1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.06.00 Investitsiya dasturlari va loyihalar / 07.28.06.01 Investitsiya dasturlari]
[TSZ:
1.Moliya / Investitsiyalar]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Investitsiya loyihalarini nazorat va monitoring qilish sohasida axborot tizimini joriy etish va undan foydalanish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Investitsiya loyihalar doirasida barcha bosqichlardagi ishlarni nazorat va monitoring qilish tizimini yanada takomillashtirish, ularning oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi investitsiya dasturini shakllantirish va amalga oshirishning sifat jihatidan yangi tizimiga oʻtish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 14-maydagi PF-5717-son Farmoniga muvofiq:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi (keyingi oʻrinlarda Agentlik deb ataladi) tomonidan “UZINFOCOM” davlat axborot xizmatlarini yaratish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yagona integrator” masʼuliyati cheklangan jamiyati (keyingi oʻrinlarda tizim operatori deb ataladi) “Investitsiya loyihalarini amalga oshirishni nazorat va monitoring qilish” avtomatlashtirilgan axborot tizimining (keyingi oʻrinlarda axborot tizimi deb ataladi) joriy etilishi, uzluksiz faoliyat yuritishini taʼminlash, yanada modernizatsiya qilinishi va axborot xavfsizligi uchun masʼul boʻlgan tizim operatori etib belgilangani;
Oʻzbekiston Respublikasi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasiga tatbiq etiladigan axborot tizimini belgilangan tartibda ekspertizadan oʻtkazish vazifasi yuklangani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. “Investitsiya loyihalarini amalga oshirishni nazorat va monitoring qilish” avtomatlashtirilgan axborot tizimini joriy etish va undan foydalanishni tashkil etish reglamenti (keyingi oʻrinlarda Reglament deb ataladi) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiya va tashqi savdo vazirligiga 2019-yilda uning asoslangan hisob-kitoblariga muvofiq “Investitsiya loyihalarini amalga oshirishni nazorat va monitoring qilish” avtomatlashtirilgan axborot tizimining ishlab chiqilishi va tatbiq etilishi bilan bogʻliq xarajatlar uchun Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetining qoʻshimcha manbalari hisobidan foizsiz ssuda ajratsin;
joriy yilda axborot tizimini texnik va dasturiy qoʻllab-quvvatlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2019-yil uchun tasdiqlangan parametrlari doirasida zarur mablagʻlar ajratsin, 2020-yildan boshlab esa har yili Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining talabnomasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining xarajatlari parametrlarida tegishli mablagʻlarni nazarda tutsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi:
kelib tushgan budjet mablagʻlarini tuzilgan shartnomalar doirasida dasturiy taʼminot va tegishli uskunalar uchun litsenziya olish (foydalanish huquqi) boʻyicha qabul qilingan majburiyatlarni moliyalashtirish, shu jumladan avans toʻlovlarini qoplash maqsadida Agentlikka yoʻnaltirilishi;
ikki yil davomida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan mazkur qarorning 3-bandi ikkinchi xatboshida koʻrsatilgan maqsadlar, shuningdek, xorijiy grantlar va texnik koʻmaklashish mablagʻlarini jalb qilish uchun yoʻnaltirilgan xarajatlari qoplanishini taʼminlansin.
5. Belgilansinki, Agentlik:
2019-yil 1-avgustdan boshlab — barcha ishtirokchilarni bosqichma-bosqich ulash orqali axborot tizimi tajriba tariqasida joriy etilishini;
2019-yil 1-oktabrdan boshlab — axborot tizimini davlat organlari tizimlariga integratsiyalashtirgan holda undan amalda foydalanishni;
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga axborot tizimi boʻyicha litsenziya huquqlari berilguniga qadar — axborot tizimini joriy etish va undan foydalanish ishlariga umumiy rahbarlikni;
ikki oy muddatda tizim operatori bilan birgalikda — joylarga chiqqan holda, vazirlik va idoralar xodimlari uchun oʻqitishni (treningni) tashkil etish va oʻtkazishni;
2019-yilning 1-dekabriga qadar mazkur qarorning 3-bandida belgilangan majburiyatlarni bajarish bilan bogʻliq barcha hisob-kitoblar yakuniga yetkazilgandan soʻng — axborot tizimi boʻyicha litsenziya huquqlari Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga belgilangan tartibda berilishini taʼminlaydi.
ushbu Reglament Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiya dasturiga va hududiy investitsiya dasturlariga kiritilgan investitsiya loyihalari tashabbuskorlari boʻlgan vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarga, shuningdek, loyihalarning amalga oshirilishini nazorat va monitoring qilish vazifasini bajaruvchi davlat organlariga tatbiq etiladi;
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
tizim operatori axborot tizimining joriy etilishi, keyinchalik modernizatsiya qilinishi va unga texnik xizmat koʻrsatilishi, shuningdek, uning samarali va uzluksiz faoliyat yuritishini taʼminlaydi;
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Iqtisodiyot va sanoat vazirligi tegishliligi boʻyicha ushbu investitsiya loyihalarining maʼlumotlar bazasini boshqarish (ularning hisobini yuritish va nazorat qilish, ularga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalarni tasdiqlash yoki rad etish) orqali axborot tizimining funksional boshqarilishini taʼminlaydi.
7. Mahalliy davlat hokimiyati organlari Agentlik va tizim operatoriga oʻqitishni (treningni) oʻtkazish uchun har tomonlama tashkiliy va amaliy yordam koʻrsatsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Iqtisodiyot va sanoat vazirligi joriy investitsiya loyihalarini amalga oshirish boʻyicha birlamchi maʼlumotlar axborot tizimiga bir oy muddatda Agentlik tomonidan tavsiya etilgan shaklga muvofiq kiritilishini taʼminlasin.
9. Vazirlik va idoralar axborot tizimiga ulangandan keyin va undan belgilangan tartibda foydalanish imkoniyatiga ega boʻlgandan soʻng ular tomonidan amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari boʻyicha maʼlumotlarni axborot tizimga toʻliq hajmda tezkor kiritilishini taʼminlasin.
10. Vazirlik va idoralar rahbarlariga Reglament talablariga rioya etilishi, shuningdek, axborot tizimiga kiritiladigan maʼlumotlar toʻliq, sifatli va haqqoniy boʻlishini taʼminlash yuzasidan shaxsiy masʼuliyat yuklansin.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari E.M. Gʻaniyev, Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.U. Umurzakov va Iqtisodiyot va sanoat vaziri B.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 22-iyul,
616-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-iyuldagi 616-son qaroriga ILOVA
“Investitsiya loyihalarini amalga oshirishni nazorat va monitoring qilish” avtomatlashtirilgan axborot tizimini joriy etish va undan foydalanishni tashkil etish
reglamenti
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Reglament loyihalarni amalga oshirishning barcha bosqichlarini nazorat va monitoring qilish jarayonini onlayn rejimida kuzatish imkoniyatini taʼminlaydigan “Investitsiya loyihalarini amalga oshirishni nazorat va monitoring qilish” avtomatlashtirilgan axborot tizimini joriy etish va undan foydalanish (keyingi oʻrinlarda axborot tizimi deb ataladi) tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Reglament Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiya dasturiga va hududiy investitsiya dasturlariga kiritilgan investitsiya loyihalari tashabbuskorlari boʻlgan vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarga, shuningdek, loyihalarning amalga oshirilishini nazorat va monitoring qilish vazifasini bajaruvchi davlat organlariga tatbiq etiladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
3. Loyiha tashabbuskorlari va davlat organlarining “Investitsiya loyihalarini amalga oshirishni nazorat va monitoring qilish” avtomatlashtirilgan axborot tizimidagi oʻzaro hamkorligi ushbu Reglamentga ilovaga muvofiq sxema boʻyicha tashkil etiladi.
4. Ushbu Reglamentda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
maʼlumotlar dispetcheri — ijro etuvchi agentlik yoki uning idoraviy mansub organi/tashkilotining loyihani amalga oshirish boʻyicha tegishli maʼlumotlarni axborot tizimiga kiritish uchun masʼul boʻlgan xodimi;
oʻzgartirish — loyihani amalga oshirish muddati, loyiha boʻyicha ishlar qiymati, koʻrsatiladigan xizmatlar hajmlari yoki sifati, mazkur loyihani amalga oshirish imkonini beradigan shartnoma shartlarini jiddiy oʻzgartirishga bevosita taʼsir koʻrsatadigan texnologik jarayonlarni oʻzgarishi kabi loyihaning muhim parametrlarini oʻzgartirish;
axborot tizimi — “Investitsiya loyihalarini amalga oshirishni nazorat va monitoring qilish” avtomatlashtirilgan axborot tizimi;
ijro etuvchi agentlik — Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiya dasturiga va xududiy investitsiya dasturlariga kiritilgan loyihalarning amalga oshirilishi uchun masʼul boʻlgan vazirliklar va idoralar, shuningdek, boshqa tashkilotlar;
kompleks tarmoq jadvali — loyihani amalga oshirish doirasida parametrlarining oʻzaro bogʻliqligi hisobga olingan holda, tadbirlarni oʻtkazish izchilligi va muddatlarini belgilaydigan hujjat;
nazoratchi — ijro etuvchi agentlik yoki uning idoraviy mansub organi/tashkilotining loyihani amalga oshirish boʻyicha tegishli maʼlumotlarning axborot tizimiga toʻgʻri kiritilishi va ishonchliligini nazorat qilish uchun masʼul boʻlgan xodimi;
nazorat qiluvchi organlar — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi;
loyihalarning amalga oshirilishini nazorat qilish — loyihani amalga oshirish real koʻrsatkichlarini rejalashtirilgan koʻrsatkichlarga taqqoslash, tafovutlarni baholash va loyihani muvaffaqiyatli amalga oshirish yoki uning amalga oshirilishini toʻxtatish toʻgʻrisida oʻz vaqtida qaror qabul qilish uchun zarur boʻlgan tegishli tuzatishlar kiritish hamda bunday holatlarning oldini olish choralarini koʻrish;
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (keyingi oʻrinlarda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi deb ataladi) — markazlashtirilmagan manbalar, XMI/XHMT va Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining jalb qilingan mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalarning amalga oshirilishini nazorat va monitoring qilish boʻyicha masʼul davlat organi;
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (keyingi oʻrinlarda Iqtisodiyot va sanoat vazirligi deb ataladi) — budjet tizimining tegishli budjetlari hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalarning amalga oshirilishini nazorat va monitoring qilish boʻyicha masʼul davlat organi;
loyihaning amalga oshirilishini monitoring qilish — qarorlar qabul qilish jarayonlarini yaxshilash va loyihani samarali boshqarishni taʼminlash uchun foydalaniladigan loyihani amalga oshirish holati toʻgʻrisidagi joriy koʻrsatkichlar hamda umumiy maʼlumotlarni tizimli ravishda toʻplash, qayta ishlash va tahlil qilish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi (keyingi oʻrinlarda Agentlik deb ataladi) — axborot tizimini joriy etishga masʼul boʻlgan davlat organi;
ekspertiza organlari — Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUK, Qurilish vazirligi, Moliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi;
axborot tizimidan foydalanuvchi — axborot olish yoki aniq vazifani bajarish uchun axborot tizimi xizmatlaridan foydalanuvchi shaxs;
loyiha — vaqtincha va resurslar cheklangan sharoitlarda mahsulot (tovar, ishlar, xizmatlar) yaratishga yoʻnaltirilgan oʻzaro bogʻliq yoki alohida tadbirlar kompleksi;
tizim operatori — talablarga muvofiq belgilangan va axborot tizimini vazirlik, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatiga joriy etish uchun masʼul boʻlgan, shuningdek, tizimning uzluksiz ishlashi va axborot xavfsizligini taʼminlaydigan yuridik shaxs;
(4-bandning oʻn yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
tasdiqlovchi — ijrochi etuvchi organning loyihani amalga oshirish boʻyicha axborot tizimiga kiritilgan maʼlumotlarni tasdiqlash uchun masʼul boʻlgan rahbari yoki rahbar tomonidan vakolat berilgan xodim.
2-bob. Axborot tizimining maqsadi
5. Axborot tizimining asosiy maqsadi:
loyihalarning amalga oshirilishini hisobga olish, nazorat va monitoring qilinish jarayonlarini avtomatlashtirish;
loyihalarni amalga oshirishni nazorat va monitoring qilish jarayoni ishtirokchilarining faoliyatini avtomatlashtirish;
loyihalarning muddati, budjeti, maqsadlari va koʻrsatkichlariga rioya qilinishini nazorat qilish;
ijrochi etuvchi agentliklar tomonidan loyihani joriy qilish, shu jumladan axborot tizimiga muddatlar, resurslar, manbalar, maqsad va koʻrsatkichlar boʻyicha maʼlumotlarni kiritish va tasdiqlash;
amalga oshiriladigan loyihalar boʻyicha turli parametrlar kesimida tahliliy hisobotlarni shakllantirish va kiritish;
loyihalarning amalga oshirilish holati boʻyicha davriy maʼlumotlarni toʻplashni va hisobotlarini tashkil etish;
loyiha faoliyati ishtirokchilari oʻrtasida tashkiliy-boshqaruv jarayonlarni yuritish;
amalga oshirilgan va amalga oshirilayotgan loyihalar boʻyicha maʼlumotlar bazasini yuritish;
loyihalarni amalga oshirishda tavakkalchiliklarni kuzatish vositasini yaratish;
loyihalar amalga oshirilgandan soʻng keyingi monitoring jarayonida maqsadli koʻrsatkichlarga erishishni kuzatish vositasini yaratish.
3-bob. Axborot tizimining funksional roli
6. Axborot tizimi foydalanuvchilarga maʼlumotlar bilan ishlashda axborot tizimining funksiyalaridan foydalanish huquqlarini taqsimlash imkoniyatini taʼminlaydi.
Maʼlumotlar bilan ishlash uchun aniq vakolatlar har bir guruhdagi foydalanuvchilar uchun alohida shakllantiriladi.
7. Axborot tizimining u yoki bu maʼlumotlaridan foydalanish davlat organlari va axborot tizimi foydalanuvchilarining tegishli vakolatlari bilan tartibga solinadi.
4-bob. Xodimlar malakasiga qoʻyiladigan talablar, ularni tayyorlash tartibi
8. Axborot tizimi foydalanuvchilari aniq foydalanuvchilar uchun belgilangan funksional rollarga muvofiq axborot tizimi bilan ishlash borasida instruktaj va dastlabki oʻquv mashgʻulotlarida qatnashishlari kerak.
9. Instruktaj va dastlabki oʻquv mashgʻulotlari (trening) Agentlik tomonidan, 2020-yil 1-yanvardan boshlab esa Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi va tizim operatori tomonidan, shu jumladan foydalanuvchilar yoʻriqnomalari va boshqa hujjatlarni taqdim etish orqali bepul amalga oshiriladi.
5-bob. Axborot tizimini joriy etish va undan foydalanish imkoniyatiga ega boʻlish
10. Foydalanuvchilarning axborot tizimidan foydalanishini tashkil qilish va ruxsat berish tizim operatori tomonidan amalga oshiriladi.
11. Axborot tizimining ishlashini texnik jihatdan qoʻllab-quvvatlash maqsadida tizim operatori quyidagilarni amalga oshiradi:
axborot tizimi foydalanuvchilarini roʻyxatdan oʻtkazish, tizimga ulash va oʻqitish;
axborot tizimini modernizatsiya qilish va uning yangi funksiyalarini ishga tushirish;
axborot tizimi foydalanuvchilariga axborot tizimidan Call-markaz orqali foydalanish masalalari boʻyicha maslahat berish, shu jumladan foydalanuvchilarning axborot tizimida notoʻgʻri xatti-harakatlarining oldini olish choralarini amalga oshirish;
axborot tizimining ishlashini, funksional va foydalanish xususiyatlarini yaxshilash, sifati va samaradorligini oshirish maqsadida uning ishlashini tahlil qilish.
12. Axborot tizimining barcha foydalanuvchilari axborot tizimida tegishli vakolatlarni olishlari uchun roʻyxatdan oʻtishlari lozim.
13. Ijro etuvchi agentlik, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, ekspertiza organlari va nazorat qiluvchi organlar axborot tizimidan foydalanish uchun tizim operatoriga buyurtmanoma bilan murojaat qiladi.
Buyurtmanomada masʼul xodimlardan iborat nomzodlar roʻyxati, ularning har birining ismi, familiyasi va otasining ismi koʻrsatiladi.
(14-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29 iyundagi 402-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.06.2021-y., 09/21/402/0618-son)
koʻrsatilgan masʼul xodimlarining egallab turgan lavozimiga tayinlangani toʻgʻrisida buyruq nusxasi;
xodimlarning loyihalarni amalga oshirish tashabbusi, amalga oshirishi, ularni nazorat va monitoring qilish boʻyicha funksional majburiyatlari toʻgʻrisida maʼlumot.
15. Tizim operatori:
Agentlik bilan — axborot tizimini joriy etish va unga texnik xizmat koʻrsatish;
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan— 2020-yil 1-yanvardan boshlab tizimni modernizatsiya qilish va unga texnik xizmat koʻrsatishni, shuningdek, axborot tizimining samarali, uzluksiz va xavfsiz ishlashini taʼminlash boʻyicha shartnoma tuzadi.
16. Tizim operatori xodimlarning funksional majburiyatlaridan, shuningdek, axborot tizimi bilan ishlash boʻyicha oʻqish natijalaridan kelib chiqqan holda, uch kun davomida tegishli funksional vazifaga ega boʻlgan xodimlarga tizimdan foydalanishga ruxsat beradi.
6-bob. Axborot tizimida loyiha va kompleks tarmoq jadvalini shakllantirish
17. Loyihani Oʻzbekiston Respublikasining tasdiqlangan Investitsiya dasturiga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining boshqa qarorlariga kiritilgani uni axborot tizimiga kiritishga asos boʻladi.
18. Loyiha Oʻzbekiston Respublikasining tasdiqlangan Investitsiya dasturiga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining boshqa qarorlariga kiritilgandan soʻng ijro etuvchi agentlik yetti ish kuni ichida axborot tizimida yangi loyihani yaratadi.
Loyihani shakllantirishda ijro etuvchi agentlik loyiha mazmuni, tarmoq, boshlanish va yakunlanish sanasi, loyiha ishtirokchilari hamda boshqalarni oʻzida aks ettirgan — loyihaning majburiy koʻrsatkichlarini toʻldiradi.
19. Loyiha pasporti belgilangan shaklda kiritilib, ijro etuvchi agentlik tomonidan tasdiqlangandan soʻng axborot tizimi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Iqtisodiyot va sanoat vazirligiga (tegishli qismi boʻyicha) yangi loyihani maʼlumotlar bazasiga kiritish haqida xabarnoma joʻnatadi.
20. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi yoki Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (tegishli qismi boʻyicha) ikki ish kuni mobaynida yangi loyiha toʻgʻrisida kiritilgan maʼlumotlarini koʻrib chiqadi.
Nomuvofiqliklar yoki xatolar aniqlangan holatlarda, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi yoki Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (tegishli qismi boʻyicha) axborot tizimi orqali ijro etuvchi agentlikni loyiha boʻyicha kiritilgan maʼlumotlarni qayta ishlash zarurati toʻgʻrisida xabardor qiladi.
Ijro etuvchi agentlik loyiha maʼlumotlarini bir ish kuni mobaynida qayta ishlaydi.
21. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi yoki Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (tegishli qismi boʻyicha) tomonidan tasdiqlangan holatda (axborot tizimiga tegishli belgi qoʻyiladi), loyiha axborot tizimida roʻyxatdan oʻtgan hisoblanadi.
22. Maʼlumotlar dispetcheri loyihani axborot tizimida roʻyxatga olish natijalari boʻyicha bir hafta muddatda axborot tizimida loyihaning kompleks tarmoq jadvalini shakllantiradi va loyiha boʻyicha quyidagi maʼlumotlarni toʻldiradi:
loyihaning maqsadi va asosiy samaradorlik koʻrsatkichlarining reja qiymatlari (ASK);
loyihani moliyalashtirishning rejali miqdori;
loyiha bilan bogʻliq barcha tadbirlar, ularni amalga oshirish muddati va ular oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliqliklar;
loyihani amalga oshirishdan kutiladigan natijalar;
yuzaga kelishi mumkin boʻlgan tavakkalchiliklar va ularga nisbatan taʼsir choralari;
loyiha hujjatlari.
23. Loyihaning kompleks tarmoq jadvalida quyidagi maʼlumotlar koʻrsatilishi lozim:
ishlarning davomiyligi, ularning budjet tadbirlari koʻrsatilgan bosqichlari;
kompleks tarmoq jadvalining barcha ishlari oʻzaro bogʻliq boʻlishi va/yoki yakuniy maqsadga erishishga yoʻnaltirilgan boʻlishi kerak;
nazorat nuqtalari (bosqichlar) belgilanishi kerak;
barcha ishlarni bajarish uchun masʼul shaxslar koʻrsatilgan boʻlishi lozim.
24. Axborot tizimida loyihaning kompleks tarmoq jadvali yaratilib, nazoratchi bilan kelishilgandan keyin va tasdiqlovchi tomonidan tasdiqlangandan soʻng kelishish uchun Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga yoki Iqtisodiyot va sanoat vazirligiga (tegishli qismi boʻyicha) yuboriladi.
Kelishuv jarayoni axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.
25. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi yoki Iqtisodiyot va sanoat vazirligi tomonidan (tegishli qismi boʻyicha) uch ish kuni mobaynida kompleks tarmoq jadvalini koʻrib chiqib va kelishgandan soʻng axborot tizimiga tegishli maʼlumotni kiritgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuboradi.
Nomuvofiqliklar va/yoki xatolar aniqlanganda, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi yoki Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (tegishli qismi boʻyicha) ijro etuvchi agentlikka kompleks tarmoq jadvalini qayta ishlash zarurligi toʻgʻrisida xabarnoma yuboradi.
Ijro etuvchi agentlik bir ish kuni ichida kompleks tarmoq jadvalini qayta ishlaydi va Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi yoki Iqtisodiyot va sanoat vazirligiga (tegishli qismi boʻyicha) yuboradi.
26. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi yoki Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (tegishli qismi boʻyicha) bilan kelishilgan kompleks tarmoq jadvali bir ish kuni davomida tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuboriladi.
Nomuvofiqliklar va/yoki xatolar aniqlanganda, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi agentlik va Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi yoki Iqtisodiyot va sanoat vazirligini (tegishli qismi boʻyicha) kompleks tarmoq jadvalini qayta ishlash zarurligi haqida xabardor qiladi.
Ijro etuvchi agentlik bir ish kuni mobaynida kompleks tarmoq jadvalini qayta ishlaydi, soʻngra kelishuv uchun Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi yoki Iqtisodiyot va sanoat vazirligiga (tegishli qismi boʻyicha) yuboradi.
27. Loyihani nazorat va monitoring qilish jarayoni kompleks tarmoq jadvali tasdiqlangan kundan boshlanadi.
7-bob. Loyihaoldi, loyiha, tender hujjatlari va kontraktlarni kelishish
28. Ijro etuvchi agentlik loyihaoldi, loyiha, texnik topshiriqlar, tender hujjatlari va kontraktlar ekspertiza organlariga ekspertizadan oʻtkazish uchun taqdim etganda, ijro etuvchi agentlik tomonidan axborot tizimida tegishli belgi qoʻyiladi.
29. Ekspertiza organlari shu kunning oʻzida tegishli hujjatlar qabul qilgani yoki qabul qilmaganini axborot tizimida tasdiqlaydi.
30. Ekspertiza organlari tegishli hujjatni olgach, ekspertiza oʻtkazish va belgilangan tartibda xulosa berish yakunlari boʻyicha axborot tizimida tegishli belgi qoʻyadi va unga tegishli xulosani biriktiradi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-iyuldagi PQ-332-son qarori bilan tasdiqlangan Investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyihalarning loyihaoldi hujjatlarini ishlab chiqish, kompleks ekspertizadan oʻtkazish va tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
31. Ekspertiza organlari ijobiy xulosa berishni rad etgan taqdirda, axborot tizimida “eʼtirozli xulosa” belgisini qoʻyadi.
8-bob. Axborot tizimida loyihani amalga oshirilishini nazorat va monitoring qilish
32. Kompleks tarmoq jadvali tasdiqlangandan soʻng Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi va Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (tegishli qismi boʻyicha) loyihalarning amalga oshirilishini nazorat va monitoring qilish boʻyicha tegishli tarkibiy boʻlinma rahbarlari tomonidan loyihalar amalga oshirilishini nazorat va monitoring qilish yuzasidan oʻzlarining masʼul mutaxassislarini tayinlaydi.
Ijro etuvchi agentlik axborot tizimida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi yoki Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (tegishli qismi boʻyicha) loyihalarning amalga oshirilishini nazorat va monitoring qilish boʻyicha tayinlangan masʼul mutaxassislar toʻgʻrisida xabarnomani oladi.
33. Loyihaning amalga oshirilishi toʻgʻrisidagi hisobotni (maʼlumot) yigʻish uning xususiyatidan kelib chiqqan holda har chorakda, har oyda yoki har kuni amalga oshiriladi.
34. Loyihaning amalga oshirilishi toʻgʻrisidagi hisobot (maʼlumot) axborot tizimiga maʼlumotlar dispetcheri tomonidan kiritiladi.
35. Hisobot (maʼlumot) kiritilgandan soʻng nazoratchi tomonidan uning toʻgʻriligi, toʻliqligi va ishonchliligi tekshiriladi hamda bu haqda axborot tizimida tegishli belgi qoʻyiladi.
36. Xatolar aniqlanganda, hisobot (maʼlumot) maʼlumotlar dispetcheri tomonidan qayta ishlanadi.
37. Axborot tizimida hisobot (maʼlumot) nazoratchi tomonidan maʼqullangach, tasdiqlovchi tomonidan tasdiqlanadi.
38. Hisobot (maʼlumot) axborot tizimida tasdiqlovchi tomonidan tasdiqlangandan soʻng taqdim etilgan hisoblanadi.
39. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi yoki Iqtisodiyot va sanoat vazirligining (tegishli qismi boʻyicha) loyihalarning amalga oshirilishini nazorat va monitoring qilish boʻyicha mutaxassisi (keyingi oʻrinlarda monitoring boʻyicha mutaxassis deb ataladi) hisobotni (maʼlumot) taqdim etish toʻgʻrisidagi xabarni olganidan soʻng taqdim etilgan hisobotni (maʼlumot) bir ish kuni ichida nazorat hamda monitoring qiladi.
40. Nazorat va monitoring yakunlari boʻyicha hisobot (maʼlumot) qabul qilinadi yoki rad etiladi.
41. Hisobot (maʼlumot) rad etilgan taqdirda:
monitoring mutaxassisi axborot tizimida rad etish sabablarini koʻrsatgan holda belgi qoʻyadi;
ijro etuvchi agentlik bir ish kuni davomida aniqlangan xatolarni bartaraf etadi va tasdiqlovchi hujjatlarni hisobotga (maʼlumotga) biriktiradi.
42. Monitoring mutaxassisi tomonidan ijobiy qaror qabul qilinganda, axborot tizimida hisobot (maʼlumot) Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi yoki Iqtisodiyot va sanoat vazirligining (tegishli qismi boʻyicha) loyihalarning amalga oshirilishini nazorat va monitoring boʻlimi rahbariga (keyingi oʻrinlarda monitoring boʻlimi rahbari deb ataladi) yuboriladi.
43. Monitoring boʻlimi rahbari hisobotni (maʼlumotni) bir ish kunida koʻrib chiqadi va uni qabul qiladi yoki rad etadi.
44. Hisobot (maʼlumot) rad etilgan taqdirda, monitoring boʻlimi rahbari axborot tizimida rad etish sabablarini koʻrsatgan holda belgi qoʻyadi.
45. Monitoring boʻlimi rahbari tomonidan ijobiy qaror qabul qilinganda, axborot tizimida tegishli belgini qoʻyadi va hisobot (maʼlumot) qabul qilingan deb hisoblanadi.
46. Amalga oshirilayotgan barcha loyihalar boʻyicha hisobotlar (maʼlumotlar) yigʻilib va umumlashtirilganidan soʻng taqdim etilgan maʼlumotlar Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi yoki Iqtisodiyot va sanoat vazirligining (tegishli qismi boʻyicha) vazir oʻrinbosari yoki boshqa vakolatli shaxslari tomonidan tasdiqlanadi.
47. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi yoki Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (tegishli qismi boʻyicha) tomonidan hisobot (maʼlumot) axborot tizimida tasdiqlangandan soʻng nazorat qiluvchi organlarga hisobot davrida loyihani amalga oshirish boʻyicha kiritilgan maʼlumotlarni koʻrib chiqish imkoniyati beriladi.
48. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda Milliy statistika qoʻmitasi deb ataladi) har chorakda axborot tizimida loyihalarning amalga oshirilishi toʻgʻrisida umumlashtirilgan hisobotni (maʼlumotni) tayyorlaydi.
(48-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-oktabrdagi 627-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son)
49. Milliy statistika qoʻmitasi axborot tizimida choraklik hisobotni tasdiqlangandan soʻng nazorat qiluvchi organlarga hisobot davrida kiritilgan maʼlumotlarni koʻrish imkoniyati beriladi.
(49-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-oktabrdagi 627-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son)
50. Nazorat qiluvchi organlarga loyiha doirasida u yoki bu amalga oshirilayotgan va yakunlangan tadbirlar boʻyicha axborot tizimida izohlar yoki eʼtirozlar qoldirish huquqi beriladi.
9-bob. Oʻzgartirishlarni amalga oshirish
51. Zarur holatlarda, amaldagi koʻrsatkichlar rejalashtirilganidan farq qilish holatlarining oldini olish va yuzaga kelishi mumkin boʻlgan tafovutlar toʻgʻrisida oldindan xabardor qilish maqsadida, shuningdek, ishlarni toʻxtatish yoki loyiha muddatidan oldin yopilgan hollarda tegishli hujjatlarga va loyiha parametrlariga oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.
52. Maʼlumotlar dispetcheri axborot tizimida qoʻyidagi oʻzgartirishlarni kiritish tashabbusi bilan chiqishi mumkin:
loyihaning muddati, budjeti va boshqa parametrlari boʻyicha taklif qilinayotgan oʻzgartirishlarni aks ettiruvchi loyihaning yangi tahririni ishlab chiqish;
kiritilayotgan oʻzgartirishlarni asoslab beruvchi hujjatlarni biriktirish.
Axborot tizimida oʻzgartirish kiritishga berilgan soʻrovnoma nazoratchi tekshiruvidan oʻtganidan soʻng tasdiqlovchi tomonidan tasdiqlanadi.
53. Oʻzgartirish kiritish boʻyicha soʻrovnoma monitoring mutaxassisi tomonidan ikki ish kuni muddatida koʻrib chiqilib, uni qabul qiladi yoki rad etadi.
54. Monitoring mutaxassisi rad etgan taqdirda, axborot tizimida rad etish sabablarini koʻrsatib, belgi qoʻyadi.
Oʻzgartirish boʻyicha soʻrovnoma rad etilganida, ijro etuvchi agentlik tomonidan bir ish kuni davomida aniqlangan xatolar bartaraf etiladi yoki oʻzgartirish kiritish boʻyicha soʻrovnomaga tasdiqlovchi hujjatlar biriktiriladi.
55. Monitoring mutaxassisi tomonidan ijobiy qaror qabul qilinganda, oʻzgartirish kiritish boʻyicha soʻrovnoma koʻrib chiqish uchun monitoring boʻlimi rahbariga yuboriladi.
56. Monitoring boʻlimi rahbari oʻzgartirish kiritish boʻyicha soʻrovnomani koʻrib chiqib, uni qabul qiladi yoki rad etadi.
57. Monitoring boʻlimi rahbari oʻzgartirish kiritish boʻyicha soʻrovnomani rad qilgan taqdirda, axborot tizimida rad etish sabablarini koʻrsatib, belgi qoʻyadi.
58. Monitoring boʻlimi rahbari ijobiy qaror qabul qilgan taqdirda, axborot tizimida tegishli belgi qoʻyadi.
59. Oʻzgartirish kiritish boʻyicha soʻrovnoma koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha axborot tizimida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi yoki Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (tegishli qismi boʻyicha) tomonidan tasdiqlanadi.
60. Oʻzgartirish kiritish boʻyicha soʻrovnoma axborot tizimida tasdiqlangan vaqtdan boshlab, nazorat qiluvchi organlarga loyiha parametrlariga kiritilgan oʻzgarishlarni koʻrib chiqish vakolati beriladi.
61. Oʻzgartirishlar tasdiqlanganidan soʻng ijro etuvchi agentlik tomonidan axborot tizimiga yangi tasdiqlangan hujjat kompleks tarmoq jadvali bilan birgalikda kiritiladi.
10-bob. Axborot tizimida loyihani yopish (yakunlash)
62. Quyidagi hollarda loyiha toʻliq yakunlangan hisoblanadi:
barcha ishlar toʻliq bajarilganda;
barcha ishlar boʻyicha ular bajarilganligi toʻgʻrisidagi tasdiq belgilangan tartibda olinganda (bajarilgan ishlar boʻyicha dalolatnomalar, xulosalar, bayonnomalar va hisobot materiallari);
uni toʻxtatish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganda.
63. Loyiha boʻyicha ishlar yakunlangandan soʻng maʼlumotlar dispetcheri tomonidan bir ish kunida axborot tizimiga loyiha yakunlanganligi toʻgʻrisida hisobot (maʼlumot) va xabarnoma kiritiladi.
64. Axborot tizimiga loyiha yakunlangani toʻgʻrisidagi hisobot (maʼlumot) kiritilgandan soʻng nazoratchi tomonidan uning toʻgʻriligi, toʻliqliligi va ishonchliligi tekshiriladi hamda bu haqda tegishli belgi qoʻyiladi.
65. Xatolik aniqlanganda, hisobot (maʼlumot) maʼlumotlar dispetcheri tomonidan qayta ishlanadi.
66. Loyiha yakunlanganligi toʻgʻrisidagi hisobot (maʼlumot) nazoratchi tomonidan maʼqullangach, axborot tizimida tasdiqlovchi tomonidan tasdiqlanadi.
67. Loyiha yakunlangani toʻgʻrisidagi hisobot (maʼlumot) tasdiqlovchi tomonidan axborot tizimida tasdiqlanganidan soʻng taqdim etilgan hisoblanadi.
68. Monitoring mutaxassisi loyiha yakunlangani toʻgʻrisidagi hisobot (maʼlumot) taqdim etilgani haqida xabarnomani olingandan soʻng uch ish kuni davomida monitoring oʻtkazadi.
69. Monitoring natijalariga koʻra, loyiha yakunlangani toʻgʻrisidagi hisobot (maʼlumot) qabul qilinadi yoki rad etiladi.
70. Loyiha yakunlangani toʻgʻrisidagi hisobot rad etilgan taqdirda, axborot tizimida monitoring mutaxassisi rad etish sabablarini koʻrsatgan holda belgi qoʻyadi.
Loyiha yakunlangani toʻgʻrisidagi hisobot (maʼlumot) rad etilgan taqdirda, ijro etuvchi agentlik bir ish kuni davomida aniqlangan xatolarni bartaraf etadi yoki hisobotga (axborotga) tasdiqlovchi hujjatlarni biriktiradi.
71. Monitoring mutaxassisi tomonidan ijobiy qaror qabul qilinganda, loyiha yakunlangani toʻgʻrisidagi hisobot koʻrib chiqish uchun monitoring boʻlimi rahbariga yuboriladi.
72. Monitoring boʻlimi rahbari loyiha yakunlangani toʻgʻrisidagi hisobotni (maʼlumotni) koʻrib chiqib, uni qabul qiladi yoki rad etadi.
Loyiha yakunlangani toʻgʻrisidagi hisobotni (maʼlumot) monitoring boʻlimi rahbari rad qilgan taqdirda, axborot tizimida rad etish sabablarini koʻrsatib, belgi qoʻyadi.
73. Monitoring boʻlimi rahbari ijobiy qaror qabul qilgan taqdirda, axborot tizimida tegishli belgi qoʻyadi.
74. Loyiha yakunlangani toʻgʻrisidagi hisobot (maʼlumot) koʻrib chiqilgandan soʻng axborot tizimida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi yoki Iqtisodiyot va sanoat vazirligining (tegishli qismi boʻyicha) vazir oʻrinbosari yoki boshqa vakolatli shaxslari tomonidan tasdiqlanadi.
75. Loyiha yakunlangani toʻgʻrisidagi hisobot (maʼlumot) Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi yoki Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (tegishli qismi boʻyicha) tomonidan tasdiqlangandan soʻng nazorat qiluvchi organlarga loyihani amalga oshirish davri va yakunlanishi boʻyicha kiritilgan maʼlumotlarni koʻrish imkoniyati beriladi.
76. Nazorat qiluvchi organlarga loyiha doirasida amalga oshirilayotgan va yakunlangan tadbirlar boʻyicha axborot tizimida izohlar yoki eʼtirozlar qoldirish huquqi beriladi.
77. Mazkur Reglament talablarini buzgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
(77-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
“Investitsiya loyihalarini amalga oshirishni nazorat va monitoring qilish” avtomatlashtirilgan axborot tizimini joriy etish va undan foydalanishni tashkil etish reglamentiga ILOVA
Loyiha tashabbuskorlari va davlat organlarining “Investitsiya loyihalarini amalga oshirishni nazorat va monitoring qilish” avtomatlashtirilgan axborot tizimidagi oʻzaro hamkorlik
Axborot tizimida foydalanuvchi sifatida roʻyxatdan oʻtkazish uchun rasmiy ariza yuborish.
Zarur boʻlganda
Tizim operatori (“UZINFOCOM” MCHJ) loyiha tashabbuskori bilan birgalikda
1. Maʼlumotlar dispetcheri axborot tizimida foydalanuvchini uning rasmiy arizasiga koʻra roʻyxatdan oʻtkazadi.
2. Nazoratchi axborot tizimida foydalanuvchini uning rasmiy arizasiga koʻra roʻyxatdan oʻtkazadi.
3. Tasdiqlovchi axborot tizimida foydalanuvchini uning rasmiy arzasiga koʻra roʻyxatdan oʻtkazadi.
Xodimlar oʻqitilgandan (trening) soʻng uch ish kuni mobaynida
2-bosqich
(loyihani yaratish va loyiha maʼlumotlarini toʻldirish)
Loyiha(lar) tashabbuskor(lari)
Loyiha Oʻzbekiston Respublikasining tasdiqlangan Investitsiya dasturiga va hududiy investitsiya dasturlariga kiritilgandan soʻng axborot tizimida loyiha pasporti yaratiladi va loyihaning majburiy jihatlari — maqsad, soha, loyihaning boshlanish va tugash sanalari, loyiha ishtirokchilari toʻgʻrisidagi zarur maʼlumotlar va boshqa maʼlumotlar kiritiladi.
Qaror qabul qilingandan soʻng yetti ish kuni mobaynida
Investitsiyalar va tashqi
savdo vazirligi yoki
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi
Yangi loyihaning kiritilgan maʼlumotlarini koʻrib chiqib, tasdiqlash.
Loyiha pasporti kiritilgandan soʻng ikki ish kuni mobaynida
3-bosqich
(kompleks tarmoq jadvalini shakllantirish)
Loyiha(lar) tashabbuskor(lari)
Maʼlumotlar dispetcheri axborot tizimida amalga oshiriladigan loyihaning kompleks tarmoq jadvalini shakllantiradi.
Loyiha axborot tizimda roʻyxatdan oʻtkazilgandan soʻng bir hafta ichida
Investitsiyalar va tashqi
savdo vazirligi yoki
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi
Moliyalashtirish manbaiga koʻra, amalga oshiriladigan loyihaning kompleks tarmoq jadvali axborot tizimi orqali koʻrib chiqiladi va kelishiladi.
Xabar olingandan soʻng uch ish kuni mobaynida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi
Axborot tizimida amalga oshiriladigan loyihaning kompleks tarmoq jadvalini belgilangan tartibda tasdiqlaydi.
Xabar olingandan soʻng uch ish kuni mobaynida
4-bosqich
(kompleks tarmoq jadvalini bajarish)
Loyiha(lar) tashabbuskor(lari)
1. Maʼlumotlar dispetcheri vazifalarni kompleks tarmoq jadvalida nazarda tutilgan ketma-ketlikda bajaradi.
2. Nazoratchi vazifalarning kompleks tarmoq jadvalida nazarda tutilgan ketma-ketlikda bajarilishini nazorat qiladi.
3. Tasdiqlovchi kompleks tarmoq jadvalida nazarda tutilgan ketma-ketlikda bajarilgan vazifalarni tasdiqlaydi.
Xar bir vazifa tarmoq jadvalida koʻrsatilgan muddatda bajarilishi shart
5-bosqich
(hujjatlarni ekspertizaga kiritish)
Ekspertiza organlari
Loyihaoldi, loyiha, tender hujjatlari va kontraktlarni ekspertizadan oʻtkazadi va unga tegishli xulosalarni biriktiradi.
Tegishli hujjatlarni olgandan soʻng belgilangan tartibda
6-bosqich
(amaldagi maʼlumotlarni har oy kiritish)
Loyiha(lar) tashabbuskor(lari)
1. Maʼlumotlar dispetcheri axborot tizimiga jalb qilish va oʻzlashtirish (moliyalashtirish) boʻyicha amaldagi maʼlumotlarni har oy kiritadi.
2. Nazoratchi axborot tizimiga jalb qilish va oʻzlashtirish (moliyalashtirish) boʻyicha amaldagi maʼlumotlarni oʻz vaqtida va toʻliq hajmda kiritilishini nazorat qiladi.
3. Tasdiqlovchi axborot tizimiga jalb qilish va oʻzlashtirish (moliyalashtirish) boʻyicha amaldagi maʼlumotlarni oʻz vaqtida va toʻliq hajmda kiritilganini tasdiqlaydi.
Xar oyning 3-sanasiga qadar
7-bosqich
(amaldagi maʼlumotlarni kiritish)
Investitsiyalar va tashqi
savdo vazirligi yoki
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi
1. Monitoring mutaxassisi amalga oshirilgan har bir loyiha boʻyicha kiritilgan haqiqiy maʼlumotlarni monitoring va nazorat qiladi.
2. Monitoring boʻlimi rahbari amalga oshirilgan har bir loyiha boʻyicha kiritilgan haqiqiy maʼlumotlarni koʻrib chiqadi.
3. Vazir oʻrinbosari amalga oshirilgan har bir loyiha boʻyicha kiritilgan va nazorat qilingan haqiqiy maʼlumotlarni tasdiqlaydi.
Xar oyning 10-sanasiga qadar
Milliy statistika qoʻmitasi
Amalga oshirilgan har bir loyiha boʻyicha kiritilgan haqiqiy maʼlumotlarni koʻrib chiqadi va tasdiqlaydi.
Har chorakda, hisobot davridan keyingi birinchi oyning 7-kunigacha
8-bosqich
(loyiha maʼlumotlarini oʻzgartirish)
Loyiha(lar) tashabbuskor(lari)
1. Maʼlumotlar dispetcheri amalga oshiriladigan loyiha boʻyicha maʼlumotlarni oʻzgartirishni boshlaydi.
2. Nazoratchi amalga oshiriladigan loyiha boʻyicha maʼlumotlarni oʻzgartirish haqida soʻrovnomani nazorat qiladi.
3. Tasdiqlovchi amalga oshiriladigan loyiha boʻyicha maʼlumotlarni oʻzgartirish toʻgʻrisida nazorat qilingan soʻrovnomani tasdiqlaydi.
Zarur boʻlganda ikki ish kuni ichida
Zarur boʻlganda ikki ish kuni ichida
Investitsiyalar va tashqi
savdo vazirligi yoki
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi
1. Monitoring mutaxassisi amalga oshiriladigan loyiha boʻyicha maʼlumotlarni oʻzgartirish toʻgʻrisidagi soʻrovnomani koʻrib chiqadi.
2. Monitoring boʻlimi rahbari amalga oshiriladigan loyiha boʻyicha maʼlumotlarni oʻzgartirish toʻgʻrisidagi soʻrovnoma nazorat qilinishni taʼminlaydi.
3. Vazir oʻrinbosari amalga oshiriladigan loyiha boʻyicha maʼlumotlarni oʻzgartirish toʻgʻrisidagi soʻrovnomani tasdiqlaydi.
Xabar olgandan soʻng ikki ish kuni ichida
9-bosqich
(loyihani yopish/yakunlash)
Tashabbuskor(lar) loyiha(lar)
1. Maʼlumotlar dispetcheri axborot tizimida (hisobotda) loyihaning amalga oshirilishini yopadi (yakunlaydi).
2. Nazoratchi loyihaning amalga oshirilishi yakunlangani toʻgʻrisidagi hisobotni nazorat qiladi.
3. Tasdiqlovchi loyihaning amalga oshirilishi yakunlangani toʻgʻrisida nazorat qilingan hisobotni tasdiqlaydi.
Ish tugaganidan soʻng bir ish kuni ichida
Investitsiyalar va tashqi
savdo vazirligi yoki
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi
1. Monitoring mutaxassisi loyihaning amalga oshirilishi yakunlangani toʻgʻrisidagi hisobotni koʻrib chiqadi.
2. Monitoring boʻlimi rahbari loyiha yakunlangani toʻgʻrisidagi hisobotni nazorat qiladi.
3. Vazir oʻrinbosari loyihaning amalga oshirilishi yakunlangani toʻgʻrisida nazorat qilingan hisobotni tasdiqlaydi.
Olingan xabardan soʻng uch ish kuni ichida
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-oktabrdagi 627-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.07.2019-y., 09/19/616/3465-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.06.2021-y., 09/21/402/0618-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son; 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)