Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Mamlakatimiz aholisini va iqtisodiyot tarmoqlarini raqobat va bozor mexanizmlarini joriy etish asosida don, un va non bilan ishonchli taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
[Koʻchirma]
Don, un va nonni sotishga, shuningdek, mamlakatning donni qayta ishlash tarmogʻiga bozor mexanizmlarini joriy qilish, un va qolipli non xarid qilish boʻyicha aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga qoʻshimcha xarajatlarni qoplash uchun kompensatsiyalar toʻlashning samarali mexanizmlarini yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligining 2018-yil 15-sentabrdan boshlab:
bir kilogramm 1-nav bugʻdoy unini ulgurji sotish narxini 1 400 soʻm miqdorida belgilash;
qolipli nonni talab va taklif asosida shakllantiriladigan erkin bozor narxi boʻyicha sotish tartibi;
“Oʻzdonmahsulot” AK korxonalari tomonidan spirt ishlab chiqaruvchilar va chorvachilik (parrandachilik, baliqchilik) korxonalariga don, shuningdek, oliy navli bugʻdoy unini birja savdolari orqali cheklovlarsiz sotish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda un narxi shakllanishi yuzasidan amaliy monitoring oʻrnatsin, 2018-yil 1-noyabrgacha 1-nav bugʻdoy uni uchun ulgurji sotish narxini belgilash tartibini bekor qilish toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 14-oktabrdagi 866-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.10.2019-y., 09/19/866/3911-son)
3. Belgilansinki:
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi PQ-4086-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2018-y., 07/18/4086/2354-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
b) un va qolipli non xarid qilish boʻyicha qoʻshimcha xarajatlarni qoplash uchun toʻlanayotgan pul kompensatsiyasi (keyingi oʻrinlarda pul kompensatsiyasi deb ataladi) nafaqalar toʻlanishi uchun masʼul boʻlgan organlar tomonidan hisoblanadi va 2021-yil 1-sentabrga qadar tayinlangan 14 yoshgacha bolalari boʻlgan oilalarga nafaqa, bola ikki yoshga toʻlguniga qadar uni parvarish qilish nafaqasi, kam taʼminlangan oilalarga moddiy yordam bilan bir vaqtda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan toʻlanadi.
(3-band “b” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-avgustdagi PF-6277-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 06/21/6277/0788-son — 2021-yil 1-sentabrdan kuchga kiradi)
Bunda, 2021-yil 1-iyulga qadar yoshga doir va nogironligi boʻyicha nafaqa, boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi va nafaqasi (har bir boqimandaga), bolalikdan nogiron boʻlgan 18 yoshdan katta shaxslarga nafaqa, 18 yoshgacha boʻlgan nogiron bolalar va 18 yoshga toʻlmagan OIV infeksiyasiga chalingan shaxslarga nafaqa, shuningdek, belgilangan eng kam yoshga doir pensiya miqdorida va undan kam pensiya oluvchiga tayinlangan, biroq ularga toʻlanmay qolgan pul kompensatsiyasi qayd etilgan pensiya hamda nafaqa summasiga qoʻshilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti va budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan toʻlanadi.
(3-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-iyundagi PF-6241-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.06.2021-y., 06/21/6241/0527-son — 2021-yil 1-iyuldan kuchga kiradi)
v) zaruratga koʻra, bozorda don va un narxlari keskin oʻzgarishining oldini olish maqsadida isteʼmolchilarga sotish uchun davlat zaxirasidan don chiqarish taʼminlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Tumanlar (shaharlar) hokimlariga kam taʼminlangan oilalarga moddiy yordam tayinlash shartlariga muvofiq 2019-yil 1-yanvargacha hokimliklarning zaxira jamgʻarmalari, shuningdek, tumanlar (shaharlar) budjetlari daromadlari prognoz parametrlarining oshirib bajarilishidan tushgan mablagʻlar hisobiga oilaning har bir aʼzosi hisobga olingan holda bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi miqdorida pul kompensatsiyasi ajratish huquqi berilsin.
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Ushbu toifadagi oilalarga (shaxslarga) pul kompensatsiyasi tegishli oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan hisoblanadi.
Bunda qoʻshimcha pul kompensatsiyasi oladigan oilalar (shaxslar) soni ushbu qaror 2-bandining uchinchi xatboshida va 3-bandining “a” kichik bandida nazarda tutilgan kompensatsiya oluvchilar umumiy sonining 30 foizidan oshmasligi kerak.
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlari:
aholining ehtiyojmand qatlamlarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha samarali va manzilli chora-tadbirlar koʻrilishi;
respublikaning barcha aholi punktlarida barcha toifalardagi isteʼmolchilarga un va non uzluksiz sotilishi uchun shaxsan masʼul ekanligi belgilab qoʻyilsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi “Oʻzdonmahsulot” AK bilan birgalikda un va donni sotishdan tushadigan mablagʻlarni taqsimlash tartibini qayta koʻrib chiqsin.
“Oʻzdonmahsulot” AK 2018-yil 15-sentabrdan boshlab joriy etiladigan narxlarni hisobga olgan holda qolgan unni qayta baholasin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
2018-yilda budjetdan mablagʻ oluvchilarga don, un va qolipli non xaridi boʻyicha qoʻshimcha xarajatlarni qoplash, shuningdek, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlarni moliyalashtirish uchun budjetdan mablagʻ ajratsin;
Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil uchun davlat budjeti parametrlarini tayyorlashda mazkur qarorning amalga oshirilishi bilan bogʻliq xarajatlarni nazarda tutsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi ikki oy muddatda Moliya vazirligi, “Oʻzdonmahsulot” AK va boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda amaldagi qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Z.T. Mirzayev va Bosh vazirning oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 13-sentabr,
731-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 13-sentabrdagi 731-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan baʼzi qarorlari roʻyxati
1. Vazirlar Mahkamasining “Ijtimoiy nafaqalarni tayinlash va toʻlash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2012-yil 12-dekabrdagi 350-son qarorining 2-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 12-son, 84-modda).
2. Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 15-fevraldagi 44-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 2-son, 10-modda) bilan tasdiqlangan Kam taʼminlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 3-bandining ikkinchi xatboshi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.09.2018-y., 09/18/731/1876-son, 27.12.2018-y., 07/18/4086/2354-son; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.10.2019-y., 09/19/866/3911-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.06.2021-y., 06/21/6241/0527-son, 12.08.2021-y., 06/21/6277/0788-son)