O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining
Qarori
Yuridik shaxslarni yirik soliq to‘lovchilar toifasiga kiritishning mezonlarini belgilash to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 12-iyulda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 3172]
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-apreldagi 320-son “Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi qaror qiladi:
1. Yuridik shaxslarni yirik soliq to‘lovchilar toifasiga kiritishning mezonlarini belgilash to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2018-yil 11-iyundagi 2018-52-son “Yuridik shaxslarni yirik soliq to‘lovchilar toifasiga kiritishning mezonlarini belgilash to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 3023, 2018-yil 18-iyun) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2018-y., 25-son, 504-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
3. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Rais B. MUSAYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 8-iyul,
2019-45-son
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2019-yil 8-iyuldagi 2019-45-son qaroriga
ILOVA
Yuridik shaxslarni yirik soliq to‘lovchilar toifasiga kiritishning mezonlarini belgilash to‘g‘risidagi
NIZOM
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur Nizom yuridik shaxslarni yirik soliq to‘lovchilar toifasiga kiritish mezonlarini belgilaydi.
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasining 2024-yil 26-iyundagi 2024-08-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3172-3, 01.07.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.07.2024-y., 10/24/3172-3/0458-son)
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom soliq ma’muriyatchiligini amalga oshirish maqsadida ushbu Nizomning 4-bandida belgilangan mezonlar asosida aniqlanadigan yirik soliq to‘lovchi yuridik shaxslar toifasiga nisbatan tatbiq etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2019-yil 30-dekabrdagi 2019-66-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 3172-1, 10.01.2020-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2020-y., 10/20/3172-1/0045-son)
3. Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha soliq ma’muriyatchiligi O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
2-bob. Yuridik shaxslarni yirik soliq to‘lovchilar toifasiga kiritishning mezonlari
4. Quyidagilar yirik soliq to‘lovchilar toifasiga kiritiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
a) aksiz solig‘iga tortiladigan tovarlarni ishlab chiqaruvchi va aksiz to‘lanadigan xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar, bundan alkogol va pivo mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar mustasno;
(4-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasining 2024-yil 26-iyundagi 2024-08-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3172-3, 01.07.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.07.2024-y., 10/24/3172-3/0458-son)
Oldingi tahrirga qarang.
b) tijorat banklari, sug‘urta tashkilotlari, tovar-xom ashyo, fond va valyuta birjalari;
(4-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasining 2024-yil 26-iyundagi 2024-08-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3172-3, 01.07.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.07.2024-y., 10/24/3172-3/0458-son)
Oldingi tahrirga qarang.
v) “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ, “Olmaliq KMK” AJ, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ hamda ularning ta’sischiligidagi tashkilotlar;
(4-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasining 2024-yil 26-iyundagi 2024-08-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3172-3, 01.07.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.07.2024-y., 10/24/3172-3/0458-son)
g) mahsulot taqsimotiga oid bitim bo‘yicha ishlarni bajarishda ishtirok etayotgan tashkilotlar;
Oldingi tahrirga qarang.
d) mahsulot (tovar, ish va xizmat)larni sotishdan olingan sof tushumi o‘tgan kalendar yil yakuni bo‘yicha bazaviy hisoblash miqdorining 735 ming baravaridan yuqori bo‘lgan yoki ketma-ket keladigan o‘n ikki oylik davr yakuni bo‘yicha ushbu miqdordan oshgan hamda xodimlar soni o‘rtacha yillik 10 nafardan kam bo‘lmagan yuridik shaxslar, chet el yuridik shaxslarining O‘zbekiston Respublikasidagi doimiy muassasalari (bo‘linmalari), bundan paxta-to‘qimachilik klasterlari, to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar, alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi bilan shug‘ullanuvchi korxonalar mustasno;
(4-bandning “d” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasining 2024-yil 26-iyundagi 2024-08-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3172-3, 01.07.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.07.2024-y., 10/24/3172-3/0458-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
e) uglevodorod hom ashyosi va mineral resurslarni qazib oluvchi, qayta ishlovchi, yetkazib beruvchi va sotuvchi hamda elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi va yetkazib beruvchi yuridik shaxslar va ularga tovar (ish va xizmat) yetkazib beruvchi chet el yuridik shaxslarining O‘zbekiston Respublikasidagi doimiy muassasalari (bo‘linmalari), bundan avtomobillarga yoqilg‘i quyish shahobchalari mustasno;
(4-bandning “e” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2021-yil 24 centyabrdagi 2021-37-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3172-2, 267.10.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.10.2021-y., 10/21/3172-2/1005-son)
j) O‘zbekiston Respublikasining havo bo‘shlig‘idan yo‘lovchilarni tashish maqsadlarida foydalanuvchi, xalqaro havo aloqalarini amalga oshiruvchi va ularning tarkibiga kiruvchi yuridik shaxslar.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2019-yil 30-dekabrdagi 2019-66-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 3172-1, 10.01.2020-y.) asosan “e” va “j” kichik bandlar bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2020-y., 10/20/3172-1/0045-son)
Oldingi tahrirga qarang.
z) realizatsiya qilish joyi O‘zbekiston Respublikasi bo‘lgan elektron shakldagi xizmatlarni realizatsiya qilishni amalga oshiruvchi chet el yuridik shaxslari.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2021-yil 24 centyabrdagi 2021-37-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 3172-2, 267.10.2021-y.) asosan “z” kichik band bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.10.2021-y., 10/21/3172-2/1005-son)
Oldingi tahrirga qarang.
5. Yirik soliq to‘lovchilar toifasini belgilashda, mazkur Nizomning 4-bandi “d” kichik bandida ko‘rsatib o‘tilgan yuridik shaxslar o‘tgan kalendar yil yakuni yoki ketma-ket keladigan o‘n ikki oylik davr bo‘yicha soliq organlariga taqdim etgan soliq va moliyaviy hisobotlaridagi ko‘rsatkichlariga asosan aniqlanadi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2019-yil 30-dekabrdagi 2019-66-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3172-1, 10.01.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2020-y., 10/20/3172-1/0045-son)
Oldingi tahrirga qarang.
6. Yirik soliq to‘lovchilar toifasiga kiritilgan yuridik shaxslar kalendar yil yakuni bilan mazkur Nizomning 4-bandida ko‘rsatilgan mezonlarga javob bermasa, ushbu xo‘jalik yurituvchi subyektlar navbatdagi uch yil mobaynida yirik soliq to‘lovchilar toifasida qoladi, bundan mazkur mezonlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan holatlar mustasno.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasining 2024-yil 26-iyundagi 2024-08-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3172-3, 01.07.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.07.2024-y., 10/24/3172-3/0458-son)
Oldingi tahrirga qarang.
7. Mazkur Nizom talablari tatbiq etiladigan yirik soliq to‘lovchilar ro‘yxati har yili keyingi soliq davri boshlangunga qadar uch oydan kechikmay O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadi.
Yirik soliq to‘lovchilar ro‘yxatiga kiritilgan yoki ro‘yxatidan chiqarilgan yuridik shaxslar O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasi tomonidan tegishli buyruq qabul qilingan kundan e’tiboran besh kun ichida yozma ravishda, shu jumladan soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali xabardor qilinadi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasining 2025-yil 13-martdagi 2025-04-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3614, 24.03.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.03.2025-y., 10/25/3614/0279-son)
3-bob. Yakuniy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
8. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 175-moddasi.
9. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi va Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
Moliya vaziri D. QUCHKAROV
2019-yil 8-iyul
Iqtisodiyot va sanoat vaziri B. XODJAYEV
2019-yil 8-iyul
Savdo-sanoat palatasi raisi A. IKRAMOV
2019-yil 8-iyul
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.07.2019-y., 10/19/3172/3414-son; 10.01.2020-y., 10/20/3172-1/0045-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son, 26.10.2021-y., 10/21/3172-2/1005-son; 01.08.2023-y., 10/23/3450/0546-son; 02.07.2024-y., 10/24/3172-3/0458-son; 27.03.2025-y., 10/25/3614/0279-son)