O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jaxon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida O‘zbekiston Respublikasining reytingini yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 5-fevraldagi PQ-4160-son qarori)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida O‘zbekiston Respublikasining reytingini yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 5-fevraldagi PQ-4160-son qaroriga muvofiq, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi bir oy muddatda:
tizim (SAIDI) ishlashidagi uzilish o‘rtacha davomiyligining indekslari va tizim (SAIFI) ishlashining o‘rtacha tez-tez uzilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar, shu jumladan amaldagi uzilishlar haqidagi yakuniy hisobotni vazirlik rasmiy veb-sayti va O‘zbekiston Respublikasi Ochiq ma’lumotlar portalida har chorakda joylashtirish imkonini beradigan tartibni ishlab chiqsin hamda tasdiqlasin;
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi energetika vaziri A.S. Sultanov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 9-iyul,
567-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-iyuldagi 567-son qaroriga
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son)
2. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-iyundagi 360-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 6-son, 95-modda) o‘zgartirishlar rus tilidagi matnda berilgan.
3. Vazirlar Mahkamasining “Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida” 2018-yil 31-martdagi 256-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 3-son, 73-modda):
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 31-avgustdagi 555-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-yanvardan chiqariladi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.08.2021-y., 09/21/555/0848-son)
4 va 5-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4. Iste’molchilarni issiqlik ta’minoti tarmoqlariga ulash jarayoni quyidagilarni nazarda tutadi:
texnik shartlarni ishlab chiqish (yangi obyekt qurilishida binoning arxitektura-rejalashtirish topshirig‘ini ishlab chiqish doirasida amalga oshiriladi);
issiqlik ta’minoti loyihasini ishlab chiqish va kelishish;
qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish ishlarini amalga oshirish;
issiqlikdan foydalanish qurilmalari va issiqlik tarmoqlarini (keyingi o‘rinlarda issiqlik qurilmalari deb ataladi) issiqlik tarmog‘iga ulash to‘g‘risidagi dalolatnomani (keyingi o‘rinlarda Dalolatnoma deb ataladi) rasmiylashtirish va tasdiqlash.
5. Iste’molchilarni issiqlik ta’minoti tarmoqlariga ulash jarayonini amalga oshirishda:
a) Issiqlik ta’minoti korxonasi (keyingi o‘rinlarda issiqlik ta’minoti korxonasi deb ataladi) huzuridagi issiqlik tarmoqlariga yuridik va jismoniy shaxslarning issiqlikdan foydalanish qurilmalarini va issiqlik tarmoqlarini ulush xizmatlarini ko‘rsatish xizmati:
texnik shartlarni ishlab chiqadi;
issiqlik ta’minoti loyihasini texnik shartlarga muvofiqlik yuzasidan ko‘rib chiqadi;
qurilish-montaj va ishga tushirish-sozlash ishlarini amalga oshiradi (iste’molchi manfaatdor bo‘lganda);
Dalolatnomani rasmiylashtiradi va tasdiqlaydi;
b) loyihalash, qurilish-montaj va ishga tushirish-sozlash tashkilotlari loyihalash, qurilish-montaj va ishga tushirish-sozlash ishlarini amalga oshiradi (iste’molchi manfaatdor bo‘lganda);
v) O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energetikada nazorat inspeksiyasi (keyingi o‘rinlarda “O‘zenergoinspeksiya” deb ataladi) iste’molchilarning issiqlikdan foydalanish qurilmalari va issiqlik tarmoqlarining ekspluatatsiya qilishga tayyorligini aniqlaydi”;
6-banddagi ““O‘zdavenergonazorat” DI” so‘zlari “O‘zenergoinspeksiya” so‘zi bilan almashtirilsin;
12-bandning to‘rtinchi xatboshidagi ““O‘zdavenergonazorat” DI” so‘zlari “O‘zenergoinspeksiya” so‘zi bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi 261-band qo‘shilsin:
“261. Agar so‘rovnoma tushgan kundan boshlab, mazkur Reglamentning 22-bandida ko‘rsatilgan muddat o‘tgandan so‘ng issiqlik ta’minoti korxonasi issiqlik ta’minoti loyihasini kelishmasa, issiqlik ta’minoti loyihasi kelishilgan deb hisoblanadi.
Bunda Davlat xizmatlari markazi tomonidan zudlik bilan issiqlik ta’minoti loyihasini ko‘rib chiqish va kelishish to‘g‘risida bildirishnoma beriladi”;
4-paragrafning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4-§. Iste’molchilarning issiqlikdan foydalanish qurilmalari va issiqlik tarmoqlarini ulash dalolatnomasini rasmiylashtirish va tasdiqlash tartibi”
27-bandning to‘rtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Issiqlikdan foydalanish qurilmalari va issiqlik tarmoqlarini joyiga chiqqan holda texnik ko‘rikdan o‘tkazish haqidagi bildirishnoma avtomatik ravishda “O‘zenergoinspeksiya”ga yuboriladi”;
29-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“29. “O‘zenergoinspeksiya” bildirishnoma tushgan kundan boshlab ikki ish kuni davomida issiqlik energiyasi iste’molchilarining issiqlikdan foydalanish qurilmalari va issiqlik tarmoqlarini texnik ko‘rikdan o‘tkazadi”;
Quyidagi mazmundagi 291-band qo‘shilsin:
“291. Taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqish va issiqlikdan foydalanish qurilmalari hamda issiqlik tarmoqlarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish yakunlari bo‘yicha mazkur Reglamentga 7-ilovaga muvofiq shaklda iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish bayonnomasi (keyingi o‘rinlarda Bayonnoma deb ataladi) tuzilib, unda iste’molchi elektr qurilmalari foydalanishga tayyorligi (tayyor emasligi) to‘g‘risida yozuv qayd etiladi”;
30 va 31-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“30. Iste’molchining issiqlikdan foydalanish qurilmalarini montaj qilishda aniqlangan kamchiliklar, texnik shartlar talablaridan chetga chiqish, shuningdek, issiqlik energiyasi qurilmalariga xizmat ko‘rsatish uchun tayyorlangan xodimlarning mavjud emasligi Dalolatnomani imzolashni rad etishga asos bo‘ladi.
Boshqa asoslarga, shu jumladan maqsadga muvofiq emasligi sababli Dalolatnomani imzolashni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Qoidabuzarliklar to‘g‘risidagi bildirishnoma “O‘zenergoinspeksiya” tomonidan qurilish-montaj va ishga tushirish-sozlash tashkilotlariga YIDXP orqali rad etish sabablari, qonun hujjatlarining aniq normalari va tegishli tashkilotlar ko‘rsatilgan sabablarni bartaraf etib, hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish uchun topshirishi mumkin bo‘lgan muddat ko‘rsatilgan holda yuboradi.
Qurilish-montaj va ishga tushirish-sozlash tashkilotlari mavjud qoidabuzarliklarni bartaraf etib, qayta ko‘rib chiqish uchun hujjatlarni topshirish huquqiga ega bo‘lgan muddat “O‘zenergoinspeksiya”ning qoidabuzarliklar mavjudligi to‘g‘risidagi bildirishnomasi olingan kundan boshlab o‘n ish kunidan kam bo‘lmasligi kerak.
Qurilish-montaj va ishga tushirish-sozlash tashkilotlari tomonidan “O‘zenergoinspeksiya”ning Dalolatnomani imzolashni rad etishiga asos bo‘lgan sabablar bartaraf etilgandan so‘ng ushbu tashkilotlar “O‘zenergoinspeksiya”ga issiqlikdan foydalanish qurilmalari va issiqlik tarmoqlarini qaytadan ko‘rikdan o‘tkazish uchun joylarga chiqish to‘g‘risidagi bildirishnomani YIDXP orqali yuboradi.
“O‘zenergoinspeksiya” issiqlikdan foydalanish qurilmalari va issiqlik tarmoqlarini bildirishnoma kelib tushgan kundan boshlab bir ish kunidan oshmagan muddatda qayta texnik ko‘rikdan o‘tkazadi.
Iste’molchining issiqlikdan foydalanish qurilmalari va issiqlik tarmoqlari ekspluatatsiya qilishga tayyorligi va Dalolatnomani imzolash imkoniyati to‘g‘risidagi masalani qayta ko‘rib chiqishda, “O‘zenergoinspeksiya” tomonidan Dalolatnomani imzolashni rad etish asoslarida bayon etilmagan sabablarni keltirishga yo‘l qo‘yilmaydi, Dalolatnomani imzolashda avval keltirilgan sabablar bartaraf etilganini tasdiqlovchi ma’lumotlar bilan bog‘liq bo‘lgan sabablarning keltirilishi bundan mustasno.
31. “O‘zenergoinspeksiya” mazkur Reglamentning 29-30-bandlarida nazarda tutilgan muddat tugagandan so‘ng iste’molchining issiqlikdan foydalanish qurilmalari hamda issiqlik tarmoqlari ekspluatatsiya qilishga tayyorligi va Dalolatnomani imzolashga tayyorligi to‘g‘risidagi bildirishnomani issiqlik ta’minoti korxonasi, qurilish-montaj va ishga tushirish-sozlash tashkilotlariga, shuningdek, iste’molchiga (elektron ko‘rinishda murojaat etganda) yoki Davlat xizmatlari markaziga (o‘zi kelib murojaat etganda) YIDXP orqali yuboradi”;
5-paragrafning nomi chiqarib tashlansin;
32-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“32. Issiqlik energiyasini hisobga olish asboblarini plombalash va issiqlik ta’minoti shartnomasini tuzish “O‘zenergoinspeksiya”ni iste’molchining issiqlikdan foydalanish qurilmalari va issiqlik tarmoqlari ekspluatatsiya qilishga tayyorligi to‘g‘risida xabardor qilingandan keyin amalga oshiriladi.”;
36-banddagi “ikki “ so‘zi “bir” so‘zi bilan almashtirilsin;
37-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“37. Issiqlik ta’minoti korxonasi issiqlik energiyasini hisobga olish asbobi plombalangan kunning o‘zida Davlat xizmatlari markaziga (o‘zi kelib murojaat etganda) yoki iste’molchiga YIDXP orqali (elektron shaklda murojaat qilinganda) plombalash o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatilgan rasmiylashtirilgan elektr ta’minoti shartnomasini elektron shaklda yuboradi.
Bir vaqtning o‘zida issiqlik ta’minoti korxonasi hisobga olish tizimini plombalash kunida mazkur Reglamentga 7-ilovaga muvofiq shakldagi Dalolatnomani rasmiylashtiradi va Dalolatnoma rasmiylashtirilganidan keyingi soat mobaynida uni imzolash sanasini “O‘zenergoinspeksiya”, qurilish-montaj va ishga tushirish-sozlash tashkilotlari bilan YIDXP orqali kelishadi.
Dalolatnomani imzolashning kelishilgan sanasi issiqlik ta’minoti korxonasi tomonidan yuqorida keltirilgan barcha tomonlar xabardor qilingan paytdan boshlab ikki kalendar kunidan oshmasligi lozim.
Dalolatnoma yuqorida keltirilgan tomonlarning barcha vakillari tomonidan belgilangan kundan kechikmasdan imzolanadi.
Agar Reglamentning ushbu bandida ko‘rsatilgan muddat tugagandan so‘ng Dalolatnomani qayd etilgan tomonlar imzolamasa, Dalolatnoma kelishilgan deb hisoblanadi”;
quyidagi mazmundagi 371-band qo‘shilsin:
“371. Dalolatnoma mazkur Reglamentning 37-bandida ko‘rsatilgan tomonlar uni imzolagach, issiqlik ta’minoti korxonasining rahbari yoki bosh muhandisi tomonidan tasdiqlanadi”;
43-banddagi “issiqlikdan foydalanish qurilmalarini ishga tushirish uchun ruxsatnomalar berish va” so‘zlari “iste’molchilarning issiqlikdan foydalanish qurilmalari va issiqlik tarmoqlari ekspluatatsiya qilishga tayyorligini aniqlash va” so‘zlari bilan almashtirilsin;
44-bandda ““O‘zdavenergonazorat” DI” so‘zlari “O‘zenergoinspeksiya” so‘zi bilan almashtirilsin;
Yuridik va jismoniy shaxslarni issiqlik ta’minoti tarmoqlariga ulash bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga 1-ilovadagi V. “Issiqlik energiyasini hisobga olish asbobini muhrlash, issiqlik ta’minoti va issiqlikni berish shartnomasini tuzish” bo‘limi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
quyidagi mazmundagi 7 va 8-ilovalar qo‘shilsin:
“Yuridik va jismoniy shaxslarni issiqlik ta’minoti tarmoqlariga ulash bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga
‎7-ILOVA ‎‎

Iste’molchilar issiqlik qurilmalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish
‎ BAYoNNOMASI

20___ yil “___” ________ dagi ___-son

Ushbu Bayonnoma
______________________________________________________________________

(qurilish-montaj va ishga tushirish-sozlash tashkilot nomi)

_____________________________________
‎(lavozimi)‎‎

_______________________________________
‎(F.I.O.) ‎‎

qurilish-montaj va ishga tushirish-sozlash tashkilotlarining tomonidan, YIDXP orqali yuborgan 20___ yil “___” ______ ___-son so‘rovnoma ma’lumotlariga muvofiq tuzildi.

‎‎Iste’molchi tashkilot vak�li (yuridik shaxslar uchun)

______________________
‎(lavozimi)‎‎

_______________(F.I.O.)‎‎

‎‎yoki issiqlik qurilmalari egasining (jismoniy shaxslar uchun) vakili

_____________________
‎‎‎(F.I.O.)

ishtirokida mansabdor shaxs _____________________________________________________________

‎‎(hududiy bo‘lim nomi, lavozimi)

tomonidan taqdim etilgan hujjatlar ko‘rib chiqadi va issiqlik qurilmalari texnik ko‘rikdan o‘tkazildi.
1. Texnik ko‘rikdan o‘tkazish uchun taqdim etilgan issiqlik qurilmalar:_____________________
_____________________________________________________________________

(issiqlik qurilmalarining nomi)

1.1. Issiqlik qurilmasining tarkibi va tavsifi:
1.1.1. Issiqlik yuklamalari:

T/r‎

Nomi‎‎

Yuklamaning turi, iste’moli ‎‎

Miqdori‎‎

O‘lchov birligi ‎‎

1.‎

‎Isitish

‎‎maks.

‎‎

Gkal/soat

2.‎

‎‎Shamollashtish

‎‎maks.

‎‎

‎‎Gkal/soat

3.‎

Texnologik ehtiyojlar

maks.‎‎

‎‎Gkal/soat

4.‎

Issiq suv ta’minoti‎‎

o‘rtacha sutkalik

‎‎

‎‎Gkal/soat

5.‎

Issiq suv ta’minoti

‎‎maks.

‎‎

‎‎Gkal/soat

6.‎

Issiqlik manbaning sarfi

‎‎maks.

‎‎

‎‎tn/soat

7.‎

Qaytgan kondensat‎‎

maks.‎‎

‎‎

‎‎tn/soat

8.‎

Sizib chiqish miqdori

‎‎me’yoriy

‎‎

‎‎tn/soat, Gkal/yil

9.‎

Issiqlik yo‘qotishlari

me’yoriy

Gkal/yil

10.‎

Issiqlik energiyasining yillik iste’moli‎‎

‎‎taxminiy

‎‎

Gkal/yil

1.1.2. Issiqlik energiyasi manbai issiqlik eltuvchisining tavsifi

Issiqlik eltuvchisining nomi ‎‎

Joylashgan napor, atm ‎‎

Harorat grafigi‎‎

Statik bosim, m ‎‎

‎‎

R1

R2

DP‎

T1

T2

DT‎

‎‎hm

Suv, bug‘ ‎‎
‎‎ ‎‎
1.2. Texnik hujjatlar:
1.2.1. Texnik shartlar: ___________________________________________________________________
‎‎________________________________________________________________berilgan.

(texnik shartni bergan tashkilotning nomi)

1.2.2. Issiqlik ta’minoti loyihasi ________________________________________________________
___________________________________________________________ishlab chiqilgan.

(loyihalash tashkilotning nomi, ishlab chiqish tartibi va sanasi)

Mazkur loyiha issiqlik qurilmasi issiqlik tarmog‘iga ulanadigan tashkilot bilan kelishilgan _________
_____________________________________________________________________

(loyihalash tashkilotning nomi, ishlab chiqish tartibi va sanasi)

‎‎1.2.3. Montaj va ishga tushirish hamda sinashlar ______________________________________________
____________________________________________________________________________bajarilgan.

(tashkilotning nomi)

1.2.4. Issiqlikdan foydalanish qurilmasi, issiqlik tarmog‘i, taqsimlash punkti (MTP, ShTP), texnik va mualliflik nazorati egasining “___”_____________ _____ y.dagi imzosi va muhri bilan tasdiqlangan pasporti rasmiylashtirilgandan so‘ng foydalanishga ruxsat beriladi:

1.2.5. Issiqlik iste’molining ichki tizimi qabul qilish dalolatnomasi bilan taqdim etiladi:

isitish, “______” _________ ____y.dagi ; IST “______” _________ ____y.dagi;

shamollatish “______” ___________ ______y.dagi;
texnologik ehtiyoj “______” _________ ____y.dagi

1.2.6. Issiqlik qurilmasi ulangan issiqli tarmog‘i tashkilotining 20__ y. “____” _____dagi ma’lumotnomasi _______________________________________________________________________

(tashkilotning nomi)

2. Issiqlik qurilmasini ko‘rib chiqishda va texnik hujjatlarni tekshirishda quyidagilar aniqlandi:

2.1. Issiqlik qurilmani ekspluatatsiya qilishni tashkil etish:

2.1.1. Issiqlik qurilmasi ekspluatatsiya qilish ____________________________________ _____________________________________________________________ tomonidan amalga oshiriladi.

(iste’molchi tashkilotning yoki issiqlik qurilmasi egasining n�mi (kerakligining tagiga chizing))

2.1.2. Issiqlik xo‘jaligi uchun javobgar shaxs ________________________________________________

_________________________________________
‎(lavozimi) ‎‎

_______________________________________
‎(F.I.O.)

20 ____ y. “____”_________dagi ____- son buyruq bilan tayinlangan.

20____ y. “____”________dagi qonunchilikda o‘rnatilgan tartibda TEQQ va HTQ bilimlar tekshiruvidan o‘tgan, jurnaldagi _____________________ — son yozuvi.

2.1.3. Issiqlik texnik xodimlarining soni va malakasi bo‘yicha muvofiqligi _____________________________________________________________________________________

2.1.4. Issiqlik qurilmasining pasportlari___________________________________________________
2.2. Issiqlik qurilmalarining texnik holati (TEQQ va TQ ga muvofiqligi)
2.2.1. Issiqlik tarmoqlari________________________________________________________________
2.2.2. Issiqlik punktlari ________________________________________________________________
2.2.3. Tizimlar:
isitish _______________________________________________________________________________
shamollatish ___________________________________________________________________________
issiq suv ta’minoti_____________________________________________________________________
texnologik qurilmalar___________________________________________________________________
kondensatni to‘plash va qaytarish tizimlari___________________________________________________
3. Xulosa
______________________________________________________________________

(texnik ko‘rikdan o‘tkazishga taqdim qilingan issiqlik qurilmalarining ekspluatatsiya qilishga tayyorligi)

‎‎Mansabdor shaxs (lavozimi, hududiy bo‘limning nomi)

(F.I.O.)

20 ____ y. “____”_________

________________________________
‎(imzo)

Iste’molchi tashkilotining, yoki issiqlik xo‘jaligiga javobgar shaxs (yuridik shaxs uchun)
______________________________________________________________________

(lavozimi, tashkilotning nomi)

______________________________________________________________________

(F.I.O.)

‎‎20_____ y. “____”__________________

‎‎________________________________
‎(imzo)

Iste’molchining M.Sh. yoki Issiqlik qurilmasining egasi (jismoniy shaxslar uchun)___________________

(F.I.O., telefon raqami

“_____”________________ 20_____ y.

________________________________
‎(imzo)

Yuridik va jismoniy shaxslarni issiqlik ta’minoti tarmoqlariga ulash bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga ‎
8-ILOVA

‎‎“TASDIQLAYMAN”

___________________________

(Issiqlik ta’minoti korxonasi rahbarining F.I.O.)

20 ___ y. “____”_______________

Issiqlikdan foydalanish qurilmalari va issiqlik tarmoqlarini issiqlik tarmoqlariga ulash

DALOLATNOMASI

20__ y. “___”_______ dagi __- son

Mazkur dalolatnoma issiqlik ta’minoti korxonasining vakili tomonidan
_____________________________________________________________________

(lavozimi, F.I.O.)

“O‘zenerginspeksiya”ning ________________________________________________________________;

(lavozimi, F.I.O.)

qurilish-montaj va ishga tushirish-sozlash tashkilotining vakili _________________________________
____________________________________________________________________________________;

(qurilish-montaj va ishga tushirish-sozlash tashkiloti vakilining lavozimi, F.I.O.)

‎‎iste’molchining vakili __________________________________________________________________

(iste’molchi tashkilotining nomi yoki issiqlik qurilma egasining F.I.O.)

_____________________________________________________________________ ishtirokida tuzildi.
Ulashning tavsifi:
Obyektning nomi :______________________________________________________________________
Manzil: ______________________________________________________________________________
Asosiy issiqlik ta’minotining issiqlik tarmog‘iga ulanish nuqtasi:
_____________________ : _______________________________________________________________
Zaxiradagi issiqlik ta’minotining asosiy issiqlik tarmog‘iga ulanish nuqtasi:
______________________ : _____________________________________________________________
Ulanish nuqtasidagi issiqlik elituvchining (suv, bo‘g‘) parametrlari: R1=_____atm,
R2= _____atm, T1= ____0S, T2= ____0S;
Issiqlik ta’minoti korxonasi tomonidan “___”_____ 20__ y. ____- son texnik shart berildi.
Ruxsat etilgan maksimal issiqlik yuklamasi _____Gkal/soat, t/soat, shundan:
texnologik ehtiyojlarga _____ Gkal/soat, t/soat;
isitishga ________ Gkal/soat, t/soat;
‎‎issiq suv ta’minotiga ______ Gkal/soat, t/soat;
shamollatishga _______ Gkal/soat, t/soat.
Iste’molchining issiqlik ta’minoti tizimidan tarmoq suvining maksimal sarfi ____ m3/ch;
Kondensatning qaytishi _____%, t/soat;
Issiqlik (bug‘) tarmog‘ining balans mansublik bo‘linish chegarasi:
_____________________________________________________________________
Issiqlik ta’minoti loyihasiga muvofiq hisoblangan quvvat ____ kVt.

Quyidagi bilan tasdiqlanadiki, iste’molchining issiqlikdan foydalanish qurilmasi va issiqlik tarmog‘ining issiqlik ta’minoti korxonasining issiqlik (bug‘) tarmog‘iga ulash qonunchilikka muvofiq bajarilgan.

Tomonlarning imzolari:
‎‎issiqlik ta’minoti korxonasidan:

________________________
‎(imzo)

‎‎________________________
‎(sana)

O‘zenergoinspeksiyadan:

________________________ ‎(imzo) ‎‎

‎‎________________________ ‎(sana) ‎‎

‎‎qurilish-montaj va ishga tushirish-sozlash tashkilotidan:

________________________ ‎(imzo) ‎‎ ‎‎

‎‎________________________ ‎(sana) ‎‎

‎‎Arizachidan:

________________________ ‎(imzo) ‎‎ ‎‎

‎‎________________________ ‎(sana) ‎‎

Izoh: Subiste’molchilarning issiqlikdan foydalanish qurilmalari va issiqlik tarmoqlarini issiqlik tarmoqlariga ulash dalolatnomasi, mazkur Dalolatnoma talablari asosida rasmiylashtiriladi”.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 319-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.06.2024-y., 09/24/319/0406-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.07.2019-y., 09/19/567/3404-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.08.2021-y., 09/21/555/0848-son; 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son; 10.06.2024-y., 09/24/319/0406-son)