1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Qishloq xoʻjaligi]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish xalqaro jamgʻarmasi ishtirokida “Qishloq xoʻjaligini diversifikatsiya va modernizatsiya qilish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish, dehqon va fermer xoʻjaliklarini qoʻshilgan qiymat yaratishning zamonaviy zanjirlariga samarali integratsiyalash va ularning moliyaviy barqarorligini oshirish hamda Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish xalqaro jamgʻarmasi bilan hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida:
1. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki:
Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish xalqaro jamgʻarmasining direktorlar kengashi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasiga “Qishloq xoʻjaligini diversifikatsiya va modernizatsiya qilish” loyihasini (keyingi oʻrinlarda — Loyiha) moliyalashtirish uchun 25 yilga 5 yillik imtiyozli davr bilan 46,2 mln. AQSH dollari miqdoridagi kredit, shuningdek, 300,0 ming AQSH dollari miqdoridagi grant mablagʻlari berilishi maʼqullandi;
Loyihaning umumiy qiymati 84,78 mln. AQSH dollari ekvivalentini, shundan, Oʻzbekiston Respublikasining Loyihani amalga oshirishdagi ulushi — 38,28 mln. AQSH dollarini, shu jumladan, soliq va bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar berish, investitsiya davrida moliyaviy xarajatlarni toʻlash va boshqa sarf-xarajatlarni moliyalashtirish shaklidagi ulush — 15,76 mln. AQSH dollari ekvivalentini, Loyihada ishtirok etayotgan tijorat banklarning ulushi — 11,28 mln. AQSH dollarini, shuningdek, Loyiha ishtirokchilari (benefitsiarlari) ulushi — 11,24 mln. AQSH dollari ekvivalentini tashkil etadi;
Loyihani amalga oshirish davri 7 yil (2019 — 2025-yillar) etib belgilandi.
(1-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 15-sentabrdagi PQ-4830-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.09.2020-y., 07/20/4830/1290-son)
2. Belgilansinki:
Loyiha Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida amalga oshiriladi;
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.02.00 Agrosanoat ishlab chiqarishning davlat boshqaruvi / 09.14.02.01 Boshqaruv va tartibga solishning umumiy masalalari]
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi Loyihaning oʻz vaqtida va toʻliq amalga oshirilishi, uni muvofiqlashtirish va boshqarish, shuningdek, Loyihani amalga oshirish davrida monitoring va hisobotni yuritish uchun masʼul ijro etuvchi organ hisoblanadi.
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 15-sentabrdagi PQ-4830-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.09.2020-y., 07/20/4830/1290-son)
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 15-sentabrdagi PQ-4830-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.09.2020-y., 07/20/4830/1290-son)
“Qishloq xoʻjaligini diversifikatsiya va modernizatsiya qilish” loyihasi boʻyicha Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish xalqaro jamgʻarmasi kreditidan foydalanish sxemasi 2-ilovaga muvofiq;
“Qishloq xoʻjaligini diversifikatsiya va modernizatsiya qilish” loyihasi doirasida Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish xalqaro jamgʻarmasi kreditini soʻndirish, foiz va komissiya toʻlovlarini amalga oshirish prognoz grafigi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.03.00 Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va koʻrib chiqish tartibi;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.06 Kreditlashning boshqa turlari;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.06.00.00 Baholash faoliyati / 09.06.01.00 Umumiy qoidalar]
4. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi Moliya vazirligi va Markaziy bank bilan birgalikda bir oy muddatda Loyiha doirasida beriladigan kreditni qayta moliyalashning muddatlari va shartlari, subloyihalarni tanlash va ularni baholash mezonlarini koʻrsatgan holda Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish xalqaro jamgʻarmasining kreditidan foydalanish va kafolatini taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlasin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 15-sentabrdagi PQ-4830-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.09.2020-y., 07/20/4830/1290-son)
5. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining bosh direktori (Sh.Sh. Shoahmedov), Andijon (Sh.K. Abdurahmonov), Fargʻona (Sh.M. Gʻaniyev) va Namangan (X.X. Bozarov) viloyatlari hokimlari zimmasiga Loyiha doirasidagi tadbirlarni samarali amalga oshirish uchun kerakli shart-sharoitlarni taʼminlash, Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish xalqaro jamgʻarmasi va Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi talablari va tartib-taomillariga muvofiq zarur hisobotlar va hujjatlarning oʻz vaqtida tayyorlanishi hamda taqdim etilishini tashkil qilish yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 15-sentabrdagi PQ-4830-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.09.2020-y., 07/20/4830/1290-son)
6. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziriga Oʻzbekiston Respublikasi nomidan quyidagilarni imzolash vakolati berilsin:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.05.00 Xorijdan mablagʻ jalb qilish;
2.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.06.00.00 Xalqaro shartnomalar huquqi / 19.06.02.00 Shartnomalarni tuzish va ularning kuchga kirishi]
Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish xalqaro jamgʻarmasi bilan moliyalashtirish toʻgʻrisidagi bitimni;
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.02.00 Majburiyatlarning bajarilishini taʼminlash / 03.10.02.05 Kafolat;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamgʻarmalari / 07.07.02.04 Vazirlik va idoralar jamgʻarmalari]
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi bilan Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish xalqaro jamgʻarmasining kredit mablagʻlarini qaytarish kafolatini taʼminlash boʻyicha bitimni;
(6-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 15-sentabrdagi PQ-4830-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.09.2020-y., 07/20/4830/1290-son)
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.14.00 Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasi. Kafolat jamgʻarmasi. Taraqqiyot jamgʻarmasi;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.19.00.00 Bank tizimi / 07.19.02.00 Tijorat banklari. Xususiy banklar. Xorijiy banklar;
3.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.01.00 Umumiy masalalar]
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi hamda Loyihada ishtirok etuvchi Oʻzbekiston Respublikasining tijorat banklari bilan Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish xalqaro jamgʻarmasining kredit mablagʻlarini qayta kreditlash bitimlarini.
(6-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 15-sentabrdagi PQ-4830-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.09.2020-y., 07/20/4830/1290-son)
7. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Loyiha doirasida Oʻzbekiston Respublikasi bilan Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish xalqaro jamgʻarmasi oʻrtasidagi moliyalashtirish bitimi yuzasidan oʻrnatilgan tartibda yuridik xulosa bersin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Loyiha doirasida konsultatsiya xizmatlari uchun moʻljallangan mablagʻlarni “Taraqqiyot strategiyasi” markazi tomonidan ekspertlar jalb qilinishiga yoʻnaltirsin.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
9. Quyidagilar:
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.02.00.00 Bojxona tarifini tartibga solish / 10.02.07.00 Tarif imtiyozlari va prefensiyalar;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.05.00.00 Tovarlar va transport vositalari bojxona chegarasidan olib oʻtilganda undiriladigan soliqlar va yigʻimlar / 10.05.07.00 Bojxona yigʻimlari]
Loyihani amalga oshirish doirasida Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish xalqaro jamgʻarmasining krediti hisobidan xarid qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) va transport vositalari bojxona toʻlovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimlaridan tashqari), qoʻshilgan qiymat soligʻidan, davlat maqsadli jamgʻarmalariga majburiy ajratmalar va yigʻimlardan;
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.02.00.00 Bojxona tarifini tartibga solish / 10.02.07.00 Tarif imtiyozlari va prefensiyalar]
Loyihani amalga oshirishda ishtirok etayotgan jismoniy shaxslar — Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari daromadlari jismoniy shaxslarning daromadlaridan olinadigan soliqdan ozod qilinsin.
Belgilansinki:
mazkur bandda berilgan imtiyozlarning amal qilishi Loyiha doirasida qayta moliyalashtirilgan mablagʻlar hisobidan fermer xoʻjaliklari va qishloq xoʻjaligi tashkilotlari tomonidan xarid qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga ham joriy etiladi;
ushbu bandda koʻrsatilgan imtiyozlar natijasida boʻshagan mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasining Loyihani amalga oshirishdagi ulushi deb hisoblanadi.
10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari S.R. Xolmurodov, J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining oʻrinbosari G.K. Saidova zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 15-sentabrdagi PQ-4830-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.09.2020-y., 07/20/4830/1290-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-noyabrdagi PQ-4021-son qaroriga 2-ILOVA
“Qishloq xoʻjaligini diversifikatsiya va modernizatsiya qilish” loyihasi boʻyicha Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish xalqaro jamgʻarmasi kreditidan foydalanish
sxemasi
ming AQSH dollarida
Komponentlar nomi
Qarz summasi
Qarzning qaytarilishi:
Qarzni toʻlash usuli
davlat budjetidan
loyiha ishtirokchilari tomonidan
summa
%
summa
%
summa
%
1-komponent 1. Qoʻshilgan qiymatning inklyuziv (kamdaromadlilarni jalb qilgan holda) zanjirini rivojlantirish
1.1.-subkomponent. Qoʻshimcha qiymat zanjiri uchun biznes-muhit yaratish
52
0,1
52
100
-
-
Xizmat koʻrsatish Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi
1.2-subkomponent. Qoʻshimcha qiymat zanjiri ishtirokchilarining salohiyatini mustahkamlash
3 893
8,4
3 893
100
-
-
2-komponent. Qishloq xoʻjaligida inklyuziv moliyalashtirish
2.1-subkomponent. Qishloq xoʻjaligida kafillikni taʼminlash
1 000
2,2
1 000
100
-
-
Xizmat koʻrsatish Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi
2.2-subkomponent. Qishloq xoʻjaligini diversifikatsiya va modernizatsiya qilish uchun kredit liniyasi
33 710
73,0
-
-
33 710
100
Xizmat koʻrsatish ishtirok etuvchi tijorat banklari hisobidan amalga oshiriladi
2.3-subkomponent. Yoshlar uchun kredit liniyasi
5 000
10,8
-
-
5 000
100
3-kompenent. Iqlim sharoitiga mos barqaror qishloq xoʻjaligi infratuzilmasi
3.1 -subkomponent. Irrigatsiya tizimlarini modernizatsiya qilish
1 106
2,4
1 106
100
-
-
Xizmat koʻrsatish Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi
3.2-subkomponent. Modernizatsiya qilingan irrigatsiya tizimlari boʻyicha SFUni salohiyatini oshirish
36
0,1
36
100
-
-
4-komponent. Loyihani boshqarish
Loyihani boshqarish, monitoring va hisobotni yuritish
1 403
3,0
1 403
100
-
-
Xizmat koʻrsatish Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi
Jami
46 200
100,0
7 490
16,2
38 710
83,8
Ishlatilgan qisqartma: SFU — Suvdan foydalanuvchilar uyushmasi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-noyabrdagi PQ-4021-son qaroriga 3-ILOVA
“Qishloq xoʻjaligini diversifikatsiya va modernizatsiya qilish” loyihasi boʻyicha Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish xalqaro jamgʻarmasi kredit mablagʻlarini soʻndirish, komissiya va foiz toʻlovlarini amalga oshirish prognoz