O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oliy ma’lumot to‘g‘risidagi bakalavr va magistr diplomlarining davlat namunalarini tasdiqlash to‘g‘risida
Oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilariga davlat ta’lim standartlari asosida davlat namunasidagi bakalavr va magistr diplomlarini berish, diplom va uning ilovasidagi axborot olish imkoniyatlarini kengaytirish, ularni ilg‘or xorijiy amaliyotda foydalaniladigan namunalar ko‘rinishiga keltirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Oliy ma’lumot to‘g‘risidagi bakalavr va magistr diplomlarining davlat namunalari va ularning tavsiflari 1-ilovaga muvofiq;
Oliy ma’lumot to‘g‘risidagi bakalavr va magistr diplomlari ilovalarining davlat namunalari 2-ilovaga muvofiq;
Oliy ta’lim muassasalarida beriladigan akademik ma’lumotnomaning davlat namunasi va tavsifi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Belgilansinki, oliy ma’lumot to‘g‘risidagi bakalavr va magistr diplomlari va ilovalarining davlat namunalari 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab joriy etiladi.
2. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi “Davlat belgisi” davlat unitar korxonasi oliy ma’lumot to‘g‘risidagi bakalavr va magistr diplomlari hamda ushbu diplomlar ilovalari blankalarini O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buyurtmalari asosida muhofazalangan maxsus qog‘ozlarda tayyorlab berilishini ta’minlasin.
3. Belgilab qo‘yilsinki:
oliy ma’lumot to‘g‘risidagi bakalavr va magistr diplomlari, ularning ilovalari hamda akademik ma’lumotnoma blankalarini tayyorlash bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirish aniq hisob-kitoblarga asosan har yili O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga ushbu maqsadlar uchun nazarda tutiladigan budjet mablag‘lari doirasida amalga oshiriladi;
oliy ma’lumot to‘g‘risidagi bakalavr va magistr diplomlari, ularning ilovalari hamda akademik ma’lumotnoma blankalari kompyuterda to‘ldiriladi va oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarga topshirish uchun (dublikat berish holatlari bundan mustasno) tekin tarqatiladi.
4. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi uch oy muddatda bakalavr va magistr diplomlariga individual QR-kod qo‘yish tizimi hamda uning dasturiy ta’minoti ishlab chiqilishini ta’minlasin.
Bunda, QR-kod tizimi hamda uning dasturiy ta’minotini ishlab chiqish bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplanadi.
5. Vazirlar Mahkamasining “1999/2000 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga qabul to‘g‘risida” 1999-yil 2-iyundagi 282-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari A.A. Abduxakimov hamda oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri I.U. Madjidov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 19-iyul,
607-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-iyuldagi 607-son qaroriga
1-ILOVA
Oliy ma’lumot to‘g‘risidagi bakalavr va magistr diplomlarining davlat namunalari va ularning tavsiflari
I. BAKALAVR DIPLOMI
Oliy ma’lumot to‘g‘risidagi bakalavr diplomi davlat namunasining
TAVSIFI
Bakalavr diplomining muqovasi tomonlari 148x210 mm o‘lchovda yaxlit qoplangan to‘q havorang sun’iy charmdan tayyorlangan ko‘rinishga ega.
Uning yuz tomonida bosma naqsh usulida O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va pastroqda lotin yozuvidagi o‘zbek tilida BAKALAVR DIPLOMI so‘zlari yozilgan.
Oldingi tahrirga qarang.
Diplom muqovasi ichki qismi qalin, tomonlari 145x200 mm o‘lchamda suv belgili qog‘ozda ofset bosma usulida besh xil: matn qismi qora va to‘q havorang, tasviriy elementlar esa havorang rang va och havorangda bosiladi;
Sahifa markazining oq qismiga tomonlari 80x82 mm o‘lchovli o‘ziga xos ko‘rinishdagi havorang bo‘yoqda tushirilgan O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi joylashtiriladi. Uning atrofi naqshli rastrdan tashkil topgan och havorang mayda milliy naqshlik fondan iborat. Sahifaning yuqori qismida fon ustidan 20 mm enlikda havorang hoshiya tushirilgan hamda hoshiya ustidan diplomning ikkala sahifasiga “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI BAKALAVR DIPLOMI” hamda “REPUBLIC OF UZBEKISTAN BACHELOR'S DIPLOMA” so‘zlari bosiladi;
Diplomning ikkala sahifalari hoshiyasi tagidan V lotin harfi va sakkiz xonalik sondan iborat bo‘lgan raqam to‘q havorangda bosiladi.
(bo‘limning uchinchi — beshinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 19-noyabrdagi 734-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.11.2020-y., 09/20/734/1528-son)
Imtiyozli diplomlar uchun “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI BAKALAVR DIPLOMI” va “REPUBLIC OF UZBEKISTAN BACHELOR'S DIPLOMA” so‘zlari pastiga oltin bo‘yoqda lotin yozuvidagi o‘zbek tilida “IMTIYOZLI” va ingliz tilida “WITH HONOURS” so‘zlari yozilgan.
Oldingi tahrirga qarang.
Har bir sahifaning ikki tomonidan sakkiz qirrali yulduzning oltin rangdagi tasviri joylashtiriladi. Sakkiz qirrali yulduzlar tomonlari 15x15 mm dan iborat bo‘lgan kvadratlar tushirilishi orqali tashkil etilgan. Shuningdek, diplom blankasining o‘ng tomoni quyi qismida fonsiz 35x35 mm o‘lchamda QR-kod tizimi joylashtiriladi.
(bo‘limning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 19-noyabrdagi 734-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.11.2020-y., 09/20/734/1528-son)
Diplom 7 darajali himoyaga ega:
1) ikki xil usuldagi chop etishdan foydalanish: asosiy qism uchun ofset bosma usuli, raqamlarni chop etish uchun yuqori usul;
2) mashinada nusxa ko‘chirishni qiyinlashtiradigan nimtatir bo‘yoqlardan foydalanish;
3) fondagi mayda milliy naqshni rastr setkalaridan foydalanib, chop etish;
Oldingi tahrirga qarang.
4) maxsus milliy ornament naqshi tushirilgan, zichligi 120 g/m2 bo‘lgan suv belgili qog‘oz ishlatish;
(bo‘limning o‘n ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 19-noyabrdagi 734-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.11.2020-y., 09/20/734/1528-son)
5) Davlat gerbini och havorang bo‘yoqda tasvirlash;
Oldingi tahrirga qarang.
6) sakkiz qirrali yulduz tasvirlangan sakkiz qirrali yulduzlarni maxsus tovlanuvchi oltin bo‘yoqlarda tasvirlash;
7) sakkiz shaklli o‘zgaradigan raqamdan foydalanish.
(bo‘limning o‘n to‘rtinchi va o‘n beshinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 19-noyabrdagi 734-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.11.2020-y., 09/20/734/1528-son)
II. MAGISTR DIPLOMI
Oliy ma’lumot to‘g‘risidagi magistr diplomi davlat namunasining
TAVSIFI
Magistr diplomining muqovasi tomonlari 148x210 mm o‘lchovda yaxlit qoplangan to‘q qizil sun’iy charmdan tayyorlangan ko‘rinishga ega.
Uning yuz tomonida bosma naqsh usulida O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va pastroqda lotin yozuvidagi o‘zbek tilida MAGISTR DIPLOMI so‘zlari yozilgan.
Oldingi tahrirga qarang.
Diplom muqovasining ichki qismi qalin tomonlari 145x200 mm o‘lchamda suv belgili qog‘ozda ofset bosma usulida besh xil: matn qismi qora va to‘q qizil rangda, tasviriy elementlar esa qaymoqrang va och qaymoqrangda bosiladi.
Sahifa markazining oq qismiga tomonlari 80x82 mm o‘lchamli o‘ziga xos ko‘rinishdagi qaymoqrang bo‘yoqda tushirilgan O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri joylashtiriladi. Uning atrofi naqshli rastrdan tashkil topgan och qaymoqrang mayda milliy naqshlik fondan iborat. Sahifaning yuqori qismida fon ustidan 20 mm enlikda qaymoq rangdagi hoshiya tushirilgan hamda hoshiya ustidan diplomning ikkala sahifasiga “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MAGISTR DIPLOMI” hamda “REPUBLIC OF UZBEKISTAN MASTER'S DIPLOMA” so‘zlari bosiladi.
Diplomning ikkala sahifalari hoshiyasi tagidan M lotin harfi va sakkiz xonalik sondan iborat bo‘lgan raqam to‘q qizil rangda bosiladi.
Har bir sahifaning ikki tomonidan sakkiz qirrali yulduzning oltin rangdagi tasviri joylashtiriladi. Sakkiz qirrali yulduzlar tomonlari 15x15 mm dan iborat bo‘lgan kvadratlar tushirilishi orqali tashkil etilgan. Shuningdek, diplom blankasining o‘ng tomoni quyi qismida fonsiz 35x35 mm o‘lchamda QR-kod tizimi joylashtiriladi.
(bo‘limning uchinchi — oltinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 19-noyabrdagi 734-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.11.2020-y., 09/20/734/1528-son)
Diplom 7 darajali himoyaga ega:
1) ikki xil usuldagi chop etishdan foydalanish: asosiy qism uchun ofset bosma usuli, raqamlarni chop etish uchun yuqori usul;
2) mashinada nusxa ko‘chirishni qiyinlashtiradigan nimtatir bo‘yoqlardan foydalanish;
3) fondagi mayda milliy naqshni rastr setkalaridan foydalanib, chop etish;
Oldingi tahrirga qarang.
4) maxsus milliy ornament naqshi tushirilgan, zichligi 120 g/m2 bo‘lgan suv belgili qog‘oz ishlatish;
(bo‘limning o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 19-noyabrdagi 734-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.11.2020-y., 09/20/734/1528-son)
5) Davlat gerbini och qaymoq rangda tasvirlash;
Oldingi tahrirga qarang.
6) sakkiz qirrali yulduz tasvirlangan sakkiz qirrali yulduzlarni maxsus tovlanuvchi oltin bo‘yoqlarda tasvirlash;
7) sakkiz shaklli o‘zgaradigan raqamdan foydalanish.
(bo‘limning o‘n uchinchi va o‘n to‘rtinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 19-noyabrdagi 734-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.11.2020-y., 09/20/734/1528-son)
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-iyuldagi 607-son qaroriga
2-ILOVA
Oliy ma’lumot to‘g‘risidagi bakalavr va magistr diplomlari ilovalarining davlat namunalari

‎‎O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
‎ REPUBLIC OF UZBEKISTAN

1. DIPLOM SOHIBI HAQIDA MA’LUMOTLAR/ INFORMATION ABOUT TNE DEGREE NOLDER

1.1 Familiyasi/Surname1.2 Ismi, otasining ismi/Name, other name
1.3 Tug‘ilgan sana/Date of birth

1.4 Talabaning identifikatsion raqami va kodi/ Student’s idenfication number and code

1.5 Avvalgi ta’lim haqida hujjat/Previous education document

№ 000000
‎DIPLOMGA ILOVA

2. MALAKASI HAQIDA MA’LUMOTLAR / QUALIFICATION‎‎
2.1 Malakasining (darajasining) nomi, berilgan sanasi/Qualification, date of issue

DIPLOMA
‎SUPPLEMENT

Davlat attestastiya komissiyasining qarori/ Decision of the State Attestation Commission

(diplomsiz ilova haqiqiy hisoblanmaydi/not valid without diploma about the degree)

2.2 Ta’lim yo‘nalishi, mutaxassisligi/Field of study, specialization

2.3 Kvalifikatsiyasi/Qualification

Oliy ta’lim muassasasining rekvizitlari: pochta manzili, shahar, ko‘cha, uy raqami, telefonlari, elektron pochta manzili

2.4 Diplom bergan oliy ta’lim muassasasining nomi, tashkiliy-huquqiy shakli, ta’lim muassasasining turi/Awarding institution

Requisites of higher education institution: postal address, city, street, house number, telephone number, e-mail address

2.5 Avval tahsil olgan oliy ta’lim muassasasining nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, o‘qitish davri/Former Institution administered studies.

2.6 Ta’lim (imtihon) til(lar)i / Language(s) of instruction (examination)
3. TA’LIM DARAJASI HAQIDA MA’LUMOTLAR/INFORMATION ON TNE LEVEL OF EDUCATION
3.1 Ta’lim darajasi/Level of education

3.2 Ta’limning kunduzgi shakli bo‘yicha dasturni o‘zlashtirish muddati/Length of full-time programme.

3.3 O‘qishga kiruvchilarga qo‘yiladigan talab(lar)/Admission requirement(s)

4. TA’LIMNING MAZMUNI VA ERISHILGAN NATIJALAR HAQIDA MA’LUMOTLAR / INFORMATION ON TNE CONTENTS OF STUDY AND GRADES OBTAINED

4.1 Ta’lim shakli/Type of study
4.2 Ta’lim dasturining tavsifi/Curriculum description


‎‏





______________________________________________________________________

Talabaning F.I.O./Student full name

4.3 Ta’lim dasturini o‘zlashtirish natijalari haqida ma’lumotlar/Programme details and grades obtained

T/r

Fan (modul)ning nomi/Course title

Soatlarning umumiy miqdori/ Total hours in the curriculum

Baholash/Grade (ball, reyting, baho, kredit/score, rating, mark, credit)

1.‎

2.‎

3.‎

4.‎

5.‎

6.‎

7.‎

8.‎

9.‎

10‎.

11.‎

12.‎

13.‎

14.‎

15.‎

16.‎

17.‎

18.‎

19.‎

20.‎

21.‎

22.‎

23.‎

24.‎

25.‎

26.‎

27.‎

28.‎

29.‎

30.‎

31.‎

32.‎

33.‎

34.‎

35.‎

36.‎

37.‎

38.‎

39.‎

40.‎

41.‎

42.‎

43.‎

44.‎

45.‎

46.‎

47.‎

48.‎

49.‎

50.‎

JAMI / TOTAL

Kurs ishlari /Course papers:

1.‎

2.‎

3.‎

4.‎

Malakaviy amaliyot/
‎qualification practice

1.‎

2.‎

3.‎

4.‎

‎‎ ‎‎ ‎‎

‎‎Yakuniy davlat attestatsiyalari/
‎Final state attestation

1.‎

2.‎

3.‎

4.‎

‎‎ ‎‎
‎‎Bitiruv malakaviy ishi (magistrlik dissertatsiyasi)/ Graduation qualification work (master's dissertation
4.4 Oliy ta’lim muassasasida baholash tizimi/Grading system at higher education institution
4.5 Diplom haqida qo‘shimcha ma’lumotlar/Additional information to the degree
5. DIPLOM BILAN BERILADIGAN NUQUQ VA IMTIYOZLAR / RIGNTS AND PRIVILEGES PROVIDED BY TNE DEGREE
5.1 Ta’limni davom ettirish imkoniyatlari/Access to further study
5.2 Kasbga oid huquqiy maqomi/Professional status
6. QO‘SNIMCNA MA’LUMOTLAR/ADDITIONAL INFORMATION
IMZO VA MUNR/SIGNATURE AND SEAL
Rektor/Rector

Diplomga ilova

Diploma supplement

Ro‘yxat raqami/ Registration number

Berilgan vaqti/ Date of issue

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-iyuldagi 607-son qaroriga
3-ILOVA
Oliy ta’lim muassasalarida beriladigan akademik ma’lumotnomaning davlat namunasi va tavsifi
______________________________________________________________________

(Familiyasi, ismi, otasining ismi)

I. O‘zlashtirgan fanlar ro‘yxati:

T/r

O‘zlashtirgan fanlar nomi

O‘quv rejasida belgilangan soatlar miqdori

O‘zlashtirish ko‘rsatkichi (reyting/baho/kredit)

1

2

3

4

O‘quv rejasidagi fanlar:

1.‎

2.‎

3.‎

4.‎

5.‎

6.‎

7.‎

8.‎

9.‎

10‎.

11.‎

12.‎

13.‎

14.‎

15.‎

16.‎

17.‎

18.‎

19.‎

20.‎

21.‎

22.‎

23.‎

24.‎

25.‎

26.‎

27.‎

28.‎

29.‎

30.‎

Qo‘shimcha o‘zlashtirilgan fanlar:

1.‎

2.‎

3.‎

4.‎

5.‎

6.‎

7.‎

8.‎

9.‎

10.‎

Jami:

II. Kurs loyihasi (ishi):

1‎

2

3

4

1.‎

2.‎

3.

‎4.

‎5.

III. Malakaviy amaliyotlar:‎

1

2

3

4

1.‎

2‎.

3.‎

4.‎

IV. Davlat va yakuniy attestatsiyalar‎‎

1

2

3

4

1.‎

2.‎

3.‎

4.‎

‎‎ ‎‎
M.O‘. Rektor: ____________________________
Dekan: ____________________________
Kotib: ____________________________
‎‎“_________________” shahri
‎‎“____” ____________ 20__ y.

Akademik ma’lumotnoma qat’iy hisobotda turuvchi hujjatdir.

Uni qalbakilashtirish qonun bo‘yicha javobgarlikka tortiladi.

Akademik ma’lumotnoma
TAVSIFI
Oldingi tahrirga qarang.
(bo‘limning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 19-noyabrdagi 734-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.11.2020-y., 09/20/734/1528-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Akademik ma’lumotnoma suv belgili qog‘ozda ofset bosma usulida, matn qismi qora rangda va fon uchun och havorangda bosiladi.
(bo‘limning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 19-noyabrdagi 734-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.11.2020-y., 09/20/734/1528-son)
O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan, pastroqda lotin yozuvida “O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI” so‘zi, “shahar nomi”, “ta’lim muassasasi nomi”, “AKADEMIK MA’LUMOTNOMA” so‘zlari yozilgan.
Akademik ma’lumotnoma “AKADEMIK MA’LUMOTNOMA” so‘zning pastiga “VA” lotin harfi va olti xonadan iborat bo‘lgan raqam muhrlanadi (bosiladi).
Akademik ma’lumotnoma 5 darajali himoyaga ega:
1) ikki xil usuldagi chop etishdan foydalanish: asosiy qism uchun ofset bosma usuli, raqamlarni chop etish uchun yuqori usul;
2) mashinada nusxa ko‘chirishni qiyinlashtiradigan nimtatir bo‘yoqlardan foydalanish;
Oldingi tahrirga qarang.
3) maxsus milliy ornament naqshi tushirilgan, zichligi 120 g/m2 bo‘lgan suv belgili qog‘oz ishlatish;
(bo‘limning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 19-noyabrdagi 734-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.11.2020-y., 09/20/734/1528-son)
4) Davlat gerbini och havorang bo‘yoqda tasvirlash;
Oldingi tahrirga qarang.
5) yetti shaklli o‘zgaradigan raqamdan foydalanish.
(bo‘limning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 19-noyabrdagi 734-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.11.2020-y., 09/20/734/1528-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.07.2019-y., 09/19/607/3452-son; 20.11.2020-y., 09/20/734/1528-son)