|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 23.10.2023
|
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Gerbli guvohnomalar shakllarini takomillashtirish va fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarining aholiga koʻrsatayotgan xizmatlari sifatini yaxshilash toʻgʻrisida
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-oktabrdagi 550-sonli “Nikoh, oila va fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni tizimlashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Gerbli guvohnomalar shakllarini takomillashtirish va fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarining aholiga koʻrsatayotgan xizmatlari sifatini yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 12-iyundagi PQ-3785-son qarorida fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish (keyingi oʻrinlarda FHDY deb ataladi) organlarida saqlanayotgan fuqarolik holati dalolatnomalari yozuvlarini raqamli koʻrinishga oʻtkazilishini 2022-yil 1-yanvarga qadar tugatish, keyinchalik “Yagona elektron FHDY arxivi” axborot tizimi bilan integratsiyalashtirish uchun yagona elektron FHDY arxiv fondini shakllantirish nazarda tutilgani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Fuqarolik holati dalolatnomalarining yagona elektron maʼlumotlar bazasini shakllantirish uchun har bir FHDY boʻlimida saqlanayotgan 200 mingdan ortiq fuqarolik holati dalolatnomalaridan kelib chiqqan holda, 2018-yil 1-oktabrdan 2022-yil 1-yanvargacha FHDY boʻlimlari va nikoh uylari (keyingi oʻrinlarda FHDY boʻlimlari deb ataladi) uchun Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalarida (keyingi oʻrinlarda Agentlikning hududiy boshqarmalari deb ataladi) arxivarius lavozimi joriy etilsin.
3. FHDY boʻlimlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda toʻliq elektron hujjat aylanishiga oʻtilishi munosabati bilan 2022-yil 1-yanvardan boshlab, FHDY boʻlimlari xodimlarining sonini belgilash mezonlari qayta koʻrib chiqilsin.
4. 2019-yil 1-yanvardan boshlab tugʻilganlik, nikoh tuzilganligi, nikohdan ajralganlik va oʻlim haqidagi gerbli guvohnomalar blankalarini (keyingi oʻrinlarda gerbli guvohnomalar deb ataladi) qoʻlda toʻldirish boʻyicha talablar bekor qilinsin va ularni axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda faqat bosma harflar bilan toʻldirish tartibi joriy etilsin.
5. Tugʻilganlik, nikoh tuzilganligi, nikohdan ajralganlik va oʻlim haqidagi gerbli guvohnomalar blankalarining shakllari 1 — 4a-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin va 2019-yil 1-yanvardan joriy etilsin.
Gerbli guvohnomalarni ular toʻliq ishlatib boʻlingungacha amaldagi blanklarda rasmiylashtirish va berishga ruxsat etilsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi va Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi konsullik muassasalarini yangi gerbli guvohnomalar blankalari bilan;
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi bilan birgalikda arxivariuslar shtat birliklarini saqlash, shuningdek, yagona elektron bazani shakllantirish uchun joriy etilayotgan arxivariuslarni kompyuter texnikasi, skanerlovchi va server uskunalari bilan jihozlashni taʼminlasin.
7. Belgilansinki, arxivariuslar shtat birliklarini saqlash va yagona elektron bazani shakllantirish uchun joriy etilgan arxivariuslarni kompyuter texnikasi, skanerlovchi va server uskunalari bilan jihozlash Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamgʻarmasiga tushadigan mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-avgustdagi 514-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.08.2020-y., 09/20/514/1243-son)
8. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi:
FHDY organlarini yangi gerbli guvohnomalar blankalari bilan;
gerbli guvohnomalar blankalarini hisobga olish, saqlash, topshirish, shuningdek, ulardan foydalanish tartibiga soʻzsiz rioya etilishini taʼminlasin;
bir oy muddatda FHDY boʻlimlarining gerbli guvohnomalarni toʻldirish qoidalarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
9. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
joriy etilayotgan arxivariuslarning FHDY boʻlimlarida saqlanayotgan hujjatlardan foydalanishini va yagona elektron maʼlumotlar bazasini shakllantirish uchun toʻlaqonli ish sharoitlari bilan taʼminlasin;
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining taklifiga asosan FHDY boʻlimlarini gerbli guvohnomalarni chiqarish uchun maxsus printerlar bilan taʼminlasin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri R.K. Davletov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 26-sentabr,
768-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-sentabrdagi 768-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 540-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2022-y., 09/22/540/0858-son)
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-sentabrdagi 768-son qaroriga
1a-ILOVA
1a-ILOVA
(1a-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 540-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2022-y., 09/22/540/0858-son)
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-sentabrdagi 768-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 540-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2022-y., 09/22/540/0858-son)
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-sentabrdagi 768-son qaroriga
2a-ILOVA
2a-ILOVA
(2a-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 540-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2022-y., 09/22/540/0858-son)
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-sentabrdagi 768-son qaroriga
3-ILOVA
3-ILOVA
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 540-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2022-y., 09/22/540/0858-son)
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-sentabrdagi 768-son qaroriga
3a-ILOVA
3a-ILOVA
(3a-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 540-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2022-y., 09/22/540/0858-son)
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-sentabrdagi 768-son qaroriga
4-ILOVA
4-ILOVA
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 540-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2022-y., 09/22/540/0858-son)
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-sentabrdagi 768-son qaroriga
4a-ILOVA
4a-ILOVA
(4a-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 540-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2022-y., 09/22/540/0858-son)
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-sentabrdagi 768-son qaroriga
5-ILOVA
5-ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Gerbli guvohnomalar shakllarini va ularni berganlik uchun gerb yigʻimi miqdorini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2012-yil 25-apreldagi 119-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Qarorning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Gerbli guvohnomalar berganlik uchun gerb yigʻimi miqdorini tasdiqlash toʻgʻrisida”.
2. Muqaddimadan “hamda fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari tomonidan beriladigan gerbli guvohnomalar shakllarini takomillashtirish maqsadida” soʻzlari chiqarib tashlansin.
3. 1-band va 1 — 4a-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. 3-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“gerbli guvohnomalar blankalarini tayyorlash, hisobga olish, saqlash, topshirish hamda ulardan foydalanish tartibiga qatʼiy rioya etilishini taʼminlasin”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2018-y., 09/18/768/1967-son; 27.08.2020-y., 09/20/514/1243-son; 08.04.2021-y., 09/21/189/0303-son; 29.09.2022-y., 09/22/540/0858-son)