Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining
Qarori
Xorijiy davlat hududida vafot etgan shaxsni Oʻzbekiston Respublikasi hududida dafn etishda koʻmaklashish tartibi haqidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 12-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2269-1]
“Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati toʻgʻrisida”gi Qonun va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-apreldagi PF-5005-son “Ichki ishlar organlarining faoliyati samaradorligini tubdan oshirish, jamoat tartibini, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishni taʼminlashda ularning masʼuliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Adliya vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Adliya vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati va Davlat bojxona qoʻmitasining 2011-yil 27-sentabrdagi 3, 9, 20, 24, 15914, 01-02/12-18-son qarori (roʻyxat raqami 2269, 2011-yil 27-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 39-son, 407-modda) bilan tasdiqlangan Xorijiy davlat hududida vafot etgan shaxsni Oʻzbekiston Respublikasi hududida dafn etishda koʻmaklashish tartibi haqidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Tashqi ishlar vaziri A. KAMILOV
Toshkent sh.,
2018-yil 11-dekabr,
38-son
Ichki ishlar vaziri P. BOBOJONOV
Toshkent sh.,
2018-yil 11-dekabr,
79-son
Sogʻliqni saqlash vaziri A. ShADMANOV
Toshkent sh.,
2018-yil 11-dekabr,
56-son
Adliya vaziri R. DAVLETOV
Toshkent sh.,
2018-yil 11-dekabr,
9-son
Davlat xavfsizlik xizmati raisi I. ABDULLAYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 11-dekabr,
14-son
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi M. AZIMOV
Toshkent sh.,
2018-yil 11-dekabr,
01-02/12-52-son
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Adliya vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qoʻmitasining 2018-yil 11-dekabrdagi 38, 79, 56, 9, 14, 01-02/12-52-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Xorijiy davlat hududida vafot etgan shaxsni Oʻzbekiston Respublikasi hududida dafn etishda koʻmaklashish tartibi haqidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 16-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Kirish-chiqish va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasiga” degan soʻzlar “Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. 43-banddagi “Milliy” degan soʻz “Davlat” degan soʻz bilan almashtirilsin.
3. Mazkur oʻzgartirishlar “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ va Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligi bilan kelishilgan.
“Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK bosh direktori v.b B. XAKIMOV
2018-yil 10-dekabr
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi A. RAMATOV
2018-yil 10-dekabr
Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligi boshligʻi D. DEXKANOV
2018-yil 10-dekabr
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2018-y., 10/18/2269-1/2307-son)