1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.04.00 Davlat moddiy zaxirasi;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.02.00.00 Raqobat to‘g‘risida qonunchilik. Tabiiy monopoliyalar / 09.02.03.00 Monopoliya faoliyati yuzasidan davlat nazorati. Monopoliyaga qarshi davlat organi]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Davlat moddiy zaxirasi;
2.Iqtisodiyot / Monopoliyaga qarshi qonun hujjatlari]
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida
[Ko‘chirma]
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 14-yanvardagi PF-5630-son “Davlat aktivlarini boshqarish, monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish tizimini va kapital bozorini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida:
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-martdagi PF-42-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.03.2023-y., 06/23/42/0177-son)
(2-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-martdagi PF-42-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.03.2023-y., 06/23/42/0177-son)
2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) direktoriga quyidagi huquqlar berilsin:
(2-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-martdagi PF-42-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.03.2023-y., 06/23/42/0177-son)
zarur hollarda, boshqaruv xodimlarining belgilangan umumiy soni doirasida Agentlik markaziy apparatining tasdiqlangan tuzilmasiga o‘zgartirishlar kiritish;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.04.00.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 01.15.03.00ga qarang) / 02.04.03.00 Mahalliy ijroiya organlarining tuzilmasi va shtatlari]
Agentlikning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boshqarmalari tuzilmalarini tasdiqlash;
Agentlikning hududiy boshqarmalarining boshqaruv xodimlari cheklangan sonini tasdiqlash;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamg‘armalari / 07.07.02.04 Vazirlik va idoralar jamg‘armalari]
O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi budjetdan tashqari Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va xususiylashtirish jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarida — Jamg‘arma) mablag‘lari hisobidan Agentlikning boshqaruv xodimlari mutaxassislarining qo‘shimcha shtat birliklarini kiritish;
mahalliy va xorijiy malakali mutaxassislarni xodimlar va maslahatchilar sifatida, ularga istisno tariqasida Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan ish haqi va boshqa to‘lovlarni belgilagan holda jalb qilish;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq to‘lash / 05.03.04.00 Ustamalar, qo‘shimcha to‘lovlar va koeffitsiyentlar]
Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan Agentlik xodimlariga asosiy egallab turgan lavozimlari bo‘yicha lavozim maoshlari (tarif stavkalari)ga, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa to‘lovlardan qat’i nazar, ustama va boshqa rag‘batlantiruvchi to‘lovlarni belgilash;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq to‘lash / 05.03.06.00 Alohida toifadagi xodimlarning ish haqi]
Agentlikka yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun shartnoma asosida jalb etiladigan malakali xorijiy mutaxassislar mehnatiga haq to‘lash shartlarini xalqaro amaliyot va bozor sharoitlaridan kelib chiqqan holda belgilash.
3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar Agentlikning markaziy apparati va uning hududiy boshqarmalarini ta’minlash bo‘yicha xarajatlarning moliyalashtirish manbalari etib belgilansin.
O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining (keyingi o‘rinlarda — Davlat raqobat qo‘mitasi) barcha huquqlari, majburiyatlari va davlat, shu jumladan chet eldagi aktivlarini boshqarish, xususiylashtirish tadbirlarini amalga oshirish (shu jumladan davlat ulushlarini sotish), davlat aktivlarini ijaraga berish, xo‘jalik jamiyatlarida korporativ boshqaruvni joriy etish, iqtisodiy nochor xo‘jalik jamiyatlarini moliyaviy sog‘lomlashtirish, baholash faoliyatida davlat tomonidan tartibga solish va mulkni baholash standartlarini tasdiqlash bo‘yicha huquqiy voris hisoblanadi;
(4-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 6-maydagi PF-78-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.05.2026-y., 06/26/78/0454-son)
“O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish markazi” DUKning barcha huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi;
o‘z vakolatlarini mustaqil ravishda va barcha davlat organlari va tashkilotlari, ularning mansabdor shaxslaridan mustaqil ravishda olib boradi hamda o‘z faoliyatida bevosita O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga bo‘ysunadi va hisobot beradi;
davlat aktivlarini boshqarish sohasida vazirliklar va idoralar, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi;
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.03.00 Qo‘mitalar]
Davlat raqobat qo‘mitasi va uning hududiy organlari tomonidan savdolarga qo‘yilgan obyektlar bo‘yicha sotuvchi funksiyasini bajaradi. Bunda Davlat raqobat qo‘mitasi qayta tashkil etilishi munosabati bilan savdo shartlari va turlari o‘zgarishsiz qoldiriladi, obyektlarni savdodan yechish, qayta baholash va qaytadan savdoga qo‘yish talab etilmaydi;
davlat ulushi ishtirokidagi xo‘jalik jamiyatlarining (keyingi o‘rinlarda — xo‘jalik jamiyatlari) joriy faoliyatiga aralashmagan holda o‘ziga yuklatilgan vazifalarni faqat korporativ boshqaruv usullarini qo‘llagan holda bajarilishini ta’minlaydi;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek, 07.29.00.00 ga qarang)]
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasiga har yili hisobot yilidan keyingi yilning 1-oktabridan kechiktirmay Agentlik faoliyati, shu jumladan xo‘jalik jamiyatlari faoliyatida strategik o‘zgarishlar natijalari to‘g‘risida hisobot taqdim etadi;
b) Agentlik direktori, uning birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosarlari O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimnomasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi, maqomi, tibbiy va transport xizmat ko‘rsatish sharoitlari bo‘yicha tegishli ravishda vazir, vazirning birinchi o‘rinbosari va vazir o‘rinbosariga tenglashtiriladi;
v) Agentlik direktori, uning birinchi o‘rinbosari, o‘rinbosarlari va Agentlik xodimlari belgilangan tartibda xo‘jalik jamiyatlari kuzatuv kengashi a’zoligiga saylanish huquqiga egadirlar;
g) Agentlikning hududiy boshqarmalari rahbarlarini lavozimga tayinlash Agentlikning direktori tomonidan tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi;
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.10.00 Pullik xizmat ko‘rsatish;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamg‘armalari / 07.07.02.04 Vazirlik va idoralar jamg‘armalari]
d) Agentlik xodimlariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Tibbiyot bosh boshqarmasining 2-markaziy konsultativ-diagnostika poliklinikasi tomonidan tibbiy xizmat ko‘rsatiladi. Bunda, Agentlikning bosh va yetakchi mutaxassislariga Agentlikning budjetdan tashqari jamg‘armasi hisobidan pulli asosda xizmat ko‘rsatilishi mumkin.
(4-bandning “d” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-apreldagi PF-67-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son)
e) Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatorini Agentlikda qo‘llashda ta’lim darajasi minimal qismi bo‘yicha xorijiy oliy ta’lim muassasalarini tamomlagan tegishli yo‘nalishdagi mutaxassislarga nisbatan ishga qabul qilishda, ishchilar kasblari bo‘yicha malaka darajalarini belgilashda, istisno tariqasida, tavsiyaviy xususiyatga ega;
j) Davlat raqobat qo‘mitasi qayta tashkil qilinishi munosabati bilan u va uning hududiy organlari tomonidan avval berilgan litsenziyalar, huquq beruvchi, ruxsatnoma hujjatlari va ilgari ular tomonidan qabul qilingan qarorlar o‘z kuchini saqlab qoladi va ularni bekor qilish yoki o‘zgartirish talab etilmaydi.
5. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
2019-yilning 1-aprelidan xo‘jalik jamiyatlarining kuzatuv kengashi (banklar kengashi) tarkibi va ijroiya organi a’zolarini normativ-huquqiy hujjatlar bilan tasdiqlash, shuningdek ularni davlat organlarining rahbarlari yoki rahbar o‘rinbosarlariga tenglashtirish amaliyoti bekor qilinadi;
2019-yil 1-iyulidan boshlab davlat organlarining rahbarlari yoki rahbar o‘rinbosarlari, Agentlik bundan mustasno, ularda korporativ boshqaruv malaka attestati mavjud bo‘lganda davlat ishtirokidagi korxonalarning kuzatuv kengashi a’zoligiga davlat ulushi bo‘yicha saylanishlari mumkin;
xo‘jalik jamiyatlari kuzatuv kengashi (banklar kengashi) tarkibi belgilangan tartibda aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi qarori bilan tasdiqlanadi;
(5-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-avgustdagi PF-5794-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.08.2019-y., 06/19/5794/3669-son)
xo‘jalik jamiyatining ijro organi (rahbar va rahbar o‘rinbosarlari) tanlov asosida yuqori malakali, shu jumladan xorijiy mutaxassislar orasidan tanlab olinadi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;
(5-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-apreldagi PF-67-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son)
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar]
kelgusida xo‘jalik jamiyatlari ustav kapitalida shakllanadigan davlat organlari va muassasalari tomonidan aksiyador (ta’sischi) huquqlari amalga oshiriladigan davlat ulushi Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga beriladi;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.05.00.00 Bitimlar]
ilgari davlat aksiyalarini ishonchli boshqaruvga investitsiya aktivlari bo‘yicha ishonchli boshqaruvchilarga berish bo‘yicha tuzilgan bitimlar ularning amal qilish muddati tugagunga qadar ilgari imzolangan shartlar asosida Agentlik tomonidan qo‘shimcha bitimlarni tuzish yo‘li bilan qayta rasmiylashtiriladi;
xo‘jalik jamiyatlari ish haqi miqdorini, boshqaruv va texnik xodimlar birligini, avtotransport vositalari sonini belgilash hamda qonun hujjatlariga muvofiq xo‘jalik boshqaruvi organlari uchun alohida tartib o‘rnatilgan masalalar bo‘yicha qarorlarni mustaqil ravishda qabul qiladi.
6. Xo‘jalik jamiyatlarining ustav kapitalidagi davlat ulushlari 3-ilovaga muvofiq Agentlikka berilsin.
Agentlik O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi bilan birgalikda ikki oy muddatda davlat ulushi mavjud xo‘jalik jamiyatlarini xatlovdan o‘tkazsin.
Belgilansinki, xatlov natijasida aniqlanadigan va mazkur qarorning 3-ilovasiga kiritilmagan, aksiyadorning (ta’sischining) huquqlari davlat organlari va muassasalari tomonidan amalga oshiriladigan xo‘jalik jamiyatlari ustav kapitali (fondi)dagi davlat ulushi Agentlikka beriladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar]
7. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.03.00 Respublika budjeti xarajatlari;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.05.00 Budjet tashkilotlari va muassasalarini moliyalashtirish]
ushbu qaror ijrosini ta’minlash doirasida 2019-yilga mo‘ljallangan Agentlik xarajatlari uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlari doirasida mablag‘ ajratsin va 2020-yildan boshlab zarur budjet mablag‘larini ko‘zda tutsin;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.03.00 Respublika budjeti xarajatlari]
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2019-yil uchun tasdiqlangan xarajatlar parametrlariga ushbu qaror talablaridan kelib chiqib tegishli o‘zgartirishlar kiritsin;
Agentlikka xizmat avtotransport vositalarini sotib olish uchun zarur mablag‘larning ajratilishini ta’minlasin va 12 ta, shu jumladan 9 ta shaxsiy biriktirilgan xizmat yengil avtomobillarini saqlashga limit belgilasin;
Agentlikning asoslangan hisob-kitoblaridan kelib chiqib, ma’muriy binolarini ta’mirlash va moddiy-texnika bazasini shakllantirish maqsadida zaruriy jihozlar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini xarid qilish uchun zarur mablag‘lar ajratilishini ta’minlasin.
9. Agentlik ikki oy muddatda “O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish markazi” DUKning belgilangan tartibda Agentlik tarkibiga qo‘shilishini ta’minlasin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Agentlikni telefon aloqasi, jumladan hukumat aloqasi bilan belgilangan tartibda ta’minlasin.
11. Ichki ishlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Davlat raqobat qo‘mitasi hamda uning hududiy organlarining tugatilishi munosabati bilan tegishliligi bo‘yicha davlat bojlari va boshqa turdagi yig‘imlarni undirmagan holda:
Agentlik va uning hududiy boshqarmalariga ko‘chmas mulk va boshqa mulk obyektlariga huquqning qayta ro‘yxatdan o‘tkazilishini;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.11.00 Transport vositalarini Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish]
Agentlik va uning hududiy boshqarmalari tasarrufiga o‘tadigan avtotransport vositalarining O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi organlarida qayta ro‘yxatdan o‘tkazilishini;
davlat aksiya paketlari (ulushlari) bo‘yicha aksiyador (ta’sischi va qatnashchi) funksiya va huquqlari Agentlikka o‘tganligi munosabati bilan xo‘jalik jamiyatlari ta’sis hujjatlariga kiritiladigan o‘zgartirish va qo‘shimchalarning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlasin.
12. Agentlik Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 7-oktabrdagi 336-son qarori bilan tasdiqlangan Rahbarlari xodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish to‘g‘risida iltimosnoma kiritishi mumkin bo‘lgan davlat hokimiyati organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlari ro‘yxatiga kiritilsin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.18.00.00 Davlat boji / 07.18.03.00 Davlat boji bo‘yicha imtiyozlar]
13. Agentlik va uning hududiy boshqarmalari o‘ziga yuklatilgan vakolatlarga muvofiq sudlarga ko‘rib chiqishi uchun kiritiladigan da’volar bo‘yicha davlat boji to‘lashdan ozod qilinsin.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.07.00 Boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.07.02 Operativ boshqarish huquqi]
14. Agentlik Toshkent shahri, A. Temur ko‘chasi, 6-uy manziliga operativ boshqaruv huquqi asosida joylashtirilsin.
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xo‘jalik / 08.06.00.00 Noturar joylar. Ma’muriy binolar / 08.06.02.00 Noturar joy fondi obyektlariga mulk huquqi va boshqa huquqlar. Balansdan balansga berish]
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bir oy muddatda Agentlikning hududiy boshqarmalarini tugatilgan Davlat raqobat qo‘mitasi hududiy organlarining hozirgi joylashuvi bo‘yicha binolariga joylashtirilishini ta’minlasin.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.19.00 Ommaviy axborot vositalari (radio, televideniye va boshqalar) (shuningdek, 12.03.09.00.ga qarang)]
15. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligiga Agentlik, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda davlat aktivlarini tadbirkorlarga sotish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘lamini ommaviy axborot vositalarida keng yoritish tavsiya etilsin.
16. Agentlik Moliya vazirligi, Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga:
a) 2019-yil 1-aprelga qadar:
xo‘jalik jamiyatlarining kuzatuv kengashlari va ijro organlarining a’zolarini tasdiqlash, shuningdek ijro organlarining a’zolarini davlat organlarining rahbarlari yoki rahbar o‘rinbosarlariga tenglashtirish to‘g‘risida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni bekor qilish bo‘yicha takliflarni;
ilg‘or xorijiy amaliyotni hisobga olgan holda, davlat ishtirokidagi korxonalar faoliyatiga kuzatuv kengashlari va nazorat organlari faoliyati samaradorligini oshirishni, korporativ boshqaruvning xalqaro tamoyillarini nazarda tutuvchi korporativ boshqaruvning zamonaviy usullarini joriy etish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ni;
b) ikki oy muddatda:
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.03.00 Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va ko‘rib chiqish tartibi]
O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi to‘g‘risidagi hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi budjetdan tashqari Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va xususiylashtirish jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida qaror loyihasini;
qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risidagi takliflarni kiritsin.
17. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi o‘rinbosari B.M. Mavlonov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-martdagi PF-42-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.03.2023-y., 06/23/42/0177-son)
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-martdagi PF-42-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.03.2023-y., 06/23/42/0177-son)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 14-yanvardagi PQ-4112-son qarori 3-ILOVA
Ustav kapitalidagi davlat aksiya paketlari (ulushlari) Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga beriladigan xo‘jalik jamiyatlari
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
9.
“Matbuot tarqatuvchi” AJ
26,0
O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi
12.
“O‘zagrosanoatloyiha” MCHJ
94,72
13.
“O‘zsuvloyiha” AJ
50,8
14.
“Suvmash” AJ
47,0
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
15.
“O‘zagrosug‘urta” AJ
93,46
16.
“Kafolat sug‘urta kompaniyasi” AJ
66,51
17.
“Qishloq qurilish invest” MCHJ
59,46
18.
“Qurilishmashlizing” AJ
58,82
19.
“Qishloq qurilish bank” ATB
54,89
20.
AT “Xalq bank”
40,43
21.
“Agrobank” ATB
37,95
22.
“Mikrokreditbank” ATB
34,48
23.
“O‘zsanoatqurilishbank” ATB
32,61
25.
“Asaka bank” ATB
21,65
26.
“Turon bank” ATB
6,53
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki
27.
“O‘zbekiston Respublika valyuta birjasi” AJ
50,13
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi
28.
“O‘zagrolizing” AJ
0,9
O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi
29.
“Qishloqqurilishloyiha” MCHJ
85,94
30.
“Suvsanoatfuqaroli” MCHJ
77,8
31.
“O‘zog‘irsanoatloyiha” AJ
69,43
32.
“O‘zGIP” MCHJ
53,1
33.
“Tashgiprogor” AJ
41,48
O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi
34.
“ToshuyjoyLITI” AJ
61,58
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi
35.
“O‘ztibloyiha” MCHJ
74,16
Toshkent shahar hokimligi
36.
“Toshshahartransxizmat” AJ
100,00
37.
“Olmazor kichik sanoat zonasi” AJ
88,58
38.
“Toshkent-Osiyo” AJ
46,67
Izoh: Xo‘jalik jamiyatlarining tashkiliy-huquqiy shakllari yoki berilishi lozim bo‘lgan davlat ulushlari miqdori o‘zgargan taqdirda, aksiya paketlari (ulushlari) o‘zgarishlarni inobatga olingan holda beriladi.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-apreldagi PF-67-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son)