi.
2.111. Savdo zalida asosiy evakuatsiya o‘tish joyi kengligi quyidagilardan kam bo‘lmagan: 1.6 m — savdo maydoni 150 m2 gacha; 2.0 m — 150 dan 400 m2 gacha va 2.5 m — 400 m2 dan ko‘p savdo maydoni — miqdorlarda bo‘lishi kerak.
Eslatma: Asosiy evakuatsiya o‘tish joylari maydoniga turniketlar oralig‘i o‘tish joylari, kontrolyor-kassir kabinalari oralig‘i o‘tish joylari va savdo zalining orqa tomonidagi o‘tish joylari maydoni qo‘shilmaydi.
2.112. Savdo-maishiy korxonalari binolarida evakuatsiya yo‘llarining hisob-kitobida, bir vaqtning o‘zida savdo zallarida va xonalarida bo‘ladigan xaridorlar uchun, xaridorlar (keluvchilar) soni bir nafar keluvchiga zal maydonining hisob — kitobidan qabul qilinadi:
3,0 m2 shahar do‘konlari uchun, hamda maishiy xizmat ko‘rsatish korxonalari xaridorlarining asosiy zallari (jihozlar bilan band qilingan maydonlarni qo‘shgan holda);
2,0 m2 — qishloq joylardagi do‘konlar uchun;
1,8 — 2,0 m2 — bozor savdosi yopiq savdo zallari uchun.
Kafelarning ovqatlanish zallari, oshxona zallari, restoran zallari, banket va boshqa dasturxon yoziladigan tadbirlar o‘tkazuvchi zallarning sig‘diraolishlik miqdorlari zallardagi o‘rindiqlar soni bilan qabul qilinadi.
2.113. Chakana savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarining binolarida evakuatsiya chiqish joylarining hisob-kitobida xizmat zinapoyalari va zal bilan bog‘langan to‘g‘ridan to‘g‘ri yoki to‘g‘ri o‘tish yo‘li (ichki yo‘lak) lari bor binodan chiqish joylari hisobga olinishlariga yo‘l qo‘yiladi, faqat sharti shuki savdo zalining eng uzoq nuqtasidan yaqin xizmat zinapoyasigacha yoki binodan chiqish joyigacha masofa 7-jadvalda ko‘rsatilgan miqdorlardan oshib ketmasligi shart.
Evakuatsiya chiqish joylarini yuk tushuruvchi xonalar orqali joylashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi (savdo zali 100 m2 gacha bo‘lgan bir qavatli do‘konlar bundan mustasno).
Savdo zali 100 m2 gacha bo‘lgan do‘konlar, 50 o‘rindan kam bo‘lgan ovqatlanish va maydoni 150 m2 dan kam bo‘lgan maishiy xizmat korxonalarida xaridorlar va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar uchun bitta umumiy kirish-chiqish joyi joylashtirilishiga ruxsat etiladi.
2.114. Ochiq sport inshoatlarining tribunalaridan evakuatsiya yo‘llarining 1 m kengligidagi odamlar soni 10-jadval bo‘yicha qabul qilinadi.
Olovbardoshlik darajasi I, II bo‘lgan tribunalardagi bitta evakuatsiya eshik ochiq joyiga yoki lyukiga to‘g‘ri keladigan evakuatsiya qilinuvchilarning umumiy soni 1500 nafardan oshmasligi darkor, olovbardoshlik darajasi III bo‘lgan tribunalardagilarniki 30% ga kam, olovbardoshlik darajasi IV bo‘lganlarida esa 50% ga kam bo‘lishi shart.

10-jadval

Olovbardoshlik darajasi

Evakuatsiya yo‘llari 1 m kengligidagi odamlar soni

Tribunalarning o‘tish yo‘lidagi zinapoyalar, boruvchi

Tribunalarning o‘tish yo‘llaridagi lyuklar orqali, boruvchi

pastga

tepaga

pastga

tepaga

I, II

III, IV

600

420

825

580

620

435

1230

860

2.115. Olovbardoshlik darajasi I va II bo‘lgan tomoshabinlar zallari va tomoshabinlar uchun tribunasi bor sport zallaridan evakuatsiya qilish vaqti 11-jadval ko‘rsatkichlariga mos kelishi shart; olovbardoshlik darajasi III va IV bo‘lgan binolar uchun ko‘rsatkichlar 30% ga kamaytirilishi zarur.
Zalli xonalardan evakuatsiya chiqish joylari zal pol sathidan xonaning yarmi yoki undan ko‘p balandligida joylashgan bo‘lsa evakuatsiya uchun zaruriy vaqt 11-jadvaldagi ko‘rsatkichlardan ikki baravar kam olinishi kerak.

11-jadval

Zal ko‘rinishlari

Zaldan evakuatsiyada chiqib ketish zaruriy vaqti, daqiqa, hajmi* ming m3 hisobida



Binodan butunlay chiqish

5 gacha

10

20

25

40

60

Kolosnikalisiz sahna zallari

2

3

3,5

3,5

4

4,5

6

Kolosnikali sahna zallari

1,5

2

2,5

2,5

-

-

6

* Zal hajmi ichki to‘suvchi konstruksiyalar bo‘yicha aniqlanadi (tribunalari bor zallarda — tribuna hajmini hisobga olmagan holda); hajmning oraliq miqdorlarida zaruriy evakuatsiya vaqti interpolyatsiya bo‘yicha aniqlanadi.
Zalning hajmi (W) 60 ming m3 dan yuqori bo‘lsa uning ichidan zaruriy evakuatsiya vaqti quyidagi formula bilan aniqlanadi:
ammo 6 daqiqadan ko‘p bo‘lmasligi shart.
Formula bilan hisoblangan zaruriy evakuatsiya vaqtini evakuatsiya chiqish joylari xona balandligining yarmida joylashganida 35 % ga va zalning balandligining 0.8 qismida joylashganda 65% ga kamaytirish kerak. Zaruriy evakuatsiya vaqti oraliq yoki kichik miqdorlarda bo‘lganda interpolyatsiya bo‘yicha, a katta miqdorlarida ekstrapolyatsiya bo‘yicha qabul qilinadi.
Hajmi 60 ming m3 dan oshiq zalli binolardan zaruriy evakuatsiya chiqish vaqti 10 daqiqadan oshmasligi shart.
Sahnadan (estradadan) insonlarning zaruriy evakuatsiya vaqti 1.5 daqiqadan oshmasligi, evakuatsiya qilinadiganlarning soni 2 m2 sahna plansheti maydonidan 1 kishi hisobi bo‘yicha qabul qilinishi darkor.
Tutun kirishiga yo‘l qo‘yilmaydigan kalosnikali sahnalar zinapoya kataklaridan evakuatsiya vaqtini tomoshabinlarning bino ichidan evakuatsiya qilinishi vaqtining hisob-kitobiga qabul qilish kerak emas.
2.116. Yopiq sport inshoatlarida zal xonalari har bir chiqish joyidan (lyuk, eshik) evakuatsiya qilinuvchi tomoshabinlarning soni 600 kishidan oshmasligi kerak.
Sport arenasi parteri joylashtirilayotganda va faqat ikkita chiqish joyi bor bo‘lsa ular orasidagi masofa zal uzunligining yarmidan kam bo‘lmasligi shart.
2.117. Evakuatsiya yo‘llari kengligi quyidagi miqdorlardan kam bo‘lmasin, m:
1,0 — yopiq va ochiq sport inshoatlarining tribunalaridagi gorizontal o‘tish yo‘llari, panduslari va zinapoyalari;
1,35 — yopiq sport inshoatlarining tribunalaridagi evakuatsiya qilish lyuklari;
1,5 — ochiq sport inshoatlarining tribunalaridagi evakuatsiya qilish lyuklari.
2.118. Tomoshabinlar zallariga tutashgan kuluarlarning kengligi (tomoshabinlar uchun yo‘lak) 2.4 m dan kam qabul qilinmasligi kerak.
Tomoshabinlar zallarida eshik o‘rni o‘tish joylari kengligi 1.2 m dan kam bo‘lmasligi shart. Lojaga chiqadigan eshik o‘rni joylari kengligi 0.8 m dan kam bo‘lmasligi zarur.
Tomoshabinlar zalidan va sport inshoatlarining evakuatsiya yo‘llarida (jumladan lyuklarda) chiqish eshiklari o‘zi pritvoriga zichlanib yopilib qoladigan bo‘lishi darkor.
2.119. Tomoshabinlar kreslolari (o‘rindig‘i yoki stuli) shunday o‘rnatilishi kerakki, qatorlar oralig‘ida 0.45 m dan kam bo‘lmagan yo‘lakcha hosil bo‘lsin. Qatorlar suyanchiqlari orasidagi masofa 0.9 m dan kam bo‘lmasligi shart.
Chiqish bir tomonlama bo‘lgan qatorlarda o‘rnatiladigan o‘rindiqlar soni 26 tadan ko‘p bo‘lmasligi, chiqish ikki tomonlama bo‘lmasa 50 tadan oshmasligi kerak.
2.120. Bir vaqtning o‘zida 50 kishidan ortiq odamlarga mo‘ljallanmagan xonalarda (tomoshabinlar zalining amfiteatr va balkonlarini hisobga olgan holda), o‘tish yo‘llari bo‘yicha eng uzoq o‘rindiqdan evakuatsiya chiqish (eshigi) joyigacha masofa 25 m dan oshmasa, ikkinchi evakuatsiya chiqish (eshigini) joyini ko‘zda tutish shart emas.
Balkondagi tomoshabinlarni evakuatsiya qilish tomosha yoki sport zallari orqali amalga oshirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
2.121. Yerto‘la yoki sokol qavatlarining dahlizidan alohida joylashtirilgan kiyim-kechak almashtirish xonalarining yechinish xonalaridan evakuatsiya chiqish joylarining kengliklari yig‘indisini to‘siq oldida yig‘ilib qoluvchi kishilar sonidan kelib chiqqan holda aniqlash kerak (ular soni taxminan kiyim-kechak almashtirish xonasining sig‘diraolishlik miqdorining 30% i — ilgaklar soni bo‘yicha). Kiyim-kechak almashtirish xonasining to‘sig‘i oldidagi xona kengligi 3 m dan kam bo‘lmasligi shart.
2.122. Sahnadan (estradan), ishchi galereya va kolosnika pol to‘shagidan, orkestrlarning chuqurligi va yig‘ib qo‘yilgan dekoratsiyalarning seyfidan evakuatsiya chiqish joylari ikkitadan kam bo‘lmasligi shart.
2.123. Kinoteatrlar va klublarning tomoshabinlar zallaridan tomoshabinlarni evakuatsiya qilish yo‘llari bir vaqtda 50 kishidan ortiq odamlarga mo‘ljallangan xonalar orqali bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Foyesiz mavsumiy kinoteatrlar loyihalanishida ikkinchi evakuatsiya chiqish joyi sifatida tomosha zaliga kirish joyi olinishi mumkin.
2.124. Estradali, sig‘diraolishlik miqdori 500 kishidan ortiq tomosha zallarida, sig‘diraolishlik miqdoridan qat’iy nazar, kinoteatrlarda estradadan ikkinchi evakuatsiya chiqish joyi sifatida zal orqali o‘tgan o‘tish yo‘lagi olinishi mumkin.
2.125. Apparat va yorug‘lik proyeksiyasi xonalaridan tomoshalar majmuasi xonalariga chiqish olovbardoshlik darajasi EI 30 dan kam bo‘lmagan yonmas, eshigi o‘zi yopilib qoladigan, tamburlar orqali yoki ichki yo‘laklar orqali amalga oshirilishi shart.
2.126. Vokzal binolarida joylashtiriladigan mehmonxonalarning mustaqil evakuatsiya yo‘llari bo‘lishi kerak.
To‘g‘ridan to‘g‘ri tashqariga, ochiq estakadaga yoki platformaga chiqish joylari bor qo‘shilgan yo‘lovchilar zaliga chiquvchi vokzal binolaridagi zinapoya kataklarining 50% idan chiqish, hamda ichki yo‘laklar evakuatsiya yo‘laklariga kiritiladi.
2.127. Ichki yo‘laklar uzunligi 60 m dan ko‘p bo‘lgan hollarda o‘zi yopiluvchan eshikli peregorodkalar bilan orasi va yo‘lak oxiridan 60 m dan oshib ketmagan masofalarda ajratilishi zarur.
Davolash muassasalarining palata korpuslarida ichki yo‘laklarni olovbardoshlik darajasi 2-tipli EI 45 bo‘lgan yong‘inga qarshi peregorodkalar bilan 42 m dan oshib ketmagan masofalarda ajratish kerak.
2.128. Sport-tomosha va tomosha zallarining balkonlari va tepa qavati sathlari oldi qatori ro‘parasiga o‘rnatiladigan to‘siqlar balandligi 0.8 m dan kam bo‘lmasligi shart; to‘siqda pastga predmetlarni tushib ketmasligi uchun himoya tadbirlari ko‘zda tutilishi kerak.
2.129. Sport inshoatlarining tribunalarida yondosh qatorlar pol sathlari 0.55 m dan ko‘pga farq qilsa, qator oldidagi o‘tish yo‘lakchasi bo‘ylab ko‘rishga xalaqit bermaydigan, balandligi 0.8 m dan kam bo‘lmagan to‘siq o‘rnatilishi kerak.
2.130. Sahna karobkasi ikkita 2-tipli P2 bo‘lgan, sahna tom tepasigacha va ishchi galereya va kolosnikalar bilan bog‘lovchi yong‘in zinapoyalari bilan ta’minlanishi kerak. Ishchi galereyalardan va kolosnika pol usti qoplamalaridan, kolosnika zinapoya katagi bo‘lmaganda, evakuatsiya qilish uchun tashqaridagi yong‘in zinapoyalari bilan ta’minlanishi mumkin.
2.131. Bolalar maktabgacha muassasalarining har bir guruhiy yacheykasidan ikkitadan kam bo‘lmagan, qarama qarshi oraliqda joylashtirilgan chiqish joylari bo‘lishi zarur. Bolalar uchun mo‘ljallangan xonalar bo‘yicha boshqa yo‘nalishga mo‘ljallangan xonalardan evakuatsiya qilishda o‘tishga yo‘l qo‘yilmaydi. Evakuatsiya yo‘llarini tashkil qilish 2.109-bandiga va 8-jadval ko‘rsatkichlariga mos bo‘lishi kerak (evakuatsiya yo‘llari bo‘yicha masofa).
Umumiy tipli muassasalarning yasli va sog‘lomlantirish guruhlari, qoida bo‘yicha, har bir guruh yacheykasiga alohida kirish joyi bilan birinchi qavatga joylashtirilishi shart (katta yasli guruhlari uchun 2 ta guruhga kirish joyi ruxsat etiladi). Maktab yoshi yaqinlashib qolgan guruhlar uchun uchta-to‘rtta guruhlar yacheykasiga bitta umumiy kirish joyi nazarda tutilishiga ruxsat etiladi; to‘rtta guruhlar yacheykasi uchun bitta kirish joyi guruhlar yacheykasini biri yoki ikkitasi birinchi qavatda qolganlarini ikkinchi qavatga joylashtirilishiga ruxsat etiladi.
Guruhlar yacheykasidan ikkinchi evakuatsiya chiqish joylari to‘g‘ridan to‘g‘ri tashqariga yoki umumiy ichki yo‘lak orqali, hamda to‘g‘ridan to‘g‘ri tashqariga yoki zinapoya katagiga olib boruvchi ichki yo‘lakka chiqadigan chiqish joyi bor, qo‘shni xonalar orqali ko‘zda tutilishi mumkin. Maktab yoshiga yaqinlashib qolgan 5 — 7 yoshli bolalar uchun ikkinchi qavatdan tashqi zinapoya orqali evakuatsiya chiqish joyi ko‘zda tutilishiga yo‘l qo‘yiladi (jismoniy tarbiya va musiqa bilan shug‘ullanuvchi guruhlar yoki universal zallardan).
Maxsuslashtirilgan muassasalarda maktab yoshigacha bolalar uchun guruhlar yacheykalari — ko‘rish xastaligi, nafas olish a’zolari xasta, aqliy rivojlanishi nuqsonli bolalar uchun birinchi qavatda ko‘pi bilan ikki guruhga bitta kirish joyi va qo‘shimcha evakuatsiya chiqish joylari nazarda tutilishi kerak.
Eshitish va so‘zlash a’zolarida nuqsoni bor bolalar uchun maktabgacha guruhlarni ikkinchi qavatga joylashtirish mumkin; bunda evakuatsiya chiqish joylarini umumiy tipli muassasalardagi kabi joylashtiriladi.
Guruhlar yacheykalariga kirish eshiklari pritvori zichlanib yopiluvchan bo‘lishi kerak. Tashqaridan kirish tamburlari kengligi va bo‘ylama chuqurligi 1.6 m dan kam bo‘lmasligi shart.
2.132. Bitta qo‘shilgan binoda maktabgacha muassasa, boshlang‘ich (yoki kam komplektlashgan) maktab, hamda xodimlar uchun turar-joy xonalari bloki bo‘lsa har biridan, maktabgacha muassasadan, maktabdan va turar-joy bloklaridan alohida tashqariga chiqish joyi ko‘zda tutilishi shart. Maktabgacha bo‘lim guruhlari xonalari orqali boshqa xonalardan evakuatsiya chiqish yo‘llarini nazarda tutilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
2.133. Yog‘ochga ishlov beradigan maktab ustaxonalari va metall hamda yog‘ochga ishlov beradigan qo‘shma ustaxonalardan qo‘shimcha tambur orqali yoki sinf, o‘quv kabineti va tajribaxonalardan chiqishi bo‘lmagan ustaxonalarga yondosh ichki yo‘laklardan chiqish joylari ko‘zda tutilishi zarur.
2.134. Vaqtinchalik yashovchilar soni normalangan (jumladan bolalarning, ota-onalar bolalari bilan) jamoat binolarini loyihalashda turar-joy (yotoq) guruhlari yoki bloklari mustaqil evakuatsiya yo‘llari — alohida zinapoyalar va tashqariga chiqish joylari bilan ta’minlanishi zarur.
2.135. Bolalar maktabgacha muassasalari, maktablar va bolalar dam olish muassasalarida oynali eshiklar qo‘llashga yo‘l qo‘yilmaydi. Dam olish muassasalari va sanatoriyalarda ota-onalarning bolalari bilan yashaydigan bloklarida oynali eshiklar armaturalangan va ularga balandligi 1.2 m li himoya panjarasi o‘rnatilgan bo‘lishi kerak.
2.136. Bolalar maktabgacha muassasalari binolarida qiyaligi 45° dan oshiq va boshqa jamoat binolarida qiyaligi 60° dan oshiq ochiq zinapoyalardan binoning ikkinchi qavatidan ikkinchi evakuatsiya chiqish joyi sifatida foydalanish mumkin (jismoniy va aqliy nuqsonlari bor bolalarning maktabgacha muassasalari, davolov muassasalarining statsionarlari bundan mustasno). Ko‘rsatilgan tashqi zinapoyalar evakuatsiya qilinuvchilar soniga hisob-kitob qilinadi, kishiga (dan ko‘pmas):

70 — olovbardoshlik darajasi I va II bo‘lgan binolar,

50-

-''-

III

-''-

30-

-''-

IV

-''-

Evakuatsiya zinapoyalari kengligi 0.8 m dan kam, ularning pog‘onalari yaxlit sirti kengligi — 0.2 m dan kam bo‘lmasliklari shart.
Tashqi ochiq zinapoyalarga yassi tom ustidan (jumladan foydalanilmaydigan) yoki tashqi ochiq galereyalardan o‘tish yo‘laklarining yuk ko‘taruvchi konstruksiyalari olovbardoshlik chegarasi REI 30 dan kam bo‘lmagan klassi RP 1 bo‘lgan ashyolardan loyihalanishi zarur.
2.137. Evakuatsiya yo‘llarini ajratuvchi ichki devor va peregorodkalar (jumladan yorug‘lik o‘tkazuvchan ashyolardan qurilganlari) yong‘inga qarshi EI 45 tipli va NG guruhidagi yonmas ashyolardan bajarilishi shart.
2.138. Davolash-profilaktika va ijtimoiy muassasalarning statsionarlari binolarida, hamda zinalardan mustaqil harakatlana olmaydigan yotish holatida bo‘lgan kasallari va kreslo-aravachali nogironlari bor sanatoriyalarda va odamlarni evakuatsiya qilish normativ vaqtini ta’minlash mumkin bo‘lmagan joylarda qutqaruvchilar yordamida yuqoridagi mustaqil harakat qilolmaydigan odamlarni evakuatsiya qilinishi uchun yong‘indan xavfsiz zonalar ko‘zda tutilishi shart. Yong‘indan xavfsiz zonalarning o‘lchamlari loyiha bo‘yicha kasal odamlarning transport vositalari bilan (g‘ildrakli kravat, kreslo-aravacha) va yordam beruvchi kishilarning birgalikda joylashuvlarida xavfsizlik ta’minlana olinadigan hisobiy sonlaridan kelib chiqqan holda aniqlanadi (hisob-kitob birligiga zaruriy maydonni hisobga olib, m2).
Yong‘indan xavfsiz zonalar boshqa xonalardan va yondosh ichki yo‘laklardan, konstruksiya va ashyolari SHNQ 2.01.02 talablariga javob beradigan, yong‘inga qarshi to‘siqlar bilan ajratilishi shart. Yong‘indan xavfsiz zonalarga kirish, o‘zi pritvorlariga zich yopilib qoluvchan yong‘inga qarshi eshiklar orqali bo‘lishi kerak.
Yong‘indan xavfsiz zonalarga yong‘in tutuni kirmaydigan bo‘lish kerak. Yong‘in paytida uning ichida keragidan ortiq bosim yuzaga keltirilishi shart (20 dan 40 Pa gacha). Yong‘indan xavfsiz zonalar tik kommunikatsiyalar yaqinida ko‘zda tutilishi zarur. Yong‘indan xavfsiz zonalar tarkibiga yondosh lodjiya yoki balkon maydonchalari qo‘shilishi mumkin (kengligi 1.5 m dan kam bo‘lmagan).
Yong‘indan xavfsiz zonalarga chiqishi bor lift shaxtalariga, QMQ 2.04.05 talablarini hisobga olgan holda, havo berish (podpor) tashkil qilinishi kerak.
Eslatma: Yong‘indan xavfsiz zonalar qurilmasi bo‘yicha tadbirlar yong‘in xavfsizligi organlarining talablari bo‘yicha ko‘rsatiladi.
2.139. Balandligi 28 m dan yuqori bo‘lgan binolarda zinapoya kataklari yong‘in tutuni kirmaydigan qilib loyihalanishi shart. Ikkita zinapoya katagidan biri yoki zinapoya kataklar ko‘p bo‘lgan holda ularning 50% i NI tipli qilinib, ularga kirish tashqi ochiq yong‘in tutini kiritilmaydigan o‘tish — ochiq balkon yoki oynalanmagan ochiq lodjiya tipli yo‘lagi orqali bo‘lishi kerak. Qolgan zinapoyalar katagi yong‘in tutini kiritilmaydigan N2 va N3 tipli bo‘lishi mumkin. Tutin kiritilmaydigan N1, N2 va N3 zinapoya kataklari, qoida bo‘yicha, tabiiy yorug‘lik tushib turadigan bo‘lishi shart (ochilmaydigan deraza yoki framuga o‘rinli).
N2 va N3 zinapoya kataklarining yong‘in tutuniga qarshi himoyasi QMQ 2.04.05 ga asosan ta’minlanadi.
Yong‘in tutini kiritilmaydigan zinapoya kataklariga kirish to‘g‘ridan to‘g‘ri qavatlararo lift xollidan loyihalanishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Qavatlararo chiqish eshiklaridan yong‘in tutini kiritilmaydigan zinapoya kataklariga kirish joyigacha o‘qlar oraliq masofasi 2.5 m dan kam bo‘lmasligi shart.
Ochiq havo zonalari orqali N1 tipli zinapoya katagiga o‘tish yo‘lagini yong‘in tutuni kiritilmaydigan qilib ta’minlash hajmiy-reja va konstruktiv yechimlar orqaliy amalga oshiriladi. Ochiq havo zonasiga chiqish va 1-tipli yong‘in tutini kiritilmaydigan zinapoya katagiga kirish joylaridagi ikkita burilish burchaklari yig‘indisi 180 gradusdan kam bo‘lmasligi kerak.
N1 tipli yong‘in tutini kiritilmaydigan zinapoya kataklaridan 1-qavat xonalariga aloqasiz, yoki u xonalarga aloqasi tashqi ochiq havo zonalari orqali, to‘g‘ridan to‘g‘ri tashqariga chiqish joyi bo‘lishi shart. Yong‘in tutini kiritilmaydigan zinapoya kataklarini binoning tashqi devorlari ichki burchagida joylashtirilishi mumkin emas.
N1, N2 va N3 tipli yong‘in tutuni kiritilmaydigan zinapoya kataklarining eshiklari o‘zi pritvorlariga zich yopilib qoluvchan, olovbardoshlik chegarasi EI 30 dan kam bo‘lmasligi kerak. Tashqi havo zonasidan yong‘in tutuni kiritilmaydigan zinapoya katagiga kirish eshigi armaturalangan oynali bo‘lishi mumkin.
2.140. N2 tipli zinapoya kataklarini (yong‘in paytida havo beriladigan), NG guruhidagi yonmas ashyolardan, REI 60 bo‘lgan qavat balandligida yaxlit qurilmalar bilan qismlarga ajratish, tepa qismdan past qismga o‘tish, zinapoya katagi hajmida joylashmagan, yong‘in tutuni kiritilmaydigan havo zonalari orqali amalga oshirilishi kerak. Bunday zinapoya kataklarining yong‘in tutuniga qarshi himoyasi tashqaridan havoni tepa ajratilgan qismga berish orqali ta’minlanadi. Bitta ochib qo‘yilgan eshik holatida zinapoya katagining pastki ajratilgan qismida qo‘shimcha bosim 20 Pa dan kam bo‘lmasligi, tepa ajratilgan qismida 150 Pa dan ko‘p bo‘lmasligi kerak.
Ventilyatorlar, shaxta kesimi va klapanlarning ish unumdorliklari hisob-kitob bilan aniqlanadi.
Tashqaridan havo beriladigan zinapoya kataklari devorlarining tashqi devorda deraza va eshik qo‘yilish joylari, hamda havo berishni ta’minlaydigan texnologik teshiklardan boshqa teshiklari bo‘lmasligi shart.
N2 va N3 yong‘in tutuni kiritilmaydigan zinapoya kataklari to‘g‘ridan to‘g‘ri tashqariga chiqish joylari bilan va birinchi qavat bilan aloqasi yong‘in paytida ishlatiladigan havo berish qurilmasi bor tambur-shlyuz orqali nazarda tutilishi kerak. Tambur-shlyuz eshiklari o‘zi pritvorlariga zich yopilib qoluvchan va olovbardoshlik chegarasi EI 30 dan kam emas bo‘lishi kerak.
2.141. Yong‘in tutuni kiritilmaydigan zinapoya katakli balandligi 28 m dan yuqori binolarda har bir qavatdagi ichki yo‘lak va qavatlararo xollardan, jumladan tabiiy yorug‘lik tushadiganlaridan ham, yong‘in tutunini chiqarib tashlash qurilmasi ko‘zda tutilishi kerak. Ushbu ichki yo‘laklarni 60 m dan ko‘p bo‘lmagan masofalarda 2-tipli EI 45 bo‘lgan yong‘inga qarshi peregorodkalar bilan ajratish zarur. Bu peregorodkalardagi eshiklar pritvorlariga zich o‘zi yopilib qoluvchan bo‘lishi kerak. Olovbardoshlik chegarasi EI 30 bo‘lgan oynali eshiklar o‘rnatilishi mumkin. Foydalanishda ushbu eshiklar ochiq holda bo‘lishi zarur bo‘lsa yong‘in paytida ular yopilish va evakuatsiya qilinayotganlarning qo‘li bilan ochilish imkoniyatlari yaratadigan avtomat qurilmalar bilan ta’minlanishi shart.
Xonalarni yoritish, quyosh nurlaridan himoyalash, shamollatish, ularga quyosh nurlari tushirish
2.142*. Tabiiy va sun’iy yoritish QMQ 2.01.05 ga asosan loyihalanishi kerak. Odamlar doimo bo‘ladigan xonalarni tabiiy yoritish va shamollatish ochiladigan tavaqasi va framugasi bor derazalar orqali amalga oshiriladi. Ichki rekreatsiya yo‘laklarini va 50 kishi va undan ortiq evakuatsiya qilinuvchilarga mo‘ljallangan ichki yo‘laklarni tavaqasi ochiladigan derazalardan tabiiy yoritish shart.
Energiya tejamkorligi maqsadida ichki yo‘laklar, xollarni yoritish “ikkinchi yorug‘lik” — oynalangan peregorodkalar orqali amalga oshirilishi maqsadga muvofiq; bu holda ishchi kabinetlar, xonalarning ko‘rinib turishligini oldini olish bo‘yalgan oyna yoki taram — taram yuzali oyna qoplamalar orqali ta’minlanishi shart.
Tabiiy yoritishsiz yerto‘la qavatlarida joylashtirilgan xonalarga va quyidagilarga ruxsat etiladi:
maktabgacha muassasalarning bufetlari, xodimlar xonalari, ovqatlanish blokining oshxona idish-tovog‘ini yuvish xonalariga;
sport inshoatlarining tomosha, sport-tomoshagoh, sport-ko‘rgazma zallari, sirpanib uchish zallari, trener-tarbiyachi xonalariga;
sanitar ko‘rigi o‘tkazish xonasi, hojatxonalar (maktablar, internat-maktablar o‘rta maxsus va oliy o‘quv yurtlari qavatlararo hojatxonalari bundan mustasno), kiyim-kechak almashtirish xonalari va dushlar, bug‘xonalar, jumladan hammom quruq issiqxonalari, massaj xonalari, quyosh vannasi protsedura xonalariga;
davolash muassasalarining xodimlari komnatalari, bufet va idish-tavoq yuvish, narkoz, operatsiya qilish oldi, seksion va seksion oldi, apparat, torozu, termostat xonalari, mikrobiologik bokslar, funksional va rentgenodiagnostika, terapiya va shunga o‘xshash boshqa xona va kabinetlarga (0231 sonli SanPiN va loyiha topshiriqlarini hisobga olgan holda).
Tabiiy yoritishi bo‘lmagan xonalarni, asosiylariga bog‘liq bo‘lmagan manbalardan, avariya holati uchun sun’iy yoritish va zaruriy shamollatishni ta’minlash zarur (amaldagi normalar bo‘yicha).
Xonalarning tepa sathlaridan, yuqorida sanab o‘tilgan xonalarda (tabiiy yoritish bo‘lmasligi mumkin xonalar), hamda kiyim-kechak almashtirish xonalarida, kutish xonalarida, boks va izolyator qabulxonalarida, ko‘rikdan keyin patsiyentlarning vaqtinchalik dam olish xonalarida tabiiy yoritishni tashkil etishga ruxsat etiladi.
2.143. Zinapoya kataklari 2.100 bandini hisobga olgan holda yoritilishga ega bo‘lishi kerak. Har bir qavatning tashqi devorlarida L1 tipli zinapoya kataklari nur tushuvchi tirqishlarining (deraza) maydoni 1.2 m2 kam bo‘lmasligi shart (tirqish balandligi 1.5 m dan kam bo‘lmasligi kerak.) L2 tipli zinapoya kataklari tepa qavat qoplamasidan oynalangan yoki ochiq tirqishli joylar orqali tabiiy yorug‘lik olishi kerak (tirqish maydoni 4 m2 dan kam bo‘lmasin); marshlar oraliq tirqishi balandligi 0.7 m dan kam bo‘lmasligi darkor.
Yong‘in tutuni kiritilmaydigan zinapoya kataklarining derazalari ochilmaydigan bo‘lishi kerak.
Eslatma: F2, F3 va F4 klassidagi binolar uchun yong‘in tutuni kiritilmaydigan, nur tushuvchi tirqishlari yo‘q, zinapoya kataklarini qo‘llash SHNQ 2.01.02 ga asoslangan holda yo‘l qo‘yiladi.
2.144. Bolalar maktabgacha muassasalarining guruhlari xonalarida, o‘quv bilim yurtlarining o‘quv kabinetlari va tajribaxonalarida, ma’muriy yo‘nalishdagi ishchi xonalarda, kutubxona va arxivlar o‘quv zallarida, maishiy xizmat korxonalarining o‘quv ustaxonalarida chap tomondan tushib turuvchi tabiiy yorug‘lik tarqalishini ko‘zda tutish lozim; buni iloji bo‘lmagan hollarda qo‘shimcha tabiiy va sun’iy yoritish nazarda tutilishi lozim.
2.145. Bolalar maktabgacha muassasalari, maktablar boshlang‘ich sinflari guruh va o‘quv xonalarining derazalari, qoida bo‘yicha, J, JSHq, Shq larga qaratilgan bo‘lishi shart.
O‘quv yurtlari binolarida derazalar qaratilishi tavsiya etilgan yo‘nalishlar: umumta’lim kabinetlari — J, JSHq, Shq; Chizmachilik, rasm, informatika kabinetlari — shimoliy yo‘nalishlarga, kutubxonalarning o‘quv zallari Sh, SHSHq, Shq, JSHq larga.
Davolov muassasalarining xonalari derazalarining nur tushish tomonlariga qaratilishi 12-jadval bo‘yicha qabul qilinadi.

12-jadval

Xonalari

Yo‘nalishi

Operatsiya, reanimatsiya zallari, seksion, tug‘dirish

Sh,SHSHq,SHG‘

Yuqumli ashyoni qabul qilish va uni tahlil qilish bakteriologik tekshiruv tajribasi, yorish

Sh,SHSHq,SHG‘, JSHq, Shq

Sil va yuqumli kasalliklar palatasi

J, JSHq, Shq, SHSHq*, SHG‘*

Tezkor terapiya palatasi

G‘arbga va janubiy g‘arbga qarashiga yo‘l qo‘yilmaydi

Yasli va maktabgacha yoshdagi bolalar bo‘limi palatasi, bolalar bo‘limidagi o‘yinlar xonasi

J, JSHq, Shq

* Bo‘limdagi ko‘ykalar umumiy sonining 10% dan oshmaganda yo‘l qo‘yiladi.
Eslatma: Haddan ziyod quyosh nuri tushishidan himoya mahalliy sharoitdan kelib chiqqan holda, 2.147 bandni hisobga olib, nazarda tutilishi kerak.
2.146*. Bolalar maktabgacha muassasalarining guruhlari xonalarida, internat-maktablar yotoqlarida, umumta’lim maktablarining 50% o‘quv xonalarida (avvalom bor, boshlang‘ich sinflar) 22-mart (22-sentabr), sanitar-gigiyenik normalarda ko‘rsatilgan kuniga 3 soat uzluksiz quyosh nuri tushishi ta’minlanishi shart. Ko‘rsatilgan xonalarga uzluksiz bo‘lmagan holda quyosh tushishiga yo‘l qo‘yiladi, qachonki kun bo‘yi tushadigan nur vaqti yig‘indisi normadan 0.5 soatga ko‘p bo‘lsa.
Yuqorida ko‘rsatilmagan xonalarga quyosh nuri tushishi davomiyligi loyiha topshirig‘iga asosan belgilanadi.
2.147*. Quyosh radiatsiyasidan, ortiqcha quyosh nuri tushishidan va qo‘shni binolar yuzasidan aks etadigan yorug‘lik shulasidan himoya xonalarni optimal joylashtirish va yo‘naltirish, old sahnlarni ko‘kalamzorlashtirish, quyosh nuridan himoya vositalarini qo‘llash (SZU), jumladan himoya qatlamli deraza oynalarini qo‘llash orqali amalga oshiriladi; quyosh nuridan himoya tadbirlari mahalliy sharoitlardan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
Quyosh nuridan himoya qurilmalari QMQ 2.01.04-97* ga mos loyihalanishi shart. Quyosh nuridan himoya qurilmalari yilning issiq davrida quyosh radiatsiyasidan issiqlik tushishini kamaytirishni ta’minlashi va yilning sovuq davrida xona tomonidan quyosh energiyasini tutib qolishga qarshilik ko‘rsatmasligi zarur. Bir va ikki qavatli binolarning quyosh nuridan himoyasini ko‘kalamzorlashtirish vositalari orqali ta’minlashga yo‘l qo‘yiladi.
Balandligi 5 va undan ko‘p qavatli binolarning quyosh nuridan himoyasi qurilmalari yonmas ashyolardan bajarilishi kerak, bunda quyosh nuridan ko‘chmas himoya konstruksiyalari yong‘in o‘chiruvchilarni (asbob-uskunalari bilan) har qaysi qavatga kirishlariga va u yerdan insonlarni evakuatsiya qilishlariga to‘siq bo‘lib qolishi mumkin emas.
2.148*. Odamlar doimo bo‘ladigan xonalarning har bir derazasi tepa qismida, yaxlit oynalangan tomonlarida — pereplet tepa qatorining har bir 3-4 m ida ochiluvchan tavaqachasi yoki pastga osilib ochiladigan framugasi bo‘lishi zarurligi xonalarga yilning sovuq va unga o‘tish davrlarida toza havo kirishiga asosdir. Butunlay ochilgan tavaqacha yoki framuganing kesimi ichki maydoni 0.15 — 0.2 m2 ni tashkil etishi kerak. Tavaqacha va framugalardan foydalanishda qulaylik ta’minlanishi va framugalarning oraliq holatlari uchun fiksatorlar o‘rnatilishi shart.
Odamlar doimo bo‘ladigan xonalarga deraza ochiq tavaqalaridan yelvizak, burchak bo‘yicha va bir tomonlama shamollatish nazarda tutilishi kerak, texnologik talablarga asosan tashqaridan yoki qo‘shni xonalardan havo kirishiga yo‘l qo‘yilmaydi..
2.149. Havosi chang-to‘zonli va havoda yuqori chang miqdori bo‘lgan tumanlarda xonalarni changdan himoya tadbirlari yorug‘lik nuri tushuvchi tirqishlarni optimal tomonga yo‘naltirilgan holda va maxsus hajmiy-reja yechimlari, himoya ekranlari, jalyuzlar, boshqa qurilmalar, texnik vositalarni qo‘llash, jumladan havoni konditsiyalashtirish orqali amalga oshirilishi shart.
2.150*. Jamoat binolari xonalarida va ular oldi ochiq maydonlarida har xil ko‘rinishdagi sun’iy yoritish turlarini qo‘llash 20-ilovaga mos ko‘zda tutilishi shart. Sun’iy yoritish amaldagi normalarga mos, loyihalanishi zarur. Yoritish darajasini ko‘rsatuvchi datchiklar nazarda tutilishi tavsiyalanadi, ularning ko‘rsatkichlari bo‘yicha sun’iy yoritish yoqiladi va o‘chiriladi
Energiya sarfini kamaytirish maqsadida, qoida bo‘yicha, bir necha darajadagi sun’iy yoritish qo‘llanilishi zarur, jumladan “navbatchi rejim” darajasi. Yoritishning to‘liq quvvati zaruriyat bo‘yicha ish joylarida qo‘llanilishi shart. Qoida bo‘yicha, elektr energiyani cho‘g‘lanma lampalardan kam yutadigan svetodiod yoki lyuminessent yoritgichlar nazarda tutilishi zarur.
Liftlar
2.151. Yo‘lovchi liftlarining pastki dahliz sathidan eng tepa qavat pol sathi orasidagi masofa (texnik qavat mustasno) 13.2 m va undan ko‘p bo‘lsa, ya’ni 4 qavatdan baland binolarda ko‘zda tutiladi. Zaruriyat bo‘yicha nogironlar kolyaska-aravachalarida 2 — va yuqori qavatlarga chiqishlari uchun, hamda oshirilgan va yuqori kamfortli talablarni ta’minlash uchun 2 qavatli va undan yuqori binolarda liftlar qo‘llanilishi mumkin.
Kasalxona liftlari 2 qavat va undan yuqori davolash-profilaktika yo‘nalishidagi binolarda, statsionarlarda, sanatoriya korpuslarida, ijtimoiy va reabilitatsiya binolarida ko‘zda tutilishi shart.
Bino va inshoatlarda yo‘lovchi va kasallar uchun liftlar bo‘lmasa kolyaska-aravachadagi nogironlar qavatlardagi zaruriy xonalarga chiqishlari uchun maxsus ko‘tarib-tushiruvchi qurilmalar nazarda tutilishi darkor (O‘zR nogironlar jamiyati bilan kelishilgan holda).
Eslatma: Lift kabinasi o‘lchamlari SHNQ 2.07.02 talablariga mos bo‘lishi kerak (nogironlarning kolyaska-aravachasi sig‘ishi hisobga olingan holda).
2.152. Yo‘lovchi liftlarining soni hisoblab aniqlanadi, ammo, qoida bo‘yicha, ikkitadan kam bo‘lmasligi kerak. Binodagi bitta yo‘lovchi lifti (yo‘lovchi yoki yuk tashuvchi) kabinasi bo‘ylama chuqurligi 2100 mm dan kam bo‘lmasligi kerak, chunki odamni zambilda transportirovka qilish zaruriyatida imkoniyat bo‘lishi uchun.
Agar hisob bo‘yicha binoda yo‘lovchilar uchun bitta lift yetarli bo‘lsa, ikkinchi lift yuk tashishga mo‘ljallanishi kerak. Yuk tashuvchi liftlar texnologik talablardan kelib chiqqan holda ko‘zda tutiladi.
Balandligi 28 m dan yuqori bo‘lgan binolarda liftlardan biri yong‘in o‘chiruvchi bo‘linmani tashish uchun mo‘ljallangan bo‘lishi kerak.
2.153. Eng uzoq joylashgan xona eshigi oldidan yo‘lovchi lifti eshigigacha oraliq masofa 60 m dan oshib ketmasligi zarur.
2.154. Yo‘lovchi liftlaridan chiqish lift xollari orqali loyihalanishi kerak. Xona eshiklari, qoida bo‘yicha, to‘g‘ridan to‘g‘ri lift xollariga qarab ochilmasligi zarur.
Lift xollari kengligi quyidagi miqdorlardan kam bo‘lmasligi shart:
liftlarni bir tomonlama joylashuvida — lift kabinasining bo‘ylama chuqurligining 1.3 baravari (ya’ni 1.82 m va ortiq);
ikki tomonlama joylashuvida — kabinaning eng kichik bo‘lgan bo‘ylama chuqurligining ikki baravari (ya’ni 2.8 m dan kam emas va qoida bo‘yicha, 5 m dan ko‘p emas.
Bo‘ylama chuqurligi 2100 mm bo‘lgan liftlar old qismi lift xollining kengligi 2.5 m dan kam bo‘lmasligi kerak.
Balandligi 28 m gacha bo‘lgan ma’muriy-boshqaruv yo‘nalishidagi binolarda, agarda ularda keluvchilar qabuli nazarda tutilmagan bo‘lsa, liftlardan chiqish (ikkitadan oshmagan) to‘g‘ridan to‘g‘ri zinapoya maydonchasiga bo‘lishi mumkin (maydoncha kengligi 1.6 m dan kam bo‘lmasligi kerak).
Saqlashga va qayta ishlashga mo‘ljallangan yonuvchan ashyolar omborcha xonalaridan to‘g‘ridan to‘g‘ri lift xollariga chiqish ko‘zda tutilishi mumkin emas.
Yong‘in tutuni kiritilmaydigan zinapoya katakli binolarda lift shaxtalariga yong‘in paytida havo berish qurilmasi bo‘lishi shart. Ushbu shaxtalardan chiqish lift xollari orqali bo‘lib, boshqa xonalar va ichki yo‘laklardan yong‘inga qarshi 1-tipli EI 45 bo‘lgan peregorodkalar, pritvorlariga o‘zi zich yopilib qoluvchan 2-tipli EI 30 bo‘lgan eshiklar bilan ajratilishi shart. Bu holda lift shaxtasida yong‘inga qarshi eshik qo‘yilishi shart emas.
2.155. Sokol va yerto‘la qavatlarida lift shaxtalaridan chiqish yong‘inga qarshi 1-tipli EI 45 bo‘lgan peregorodkalar bilan ajratilgan xoll yoki tambur-shlyuzlarga bo‘lishi kerak.
Xoll va tambur-shlyuzlarning eshiklari yong‘inga qarshi, pritvorlariga zich yopilib qoluvchan bo‘lishi shart, lift shaxtasi tomonidagi eshik yonuvchan ashyodan bo‘lishi mumkin (oynalanmagan).
2.156. Liftlarning mashina va shaxtalari odamlar doimo bo‘ladigan xonalarga yondosh bo‘lmasligi kerak.
O‘quv, ilmiy-tekshirish yo‘nalishidagi binolarda, davolash va ambulatoriya-poliklinika muassasalarida, qayerdaki insonlar uchun komfort sharoit yaratilishi kerak bo‘lsa, liftning shaxta va mashina bo‘limlarining xonalari va ko‘tarib-tushuruvchi qurilmalari asosiy xonalardan 6 m dan kam bo‘lmagan uzoqlikda joylashgan bo‘lishi kerak.
Chiqindi chiqargich va chang tozalagich
2.157. Chiqindilardan tozalash tizimi, chiqindini chiqarib tashlash yo‘llari, mahalliy sharoitlardan kelib chiqqan holda, loyiha topshirig‘iga asosan nazarda tutiladi (sutkada yig‘ilib qoladigan hajmni hisobga olgan holda).
Binoda chiqindi chiqargich bo‘lmasa birinchi qavatda chiqindi yig‘uvchi kamera, maydonda maxsus chiqindilarni yig‘uvchi konteyner uchun qattiq qoplamali maydoncha ko‘zda tutilishi zarur.
Oziq-ovqat chiqindilari uchun ularni vaqtinchalik saqlab turishga sovutgich kamerasi nazarda tutilishi kerak.
2.158. Chiqindi chiqargichlar, qoida bo‘yicha, 5 qavatdan yuqori binolarda, davolashga mo‘ljallangan 200 va undan ortiq ko‘ykasi bor statsionar binolarida va 200 va undan ortiq o‘rinli mehmonxonalarda esa kam qavatlilarda ham nazarda tutilishi kerak.
2.159. Chiqindi chiqargich qurilmasi quviri qurilish konstruksiyalaridan havo va shovqin o‘tkazmaydigan bo‘lishi kerak; u odamlar doimo bo‘ladigan xonalarga yondosh biriktirilgan bo‘lmasligi shart.
Chiqindi yig‘ish kamerasi (ichki sathlari balandligi 1.9 m dan kam bo‘lmasligi kerak) to‘g‘ridan to‘g‘ri chiqindi chiqargich quviri ostida joylashgan va binoga kirish joyidan yaxlit devor bilan ajratilgan, tashqariga ochiladigan kirish eshigi, hamda peregorodka devorlari yong‘inbardoshligi EI 45 va tepa qoplamasi REI 45 bo‘lishi kerak.
Chiqindi yig‘uvchi kameraning pol ustki sathi trotuar yoki kelib tutashgan transport yo‘lagidan, qoida bo‘yicha, 0.1 m balanda bo‘lishi shart; kamerani boshqa sathlarda joylashtirish uchun chiqindi chiqargichni mexanizatsiya qurilmasi bilan ta’minlash zarur.
2.160. Markazlashgan yoki birga qo‘shilgan vakuumli chang tozalagich tizimi loyiha topshirig‘iga asosan sanitariya-gigiyeniya talablari kuchaytirilgan binolarda ko‘zda tutiladi (tomosha zallari, muzeylar, kutubxonalar, savdo markazlari, univermaglar, statsionar kasalxonalar, sanatoriyalar, mehmonxonalar va 200 va undan ortiq o‘rinli pansionatlar va boshqalarda).
Qolgan hollarda xonalardan chang chiqargich sifatida maishiy havo so‘rgichlardan foydalaniladi.
Eslatma: 1. Chang chiqargich tizimlari yo‘q bo‘lganda havo so‘rgich filtrlarini tozalovchi kameralar loyiha topshirig‘iga asosan ko‘zda tutiladi.
2. Birga qo‘shilgan vakuumli chang tozalagich tizimini loyihalashda bitta qabul qiluvchi klapan bilan xizmat ko‘rsatish doirasi 50 m dan oshmasligi darkor.
Energiya tejami*
2.161*. Jamoat binosi, QMQ 1.03.09-97* ga asosan loyihalashga integral yondoshuv qo‘llanilib, energiyatejamkor qilib loyihalanishi shart. Isitishga, ventilyatsiyaga va konditsiyalashtirishga energiyaning hisobiy solishtirma sarfi QMQ 2.01.18-2000* talablariga mos kelishi zarur.
2.162*. Energiya tejami, energiya samaradorliklarini loyihalashning barcha bosqichlarida ko‘zda tutish zarur: qurilish maydonlari va uchastkalarda binoni(inshoatlarni) joylashtirishda, optimal hajmiy-rejaviy yechimlar qabul qilishda va loyihani to‘liq ishlab chiqishda konkret loyiha qarorlarini aniqlashlarda.
2.163*. Binoni qurilish maydoniga joylashtirishda imkoniyat qadar binoning bo‘ylama tarzini janubiy yoki unga yaqin tomonlarga qaratish zarur.
Binoning qurilish hajmi birligiga to‘g‘ri keladigan tashqi to‘siq konstruksiyalari yuza maydoni mumkin qadar kam bo‘lishiga erishgan holda binoni ko‘pincha kompakt qilib loyihalash zarur. Binoning kompaktligiga yo‘l qo‘yiladigan chegaralarda korpus enini va qavatlar sonini oshirish, tabiiy yorug‘lik va tabiiy shamollatish talablari hisobga olingan holda bino xonalarining ratsional blokirovkalash hisoblariga erishiladi.
2.164*. Odamlar ko‘proq bo‘ladigan va orgtexnikalardan ko‘proq issiqlik ajraladigan asosiy xonalar bino tarzining shimoliy yo‘nalishiga qaragan tarafiga joylashtirilishi zarur. Ekspluatatsiya rejimi bo‘yicha ko‘proq “iliq va nam” bo‘lib turadigan xonalar binoning ichki devorlariga shunday tutashgan qilib joylanishi kerakki, mumkin qadar u xonalarning devorlari ichida tashqi to‘siq devori bo‘lmasin.
Hajmiy — rejaviy yechimlar ishlashda bino burchaklaridagi maydonlari 40 m2 gacha bo‘lgan xonalardagi ikki tashqi tomonlarga birvarakayiga deraza qo‘yishdan voz kechish kerak.
2.165*. Tagidan avtoulov yo‘lakchalari bor hajmlar (bloklar), bino asosiy hajmidan “turtib chiqqan” hajmlar va bloklar, bino burchaklarida joylashtirilgan ikki tomonlama tashqi devorlari bor xonalar, mansard qavat xonalarining issiqligi effektiv himoyalanishini ta’minlash zarur.
Isitilmaydigan ayvonlar, yozgi yotoqlar, old qurilmalar isitiladigan xonalardan tashqi eshikli tashqi devor bilan ajratilishi shart, isitilmaydigan xonalarni isitiladigan xonalar tagi yoki ustki qismida joylashtirilganda gorizontal oraliq qoplamalarining isitgich ashyolari QMQ 2.01.04-97* ga mos nazarda tutilishi zarur.
Tashqi havo hududiga turtib chiqib turuvchi bino konstruktiv elementlarini (karniz, parapet va boshqalar), “sovuqlik ko‘prikchasi” vazifasini bajarishi oldini olish maqsadida, isitish izolyatsiyalari bilan ta’minlanishi tavsiyalanadi.
2.166*. Jamoat binosining issiqlik himoya darajasi loyihaning taalluqli bo‘limi ishlanishida qabul qilinishi kerak, ammo obyektlarning energiya effektivligini oshirish maqsadida o‘zgartirishlar kiritilgan loyihalash normalari QMQ2.01.04-97* va loyiha topshirig‘i talablaridan kam bo‘lmagan holda.
Qurilish konstruksiyalarining issiqlik himoyasi va teplofizik parametrlari QMQ 2.01.04-97* talablariga mos bo‘lishi shart.
2.167*. Ijtimoiy yo‘nalishdagi obyektlarga energiya tejami va energiya effektivligi bo‘yicha oshirilgan talablar qo‘yilishi shart: davolash-profilaktika muassasalarining binolari, davolash muassasalariga moslashtiriladigan bino va inshoatlar, bolalar bog‘cha-yasli binolari, maktablar, litseylar, kollejlar, internatlar (internat uylar, internat maktablar) shular jumlasidandir. Ko‘rsatib o‘tilgan obyektlarni loyihalash ikkinchi darajadagi issiqlik himoyasidan kam bo‘lmagan holda QMQ 2.01.04-97* ga mos bo‘lishi shart.
2.168*. Issiqlik himoyasi, isitish tizimi, ventilyatsiya va konditsiyalashtirishlarning hisobiy ichki parametrlari 4 bo‘limning jadvallari bo‘yicha normalangan darajada qabul qilinib loyihalanishi shart. Ichki parametrlarning chegaraviy yoki optimal miqdorlarini ikkinchi yoki uchinchi darajadagi issiqlik himoyasidagi binolar uchun loyiha topshirig‘iga asosan qabul qilishga yo‘l qo‘yiladi.
2.169*. Tabiiy yorug‘lik tushishi normativ ko‘rsatkichlarini ta’minlagan holda yo‘nalishidan va oynalanish konstruksiyalaridan yo‘l qo‘yiladigan issiqlik yo‘qotilishlarini hisobga olgan holda binolarning optimal oynalanishi nazarda tutilishi zarur.
Shimolga qaragan bino tarzi oynalanish maydoni minimal yetarli qilib ta’minlanishi shart. Bino bo‘yicha barcha yorug‘lik tushishi darchalari maydoni yig‘indisi tashqi devorlar maydoni yig‘indisining 25% idan oshib ketmasligi shart.
Shaffof yorug‘lik beruvchi to‘siqlar maydonini oshirishga binoning “janub” tarziga quyosh nuridan himoya qurilmalari qo‘llanilganda va ushbu loyihalash normalarining 2.147 va 2.148 bandlar talablariga rioya qilinganda yo‘l qo‘yiladi.. G‘arbiy tarzlar oynalanishi 40% dan oshib ketmasligi zarur.
2.170*. Binolar yuqori shovqin fonli hududlarda joylashtirilganda effektiv shovqin va issiqlik himoyasi xususiyatlari bo‘yicha deraza konstruksiyalarini — ikkitali va uchtali oynapaketli, issiqlik o‘tkazishga normadan yuqoriroq qarshiligi bo‘lgan effektiv shaffof oyna tarz to‘siqli (orasi g‘ovakli, yorug‘lik qaytaruvchi qoplamali) qilib qo‘llash tavsiyalanadi.
2.171*. Tashqi kirish eshiklaridan sovuq havo kirishini kamaytirish maqsadida ularni prujinali eshikni yopib qo‘yuvchi uskunalar bilan jihozlash zarur.
Odamlar katta oqimi kirib keladigan binolarda kirish eshiklari avtomat ravishda ochiladigan va yopiladigan yoki avtomatlashtirilmagan to‘rtta tavaqali aylanib ochiladigan bo‘lishi shart.
Kirish eshiklariga old qurilma shaklida isitilmaydigan dahlizcha yengil konstruksiyalardan jihozlanishi tavsiyalanadi, jumladan shaffof yorug‘lik beruvchi ashyoli elementlari bilan.
2.172*. Jamoat binolarining isitish tizimi, ventilyatsiya va konditsiyalashtirilishi obyektlarning energiya effektivligini oshirish maqsadida o‘zgartirish kiritilgan QMQ 2.04.05-97* loyihalash normalari talablariga mos bo‘lishi shart.
Xonalarda mikroklimat parametrlari avtomatik yoki qo‘lda tartibga solib boshqariladigan bo‘lishi zarur. Jamoat binolarida ish vaqtidan tashqari vaqtlarda isitish tizimi issiqlik iste’molini kamaytirib qo‘yish qurilmalari bilan jihozlanishi zarur.
2.173*. Binolarda suv sarfi tejamkorlik bilan bo‘lishini ta’minlash maqsadida suv quvurlari jo‘mragi richagli yoki bosib ochiladigan qurilmalar va ikki rejimli unitazlar nazarda tutilishi tavsiyalanadi.
2.174*. Binoning muhandislik jihozlariga, armaturalariga, muhandislik tizimlarining anjomlariga va ularning ulanish nuqtalariga qulay yaqinlashish, ko‘zdan kechirish, texnik xizmat ko‘rsatish, o‘z vaqtida ta’mirlash va almashtirish imkoniyatlari bo‘lishi shart.
2.175*. Binoda har xil tashkilotlarga yoki mulkdorlarga taalluqli bir necha xonalar guruhi va markazlashgan sovuq va issiq suv, elektr energiyasi, gaz va issiqlik ta’minotlari bo‘lganda har bir guruh xonalar energiya, gaz va suvga o‘zlarining shaxsiy hisob-kitob anjomi bilan ta’minlanishlari shart.
2.176*. Binolarning (inshoatlarning) maksimal energiya sarfi effektivligiga erishish uchun ekologik toza qayta tiklantiriluvchi energiyalardan, birinchi navbatda quyosh energiyasidan, passiv va aktiv geliotizimlarni qo‘llash yo‘li bilan, foydalanish tavsiyalanadi.
Passiv geliotizimlarni yilning sovuq davrida xonalarda deraza oynasi va tepa atrium bo‘shlig‘i va passajlarning oynasi orqali tushadigan quyosh nurini tutib qolishga imkon beradigan hajmiy-rejaviy yechimlarni nazarda tutgan xolda amalga oshirish zarur. Eng yaxshi effektga oynalangan to‘siqni janub tomonga qaratgan holda erishiladi. Passiv geliotizimni qo‘llaganda yoz davrida xonalarni qizib ketishini oldini oladigan loyiha yechimlari ko‘zda tutilishi lozim.
Quyosh energiyasidan foydalanishni xonalarning tabiiy yoritilishi va insolyatsiyasini oshirish, yilning iliq davrida tabiiy shamollatishni yaxshilash ishlari bilan birga qo‘shish maqsadga muvofiq.
Passiv geliotizimni amalga oshirishda u yoki bu hajmiy-rejaviy yechimlarni qo‘llashning maqsadga muvofiqligini binoning funksional mo‘ljallanganligini hisobga olgan holda aniqlash zarur.
2.177*. Issiq suv ta’minoti maqsadlari uchun tom tepasiga o‘rnatiladigan quyosh kollektorlarini qo‘llash tavsiya etiladi. Bunda, quyosh kollektorlari QMQ 2.04.16 ga muvofiq loyihalashtirilishi lozim.
Quyosh kollektorlari bino fasadlarida qo‘llanilganda, ularni o‘rnatish uchun mahkamlash joylari nazarda tutilishi kerak.
Quyosh kollektorlarini tom tepasiga, fasadlarga yoki yer sathiga joylashtirish joyini tanlash loyiha topshirig‘iga asosan mahalliy sharoitlarni hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
Jamoat binolari va inshootlarini loyihalashtirishda yilning iliq davrida issiq suv ta’minotining kamida 25 foiz miqdorini, ta’lim tashkilotlari hamda davolash-profilaktika muassasalari binolarida issiq suv ta’minotining kamida 50 foiz miqdorini quyosh kollektorlarini qo‘llagan holda qoplash nazarda tutiladi.
(2.177*-band O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirining 2022-yil 16-avgustdagi 145-sonli buyrug‘i tahririda)
2.178*. Eksperimental va unikal binolar uchun energiya tejami va energiya effektivligini oshirish bo‘yicha loyiha yechimlari, energiya tejamkorligi tadbirlarini joriy qilish uchun, ikki bosqichli oldindan tahlil qilingan holda va eng maqsadga muvofiqini tanlab olib ishlab chiqilishi zarur.
3. JAMOAT BINOLARINING ASOSIY XONALARIGA QO‘YILADIGAN TALABLAR
Maktabgacha muassasalar
3.1. Bolalarning maktabgacha muassasalari — umumiy va sog‘lomlashtirish tipli yasli-bog‘chalar, qoida bo‘yicha, 300 o‘rindan ko‘p bo‘lmagan sig‘diraolishlik miqdorida bo‘lishi kerak. Yaslilarda guruhlarni to‘ldirish 15 nafardan ko‘p bo‘lmasligi (3 yoshgacha bo‘lgan bolalar) va 20 nafar o‘rin — maktabgacha yoshdagi guruhlarda 3 yoshdan 6-7 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun.
Umumiy tipli bolalar maktabgacha, sog‘lomlantirish va jismoniy hamda aqliy rivojlanishida nuqsonlari bor bolalar uchun, maxsuslashtirilgan muassasalarini loyihalashda ushbu normalar qatori amaldagi sanitar norma va qoidalari ham hisobga olinishi shart.
jismoniy hamda aqliy rivojlanishida nuqsonlari bor bolalar uchun maxsuslashtirilgan muassasalar soni kamaytirilgan guruhli qilib loyihalanishi kerak — sanitar normalariga va SHNQ 2.08.07 ga asosan 12 o‘rindan oshmagan holda.
Bolalar yasli-bog‘chasi guruhlarining yacheykalari xonalari 13-jadval ko‘rsatkichlariga mos holda loyihalanishi shart (yuqorida ko‘rsatilgan hisobiy to‘ldirishlarni e’tiborga olgan holda).
Davlat qaramog‘ida bo‘lmagan, guruhlarni to‘ldirilishi qisqartirilgan, bolalarning umumiy va sog‘lomlashtirish tipidagi muassasalarida — 10-12 bolaga guruh xonasi maydoni 30 m2 dan kam bo‘lmagan, yotog‘i 20 m2 dan kam bo‘lmagan, yechinish xonasi 12 m2 dan kam bo‘lmagan, hojatxonasi 10 m2 dan kam bo‘lmagan miqdorlarda bo‘lishi shart.
Bolalar sog‘lomlantirish tipidagi yasli-bog‘chasi umumiy tipdagi yasli-bog‘chadan qo‘shimcha sog‘lomlashtirish xonalari borligi bilan farq qiladi (loyiha topshirig‘iga ko‘ra).
Bolalar muassasalarining barcha tiplarida asosiy bino oldiga kichik yoshdagi bolalar uchun yozgi xona-ayvoncha bir o‘ringa 2 m2 hisobidan, ammo 20 m2 dan oshmagan holda ko‘zda tutilishi kerak.
Bolalar yasli-bog‘chasini turar-joy uylari hajmiga kiritib-biriktirib joylashtirishga SHNQ 2.08.01 ning qo‘shimcha talablarini hisobga olgan holda ruxsat etiladi.
Eslatma: Bolalarning ochiq havoda o‘ynab-kulishlari uchun har bir guruhga 36 — 40 m2 tepa qoplamali soyabon va ochiq jihozlangan maydonchalar ko‘zda tutilishi kerak.

13-jadval

Guruhli yacheyka xonalarining nomlanishi

1 bolaga xona maydoni, m2

Umumiy, sog‘lomlantirish tiplilar

Maxsuslashtirilgan

yasli

bog‘cha

Qabul qilishda kiyim-kechak almashtiriladigan xona

1,0

0,8

1,5

Guruh xonasi (jumladan joylar: ovqatlanish va shug‘ullanish, harakatli o‘yinlar, sokin dam olish)

2,7 — 3,0

(40 — 45 m2)

2,5 — 3,0

(50 — 60 m2)

4,5

(54 m2)

Yotoq (yotoq ayvoni)

2,0

2,0

2,4

Hojatxona (15 — 16 m2)

1,0

0,8

1,2

Nogiron bolalar reabilitatsiyasi uchun maxsus mashg‘ulotlar xonasi (20 — 30 m2)

-

-

2,5 — 3,0

Bufet xonasi 5-6 m2

+

+

+

3.2. Yasli guruhini birinchi qavatlarda joylashtirish va alohida kirish joylari bo‘lishi kerak, katta yasli yoshidagilar guruhlari uchun bitta ikkitasiga kirish joyi bo‘lishga ruxsat etiladi.
Maktabgacha yoshdagilar guruhlarining 3-4 tasiga bitta kirish joyi nazarda tutilishi mumkin (2.109 bandi, 8-jadval va 2.131 bandilari talabini hisobga olgan holda). Maktabgacha yoshdagilar guruhlarni ikkinchi qavatga joylashtirilganda kiyim-kechak almashtirish xonalarini birinchi qavatga kiraverish yaqinida ko‘zda tutish mumkin.
Eslatma: 1. Kirish joyi yaqinida yasli guruhidagilar uchun kolyaskalar joyi bo‘lishi kerak.
2. Tashqi kirish joylaridagi tamburlar 1.6 m dan kam bo‘lmagan kenglik va uzunlikda bo‘lishi kerak.
3. Maxsuslashgan bolalar muassasalari uchun SHNQ 2.08.07. talablari e’tiborga olinishi shart.
3.3. Yasli guruhi hojatxonasi bitta xonadan iborat bo‘lib 15 m2 dan iborat (suyuqlik chiqarish kabinasi joylashtirilishi bilan); maktabgacha guruhlar uchun yuz-qo‘l yuvish xonasi (8 m2) va hojatxona (8 m2) bo‘lishi kerak; katta va tayyorlov guruhlari uchun (5 — 7 yoshdagi bolalar) hojatxonalar o‘g‘il bolalar va qizlar uchun alohida bo‘lishi kerak (kengligi 0.8 m bo‘lgan ochiq kabinalar va ular orasida balandligi 1.2 m li to‘siqlar joylashtirilishi kerak).
3.4. Musiqa va jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari uchun umumiy zallar 3 — 6 ta maktabgacha guruhlarga va bir nafar shug‘ullanuvchiga 4-5 m2 maydon bo‘lishi hisoblariga asosan ko‘zda tutilishi kerak (20 nafar bolalarga).
Maktabgacha guruhlar soni 6 tadan oshsa jismoniy tarbiya va musiqa zallari alohida nazarda tutilishi shart; bu holda jismoniy tarbiya (gimnastika) zallari, qoida bo‘yicha, 9x9 m (81 m2) dan kam emas, musiqa bilan shug‘ullanuvchilar zallari — 55 m2 dan kam bo‘lmasliklari zarur (1 nafar shug‘ullanuvchiga 2.8 — 3.0 m2 maydon hisobidan).
Zallar ajratilgan tartibda foydalanishga hisoblanishi va u yerdan kesib o‘tish taqiqlangan bo‘lishi shart.
Maktabgacha guruhlarning soni 3 tadan kam bo‘lib 60 nafardan oshmagan maktabgacha yoshdagilar uchun umumiy zallar ko‘zda tutilmasligi mumkin.
Eslatma: Zallar tarkibida inventar-omborchalar ko‘zda tutilishi kerak.
3.5. Bolalar yasli-bog‘chasida nazarda tutiluvchi xonalar: tib xonasi (12 m2) oldida muolaja xonasi (12 m2), logoped xonasi — 12 m2 (8 ta guruhlilardan boshlab). Yasli-bog‘chalarda 115 o‘rinligacha 14 m2 dan kam bo‘lmagan maydonli bitta tib xonasi, undan ko‘pida ikkita yondosh tib xonasi bo‘lishiga ruxsat etiladi (har biri 12 m2 dan kam emas).
Izolyator xonasi bolalar muassasasining sig‘diraolishlik miqdorining 1.5 — 2% ini tashkil etishi, ammo ikki palatadan kam bo‘lmasligi shart (ikki xil yuqumli kasallik uchun).
O‘rni soni 100 tagacha bo‘lgan bolalar muassasalarida maydoni 5 m2 bo‘lgan ikkita izolyator xonasi ko‘zda tutilishi kerak, palatalar oldida hojatxona va bufet bo‘lishi zarur. O‘rni soni 100 — 150 gacha bo‘lganda ikkitadan kam bo‘lmagan 3 o‘rinlidan bo‘lishi kerak. Izolyator oldida tashqariga chiqish joyi bor keluvchilar tamburi, hojatxona va hamshira xonasi (6 — 8 m2) bo‘lishi shart.
Sog‘lomlantirish va davolashga mo‘ljallangan xonalarga qo‘shimcha xonalar (massaj, fizoterapiya, ingalyatsiya, suv muolajalari va boshqa xonalar) loyiha topshirig‘i bo‘yicha ko‘zda tutiladi.
3.6. Jismoniy va aqliy rivojlanishida doimiy nuqsonlari bor bolalar uchun mo‘ljallangan maxsus bolalarning maktabgacha muassasalarining loyihalanishi, qoida bo‘yicha, 6 — 10 guruhga hisoblangan bo‘lib, har bir guruhning to‘ldirilishi ijtimoiy-pedagogika va tib asoslariga mos bo‘lishi kerak (10 — 12 nafar bolalar). Guruh xonalarining tarkibi va maydoni 13-jadvaldan qabul qilinadi. Maxsuslashgan maktabgacha muassasalar SHNQ 2.08.07 ga asosan loyihalanishi kerak va ushbu normalarda sanab o‘tilgan xonalardan tashqari tarkibiga reabilitatsiya majmualari va bolalarning kasallanishi yo‘nalishlari bo‘yicha xonalarni kiritish zarur (loyiha topshirig‘iga asosan).
Ko‘rishi, hamda tayanch-harakati funksiyalarida va aqliy rivojlanishida nuqsonlari bor nogiron bolalar bog‘chalari binolari bir qavatli, eshitishi va nutqida xastaliklari bor bolalar uchun ikki qavatli loyihalanishi shart.
3.7. Xizmat-maishiy xonalarining tarkibida nazarda tutilishi zarur: kirish dahlizi — xoll (12 — 18 m2), mudir kabineti (12 m2), xo‘jalik mudiri kabineti (8 m2), metodika kabineti (18 — 20 m2), xo‘jalik omborchasi (6 — 8 m2), kir yuvish xonasi (10 — 12 m2), dazmollash xonasi (10 — 12 m2), toza kiyim-kechak xonasi (6 m2), xodimlar uchun kiyim-kechak almashtirish xonasi, dushxona va hojatxona. O‘rni 100 dan ortiq bo‘lgan holatlarda ta’mirlash ustaxonasi nazarda tutiladi (15 — 20 m2).
Ovqatlanish bloki kirish oldidagi tashqi yuk tushirish xonasi bilan loyihalanishi kerak (6 — 9 m2). Ovqatlanish blokida ko‘zda tutilishi kerak: oshxona ovqat tarqatuvchi xonasi bilan (20 — 30 m2), oshxona idish-tovog‘ini yuvish xonasi (6 m2), go‘sht-baliq va sabzavot ishlov sexi (2 ta 8 m2 dan), sabzavot va quruq mahsulotlar omborchasi (2 ta 6 — 8 m2 dan), muzlatish kameralari (6 — 8 m2), xodimlar xonasi (8 — 10 m2), xodimlarning dush va hojatxonasi.
Guruhlar yacheykalari va ovqatlanish bloklari xonalari kiraverish qarshisida kir yuvish xonasiga kirish joyini joylashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Guruhlar xonalarining tag qavatida ovqatlanish bloki va kir yuvish, dazmollash xonalarini joylashtirishga ruxsat etilmaydi.
Xizmat-maishiy xonalari, ovqatlanish va kir yuvish xonalarini alohida blokda joylashtirish mumkin.
Eslatma: Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan xizmat-maishiy xonalari va ovqatlanish bloki tarkibi va maydonlari, jumladan tayyorlov, pishirish, go‘sht-baliq va sabzavot sexlari, muzlatish kameralari, omborcha xonalari, boshqa xonalarning maydoni sig‘diraolishlik miqdoriga, shtat jadvaliga, ovqatlanish blokining ishlab-chiqarish hajmiga asosan loyiha topshirig‘ida belgilanadi.
O‘rni 120 tagacha bo‘lganda muzlatish kamerasi o‘rniga muzlatgich jihozlarini qo‘llash mumkin.
3.8. Bolalar bog‘chasi va boshlang‘ich maktabni bitta qo‘shma binoda joylashtirilgan holatlarda bog‘cha va maktab uchun bo‘lak kirish va evakuatsiya joylari ko‘zda tutilishi zarur. Maktabgacha yoshdagi guruhlarning va o‘quv xonalarining xonalari tarkibini va o‘quvchilar uchun rekriatsiya joylarini amaldagi loyihalash normalariga asoslanib qabul qilish kerak. Bolalar muassasalari va maktablari uchun jismoniy tarbiya va musiqa mashg‘ulotlari zallari, tib va sog‘lomlantirishga mo‘ljallangan ma’muriy-xo‘jalik xonalarining bloklari umumiy birgalikda nazarda tutiladi.
3.9. Bolalarning 12 nafar kichik guruhiga mo‘ljallangan kichik cho‘milish basseyni o‘lchamlari, qoida bo‘yicha, 3x7(6) m dan kam bo‘lmasligi shart (chuqurligi 0.6-0.7 m gacha); basseynchani maydoni 50 m2, balandligi 3.6 m bo‘lgan zalga joylashtirish ko‘zda tutiladi. Basseynchaga chiqish dushxona orqali chuqurligi 0.1 m bo‘lgan oyoq vannasidan o‘tiladigan qilib, basseynchaga tushish uchun 1.2 m kenglikda zinapoya nazarda tutilishi kerak (qo‘l ushlagichlari bilan). Vanna atrofida balandligi 0.15 m, kengligi 0.3 m bo‘lgan uzluksiz supacha ko‘zda tutilishi kerak, aylanib o‘tuvchi yo‘lakcha kengligi 0.75 m, kirish tomonidagisi 1.5 m bo‘lishi kerak. Basseyncha zalida jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanadigan maydoncha ham nazarda tutilishi tavsiya etiladi.
O‘g‘il bolalar va qizlar yechinish xonalari oldida 1 ta unitazli hojatxona va 2 ta shoxchali dushxona nazarda tutilishi kerak. Yechinish xonalari 0,75 — 1,0 m2/bolaga hisobidan, lekin 9 m2 dan kam bo‘lmagan miqdorlarda bo‘lishi shart. Basseyncha oldida hamshira xonasi (8 m2), sport inventar xonasi (6 m2), ekspress-laboratoriya (8 — 12 m2), suvni xlorlash va ilitish uchun texnik xonalar ko‘zda tutilishi kerak (xonalar tarkibi loyiha topshirig‘iga asoslanishi kerak).
Bolalarning 15 — 20 nafarini suzishga o‘rgatish basseyni o‘lchamlari, qoida bo‘yicha, 6x12 m dan va chuqurligi 0.8 m dan kam bo‘lmagan holda bo‘lishi shart. Tayyorlanish mashg‘ulotlarining maydoni, qoida bo‘yicha, 60 m2 dan kam bo‘lmasligi zarur.
Basseynlar loyihalanishida amaldagi qurilish normalarining talablari hisobga olinishi shart.
3.10. Turar-joy binolarida maktabgacha yoshdagi bolalarning 10 — 12 nafardan iborat guruhi uchun vaqtinchalik xonalar tarkibi: guruhlar xonasi 30 m2 ; kiyim-kechak almashtirish — qabul xonasi 12 m2 , bufet-pishiriq xonasi 6 m2, bolalar hojatxonasi (4 m2), xodimlar uchun kiyim-kechak almashtirish xonasi va dushli hojatxonasi, tozalash inventarlari uchun xonalar (4 m2) ko‘zda tutilishi kerak.
Ilova: Ovqatlantirish va kunduzgi uxlatish ishlarini tashkil etish nazarda tutilmaydi.
Ta’lim tashkilotlari va muassasalari
3.11. Umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarini bir smenali mashg‘ulotlarga hisoblab loyihalanishi, sinfda o‘quvchilar soni 30 nafardan oshmagan holda, kelajakda 25 nafarga mo‘ljallangan bo‘lishi kerak.
Umumiy o‘rta ta’lim tashkilotining loyihaviy quvvati tegishli ta’lim bosqichlari: I — IV sinflar — boshlang‘ich ta’lim, V — IX sinflar — tayanch o‘rta ta’lim va X-XI sinflar — o‘rta ta’lim patoklari sonini hisobga olgan holda, sinflar soni bo‘yicha aniqlanadi. Mahalliy sharoitdan kelib chiqib patoklarning har xil nisbati ko‘zda tutilishi mumkin. Umumiy o‘rta ta’lim tashkilotining eng katta loyihaviy quvvati, qoidaga ko‘ra, 44 sinf/1320 o‘quvchidan oshmasligi lozim. Boshlang‘ich ta’lim tashkilotlari umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlaridan alohida joylashtirilishi mumkin.
Yirik shaharlarning aholi zich joylashgan hududlarida texnik-iqtisodiy asoslash asosida umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari bir sinfda o‘quvchilar soni 35 nafar hisobidan 48 sinf/1680 o‘quvchi loyihaviy quvvati bilan loyihalanishi mumkin.
Boshlang‘ich ta’lim tashkilotlari maktabgacha ta’lim tashkilotlari bilan birlashtirilishi hamda ushbu SHNQning 2.26, 3.8, 3.13 va 3.14 bandlari talablarini hisobga olgan holda loyihalanishi mumkin.
Asoslangan hollarda, mahalliy sharoitdan kelib chiqib, umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarda sinflarning sig‘imi kamaytirilgan holda loyihalanishi mumkin: tayanch o‘rta ta’lim va o‘rta ta’lim tashkilotlarida – sinfda 20 — 24 nafar o‘quvchiga, boshlang‘ich ta’lim tashkilotlarida – sinfda 10 — 12 nafardan 20 — 30 nafargacha o‘quvchiga mo‘ljallangan holda. Bunda sinflarning sig‘imi kamaytirilgan umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari bir patokdan oshmasligan holda loyihalashtirilishi lozim.
3.11.1. Iqtidorli va iste’dodli bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktablar hamda maktab-internatlar I — XI sinf o‘quvchilar soni sinfda 20 — 24 nafar qilib bir-ikki patokka mo‘ljallab loyihalanadi.
3.11.2. Jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan bolalar, shuningdek uzoq vaqt davolanishga muhtoj bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari — inklyuziv shaklda ta’lim berish maktab-internatlari SHNQ 2.08.07 va SHNQ 2.07.02 talablariga muvofiq loyihalanishi lozim.
3.11.3. Inklyuziv shaklda ta’lim berish maktab-internatlarida:
kirish joylarida, xollarda, yo‘laklarda, o‘quv sinflarida, dam olish xonalarida, oshxonalarda va o‘quvchilar tashrif buyuradigan joylarda videokuzatuv uskunalari;
ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalar uchun qo‘shimcha yoritkichlar (doska tepasida, stol ustida, zinalar va yo‘laklarda) o‘rnatilishi, zinalarning perilasi va devorlarda yo‘nalishni ko‘rsatuvchi, shuningdek sinf va xonalarga kirish joy (eshik)larida “Brayl” shriftli (bo‘rtma harfli) yozuv va belgilar;
nutqida va eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarga har bir o‘quvchi uchun alohida stol ustida joylashgan zamonaviy ovoz kuchaytiruvchi apparati mavjudligi, uquv fanlari bo‘yicha audio-video materiallari mavjudligi, alohida korreksion xona;
tayanch-harakatida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun:
binoga kirish qismida va ostonali eshiklarda panduslar;
o‘quvchilarning yuqori qavatlariga chiqib tushishlari uchun ko‘tarish moslamalari (lift, eskalator, ko‘targich (pod’yomnik) va sh.k.);
sport zalda davolovchi jismoniy-sog‘lomlashtirish mashqlarini bajarish uchun jihozlangan burchak hamda davolovchi maxsus bo‘rtma yo‘lakchalar;
Inklyuziv shaklda ta’lim berish maktab-internatlarida ta’lim berish muhiti korreksion uskunalar, ta’lim berish texnik vositalari va maxsus mebellar bilan jihozlanishi nazarda tutilishi lozim.
3.11.4. Inklyuziv ta’lim berish shakllari bo‘lgan boshqa ta’lim tashkilotlari va muassasalarida 3.11.3-bandida nazarda tutilgan chora-tadbirlar loyiha topshiriqlariga muvofiq ko‘zda tutilishi lozim.
3.12. Umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari va maktab-internatlarning tarkibi va xonalarining maydonlari o‘quv dasturlarini, o‘quv-tarbiya, ijtimoiy-pedagogika va texnologik talablarini hisobga olgan holda idoraviy qurilish normalariga asoslanib qabul qilinadi.
3.13. Umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari va maktab-internatlarning o‘quv xonalari maydoni 14-jadval ko‘rsatkichlarini hisobga olgan holda qabul qilinishi zarur.
O‘quv xonasining 10 — 15 nafar o‘quvchiga mo‘ljallangan maydoni 36 m2 dan, 15 — 30 nafar o‘quvchiga mo‘ljallangan maydoni 40 m2 dan kam bo‘lmasligi lozim.
O‘quv-to‘garak mashg‘ulotlari va uzaytirilgan kun uchun universal xonalar, maktab-internatlarda o‘yinlar uchun xonalar maydoni 30 m2 dan kam bo‘lmasligi kerak. Xonalar soni umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari va maktab-internatlarning sig‘imidan kelib chiqib loyiha topshirig‘i asosida qabul qilinadi.
3.14. Boshlang‘ich maktab xonalarining o‘quv seksiyalari — I — IV sinflar uchun boshqa yoshdagi guruh o‘quvchilari o‘tib yurmaydigan, alohida joylashgan bo‘lishi shart; quyi sinflar o‘quv seksiyalari — I-II sinflar uchun birinchi qavatda, III-IV sinflar uchun xonalarni ikkinchi qavatda joylashtirish tavsiya etiladi.
3.15. Mehnat ta’limi ustaxonalari, jumladan metall yoki yog‘ochga ishlov berish, matoga ishlov berish hamda ovqat tayyorlash xonalari, 14-jadval ko‘rsatkichlarini hisobga olgan holda, 1/2 sinf hisobidan qabul qilinadi.
3.16. O‘rta maxsus, professional ta’lim muassasalari tarkibiga quyidagilar kiradi:
akademik litseylar — aniq fanlar (fizik-matematika, texnik yo‘nalishlar), tabiiy fanlar (ximiya, biologiya), filologiya, iqtisodiyot, chet tillari kabi fanlar chuqurlashtirib o‘rgatiladigan o‘rta maxsus ta’lim muassasalari.
kasb-hunar maktablari — umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarining IX sinf bitiruvchilaridan shakllantirilgan guruhlarda, kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha umumta’lim va mutaxassislik fanlarining ikki yillik integratsiyalashgan dasturlari asosida oshiriladigan boshlang‘ich professional ta’lim muassasalari;
kollejlar — umumiy o‘rta, o‘rta maxsus ta’lim hamda boshlang‘ich professional ta’lim negizida kasblar va mutaxassisliklarning murakkabligidan kelib chiqqan holda, davomiyligi ikki yilgacha bo‘lgan kunduzgi, kechki va sirtqi ta’lim shakllari bo‘yicha amalga oshiriladigan o‘rta professional ta’lim muassasalari;
texnikumlar — umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, boshlang‘ich professional va o‘rta professional ta’lim negizida kasblar hamda mutaxassisliklarning murakkabligidan kelib chiqqan holda, davomiyligi kamida ikki yil bo‘lgan kunduzgi, kechki va sirtqi ta’lim shakllari bo‘yicha amalga oshiriladigan o‘rta maxsus professional ta’lim muassasalari;
O‘rta maxsus, professional ta’lim muassasalari, qoidaga ko‘ra, 360 o‘rin (12 guruh)dan kam va 900 o‘rin (30 guruh) dan ko‘p bo‘lmagan, bir guruhda o‘quvchilar soni 30 nafardan oshmagan, bir smenali mashg‘ulotlarga hisoblab loyihalanishi lozim.
O‘rta maxsus, professional ta’lim muassasalarining xonalari tarkibiy ijtimoiy-pedagogik va texnologik talablardan, o‘quv dasturlaridan hamda idoraviy qurilish normalari talablaridan kelib chiqib loyihalash topshirig‘ida aniqlanadi.
O‘rta maxsus, professional ta’lim muassasalarining o‘quv xonalari 14-jadvalga muvofiq qabul qilinadi.
Eslatma: Professional ta’lim muassasalarining o‘quv-ishlab chiqarish ustaxonalarini idoraviy qurilish normalariga, ishlab chiqarish-texnologik loyihalash tarmoq normalari, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlarini inobatga olgan holda loyihalash darkor.
3.17. Umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida va o‘rta maxsus, professional ta’lim muassasalarida faollar zallarining sig‘imi o‘quvchilar sonining 25 — 35% ga, maktab-internatlarda esa 50% ga yetarli ravishda ko‘zda tutilishi kerak.
Zalning maydoni 90 m2 dan kam bo‘lmasligi shart. 100 o‘ringa mo‘ljallangan zalning maydoni 120 m2 dan, 150 o‘ringa mo‘ljallangan zalning maydoni 160 m2 dan kam bo‘lmasligi kerak. O‘rinlar soni 200 va undan ortiq bo‘lgan zallarning maydoni tomoshabinlar zallari uchun belgilangan normalar bo‘yicha hisoblanadi.
Faollar zalida inventar xonasi bilan estrada (30 — 36 m2), artistlar xonasi, texnik markazlar (diktor xonasi bilan radiouzel, apparaturani ta’mirlash xonasi) ko‘zda tutiladi. Zallar katta ekranli videoproyektorlar va akustik tizimi bilan jihozlanishi zarur.
Faollar zalining balandligi texnologik talablardan kelib chiqib (lekin 4,5 m dan kam bo‘lmagan) belgilanadi.
3.18. Umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida, qoidaga ko‘ra, 12 x 24 m dan kam bo‘lmagan o‘lchamda, sport zallari uchun belgilangan normativ talablarga muvofiq, tegishli yordamchi xonalari bo‘lgan universal sport zallari ko‘zda tutilishi shart.
O‘rta maxsus, professional ta’lim muassasalarida 30 x 18 m o‘lchamli sport zallari qo‘llanishi tavsiya etiladi.
Sport zallarni, odatda, birinchi qavatda joylashtirish tavsiya qilinadi.
Eslatma: 1. Sport zallari tarkibida quyidagi yordamchi xonalar ko‘zda tutiladi — omborxonalar, inventar xonalari, dush xonasi bo‘lgan yechinish xonalari.
2. Yechinish xonalarining maydoni bir kishiga 1 m2 dan kam va har bir xonasi 15 m2 dan kichik bo‘lmagan o‘lchamda qabul qilinishi (sinflarning sig‘imi kamaytirilgan umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida — 12 m2 dan kam bo‘lmagan); har bir yechinish xonasi qoshida hojatxona va dushxona (2 ta shohli) bo‘lishi kerak.
3.19. Umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida va o‘rta maxsus professional ta’lim muassasalarida axborot markazlari (kutubxonalar) o‘z tarkibiga abonement, katalog va adabiyot berish zonalari, mutolaa qilish zali, kitoblarni saqlash xonasi, darsliklarni saqlash va ta’mirlash xonalarini olishi shart.
Mutolaa qilish zalida o‘tirish joylarining soni: umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida — 20 o‘rindan, o‘rta maxsus professional ta’lim muassasalarida — 30 o‘rindan, bunda maydonlar bir joy uchun 2,5 — 3,0 m2dan, kompyuter oldidagi o‘rin uchun 4 — 6 m2dan kam bo‘lmasligi lozim.
Kitoblarni saqlash xonasining maydoni: ochiq foydalanish mumkin bo‘lgan joylarda — 1000 kitobga 5 m2 va yopiq saqlanadigan joylarda — 1000 kitobga 2,5 m2 hisobidan qabul qilinadi. 25 ming birlikkacha saqlanadigan kutubxona fondi bitta xonaga joylashtirilishi mumkin.
Kutubxona qoshida bir sinf yoki guruh o‘quvchilariga mo‘ljallangan “Ma’naviyat va ma’rifat” o‘quv kabineti (maydoni 50 — 60 m2) nazarda tutilishi zarur.
Eslatma: Axborot markazining umumiy maydoni 19-jadvalda keltirilgan ko‘rsatkichlarni hisobga olgan holda bir o‘quvchi hisobidan umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida — 0,15 — 0,3 m2, o‘rta maxsus ta’lim tashkilotlarida — 0,5-0,6 m2 qabul qilish tavsiya etiladi.
3.20. Umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari va o‘rta maxsus, professional ta’lim muassasalari oshxonalarining sig‘imi o‘quvchilarni umumiy sonining 20 — 30% ga (texnologik asoslangan holatlarda loyiha topshirig‘i bo‘yicha aniqlashtiriladi) hisoblanadi. Ovqatlanish zallari maydoni bir o‘ringa umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida — 0,7-0,8 m2, o‘rta maxsus, professional ta’lim muassasalarida — 1,3 m2 hisobida (texnologik hisob-kitob asosida aniqlashtiriladi) ko‘zda tutiladi.
Ovqatlanish bloklari tarkibi va maydonlari tayyorlanadigan ovqatlar hajmi va texnologiyasiga asoslanib (loyihalash normalari bo‘yicha) hisoblanadi.
Texnologik hisob-kitoblar asosida idish-tavoq yuvish joyi, elektr plita va muzlatgich bilan jihozlangan yordamchi xonasi bo‘lgan bufetlar ko‘zda tutilishi mumkin; bufet zalining maydoni 20 m2 dan, yordamchi xona esa 6 m2 dan kam bo‘lmasligi lozim.
Eslatma: Talabalar turar joylari bo‘lgan ta’lim tashkilotlarida oshxonalar ovqatlanishni tashkil etish texnologik asoslariga ko‘ra sanitar-gigiyenik normalarni hisobga olgan holda nazarda tutiladilar.
3.21. Maktab-internatlarning yotoq xonalari bir o‘ringa 4,5 — 6 m2 hisobidan ko‘zda tutiladi. Yotoq xonalari (maydoni 12 — 24 m2) yashovchilar soni 24 — 36 nafardan bo‘lgan seksiyalarga guruhlanadi hamda zaruriy sanitar-maishiy xonalar (yuz-qo‘l yuvish, hojatxona, dush, kir yuvish xonalari) bilan ta’minlanadi. Har bir yashash seksiyasi hisobidan navbatchi tarbiyachi xonasi (8 m2) ko‘zda tutiladi.
Dam olish va dars tayyorlash uchun xonalar maktab-internatda yashovchi o‘quvchilar sonining 50% hisobidan va bir kishiga 1,25 m2 maydoni hisobidan kelib chiqqan holda nazarda tutiladi; bunda har bir xonaning maydoni 20 m2 dan kam bo‘lmasligi kerak.
3.22. Umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari va o‘rta maxsus, professional ta’lim muassasalari o‘quvchilari soni 600 nafargacha bo‘lganda bitta tibbiyot xonasi (14 — 16 m2), o‘quvchilar soni 600 nafardan ko‘p bo‘lganda — muolaja xonasi (14 m2), terapevt-shifokor (12 m2) hamda stomatolog kabinet (14 m2)lari ko‘zda tutilishi lozim.
Maktab-internatlari va o‘rta maxsus, professional ta’lim muassasalarining yotoqxonalarida izolyatorlar (100 — 200 o‘ringa — 2 ta koyka, 200 — 300 o‘ringa — 3 ta koyka) ko‘zda tutilishi zarur.
3.23. Umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari, maktab-internatlarning o‘quv korpuslarida, o‘rta maxsus, professional ta’lim muassasalarida rekreatsiya xonalari bir o‘quvchiga 0,6 m2 hisobidan ko‘zda tutilishi zarur. Ichki rekreatsiya yo‘laklarining kengligi, o‘quv xonalari bir yoqlama joylashganda 2,4 m dan (2,8 m tavsiya etiladi), ikki yoqlama joylashganda 2,6 — 2,8 m dan (3,2 — 4,0 m o‘lchamda, “zal” ko‘rinishida rekreatsiya joyini tashkil etilishi tavsiya etiladi) kam bo‘lmasligi lozim.
3.24. O‘quv binolarida sanitar uskunalarining soni umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari va o‘rta maxsus, professional ta’lim muassasalarini loyihalash bo‘yicha idoraviy qurilish normalarida belgilangan hisobiy ko‘rsatkichlarga muvofiq qabul qilinadi.
3.25. Oliy ta’lim tashkilotlari xonalarining sig‘imi, tarkibi va maydonlari bir vaqtda shug‘ullanuvchi talabalar, magistrlar va aspirantlarning sonidan kelib chiqib, idoraviy qurilish normalarini hisobga olgan holda belgilanadi; boshqa o‘quv muassasalari — malaka oshirish institutlari, o‘quv kombinatlari uchun texnologik asoslar bo‘yicha loyihalanadi.
O‘quv xonalarining: kabinetlar va laboratoriyalar, chizmachilik zallari, kurs va diplom loyihalash zallari, potok auditoriyalari maydonlari 14-jadvalda keltirilgan ko‘rsatkichlarni hisobga olgan holda (texnologik asoslar bo‘yicha o‘qish dasturiga mos) belgilanadi.
3.26. O‘qitishda audio-video vositalari bilan jihozlangan, sig‘imi 50 o‘rin va undan ortiq bo‘lgan leksiya zallari, katta o‘lchamdagi jihozlar bilan jihozlangan laboratoriyalar, ikki taxmonli javonli kitob saqlash xonalari, shuningdek o‘quv-ishlab chiqarish xonalarining balandligi texnologik jihatdan asoslanib qabul qilinadi.
3.27. Amfiteatrli auditoriyalarda ko‘rgazma stoli bo‘lganda, pol sathi auditoriya doskasidan ikkinchi qator o‘rindiqlarigacha gorizontal tekis bo‘lishi shart. Auditoriya doskasidan ko‘rgazma stoligacha bo‘lgan masofa 1,6 m dan kam bo‘lmasligi kerak.
O‘quv kabinetlarda va sig‘imi 50 o‘ringacha bo‘lgan auditoriyalarda ko‘rgazma doskasi o‘quv stollarining oldingi qatorigacha bo‘lgan masofa, qoida bo‘yicha, 1,8 — 2,0 m, ko‘rgazma stoli bo‘lgan laboratoriyalarda va potok auditoriyalarida esa 2,55 m dan kam bo‘lmasligi kerak. Potok auditoriyalari va leksiya zallarida ekrandan birinchi qator o‘rindiqlarining suyanchig‘igacha bo‘lgan masofa 3,0 m dan kam bo‘lmasligi kerak.
Leksiya zallari qoshidagi preparat xonalari to‘g‘ridan to‘g‘ri auditoriyaga va korridorga chiqishga ega bo‘lishi shart. Preparat xonalarining maydoni ulardagi jihozlarni hisobga olgan (lekin 18 m2 kam bo‘lmagan) holda belgilanadi.
Eslatma: Ko‘rgazma stoli va videoproyektor ekranining ko‘rinish shartlari texnologik talablardan kelib chiqib belgilanadi.
3.28. Oliy ta’lim tashkilotlarining axborot-resurs markazlari (keyingi o‘rinlarda ARM deb yuritiladi) o‘z tarkibiga avanzal, ko‘rgazma fondi va katalog xonalari, abonement, mutolaa qilish zali, kitoblarni saqlash va yangi kelganlarini saralash xonalarini oladi.
Mutolaa qilish zallari sig‘imi ta’lim tashkilotining jami talabalari sonining 10 — 15% qismiga bir vaqtning o‘zida xizmat ko‘rsatish hisobidan qabul qilinishi; zalda kompyuterlardan foydalangan holda shug‘ullanish joylari, shuningdek Wi-Fi tarmog‘ining ulanishi nazarda tutilgan bo‘lishi kerak (1 ishchi joy uchun kamida 4 m2).
ARMdan ta’lim tashkilotining boshqa xonalariga kesib o‘tilishga yo‘l qo‘yilmaydi. ARM xonalarning umumiy maydoni, qoidaga ko‘ra, oliy ta’lim tashkilotlarning sig‘imidan kelib chiqib bir talabaga kamida 1,0 m2 hisobdan aniqlanadi. ARM xonalarining maydonlari 19-jadvalda keltirilgan ko‘rsatkichlardan kelib chiqib aniqlanadi.
3.29. Rektorat, dekanat, kafedralar, o‘quv qismlari, ilmiy bo‘limlari, ma’muriy-xo‘jalik boshqarmalari hamda ilmiy-tekshirish bo‘limlarining xonalari loyiha topshirig‘iga asosan bir nafar shtat xodimi uchun maydon 4 — 8 m2 hisobidan qabul qilinadi; ma’muriy blok xonalari ma’muriy binolarga qo‘yiladigan talablarni hisobga olgan holda loyihalanishi lozim.
3.30. Oliy ta’lim tashkilotlarining o‘quv binolarida rekreatsiya joylari, qoida bo‘yicha, bir talabaga 0,5 m2 maydon, hojatxonalar esa — ma’muriy binolar normalari bo‘yicha nazarda tutiladi.
(3-qismning “Ta’lim tashkilotlari va muassasalari” kichik qismi O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirining 2021-yil 13-apreldagi 82-sonli buyrug‘i tahririda)
Maktabdan tashqari muassasalar
3.31. Maktabdan tashqari muassasalar — ijod va bo‘sh vaqtni o‘tkazish uylari (markazlari), san’at (badiiy, musiqaviy) maktablar, yosh texniklar, tabiatshunoslar stansiyalari, bolalar badiiy ijod studiyalari klub-to‘garak va studiya xonalarining shug‘ullanish uchun o‘rinlari soni bo‘yicha, sport zallari va basseynlarning ma’lum vaqt ichidagi o‘tkazuvchanlik imkoniyatlari bo‘yicha hisoblanadi. Xonalarning tarkibi va maydonlari ijodiy mashg‘ulot turlarini hisobga olgan holda klub muassasalarining amaldagi loyihalash normalariga asoslanib aniqlanadi (texnologik asoslarni hisobga olib). To‘garak xonasining maydoni bir nafar shug‘ullanuvchiga 2,5 — 6,0 m2 maydon, ammo qoida bo‘yicha, 6 — 10 kishilik guruhga kamida 30 m2 qabul qilinadi. Individual mashg‘ulotlar uchun studiya va sinflar tarbiyachi bilan 12 — 18 m2 maydonli bo‘lishi kerak (jihozlar va musiqa asboblarining tiplariga bog‘lab). Xoreografiya, raqs, aerobika xonalarida bir nafar shug‘ullanuvchiga kamida 6 m2, sport-trenajor zallarida esa kamida 5-6 m2 maydon bo‘lishi shart.
Qo‘shimcha xonalar texnologik asoslanishi va amaldagi normalar bo‘yicha qabul qilinadi.
Xoreografiya, raqs, jismoniy tarbiya, sport xonalari qoshida yechinish xonasi, hojatxona, dush xonalari bo‘lishi shart (shug‘ullanuvchilar soni bo‘yicha hisoblanadi).
Ekskursiya-turizm stansiyalari turistlar bazasida vaqtinchalik yashovchilar soni bo‘yicha hisoblanadi, xizmat ko‘rsatish va o‘lka mutaxassis instruktori mashg‘ulotlari xonalarini o‘z ichiga oladi (tarkibi texnologik asoslanishi orqali aniqlanadi).
Eslatma: Maktabdan tashqari muassasalarni loyihalash O‘zR Xalq ta’limi vazirligining bolalar ijodiy uylari, musiqa maktablari, san’at maktablari, sport maktablari, yosh texniklar stansiyalari va shunga o‘xshash muassasalar uchun chiqargan nizomlarini hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
3.32. Bolalar uchun sport zallari va sport inshoatlari, bolalar kutubxonalari, kinoteatrlari va teatrlari binolarning mos tiplari uchun normalar talablarini hisobga olgan holda loyihalanadi.
Davolash-profilaktika muassasalari
3.33. Davolash-profilaktika muassasalarini loyihalashda SanPiN № 0231 talablari va ushbu normalar talablari hisobga olinishi zarur.
Ambulatoriya-poliklinika muassasalarining xonalari tarkibi va maydonlari loyiha topshirig‘i bo‘yicha bir smenada keluvchilarga texnologik hisob qilinib, 15-jadval ko‘rsatkichlari hisobga olingan holda qabul qilinadi.
Shifokorlar kabineti 3 tadan ko‘p ambulatoriya va poliklinikalarda umumiy dahlizdan tashqari alohida bolalar bo‘limi uchun, tezkor va keyinga surib bo‘lmaydigan yordam bo‘limlari, ayollar konsultatsiyasi va boshqa bo‘limlarga kirish joyi nazarda tutilishi kerak.

15-jadval

Xonalar

Xonalar maydoni, M2

Dahliz (kluvchiga 0,35 m2 hisobidan)

12 va ortiq

Registratura, 1 registratorga

10

Uyga shifokorni chaqirish xonasi

12

Shifokor-mutaxassislar qabuli kabinetlari:

terapevt, nevropatolog, endokrinolog, allergolog, gematolog

12 — 14

xirurg-stomatolog, travmotolog-ortoped

14 — 18

pediator, kardiolog, psixiator

15

oftalmolog (qorong‘i kabinasi bilan)

26 (18+8)

dermatolog-venerolog, onkolog, ginekolog, urolog (suyuqlik chiqarib tashlovchi kabinasi bilan)

18(14+4)

logoped, otolaringolog, ftiziatr

18

igloterapiya, fizioterapiya

20

Muolaja-bog‘lab qo‘yuvchi xona

12 — 18

Kichik operatsiya , operatsiya oldi xonalari (xirurg kabineti bilan yondosh joylashtirilsin)

22+8

Sterilizatsiya

10

Massaj 1 stolli

15

Ko‘rib qabul qilish boksi alohida kirish joyi bilan

14

Ukolxona shifokor kabineti bilan

20+10

Emizik bolalarni ovalantirish xonasi

12

Eslatma: 1. Kutish joyi (yo‘lakda) aniqlanishi bir vaqtda kutib turuvchilari soni hisobidan: xar bir xonaga (yoki muolaja xonasiga) 4 kishi va bir kishiga 1.2 m2 maydon.
2. Hojatxonalar aniqlanishi bir vaqtga keluvchilar soni bo‘yicha: 1 ta san. anjom 10 ayolga, va 1 ta 15 erkakka; ayollar shaxsiy gigiyenasi kabinasi hojatxona tarkibida (3 m2).
3. Kunduzgi statsionar palata xonasi 12 — 18 m2 maydonli qabul qilinadi (kattalar uchun 1 o‘ringa 6 m2 , yosh bolalar uchun — 4,5 m2.
3.34. Tib punktlari, davolovchi punktlar bir shifokor va hamshiraga: kabinet (12 m2), muolaja-bog‘lab qo‘yuvchi (14 — 18 m2), sanitar komnatasi (4 m2), hojatxona, dush xonalarini o‘z ichiga olishi kerak.
Izolyator bir koykaga 6-7 m2 hisobidan loyihalanadi. Izolyator qoshida hojatxona dushxonasi bilan, hamshira posti nazarda tutiladi. Izolyator xonalari blokidan tashqariga chiqish joyi bo‘lishi shart.
3.35. Rentgen kabinetlarining muolaja xonasini va nur bilan davolovchi xonalarni, ishning klassi I va II bo‘lgan radioizatop tajribaxonalarini bolalar va homilador ayollarning palatalariga chegaradosh (gorizont va tik sathlarda) qilib joylashtirish mumkin emas.
Flyurografiya xonasi kamida 20 m2 maydonli bo‘lishi shart.
Rentgenadiagnostika kabineti bitta protsedura stoli uchun 30 — 35 m2, ikkitasi uchun 45 — 48 m2 maydonli bo‘lishi kerak.
3.36. Bo‘lim va poliklinikaning fizioterapevt xonasi, muolaja xonalari muolaja joylari soni bo‘yicha hisoblanadi (bitta kushetkaga 6 — 9 m2). Massaj, elektr toki bilan davolash xonalari kamida 14 m2 bo‘lishi shart.
Davolash dushi, vannasi va balchiq bilan davolashlar uchun muolaja va texnologik o‘tish yo‘laklari bor bo‘lgan zal xonalari ko‘zda tutilishi shart; individual kabinalar qoshida bitta vannaga yoki bitta kushetkaga yechinadigan joy, zarurat bo‘lganda dushxona nazarda tutilishi kerak (balchiq bilan davolovchi muassasalarda).
3.37. Kasalxonalar palatali bo‘limlarining, statsionarlarning asosiy xonalari maydoni 16-jadvalda keltirilgan. Palatali setsiyalar, palatalar tiplari (koykalar soni bo‘yicha, maydoni bo‘yicha) SanPiN № 0231 ga asoslangan holda texnologik talablar bo‘yicha aniqlanadi. Palatalar hojatxonasi bilan bo‘lishi zarur, 1-2 koykali palatalar tavsiya etiladi.
Bir koykali palatalar kamida 10 m2 maydonli, uylarda kasal holidan xabar oluvchisi va doimiy qarovchisi bo‘lganda bir koykali palata, qoida bo‘yicha, kamida 14 m2 bo‘lishi kerak.
Kasallarning kunduzi bo‘lishlari va yaqinlari bilan uchrashishlari uchun xoll-mehmonxonasi bir koykaga 0,3 — 0,35 m2 maydon hisobidan, umumiy maydon kamida 15 — 20 m2 bo‘lishi ko‘zda tutiladi.
Palatalar qoshida, hamda xollar yaqinida mahalliy sharoitlardan kelib chiqqan holda, loyiha topshirig‘iga asosan yozgi xonalar nazarda tutiladi.

16-jadval

Palata va palatali bo‘limlar xonalari

Maydoni, m2

1 koykaga

Xonalar

1

2

3

1. Yuqmaydigan kasalliklar palatalari:

kattalar uchun

7 — 7,5

Bir koykali — 10

bolalar uchun

6

-

jumladan, onalarning kunduzgi kelishiga

8

-

jumladan, onalarning kecha-kunduzgi kelishiga

10

12

2. Yuqumli va sil kasalliklar bilan og‘riganlar uchun:

kattalar uchun

8,0

Bir koykali — 12

bolalar uchun (onalar uchun joysiz)

6,5

-

3. Kuyib qolgan kasallar, ortoped-travmotologiya va neyroxirurgiya bo‘limlari, tiklash davosi, radiologiya palatalari:

kattalar uchun

10

12

onalari doimo yonida bo‘lishi mumkin bo‘lgan bolalar uchun

13

13

4. Kattalar va bolalar psixonevrologiya, narkologiya kasalliklari palatalari:

umumiy tipli

6-7

bir koykali — 10

qarovchili va insulinli kasallar uchun

7-8

12

5. Intensiv terapiya, operatsiyadan so‘ng palatalari

10 — 13

odnokoyechnie — 14-15

6. 1 yoshgacha bo‘lgan bolalar palatalari:

bokslashtirilgan, 1 o‘ringa

3 — 4,5

-

jumladan, onalari kelishi mumkin bo‘lgan

9

13

intensiv terapiyali

7

-

7. Izolyatsiyalangan palatalar:

1 koykaga shlyuz orqali yoki yarimboks 1 koykaga (vannali)

12

12 — 14

boks 1 ko‘ykaga

20 — 22

20 — 22

8. Izolyatsiyalangan palatalar: — 1 ko‘ykaga shlyuz bilan yoki yarimboks 1 ko‘ykaga (vannali)

12

12 — 14

9. Hamshira posti (komnatasi)

-

6

10. Shifokor kabineti

-

12

11.Ovqat qabul qilish komnatasi

-

14

12. Bufet 1 seksiyaga (30 koykali)

-

15 dan kammas

Eslatma: Palatalar 1,2 va 3 (4) ko‘ykali qilib ko‘zda tutiladi. Intensiv terapiya xonalarida koykalar soni loyiha topshirig‘iga asosan belgilanadi.
3.38. Klinik-diagnostikasi tajribaxonalari loyiha topshirig‘ining texnologik talablarida berilib SanPiN № 02 va QMQ 2.08.06 talablarini hisobga olgan holda loyihalanadi.
3.39. Statsionarlarda operatsiya xonasi, qoida bo‘yicha, 2 ta stolga kamida 40 m2 maydonli qilib nazarda tutiladi; stoli bitta kichik operatsiya xonasi kamida 24 m2 maydonli bo‘lishi kerak. Operatsiya old kirish xonasi kamida 15 m2, tez yordam ko‘rsatish bo‘limida esa kamida 18 m2 maydonli bo‘lishi kerak.
3.40. Bo‘limning va kasallarni tuzalganidan so‘ng kuzatish qabulxonalari har bir bo‘lim uchun alohida bo‘lishi kerak (yuqmaydigan, akusherlik, yuqimli va boshqa kasalliklar qabulxonalari). Sig‘diraolishlik miqdori 35 o‘ringacha bo‘lganda kasallar va keluvchilar uchun umumiy kirish joyini joylashtirish mumkin, yuqumli kasalliklar bo‘limi bundan mustasno. Yuqumli kasalliklar bo‘limi uchun kasallarni qabul qilish joyi va tuzalganlar uchun kuzatish joylari alohida bo‘lishini ta’minlash shart.
Qabul qilish bo‘limlari o‘z ichiga kutish dahlizini (kamida 9 m2), ko‘rikdan o‘tkazish xonasini (9 — 12 m2), hojatxonani, sanitar komnatasini (8 — 12 m2), narsalarni va toza kiyim-kechakni saqlash xonasini (15-16 m2), tuzalganlarga chiqarish hujjatini yozib berish komnatasini (6 — 9 m2), xodimlar uchun xonalarni (maishiy, kiyim-kechak almashtirish xonalari, hojatxona, dushxona) oladi.
3.41. Ovqatlanish bloki xonalarining tarkibi va maydonlari, kasallar sonini va ishlab chiqarish hajmini hisobga olgan holda, texnologik hisob-kitob orqali aniqlanadi (umumiy maydon bir koykaga 0,35 — 0,5 m2 hisobidan qabul qilinadi). Ovqatlanish blokini yuqmaydigan kasalliklarni davolash korpusi hajmiga kirgan xonalarga alohida kirish joyi bilan joylashtirish mumkin.
3.42. Patologoanatomik bo‘limlarni palata va davolov-diagnostika korpuslarida, hamda ovqat tayyorlash bloklari va binolari old qismi qurilmalarida joylashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi. Bo‘lim tarkibida dahliz (9-10 m2), seksion xonasi (22m2), shifokor kabineti, qo‘shimcha xonalar, hojatxona dushxonasi bilan joylashtiriladi (xonalar tarkibi texnologik talablar bo‘yicha aniqlanadi).
3.43. Yuqumli kasalliklar va bolalar kasalxonalari va bo‘limlari, hamda tug‘ruqxonalar xodimlari uchun sanitar o‘tkazish joylarini o‘z ichiga olishi kerak: bitta dush 10 — 12 nafar xodimga ajratilgan yechinish va kiyinish xonalari bilan.
3.44. Asosiy xonalarning kengligini kamida quyidagicha qabul qilinadi(m):
davolash xonalari — 3,2;
palatalar — 2,4;
palatalar yo‘lagi — 2,2;
kutish joyisiz yo‘laklar — 2,0, kutish joyi bor yo‘laklar — 2,4÷2,8;
tez yordam ko‘rsatish, operatsiya va reanimatsiya bloklari yo‘laklari — 2,4÷2,8 (va ortiq);
bog‘lab qo‘yuvchi va kichik operatsiya xonalari, kabinetlari: ginekologiya, urologiya, ortopediya, onkologiya, oftalmologiya va otoloringologiya xonalari — 3,2 — 3,6 (jihozlari turiga qarab);
xirurgiya operatsiya xonasi — 5,0;
hojatxona qo‘l yuvish jihozi bilan (kasallar uchun) — 1,65, yuvinish joyi bilan qo‘shilgan hojatxona — 2,2, hojatxona shlyuzi — 1,4.
Eslatma: Parametrlari texnologik talablarga qarab to‘g‘irlanadi.
3.45. Palatalarda, izolyatorlarda, bokslarning tamburi va shlyuzida, tug‘ish oldi yarim boks xonalarida, muolaja, bog‘lab qo‘yuvchi, operatsiya xonalari va vanna komnatalarida eshiklarining kengligi kamida 1.1 m bo‘lishi shart.
3.46. Xonalarning gorizontal chuqurligi:
ko‘pi bilan 6 m — bir tomonlama nur tushuvchi davolash-diagnostika va palatalarda;
kamida 4 m — bog‘lab qo‘yuvchi, shifokor-mutaxassislar kabinetlari (terapevt xonasida 3 m ga yo‘l qo‘yiladi);
4,6 — 5,0 m (yoki ortiqroq) xirurgiya operatsiyasi xonalarida (texnologik talablar bo‘yicha to‘g‘irlash kerak).
3.47. Yuqumli kasalliklar bo‘limi asosiy xonalari balandligi, qoida bo‘yicha, kamida 3,3 m, a rentgen bo‘limi, suv-balchiq bilan davolash zallari va ovqatlanish blokining pishirish sexlarida esa kamida 3,6 m bo‘lishi shart.
3.48. Bolalarning sutli oshxonalari ovqat berish punktlari o‘z ichiga: kutish dahlizini 10 m2 , muzlatgich va idish-tovoq yuvish jihozlari bor yordamchi xonasi bilan ovqat berish joyini 15 m2 , hojatxonani, xodimlar kiyim-kechak almashtirish xonasini, omborchani oladi.
3.49. Tib asosiy xonalarining devor, peregorodka va shiplari yuzasi silliq, suvli tozalashga va xonalarni dezinfeksiya qilishga yo‘l qo‘yadigan bo‘lishi shart.
Operatsiya, narkoz berish, operatsiya oldi va boshqa maxsus xonalarning poli suyuqlik o‘tkazmaydigan, yengil tozalanadigan va dezinfeksiya eritmasi bilan tez-tez tozalab turishga yaraydigan bo‘lishi kerak. Operatsiya va narkoz berish xonalarining poli statik elektrlanib qolmaydigan bo‘lishi shart.
Rentgen kabinetlari va elektr yorug‘lik bilan davolash kabinetlarining devor, peregorodka va pollarining pardozi keramik plitkalardan bo‘lmasligi shart.
3.50. Apteka o‘z ichiga: savdo zali, tayyor dori-darmonlarni saqlash, dorivorlar va dori mahsulotlari xonalari, dori-darmon tayyorlash xonalari (assistent, rasfasovka, sterilizatsiya, idishlarni yuvish xonalari), haroratga chidamsiz dori-darmonlar muzlatgich kamerasi bor omborchalar, kislota va dezinfeksiya vositalarining omborchasi, xodimlarning maishiy va sanitar-gigiyenik xonalari, raspakovka xonalarini oladi. Xonalarning tarkibi va maydonlari texnologik talablarga asoslanib tuzilgan loyiha topshirig‘i bo‘yicha tayinlanadi.
Tayyor dori-darmon mahsulotlari uchun kichik dorixonalar o‘z ichiga: savdo zalini (12 — 15 m2), omborchani (6 — 8 m2), ma’muriy-maishiy xonani (8 m2), hojatxonani oladi.
3.51. O‘z ichiga bioximik va bakteriologik tajribaxonasini, hamda sanitar-epidemiologik xizmati xonasini oladigan tib markazi va majmualarini loyihalashda qo‘shimcha QMQ 2.08.06 talablarini hisobga olish shart.
Davolov-sog‘lomlashtirish va reabilitatsiya yo‘nalishidagi markazlar va binolarni loyihalashda qo‘shimcha SHNK 2.08.03 talablarini hisobga olish zarur.
Sanatoriya-kurort va sog‘lomlantirishga, dam olishga va turizmga mo‘ljallangan muassasalar
3.52. Sanatoriya va sanatoriya-profilaktika binolarini, reabilitatsiya markazlari va muassasalarini loyihalashda ushbu normalar qatori SanPiN № 0231 va SHNQ 2.08.03. talablarini ham e’tiborga olish shart. Ko‘rsatilgan muassasalar yashash, tiklash, profilaktika va sog‘lomlantirishga mo‘ljallangan madaniy-maishiy xizmat ko‘rsatish, hamda ma’muriy-xo‘jalik va texnik xonalarini o‘z ichiga oladi.
3.53. Dam olish muassasalari, jumladan bolalar (o‘smirlar) va yoshlarning sog‘lomlantirish oromgohlari, pansionatlar, dam olish bazalari va uylari, turistlar uchun bazalar, boshpanali manzillar, kempinglar, ovchilar (baliqchilar) bazalari dam oluvchilari va turistlarga yashash va xizmat ko‘rsatish xonalarini (ovqatlanishlarini, bo‘sh vaqtlarini o‘tkazish va sog‘lomlantirishni tashkil etish xonalari), hamda ma’muriy-xo‘jalik va texnik yo‘nalishlarga mo‘ljallangan xonalarni o‘z ichiga oladi. Xonalarning sig‘diraolishlik miqdori, tarkibi va maydonlari, komfort darajasi loyiha topshirig‘iga asosan tayinlanadi.
3.54. Sanatoriya, dam olish va turizm muassasalarining yashash xonalarini ovqatlanish, madaniy-ommaviy, davolash-diagnostika va jismoniy tarbiya-sportlarga mo‘ljallangan xonalardan butunlay ajralib turadigan bloklarda joylashtirish zarur.
Yashash (yotoq) korpuslari kirish dahlizini, navbatchi xonasini, qavatlarda mehmon xonalarini, kirxonalarni, inventar xonalarni o‘z ichiga oladi; yozgi xonalar mahalliy sharoitlar bo‘yicha qabul qilinadi.
Bolali oilalar yashashi uchun xonalar, qoida bo‘yicha, alohida seksiya va bloklarda (qismlarda), 3-qavatdan yuqori bo‘lmagan sathlarda, evakuatsiya uchun alohida zinapoya katagi ta’minlangan holda joylashtirilishi kerak.
Yashash uchun xonalar 17-jadval ko‘rsatkichlarini hisobga olib ko‘zda tutiladi. Dam olish muassasalarining yashash xonalari va sanatoriya palatalari, mehmonxona nomerlari tipi muayyan jihozlar bilan ta’minlanishi bo‘yicha, jumladan hojatxonalar bilan, har xil komfortli qilib ko‘zda tutiladi. Yashash nomerlari ko‘pincha 1-2 odamga, bolali oilalar uchun 3-4 o‘ringa mo‘ljallangan qilib nazarda tutiladi.

17-jadval

Muassasalar

Maydoni, m2 (kamida)

1 o‘ringa

xonaning

Kattalarning dam olishi uchun, bolali oilalar uchun sanatoriyalar, sanatoriya-profilaktoriyalar, pansionatlar va boshqalar, turistlar uchun mehmonxonalar, motellar

6,0 — 8,0

1 kishiga — 10

2 kishiga — 12 — 16

Bolalar uchun sog‘lomlantirish oromgohlari- dam olish bazalari

4,5 — 6,0

18

Bolalar uchun sanatoriya oromgohlari

6,0

18

Yozda faoliyat ko‘rsatadigan bolalar sog‘lomlantirish oromgohlari

4,0 — 4,5

18

Turistlar qo‘nimi manzillari, ovchilar va baliq ovlovchilar bazalari, kempinglar, motellar (suv yuzida dam olishga mo‘ljallangan lager-turar joyi)

4,5 — 5,0

9 — 12

Ilova: 1. Komnatalar soni, ularning maydonlari, jihozlanishi, jumladan sanitar-texnik jihozlar bilan, loyiha topshirig‘i bo‘yicha o‘rnatiladi.
2. Komnatalar kengligi kamida 2.4 m, uzunligi ko‘pi bilan 6 m bo‘lishi zarur.
3.55. Dam olish va turizm muassasalarida yashash xonalarining guruhiga yoki qavatga (yoki binoning birinchi qavatida) joylashtiriladigan umumiy hojatxonalarini, yozgi dam olish muassasalarida ko‘rinishi alohida bloklar yuvinish, hojat va dushxonalari kanalizatsiyalashtirilgan hollarni, tavsiyaviy 6-ilova ko‘rsatkichlarini hisobga olgan holda, ko‘zda tutiladi.
3.56. Sanatoriyalar, dam olish va turizm muassasalarida quyidagi xonalar nazarda tutilishi kerak: registratura, ma’muriyat, tibpunkt izolyatori bilan, hamda davolash-sog‘lomlantirishga mo‘ljallangan xonalar, ovqatlanish, bo‘sh vaqt va dam olishni, sport-trenirovka mashg‘ulotlarini tashkil qilish uchun xonalar, ommaviy tadbirlar zali, konsert va kinoko‘rsatish xonalari. Ko‘rsatib o‘tilgan xonalarning maydonlari 5-tavsiyaviy ilovada keltirilgan.
Barcha muassasalarda, qoida bo‘yicha, kamida 2 koykali izolyator ko‘zda tutilishi shart.
Eslatma: 1. Tomosha zallarini 60 — 70% dam oluvchilarga mo‘ljallab hisoblash tavsiya etiladi, klub va o‘yinlar xonalari maydoni kamida 30 m2 bo‘lishi kerak.
2. Yozgi kinokonsert, raqs maydonlari, o‘qish xonasi, o‘yin-kulgi, sport inshootlari mahalliy sharoitlardan kelib chiqqan holda nazarda tutiladi.
3.57. Bolalar sog‘lomlantirish va sanatoriya oromgohida yotoq korpuslari yashash seksiyalari yoki bloklari asosida tuzilib otryadga yoki guruhga 30 — 35 bola bo‘lishi hisobidan ko‘zda tutiladi; tarkibida yashash va sanitar-maishiy yo‘nalishlarga mo‘ljallangan xonalar nazarda tutilishi kerak (hojatxonalar, dushxonalar, shaxsiy buyumlar omborchalari, maishiy komnatalar); har bir yashash guruhiga tarbiyachi komnatasi nazarda tutiladi.
Bolalar sog‘lomlantirish oromgohlarining — dam olish bazalarining korpuslari mavsumdan boshqa vaqtlarda kattalar, bolali oilalarni qulay joylashtirish imkonini hisobga olib loyihalanishi darkor.
Bolalarning yozgi oromgohlari uchun bir qavatli yotoq pavilonlarini va alohida joylashtirilgan hojatxona va yuvinish xonalari uchun sanitar bloklarini 2 ta otryadga (60 — 70 bola) mo‘ljallanishi hisobidan loyihalanishi mumkin. Dushxonalar va kir yuvish xonalari oromgoh uchun, qoida bo‘yicha, markazlashtirilgan holda nazarda tutiladi.
3.58. Oshxonalar xonalarining tarkibi va maydonlari ovqatlantirishni tashkil qilish texnologik talablari bo‘yicha (smenalikni hisobga olgan holda) loyiha topshirig‘iga asosan tayinlanadi.
Ovqatlanish zallarining maydoni ushbu normalarning 3.140 bandini hisobga olib qabul qilinadi. Har bir zalning sig‘diraolishlik miqdori 250 o‘rindan oshmasligi shart.
Bolalar dam olish muassasalarida ovqatlanish zallari bir smenali xizmat ko‘rsatishga hisoblanadi, bunda bolalar o‘rinlari 200 dan oshmasligi zarur.
Eslatma: 1. Yozda faoliyat ko‘rsatadigan dam olish muassasalarida ovqatlanish zallari maydoni bir o‘ringa 1,0 — 1,2 m2 hisobidan, ovqatlanish bloklari zaldagi bir o‘ringa 0,95 — 1,4 m2 maydon to‘g‘ri kelishi hisobidan qabul qilinadi.
2. Yozgi oshxonalarning zallarini terrasalarda (tentlar, tepa qoplamali joylar) ko‘zda tutish mumkin.
3.59. O‘rni 250 gacha dam olish uylari va turistik bazalarda ko‘p funksiyali — balandligi 4.2 m bo‘lgan oshxona-klub zallarini ko‘zda tutish mumkin.
Jismoniy tarbiya va sport inshoatlari
3.60. Yopiq va ochiq sport inshoatlari, jumladan sport zallari, arenalar va manejlar, sun’iy yaxmalakli sirpanish uchoqgohlari, basseynlar, stadionlar va shu kabi boshqalari sport maydonlarining texnologik parametrlarini, jihozlarni joylashtirish talablarini, tomoshabinlar o‘rindiqlarini, sportchilarga va tomoshabinlarga xizmat ko‘rsatish talablarini hisobga olgan holda loyihalanishi zarur. Sport zallari asosiy tiplarining qurilish o‘lchamlari va ma’lum vaqtda foydalanish quvvati 7-tavsiyaviy ilovada keltirilgan.
Ko‘p funksiyali foydalanishga mo‘ljallangan universal katta o‘lchamli sport zallar-arenalar va sport manejlari, tomoshabinli sport zallari texnologik yechim variantlarini ishlab chiqish natijasi bo‘yicha loyihalanadi.
3.61. Sport inshoatlarini loyihalashda sport turi va tomoshabinlarni joylashtirish texnologik afzalliklarini, kiritib qurilgan va turg‘in bo‘lmagan jihozlardan (jihozlar ro‘yxati bo‘yicha) yukni hisobga olish shart. Og‘ir va yengil atletika, futbol zallari birinchi qavatga joylashtirilishi kerak. Yengil atletika va futbol zallari-manejlariga avtomoshina kira olishini ta’minlash shart.
O‘rindiqlari 300 va ko‘p tribunali tomosha-sport zallarida zal-arena pol sathi yer ustki ikkinchi qavat pol sathidan yuqori bo‘lmasligi shart.
Tribunalar joylashtirilayotganda tomoshabinlar birinchi qatori ro‘parasida to‘siq bo‘lishi kerak, o‘yin maydonigacha yon va ko‘ndalang tomonlardan masofa tomoshabinlar xavfsizligini hisobga oladigan texnologik talablardan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
3.62. Sport zallari qoshidagi snaryad va inventar xonalari, qoida bo‘yicha, zallarga yondosh va aloqasi tirqishlar orqali bo‘lishi kerak. Snaryad-inventar xonasi poli sathi zal poli sathi bilan bitta darajada bo‘lishi shart (porogsiz). Snaryad va inventar xonalari maydoni texnologik talablar bo‘yicha aniqlanadi (o‘lchami 12x24 m li zallar uchun kamida 16 m2, 30x18 m li zallar uchun kamida 21 m2).
3.63. Tomoshabinlar o‘rindiqlari soni 1000 va undan ortiq universal sport-tomoshagoh zallarida (arenalarda) sport o‘yinlari uchun va musobaqa oldidan mashq qilib olish uchun sport zallari ko‘zda tutilishi kerak. O‘quv-trenirovka zallari, trenajor xonalari, individual kuch ishlatadigan tayyorlanish xonalari soni va o‘lchamlari loyiha topshirig‘ida ko‘zda tutiladi.
3.64. Universal sport-tomoshagoh zal-arenalarda, manejlarda, sun’iy yaxmalak zallarida maydonni o‘zgartirish (sport va tomosha turlarini hisobga olgan holda), estrada joylashtirish va boshqa imkoniyatlar loyihalashda nazarda tutilishi kerak.
3.65. Yopiq va ochiq o‘quv-trenirovka basseynlarining asosiy hisobiy parametrlari 8-tavsiyaviy ilovada keltirilgan.
Suzishni bilmaydiganlarni suzishga o‘rgatish uchun va bolalar uchun vannalar, qoida bo‘yicha, har bir, vannasi 50x25 m vannali, basseyn binosida ko‘zda tutilishi kerak.
Basseynlarning hovuz zali balandligi, tomoshabinlar o‘rindig‘isiz (hovuz atrofida yurish yo‘lagi sathidan keyin) va suvga tepadan sakrash joyisiz bo‘lganda kamida: hovuz uzunligi 50 m lida 6 m va hovuz uzunligi 25 m lida 5.5 m bo‘lishi kerak; o‘quv-trenirovka va sog‘lomlantirish mashg‘ulotlari o‘tkaziladigan 25 m li zallarda 4.2 m, hovuz uzunligi 18 m dan oshmaydigan zallarda 3.6 m ruxsat etiladi.
Universal va maxsus hovuzli zallar balandligi, jumladan suvga tepadan sakrash va tomoshabinlar joylari bo‘ladigan zallar balandligi texnologik talablar bo‘yicha belgilanadi.
3.66. Hovuzi uzunligi 25 m va undan ortiq basseynlar tarkibida trenirovka va tayyorgarlik mashg‘ulotlari uchun sport zallari ko‘zda tutilishi shart.
Hovuzi 25x8.5m va undan kam bo‘lgan, hamda ochiq basseynlarda tayyorgarlik ko‘radigan zallar ko‘zda tutilmasligi mumkin; ammo hovuz yaqinida tayyorgarlik ko‘rish uchun kamida 70 m2 li ochiq maydoncha bo‘lishi kerak.
3.67. Hovuz tagi nishabi, bo‘ylama yon devorlari profili, yo‘lakchalari o‘qlarini o‘lchamlanishi, suv ostini kuzatish tirqishi (illyuminatorlari) texnologik talablar bo‘yicha qabul qilinadi.
Har bir bo‘ylama devorlarida uzunligi 50 m li hovuzlarda uchtadan, 50 m dan kamlarida ikkitadan zinapoyalar ko‘zda tutilishi kerak; hovuz maydoni 100 m2 dan kam bo‘lsa bitta zinapoya o‘rnatish mumkin.
3.68. Vanna devorlari va osti konstruksiyalari suyuqlik o‘tkazmaydigan va kimyoviy reagentlarga bardoshli bo‘lishi kerak. Hovuz osti va devorlarining yuzalari yorug‘ tonli bo‘lishi kerak. Hovuz devorlari va osti sirg‘anchiq bo‘lmasligi shart. Basseynlar hovuzlarining ko‘ndalang devorlari suv ustki qismlari 0,3 m balandlikda tik va bir-biriga parallel bo‘lishi kerak.
Hovuz uzunligi 50 m li yopiq basseynlarda texnik qarab turish va ta’mirlash uchun hovuzning tashqi tomonlarida imkoniyat ko‘zda tutilishi kerak.
3.69. Basseyn hovuzining perimetri bo‘yicha aylanib yurish yo‘lakchasi yopiqlari uchun kamida 1.5 m, ochiqlari uchun 2 m bo‘lishi kerak; yo‘lakcha tashqi chegarasidan o‘rindiqlar joylashtirilishi zarur.
Aylanib yurish yo‘lakchasi sirg‘anmas va trap tomonga 0.01-0.02 nishabli bo‘lishi shart.
Bolalar hovuzi uchun (suzishni bilmaydiganlar uchun) aylanib yurish yo‘lakchasi kengligi uch tomoni qirg‘og‘i bo‘yicha 0.75 m, yo‘lakcha sathi qirg‘oqdan past, qirg‘oqdagi to‘siq balandligi 0.9-1.0 m bo‘lishi shart.
Eslatma: 1. Yopiq basseynlarda aylanish yo‘lakchalari isitiladigan qilib nazarda tutiladi.
2. Start tumbasi, tramplin, sakrash tepaligi bor borti bo‘yicha yo‘lakchaning kengligi texnologik talablardan kelib chiqqan holda belgilanadi.
3.70. Yechinish xonalari (erkak va ayollarga alohida) to‘g‘ridan to‘g‘ri hojatxonalarga va dushxonalarga tambur orqali tutashgan bo‘lishi kerak.
Shug‘ullanuvchilar uchun yechinish xonasining sport zali bilan aloqasi to‘g‘ridan to‘g‘ri, yo‘lak orqali yoki faqat ular uchun ishlaydigan zinapoya orqali amalga oshirilishi kerak.
Jamoa ko‘rinishida bo‘ladigan sport o‘yinlari o‘tkaziladigan inshoatlarda, qoida bo‘yicha, kamida to‘rtta yechinish xonalari bo‘lishi kerak, ularning maydoni ko‘p zalli sport inshoatlarining yechinish xonalari umumiy hisobiy maydoniga kiritiladi.
Yechinish xonasi bir nafar yechinuvchiga kamida 1 m2 maydon hisobidan nazarda tutiladi; yechinish xonasida kiyim javonlari (0,3x0,5 m, o‘rindiqlar, oyoq vannasi, qo‘l yuvish jihozi, ko‘zgu, pol usti tarozisi bo‘lishi shart).
Basseynlarda yechinish xonalari aylanib yurish yo‘lakchasi bilan bir sathli va ular aloqasi dushxona orqali, a sport zal yoki tayyorgarlik mashg‘ulotlari xonasi bilan esa dushxonani aylanib o‘tadigan bo‘lishligi shart.
Yengil atletika sport o‘yinlari uchun sport zallarining qoshidagi va universal sport-tomosha zallaridagi, hamda ochiq sport inshoatlaridagi (ochiq basseynlar bundan mustasno) yechinish xonalari zal bilan (maydon bilan) to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqada bo‘lishi va shug‘ullanuvchilar bilan tomoshabinlarning yo‘llari kesishmasligi sharti bilan, aloqada bo‘lmasligi mumkin.
Eslatma: 1. Sport zallarida shug‘ullanuvchilar uchun yechinish xonalari, qoida bo‘yicha, bir smenada shug‘ullanuvchilarning 200% iga, basseynlarda esa bir smenada shug‘ullanuvchilarning 250 — 300% iga hisoblanadi (to‘lishining bir xil bo‘lmasligini hisobga olgan holda).
2. Sportning har xil ko‘rinishda musobaqa va o‘quv-trenirovka mashg‘ulotlari o‘tkaziladigan zallari bor ko‘p funksiyali sport inshoatlarida yechinish xonalarining joylari soni texnologik hisob kitob bilan aniqlanadi.
3.71. Sport inshoatlarining sanitar bo‘g‘inlaridagi sanitar jihozlari texnologik hisob kitob bo‘yicha, 9-tavsiyaviy ilova ko‘rsatkichlarini hisobga olgan holda, qabul qilinishi kerak.
Shug‘ullanuvchilarning dushxonasi yechinish xonasi bilan, trener va instruktorlar jamoasi uchun dushxonalar instruktorlar xonasi bilan, xodimlar dushxonasi xodimlar maishiy xonalari bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqada bo‘lishi kerak.
Basseynlarda shug‘ullanuvchilarning dushxonalari (erkak va ayollarniki) aylanib yurish yo‘lakchasi bilan bir sathda bo‘lishi shart. Dushxonalar ochiq kabinali va oralarida o‘tish yo‘lakli bo‘lishi kerak; o‘tish yo‘lagi kengligi — 1.6 m. Dushxonadan aylanib yurish yo‘lagiga chiqish joyida yoki suzib chiqish joyida chuqurligi 0.1 m poddon oyoq vanna-dushi butunlay kengligi bo‘yicha nazarda tutiladi.
Yechinish xonalari qoshidagi hojatxonalar yechinish xonalari bilan yondosh joylashtirilishi zarur (tambur-shlyuz orqali). Hojatxonadan dushxonani chetlab basseyn hovuziga kirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Bolalar yechinish xonasi, dushxonasi va hojatxonalari (o‘g‘il bolalar va qizlar uchun alohida) kattalarnikidan alohida joylashtirilishi shart.
3.72. Hovuzga suzib chiqish joylari — kanallar kengligi 1.8 m va chuqurligi kamida 0.5 m; start tumbachasi yo‘q hovuzlarga suzib chiqish kanali vannaning ko‘ndalang biqiniga joylashtiriladi.
3.73. Basseynlarning texnik xonalari, xlorlash xonalari va xlor omborlariga alohida maxsus kirish joyi bo‘lishi kerak. Xlorlash va xlor omborining xonalarini binoga yopishgan yer sathidan pastga joylashtirish mumkin emas.
3.74. Ochiq inshoatlarning qo‘shimcha xonalari (yechinish, hojatxona, dushxonalari), qoida bo‘yicha, inshoatdan 200 m dan uzoqda joylashtirilmasliklari kerak, ochiq basseynlar bundan mustasno, chunki ularning yechinish, hojatxona va dushxonalari bevosita basseyn hovuziga birikishi zarur.
Sanitar jihozlar 9-tavsiyaviy ilovani hisobga olgan holda qabul qilinadi.
3.75. Qo‘shimcha xonalar balandligi tavsiyasi (toza holda, pastga chiqib turuvchi konstruksiyagacha):
2,7m — dahlizlarda, yechinish xonalarida, massaj xonalarida, shug‘ullanuvchilarning dam olishi xonasida, savdo va qo‘shimcha xonalarda, trener-instruktor xonalarida, metodika xonasida, tib xizmati xonasida, navbatchi va yong‘in posti xonalarida, omborxonalarda, inventar xonalarida, qurol-yarog‘ tozalash va saqlash xonalarida:
2,4 m — sudyalar xonalarida;
2,2 m — ustki kiyim almashtirish joyida (yopiq to‘siq orqasida), trenirovka kiyimlarini almashtirish xonasida, kiyim va oyoq-kiyim quritish xonasida, tog‘ chang‘i trassasi start va finish qoshilaridagi kichik uycha va pavilonlarda, kassaxonalarda.
3.76. Tomoshabinlar uchun qo‘shimcha xonalar keluvchilar tomosha zallariga to‘liq bo‘lgan holatga hisoblanadi (tomosha zalining normativ ko‘rsatkichlarini hisobga olib).
3.77. Bufetxona yoki kafeteriyalar loyiha topshirig‘i asosida qabul qilinadi.
Ma’muriy boshqaruv , idora, ofis, ilmiy-tadqiqot va loyiha tashkilotlari muassasalari
3.78. Ma’muriyatga mo‘ljallangan xonalar — boshqaruv, vazirlik, sug‘urta va moliya, loyiha va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari muassasalarining xodimlari uchun ishchi xonalar va kabinetlar bitta shtat xodimiga kamida 6 m2 maydon to‘g‘ri kelishi hisobidan loyihalanadi. Bunda ko‘p o‘rinli ishchi xonalarida bir xodimga to‘g‘ri keladigan maydonni 4-5 m2 gacha qabul qilish mumkin.
Bir nafar xizmatchi kabineti kamida 9 m2 maydonli, keluvchilarni qabul qilish ko‘zda tutilgan bo‘lsa kamida 12 m2 maydonli bo‘lishi kerak.
Rahbarlar kabineti zaruriy keluvchilar uchun o‘rindiqlar joylashtirish soniga hisoblanib qabul qilinadi (bir o‘ringa 1.5 — 2.0 m2 maydon hisobidan).
Rahbar qabulxonasi kamida 12 m2 maydonli, ikkita kabinetga xizmat ko‘rsatadigan qabulxona kamida 16 m2 maydonli bo‘lishi shart.
Rahbarlar, instruktorlar, deputatlar va boshqa ko‘p keluvchilari bor kabinetlar qabulxonasi qoshida kutib turish joylari nazarda tutilishi zarur; ko‘p keluvchilari bo‘lmagan va yo‘lak kengligi 2.4 m dan kam bo‘lmagan holatlarda kutib turuvchilar joyi ko‘zda tutilmasligi mumkin.
3.79. Ko‘rgazmalar va namoyish zallari, yig‘in va keluvchilar bilan suhbat o‘tkazadigan xonalar, kutubxona va arxivlar, nusxa-ko‘paytirish xizmati xonalari, ekspeditsiya, ruxsat yozish xonalari, hamda xizmat ko‘rsatuvchi xonalar: kiyim-kechak almashtirish, jihozlar ta’miri ustaxonalari, omborchalar, jamoat ovqatlanish xonalari, tibpunktlari, xodimlar uchun maishiy xonalar va shu kabilar texnologik talablar bo‘yicha ko‘zda tutiladi.
3.80. Dahlizlar bir nafar xodimga ustki kiyim yechish joyisiz kamida 0,17 m2/kishi, kiyim yechish joyi bilan 0,25 m2/kishi miqdorlarida ko‘zda tutilishi kerak. Kiyim-kechak almashtirish xonasi maydoni bir o‘ringa (ilgakka) 0,08 m2 hisobidan qabul qilinadi. Dahliz o‘lchamlari (maydoni) binodan odamlarni evakuatsiya qilish talablariga javob berishi shart; qoida bo‘yicha, dahliz maydoni 12 m2 dan kam bo‘lmasligi shart.
3.81. Xodimlar uchun hojatxonalar loyihalanishi quyidagi hisoblar bo‘yicha bo‘lishi kerak: 1 ta unitaz va 1 ta pissuar 30 erkakka; 1 ta unitaz 20 — 25 ayolga va 1 ta shaxsiy gigiyena kabineti 70 — 75 ayolga. hojatxonalar (erkaklar, ayollar uchun) bir qavat oralatib joylashtirilishi mumkin, ammo ishchi xonalardan uzoqligi 75 m dan oshib ketmasligi kerak.
3.82. Kutubxonalar va texnik arxivlar kitob fondi va ish hujjatlarini saqlashga, hamda xodimlar va keluvchilar uchun zaruriy ish maydoni hisoblaridan aniqlanadi. Fondni ochiq saqlash maydoni 1 ta saqlash birligiga 4,5 m2 maydon hisobidan, yopiq saqlash esa maydoni saqlash birligiga 2,5 m2 maydon hisobidan qabul qilinadi. Bir nafar arxiv xodimi yoki kutubxona xodimi uchun ish maydoni 6 m2 hisobidan ko‘zda tutiladi. Kutubxona fondi kitoblari 25 minggacha bo‘lganda kutubxonani bir xonaga joylashtirish mumkin.
Arxivga kiruvchilarning bir nafariga yoki o‘qish zalida bir o‘quvchiga 3 m2 maydon, kompyuter qo‘llanilishiga 4 — 6 m2 maydon ko‘zda tutilishi kerak.
3.83. Nusxa-ko‘paytirish va nashriyot xizmatlari uchun xonalar bir xodimga kamida 6 m2, ammo har bir xona kamida 12 m2 maydonli bo‘lishi shart.
3.84. Konferens-zallar har xil mo‘ljallangan yo‘nalishini, sig‘diraolishlik miqdorini va har xil jihozlar bilan ta’minlanishini hisobga olgan holda nazarda tutilishi kerak; bu holatlarda zal maydonlari qabul qilinadi:
100 o‘ringacha bo‘lgan zallar uchun 1,3 — 2 m2 stol atrofidagi bir o‘ringa;
100 dan ko‘p 150 o‘ringacha zallarda stolda kitob qo‘yuvchi moslamasiz 1-1,1 m2 bir o‘ringa, moslamasi bor holda — 1,25 m2 bir o‘ringa;
150 o‘rindan ko‘p zallarda stolda kitob qo‘yuvchi moslamasiz — 0,9-1,0 m2 bir o‘ringa.
3.85. Tomoshalar zallari o‘rindiqlari 200 va undan ko‘p bo‘lgan zallar bir o‘ringa 0,7 m2 hisobidan tomoshagoh zallar normalari bo‘yicha loyihalanishi shart.
Estrada qoshidagi prezidium uchun xona kamida 12 m2 bo‘lishi kerak. Tomosha zallari qoshida kuluarlar (0,3 m2 zaldagi bir o‘ringa), chekish va hojatxonalar ko‘zda tutiladi (tomosha zallari normalari bo‘yicha).
3.86. Tibpunkti va oshxonalar, qoida bo‘yicha, 200 va undan ortiq xodimlarga hisoblanadi, kam o‘rinliklar esa mahalliy sharoitlardan kelib chiqqan holda nazarda tutiladi.
Sig‘diraolishlik miqdori 50 o‘ringacha muassasalarda choy qaynatish va idish-tovoq yuvish jihozi o‘rnatilgan to‘siqli joylar nazarda tutiladi.
Eslatma: 1. Tibpunkt o‘z tarkibiga bir yoki bir necha maydoni kamida 12 m2 bo‘lgan xonalarni oladi (jumladan muolaja, massaj, fizaterapiya xonalari va boshqalar).
2. Ovqatlanish bloki bilan oshxonalar bir necha muassasaga va “tashqaridan keluvchilarga” xizmat ko‘rsatadigan qilib ko‘zda tutilishi mumkin. Xonalarning tarkibi va maydonlari texnologik asoslar va ushbu normalar talablaridan kelib chiqqan holda qabul qilinadi.
3.87. Qishloq boshqaruv ma’muriy binolarida, idoralarda xonalar bir xodimga 8-9 m2 maydon to‘g‘ri keladigan qilib, ammo xona maydoni 12 m2 dan kam bo‘lmagan holda qabul qilinadi. Yig‘ilish o‘tkaziladigan xona maydoni, qoida bo‘yicha, kamida 30 m2 maydonli bo‘lishi kerak. Ma’muriy binoda ZAGS (15 — 20 m2), preparat xonasi bilan qishloq agrokimyo laboratoriyasi (jami 25 — 30 m2), aloqa bo‘limi joylashtirilishi mumkin.
Huquqqa oid muassasalar
3.88. Huquqqa oid muassasalar: prokuraturalar, ZAGSlar, huquqiy maslahat, notarial korxonalari ma’muriy binolarga qo‘yiladigan talablarni hisobga olgan holda loyihalanadi. (3.78 — 3.86 bandlar).
Sudlar sudyalar soni va sud majlislari zallarining sig‘diraolishlik miqdoriga qarab, sudlarning ma’muriy xonalari ma’muriy muassasalar maydoni ko‘rsatkichlari bo‘yicha nazarda tutiladi.
Huquqqa oid muassasalar xonalarining tarkibi va maydoni loyiha topshirig‘iga asosan o‘rnatiladi.
3.89. Sud majlislari zalining maydoni zalda bir o‘ringa, m2:
kichik 25 — 40 o‘rin — 1,7
shunday, o‘rin oldi stoli bilan — 2,0
80 dan 100 o‘ringacha — 1,3
100 dan 200 o‘ringacha — 1,1 — 0,9
200 o‘rindan ortiq — 0,7
Eslatma: Sud majlisi zallari qoshida sudya va sudlanuvchilar uchun qo‘shimcha xonalar, keluvchilar uchun kuluarlar, ashyoviy dalillarni saqlash uchun omborchalar va hojatxonalar nazarda tutiladi.
3.90. ZAGSlar xodimlarning ish xonalarini, arxivni, qo‘shimcha xonalarni o‘z ichiga olishi kerak; registratsiya zallari maydoni kamida 24 m2 bo‘lishi kerak; tantanavor nikoh registratsiyasi uchun zallar maydoni 40 — 60 m2 li tavsiya etiladi. Keluvchilarni qabul qiladigan ish xonalari kamida 12 m2 maydonli bo‘lishi kerak. ZAGS tarkibida keluvchilar uchun xonalar ko‘zda tutiladi: hojatxona, xoll-mehmonxona, kuyov va kelin xonasi, qo‘shimcha xonalari bilan banket zali. Xonalar tarkibi va maydonlari loyiha topshirig‘i bo‘yicha belgilanadi.
Qishloq joylarda ish maydoni — ZAGS xonalari kamida 24 m2, jumladan registratsiya xonasi kamida — 15 m2 bo‘lishi kerak.
Arxivlar
3.91. Turli yo‘nalishdagi arxivlar quyidagi xonalarni o‘z ichiga oladi: qabulxona, ishlov berish xonasi, hujjatlarni komplektlash va saqlash xonalari; dahliz va keluvchilar uchun xona, hujjatlarni nus’halash xonasi, restavratsiya va ekspertiza qilish xonalari, boshqa ishchi va maishiy xonalar. Xonalarning tarkibi va maydonlari loyiha topshirig‘i bo‘yicha belgilanadi. Xodimlar uchun ish xonalari ma’muriy binolar uchun berilgan ko‘rsatkichlar bo‘yicha qabul qilinadi, keluvchilar uchun xonalar bir ish o‘rni 3,0 — 6,0 m2 maydonli bo‘lishidan kelib chiqqan holda ko‘zda tutiladi.
Arxivning saqlash xonasi saqlanadigan hujjatlar hajmi bo‘yicha saqlashning bir mingta shartli birligiga 2,5 m2 maydon hisobidan aniqlanadi.
Eslatma: Dahliz, hojatxonalar ma’muriy binolardagi kabi qabul qilinadi.
Bank muassasalari
3.92. Bank muassasalari operatsiya kassalari soni, kassa operatsiyalari hajmi bo‘yicha hisoblanadi; Banklarni loyihalashni idoraviy texnologik talablardan kelib chiqqan holda amalga oshirish kerak.
Bank tarkibida mijozlarni qabul qilish va bank operatsiyalari zallari, ma’muriyatning ishlash xonalari, kassa uzellari, jumladan rezerv fondi va aylanma kassa omborlari, kechki kassa, aylanma va kechki kassalar kassirlari kabinalari, pul sanash kabinalari, operatsiya kassasi kabinalari, mijozlar uchun pul sanash xonasi ko‘zda tutiladi; xonalarning tarkibi va maydonlari texnologik talablar bo‘yicha o‘rnatiladi. Kassa uzellarini shunday joylashtirish kerakki, qoida bo‘yicha, birinchi qavatga, boshqa tizim bo‘linmalaridan ajratilgan holda, ammo hisobga olish-operatsiya hujjatlarini bankning kerakli bo‘linmalardan olib kelish qulay bo‘lsin. Kassa uzellaridan inkassator mashinasidan qabul qilish boksi xonasiga aloqa bo‘lishi shart. Omborcha va kassir kabinasidan iborat bo‘ladigan kechki kassa pul sanaydigan kassa, hamda inkassator mashinasidan qabul qilish boksi xonalari bilan qulay aloqada bo‘lishi shart.
Xodimlarning ma’muriy ishlash xonalari, sanitar-maishiy xonalar ma’muriy muassasalarning tipi bo‘yicha nazarda tutiladi.
3.93. Operatsiya va kassa zallari maydonlari texnologik asoslanish bo‘yicha kassa operatsiyalari hajmini va 18-jadval ko‘rsatkichlarini hisobga olgan holda o‘rnatiladi.

18-jadval

Xonalar

Zalning bitta tirqishiga hisobiy maydon, m2, ishchi tirqishlar (kassalar) soni bo‘yicha

Qishloq uchun

Shahar uchun

1

3

2-3

5 — 10

Operatsiya zali

20 — 24

12

15

12 — 15

Kutubxonalar
3.94. Kutubxonalar kitob fondini saqlash birligining va zallarida o‘qish joylarining sonlari bo‘yicha hisoblanadi. Kutubxonalarning xonalari tarkibi va maydonlari texnologik talablar bo‘yicha ularning mo‘ljallangan yo‘nalish, ihtisoslashishlari hisobga olingan holda qabul qilinadi; tarkib va maydonlarini aniqlash uchun asosiy ko‘rsatkichlari 19-jadvalda keltirilgan.
Keluvchilar uchun dahliz va hojatxonalar klublar muassasalarining mos hisobiy ko‘rsatkichlarini hisobga olgan holda nazarda tutiladi. Dahlizlar qoshida ustki kiyim saqlash joyi (zalning 100% sig‘diraolishlik miqdori bo‘yicha) va qo‘l xalta saqlash xonasi, nusxa ko‘chirish xizmati va pereplet-jildlash xonalari ko‘zda tutiladi.
Kitob saqlash xonalari bitta yarus yoki ko‘p yarusli so‘rilarda saqlashga bo‘lgan texnologik talablarni hisobga olgan holda loyihalanadi.

19-jadval

Xonalar

O‘lchovi

Hisoblash ko‘rsatkichi, m2

1

2

3

Bibliografik-ma’lumot bo‘limi

Bir o‘qish joyi

0,1

Avanzal (o‘quvchi kishilar uchun 15 — 20% o‘rin hisobidan)

-'-

1,5

O‘qish zallari:

kattalar uchun umumiy va ilmiy-tarmoq

-'-

2,4 — 3,0

bolalar, yoshlar

-'-

2,0 — 2,5

maxsus bo‘limlar

-'-

3,0 — 3,5

izografiya, not, kartografiya

-'-

3,5 — 5,0

kompyuterdan foydalanib audiovizual xizmat

-'-

4 — 6 (10 — 20% o‘qish o‘rinlariga)

Abonement (o‘quvchi kishilar uchun)

Bir o‘qish joyi

1,8

Kutubxonalar abonement, komplektlash bo‘limi

Xizmatchining bir ish o‘rni

6,0

komplektovaniya

Xizmat va ishlab chiqarish

1 xizmatchi

5-8

Kitob saqlash:

1000 saqlash birligida shunday

yopiq saqlash

2,5

ochiq , fond qoshiga borish mumkin holda saqlash

5,0 (kichiklari — 4,5)

Eslatma: 1. Kataloglar xonasi quyidagi hisobda qabul qilinadi: 1 ta kitob javoni 20 ming saqlash birligiga (1000x500x1450 mm) 48 ta yashikli -3.5 m2.
* Shuningdek kataloglarni elektron nusxada saqlash uchun bir kompyuter ish o‘rniga 4 — 6 m2 maydon hisobidan joy ko‘zda tutiladi.
2. Suratlarni tiklash, kseronus’hasi, fotonus’ha, pereplet-jildlash laboratoriyalarini qabul qilish: 1000 ta saqlash birligiga — 2,0 m2; har bir xona kamida 12 m2; gigiyenik ishlov va restavratsiya laboratoriyalari kamida 15 m2 (har biriga).
3.95. Avanzal kataloglar bilan ishlash joyini, adabiyot ko‘rgazma stendi, ulashish kafedrasi va o‘qish zaliga beriladigan adabiyot ishchi fondini vaqtinchalik saqlash joylarini o‘z ichiga oladi; avanzal maydoni, qoida bo‘yicha, kamida 30 m2 bo‘lishi shart.
Abonement hududi ulashish kafedrasi va kitob qabul qilish kafedrasini o‘z ichiga oladi, bu hudud o‘qish zalidan doimiy bo‘lmagan peregorodka bilan ajratiladi; bo‘lim maydoni kamida 20 m2 bo‘lishi kerak.
Bibliograf-ma’lumot bo‘limi: o‘quvchi kishilar uchun joylarni, navbatchi bibliograf-maslahatchi joyini, kitob ko‘rgazmasi hududini o‘z ichiga olib umumiy maydon kamida 20 m2 bo‘lishi kerak.
3.96. Komplektlash va ishlov berish bo‘limida hududlar nazarda tutiladi: xizmat kataloglari, xodimlarning ishlash joylari, kitoblarga ishlov berish va komplektlash joylari.
Xodimlar uchun xizmat va maishiy xonalar ma’muriy binolar hisobiy normalari bo‘yicha nazarda tutiladi.
3.97. Maxsus o‘qish zallari notalar, noyob kitoblar, patentlar, san’at albomlari va boshqa fondlar saqlanadigan tegishli bo‘limlar qoshida joylashtiriladi; zallar maydoni konkret sharoitlardan kelib chiqqan holda belgilanadi. Zallarda kompyuterlar, vidioko‘rish, musiqa yozuvlarini eshitish kabinalari joylashtirilishi ko‘zda tutiladi.
Kutubxonalar qoshida qo‘shimcha zal-auditoriyalar, konsert zallari, fonoteka, ko‘rgazma va muzey zallari, internet-kafe zallari va boshqa shunga o‘xshashlar nazarda tutiladi.
Muzey va ko‘rgazmalar zallari
3.98. Muzey va ko‘rgazmalar zallari ekspozitsiyalar va vaqtinchalik ko‘rgazmalar uchun zaruriy maydonlarga hisoblanadi; asosiy, qo‘shimcha va xizmat ko‘rsatish xonalarining tarkibi va maydonlari loyiha topshirig‘ida beriladi.
Qo‘shimcha xonalarga quyidagilar kiradi: kommunikatsiya va rekreatsiya, axborot va madaniy-oqartuv yo‘nalishiga mo‘ljallangan (kinonutq va o‘qish zallari, klub-to‘garak, kutubxona) xonalar, ma’muriyat va ilmiy xodimlar ishlash xonalari, eksponatlarni saqlash omborchalari, laboratoriyalar, ustaxonalar (maket, qolip, restavratsiya, badiiy va boshqa xonalar).
Xizmat ko‘rsatish xonalariga quyidagilar kiradi: dahliz, ustki kiyim saqlash joyi, hojatxonalar, chekish xonalari, bufetlar, xo‘jalik va texnik xonalar.
3.99. Ekspozitsiya zallarini, qoida bo‘yicha, uchinchi qavatdan yuqori bo‘lmagan qavatlarda joylashtiriladi. Zallarning rejasi ekspozitsiyalarni ko‘rishga qulay va zallarning shaklan o‘zgartirish variantlarini bo‘lishi hisobga olingan holda amalga oshirilishi shart. Ekspozitsiya zallari keluvchilarni qabul qilish va xizmat ko‘rsatish xonalari, hamda eksponatlarni ekspozitsiyaga tayyorlash, fond saqlash xonalari bilan qulay bog‘langan bo‘lishi kerak.
3.100. Ekspozitsiya maydoni va zal gabaritlari eksponatlar gabaritlari va ularni qulay ko‘rish bo‘yicha, zalga keluvchilarning soni bo‘yicha o‘rnatiladi. Kichik gabaritli eksponatlar uchun bir keluvchiga 6 — 8 m2 maydon hisobidan 36 — 50 m2 maydonli zallar ko‘zda tutiladi, o‘rtacha gabaritli eksponatlar uchun esa kamida 60 m2 maydon talab etiladi. Bosh yoki “yo‘naltiruvchi” eksponatlar qoshidagi bo‘sh maydon 6 — 15 m2 bo‘lishi kerak. Zallardagi o‘tish yo‘laklari, qoida bo‘yicha, kamida 2.4 m kenglikda bo‘lishi shart.
Kichik gabaritli ekspozitsiyalar zallari balandligi 3 — 3.6 m, katta gabaritli suratlar galereyasi zallari balandligi 4.5 m yoki ko‘proq qabul qilinadi.
3.101. Fond saqlash xonalari o‘z ichiga eksponatlarni qabul qilish, ishlov berish va saqlash, ilmiy xodimlar va keluvchilar uchun xonalarni oladi. Fond saqlash xonalari eksponatlarni saqlash texnologiyasini hisobga olgan holda loyihalanadi va alohida seksiya va har xil saqlash rejimli xonalarga bo‘linadi.
Ekspontlarni qabul qilish xonasi vaqtinchalik va doimiy saqlash joylari bilan, izolyator va kimyoviy ishlov berish dezokameralari bilan, restavratsiya tajribaxonalari bilan qulay bog‘langan bo‘lishi kerak.
3.102. Dahlizlar, ustki kiyim saqlash joylari, foye, bufetlar, ma’lumot va madaniy-oqartuv yo‘nalishiga mo‘ljallangan xonalar, hojatxonalar tomoshagohlar majmuasining hisobiy normalarini nazarda tutgan holda, bir vaqtda maksimal keluvchilarning 25 — 50% iga hisoblanadi.
3.103. Xodimlar uchun ma’muriyat va xizmat ko‘rsatish-maishiy xonalar ma’muriy binolarning hisobiy normalari bo‘yicha qabul qilinadi.
Restavratsiya ustaxonalari va laboratoriyalari texnologik talablar bo‘yicha loyihalanadi va restavrator ish joylarini, tadqiqot o‘tkazish va eksponatlarni vaqtinchalik saqlash joylarini o‘z ichiga oladi.
Klublar, klub-to‘garak va studiya xonalari, bo‘sh vaqtni o‘tkazish markazlari
3.104. Klublar, madaniyat (bo‘sh vaqtni o‘tkazish) uylari va markazlari klub-to‘garak va bo‘sh vaqtni o‘tkazish xonlarida mashg‘ulotlar uchun keluvchilar o‘rinlari soni bo‘yicha, tomosha zallarida o‘rindiqlar soni bo‘yicha hisoblanadi. Qishloq posyolkalari va shaharlarning klub muassasalarida klub-to‘garak va studiya mashg‘ulotlari, dam olish va o‘yin-kulgi xonalarining bir vaqtda sig‘diraolishlik miqdori 30 — 50 dan 300 — 500 o‘ringacha qabul qilinadi; tomosha zallarining sig‘diraolishlik miqdori 100 — 800 o‘ringacha.
Madaniyat va bo‘sh vaqt o‘tkazish markazlari klub-studiya xonalari qatori o‘z ichiga har xil yo‘nalishga mo‘ljallangan tomosha zallarini oladi: nutq so‘zlash, konfrens-zallar, kinozallar va teatr uchun (kichik va katta), hamda ko‘rgazma va muzey majmualari, klub-studiya xonalarini.
3.105. Dam olish va o‘yin-kulgilar uchun xonalar, klub-to‘garak va studiya mashg‘ulotlari uchun xonalar, axborot yo‘nalishiga mo‘ljallangan xonalar bir nafar shug‘ullanuvchiga hisoblash maydoni bo‘yicha qabul qilinadi, jumladan:
1 kishiga stol — 3 m2, kompyuteri bilan — 4 — 6 m2;
1 kishiga, haykaltarosh, musiqa va xoreografiya sinfida, aerobika bilan shug‘ullanuvchiga — 5-6 m2, mashg‘ulotlarning ayrim ko‘rinishlari uchun — 7-8 m2;
Mashg‘ulotlar uchun studiyalar 9 — 12 m2, pedagog bilan mashg‘ulotlar uchun 12 — 15 m2, ikkita royalda mashg‘ulotlar uchun kamida — 18 m2.
10 — 15 kishiga mehmon va to‘garak xonalari kamida 30 m2, orkestr, raqs, xoreografiya mashg‘ulotlari xonalari 50 — 60 m2 va ko‘p bo‘lishi shart.
Xoreografiya, aerobika, sheyping, raqs zallari balandligi kamida 4.2 m, akrobatika i sirk mashg‘ulotlari zallarining balandligi — 6 — 8 m bo‘lishi shart. Zallar qoshida dushxonasi bilan yechinish xonalari bo‘lish kerak.
Rassomlik, ganch, haykaltaroshlik, keramikani kuydirib ishlash xonalari tegishli texnologik jihozlangan bo‘lishi zarur
3.106. Klub majmualarining dahliz guruhidagi xonalarining tarkibi va maydonlari bir nafar keluvchi va zaldagi bir o‘rindiqlarga hisoblanib, tavsiyaviy 10-jadval ko‘rsatkichlari hisobga olingan holda qabul qilinadi.
Ma’muriyat va xizmat ko‘rsatish xonalari shtat kundaligi bo‘yicha bir xodimga 6 m2 maydon hisobidan nazarda tutiladi.
3.107. Klublarning tomosha zallari 3.109 bandini hisobga olgan holda loyihalanishi kerak. Zal, estrada yoki sahna gabaritlari loyiha topshirig‘ida berilishi lozim.
100 o‘rinli zallardagi estrada kamida 27 m2 maydonli, 150 — 200 o‘rinlilardagi zallarda kamida 36 m2 maydon bo‘lishi shart. Estrada qoshida prezidium va artistlar xonalari ko‘zda tutiladi (15 m2 dan).
Foye va raqs zallaridagi, kichik auditoriya-zallarda estrada maydoni kamida 12 m2 (4x3 m) bo‘lishi kerak.
3.108. Klub, konsert va teatr zallarining tomoshabinlar uchun xonalari tomoshagoh muassasalarning talablarini hisobga olgan holda loyihalanishi zarur.
Tomoshagoh muassasalar — kinoteatrlar, teatrlar, konsert zallari, sirklar
3.109. Teatrlar, kinoteatrlar, klublar, konsert-filarmoniyalarning tomosha zallari 20-jadval ko‘rsatkichlarini hisobga olgan holda loyihalanadi.
Balkonli, lojali, pog‘onali zallarning maydoni ajratib turuvchi konstruksiyalar chegarasida aniqlanadi, jumladan: kinoteatrlar uchun — estradani qo‘shgan holda, teatrlar, konsert zallari, universal zallar uchun — estradaning yoki avansahnaning oldi chegarasigacha (yoki orkestr chuqurligi to‘sig‘igacha).
Tomosha zallarining o‘lchamlari sahnadan yaxshi ko‘rinish va eshitish texnologik talablarni hisobga olgan holda aniqlanadi. Tomosha zalining uzunligi dramatik va musiqa-dramatik teatrlarda sahnaning qizil chizig‘idan oxirgi qatorgacha bo‘lgan uzunlik uzoqlashuvi — 25 — 27 m, opera-balet teatrlarida 30 — 35 m qabul qilinadi.

20-jadval

Zallarning nomlanishi

Zaldagi bir o‘rin hajmi, m3

Zaldagi bir o‘rin maydoni, m2

1

2

3

Auditoriyalar, konferens-zallar

4-5

1,0 — 1,5 dan 1,8 — 2,0*gacha

Kinoteatrlar

4 — 6

0,7-1,0

Universal va klub zallari, konsert zallari

4 — 6

0,7(0,65)* — 0,8

Dramatik teatrlar

4-5

0,7

Musiqa-dramatik teatrlar; musiqa komediya

5 — 7

0,7

Opera va balet teatrlari

6 — 8

0,7

* Sig‘diraolishlik miqdori va stollar bilan jihozlanishiga bog‘langan holda. Qavs ichida yo‘l qo‘yiladigan parametrlar.
Eslatma: Ko‘rsatilgan kattaliklardan zalning solishtirma hajmi ko‘rsatkichlari og‘ishi 20% ga kamayish tomoniga — ventilyatsiya, konditsiyalashtirish hisoblariga mumkin bo‘ladi.
3.110. Kinoekranli tomosha zallarining parametrlariga talablar tavsiyaviy 11-ilovada keltirilgan. Tomoshabinning ko‘rish nuri yo‘nalishi oldi tomonida o‘tirgan tomoshabinning ko‘zidan ko‘tarilish balandligi kamida 0.06 m bo‘lishi kerak.
Tomosha zalida pol nishabi (o‘tish yo‘lagi panduslari) ko‘pi bilan 1:7 qilib qabul qilish zarur; yo‘lakni pog‘onali qilinsa pog‘ona balandligi ko‘pi bilan 0.2 m bo‘lishi shart.
3.111. Siljimas suyanchiqli kreslolar o‘rnatilgan tomosha zallarida o‘tish yo‘lagi kengligi kamida 0.8 m bo‘lishi shart; kenglikni 0.65 m gacha kamaytirish 300 o‘ringacha bo‘lgan kichik zallarda, hamda lojada, balkonlarda, yozgi kinokonsert zallarida yo‘l qo‘yiladi.
Kreslolar oraliq kengligi (suyanchiq tepa o‘qlari oralig‘i) kamida 0.52 m, stul va o‘rindiq kengligi — kamida 0.45 m bo‘lishi shart.
3.112. Tomosha zalida tepa sath yoki balkonlar loyihalanishida qatorlar soni uchtadan oshmasa, tomoshabinlar o‘rni polidan shipning turtib tushgan konstruksiyalarigacha balandlik kamida 2.1 m, qatorlar soni uchtadan ko‘p bo‘lsa — kamida 3.0 m qilib belgilanishi zarur.
3.113. Kinoteatrlarning tomosha zallari parametrlari, kinoproyektor tiplari va soni, kinoproyeksion xonalari tarkibi va maydonlari texnologik talablar bo‘yicha tavsiyaviy 11-ilovani hisobga olgan holda aniqlanadi.
Kinoproyeksion guruhlari tarkibida ko‘zda tutiladi: proyeksion xonasi peremotka xonachasi bilan, kinomexanik komnatasi ustaxonasi bilan, radiouzel, hojatxona; ko‘rsatilgan xonalarning umumiy maydoni bo‘lishi kerak: 35 mm li filmlar uchun — 40 — 60 m2 , 70 mm li uchun — 100 m2.
3.114. Teatr zallarida an’anaviy kalosnikali sahnalar qatori (sahna karmonlari bilan, sahna korobkalari bilan, ishchi galereyalar va kalosnikalar bilan) har xil tipli estrada va sahnalar (markazlashgan, arenali, panoramali, aylanasimon va boshqa) qabul qilinishlari mumkin. Sahna tiplari, uning parametrlari, sahna va kalosnikalar “karmonlari”ning gabaritlari texnologik talablar bo‘yicha aniqlanadi.
O‘rni 300 gacha kichik zallarda sahnalar kengligi 12 — 18 m, bo‘ylama chuqurligi 8 — 12 m, balandligi 10 — 13 m qilib qabul qilinadi. O‘rni 400 va undan ko‘p zallarda sahnalar kengligi kamida 20 m, bo‘ylama chuqurligi 12 — 18 m, balandligi 18 — 20 m (tarhda 6x12 m li karmonlari va balandligi kamida 1.9 m li, tarhda o‘lchamlari sahna o‘lchamlariga teng tryumlari bilan).
Sahna va avansahna plansheti, aryersahnalar va karmonlarning poli bir sathli qilib nazarda tutilishi zarur.
Avansahna qurilish portali kengligi chegaralarida ko‘zda tutiladi, avansahnadan ikkitadan kam bo‘lmagan tomosha zaliga chiqish yo‘lagi nazarda tutiladi.
Sahnaning qizil chizig‘i sahna poli tekisligi bilan sahna tomonidan qurilish portali tekisliklarining kesishgan chizig‘idir.
Sahnaning (avansahnaning, estradaning) plansheti sathi balandligi birinchi qator poli sathidan ko‘pi bilan 1.1 m, 300 o‘ringacha bo‘lgan kichik sig‘diraolishlik miqdorli zallarda — 0.8 m bo‘lishi shart.
Eslatma: 1. Texnologik asoslar bo‘yicha qiya sahna planshetlari qabul qilinishi mumkin.
2. Namoyishlarda yoritish ishlarini boshqarish texnologiyasiga mo‘ljallangan xonalar va boshqalar loyiha topshirig‘ida beriladi.
3.115. Kinokonsert zallarida, jumladan klublardagi estrada, qurilish portali, avansahna o‘lchamlari zalning mo‘ljallangan yo‘nalishi bo‘yicha texnologik talablar bilan, 3.114 bandni hisobga olgan holda, aniqlanadi.
3.116. Tomoshabinlar kompleksi xonalari tomoshabinlarning o‘rni soni bo‘yicha tavsiyaviy 10-ilovaning ko‘rsatkichlariga mos hisoblanadi.
Ko‘p zalli tomoshagohlar majmualari uchun xonalarning hisobi texnologik asoslar bo‘yicha, zallardan foydalanish rejimi hisobga olingan holda, ulardan avtonom foydalanish bilan birga amalga oshiriladi.
Tomoshagohlar majmuasi tarkibida axborot va bo‘sh vaqtni o‘tkazishga mo‘ljallangan xonalar, ko‘rgazmalar zallari, artistlar xonalari va boshqalar joylashtirilishi mumkin.
3.117. Orkestr chuqurligi parametrlari texnologik talablar bo‘yicha berilgan orkestr tarkibini hisobga olgan holda o‘rnatiladi (bir orkestrantga kamida 1,2 m2 maydon ta’minlanishi hisobidan). Orkestr chuqurining kengligi kamida 2.5 m, chuqurlik o‘lchami kamida 1.9 m bo‘lishi shart.
Orkestr chuqurligining to‘sig‘i baryeri balandligi — 0.9 m. Baryerdan birinchi qator joyigacha masofa — kamida 0.9 m.
3.118. Artistlarning sahnaga chiqish oldidan kutib turish xonasi sahnaga yondosh joylashtirilishi va bir nafar artistga 1.8 — 2.0 m2 maydon to‘g‘ri kelishi hisobga olinishi shart.
3.119. Artistlar uchun grim xonalari quyidagi maydon ko‘rsatkichlarini hisobga olib ko‘zda tutiladi: xonalarda bir nafarga — 9 m2 (balet, sirk artistlari uchun 11), ikki nafarga — 6 m2 dan (balet artistlari uchun 7.5 dan), uch nafarga — 4.5 — 5.0; 4 nafarga — 3.5 — 4.5; 6 nafarga — 3 — 3.5; 6 nafardan ko‘p bo‘lsa — 3 m2/nafar.
Dushxonasi bilan hojatxonalar solistlar grim xonalari qoshida ko‘zda tutiladi, artistlar xonalari qoshida hojatxonalar quyidagi hisob-kitoblar bo‘yicha nazarda tutiladi: 1 unitaz va 1 dush 3-4 nafar artistga, yuz-qo‘l yuvish jihozi har bir grim va hojatxona qoshida bo‘lishi shart.
3.120. Studiya va repititsiya zallari, ularning gabariti, ular qoshidagi qo‘shimcha xonalarning tarkibi va maydonlari texnologik talablar bo‘yicha ko‘zda tutiladi. Dramatik teatrlarda ikki-uchta repititsiya zallari, musiqa-dramatik va opera-balet teatrlarida uchtadan kam bo‘lmagan repititsiya zallari ko‘zda tutiladi. Balet repititsiyasi o‘tkaziladigan xonalar balandligi kamida 4.2 m bo‘lishi shart.
3.121. Ma’muriyat va badiiy rahbariyat, texnik ta’minlash xonalari 5-6 m2/kishi hisobidan, alohida kabinetlar 9÷12÷18 m2 maydonli qilib ko‘zda tutiladi.
3.122. Texnologik va muhandislik ta’minoti xonalarining tarkibi va maydonlari, jumladan ovoz va aloqa xonalari texnik-muhandisligi talablari bo‘yicha qabul qilinadi.
3.123. Ishlab chiqarish xonalarining tarkibi — ustaxonalarning, ularning gabaritlari va maydonlari texnologik asoslar bo‘yicha aniqlanadi. Ustaxonalarning balandligi (yog‘ochsozlik, chilangar, matolarga chizgilar berish, jihozlarga qarovchi xonalari) kamida 3.6 m bo‘lishi shart; dastgohli dekaratsiyani montaj qilish uchun xona balandligi sahna karmoni balandligidan kam bo‘lmasligi kerak. Kichik ustaxonalar, qoida bo‘yicha, kamida 15 m2 maydonli bo‘lishi shart.
3.124. Joriy repertuarning dekaratsiyasi omborlari sahna yaqiniga joylashtirilishi kerak; omborxonalarning balandligi va maydonlari texnologik talablar bo‘yicha qabul qilinadi.
3.125. Tryumlarda (balandligi 2.4 m) yig‘ma dekoratsiya, yong‘inga qarshi darparda, sahna shiti xonalarini joylashtirish mumkin.
3.126. Sirk maneji (arenasi) diametri 13 m bo‘lishi kerak va baryer ko‘rinishidagi to‘sig‘i balandligi va kengligi 0.5 m bo‘lishi shart. Manejga chiqish o‘qlari bo‘yicha to‘rttadan kam bo‘lmasligi zarur: asosiysi artistlarniki va yordamchilari.
Asosiy chiqish joyi qoshida artistlarning va hayvonlarning chiqishni kutib turuvchi joyi yoki xonasi ko‘zda tutilishi shart (maydoni texnologik talablardan olinadi).
Estrada asosiy chiqish joyi tepasiga joylashtiriladi. Estrada qoshida orkestr xonasi ko‘zda tutiladi.
Sirkning maneji (arenasi) tepa kupol osti fazosi balandligi texnologik talablar bo‘yicha qabul qilinadi.
3.127. Sirklarda hayvonlarning arena qoshidagi xonalari arena poli sathida arenaga chiqish joyiga yaqin joylashtirilishi shart; xonalar tabiiy nur tushib turadigan va tashqariga alohida chiqish joyi bor holda joylashtirilishi zarur.
Ustaxonalar, omborxonalar, ma’muriy-xo‘jalik, o‘quv-trenirovka xonalari, hayvonlarni saqlash xonalari texnologik talablar bo‘yicha loyiha topshirig‘ida beriladi.
Savdo korxonalari
3.128. Chakana savdo do‘konlari savdo zalining maydoni bo‘yicha (m2), buyurtma qilish do‘konlari — kuniga buyurtmalar soni bo‘yicha hisoblanadi. Do‘konlar mo‘ljallanishi bo‘yicha farqlanadi: oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlari savdosi, maxsus (mol guruhlari bo‘yicha), oziqa mahsulotlari keng assortimenti bo‘lgan universal va nooziq-ovqat mahsulotlarning universal assortimenti savdosi.
Savdo zalida oziqa mahsulotlarini va nooziq-ovqat mahsulotlarini joylashtirish amaldagi sanitar normalarga mos nazarda tutilishi kerak.
3.129. Do‘konlarning savdo zallari oziq-ovqatlar va mahsulotlar qo‘yilgan joyga erkin bora olinadigan qilib loyihalanadi.
Do‘konning savdo zali, qoida bo‘yicha, kamida 30 m2 maydonli bo‘lishi kerak. Kichik do‘konlarning bloki savdo markazlari qoshida loyihalansa uning savdo zali 15 — 25 m2 maydonli bo‘lishi mumkin, savdo kioski xaridorlar kirmaydigan hollarda 4 — 6 m2 maydonli bo‘lishi mumkin.
Maydoni 250 m2 gacha savdo zallarining balandligi, sokol yoki yerto‘la qavatlarida joylashtirilsa, tepa turtib chiqqan konstruksiyasigacha 2.5 m bo‘lishi mumkin. Maydoni 650 m2 savdo zallari balandligi kamida 3.6 m, 1000 m2 lisida — kamida 4.2 m bo‘lishi shart.
Eslatma: Prilavkali do‘konlarda prilavka orti bo‘ylama chuqurligi, qoida bo‘yicha, kamida 2.4 m bo‘lishi shart (devor oldi jihozi o‘rni bilan).
3.130. Do‘konlar tarkibida savdo zali qatori ko‘zda tutiladi (quvvati va mo‘ljallanishlariga bog‘liq holda):
xizmat byurosi, buyurtma qabuli va ulashish bo‘limlari, yangi iste’mol mollarining namoyish zali yoki hududi;
kafeteriy-barlar yoki kafe, saqlash kameralari, hojatxonalar, bolalarga xonalar va boshqalar;
iste’mol mollarini sotuvga tayyorlash va saqlash xonalari (qabul qilish va yuk tushirish xonalari, omborchalar, sovitgich kameralar, kesish, komplektlash va boshqa xonalar);
qadoqlash ashyolari va konteynerlarni saqlash xonalari, inventarxona, kirxona, jihozlarning ta’mirlash ustaxonalari, reklama-dekoratsiya ustaxonalari, shisha idishlar qabuli punktlari, yuvish xonalari, chiqindilar kameralari;
ma’muriy va maishiy xonalar (idora, yong‘in-qo‘riqchi himoya xonasi, maishiy kiyim-kechak almashtirish xonalari, dushxonalar, hojatxonalar).
Xonalarning tarkibi va maydonlari texnologik talablar bo‘yicha loyiha topshirig‘ida beriladi.
3.131. Omborchalarga kirish joylari yuk tushirish xonalari tomonidan (yuk qabuli) nazarda tutilishi zarur.
Savdo zali maydoni 100 m2 gacha bo‘lgan do‘konlarda omborchalarga yuk olib kirish savdo zali orqali bo‘lishiga ruxsat etiladi.
Yuk qabuli-tushirish xonalari bitta mashina o‘ringa 16 m2 maydon hisobidan ko‘zda tutiladi. Mexanik vositalardan foydalaniladigan ichki yo‘lak kengligi kamida 1.8 m bo‘lishi shart; kichik savdo obyektlarida 1.5 m bo‘lishiga ruxsat etiladi.
3.132. Sovitish kameralari mahsulotlar turi bo‘yicha alohida-alohida ko‘zda tutiladi; kamera maydoni kamida 6 m2 (kengligi kamida 2.6 m) bo‘lishi kerak. Sovitish kamerasining balandligi kamida 2.4 m bo‘lishi shart.
3.133. Savdo yo‘nalishida bo‘lmagan binolarning savdoga mo‘ljallangan xonalari ikkinchi qavatdan yuqori bo‘lmagan sathlarda joylashtirilishi kerak. Savdo zali maydoni 100 m2 bo‘lsa, ularga kirish savdo yo‘nalishida bo‘lmagan binolar xonalariga kirish dahlizlari orqali amalga oshirilishi mumkin.
3.134. Keluvchilar uchun savdo-ko‘rgazma salonlari, buyurtma qabuli va tarqatish zallari omborxona va buyurtmalarni komplektlab ishlab chiqarish xonalaridan alohida joylashtirilishi mumkin.
Buyurtmalarni qadoqlash va koplektlash xonalari, mahsulot va iste’mol mollari saqlash xonalari, maishiy-xizmat xonalari texnologik talablar bo‘yicha buyurtmalarning tayyorlov hajmiga mos nazarda tutiladi. Buyurtmalarni komplektlash sexlarining gabaritlari qo‘llaniladigan jihozlar o‘lchamlarini hisobga olgan holda qabul qilinadi.
3.135. Bozorlar tarkibida nazarda tutilishi kerak:
yil bo‘yi savdo qilinadigan savdo zallari va ustqoplamasi bor sabzavotlar savdosi maydonlari (1 ta savdo joyiga, jihoz va o‘tish yo‘laklarini hisobga olgan holda, 6 — 8 m2 savdo maydoni to‘g‘ri kelishi zarurligi hisobidan);
xaridorlarga xizmat ko‘rsatish xonalar (xizmat byurosi, kafeteriy, bar, boshqalar);
saqlash xonalari: omborchalar (jumladan bokslar), sovutgich kameralari, sovitgich jihozi va go‘sht chopish xonalari);
veterenar-sanitariya ekspertizasi laboratoriyalari — go‘sht va sut-moy mahsulotlari uchun alohida-alohida (ko‘zdan kechirish, laboratoriya, izolyator, qaynatish, sovitish va boshqalar);
yordamchi xonalar (torozi xonalari, kassa apparati, inventar, maxsus kiyim-bosh, yuvish, ta’mir ustaxonasi xonalari);
xodimlar uchun ma’muriy-xizmat va maishiy xonalar (idora, yong‘in-qo‘riqlash himoyasi, maishiy kiyim-kechak almashtirish xonalari bilan, hojatxonalar, dushxonalar);
tara va konteynerlarning saqlash joylari, chiqindi yoqgich, bozor ichi transporti va tozalash moshinalari, jamoat hojatxonalari.
Xizmat ko‘rsatish elementlari tarkibi, xonalarning tarkibi va maydonlari texnologik asoslar bo‘yicha loyiha topshirig‘ida beriladi (mahsulotlarning sotilish hajmi, saqlash hajmi va boshqalarni hisobga olgan holda).
Loyiha topshirig‘ida bozor majmuasi tarkibiga har xil qo‘shimcha obyektlar kiritiladi: do‘konlar, jamoat ovqatlanishi korxonalari va maishiy xizmat, mehmonxonalar (chetdan kelganlar uylari), boshqalar.
Savdo joylari 150 — 250 ta bo‘lgan o‘rta quvvatlik yopiq bozorlar tarkibi tavsiyaviy 13-ilovada keltirilgan.
3.136. Bozorlarning savdo zallari va sabzavotlar savdosi tepa qoplamali maydonlarining gabaritlari texnologik talablar bo‘yicha savdo joylarini ratsional joylashtirishni, shamollatish va yoritishni, o‘tish yo‘laklarini va telejka yoki avtotransport yo‘llarini hisobga olgan holda o‘rnatiladi.
Bozor zallari mahsulotlar yuk tushirish va saqlash joylari bilan qulay bog‘langan bo‘lishi kerak. Har xil q/h iste’mol mollari savdosi maydonlarining nisbati mahalliy sharoitlardan kelib chiqqan holda qabul qilinadi.
O‘tish yo‘laklarining kengligi evakuatsiya talablariga va mahsulotlarni savdo joylariga olib o‘tish talablariga javob berishi shart. Bozorning markaziy o‘tish yo‘lagi kengligi kamida 2.8 m, ikkinchi darajali peshtaxta yo‘laklari oralig‘i kengligi kamida 1.8 m bo‘lishi kerak; peshtaxta bilan orqa devor oralig‘i kamida 1.5 m bo‘lishi shart.
Yerosti hosili bilan savdo qilinadigan zal (yoki bo‘lim) asosiy zaldan alohida va yuk tushirish joyiga to‘g‘ridan to‘g‘ri biriktirilgan bo‘lishi zarur.
3.137. Yuk tushirish joyi bir mashina o‘rniga 16 m2 maydon zarurligi hisobidan nazarda tutiladi. Yuk tushirish joyi bilan omborchalarni va sovitgich kameralarni bog‘lovchi yo‘lak kengligi kamida 1.8 m bo‘lishi kerak.
3.138. Mavsumiy sabzavot savdosi tashkil etish uchun qattiq pol qoplamali va usti yopiq savdo qilish maydonlari ko‘zda tutiladi. Savdo joyi yaqinida sabzavotlarni yuvish joyi, qo‘l yuvish jihozi va ichimlik suv favvorachasi ko‘zda tutilgan bo‘lishi kerak. Savdo maydonidagi o‘tish yo‘laklari 3.136 bandni hisobga olgan holda nazarda tutiladi.
Hojatxonalar, qoida bo‘yicha, alohida joylashgan bloklarda nazarda tutiladi.
Jamoat ovqatlanishi korxonalari
3.139. Jamoat ovqatlanishi korxonalari ixtisoslashuvi bo‘yicha farqlanadi — oshxonalar, restoranlar, kafelar, gazakxonalar, kafeteriylar, barlar va boshqalar; sig‘diraolishlik miqdori savdo (ovqatlanish) zallaridagi o‘rindiqlar soni bo‘yicha aniqlanadi; mavsumiy sig‘diraolishlik miqdorini oshirish yopiq terrasalar (ayvonlar), obodonlashtirilgan ochiq maydonlar (tepa qoplamali, tentli va boshqalar) hisobiga ko‘zda tutiladi.
3.140. Savdo yoki ovqatlanish zalining maydoni (ovqat ulashish joyidan tashqari) zalda bir o‘rindiqqa quyidagi ko‘rsatkichlarni hisobga olgan holda hisoblanadi, m2:
restoranlarda 1,8, estrada va raqs maydonchasi ko‘zda tutilsa — 2,0;
oshxonalarda va umum tipli kafelarda, korxonalarning va oliy o‘quv yurtlarining oshxonasida — 1,6 — 1,8;
tezkor xizmat ko‘rsatuvchi korxonalarda, barlarda — 1,2-1,3(1,4);
o‘rta-maxsus o‘quv muassasalaridagi oshxonalarda — 1,3;
maktablar (internat-maktablar) oshxonalarida — 0,7-0,8;
bolalar sog‘lomlantirish oromgohlaridagi oshxonalarda — 1,0;
sanatoriya oromgohlarida — 1,4;
sanatoriya pansionat oshxonalarida — 1,6 — 1,8;
turistlar va dam olish bazalari oshxonalarida — 1,4;
davolash va statsionarli ijtimoiy muassasalar qoshidagi oshxonalarda — 1,8, nogironlar kreslo-aravachalarida qatnaydigan zallarda — 2,2 — 2,5.
Eslatma: Maxsuslashtirilgan zallarda nostandart jihozlar qo‘llanilsa, raqs maydoni joylashtirilishida maydon va balandlik konkret shart-sharoitlar bo‘yicha o‘rnatiladi.
3.141. Ovqatlanish korxonalarining zallari balandligi har bir sig‘diraolishlik miqdori birligiga 4-5 m3 havo hajmi muhiti ta’minlanishini hisobga olgan holda qabul qilinishi shart.
O‘rindig‘i 50 tagacha bo‘lgan kichik zallar balandligi 2.8 m qabul qilinishi mumkin, zallar sokol qavatida joylashtirilsa -2.5 m shipdan pastka turtib chiqib turuvchi joygacha.
3.142. Jamoat ovqatlanishi korxonalari tarkibida quyidagi xonalar guruhi nazarda tutiladi:
mijozlar uchun — dahlizlar va avanzallar, savdo zallari, buyurtmalar bo‘limlari, pishiriqlar savdosi bo‘limlari, kiyim-kechak almashtirish xonalari va hojatxonalar;
ishlab-chiqarish xonalari — mahsulotlarni qayta ishlash sexlari (xom-ashyoga ishlashda) yoki oxirgi tayyorlov sexlari (polufabrikatga ishlashda), yuvish xonalari, ovqat ulashish joylari va boshqalar;
omborxona-yuk tushirish xonalari, omborchalar, sovitgich kameralari, tara va inventarlar kameralari, chiqindilar kamerasi va boshqalar;
ma’muriy-maishiy xonalar — idoraviy va xodimlar uchun maishiy, jumladan kiyim-kechak almashtirish xonalari, hojatxonalar gigiyena kabinasi bilan, dushxonalar, kirxonalar va boshqalar.
Xonalarning maydonlari texnologik talablar bo‘yicha tavsiyaviy 14-ilova ko‘rsatkichlari hisobga olingan holda o‘rnatiladi.
3.143. Mijozlar uchun xonalar boshqa ishlab chiqarishga mo‘ljallangan xonalarning guruhidan har tomonlama izolyatsiyalangan bo‘lishi kerak. Ustki kiyim yechish joyi, hojatxonasi bor dahliz va avanzal zalning sig‘diraolishlik miqdorini hisobga olgan holda nazarda tutiladi, bu holda dahliz (ustki kiyim yechish joyisiz), hamda avanzal kamida 12 m2 maydonli bo‘lishi shart (xar bir xona).
Pishiriqlar sotish do‘konlariga (yoki bo‘limlari), hamda ichimlik va muzqaymoq barlariga alohida kirish joyi bo‘lishi shart.
3.144. Ovqat pishirish sexlari xonalarining balandligi, qoida bo‘yicha, ularga yondosh savdo zallari xonalarining balandligidan kam bo‘lmasligi kerak.
Dahlizlar, kiyim-kechak almashtirish xonalari, hojatxonalar, ovqat pishirilmaydigan mahsulotlarni qayta ishlash sexi, yuvish xonasi, omborxonalar, ma’muriy-maishiy xonalar, yordamchi xonalar balandligini 2.5 m qilib belgilash mumkin.
3.145. O‘rni 100 va undan ortiq ovqatlanish korxonalari binolarida yuk joylash xonasiga kirish joyi xodimlar uchun kirish joyidan alohida bo‘lishi shart.
3.146. Ovqatlanish bloklarida ichki yo‘laklar kengligi kamida 1.5 m, mexanizatsiyalashgan vositalardan foydalanilsa kamida 1.8 m bo‘lishi kerak.
3.147. Sovitish kameralari kamida 6 m2 maydonli bo‘lishi kerak va texnologik talablar bo‘yicha saqlanadigan mahsulotlarning turi va hajmini hisobga olgan holda hisoblanadi (balandligi kamida 2.4 m).
Maishiy xizmat ko‘rsatish korxonalari
3.148. Maishiy xizmat ko‘rsatish korxonalari ish o‘rinlari soni (qabul qiluvchilarni qo‘shib) bo‘yicha hisoblanadi va quyidagi xonalarni o‘z ichiga oladi:
mijozlar uchun: dahliz, buyurtmalar qabuli va ulashish xonasi, sartaroshxona salonlari, namoyish va ko‘rgazmalar zallari, kiyib ko‘rish xonalari, suratxonalar va boshqalar;
atelye va ustaxona ishlab chiqarish (ish) xonalari, boshqalar;
yordamchi-omborxonalar (ashyolar, inventarlar, tayyor buyumlar);
ma’muriy va maishiy xonalar: idora, kiyim-kechak almashtirish xonalari va maishiy xonalar, dushi bilan hojatxonalar.
3.149. Dahliz va mijozlarning qabul qilish xonalari maydonlari bir nafar qabul qiluvchiga kamida 12 m2, qabul qilishni va buyurtmani bajarishni bir xonada amalga oshirilsa — 15 m2 bo‘lishi shart.
Kutib turish joylari bir nafar mijozga 2-3 m2 maydon to‘g‘ri kelishi hisobidan nazarda tutiladi. Atelyelarda dahliz qoshida kiyib ko‘rish kabinasini joylashtirish ko‘zda tutilishi kerak (1.7x2.0 m).
Sartoroshxona va go‘zallik saloni zallarida bir ish o‘ringa kamida 6 m2, manikyur zalida — 5 m2, kosmetika va pedikyur kabinetlarida — 8-9 m2 hisoblaridan maydonlar nazarda tutiladi, bu holda alohida xona maydoni kamida 12 m2 bo‘lishi shart.
Ustaxonalar maydoni — mayda ta’mirlash, tikuv xonalari bir ish o‘rniga kamida 6 m2, katta gabaritli maishiy texnika ta’miri uchun — 8-9 m2 bo‘lishi kerak. Ustaxona maydoni, qoida bo‘yicha, kamida 15 m2 bo‘lishi zarur.
Xonadonlarni ta’miriga, mebel tayyorlashga, kiyim tikishga, oyoq kiyim tikishga, trikotaj buyumlariga buyurtma olish byurolarida 25 — 30 m2 va undan ko‘p bo‘lgan maydonli ko‘rgazmalar zalini ko‘zda tutish tavsiya etiladi. Modellarni namoyish etish uchun podiumi bor ko‘rgazma zallari maydoni kamida 60 m2 bo‘lishi shart.
Eslatma: 1. Ishlab chiqarish va omborxonalar xonalari gabariti va maydonlari texnologik talablar bo‘yicha qabul qilinadi.
2. Kompleks xizmat ko‘rsatish korxonalari tarkibi va maydonlari texnologik talablar va hisob-kitob orqali aniqlanadi.
3. Katta gabaritli maishiy texnika ta’miri ustaxonalari, mebel ta’miri yoki tayyorlanishi xonalari, transport vositalari ta’miri va xizmat ko‘rsatilishi xonalari ishlab chiqarish binolarining normativ talablarini hisobga olgan holda loyihalanishi zarur.
3.150. Ma’muriy-maishiy xonalarning tarkibi, bir smenada band ish joylari sonini hisobga olgan holda, ma’muriy muassasalarning hisobiy normalariga mos, ishlab chiqarish sexlari uchun SHNQ 2.09.04 ni hisobga olgan holda qabul qilinadi.
Hammomlar va hammom-sog‘lomlantirish majmualari
3.151. Hammomlar va hammom-sog‘lomlantirish majmualari yuvinish-dushxona va bug‘li, hamda individual xonalardagi joylar soni bo‘yicha hisoblanadi. Hammomlar va hammom-sog‘lomlantirish majmualari xonalari tarkibi va maydonlari texnologik asoslar bo‘yicha 21-jadvalni hisobga olgan holda loyiha topshirig‘ida beriladi; tarkibiga har xil tipli bug‘li xonalar (milliy, turkcha, finlarniki, ruslarniki), sog‘lomlantirish dushlari va vannalari (miniralli, ignabargli, boshqalar), massajxona, go‘zallik saloni, sartoroshxona, badan qoraytirish, choy ichish, fitobar va boshqa xonalarni oladi.
O‘z ichiga sog‘lomlantirish dushlarini, vannalarni, massajxonalarni, saunalarni, basseynlarni oladigan sog‘lomlantirish bo‘limlarining xonalari texnologik talablar bo‘yicha amaldagi loyihalash normalarini hisobga olgan holda loyihalanadi.
Eslatma: 1. Yechinish xonasi, yuvinish xonasi (yoki dushxona), va bug‘li xona o‘zaro nisbatlari texnologik hisob-kitoblar bo‘yicha aniqlanadi (notekis foydalanishlikni hisobga olgan holda).
2. Sig‘diraolishlik miqdori 20 va undan ortiq joy bo‘lgan hammomlar, qoida bo‘yicha, ikki bo‘limli bo‘lishi kerak (erkak va ayollar bo‘limlari); 20 tagacha joyli hammomlar bir bo‘limli navbat bilan foydalaniladigan bo‘lishi mumkin (ayollar va erkaklar uchun).

21-jadval

Xonalarning nomlanishi

o‘lchanishi

Maydoni, m2

Hisobiy birligiga

Jami, m2, kamida

1. Kiyim-kechak almashtirish xonalari bilan dahliz

1 o‘ringa

0,35 (50 o‘ringacha 0,45)

12

2. Gigiyenik xonalar:

yechinish

''

0,75 — 0,8(1,0)

12

yuvinish

''

2,4 — 2,2

15

dushxonalar (ochiq kabinalar)

''

2,2 — 2,5

(kabina 1,1x1,1)

15

vannli kabinlar (yopiq)

1 kabinaga

4,8

yopiq yechinish xonasi bilan dush kabinlari

shunday

(kabina 2,5x1,35)

3. Sauna-bug‘li xona

xona

4,0 — 10,0

-

Eslatma: 1. Yechinish xonalari qoshida hojatxonalar joylashtirilishi shart (20 o‘ringa bitta san jihoz, ammo har bir yechinish xonasi qoshida bittadan kam emas).
2. Sauna xonalari tarkibi va maydonlariga talablar 3.156 bandida keltirilgan. Ko‘p o‘rinli bug‘li xonalarning (finlarniki, ruslarniki , turklarniki) gabaritlari va maydonlari texnologik shartlar bo‘yicha qabul qilinadi.
3. Vannasi va dushi bor alohida kabinalar qoshida kabina-saunalar nazarda tutilishi mumkin; bunda yechinish xonasi maydoni kamida 6 m2 (dam olish joyi bilan) bo‘lishi shart.
4. Qo‘shimcha va yordamchi xonalar, jumladan omborchalar, inventar xonalari, kirxonalar, xodimlar uchun hojatxona va dushxonasi bilan maishiy xonalar barcha tipdagi hammomlarda bo‘lishi shart (tarkibi texnologik asoslar bo‘yicha aniqlanadi).
5. Tezkor kir yuvish xonalari kamida 50 o‘rinli hammomlarda bir o‘ringa bir smenada 1.0 — 1.5 kg quruq kir to‘g‘ri kelishi hisobidan ko‘zda tutilishi mumkin; yechinish xonasidan kir kiyimni kir yuvish xonasiga uzatib yuborish joyi nazarda tutilishi mumkin. Kir yuvish xonasining quvvati, xonalarining tarkibi loyiha topshirig‘ida beriladi.
3.152. Umumiy bug‘li, yuvinish, dushxona va hojatxonalarga kirish joylari yechinish xonalaridan tambur orqali nazarda tutilishi shart. Bug‘li xonaga kirib chiqqandan so‘ng yechinish xonasi maydonida dam olish joyi tashkil etilishi mumkin (umumiy maydoni kamida 12 m2, individual yechinish xonasida kamida 6 m2).
3.153. Sanitar o‘tkazish xonalari sifatida foydalaniladigan, sig‘diraolishlik miqdori 50 va undan ortiq joyli, hammomlarni loyihalashda nazarda tutilishi zarur:
yuvinish va dushxonalarda ayollar va erkaklar bo‘limlari orasida qo‘shimcha eshiklar;
yuvinish xonasida maxsus chayinish dushlari — o‘rindiqlar orasi o‘tish yo‘lagida;
yuvinish va dushxonadan sanitar o‘tkazish yechinish xonasining toza yarmiga chiqishda — qo‘shimcha chayinish dushli qurilmalari;
xonalarni va jihozlarni davriy dezinfeksiya qilish uchun qurilmalar;
joyi 200 va undan ortiq hammomlarda — statsionar dezinfeksiya kameralari;
kir kiyimlarni qabul qilish va yuvilganlarini ulashish xonalari, mos ravishda, yechinish xonalariga yondosh joylashtirilishi shart.
3.154. Namlik rejimida foydalaniladigan xonalarni boshqa rejimda foydalaniladigan xonalar ust qismiga joylashtirish mumkin emas. To‘sib turuvchi konstruksiyalar namlikdan ishonchli izolyatsiya bilan ta’minlanishi shart. Nam va ho‘l xonalarning deraza tirqishlari ost qismi pol sathidan kamida 1.2 m balandlikda bo‘lishi shart.
“Ho‘l” (nam) faoliyatli xonalarning pollari va pardozi suvga bardoshli, nam olmaydigan va biochidamli ashyolardan nazarda tutilishi zarur.
3.155. Sog‘lomlantirish muolajalari uchun xonalar amaldagi loyihalash normalarini hisobga olgan holda nazarda tutiladi.
Sog‘lomlantirish dushi va vannalari xonalari 21-jadvalni hisobga olgan holda va SHNQ 2.08.03 ga asosan qabul qilinadi.
Badan qoraytirish va massaj xonalari kamida 14 m2, kosmetika kabineti kamida 12 m2, shifokor-maslahatchi kabineti — 12 — 16 m2, davolash badan — tarbiya kabineti (trenajor xonasi) — kamida 20 m2 maydonli bo‘lishi kerak.
Ayollar va erkaklar zallarini, manikyur va pedikyur kabinetlarini o‘z ichiga oluvchi go‘zallik saloni, sartaroshxonalarning maydonlari normalarni hisobga olgan holda nazarda tutiladi.
Fitobar 1,2-1,3 m2 maydon bir mijoz o‘riniga hisoblanib ko‘zda tutiladi; fitobar qoshida suv tushish jihozi bor yordamchi xona bo‘lishi shart.
Kafeteriyalar, choyxonalar amaldagi normalar bo‘yicha loyihalanadi.
3.156. Sauna xonalarining majmuasi tarkibiga, qoida bo‘yicha, quyidagi xonalar nazarda tutiladi: yechinish xonasi, dam olish xonasi, dushxona, hojatxona, bug‘li-sauna, basseynli xona (xonalarning maydoni — texnologik asoslar bo‘yicha). Bitta xonada dam olish hududini va mikrobasseynni joylashtirishga yo‘l qo‘yiladi. Bug‘li-sauna qurilmasiga bo‘lgan talablar 2.77 bandida.
Bug‘li-saunada pog‘onalar yog‘ochdan, devorlar yog‘och ashyosidan (qayin, jo‘ka, tog‘terak, tilog‘och) bo‘lishi kerak.
3.157. Maydoni 25 — 30 m2 i undan ko‘p basseynlarning vannalari balandligi kamida 3.6 m bo‘lgan zallarga joylashtirilishi shart; Vannalar ixtiyoriy shaklda va chuqurlikda bo‘lishi mumkin. Basseyn vannasining perimetri bo‘yicha kamida kengligi 1 m li aylanib yurish yo‘lakchasi ko‘zda tutiladi. Basseyn xonasiga kirish joyi bug‘li, yuvinish va dushxona yaqinida tambur orqali joylashtiriladi; basseyn xonasiga o‘tish yo‘li oyoq vannasi orqali bo‘lishi kerak.
O‘lchami 6x10 m va undan ortiq vannalar sog‘lomlantirish mashg‘ulotlari uchun basseynlarga qo‘yiladigan normativ talablarni hisobga olgan holda, yordamchi va texnik xonalarni qo‘shib loyihalanishi shart.
Kir yuvish va kiyimlarni kimyoviy tozalash xonalari
3.158. Kir yuvish xonalari quvvati bo‘yicha — bir smenada yuviladigan kirlar soni (kg) bo‘yicha hisoblanadi.
Kir yuvish xonalari tarkibida nazarda tutiladi: kir qabuli, yuvish sexi, quritish va dazmollash, taxlash va qadoqlash, toza kiyimlarni saqlash va topshirish, omborchalar xonalari, (jumladan yuvish vositalarini saqlash), xodimlar uchun ma’muriy-maishiy xonalar (jumladan hojatxona dushxonasi bilan), ta’mirlash-mexanik punkti. Mijozlar uchun xona kamida 12 m2 bo‘lishi shart. Tashqi kirish joylari kir topshirish va toza kiyimlarni qaytarib olish uchun alohida bo‘lishi kerak, bunda toza va kir kiyimlar potoki kesishmasligi zarur.
Xonalarning taxminiy umumiy maydonlari quyidagi hisob-kitob bo‘yicha qabul qilinadi: bir smenada 125 kg gacha kir ishlab chiqarish unumdorligi bo‘lganda — 0,8 m2/kg , 250 kg gacha — 0,5 m2/kg ishlov beriladigan kirlarga.
Bir smenada 125 — 250 kg kir ishlab chiqarish unumdorligi bo‘lganda yuvish sexi balandligi kamida 3.6 m , smenada 500 kg kirga — kamida 4.2 m bo‘lishi shart.
Loyihalashda jihozlarni joylashtirishga texnologik talablar, hamda ishlab chiqarish binolariga qo‘yiladigan qurilish normalari hisobga olinadi.
3.159. Kimyoviy tozalash korxonalari va punktlari qabulxonalari smenada ishlov beriladigan kiyimlar hajmi bo‘yicha kg ga hisoblanadi. Qabul qilish punktlari tarkibida: qabul qilish va kiyimlar qaytarilishi hududlari bilan dahliz, xodimlar uchun ma’muriy-maishiy xonalar (jumladan hojatxona dushi bilan), kiyim saqlash xonalari, inventar xonalari bo‘ladi. Mijozlar uchun xona maydoni kamida 12 m2 bo‘lishi kerak.
Kiyimlarni kimyoviy tozalash korxonalarining ishlab chiqarish xonalari texnologik talablar bo‘yicha nazarda tutiladi; taxminiy umumiy maydon hisob-kitob bo‘yicha qabul qilinadi: quvvati smenada 50 dan 150 kg gacha kiyimlar 1.4 m2 bir kg ga, 150 kg dan ko‘p bo‘lsa — 1,0 m2 bir kg ga, omborchalarning maydonlari 1 kg ga 0.1 m2 maydon hisobidan nazarda tutiladi.
Ilova: Korxona klassi F 5.1 va F 5.3 bo‘lganda ishlab chiqarish korxonalari uchun amaldagi normalarga mos (portlash-yong‘in xavfi kategoriyasini hisobga olgan holda).
Mehmonxona korxonalari
3.160. Mehmonxona binolari, motellar, kempinglar vaqtinchalik yashash uchun joylar soni bo‘yicha hisoblanadi.
Komfort yashash va komfort xizmat ko‘rsatilishi bo‘yicha razryadlanishni hisobga olgan holda mehmonxona korxonalarining asosiy tiplari (xizmat ko‘rsatish va jihozlanish tarkibi bo‘yicha) 22-jadvalda keltirilgan.
Yashash sharoitini razryadlanishi bo‘yicha nomerlar tipi 23-jadvalda berilgan. Bunda bir binoda yashash sharoitining komfort darajasi har xil bo‘lgan nomerlar qabul qilinishi mumkin.
Mehmonxona korxonalarining sig‘diraolishlik miqdori va razryadlanishi, jumladan har xil komfortlilik darajasi nisbatlari, madaniy-maishiy xizmat elementlari tarkibi, texnologik ta’minlanishi loyiha topshirig‘ida beriladi; bunda mehmonxonalarni xalqaro klassifikatsiyalash bo‘yicha taxminiy ko‘rsatkich va tavsiflaridan foydalanish mumkin — “yulduz” lar soni bo‘yicha (tavsiyaviy 16-ilovaga qarang).
Oliy razryadli mehmonxonalarni asosiy ko‘rsatkichlari va tavsiflari bo‘yicha 5-4 “yulduzli” ga, I razryadli mehmonxonalarni 4-3 “yulduzli” ga, II razryadli mehmonxonalarni 3-2 “yulduzli” ga yaqinlashtirib loyihalash tavsiya etiladi.
Sig‘diraolishlik miqdori 200 va undan ko‘p o‘rinli mehmonxonalar, qoida bo‘yicha, oliy razryadli, yashash komforti yuqori darajada bo‘lishi shart — xizmat ko‘rsatish elementlari tarkibi oshirilgan holda; 100 o‘ringa — I razryaddan quyi bo‘lmagan, 50 o‘ringa — II razryaddan kam bo‘lmagan holda.
III razryadli korxonalarda yashash komforti 23-jadvalga mos holda ta’minlanadi, xizmat ko‘rsatish tarkibi mahalliy sharoitlardan kelib chiqqan holda o‘rnatiladi, IV razryadli korxonalarda umumiy hojatxona va dushxonalar bino qavatlarida yoki alohida turuvchi sanitar bloklarda joylashtirilishi mumkin, minimum xizmat ko‘rsatish turlari tarkibi ko‘zda tutilishiga yo‘l qo‘yiladi, jumladan oshxona bloklarida mijozlarning o‘zlari taom tayyorlashlari mumkin.

22-jadval

Korxona tiplari

Razryadlari

Umumiy tipli, kurortdagi, turistik mehmonxonalar

Oliy (lyuks),

I, II, III

Avtoturistlar mehmonxona korxonalari-motellar

I, II, III, IV

Kempinglar (ko‘proq avtoturistlar uchun mavsumiy “lager-mashina qo‘noqlari”)

III, IV

Eslatma: Razryadlanish yashash komfortini va madaniy-maishiy xizmat elementlarining tarkibini aks ettiradi. Mehmonxonalarda, motellarda va kempinglarda yashash uchun har xil razryadli, har xil yashash komforti darajali nomerlar ko‘zda tutilishi mumkin.

23-jadval

Razryad

Nomerdagi joylar soni

Nomerdagi komnatalar soni

Nomerning yashash maydoni, m2 *

Sanitar-texnik jihozlari

Oliy (lyuks)

1

2

2

2

1

1

2

3

1618

1820

3040

4060

Vanna, yuz-qo‘l yuvish,

unitaz, bide, sochiq quritish

I

1

2

2

1

1

2

1416

1620

2535

Vanna (yoki dush),

yuz, unitaz,

sochiq quritish

II

1

2

2

3

1

1

2

2

912

1214

22

25

Dush, yuz-qo‘l yuvish,

unitaz

III

1

2

3

1

1

1

9

1214

1518

Dush, yuz-qo‘l yuvish, unitaz

IV

1

2

3

1

1

1

9

1214

1520

Dush, yuz-qo‘l yuvish, unitaz (nomerlar guruhiga ruxsat etiladi)

* Yashash komnatasi maydoni javon qo‘yilgan joyni hisobga olmagan holda berilgan.
Eslatma: nomerning yashash maydoni, komnatalar soni, hojatxonalar jihozi va kirish joyi loyiha topshirig‘ida beriladi.
3.161. Dahliz xonalari guruhi tarkibiga kiritiladi: registratsiya hududi, ma’muriyat va porte xonalari, shvetsar va yuk tashuvchi xonalari, yuk saqlash, hujjatlar va qimmatbaho narsalarni saqlash, hojatxona va boshqa xonalar kiradi. Dahlizlarda qabul qilish va ma’lumotlar hududchalari, dam olish va kutish joylari, valyuta ayirboshlash punktlari, aloqa punktlari, transport va turistik agentligi punktlari, gazeta, jurnal, kitoblar, suvinirlar, parfyumeriya va boshqalar uchun kiosklar nazarda tutiladi.
Dahliz xonalari guruhlarining umumiy maydoni 24-jadval ko‘rsatkichlaridan aniqlanishi mumkin.

24-jadval

Mehmonxona korxonalari tiplari

Maydoni, m2, o‘rinlar soni bo‘yicha

15

25

50

100

200

300

400

500

800

Mehmonxonalar va motellar

2,35

1,8

1,5

0,9 — 1,2

0,9 — 1,2

1,2-1,3

1,25

1,15 — 1,23

1,0 — 1,2

Kempinglar

2,0

1,5-1,6

1,0

0,8 — 0,6

0,4-0,5

0,3

0,25

0,22

Eslatma: xonalarning tarkibi va maydonlari texnologik asoslar bo‘yicha loyiha topshirig‘ida beriladi.
3.162. Yashash uchun xonalar — yashash nomerlari “shovqin” rejimli (restoranlardan, kafedan, konfrens-zaldan, tomosha xonalaridan, basseynlardan va boshqa) xonalardan funksional alohidalashtirilgan holda joylashtirilishi shart.
Yashash xonasi kengligi kamida 2.4 m, bo‘ylama chuqurligi — ko‘pi bilan 6 m bo‘lishi kerak. Bir kishiga mo‘ljallangan yashash xonasining maydoni kamida 9 m2, tavsiya etilishi 10 — 12 m2, ikki kishilik uchun — kamida 12 m2.
Kirish oldi joyi kengligi, qoida bo‘yicha, kamida 1.2 m bo‘lishi shart. Nomerga kirish eshiklari kengligi kamida 0.9 m zichlanib yopiladigan pritvorli bo‘lishi kerak.
Oliy komfortli nomerlar bir necha qavatli joylashtirilishi mumkin, bunda ichki zinapoyalar nazarda tutiladi (kvartira ichi tipida), dam olishga mo‘ljallangan foydalaniladigan tom osti qismlariga chiqish joyi nazarda tutilishi mumkin.
Har xil komfortli nomerlar qoshida oshxona-burchagi (elektr plitali) ko‘zda tutilishi mumkin.
Nomerlar qoshida yozgi xonalar mahalliy sharoitlardan kelib chiqqan holda ko‘zda tutiladi.
IV razryadli mehmonxona korxonalari uchun qavatdagi yashash xonalari guruhiga umumiy hojatxonalar va dushxonalar ko‘zda tutilishi mumkin.
Eslatma: 1. Qo‘zg‘almas javon o‘rnatilgan nomerlar jihozlanishi mahalliy sharoitlar bo‘yicha ko‘zda tutiladi.
2. Kreslo-aravachadagi nogironlarni joylashtiriladigan nomerlar o‘lchamlari va maydonlari, jihozlari SHNQ 2.07.02 ga mos bo‘lishi kerak.
3. Kemping nomerlari, qoida bo‘yicha, bir-ikki qavatli blok-binolarda nazarda tutilib, joylarning qismida treylerlar, palatkalar ko‘zda tutiladi.
3.163. Yashash bloklarining qavatlarida yordamchi xonalar ko‘zda tutiladi: dam olish va suhbatlashish xollari, bufet-kafeteriy, kir javoni bo‘lgan xodimlar komnatasi, kiyimlarni tozalash va dazmollash xonasi, inventar xona, kir yuvish xonasi (tarkibi texnologik asoslar bo‘yicha).
Eslatma: 1. Xollar, qoida bo‘yicha, har bir qavatda bo‘lishi kerak.
2. 60 — 100 ta nomerga yordamchi xonalar (6 — 10) har bir qavatda yoki qavat tashlab nazarda tutiladi; umumiy maydoni kamida 50 m2 bo‘lishi mumkin (xollar hisobga olinmagan holda).
3.164. Jamoat ovqatlanish korxonalarining — restoranlar, barlarning umumiy sig‘diraolishlik miqdori, qoida bo‘yicha, mehmonxonaning sig‘diraolishlik miqdoridan kam bo‘lmasligi shart.
Jamoat ovqatlanish korxonalarining — restoranlar, barlar, kafelar, kafeteriylarning umumiy sig‘diraolishlik miqdori va tiplari mahalliy sharoitlar bo‘yicha aniqlanadi; loyihalanishi texnologik asoslar va amaldagi normalar bo‘yicha amalga oshiriladi.
Eslatma: shaharda (aholi punktida) yashovchilarga mo‘ljallangan kafe, restoranlar va barlarning ko‘cha tomondan kirish joylari bo‘lishi kerak (mos ravishda ustki kiyim yechish joyi bor dahlizi, hojatxonasi nazarda tutiladi).
3.165. O‘z ichiga sartaroshxonani yoki go‘zallik salonini, kimyoviy tozalash va kir yuvish xonalarini, kichik tezkorlikda oyoq kiyim, kiyim-bosh, charmgalanteriyasi va soat ta’mirlash xonalarini, foto ishlar buyurtmasi xonasi, turistik inventar prokati xonasi, sog‘lomlantirish xizmatlari ko‘rsatish xonalarini (saunali hammom-sog‘lomlantirish, massaj, badan qoraytirish, basseyn va boshqalar) oladigan maishiy xizmat ko‘rsatish xonalari texnologik asoslar bo‘yicha, sig‘diraolishlik miqdorlarining birligiga tahminiy umumiy maydon ko‘rsatkichi kamida 0,3 — 0,5 m2 bo‘lishini hisobga olgan holda hisoblanadi.
Madaniy-axborot va o‘yin-tomosha yo‘nalishlariga mo‘ljallangan xonalar tarkibi: axborot markazlari, kutubxona-o‘qish xonalarini, internet-kafelarni, konferens-zallarni, artistlar xonasi bo‘lgan kinokonsert zallarini, bilyard xonalarini, kegli o‘yini uchun xonalarni, diskoklublarni va boshqalarni o‘z ichiga oladi. Ko‘rsatib o‘tilgan xonalarning umumiy maydonlari sig‘diraolishlik miqdorining birligiga kamida 1,55 — 1,8 m2 to‘g‘ri kelishi hisobidan qabul qilinishi mumkin.
Mavsumiy foydalaniladigan kempinglarda madaniy-maishiy xizmat xonalarini yozgi pavilonlarda, ochiq maydonchalarda joylashtirilishi mumkin.
3.166. Asosiy guruhlar yoki bloklar xonalari orasida ochiq aloqa bo‘lishini nazarda tutish mumkin; jumladan motellarda va kempinglarda alohida sanitar-texnik bloklarini joylashtirishga ruxsat etiladi (hojatxonalar, yuz-qo‘l yuvish xonalari, dushxonalar) va boshqalar.
Avtomoshinalarga texnik xizmat ko‘rsatish punktlari tarkibi va maydonlari loyiha topshirig‘ida beriladi (texnologik asoslar va amaldagi loyihalash normalari bo‘yicha).
21-§. Modulli mehmonxonalar
3.1661. Modulli mehmonxonalarni loyihalash QMQ 2.01.03-19ga muvofiq amalga oshirilishi, bunda ularning maksimal balandligi, joylashish joyi, shamol va seysmik ta’sirlarni hisobga olgan holda aniqlanishi kerak.
3.1662. Modullarni loyihalashda bo‘ylama va vertikal devorlari orqali tushadigan yuklar pastki modullarga uzluksiz uzatilishi hamda ustki modulning devorlari pastki modulga tayanishi, bunda modullar shamol va seysmik kuchlarga chidamli bo‘lishi lozim.
3.1663. Yengil metall devorlar karkasi shveller ko‘rinishidagi profillardan tayyorlanishi, bunda profillar ko‘ndalang kesimining qisqa tomoni o‘lchami 65 mm dan 100 mm gacha bo‘lishi zarur.
3.1664. Modulli mehmonxona binolari pol to‘sinining qalinligi 150 mm yoki 200 mm, shuningdek pol va shiftning umumiy qalinligi 300 mm dan 400 mm gacha bo‘lishi kerak.
3.1665. Modulli mehmonxona binolarining tomi QMQ 2.03.10-19ga muvofiq loyihalanishi lozim.
3.1666. Balandlikda modullarni ko‘tarish, tushirish, tashish, montaj qilish va xavfsiz yechib olish maxsus ko‘tarma ramalardan foydalangan holda amalga oshirilishi kerak.
3.1667. Modulli mehmonxonalar darak berish va yong‘indan himoya qilish uskunalari bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
3.1668. Modulli mehmonxona binolari uchun zavod sharoitida tayyorlangan modullarni tashish O‘zDst 681:96 talablariga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
3.1669. Modulli mehmonxona binolarini to‘liq modulli yoki metall konstruksiyalarning aralash shakllaridan foydalangan holda loyihalashda quyidagi modullardan foydalaniladi:
to‘rt tomonli;
ochiq turdagi;
birlamchi strukturali ramaga tayanuvchi;
ortiqcha yuklantirilmaydigan.
3.16610. To‘rt tomonli modullar deraza va eshik bo‘shliqlarga ega bo‘lishi, shuningdek ularning eni 4 m, ichki kengligi 3 — 3,6 m, uzunligi 6 — 10 m tashkil etishi lozim.
3.16611. Ochiq turdagi modullarning karkasi va bo‘ylama chetki to‘sinlari metall bo‘lishi hamda ularning oralig‘i 5 — 8 m, chetki to‘sin, shift va polning birgalikdagi qalinligi 600 — 800 mm ni tashkil etishi lozim.
Ochiq turdagi modullarning kengligi (eni) 3 — 3,6 m bo‘lishi kerak.
3.16612. Birlamchi strukturali ramaga tayanuvchi modullar po‘lat yoki kompozit to‘sinlarga tayanishi, bunda to‘sinlar chizig‘idan har bir qavatga tushadigan yuk 15 kgf/m ni tashkil etishi, shuningdek ustun (kolonnalar) har 2-3 moduldan keyin joylashtirilishi hamda konstruksiyalarning oraliq masofasi 10 — 18 m bo‘lishi zarur.
3.16613. Ortiqcha yuklantirilmaydigan modullarning shakli to‘rt tomonli modullardek loyihalanilishi, tashqi yuk ta’sirlarga mo‘ljallanmasligi, ular bevosita polga yoki alohida konstruksiya ustiga o‘rnatilishi, qurilish davomida pol ustiga surib joylashtirilishi lozim.
Mazkur modullar binolarda hojatxonalar, vannaxonalar va xizmat ko‘rsatuvchi xonalar sifatida qo‘llanilishi kerak.
(21-paragraf O‘zbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal ko‘jaligi vazirining 2023-yil 20-dekabrdagi 442-sonli buyrug‘iga (hisob raqami 226, 22.12.2023-y.) asosan kiritilgan)
Turar-joydan foydalanish xizmati tashkilotlari
3.167. Turar-joydan foydalanish xizmati tashkilotlari (kvartirali turar-joylarga xizmat), jumladan turar-joy mulkdorlari shirkati idoralari, ma’muriyatga va jamoaga mo‘ljallangan xonalarni o‘z ichiga oladi (uyga oid xonalar, bolalar uchun klublarni, ommaviy tadbirlar, majlislar zallarini, hamda muhandis-texnika xizmati xonalarini (ustaxonalar va omborxonalar). Xonalarning tarkibi va maydonlari turar-joy binolariga xizmat ko‘rsatish fondini hisobga olgan holda mahalliy sharoitlar bo‘yicha loyiha topshirig‘ida ko‘rsatiladi (1 ming kishiga kamida 18 — 25 m2 hisobidan).
Turar-joy idoralarining xonalari maydoni kamida 12 m2, ommaviy tadbir va majlislar zali maydonini kamida 30 m2, jamoaga mo‘ljallangan xonani (to‘garak-klub) — kamida 20 m2; xonalar tarkibida qo‘l yuvish jihozi bor hojatxona bo‘lishi kerak (yoki ikkita hojatxona — ayollar va erkaklar uchun).
Ma’muriy-jamoat xonalari turar-joy mavzeylarining mahalliy markazlari tarkibiga kiradi — “mahalla”; bunda xonalarning tarkibi va maydonlari mahalliy sharoitlardan kelib chiqqan holda xizmat ko‘rsatiladigan aholi soni bo‘yicha, mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish, xizmat ko‘rsatish funksiyalarining rivojlanish darajasi bo‘yicha 1 ming kishiga kamida 30 — 60 m2 maydon hisobidan o‘rnatiladi.
Yordamchi xo‘jalikka oid va texnik yo‘nalishiga mo‘ljallangan xonalar — omborchalar va ta’mir ustaxonalari mahalliy sharoitlar bo‘yicha hisoblanadi va alohida bloklarda, yorto‘la xonalarida joylashtirilishi mumkin.
Eslatma: Ma’muriyat va jamoatga mo‘ljallangan xonalarning maydonlarining hisobiy normalari SHNQ 2.07.01 da keltirilgan — yashash joyi bo‘yicha turar-joydan foydalanish xizmati obyektlari va jamoaga mo‘ljallangan xonalar.
Sanitar gigiyenaga mo‘ljallangan xonalar
3.168. Jamoat binolarida va inshoatlarida, jumladan sport va savdo markazlari, bozorlar, ko‘rgazmalar markazlari, avtovokzallar, temir yo‘llari vokzallari, aerovokzallar tarkibida hojatxonalar odamlar bo‘ladigan eng uzoq joylashgan xonalardan uzoqligi 75 m dan oshib ketmagan masofada joylashtirilishi zarur.
Har xil yo‘nalishga mo‘ljallangan ochiq inshoatlar majmualarining, jumladan shahar va qishloq markazlari tarkibidagi savdo-bozor, ommaviy-bo‘sh vaqtni o‘tkazish joylari, parklarning jamoaviy hududlarining mijozlari uchun jamoa hojatxonalarigacha masofa, qoida bo‘yicha, 150 — 200 m atrofida bo‘lishi kerak.
3.169. Har xil yo‘nalishga mo‘ljallangan bino va inshoatlarda ishlovchilar (xodimlar) uchun sanitar jihozlarning soni ma’muriy muassasalardagi kabi qabul qilinadi.
Har xil xizmat ko‘rsatish korxonalari va muassasalarining mijozlari uchun sanitar jihozlarining soni nazarda tutilishi: erkaklar uchun — 1 ta unitaz 50 — 60 kishiga, 1 ta pissuar 40 — 60 kishiga, 1 ta qo‘l yuvish jihozi 4 ta unitazga (lekin hojatxonada bittadan kam bo‘lmasligi kerak), ayollar uchun — 1 ta unitaz 25 — 30 nafarga, 1 ta qo‘l yuvish jihozi 3-4 ta unitazga (ammo bir hojatxonada bittadan kam emas).
Transport xizmati obyektlarida, jumladan avtostansiya, avtovokzal, temir yo‘l vokzali, aerovokzallar tarkibida sanitar jihozlar quyidagi hisoblarda qabul qilinadi: 1 ta unitaz 75 — 100 nafar ayollarga, 1 ta unitaz va 2 ta pissuar 150 — 200 nafar erkaklarga (konkret sharoitlar bo‘yicha aniqlik kiritiladi); ko‘rsatib o‘tilgan transport obyektlarining ma’muriyat va xizmat ko‘rsatish xonalarida ishlovchilar uchun hojatxonalar ma’muriy muassasalarning hisobiy normalari bo‘yicha qabul qilinadi.
Ochiq inshoatlar majmualarining jamoat hojatxonalarida sanitar jihozlarning soni va tarkiblari texnologik hisob-kitob bilan mijozlarning sonini, erkak va ayollarning nisbatini, boshqalarni hisobga olgan holda o‘rnatiladi; 1 ta ko‘zga (1ta unitaz) tahminan hisobiy ko‘rsatkichlar 300 — 500 kishi uchun.
Hojatxonalar qoshida kreslo-aravachadagi nogironlar uchun kabinalar SHNQ 2.07.02 talablarini hisobga olgan holda nazarda tutilishi kerak.
3.170. Umumiy tipdagi hojatxonalar (bir necha jihozga) tabiiy yorug‘lik tushadigan va shamollatish imkoniyatili qilib nazarda tutilishi tavsiya etiladi.
Jamoat hojatxonalari 1 ta ko‘zga yoki unitazga kamida 1.25 m2 maydon hisobidan, har bir pissuarga (yoki har bir 0.75 m lotok uzunligiga) kamida 1 m2 maydon hisobidan nazarda tutiladi. Hojatxonaga kiraverishda qo‘l yuvish jihozi bor tambur nazarda tutilishi kerak.
Hojatxona kabinalarining eshiklari o‘zi yopilib qoluvchan eshikli, kabina o‘lchamlari kamida 1.0x1.25 m, peregorodkasi balandligi kamida 1.25 m bo‘lishi kerak. Hojatxona qoshida xodimlar xonasi, tozalash inventarlari va dezinfeksiya vositalari kabinasi bilan nazarda tutilishi shart.
Alohida turuvchi hojatxona bloklari xonalari balandligi kamida 2.4 m bo‘lishi shart.
Jamoat hojatxonalarini SHNQ 2.07.02 talablarini hisobga olgan holda loyihalash zarur (panduslar, kreslo-aravachalar yo‘lagi kengligi kamida 1.6m, kabinalar gabaritlari va jihozlari va boshqalar).
Devorlar, ship va pollar otdelkasi nam (ho‘l) holda tozalash talablarini hisobga olgan holda (shlanka bilan yuvishni), pollar trapli qilinib bajarilishi shart.
4. MUHANDISLIK JIHOZLARI
4.1. Muhandislik jihozlari tarmoqlari ushbu bo‘lim va boshqa amaldagi normalar va qoidalarning talablarini qoniqtirishi shart.
Sanitar-texnik va isitish jihozlari va ularga ulanadigan quvuro‘tkazgichlar jamoat muassasasining kontingenti tomonidan foydalanishda mexanik ta’sir etilish ehtimoliga chidamli bo‘lishi kerak yoki to‘siqlar bilan himoyalanishi shart.
4.2. Jamoat binolarida ovqat pishirish elektr quvvati bilan amalga oshirilishi kerak. 4.106 bandida nazarda tutilgan holatlarda ovqat pishirish gaz jihozlarida amalga oshirilishi mumkin.
4.3. Ishlashida shovqin va vibratsiya chiqaradigan muhandislik jihozlarini joylashtirish va o‘rnatish, xizmat ko‘rsatiladigan binoning xonalariga va bino oldi hududlariga normalangan vibroakustik ta’sirni ta’minlab berishni hisobga olgan holda, QMQ 2.01.08 ga mos nazarda tutiladi.
Issiqlik ta’minoti, isitish, ventilyatsiya va konditsiyalashtirish
4.4. Jamoat binolarining xonalarida meterologik parametrlarning, chegaraviy yoki optimal issiqlik komforti bo‘yicha, normalanishini ta’minlash uchun isitish va ventilyatsiyalashni yoki konditsiyalashtirishni loyihalash zarur. Konditsiyalashtirish mikroklimat parametrlarining chegaraviy yoki optimal holatini yaratish uchun qabul qilinadi, agarda u holatlarni ventilyatsiyalash yo‘li bilan ta’minlab bo‘lmasa.
4.5*. Butunlay havoning retsirkulyatsiyasiga ishlovchi avtonom konditsionerlarni jamoat binolarida xonaga tashqi havoni sanitar normadan kam bo‘lmagan miqdorda kiritib beradigan ventilyatsiya bo‘lganda qo‘llash mumkin.
4.6. Bekor qilindi.
4.7*. Binolarda uzluksiz 8 soat foydalanilmaydigan isitiladigan xonalar haroratini ushbu vaqtda normadan kam qilib ushlab turish kerak, lekin quyidagi darajalardan kam emas:
15 oC — yashash xonalarida;
12 oC — jamoat xonalarida;
5 oC — jamoat ovqatlanish korxonalarining pishiruv sexlari, yengil konstruksiyali chakana savdo qiluvchi do‘konlarning xonalari, yopiq bozor zallari va savdo passajlarida.
Haroratning norma holatini xonalardan foydalanish boshlanishi vaqtiga ta’minlash zarur.
4.8. Yilning issiq, oraliq va sovuq davrlari uchun normalangan, chegaraviy yoki optimal issiqlik komforti miqdorlariga to‘g‘ri keladigan, jamoat binolari xonalarining xizmat ko‘rsatish hududchalarining hisobiy parametrlarini (harorat, nisbiy namlik, havo oqimi tezligini) 25-jadvaldan qabul qilish zarur. Normalangan, chegaraviy yoki optimal issiqlik komforti miqdorlarini ta’minlash zaruriyati loyiha topshirig‘ida beriladi.
Jamoat binolari xonalarining xizmat ko‘rsatish hududchalarining hisobiy haroratlari normalangan haroratlardan yilning issiq davrida ko‘p bo‘lmasligi va sovuq davrida kam bo‘lmasligi shart.

25-jadval

Yil davrlari

Parametrlari

Hisobiy harorat, °C

Nisbiy namlik, %

Havo oqimi tezligi,

m/s, dan ko‘pmas

I zona

II zona

III zona

Hamma klimatik zonalar uchun

1

2

3

4

5

6

7

Issiq

N

Ch

O

dan ko‘rmas

33

25 — 28

26-27

25-26

dan ko‘rmas

33

24 — 26

24 — 26

23 — 25

dan ko‘rmas

28

23 — 26

24-25

23-24

dan ko‘rmas

65

65 — 30

60 — 30

60 — 30

0,5

0,5

0,3

0,2

Oraliq

N

Ch

O

-

20 — 28

23 — 26

-

16 — 23

18 — 22

-

-

-

65 — 30

65 — 30

45 — 30

0,3

0,2

0,2

Sovuq

N

Ch

O

Bino tiplarining mos jadvallariga qarang

65 gacha

65 — 30

45 — 30

0,3

0,2

0,2

Eslatma: 1. N — normalangan yo‘l qo‘yiladigan parametrlar; Ch va O — issiqlik komfortining chegaraviy va optimal parametrlari.
2. Xonada 2 soatdan ko‘p bo‘ladigan insonlar uchun o‘rnatilgan parametrlar.
3. Bazi xonalarda hisobiy parametrlar texnologik talablar bo‘yicha qabul qilinishi mumkin (kompyuter xonalari va shunga o‘xshash).
4. odamlar ustki kiyim bilan bo‘ladigan xonalar uchun sovuq davrda xona harorati kamida 14 °C bo‘lishi kerak.
5. Yilning issiq davrida 2 qavatgacha bo‘lgan binolarda , hamda ko‘p qavatli binolar hajmida bir vaqtda 5 kishidan oshmagan va har bir kishiga kamida xona hajmining 15 m3 to‘g‘ri keladigan xonalar uchun havo parametrlarini normalamaslikka yo‘l qo‘yiladi. Ko‘rsatilgan xonalardan farq qiladigan xonalar uchun yilning issiq davrida tashqaridan havo kiritishni normalangan (ruxsat etilgan) parametrlarini ta’minlash mumkin bo‘lmagan hollarda, tashqi havoni xonalarga kiritishni sanitar normalarini saqlagan holda, havoni sovitishning bug‘lanib ketish, bilvosita-bug‘lantirish yoki sun’iy usullarini qo‘llash, jumladan avtonom konditsiyalashtirish zarur. Bunda yilning oraliq davri uchun hisobiy harorat normalanmaydi.
4.9*. Xonalar uchun havoning hisobiy haroratini va havoalmashuvining karraligini tashqi havo bo‘yicha ushbu bo‘limning bandlariga mos qabul qilish kerak, ma’lumot bo‘lmagan hollar uchun taalluqli binolarning loyihalash normalari yoki sanitar-gigiyenik va texnologik talablarni hisobga olgan holda loyiha topshirig‘iga asosan qabul qilinadi.
4.10. Jamoat binolarida havo almashtirish davriyligi miqdorlarining hisobini insonlardan, texnologik jihozlardan, quyosh radiatsiyasidan, elektr yoritgichlardan va boshqa manbalardan chiqadigan issiqliklarni qo‘shilib ketishi sharti bo‘yicha, zaruriyat bo‘yicha korbonat konsentratsiyasini va boshqa zararli chiqindilarni chegaraviy miqdorlarini tekshirgan holda, amalga oshirish shart. Xizmat va yordamchi xonalarda havo almashtirishni faqat davrilik miqdorlarining hisobi bo‘yicha amalga oshirish mumkin.
4.11*. Ichki yo‘laklar yoki qo‘shni xonalarga nisbatan talab qilinadigan havo zichlanishi (havo siyraklanishi) bo‘yicha jamoat binolarining xonalari tiplarga bo‘linadi (kiritiladigan havo hajmi xona havo hajmidan oshib ketsa zichlanishi holati yuzaga kelib toza havo kirmay qo‘yadi, kiritiladigan havo hajmi xona hajmi havosidan kam bo‘lsa siyraklanishi holati yuzaga keladi, tashqaridan havo kirishi imkoniyati paydo bo‘ladi):
R1 — har bir eshik orqali qo‘shni xonalardan 50 m3/soat miqdorida havo kirishini ta’minlaydigan, siyraklanishi talab etiladi (3 va 4 xavflilik klassidagi zararli moddalar chiqaradigan xonalar, kam miqdorda hid chiqaradigan nam rejimli xonalar);
R2 — har bir eshik orqali qo‘shni xonalardan 100 m3/soat miqdorida havo kirishini ta’minlaydigan, siyraklanishi talab etiladi (1 va 2 xavflilik klassidagi zararli moddalar chiqaradigan xonalar yoki o‘tkir yoqimsiz hid chiqaradigan xonalar);
P1 — har bir eshik orqali qo‘shni xonalarga 50 m3/soat miqdorida havo chiqarishni ta’minlaydigan, podpor talab etiladi (qo‘shni xonalarga kiritiladigan havo o‘zi orqali o‘tkaziladigan xonalar, boshqa xonalardan havo kirishiga yo‘l qo‘yilmaydigan xonalar, ko‘p miqdorlarda shamol esadigan tumanlarda havosini konditsiyalashtiriladigan xonalar);
P2 — har bir eshik orqali qo‘shni xonalarga 100 m3/soat miqdorida havo chiqarishni ta’minlaydigan, zichlanish talab etiladi (alohida toza xonalar);
B — qo‘shni xonalar bilan teng bosim ta’minlanishini talab etadi (zararli moddalar chiqaradigan, ishlov berilmagan havo kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydigan xonalar);
D — har bir eshik orqali ko‘pi bilan 50 m3/soat miqdorida havo oqimini ushbu xonaga tashqaridan kirish havosi berilayotganda (kiritilayotganda) katta bo‘lmagan zichlanishga (qo‘shni xonaga havo chiqishi bilan) yoki razryajeniyega (agar ushbu xonadan chiqariladigan havo kiritiladigan havodan ko‘proq bo‘lsa) yo‘l qo‘yiladigan xonalar.
Xonalarning tipi bo‘yicha har xil ko‘rinishdagi ventilyatsiyaning qabul qilinishining tavsiyaviy doirasi 17-ilovada berilgan.
Maydoni 35 m2 dan kam bo‘lgan ishchi xonalardan havoni chiqarib tashlashni havo oqib chiqadigan ventilyatsiya reshyotkalari orqali yoki eshik zixlari tirqishlaridan ichki yo‘lakka nazarda tutishga yo‘l qo‘yiladi.
4.12. Tirqish, framuga yoki boshqa qurilmalardan, jumladan ventilyatorlar bilan isitmasdan yoki qisman ilitib xonalarni ventilyatsiya qilishda issiqlik tizimi kiritilayotgan havoni ilitish uchun ortiq issiqlik miqdori bilan ta’minlab bera olishi shart. Isitish jihozlaridan ortiq issiqlik miqdorini bir sutkada kiritilayotgan havoni isitish issiqlik miqdori bilan xonalarda insonlar bo‘lgan soatlarda chiqaradigan issiqlik miqdorlarining ayirmasiga teng qilib qabul qilish zarur.
4.13*. Ayollarning gigiyena xonalaridan, hojatxonalardan, dushxonalardan, yuz-qo‘l yuvish xonalaridan, vanna komnatalaridan, chekish xonalaridan, zararli moddalar chiqaradigan xonalardan, hamda so‘rib olish javoni va zontlaridan so‘rib chiqarish ventilyatsiya tizimlarini jamoat binosining boshqa xonalaridan so‘rib chiqarish tizimi bilan qo‘shib yuborish mumkin emas.
Sovuq, iliq va ochiq bo‘g‘otli jamoat binolarida QMQ 2.03.10-95* bo‘yicha sanab o‘tilgan tizimlardan chiqarish havosini atmosferaga yo‘naltirish bo‘g‘ot tashqarisida bo‘lishi shart.
4.14. Jamoat binolari tarkibiga kiruvchi, ko‘proq tarqalgan yordamchi va sanitar-gigiyenik yo‘nalishga mo‘ljallangan, xonalarda, iqlim zonasidan qat’iy nazar, sovuq davr uchun hisobiy havo haroratini va havo almashishining davriyligi miqdorlarini 26-jadval bo‘yicha qabul qilish zarur.

26-jadval

Xonalar

Havoning hisobiy harorati, °C

1 soatda havo almashtirish davriyligi, kamida

Xonalar tipi*

1

2

3

4

Dahliz

16

2

P1

Kuluarlar, foyelar**

18

1,5

Kiyim-kechak almashtirish xonasi

16

2

R1

Bufet

16

Hisob bo‘yicha, ammo xonaning 3 karrali havoalmashtirish davriligidan kammas

d

Hojatxonalar

16

100 m3/ch 1 ta unitazga i 50 m3/ch 1 ta pissuarga

R2

Yuz-qo‘l yuvish xonasi

16

Havo chiqarib tashlanishi hojatxonalar orqali

R2

Dushxonalar

25

5

R2

Dushxonalar qoshidagi yechinish xonasi**

20

Dushxonalardan so‘rib olinadigan havo hajmida

Chekish xonalari

18

10

R2

Shaxsiy gigiyena komnatalari

23

5

R2

Tib punktlari, shifokor kabinetlari

21

2

P1

Inventar, kanselyariya va jihozlar omborchalari

16

1

R1

shular, ammo xizmat xodimlari uzoq vaqt bo‘ladigan

18

2

R1

Isitish-ventilyatsiya qilish jihozlari xonasi

16

QMQ 2.04.05 bo‘yicha

Sovitish stansiyalari

16

5

R1

Nasos-filtrlash xonalari

15

3

R1

Ishqorli akkumulyator va elektrolit saqlash akkumulyatorlar xonalari

15

3

R1

Kislotali akkumulyatorlar akkumulyator xonalari

15

10

R1

Axlat kameralari (isitilmaydigan)

-

1

R1

* Xonalarning tipini — 4.11.bandiga qarang.
** Qo‘shni xonalar bilan havo muvozanati saqlanish sharti bilan havo kiritish nazarda tutiladi..
Eslatma: 1. Mo‘ljallanishi bo‘yicha, tirqishlar orqali yoki yopilmas o‘tish joylari orqali bog‘langan xonalar hisobiy haroratlari bir xil qabul qilinadi. Havoni konditsiyalashtirishda yoki sun’iy havo kiritish — chiqarish ventilyatsiyasi bo‘lgan holatda havo kiritishni binoda havo balansi ta’minlanishi sharti bo‘yicha hisob-kitob bilan nazarda tutiladi.
2. Tabiiy havo chiqarib tashlash ventilyatsiyasi bo‘lgan binolarda tashqi havoni kiritish ventilyatsiyasini nazarda tutmaslik mumkin.
4.15. Birinchi klimatik zonada barpo etiladigan va sun’iy ventilyatsiya jihozlari bilan ta’minlanadigan, odamlar doimo bo‘ladigan jamoat binolarida havo kiritilishining miqdori havo chiqarib tashlanishining miqdoridan oshiqligi, butun bino uchun, kamida 10% qilib nazarda tutilishi shart.
4.16. Bolalar maktabgacha muassasalarida sovuq davr uchun hisobiy havo haroratini va havo almashishining davriyligi miqdorlarini 27-jadval bo‘yicha qabul qilinishi zarur.

27-jadval

Xonalar

Parametrlar

Hisobiy harorat,°C

1 soatda havo almashishi davriyligi, kamida

I zona

II zona

III zona

1

2

3

4

5

6

Guruhlar, kichik yoshdagi 2-guruh va 1-kichkinalar yechinish xonalari, yotoqlar

N

Ch

O

20

20 — 23

21-22

20

20 — 23

21-22

21

21 — 24

22-23

1,5

1,5

1,5

Guruhlar, 2-kichkinalar yechinish xonalari

N

Ch

O

20

20 — 23

21-22

20

20 — 23

21-22

20

20 — 23

21-22

1,5

1,5

1,5

O‘rta, katta va maktabgacha yoshdagilar xonalari

N

Ch

O

19

1 9 — 22

20-21

19

19 — 22

20-21

19

19 — 22

20-21

1,5

1,5

1,5

Hojatxonalar: yasli gruhlariniki

N

Ch

O

21

21 — 24

22-23

20

20 — 23

21-22

21

21 — 23

22-23

1,5

1,5

1,5

maktabgacha yoshdagilarniki

N

Ch

O

20

20 — 23

21-22

19

19 — 22

20-21

19

19 — 22

20-21

1,5

1,5

1,5

Bufetlar

N

Ch

O

16

-

-

16

-

-

16

-

-

1,5

1,5

1,5

Musiqa va jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari zallari

N

Ch

O

18

18 — 20

19

18

18 — 20

19

18

18 — 20

19

1.5

1,5

1,5

Sayl qilish ayvonlari

N

Ch

O

12

12 — 14

12-13

-

-

-

-

-

-

-

-

-

Bolalarni suzishga o‘rgatish basseynlarining zallari

N

Ch

O

30

30 — 32

30-31

30

30 — 32

30-31

30

30 — 32

30-31

Hisob kitob bo‘yicha kamida 50 m3/ch bolaga

Eslatma: 1. N — normalanadigan miqdor, Ch i O — issiqlik komforti chegaraviy va optimal parametrlari.
2. Talab qilingan havo almashishini tabiiy so‘rib chiqarish ventilyatsiyasi orqali ta’minlanishi zarur.
3. Basseynlar zallarining ventilyatsiyasini sport inshoatlarining ventilyatsiyasiga qo‘yiladigan talablar bo‘yicha loyihalash zarur.
4.17. Maktab yoshigacha bo‘lgan bolalar doimo bo‘ladigan xonalardagi qirrali isitish jihozlari, tozalikni saqlab turish uchun, oson yechib olinadigan, yog‘och reshetkali himoya vositasi bilan to‘silishi shart.
Maktabgacha muassasalarning guruhlari xonalaridagi, deraza ostki qismiga o‘rnatiladigan, radiatorlar ostki sathi bilan pol sathi orasi kamida 50 mm bo‘lishi zarur.
4.18. Birinchi qavatda joylashtiriladigan barcha tipdagi bolalar maktabgacha muassasalarining guruhlarida, hamda yechinish va yotoqxonalarida, tayanch-harakatida nuqsonlari bor bolalarning muassasalarida pol yuzasidagi harorat polni isitish hisobiga 23 °C atrofida bo‘lishi shart. Ushbu xonalarni isitish davrida 20 °C dan kam bo‘lmagan harorat bilan ta’minlanadigan yerto‘la, sokol yoki texnik xonalarning ustiga joylashtirilganda polni isitish shart emas.
4.19. Bolalar maktabgacha muassasalarining burchakli shamollatiladigan yotog‘idan havoni chiqarib tashlash xonalar guruhlari orqali amalga oshirilishi mumkin.
Ovqatlantirish blokidan havo so‘rib chiqaradigan havoquvirlari guruhlar yoki yotoqlar xonalari orqali o‘tishi mumkin emas.
4.20. Umumta’lim maktablari, maktab-internatlar va o‘rta maxsus o‘quv muassasalarining binolarida, hamda maktabdan tashqari o‘quv muassasalarida sovuq davr uchun havoning hisobiy harorati va havo almashishi davriyligini 28-jadvaldan qabul qilish kerak.

28-jadval

Xonalar

Parametrlar

Hisobiy harorat, °C

1 soatda havo almashtirish davrligi, kamida

Xonalarning tiplari*

I zona

II zona

III zona

1

2

3

4

5

6

7

Sinf xonalari, o‘quv kabinetlari, tajribaxonalar, musiqa va qo‘shiq sinflari, kutubxonalarning o‘qishga xizmat ko‘rsatish hududlari

N

Ch

O

20

20 — 23

21-22

20

20 — 23

21-22

21

21 — 24

22-23

Hisob kitob bo‘yicha, ammo 1 kishiga 20 m3/s dan kam emas.

D

O‘quv ustaxonalari

N

Ch

O

17

17 — 19

17-18

17

17 — 19

17-18

17

17 — 19

17-18

Hisob kitob bo‘yicha, ammo 1 kishiga 20 m3/s dan kam emas.

D

Faollar zali — ma’ruza auditoriyasi, estradali faollar zali (sahnali), jumladan kinoqurilmasi bor

N

Ch

O

19

19 — 21

19-20

19

19 — 21

19-21

20

20 — 22

20-21

Hisob kitob bo‘yicha, ammo 1 kishiga 20 m3/s dan kam emas.

D

Klub-to‘garak xonalari, dam olish va o‘yingoh komnatalar, rekriatsiya xonalari

N

Ch

O

18

18 — 21 19-20

18

18 — 21

19-20

19

19 — 22

20-21

1,5

1,5

1,5

D

Internat-maktab va maktab qoshidagi internatlar yotoq xonalari

N

Ch

O

18

18 — 21

19-20

18

18 — 21

19-20

18

18 — 21

19 — 21

1,5

1,5

1,5

D

Maktab kutubxonalarining fondi va kataloglarini saqlash xonalari

N

18

18

18

2

D

* Xonalarning tipini — 4.11.bandiga qarang.
Eslatma: N — normalanadigan miqdor, Ch va O — issiqlik komforti chegara va optimal parametrlari.
4.21*. O‘qitish xonalarida mexanik ravishda havo kiritish va markazlashtirilmagan havo kiritish ventilyatsiyasini loyihalashda soatiga kamida bir karra almashtirish hisobi bo‘yicha tabiiy havo chiqarish ventilyatsiyasini nazarda tutilishi shart. Qolgan havo hajmini chiqarib tashlash rekreatsiya xonalari, hojatxonalar va kimyo tajribaxonalaridagi so‘rib chiqarib tashlash javonlari orqali amalga oshiriladi.
Maktab va o‘rta maxsus o‘quv muassasalarining binolarida retsirkulyatsiyani qo‘llashga yo‘l qo‘yilmaydi.
O‘rni 250 gacha bo‘lgan maktablarda havo kiritish ventilyatsiyasi qurilmalari mexanik ravishda bo‘lmasligi mumkin.
Umumta’lim va maxsuslashtirilgan maktablarda, hamda o‘rta maxsus o‘quv muassasalarida havo bilan isitishni qo‘llash ta’qiqlanadi.
4.22. 100 nafar odamlarni sig‘diraoladigan faollar va sport zallarida tabiiy havo kiritish va chiqarib tashlash ventilyatsiyasini nazarda tutish mumkin.
4.23. O‘quv muassasalari ovqatlantirish blokining ishlab chiqarish xonalariga havo kiritish ovqatlanish zali orqali nazarda tutilishi shart. Kiritiladigan havo hajmi oshxona texnologik jihozlaridan issiqlik chiqarishini qoplashni hisobga olgan holda va ovqatlanish zalidagi bir o‘ringa kamida 20 m3/s berilishi zarurligi bo‘yicha hisoblanishi kerak.
4.24. Oliy o‘quv yurtlarining (OO‘YU) xonalarida sovuq davr uchun havo hisobiy harorati va havo almashtirish karraliligi 29-jadval bo‘yicha qabul qilinishi kerak.

29-jadval

Xonalar

Parametrlar

Barcha klimatik hududlarda havoning hisobiy harorati, °C

1 soatda havo almashish karraligi, kamida

Xonalar tipi*

1

2

3

4

5

Auditoriyalar, o‘quv kabinetlari, laboratoriyalar, kurs i diplom loyihalash zallari, o‘qish zallari, xizmat xonalari

N

O

19

20

Hisob kitob bo‘yicha, ammo 1 kishiga 20 m3/s dan kam emas

d

Zararli radiaktiv moddalar chiqaruvchi laboratoriyalar va boshqa laboratoriya qoshidagi havo so‘rib chiqargich javonli yuvish xonalari, yuqori aniqlikda ishlaydigan uskunali laboratoriyalar

N

O

19

20

Hisob kitob bo‘yicha texnologik topshiriqqa asosan

Havo so‘rib chiqargich javoni bo‘lmagan laboratoriyaning idishlar yuvish xonasi

n

18

6

R1

* Xonalarning tipini — 4.11.bandiga qarang.
Eslatma: Sig‘diraolishlik miqdori 30 kishigacha bo‘lgan xonalarda tabiiy chiqaruvchi ventilyatsiya nazarda tutilishi mumkin.
4.25. O‘quv muassasalari, ilmiy tadqiqot institutlari va boshqa jamoat binolarining tarkibiga kiruvchi o‘quv-ishlab chiqarish va ishlab chiqarish ustaxonalarining laboratoriya va ishlab chiqarish binolari va xonalarining isitish, ventilyatsiya va boshqa muhandislik tizimlari bilan jihozlanishini loyihalash amaldagi ishlab chiqarish binolarining normativ hujjatlari bo‘yicha amalga oshirilishi kerak.
4.26. Kamida 4 ta va undan ko‘p auditoriyalarga xizmat qiluvchi yoki auditoriyalarda 100 o‘rindan ko‘p joy bo‘lsa ventilyatsiya tizimining ishlash unumdorligini aniqlashda auditoriyalarning to‘lmasligini va ularning ishlashi bir vaqtga to‘g‘ri kelmasligi 0.75 koeffitsiyent bilan hisobga olishga yo‘l qo‘yiladi.
Havo so‘ruvchi javonlardan havoni chiqarib tashlash umumiy tizim bilan bir yoki bir necha xonalardan nazarda tutilishi mumkin, sharti shuki portlash xavfsizligi talablari ta’minlanishi kerak.
4.27. Teatr, klub, kinoteatr, vidiosalon, konsert va ko‘rgazmalar tomoshabinlar zallarining tomoshabinlar joylashtiriladigan hududlarida yilning sovuq davrida havo parametrlari 30-jadvalga mos ta’minlanishi shart. Yilning issiq davri uchun konditsiyalashtirish tizimi yoki sovitib havo kiritish ventilyatsiyalari nazarda tutilishi lozim. Qo‘shimcha tungi havo almashtirish imkoniyatlari ko‘zda tutilishi mumkin. Seans boshlanishidan oldin yoki tanaffuslarda zalni tayyorlash imkoniyati nazarda tutilishi mumkin (isitish, sovitish yoki shamollatish).

30-jadval

Xonalar

Parametrlar

Barcha klimatik hududlarda havoning hisobiy harorati, °C

1 soatda havoning havo almashtirish karraligi, kamida

Xonalar

tipi*

1

2

3

4

5

Estradali va sahnali tomosha zali:

tomoshabinlar uchun ustki kiyim saqlash joyi bo‘lmagan kinoteatrlarda;

N

16

Hisob kitob bo‘yicha, ammo 1 kishiga 20 m3/ch dan kam emas

D

vidiosalaonlarda , konsert va ko‘rgazmalar zallarida, tomoshabinlar uchun ustki kiyim saqlash joyi bor klub va teatrlarda

N

20

Shunday

D

Sahna, aryersahna, karmon

N

22

-

Kinoteatrlarning foye va kuluarlari

N

16

Hisob kitob bo‘yicha, ammo 1 kishiga 20 m3/ch dan kam emas

D

Kinoproyeksion xonalari

N

18

Hisob kitob bo‘yicha, ammo uchkarrali havo almashtirilishlik

R1

Kassirlar, navbatchi administratorlar, diktorlar, tarjimonlar kabinalari, artistlarning shug‘ullanish xonalari

N

20

3

D

* Xonalarning tipini — 4.11.bandiga qarang.
Eslatma: 1. Yilning sovuq davriga isitishni loyihalashda kinoteatrlar uchun havoning hisobiy harorati: +14°C, klublar va teatrlar uchun: +16°C (ustki kiyim yechish joyi bor klublar, teatrlar, ko‘rgazmalar va konsert zallari uchun: +20°C); nisbiy namlik: tashqi havoning B parametrlari bo‘yicha hisobiy haroratida 40 — 45%.
Yilning issiq davrida tomoshabinlar zallarida hisobiy harorat — ko‘pi bilan 28 °C (kinoteatrlarda — ko‘pi bilan 29 °C), ammo tashqaridagi havo hisobiy haroratidan farqi ko‘pi bilan 12 °C bo‘lishi kerak; nisbiy namlik: tashqi havoning B parametrlari bo‘yicha hisobiy haroratida 50 — 55%.
2. Kichik aholi punktlarida, tumanlarda va qishloq joylarda sig‘diraolishlik miqdori 150 o‘ringacha bo‘lgan kinoteatrlar va klublarning tomoshabinlar zallarida yilning issiq davri uchun havo parametrlarini normalamaslikka yo‘l qo‘yiladi.
4.28. Yilning issiq davrida sutkaning kechki vaqtlarida faoliyat ko‘rsatuvchi madaniy-tomosha muassasalari uchun ventilyatsiya yoki konditsiyalashtirish tizimlarini hisoblashda tashqi havo parametrlari soat 19-00 ga qabul qilinishi mumkin.
4.29. Klublar, kinoteatrlar va teatrlarning tomoshabinlar zallari uchun havo isitish tizimi ventilyatsiya va konditsiyalashtirish tizimlari bilan qo‘shilgan hollarida kiritiladigan havo haroratini ikkita rejim uchun qabul qilish kerak — tomoshabinlar bilan va tomoshabinlarsiz. Bu holda ichki havoning retsirkulyatsiyasiga yo‘l qo‘yiladi.
4.30. Chuqur kolosnika sahnali klub va teatrlarning tomoshabinlar zallarida chiqarib tashlanadigan havo sarfi kiritiladigan toza havoning 90% ini tashkil etishi kerak, 10% havo zalda zichlanishni ta’minlaydi: sahna orqali zaldan umumiy sarfning 17% idan ko‘p bo‘lmagan havo chiqarib tashlanishi kerak.
4.31. Kinoapparat va akkumulyator xonalari uchun ventilyatsiya tizimining mustaqil chiqarib tashlash va kiritish tizimlari nazarda tutilishi shart. Kinoproyeksion xonasining havo chiqarib tashlash tizimini boshqa tizimlar bilan qo‘shishga (peremotka qilish, tarjimon kabinasi va deraza kuchaytirgich javonidan havo chiqarib tashlash tizimlari bundan mustasno) yoki boshqa tizimlarning proyeksion xonalaridan havo quvurlarini tranzit qilib o‘tkazishlarga ruxsat etilmaydi. Tomoshabinlar zallari 100 o‘ringacha bo‘lgan binolarning kinoproyeksion xonalariga toza havo kiritish ventilyatsiyaning umumiy tizimidan amalga oshirishga ruxsat etiladi.
4.32*. Muzey va ko‘rgazmalar ekspozitsiya zallarida, muzeylarning nodir kitoblar va qo‘lyozmalar saqlanadigan xonalarida, hamda 1 mln. va undan ko‘p birlik hajmdagi kutubxona saqlash xonalarida, va I guruhdagi arxivlarning saqlash xonalarida konditsiyalashtirish nazarda tutilishi shart. Muzeylar, kutubxonalar va arxivlarda yilning sovuq davri uchun havo hisobiy harorati va havo almashtirish karraligi 31-jadval bo‘yicha qabul qilinishi kerak.

31-jadval

Xonalar

Parametrlar

Barcha klimatik hududlarda havoning hisobiy harorati, °C

1 soatda havoning havoalmashtirish karraligi, kamida

Xonalar tipi*

1

2

3

4

5

Muzeylar va doimo faoliyat ko‘rsatuvchi san’at asarlarining namoyishi ekspozitsiya zallari

N

22

Hisob kitob bo‘yicha, ammo 1 kishiga 20 m3/s dan kam emas.

D

Muzeylar, kutubxonalar va fotohujjat va mikrofilm arxivlvrining saqlash xonalari

N

22

Hisob kitob bo‘yicha

P1

Hisobga olish hujjatlari, xizmat kataloglari saqlanadigan xonalar

N

18

1

Ko‘rgazmalar zallari, o‘qishga xizmat ko‘rsatish hududchalari (jumladan nutq so‘zlash va o‘qitish zallari)

N

20

Hisob kitob bo‘yicha, ammo 1 kishiga 20 m3/s dan kam emas.

D

Fondlarning javobgar saqlovchilarining xonalari

N

20

2

P1

Reproduksion-nus’halash laboratoriyalari

N

18

3

R1

* Xonalarning tipini — 4.11.bandiga qarang.
Eslatma: 1. Muzeylar, doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi san’at asarlarining namoyishi ekspozitsion zallarida, fondi hajmi 1 mln. birlikda va undan ko‘p saqlash xonalarida, 1 guruh arxivlarida va muzeylarning saqlash xonalarida haroratni va havoning nisbiy namligini xonalarda yil davomida doimo ushlab turish shart. Yil davomida havoni konditsiyalashtirishda haroratning ruxsat etiladigan tebranishi ±2 °C dan oshmasligi, nisbiy namlik esa ±3 % oshmasligi shart. Texnologlar bilan kelishilgan holda yil davomida konditsiyalashtirishda muzeylar va doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi san’at asarlarining namoyishi ekspozitsion zallarida haroratni va nisbiy namlikni yil davomida yoki yilning issiq davrida ushbu jadvaldagi miqdorlardan 2 °C ko‘p bo‘lgan miqdorlarda ushlab turishga ruxsat etiladi.
2. Fondi 1 mln. saqlash birligigacha bo‘lgan kutubxonalarning saqlash xonalarida va 2 va 3 guruhdagi arxivlarda yilning issiq davrida xonalarning havo harorati 25-jadvalda keltirilgan miqdorlardan oshib ketmasligi shart.
3. 4.34 bandda ko‘rsatilgan binolarda yilning issiq davrida havo parametrlarini normalash shart emas.
4.33. O‘qish, nutq so‘zlash zallarida va fondi 200 ming va ko‘p saqlash birligidagi kutubxonalar saqlash xonalarida, muzeylarning ekspozitsiya va saqlash zallarida, sig‘diraolishlik miqdori 300 ming saqlash birligidan ko‘p arxivlarning saqlash xonalarida, qoida bo‘yicha, havoli isitishni havo kiritish ventilyatsiyasi yoki havoni konditsiyalashtirish tizimi bilan qo‘shilgan holda qo‘llash zarur, havo chiqarib tashlash ventilyatsiyasini tabiiy uyg‘onuvchan qilib loyihalanishi zarur. Suvli isitishni ushbu binolarning boshqa xonalari uchun nazarda tutish mumkin.
4.34. O‘qish joylarini bir xonada kitob fondi bilan joylashtiriladigan saqlash birligi 50 mingacha bo‘lgan ommaviy kutubxonalarda, hamda 300 ming birlikkacha saqlash birligidagi arxivlarda tabiiy ventilyatsiya qurilmalari bir karra havo almashtirishdan kam bo‘lmagan hisob bilan nazarda tutilishi mumkin.
4.35. Saqlash birligi 200 ming va ko‘p kutubxonalarning saqlash, nutq so‘zlash va o‘qish zallarida, hamda sig‘diraolishlik miqdori 300 ming bo‘lgan arxivlarning saqlash xonalarida havoning retsirkulyatsiyasini nazarda tutish lozim. Tashqi havo sarfini hisob kitob bilan aniqlash shart. Saqlash binolarining xonalarida u umumiy kiritiladigan havo sarfining 10% idan oshib ketmasligi shart.
4.36. Muzeylar, kutubxonalar va arxivlarning saqlash xonalarini tashqaridan kiradigan changdan tozalash va texnologik topshiriqda beriladigan havo resirkulyatsiyasini yo‘l qo‘yiladigan chegaraviy konsentratsiyagacha bo‘lishi nazarda tutilishi shart.
Muzey, kutubxona va arxiv binolarida havoning nisbiy namligi 50 — 55% qilib qabul qilinishi shart.
4.37. Chakana savdo korxonalarining xonalarida sovuq davr uchun havoning hisobiy harorati va havo almashtirish karraliligi, jumladan alohida joylashgan va kiritib qurilgan har xil mutaxassislashgan do‘konlar, yarim ochiqli yo‘lovchilar joyi bor savdo rastalari qatorlari, 150 o‘ringacha bo‘lgan sabzavot bozorlari uchun 32-jadvaldan qabul qilinishi lozim.

32-jadval

Xonalar

Parametrlar

Barcha klimatik hududlarda havoning hisobiy harorati, °C

1 soatda havoning havo almashtirish karraligi, kamida

Xonalar tipi*

1

2

3

4

5

Maydoni 250 m2 va kamroq savdo zalli magazinlarda:

oziq-ovqat

N

O

12

1416

1

po raschetu

D

nooziq-ovqat

N

O

15

1618

po raschetu

D

Maydoni 250 m2 ko‘p savdo zalli magazinlarda:

oziq-ovqat

N

O

12

1416

po raschetu

po raschetu

D

nooziq-ovqat

N

O

15

1618

po raschetu

po raschetu

D

Alohida joylashgan yengil konstruksiyali do‘konlar, yopiq sabzavot bozorlari

N

8

1

D

Yuk tushirish xonalari

N

10

po raschetu

D

Mollarni sotuvga tayyorlash, qadoqlash, qabul qilish, ekspeditsiya xonalari, ko‘zdan kechirish zallari

N

O

16

17-18

2

P1

Namoyish qilish zallari

N

18

po raschetu

D

Dazmollash xonalari

N

16

po raschetu

D

Bo‘laklarga kesish xonalari

N

10

3

P1

Omborchalar:

a) bakaleya, non, konditer mahsulotlari

N

16

0,5

p1

b) gastronomiya, baliq, sut, mevalar, vino, pivo, ichimliklar, sabzavot, tuzlangan mahsulotlar xonalari

N

8

1

p1

v) oyoq kiyim, parfyumeriya, maishiy kimyo mollari va boshqa mollar

N

16

2

p1

g) boshqa mollar

N

16

0,5

p1

Taralar, qadoqlash ashyolari va inventarlar uchun xonalar

N

12

1

p1

Kirxonalar

N

18

0,5

R1

Ustaxonalar

N

18

3

R1

Ekspiditsiyalar va shisha taralari qabuli punktlari, buyurtma qabuli va ulashish xonalari

N

18

1

R1

1

2

3

4

5

Sovitish kameralari:

a) go‘sht, polufabrikatlar, gastronomiya

N

0

-

b) baliq

N

-2

-

v) mevalar, sabzavot, konditer mahsulotlari, ichimliklar

N

4

4 (v sutki)

B

g)muzqaymoq, chuchvara va shunga o‘xshashlar

N

-12

-

d) ovqat chiqindilari

N

-2

10

R2

* Xonalarning tipini — 4.11.bandiga qarang.
Eslatma: N — normalanadigan parametrlar, O — issiqlik komforti optimal parametrlari.
4.38*. Alohida joylashgan va kiritib qurilgan do‘konlar uchun, hamda yarim ochiqli yo‘lovchilar joyi bor savdo rastalari qatorlari xonalari uchun issiqlik beruvchi yuzasida harorat 110 °C dan oshmagan suvli, bug‘li va elektr isitish, hamda havoli isitish tizimlari nazarda tutilishi mumkin.
Tim osti savdo maydonlari uchun bundan tashqari, yuqori haroratli ko‘rinmas nurlanuvchi yuzasi 250 oC haroratdan oshmagan va 2,5 m balandlikda joylashtiriladigan elektr va gazli isitgichlar qo‘llanilishiga yo‘l qo‘yiladi.
Yengil o‘t oluvchan suyuqliklari bor qayta ishlov berish va saqlashga mo‘ljallangan xonalar va do‘konlarning savdo zallari uchun isitish tizimlari kategoriyalari A, B va V bo‘lgan ishlab chiqarish xonalarining talablariga mos bo‘lishi kerak.
4.39*. Do‘konlar va yopiq bozorlarda tashqari havo bilan havo almashtirish savdo zalining har bir kvadrat metriga kamida 10 m3/soat hisobida bo‘lishi kerak.
Savdo maydoni 600 m2 va ko‘p bo‘lgan do‘konlarda yilning issiq davri uchun sovutilmagan tashqi havoli ventilyatsiya bilan birga konditsiyalashtirish yoki retserkulyatsiyali havosovutgichlardan foydalanish nazarda tutilishi lozim.
Savdo maydoni 250 m2 gacha bo‘lgan do‘konlarda va savdo maydoni 600 m2 gacha bo‘lgan yopiq bozorlarning zallarida ventilyatsiyani loyihalash faqat tabiiy uyg‘onishli bo‘lishi mumkin.
4.40. Maishiy kimyo mollari 50% va ko‘p bo‘lgan savdo zallarida markazlashtirilgan havoni retsirkulyatsiyasi qabul qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
4.41. Kimyoviy, sintetik yoki boshqa hid chiqaradigan moddalar omborchalarida va mollarni joylashtirish va sotuvga tayyorlash omborchalar maydonlariga tashqi havoni kiritish 1 ish o‘rniga kamida 60 m3/soat qilib nazarda tutish shart.
4.42. Savdo maydoni 250 m2 va ko‘p bo‘lgan do‘konlarning va yopiq bozorlar uchun — 800 m2 va ko‘p bo‘lganda tashqi havo harorati minus 15 °C va kam (B parametrlari) bo‘lganda xaridorlar kirish tamburlari issiq havo to‘siqlari bilan jihozlanishi shart.
4.43. Sport inshoatlar va sog‘lomlantirish hammomlari majmualari xonalarida yilning sovuq davri uchun hisobiy havo harorati, nisbiy namligi va havo almashtirish karraligini 33-jadvaldan qabul qilish zarur.

33-jadval

Xonalar

Parametrlar

Barcha klimatik hududlarda

1 soatda havoning havo almashtirish karraligi, kamida

Xonalar tipi*

Havoning harorati, °C

Nisbiy namligi

1

2

3

4

5

6

Sport zallari, tomoshabinlar joylari bor yopiq sirpanib uchish zallari

N

Ch

O

18

18 — 20

19-20

30 — 60

Hisob kitob bo‘yicha, ammo bir
shug‘ullanuvchiga tashqi havo 80 m3/soatdankam emas va 1 tomoshabinga20 m3/soat dan kam emas

D

Tomoshabinlar joylari yo‘q yopiq sirpanib uchish zallari

N

Ch

O

14

14 — 16

16

30 — 55

Shunday

D

Tomoshabinlar o‘rinlari bo‘lmagan sport zallari

N

Ch

O

16

16 — 18

17-18

30 — 60

Shunday

D

Basseynlarning hovuzlari uchun zallar

N

Ch

O

27

27 — 30

28-29

50 — 60

Shunday

D

Basseynlarda tayyorgarlik uchun zallar, xoreografik sinflar, jismoniy tarbiya-sog‘lomlantirish mashg‘ulotlari xonalari

N

Ch

O

18

18 — 20

19

30 — 60

Shunday

D

Yechinish xonalari**

N

Ch

O

22

22 — 25

23 — 25

30 — 60

3

Sovunli xonalar

N

G

O

26

26 — 30

28

60 — 75

Bug‘lixonalar (nam bug‘li)

N

40

75 — 85

1

R1

Bug‘lixonalar (quruq bug‘li), saunalar

N

120

-

mijozlar yo‘qligida davriy faoliyat ko‘rsatuvchi

-

Dush kabinalari, vanna kabinalari, sog‘lomlantirish vanna va dushxonalari

N

25

60 — 75

5

R1

Massaj, dam olish komnatalari, sauna qoshidagi xonalar

N

22

30 — 60

3

R1

* Xonalar tipini — 4.11.bandiga qarang.
** Havo kiritilishi qo‘shni xonalar bilan havo balansi bo‘lishi shartidan nazarda tutiladi.
Eslatma: 1. N — normalanadigan parametrlar; Ch i O — issiqlik komfortining chegaraviy va optimal parametrlari. Nisbiy namlikning pastki chegarasi yilning sovuq davri uchun keltirilgan.
2. Yilning issiq davrida sport zallarida havo harorati tashqi havo hisobiy harorati B parametrlari bo‘yicha bo‘lganda 27°C dan oshmasligi shart.
3. Tomoshabinlar o‘rni bo‘lmagan sport zallari uchun yoki ularning soni 100 tagacha bo‘lganda, hamda 50 o‘ringacha hammom — sog‘lomlantirish majmualarida yilning issiq davri uchun havo parametrlarini normalash zarur emas va soatiga bir karrali havo almashtirish tabiiy kiritish va chiqarish ventilyatsiyasini nazarda tutish mumkin.
4. Basseynlarning vannalari uchun zallarda havo haroratini vannadagi suv haroratidan 1-2° yuqori olish mumkin.
5. Yopiq dush kabinalarida havo almashtirish karraligini 2-marta oshirish mumkin.
4.44. Jismoniy tarbiya — sog‘lomlantirish inshoatlarida shug‘ullanuvchilar bo‘ladigan hududchalarda havo siljishi, m/s , oshib ketmasligi shart:
0,2 — basseynlarning vanna zallarida;
0,3 — kurash, stol tennisi, yopiq sirpanib uchish va eshkakli basseyn sport zallarida;
0,5 — boshqa sport zallarida, basseynlarda va jismoniy tarbiya-sog‘lomlantirish mashg‘ulotlari uchun tayyorgarlik ko‘rish zallarida.
Basseynlarning vannalari zallaridagi to‘suvchi konstruksiyalarning teplotexnik hisob kitobida havoning nisbiy namligini 60 %, haroratini 29 °C qilib qabul qilish darkor.
4.45. Nam va ho‘l rejimli xonalarda tashqi devorlarda isitish asboblari o‘rnatish uchun chuqurchalar nazarda tutilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Hammomlarda va basseynlarda yechinish xonalari va basseyn atrofi yo‘lakchasi pollarini isitish yoki pol qoplamasini issiqlikni kam yutuvchan ashyolardan nazarda tutish tavsiyalanadi. Pol va yo‘lakchalar yuzasi harorati 31°C oshib ketmasligi shart.
4.46. Tomoshabinlar o‘rindiqlari bor sun’iy yaxlik yopiq sirpanib uchish universal zallarida havo almashtirish hisob kitobini quyidagi foydalanish rejimlari uchun amalga oshirish zarur:
yaxmalakdan va tomoshabinlar uchun joylardan foydalanish;
tomoshabinlar uchun joylardan yaxmalaksiz foydalanish;
yaxmalakdan tomoshabinlar uchun joylarsiz foydalanish.
Sun’iy yaxmalaksiz va tomoshabinlar joylari bor basseyn vannalari sport zallarida havo almashtirish hisob kitobi ikkita rejim uchun amalga oshiriladi — tomoshabinlar bilan va ularsiz.
4.47*. Yopiq sirpanib uchish va sport zallarida havoli isitish agregatlarini o‘rnatish mumkin.
Basseyn zallarda havo almashuvini kamaytirish maqsadida havoni qurituvchi retsirkulyatsiya qurilmalarini o‘rnatish tavsiyalanadi.
4.48. Havoning ventilyatsiyasi va konditsiyalashtirishi bilan qo‘shilgan basseynlar va sport zallarining havoli isitish tizimlarida havoni retsirkulyatsiyasiga yo‘l qo‘yiladi.
4.49. Umumovqatlanish korxonalarida, jumladan gazakxona (palovxona, kabobxona, lag‘monxona, kafe-choyxona va choyxonalarda) yilning sovuq davri uchun havoning hisobiy harorat va havo almashtirish karraliligi 34-jadvaldan qabul qilinishi kerak.

34-jadval

Xonalar

Parametrlar

Barcha klimatik hududlarda havoning hisobiy harorati, °C

1 soatda havoning havo almashtirish karraligi, kamida

Xonalar tipi*

1

2

3

4

5

Ovqatlanish zali, ulashish joyi

N

Ch

O

18

18 21

19-20

Hisob kitob bo‘yicha

R1

Bufet1

N

Ch

16

17-18

Hisob kitob bo‘yicha kamida 3

R1

Do‘kon yoki pishiriqlarni va yarim tayyor mahsulotlarni sotish uchun xonalar

N

O

16

16 18

2

D

Oshxona — pishirish sexi2

N

5

Hisob kitob bo‘yicha

R2

Un sexi

N

Ch

O

16

16 20

1 8-19

2

R1

Go‘sht-baliq, sabzavot, sovuqliklar sexi

N

Ch

O

16

16 20

18-19

4

R1

Yuvish xonasi

N

20

Hisob kitob bo‘yicha, ammo kamida 6

R2

Quruq mahsulotlar, ichimliklar omborchalari

N

12

2

R1

Sabzavotlar, tuzlamalar, karam tuzlamalari taralar kunlik zapasi omborchalari

N

5

2

R1

Ma’muriy xonalar, xodimlar xonalari

N

Ch

O

20

20 23

21-22

1

D

Inventar omborchalari

N

12

2

D

* Xonalarning tipini — 4.11.bandiga qarang.
Eslatma: 1. odamlar ustki kiyimlari bilan bo‘lgan hollariga xizmat ko‘rsatuvchi bufetlar uchun haroratni 14 °C qabul qilish mumkin.
2. Navbatchi isitishni va ishdan tashqari vaqtni hisoblash uchun harorat.
3. N — normalanadigan parametrlar, Ch i O — issiqlik komfortining chegaraviy va optimal parametrlari.
4.50. O‘rindiqlari soni 50 tagacha bo‘lgan jamoa ovqatlantirish korxonalarida ventilyatsiyani tabiiy uyg‘onuvchan qilib loyihalash mumkin.
4.51. Havo so‘rib chiqaruvchi ventilyatsiya tizimlarini bo‘lak loyihalash quyidagi xonalar guruhi uchun zarur:
a) oshxona bilan yondosh bo‘lmagan ovqatlanish zallari va mijozlar uchun boshqa xonalaridan, pishirish sexlari va yuvish xonalaridan;
b) ishlab chiqarish (pishirish va yuvish sexlari mustasno), omborxonalar va ma’muriy xonalardan;
v) mahsulotlarni saqlash uchun sovutish kameralaridan;
g) ovqat chiqindilarini saqlash uchun kameralardan.
4.52. Pishirish sexlarida, konditer pishiriqlari va non-bo‘lka mahsulotlari uchun xonalarda va yuvish xonalarida havo so‘rib chiqarish kamida ushbu xonalarning ikki karra hajmiga havoni kiritishdan oshib ketmasligi shart, so‘rib chiqarishni kompensatsiyasini esa ovqatlanish zallari orqali nazarda tutish lozim.
4.53*. Sig‘diraolishlik miqdoridan qat’iy nazar restoranlarning ovqatlanish zallarida sovutilmagan tashqi havoli ventilyatsiya bilan birga konditsiyalashtirish yoki retsirkulyatsiyali havosovutgichlardan foydalanish nazarda tutilishi lozim.
4.54. Mehmonxonalar, motellar, kempinglar, sanatoriyalar, dam olish muassasalarining xonalarida yilning sovuq davri uchun havoning hisobiy harorati va havo almashtirish karraliligini 35-jadvaldan qabul qilish lozim.

35-jadval

Xonalar

Parametrlar

Barcha klimatik hududlarda havoning hisobiy harorati, °C

1 soatda havoning havo almashtirish karraligi, kamida

Xonalar tipi*

1

2

3

4

5

Qabul-dahliz guruhi xonalari, mehmonlar xollari

N

Ch

O

18

18 21

19-20

Hisob kitob bo‘yicha, ammo kamida 2

D

Mehmonxona nomerlari, yashash guruhlarining qo‘shimcha xonalari, sanatoriyalarning yotoq xonalari

N

Ch

20

20 23

Hisob kitob bo‘yicha, ammo kishiga kamida 30 m3/soat

D

O

21-22

Hisob kitob bo‘yicha, ammo kishiga kamida 50 m3/soat

Ma’muriyat va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar xonalari

N

Ch

O

20

20 23

21-22

Hisob kitob bo‘yicha, ammo kamida 3

D

Madaniy-ommaviy yo‘nalishga mo‘ljallangan xonalar, mehmon-musiqa salonlari, bilyardxonalar, o‘yin-kulgi xonalari

N

Ch

O

18

18 21

19-20

Hisob kitob bo‘yicha, ammo kamida 2

D

Balchiq bilan davolovchi kabinalar, davolov vannalari xonalari, suv osti massaji-dushi, davolash muolajasi2

N

25

5

R1

Ta’mirlash ustaxonalari, texnik xonalar

N

18

Hisob kitob bo‘yicha, ammo kamida 1.5

D

Omborlar, markaziy kirxonalar

N

16

1

R1

Kir yuvish o‘z-o‘ziga xizmat

N

18

5

R1

Sartaroshxonalar

N

20

3

R1

* Xonalarning tipini — 4.11.bandiga qarang.
Eslatma: 1. N — normalanadigan parametrlar, Ch i O — issiqlik komfortining chegaraviy va optimal parametrlari
2. Kumushvodorod suvi va balchiq ishlatilganda havo almashtirishni kumushvodorodning konsentratsiyasi ruxsat etilgan norma chegarasiga kelgunicha hisobidan aniqlanadi.
4.55*. Oliy va birinchi razryadli mehmonxona va motellarda yashash xonalari, nomerlarida sovutilmagan tashqi havoli ventilyatsiya bilan birga konditsiyalashtirish yoki retsirkulyatsiyali havosovutgichlardan foydalanish nazarda tutilishi lozim.
2-3 razryadli va kamroq nomerlarda, hamda bir-ikki qavatli mehmonxona va motellar binolarida, razryadidan qat’iy nazar, tabiiy uyg‘onuvchan ventilyatsiyani qo‘llash mumkin.
4.56. Hojatxonasi bor mehmonxona nomerlari va sanatoriyalar yotoq komnatalaridan havoni chiqarib tashlash hojatxonalar orqali amalga oshirilishi kerak, hojatxonalar bo‘lmaganda yashash xonalaridan ventilyatsiya kanallari orqali amalga oshiriladi.
4.57. Motel va kempinglar qoshidagi texnik xizmat ko‘rsatish stansiyalari uchun alohida isitish va ventilyatsiya qilish tizimlari, havoning almashishi karraligi hisob kitob bo‘yicha bo‘lib, loyihalanishi shart.
4.58*. Oliy razryadli, hamda 1 va 2 razryadli mehmonxonalarning restoranlari, kafelari va ovqatlanish zallarida konditsiyalashtirishni ko‘zda tutish lozim yoki sovutilmagan tashqi havoli ventilyatsiya bilan birga retsirkulyatsiyali havosovutgichlardan foydalanish nazarda tutilgan holda.
4.59. Boshqaruv muassasalari, hokimiyatlar, mahalla markazlari, jamoat tashkilotlari, loyiha, konstruktorlik, yuridik firmalar, har xil yo‘nalishdagi yuridik idoralar, bank muassasalari, agentliklar, yuridik firmalarning binolarida sovuq davr uchun havoning hisobiy harorati va havo almashtirish karraligi 36-jadvaldan qabul qilinishi kerak.

36-jadval

Xonalar

Parametrlar

Barcha klimatik hududlarda havoning hisobiy harorati, °C

1 soatda havoning havo almashtirish karraligi, kamida

Xonalar tipi*

1

2

3

4

5

Maydoni 35 m2 gacha ishchi xonalar va kabinetlar

N

Ch

O

20

2023

21-22

3,5

ammo kamida kishiga

60 m3/soat

D

Maydoni kamida 35 m2 ishchi xonalar va kabinetlar

N

Ch

O

20

2023

21-22

Hisob kitob bo‘yicha, ammo kamida kishiga 60 m3/soat

D

Kabinetlar qoshidagi qabulxonalar, hokimiyatlar qabulxonalari

N

Ch

O

20

2023

21-22

3

D

PK da yozish va pechatlash xonalari

N

Ch

O

20

2023

21-22

Hisob kitob bo‘yicha, ammo kamida

3,5

D

Konferens-zallar, majlislar zallari

N

Ch

O

18

1821

19-20

Hisob kitob bo‘yicha, ammo kamida

kishiga 20 m3

D

Mijozlar uchun kutish xonalari, jamoat tashkilotlari va ekspiditsiyalar xonalari, mahalla markazlari xonalari

N

Ch

O

18

1821

19-20

3,5

D

Nusxa-ko‘paytirish xizmati xonasi:

a) elektrografik nus’halash bo‘limi

N

Ch

O

18

1821

19-20

5

D

b) pereplet-jildlash bo‘limlari

N

Ch

O

18

1821

19-20

3

R1

v) tezkor ofset pechatlash bo‘limi

N

Ch

O

18

1821

19-20

2

B

g) redaksiya-rasmiylashtirish xizmati

N

Ch

O

20

2023

21-22

2

D

d) pechatlash formalarini tayyorlash va ishlab chiqish

N

Ch

O

18

1821

19-20

5

B

e) pechatlash

N

Ch

O

18

1821

19-20

3

B

* Xonalarning tipini — 4.11.bandiga qarang.
Eslatma: N — normalanadigan parametrlar, Ch i O — issiqlik komfortining chegaraviy va optimal parametrlari.
4.60. Muassasalar, hokimiyatlar, byurolar, loyiha va konstruktorlik firmalari tarkibiga kiruvchi nusxa-ko‘paytirish xizmati, texnika ta’miri ustaxonalari, oshxonalari, bufetlari, kinoapparat xonalari, akkumulyator xonalari va boshqa ishlab chiqarish xonalari uchun mustaqil havo so‘rib chiqaruvchi ventilyatsiya tizimlari loyihalanishi zarur.
4.61*. Yilning issiq davrida ishchi xonalarda va xodimlar uchun kabinetlarda , konferens zallarda, qo‘shimcha xizmat xonalarida konditsiyalashtirish tizimini o‘rnatgan yoki sovutilmagan tashqi havoli ventilyatsiya bilan birga retsirkulyatsiyali havosovutgichlardan foydalanishlar holda havo muhitini optimal yoki issiqlik komforti chegaraviy parametrlarini nazarda tutish tavsiyalanadi.
4.62. Muassasalar, boshqarmalar, hokimiyatlar, byurolar, ofislar, loyiha va konstruktorlik firmalari, bank va yuridik muassasalar, tijorat va turistik agentliklar va firmalarning binolarida xodimlarning ishchi xonalarida va kabinetlarida, davolash — profilaktika muassasalarida havoni markazlashtirilgan retsirkulyatsiyasiga yo‘l qo‘yilmaydi.
4.63. Kasalxonalar, kasallar doimo bo‘ladigan korpuslar, tug‘ruqxonalar, dispanser va statsionarli ijtimoiy muassasalar, bolalarning sutli oshxonalarini issiqlik bilan ta’minlash ishonchliligini 1 kategoriyaga, boshqa muassasalarni esa 2 kategoriyaga taalluqli deb bilish zarur.
4.64*. 1 kategoriyadagi issiqlik iste’molchilari uchun bir biriga bog‘liq bo‘lmagan ikkita kirish manbaidan yoki 1 kategoriyali issiqlik manbaidan ta’minlanuvchi halqalangan issiqlik magistralidan nazarda tutiladi yoki elektr energiyasidan foydalanib rezerv isitish va issiq suv ta’minotlarini nazarda tutish kerak. Issiqlikning bitta kirishi bo‘lganda kimyotozalagich va akkumulyator baklarisiz suv isitish qozoni bor rezerv qozonxona nazarda tutilishi mumkin.
4.65. Davolash muassasalarining asosiy xonalarida hisobiy haroratni va havo almashtirish karraligini 37-jadvaldan qabul qilish lozim. Boshqa xonalar uchun va sog‘liqni saqlash muassasalarining boshqa tipdagi binolari uchun ularni amaldagi loyihalash normativ hujjatlari va qo‘llanmalariga mos ravishda qabul qilish kerak.
4.66. Davolash muassasalarining isitish tizimi istitgich uskunalari silliq yuzali bo‘lishi shart va, qoida bo‘yicha, ular derazalar ostiga nishasiz o‘rnatiladi. Asoslangan holatlarda ularni ichki to‘sish konstruksiyalariga ilish mumkin.
Dahlizlarda, zinapoya kataklarida va oshirilgan sanitar — gigiyenik talab qo‘yiladigan xonalarning atrofida bo‘lmagan ichki yo‘laklarda po‘lat konvektorlar qo‘llanishi mumkin.
Zinapoya kataklarini va dahlizlarni isitgich javonlari bilan isitilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
4.67. Qurilish konstruksiyalariga kiritib qurilgan isitgich uskunalarini 37-jadvalning 5 — 11-bandlarida sanab o‘tilgan xonalarda qo‘llash zarur, hamda kasalxonalarning elektrnur davolovi va psixiatriya bo‘limlarida.
Aseptik sharoitlarni ta’minlab beruvchi talab qo‘yiladigan xonalarda quvuro‘tkazgichlar va armaturalar yopiq holda o‘tkaziladi.
4.68. Kasalxona binolaridagi ventilyatsiya havo oqimini “iflos I” hududchalardan (xonalardan) “toza T” va “juda toza JT” hududchalarga o‘tib ketishini cheklashi shart. Bo‘limlarning (xonalarning) hududchalarga mos ravishda kategoriyalari 37-jadvalda ko‘rsatilgan.
Bir biridan havo oqimi o‘tishiga yo‘l qo‘yilmaydigan bo‘limlar yoki xonalar guruhi shlyuz xonalari bilan ajratilishi darkor. Shlyuzga beriladigan yoki undan chiqarib tashlanadigan ventilyatsiya havosi sarfi hisob kitob bilan aniqlanadi.

37-jadval

T/r

Xonalar

Xonalarda havoning hisobiy harorati, °C

Xonalarda havo almashishi karraligi, 1 soat

Xonalarning tozalik bo‘yicha kategoriyasi

Tabiiy ventilyatsiyada havo chiqarib tashlash karraligi

kiritish

chiqarish

1

2

3

4

5

6

7

1.

Katta yoshli kasallar uchun palatalar, bolalar bo‘limining onalar uchun xonalari, gipotermiya xonalari

N 20

Ch 20 — 27

O 24 — 26

80 m3/ch 1 koykaga

Hisob kitob bo‘yicha, ammo koykaga
80 m3/soat dan kam emas
Shunday


T

2

2.

Sil kasalligi palatalari (kattalar va bolalar)

N 20

Ch 20 — 27

O 24 — 26

Koykaga 80 m3/soat

I

2

3.

Gipoterioz kasallar palatalari

N 24

Ch 24 — 27

O 24 — 26

Shunday

T

2

4.

Tireotoksikoz kasallari palatalari

N 15

Ch 15 — 25

O 20 — 23

Shunday

T

2

5.

Operatsiya, operatsiya-no-dializatsiya, narkoz, tug‘ish bokslari xonalari

N 22

Ch 22 — 27

O 22-23

Hisob kitob bo‘yicha, ammo kamida soatiga 10-ta almashuv

JT

Yo‘l qo‘yilmaydi

6.

Operatsiyadan so‘ng palatalar, reanimatsiya zallari, intensiv terapiya palatalari, kuygan kasallar palatalari

N 22

Ch 23 — 27

O 24 — 26

Shunday

JT

Shunday

7.

Chala tug‘ilgan go‘daklar, yangi tug‘ilgan va lat yegan go‘daklar palatalari

N 25

Ch 26 — 28,5

O 27-28

Shunday

JT

Shunday

8.

Tug‘ganlar palatalari, bolalar palatalari, barokamera zallari

N 22

Ch 22 — 27

O 23 — 25

Shunday

T

Shunday

9.

Bokslar, yarimbokslar, filtr-bokslar, boks qoshidagi xonalar

N 22

Ch 22 — 28

2,5

(100% yo‘lakdan beriladi)

2,5

I

2,5

10.

Yuqumli kasalliklar bo‘limi palata seksiyalari

N 20

Ch 20 — 28

O 23 — 26

Koykaga 80 m3/soat

I

-

11.

Tug‘ish oldi, filtrlar va qabul-ko‘ruv bokslari, qarov, bog‘lab qo‘yish, manipulyatsiya, operatsiya oldi, muolaja xonalari, 1 yoshgacha bolalarni boqish xonalari, emlash xonalari

N 22

Ch 22 — 28

O 23 — 26

2,2

2,2

T

2

12.

Operatsiya xonasi qoshidagi sterilizatsiya xonalari (septik bo‘limlar)

Shunday (aseptik bo‘limlar)

N 20

N 20

-

3

3

-

I

T

2

2

Eslatma: 1. N — normalanadigan parametrlar, Ch i O — issiqlik komfortining chegaraviy va optimal parametrlari
2. 5 — 7 bandlarda sanab o‘tilgan xonalar uchun sterillangan havo berilishi nazarda tutiladi. Operatsiya, narkoz berish xonalariga 100% havo berilib 80% havo chiqarib tashlash hisobiga havo zichlanishi nazarda tutilishi kerak.
3. 5 — 7 bandlarda sanab o‘tilgan xonalar uchun nisbiy namlikni 55 — 60% da ushlab turish, ishchi hududchada havo oqimini ko‘pi bilan 0,15 m/s da, insonlar doimo bo‘ladigan barcha qolgan xonalar uchun nisbiy namlikni 35 — 55%, a havo oqimi ko‘pi bilan 0,2 m/s bo‘lishi shart.
4. Qishloq aholi punktlarida quriladigan kasalxonalarning palata bo‘limlarini loyihalashda havo kiritish ventilyatsiya qurilmalari va konditsiyalashtirishdan kiritiladigan havoni namlash zaruriy emas.
4.69. Davolash muassasalarining asosiy binolarida, qoida bo‘yicha, mexanik uyg‘otiladigan yoki aralash ventilyatsiyalash nazarda tutiladi.
37-jadvalning 5 — 7-bandlarida sanab o‘tilgan xonalarga konditsiyalashtirish o‘rnatilishi kerak.
Alohida joylashgan 3 qavatdan ortiq binolar uchun tabiiy ventilyatsiyaga, 37-jadvalning 5 — 7-bandlarida sanab o‘tilgan xonalar mustasno qilingan holda, ruxsat etiladi.
Palata bo‘limlarida yo‘laklarning ikki tomonida qurilmalar bo‘lgan holatlarda yelvizak shamollatishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Eslatma: Radiologik bo‘limlarning ventilyatsiyasini radioaktiv moddalar bilan ishlash va nurlanishning ionizatsiyalashadigan boshqa manbalari asosiy qoidalariga, hamda radiatsion xavfsizlikning amaldagi normalari va ular asosida ishlangan tarmoq hujjatlariga mos loyihalash zarur.
4.70. Aralashgan tuzilmali va har bir xonalar guruhiga har xil sanitar-gigiyenik talablar qo‘yilgan binolar uchun, hamda har xil davomli ish vaqti bo‘lganda har bir guruh xonalar uchun alohida ventilyatsiya tizimini nazarda tutish lozim.
Operatsiya bloklari uchun alohida havo kiritish va chiqarish ventilyatsiyalari tizimini nazarda tutish kerak (aseptik va septik bo‘limlar uchun alohida); reanimatsiya zallar va intensiv terapiya palatalari uchun (ko‘chadan keluvchi va kasalxona bo‘limlaridan tushuvchilar uchun alohida); tug‘ruqxona, kasalxonalarning va tug‘ruqxonalarning akusherlik bo‘limlari palatalarida, yangi tug‘ilgan, chala tug‘ilgan va shikastlanib tug‘ilgan go‘daklar palatalarida — fiziologik va observatoriya bo‘limlari uchun alohida.
4.71. Mikrobiologik, bioximik laboratoriyalar va aptekalar, nopatogen ashyoli steril bokslarning ventilyatsiyasini qurishda havo zichlanishi nazarda tutilishi lozim; patogen ashyoli bokslar uchun — havoning siyraklanishi.
4.72. Yuqumli kasalliklar kasalxonasida (bo‘limlarida) bokslashgan palatalarga havo berilishi shlyuz orqali amalga oshirilishi shart, u yerda palataga havo kirishini zich yopilmaydigan eshik pritvori orqali bo‘lishini ta’minlaydigan havo zichlanishi hosil qilgan holda.
4.73. Laboratoriya xonalarida mahalliy so‘rib olish va umum almashuv havo chiqarilishlarni bitta ventilyatsiya tizimiga qo‘shish mumkin.
Rodonli laboratoriyada havo so‘rib tashqariga chiqaruvchi javon mexanik chiqarishdan tashqari so‘rib oluvchi ventilyator to‘xtatilganda ishga tushiriladigan tabiiy ventilyatsiyali bo‘lishi kerak.
4.74. Maishiy xizmat, atelye, kir yuvish (o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatuvchi kir yuvish korxonalari mustasno), kimyoviy tozalash, oyoq kiyim ta’miri, kiyim, maishiy texnika ustaxonalari va shunga o‘xshash ishlab chiqish korxonalarida havo hisobiy harorati va havo almashishini amaldagi loyihalash normalariga va texnik topshiriqqa mos qabul qilish darkor.
Havoning harorati va havo almashishi karraligi tavsiyalari 38-jadvalda keltirilgan.

38-jadval

Xonalar

Parametrlar

Barcha klimatik hududlarda havoning hisobiy harorati, °C

1 soatda havoning havo almashtirish karraligi, kamida

Xonalar tipi*

1

2

3

4

5

Buyurtma qabuli va ulashish, madaniy-maishiy mo‘ljalidagi predmetlar prokati, fotografiya, yuviler va graver ishlari, ovoz yozish studiyalari xonalari

N

18

Yondosh xonalar bilan balansi bo‘yicha, ammo kamida 2

D

Kiyim, bosh kiyim tikish va ta’miri, oyoq kiyim va charm galanteriyasi yasash va ta’miri, metal va plastmas buyumlar, soat, optika, musiqa asboblari ta’miri, jildlash ishlari xonalari

N

18

Hisob kitob bo‘yicha, ammo kamida 3

R1

Radioapparatura va televizor ta’miri xonalari

N

18

Hisob kitob bo‘yicha, ammo kamida 5

R1

Ashyolarga ishlov berish xonalari

N

18

Hisob kitob bo‘yicha, ammo kamida 10

R1

Kimyoviy tozalash

N

18

Hisob kitob bo‘yicha

R1

Kir yuvish xonalarida qabul qilish, sortlarga ajratish i kir kiyimlarni saqlash xonalari

N

16

5

R1

Kir yuvish xonalari

N

16

Po raschetu, no ne meneye 13

R2

Quritish va dazmollash xonalari

N

16

Po raschetu, no ne meneye 6

D

* Xonalarning tipini — 4.11.bandiga qarang.
Eslatma: O‘rinlari 5 tagacha bo‘lgan korxonalarda mahalliy so‘rib oluvchi tizimi bo‘lmasa tabiiy uyg‘onuvchan havo chiqarib tashlash ventilyatsiyasini nazarda tutish mumkin.
Suv ta’minoti va kanalizatsiya
4.75. Jamoat binolarida xo‘jalik-ichimlik, yong‘inga qarshi va issiq suv ta’minoti, kanalizatsiya va suv ketkazish tizimlarini nazarda tutish lozim, ular amaldagi normativ hujjatlarga asoslangan holda loyihalanishi kerak.
Aholi yashash punktlarining kanalizatsiyasi bor tumanlarida bunyod etiladigan barcha tipdagi jamoat binolarida ichki suv ta’minoti va kanalizatsiyasi tizimlarini nazarda tutish shart.
4.76. Barcha tipdagi jamoat binolarida ichki suv quvuri tizimini qurishda tozalash inventarlari saqlash xonalaridagi, shaxsiy gigiyena komnatasidagi, dushxonadagi, hojatxonalardagi, tib punktlaridagi, oshxona, bufet, kafeteriylardagi yuvish, yuz-qo‘l yuvish yoki qo‘l yuvish jihozlariga va boshqa loyiha topshirig‘iga asosan xonalardagi jihozlarga sovuq va issiq suvlarni tortib borish nazarda tutilishi kerak.
4.77. Issiq suv harorati jo‘mrakdan tushishida issiq suv ta’minoti tizimidan qat’iy nazar 50 °C dan kam emas va 75 °C dan ko‘p bo‘lmagan qilib qabul qilinadi, bundan bolalar maktabgacha muassasalari xonalaridagi dush va yuz-qo‘l yuvish jihozlari jo‘mragidan tushadigan issiq suv harorati mustasno, ularda harorat 37 °C dan oshmasligi shart.
4.78. Yong‘inga qarshi ichki vodoprovod KMK 2.04.01 ga va 18-ilovaga mos nazarda tutilishi kerak.
4.79. Chakana savdo korxonalarining mahsulotlarni sotuvga tayyorlash xonalari yuz-qo‘l yuvish jihozlari bilan ta’minlanishi shart.
4.80. Oziq-ovqat do‘konlari va umumovqatlanish korxonalaridagi ovqat chiqindilari uchun kameralarning shlyuzi bachoklarni yuvish uchun yuvish jihozlari va yuz-qo‘l yuvish jihozlari bilan ta’minlanishi darkor.
4.81. Hammomlarda va kir yuvish xonalarida vodoprovodning ikkita tizimi nazarda tutilishi mumkin: xo‘jalik — ichimlik — tashqi tarmoqdan, ishlab chiqarish — balanslovchi baklardagi qo‘shimchadan. Ishlab chiqarish tizimi vodoprovodini kontrast mikrobasseynlariga va sovunli, bug‘li, dush va vannali xonalarga o‘rnatiladigan sanitar jihozlarga ulash mumkin, qolgan jihozlar xo‘jalik-ichimlik tizimiga ulanadi.
4.82. Hojatxonalarni, dushxonalarni, sovunli, bug‘li hammomlarni, ochiq va yopiq basseynlar hovuzlari atrofidagi yo‘lakchalarni, hammomlarni, balchiq bilan davolash xonalarini, tribunalarni, ochiq sport inshoatlari va kinoteatrlarining tomoshabinlar o‘tiradigan joylarini, kir yuvish xonalarini yuvish va tozalash uchun sovuq va issiq suv ulangan suv quyish kranlari o‘rnatilishi lozim. Operatsiya oldi xonalari, tug‘dirishga tayyorlash xonalari, vannaxonalari, ikki va undan ko‘p unitazlar bilan jihozlangan hojatxonalari, klizmaxonalari, yuqimli kasalliklar bo‘limlarining boks va yarimbokslari xonalari, klyonkalarni yuvish va quritish xonalarida sovuq va issiq suv quyish kranlari va traplar o‘rnatilishi nazarda tutilmog‘i lozim.
4.83. Basseynlardagi suv hisobiy harorati ularning mo‘ljallangan yo‘nalishi bo‘yicha qabul qilinadi, ammo barcha hollarda ular harorati kamida 24 °C va ko‘pi bilan 30 °C bo‘lishi kerak. Sauna qoshidagi basseynlardagi suv harorati 18 °C dan kamroq bo‘lishi mumkin.
Basseyn hovuzlariga quyiladigan suv harorati 37 °C dan oshib ketmasligi shart. Qishda ochiq basseynlarga quyiladigan suv harorati sanitar nazorati organlari bilan kelishilgan holda oshirilishi mumkin.
4.84. Basseynlar vannalarini to‘ldirish vaqti 24 soatdan oshmasligi, suvini chiqarib tashlash 12 soatdan oshmasligi zarur. To‘ldirish va chiqarib tashlash oralig‘idagi vaqt vannani va jihozlarni tozalash sanitar ishlov berishga sarflanadi.
Basseyn vannasidagi suvni almashtirish basseynning yo‘nalishi bo‘yicha, ammo bir oyda bir martabadan kam bo‘lmasligi shart.
4.85. Basseynlardagi suv almashtirish sutkada suvning retsirkulyatsiyasi bilan va hovuz hajmining 10% idan kam bo‘lmagan toza suv kiritish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Bunda to‘liq suv almashishiga ketadigan vaqt 12 soatdan oshiq qabul qilinmasligi zarur.
Dezinfeksiyalab retsirkulyatsiyasiz tinimsiz toza suv bilan ta’minlashga (bir marta foydalanadigan) yo‘l qo‘yiladi.
4.86. Basseynlarning hovuzlaridagi sirkulyatsiya suvini tozalash suv ta’minoti tashqi tarmog‘i va inshoatlarini loyihalash bo‘yicha amaldagi normativ hujjatlarga mos oldindan koalgulyatsiyalangan filtrlar bilan amalga oshiriladi.
4.87. Basseynlarda vanna suvini dezinfeksiya qilish nazarda tutilishi zarur. Dezinfeksiya sanitar nazorat organlari ruxsat etgan moddalar va vositalar bilan amalga oshirilishi kerak. Dezinfeksiya moddalari retsirkulyatsiya tizimi quvurlariga filtrdan oldin, tinimsiz hovuzga suv kiritilishida esa — suv kiritish joyida qo‘shiladi.
4.88. Basseynlarni loyihalashda suv sarfi va yillik issiqlik yuki ikkita rejimga hisoblanishi zarur: basseyn vannalarini to‘ldirishda va berilgan haroratni saqlab turish uchun suvni isitishni hisobga olgan holda foydalanishda.
4.89. Kanalizatsiyasi yo‘q hududlarda ichki suv ta’minoti tizimini qurishda mahalliy tozalash inshoati bilan ichki kanalizatsiya tizimini nazarda tutish lozim.
Ichki kanalizatsiya tizimi yo‘q bo‘lganda ichki suv quvuri tizimini qurish mumkin emas.
4.90. Aholi yashash punktlari va qishloq joylardagi kanalizatsiyasi yo‘q hududlarda alohida joylashtirilgan yerga qazilgan tipdagi hojatxonalar bilan quyidagi bino va inshoatlar jihozlanishi mumkin (balandligi, qoida bo‘yicha, 2 qavatdan ko‘p emas):
joyi 90 gacha bo‘lgan bolalar maktabgacha muassasalari — chiqindilarini olib ketishni tashkil qilgan holda;
maktablar va internat-maktablar, kasb hunar kollejlari (oshxona, shifokor kabineti va kimyo xonalari uchun suv quvukri va o‘yiqqa tushiriladigan kanalizatsiya qurilishi sharti bilan);
savdo maydoni 250 m2 gacha bo‘lgan do‘konlar, yopiq bozorlarning savdo zallari — 250 m2;
o‘rni 50 tagacha bo‘lgan jamoa ovqatlanishi korxonalari (choyxonalar, kafelar, gazakxonalar, kabobxonalar);
boshqaruv organlari, har xil yo‘nalishdagi idoralar, ofislar, firmalar, byurolar binolari (balandligi 2 qavatdan oshmagan);
balandligi 1-2 qavat 50 o‘ringacha mehmonxonalar, motellar va kempinglar;
bolalar yozgi oromgohlari, dam olish bazalari, sig‘diraolishlik miqdori 240 o‘ringacha turistlar bazalari oshxonalaridan chiqindi suvlar uchun yer qudug‘iga chiqarish bilan;
sig‘diraolishlik miqdori 500 o‘ringacha kinoteatrlar i klublar;
tirlarning otish galereyalari va alohida joylashgan ochiq tirlar;
ochiq tekis inshoatlar, jumladan tomoshabinlar uchun 300 o‘rni borlari;
sport inshoatlarining start maydonlari — tramplinlarning, tog‘ chang‘i trassalarining va boshqa;
bir smenada 25 xodimgacha bo‘lgan maishiy xizmat korxonalari;
normativ aktlar yoki vazirlik, qo‘mita yoki ta’sis yo‘nalishi bo‘yicha idoralarning qarorlariga mos boshqa o‘rinlari ko‘p bo‘lmagan jamoat muassasalari.
4.91. Boshqa yo‘nalishga mo‘ljallangan yoki ularga old qurilgan savdo, jamoat ovqatlanish va maishiy xizmat ko‘rsatish korxonalarining kanalizatsiya tizimi ushbu binolarning kanalizatsiya tizimidan ajratilgan holda nazarda tutilishi shart.
4.92. Maishiy xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar uchun ichki kanalizatsiya tizimini, jumladan o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish kir yuvish xonalarining, loyihalash maishiy va ishlab chiqarish chiqindilari suvlari uchun qo‘shilgan holda amalga oshirilishi mumkin, loyihalanishi amaldagi normalar bo‘yicha bo‘lgan kimyoviy tozalash, hammom va kir yuvish xonalari kanalizatsiyalari bundan mustasno.
4.93. Jamoat binolarining ventilyatsiya va konditsiyalashtirish tizimi jihozlaridan chiquvchi suvni chiqarish maishiy kanalizatsiya tarmog‘iga yoki irrigatsiya tarmog‘iga ulanishi lozim.
4.94. O‘tish oyoq dushlari va vannalaridan, toshib chiqadigan tarnovlardan va basseynlarning bo‘shatish va yuvish suvlarini chiqarib tashlash maishiy kanalizatsiya yoki irrigatsiya tarmog‘iga loyihalanishi shart. Vannalarni kanalizatsiya tarmog‘iga ulashda tarmoqdan vannaga suv qaytib kirish ehtimoli oldi olinishi kerak.
4.95. Ishlab chiqarish chiqindi suvlarini chiqarishda yog‘ tutib qoluvchi qurilmalar quyidagi jamoat ovqatlanish korxonalarida nazarda tutilishi zarur:
xom ashyoga ishlovchi — zallarida o‘rindiqlar 200 dan ko‘p; yarim tayyor mahsulotlarga ishlovchi — o‘rindiqlari soni 500 dan ko‘p;
markazlashgan issiq suv ta’minoti bo‘lmagan sig‘diraolishlik miqdori 600 o‘quvchidan ko‘p o‘quv binolarining ovqatlanish bloklarida.
Bolalar maktabgacha muassasalari ovqatlanish bloklari yog‘ tutqichlar bilan jihozlanmaydi.
4.96. Smenada ishlab chiqarish unumdorligi 1 tonnadan ko‘p sabzavot sexlari bor jamoat ovqatlanish korxonalari uchun binodan tashqarida iflos tindirgich va po‘stloq tutgich qurilmalari nazarda tutilishi shart.
Elektrotexnik qurilmalar
4.97. Jamoat binolarida elektrjihoz, elektryoritgich, shahar telefon aloqalari qurilmasi, simli eshittirish va televideniye nazarda tutilishi lozim. 10 kishidan kam ishlovchi xodimi bo‘lgan ayrim jamoat binolarida asoslangan holda telefon aloqasi qurilmasi va televideniye nazarda tutilmasligi mumkin, bolalarning maktabgacha muassasalari, umumta’lim va maxsuslashgan maktablar, o‘rta maxsus muassasalar, mehmonxonalar, boshqaruv organlari va aholiga kommunal xizmat ko‘rsatish binolari, bank muassasalari binolari, sug‘urta agentliklari binolari bundan mustasno.
Loyiha topshirig‘iga, idoraviy qurilish normalari talablariga yoki bino komfortligi klassiga asosan ayrim binolar va xonalar mahalliy (ichki) telefon aloqasi, mahalliy simli eshittirish va televideniye, nutqning ovoz kuchaytirgichi, sinxron tarjimasi qurilmalari, signalizatsiya, yong‘in haqida xabar beruvchi tizim, gaz chiqishi haqida xabar beruvchi signalizatsiya, tutun va suv toshishi signalizatsiyalari, muhandislik qurilmalari avtomatizatsiya va dispetchirizatsiya tizimlari va boshqa qurilmalar turlari bilan, hamda elektr pasttokli tarmoqlari bilan jihozlanishi mumkin.
Avtomatik yong‘in signalizatsiyasi tizimlari (AYOST) va yong‘in o‘chirgich avtomatik qurilmalari (YOO‘AQ) O‘zR IIV YHBB ning 21-majburiy ilovada keltirilgan ro‘yxati bo‘yicha nazarda tutiladi. AYOST va YOO‘AQ bilan jihozlanishi shart konkret xonalarning ro‘yxati obyekt loyiha topshirig‘ida berilishi lozim.
Yong‘inni avtomatik o‘chirish uchun yonish bo‘lmaganda ishlab ketadigan yoki zarari yong‘inda bo‘ladigan zararga yaqin qimmatli tovar-ashyolarga va xonalarga shikast yetkazadigan qurilmalarni o‘rnatmaslik mumkin.
4.98. Jamoat binolarining elektr qabul qiluvchilari elektr ta’minotining ishonchliligini ta’minlash darajasi bo‘yicha 19-ilovadagi mos kategoriyalarga taalluqli bo‘lishi shart. Kategoriyasi yanada yuqori elektr qabul qiluvchilarning elektr ta’minoti ishonchliligiga talablar kichik kategoriyadagi elektr qabul qiluvchilar taalluqli bo‘lishi mumkin emas.
4.99. Bino qavatliligiga bog‘liq elektr ta’minotining ishonchliligi bo‘yicha kategoriyasini aniqlashda qavatlar soniga barcha yer ustki qavatlari, jumladan mansarda, texnik qavat, hamda sokol qavat, agarda uning tepa qoplamasi yerning rejaviy sathidan 2 m dan kam bo‘lmagan balandlikda bo‘lganda, kiritiladi.
Binoning qismlarida har xil qavatli qismlar bo‘lsa har bir qism uchun qavatlik alohida aniqlanadi.
4.100. Yong‘inga qarshi qurilmalarning va qo‘riqlash signalizatsiyasi elektr qabul qiluvchilari, jumladan o‘t o‘chiruvchilarni tashiydigan liftlarning ham, har xil kirishlarning ishonchliligi kategoriyasiga bog‘liq bo‘lmagan holda ta’minlanishi shart, a bitta kirish joy bo‘lganda — ushbu kirish joyidan ikkita liniya bilan. Bunda boshqa iste’molchilarni o‘chirish yong‘inga qarshi qurilmalarning elektr qabul qiluvchilarini o‘chirish bilan bog‘langan bo‘lmasligi kerak.
4.101. Bino va xonalarning qo‘riqlash signalizatsiyasi jihozlari loyiha topshirig‘iga asosan nazarda tutiladi.
4.102. Bank binolari, omonat kassalari, ofislar va boshqa jamoat binolarida pul bilan, qimmatbaho qog‘ozlar bilan, qimmatli metal buyumlar bilan operatsiya amalga oshiruvchi xonalardagi ish joylari trevoga signalizatsiyasi bilan jihozlanishi shart. Kommutator qurilmasi joyi loyiha topshirig‘ida beriladi.
4.103. Yashinqaytargich RD 34.21.122-87 asosida jamoat binosining mo‘ljallangan yo‘nalishi va uning joylashgan hududida momaqaldiroq bo‘lish intensivligini, hamda televizor antennalari va telefon aloqalarining tik quvurlari borligini hisobga olgan holda nazarda tutilishi kerak. Yashinqaytargich o‘rnatilishi zarur bo‘lmagan holatlarda antennalarni va tik quvurlarni yerga simlash atmosfera elektrini yerga o‘tkazib yuborish uchun zarur.
4.104. Mexanik umumiy ventilyatsiyasi bor binolarda avtomatik yong‘inga qarshi signalizatsiya va avtomatik yong‘ino‘chirgichlar ishlaganda avtomat holda ventilyatsiya o‘chirilishi nazarda tutilishi kerak, agar yong‘inga qarshi qurilmalar va avtomat o‘chirgich bo‘lmasa markazlashtirilgan joydan ventilyatsiyani o‘chirish zarur.
4.105. Jamoat binolarida himoya o‘chirgichi qurilmasining ishlashi tok kuchi 30 mA dan ko‘p bo‘lmasligi, ishlab ketish vaqti -100 ms gacha bo‘lishi shart.
Gaz ta’minoti
4.106. Tabiiy gazda ovqat tayyorlash uchun jihozlar oshxonalarda, restoranlarda, kafelarda, gazakxonalarda va ma’muriy boshqaruv organlari binolari, idoralar, ofislar, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari, loyiha-konstruktorlik byurolari, mahalla turar-joy — foydalanish tashkilotlari, yuridik va bank muassasalari, sanatoriya-kurort yo‘nalishidagi muassasalar, dam olish va turizm, hammom va hammom-sog‘lomlantirish majmualari, kir yuvish xonalari, jismoniy tarbiya — sport binolari va inshoatlarining bufetlarida ruxsat etiladi.
Kiritib qurilgan, old qismiga qurilgan, tom qismiga va alohida qurilgan isitish qozonxonalarida gazdan foydalanish mumkin, yerto‘la qismda joylashgan qozonxonalar bundan mustasno.
Texnologik maqsadlar uchun asosiy binoda yoki uning old qismiga joylashgan tish davolash poliklinikalarida markazlashgan gaz ta’minotiga ruxsat etiladi.
Jamoat ovqatlanishi, ovqatlanish bloklari, oshxonalar, aptekalar, laboratoriyalarning va boshqa asosiy jamoat binosining qo‘shimcha xizmatiga kiritiladigan markaziy tayyorlash xonalarida, hamda axlat yoqish uchun pechlarda markazlashgan gaz ta’minotiga yo‘l qo‘yiladi.
Jamoat binolarining gaz ta’mini tizimlarini KMK 2.04.08 ga, hamda O‘zbekiston Respublikasi Davtexnazoratida tasdiqlangan gaz xo‘jaligida xavfsizlik qoidalariga mos loyihalash zarur.
1-ILOVA
Majburiy.
JAMOAT BINOLARI VA INSHOATLARINING ASOSIY FUNKSIONAL-TIPOLOGIK GURUHLARI RO‘YXATI

Jamoat binolari (inshoatlari) va jamoatga mo‘ljallangan xonalarning ro‘yxati

Funksional yong‘in xavfliligi klassi

1

2

1. O‘QUV-TARBIYAVIY YO‘NALISHGA MO‘LJALLANGAN, O‘RTA VA MAXSUS OLIY TA’LIM, KADRLAR TAYYORLASH BINOLARI

1.1. Barcha tipdagi maktabgacha muassasalar,maktab-internatlarning yotoq korpuslari, jismoniy va aqliy rivojlanishida nuqsonlari bor bolalar uchun maxsuslashgan o‘quv-tarbiyaviy muassasalar

F 1.1

1.2. Umumta’lim muassasalari (maktablar, akademik litseylar)

F 4.1

1.3. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari — kasb-hunar kollejlari*

F 4.1; F 4.3

1.4. Oliy va diplomdan so‘ng ta’lim muassasalari, maxsus kadrlar tayyorlash muassasalari*

F 4.3

1.5. Maxsuslashtirilgan o‘quv muassasalari (avtomaktablar, aeromaktablar, aero-klublar, mudofaa o‘quv yurtlari)*

F 4.3

1.6. Maktabdan tashqari muassasalar (to‘garaklar, studiyalar, ijod uylari, yosh texniklar stansiyalari, badiiy, musiqa va sport maktablari)

F 4.1

2. SOG‘LIQNI SAQLASH, IJTIMOIY XIZMAT KO‘RSATISH VA SOG‘LOMLANTIRISH MUASSASALARINING BINOLARI

2.1.Statsionari (kasalxonasi) bilan davolash, tibbiyot markazlari

F 1.1

2.2. Ambulatoriya-poliklinika va tip-sog‘lomlantirish binolari

F 3.4

2.3. Tib-reabilitatsiya va korreksiya (statsionarsiz) binolari

F 3.4

2.4. Aholiga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish muassasalari (statsionarsiz)

F 3.4

2.5. Reabilitatsiya muassasalari, statsionari bilan ijtimoiy xizmat ko‘rsatish markazlari, bolalar uchun vasiylik muassasalari*

F 1.1

2.6. Sauna, basseynlari bilan sog‘lomlantirish majmualari*

F 3.6

3. MA’MURIY VA BOSHQARUV, YURIDIK, HUQUQNI HIMOYALOVCHI, MOLIYA-KREDIT, LOYIHA VA ILMIY TADQIQOT, NASHRIYOT BINOLARI

3.1.Boshqaruv organlari, ma’muriyat, agentlik, firma, boshqa o‘xshash muassasalari.

F 4.3

3.2. Ijtimoiy boshqaruv muassasalari — sobeslar, mehnat birjalari, boshqa o‘xshash muassasalar.

F 4.3

3.3. Moliya-kredit tashkilotlari, banklar

F 4.3

3.4. Yuridik tashkilotlar, sudlar, prokuraturalar*

F 3.5

3.5. Huquq himoyasi tashkilotlari — ichki ishlar boshqarmalari, pasport-viza, nalog i tamojnya xizmatlari, boshqa o‘xshash tashkilotlar.

F 4.3

3.6. Loyiha-konstruktorlik va ilmiy tadqiqot tashkilotlari (eksperimental ishlab chiqarish maxsus obyektlari, maxsus tajribaxonalar va shunga o‘xshashlar bundan mustasno.)*

F 4.3

3.7. Axborot, tahririyat-nashriyot tashkilotlari (bosmaxona bundan mustasno)

F 4.3

4. MADANIYAT, BO‘SH VAQT O‘TKAZISH, TOMOSHAGOH, FUQORO VA DIN MAROSIMLARI, JISMONIY TARBIYA-SPORT OBYEKTLARINING BINOLARI

4.1. Tomoshagoh inshoatlar, mo‘ljallanganligi turli tomosha zallari

F 2.1

4.2. Ochiq havoda tomosha inshoatlari

F 2.3

4.3. Klub, studiya, bo‘sh vaqt o‘tkazish — o‘yin-kulgi muassasalari (tomoshabinlar zalisiz)*

F 2.2

4.4. Kutubxonalar va o‘qish zallari

F 2.1

4.5. Muzeylar va ko‘rgazmalar zallari

F 2.2

4.6. Tomoshabinlar o‘rindig‘isiz jismoniy tarbiya — sport obyektlari

F 3.6

4.7. Tomoshabinlar uchun o‘rindiqlari mavjud sport-tomosha va jismoniy tarbiya-sport obyektlari

F2.1

4.8. Aholi qatnaydigan diniy obyektlar (machitlar, sinagoglar, cherkovlar)

F4.3

5. SANATORIYA, DAM OLISH VA TURIZM, VAQTINCHALIK YASHASH MUASSASALARINING BINOLARI

5.1. Maktab-internatlari o‘quvchilarining turar joy korpuslari v bloklari, bolalar sanatoriyalari va oromgohlarining turar joy korpuslari

F 1.1

5.2. Sanatoriyalar, sanatoriya-profilaktoriyalar

F 1.2

5.3. Dam olish va turizm muassasalari* (dam olish uylari, pansionatlar, dam olish va turistlar bazalari)

F 1.2

5.4. Mehmonxonalar, motellar, kempinglar

F 1.2

6. XIZMAT KO‘RSATISH KORXONALARINING BINOLARI

(savdo, umumovqatlanish, maishiy, transport i turistik xizmatlar)

6.1. Chakana savdo (mayda ulgurji) korxonalari, savdo markazlari va majmualari* (jumladan bozorlar va bozorlar majmualari)

F 3.1

6.2. Umumovqatlanish korxonalari

F3.2

6.3.Maishiy va kommunal xizmat ko‘rsatish, marosimlarga xizmat ko‘rsatish obyektlari

F 3.5

6.4. Pochta-telegraf, telefon aloqasi obyektlari

F 3.5

6.5. Sog‘lomlantirish, jismoniy tarbiya-trenirovka va sanitar-maishiy xizmat ko‘rsatish (hammom-sauna va boshqalar) obyektlari

F 3.6

6.6. Yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish, transport va turistlar agentliklari

F3.5

6.7. Hamma turdagi transport vokzallari (aerovokzallar, t/y vokzallari, avtovokzallar i avtostansiyalar)

F 3.3

7. JAMOAT VA KOMMUNAL XIZMAT KO‘RSATISHLARNING BOSHQA BINOLARI

7.1.Yong‘in deposi

F4.4

7.2. Kir yuvish binolari

F5.1

7.3.Omborxonalar, kitob saqlash, arxiv saqlash binolari

F5.2

Eslatma: 1. Ushbu ilova ko‘rsatkichlari jamoat binolarini funksional-tipologik guruhlarining keltirilgan klassifikatsiyasi doirasidagi obyektlar, hamda ko‘p funksiyali binolar va majmualarning loyihalanishiga tatbiq etiladi.
Belgilangan “*” nishonli obyektlar, ko‘rsatilgan funksional yong‘in xavfi ramkasidan tashqariga chiqib ketadigan, ko‘p funksiya tizimiga ega, bunga loyiha topshirig‘ida aniqlik kiritiladi.
2. Funksional yong‘in xavfi klassi bino va inshoatlarning yong‘in xavfsizligini ta’minlash SHNK2.01.02 normalari hisobga olgan holda keltirilgan. 2*-ILOVA
2*-ILOVA
Majburiy.
TERMINLAR VA ANIQLIK KIRITISH
Aktiv geliotizim — issiq suv yoki isitish maqsadlarida quyosh energiyasini tutish va foydalanish uchun maxsus geliotexnik jihozdan foydalanishga asoslangan tizim.
Atrium — yopiq, qoida bo‘yicha, balandligi bo‘yicha 3 va undan ko‘p qavatlarni bog‘laydigan, tepa qoplamasi orqali tabiiy yorug‘lik tushib turadigan, ko‘p sathli erkin joy (binoning yopiq ichki hovlisi).
Ichki hovli — bino yoki majmua tizimidagi ichki ochiq hovli, tabiiy yorug‘lik va xonalarni shamollatish sharoitini ta’minlaydigan, rekreatsiya vazifasini bajaradigan bo‘shliq.
Kemping — mehmonxona korxonasi, qoida bo‘yicha, mavsumiy tipli, hamda lager-mashina turishi joyili, yashash xonalarini o‘z ichiga oladi (uychalar, palatkalar, treylerlar) va xizmat ko‘rsatish elementlari, jumladan avtoturistlar mashinalari uchun ham.
Kollej — kasb egallashga o‘qitish o‘rta maxsus o‘quv muassasasi (kasb va mutaxassislik davlat klassifikatori bo‘yicha).
Laboratoriya — ishlashning maxsus sharoiti va texnologik jihozlanishi bilan o‘qitishga yoki ishlashga mo‘ljallangan xona (kimyoviy, biologik, fizika, elektrotexnika va boshqa tajribaxonalar).
Yozgi xona — ochiq yoki yarim ochiq isitilmaydigan xona; tiplari bo‘yicha farqlanadi: lodjiya-ayvonlar, verandalar, terraslar, ichki hovlilar.
Litsey — ta’lim yo‘nalishidagi o‘rta maxsus o‘quv muassasasi (texnik, fizika-matematik, gumanitar, yuridik, boshqa).
Lift xolli — liftga kirish joyidagi xona.
Lodjiya — bir tomoni tashqariga ochiq, tepa qoplamasi bor, yon uch tomoni to‘silgan, bo‘ylama chuqurligi, orqa tomonida joylashgan tutash xonaga yorug‘lik nuri tushishi sharti bilan, chegaralangan xona.
Lyuk — evakuatsiya uchun kirish-chiqish tirqishi.
Mansard — foydalanishga mo‘ljallangan bo‘g‘ot osti xonasi.
Mahalla markazi — o‘z-o‘zini boshqarish va bo‘sh vaqtni o‘tkazish uchun turar-joy kvartallaridagi jamoat xonalari majmuasi.
Motel — avtoturistlar uchun mehmonxona xizmati korxonasi.
Jamoat binolari — aholiga madaniy-maishiy xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangan har xil turdagi muassasa va korxonalarni joylashtirish uchun binolar.
Yerto‘la yoki sokol qavatining bo‘limi — yong‘inga qarshi to‘siqlar bilan chegaralangan (devorlar, peregorodkalar, tepa qoplamalari) bo‘limi; bo‘lim ichida xonalar u yoki bu olovbardoshlik chegarasidagi peregorodkalar bilan ajratilishi mumkin.
Yong‘in bo‘limi — yong‘inga qarshi to‘siqlar bilan ajratilgan, yong‘in tarqalishiga qarshilik ko‘rsatadigan binoning qismi.
Odamlar ommaviy ravishda bo‘ladigan xona — odamlar doimiy yoki vaqtinchalik bo‘ladigan (avariya holatlaridan tashqari), bir kishiga 1 m2 dan ko‘p 50 m2 va undan ortiq maydonli xona, jumladan dahlizlar, foyelar, har xil yo‘nalishga mo‘ljallangan zallar, nutq so‘zlash auditoriyalari, restoranlar, do‘konlar va boshqalar).
Insonlar doimiy ravishda bo‘ladigan xona — insonlar o‘z faoliyatida uzluksiz ikki soatdan ortiq yoki ish vaqtining 50% ortiq bo‘ladigan xona.
Binoning rekonstruksiyasi — hozirgi davrda samarali foydalanish uchun binoning rejayu-hajmiy yechimini, uning tashqi ko‘rinishini, asosiy texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini (maydonini, qurilish hajmini, sig‘diraolishlik miqdorlarini, qabul qilish imkoniyatlarini va boshqalar), mo‘ljallanishini o‘zgartirishga yo‘naltirilgan tashkiliy-texnik va qurilish tadbirlari majmuasi.
Passiv geliotizim — binoni isitish yoki ventilyatsiyalash uchun quyosh energiyasini iloji boricha ko‘proq tutish va foydalanish maqsadlarida maxsus nazarda tutiladigan binoning hajmiy-rejaviy va konstruktiv yechimlari tizimi.
Tambur — binoga kirish joyida eshiklar oralig‘idagi o‘tib ketish xonachasi; tambur-shlyuz bino ichiga sovuq (issiq, changlangan) havoni, tutunni va yoqimsiz hidlarni kirishidan himoyalaydi.
Tribuna — tomoshabinlar uchun qatorlari tepaga oldingisiga nisbatan bir tekis ko‘tarilib boradigan qilib qurilgan inshoat.
Maktab — o‘z ichiga o‘qitishning I va II pog‘onasini oladigan: 1 — 4 sinflar (boshlang‘ich maktab) va 5 — 9 sinflar (asosiy, baza maktabi), maktab yoshidagi (7 — 15 yoshliklar) bolalar uchun umumta’lim o‘quv muassasasi.
Bo‘g‘ot — tom qoplamasi konstruksiyalari bilan tepa qavat tepa qoplamasi orasidagi bo‘shliq.
Binoning qavatlari:
mansard — bo‘g‘otga joylashtiriladigan, foydalanishga mo‘ljallangan qavat;
yer usti — xonalari pol sathi yerning rejaviy sathidan past bo‘lmagan qavat(lar);
yerto‘la — xonalarining poli sathi yerning rejaviy sathidan xona balandligining yarmidan ko‘p miqdorida chuqurda bo‘lgan qavat;
texnik — muhandislik jihozlari joylashtirishga va kommunikatsiyalar o‘tkazilishga mo‘ljallangan qavat: binoning pastki qismida (texnik yer pol osti), tepa qismida (texnik bo‘g‘ot) yoki o‘rta qismida joylashtirish mumkin;
sokol — xonalari polining sathi rejaviy yer sathidan xona balandligining yarmidan kam miqdoridagi chuqurda joylashtirilgan qavat.
3-ILOVA
Majburiy.
BINOLARNING UMUMIY, FOYDALI VA HISOBIY MAYDONLARI, QURILISH HAJMI, QURISH MAYDONI VA QAVATLIKLARINI HISOB-KITOB QILISH TARTIBLARI
1. Umumiy maydon binoning barcha qavatlari maydonlarining yig‘indisi sifatida aniqlanadi (texnik, mansard, sokol, yerto‘la qavatlari maydonlari ham ushbu yig‘indiga kiritiladi).
Binoning qavati maydoni tashqi devorlar ichki yuzasi chegaralarida o‘lchaniladi. Antresollar, boshqa binoga o‘tish yo‘laklari, tomosha va boshqa zallarning oynalangan verandalari, galereyalari va balkonlari maydonlari ham binoning umumiy maydoniga qo‘shiladi. Qavatlararo tepa qoplamasi bo‘lmagan (tepasi ochiq) xonalarning maydoni umumiy maydonni hisoblashda faqat bir qavatdagi maydoni hisobga olinadi.
Tashqi devorlar qiya bo‘lsa maydon pol sathi bo‘yicha hisoblanadi.
2. Foydali maydon binoga joylashtirilgan barcha xonalarning maydonlari yig‘indisiga teng (zallardagi, foyelardagi va boshqalaridagi balkonlar va antresollar maydonlari ham qo‘shiladi), zinapoyalar kataklari, lift shaxtalari, ichki ochiq zinapoya va panduslar bundan mustasno.
3. Hisobiy maydon binoga joylashtirilgan barcha xonalarning maydonlari yig‘indisiga teng, ichki yo‘laklar, tamburlar, o‘tish yo‘laklari, zinapoya kataklari, lift shaxtalari, ichki ochiq zinapoyalar, hamda muhandislik jihozlarini va muhandislik tarmoqlarini joylashtiriladigan xonalar maydonlari bundan mustasno.
O‘quvga mo‘ljallangan binolarning, davolash-sog‘lomlantirishga mo‘ljallangan binolarning, dam olish uylarining, klublarning va boshqa muassasalarning rekriatsiya-yo‘lak maydonlari hisobiy maydonga qo‘shiladi, jumladan dam olish yoki xizmat ko‘rsatuvchilarni kutib turish yorug‘ xoll-karmonlari ham.
Radiouzel, kommutatsion xonalar, estrada va sahna qoshidagi yordamchi xonalar, kinoapparat xonalari maydonlari, hamda 1 m kenglikdan kam bo‘lmagan va balandligi kamida 1.8 m bo‘lgan nishalar, qo‘zg‘almas kiritib o‘rnatilgan javonlar (muhandislik nisha va javonlari bundan mustasno) maydonlari hisobiy maydon miqdoriga kiritiladi.
4. Bo‘g‘ot, texnik bo‘g‘ot, polidan tepa qoplamasidan turtib chiqqan konstruksiyagacha masofa 1.8 m dan kam bo‘lgan texnik yer pol osti maydonlari, hamda lodjiyalar, tamburlar, tashqi balkonlar, portiklar, tashqi kirish joylari, tashqi ochiq zinapoyalar maydonlari binoning umumiy, foydali va hisobiy maydonlari hisobiga kiritilmaydi.
5. Bino xonalarining maydoni pardoz qilingan devorlar va peregorodkalar yuzasi oraliqlarida, pol sathi bo‘yicha, plintuslarni hisobga olmay aniqlanishi zarur; mansard qavatidagi xonalar maydoni qiya shipgacha 1.6 m bo‘lgan joylar oralig‘i bo‘yicha hisoblanadi.
6. Qurilish hajmi yer ustki qurilish hajmi — ±0,00 sathdan boshlab (yer ustki qismi) va ushbu sathdan past (yer osti qismi) qurilish hajmlari yig‘indisi sifatida aniqlanishi kerak.
Binoning yer ustki va osti qismlarining qurilish hajmi har bir qismlarining toza pol sathlaridan boshlab binoning tashqi yuzalari bo‘yicha o‘rab turgan konstruksiyalarni, yorug‘lik tushiruvchi fonarlarni, gumbazlarni va shunga o‘xshash konstruksiyalarni hisobga olgan holda aniqlanadi, turtib chiqib turuvchi arxitektura detallari va konstruksiya elementlari, yer pol osti kanallari, portiklar, terrasalar, balkonlar, bino ostidan o‘tuvchi mashina yo‘laklari va bino ustunlariga o‘rnatilgan hollardagi bino tagi bo‘shliqlari hajmlari mustasno.
7. Binoning sokol sathi gorizontal qirqimi bo‘yicha, ushbu sath tashqi devorlaridan tashqariga turtib chiqib turuvchi konstruksiya va detallarning maydonlarini hisobga olgan holda, binoning tashqi devorlari yuzalari oralig‘i bo‘yicha, bino ostidan o‘tish mashina yo‘laklari yuzalarini, ustunlarga o‘rnatilgan joylari bo‘lsa, uning maydonini ham qo‘shgan xolda, binoning qurilish maydoni hisoblanadi.
8. Bino qavatlar sonini aniqlashda barcha yer ustki qavatlari qo‘shiladi, ya’ni texnik, mansard, tepa qoplamasi yerning rejaviy sathidan kamida 2 m yuqori bo‘lgan sokol qavatlari ham. Faqat eng yuqori qavat ustidagi texnik qavat etajlar soniga kiritilmaydi.
Binoning turli qismlarida har xil qavatlik bo‘lsa, hamda binoni nishab yerlarga joylashtirilganda nishab hisobiga qavatlar soni oshsa, bino qavatligi binoning har bir qismi uchun alohida aniqlanadi.
9. Do‘konning savdo maydoni savdo zallari maydoni va qo‘shimcha xizmat ko‘rsatish uchun maydonlar yig‘indisi tarzida aniqlanadi (buyurtmalar qabul qilish va tarqatish zallari, kafeteriya, barlar va boshqalar).
4-ILOVA
Majburiy.
YERTO‘LA VA SOKOL QAVATLARIDA JOYLASHTIRILISHI MUMKIN BO‘LGAN JAMOAT BINOLARINING XONALARI RO‘YHATI
Yerto‘la qavatlari
1. Boyler xonasi; vodoprovod va kanalizatsiya nasoslari uchun xona; havoni ventilyatsiya i konditsiyalashtirish kamerasi; binoning muhandislik-texnologiyasi jihozlari uchun boshqaruv xona va boshqa xonalari; liftlarning mashina bo‘limlari.
2. Birinchi qavatdan tashqariga chiqish dahlizlari; kiyim-kechak almashtirish xonalari, yechinish xonalari, hojatxonalar, gigiyena kabinalari, dushxonalar, chekish xonalari, kiyim va inventar xonalari, buyumlarni saqlash kameralari.
3. Omborchalar, omborxonalar (oson alanga oladigan ashyolar va kategoriyasi A va B bo‘lgan yonuvchan suyuqliklar omborxonalari bundan mustasno), makulatura yig‘ish va saqlash xonalari.
4. savdo zallarining maydoni 400 m2 bo‘lgan oziq-ovqat va nooziqa do‘konlari (oson alanga oladigan ashyolar va yonuvchan suyuqliklar savdosidan tashqari); shishataralar qabuli, konteynerlar saqlash tozalash inventarlari xonalari.
5. Ko‘pi bilan 100 o‘rinli umumovqatlanish korxonalari (sanatoriya, maktab, o‘rta maxsus o‘quv muassasalarining oshxonalari zallari bundan mustasno).
6. Davolash muassasalarida: sanitar o‘tkazish joylari; dezinfeksiyalash xonalari; texnika xavfsizligi xonalari; kirxonalar; omborchalar; yuk tushirish va raspakovka xonalari; marmit aravachalarni saqlash va yuvish xonalari; radioktiv moddalarni saqlash xonalari, radioktiv moddalar bilan kirlangan chiqindi va kirxonalar, kompressor xonalari, hamda dezinfeksiya, sterilizatsiya, yuvish va quritish xonalari (choyshab, xolst, brezentlar klenkalari va boshqalar), vaqtinchalik murda saqlash, gips saqlash, davolash balchig‘ini tayyorlash va uni regeneratsiya qilish xonalari.
7. Kiyimlarni dazmollash va tozalash xonalari; kiyim va oyoq kiyimlarni quritish xonalari; kir yuvish xonalari.
8. Laboratoriyalar va maxsus kabinetlar (texnologik asoslash bo‘yicha), texnika xavfsizligi xonalari.
9. Yong‘in va sanitar xizmati ruxsati bo‘yicha, jihozlarni ta’mirlash ustaxonalari (ta’lim va davolash-profilaktika o‘quv ustaxonalaridan tashqari).
10. Maishiy xizmat qabuli punktlari; ko‘rgazmalar zallari; laboratoriyasi bilan fotoatelye zallari; prokat punkti xonalari, yordamchi va qo‘shimcha xonalar, banketlar zallari.
11. Radiouzellar, kinofoto laboratoriyalar; televideniya yopiq tizimi xonalari.
12. O‘qotar tirlar, sport zallari, trenirovka va tomoshabinlar o‘rindiqlari bo‘lmagan jismoniy tarbiya — sog‘lomlantirish xonalari; omborchalar va inventar xonalar; billiard xonalari; kegelban o‘yini xonalari; trenerlar xonalari, instruktorlar xonalari, massaj xonalari, yordamchi xonalar.
13. Kitoblarni saqlash xonalari, arxiv saqlash xonalari, tib arxivlari.
14. Tomoshagoh muassasalarning dahlizlari, foyelari, kiyim-kechak almashtirish xonalari, 300 o‘ringacha bo‘lgan zallar, ko‘rgazmalar zallari, kattalarning klub-to‘garak mashg‘ulotlari uchun xonalar, yordamchi xonalar.
15. Kattalar uchun klub va o‘yingoh zallari, repititsiya zallari, bir vaqtda keluvchilar soni har bir bo‘limda ko‘pi bilan 100 kishi bo‘ladigan va devor, shiplari yonmas ashyolardan bo‘lgan disko klublar.
16. Orkestr chuqurliklari; dirijyor va orkestrant komnatalari; tryum sahnalari, estradalar, arenalar.
17. Yuk saqlash kameralari; yuk tushirish va saralash uchun xonalar.
18. Nusxa-ko‘paytirish xizmati xonalari.
19. Amaldagi qurilish va sanitar-gigiyenik normalarga asoslangan avtomobil saqlash-to‘xtab turish xonalari.
Sokol qavati
1. Yerto‘laga joylashtirilishiga ruxsat etilgan barcha xonalar.
2. Ma’muriy-xizmat ko‘rsatish xonalari, idora xonalari, ruxsatnomalar berish xonalari, ma’lumot berish xonalari, registraturalar, jamg‘arma va boshqa kassalar; bank bo‘limlari, transport agentliklari; kasallarni tuzalganidan keyin kuzatib qo‘yish xonalari; davolash muassasalari va sanatoriyalarning markaziy kirxonalari.
3. Basseynlar, tomoshabinlar uchun tribunalari bo‘lmagan sun’iy yaxlik sirpanib uchish xonalari.
4. Quruq jazirama hammomlar.
5. Turi va sig‘imi har-xil bo‘lgan umumovqatlanish korxonalari, jumladan o‘quv muassasalaridagi, sanatoriya-profilaktoriyalardagi oshxonalar, statsionarlarning ovqatlantirish bloklari.
6. Oziq-ovqat va nooziqa mollari do‘konlari (yengil alanga oluvchan va yonuvchan suyuqliklar savdosi bundan mustasno).
7. Suv bilan davolovchi muassasalardagi rodon va serovodorod suvlarini tayyorlash laboratoriyalari.
8. Ustaxonalar, jumladan sanitar va yong‘inga qarshi xizmati ruxsat etgan o‘quv va maishiy xizmat ko‘rsatish yo‘nalishdagilar.
Eslatma: 1. Otmoska sathidan ko‘pi bilan 0.5 m chuqurlikda bo‘lgan sokol qavatlarida joylashtirilishi mumkin bo‘lgan jamoat binolarining xonalari 2.11 bandda ko‘rsatilgan.
2. Yerto‘la va sokol qavatlarida joylashtiriladigan garaj-to‘xtab turish joylari bo‘yicha sanitar-gigiyenik va yong‘inga qarshi normalar, avtoto‘xtab turish joylarini loyihalash normalari (SNiP 21-02-99*) hisobga olinishi shart.
5-ILOVA
Tavsiyaviy
SOG‘LOMLANTIRISH, DAM OLISH VA TURIZMGA MO‘LJALLANGAN MUASSASALARDA XIZMAT KO‘RSATISHGA MO‘LJALLANGAN XONALAR

Xonalar

O‘lch.

birl.

O‘lch.

birl. maydoni, m2

Xona maydoni, m2

Dahliz (qabulxona-registraturasi, navbatchi ma’muriyat kabineti, hojatxonasi, kutish joylari bilan)

sanatoriyalar, pansionatlar

turbazalar, dam olish uylari, dam olish bazalari, yil davomida ishlaydigan bolalar sanatoriya oromgohlari

yozgi sog‘lomlantirish oromgohlari,

yozgi turbazalar

Turizm, jismoniy tarbiya, sport, ommaviy-madaniy tadbirlar xonalari

m2 , 1

o‘ringa

-'-

0,6 — 1,0

-'-

0,35 — 0,6

kamida 12

0,08 — 0,15

kamida 12

xona

kamida 8

Saqlash kameralari

-'-

6 — 8 va ko‘p

Tibpunkti

-'-

12 — 14 va ko‘p

Bank bo‘limi

-'-

dahliz maydonida

(12 — 20)

-''-

Aloqa bo‘limi

-'-

kamida 12

Maishiy xizmat punkti,

-'-

(har bir xona)

sartaroshxona

dahliz maydonida

Bar-bufet

(12 — 20)

Eslatma: Tibpunkti tarkibi dam olish muassasasining spetsifikasini hisobga olgan holda loyiha topshirig‘ida beriladi; tibpunkti qoshida izolyator nazarda tutiladi.
6-ILOVA
Tavsiyaviy
DAM OLISH VA TURIZM MUASSASALARIDA JAMOAT HOJATXONALARINING HISOBIY KO‘RSATKICHLARI

Xonalar

Jihozlar ro‘yxati va maydon, m2

1. Har 50 o‘ringa shlyuzda yuz-qo‘l yuvish jihozi bilan erkaklar va ayollar hojatxonalari

erkaklar uchun: 2 unitaz va 2 pissuar;

ayollar uchun: 3 unitaz

2. Har 50 o‘ringa oyoq yuvish jihozi bor erkaklar va ayollar yuz-qo‘l yuvish xonalari

bolalar (o‘smirlar) oromgohida-har bir 10 — 15 o‘ringa

erkaklar uchun: 2-3 yuz-qo‘l yuvish jihozi va 1 oyoq yuvish jihozi;

ayollar uchun: 3-4 yuz-qo‘l yuvish jihozi va 1 oyoq yuvish jihozi

1 yuz-qo‘l yuvish jihozi va 1 oyoq yuvish jihozi

3. Ayollarning shaxsiy gigiyena kabinasi

har bir 50 o‘ringa hojatxona tarkibida

bolalar oromgohida 2 otryadga

1 kabina — 4-m2 (tarkibida: bide, unitaz, yuz-qo‘l yuvish jihozi)

1 kabina — 4 m2

4. Har bir 10 o‘ringa yechinish xonasi bilan dushxonalar

bolalar oromgohida har bir 15 o‘ringa

1 kabina (1,8x0,9 m)

1 kabina

5. Bolalar sog‘lomlantirish muassasalarining hojatxonalari (bolalar va qizlar uchun alohida)

1 unitaz 15 qizga

1 unitaz i 1 pissuar 20 bolaga

Eslatma: 1. Yozda ishlaydigan dam olish va turizm muassasalarida yuz-qo‘l yuvish xonalarini shiypon tagiga joylashtirish mumkin (maydoni 0,2 m2/kishi hisobidan).
2. Hojatxonalarni alohida bloklarda (40 — 60 kishilik yashash guruhlariga) joylashtirish mumkin, qoida bo‘yicha, 25 m masofadan ortiq va 75 m masofadan oshmagan uzoqlikda.
7-ILOVA
Tavsiyaviy
SPORTNING HAR XIL TURLARI UCHUN YOPIQ ZALLARNING O‘LCHAMLARI VA QABUL QILISH IMKONIYATLARI

Qurilish o‘lchamlari

1 smenada qabul qila olish qobiliyati, kishi

Qo‘shimcha talablar

Uzunlik

Kenglik

Pastga turtib chiquvchi konstruksiyagacha bo‘lgan balandlik

1

2

3

4

5

6

1. Akrobatika 1 komplekt tabel jihoziga

36

18

6 — 8

8 — 20

Musobaqalar uchun maydoncha 38x20 m (optimali: 43x20 m)

2. Basketbol 1-maydoniga va 1 komplekt tabel jihoziga

36 (30)

18

7

20

O‘yin maydoni 26x14 m. Tomoshabinlarni maydon chegarasidan joylashtirish uzoqligi 2 m dan kam bo‘lmasin

3. Boks 1 ringga

24 (18)

12

4

8 — 20

Musobaqalar uchun zal kamida 30x18 m (ring 14x14)

4. Klassik kurash (1 gilamga); dzyudo (1 tataga)

36 (24)

18 (15)

4

24

Musobaqalar uchun zal kamida 36x18 m (gilam 17x17)

5. Voleybol (1-maydonga)

36

(24)

18 (15)

8

12 — 24

O‘yin maydoni 18x9 m. Tomoshabinlarni maydon chegarasidan joylashtirish uzoqligi yon tomonida 8 m dan, bo‘ylama tomoni bo‘yicha 5 m dan kam bo‘lmasin

6. Gandbol (1-maydonga)

45 — 48 (42)

24

6

24

Trenirovka mashg‘ulotlari uchun 42x20 m

7. Sport gimnastikasi (1 komplekt tabel jihoziga)

36 (30)

18

6 — 8

8 — 20

Musobaqalar uchun zal o‘lchami 42x20 m bo‘lishi shart, optimal 48x24 m

8. Badiiy gimnastika (1-maydonga)

30 — 36 (24)

18 (15)

7-8

8 — 16

Musobaqalar uchun zal o‘lchami 36x18 m bo‘lishi shart

9. Tennis (1-maydonga)

36

18

8-9

9 — 16

O‘yin maydoni: yakka uchuvchilar uchun 24x9 m, juft uchuvchilar uchun 24x12 m.

Musobaqalar uchun zal o‘lchami kamida 42x20 m bo‘lishi shart

10. Konkida figurali uchish

65

35

6

20

Arena 61x30 m

11. Minifutbol

65

35

6 — 8

22 — 30

Arena 61x30 m

12. Zalda futbol

96

48

15

30

Arena 90x45 m

13. Muz ustida xokkey

65

35

6

30

Arena 61x30 m

* Qurilish o‘lchamlari zalning qurilish o‘qlari bo‘yicha berilgan (zal ichiga o‘qdan bog‘lash 0.5 m dan oshmasligi sharti bilan); qavs ichlarida o‘quv-trenirovka mashg‘ulotlari uchun ruxsat etilgan o‘lchamlar.
Eslatma: 1. Universal sport zallari bir necha turdagi sport o‘yinlari uchun gabaritlarga ega bo‘lishi kerak.
2. Jadvalda ko‘rsatilgan balandlik o‘yin maydoni tepasida ta’minlanishi kerak; maydon tashqarisidagi hajmlarda balandlikni kamaytirish mumkin, lekin kamayish umumiy o‘lchamlar chegarasida 3 m dan oshmasligi shart. Musobaqalar uchun maksimal balandlik ta’minlanishi zarur.
3. Maktablar va o‘rta maxsus o‘quv muassasalari o‘quvchilarining o‘quv-trenirovka mashg‘ulotlari uchun universal sport zallarining qabul qilish qobiliyati: 12x24 m — 30-35 kishi 1 smenada; 30x18 m va 36x18 m — 35-50 kishi 1 smenada; 42x20 m va 45x24 m — 60 kishi 1 smenada
8-ILOVA
Tavsiyaviy
O‘QUV-TRENIROVKA VA SOG‘LOMLANTIRISH MASHG‘ULOTLARI UCHUN BASSEYNLAR HOVUZLARINING HISOBIY PARAMETRLARI

Sport turi

O‘lchamlari, m

Bir smenada qabul qilish imkoniyati

Eslatma

Uzunlik

Kenglik

Suv chuqurligi

Sayoz qismida

Chuqur qismida

1

2

3

4

5

6

7

1. Sportcha suzish

50

21

1,8

2,3

15 kishi har bir yo‘lakchada

Yo‘lakcha kengligi 2,5 m

Chetki yo‘lakchalardan keyin vanna devorigacha 0.5 m li erkin oraliq suv sathi masofasi nazarda tutilishi kerak

25

16

1,8

2,05

10 kishi har bir yo‘lakchada

11

1,2

1,8

8,5

1,2

1,8

2. Sog‘lomlantirish suzishlari va guruhlarning umumiy jismoniy tayyorgarlik suzishi

25

11

1,2

1,6

5,5 m2 1 kishiga

18 — 16,5

6

1 — 1,2

1,4 — 1,6

3. Suzishga o‘rgatish:

14 yoshdan katta o‘smirlar va kattalar

12,5

6-8

0,8 — 1,0
(0,6 — 0,8)

1,25 — 1,5

10 — 15 kishi (bitta guruh)

10 — 14 yoshli bolalar

12,5 (10)

6

0,6

1,0 — 1,25

7 — 10 yoshli bolalar

10

6

0,5-0,6

0,85

Eslatma: 1. Keltirilgan basseynlarning hovuzlari o‘lchamlari universal va o‘quv-trenirovka yo‘nalishlari uchun (suvga sakrash vannalarisiz).
2. Bitta vannadan, kerakli suv sathini ta’minlab, suzishni biladigan va bilmaydiganlar uchun foydalanish mumkin.
9-ILOVA
Tavsiyaviy
OCHIQ VA YOPIQ SPORT INSHOATLARI UCHUN SANITAR JIHOZLAR SONINING HISOBIY KO‘RSATKICHLARI

Xonalar, sanitar jihozlari

sanitar jihozlari soni

Ochiq va yopiq basseynlar

Qolgan ochiq va yopiq sport inshoatlari

A. Sport bilan shug‘ullanuvchilar va trenerlar uchun

1. Dushxonalar (ayollar va erkaklar):

shug‘ullanuvchilar uchun yechinish xonalari qoshida

trenerlar xonasi qoshida

massajxona va sauna qoshida

Smenada shug‘ullanuvchilar uchun 3 kishiga 1 ta setka

Smenada shug‘ullanuvchilar uchun 7 kishiga 1 ta setka

Bir vaqtda ishlovchi 20 kishiga 1 ta setka

Massajxonada 2 ta stolga va saunada 5 ta o‘ringa 1 ta setka, ammo massajxona qoshida 1 ta setkadan kam emas va saunada 2 ta setkadan kam emas

2. Bir vaqtda shug‘ullanuvchilar uchun yechinish xonalari qoshidagi hojatxonalar (shlyuzida yuz-qo‘l yuvish jihozlari bilan smenada)

2530 ayolga 1 ta unitaz

3550 erkakka 1 ta unitaz va 1 ta pissuar

Trener va xodimlar uchun-1530 kishiga 1 ta unitaz, 3550 erkakka 1 ta pissuar

3. Yuz-qo‘l yuvish xonalari (hojatxonalar shlyuzlarida):

yechinish xonalari qoshida

trenerlar komnatalari qoshida

Xonada 1-2 ta yuz-qo‘l yuvish jihozi

1 ta yuz-qo‘l yuvish jihozi

4. Oyoq yuvish vannalari — shug‘ullanuvchilar uchun yechinish xonalarida

20 nafar shug‘ullanuvchiga 1 ta vanna (1,0x0,85)

5. Rakovinlar yoki yuvish jihozlari-basseynlarning xlorator tamburi va xlor omborida, tozalash inventarlari xonasida

Har bir xonada 1 ta rakovin yoki yuvish jihozi

B. Tomoshabinlar uchun

1. Yopiq inshoatlar

75100 ayolga 1 ta unitaz, 150 nafar erkakka 1 ta unitaz va 2 ta pissuar

2. Ochiq inshoatlar

100 ayolga 1 ta unitaz va 500 eokakka 1 ta unitaz va 5 ta pissuar

Eslatma: 1. Sanitar priborlari sport inshoati tipi va erkaklar va ayollar sonlarining nisbatini hisobga olgan holda texnologik hisob-kitob bo‘yicha qabul qilinishi zarur.
Yechinish xonalarining qoshida dushxonasi bilan hojatxona bo‘lishi majburiy (kamida 1 ta unitaz), hojatxonalarda qo‘l yuvish jihozi bo‘lishi kerak va yechinish xonasiga o‘tish tambur-shlyuz orqali bo‘lishi shart.
2. Ochiq inshoatlar uchun sanitar-maishiy xonalarning bloklari (yechinish xonasi, dushxona, hojatxona) ko‘pi bilan 150 m masofada joylashtirilishi shart.
Ochiq basseynlar qoshida yechinish va dushxonalari (hojatxonasi bilan) to‘g‘ridan to‘g‘ri basseyn vannasiga taqalib joylashtirilishi shart.
3. Tomoshabinlar uchun hojatxonalar har bir bo‘limda ko‘pi bilan 30 ta jihozga hisoblab nazarda tutiladi. Zallar va manejlar qoshidagi hojatxonalar ko‘pi bilan 75 m masofada, ochiq inshoatlar qoshidagilari esa ko‘pi bilan 150 — 200 m masofada joylashtirilishi zarur.
10-ILOVA
Tavsiyaviy
KLUBLAR VA TOMOSHA MUASSASALARINING DAHLIZLARI GURUHI XONALARINING HISOBIY KO‘RSATKICHLARI

Xonalar

Hisobiy birlik

Maydoni, m2, hisobiy birlikka

klublar

teatrlar, konsert zallari

kinoteatrlar

Kassalar dahlizi

1 tomoshabin o‘rni

0,05

0,05 — 0,07

kamida 15

Kassa, navbatchi administrator, direktor

-"-

0,07

0,07

0,07

1 kassa 500 tomoshabinga

Kirish oldi va tarqalish dahlizlari

-"-

0,35

0,35

0,15 — 0,2

Kiyim-kechak almashtirish

tomoshabinlar uchun

klub-to‘garak majmualari

-"-

1 kiruvchi o‘rni

0,04

0,05

-

Mahalliy sharoitlar bo‘yicha

Foye bufet ustuni bilan

1 tomoshabin o‘rni

0,4 — 0,6

0,6

0,3 — 0,4

Kuluarlar

-"-

Maydoni evakuatsiya talablarini hisobga olgan holda hisoblanadi (0,25 — 0,3)

Hojatxonalar:

Tomoshabinlar uchun

Har 100 nafar erkakka

Har 100 ayolga

1 ta tomoshabin o‘rni

1 ta unitaz, 2 ta pissuar va 2 ta yuz-qo‘l yuvish jihozi

3-4 ta unitaz va 2 ta yuz-qo‘l yuvish jihozi

Klub majmualari

Har 150 nafar erkakka

Har 150 ayolga

1 mijoz o‘rni

1 ta unitaz, 1 ta pissuar, 1 yuz-qo‘l yuvish jihozi

2 ta unitaz i 2 ta yuz-qo‘l yuvish jihozi

Eslatma: Xonalarning tarkibi va maydonlari texnologik asoslar bo‘yicha o‘rnatiladi.
11-ILOVA
Tavsiyaviy
KINO NAMOYISHI UCHUN TOMOSHA ZALI VA KINOEKRAN PARAMETRLARIGA TALABLAR

Kinonamoyishiqoshidagitomoshabinlarzallaridatomoshabinlaruchuno‘rindiqlarchizmadatasvirlanganhududchegarasidaloyihalanishitavsiyaetiladi, unda:

Dzalo‘qibo‘yichaekrandanoxirgiqatorsuyanchig‘igachabo‘lganuzunlik;

Gzalo‘qibo‘yichakinoekrandanbirinchiqatorsuyanchig‘igachabo‘lganmasofa

G= 0,36 D.

Kinoekran o‘lchamlari chizmada ko‘rsatilgan, unda:

Sh — kinoekran ishchi maydoni kengligi (qiyshiq chiziq xordasi bo‘yicha) ;

V — ekran ishchi maydoni balandligi.

V va Sh nisbatlarini qabul qilinishi:

Vf* : Shf = 1 : 2,2

Vsh : Shsh = 1 : 2,35

Vk : Shk = 1 : 1,66

Vo : Sho = 1 : 1,37

Zal uzunligi (D) ga bog‘liq holda ekran kengligi (Sh) ni qabul qilish tavsiyasi:

Shf = 0,6D (0,54D)*2

Shsh = 0,43D (0,39D)

Shk = 0,34D (0,3D)

Sho = 0,25D (0,22D)

Ekran kengligi (Sh) ga bog‘liq holda ekrandan birinchi qator suyanchig‘igacha masofa (G) ni qabul qilish tavsiyasi:

Gf kamida 0,6 Shf

Gsh

"

"

0,84

Shsh

Go

"

"

1,44

Sho

Kinoteatrning qiyshayish radiusini D dan kam bo‘lmagan holda qabul qilinadi.

Kinoproyeksion jihozi o‘rnatiladigan tomoshabinlar zalining parametrlari chizmada ko‘rsatilgan, unda:

P — proyeksion masofa*3kamida 0,85 D

g — ko‘pi bilan 7°*4 — kinoproyektor optik o‘qining kinoekran markazidagi normaldan og‘ish burchaklari

v

"

"

i

"

"

K — tepa proyeksion nurdan eng yaqin ship yuzasigacha masofa — kamida 0.6 m; L — tomoshabinlar o‘rindiqlarining hududida pastki proyeksion nurdan polgacha bo‘lgan masofa — kamida 1.9 m;

T — ekran orti bo‘shlig‘i bo‘ylama chuqurligi *5

Keng ekranlida — 0,9 m

Kengformatli ekranlida — 1,5 m

R — ekran chetidan devorgacha masofa:

Tekis ekranda - kamida 0,985m

Egrisimon ekranda — kamida 0,1 Sh

Hisobiy kuzatish nuqtasidan ko‘rinishni yasashda *6 oldi qatorda o‘tirgan tomoshabinning ko‘zi sathidan ushbu nuqtaga yo‘naltirilgan ko‘rish nurining ko‘tarilishi 0.14 m qabul qilinishi tavsiya etiladi (rekonstruksiyada 0.12 m bo‘lishi mumkin).

O‘tirgan tomoshabinning ko‘z sathi balandligi pol sathidan 1.2 m qilib qabul qilinadi.

Kino namoyishi paytida tomoshabinlar zali va kinoekran parametrlari
* Sh, V va G parametrlarda indekslar ekranlarni belgilaydi: f — kengformatli, sh — keng, k — kashetirlangan, o — oddiy.
*2 Qavslar ichidagilar — klublar, teatrlar va mavsumiy ishlaydigan kinoteatrlar uchun
*3 Mahalliy ishlab chiqarilgan kinoproyeksion jihoz foydalanilganda — kamida 34.5 m.
*4 Klub va teatrlarda ko‘pi bilan 9° qabul qilinishi mumkin.
*5 Tovushni bir kanalli chiqarilganda yoki tovush kuchaytirgichni ekran tomonlariga joylashtirilganda 0.1 — 0.3 m ga yo‘l qo‘yiladi.
*6 Kinoteatrlarda — kinoekranning pastki zixi.
12-ILOVA
Majburiy
SAHNA TEPA QOPLAMASIDA YONG‘INGA QARSHI DARPARDA VA TUTUN LYUKLARINING QURILMALARIGA QO‘YILADIGAN TALABLAR
1. Yong‘inga qarshi darparda polotnosi gazo‘tkazmas va qurilish portalining ora o‘yig‘ini yon tomonlaridan 0.4 m va tepadan 0.2 m qoplab turishi kerak.
Dekoratsiya omborlarining yong‘inga qarshi darparda va yong‘inga qarshi eshiklarining (shtorlarining) sinchini hisoblashda tomoshabinlar zallari tomonidan gorizontal bosim hisobga olinadi, ya’ni sahnaning har bir metr balandligiga 10 Pa bosim, planshetdan tom qoplamasi konyokigacha 1.2 og‘irlatuvchi koeffitsiyent qo‘llab, qabul qilinadi. Metall sinch elementlarining egilishi hisobiy proletning 1/200 dan oshmasligi kerak.
Yong‘inga qarshi darparda harakati tezligi kamida 0,2 m/s bilan o‘z og‘irlik kuchi asosida harakatlanishi kerak. Darparda harakatini masofadan boshqarish uch joydan ko‘zda tutilishi kerak: yong‘in postidan, sahna planshetidan va yong‘inga qarshi darparda lebedkasi xonasidan.
Darpardada uning ko‘tarilishi va tushishini anglatadigan tovush va yorug‘lik signalizatsiyasi bo‘lishi shart.
2. Lyuklarning ochiq holdagi kesimi maydoni hisob-kitob bilan yoki tryum polidan sahna tepa qoplamasigacha kolosnikali sahnaning har 10 m balandligiga 2.5% ga teng qilib qabul qilinadi.
Lyuklarning klapanlari ochilishi ularni ushlab turuvchi qurilmadan yechilishi bilan o‘z og‘irlik kuchi ta’sirida ta’minlanishi kerak, bunda klapanning perimetri bo‘yicha kromkalarida yopishib qolish kuchini, 0,3 kN/m qabul qilib, hisobga olish kerak.
Lyuklarning klapanlariga xizmat qiluvchi lebedka sahna planshetidan, yong‘in postidan — dispetcher xonasidan va ushbu lebedka xonasidan masofadan boshqarish imkoniyatili bo‘lishi kerak.
Tutun lyuklari tepa qurilmasi NG guruhidagi yonmas ashyolardan bajarilishi zarur, klapanlar esa — G1 guruhi ashyolaridan.
Tutun lyuklarini sahna karobkasining yong‘inga qarshi devorlariga o‘rnatilganda ularni uchirilib ketmaslik sharti ta’minlanishi kerak.
13-ILOVA
Tavsiyaviy
YOPIQ BOZORLARNING XONALARI MAYDONLARINING TARKIBI
(150 — 250 SAVDO O‘RINLI)

Xonalar

Maydon, m2

Xonalar

Maydon, m2

1

2

3

4

Savdo zali (mahsulotlar, mollarni sotish hududlarini differensiyalash bilan);

kafeteriya, xizmatlar byurosi — qo‘shimcha maydon

6 — 8 m2 1 ta

zaldagi savdo o‘rniga

Maxsus kiyimlar va kirlar omborchalari

16 — 20

16 — 20

16 — 12

30 — 40

Inventar omborchalari

Jihoz va inventarlarning mayda ta’miri ustaxonasi

Sabzavot va mevalarning mavsumiy yopiq va ochiq savdo maydoni

6 — 7 m2 1 savdo

o‘ringa

Saqlash xonasi (omborcha)

Savdo zali maydonining

Buxgalteriyasi bilan

Omborcha xonalari — bokslar, 1 ta boksga 2 — 5 m2

15 — 20% ga

texnologik hisob-kitob bo‘yicha

idoraxona

Direktor kabineti

Xodimlar komnatasi

20

8 — 12

Yuk qabuli va tushirish

Go‘sht bo‘laklash

Sovutish kameralari

(mahsulotlar turi bo‘yicha bo‘lingan)

Veterenar-sanitar laboratoriyalari, jumladan:

go‘sht bo‘limi (ko‘zdan kechirish, sovutgich-izolyatorli laboratoriya, qaynatish, sovutish, difrastor xonalari)

sut mahsulotlari bo‘limi (ko‘zdan kechirish, mexanik ravishda tarkiga ajratish jihozli laboratoriya)

Kimyo reaktivlar omborchasi

Yuvish jihozi bor tara omborchasi

35 — 50

5 — 10

Saqlash hajmi bo‘yicha

(har biri kamida 6 m2)

Sotuvchilarning shaxsiy buyumlarini saqlash kamerasi

12 — 15

60 — 90

Qo‘riqlash yong‘in-soqchilik komnatasi

(texnologik

hisob-kitob bo‘yicha aniqlik kiritiladi)

10 — 12

Yopiq zal va ochiq maydondagi sotuvchilar uchun kiyim-kechak almashtirish xonasi, hojatxona va boshqa xonalar

texnologik

hisob-kitob bo‘yicha

-"-

Mijozlar uchun hojatxonalar (alohida blokdagi jamoat hojatxonasi)

Torozi, kassa apparati, savdo qilish inventari saqlash va berish xonasi

4 — 6

20 — 25

20 — 25

Eslatma: 1. Bozorlarning xonalari maydoni mahalliy sharoitlar bo‘yicha loyiha topshirig‘ida beriladi (savdo o‘rinlari soni, savdo hajmi hisobga olingan holda).
2. Mavsumiy savdo uchun yopiq savdo joylari va ochiq maydonlar nazarda tutiladi.
3. Hududda chiqindilar konteynerlari, bozor ichki transporti, tozalash mexanizmlari, jamoat hojatxonalari uchun joylar nazarda tutilishi zarur (jihozlarning yoki transport vositalarining gabaritlarini hisobga olgan holda).
14-ILOVA
Tavsiyaviy
UMUMOVQATLANISH KORXONALARINING XONALARI MAYDONLARINING HISOBIY KO‘RSATKICHLARI (ZALDAGI BIR O‘RINGA)

t/b

sonlar

Korxonalarning tiplari

Xonalarning maydoni, m2, zaldagi bir o‘ringa

Mijozlar uchun, jumladan zallar

Ishlab chiqarish

omborlar

Ma’muriy — maishiy

texnik

1.

Oshxona

2,3 (1,61,8)*

1,35

0,75

0,45

0,71

2.

Restoran

2,45 (1,82,0)

2,1

1,0

0,65

1,9

3.

Kafe, gazakxona

2,9 (1,41,6)

1,2

0,5

0,6

0,5

4.

Pivo bari

2,16 (1,4)

0,8

0,7

0,5

0,5

5.

Choyxona

3,0 (2,5)

1,2

0,45

0,45

0,55

* Qavs ichidagilar jumladan zalda.
Eslatma: 1. Maydonlar konkret sharoitlar bo‘yicha qabul qilinadi; joylarning joylashtirishga terraslarda, ochiq maydonlarda ruxsat etiladi. Zalda estrada, raqs maydonchalari bo‘lsa zal maydoni kattalashtiriladi.
2. Savdo (ovqatlanish) zallari maydoniga mijozlar uchun xonalar, hamda dahliz-foyelar (yechinish joyi bilan), hojatxonalar qo‘shiladi.
3. Yarim tayyor va tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarish bo‘lsa qo‘shimcha savdo qilish uchun mos holda maydon oshiriladi: savdo, ishlab chiqarish va omborxonalar.
15-ILOVA
Tavsiyaviy
BIR SMENADA 500 VA 1000 KG QURITILGAN KIRGA ISHLOV BERA OLADIGAN KIR YUVISH XONALARI

Xonalar

Maydon, m2

500 kg

1000 kg

1

2

3

Kir qabul qilish sexi (qabul qilish, sortirovka, saqlash)

35

65

Kir topshiruvchi mijozlar uchun kutish xonasi

12

15

Yuvish sexi (yuvish, kir chayish, saqlash va yuvish moshinalarini tayyorlash)

30

4050

Ash’yo bilan ta’minlash omborxonasi

20

30

Quritish-dazmollash sexi

3040 (ot tipa oborudovaniya)

Kirlarni ajratish, taxlash va qadoqlash sexi

30

50

Toza kirni qaytarish sexi (saqlash va qaytarish punkti)

12

12

Toza kirni olishda mijozlar uchun kutish xonasi

12

12

Ta’mirlash ustaxonasi

15

20

Elektrjihozlarning ta’mirlash ustaxonasi

15

Laboratoriya

12

Eslatma: Qo‘llaniladigan texnologik jihozlarni hisobga olgan holda kir yuvish xonalarining tarkibi va maydonlari loyiha topshirig‘ida beriladi.
16-ILOVA
Tavsiyaviy
MEHMONXONA KORXONALARINING XALQARO KLASSIFIKATSIYA BO‘YICHA ASOSIY TAVSIFLARI — “YULDUZCHALAR” SONI BO‘YICHA

Ko‘rsatkichlar, tavsiflar

Yulduzchalilar uchun bo‘lishi majburiy

Eslatma

1

2

3

1. Bino:

alohida joylashgan, tashqi ko‘rinishi, reklamasi jozibali

5*, 4*, 3*

yopiq kirish hududi (soyabon)

5*, 4*, 3*

yopiq avtomoshina turish joyi bor

5*

2. Kirish hududi, dahliz:

keng, axborot tablosi, audioko‘rish vositalari, aloqa punkti va valyuta almashtirish shahobchasi, transport i turistik agentliklari, savdo kiosklari

5*, 4*, 3*

mijozlar va yuk olib kirish alohida yo‘llari

5*, 4*, 3*

kirish tamburi va kalorifer qurilmasi borligi

5*, 4*, 3*

3. Axborot xizmati, aloqa: kecha-kunduz

5*, 4*, 3*

1 va 2-yulduzchalida-ammo kamida 12 soat

4. Nomerlar:

100% yuqori komfortli 1 i 2-o‘rinli (jumladan lyuks va appartament xonalar)

5*, 4*

70% 1-2-o‘rinli (santexjihozlari normativ bo‘yicha: unitaz, yuz-qo‘l yuvish jihozi xonasi, dush)

3*, 2*

5. Ovqatlantirish korxonasi:

restoran, kafe i barlar (jumladan qavatlarda), banket zallari borligi

5*, 4*, 3*

kechasida ishlaydigan restorani, bari borligi

5*, 4*

6. Xizmatlar:

sartoroshxona — salonlar (jumladan manikyur, pedikyur, kosmetika kabineti)

5*, 4*, 3*

1 va 2- “yulduzchalida” — mahalliy sharoitlar bo‘yicha

kiyimlarni yuvish va dazmollash, kimyoviy tozalash

5*,'4*, 3*

bank i transport xizmati

5*, 4*, 3*

soat, ko‘zoynak ta’miri

5*, 4*, 3*

fotoxizmat

5*, 4*, 3*

sport inventari prokati

5*, 4*, 3*

kiyim va oyoq kiyim ta’miri

5*, 4*, 3*

avtoservis

5*, 4*

abonent seyflari

5*, 4*

kechasiyu-kunduzi tibbiy xizmat

5*, 4*

3-1-2- “yulduzchalida”

Qimmatbaho narsalar portye seyfida saqlanadi

savdo va dorixona kiosklari

5*, 4*, 3*

7. Madaniy-bo‘sh vaqtni o‘tkazishga xizmat ko‘rsatish:

musiqa-raqs saloni, kechki klub, kegelban, bilyard xonalari

5*, 4*, 3*

Shaharsozlik sharoitlari bo‘yicha xalqaro darajadagi kongresslar va simpoziumlar zallari nazarda tutiladi

universal kinokonsert zali, prezentatsiya, konferensiya zallari

5*, 4*

brifing va intervyu berish xonalari (kamida 2 ta)

5*, 4*

sog‘lomlantirish majmuasi (sauna, massaj, trenajer zallari)

5*, 4*, 3*

suzish suv havzasi kamida 25x11 m mineral yoki dengiz suvili (zaruriy qo‘shimcha xonalari bilan), badan chiniqtirish xonasi

5*, 4*

Ko‘rgazmalar namoyishi zali

5*, 4*

8. Muhandislik ta’minoti:

tez harakatlanuvchi passajir liftlari, xodimlar va yuklar uchun alohida liftlar

5*, 4*

1 va 2 “yulduzchalida”

Amaldagi norma va standartlar bo‘yicha

ovqatlanish bloklari kafe va barlariga chiqaruvchi lift va ko‘tarish qurilmalari

5*, 4*, 3*

barcha xonalarda havoni kechayu-kunduz konditsiyalash

5* , 4*

shu qatori yoz mavsumida

3*, 2*

markazlashtirilgan chang va chiqindi chiqargichlar

5*, 4*, 3*

nomerlarda ko‘pkanalli kabel televideniyesi

5*, 4*, 3*, 2*

nomerdan internetga ulanish

5*, 4*, 3*

vanna xonasida telefon bo‘lishi

5*, 4*

nomerda qo‘riqlash signalizatsiyasi bo‘lishi

5*, 4*

qo‘riqlash signalizatsiyasi bor seyflar

5*

Eslatma: 1. Yulduzchaliligi bo‘yicha mehmonxona korxonasining kategoriyasi konkret sharoitlar bo‘yicha qabul qilinadi.
2. 4-5 — yulduzchali har qanday sig‘diraolishlik miqdoridagi va balandlikdagi, hamda har qanday yulduzchali va sig‘diraolishlik miqdorli 5 qavatdan ko‘p mehmonxonalarda avtomatik yong‘in o‘chirish jihozi tizimi bo‘lishi shart.
17-ILOVA
Tavsiyaviy
HAR XIL TURDAGI VENTILYATSIYALARNING QO‘LLANILISH TAVSIYAVIY DOIRASI

Xonaning tipi* va havoalmashtirish kattaligi

Havo kiritish ventilyatsiyasi

Havo chiqarib tashlash ventilyatsiyasi

Tabiiy shamollatish borligida

Soatiga 3 va kamroq karra havo almashtirish D tipidagi xonalar

Fortochka va framuga orqali tabiiy tartibga solinadigan

Tabiiy — fortochka va framuga orqali, qo‘shni yoki ushbu xona orqali so‘rib chiqarish kanali

Soatiga 3 va kamroq karra havo almashtirish R1 tipidagi xonalar

Fortochka va framuga orqali tabiiy tartibga solinadigan

Tabiiy, ushbu xonada so‘rib chiqarish kanali bor

Soatiga 3 va kamroq karra havo almashtirish R2 tipidagi xonalar

Fortochka va framuga orqali tabiiy tartibga solinadigan

Mexanik

1. P1 va P2 tipidagi xonalar

2. Soatiga 3 va ko‘proq karra havo almashtirish D tipidagi xonalar

Mexanik

Tabiiy

1. Soatiga 3 va ko‘proq karra havo almashtirish R1 va R2 tipidagi xonalar

2. B tipidagi xonalar

Mexanik

Mexanik

Tabiiy shamollatish yo‘q bo‘lganda

Tabiiy shamollatish bo‘lmagan xonalar va hududlar.

Mexanik

Mexanik

* Xonalarning tipini — 4.11.bandiga qarang.
18-ILOVA
Majburiy
MADANIY-TOMOSHAGOH MUASSASALAR, KUTUBXONALAR, ARXIVLAR VA SPORT INSHOATLARI BINOLARINING ICHKI YONG‘INGA QARSHI SUV QUVURLARIGA QO‘YILADIGAN TALABLAR
1. Madaniy-tomoshagoh muassasalarning binolarida nazarda tutilishi zarur:
Sig‘diraolishlik miqdori 700 o‘ringacha bo‘lgan estradali kinoteatr va klublarda — yong‘in kranlari; 700 o‘rindan ko‘p bo‘lganda kolosnikasi bo‘lganda — yong‘in kranlari va ushbu ilovaning 9-bandiga asosan drencher qurilmasi;
Klublarda sahna o‘lchamlari, m: 12,5x7,5, 15x7,5, 18x9 va 12x12 tomoshabinlar zali 700 o‘rinli — yong‘in kranlari va drencher qurilmasi;
Klublarda sahna o‘lchamlari 18x9, 21x12 tomoshabinlar zali 700 o‘rindan ko‘p, sahnasi 18x18 va 21x15 m sig‘diraolishlik miqdoridan qat’iy nazar, hamda teatrlarda — yong‘in kranlari, drencher va sprinkler qurilmalari;
Sig‘diraolishlik miqdori 600 o‘rin va ko‘proq panoramali, uch tomonli va markaziy tipdagi ko‘rgazmalar majmualarida — yong‘in o‘chirgich qurilmalari.
2. Teatr binosi qismida yoki yordamchi -ishlab chiqarish xonalari va teatr binosini joylashtirishda alohida korpusda joylashtiriladigan ishlab chiqarish xonalari va rezerv omborlarida ichki yong‘in kranlari va sprinkler qurilmalarini ushbu ilovaning 4 va 11-bandlari talablariga mos ko‘zda tutish zarur.
Teatr binosi qismidan alohida joylashtiriladigan ishlab chiqarish xonalari va rezerv omborlarining sprinkler qurilmalari ushbu ilovaning 11-bandiga mos nazarda tutilib, yong‘in kranlari suv sarflashi QMQ 2.04.01-98* talablariga mos qabul qilinadi.
3. Binolarda ichki yong‘in o‘chirgich yong‘in kranlaridan suv sarfi qabul qilinishi shart:
Tomoshabinlar zalining sig‘diraolishlik miqdori 300 o‘rinligacha bo‘lgan estradali kinoteatr va klublarda — 2 ta struyali kamida 2,5 l/s, 300 o‘rindan ko‘p bo‘lganda kamida har biri 5l/s ;
Sig‘diraolishlik miqdoridan qat’iy nazar sahnali klublar va teatrlarda — 2 ta struyali kamida 2,5 l/s , 2 ta struyali kamida har biri 5 l/s.
4. Yong‘in kranlarini tomosha zaliga kiraverishda va sahnaga yoki zinapoya maydonchasiga kiraverishda o‘rnatiladi..
Klub binolarida sahnalar o‘lchamlari, m: 18x12, 21x12, 21x15 bo‘lganda, hamda teatr binolarida 65 mm diametrli 19 mm li purkashi va 10 m uzunlikdagi rukavkasi bilan qo‘shimcha yong‘in kranlari sahna planshetiga o‘rnatiladi.
50 mm diametrli 16 mm li purkashi va 10 m uzunlikdagi rukavkasi bilan yong‘in kranlari kolosnikalarda va ishchi galereyalarda o‘rnatiladi; xuddi shu boshqa barcha teatr xonalarida 20 m rukavkali qilib o‘rnatiladi.
5. Maydoni 500 m2 bo‘lgan sahna planshetlarida 3 ta, kattaroqlarida esa 4 ta yong‘in kranlari o‘rnatiladi.
Har bir ishchi galereyada va kolosnikada kamida ikkita yong‘in krani o‘rnatiladi, sahnaning chap va o‘ng tomonlarida bittadan.
Kranlarni ochiq javonsiz o‘rnatish mumkin.
6. Yong‘in kranlarini shunday o‘rnatish kerakki, unda xonalarning har qanday nuqtasiga 2 ta struya bilan suv sepish mumkin bo‘lsin.
7. Yong‘in kranlarining ichki tarmog‘i aylanma bo‘lishi va ikkita kiritish joyi bilan ham tashqi tarmoqqa, ham sprinklerli va drencherli tizimning tarqatish tarog‘iga ulanishi kerak. Tarmoqda tarqatish zadvijkalari ikkitadan ko‘p bo‘lmagan shaxobchali qismlarni o‘chirish imkoni hisob-kitobi bo‘yicha o‘rnatiladi. Ikkitadan ko‘p yong‘in krani bor ustunchalar asos qismida ventil va zadvijkalar o‘rnatiladi.
8. Yong‘in kranlarida erkin suv bosimi shunday nazarda tutilishi kerakki, olinadigan kompakt struya hisobiy xonaning baland qismiga bemalol suv yetkazsin. Sahna planshetidagi yong‘in kranlaridagi suv bosimi planshetdan kolosnika nastiligacha bo‘lgan masofadan 2 m ga oshadigan kompakt struyani ta’minlab berishi kerak.
9. Drencherlar kolosnika sahnasi va aryersahna ostiga, ishchi galereyasining va ularning pastki o‘tish ko‘prikchlari qo‘shilishi pastki sathi ostiga, tahlangan dekoratsiya seyfida va sahnaning hamma kirish tirqishlarida, portal, karmon va aryersahna tirqishlarini qo‘shgan holda, hamda sahnaning kiritilib qurilgan jihozlarining konstruksiyalari egallagan tryumlari va ko‘tarish-tushirish qurilmalari tirqishlarida o‘rnatiladi.
Yong‘inga qarshi darpardaga suv sepish sahna tomonidan nazarda tutilishi kerak.
10. Sprinkler qurilmasi bilan jihozlanadi: sahna va aryersahna tepa qoplamasi, barcha ishchi galereyalar va o‘tish ko‘prikchalari, pastki, tryum (sahnaga kiritib qurilgan jihozdan tashqari) ko‘prikchalari mustasno, sahna, aryersahna karmonlari, hamda omborxonalar, omborchalar, ustaxonalar, stanok va hajmi katta dekoratsiya xonalari, chang chiqargich kameralari.
11. Drencher va sprinkler suv purkachlarini o‘rnatish quyidagi shartlar bo‘yicha amalga oshiriladi:
bitta suv purkach bilan himoyalanadigan pol maydoni, o‘rtacha suv sepish intensivligida 1 m2 pol maydoniga kamida 0,1 l/s sarf bo‘lganda, ko‘pi bilan 9 m2 qabul qilinadi;
sahnaning tirqishiga suv purkash sarfi 1 m tirqishga 0,5 l/s , sahna portaliga sepishga — 1 m portal kengligi, 7.5 m gacha balandligiga kamida 0,5 l/s va 1 m kenglik, 7.5 m balandlikdan ko‘p bo‘lgan holiga 0,7 l/s.
Eng uzoq va baland joylashgan purkagichda erkin suv bosimi kamida 0,05 MPa (5 m suv. ust.) bo‘lishi kerak.
Bitta binoda barcha purkagichlar teshigi diametri bir xil bo‘lishi kerak.
12. Drencher qurilmalarini boshqarishni quyidagicha nazarda tutish kerak :
sahnaning planshetida ikki joydan va sahnaning himoyasi seksiyalari uchun yong‘in posti xonalaridan, aryersahnadan va sahna tirqishlaridan elektr va gidravlik tarzda;
sahna portalining drencher pardalari uchun sahnaning spinklerlarini boshqarish uzelida datchiklardan yuqorida eslatilgan joylardan masofaviy elektr yoki gidravlik avtomat tarzda;
tarqatish tarog‘i o‘rnatilgan xonalardan masofaviy — o‘ralgan dekaratsiyalarning seyfi himoyasi seksiyalari uchun.
13. Kolosnika sahnalari va aryersahnalar, ishchi galereyalarning pastki sathlari va ularning o‘tish ko‘prikchalari tutashishining drencherlarini bitta yoki bir necha seksiyalarga birlashtiriladi.
Sahna eshik tirqishlari va aryersahnaning tirqishlari tepasidagi drencherlarni ikkita alohida seksiyaga birlashtiriladi.
14. Sahnaga, aryersahnaga, yon karmonlarga, sahna tryumiga o‘rnatiladigan sprinklerlarni alohida boshqaruvli bitta seksiyaga birlashtiriladi. Sahna ishchi galereyasida yong‘in kranlarini sahnaning sprinkler tarmog‘ining ustunlariga ulash mumkin.
15. Jami hisobiy suv sarfi ichki yong‘in o‘chirgich vositalari ishlashlarining ikkita holatidan kattaroq qabul qilinadi:
sahnaning sprinklerlari (sahna tepa qoplamasi, barcha ishchi galereyalar va o‘tish ko‘prikchalari), planshetda bir paytda ishlovchi, umumiy suv sarfi kamida 10 l/s bo‘lgan, ikkita yong‘in krani va tepa ishchi galereyalarda, umumiy 10 daqiqada 5 l/s suv sarfi bo‘lgan, ikkita krani, hamda sahna portali drencherlarining seksiyalari ishlashlarining;
sahnaning kolosnikasi osti va aryersahna, pastki galereyalar sathi va ularning ishchi ko‘prikchalari ulanish joylarining barcha drencherlari, sahna planshetida umumiy suv sarfi kamida 10 l/s bo‘lgan ikkita yong‘in krani bir vaqtda ishlashining va tepa ishchi galereyalarda suv sarfi 5 l/s bo‘lgan ikkita krani, hamda sahna portalining drencherlari ishlashlarining.
16. Tashqi tizimda suv bosimi yetarli bo‘lmaganda yong‘inga qarshi qurilmalarning hisobiy ishlashini ta’minlash uchun nasos qurilmalari nazarda tutilishi zarur, ularni ishga tushirish loyihalanishi:
masofadan, yong‘in kranlaridagi knopkalardan — sprinkler va drencher qurilmalari bo‘lmaganda;
avtomatik — sprinkler va drencher qurilmalari bo‘lganda, yong‘in posti va nasos xonalaridan masofaviy takrorlash orqali (ishga tushirish va o‘rnatish uchun) bo‘lishi kerak.
17. Yong‘in nasos agregatlari 100% li rezerv bilan bo‘lishi kerak va ular alohida isitiladigan, tashqariga yoki zinapoya katagiga chiqish joylari bor, xonalarga joylashtiriladi. Faqat yong‘in kranlari bilan jihozlangan kinoteatr va klub binolarida nasoslarni isitish qozonxonasiga joylashtirish mumkin.
18. Qo‘zg‘aluvchan yong‘in nasoslarining rukavkalarini ulash uchun nasoslar bilan sprinkler va drencher qurilmalarining tarqatish tarog‘i orasidagi suv bosimi yo‘nalishidan tashqariga diametri 80 mm bo‘lgan, qaytish klapani va standart yong‘in kallagi bo‘lgan, ikkita patrubka chiqarilishi shart.
19. Ichimlik-xo‘jalik suv ta’minoti nasoslari vibraizolyatsiyali asoslarga o‘rnatilgan va kirish tarmog‘i, hamda ichki tarmoqdan elastik oraliq quvurchalari bilan ajratilgan bo‘lishi shart.
20. Agarda tashqi suveltgich tarmoqlarda bosim yong‘in o‘chirishga hisobiy suv sarfini ta’minlab bera olmasa yoki boshi berk tarmoqqa ulanganda yerosti rezervuari qurilmasi nazarda tutilishi kerak, uning hajmi ta’minlashi zarur:
uch soat mobaynida ichki yong‘in kranlaridan hisobiy suv sarfi hisobini;
bir soat mobaynida sprinkler va drencher qurilmalarining hisobiy suv sarfi bilan ishlashini;
uch soat mobaynida tashqi yong‘in o‘chirishni suv sarfini.
21. Kutubxona va arxivlar binolarida yong‘inga qarshi suv ta’minoti bino hajmi 7500 m3 va undan ko‘p bo‘lgan hollarda nazarda tutilishi kerak. Suv sarfi va ichki yong‘in o‘chirish struyasi hisobining normalarini QMQ 2.04.01-98* ga asosan qabul qilish shart.
22. Sportga mo‘ljallangan binolarda sprinkler qurilmalaridan foydalanishda suv purkash intensivligi 1 m2 maydonga 0,08 l/s, 120 m2 gacha bo‘lgan maydonga bir vaqtning o‘zida tizimning 30 daqiqa ishlab turishi zarurligi hisoblaridan qabul qilinishi kerak.
19-ILOVA
Majburiy
JAMOAT BINOLARI ELEKTRPRIYOMNIKLARINING ELEKTR TA’MINOTI ISHONCHLILIGI KATEGORIYASI

Jamoat binolarining guruhlari yoki tiplari

Yong‘inga qarshi qurilmalar, qo‘riqlash va lift signalizatsiyalari elektrpriyomniklari

Boshqa elektropriyomniklar majmuasi

Barcha elektropriyomniklar majmuasi

1

2

3

4

Ishlovchilar soni 2000 nafardan ko‘p, qavatidan qat’iy nazar muassasalar, boshqaruv, ilmiy-tadqiqot, loyiha-qidiruv va konstruksiya tashkilotlari binolari

I

II

-

Xuddi shunday, ishlovchilar soni 50 dan 2000 nafargacha , hamda 10 qavatdan ko‘p binolar

-

-

II

Ishlovchilar soni 50 nafardan ortiq boshqaruv organlari binolari (hokimlar mahkamalari)

I

II

Xuddi shunday, ishlovchilar soni 50 nafargacha

-

-

III

Respublika ahamiyatidagi bank muassasalarining binolari (moliyalash, kreditlash, sug‘urtalash).

I

II

Xuddi shunday, viloyat, tuman va shahar ahamiyatidagilari, kichik tijorat muassasalari

-

-

II

O‘quvchilari soni 1000 nafardan ortiq ta’lim, tarbiya va kadr tayyorlash muassasalari

I

II

-

Xuddi shunday, o‘quvchilari soni 1000 nafargacha

-

-

II

Bolalar maktabgacha va maktabdan tashqari muassasalar (sig‘diraolishlik miqdoridan qat’iy nazar), 160 nafardan ortiq bolalar oromgohlari

-

-

II

160 nafargacha bo‘lgan bolalar oromgohlari

-

-

III

Fondi 1000 ming saqlash birligidagi kutubxona va arxivlar

I

II

-

Xuddi shunday, 100 mingdan 1000 minggacha saqlash birligidagilari

-

-

II

Xuddi shunday, 100 minggacha saqlash birligidagilari

-

-

III

Davolash-profilaktika muassasalari binolari: operatsiya va tug‘dirish bloklari, anesteziologiya, reanimatsiya va intensiv terapiya bo‘limlari, laparaskopiya, branxoskopiya va angiografiya kabinetlari

-

-

I

Boshqa davolash-profilaktika muassasalari binolari

I

II

-

Savdo zallari maydoni 2000 m2 ortiq savdo korxonalari

I

II

-

Xuddi shunday, savdo zali maydoni 250 dan 2000 m2 gacha

-

-

II

Xuddi shunday, savdo zali maydoni 250 m2 gacha

-

-

III

Umumovqatlanish korxonalari:

o‘rinlari soni 500 dan ko‘p

I

II

-

o‘rinlari soni 100 dan 500 gacha

-

-

II

o‘rinlari soni 100 gacha, sut mahsulotlari tarqatish punktlari

-

-

III

Maishiy xizmat ko‘rsatish korxonalari: ish o‘rni 15 tadan ko‘p sartaroshxonalar, ish o‘rni 50 tadan ko‘p atelye va ustaxonalar, bir smenada 500 kg dan ko‘p kir tozalash kir yuvish va kimyoviy tozalash xonalari, joyi 100 dan ko‘p hammomlar;

-

-

II

o‘rni 15 tagacha sartaroshxonalar, ish o‘rni 50 tagacha atelye va ustaxonalar va bir smenada 500 kg gacha kir tozalash kir yuvish va kimyoviy tozalash xonalari, joyi 100 gacha hammomlar

-

-

III

Respublika ahamiyatidagi muzey va ko‘rgazmalar

-

-

I

Xuddi shunday, viloyat ahamiyatidagilar

1

II

-

Xuddi shunday , mahalliy ahamiyatdagilari va o‘lkashunoslik muzeylari

-

-

III

O‘rinlari soni 1000 dan ko‘p mehmonxonalar, turistlar markazlari, motellar, pansionatlar va dam olish muassasalari

I

II

-

Xuddi shunday, 200 dan 1000 gacha o‘rinlilari

-

-

II

Xuddi shunday, 200 gacha o‘rinlilari

-

-

III

Tomoshabinlar uchun o‘rindiqlari 800 dan ko‘p yopiq sport inshoatlari (avariya yoritgichlari mustasno, u 1 kategoriyaga kiradi)

-

-

II

Xuddi shunday, o‘rinlari 200 dan 800 gacha yoki bir smenada shug‘ullanuvchilar 120 nafardan ko‘p

-

-

II

Xuddi shunday, o‘rinlari 200 dan kam yoki bir smenada shug‘ullanuvchilar soni 120 dan kam

-

-

III

Ochiq sport inshoatlari:

futbol, yengil atletika, qo‘l sport o‘yinlari sport arenalari, qatorlari 20 va undan ko‘p ko‘chmas tribunali suv havza inshoatlari

-

-

II

Xuddi shunday, qatorlari soni 20 tagacha, boshqa ochiq inshoatlar

-

-

III

Tomoshabinlar zallarining jami sig‘diraolishlik miqdori 500 o‘rin va undan ko‘p tomoshagoh korxonalari; joylar sonidan qat’iy nazar bolalar kinoteatrlari va teatrlari, qo‘g‘irchoq teatrlari, sirklar

I

II

-

Xuddi shunday, zallarning sig‘diraolishlik miqdorlari 500 dan kam

-

-

II

Eslatma: 1. Jamoat binolarining elektropriyomnik majmualariga, binoni yoki xonalar guruhini jihozlaydigan barcha elektr qurilmalari kiradi.
2. Jamoat binolarining barcha turlarida, tomosha tadbirlari uchun doimiy foydalanishda bo‘lganlaridan tashqari, konferens-zallari va faollar zallari, jumladan ko‘chmas kinoproyeksion va estradalilarini ularni kiritib qurilgan binolari kategoriyasiga mos qabul qilinadi.
20-ILOVA
Majburiy
XONALAR VA JOYLARNING SUN’IY YORITISH TURLARIGA QO‘YILADIGAN TALABLAR

Mo‘ljallanganligi bo‘yicha yoritish turi

Xonalar, joylar

1

2

Ishchi

Odamlarning ishlashi va yurishi uchun bino va joylarning barcha xonalari uchun, hamda transport vositalarining harakati uchun.

Avariya xavfsizligi

Ishchi yoritish o‘chib qolishi avariya holatini yuzaga keltiradigan yoki insonlarga ziyon yetkazadigan xonalar uchun; jumladan dispetcher xonalari uchun; aloqa uzellarida; kinoapparatlar xonalarida; elektr shiti xonalarida; tibpunktlarida, doimiy qo‘riqlash postlarida, navbatchilarning postlarida, 300 va undan ortiq kiyimlar turadigan kiyim-kechak almashtirish xonalarida; asosiy kassalarda, bolalar xonalarida va do‘konlarning omborlariga kiraverishida, do‘konlarning savdo zallarida; maktabgacha yoshdagi muassasalarning o‘yin-kulgi xonalarida, mehmonxonalarning dahlizlarida, restoran va kafelarning zallarida, mehmonxonalar va turbazalarning qutqaruv fondi xonalarida, liftlarning moshina bo‘limlarida; kasalxonalarning operatsiya xonalarida, tez yordam ko‘rsatish kabinetlarida, reanimatsiya xonalarida, davolash muassasalarining qabul qilish punktlarida, kasalxonalarning tug‘dirish bo‘limlarida, qayta bog‘lab qo‘yish xonalarida, muolaja xonalarida, tezkor tekshiruv laboratoriyalarida, tib hamshirasi navbatchilik punktlarida, operativ qism xonalarida, tez yordam stansiyalarining dorixona va yordamga jo‘nab ketishda birga olib yuriladigan yashiklar saqlash xonalarida.

Navbatchi xodimlar doimiy bo‘ladigan xonalar: nasoslar xonalarida, issiqlik berish punktlarida yoki xonalarning elektropriyemniklari elektr ta’minoti ishonchliligi bo‘yicha I kategoriyaga kiradigan xonalarda.

Avariya evakuatsiyasi

Kesib o‘tiladigan xonalarda, ichki yo‘laklarda, xollarda, foye va dahlizlarda, 50 nafardan ortiq odamlarni evakuatsiya qilish uchun xizmat qiladigan zinapoyalarda, bolalar maktabgacha muassasalarida esa bolalar sonidan qat’iy nazar zinapoyalarda; bir paytda 100 dan ortiq odamlar bo‘ladigan xonalarda (auditoriyalarda, ovqatlanish zallarida, konferens-zallarda); maydoni 90 m2 va undan ko‘p savdo zallarida va ulardan chiqish yo‘laklarida, savdo korxonalarining transport tunnellarida; evakuatsiya paytida u xonalardan chiqishda lat yeyish xavfi bor xonalarda (ovqat pishirish xonalarida, ovqat ulashish va boshqa jamoat ovqatlanishi ishlab chiqarish xonalarida, kir yuvish, ta’mirlash ustaxonalarida, basseynlar zallarida, hammomlarning yuvinish va bug‘lanish xonalarida; elektrnur davolash xonalarida, yechinish xonalarida, balchiq bilan davolash, davolash-profilaktika muassasalarining tiklov davosi dushxonalari va vanna xonalarida va sh.o‘.); odamlar o‘tishi xavfli joylarda.

Navbatchi

Ishdan tashqari vaqtlarda dahlizlar, ichki yo‘laklar va savdo zallarini yorug‘lik bilan ta’minlash uchun; bolalar maktabgacha muassasalarining va maktab-internatlarning yotoq xonalarida va izolyator palatalarida.

21-ILOVA
Majburiy
O‘zR IIV YHBB TOMONIDAN ISHLANGAN AVTOMATIK YONG‘IN SIGNALIZATSIYASI VA AVTOMATIK YONG‘IN O‘CHIRISH QURILMALARI BILAN HIMOYALASH SHART BO‘LGAN XONALAR, INSHOATLAR VA JAMOAT BINOLARINING RO‘YXATI
I. Avtomatik yong‘in signalizatsiyasi
1. Avtomatik yong‘in signalizatsiyasi qurilmasi (bundan keyin matn bo‘yicha — AYOS) — himoyalanadigan obyektlarga o‘rnatilgan qurilma — texnik vositalarning majmui, ya’ni yong‘inni zudlikda payqaydi, ishlov berib, ushbu obyektda ko‘rsatilgan ko‘rinishda xabar qiladi, maxsus axborot va (yoki) muhandislik qurilmalariga signal-topshiriq beradi va yong‘in o‘chirgich qurilmalarini ishlatib yuboradi.
2. SHNQ 2.08.02 ning 1-ilovasiga mos jamoat binolari va inshoatlarining asosiy funksional-tipologik guruhlariga to‘g‘ri keladigan va idoraviy taalluqliligidan va mulk shaklidan qat’iy nazar jamoat binolari va inshoatlarining barcha xonalari (jumladan evakuatsiya yo‘laklari) AYOS bilan jihozlanadi.
Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati kelishuvi bo‘yicha ushbu ro‘yxatga kirmagan, ammo funksional mo‘ljallanishi bo‘yicha analog va o‘xshash jamoat binolari va inshoatlarining xonalari ham avtomatik yong‘in o‘chirgich signalizatsiyasi qurilmasi bilan jihozlanadi.
3. Bundan tashqari, AYOS bilan jihozlanishi shart:
a) Jamoatga mo‘ljallangan xonalar, boshqa yo‘nalishga mo‘ljallangan bino va inshoatlarga kiritib qurilgan (old yoniga qurilgan) xonalar (ishlab chiqarish, omborxonalar, turar joy, aloqa, transport va boshqa xonalar);
b) tutunni sezadigan yong‘in xabarini beruvchi jihozdan foydalanib, yong‘in himoyasining tizimini ishga tushirib yuboradigan, boshqaruv apparatining ishga tushirishga signal berishini shakllantirish maqsadida, bir vaqtning o‘zida avtomatik yong‘in o‘chirgich qurilmalari va tutunga qarshi himoya tizimi bilan jihozlanadigan jamoat binolari va inshoatlari.
4. AYOS ni zinapoya kataklarida, sprinkler yong‘in o‘chirgich qurilmasi bilan jihozlangan xonalarda (36-bandda keltirilgan holatlardan tashqari), ho‘l jarayoni (dushxonalar, hojatxonalar, sovutish kameralari, yuvish xonalar va shunga o‘xshash xonalarda), go‘sht, baliq, sabzavot, mevalarni (yonmas qadoqlarda) sotuvga tayyorlash va saqlash xonalarida, shamollatish kameralarida, suv ta’minoti nasosxonalarida va shunga o‘xshash xonalarda, boshqa yonuvchan ashyolar va jihozlar yo‘q xonalarda nazarda tutmaslik mumkin, agarda loyiha topshirig‘ida ko‘zda tutilmagan bo‘lsa.
5. AYOS ni SHNQ 2.04.09 “Bino va inshoatlarning yong‘in avtomatikasi” talablariga va boshqa shu tarmoqdagi normativ hujjatlarga mos loyihalash zarur.
II. Avtomatik yong‘in o‘chirgich qurilmasi
6. Avtomatik yong‘in o‘chirgich qurilmasi (kelgusi bandalarda AYOO‘Q) — yong‘in o‘chiruvchi moddani chiqarish hisobiga yong‘in o‘chirish uchun statsionar texnik vositalarning majmui.
7. AYOO‘Q ni qo‘llash zaruriyati, jumladan boshqa normativ hujjatlar asosida ham aniqlanadi, hamda loyiha topshirig‘ida beriladi*.
8. AYOO‘Q ni SHNQ 2.04.09 “Bino va inshoatlarning yong‘in avtomatikasi” talablariga va boshqa ushbu tarmoqdagi amaldagi normativ hujjatlarga mos loyihalash zarur.
9. AYOO‘Q bilan idoraviy bo‘ysunishi yoki mulki shaklidan qat’iy nazar jamoat binolari va inshoatlari jihozlanadilar.
10. Agar avtomatik yong‘in o‘chirgich qurilmasi bilan jihozlanishi shart bo‘lgan bino xonalari maydoni butun xonalar maydonining 50% idan ko‘p bo‘lsa, binoni butunlay avtomatik yong‘in o‘chirgich qurilmasi bilan jihozlash shart.
11. AYOO‘Q bilan 4 bandda ko‘rsatilgan xonalarni jihozlash shart emas.
12. AYOO‘Q nazarda tutish zarur:
12.1. Noyob jihoz va ashyolari bor xonalarda, noyob bosma asarlar, hisobot, qo‘lyozma va boshqa qimmatli hujjatlari saqlash va tarqatish xonalarida — maydonidan qat’iy nazar;
12.2. Kutubxona binolarida va davlat arxivlarida saqlash xonalari, xizmat kataloglari va ro‘yxatlarini saqlash xonalarida — maydonlaridan qat’iy nazar.
500 ming birlikdan kam saqlanadigan, ko‘rsatilgan kutubxona va saqlash fondlari va 400 kv.m (har biri) dan kam maydonli viloyat va tuman ahamiyatidagi arxivlari avtomatik yong‘in o‘chirgich signalizatsiyasi va ko‘chib yuruvchi sovuqli va uglekislotali yong‘in o‘chirgich jihozlari bilan ta’minlanishi mumkin;
12.3. Davlat muassasalarining server xonalarida — maydonidan qat’iy nazar.
Boshqa mulk shaklidagilar muassasalarning server xonalari uchun zaruriyat loyiha topshirig‘ida beriladi;
12.4. Buzilishi insonlarning xavfsizligi va hayot tizimi barqaror ishlashiga ta’sir qiladigan og‘ir texnologik jarayonli boshqaruv tizimlarida ishlatiladigan elektron-hisoblash mashinalari bor xonalarda;
12.5. Muzey qimmatbaho narsalarini saqlash xonalarida — maydonlaridan qat’iy nazar;
12.6. Lombardlarning saqlash xonalarida — maydonlari 100 kv.m dan ko‘p;
12.7. Kino- va telestudiyalarning tasvirga olish pavilonlarida — maydonlari 500 kv.m va ko‘p;
12.8. Qo‘l xazinasining yuk saqlash kameralari xonalarida va aerovokzal va vokzal binolarining yonuvchan ashyolar omborxonalarida (avtomatik yacheyka bilan jihozlanganlaridan tashqari: sokol va yerto‘la qavatlarida — maydonlaridan qat’iy nazar, yer ustki qavatlarida — 300 kv.m va ko‘p;
12.9. Yonuvchan ashyolarni yoki yonmas ashyolarni yonuvchan upakovkalarda saqlanadigan, maydoni 100 kv.m dan ko‘p bo‘lgan xonalarda, ularning joylashishi bo‘yicha:
yopiq sport inshoatlarining har qanday sig‘diraolishlik miqdoridagi tribuna ostida;
ochiq sport inshoatlarining sig‘diraolishlik miqdori 3000 va ko‘p tribuna ostida;
yopiq sport inshoatlarining sig‘diraolishlik miqdori 800 tomoshabinlar o‘rni va undan ko‘p binolarida;
12.10. Savdo korxonalarining xonalarida (do‘konlarda, marketlarda va analog obyektlarda):
savdo zalini sokol yoki yerto‘la qavatlariga joylashtirilganda, binoning qavatlar sonidan qat’iy nazar — 200 kv.m va ko‘p;
bir va ikki qavatli binolarda — umumiy savdo maydoni 3500 kv.m va ko‘proq;
uch va ko‘proq qavatli binolarda — umumiy savdo maydoni 1500 kv.m dan ko‘p;
omborxonalarda — maydoni 1000 kv.m va ko‘proq, yerto‘la va sokol qavatlarda joylashganlarida — maydoni 500 kv.m va ko‘proqlarida;
turar joy va jamoat binolariga kiritib qurilgan umumiy maydoni 1500 kv.m va undan ko‘proq xonalarda;
12.11. Balandligi 28 m dan katta bo‘lgan binolarning xonalarida**
12.12. Banklarning qimmatbaho mollarni saqlash xonalari va omborchalarida — maydonidan qat’iy nazar;
12.13. Yengil o‘t oluvchan, yonuvchan suyuqliklar (YEO‘S va YOS), yonuvchan ximikatlar saqlanadigan xona va omborxonalarda — maydoni 300 kv.m va ko‘p;
12.14. Ko‘rgazma pavilonlarida — maydoni 1500 v.m va ko‘p;
12.15. Alohida joylashtirilgan va jamoat binolariga kiritib qurilgan avtomashinalar uchun parkinglar AYOO‘Q bilan amaldagi avtomobillarga xizmat ko‘rsatish korxonalarini loyihalash normalari talablariga asosan jihozlanadi;
12.6-12.10 va 12.13, 12.14 bandlarida ko‘rsatilgan xonalardan maydoni va sig‘diraolishlik miqdori kam bo‘lgan bino va inshoatlarning xonalari avtomatik yong‘in signalizatsiyasi bilan jihozlanishi shart.
Eslatma: * Avtomatik yong‘in o‘chirgich qurilmasi tipini, o‘chirish usulini (hajmi bo‘yicha, maydoni bo‘yicha, lokal va boshqa), yong‘in o‘chiruvchi modda turini (suv, ko‘pik, poroshok, gaz) tanlash buyurtmachi bilan loyiha tashkiloti ushbu yo‘nalishdagi amaldagi normativ hujjatlar talablari hisobga olingan loyiha topshirig‘iga asosan amalga oshiradilar.
** Bino balandligi SHNK 2.01.02-04 “Bino va inshoatlar yong‘in xavfsizligi” talablariga asosan.