1-ILOVA
|
T/r |
Tadbirlarning nomlanishi |
Amalga oshirish shakli |
Amalga oshirish muddati |
Masʼul ijrochilar |
|
I. Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar | ||||
|
1. |
Uzluksiz maʼnaviy tarbiya konsepsiyasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
Konsepsiya loyihasi |
2019-yil iyul |
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi (A. Kadirov), Maktabgacha taʼlim vazirligi (A. Shin), Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov), Sogʻliqni saqlash vazirligi |
|
2. |
Oila, mahalla, taʼlim muassasalari va mehnat jamoalarida ijtimoiy-maʼnaviy muhitni oʻrganish, uning manzilliligi, tizimliligi va taʼsirchanligini taʼminlash, targʻibot-tashviqot ishlarini shaklan va mazmunan boyitish hamda bu jarayonga innovatsion usullarni joriy etish maqsadida Jamiyatda ijtimoiy-maʼnaviy muhitning holatini aniqlash va manzilli sogʻlomlashtirish metodikasini ishlab chiqish hamda Respublika kengashiga kiritish. |
Metodika |
2019-yil iyun |
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi (A. Kadirov), Axborot texnologiyalarini rivojlantirish vazirligi |
|
3. |
“Maʼnaviyat fidoyisi” koʻkrak nishonini taʼsis etish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2019-yil iyun |
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi (A. Kadirov), Adliya vazirligi (R. Davletov), Moliya vazirligi |
|
II. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining mazmun va mohiyatini aholining keng qatlamlariga yetkazishga qaratilgan targʻibot tadbirlari | ||||
|
4. |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Maʼnaviyat va maʼrifat kengashlari ishtirokida kelishilgan reja asosida “Maʼnaviyat festivali”ni oʻtkazish. |
Chora-tadbirlar rejasi |
2019-yil iyun |
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi (A. Kadirov), hududiy Maʼnaviyat va maʼrifat kengashlari |
|
5. |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning 2018-yil 28-dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasining mazmun-mohiyatini keng aholi vakillariga yetkazishga qaratilgan turkum targʻibot tadbirlarini oʻtkazish. |
Maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar |
yil davomida |
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi (A. Kadirov), Yoshlar ittifoqi (K. Kuranbayev), “Mahalla” jamoat fondi |
|
6. |
Mamlakatimizdagi islohotlarning aholi kundalik turmushidagi natijalari, fuqarolarimizning faolligi va ertangi kunga ishonchi haqida “Xalq davlat idoralariga emas, balki davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” shiori ostida “Baxtga haqli el” nomli targʻibot materiallari, risola va bukletlar tayyorlash. |
Tarqatma materiallar, risolalar |
yil davomida |
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi (A. Kadirov), “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati |
|
7. |
Jamiyatda faol fuqarolik pozitsiyasining shakllanishi holati, turli sohalarda olib borilayotgan islohotlarning aholi turmush tarziga taʼsirini oʻrganish maqsadida “Ijtimoiy rivojlanish va daxldorlik tuygʻusi” mavzusida ijtimoiy tarmoqlar orqali aholi oʻrtasida sotsiologik tadqiqotlar oʻtkazish va natijalari asosida tahliliy materiallar tayyorlash. |
Soʻrovlar, tadqiqotlar va tahlillar |
yil davomida |
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi (A. Kadirov), “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati |
|
8. |
Oʻzining samarali mehnati, vatanparvarligi, jismoniy va intellektual salohiyati bilan turli sohalarda katta muvaffaqiyatga erishgan yurtdoshlarimizning hayoti haqida hikoya qiluvchi “Men shu yurt farzandiman” ruknida turkum koʻrsatuvlar tashkil etish. |
Media reja |
2019-yil iyun |
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi (A. Kadirov), Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (A. Xadjayev) |
|
9. |
Amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligini oshirishda rahbar xodimlarning tutgan oʻrni, ularning maʼnaviy-axloqiy sifatlarining aholi kayfiyatiga taʼsirini yoritish maqsadida: “Rahbar maʼnaviyati”, “Rahbarning boshqaruv madaniyati” mavzularida seminar-trening va erkin muloqotlar tashkil etish; “Rahbarning maʼnaviyati va maʼrifati” mavzusida risola tayyorlash. |
Seminar-trening Risola |
yil davomida avgust |
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi (A. Kadirov), “Maʼnaviyat targʻibotchisi” taʼlim muassasasi (N. Salayev) |
|
10. |
“Jamiyat taraqqiyotining asosi — maʼrifatdir” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etish. |
Ilmiy-amaliy konferensiya |
2019-yil avgust |
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi (A. Kadirov) |
|
11. |
Markaziy koʻchalar, magistral yoʻllarda kitobxonlik targʻibotiga oid shiorlar, hikmatli soʻzlardan iborat bannerlar, koʻrgazmali tasviriy-targʻibot vositalaridan keng foydalanish ishlarini tashkil etish. |
Chora-tadbirlar rejasi, tarqatma materiallar, bannerlar, plakatlar |
2019-yil iyun |
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi (A. Kadirov), “Tasviriy oyina” uyushmasi (I. Latipov), Yozuvchilar uyushmasi (S. Sayidov), Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (K. Allamjonov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
III. Dunyoda yuz berayotgan murakkab geosiyosiy va gʻoyaviy-mafkuraviy jarayonlarning mazmun-mohiyatini har tomonlama chuqur yoritish, terrorizm, diniy ekstremizm, aqidaparastlik, separatizm, odam savdosi, “ommaviy madaniyat” va boshqa tahdidlarga qarshi samarali gʻoyaviy kurash olib borishga oid tadbirlar | ||||
|
12. |
“Axborot hashari” loyihasini amalga oshirish, uning doirasida: Internet saytlari va ijtimoiy tarmoqlardagi noxolis axborotlarga qarshi aholi, ayniqsa yoshlarning mafkuraviy immunitetini mustahkamlash va jamoatchilikda muayyan holatlar haqida haqqoniy fikr shakllanishiga koʻmaklashish; ishtirokchilarni axborot texnologiyalari yangiliklari bilan tanishtirish uchun qisqa muddatli oʻquv kurslari tashkil etish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
yil davomida |
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi (A. Kadirov), Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi |
|
13. |
Abu-l-Muin Nasafiy ilmiy merosiga bagʻishlangan “Jaholatga qarshi maʼrifat bilan kurashgan buyuk alloma” nomli xalqaro konferensiya oʻtkazish. |
Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya |
2019-yil noyabr |
Qashqadaryo viloyati hokimligi (Z. Roʻziyev), Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi (A. Kadirov), Islom sivilizatsiyasi markazi (Sh. Minovarov) |
|
14. |
Abu-l-Muin Nasafiy hayoti va yozgan asarlari asosida maxsus toʻplam tayyorlash va chop etish. |
Toʻplam |
2019-yil noyabr |
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi (A. Kadirov), Din ishlari boʻyicha qoʻmita (J. Akromov), Oʻzbekiston musulmonlari idorasi (U. Alimov) |
|
IV. Jamiyatimizning barqaror rivojlanishiga toʻsqinlik qilayotgan ichki tahdidlar — korrupsiya, mahalliychilik, loqaydlik va ota-onalarning yoshlar tarbiyasiga eʼtiborsizligi kabi holatlarga barham berishga qaratilgan tadbirlar | ||||
|
15. |
Mahallalardagi uyushmagan yoshlar ishtirokida “Oila — muqaddas dargoh” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarni tashkil etish. |
Uchrashuvlar, davra suhbatlari, seminarlar va boshqa tadbirlar |
yil davomida |
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi (A. Kadirov), “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi |
|
16. |
Yoshlar tarbiyasiga eʼtiborni kuchaytirish, ular tomonidan sodir etilayotgan huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida “Avlodlar uchrashuvi” loyihasi asosida barcha taʼlim muassasalarida el-yurt hurmatiga sazovor boʻlgan faxriy avlod vakillari bilan tarbiyasi ogʻir oʻquvchilarning uchrashuvlarini tashkil etish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
yil davomida |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, tuman (shahar) Maʼnaviyat va maʼrifat kengashlari, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazining hududiy boʻlimlari |
|
17. |
Jazoni ijro etish muassasalarida “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyatining aʼzolari ishtirokida “Taqdirni qoʻl bilan yaratur inson” mavzusida “maʼnaviyat soatlari”ni tashkil etish. |
“Maʼnaviyat soatlari” |
yil davomida |
Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi (A. Kadirov), Xotin-qizlar qoʻmitasi (T. Narbayeva) |
|
18. |
Jamiyatda uchrayotgan turli salbiy illatlar va muammolarga nisbatan jamoatchilik fikrini shakllantirish maqsadida “Faol fuqaro” debat klubini tashkil etish. |
Ijrochilar qoʻshma qarori |
2019-yil iyul |
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi (A. Kadirov), Yoshlar ittifoqi (K. Kuranbayev) |
|
V. Maʼnaviy-maʼrifiy targʻibot ishlari samaradorligini oshirishga qaratilgan ilmiy-tadqiqot tadbirlari | ||||
|
19. |
Uch yoshdan yetti yoshgacha boʻlgan bolalar tarbiyasi bilan shugʻullanayotgan oilalarga maʼnaviy tarbiyani tashkil etishda koʻmaklashish maqsadida “Yosh ota-ona kitobi”, bogʻcha tarbiyachilari uchun “Baxtli bola maʼnaviyati”, maktab oʻqituvchilari uchun “Fazilatli bola” qoʻllanmalarini tayyorlash va tarqatish. |
Metodik qoʻllanma |
2019-yil sentabr |
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi (A. Kadirov), Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov), Maktabgacha taʼlim vazirligi (A. Shin), “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi |
|
20. |
“Jamiyatda diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi ijtimoiy profilaktika mexanizmlarini takomillashtirish” mavzusida ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib borish. |
Ilmiy-amaliy tadqiqot |
2019-yil dekabr |
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi (A. Kadirov), Innovatsiya vazirligi (I. Abduraxmonov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Majidov) |
|
21. |
Boy maʼnaviy merosimiz, meʼmoriy va tarixiy yodgorliklarni keng targʻib qilish, xorijiy mehmonlarda mamlakatimizning tarixi, milliy urf-odatlari haqida toʻgʻri maʼlumot berish va ijobiy imijini shakllantirish maqsadida Oʻzbekistonning turistik shaharlarida faoliyat olib boradigan gidlar uchun uslubiy qoʻllanma tayyorlash. |
Uslubiy qoʻllanma |
2019-yil noyabr |
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi (A. Kadirov), Davlat turizm qoʻmitasi (A. Akkulov), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Tarix instituti (R. Abdullayev) |
|
22. |
Targʻibot-tashviqot ishlarini tashkil etish, jamiyatdagi jipslik va mafkuraviy immunitetni mustahkamlashda xorijiy davlatlar, xususan Germaniya, Turkiya va Yaponiya davlatlari tajribasini oʻrganish va risola tayyorlash. |
Risola |
2019-yil sentabr |
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi (A. Kadirov), Tashqi ishlar vazirligi (A. Kamilov) |
|
VI. Yoshlarda sogʻlom dunyoqarash, jumladan kitobxonlik koʻnikmasini shakllantirish, internet, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan oqilona foydalanish madaniyatini oshirish va ularda axborot xurujlariga qarshi mafkuraviy immunitetni mustahkamlashga qaratilgan tadbirlar | ||||
|
23. |
“Bu yilda oʻqish zarur boʻlgan 100 ta kitob” roʻyxatini tuzish, yil davomida ushbu asarlar mahalliy teleradiokanallarda el tanigan rahbarlar va ziyolilar tomonidan oʻqib borilishini tashkil etish, turli roliklar, bosma targʻibot ishlarini amalga oshirish va ijtimoiy tarmoqlarda ushbu tashabbusning keng tashviqotini olib borish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
yil davomida |
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi (A. Kadirov), Yoshlar ittifoqi (K. Kuranbayev), Yozuvchilar uyushmasi |
|
24. |
Mamlakatimizdagi keng qamrovli islohotlar mazmunini aholining turli qatlamlariga tushuntirish va mafkuraviy immunitetni mustahkamlashda faol boʻlgan “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati aʼzolari oʻrtasida “Yilning eng faol maʼnaviyat targʻibotchisi” tanlovini oʻtkazish. |
Respublika tanlovi |
2019-yil avgust |
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi (A. Kadirov), “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati |
|
25. |
Anʼanaviy tarzda bir yilda kamida ikki marta (1-iyun — xalqaro bolalar kuni, 2-sentabr — bilimlar kuni) “Qadrdon maktabimga kitob sovgʻa qilaman” shiori ostida aksiyalar tashkil etish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2019-yil iyun- sentabr |
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi (A. Kadirov), Yoshlar ittifoqi (K. Kuranbayev), Xalq taʼlimi vazirligi |
|
26. |
Internet maydonida ichki va tashqi tahdidlarga samarali qarshi kurashishni taʼminlash maqsadida Markaz xodimlari va “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati aʼzolari uchun “Internet maydonidagi maʼnaviy tahdidlar va ularga qarshi kurashishning usullari” mavzusida turkum hududiy va masofaviy oʻquvlar tashkil etish. |
Oʻquv mashgʻulotlari |
yil davomida |
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi (A. Kadirov), hududiy Maʼnaviyat va maʼrifat kengashlari, “Maʼnaviyat targʻibotchisi” oʻquv markazi (N. Salayev) |
|
VII. Mahallalarda uyushmagan yoshlar bilan ishlash, ushbu yoshlarni ijtimoiy-iqtisodiy faollashtirishda jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyishga qaratilgan tadbirlar | ||||
|
27. |
Taʼlim muassasalarida talaba, oʻquvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida “Bilib qoʻyki, seni Vatan kutadi”, “Avlodlarga munosib voris boʻlaylik”, “Biz buyuk allomalar farzandlarimiz”, “Maʼrifatli yoshlar — millat faxri”mavzusida harbiy faxriylar ishtirokida uchrashuvlar tashkil etish. |
Maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar |
yil davomida |
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi (A. Kadirov), Mudofaa vazirligi (B. Kurbanov), Ichki ishlar vazirligi |
|
28. |
Vatanparvarlik, yurtga sadoqat tuygʻularini kuchaytirish, yoshlarning ijodiy fikrlashini qoʻllab-quvvatlash, ular oʻrtasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikning oldini olish maqsadida “Vatan taraqqiyotiga mening hissam” loyihasini amalga oshirish. Bunda: “Korrupsiya kelajakka tahdid” insholar tanlovi; “Oʻzbekiston yoshlar nigohida” rasmlar tanlovi, “Ona Vatanimning buyuk farzandlari”, “Oʻzbekistonlik ekanimdan faxrlanaman”, “Vatanga xizmat qilish — buyuk maqsadim” mavzularida maqolalar tanlovi oʻtkazish. |
Amaliy chora-tadbirlar, tanlovlar, ijtimoiy roliklar |
2019-yil iyul-oktabr |
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi (A. Kadirov), Yoshlar ittifoqi (K. Kuranbayev), Badiiy akademiya |
|
29. |
Taʼlim muassasalarida oʻquvchilarning maʼnaviy-maʼrifiy bilimlari va dunyoqarashini yuksaltirish, joylardagi tarixiy obidalar, muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni targʻib qilish maqsadida “Yurtim tarixini oʻrganaman” va “Yurtim boʻylab oʻn kun sayohat” loyihasini amalga oshirish. |
Ijrochilarning qoʻshma qarori |
2019-yil iyun-oktabr |
Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov), Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi (A. Kadirov), Yoshlar ittifoqi (K. Kuranbayev), Davlat turizm qoʻmitasi |
|
30. |
“Farzandingiz mustaqil hayotga tayyormi?” ruknida yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash va erta nikohning oldini olishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish. |
Ijrochilarning qoʻshma qarori |
2019-yil avgust |
“Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi |
|
VIII. Xalqimizning tarixiy merosi, urf-odatlari va milliy tarbiya anʼanalarini asrab-avaylash, keng aholi qatlamlari, ayniqsa yoshlar oʻrtasida dinlararo bagʻrikenglik, millatlararo totuvlik va oʻzaro mehr-oqibat muhitini mustahkamlashga doir tadbirlar | ||||
|
31. |
“Biz maʼrifatli islom tarafdorimiz!” shiori ostida turkum chora-tadbirlarni amalga oshirish. |
Targʻibot tadbirlari |
yil davomida |
Din ishlari boʻyicha qoʻmita (J. Akromov), Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi (A. Kadirov), Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), “Mahalla” jamoat fondi |
|
32. |
“Bir oilada ezgu maqsadlar sari” shiori ostida taʼlim muassasalari va mahallalarda diniy bagʻrikenglik va millatlararo totuvlikni taʼminlash borasidagi ishlar targʻibotini tashkil etish. |
Targʻibot tadbirlari |
yil davomida |
Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi (R. Kurbanov), Din ishlari boʻyicha qoʻmita (J. Akromov), Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi (A. Kadirov) |
|
33. |
“12 oyga — 12 alloma” loyihasini amalga oshirish, uning doirasida: yil davomida buyuk ajdodlarimiz hayoti, ilmiy va maʼnaviy-maʼrifiy merosi haqida risolalar tayyorlash va chop etish; har oyda taʼlim muassasalarida maʼlum bir alloma hayoti va faoliyatiga bagʻishlangan tanlovlar oʻtkazish. |
Risolalar va tanlovlar |
yil davomida |
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi (A. Kadirov), Yoshlar ittifoqi (K. Kuranbayev), Xalq taʼlimi vazirligi |
|
34. |
Oʻzbekistonning boy maʼnaviy merosi, meʼmoriy va tarixiy yodgorliklarini keng targʻib qilish maqsadida YUNESKO jahon madaniy merosi roʻyxatiga kiritilgan mamlakatimizdagi obyektlar haqidagi maʼlumotlarni 3D formatida namoyish etadigan elektron foto jamlanma (virtual sayohat) yaratish va ijtimoiy tarmoqlar orqali keng targʻib qilish. Bunda: jamlanmaga kiritiladigan meʼmoriy va tarixiy yodgorliklar roʻyxatini shakllantirish; fotojamlanmani toʻplash va uning 3D formatini yaratish; Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazining veb-sahifasi, ijtimoiy tarmoqlarga bepul koʻchirib olish imkoniyati bilan joylashtirish hamda Google maps dasturiga kiritish. |
Chora-tadbirlar rejasi |
2019-yil iyun |
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi (A. Kadirov), Davlat turizm qoʻmitasi (A. Akkulov) |
|
IX. Mamlakatimizda keng nishonlanadigan bayramlar va boshqa sanalarda keng aholi orasida amalga oshiriladigan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar | ||||
|
35. |
Internet tizimida oʻzbek, rus va ingliz tillarida “Buyuk yurt farzandlari” telegram kanalini tashkil qilish. Bunda: Oʻzbekiston hududida yetishib chiqqan buyuk allomalar, sarkardalar, davlat va jamoat arboblarining hayoti, ilmiy, ijodiy ishlari, davlat va jamiyat rivoji yoʻlida amalga oshirgan ibratli faoliyati haqida maʼlumotlar berib borish; mamlakatimizdagi mashhur olimlar, tadbirkorlar, yozuvchilar, madaniyat, sanʼat va sport sohasida katta yutuqlarga erishgan shaxslarning hayoti va ijodi, xususan maktab davri haqidagi ibratli voqealarni hikoya qiluvchi videoroliklar tayyorlash. |
Amaliy chora-tadbirlar, maqola, infografika, soʻrovlar |
yil davomida |
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi (A. Kadirov), Oʻzbekiston fanlar akademiyasi (B. Yuldashev), Oʻzbekiston milliy kutubxonasi (U. Toshboyeva) |
|
36. |
Mustaqillik neʼmati, buyuk ajdodlarimiz orzu-niyatlari, istiqlol bergan imkoniyatlar, erishilgan yutuqlarni aholi oʻrtasida keng targʻib qilish maqsadida: “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati aʼzolari va barcha targʻibotchilarga moʻljallangan uslubiy qoʻllanma tayyorlash; Mustaqillik kuniga bagʻishlangan videorolik tayyorlash va ijtimoiy tarmoqlarda tashviqot tadbirlarini oʻtkazish; ijtimoiy tarmoqlarda “Vatanni sevmoq iymondandur” targʻibot aksiyasini oʻtkazish. |
Chora-tadbirlar rejasi |
2019-yil avgust |
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi (A. Kadirov), tegishli vazirlik va idoralar |
|
37. |
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini aholi oʻrtasida keng targʻib qilish maqsadida mahallalar, taʼlim muassasalari va tashkilotlarda: “Konstitutsiya va qonun talablariga qatʼiy rioya qilish maʼnaviy saviyamiz va madaniyatimizning asosiy mezoniga aylanishi shart” mavzusida davra suhbatlarini tashkil qilish; “Insonning maʼnaviy va madaniy saviyasi uning qonunlarga ogʻishmay amal qilishida namoyon boʻladi” mavzusida respublika insholar tanlovini oʻtkazish. |
Davra suhbati
|
2019-yil sentabr — dekabr |
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi (A. Kadirov), Adliya vazirligi (R. Davletov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Majidov), Xalq taʼlimi vazirligi |