1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.02.00 Tashqi iqtisodiy faoliyatning boshqaruvi]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari;
2.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Umumiy masalalar]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida
[Koʻchirma]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-yanvardagi “Investitsiya va tashqi savdo sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5643-son Farmoni ijrosi yuzasidan, shuningdek, chet el investitsiyalari keng jalb etilishini taʼminlash hamda respublikaning tashqi savdo faoliyatini rivojlantirish boʻyicha ishlar samaradorligini oshirish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik) huzurida:
Idoralararo bojxona-tarif kengashini tugatgan holda Tarif va notarif tartibga solish kengashi;
chet el investorlarini maʼlumotlar bilan taʼminlash va huquqiy koʻmak berish, shuningdek, yuzaga kelgan muammolarni hal etish, zaruriy hujjatlarni rasmiylashtirish boʻyicha ularga xizmat koʻrsatish uchun Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi.
(1-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-maydagi PQ-4332-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.05.2019-y., 07/19/4332/3174-son)
Belgilansinki, Tarif va notarif tartibga solish kengashining tarkibi 1-ilovaga koʻra namunaviy tarkibga muvofiq shakllantiriladi.
2. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining tashkiliy tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining markaziy apparati tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq;
Vazirlik huzuridagi Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi, Eksportni ragʻbatlantirish agentligi hamda Investitsiya loyihalarini ishlab chiqish markazi tuzilmalari 4, 5 va 6-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-maydagi PQ-4332-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.05.2019-y., 07/19/4332/3174-son)
Vazirlik, Vazirlik huzuridagi Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi, Eksportni ragʻbatlantirish agentligi va Investitsiya loyihalarini ishlab chiqish markazi boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 1541 nafar, shu jumladan Vazirlikning markaziy apparati boshqaruv xodimlari — 283 nafar etib belgilansin.
(2-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-oktabrdagi PF-5848-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.10.2019-y., 06/19/5848/3901-son)
LexUZ sharhi
2-bandning beshinchi xatboshisiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-dekabrdagi PQ-4553-sonli qarori bilan oʻzgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
3. Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vaziriga:
zarur hollarda, boshqaruv xodimlarining belgilangan umumiy soni doirasida Vazirlik markaziy apparati, Vazirlik huzuridagi Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi, Eksportni ragʻbatlantirish agentligi hamda Investitsiya loyihalarini ishlab chiqish markazi tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritish;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-maydagi PQ-4332-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.05.2019-y., 07/19/4332/3174-son)
Vazirlikning hududiy boʻlinmalari tuzilmalarini va boshqaruv xodimlarining belgilangan umumiy soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida ularning boshqaruv xodimlari cheklangan sonini tasdiqlash;
Vazirlikning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan boshqaruv xodimlarining qoʻshimcha shtat birliklarini kiritish;
davlat organlari va boshqa tashkilotlar, yetakchi loyiha institutlari, ilmiy va taʼlim muassasalari, xalqaro tashkilotlar, xorijiy kompaniyalarning yuqori malakali mutaxassislarini, shuningdek, ekspertlarni maslahatchi sifatida jalb qilish;
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.27.00.00 Valyutani tartibga solish va valyutani nazorat qilish / 07.27.04.00 Chet el valyutasidagi hisob-kitoblar va toʻlovlar]
malakali xorijiy mutaxassislarni ishga qabul qilish va ularga ish haqini milliy valyutada yoki xorijdagi hisobvaraqlariga oʻtkazgan holda chet el valyutasida toʻlash huquqi berilsin.
(3-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-iyuldagi PF-6021-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2020-y., 06/20/6021/1047-son — 2020-yil 1-avgustdan kuchga kiradi)
Vazirlik huzuridagi Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi, Eksportni ragʻbatlantirish agentligi va Investitsiya loyihalarini ishlab chiqish markazi direktorlari — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vaziri taqdimnomasiga asosan;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-maydagi PQ-4332-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.05.2019-y., 07/19/4332/3174-son)
Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi, Eksportni ragʻbatlantirish agentligi va Investitsiya loyihalarini ishlab chiqish markazi direktorlari oʻrinbosarlari — Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vaziri tomonidan;
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-maydagi PQ-4332-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.05.2019-y., 07/19/4332/3174-son)
(4-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-maydagi PQ-4332-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.05.2019-y., 07/19/4332/3174-son)
(4-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-maydagi PQ-4332-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.05.2019-y., 07/19/4332/3174-son)
(4-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-maydagi PQ-4332-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.05.2019-y., 07/19/4332/3174-son)
1.20.00.00.00 Kadrlar masalalari, mukofotlar, faxriy unvonlar, esdalik nishonlar, faxriy yorliqlar bilan taqdirlash, amnistiya va afv etish masalalari hamda fuqarolik berish boʻyicha individual aktlar / 20.01.00.00 Lavozimga tayinlash, ishdan boʻshatish boʻyicha qarorlar]
respublikaning chet eldagi muassasalaridagi savdo-iqtisodiy maslahatchilar, birinchi va ikkinchi kotiblar — Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vaziri bilan kelishilgan holda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoniga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.05.00 Shartnoma. Shartnomalarni tuzish, oʻzgartirish va bekor qilish;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.06.00 Investitsiya dasturlari va loyihalar / 07.28.06.02 Investitsiya loyihalari]
5. Vazirlik Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Adliya vazirligi va Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi bilan birgalikda ikki oy muddatda investitsiya shartnomalarini tuzish va amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni qayta koʻrib chiqqan holda investitsiya shartnomalarida xoʻjalik yurituvchi subyektlarni bozorda ustun mavqega olib chiquvchi alohida huquq va qoidalar kiritilishiga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha aniq mexanizmlarini belgilab beruvchi namunaviy investitsiya shartnomalari hamda ularni tuzish va imzolash qoidalarini tasdiqlasin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.01.00 Investitsiya faoliyatining davlat tomonidan tartibga solinishi]
6. Belgilansinki, 2019-yil 1-iyuldan boshlab investorlar bilan oʻzaro aloqalar “yagona darcha” tamoyili asosida amalga oshiriladi, uning doirasida salohiyatli investorlarga konsultatsiya berish, ularning davlat xizmatlaridan foydalanishi, shu jumladan muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasiga ulanishida yordamlashish, shuningdek investitsiya shartnomalarini tuzishda koʻmaklashish borasidagi ishlar bajariladi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.03.00 Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va koʻrib chiqish tartibi]
Vazirlik ikki oy muddatda investorlar bilan “yagona darcha” tamoyili asosidagi oʻzaro hamkorlik qilish tartibini, shuningdek tumanlar, shaharlardagi Vazirlik xodimlarining tegishli davlat xizmatlari markazlariga yuborilishini nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-apreldagi PF-67-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son)
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek, 07.29.00.00 ga qarang);
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.01.00 Investitsiya faoliyatining davlat tomonidan tartibga solinishi]
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining investitsiyalarni jalb qilish va tashqi savdoni rivojlantirish uchun masʼul oʻrinbosarlari har chorakda Vazirlikka iqtisodiyotning asosiy sohalariga toʻgʻridan-toʻgʻri chet el investitsiyalari va ilgʻor texnologiyalarni jalb qilish va infratuzilmani rivojlantirish hamda xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining texnik koʻmagi vositalari (grantlari) va imtiyozli kreditlari hisobidan loyihalarning amalga oshirilishi boʻyicha qilingan ishlar toʻgʻrisida tahliliy materiallar va hisobotlar taqdim etadi;
Vazirlik xodimlari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan belgilangan tartibda ajratiladigan koʻp yillik xizmatlari uchun ustamalar va qoʻshimcha toʻlovlar, shuningdek avvalgi ish joyida berilgan maxsus unvonlar, darajali unvonlar, diplomatik va boshqa martabalar saqlab qolinadi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.06.00.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti. Mahalliy budjet]
Vazirlik va uning hududiy boʻlinmalari faoliyatining joriy taʼminoti va moliyalashtirish xarajatlari (ish haqi, mukofotlar, ustamalar va boshqa toʻlovlarni oʻz ichiga olgan holda) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, tumanlar va shaharlarning tegishli budjetlari mablagʻlari hamda qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi;
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.01.00 Umumiy masalalar;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.05.00.00 Mehnat intizomi / 05.05.03.00 Mehnatni ragʻbatlantirish. Turlari va qoʻllash tartibi]
Vazirlik huzuridagi Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi, Eksportni ragʻbatlantirish agentligi hamda Investitsiya loyihalarini ishlab chiqish markazi xodimlariga Vazirlikning markaziy apparati xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash, moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy himoya shart-sharoitlari joriy etiladi;
(7-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-maydagi PQ-4332-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.05.2019-y., 07/19/4332/3174-son)
Vazirlikning hududiy boʻlinmalari xodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 9-yanvardagi “Davlat boshqaruvi hududiy organlari faoliyatini yanada takomillashtirish va xodimlarini moddiy ragʻbatlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2722-son qarorining 1-bandida nazarda tutilgan mehnatga haq toʻlash shartlari tatbiq etiladi.
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamgʻarmalari / 07.07.02.04 Vazirlik va idoralar jamgʻarmalari]
71. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining budjetdan tashqari Rivojlanish va moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) tashkil etilsin.
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamgʻarmalari / 07.07.02.04 Vazirlik va idoralar jamgʻarmalari]
Moddiy-texnik bazani mustahkamlash, xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy himoya qilish, yuqori malakali, shu jumladan xorijiy mutaxassislarni shartnoma asosida jalb qilish (mehnatga haq toʻlash, transport xarajatlari va boshqalar), xodimlarni tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish va stajirovkadan oʻtkazish, konferensiyalar, seminarlar va boshqa tadbirlar, shu jumladan chet elda oʻtkaziladigan tadbirlar, shuningdek, Vazirlik faoliyatini rivojlantirish bilan bogʻliq boshqa tadbirlarni tashkil qilish va oʻtkazish xarajatlarini moliyalashtirish uchun yoʻnaltiriladigan Vazirlikning budjetdan tashqari mablagʻlari, shu jumladan vaqtincha boʻsh turgan budjetdan tashqari va qarz mablagʻlarini tijorat banklari depozitlariga joylashtirishdan oʻz tasarrufidagi tashkilotlarning sof foydasidan olinadigan va koʻrsatiladigan xizmatlardan olinadigan daromadlar, shuningdek, qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar Jamgʻarmani shakllantirish manbalari etib belgilansin.
(71-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
9. Vazirlik tomonidan mahalliy hamda xorijiy investorlar va tashqi savdo faoliyati ishtirokchilari uchun noqulay sharoitlar mavjudligi toʻgʻrisida kelib tushgan axborotlar boʻyicha tezkor choralar koʻrilsin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.10.00 Tadbirkorlar birlashmalari (uyushmalar, assotsiatsiyalar va b.) / 09.01.10.01 Savdo-sanoat palatasi]
10. Vazirlik va Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.06.00 Investitsiya dasturlari va loyihalar / 07.28.06.02 Investitsiya loyihalari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.10.00 Tadbirkorlar birlashmalari (uyushmalar, assotsiatsiyalar va b.) / 09.01.10.01 Savdo-sanoat palatasi]
foydalanilmayotgan ishlab chiqarish obyektlaridan samarali foydalanish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda xususiy tadbirkorlik subyektlarining boʻsh turgan va qurilishi tugallanmagan obyektlari ishlab chiqarish faoliyatini tiklashga qaratilgan investitsiya loyihalari (“yoʻl xaritalari”)ni ishlab chiqish boʻyicha idoralararo komissiyaning ishchi organi funksiyalarini amalga oshirish;
Tadbirkorlik faoliyati asoslarini oʻqitish respublika markazi qoshida tashqi savdo va eksport asoslari boʻyicha bepul kurslarni tashkil etish hamda kelgusida bunday kurslarni tadbirkorlikka koʻmaklashish markazlarida tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.10.00 Tadbirkorlar birlashmalari (uyushmalar, assotsiatsiyalar va b.) / 09.01.10.01 Savdo-sanoat palatasi]
Vazirlik, Davlat bojxona qoʻmitasi, Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi hamda boshqa masʼul vazirlik va idoralar tashqi savdo va eksport asoslari boʻyicha kurslarni tashkil etish va oʻtkazishda Savdo-sanoat palatasiga koʻmaklashsin.
(10-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-fevraldagi PF-67-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.02.2022-y., 06/22/67/0128-son)
11. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining davlat rivojlanish dasturlarini moliyalashtirish funksiyasini Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga yuklagan holda Oʻzbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini moliyalashtirish jamgʻarmasini 2019-yil 1-fevraldan boshlab tugatish va tugatilayotgan Jamgʻarmaning 14 nafar boshqaruv xodimlarini hududiy moliya organlari tuzilmasiga berish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang)]
12. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
a) bir oy muddatda:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.10.00 Tadbirkorlar birlashmalari (uyushmalar, assotsiatsiyalar va b.) / 09.01.10.01 Savdo-sanoat palatasi;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.03.00 Sertifikatlashtirish / 09.07.03.01 Umumiy qoidalar]
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining zamonaviy imkoniyatlarini joriy etishni taʼminlagan holda tan olinadigan mamlakatlarda Oʻzbekiston Respublikasi mahsulotlarini oʻzini oʻzi sertifikatlash tizimini joriy etish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining mansublik sertifikatini rasmiylashtirish funksiyasini Savdo-sanoat palatasiga berish boʻyicha tadbirlar rejasini tasdiqlasin;
Vazirlik xodimlarining moddiy taʼminotini yaxshilash boʻyicha, jumladan ular uchun turar joylar va xizmat uylari qurish va Vazirlikni joylashtirishni nazarda tutuvchi takliflar kiritsin;
b) uch oy muddatda eksport mahsulotlarini tizimli ravishda yetkazib berishni tashkil etish va kelgusida ularni mintaqaviy bozorlarda sotish maqsadida davlat-xususiy sherikligi asosida xorijda ulgurji-taqsimlash markazlarini tashkil etish boʻyicha choralar koʻrsin.
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.19.00 Ommaviy axborot vositalari (radio, televideniye va boshqalar) (shuningdek, 12.03.09.00.ga qarang)]
13. Vazirlik Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bilan birgalikda eksport mahsulotlarini ishlab chiqarish, sertifikatlash, yetkazib berish va sotish masalalariga oid koʻrsatuvlar turkumini tashkil etish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirsin.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-dekabrdagi PF-5892-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2019-y., 06/19/5892/4134-son)
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.09.00 Hukumat va boshqa turdagi maxsus aloqalar. Feldyegerlik aloqasi;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.03.00 Internet global tarmoq]
14. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Vazirlikni belgilangan tartibda telefon aloqasi, shu jumladan, hukumat aloqasi, Internet tarmogʻiga ulash hamda Vazirlikning samarali ishlashi uchun zarur boʻlgan dasturiy mahsulotlar ishlab chiqilishi va joriy etilishini taʼminlasin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar]
15. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.03.00 Respublika budjeti xarajatlari]
ushbu qaror ijrosini taʼminlash yuzasidan Vazirlik xarajatlari uchun asoslangan hisob-kitoblar boʻyicha 2019-yilga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlari doirasida mablagʻ ajratsin va 2020-yildan boshlab zarur budjet mablagʻlarini koʻzda tutsin;
30 ta, shu jumladan, 25 ta shaxsiy biriktirilgan va ulardan 14 tasi Vazirlikning hududiy boʻlinmalari uchun moʻljallangan xizmat yengil avtomobillarining taʼminoti uchun limit belgilasin;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2019-yil uchun tasdiqlangan xarajatlar smetasiga ushbu qaror talablaridan kelib chiqib tegishli oʻzgartirishlar kiritsin.
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.03.00 Tarif setkalari. Mansab okladlari;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.10.00.00 Ayrim toifadagi xodimlarning mehnatini (xizmatini) tartibga solishning xususiyatlari / 05.10.05.00 Davlat xizmatchilari xodimlarining mehnatini (xizmatini) tartibga solishning xususiyatlari (shuningdek, 02.06.00.00 ga qarang)]
151. Belgilansinki, Yagona tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlashning tasdiqlangan razryadlariga asosan Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi markaziy apparati va uning huzuridagi respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining lavozim maoshini aniqlashda tarif koeffitsiyentlari 1,8 baravar oshirilgan miqdorda qoʻllaniladi. Bunda, mazkur qarorda hamda ilgari qabul qilingan qonunchilik hujjatlarida belgilangan mehnatga haq toʻlash razryadlarining oshirilgan tarif koeffitsiyentlarini bir vaqtda qoʻllashga ruxsat etilmaydi hamda ularning eng yuqorisi qoʻllaniladi.
(151-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-iyuldagi PF-111-sonli Farmoniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 06/23/111/0509-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 12-apreldagi 147-son “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, sud organlari va notarial idoralar xodimlari mehnatiga haq toʻlashning tarif setkasini joriy etish toʻgʻrisida”gi qarori.
16. Vazirlik:
a) 2019-yil 1-iyunga qadar salohiyatli investorlarni qiziqtiruvchi dastlabki hisob-kitoblarga ega aniq loyihalar va boshqa maʼlumotlarni koʻrsatgan holda har bir hududning ishlab chiqarish salohiyati va investitsiya hajmiga boʻlgan ehtiyojini aks ettiruvchi Oʻzbekiston Respublikasining interaktiv investitsiyaviy xaritasini ishlab chiqsin va joriy qilinishini taʼminlasin;
b) bir oy muddatda:
Vazirlikning markaziy apparati va uning hududiy boʻlinmalarini zarur nazariy bilimlar va amaliy koʻnikmalarga ega, Vazirlikka yuklatilgan vazifalarni professional darajada amalga oshirish qobiliyatiga ega boʻlgan yuqori malakali kadrlar bilan toʻldirishni;
Vazirlikning tarkibiy va quyi boʻlinmalari toʻgʻrisidagi nizomlar (ustavlar), shuningdek, xodimlarning lavozim yoʻriqnomalari tasdiqlanishini;
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.02.00 Tashqi iqtisodiy faoliyatning boshqaruvi;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.04.00 Eksport va import / 10.01.04.01 Eksport]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Meva-sabzavot mahsulotlarini tashqi bozorlarga chiqarish samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 17-oktabrdagi PQ-3978-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan Meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qiluvchilar axborot portalida respublika hududlari eksport salohiyati, isteʼmol bozorlari hajmi boʻyicha statistik hisobotlar, sanitar va fitosanitar talablar, shuningdek, xorijiy mamlakatlarning meva-sabzavot mahsulotlari bozorlariga kirishning boshqa shartlari haqidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan erkin foydalanish imkonini beruvchi elektron katalogning chop etilishini;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.16.00 Tanlovlar. Koʻriklar. Festivallar]
Oʻzbekiston Respublikasi milliy mahsulotlari brendini, jumladan, ommaviy axborot vositalarida tanlov tashkil etish orqali ishlab chiqish boʻyicha chora-tadbirlar amalga oshirilishini taʼminlasin;
v) Vazirlik, uning boʻlinmalari va ularning rahbarlari faoliyatini aniq natija va maqsadli indikatorlarga erishish, tashqi savdo va investitsiyalarni rivojlantirish boʻyicha yaqin, oʻrta va uzoq muddatli istiqbollarga moʻljallangan strategiya dasturlari sifatli va samarali bajarilishini taʼminlash asosida baholashning mutlaqo yangi tizimini joriy etish choralarini koʻrsin;
g) Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari bilan birgalikda doimiy ravishda tashqi bozorlar talablarini, jumladan, xorijiy mamlakatlardagi vakolatli organlarga doimiy ravishda soʻrovlar joʻnatish orqali oʻrgansin, xorijda yuqori talabga ega mahsulotlar roʻyxatini shakllantirsin va umumfoydalaniladigan shaklda joylashtirsin;
d) tashqi bozorlarni tahlil qilish natijalari asosida mahsulotga boʻlgan talabni, tegishli mamlakatga yetkazib berish rentabelligi va boshqa xususiyatlarni inobatga olgan holda mahsulotlarni eksport qilish uchun zarur boʻlgan hujjatlar va ruxsatnomalar olish masalalarini hal etish maqsadida mamlakatlar va mahsulotlar roʻyxatini har yili 5-yanvarga qadar vakolatli organlarga taqdim etilishini taʼminlasin;
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang);
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.03.00 Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va koʻrib chiqish tartibi]
e) tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga:
oʻzaro hamkorlikning aniq va samarali mexanizmlarini va bozorlarda yuzaga keluvchi vaziyatlarga oʻz vaqtida taʼsir chorasini koʻrishni nazarda tutuvchi Vazirlik huzuridagi Tarif va notarif tartibga solish boʻyicha Kengash faoliyati toʻgʻrisidagi nizomni;
Vazirlikning boʻlinmalari va boshqa vakolatli organlarining mazkur sohadagi vakolatlarini aniq belgilagan holda, shuningdek, davlat boshqaruvi va mahalliy ijro hokimiyati organlari bilan hamkorligining aniq mexanizmlarini nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi toʻgʻrisidagi nizomni;
Vazirlik huzuridagi Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi, Eksportni ragʻbatlantirish agentligi toʻgʻrisidagi nizomlarni;
(16-bandning “e” kichik bandi toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-maydagi PQ-4332-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.05.2019-y., 07/19/4332/3174-son)
qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi takliflarni kiritsin.
17. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Vazirlik va Moliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda “Oʻzbekoziqovqatxolding” XKni tugatish choralarini koʻrsin va ushbu sohada oʻzini oʻzi tartibga soluvchi tashkilot tuzish boʻyicha takliflar kiritsin.
18. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi oʻrinbosari B.M. Mavlonov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari E.M. Gʻaniyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 28-yanvar,
PQ-4135-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-yanvardagi PQ-4135-son qaroriga 1-ILOVA
Tarif va notarif tartibga solish kengashining namunaviy
investitsiyalar va tashqi savdo vaziri, kengash raisi
lavozim boʻyicha
—
moliya vazirining oʻrinbosari, kengash raisining oʻrinbosari
lavozim boʻyicha
—
Markaziy bank raisining oʻrinbosari, kengash raisining oʻrinbosari
lavozim boʻyicha
—
Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi raisining oʻrinbosari
lavozim boʻyicha
—
iqtisodiyot va sanoat vazirining oʻrinbosari
lavozim boʻyicha
—
Davlat soliq qoʻmitasi raisining oʻrinbosari
lavozim boʻyicha
—
investitsiyalar va tashqi savdo vazirining oʻrinbosari
lavozim boʻyicha
—
Davlat bojxona qoʻmitasi raisining oʻrinbosari
lavozim boʻyicha
—
adliya vazirining oʻrinbosari
lavozim boʻyicha
—
Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi bosh direktorining oʻrinbosari
lavozim boʻyicha
—
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi raisining oʻrinbosari
lavozim boʻyicha
—
“Oʻzstandart” agentligi direktorining oʻrinbosari
lavozim boʻyicha
—
Sogʻliqni saqlash vazirligining Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati Respublika markazi boshligʻi
lavozim boʻyicha
—
Savdo-sanoat palatasi raisi
lavozim boʻyicha
—
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining boshqarma boshligʻi, kengash kotibi
Izoh:
Kengash tarkibiga shaxslar vazirlik va idoralar rahbarlari bilan kelishilgan holda kiritiladi;
Kengash aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan shaxslar kiritiladi;
Zaruratga koʻra, tarmoq birlashmalari va tadbirkorlik subyektlari vakillari Kengash qarori asosida uning tarkibiga kiritilishi mumkin.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-fevraldagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.02.2024-y., 06/24/36/0130-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-yanvardagi PQ-4135-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining tashkiliy
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-maydagi PQ-4332-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.05.2019-y., 07/19/4332/3174-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-yanvardagi PQ-4135-son qaroriga 3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining markaziy apparati
TUZILMASI
Boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni — 200 nafar.
*texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar soni oʻrnatilgan meʼyorlarga muvofiq belgilanadi.
LexUZ sharhi
3-ilovaga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-maydagi PQ-4308-sonli qarori bilan oʻzgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
LexUZ sharhi
3-ilovaga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-oktabrdagi PF-5848-son Farmoni bilan oʻzgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
LexUZ sharhi
3-ilovaga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-dekabrdagi PQ-4553-sonli qarori bilan oʻzgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-yanvardagi PQ-4135-son qaroriga 4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi
TUZILMASI
Boshqaruv xodimlari, shu jumladan hududiy vakillarning umumiy cheklangan soni — 71 nafar.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-yanvardagi PQ-4135-son qaroriga 5-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni ragʻbatlantirish agentligi
TUZILMASI
Boshqaruv xodimlarning umumiy cheklangan soni — 43 nafar.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-yanvardagi PQ-4135-son qaroriga 6-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Investitsiya loyihalarini ishlab chiqish markazi
TUZILMASI
Boshqaruv xodimlarning umumiy cheklangan soni — 50 nafar.
Texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar soni belgilangan meʼyorlarga muvofiq aniqlanadi.
(6-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-maydagi PQ-4332-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.05.2019-y., 07/19/4332/3174-son)