Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 01.03.2022
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan zargarlik va boshqa buyumlar ishlab chiqarishni litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi Nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli “Faoliyatni boshlash yoki tugatish uchun vakolatli organni xabardor qilish tartibi to‘g‘risidagi yagona nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini yanada qisqartirish va soddalashtirish, shuningdek, biznes yuritish shart-sharoitlarini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 11-apreldagi PF-5409-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 30-sentabrdagi 777-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 9-son, 221-modda) bilan tasdiqlangan Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan zargarlik va boshqa buyumlar ishlab chiqarishni litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi Qimmatbaho metallar agentligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ular tomonidan qabul qilingan me’yoriy-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 27-dekabr,
1055-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 27-dekabrdagi 1055-son qaroriga
ILOVA
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 30-sentabrdagi 777-son qarori bilan tasdiqlangan Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan zargarlik va boshqa buyumlar ishlab chiqarishni litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizomga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
1. 4-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“4. Zargarlik buyumlari ishlab chiqarish uchun litsenziya (keyingi o‘rinlarda litsenziya deb ataladi) uning amal qilishi bo‘yicha cheklanmagan muddatga beriladi”.
2. 22-bandning ikkinchi xatboshidagi “yoki uning amal qilish muddatini uzaytirish” so‘zlari chiqarib tashlansin.
3. 47-banddagi “uzaytirilgan” so‘zi chiqarib tashlansin.
4. 6-bobning nomidagi “unga amal qilish muddatini uzaytirish” so‘zlari chiqarib tashlansin.
5. 63-bandning uchinchi xatboshidagi va 77-bandning to‘rtinchi xatboshidagi “va amal qilish muddati tugagan sana” so‘zlari chiqarib tashlansin.
6. 69-bandning uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
7. 70-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
a) “d” kichik band chiqarib tashlansin;
b) “j” kichik banddagi “amal qilish muddatini uzaytirish” so‘zlari chiqarib tashlansin.
9. Nizomning 3, 9, 10, 12 va 14-ilovalaridagi “Litsenziyaning amal qilish muddati: 20__ y “__” __________gacha (yil, sana, oy)” so‘zlari chiqarib tashlansin.
10. Nizomning 11-ilovasidagi “Litsenziyaning amal qilish muddati: 20__ y “__” __________gacha (yil, sana, oy)” va “2. Litsenziyaning amal qilish muddati tugagan” so‘zlari chiqarib tashlansin.
11. Nizomga 13-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2018-y., 09/18/1055/2399-son)