Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining
buyrugʻi
Tibbiy ixtisoslashuvning tegishli turini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan moddiy-texnik baza, asbob-uskunalar va boshqa texnik vositalar, shu jumladan tibbiy texnikaga eng kam talablarga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 5-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2905-3]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-dekabrdagi PQ-3450-son “Xususiy tibbiyot tashkilotlarini rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha shart-sharoitlarni yaratish toʻgʻrisida”gi hamda 2018-yil 16-martdagi PQ-3606-son “Psixiatriya yordami koʻrsatish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorlariga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2017-yil 10-iyuldagi 90-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2905, 2017-yil 28-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 30-son, 756-modda) bilan tasdiqlangan Tibbiy ixtisoslashuvning tegishli turini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan moddiy-texnik baza, asbob-uskunalar va boshqa texnik vositalar, shu jumladan tibbiy texnikaga eng kam talablarga ilovaga muvofiq qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Vazir A. ShADMANOV
Toshkent sh.,
2019-yil 7-mart,
71-son
Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2019-yil 7-martdagi 71-son buyrugʻiga
ILOVA
Tibbiy ixtisoslashuvning tegishli turini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan moddiy-texnik baza, asbob-uskunalar va boshqa texnik vositalar, shu jumladan tibbiy texnikaga eng kam talablarga kiritilayotgan qoʻshimchalar
1.Quyidagi mazmundagi 302-bob bilan toʻldirilsin:
“302-bob. Psixiatriya ixtisoslik turi boʻyicha (ijtimoiy xavfli sanalgan kasalliklardan tashqari)
543. Maslahat, diagnostika, konservativ davolashdan iborat boʻlgan ambulator tipdagi tibbiyot tashkilotida quyidagilar boʻlishi lozim:
tibbiyot asbob-uskunalari uchun stol;
vrach uchun ish stoli;
stullar;
kushetka;
muolaja oʻtkaziladigan xonalarda statsionar holatdagi bakteriotsid lampa;
tonometr va fonendoskop;
nevrologiya bolgʻachasi;
tibbiyot termometri.
544. Maslahat, diagnostika, konservativ davolashdan iborat boʻlgan statsionar tipdagi tibbiyot tashkilotida quyidagilar boʻlishi lozim:
steril tibbiyot asbob-uskunalari uchun stol (kamida 2 dona);
vrach uchun ish stoli;
hamshiralar posti uchun stol;
stullar;
kushetka;
karavotlar;
muolaja oʻtkaziladigan xonada statsionar holatdagi bakteriotsid lampa;
palatalar uchun koʻchma bakteriotsid lampa;
shtativ (suyuqliklarni tomchilatib quyishga moʻljallangan) (kamida 2 dona);
tonometr va fonendoskop;
nevrologiya bolgʻachasi;
tibbiyot termometri.”.
2. Quyidagi mazmundagi 303-bob bilan toʻldirilsin:
“303-bob. Tibbiy buyumlar va uskunalar sterilizatsiyasi ixtisoslik turi boʻyicha
545. Sterilizatsiya tashkilotida quyidagilar boʻlishi lozim:
bikslar (konteynerlar);
konteynerlar uchun shkaf;
konteynerlarni ajratish uchun stellajlar;
statsionar holatdagi bakteriotsid lampa;
sterilizatsiya va distillash uchun moʻljallangan tibbiyot asbob-uskunalari (avtoklav, quritish shkafi, distillyator va boshqalar);
konteynerlarni qabul qilganda tashish uchun aravachalar;
konteynerlarni tashish uchun kichik aravachalar (3ta ishchi zona uchun alohida);
tibbiy buyum va uskunalarni ultratovush orqali yuvish moslamasi, havo purkagichlar, ivitish, yuvish va chayish vannalari, aravalar va konteynerlarni yuvish va chayish mashinasi yoki maydonchasi;
sterilizatsiya xodimi uchun kiyimlar jamlamasi, individual himoya vositalari (qoʻlqoplar, koʻz oynaklar, qalpoq, baxilla va maxsus oyoq kiyim — har bir zona uchun alohida ranglarda);
sterillash va distillash uchun moʻljallangan kimyoviy vositalar;
indikatorlar, testlar, kraft paketlar, kreplangan qogʻozlar, plomba va stikerlar;
yuvinish va hojatxona uchun sovun, aseptika va quritish vositalari;
konteynerlarni qabul qilish, berish, sterillash va qadoqlashni qayd etish jurnali.”.
3. Mazkur qoʻshimchalar Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi A. IKRAMOV
2019-yil 6-mart
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2019-y., 10/19/2905-3/2888-son)